18 noyabr – О‘zbekiston o‘zbekiston xalq shoiri o‘zbekiston...

4
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, axborot gazetasi Yoshlar o‘rtasida mamlakatimiz boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib etish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish zarur. Shavkat MIRZIYOYEV 18 NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I TASDIQLANGAN KUN № 11 (79), 2019-yil Ноябрь Oq yo’rgakka о‘ragansan о‘zing bizni, Ham oq yuvib-taragansan о‘zing bizni. Beshigimiz uzra bedor ona bо‘lib, Kunimizga yaragansan о‘zing bizni. Fidoying bо‘lgaymiz seni, О‘zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, О‘zbekiston!.. Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, Alpomishlar ruhi yor har о‘g‘loningga. Asragaymiz giyohing ham gulday о‘pib, Yovlar yaqin yo’lolmagay qо‘rg‘oningga. Adoying bо‘lgaymiz seni, О‘zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, О‘zbekiston. Tuzing totib, unutganlar xor bо‘ladi, Kо‘zlariga ikki dunyo tor bо‘ladi. Shodon daming kо‘rolmagan yurtfurushlar Bir kun bir kaft qumlog‘ingga zor bо‘ladi. Yoningda turgaymiz seni, О‘zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, О‘zbekiston!.. Gul kо‘ringan dashtingdagi giyoh-xasdir, Soddadilu ulug‘vorlik senga xosdir. Sevamizki, chо‘llaring ham bizga jannat, Tuprog‘ing ham Makka misol muqaddasdir. Onadek kо‘rgaymiz seni, О‘zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, О‘zbekiston! Muhammad YUSUF, O‘zbekiston xalq shoiri О‘zbekiston Ilm-u ma’rifat va izlanishlar inson ma’naviyatini yuksaltiradi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektorining 2019- yil 11-oktabrdagi buyrug‘iga muvofiq, “Yoshlar ma’naviy olamini yuksaltirish va ularni milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning dolzarb muammolari” mavzusida bо‘lib о‘tadigan talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bо‘lib о‘tdi. Institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori Gо‘zal Xoliqulova tadbirni ochib, yoshlarni har taraflama “uyg‘oq” bо‘lishga, ularda mutolaa madaniyatini shakllantirishga, yurtimizdagi turli islohotlarga befarq bо‘lmaslikka chorladi. О‘quv ishlari prorektori Rixsitilla Ismoilov ham talabalardagi ilmiy salohiyatni oshirishga berilayotgan e’tibor xususida sо‘zladi. Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Nodirbek Shukurov institutning ijodiy muhiti, tahsil olayotgan iste’dodli talabalarning ma’naviy kamoloti, kelgusida turli jabhalardagi faolligi borasida fikr bildirib, talabalarni ilmiy- amaliy konferensiya о‘tkazishdek yorqin tashabbus bilan tabrikladi. О‘zbekiston yoshlarini “Barkamol avlod – kelajak poydevori” shukuhida, muqaddas va gо‘zal qadriyatlarimiz ruhi ostida tarbiyalash ulkan vazifadir. Konferensiya kun davomida bо‘lib о‘tdi, unda ishtirokchilar Kamoliddin Umarovning “Madaniyat sohasidagi rahbar kadrlarda liderlik sifatini shakllantirish muammolari”, Jumagul Nishonovaning “Yoshlar о‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishning zamonaviy usullari”, Doston Hamidovning “Yosh kadrlar va rahbarlarni tayyorlashda ijtimoiy- madaniy faoliyat jarayonlarining ta’siri” Zuhraxon Saydahmatovaning “Bugungi yosh avlodning teatr san’atiga munosabati”, Muslima Aliyevaning ingliz tilidagi “Kitobsevar yoshlar mamlakatimiz kelajagining poydevori”, Husan Jumayevning “Madaniyat va san’at boshqaruvi sohasida kitobxonlikning о‘rni” va boshqa kо‘plab dolzarb mavzudagi ma’ruzalari tinglandi. Qizg‘in bahs-munozaralar, turli savol-javoblar va debatlar bо‘lib о‘tdi. Institutning Farg‘ona viloyati filialidan Bobur Karimov, Umidaxon Madaminova va boshqa talabalarning ma’ruzalari ham tinglandi. Markaz bilan yanada kengroq jipslashish, ayniqsa, ilmiy tadqiqotlar yuzasidan turli uchrashuvlar tashkil etish takliflari о‘rtaga tashlandi. Konferensiya sо‘ngida g‘oliblar aniqlandi. Eng oliy diplom bilan Martin Grebenyuk va Albina Galiyevalar “Исследование роли квалифициро- ванного управления библиотечным учреждением в современном Узбе- кистане” nomli dolzarb mavzudagi maqolasi uchun taqdirlanishdi. Barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Institut iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘limi uslubchisi E’tibor Nazarova mazkur konferensiyani a’lo darajada tashkillashtirish va о‘tkazishda faol ishtirok etdilar. Ilm yо‘li murakkab dovonlardan, past- baland sо‘qmoqlardan о‘tajak. “Yoshlar ma’naviy olamini yuksaltirish va ularni milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning dolzarb muammolari” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi kо‘plab ilg‘or va zamonaviy-innovatsion g‘oyalarni ilgari surdi va kelgusida mana shunday ilmga chanqoq yoshlar tashabbusi bilan bо‘lib о‘tadigan anjumanlar yanada kо‘p bо‘lishini tilaymiz. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati ILMGA CHANQOQ YOSHLAR TASHABBUSI

Upload: others

Post on 05-Sep-2020

32 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: 18 NOYABR – О‘zbekiston O‘zbekiston xalq shoiri O‘ZBEKISTON …dsmi.uz/wp-content/uploads/2020/05/IP-2019-11.pdf · 2020. 5. 18. · O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, axborot gazetasi

Yoshlar o‘rtasida mamlakatimiz boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib etish,jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish zarur.

Shavkat MIRZIYOYEV

18 NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT BAYROG‘I TASDIQLANGAN KUN

№ 11 (79), 2019-yil Ноябрь

Oq yo’rgakka о‘ragansan о‘zing bizni,Ham oq yuvib-taragansan о‘zing bizni.Beshigimiz uzra bedor ona bо‘lib,Kunimizga yaragansan о‘zing bizni.Fidoying bо‘lgaymiz seni, О‘zbekiston,Hech kimga bermaymiz seni, О‘zbekiston!..

Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,Alpomishlar ruhi yor har о‘g‘loningga.Asragaymiz giyohing ham gulday о‘pib,Yovlar yaqin yo’lolmagay qо‘rg‘oningga.Adoying bо‘lgaymiz seni, О‘zbekiston,Hech kimga bermaymiz seni, О‘zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bо‘ladi,Kо‘zlariga ikki dunyo tor bо‘ladi.Shodon daming kо‘rolmagan yurtfurushlarBir kun bir kaft qumlog‘ingga zor bо‘ladi.Yoningda turgaymiz seni, О‘zbekiston,Hech kimga bermaymiz seni, О‘zbekiston!..

Gul kо‘ringan dashtingdagi giyoh-xasdir,Soddadilu ulug‘vorlik senga xosdir.Sevamizki, chо‘llaring ham bizga jannat,Tuprog‘ing ham Makka misol muqaddasdir.Onadek kо‘rgaymiz seni, О‘zbekiston,Hech kimga bermaymiz seni, О‘zbekiston!

Muhammad YUSUF, O‘zbekiston xalq shoiri О‘zbekiston

Ilm-u ma’rifat va izlanishlar inson ma’naviyatini yuksaltiradi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektorining 2019-yil 11-oktabrdagi buyrug‘iga muvofiq, “Yoshlar ma’naviy olamini yuksaltirish va ularni milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning dolzarb muammolari” mavzusida bо‘lib о‘tadigan talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bо‘lib о‘tdi. Institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori Gо‘zal Xoliqulova tadbirni ochib, yoshlarni har taraflama “uyg‘oq” bо‘lishga, ularda mutolaa madaniyatini shakllantirishga, yurtimizdagi turli islohotlarga befarq bо‘lmaslikka chorladi. О‘quv ishlari prorektori Rixsitilla Ismoilov ham talabalardagi ilmiy salohiyatni oshirishga berilayotgan e’tibor xususida sо‘zladi. Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Nodirbek Shukurov institutning ijodiy

muhiti, tahsil olayotgan iste’dodli talabalarning ma’naviy kamoloti, kelgusida turli jabhalardagi faolligi borasida fikr bildirib, talabalarni ilmiy-amaliy konferensiya о‘tkazishdek yorqin tashabbus bilan tabrikladi.

О‘zbekiston yoshlarini “Barkamol avlod – kelajak poydevori” shukuhida, muqaddas va gо‘zal qadriyatlarimiz ruhi ostida tarbiyalash – ulkan vazifadir. Konferensiya kun davomida bо‘lib о‘tdi, unda ishtirokchilar Kamoliddin Umarovning “Madaniyat sohasidagi rahbar kadrlarda liderlik sifatini shakllantirish muammolari”, Jumagul Nishonovaning “Yoshlar о‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishning zamonaviy usullari”, Doston Hamidovning “Yosh kadrlar va rahbarlarni tayyorlashda ijtimoiy-madaniy faoliyat jarayonlarining ta’siri” Zuhraxon Saydahmatovaning “Bugungi yosh avlodning teatr san’atiga munosabati”, Muslima Aliyevaning ingliz tilidagi “Kitobsevar yoshlar mamlakatimiz kelajagining poydevori”, Husan Jumayevning “Madaniyat va san’at boshqaruvi sohasida kitobxonlikning о‘rni” va boshqa

kо‘plab dolzarb mavzudagi ma’ruzalari tinglandi. Qizg‘in bahs-munozaralar, turli savol-javoblar va debatlar bо‘lib о‘tdi. Institutning Farg‘ona viloyati filialidan Bobur Karimov, Umidaxon Madaminova va boshqa talabalarning m a ’ r u z a l a r i ham tinglandi. M a r k a z bilan yanada k e n g r o q j i p s l a s h i s h , ayniqsa, ilmiy t a d q i q o t l a r y u z a s i d a n turli uchrashuvlar tashkil etish takliflari о‘rtaga tashlandi.

Konferensiya sо‘ngida g‘oliblar aniqlandi. Eng oliy diplom bilan Martin Grebenyuk va Albina Galiyevalar “Исследование роли квалифициро-ванного управления библиотечным учреждением в современном Узбе-кистане” nomli dolzarb mavzudagi maqolasi uchun taqdirlanishdi. Barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Institut iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘limi uslubchisi E’tibor

Nazarova mazkur konferensiyani a’lo darajada tashkillashtirish va о‘tkazishda faol ishtirok etdilar.

Ilm yо‘li murakkab dovonlardan, past-baland sо‘qmoqlardan о‘tajak. “Yoshlar

ma’naviy olamini yuksaltirish va ularni milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning dolzarb muammolari” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi kо‘plab ilg‘or va zamonaviy-innovatsion g‘oyalarni ilgari surdi va kelgusida mana shunday ilmga chanqoq yoshlar tashabbusi bilan bо‘lib о‘tadigan anjumanlar yanada kо‘p bо‘lishini tilaymiz.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati

ILMGA CHANQOQ YOSHLAR TASHABBUSI

Page 2: 18 NOYABR – О‘zbekiston O‘zbekiston xalq shoiri O‘ZBEKISTON …dsmi.uz/wp-content/uploads/2020/05/IP-2019-11.pdf · 2020. 5. 18. · O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat

2019-yil Ноябрь, № 11 (79)

2 Saхovat

Jamiyat rivojlanishi turli omillar natijasida yuz berib, vaqt о‘tishi bilan ijobiy va salbiy voqeliklar rо‘yobga chiqadi, har xil yutuq va kamchiliklar kо‘zga tashlanadi, turfa xil illatlar ham paydo bо‘ladi. Jamiyatdagi til, din, urf-odat, shaxsiy о‘y-fikrlar va dunyoqarashlar ham ana shu omillar sababli о‘zgarib turadi.

Yurtimizda kо‘plab madaniyat va san’at muassasalari, ma’naviyat va ma’rifat markazlari faoliyat yuritib kelmoqda. Xususan, 822 ta madaniyat markazi, 312 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 150 dan ortiq madaniyat va istirohat bog‘lari, shuningdek, kutubxonalar, teatrlar, kino va konsert zallari, ma’naviyat-targ‘ibot markazlari va boshqa muassasalar aholiga xizmat kо‘rsatmoqda.

Muhim bir savolni о‘rtaga tashlasak: ushbu muassasalarning jamiyatdagi о‘rni qanday? Ha, kо‘pchilik bu savolga “ularning ham о‘z о‘rni bor”,‒ deb javob beradi. Bu tarozining bir pallasi. Ammo, aksariyat yoshlarimiz ana shunday muassasalar mavjud ekanligini va ular qanday vazifani bajarishini hatto bilishmas ekan. Mana bu esa tarozining ikkinchi pallasidir. Bundan mantiqiy savol paydo bо‘ladi: davlat tomonidan aholi fikri va ongi, dunyoqarashi, milliy g‘oyasi va g‘ururi, madaniy saviyasi borasida olib borilayotgan ishlar besamar ketmayaptimikan, tarozining salbiy pallasi tosh bosib ketmayaptimi soxta talotо‘pda?..

Hozirgi kunda mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasida kо‘plab yangilik va о‘zgarishlar rо‘y bermoqda, tub islohotlar amalga oshirilmoqda. О‘zbekistonda soha rivojiga alohida e’tibor qaratilib, tegishli farmon va qarorlar qabul qilingan, ularning ijrosini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, bu jarayonni madaniyat markazlarining о‘tmishi va hozirgi kundagi holatini misolida kо‘rib chiqsak... Ilgari “klublar” deb atalgan ushbu madaniyat maskanlarida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013-2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash tо‘g‘risida” 2013-yil 25 -yundagi 178-sonli qaroriga muvofiq bir qator islohotlar amalga oshirildi: ta’mirga muhtoj madaniyat markazlari ta’mirlandi, ba’zi binolar qayta qurildi, moddiy texnika bazalari boyitildi. Shu bilan birga, Dastur ijrosi doirasida О‘zbekiston bо‘yicha faqat 50% madaniyat markazida ishlar bajarilib, qolganlarida esa yangi qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini yangidan rejalashtirishga tо‘g‘ri keldi, hozirda ularda О‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi bilan tasdiqlangan manzilli rо‘yxat asosida ishlar olib borilmoqda.

Bu yо‘nalishdagi faoliyat tо‘xtab qolmagani quvonarli voqea, albatta. Bunday bunyodkorlik ishlarini kо‘rib, odamning kо‘ngli yorishadi. Kо‘pchilik markazlar shahar va qishloqlarimizning husniga husn qо‘shmoqda, ular barcha qulayliklar va kerakli shart-sharoitlar bilan ta’minlangan. Shaharlar markazlari yoki gavjum joylarda barpo

etilganligi ham aholiga yengillik yaratib, qiziquvchilarning sevimli maskanlariga aylantirmoqda.

Ammo, qayta ta’mirlanib, о‘z ish faoliyatini yangidan boshlagan madaniyat markazlari bо‘yicha, ularning shakl va mazmuni jihatdan hanuz savollar yetarli, ulardagi holat qay darajada о‘zgarganiga bir e’tibor qaratsak... Aytib о‘tish joizki, ba’zilar tomonidan qо‘l uchida ta’mirlanib, xuddi vaqtinchalik husn bergan pardozdek turibdi. Ularning tashqi kо‘rinishigina ta’mirlangan, xolos. Ba’zilarida qishki isitish jihozlari ishga tushirilmagan yoki tо‘liq о‘rnatilmagan. Qayta rekonstruksiya qilinganlari ham yog‘ingarchilik oqibatida bо‘yoqlari о‘chib eski ahvoliga qaytmoqda. Kо‘pchilik markazlar moddiy-texnik bazasi talab darajasida emas. Bunday behafsala qilingan ishlarga shunchaki kо‘z yumib bо‘lmaydi. Axir, maqsadimiz markazlar faoliyatini takomillashtirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, ishni shinam, yorug‘, chiroyli xonalarda tashkil etishdan iborat emasmi?.. Bu holatda, ish joylaridan kо‘ngillari tо‘lmasa ham sadoqat bilan aholiga sifatli xizmat kо‘rsatayotgan jonkuyar madaniyat xodimlariga tasannolar aytsa arziydi.

Salbiy va ijobiy tomonlarni solishtirar ekanmiz, Toshkent shahri va kо‘pgina viloyatlar tumanlarida joylashgan madaniyat markazlari diqqatimizni tortadi. Nima uchun ular chet joylarda joylashgan? Hattoki, ba’zilarining nomi ham kо‘rsatilmagan. Tо‘garaklarda qatnashishni istagan bolalarning ota-onalariga markazlar manzillarini tushuntirishning о‘zi katta muammo. Kichik xonalar va tor yо‘laklar ta’mirtalab, chakka о‘tgan shift va poli achinarli ahvolga kelgan, zaldagi stullar singan yoki yetishmaydi. Lekin, bir amallab topib kelgan ota-onalar kо‘pchilik markazlarning tashqi va ichki ahvolidan kо‘ngillari tо‘layotgani yо‘q.

Joylarda, ayniqsa viloyatlarning chekka tuman va qishloqlarida ahvol qanday deb о‘ylaysiz?.. Albatta, ularda ham markazlar ta’mirlangan, aholi gavjum joyda joylashgan, deyarli barcha moddiy texnika baza va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan... Ammo, ularning faoliyati qanday ekanligi tо‘g‘risidagi savolga har doim ham ijobiy javob berilmaydi. Achinarlisi shundaki, markazlarda xodimlar va rahbarlar yaxshi ishlamaydi, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan qulay shart-sharoitlar, imkoniyatlardan oqilona foydalanishmaydi, aholiga kо‘rsatilayotgan xizmatlar sifati past. Yana ham ochiqroq gapiradigan bо‘lsak, markaz xodimlari va rahbarining о‘zlari vazifalarini tо‘la-tо‘kis tushunmaydi va bajarmaydi. Madaniyat markazlari ertalab soat 9:00 da aholiga xizmat kо‘rsatishga tayyor bо‘lishi kerak, ammo, ba’zi markazlar soat 9:00 u yoqda tursin, kun bо‘yi ochilmaydi. Faqat favqulodda holatlarda, ya’ni yuqori tashkilotlar tomonidan tekshiruv vaqtidan bir oz oldin harakat boshlanadi, markaz hududi tozalanib, tо‘garak rо‘yxatlari yozib tayyorlab qо‘yiladi. Muassasalarning doimo yopiq holda turishi yoki kech ochilishi, ochilsa ham xizmat kо‘rsata olmasligi aholi tomonidan turli xil e’tirozlarga sabab bо‘lmoqda. Yana bir

holat e’tiborimizni tortdi: bu ‒ madaniyat markazida faoliyat yuritayotgan xodimlarning saviyasi... Avvalo, ular boshqalarga о‘rnak bо‘lib, о‘zining madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati bilan ajralib turishi kerak emasmi?. Ular aholining bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tishiga kо‘maklashishi, ma’naviyatini yuksaltirishga о‘z hissasini qо‘shishi lozim-ku. Yuqoridagi jihatlarning hech biri madaniyat xodimida shakllanmagan bо‘lmasa, u aholiga qanday xizmat kо‘rsatadi?.. Bir sо‘z bilan aytganda, madaniyat xodimining о‘zi avvalo madaniyatli bо‘lishi shart! Madaniyati va ma’naviyatida kamchilik bо‘lgan boshliq va tо‘garak rahbari hech qachon vazifasini tо‘la-tо‘kis ado eta olmaydi.. Madaniyat markazlarida aholiga xizmat kо‘rsatishda yosh chegaralanmagan, 7 yoshdan 70 yoshgacha bо‘lgan yosh-u qariga xizmat kо‘rsatishi lozim. Madaniyat xodimi bilimi va xushmuomalasi bilan ajralib turishi, tashqi kо‘rinishiga alohida e’tibor beradigan, madaniy talablarga mos tarzda did bilan kiyinadigan bо‘lishi lozim. Madaniyat xodimlariga maxsus kiyim (forma) joriy qilinmagan, boshqa tashkilot maxsus kiyimlari kabi forma joriy qilinsamikin?... Shunday bо‘lmasa ham, madaniyat xodimlari doimo klassik uslubda: erkaklar oq kо‘ylak va kostyum-shimda, ayollar uzunroq yubka va koftada bо‘lishsa maqsadga muvofiq bо‘lar edi. Chunki tashqi kо‘rinishi va xatti-harakati kishining ichki dunyosidan dalolat beradi. Ammo, madaniyat xodimlarining rang-barang, ochiq-sochiq, yirtiq-yamoq va sport kiyimlarda namoyon bо‘lishi ancha jiddiy mavzu. Ba’zi holatlarda turar joyi markazga yaqin bо‘lgan xodimlar uy kiyimlarida ishga kelishadi. Hattoki, sochlari va soqollariga ham e’tibor berishmaydi. Turli xildagi tatuirovkalar va taqinchoqlar ham yо‘q emas. Xо‘sh, mantiqan о‘ylab kо‘raylik, rahbar ishxonaga ana shunday holatlarda kelsa, har qanday

TA R O Z I N I N G I K K I PA L L A S I

Til – dil kо‘zgusi, ruhiyat qulfining kalitidir. Zamonaviy inson kо‘ngil odami emas, ruhiyat odami ekan, cheksiz sarhadlarda о‘zligini izlab yashayapti. XXI asr insoniyat tarixida о‘chmas iz qoldira olmasligi aniq, chunki na adabiyotda va na san’atda umrboqiylikka doxil mangu asarlar yaratilganicha yо‘q. Ona tilimiz esa jargon qoliplar, lahchalar bozori, taqlidlar qurshovida qolib ketayotgani kishini tashvishga soladi.

Bu yil tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to'ldi. O, navqiron umr yillari fursat kabi buncha shoshmasang, men tilimga ash’or aytardim. Milliy о‘zligimiz naqadar buyuk, Alisher Navoiy bobomizning mangu yodi qalbimizning tо‘rida saqlanmoqda! Kitoblarni peshtoqlarga taxlab qо‘ydik va negadir yanglish manzillar tomon odimladik. Televideniyeda iste’dodsizlar, “quruq qulluqchilar” tо‘dasi kо‘paydi, qо‘shiqlarimizga kо‘z tegdi, nafis san’atlar oxori tо‘kilib, mana shu kuzgi yaproqlar singari yer bag‘riga yastanmoqda. “Labbaychilar”

xо‘jakо‘rsinga ishlayotgani jamiyatni orqaga tortmasin.

О‘zbek tilim, seni viqor savlating dunyoning har qaysi burchagida ilohiy nur taratsin. Onamdek mо‘tabar tilim! Muqaddas sо‘zlaring jonimga darmon, shirin va mehribon sо‘zlaring ruhimga darmon. Shonli о‘tmish va baxtli kelajak kо‘prigiman.

Ruhiyat qulfining kaliti, faqat kitoblarda qolib ketma, seni asrab yashaylik dushman kо‘zidan, barchamizga kuch ato-ku, asli О‘zidan! Ona tilim ummon kabi sarhadingda cheksiz shivir bor, nay kabi nolalaring mayin va jonli. Men ana shu jonning bir bо‘lagi bо‘ldim.

Ona О‘zbekistonim ona tilimning ulug‘ Vatani sensan, tavalluding muborak!!!

Dostonbek RAHMATULLAYEV,О‘zbekiston davlat san’at va

madaniyat institutimatbuot kotibi

O N A M D E K M О ‘ TA B A R T I L I M !

xodim undan о‘rnak olishi о‘rniga aksincha, uni behurmat qilishi tabiiy hol, albatta. Oddiy tо‘garak rahbari ishga shu holatda kelib, tо‘garak a’zolariga dars о‘tsa, uning bilimidan kо‘ra tashqi qiyofasi ta’lim oluvchilarning e’tiborini tortmaydimi? Juda talantli bо‘lgan taqdirda ham, u did bilan kiyinmagan bо‘lsa, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalari tomonidan qanday baholanadi? Vaholanki, madaniyat va san’at xodimlari doimo boshqa kasb egalaridan farqli ravishda aholining diqqat markazida bо‘lishadi. Kо‘pchilik ularga qarab kiyinishni va ularga о‘xshashni istashadi.

Madaniyat xodimi avvalo, milliylikni va madaniyatni targ‘ib qilishi kerak. Markaz rahbari va markaz xodimlarining bilim darajasi, ma’naviyati, tillarni yaxshi bilmasligi ham salbiy jihat, albatta. О‘zbekiston ‒ kо‘p millatli davlat. Hozirgi kunda chet tillarni xususan ruscha, inglizcha va boshqa tillarni о‘rganish har bir xodim uchun muhim. Shu bilan bir qatorda, davlat tilini ham yaxshi bilish zarur, bu eng asosiy talab bо‘lishi kerak.

Xullas, sohani rivojlantirishda ramziy tarozi pallalariga katta e’tibor berib ishlash juda muhim. Aytish joizki, asl milliylik bilan umumbashariy qadriyatlarning uyg‘unligi, sharqona va yevropacha madaniy yondashuvlarning muvozanati, turli millat va dinlarga mansub yurtdoshlarimizning manfaatlari tо‘liq himoyalanishi, aholi, ayniqsa yosh avlod orasida chinakam iste’dodlarni topib ijodga yо‘naltirish, madaniyatimizni dunyoga tanitish va targ‘ib qilish borasidagi ishlar kо‘lamini kengaytirish, bu borada homiylarni jalb qilish va kо‘plab boshqa masalalar doimo diqqat markazida bо‘lmog‘i zarur.

Billura SHOYО‘LDOSHEVA, О‘zbekiston davlat san’at va

madaniyat instituti 3-bosqich talabasi

Page 3: 18 NOYABR – О‘zbekiston O‘zbekiston xalq shoiri O‘ZBEKISTON …dsmi.uz/wp-content/uploads/2020/05/IP-2019-11.pdf · 2020. 5. 18. · O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat

Jarayon 32019-yil Ноябрь, № 11 (79)

Kitob haqida gapirsam yoki o`ylasam ko`zlarimda bolaligim gavdalanadi. O`shanda kitobni, mutolaa tushunchasini oilamizda ota-onamning kitobxon, gazetxonligidan, akalarimning kechalari aytib bergan ertaklaridan his qilgandirman, balki. Esimni tanigan chog`imdan otamning mumtoz ashulalarni xirgoyi qilib yurganidanmi, onamning tugunmi yoki boshqa nimarsalarni bekitib qo`yish uchun mo`ljallangan javoniga liq to`lgan gazeta, jurnallardanmi, xaytovur o`sha vaqtlardan kitobga, mutolaaga muhabbat qo`ygandirman. Yoz kechalarida hovlimizdagi so`rida ikki akam bilan osmonga, yulduzlarga termilib topishmoq aytish o`ynar edik. Ular yuqori sinf o`quvchilari, men esa hali maktabga bormagan, ularni tinmay ertak aytib berishiga majburlaydigan qizaloq edim. 1-sinfga qabul qilinganimda hamma fanlarni o`zlashtirib olishim oson bo`ldi. To`g`rirog`i, savodim uyimizda chiqqan hisob edi. Eng asosiysi esa adabiyotga, kitobga ulkan mehr qo`ydim. Mutolaa zavqini his qila boshladim. So`zimni o`zimning hayotimdan boshlaganim sababi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo`lgan kitobxonlikni ommaga keng targ`ib qilishda yoshlarning zehni o`tkir, tezfahm kitobxon bo`lishida enga avvalo, oiladagi muhit asosiy tayanch deb o`ylayman. Ota-ona kitob o`qisagina farzand ham kitobsevar bo`lib ulg`ayadi. Kitobxonlikdan orttiriladigan ma`naviy istiqbolni, hech qanday qiymat bilan baholab bo`lmaydi. Insonning har tomonlama kamol topa borishi kichik yoshida olgan ta`lim-tarbiyasiga bog`liqdir. Hazrat Alisher Navoiy ham o`sha davrning o`qimishli kishilarini o`yga toldirgan Fariddiddin Attorning “Mantiq ut-tayr” (Qush nutqi) asarini o`qishga tutinganlarida bor yo`g` nesh-

olti yoshlardagi bolakay bo`lganlar. Tabiiyki keyinchalik ul zotning nihoyatda katta mavqega erishishida ilm-u ma`rifat, kitobga bo`lgan muhabbat beqiyos rol o`ynagan. Atoqli adibimiz Oybek “Kitob bir xazina, mutolaa- yorqin hayotga boshlovchi mash`aldir” degan hikmatli so`zlari ham ushbu mavzuga ayni muddaodir. Jahon adibi Herman Hess bu borada kitobxonlikning ikki xil ko`rinishini alohida ta`kidlagan: “…bir toifa kitobxonlar borki, butun umrli bo`yi o`n-o`n beshta kitob bilan kifoyalanadilar. Shunga qaramay, ular haqiqiy kitobxonlardir. Boshqa toifa kitobyig`arlar ham bor. Ular hamma narsani o`qiganlar va istagan narsa haqida gapira oladilar, lekin baribir ularning mehnatini zoe ketgan deb hisoblasa ham bo`laveradi. Muhabbatsiz mutolaa, hayratsiz bilim, qalbsiz ta`lim- ruh qarshisidagi eng og`ir gunohlardir”. Bunga yana bir misol qilib aytadigan bo`lsak, olmon mutafakkiri, jahon tanigan Gyotening quyidagi fikrini keltirish joizdir.“Kitobxonlikni o`rganish uchun qanchalik ko`p vaqt sarflanishini odamlar tasavvur qilmaydilar, buning uchun men hayotimning sakson yilini bag`ishladim, lekin hali o`rgandim deb ayta olmayman”.

“O`zimdagi barcha yaxshi xislatlar uchun kitobdan minnatdorman” degan edi rus yozuvchisi Maksim Gorkiy.

Xulosa qilib aytganda, biz yoshlar hozirdan kitob bilan do`st bo`lsak, kitobni yo`qlasak, kun kelib, albatta, kitob bizni qutqaradi.

Mohigul HASANJON qizi, "Madaniyat va san'at

muassasalarini tashkil etish va boshqarish" ta'lim yo'nalishi

1 - kurs talabasi

Mutolaaga muhabbat

Omadli va taniqli insonlardan muvafaqqiyatlari sirini so’rasangiz, deyarli barchalari samarali mehnat va albatta, ko’p kitob mutolaa qilishlarini aytishadi. Darhaqiqat, samarali mehnat qilgan inson hech qachon qiyinchiliklar oldida bosh egmaydi. Lekin kitob mavzusida gap ketarkan, bunga alohida mulohaza yuritmasdan iloji yo’q. Shuning uchun ham siz azizlar bilan kitob o’qish va uning foydali jihatlari haqida o’z bilganlarimni o’rtoqlashishni bugungi maqsadim deb bildim.

Hozirgi kunda hayotimizni zamonaviy gadjetlar (Telegramm, Instagram, Google va hokazo)egallab olib, kitobxonlik anchayin dolzarb masalaga aylandi. Bu mavzuda deyarli har kuni televideniya, radio, gazeta va jurnallar, bundan tashqari, turli yig’inlarda ham qizg’in ishlar olib borilmoqda. Ta’kidlash lozimki, Yurtboshimiz tomonidan yoshlarimizga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga mo’ljallangan va ilgari surilayotgan beshta tashabbusda ham kitobxonlik mavzusiga alohida e’tibor qaratilgan.

Mutolaa birinchi navbatda asabni tinchlantiruvchi eng samarali vositadir. Sessiks universiteti olimlarining ta’kidlashlaricha, atiga olti daqiqa kitob mutolaa qilish asabni bartaraf etishga yetarli bo’ladi. Bundan tashqari, mutolaa uyquni normallashtirish xususiyatiga ham egadir. Televizor, kompyuter, telefondan tarqaladigan nur miyaga uyg’onish kerakligi haqida signal beradi. Kitob esa, aksincha, ta’sir ko’rsatadi. Xotirjam bo’lish va yaxshi uxlash uchun kitob yaxshi samara beradi.

Emori universiteti olimlari kitob o’qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo’lishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob o’qish miyada asab tolalari sonini oshirishini ta’kidlashmoqda. Har safar kitob o’qilganda miya faol ishlaydi. U yangi ma’lumotlarni saqlash uchun yangi tolalarni yaratadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, doimiy kitob o’qiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan sekinroq pasayar ekan.

Mutolaa so’z boyligini oshiradi. Kitob o’qiyotgan paytda notanish so’zlar ham uchrab turadi. Ularning ma’nosini umumiy mazmun orqali tushunib olish orqali savodxonlikni ham oshiradi.

Kitob o’qish oila a’zolari davrasida uyishtirilsa ham juda foydali va samarali bo’ladi. Psixologlar birgalikda kitob o’qish jarayonida ota-onalar va farzandlar o’rtasida o’ziga xos munosabat o’rnatiladi deb hisoblashadi. Bunday munosabat birgalikda televizor ko’rganda aslo bo’lmaydi. Axir aytishadi-ku: qush uyasida ko’rganini qiladi. Ota-ona qo’lida pult va yoki telefon tutib, farzandiga bor xonangga kirib darsingni qil deganlari yaxshimi yo bo’lmasa o’zlari farzandga o’rnak va ibrat manbayi bo’lganlarimi…

Aytmoqchimanki, kitobxonlikni oila davrasida amalga oshirishni yo’lga qo’yilsa, shunday idrok egalari soni yanada oshishi shubhasiz.

Yana bir faktga e’tibor bering. O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida ma’lum bo’lishicha, panjara ortida savodxonligini oshirgan mahbuslar ozodlikka chiqqanlaridan so’ng boshqa jinoyatchilarga qaraganda 30% kamroq jinoyatga qo’l urishar ekan. Bundan ko’rinib turibdiki, kitobxonlik jinoyatchilikni ham oldini olar ekan.

Umuman olganda kitob o’qish, unga mehr qo’yish faqatgina foydali va har makon, har zamonda yelkadosh, sodiq do’stdir. Keling endi siz bilan kitobning foydali jihatlarini emas, mavzudan biroz chetlashgan holda hayotimiz, aniqrog’i bugunimiz haqida biroz mulohaza qilib ko’raylik. Bir kunimiz 24 soat 1440 daqiqa 86400 soniyani tashkil qiladi. O’tib borajak umrimiz soatining har soniyasi bizga g’animat ekanligini bildirib chiqillab o’taveradi. Umr insonga bir marta beriladi va uni qanday yashash insonning o’z marhamatiga bog’liq. Avval boshda aytganimdek, hayotimizni tobora qamrab olayotgan o’rgimchak to’ridan hozir xalos bo’lmasak, keyin kech bo’lganida dardimizni kim eshitadi. Hozir ko’pchilik yoshlar ota-ona tirgagida ertasini o’ylamasdan hayotdan zavqlanib yuribdi. Lekin kechirasiz-u, bizni dunyoga keltirgan, oq yuvib oq tarab, o’zi ne ne qiyinchiliklar-u hayot zarbalariga dosh berib, faqat farzandini o’ylagan o’sha mehribonlarimiz, padarimiz, volidamiz bizga omonat. Nahotki shularni o’ylab ko’rmasak. Nahotki ularning mehnatlarini qadrlamasak…

Buyuk bobokalonimiz Amir Temur kitob haqida shunday deganlar: Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir. Shunday ekan, nega biz kelajagimizga befarq bo’lishimiz kerak? Yo’q bizlar loqayd emasmiz, bizlar temuriylarmiz, bizlar buxoriylarmiz, bizlar ajdodlari ilmu-ma’rifati, kuch-qudrati bilan dunyolarni lol qoldirgan yurt farzandlarimiz. Shunday ekan, keling, o’zimiz uchun, ota-onamiz uchun, vatanimiz uchun hozirdan harakatni boshlaylik.

Sherzod O’RAZALIYEV, "Madaniyat va san'at

muassasalarini tashkil etish va boshqarish" ta'lim yo'nalishi

1 - kurs talabasi

K i t o b h a y o t k a l i t i

Page 4: 18 NOYABR – О‘zbekiston O‘zbekiston xalq shoiri O‘ZBEKISTON …dsmi.uz/wp-content/uploads/2020/05/IP-2019-11.pdf · 2020. 5. 18. · O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat

Muassis:O‘zbekiston davlat san’at va

madaniyat instituti

Tahrir hay’ati:Go‘zal XOLIQULOVAHamdam ISMOILOV

Antonino KOSHELEVARashid USNATOV

Mas’ul kotib:Alimurod TOJIYEV

Nafisa RAIMQULOVA

Tahririyat manzili: 100025 Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och mavzesi, 127 А uy.

Telefon: (0-371) 230-28-13.www.dsmi.uz; [email protected]

Gazeta institutning tahririyat va nashriyot bo‘limida tayyorlandi. O‘lchami – А3, hajmi 2 bosma taboq.

Nusxasi – 700 dona. Narxi kelishilgan narxda.Chop etishga 30.11.2019 yilda topshirildi.

Gazeta har oyning oxirgi haftasida «NISO POLIGRAF» MCHJ bosmaxonasida chop etiladi.Manzil: O‘rta Chirchiq tumani, Oq ota QFY, Mash’al mahallasi, Markaz –1.

Sahifalovchi:Shahriyor IBRAGIMOV

Gazeta Toshkent shahar Matbuot va axborot boshqarmasida № 02-00166 raqamibilan 2012-yil 19-dekabrda ro‘yxatga olingan.

Bosh muharrir:

4 Tо‘rtinchi bekat2019-yil Ноябрь, № 11 (79)

J I M L I K

Ota erka о‘g‘lini kulolning yoniga olib keldi.

– Eti sizniki, suyagi bizniki, lekin bir oz dangasaligi bor...

Keksa kulol asta jilmayib qо‘ydi, ota kо‘ngli xotirjam bо‘lib uyiga ketdi.

– Ustoz mana bu kо‘zalarni siz yasaganmisiz?

Ustoz jim …– Ustoz, men ham shunaqa kо‘zalar

yasaymanmi?Ustoz jim …– Ustoz tо‘g‘risini aytsam, kulolchilik

zerikarli ekan, meni sabrim yetmasa kerak.

Ustoz jim …Uch oydan sо‘ng ota о‘g‘lini kо‘rgani

keldi. О‘g‘li kо‘za yasab о‘tirar, yonida bir nechta kо‘zalar sinib yotardi.

– О‘g‘lim ustozing qani?О‘g‘il jim …Negadir ustozi kо‘rinmasdi …

T O " R T Q A T O R S H E " R

Nasimjon 4 yil deganda oltinchi sinfga о‘tdi. Uning tengqurlari allaqachon

9 sinf. Bunga sabab Nasimjonning aqlan zaifligi.

Bugun 10-sentabr. 6 sinf о‘quvchilari allaqachon Nasimjonga laqab ham qoyib ulgurishgan.

Shu kuni maktabga adabiyot fanidan yangi о‘qituvchi keldi. Dars 6 sinfda.

Dars boshlandi. О‘qituvchi Nasimjonni turg‘azib savol berdi. Sinfda kulgu kо‘tarildi. Kulguning sababini о‘qituvchi tushungandek bо‘ldi. Dars tugashi bilan muallim о‘sha bolani olib qoldi va qо‘liga tо‘rt qator she’r berdi, - “Ertaga shuni yodlab kel”.

Ertasi kuni darsda о‘qituvchi doskaga tо‘rt qator she’r yozdi va tezda о‘chirib yubordi.

– Xо‘sh, she’rni kim yodlab qolishga ulgurdi?

О‘quvchilar orasidan faqat bittasi qо‘l kо‘tarib turardi.

Xusan MAMASHARIPOV,“Estrada va ommaviy tomoshalar

rejissyorligi” ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi

BU KIMО‘sha shlyapa, yana о‘sha portfel,

о‘sha sarg‘aygan kuz barglari rangiga о‘xshash tо‘q jigarang plash. Baland bо‘yli, qora qoshli, kо‘ylak va bо‘yinbog‘i ham juda tartibli taqilgan. О‘sha tor kо‘cha, о‘sha necha yuz bor fasllar nayrangiga guvoh bо‘lgan keksa daraxtlar.

Bir kunda о‘n yoki о‘n besh kimsani poyiga tiz chо‘kaman. Adashamasam, shu vaqtgacha besh yuzga yaqin kimsani oz bо‘lsada, liboslar tozaligiga о‘z hissamni qо‘shganman. Mening kunlik asosiy dо‘stlarim qora moy va poyabzal tozalagich.

Yaqin kunlardan beri e’tiborimni tortgan о‘sha mavhum kimsaning kasb-korini kim ekanligini hali ham bila olmadim. Ishimni boshlash vaqtim о‘n beshta kam yetti, mavhum kimsaning о‘tish vaqti yetti-yu nol, nol, qaytishi о‘n beshu nol nol.

Bu kimsa о‘sha har doimgi vaqtdan besh daqiqa ertaroq qaytardi na besh daqiqa kechroq. Afsuski, о‘sha har kunlik tartib hech qachon о‘zgarmasdi. Oradan vaqtlar о‘tardi. Negadir о‘sha tartibli mavhum kimsaga tobora qiziqishim ortardi. U kim, necha yoshda, nima ish qiladi, oilalimi, nima uchun faqat yolg‘iz yuradi. Shu kabi savollar kundan kun meni betoqat qilardi. U biror marta ham menga ehtiyoj sezmagan. Chunki uning poyabzali hamisha yaltillab turardi.

Bora-bora bu kimsa kunimning asosiy

mazmuniga aylandi, uning kelishi va qaytishi loaqal menga tо‘qnash kelishi. Nima uchun bu mavhum kimsa meni shu qadar e’tiborimni tortganini о‘ylab-о‘ylab tubiga yeta olmasdim...

Qaror qildim, bugun, albatta, shu kimsa bilan suhbatlashaman.

U qaytardi, lekin menda jur’at topilmadi.

Oradan kunlar о‘tdi, о‘z liboslarini о‘zgartirgan fasllar ham mehmon bо‘lib qaytdi, lekin negadur menda uni tо‘xtatish va suhbatlashish uchun na kuch, na jur’at topilardi. Men bugun jiddiy qaror qildim, о‘zimda kuch va iroda tо‘plab, bugun, albatta, u kimsani tо‘xtataman.

Ishga tong saharlab beshda bordim. Negaki о‘zimni qiynayotgan savollarga oladigan javobimdan hayajonlanardim.

Vaqt bо‘ldi, soat yetti-yu nol, nol. Negadur u kо‘rinmasdi. Tush bо‘ldi о‘tmadi. Faqatgina uning

qaytadigan yо‘lidan bir guruh talabalar shoshilib qaytardi. Ular bir-biriga shivirlashib, – Essiz muallimimiz qattiq qо‘l bо‘lsalar ham, juda yaxshi inson edilar..!

Abror ABDUHAKIMOV,“Estrada va ommaviy tomoshalar

rejissyorligi” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi

M I T T I H I K O YA L A RМ и т т и ҳ и ко я л а рМ и т т и ҳ и ко я л а р

М и т т и ҳ и ко я л а рМ и т т и ҳ и ко я л а р

Q U R I G A N O L M A– Qumri xola eshitdingizmi? Olimjon

domlani о‘g‘illari Sobirjon haligi… nimaydi… ha… akademik bо‘pti. Bugun televizordan kо‘rsatishdi.

– Yо‘g‘-ye, qandoq yaxshi. О‘zi otasi ham, onasi ham о‘qimishli odamlar edi. Sobirjonning ham qо‘lidan hech kitob tushmasdi. Omadini bersin! Olmani tagiga olma tushadida, о‘rgilay...

– Yana eshitdingizmi Qumri xola, anavi Azamatjon bor-ku, о‘sha qamalib qolibdi.

– Voy, о‘lmasam... qaysi Azamat? – Anavi- chi… Raximboy sudxо‘rning

о‘g‘li...– ...

V O V - V O V

Erta tong. Saroy bosh maydoni. Xalq, amaldorlar va qirollik oilasining kо‘zi bir nuqtaga qadalgan. Marhum qirolning vorisi, ya’ni, yangi qirol hozir xalq oldida nutq sо‘zlaydi.

Hamma sukut saqlamoqda... Ana yangi qirol bosh vazir yordamida

minbarga chiqdi. Shohona qirollik libosi va qirollik

muhri osilgan zanjir yangi qirolga viqor bag‘ishlab turibdi.

Uzoq jimlik... Faqatgina qushlarning sayrashi

va onda-sonda daydi mushuklarning miyovlashi eshitilib turibdi.

Yangi qirol bor ovozi bilan ...– Vov-vov...Hamma xursand...!Hamma shod...!Faqat, qushlar va daydi mushuklar

chо‘chib ketdi xolos.

Jasur BО‘RIYEV,“Estrada va ommaviy tomoshalar

rejissyorligi” ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi

M i t t i h i k o y a l a r

Yana bir bahorni qarshi oldim menDunyo go`zalligin anglab yetdim men.Bir ne`mat oldida arzimas jon, tanBuyuksan, mo`tabar, muqaddas vatan.

Tuprog`ing yuzimga surtaman takror,Bag`ringda yeldayin chopaman vatan.Madhingni kuylayin bo`ldim bastakor,Tarifinga so`zlar yetmaydi vatan.

М и т т и ҳ и ко я л а р

М и т т и ҳ и ко я л а рМ и т т и ҳ и ко я л а р М и т т и ҳ и ко я л а рМ и т т и ҳ и ко я л а р

KUZKuz.. о‘rtab yubording bag‘ru dilimni,Xazonga qо‘shilib tо‘kildi baxtlar.G‘am tо‘la nolaning xamrohi bо‘ldim,Yuragim g‘ashlatib kuylar daraxtlar.

Kuz.. meni ne kо‘yga boshlab boryapsan,Yigirma bahormas, yigirma xazon.Sen meni kо‘zlarim yoshlab boryapsan,Baxtlarni tо‘kmoqqa yugurma xazon.

Kuz.. mayli sendan hech qilmayman gina,Balki, dard kemirgan nozik dilingni.Hasrating aytmoqqa majoling yо‘qdur,Balki, sog‘ingansan erka gulingni.

Kuz.. senda ming yillik alamlar bordek,Bordek ranglaringda darddan bukilish.Gar yoring bahoriy chechaklar bо‘lsaNega kasbing seni faqat tо‘kilish?

Kuz.. Sariq libosli, Qop-qora dardli,Asli Oq kо‘ngilli baxtsiz yormisan?!

Feruza RAHMATOVA, “Kino va televideniya rejissorligi”

yo`nalishi 4-bosqich talabasi

Noming abadiydir o`chmas dillardan,Ona tiling aslo tushmas tillardan.Senga baxshidadir bu mitti jonim,Bunchalar go`zalsan, O`zbekistonim!

Bunyodjon SHUKUROV, “Madanyat va san`at muassasalarini

tashkil etish va boshqarish” yo`nalishi 1- bosqich talabasi

O`ZBEKISTONIM!

М и т т и ҳ и ко я л а р

М и т т и ҳ и ко я л а р

М и т т и ҳ и ко я л а р

* * *

Agar har mushkulga qilsangiz toqat,Ruhingiz poklanib, topar halovat.

* * *

Agar har narsada bilsangiz me’yor,Bo’lasiz baxt uyin qurguvchi me’mor.

* * *

Agar Haq yo’lida bo’lsangiz hamkor,Omad qushi bo’lar doim sizga yor.

* * *

Agar qalbingizda jo bo’lsa iymon,Unda siz ekansiz haqiqiy inson.

* * *

Iymon-u muhabbat, bilim va mehnat,Hayot yo’lingizni bezar beminnat.

* * *

Agar mashaqqat-la zabt etsang qoya,Boshingga sololmas xavf-xatar soya.

* * *

Kimki bilmoq bo’lsa, asrorin baxtning,Qadriga yetmog’i lozimdir vaqtning.

Nilufarxon SOBIROVA, O’zDSMIFMF

“Qo’g’irchoq teatr aktyorligi” 1-bosqich talabasi

I k k i l i k l a r