toshkent tibbiyot akademiyasi bukleti

2
Asosiy vazifa - yuqori malakali umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI Akademiya qisqa satrlarda Yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega tibbiyot hodimlarini tayyorlash maqsadida 2005-yilning 19-iyulidagi Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimovning № PF 3629 sonli farmoniga muvofiq Birinchi va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlari bazasida Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etildi. Akademiyani O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi va Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Karimov Shavkat Ibragimovich boshqarmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘plab o‘quv binolari, klinikalar, sport majmualari va dam olish joylarini o‘z ichiga olgan yirik o‘quv muassasasi hisoblanadi. Bu yerda 5700dan ortiq talaba tibbiyot sirlarini o‘rganmoqda. TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI www.tma.uz 100109 / Toshkent sh., Forobiy ko’chasi 2-uy +998 71 150 7825 / +998 71 150 7828 faks E-mail: [email protected] / [email protected] MEN YUQORI MALAKALI TIBBIYOT XODIMI BO’LISH UCHUN TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINI TANLAYMAN!

Upload: mak-abs

Post on 19-Mar-2016

389 views

Category:

Documents


27 download

DESCRIPTION

Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) O'zbekiston Respublikasidagi oliy tibbiy o'quv yurti hisoblanadi.

TRANSCRIPT

Page 1: Toshkent tibbiyot akademiyasi bukleti

Asosiy vazifa - yuqori malakali umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Akademiya qisqa satrlarda Yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega tibbiyot

hodimlarini tayyorlash maqsadida 2005-yilning

19-iyulidagi Prezident Islom Abdug‘aniyevich

Karimovning № PF 3629 sonli farmoniga muvofiq

Birinchi va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlari bazasida

Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etildi.

Akademiyani O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan

arbobi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi va Rossiya

Fanlar Akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori,

professor Karimov Shavkat Ibragimovich boshqarmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘plab o‘quv binolari,

klinikalar, sport majmualari va dam olish joylarini o‘z

ichiga olgan yirik o‘quv muassasasi hisoblanadi. Bu yerda

5700dan ortiq talaba tibbiyot sirlarini o‘rganmoqda.

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

www.tma.uz

100109 / Toshkent sh., Forobiy ko’chasi 2-uy+998 71 150 7825 / +998 71 150 7828 faksE-mail: [email protected] / [email protected]

MEN YUQORI MALAKALI TIBBIYOT XODIMI BO’LISH UCHUN TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINI TANLAYMAN!

Page 2: Toshkent tibbiyot akademiyasi bukleti

Bog’lanmoq:

+998 71 1507825

+998 71 1507829

Yuqori malakali umumiy amaliyot

shifokori tayyorlash

Asosiy vazifa

O‘quv-davolash, ilmiy-tekshiruv va tarbiya ishlari

bilan 1167 ta o‘qituvchi band etilgan. 200 ta fan

doktori, 448 ta fan nomzodlari, akademiklar, horijiy

akademiyalarning faxriy akademiklari, O‘zbekiston-

da xizmat ko‘rsatgan tibbiyot hodimlari, ta‘lim ish-

lari uchun turli Respublika mukofoti sohiblari mav-

jud. TTAda tibbiy-biologik, sanitar-gigiyenik, gu-

manitar va klinik fanlarga asoslangan 55 ta ka-

fedra mavjud. Akademiyada O‘zbekiston va

butun jahonda nom qozongan O‘zbekiston

Qahramoni sanaladigan yirik olimlar

ham faoliyat olib borishadi. Akademiya

tarkibida Urganch va Farg‘ona filiali,

akademik litsey va kollejlar ham

faoliyat yuritib kelmoqda.

ILMIY SALOHIYAT: AKADEMIKLAR - 2 / PROFESSORLAR - 97 / DOTSENT - 183 / ASSISTENTLAR - 357 / FAN DOKTORLARI - 176 / FAN NOMZODLARI - 396 / ILMIY SALOHIYAT - 70,2% /

DAVOLASH FAKULTETIMazkur yo‘nalish tibbiyot akademiyasining eng ko‘p talaba qabul

qiladigan fakulteti hisoblanadi. Ushbu yo’nalishga kirgan talabalar

inson salomatliligiga oid barcha sir-asrorlarni o‘rganib borishadi.

Ta’lim jarayoni 7 yil davom etadi, yetuk mutaxassis bo‘lish uchun

magistratura bosqichida 3 yil tahsil olishadi.

TIBBIY PEDAGOGIKA FAKULTETIMazkur fakultetda barcha sohalarda bo‘lgani kabi soha

o‘qituvchilari tayyorlanadi. Bu yo’nalish talabalari xuddi davolash

ishi fakultetida o’qiyotganlar kabi ta’lim olishsa-da, kelgusida

sohaga oid oliy o’quv yurtlarida o‘qituvchilik qilishi mumkin.

STOMATOLOGIYA FAKULTETIInson og‘iz bo‘shlig‘i, asosan, tish qismining kasalliklarini

davolovchi kasb egalari ushbu yo‘nalish bitiruvchilari hisoblanadi.

Bu kasb egalarining vazifalariga og‘iz bo‘shliqlari xastaliklarini

davolash, protez tishlar qo‘yish kabilar kiradi. Mazkur fakultet

talabalarining o‘qishi jarayoni 5 yil davom etadi. Magistratura

bosqichi esa davolash ishi kabi 3 yildan iborat.

HARBIY-TIBBIYOT FAKULTETTibbiy xizmat ofitserlari tayyorlash tizimini yanada

takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan. Fakultetga oliy

tibbiy ta’lim yurtlarning “Davolash ishi” yo‘nalishi

bo‘yicha o‘qishning 5 kursini bitirgan talabalar

2 yillik muddat bilan o‘qishga tanlov

asosida qa’bul qilinadi.

TIBBIY PROFILAKTIKA FAKULTETIKishi salomatliligiga ta’sir qiluvchi eng asosiy omillardan biri

tozalik va ozodalik hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalari,

davlat muassasalari va boshqa tashkilotlarda tozalik me’yorlarini

tuzish, ularning amalga oshishini nazorat qilish ushbu soha

vakillarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Sanitariya-epidimologiya

stansiyalarining (SES) mutaxassislari, asosan, shu fakultet

bitiruvchilari orasidan tanlab olinadi. Mazkur yo’nalish talabalari

dsdsd bakalavr bosqichini 6 yilda tamomlashadi.

OLIY MA’LUMOTLI HAMSHIRA FAKULTETIBu yerda shifokorlarning asosiy yordamchilari, hamshiralarning,

yuqori malakalilari tayyorlanadi. Ushbu fakultet talabasi bo‘lish

uchun abituriyentlar oldin tibbiyot kolleji yoki litseylarini

tugatgan bo‘lishi lozim. Mazkur yo‘nalish talabalari akademiyada

3 yil davomida ta’lim olishadi.