· web viewsamarqand shahar xtmfmttebga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona...

29

Click here to load reader

Upload: vubao

Post on 09-Mar-2018

417 views

Category:

Documents


55 download

TRANSCRIPT

Page 1: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

Samarqand shaharXTMFMTTEBga qarashli

39-umumiy o’rta ta’lim maktabona tili va adabiyot fani

o’qituvchisi Rasulova Nigoraning2015-2016-o’quv yili uchunmo’ljallab tuzgan “Yosh

adabiyotshunoslar”to’garagi

ISH REJASI

Samarqand 2016

Page 2: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

T/r O’tiladigan mavzular Soati Sana Izoh

1 Adabiyot-so’z san’ati 22 Adabiyotshunoslik fani bo’limlari 23 Xalq og’zaki ijodi va janrlari 24 Xalq dostonlari va ularning turlari 25 Xalq ertaklari 26 Ertaklar-yaxshilikka yetaklar 27 Masallar haqida 28 Topishmoqlar 29 Kim ko’p maqol biladi? 210 Adabiy turlar 211 Lirik tur va janrlari haqida 212 Ruboiy va tuyuq 213 G’azal turlari 214 Musammatlar 215 Qofiya va radif 216 Zamonaviy she’riy janrlar 217 Ifodali o’qish mashqi(yod olgan she’rlari

asosida)2

18 She’riy vaznlar.Aruz vazni. 219 Barmoq vazni.Turoq haqida 220 She’r tahlili 221 Erkin vazn 222 Badiiy san’atlar haqida 223 Tazod,tajnis,tanosib,talmeh,tashbeh 224 Epik tur va janrlar 225 Hikoya , qissa, roman 226 Badiiy asar tuzilishi 227 “O’g’ri”hikoyasini rolli o’qish 228 Dramatik tur 229 Drama,trogediya, komediya 230 Dramatik asarlarda remarka tushunchasi 231 Inermediya sahnalashtirish 232 Badiiy ijod usullari 233 Hadis ilmi haqida 234 Kim ko’p hadis biladi? 2

JAMI: 68 soat

Page 3: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

Samarqand shahar 39-umumta’lim maktab

ona tili va adabiyot fani o’qituvchisiRasulova Nigoraning

„ TOPISHMOQLAR“ mavzusidagi dars ishlanmasi

Samarqand - 2016

Page 4: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

Darsning borishi.

I .Tashkiliy qism.

O`qituvchi sinfga kirib, o`quvchilar bilan salomlashib,

navbatchi orqali davomatni aniqlaydi. Sinf xonaning tozaligiga

etibor beradi. O`quvchilarning darsga tayyorgarligiga, jumladan,

kitob, daftar ruchkalarining borligiga e’tibor qaratadi.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

O`tilgan mavzular bo`yicha o`quvchilar o`zaro bir – birlariga savol

beradilar. To`g`ri, noto`g`ri javob uchun bir – birlariga “rag`bat”,

“jarima” kartochkalari beriladi.

O`qituvchi: Rahmat, demak o’tilgan mavzuni yaxshi

tushunibsizlar. Keling, hozir bir “Xotira o’yini”ni tashkil etaylik. Sizlar

2-guruhga bo’linasizlar. Men kartochkaga yozilgan maqollarni guruh

sardoriga ko’rsataman. U eslab qoladi. So’ng eslaganini daftariga yozadi

va yonidagi sherigiga ko’rsatib, daftarini yopadi. Sherigi ham eslaganini

daftari ga yozadi va 3-bolaga ko’rsatib, daftarini yopadi. Shu tariqa

butun guruh a’zolari ko’rgan maqollarni yodaki daftarlariga yozadilar.

Nihoyada ikkala guruh natijalari asl maqol bilan tekshiriladi. Shart

tushunarlimi? Unda boshladik.

Ikkala guruh sardoriga maqollar ko’rsatiladi.

Maqollar:Bilim baxt keltirar. Ilmsiz- bir yashar,Ilmli ming

yashar. Qunt bilan o’rgan hunar,Hunardan rizqing unar.Birlashgan

o’zar, Birlashmagan to’zar.Kishi yurtida shoh bo’lguncha, O’z

yurtingda gado bo’l.Aql-yoshdan,odob- boshdan.

JarimaRag’bat

Page 5: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

Shartlarga to’liq javob bergan o’quvchilarga, ya’ni guruhlarga

rag’bat kartochkalari beriladi.

III. Yangi mavzuni tushuntirish

O`qituvchi: Bugungi yangi mavzumiz bevosita o’tgan o’quv yilidagi

mavzu bilan bog’liq. Doskaga yangi mavzu yoziladi “Manaviyat

xazinasi topishmoqlar”.

So’ng nazariy ma’lumot beriladi.

O`qituvchi: Barcha xalqlar og’zaki ijodining eng sevimli,qiziqarli

va o’ziga xos turi topishmoqlar hisoblanadi.Topishmoqlarni ba’zan

topmacha jumboq matal deb atashgan.Mumtoz adabiyotda ular

chiston ham deyiladi.Topishmoqlar hammabop ommaviy

janrdir.Ularda xalq hayotining barcha qirralari- turmush

madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari inson va uni o’rab

olgan olam o’xshatishlar,taqqoslashlar,savollar vositasida

ifodalanadi.Topishmoqda yashirin ma’no ko’pincha majoziy

shaklda keltiriladi,aniqrog’i, narsa nomi biron-bir qush,

hayvon,buyum o’simlikka qiyoslangan holda

beriladi.Topishmoqlar nasriy va she’riy shaklda ixcham,sodda va

ravon qofiyali uslubda to’qiladi.Topishmoqlar tuzilishiga ko’ra bir

yoki bir necha predmetli bo’lishi mumkin.Topishmoq shunday

ajoyib janrdirki,unda g’ayritabiiy tuyulgan narsa aslida siz bilan

biz kundalik hayotda ko’rib-bilib turgan narsa bo’lib chiqadi. ,,Teg

desa tegmaydi, tegma desa tegadi.’’ [Lab],,Chin qushim,chinni

qushim,Chin tepaga qo’ndi qushim,Tumshug’ini yerga

berib,Xalqqa salom berdi qushim’’. [Choynak].

Topishmoqlar xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari,

jumladan,doston va ertaklar ichida ham uchraydi.Ular doston va

ertaklar mazmunini boyitib,ularning qiziqarliligini,o’qishliligini

Page 6: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

ta’minlaydi.Topishmoqlar mavzu jihatdan rang-barang bo’lib,ular

olam va odam bilan bog’liq barcha narsa va hodisalarni qamrab

oladi.Masalan,tabiat hodisalari,yil fasli va mavsumlar,hayvonot

dunyosi,odam,uning a’zolari va xislatlari,mehnat va o’quv

qurollari,cholg’u asboblari,turar joy,uy-xo’jalik asboblari,qurol-

yarog’lar haqida bo’lishi mumkun.Bundan tashqari topishmoqlar

o’zining yaratilish davriga ko’ra an’anaviy topishmoqlar va yangi

zamonaviy topishmoqlar sifatida bir-birlaridan

farqlanadi.An’anaviy topishmoqlar zamirida xalqimizning tarixi,

qadriyatlari aks etgan bo’lsa, zamonaviy topishmoqlarda kundalik

turmushimizdagi o’zgarishlar,fan va texnika yutuqlari o’z ifodasini

topgan.Chiston asli forscha so’z bo’lib,topishmoq,jumboq

ma’nosini anglatadi.Chiston mumtoz adabiyotning kichik lirik

janri hisoblanib,savol-

javob shaklida paydo bo’lgan.Chiston ko’proq ma’rifiy,ijtimoiy-

siyosiy mazmunga ega bo’ladi.Adabiyotimiz tarixida ushbu

janrning go’zal namunalarini Alisher Navoiy,Uvaysiy kabi

shoirlarimiz ijodida uchratishimiz mumkun.,,Boshi taroq dumi

o’roq ’’[xo’roz]

Topishmoq

topmacha jumboq chiston

Page 7: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

Adabiyotning aynan ma’naviyat xazinasi ekanligining yana bir

sababi shundaki,uning bag’rida hozirga qadar insoniyat ardoqlab

kelayotgan eng tansiq hislar-

insonparvarlik,adolat,shafqat,go’zallikka tashnalik singari o’lmas

insoniy tuyg’ular jamuljamdir.Adabiyotga oshno tutingan odam

qalbiga bu hislar ko’chib o’tishi,uni hazrati insonga

aylantirishi,hayotiga nur olib kirib,turmushini turfa mazmun bilan

boyitishi aniqdir. Yurtboshimiz ,,Yuksak ma’naviyat-yengilmas

kuch’’ asaridaxalqimizdan yetishib chiqqan,uning dunyoga

ma’rifatli millat sifatida tanilishiga ulkan hissa qo’shgan buyuk

ijodkorlar xizmatiga yuksak baho berar ekan,jumladan,mutafakkir

bobomiz Alisher Navoiyni quydagicha ta’riflaydi;,,Agar bu ulug’

zotni avliyo desak,u avliyolarning avliyosi,mutafakkir

desak,mutadakkirlarning mutafakkiri,shoir desak,shoirlarning

sultonidir’’.Ko’ryapsizki,xalqqa xizmat qilmoq uchun,uning yodida

abadit qolmoq uchun so’zga,adabiyotga,ma’rifat va ma’naviyatga

sidqidildan xizmat qilishning xosiyati beqiyosdir.

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzu bo’yicha “Charxpalak” metodi

asosida guruhlar bir-birlariga topishmoq yozadilar. Avvalo, betartib

jumoq

Top-topushuk

Page 8: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

so’zlar beriladi guruhlarga. So’ng biri ikkita so’zni, 2-si uchta so’zni

topishi kerak, 3-si topishmoq matnida qatnashadigan to’g’ri topilgan

so’zlarni to’g’ri joylashtirish kerak . Masalan:

at

1- guruh:

2-

3-

4- Bir parcha.

5- guruh: Patir olamga tatir.

6- guruh: Bir parcha patir olamga tatir.[Oy]

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.Aqliy hujum metodi bilan quyidagi savollarga javoblar aniqlanadi:

1. Topishmoqlarni yana qanday nomlar bilan atashadi?2. Topishmoqda yashiringan ma’no qanday shaklda ifodalanadi?3. Topishmoqlarni aytish va uni yechish jarayoni qanday kechadi?4.Topishmoq deganda nimani tushinish mumkun?5. Nasriy va she’riy topishmoqlarga misol keltiring?

patir parcha tatir

olamgabir

Page 9: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

6. Mumtoz adabiyotimizdagi chiston nima?Bir ajoyib ishxona,ichi doim qishxona

Qizdirsang ishlar,kiyim tekislar

3-topshiriq: “Venn diagrammasi" asosida maqol va topishmoqlarning

bir-birlari bilan o’xshash va farqli jihatlarini

misollar asosida tahlil qilish.

1-guruh

2-Guruh

Mazkur shart bo’yicha o’quvchilar bilimi rag’batlantiruvchi

kartochkalar yordamida baholanadi.

V. O’quvchilar bilimini baholash. Uyga vazifa berish.

O’quvchilar bilimi rag’batlantiruvchi kartochkalar asosida baholanadi

va izohlanadi.

VI. UYGA VAZIFA:

O’zbek xalq topishmoqlaridan topib yod olib, daftarga yozib kelish.

Samarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli39-umumta’lim maktab ona tili va adabiyot fani

Topishmoq Maqol

Topishmoq Chiston

Page 10: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

o’qituvchisi Rasulova Nigoraning “Adabiyot – so’z san’ati”mavzusida tayyorlagan

SAMARQAND-2016

Mavzu:Adabiyot - so’z san’atiDarsning ta’limiy maqsadi:

O’quvchilarga badiiy adabiyot so’z - san’ati ekanligini o’rgatish. Mavzuni umumlashtirib mustahkamlash.

Page 11: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

Darsning tarbiyaviy maqsadi:a) O’quvchilarni vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash;b) O’quvchilarda ona tabiatga muhabbat tuyg’usini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:a) O’quvchilar dunyoqarashini o’stirish;b) O’quvchilarning nutqini, muomala madaniyatini rivojlantirish;d) O’quvchilarga badiiy so’z qudrati haqida tushuncha berish va shakllantirish.

Darsning turi:Yangi mavzuni o’rgatish.

Darsning uslubi:Aqliy hujum, og’zaki bayon, ifodali o’qish, sayohat darsi.

Darsning jihozi:Darslik, tarqatma didaktik materiallar, haykalchalar, rasmlar, badiiy adabiyotlardan namunalar, qo’shiq yozilgan tasmachalar.

Darsning shiori:Adabiyot masalasi – bu ma’naviyat masalasidir.

I. Karimov.

Insonni so’z ayladi judo hayvondinBilki guhari sharifroq yo’q ondin.

(A.Navoiy)

Tashkiliy qism:O’quvchilar davomati aniqlanadi. O’quvchilar va sinf xonasining darsga tayyorligi ko’zdan kechiriladi. Shu vaqtda texnik vositalaridan foydalanib o’quvchilarga biror qo’shiq yoki she’r eshittiriladi.

O’qituvchi:Bor ekanda yo’q ekan, och ekanda to’q ekan. Qadim o’tgan zamonda, arshi a’lo tomonda “Babadiiy so’z san’ati” mamlakati bor ekan. Bu mamlakatga Adabiyot podshosi hukumronlik qilar ekan. Podsho ismining ma’nosi “Odoblar xazinasi” ekan. Xo’sh, bolajonlar adabiyot so’ziing ma’nosi nima ekan.

O’quvchilar:Odoblar xazinasi.

O’qituvchi:Bu mamlakat podshosining quroli so’z ekan. Uning bir qancha Shoir, yozuv-chi, Dramaturg ismli vazirlari bor ekan. Ularning ham quroli badiiy so’z ekan. Vazirlar so’z orqali ko’plab asarlar yaratar ekan. Bu asarlarda so’zlar kulguli sarguzasht, jaxldor, samimiy, xushchaqchaq ba’zan esa o’ta badjahl bo’lib tilga kirar ekan. Shuning uchun bu mamlakatda ertaklar, qo’shiqlar, she’rlar, hikoyalar, qissalar, dramalar, romanlar, topishmoqlar va maqollar juda ko’p ekan. Badiiy so’z san’ati mamlakatiga borgan kishilar bu kitoblar-dan bahramand bo’lib u yerdan ketgisi kelmas ekan. Bugun biz shu mamla-katga sayohatga chiqamiz. Manzilga yetgunimizcha juda uzoq yo’lni bosib o’tamiz. Yo’lda uchragan har bir bekatda qo’riqchining shartlarini bajarishga to’g’ri keladi.

Page 12: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

Mana birinchi bekatga yetib keldik, qo’riqchisi quyon ekan. Sharti 4-sinfda o’tilganlarni takrorlash ekan.

O’tilgan mavzuni takrorlash:Sinf O’quvchilarini guruhlarga bo’lib chiqamiz:

1-guruh: Quvnoqlar.2- guruh: Zukkolar.

3-guruh: Bilimdonlar.

a) Savol:Aziz bolajonlar bir eslab ko’rigchi 4-sinfda o’qish kitobidan qanday hikoya-larni, ertak va she’rlarni o’rgandingiz.

Javob:Birinchi o’quvchi: Z.Diyorning “Serquyosh o’lka” she’rini yod oldik.Ikkinchi o’quvchi: ”Boychechak” qo’shig’ini o’rgandik.Uchinchi o’quvchi: ”Navoiy bobomlar” she’rini yod oldik.To’rtinchi o’quvchi: “Sulton Mahmud v a Beruniy” ertagini o’qidik.Beshinchi o’quvchi: “To’maris ertagini” o’rgandik.Oltinchi o’quvchi: Tinchilik, Vatan, Do’stlik haqida she’rlar, qo’shiqlar o’rgandik.

b)Savol:Qani kim biror she’rini yoddan aytib bera oladi? Yoki qo’shiqni.

Birinchi o’quvchi:Do’stlar, mening yurtimniO’zbekiston deydilar,Dong’i tutgan dunyoniBog’-u bo’ston deydilar.Osmoni keng, beg’uborShifobaxshdir havosi,Dimog’larni chog’ etarUning shodon navosi…

Ikkinchi o’quvchi: Boychechagim boylandi,

Qozon to’la ayrondir. Ayroningdan bermasang,

Qozon - tovog’ing vayrondir. Qattiq yerdan qatalab chiqqqan

boychechak, Yumshoq yerdan yumalab

chiqqan boychechak.d) Savol:

“Ilm afzal” ertagida nimalar hikoya qilinadi?Birinchi o’quvchi:

Bir badavlat kishi bo’lgan ekan. Uning sakkiz o’g’li va bitta qizi bor ekan.Bir kuni badavlat kishi o’g’illarini chaqirib, ularni sinab ko’rmoqchi bo’libdi.-Ilm afzalmi davlat” , – deb savol beribdi.

Page 13: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

Yetti o’g’li: - “Davlat afzal”, - deb javob beribdilar.Sakkizinchi o’g’li:– Otajon ilm afzal, meni maktabga bering, baribir menga davlatingizdan hech narsa tegmaydi, – deb javob beribdi.

Ikkinchi o’quvchi:Shunda qizi: - Otajon kichik akam to’g’ri aytdi, ilm afzal, lekin u nima uchun ilm afzalligini ayta olmadi. Ilmning afzalligi shundaki, uni qancha sarflasang shuncha ko’payaveradi. Davlatni esa qancha sarflasang shuncha kamayaveradi., - debdi. Otasi qizining javobidan xursand bo’libdi va kenja o’g’li bilan qizini ilm olishlari uchun maktabga beribdi. Akalari mehnat qila boshlabdilar.

O’qituvchi:– Mana bolajonlar bugun biz siz bilan O’qish kitobingizning davomi bo’lgan “Adabiyot” kitobini o’rganishni boshladik. Sayohatimizni davom ettiramiz.Mana ikkinchi bekat qo’riqchisi bo’rivoy. Sharti: o’qituvchining aytganlarini diqqat bilan tinglash.

O’qituvchi yangi mavzuni bayon qiladi:Adabiyot – so’z san’ati. Adabiyot - odob va eng yaxshi vazilatlarini sindiruvchi kuch. Chunki biz sevib o’qiydigan kitoblarimiz , miriqib ting-laydigan qo’shiqlarimiz, sevib eshitadigan ertak, hikoya, topishmoq, maqollarimiz so’z orqali yaratiladi. Demak adabiyot insonning orzu xayoli umid va armonlarini badiiy so’z yordamida ifoda etadi.

Shodon kunim gul otgan sen,Chechak otgan izimga,Nolon kunim yupatgan sen,Yuzing bosim yuzimga.Singlim deymi,Onam deymi,Hamdard-u hamxonam deymi,Oftobdan ham o’zing mehriIlig’imsan, vatanim.(Muhammad Yusuf)

Shoir bu she’rida so’z sehri orqali Vatanni chiroyli misrlar bilan ta’riflagan.Haykaltaroshlik san’atining quroli toshlar va bolg’acha, rassomchilik san’atining quroli mo’yqalam, tikuvchilik san’atining quroli igna. Dunyoda san’atning bir qancha turlari bor, ularning barchasini o’z qurollari bor. Bulardan farqli o’laro’q adabiyot hayot voqea hodisalarini so’z orqali obrazli qilib tasvirlab beradi. Shuning uchun adabiyot - so’z san’atidir.Endi ertakka qaytamiz:Yuqorida aytib o’tganimiz Adabiyot podshosining She’riyat, Nasr, Dramaturgiya nomli o’g’illari bor ekan.She’riyat degan o’g’lining she’rlar, she’riy masallar, ballada va dostonlar kabi o’g’il - qizlari bor ekan.Nasr degan o’g’lining esa ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar nomli o’g’illari bo’lgan ekan.Dramaturgiyaning dama, komediya, tragediya, intermediya singari farzandlari bor ekan. Ularning kiyim - kechaklari, zeb-u ziynatlari sehrli so’zlardan

Page 14: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

iborat ekan. Shuning uchun odamlar hamisha ularga qiziqib, ularga intilib yashar ekan.Endi uchinchi bekatga yo’l olamiz, Bu bekatning qo’riqchisi yo’lbars ekan. Uning sharti esa test savollarini yechish:

1) Adabiyot qanday san’at?A) kitobiy san’at; D) so’z san’ati;

B) adabiy san’at; E) she’riy san’at.2) Adabiyot so’zining ma’nosini toping.

A)Odoblar xazinasi; D)So’zlar xazinasi;B)Bilimlar xazinasi; E)So’zlar yig’indisi.

3)Badiiy adabiyotning turlarini toping.A) she’r, qissa, roman; D) hikoya, doston, qissa;B) she’riyat, nasr, dramaturgiya; E) roman, qo’shiq, ertak.

Endi to’rtinchi bekatga yo’l olamiz va qo’riqchi sherning shartlarini bajaramiz. Sherpolvon har bir guruhga tushunchalar tahlili jadvalini

topshiradi.Tushuncha Tahlil (izoh)

Adabiyot,

Rassomchilik

Haykaltaroshlik

Qo’shiqchilik

So’z san’ati

Mo’yqalam

Bolg’acha

Kuy,qo’shiq

Endi beshinchi bekatga yo’l olamiz. Yo’lda zerikmaslik uchun har bir guruh bittadan she’r aytib beradi.

1-guruh:Avliyolar , daholarning beshigisan,Naqshbandlar topgan jannat eshigisan.Tiriklikning navosi ham qo’shig’isan -Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,O’zbekiston, ota makon, ona tuproq!

2-guruh:Yuragimda tulporlaring dukurlari,Qaysi yurtning bordur buyuk Temurlari?Olovlardan omon chiqqan Semurg’lari,Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,O’zbekiston , ota makon, ona tuproq.

3-guruh:Ota uyin farog’atin bilmaganlar -Ikkisi bir, biri ikki bo’lmaganlar,Tuproqtegi bo’lib zor – zor yig’laganlarSen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,O’zbekiston, ota makon, ona tuproq.

Page 15: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

1 – 2 – 3 -guruhlar:Daryolarning izlarida daryo bo’lgay,Daholarning avlodi ham daho bo’lgay!Fido bo’lsa, shu Vatanga fido bo’lgay,Fido bo’lsa, shu Vatanga fido bo’lgay!

Endi so’ngi qo’riqchi ayiqpolvonning shartlarini bajaramiz. Shart so’z haqida maqollar aytish.

1-guruh:Tilingni avayla omondur boshingSozingni avayla uzayar yoshing

2-guruh:Yaxshi so’z ham yomoz so’z ham bir o’g’izdan chiqadi .

3-guruh:Yaxshi so’z bilan ilon inidan chiqarYomon so’z bilan pichoq qinidan

1-guruh:Yaxshi so’z - jon ozig’iYomon so’z - dil qozig’i 2-guruh:Sihat tilasang ko’p yemaIzzat tilasang ko’p dema 3-guruh:So’z ko’rki maqol.Otalar so’zi – aqlning ko’zi .

Mana nihoyat badiiy so’z mulki mamlakatiga yetib keldik. Darvozadan kirish uchun esa quyidagi jadvalni to’ldirishimiz kerak.

Page 16: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

Mana nihoyat Badiiy so’z mamlakatiga yetib keldik. Bu yerda biz o’quvchi-lar uchun juda ko’p kitoblar bor ekan. Biz ularni qiziqib o’qishga kirishdik va kitob o’qishning juda foydali ekanligini bilib oldik. Ertagimiz nihoyasiga

yetdi.Darsning yakuniy qismi:

O’quvchilarni baholaymiz. Bunda dars mobaynida har bir o’quvchiga bergan javobi uchun berib borilgan ballar jamlanadi. Qaysi guruh ko’p ball

to’plagan bo’lsa g’olib deb e’lon qilinadi. Badiiy so’z mulki mamlakatidan olingan kitoblar bilan barha guruhlar rag’batlantiriladi. O’quvchilar baholanadi.

Baholar kundalik daftarlariga qo’yiladi.Uyga vazifa:

Tabiat tasviri berilgan rasm asosida matn yaratish. Matnda badiiy so’zlardan foydalanish.

sanatlar

haykaltaroshlik badiy so'z sanati rassomchilik

BOLG'A SO'Z MO'YQALAM

Page 17: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

Samarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli39-umumta’lim maktab ona tili va adabiyot fani

o’qituvchisi Rasulova Nigoraning “Barmoq vazni”mavzusida tayyorlagan

Darsdan tashqari mashg’ulot

SAMARQAND-2016

MAVZU:BARMOQ VAZNIDarsning maqsadi:

1. Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarda barmoq vazni,sodda va qo’shma

Page 18: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

vazn ,turoqning ifodalanish yuzasidan bilim,ko’nikma,malaka hosil qilish;

2. Tarbiyaviy maqsad: axloqiy sifatlarni tarbiyalash,she’riyatga mihabbat

uyg’otish ;

3. Rivojlantiruvchi maqsad: og‘zaki hamda yozma nutq malakasini

shakllantirish, fikrlash qobiliyatini o‘stirish.

Darsni tashkil etish texnologiyasi:

Metod:”Klaster”, «.Blis so'rov»,

Shakl: Suhbat, guruhda ishlash.

Usul: Topshiriqlarni yozma va og'zaki bajarish asosida.

Vosita: Tarqatma materiallar, yozma topshiriqlar, slaydlar,qo’shimcha adabiyotlar.

Darsning tuzilishi:

1. Tashkiliy qism. (4 daqiqa)

2. Mavzu bayoni (6 daqiqa)

3. Mustahkamlash (7 daqiqa)

4. Guruhlarni baholash,rag’batlantirish (2 daqiqa)

5. Dars yakuni (1 daqiqa)

I. Darsning borishi:

1) Tashkiliy qism. O’quvhchilar bilan salomlashish, navbatchini tinglash,

darsning maqsadini e’lon qilish,motivatsiya yaratish,o’quvchilarni guruhlarga bo’lish.

Mavzu yuzasidan bilimlarini sinovdan o‘tkazish.

O’qituvchi:Aziz,o’quvchilar bugungi mavzumiz yuzasidan siz ozmi-ko’pmi

bilimga egasiz. Keling, hozir Kichik bir muloqot tashkil edaylik-da,xotiramizni

tiklab olaylik.

1.Qani aytingchi,she’riy vaznlarimiz nechta va ular qysilar?

2.Aruz vaznining asoschisi kim?

3.Aruz vaznida necha xil hijo bor?

4.Hijo va bo’gin tushunlari bir-biriga aynan mos tushadi?

5.Turoq nima?

2.Mavzu bayoni:

Barmoq vaznidagi she’rlar bo’g’inlarning miqdoriga asoslanadi.Misralardagi

bo’g’inlar soniga qarab turkum belgilanadi.Misralardagi bo’g’inlar soni 11 ga teng

bo’lsa,she’r barmoq vazning “o’n birlik”turkumida yozilgan deb qaraladi.O’zbek

Page 19: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

she’riyatida 13 xil, ya’ni beshlik turkunidan o’n yettilik turkumigacha

foydalaniladi.Barmoq vazni tarkibida ham ikki xil vazn bor.Ular sodda vazn va

qo’shma vaznlardir.

Agar she’rning boshidan oxirigacha misralardagi bo’ginlar miqdori bir xil

bo’lsa,sodda vazn deyiladi.Masalan:

Qon yig’latdi qaysi bag’ritosh,-9 bo’g’in

Jayron,nega ko’zing to’la yosh.-9 bo’g’in

O’yog’ingga qo’yib yotay bosh,-9 bo’gin

Jayron,nega ko’zing to’la yosh.-9 bo’g’in

Misradagi bo’g’inlar miqdori ikki,uch xil ko’rinishda bo’lsa,qo’shma vazn deb

ataladi.

Alisherga alla aytib uxlatgan -11bo’g’in

Sen-ona.-3 bog’in

Og’ushida Bobur kamolga yetgan-11bo’g’in

Sen-ona. -3 bog’in

Barmoq she’r tizimida misralardagi bo’g’inlarning muayyan guruhlarga bo’linishi

turoq deb ataladi.Bo’g’inlarning qanday turoqlarga bo’linishi she’rning o’ziga xos

ritmi,ohangini keltirib chiqaradi.

Tuproq ko’chalarga //chopgan bolalik 6+5=11

Yillar changi ichra //asta yo’qoldi. 6+5=11

Bolalik ketdi-yu //sho’x suhbatlarda 6+5=11

Uni kula-kula // islamoq qoldi. 6+5=11

Mustahkamlash:

Azizlar,keling endi olgan bilimlarimizni mustahkamlab olaylik.Hozir men har

uchala guruhga “Bliss so’rov”metodi aks ettirilgan jadvalni beraman.Siz bir soniya

vaqt ichida uni to’g’ri belgilab berishingiz lozim.

Vaznlar va

tushunchalar

Aruz Barmoq vazni Oq she’r Qo’shma

vazn

Page 20: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

turoq

rukn

hijo

Bo’gin

turkum

Qofiyasiz

she’rBo’ginlar

miqdori bir

xil bo’lmagan

vazn

Ikkinchi shartimizda men har uchala guruh vakllariga she’riy parcha aks ettirilgan

matnlar topshiraman.Siz bir soniya vaqt ichida ulardagi bog’inlar soni va

turoqlanishini to’g’ri belgilashingiz lozim.

1-guruh

Garchi shuncha mag’rur tursa ham,

Garchi shuncha mag’rur tursa ham,

Piyolaga egilar choynak.

Shunday ekan manmanlik nechun,

Kibr-u havo nimaga kerak?

2-guruh

Vodiylarni yayov kezganda,

Bir ajib his bor edi menda.

Chapar urib gullagan bog’in,

O’par edim Vatan tuprogin.

3-guruh

Yurak qoning to’kilgan so’moq,

Bag’ri alvon lolaqizg’aldoq.

Senga toshlar otdi qay gumroh,

Jayron nega ko’zing to’la yosh?

Mashg’ulotimizning uchinchi sharti “Ifodali o’qish”deb nomlanadi.Bu shartga

Page 21: · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rasulova Nigoraning 2015-2016-o’quv yili uchun mo’ljallab

ko’ra guruh a’zolari o’zaro kelishib,guruhdan bir vakilni ifodali she’r o’qishga

chiqarishlari kerak.O’quvchilarga Abdulla Oripovning “O’zbekiston “she’ridan

parchalar o’qitiladi.Guruh a’zolari olqishlab baholab beradilar.

Guruhlarni baholash,rag’batlantirish :

Guruh a’zolari to’plagan ballar hisoblab chiqiladi va shu asosida guruhlarga

nominatsiyalar beriladi.G’olib guruh 5 balli tizim orqali baholanadi.

Dars yakuni :

Aziz o’quvchilar ,biz darsimizdan ko’zlagan maqsadlarimizga erish oldikmi?

Mavzu yuzasidan savollaringiz yo’qmi?Dars sizga maqul bo’ldimi?

O’quvchilar,siz uyda ,mustaqil holda o’zingiz yod olgan she’rni darsda turoqlarga

bo’lib tahlil qilgandek tahlil qilib ko’ring.

Darsimiz tugadi.Xayr ,sog’-salomat bo’ling!