o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta...

12
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI MASOFAVIY TA’LIM PLATFORMASIDA O’QUV RESURSLARINI YARATISH VA UNDAN FOYDALANISH BO’YICHA YO’RIQNOMA Toshkent-2020

Upload: others

Post on 22-Oct-2020

27 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI

    MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

    MASOFAVIY TA’LIM PLATFORMASIDA O’QUV RESURSLARINI

    YARATISH VA UNDAN FOYDALANISH BO’YICHA YO’RIQNOMA

    Toshkent-2020

  • Kirish

    Talabalarni masofadan o’qitishda elektron ta’lim platformasi samarali vosita

    hisoblanib, professor-o’qituvchilar va talabalarning off-line (on-line) muloqotini

    ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, talabalarga bilim berishning

    zamonaviy usullaridan biri bo’lib, mazmun va shakl jihatidan yuqori darajadagi bilim

    hamda ko’nikmalarni mustaqil shakllantirishga xizmat qiladi.

    Ushbu metodik qo’llanma OTMdagi barcha professor-o’qituvchilari va

    talabalariga mo’ljallangan bo’lib, Moodle tizimidan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan

    o’quv materiallarini kiritish va undan foydalanish bo’yicha uslubiy tavsiyalar bayon

    etilgan.

    Mualliflar:

    D.Xodjayev – O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i.

    A.K.Axmedov – “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri.

  • Masofaviy ta’lim jarayonida Moodle tizimidan foydalanish

    bo’yicha yo’riqnoma

    Ushbu qo’llanma professor-o’qituvchilar va talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib,

    masofaviy ta’lim (off-line) tizimidan foydalanishda foydalanuvchilarning bilim va

    amaliy ko’nikmalarbni shakllantirishga xizmat qiladi.

    Buning uchun institut saytida joylashtirilgan moodle.tiiame.uz sahifasiga kiramiz

    (1-rasm).

    1-rasm. Moodle masofaviy ta’lim platformasining interfeysi

    Ushbu sahifada ko’rsatilgan Kirish (Вход) tugmasi bosiladi va quyidagi tartibda

    undan foydalanish mumkin (2-rasm).

    2-rasm. Foydalanuvchi nomi va Parolni kiritish

    1

    Professor-o’qituvchilar tomonidan kurslarni yaratish tartibi

    Tizimga kurslarni yaratish uchun kirganda O’zbek, Rus va Ingliz tilidan birini

    tanlash talab etiladi. Til tanlanganidan keyin nima fan qaysi kafedraga tegishli bo’lsa

    fan yaratuvchisi belgilagan kafedra ichida tugmasini bosish orqali fanlarni hosil

    qilish mumkin. Quyidagi interfeys ochiladi (3-rasm).

    3

    a-rasm. Fan yaratish uchun ochilgan darchaning umumiy ko’rinishi

    1 Izoh: foydalanuvchi nomi va parol kurs yaratuvchisi tomonidan kiritiladi.

    moodle.tiiame.uz

  • Misol tariqasida Statistika fanini yaratamiz. Yuqoridagi Darchada talab qilingan

    kataklar to’ldiriladi va kursni boshlash va yakunlash intervallarini belgilash

    imkoniyatlari ham mavjud.

    3

    b-rasm. Fan yaratish uchun ochilgan darchaning asosiy qismini to’ldirish

    3

    c-rasm. Fanning maqsad va vazifalari (mazmuni) qisqacha bayon etiladi

    3

    d-rasm. Kursning formatini tanlash

    Bunda, fanning mavzulari soni va o’quv rejaga asosan soatlar miqdoridan kelib

    chiqqan holda tanlanadi. Biz tanlagan fan 16 haftaga mo’ljallanganligi sababli,

    mavzularni ham shunga mos holda shakllantiramiz.

    Shuningdek boshqa bir qator elementlar ham mavjud bo’lib ularni ham shu

    yo’sinda to’ldiramiz va “saqlash va ko’rsatish” tugmasini bosamiz.

  • 4-rasm. Statistika fanining mavzularini kiritish va tahrir qilish

    Tahrir qilish tugmasini bosib, fanning Kalendar rejasidagi mavzularni kiritish

    mumkin. Buning uchun “Mavzu 1” yonidagi qalamni bosish kerak va mavzuni kiritish

    talab etiladi hamda Enter tugmasi bosiladi.

    4

    a-rasm. Mavzuni kiritish va tahrir qilish

    Quyidagi rasmda kiritilgan mavzularni ko’rish mumkin.

    Yuqorida keltirilgam mavzular ichiga elementlar qo’shish mumkin. Quyidagi

    rasmda ko’rinadiki, har bir element o’zining foydalanish xususiyatiga mos ravishda

    tanlanishi mumkin.

    4

    b-rasm. Mavzular ichiga zarur bo’lgan elementlarni qo’shish

  • Baholash usullari xilma xil bo’lib, ulardan foydalanish o'ziga hos

    murakkabliklarni keltirib chiqaradi, ayniqsa ko'p variantli savollardan foydalanilganda.

    Bizning fikrimizcha fan yuzasidan talabalar bilimini baholashda “test sinovlari” eng

    maqbul usul hisoblanadi.

    Test (ing. - "sinash", "tekshirish") yoki “sinov” har xil vaziyatlar orqali tizim

    faoliyatining asosiy jarayonlarini o'rganish va kuzatiladigan o'zgarishlarni tahlil qilish

    usuli hisoblanadi. Shuningdek, ta'lim jarayonida, testdan foydalanishga asoslangan o'quv

    muassasalarda talabalar bilimini aniqlash shakli pedagogik test deyiladi2.

    Bizning fikrimizcha, “test” - talabalar bilimini baholash vositasi hisoblanib, sinov

    natijalarini tahlil qilish uchun standartlashtirilgan tizimdir. Test savollaridan ko'zlangan

    asosiy maqsad oz vaqt ichida o'quvchilarni yoppasiga baholash hamda

    mutaxassislarning bilim va saviyasini aniqlash uslublaridan biri hisoblanadi.

    Test yordamida o'quvchi yoki mutahassisning bilimi, ilmi va ma'naviy etukligini

    (dunyoqarashini) sinash hamda yoshlarning qaysi yo'nalish va mutahassislikka layoqati

    borligini, iqtidorini zudlik bilan aniqlash yoki baholashga imkon beradi. Test yordamida

    bilimni baholashning pedogogik nuqtai-nazardan ayrim yutuqlari va ba'zi kamchiliklari

    mavjud bo'lib, baholash jarayonini kompyuter dasturiy vositalari orqali yoki on-line

    tarzda global internet tarmog’i orqali masofadan boshqarish tizimidan foydalanish

    mumkin. Shuningdek, test savollari va masalalarning jozibadorligi, ularning qisqa va

    lo'ndaligi, umumiy javoblar ichida to'g’ri javobning borligi va ular o'quvchilarga

    ko'rsatma bo'lib xizmat qilishi, topishmoqli o'yinga o'xshashligi va javobni topishda

    xotira ichki his (intuitsiya) va topqirlik qo'l kelishida namoyon bo'ladi.

    Hozirgi kunda testlar takomillashib qog’oz shakldan elektron shaklga o'tib, o'ziga

    hos qulaylik va talabalar bilimini masofadan nazorat qilishga imkon bermoqda.

    Shuningdek, pedagog va talabani vaqtdan unumli foydalanish, mashg’ulotlar davomida

    aniq bilim va ko'nikmalarni shakllantirish hamda natijalarni darsdan darsga yaxshilab

    borishda o'qitish va nazoratning intensiv usuli bo'lib xizmat qiladi. Jumladan, amaliy

    mashg’ulotlar davomida o'zlashtirilgan bilimlarni sinashda yoki o'tilgan mavzularni

    mustahkamlashda 7-10 ta testdan foydalanib, talabalarni faolligini oshirish orqali

    ularning bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish mumkin.

    Bizni ko'proq testni qanday shakllantirish va undan foydalanish qiziqtiradi,

    shunday emasmi?! Buning uchun testni quyidagi turlarini farqlashimiz talab etiladi.

    Ya'ni:

    sodda testlar (to'g'ri/noto'g'ri);

    2Казиев В. М. Введение в практическое тестирование. - М.: INTUIT.RU, Бином. Лаборатория Знаний, 2008.

    Test topshiriqlarini shakllantirish bo’yicha

    ko’rsatma:

  • bitta to'g'ri javobli testlar (oddiy testlar); bitta noto'g'ri javobli testlar (oddiy testlar); ko'p variantli testlar (bir nechta javob to'g'ri hisoblanadi); berilganlardan mos keladiganini tanlash; iyerarxiya ko'rinishida (ketma-ketlikda) joylashtirish; bo'sh joylarni to'ldirish; mos elementlarni birlashtirish; rasmlardagi o'xshashlik yoki farqlarni belgilash; va boshqa ko'rinishda bo'lishi mumkin (mazkur test turlariga misollar

    fakultativ tarzda darsdan tashqari holatda o’qituvchi tomonidn

    tushuntiriladi).

    Yuqorida keltirilgan testlarning barchasidan har doim ham foydalanmaymiz,

    ayrimlaridangina foydalanamiz holos. Mamlakatimizdagi Oliy ta'lim muassasalarida

    talabalar bilimini baholashda elektron moodle3 tizimidan foydalanilmoqda. Ushbu tizim

    imkoniyatlaridan foydalangan holda talabalar bilimini baholash va doimiy nazorat qilish

    imkoniyati mavjud. Jumladan, talabalarni joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy

    nazorat ishlarini baholashda test sinovlarini qo'llash qulay hisoblanadi. Ayniqsa, moodle

    tizimi foydalanuvchisi hisoblangan ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilarning

    shaxsiy interfeyslari mavjud. Ushbu interfeysda yaratilgan “Mening kurslarim” ruknida

    mavjud fanlar ichida element qo'shish uchun yordamchi qismlar mavjud.

    Yuqorida keltirilgan test turlarining barchasini qo'llagan holda moodle tizimida

    testlar to'plamini shakllantirish mumkin (5-rasm). Shuningdek, testlar yordamida o'tilgan

    mavzularni takrorlash, talabalar bilimlarini mavzu bo'yicha mustahkamlash, yangi

    mavzularni oldingi mavzular (boblar va bo'limlar) bilan mantiqan izchil bog’lab, o'zaro

    aloqadorlikda darsni tashkil etish vositasi sifatida ham qo'llash yaxshi samara beradi.

    5-rasm. “Test” hosil qilishda uni tarkibiy qismlarini tahrirlash

    3 www.moodle.org – saytidan ko’proq ma’lumot olish mumkin.

  • Ushbu tahrirlash amali orqali quyidagi vazifalarni bajarishimiz mumkin. Testga

    nom qo’yish, sinovni boshlash va tugatish vaqtini belgilash, testni davomiyligini

    belgilash, baholash va urinishlarni belgilash kabi ishlarni belgilash talab etiladi.

    Test yaratilganidan keying buyruqlar panelida “testni tahrirlash” orqali testlar

    to’plami shakllantiriladi.

    “yangi savol” qo’shish tanlanadi va savol kiritish uchun

    yangi darcha ochiladi. Ushbu darchada testing bir nechta

    shakllari mavjud bo’lib, ulardan birini tanlash yo’li bilan

    amalga oshiriladi. Quyida biz har doim foydalanadigan

    variantli test shaklini qo’llaymiz.

  • Test savolining to’g’ri javobi 100 foizlik qilib belgilanishi talab etiladi. Sahifani

    saqlash va ko’rish mumkin. 1-mavzuga test elementi qo’shiladi va undan foydalanish

    imkoniyati yuzaga keladi. Quyidagi rasmda aks etgan.

    6-rasm. Shaklantirilgan testning ko’rinishi.

    Shu tariqa mavjud elememntlardan foydalanishni joriy etish mumkin. Shu bilan

    birga talabalar bilimini ham doimiy nazorat qilish imkoniyati yaratiladi. Natijani doimiy

    kuzatib borish mumkin.

  • Dekanat tomonidan shakllantirilgan guruhlar kurs

    yaratuvchilari tomonidan yuqorida ko’rsatilgan tartibda

    qo’shiladi va talabalarga fandan foydalanish huquqi

    beriladi.

  • Moodle tizimidan foydalanishda talabaga ko’rsatma

    Ushbu tizimdan talabalar foydalanishi juda oson hisoblanadi, yuqorida keltirilgan

    1-rasmga asosan tizimga kirish mumkin. Bunda sahifada ko’rsatilgan Kirish (Вход)

    tugmasi bosiladi va quyidagi tartibda undan foydalanish mumkin bo’ladi(7-rasm).

    7-rasm. Foydalanuvchi nomi va Parolni kiritish

    4

    Yangi foydalanuvchi talablar uchun parolni o’zgartirish uchun belgilangan talab

    darajasida rasmiylashtirish lozim.

    8-rasm. Yangi parolni saqlash

    Yangi parolni kiritishda albatta bosh harf, kichkina harf, raqamlar va belgidan

    iborat bo’lishi zarur.

    Talaba uchun sahifa quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi.

    9-rasm. Talaba interfeysining umumiy ko’rinishi

    4 Izoh: foydalanuvchi nomi talabaning passport seriya raqami ko’rinishida kiritilgan va o’z parollari ega.

  • “Mening kursim” menyusida o’qituvchilar tomonidan ruhsat etilgan fanlar

    barchasi ko’rinib turadi va talaba foydalanish huquqiga ega hisoblanadi.

    Statistika fani bo’yicha kiritilgan ma’lumotlar talabalar uchun foydalanishga

    tayyor holda ekanini ko’rish mumkin. Hamda barcha yaratilgan elementlar ochiq holatda

    ko’rinmoqda. Har bir mavzu bo’yicha berilgan topshiriqlarni bajarish va mavzu

    bo’yicha berilgan ma’lumotlardan (tarqatma material, prezintatsiya, masala va

    topshiriqlar) foydalanib bilimini mustaqil baholashlari mumkin.