reja o‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

22
Reja 1. O‘zbekiston jahon hamjamiyatining to‘laqonli sub’ektiga aylanishi. 2. Jahon hamjamiyatidagi demokratik o‘zgarishlar. 3. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalarida demokratik tamoyillar. 4. Umumbashariy muammolar turlari va ularni hal etishning siyosiy yo’llari. Ozbekiston tashqi siyosatining asosiy yonalish va tamoyillari. 9-MAVZU. O‘ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATI BILAN HAMKORLIGIDA DEMOKRATIK TAMOYILLARGA ASOSLANISHI.

Upload: others

Post on 26-Oct-2021

26 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Reja

1. O‘zbekiston jahon hamjamiyatining to‘laqonli sub’ektigaaylanishi.

2. Jahon hamjamiyatidagi demokratik o‘zgarishlar.

3. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalaridademokratik tamoyillar.

4. Umumbashariy muammolar turlari va ularni hal etishning siyosiyyo’llari. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo’nalish vatamoyillari.

9-MAVZU. O‘ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATI

BILAN HAMKORLIGIDA DEMOKRATIK TAMOYILLARGA

ASOSLANISHI.

Page 2: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

1. Xalqaro tizim: mohiyati, tuzilmasi, funkstional, jihatlari,

xamda davlatlarning tashqi siyosatining maqsad va vazifalari

Dunyoda yuz berayotgan muhim o’zgarish va jarayonlarhayotga obyektiv ravishda bir tomondan beqarorlik baxshetsa, ikkinchi tomondan ma’lum bir tuzilma, tartibgamoyillik tizimi shakllanadi. Unga nisbatan befarq vamas’uliyatsizlik bilan qarash insonga katta zarar etkazadi.Bu o’z navbatida xalqaro siyosatga, xalqaro hamjamiyatgaxos narsa emas. Shu boisdan insoniyat, barcha siyosiy-intelektual doiralar batamom boshqacha yondashuvgamoyillikni yuzaga keltiradi. Shakllanayotgan qarashlartizimi rang-barang. Shu sabab bu masalaga davlatlar vaguruhlar o’rtasidagi turli xil munosabatlardan iborat tizimsifatida yondashish bilan bog’liq.

Page 3: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Xalqaro tizim siyosat subyektiga qarashlarda turli xil

tendensiyalar kuchaymoqda. Bular:

1 – qarash. Xalqaro tizim

subyektiga nomaqbul qarashlar

bo’lib, politolog, siyosiy arboblar

Zbignev Bjezinskiy hamda Genri

Kissinjerlarga mansub bo’lgan

«realistlar maktabi» vakillari

qarashlaridir. Unga ko’ra, xalqaro

siyosat maydoni, ya’ni xalqaro

hayot ulkan shaxmat taxtasi

bo’lib, u erdagi figuralar, ya’ni

ishtirokchilar qandaydir kuchli

o’yinchilar izmi va xohish

irodasiga bog’liq bo’lishadi.

2 - qarashga ko’ra, xalqaro

hayotga mohiyatdan bir-biriga

dushman bo’lgan davlatlar

faoliyati makondir, deyilib, xalqaro

siyosat esa yaxlit tizim bo’lmasdan

bir-biriga azaliy muxolif bo’lgan

kuchlarning o’zaro munosabatidan

shakllanadi. Bulardan tashqari

xalqaro tizim subyektida unchalik

muhim yoki muhim bo’lmagan

boshqa ko’plab qarashlar ham

borki, ular shartli ravishda

pragmatiklar va idealistlar,

fragmentarchilar va monialistlar,

birqutbchilar va ko’pqutbchilar

hisoblanadi.

Page 4: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Davlatlarning milliy manfaatlari ularning tashqi siyosati

orqali moddiy kuchga aylanib xalqaro maydonda ularning u

yoki bu darajada faoliyat ko’rsatishini belgilab beradi.

Davlatlarning tashqi siyosati va uning amal qilinishiga ichki

va tashqi omillar ta’sir etib turadi. Ichki omillar obyektiv va

subyektiv omillardan tashkil topadi.

Obyektiv omillarga mamlakatlarning ijtimoiy rivojlanishi

bilan bog’liq bo’lgan omillar, subyektiv omillarga esa,

mamlakatning siyosiy hayotida faoliyat ko’rsatuvchi

siyosatning turli xildagi subyektlari kiradi. Bu omillar tashqi

siyosatga ta’sir etishi bilan birga uning zarurligini ham

taqozo etadi.

Page 5: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Tashqi siyosatni amalga oshirish vositalaridan biri

diplomatiyadir.

Diplomatiya - (fransuzcha) - davlatning tashqi

siyosatini amalga oshirish usullaridan biri. Diplomatik

davlat rahbarlari, hukumatlar, davlat tashqi ishlar organlari

va bevosita diplomatlarning tashqi siyosat maqsad va

vazifalarini amalga oshirishga hamda o’z davlatining va

xorijdagi ayrim fuqarolarning manfaatlarini himoya

qilishga yordam beruvchi rasmiy faoliyati shaklida olib

boriladi. Demak, diplomatiya tashqi siyosatda davlat

hokimiyati faoliyatining maqsad-yo’nalishi bo’lib,

diplomatiyani tashqi siyosat orqali amalga oshirish

vositasidir.

Page 6: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Tashqi siyosat munosabatlari 2 ko’rinishda bo’ladi:

1. Davlatlar ichki ko’rinishida

(Tashqi ishlar vazirligi amalga

oshiradi)

2. Tashqi ko’rinishda

(Tashqi siyosatni amalga oshirish

vositasi diplomatiyadir)

Diplomatiyada diplomatik vakolatxonalarning

2 shakli bo’lib, ular:

1. Doimiy diplomatik

vakolatxonalar (elchilar, maxsus

vakolatxonalar – missiya

ko’rinishida bo’ladi);

2. Muvaqqat vakolatxonalardir.

Page 7: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

2. Hozirgi bosqichda davlatlar tashqi siyosatining asosiy xususiyatlari,

ichki va tashqi siyosatning nisbiyligi hamda huquqiy asoslari

Barcha davrlarda bo’lgani singari hozirgi bosqichda ham davlatlarning tashqi

siyosati mamlakat hayoti va xalqaro maydonda ro’y berayotgan o’zgarishlarga

muvofiq holda ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda.

Davlatlarning tashqi siyosati xalqaro munosabatlarda ijobiy yoki salbiy

oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Buning sababi juda xilma-xil bo’lib,

ularni quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin.

Birinchidan, ayrim hollarda davlatlar o’z tashqi siyosatini, ishlab chiqish va

amalga oshirishda xalqaro munosabatlarda ro’y berayotgan o’zgarishlarni

hisobga olmagan holda bu munosabatlarda ishtirok etishga va unga ta’sir

ko’rsatishga harakat qiladi.

Ikkinchidan, xalqaro munosabatlarni tartibga solib turishda

davlatlarning tashqi siyosati muhim ahamiyatga egadir. Tashqi siyosat

yordamida davlatlar xalqaro maydonda ro’y berayotgan vaziyatga o’z

munosabatlarini bildiradilar va undan kelib chiqadigan muammolarni hal

qilishga u yoki bu darajada hissa qo’shadilar.

Page 8: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Har bir davlat o’z milliy xavfsizligini ta’minlashga intilishi, avvalo

uning ichki siyosati orqali namoyon bo’ladi va u tashqi siyosatda aks

etadi.

Ichki siyosat – muayyan sharoitda sinflar, ijtimoiy guruhlar va

millatlar o’rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishda muhim

ahamiyat kasb etadi. Davlatlar tomonidan ishlab chiqiladigan ichki va

tashqi siyosat dialektik qonuniyat asosida shakllanadi va rivojlanadi.

Ularning umumiy aloqadorligi quyidagilardan iborat:

Siyosatning qanday

kuchlar tomonidan

ishlab chiqilishi

barcha davlatlarga xos

xususiyatdir.

Ichki va tashqi

siyosat ma’lum bir

maqsadga qaratilgan

bo’ladi.

Umumiy qoidalarga

asoslanadi.

Page 9: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Davlatlarning ichki va tashqi siyosatiga xos bo’lgan

alohidalikning mohiyati quyidagi holatlar bilan belgilanadi:

Mamlakatlarda faoliyat ko’rsatuvchi siyosiy kuchlar har xil sinflar, ijtimoiy

guruhlarning manfaatlarini aks ettiradi.

Ichki va tashqi siyosat shu mamlakat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan

bo’ladi.

Tinchlik va xavfsizlik masalasi siyosiy masala bo’lganligi uchun ham u

davlatlar tashqi siyosati orqali moddiylashadi. Binobarin, har bir davlat o’z

tashqi siyosati orqali tinchlik uchun amaliy faoliyat olib boradi va boshqa

davlatlarni unga da’vat etadi.

Ichki va tashqi siyosat mamlakatda tarixiy, milliy xususiyatlarni aks ettiradi.

Page 10: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Xalqaro siyosiy munosabatlarda hozirgi kunda amal

qilayotgan xalqaro huquqning asosiy qoidalari 1945 yil 24

oktyabrda tashkil etilgan BMT Nizomida o’z ifodasini

topgan. Unda davlat mustaqilligini hurmat qilish, tinch-

totuv yashashga rioya qilish, o’ziga yuklatilgan burch va

vazifalarni og’ishmay bajarish, nizo-mojarolarni tinch,

siyosiy muzokara yo’li bilan hal qilish, bir-biriga nisbatan

kuch ishlatmaslik, ichki ishlariga aralashmaslik kabi

qoidalar belgilab berilgan.

Page 11: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

BMT tomonidan qabul qilingan inson huquqlariga oid quyidagi

asosiy hujjatlarni davlatlar o’z qonunlari ruhiga singdirishgan:

«Inson huquqlari Umumjahon Jeklorastiyasi» (1948 yil 10

dekabrda qabul qilingan).

«Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risida Xalqaro

Fakt» (1996 yil 19 dekabrda qabul qilingan).

«Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro Fakt» (1966

yil 19 dekabrda qabul qilingan).

«Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro Faktga

fakultativ Protokol» va h.k.

Page 12: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

3. Hozirgi jahon taraqqiyotida xalqaro siyosiy munosabatlar va

ularning rivojlanish xususiyatlari

Xalqaro siyosiy munosabatlar taraqqiyoti siyosiy faoliyat natijalariga

bog’liq. Davlatlarning vujudga kelishi ular o’rtasidagi munosabatlarning

shakllanishiga ham sabab bo’lgan. Bu ob’ektiv xarakterga ega. Hech bir

mamlakat jahon hamjamiyatidan ajralgan holda rivojlanishi mumkin

emas.

Xalqaro siyosiy munosabatlar xalqaro munosabatlarning tarkibiy

qismidir. Bu munosabatlar davlatlarning vujudga kelishi va ular

o’rtasidagi aloqalarning shakllanishi asosida ro’y bergan. O’tmishda eng

qadimgi davlatlar: Misr, Vavilon, Eron, Urartu, Yunoniston, Rim va

boshqa davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi shunday kechgan.

XALQARO SIYOSIY MUNOSABATLAR - davlatlar, siyosiy

partiyalar, ijtimoiy hamda ommaviy jamoat tashkilotlarining mamlakatlar

o’rtasida olib boradigan faoliyatidir.

Page 13: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Xalqaro siyosiy munosabatlardaxalqaro terrorizmga qarshi kurashzarurligi muhim ahamiyat kasbetmoqda. Terrorizm XX asrningso’nggi va XXI asrning boshlaridagieng mudhish ijtimoiy-siyosiyhodisalardan biri bo’lib, xalqaromunosabatlarning barqarorrivojlanishiga salbiy ta’sirko’rsatmoqda. Terrorizm davlatlarning siyosiytuzumi, rivojlanish yo’li va taraqqiyotdarajasidan qat’iy nazar jahondagibarcha davlatlarni o’zaro kelishuvga,unga qarshi murosasiz kurash olibborishga majbur qilmoqda. Chunkiterrorizm alohida olingan birmamlakatnigina emas, balki barchadavlatlar va xalqlarning umumiymuammosiga aylanib bormoqda.

Page 14: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Xalqaro huquq - davlatlar va xalqaro

munosabatlarning boshqa sub’ektlari o’rtasida olib

boriladigan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va axloqiy

sohalardagi aloqalarning qonun va qoidalari majmuidir.

1945 yili BMT tashkil topdi. Uning Nizomida yangi

davrda mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga

solib turishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan xalqaro

huquqning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi.

Xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan mojaroli

muammolarni xalqaro huquq, qonun-qoidalari negizida

tinch yo’l bilan hal qilish maqsadida Xalqaro Sud faoliyat

ko’rsatadi.

Page 15: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Xalqaro siyosiy munosabatlarda amal qilinadigan tamoyillar.

BMT Ustavi va boshqa hujjatlarda xalqaro siyosiy munosabatlarda

amal qilinadigan tamoyillar quyidagilardan iborat:

davlatlarning suveren tengligini hurmat qilish, ularning

ichki ishlariga aralashmaslik;

tinch-totuv yashash siyosatiga og’ishmay amal qilish;

xalqaro kelishmovchiliklarni siyosiy yo’l bilan hal qilish;

davlatlar chegaralarining daxlsizligi va hududining bir

butunligini tan olish;

inson huquqlarini hurmat qilish;

xalqaro majburiyatlarga vijdonan amal qilish.

millatlar va elatlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash;

Page 16: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

BMT ning 1970 yilda qabul qilingan Deklarastiyasiga asosan

suveren tenglik tushunchasi quyidagi talablarni o’zida ifoda etadi:

a) davlatlarning yuridik jihatdan tengligi;

b) bir davlat boshqasini hamkorlikning sub’ekti sifatida hurmat

qilishi;

v) har bir mamlakatning siyosiy mustaqilligini, hududining bir butun-

ligini tan olish;

g) har bir davlat o’zining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy

rivojini o’zi belgilashi.

d) har bir davlat o’zining xalqaro majburiyatlarini so’zsiz bajarishi va

boshqalar.

Page 17: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Jahon ijtimoiy-siyosiy hayotida xalqaro tashkilotlarning

vujudga kelishi va uning turlari

Xalqaro tashkilotlar deb

ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy madaniy va ilmiy-texnik asoslarda umumiy

maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy jamiyat uyushmalari

birlashuvlaridan tashkil topgan tashkilotlarga aytiladi. Bu davlat-lar

o’rtasidagi ko’p tomonlama aloqa qilishning eng muhim ko’rinishlaridan

biridir.

Xalqaro tashkilotlar tuzishga bo’lgan urinishlar qadim zamonlarga

borib taqaladi. Lekin hozirgi zamonaviy xalqaro tashkilotlar XIX asrning

2-yarmida shakllana boshlagan. Davr davlatlar va xalqlar o’rtasida

iqtisodiy, xo’jalik aloqalarini har tomonlama yanada rivojlantirishni

taqozo etadi.

Page 18: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Hozirgi kunda har xil mazmun va maqsadlarga bo’ysundirilgan 2,5

mingdan ortiq xalqaro tashkilotlar mavjud. Bu xalqaro tashkilotlar 2

ta katta guruhga ajratiladi:

Davlatlararo xalqaro tashkilotlar

(faqat davlatlar a’zo bo’lishi

mumkin).

Nohukumat xarakteriga ega bo’lgan

xalqaro tashkilotlar (bularga milliy

uyushmalar, jamiyatlar, nohukumat

xarakteridagi birlashmalar, hatto

ayrim shaxslar ham a’zo bo’lishlari

mumkin).

Umumiy (universal) tipdagi

xalqaro tashkilotlar (turli

sostial-siyosiy tuzumdagi

davlatlar ishtirok etadi).

Xalqaro tashkilotlar a’zolarining soni va tarkibiga qarab

ikkiga bo’linadi:

Bir xil tipdagi (regional,

subregional) xalqaro

tashkilotlar.

Page 19: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Xalqaro tashkilotlar o’zining ommaviy xarakteri, ilmiy xususiyati,

taraqqiyot darajasi, maqsadlari, vazifalari va xalqaro munosabatlardagi

o’rniga qarab bir necha turga ajraladi:

Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar: BMTning YuNESKO bo’limi, BMTning

FAO (Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi bo’yicha) bo’limi, BMTning YuNIDO

(Sanoat taraqqiyot dasturi), JSST (BMTning Jahon sog’liqni saqlash

tashkiloti), BMTning Kosmik komiteti, BMTning Parlamentlararo xalqaro

tashkiloti, EXHTning Parlamentlar Assambleyasi, YuNISEF - BMTning

Bolalar muammosi bilan shug’ullanuvchi komiteti, MAGATE, XVF, VOIS -

BMTning Butunjahon Ma’naviy Mulk Tashkiloti va hokazo.

Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar: BMTning YuNESKO bo’limi, BMTning

FAO (Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi bo’yicha) bo’limi, BMTning YuNIDO

(Sanoat taraqqiyot dasturi), JSST (BMTning Jahon sog’liqni saqlash

tashkiloti), BMTning Kosmik komiteti, BMTning Parlamentlararo xalqaro

tashkiloti, EXHTning Parlamentlar Assambleyasi, YuNISEF - BMTning

Bolalar muammosi bilan shug’ullanuvchi komiteti, MAGATE, XVF, VOIS -

BMTning Butunjahon Ma’naviy Mulk Tashkiloti va hokazo.

Page 20: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Iqtisodiy xalqaro tashkilotlar: Evropa Iqtisodiy Hamkorligi, Iqtisodiy

Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo

Birlashgan Iqtisodiy Taraqqiyoti yuzasidan «Polombo plani», Markaziy

Amerika Umumiy bozori, Xalqaro Energetika Agentligi, Osiyo davlatlari

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Jahon Intellektual mulki tashkiloti, Osiyo

Rivojlanish banki, EKOSOS, MDH va h.k.

Harbiy-siyosiy xalqaro tashkilotlar: NATO, ANZYuS, SEATO, SENTO,

g’arbiy Yevropa Ittifoqi va hokazo.

Page 21: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Umuminsoniy qadriyatlar va manfaatlarning sinfiy,milliy, davlatlar manfaatlaridan ustunligini e’tirof etishmamlakatlar o’rtasidagi yangicha demokratik vaziyatnivujudga keltiradi. Xalqaro munosabatlarda sog’lomlashtirish bugungikunning dolzarb vazifalaridan biridir. Keyingi yillarda birqancha quyidagi konsepsiyalar ishlab chiqildi: 1) «ming qamrovli xavfsizlik»; 2) «kuchlar nisbatidan man-faatlar nisbatiga o’tish»; 3) «jahondagi mojarolar va kooperativ munosabat-larnimuvofiqlashtirishda diplomatik mahorat» to’g’risidagikonstepstiyalar shular jumlasidandir. Ular siyosiymunosabatlarni barqarorlashtirishning turli yo’llarini ilgarisurmoqda.

Page 22: Reja O‘zbekiston to‘laqonlisub’ektiga

Umumbashariy muammolarning turlari va ularning kelib

chiqish sabablari

Umumbashariy muammolar mohiyatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

Insoniyatni yadro halokati urushi xavfidan saqlash.

Yalpi va umumiy tinchlikni ta’minlash (yoki ommaviy qirg’in qurollariga qarshi

birgalikda kurash).

Xalqaro terrorizm muammosi, shu jumladan mintaqalardagi terroristik

harakatlarga birgalikda kurash.

Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurash muammosi.

Aholining son jihatdan o’sishi muammosi.

Xomashyo muammosi.

Energetika muammosi.

qashshoqlik muammosi.

Ocharchilikka qarshi kurash yoki oziq-ovqat muammosi.

Hayvonot va o’simliklar dunyosini asrash muammosi.

Koinot va jahon okeanlari boyliklarini tinchlik maqsadida o’zlashtirish

muammosi.

Orol muammosi.

SPIDga qarshi birgalikda kurash.

Xavfli kasalliklarni bartaraf etish. Rak va sil kasalliklariga qarshi kurash

muammosi.