samgasi.uz soati/АХБ... · web viewo‘zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish...

23
Ozbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan “Axborot soati va murabbiylik soati” materiallari Samarqand- 2018 y

Upload: others

Post on 16-Feb-2020

57 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

2018 yil 5 iyun seshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan “Axborot soati va murabbiylik soati” materiallari

Samarqand- 2018 y

Page 2: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

SHHT SAMMITIGA TAYYORGARLIK QIZG‘IN

Joriy yilning 9-10 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi cammiti bo‘lib o‘tadi. 29 may kuni Toshkentda ushbu yirik tadbirga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Hindiston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonalari hamda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda Shanxay hamkorlik tashkilotining nufuzi tobora yuksalayotgani, a’zo davlatlarning siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalari rivojlanib, terrorizm, diniy ekstremizm, ayirmachilik, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasiga qarshi kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi hamkorligi mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi. 

XXRning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim Sindao cammitiga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin raislik qilishi, oliy darajadagi uchrashuvga SHHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari taklif etilganini ta’kidlab, unda SHHTning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, har tomonlama hamkorlik, qator xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilayotganini qayd etdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sindao sammiti doirasida XXR Raisi Si Szinpinning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama uchrashuvi rejalashtirilmoqda. Sammit yakunida Sindao deklaratsiyasi, xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy va gumanitar sohalarda hamkorlik bo‘yicha yigirmaga yaqin hujjat imzolanishi kutilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari A.Abduvohidov XXR SHHTga raislik doirasida samarali va muvaffaqiyatli ish yuritgani, so‘nggi bir yilda a’zo davlatlarning turli vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirokida yuzdan ziyod tadbir tashkil etilgani, O‘zbekiston vakillari ularning barchasida faol qatnashganini ta’kidladi. O‘zbekiston tashqi siyosat mahkamasi sammitga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalarni tezkor hal etishda XXR hamda SHHTga a’zo boshqa davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini bildirdi. 

Tadbirda navbatdagi cammit SHHTni rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalarni belgilab olish, qator sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun ulkan imkoniyatlar yaratishi qayd etildi. 

PARLAMENTLARARO ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Page 3: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev, Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi To‘rog‘asi o‘rinbosari Asel Koduranova mamlakatlarimiz parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda muntazam muloqot, barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikning qonuniy asosini rivojlantirish muhimligini alohida ta’kidladi.

Bugungi kunda yaxshi qo‘shnilik, do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatlari turli yo‘nalishlarda jadal taraqqiy etmoqda. Parlamentlar, turli vazirlik va idoralar, hududlar o‘rtasida aloqalar tobora kengaymoqda.

Mazkur parlamentlararo komissiyaning tashkil etilishi bu boradagi ishlarning amaliy natijalaridan biridir.Majlisda parlamentlararo munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.

– Muntazamlik kasb etayotgan uchrashuvlar, samimiy muloqotlar o‘zaro hamkorlik rivojiga katta turtki bermoqda, – dedi Asel Koduranova. – Hamkorlikni rivojlantirishga mushtarak intilish parlamentlararo munosabatlarda ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Parlamentlararo komissiyaning birinchi majlisi yuqori saviyada tashkil etilib, kelgusidagi muhim vazifalar, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Komissiya majlisi yakunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning reglamenti, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi devonining ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

HAR BIR TARMOQ VA HUDUDDA IJRO INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH, RAHBARLARNING MAS’ULIYATI VA

FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH – ENG MUHIM VAZIFA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 29 may kuni eksport-import, mahalliy byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari, videoselektor orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirok etdi. 

Bugungi kunda iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirishda qishloq xo‘jaligi sohasining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mazkur tarmoqda 3,6 milliondan ziyod kishi mehnat qilmoqda, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi izchil oshib bormoqda. 

Shuning uchun ham 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish ustuvor

Page 4: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

vazifalardan biri sifatida belgilanib, bu borada aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Hech shubhasiz, bularning barchasi pirovardida xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish, qishloq joylarga sanoatning jadal kirib borishi va yangi ish o‘rinlari ochish uchun agrar sektor imkoniyatlaridan samarali foydalanish borasida keng imkoniyat yaratadi. 

O‘tgan bir yarim yil mobaynida eksportni rag‘batlantirish va buning uchun zarur qulaylik va imtiyozlar yaratish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi doirasida joriy etilayotgan yangiliklar, tarmoqlar hamda hududlardagi mavjud eksport salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar natijasida eksport hajmi oshmoqda. Jumladan, joriy yilning 25 mayiga qadar 4 milliard 576 million dollar hajmida eksport amalga oshirilgan. SHu oyning oxirigacha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajariladi. 2017 yilning 5 oyiga solishtirganda, eksport hajmi qariyb 21 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Shuningdek, birinchi yarim yillikda 5 milliard 886 million dollarlik eksport amalga oshirilib, prognoz ko‘rsatkichlari 100,9 foizga bajarilishi va 2017 yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 25 foiz o‘sishga erishish mo‘ljallanmoqda. 

Davlatimiz rahbari yig‘ilish ishtirokchilari e’tiborini ana shunday ijobiy natijalarga qaratar ekan, ayni vaqtda ular mavjud imkoniyat va salohiyatga nisbatan ancha pastligini ta’kidladi. Ayrim tarmoq va hududlar rahbarlari bu borada o‘z mas’uliyatini etarli darajada his etmayotgani, bu esa eksport hajmini ko‘paytirish bo‘yicha rezervlar to‘liq ishga solinmasligiga sabab bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi. 

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar Vazirlar Mahkamasi komplekslari bo‘yicha atroflicha tanqidiy tahlil qilinib, bu borada amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar belgilab olindi. Chetga mahsulot va xizmatlarni eksport qilish bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davrida belgilangan rejalarni bajarmagan respublika tashkilot va korxonalari, hududlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilish, qoloqlikning sabab va oqibatlarini aniqlab, ularni tezda bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. 

Selektor yig‘ilishida mamlakatimizda importni optimallashtirish ishlari mutlaqo qoniqarsiz ahvolda ekani qayd etildi. Joriy yilning 4 oyi mobaynida mamlakatimiz bo‘yicha tovarlar importi 4 milliard 858 million dollarni tashkil etib, 2017 yilning shu davriga nisbatan 1 milliard 111 million dollarga yoki 30 foizga oshgan. Bunday holatga sabab bo‘lgan omillar asosan import tarkibini o‘rganish va importni optimallashtirish bo‘yicha ishlar etarli darajada tashkil etilmagani, yanvar-aprel oylarida komplekslar tarkibiga kiradigan korxonalar tomonidan yurtimizda ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan tovarlarni xarid qilish o‘rniga, chetdan shu turdagi 89 million dollarlik mahsulot import qilingani bilan bog‘liq ekani aytib o‘tildi. 

Ana shunday kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va oldini olish yuzasidan mas’ul shaxslarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 

Yig‘ilishda bu yil mamlakatimizda yog‘ingarchilik nisbatan kam bo‘lgani, oqibatda aksariyat hududlarda suv tanqisligi yuzaga kelgani, bunday holat suvdan unumli foydalanishni taqozo etishi alohida ta’kidlandi. 

Shu maqsadda sholi ekiladigan maydonlarni 162 ming gektardan 94 ming gektarga qisqartirish, suv ta’minotida muammo bo‘lmagan Sirdaryo viloyatidagi 7,5 ming gektar erni Xorazm viloyati fermerlariga, Jizzax viloyatidagi 5,5 ming

Page 5: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

gektar erni Qoraqalpog‘iston fermerlariga takroriy ekin sifatida sholi ekish uchun berish zarurligi qayd etildi. 

Suv tanqisligi kutilayotgan Qashqadaryo viloyatida takroriy ekin maydonlari 30 ming gektarga, Samarqand viloyatida 42 ming gektarga, Buxoro viloyatida 20 ming gektarga, Navoiy viloyatida 14 ming gektarga va Qoraqalpog‘istonda 10 ming gektarga kamaytirilishi ma’lum qilindi. Ushbu hududlarda suvni kam talab etadigan mosh, loviya va boshqa ozuqabop ekinlar ekish, ularni suv manbalariga yaqin er maydonlariga joylashtirish kerakligiga e’tibor qaratildi. Ana shu ishlarni o‘z vaqtida, samarali tashkil etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. 

Videoselektor yig‘ilishida yurtimizda bu yil bahorning salqin va quruq kelishi paxta etishtirishda jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani, natijada o‘tgan yilning shu davriga nisbatan g‘o‘za rivojlanishi ancha orqada qolayotgani, bu esa uning parvarishiga jiddiy e’tibor qaratishni taqozo etishi haqida ham atroflicha fikr yuritildi. Ayniqsa, bunday og‘ir sharoitda kultivatorlardan yuqori darajada samarali foydalanish, tuproqni chuqur yumshatish, mayda chopiq qilish, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish va nazorat ishlariga o‘ta mas’uliyat bilan yondashishni talab etishi qayd etildi. 

Shuningdek, bu yil paxta etishtirishni moliyalashtirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratish, agrotexnik tadbirlarni vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun texnik vositalar tayyorligini hamda ularni muntazam ravishda dizel yoqilg‘isi bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish yuzasidan tegishli vazirlik, idora va hududlar rahbarlariga topshiriqlar berildi. 

Yig‘ilishda mamlakatimizda 1 iyundan 1 iyulgacha “G‘o‘zada kafolatli hosil yaratish zarbdor oyligi” e’lon qilinishi bo‘yicha kelishib olindi. Katta mehnat va xarajat bilan etishtirilgan hosilni to‘la saqlab qolish maqsadida fermer xo‘jaliklari rahbarlari va ishchilari qishloq xo‘jaligi xodimlari va mutasaddilarining suvchi va mexanizatorlar, agrar soha olimlari va agronomlar bilan birgalikda barcha bo‘g‘indagi deputatlarning ham safarbarligi va mas’uliyatini oshirishga alohida ahamiyat qaratildi. 

Kun tartibidagi yana bir muhim masala – joriy yilda etishtiriladigan g‘alla hosilini nest-nobud qilmasdan, qisqa muddatda yig‘ishtirib olish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar ham muhokama qilindi. 

Mamlakatimiz bo‘yicha bu yilgi g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumida qatnashadigan mavjud 3 ming 106 ta yuqori unumli g‘alla o‘rish kombaynlarini sifatli ta’mirlash va tayyorlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Bundan tashqari, 400 ta yangi g‘alla o‘rish kombayni joylarga etkazilmoqda. Ular o‘rim-yig‘im ishlarini har yilgiga nisbatan bir hafta oldin yakunlash imkonini beradi. Buning uchun joylarda g‘alla o‘rim-yig‘imi otryadlarini tuzib, ularga kombayn, don tashish texnikasi, ko‘chma ta’mirlash ustaxonalari va yoqilg‘i quyish agregatlarini biriktirib, o‘rim-yig‘im ishlarini grafik asosida tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. 

Vazirlar Mahkamasiga tez kunlarda joriy yildagi g‘alla o‘rim-yig‘imi bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni o‘z ichiga olgan qaror loyihasini kiritish vazifasi topshirildi. 

Majlisda hududlarda byudjetga qo‘shimcha daromadlarni jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlarning holati tanqidiy tahlil asosida ko‘rib chiqildi. Bu borada

Page 6: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

joriy yilning shu davri uchun belgilangan rejalar ayrim hududlarda bajarilmasdan qolayotgani tanqid qilindi. Natijada shu hududlarda soliq qarzdorligi oshib bormoqda. 

Joylardagi mahalliy hokimliklar, sektorlar rahbarlari hanuzgacha byudjetga qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va jalb qilishdan ko‘zlangan maqsadni chuqur tushunib etmayotgani aytib o‘tildi. Bu borada moliya tashkilotlari tomonidan qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmayotgani, faoliyat ko‘rsatmayotgan yuridik shaxslar faoliyatini qayta tiklash o‘rniga faqatgina ularni tekshirib, faoliyatini tugatish bilan cheklanayotgani asosiy sabablar sifatida qayd etildi. Har bir tarmoq va hududda ijro intizomini mustahkamlash, rahbarlarning mas’uliyati va faoliyat samaradorligini oshirish eng muhim vazifa bo‘lib qolayotgani alohida ta’kidlandi. 

Majlisda so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tomonidan bildirilgan chuqur tanqidiy fikrlar asosida, sohadagi mavjud kamchilik va muammolarni tezda bartaraf etish, belgilangan topshiriq va rejalarni vaqtida va samarali bajarish bo‘yicha amaliy fikr va takliflar bildirdilar. 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI “ROSATOM” DAVLAT KORPORATSIYASI BOSH DIREKTORINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan “Rosatom” atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlashga, o‘zaro manfaatli serqirra hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotgan oliy va yuqori darajadagi muloqotlar muntazamlik kasb etganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi. 

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi jadal ortib bormoqda, birgalikda investitsiya, energetika, sanoat, transport va boshqa sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, izchil hududlararo muloqot yo‘lga qo‘yilgan, madaniy-gumanitar almashuvlar faollashdi. 

Muzokarada fan va yuqori texnologiyalar sohasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot institutlari va innovatsiya markazlari o‘rtasida, jumladan, o‘tgan yili imzolangan Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim doirasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Qo‘shma dastur va loyihalar doirasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. 

“Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining salomi va ezgu tilaklarini etkazdi. 

Rossiya mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida energetika sektorida keng ko‘lamli sheriklik va o‘zaro foydali ilmiy-texnologik hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligi va bunga tayyorligi alohida qayd etildi.

Page 7: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

ISTIQBOLLI BOSHQARUV KADRLARINI TANLOV ASOSIDA TANLAB OLISHNING ZAMONAVIY TIZIMINI YARATISH CHORA-TADBIRLARI

TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq va boshqa sohalarda boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, yuqori malakali boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyati isloh qilindi, shuningdek, Akademiya huzurida mamlakatimizning istiqbolli yosh mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan va malakasini oshiradigan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda davlat hokimiyatini yanada demokratlashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tanlab olish va tayyorlash, ularning zaxirasini shakllantirish tizimini, jumladan, bu borada zamonaviy yondashuvni ishlab chiqish orqali takomillashtirishni taqozo etmoqda. 

Istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda – davlat tashkilotlari) tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining 3 yilda bir marta istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini (keyingi o‘rinlarda – tanlov) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2. Quyidagilar:Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika

tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki:tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida

kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan (45 yosh ham qo‘shilgan holda) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin;

Respublika komissiyasi tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarga vazirlik va idoralar, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini, shuningdek, etakchi olim va mutaxassislarni, jumladan, xorijiy olim va mutaxassislarni jalb etish huquqiga ega;

Page 8: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda – Akademiya) Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;

tanlovning xolisona va shaffof o‘tkazilishi, shuningdek, nomzodlarning sifatli va xolisona tanlab olinishi, qo‘yiladigan talablarga ularning muvofiqligi uchun javobgarlik Respublika komissiyasi zimmasiga yuklanadi.

4. Belgilab qo‘yilsinki:davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok

etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi;

tanlov g‘oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa – eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi. Bunda tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli sohaning boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi;

tanlov g‘oliblari Akademiya hamda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi bazasida tegishli sohaga oid vazirliklar, idoralar, yirik kompaniyalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy yuqori malakali mutaxassislar hamda olimlar ishtirokida o‘tkaziladigan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tanlovning tegishli nominatsiyalari yuzasidan stajirovka o‘tashni o‘z ichiga oladigan “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik kurslarda o‘qiydilar; 

tanlov g‘oliblari “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik kurslarni o‘tagandan keyin tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi; 

tanlov g‘oliblarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tayinlash yuzasidan chora-tadbirlarni ko‘rish, shuningdek, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan final bosqichi ishtirokchilarining faoliyatini keyinchalik ularni xizmat bo‘yicha ko‘tarish yoki rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun monitoring qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining umumiy muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshiriladi. 

5. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Akademiya bilan birgalikda ikki oy muddatda: 

talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ishtirokchilarning so‘rovnomalarini ko‘rib chiqish, test va boshqa tanlov sinovlarini o‘tkazish, shuningdek, ularning natijalarini taqdim etish imkoniyatlariga ega bo‘lgan tanlovning maxsus veb-portalini yaratishni;

axborot tizimlari, resurslari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, shuningdek, Respublika komissiyasi ishchi organini tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlashni ta’minlasin.

6. Quyidagilar tanlovni o‘tkazishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: 

tanlov o‘tkazishni tashkil etish qismida – Akademiyaga xarajatlar smetasi bo‘yicha ajratiladigan byudjet mablag‘lari, shuningdek, yuridik va jismoniy

Page 9: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

shaxslarning homiylik mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

tanlov g‘oliblari uchun “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik o‘quv kurslarini o‘tkazish qismida – Akademiyaga xarajatlar smetasi bo‘yicha ajratiladigan byudjet mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasidan Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markaziga ajratiladigan mablag‘lar;

tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilariga bir martalik pul mukofotini to‘lash qismida – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

tanlov g‘oliblarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha stajirovka o‘tashi qismida – Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

tanlovning maxsus veb-portalini yaratish, axborot tizimlari, resurslari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, shuningdek, Respublika komissiyasi ishchi organini tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlash qismida – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 

7. Innovatsion rivojlanish vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Akademiya bilan birgalikda tanlovni o‘tkazish doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rsin.

8. “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga:tanlov o‘tkazilishi ustidan jamoatchilik monitoringini amalga oshirish va uni

yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni;tanlov yakunlariga bag‘ishlangan axborot-tahliliy sharhlarning davlat, rus va

ingliz tillarida tayyorlanishi va e’lon qilinishini, shuningdek, keng tarqatilishini ta’minlash tavsiya etilsin. 

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Akademiya va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda tanlovni o‘tkazish yakunlari yuzasidan tanlov doirasida istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish tizimini takomillashtirish, jumladan, talabgorlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taklif kiritsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi, Akademiya va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Davlat tashkilotlarida bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini tanlovning final bosqichi ishtirokchilari orasidan shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini;

qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Page 10: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

11. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni, shuningdek, uning natijalarini keng yoritish, jumladan, mavzuga oid maqolalar, turkum teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tashkil etish tavsiya qilinsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori R.S.Kasimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 2018 yil 30 may 

IKKINCHI JAHON URUSHIDA FASHIZM USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABAGA O‘ZBEKISTON XALQINING QO‘SHGAN MUNOSIB HISSASIGA BAG‘ISHLANGAN KITOB-ALBOMNI NASHR ETISH

CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi

1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi jang maydonlarida va front ortida ulkan jasorat va matonat ko‘rsatib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabani ta’minlashga munosib hissa qo‘shdi. Urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq o‘zbekistonliklarning yarim milliondan ortig‘i halok bo‘ldi, 133 mingga yaqini bedarak yo‘qoldi, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytdi.

O‘sha g‘oyat og‘ir va suronli davrda yurtimiz frontning mustahkam ta’minot bazasiga aylandi, bu erdagi sanoat korxonalari harbiy sohaga moslashtirilib, ularning faoliyati front ehtiyojlari uchun yo‘naltirildi. O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan yuzdan ziyod zavod va fabrikalarni tiklashda fuqarolarimiz bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdi.

Urush olovi ichida qolgan hududlardan yurtimizga 1 million nafardan ortiq kishi ko‘chirib keltirildi. Ularning 200 ming nafari bolalar edi. Xalqimiz ularga boshpana berib, so‘nggi burda nonini ham baham ko‘rib, ota-onasidan ajralgan bolalarni o‘z farzandlari qatori tarbiyasiga olib, butun dunyoga haqiqiy insonparvarlik fazilatlarini namoyish etdi. 

Afsuski, O‘zbekiston xalqining bu qonli urush davrida frontda va front ortida kechgan og‘ir va mashaqqatli hayoti, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini o‘zida har tomonlama aks ettiradigan yaxlit ilmiy-tarixiy kitob yoki hujjatlar to‘plami shu paytga qadar yaratilmagan. Urush yillarida xalqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ishlarni, uning kuchli iroda va qahramonligini, o‘sha davr haqiqatini kelgusi avlodlarga aniq misollar asosida etkazish, ularni vatanparvarlik va jasorat ruhida tarbiyalash borasida bunday manbalar g‘oyat muhim ahamiyatga ega. 

Xalqimizning 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasini tarixiy hujjatlar asosida ko‘rsatish, fashizmga qarshi janglarda qatnashgan yurtdoshlarimizning nomlarini

Page 11: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

abadiylashtirish, yosh avlodni mardlik, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida:

1. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda keng jamoatchilikning Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasi hamda ushbu tarixiy voqeaning 2020 yilda nishonlanadigan 75 yilligiga bag‘ishlangan kitob-albomni tayyorlash va nashr etish haqidagi taklifi ma’qullansin. 

2. Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasiga bag‘ishlangan kitob-albomni tayyorlash va nashr etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda Tashkiliy qo‘mita deb yuritiladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Quyidagilar Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari etib belgilansin:Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston xalqi ko‘rsatgan mardlik va jasorat, el-

yurtimizning g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi haqida tarixiy haqiqatni tiklash va uni kelgusi avlodlarga yetkazish; 

respublika va xorijiy mamlakatlardagi arxiv va muzeylarda saqlanayotgan mavzuga oid tarixiy hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

Ikkinchi jahon urushi davrida frontda qatnashgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizdan ularning xotiralarini yozib olish, shaxsiy albom va kutubxonalarida saqlanayotgan tarixiy materiallarni to‘plash;

aholining shaxsiy kutubxonalarida saqlanayotgan, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, o‘sha davrga oid noyob suratlarni to‘plash va nashrga tayyorlash;

urush yillarida O‘zbekistonning iqtisodiy ahvoli, yurtimizga ko‘chirib keltirilgan hamda yangi qurilgan zavod va fabrikalar haqida ma’lumotlar yig‘ish;

xalqimiz tomonidan urush davrida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan insonlarga, shu jumladan, ota-onasiz bolalarga ko‘rsatilgan mehr-muruvvatni, yurtdoshlarimizning insonparvarlik fazilatlarini aks ettirish;

urush davrida frontda qatnashgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan, g‘alabaga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan yurtdoshlarimizga bugungi kunda davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborni aniq dalillar, fakt va raqamlar orqali ko‘rsatish.

4. Tashkiliy qo‘mitaga kitob-albomni yuqori saviyada tayyorlash va nashr etish uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari va mutaxassislarini, ekspertlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillarini jalb etish huquqi berilsin.

5. Belgilab qo‘yilsinki, kitob-albomni tayyorlash va nashr etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

6. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi kitob-albomni nashr etish bilan bog‘liq xarajatlar va uning narxini O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan

Page 12: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishgan holda tasdiqlasin.

7. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 2018 yil 31 may 

IMTIYOZLAR VA PREFERENSIYALAR BERISH TARTIBINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini faol jalb qilish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta’minlash hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barcha toifalari uchun teng raqobat sharoitlariga ega bo‘lgan yagona iqtisodiy makonni shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Shu bilan birga, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga imtiyozlar, preferensiyalar va eksklyuziv huquqlar berish yuzasidan shakllangan amaliyot quyidagilar kabi qator jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda: 

birinchidan, muayyan tarmoq yoki hududdagi alohida tashkilotlarga imtiyozlar, preferensiyalar va eksklyuziv huquqlar aniq mezonlarsiz hamda ularni asoslovchi shaffof mexanizmlarsiz tanlab berilishi oqibatida mazkur tashkilotlar uchun asossiz ustuvor shart-sharoitlar yaratilmoqda;

ikkinchidan, ko‘plab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan davlat boshqaruvi funksiyalari qo‘shib amalga oshirilmoqda, bu esa bozorda imtiyozli maqomga ega bo‘lish uchun ma’muriy resurslardan foydalanishga va insofli raqobat prinsiplari buzilishiga olib kelmoqda;

uchinchidan, individual imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda boqimandalik kayfiyati shakllanmoqda, bunday sub’ektlarning tashabbuskorligi yo‘q va ishchanlik faolligi past, shuningdek, ular ishlab chiqargan mahsulotlar raqobatbardosh emas;

to‘rtinchidan, berilayotgan imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligini, jumladan ularning muayyan tarmoqlar, hududlar va umuman mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga amaliy ta’sirini baholashda tizimlilik mavjud emas.

Bozorda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, faol tadbirkorlik rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, insofli raqobat prinsiplari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining vazifalariga muvofiq: 

Page 13: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimini isloh qilish doirasida:

sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash uchun individual soliq va bojxona imtiyozlari berish amaliyotini maksimal darajada cheklash, imtiyozlar va preferensiyalar berish, ularning iqtisodiy jihatdan asosliligi hamda samaradorligini baholash tizimini, shuningdek, ulardan foydalanishni monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

soliq va bojxona imtiyozlarini faqat aniq maqsadda berish tartibini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, ularni qo‘llash samaradorligini monitoring qilish va baholash tizimini joriy etish, samarasiz foydalanilgan imtiyoz summalarini byudjetga majburiy qaytarish mexanizmlarini mustahkamlash nazarda tutilmoqda.

2. SHunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (keyingi o‘rinlarda

imtiyozlar deb yuritiladi) qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan umuman tarmoqlar, faoliyat sohalari, hududlar uchun beriladi, shuningdek, aniq maqsadga ega bo‘lishi hamda aniq ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy natijalarga erishishni ta’minlashi zarur; 

vaqtinchalik imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; 

individual imtiyozlar, alohida hollarda, xususiy sektor investitsiya kiritishdan manfaatdor bo‘lmagan tarmoqlarda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun, aniq ijtimoiy yoki iqtisodiy asoslar mavjud bo‘lganda yoxud O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan beriladi; 

imtiyozlar berishga, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatlarini tasdiqlashga doir hukumat va idoraviy qarorlarni qabul qilish taqiqlanadi;

bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatlari va ularga tuzatishlar, imtiyozlar berish to‘g‘risida qonun yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati mavjud bo‘lgan taqdirdagina, imtiyoz berilgan tashkilot tomonidan shakllantiriladi, shuningdek, ularning kompleks ekspertizasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga kiritiladi; 

bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatining kompleks ekspertizasi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining ijobiy xulosasi olingan taqdirda, tashkilot ro‘yxatda ko‘rsatilgan tovarlarni belgilangan tartibda import qilish huquqiga ega; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi berilgan imtiyozlarni muddatidan oldin tugatish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga asoslantirilgan takliflar kiritish huquqiga ega.

Page 14: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

3. Belgilab qo‘yilsinki:a) imtiyozlar berishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi shart. Bunda ushbu loyihalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladigan ekspertizalarning boshqa turlari bir vaqtda o‘tkaziladi;

b) ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasiga so‘ralayotgan imtiyozlar bo‘yicha asoslantirish va tegishli hisob-kitoblar majburiy tartibda ilova qilinadi, ularda loyihaning maqsadi, amalga oshirish muddati, kiritilayotgan investitsiya va eksport hajmi, yangidan tashkil etiladigan ish o‘rinlari soni, yaratilayotgan yoki joriy etilayotgan innovatsion mahsulot, texnologik yangiliklar, progressiv ilmiy izlanishlarning aniq natijalari, ishlab chiqarish, ishlar (xizmatlar, soliq tushumlari, imtiyozlarning hisoblangan summasi va boshqalar) hajmining o‘sishi ko‘rsatiladi. Ushbu hujjatlar, jumladan, quyidagilarni: 

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan istiqbolli rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, imtiyozlar va preferensiyalarning alohida tarmoqlar, faoliyat sohalari va hududlarga ta’sirini;

berilayotgan imtiyozlar va preferensiyalarning byudjet va jamiyat uchun samaradorligini; 

ularning raqobat muhitiga va tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. 

4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining so‘rovlariga ko‘ra tegishli ekspertiza o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda imtiyozlarning samaradorligini, imtiyozlar summasining kutilayotgan natijalarga va qabul qilingan majburiyatlarga muvofiqligini, berilgan imtiyozlarning O‘zbekiston Respublikasidagi, ayrim tarmoq va mintaqalardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga hamda raqobat muhitiga ta’siri darajasini tizimli ravishda monitoring qilish va baholash tartibini tasdiqlasin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidagi

yo‘qotishni aniq baholashni nazarda tutadigan, berilayotgan imtiyozlarni hisobga olish tizimini joriy etsin; 

navbatdagi moliya yiliga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlarida berilgan imtiyozlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidagi yo‘qotishning umumiy summasini alohida qatorda ko‘rsatib borsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

Page 15: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori SH.M.Sadikov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiSH.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 2018 yil 31 may

MASOFAVIY TA’LIMNI YO‘LGA QO‘YISH QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

O‘zbekiston Respublika Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 mayda “Maxsus sirtqi ta’limda o‘quv jarayonini elektron ta’lim resurslari asosida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 447-sonli buyrug‘iga asosan yangi o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishidagi maxsus sirtqi bo‘lim talabalari o‘quv jarayonini tashkil etishda masofadan turib mustaqil ta’lim olishi belgilangan.

O‘zbekistonda elektron ta’limni ilk bor oliy ta’lim tizimida amaliyotga joriy qilinishi rasman e’lon qilindi. Elektron darslarni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar oliy ta’lim tizimi amaliyotida ilk bor qo‘llanilayotgani sababli, tizimni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq qator savollar paydo bo‘lishi tabiiy.

Xo‘sh elektron ta’limni yo‘lga qo‘yishdagi tashkiliy jarayonlar qanday amalga oshiriladi? Barcha tashkiliy jarayonlar beshta bosqichda amalga oshirildi.

Birinchi bosqichda 15 ta oliy ta’lim muassasasidan jami 450 nafar professor – o‘qituvchilar va xodimlarni elektron o‘quv resurslarni yaratishga o‘rgatish uchun vebinar texnologiyasidan foydalanilgan holda masofaviy o‘quv kurslar orqali o‘qitiladi. Bu jarayon avgust oyning so‘ngiga qadar amalga oshirib bo‘linadi.

Ikkinchi bosqichda mas’ul professor-o‘qituvchilar va xodimlar tomonidan 8 xil pedagogika yo‘nalishidagi 144 ta fan elektron o‘quv resurslarni yaratiladi. Hozirda yaratiladigan elektron o‘quv resurslarning tarkibi quyidagicha bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, 1247 ta video ma’ruza, 1247 ta mustaqil o‘rganish uchun nazariy ma’lumot, 12000 ta glossariy, 25920 ta bilimlarni nazorat qiladigan interfaol elementlar, 87 ta labaratoriya ishlarini bajarish uchun interfaol elementlar, 24940 ta test sinovlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Uchinchi bosqichda mas’ul professor – o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan o‘quv resurslar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Elektron o‘quv resurslar Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan tasdiqlangach, resurslar professor –o‘qituvchilar tomonidan platformaga (mooc.edu.uz) joylanadi.

To‘rtinchi bosqichda oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limida dars berayotgan professor-o‘qituvchilarni elektron ta’lim tizimidan foydalanish bo‘yicha masofaviy tarzda o‘qitiladi.

Page 16: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

So‘nggi bosqichda maxsus sirtqi bo‘lim talabalari elektron ta’lim tizimidan foydalanadi. Maxsus sirtqi bo‘lim talabalarining o‘quv mashg‘ulotlari o‘quv jarayoni jadvaliga asosan boshlanadi. Shu muddatga qadar barcha elektron resurslarni yaratib, platformaga kiritish rejalashtirilgan.

Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun jami 7344 soat ajratilgan. Ulardan 6480 soatida talaba masofadan tartib mustaqil ta’lim oladi, 864 soat esa, universitetga kelgan holda ta’limni amalga oshiradi. Bu 88% dars masofaviy tarzda, mustaqil ravishda amalga oshiriladi deganidir.

Manba: Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi axborot xizmati

BARCHA ISHLARIMIZ TUB ZAMIRIDA XALQIMIZNI ROZI QILISH MAQSADI MUJASSAM

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishdi. 

Davlatimiz rahbarining g‘oyasi va tashabbusi bilan poytaxtimizda ulkan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida strategik ahamiyatga ega yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani aholining hayot darajasi va sifatini yuksaltirish, Toshkentni zamonaviy megapolisga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Poytaxtimiz tumanlariga bu galgi tashrif davomida ham asosiy e’tibor ana shu yo‘ldagi dolzarb reja va loyihalar ijrosiga qaratildi. 

Prezidentimiz dastlab "Toshkent-Sharqiy" aerodromi bazasida barpo etilayotgan ishbilarmonlik aeroporti qurilish uchastkasiga tashrif buyurdi. 

Davlatimiz rahbari 2017 yil 2 dekabr kuni mazkur loyiha bilan tanishib, biznes-aviatsiyani tashkil etish va bunday turdagi barcha xizmatlarni ko‘rsatishga qodir zamonaviy infratuzilmani barpo etish borasida ko‘rsatmalar bergan edi.

Ishbilarmonlik aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasida mutlaqo yangi tizim bo‘lib, yakka tartibdagi va korporativ parvozlarga ixtisoslashadi. Loyiha mamlakatimiz transport va tranzit imkoniyatlarini yanada oshirishda muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda oliy darajadagi mehmonlar, xorijiy delegatsiyalar, ishbilarmonlar, sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatadi. 

Hozirgi vaqtda eski uchish-qo‘nish yo‘lagi o‘rniga 4 kilometrlik zamonaviy yo‘lak qurilmoqda. Soatiga 250 yo‘lovchini o‘tkazish imkoniyatiga ega terminal barpo etish, keyingi bosqichda qo‘shimcha infratuzilma ob’ektlari, mehmonxona majmuasi qurish rejalashtirilgan.

Shu kunga qadar bu erda qariyb 20 ming kub metr tuproq ishlari bajarildi. Qurilish-montaj ishlariga 100 dan ortiq maxsus texnika jalb etilgan. 

Aerodrom hududida bir vaqtning o‘zida 20 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadigan perron quriladi. Shuningdek, qo‘riqlash, aloqa va xavfsizlik punktlari bunyod etilishi ko‘zda tutilmoqda. Loyiha doirasida havo laynerlariga texnik xizmat ko‘rsatish markazi, samolyot va vertolyotlarni saqlash uchun zamonaviy angar, yong‘in xavfsizligi deposi quriladi. Shu bilan birga, dispetcherlik markazi va yo‘lovchilar uchun ovqatlanish binosi barpo etiladi. 

Loyihaning birinchi bosqichi 2020 yilda yakunlanishi belgilangan. 

Page 17: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

– Biznes-aeroportda xorijiy ishbilarmonlarga har tomonlama ma’qul bo‘ladigan xizmatlarni yo‘lga qo‘yish uchun loyihasi mukammal bo‘lishi kerak. Samolyotdan tushgan odam xalqimizning nechog‘li bag‘rikeng va mehmondo‘st ekanini his etishi kerak. Shu bois zamonaviy loyiha instituti tashkil etib, Yaponiya, Germaniya kabi mamlakatlardan malakali mutaxassislarni ishga jalb etish lozim. Ana shunday qilsak, bu aeroport xalqimizga, farzandlarimizga ko‘p yillar xizmat qiladi,-dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz poytaxtimizning Maxtumquli va Ohangaron ko‘chalari kesishmasida barpo etilayotgan uch qavatli zamonaviy ko‘prik loyihasini ko‘zdan kechirdi. 

Eng gavjum chorrahalardan biri bo‘lgan mazkur hududda uch qavatli yangi ko‘prik qurilishi tirbandlikni kamaytirib, haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlaydi.

Ko‘prikning Parkent ko‘chasidan Ohangaron shossesiga o‘tuvchi qismida uzunligi 500 metrdan ziyod tunel quriladi. Ikkinchi bosqichda Qorasuv dahasidan Maxtumquli ko‘chasiga chiquvchi yo‘lning mazkur tunel ustidan o‘tgan qismida aylanma ko‘prik bunyod etiladi. Ikkala ko‘prik ustidan o‘tuvchi uchinchi qavat Maxtumquli va Temur Malik ko‘chalarini tutashtiradi. Shuningdek, Toshkent mexanika zavodida ta’mirlangan samolyotlarni ishbilarmonlik aeroportiga olib borish uchun yo‘l o‘tkazgich barpo etish rejalashtirilgan. 

Ta’kidlash joizki, shu choqqacha yurtimizda uch qavat ko‘prik qurilmagan edi. Endilikda O‘zbekiston estakada bunyod etish tajribasini ham o‘zlashtirmoqda. 

Qurilish ishlarini 2019 yil avgust oyida to‘liq yakunlash rejalashtirilmoqda.– Bu ko‘prik kelgusida Toshkent shahrining o‘ziga xos tashrif qog‘ozi

bo‘ladi, – dedi Prezidentimiz. – O‘zbekiston uchun yangilik bo‘lgan ushbu mahobatli inshoot Chorvoq va Chimyon hududini rivojlantirishga zamin yaratadi. Ko‘prik qurilishi jarayonida avtomobillar harakati to‘xtatilmaydi. 

YAngi transport bog‘lamasi Toshkent shahridan Chorvoq hududiga boruvchi yo‘lni 22 kilometrga qisqartirmoqda. Ayni paytda poytaxt aholisi va xorijlik sayyohlarning Chorvoq hamda Chimyon hududiga tez va oson etib olishi uchun Chirchiq daryosi ustidan ko‘prik bunyod etilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev yangi ko‘prikni zamonaviy texnologiyalar asosida sifatli bunyod etish, kommunikatsiya tarmoqlarini joylashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdi.

– Asosiysi, yoz jaziramasida bu erda qurilish ishlari transport qatnoviga noqulaylik tug‘dirmasligi zarur. Buni hozirdan o‘ylab puxta echim topish, qurilishni 3 smenada tashkil etish lozim,-dedi Prezidentimiz.

Shu yerda davlatimiz rahbariga Toshkent erusti halqa metro liniyasini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Davlatimiz rahbari Chilonzor tumanining Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishuvidagi hududda barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli “Humo Arena” muz saroyi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Ushbu majmua dizaynida zamonaviy qurilish echimlari va ilg‘or texnologiyalar milliy madaniyat elementlari bilan uyg‘unlashib ketgan. Majmua ko‘kda parvoz etayotgan baxt va hurlik ramzi – Humo qushi shaklida barpo etilmoqda.

Page 18: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 3 fevral kuni “Humo Arena” loyihasi bilan tanishib, bu kabi zamonaviy sport inshootlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratgan, mutasaddi rahbarlarga qurilishni yuqori sifat bilan amalga oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bergan edi.

Inshoot ikki qismdan iborat bo‘lib, unda asosiy va mashq muz arenalari joy oladi. Umumiy maydoni 82 ming 250 kvadrat metrdan iborat 6 qavatli inshootning eng baland nuqtasi 40 metrni tashkil etadi. 

Mobil o‘rindiqlar bilan jihozlanadigan saroyda xokkey o‘yinlarini 12 ming 500, boshqa sport musobaqalarini 14 ming, turli konsert va dam olish dasturlarini 10 ming tomoshabin kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. Dam olish maskani va ijtimoiy markaz sifatida barpo etilayotgan muz saroyida turli tadbirlarni o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Xususan, arenada xalqaro xokkey o‘yinlari, kyorling, figurali uchish, short-trek bo‘yicha musobaqalar, basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo, qilichbozlik bahslarini o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, majmuada umumxalq bayramlari, konsertlar, ko‘rgazma va forumlar tashkil etish mumkin. 

Majmuada muhandislik tarmoqlari, yong‘inni o‘chirish, sovutish tizimlari, yoritish, ventilyasiya, issiqlik manbai to‘liq avtomatlashtirilgan holda, tejamkor texnologiyalar qo‘llaniladi. Uning yonida 1 ming 375 avtomobilga mo‘ljallangan 5 qavatli avtoturargoh qurilmoqda.

Prezidentimiz ushbu majmuada shug‘ullanadigan xokkey, figurali uchish va boshqa sport turlari bo‘yicha jamoalarni hozirdan shakllantirish, bu yerda yirik xalqaro musobaqalarni tashkillashtirish masalasini o‘rganib chiqish lozimligini ta’kidladi.

Mazkur majmuani yil oxiriga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda Toshkent shahri markazi ulkan qurilish maydoniga aylangan.

80 gektar hududda barpo etilayotgan “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markaziga nafaqat yurtimiz tadbirkorlari, balki xorijlik investorlar ham qiziqish bildirmoqda.

Prezidentimizning mazkur hududga tashrifi va qurilish ishlari bilan tanishuvi chog‘ida bu haqda alohida so‘z yuritildi. 

Hozirgi kunda mazkur zamonaviy markaz hududi 7 qismga bo‘linib, qurilish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytgacha 42 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan, “Kongress xoll” va besh yulduzli mehmonxonaning erosti monolit qoplamalarini mustahkamlash yakunlangan.

Davlatimiz rahbari “Toshkent City” qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Quruvchi-muhandislar, xorijlik mutaxassislar bilan suhbatlashdi. 

Bugunga qadar “Toshkent City” ma’muriyati tomonidan Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Janubiy Koreya kompaniyalari bilan zamonaviy turar joylar, ofis va savdo majmualari, ta’lim muassasalari, 2 ta 20 qavatli savdo-ko‘ngilochar markaz, 40 qavatli multifunksional bino va inshootlar qurilishiga investitsiya kiritish bo‘yicha loyihalar imzolandi. 

Prezidentimiz mehmonxona va “Kongress-xoll”ning ichki dizayni, kirish qismlari hamda nufuzli xalqaro anjumanlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan zallar intererlari loyihasi bilan tanishib, ularni milliy uslubda bezash va jihozlash yuzasidan zarur tavsiyalar berdi. 

Page 19: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

Poytaxtimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tirbandlikning oldini olish maqsadida ko‘plab ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar bunyod etilmoqda. Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan zamonaviy yo‘l o‘tkazgich shulardan biridir.

Yangi ko‘prikning umumiy uzunligi 676 metr, shundan estakada qismi 488,5 metr bo‘lib, balandligi 8 metr, kengligi 24,5 metrga teng. Transportlar 6 qatorda harakatlanadi. Shuningdek, 124 metrlik ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi ham qurilayapti. Nogiron va keksalarga qulaylik yaratish maqsadida ularda maxsus lift, eskalator o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari bu erda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, quruvchilar bilan muloqot qildi.

– Yangi ko‘priklar sifatli, juda puxta bo‘lishi kerak. Buning uchun o‘z ishimizga fidoyilik bilan yondashib, ko‘priksozlik bo‘yicha ilg‘or xorij tajribasini o‘rganib borishimiz zarur,-dedi Prezidentimiz.

Yangi inshootni loyihalashtirishda yoritish tizimiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Unga ko‘ra, ko‘prikka jahon standartlariga to‘la javob beradigan energiya tejamkor jihozlar o‘rnatiladi. Qurilishda Germaniyadan keltirilgan zamonaviy texnikadan foydalanilayotgani ish unumdorligini oshirmoqda. Bugungi kungacha 256 ta to‘sindan 234 tasi o‘rnatilgan, 276 ta prizmatik qoziqning barchasi qoqilgan, shuningdek, piyodalar o‘tish yo‘lagidagi tayanch ustunlar to‘liq o‘rnatilgan. 

Shu yerda yangi ko‘priklar qurish, mavjudlarini ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish borasidagi ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Toshkent shahrida yana o‘n beshta joyda yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi ma’lum qilindi. 

Davlatimiz rahbari ko‘priklarni saqlash, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish masalasi ham g‘oyat dolzarb ekanini qayd etdi. Soha uchun maxsus mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan kollejlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Yurtimizda aholining turmush farovonligini oshirish, odamlarimiz uchun zamonaviy shart-sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, “Obod qishloq” dasturi amalga oshirilmoqda. Endi shaharlar uchun “Obod mahalla” dasturi ishlab chiqilmoqda. 

Chilonzor tumanidagi Xirmontepa mahallasi tajriba tariqasida ushbu konsepsiya asosida obod qilinmoqda. Hududda joylashgan 24 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlandi. Mahalla idorasi xodimlari, profilaktika inspektorlari uchun bino, kommunal to‘lovlar shoxobchasi, bolalar va sport maydonchalari barpo etilmoqda.

Prezidentimiz shu erda mahalla faollari, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi va bolalar bilan suhbatlashdi, ularning o‘y-tashvishlari bilan qiziqdi. 

– Har bir mahallani Jizzaxdagi Manasga o‘xshatib obod qilishimiz kerak. Barcha ishlarimiz tub zamirida xalqimizni rozi qilish maqsadi mujassam. Buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz,-dedi davlatimiz rahbari.

Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Tirsakobod mahallasida ham bo‘lib, bu erda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. 

“Tirsakobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 9 ko‘p qavatli uy va 864 hovli mavjud. Bu erda yashayotgan 5 ming 200 dan ortiq aholi orasida turli millat vakillari bor. 

Page 20: samgasi.uz soati/АХБ... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 5 iyun seshanba

Mahallada Prezidentimizning 2017 yil 3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

“Sherobod building” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda mahalla markazida choyxona, novvoyxona, go‘zallik saloni, do‘konlar, sport va bolalar maydonchalarining zamonaviy qiyofada qad rostlashi mahalla ahli va unga yondosh hudud aholisi uchun ayni muddao bo‘lmoqda.

Bu erda “Obod mahalla” loyihasi asosida mahalla raisi, kotibi, maslahatchilar, profilaktika inspektori, nuroniylar uchun xonalar, kutubxona, majlislar zali, bolalar maydonchasi, yoshlar uchun sport inshootlari, favvoralar qurilishi, o‘rindiqlar, soyabonlar, tungi yoritgich moslamalari o‘rnatish kabi ishlar jadal ketmoqda.

Davlatimiz rahbari mahalla faollari bilan muloqotda bo‘ldi.Poytaxtimiz va mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy mahalla

markazlari bunyod etish, aholi bilan doimiy muloqot qilish, uning farovonligi va tinchligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. 

Shu kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda poytaxtimizda sanoat va kichik biznesni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha dolzarb chora-tadbirlar belgilab berildi.