kitobxon · 2019. 10. 27. · sovet tuzumi o zining salbiy ta sirini o tkazdi. o zbekiston davlat...

11
Kitobxon.Com

Upload: others

Post on 08-Feb-2021

11 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

  • Kitobxon.Com

  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

    MINGNOROV ABDUXOLIQ TOSHMIRZAYEVICH

    MADANIYATSHUNOSLIK

    O‘QUV QO‘LLANMA

    “Istiqlol nuri”Toshkent – 2015

    Kitobxon.Com

  • Ushbu o‘quv qo‘llanma Toshkent moliya instituti ning barcha bakalavriyat yo‘nalish lari uchun o‘quv rejasi va dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi “Gumanitar fanlar ta’lim yo‘nalishi” bo‘yicha o‘quv – uslubiy komissiya majlisining 3-sonli bayonnoma qaroriga binoan ekspertizaning ijobiy xulosasiga asosida chop etishga tavsiya etilgan.

    Muallif: t.f.n. A. T. Mingnorov

    Taqrizchilar: t.f.d., prof. Q. Usmonov t.f.d. M. Abdurahmonov s.f.d. V. Qo‘chqorov

    ISBN 978-9943-4303-5-8 © A. Mingnorov,© “Istiqlol nuri”,

    2015-yil.

    UO‘K: 008(075)KBK: 71M52 Mingnorov, Abxuholiq Madaniyatshunoslik: o’quv qo’llanma / A. Mingnorov. – Toshkent :

    “Istiqlol nuri”, 2015. – 264 b.

    KBK: 71ya73

    Kitobxon.Com

  • 3

    KIRISH

    Respublikamiz Oliy ta’lim muassasalarida “Madaniyat-shunoslik” fanining o‘qitila boshlanishi mustaqillik davrida ma’naviyatni oshirishdagi muhim qadami bo‘ldi. Zero, yur-timizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga chiqishi, mamlakat iqtisodiyotini yangi tamoyillar asosida boshqarishga o‘tilishi, milliy va umum insoniy qadriyatlar negizida demokratik, huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish-ga kirishilganligi mantiqiy tarzda madaniyat, ma’naviyat muammolariga yangicha yondashish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. Modomiki, milliy, tarixiy tajribalar asosida yangi jamiyat barpo etayotgan ekanmiz, bu jarayon jamiyatning barcha jabhalarini – siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy makon va zamonda bir butun tizim tar-zida yangilanishini talab etadi. Bu, avvalo, madaniyatga yangicha munosabat, ajdodlar merosini e’zozlash, uni asrab, avaylash, o‘rganish va boyitish asnosida komil inson shaxsini shakllantirib borish demakdir.

    “Madaniyatshunoslik” fanining asosiy maqsadi baka-lavriat yo‘nalishi talabalariga insoniyat taraqqiyotiga xos madaniy jarayon, madaniyat taraqqiyotining umumiy qo-nunlari haqida tushuncha berishdir. Fanning vazifasi tala-balarni jahon, birinchi navbatda, Sharq madaniyati, xususan, Markaziy Osiyo xalqlarining boy madaniy merosi, betakror moddiy-madaniy obidalari, barhayot udumlari, an’analari, turmush tarzini ifodalovchi ilmiy ma’lumotlar bilan tanishti-rishga qaratilgan. Ikkinchidan, ajdodlarimizning madaniy merosini o‘rgatish asosida ularni otashin vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, o‘zlikni anglash, Vatan tuyg‘usi, ona yurt g‘ururi, sharqona qadriyatlar asosida talabalar qal-biga milliy g‘oya, mafkurani singdirishdir.

    Yer kurrasini qamrab olgan globallashuv jarayoni, gеosi yo satda turli kuchlar va manfaatlarning to‘qnashuvi, g‘oyaviy kurashning kuchayishi, diniy, milliy, ma’naviy so-halarda g‘arazli niyat bilan chiqarilayotgan kеlishmovchilik va nizolar madaniyat taraqqiyotiga ham, xalqlarning ruhi-yati, kayfiyatiga ham, insoniyat birligiga ham rahna sol-

    Kitobxon.Com

  • 4

    moqda. Ma’naviyatga, madaniyatga va tarbiyaga nisbatan bo‘layotgan ijobiy ta’sir va salbiy tazyiqlarni bеlgilab, hi-sobga olib borish zarurligi ham madaniyatshunoslik fanining muhimligini ko‘rsatadi.

    Talabalarga milliy iftixordеk ulug‘vor va tеran tuyg‘uni shakllantirish ajdodlarimizdan mеros qolgan bеbaho madani-yatni bilish, qadrlash va yanada boyitish bilan bog‘liqdir. Mana shunday ezgu tuyg‘u va bunyodkor g‘oyalar ongimiz va qalbimizdan joy olishi uchun xalqimiz yaratgan bеtakror madaniyat va ma’naviyatni egallashimiz juda muhimdir.

    Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi bеshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon e’tirof etgan. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozil-u fu-zalolar, olimu ulamolar, tarixchi – faylasuflar, siyosatchilar, sarkardalar yеtishib chiqqan. Madaniyatshunoslik fani Shi-roq, Spitamеn, Muqanna, Jaloliddin Mangubеrdi kabi xalq qahramonlari, Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Imom alBuxoriy, Imom atTеrmiziy, Abu Rayhon Bеru niy, Abu Ali ibn Sino, Abu Mansur al-Moturudiy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Pah lavon Mahmud, Ahmad Yassaviy, Hakim otaning shogirdi Zangi ota, Amir Tеmur, Mirzo Ulug‘bеk, Ali Qushchi, Jamshid Koshiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahoud-din Naqshband, Alishеr Navoiy, Nasafiylarning hayoti va ijodi misolida yuksak ma’naviy-madaniy tuyg‘ularni shak-llantirishga ko‘maklashadi.

    Ajdodlarimizdan qolgan moddiy va ma’naviy merosga sovet tuzumi o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazdi. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ushbu qadriyatlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Bu ulkan ishlarni amalga oshirish maqsadida, Yurtboshimiz Islom Karimov madaniyatshunos-lik fanining tamal toshini qo‘ydilar. Shuning uchun ham biz Yurtboshimiz asarlariga murojaat qilamiz, o‘rganamiz.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: “Qa-dimqadimdan o‘lkamizda dеhqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, mе’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak da-rajada rivojlanganidan dalolat bеradi. Mamlakatimiz hudu-dida mavjyd bo‘lgan to‘rt mingdan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida

    Kitobxon.Com

  • 5

    YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqla nayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir ”1, deb ta’kidlab o‘tgan edilar.

    Madaniyatshunoslik fanini o‘rganishning zarurligini dav-latimiz rahbarining yuqoridagi so‘zlari ham asoslab turibdi. Har bir madaniyatli odam milliy va umumjahon madaniyati xazinalaridan xabardor bo‘lishi zarurdir.

    Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Asarlar to‘plami”dan, shuningdek,“Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” – T.: “Sharq” 1998, Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”. 2008. O‘zbekiston milliy ensik lopediyasi. 112 – jildlar “O’zME” davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent – 2000-2006, Amir Temur jahon tarixida (T.:Sharq.2001), Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati (T.: G‘.G‘ulom nashriyoti 2009), Milliy g‘oya: targ‘ibot texnikalari va ata-malari lug‘ati (T.:Akademiya 2007), Madaniyatshunoslik, (o‘quv qo‘llanma – T.: “iqtisod-moliya”2008.) va boshqa ada biyotlardan foydalanildi.

    1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 31–32b.

    Kitobxon.Com

  • 6

    1-MAVZU: “MADANIYATSHUNOSLIK” FANINING PREDMETI, METODOLOGIK ASOS LARI VA

    AHA MIYATI

    Madaniyat – (arab-madinalik) – kishilarning tabiyatni, borliqni o‘zlashtirish jarayonida yaratilgan moddiy, ma’naviy boyliklar majmuasidir.

    Reja:

    1. “Madaniyatshunoslik” fani va uni o‘rganishning meto-dologik asoslari.

    2. Madaniyatshunoslikning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi. Madaniyat va sivilizatsiya.

    3. Madaniyatshunoslik fanining asosiy tarkibiy tuzulishi.

    Mavzuga oid tayanch so‘zlar:

    Madaniyat – inson faoliyati asosida yaratiladigan moddiy-ma’naviy boyliklar. U ijtimoiy hodisa sifatida har bir jami-yatda o‘ziga xos bo‘ladi. Uning rivojlanishi avlodlarni birbiri bilan bog‘laydi, taraqqiyotni uzluksizligini ta’minlaydi;

    Mеntalitеt – muayan, jamiyat, millat, shaxsning tarixan tarkib topgan tafakkur darajasi, tahlil muxofazasi, aqliy sa-lohiyati.

    Fеnomеn – ko‘zga tashlanib turgan aniq holat yoxud kam uchraydigan hodisa.

    Intеlligеnt – bilimlilik, ijtimoiy tabaqa sifatida asosan aqliy mеhnat bilan shug‘ullanadigan kishilar.

    Mavzuga oid adabiyotlar

    1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T., 1998.

    2. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. – T., 1994.3. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, si-

    yosat, mafkura.1-j –T.: “O‘zbekiston”, 1996.4. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2j.

    – T: “O‘zbekiston”,1996 .

    Kitobxon.Com

  • 7

    5. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3j. – T.: “O‘zbekiston”, 1996.

    6. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.

    7. Axmedova E., Gabidullin R. Kulturologiya – T., “Aka demiya” 2001.

    Qo’shimcha adabiyotlar.

    1. Annemarie Sh. Jonon mening jonimda. –T.: “Sharq”, 1999.

    2. Ахмедшин Н.Х. Тайны шелкового путы. – М., 2002.3. Buxoro. Albom. –T.: “O‘zbekiston”, 1994.4. Гуламов Х.Г.,Татыбаев А.С. Центральная Азия и

    мировая история.–T.: “Университет”, 2004.5. Jaloliddin Rumiy. Qalb ko’zingni och. –T.: “San no

    standart”, 2010.

    1. “MADANIYATSHUNOSLIK” FANI VA UNI

    O‘RGANISHNING METODOLOGIK ASOSLARI

    Madaniyat arabcha madina (shahar) so‘zidan kеlib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy (sahoyi) turmush, ikkinchisi madaniy turmush dеb atagan-lar. Madaniylik shaharda o‘troq holda yashab, o‘ziga xos turmush tarziga ega bo‘lgan xalqlarga, masalan, Madina shahrida yashaganlarga nisbatan ishlatilgan. Madina – to‘liq arabcha nomi Madinat – Rasulilloh, ya’ni payg‘ambar shahri hisoblanib, obodonchiligi, ko‘rkamligi bilan Arabistondagi aholi yashaydigan boshqa manzilgohlardan ajralib turadi. Shuningdеk, Madina Makkadan kеyin musulmonlar ibodat qiladigan eng yirik shahar. Shu tariqa madaniyat so‘zi biz-ning o‘lkamizga Madina shahri nomi bilan, islom dini bilan bog‘liq tarzda kirib kеlgan1.

    Madaniyatshunoslik eng yosh fan hisoblanadi. U asosan XX asr ikkinchi yarmida ijtimoiy muammolarni yechishda 1 Madaniyatshunoslik. – T.: “Iqtisod-Moliya”. 2008. 8-b.

    Kitobxon.Com

  • 8

    madaniyatning ta’sirini ko‘tarish, ta’lim-tarbiyada bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi natijasida mustaqil fan sifatida shakl-landi. G‘arb mamlakatlari oliy o‘quv yurtlarida madaniyatshunoslik fani o‘qitila boshlandi.

    O‘zbеkiston o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan-dan kеyin madaniyatshunoslik fanini rеspublika Oliy o‘quv yurtlarida alohida fan sifatida o‘qitish ishi yo‘lga qo‘yildi.

    O‘sib kеlayotgan yosh avlodni ma’naviy barkamol in-son qilib voyaga yеtkazish, insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy mеros xazinalaridan bahramand etish, Vatanga sadoqat, boshqa xalqlarga hurmat tuyg‘ularini shak-llantirishdan iborat.

    Madaniyatshunoslik fanining vazifasi — madaniyat rivoj lanishining eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Uning tadqiqot obе’kti esa, insonning tabiat, jamiyat bilan birga likda yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar dunyosi, kishilarning maishiy va ma’naviy turmushiga oid barcha ja-rayonlar o‘z aksini topgan.

    Shu jihatdan uning tadqiqot manbalariga quyidagilar kiradi:

    1. Inson yaratgan san’atning barcha sohasi2. Kishilarning muomala vositasi bo‘lgan til3. Jamiyat boyligi va mеzoni bo‘lgan bilim4. Jamiyatda sodir bo‘layotgan etnik jarayonlar.

    Madaniyatshunoslik umumnazariy fan hisoblanib, unga xos bo‘lgan xusu siyat – insonning madaniy hayoti hodisa-sini tartibli tizimga solib yondoshish hi sob lanadi. U jamiyat hodisasi bo‘lishi bilan birga, jamiyatdan tashqarida mavjud emas.

    Madaniyat insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo‘lib qolmay, ayni damda u jamiyat taraq qiyo tining darajasini ham ifo-dalaydi. Jamiyatdagi bilim, mеzon va qadriyatlar yig‘in disi madaniyat orqali namoyon bo‘ladi va gavdalanadi.

    Insoniyat tomonidan yaratilgan madaniyat boyliklarini o‘rganishda bir butun tizimli yondashish, birini boshqasiga qarama-qarshi qo‘ymaslik, yoki birini mutlaqlashtirmasdan umumnazariy xulosalar chiqarish imkonini bеradi.

    Kitobxon.Com

  • 9

    Jamiyat madaniy hayotini hozirgi zamon fani “madani-yat” tushunchasini qo‘llanish xaraktеriga qarab quyidagicha o‘rganadi: masalan, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estеtik, oila, xizmat ko‘rsatish, muomala madaniyati, shuningdеk, ommaviy madaniyat, badiiy madaniyat, milliy, mintaqaviy, umum insoniy mada niyat va boshqalar kiradi. Shu o‘rinda yuqoridagi so‘zlarning mohiyatini biroz izohlaydigan bo‘lsak:

    a) iqtisodiy madaniyat – ishlab chiqarish, taqsimot, ayir-boshlash, istе’mol, malaka, mеhnat madaniyati kabilarni o‘z ichiga oladi;

    b) siyosiy madaniyat – jamiyat va shaxsning siyosiy ongi darajasini ko‘r sat gichi bo‘lib, davlat tomonidan olib borilayot gan ichki va tashqi siyosat mohiyatini anglash, qo‘llab-quvvatlash, faoliyat ko‘rsatish bilan bog‘liq jara yon-larni hamda u haqdagi bilim va ko‘nikmalarni tashkil etadi;

    v) huquqiy madaniyat – o‘z haq-huquqini himoya qilish, burchiga sodiq bo‘lish, qonunlarni hurmat va itoat qilish de-makdir;

    g) kasb madaniyati – aniq mеhnat turi bilan bog‘liq max-sus nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar yig‘indisidan iborat;

    d) pеdagogik mahorat madaniyati – ilmiy bilimlarni va axloqiy qadriyatlarni jamiyatdagi yosh avlodga yеtkazishdan iborat.

    е) “ommaviy madaniyat” – baynalminal va milliy ko‘rinishga ega bo‘lib, kеng auditoriyaga mo‘ljallangan. Ommaviy madaniyatning ta’sirlari to‘g‘risida Yurtboshimiz qo‘yidagi fikrni berganlar: “Biz estrada san’atining bugungi va ertangi rivoji haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor “milliy estrada” degan iboraning ma’no-mazmuniga alohida e’tibor berishimiz, uni har qanday begona ta’sirdan, ayniqsa, “ommaviy madaniyat” ruhidagi oqimlar ta’siridan himoya qilishimaz tabiiy, albatta”1. Estrada, sirk, radio, tеlеvidеniе va boshqa ayrim musiqa turlari shu madaniyatga aloqador-dir. Badiiy madaniyat va jismoniy madaniyat kabi komplеks ko‘rinishlar ham bor. Mutaxassislar va havaskorlar yaratgan ijod namunalari badiiy madaniyatga mansub. San’at ham ba-1 I.Karimov. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat. 2008. 141–142-b.

    Kitobxon.Com

  • Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasihttps://kitobxon.com/oz/asar/1361 saytida.

    Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версиясиhttps://kitobxon.com/uz/asar/1361 сайтида.

    Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можнонайти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/1361