karimov zafarbek atabaevich - ziyonet.uz file3 kirish milliy ma`naviyatimizda demokratiyaga...
TRANSCRIPT
1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
«Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi» kafedrasi
Qo’l yozma huquqida
Karimov Zafarbek Atabaevich
Mavzu: «Ma`naviyat va demokratiyaning o`zaro
aloqadorligi»
5A111601 – Ma’naviyat asoslari
Magistr akademik darajasini olish ushun yozilgan dissertatsiya
Ilmiy rahbar: akademik J. Bazarbayev Kafedra mudiri: akademik J. Bazarbayev
Nukus – 2013
2
«Ma`naviyat va demokratiyaning o`zaro aloqadorligi»
Reja:
Kirish
I-bob. Yuksak ma`naviyat jamiyat rivojining omili
1. Mustaqillik demokratik jamiyatni qurishning poydevori
2. Ma`naviyat va jamiyatning yangilanishi
3. Ma`naviyat va demokratik huquqiy davlat
4. O`zbekiston demokratik tamoyillarning qaror topshi va raivojlanishi.
II-bob. Demokratik boshqaruvning taraqqiyot uchun ahamiyati
1. Demokratiya to`g`risidagi turli xil yondashuvlar
2. Demokratiya eksporti: maqsadlari, shakllari
3. Demokratiyaning ma`naviy jihatlari
III-bob. Ma`naviyat va demokratiyaning uzaro aloqadorligi
1. Ijtimoiy-siyosiy yo`nalishlarning ma`naviy va demokratik asoslari
2. Ma`naviy buzg`unchilik – g`arb jamiyatiga xos illat
3. Buzg`unchi ma`naviy oqimlarning mustaqil davlatlar suverenitetiga tahdidi
IV-bob. O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish va uning ma`naviy
asoslari
1. O`zbek xalqi ma`naviyati rivojlanishining tarixiy bosqichlari va xususiyatlari
2. Demokratiya va huquqiy davlat
3. Demokratik adolatlik va uning hayotdagi ma`naviyat bilan uyg`unligi
4. Yuksak ma`naviyatni takomillashtirish va demokratik jarayon
V. Xulosa
VI . Foydalanilgan adabiyotlar
3
Kirish
Milliy ma`naviyatimizda demokratiyaga munosabat masalasi nihoyatda
muhim, ham o`ta murakkab. Manbalar ahvoli, ularni o`rganish darajasi, talqinlar
va umuman qamrov masalasi bir kishiga benihoya og`irlik qiladы. Kelgusida bu
yo`nalishda jiddiy tadqiqotlar talab etiladi, hozircha bor ma`lumotlarga tayanib,
masalaning faqat bir-ikki jihatiga ishora etib o`tish bilan cheklanamiz.
Bugungi kunda millatni nihoyatda umidvor qiladigan, quvontiradigan,
ko`ngilga ishonch bag`ishlaydigan narsa – 1) mustaqillik Konstitutsiyamizning
ushbu ma`naviyatimiz quvvatiga javob bera oladigan darajada mukammal
ekanligi, 2) Prezidentimizning fikriy ko`lami va dadilligi, 3) xalqimizning
Mustaqil Vatan kelajagi yo`lidagi buyuk izlanish amalida bardosh va
qat`iyatidir.
Oldimizda ulug` va ezgu maqsad – har bir insonning o`z ichki
imkoniyatlari, turfa iqtidori va salohiyatini namoyon qilishga, farovon va o`z
qadriga munosib turmush kechirishiga barcha sharoit muhayyo bo`lgan, qonun
ustivorligiga, barcha toifalarning o`zaro teng hamkorligi va bahamjihat
faolligiga asoslangan hur va ozod jamiyat qurish, jahon hamjamiyatida o`z
munosib o`rnini egallab turgan mustaqil davlat, ilg`or millat sifatida bashariyat
taraqqiyotiga hissa qo`shish turipti.
Prezidentning «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida…» kitobida aytilganidek,
«shu ulug` maqsad yo`lida turgan muammolar va tahdidlarni aniq tushunish
jamiyatni birlashtiradi, o`z o`lkasi, jonajon Vatanining tarixi va hayotidagi
murakkab voqealarga daxldorligini puxta o`ylash, yanada chuqurroq anglash
imkonini beradi».
Siyosatga ma`naviyat nuqtai nazaridan yondoshganda ikki muhim muammo
birinchi navbatda ko`zga tashlanadi. Birinchisi hokimiyat manbai masalasi,
ikkinchisi – insonlar va ijtimoiy toifalarning jamiyatdagi o`zaro munosabati
asoslari. Har ikki masala bir-biri bilan bevosita bog`liq va tutash, shu sababli
4
ham ko`pgina allomalarimiz ularni birga olib qaraganlar. Shu bilan birga
ularning mustaqilligi ham doim sezilib turadi.
Odatda demokratiya haqida gap ketsa, uni xalq hokimiyati, davlat shakli,
fuqarolarga va ularning ixtiyoriy birlashmalariga, boshqarishga oid qonun
hamda qarorlarning ma`no-mazmuni, ijtimoiy manfaatlarni ro`yobga
chiqarishga ta`siri bilan bog`liq holda ta`riflaydilar. Demokratiyaning asosiy
qoidalari esa xalq hokimiyatchiligi, parlamentarizm, hokimiyatlarning
bo`linishi, siyosiy, g`oyaviy plyuralizm, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy davlat
institutlari, fuqarolarning ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy huquqlari kabi
tushunchalar asosida sharhlanadi. Shuningdek, demokartiya markaziy va
mahalliy vakillik muassasalari, saylash va saylanish, qonuniylik tamoyillarini,
turli partiyalar, jamoat tashkilotlarining amal qilishini taqozo etishi ta`kidlanadi.
Lekin G`arb qadriyatlaridan kelib chiqadigan ushbu ta`riflarda asosiy e`tibor
ob`ektga, ya`ni ijtimoiy-siyosiy institutlarga qaratiladi. Ayni paytda
demokratiyani harakatga keltiradigan kuch, pirovard maksad bo`lgan inson va
uning manfaatlari, ichki ma`naviy olami e`tibordan soqit qilinadi. Natijada
G`arb demokratiyasi tashqi olamni, ijtimoiy-siyosiy hayotni, institutlarni
takomillashtirishga ahamiyat beradi-yu lekin asosiy masala- insonni esdan
chiqaradi. Sharqona demokratiya esa, G`arb demokratiyasidan farqli o`laroq,
dunyoni, ijtimoiy hayotni o`zgartirishni insondan, uning ichki, ma`naviy
hayotidan boshlaydi. Insonni, uning ma`naviyatini yuksaltirish orqali adolatli
jamiyat barpo etish – Sharq demokratiyasining bosh maqsadi. Albatta, biz bu
o`rinda Sharq demokratiyasini G`arb demokratiyasiga qarshi qo`ymoqchi
emasmiz. Dunyo tsivilizatsiyasining ulkan yutug`i bo`lgan G`arb
demokratiyasida o`rganishga munosib tajribalar ko`p. Shu bilan birga,
davlatchilik borasida qadimiy an`ana va qadriyatlarga ega bo`lgan Sharq
dunyosining demokratiya masalasida o`ziga xos qarash va tajribalari, taraqqiyot
modeli borligini inkor qilib bo`lmaydi.
Sharqona demokartiya, avvalo, quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
tegishli subordinatsiyani saqlash va ierarxik munsobatlarda kam tajribali, kam
5
bilimli kishi ko`p tajribali, keng bilimli kishiga itoat etadi; davlat va jamiyatni
boshqarishda avvalo axloqiy, ma`naviy me`yorlarga rioya qilinadi; ajdodlar
tajribasiga asoslangan an`anaviy huquqiy munosabatlar saqlanib qoladi; fiqhda
tarixiy an`analarga (Qur`oni karim va hadisga) tayangan holda, huquqiy
muammolar erkin hal etib kelingan; hukmdor saroyida davlat va jamiyat
ishlarini boshqarishga oid muammolar echimida ishtirok etadigan kengashlar
(a`yonlar kengashi, vazir kengashi, olimu fuzalolar kengashi singari) bo`lgan;
hukmdor nafaqat o`z hayoti, balki fuqarolarning turmushi, ma`naviyati,
ishonchu e`tiqodi uchun ham javob bergan; ijtimoiy-siyosiy hayotni tadrijiy
rivojlantirishga moyillik seziladi; inson va jamiyat hayoti siyosiy mafkuralar
tazyiqidan xoli bo`lgan; insonning ma`naviy hayotini boyitish, yuksaltirish,
boshqarish asosiy vazifa hisoblangan; inson, davlat va jamiyat manfaatlari
o`zaro uyg`unlikda qaralgan; jamoa hayoti va uninng manfaatlari ustun
qo`yilgan.
Umuman, sharqona demokratik qarashlarda davlat va jamiyat ishlarini
yuritishda adolat, axloqiy-ma`naviy mezonlarga alohida e`tibor qilingan.
Ayniqsa, iymon-e`tiqod, ezgu amal, xushmuomalalik, birovning mol-mulkiga
ko`z olaytirmaslik, murosai madora, jamoa bo`lib yashash, o`zaro hurmat,
amaldorlar faoliyatini qadrlash, qonunlarga bo`ysunish, xalqning arz-dodini
eshitish, nohaqlik ro`y bergudek bo`lsa, zaif, yordamga muhtoj kishilarni
yoqlash, poklik, mehr-muruvvat va beg`arazlikni ulug`lash kabi fazilatlar
jamiyat hayotida muhim o`rin tutgan.
Sharq va G`arb siyosiy qarashlarini taqqoslar ekan, rus olimi A.Panarin
«G`arb tafakkuri odamning olam ustidan ustunligini ta`minlash va tasdiklashga
qaratilgan sotsioantropotsentrizmga moyil, u dunyoni mensimaydi. Sharq
donishmandligi esa kosmotsentrik, unda kishining barcha o`y va xatti-
harakatlari kosmos qonuniyatlariga muvofiq bo`lishi zarur» degan xulosaga
keladi (Panarin A.S. Politologiya. O mire politiki na Vostoke i na Zapade. M-.,
Knijniy dom «Universitet», 1999, s. 198). A.Panarinning bu qiyosida jon bor.
Chunki dunyodagi hech qaysi din yoki mafkura – na konfutsiylik yoki daotsizm,
6
na buddaviylik, xristianlik yoki islom dunyoni zo`rlik bilan o`zgartirish
tarafdori. Aksincha, ularning barchasida insonning ma`naviy-axloqiy
fazilatlarini mukammallashtirish orqali ozod va erkin hayot qurish g`oyasi ilgari
suriladi. Aslida, adolat, odamlarning kosmos qonuniyatlariga muvofiq yashashi,
noqisning komildan ibrat olishi, unga ixlos qo`yib, e`tiqod bilan umr
kechirishida yaqqol namoyon bo`ladi.
Ma`lumki, Sharqdagi barcha siyosiy, falsafiy-huquqiy qarashlarda,
ma`naviy-axloqiy etuk inson – podshoh markaziy o`rinda turadi. Hatto Qur`onda
ham Iskandar Zulqarnayn Xudo bergan salohiyatga, ma`naviy sifatlarga ega
hukmdor sifatida tilga olinadi. Bunday yondashuvni buyuk Sharq mutafakkirlari
Ganjaviy, Jomiy, Navoiy asarlarida ham kuzatamiz. Ulug` donishmand Navoiy
asarlarida ham kuzatamiz. Ulug` donishmand Nizomulmulk esa podshohlarni
adolatli va adolatsiz hukmdorlarga ajratadi. Adolat podshohga Xudo tominidan
berilgan ne`mat. Uning ma`naviy-axloqiy xususiyatlari ana shu fazilatni
asrashda ko`rinadi. Bu borada muallif Faridun, Iskandar, Ardasher, No`shiravon,
amir Umar bin Abdulaziz, Xorun ar-Rashid, Mu`tasim, Ismoil bin Ahmad
Somoniy, Sulton Mahmud G`aznaviy singari hukdorlarni ibrat qilib keltiradi.
«Agar podshoh barchadan ustun bo`lishni xohlasa, - deb yozadi Nizomulmulk, -
o`z axloqini yaxshi fazilat va xislatlar bilan bezashi va yomon xislatlar – huqd
xislatlardan uzoqda bo`lishi zarur. Yomon xislatlar – huqd (nafrat), hasad,
g`azab, shahvat, hirs, aml (yomon ish), lajjojlik (ezmalik), yolg`on, buxl,
badfe`llik, zulm, o`zibo`larmonlik, shoshilik, nosipolik kabiladir. Yaxshi
fazilatlar esa hayo, halimlik, kechirimlilik, tavoze, saxovat, sabr, sidq, shukr,
raxmat, ilm, aql, adldir». Lekin Nizomulmulkning qarashlaridan yaxshi fazilatlar
faqat podshoh va uning amaldorlariga xos bo`lishi zarur ekan, degan xulosa
chiqmaydi. Chunki barcha Sharq mutafakkirlari kabi Nizomulmulk ham
podshohdagi ezgu xislatlar uning fuqarolarida ham namoyon bo`lishi zarur, deb
hisoblangan. Sharq mutafakkirlari hukmdorga, uning ma`naviy-axloqiy
darajasiga yuksak talab qo`yar ekan, podshoh orqali jamiyatda ezgulikni,
ma`naviy barkamollikni keng yoyishni ko`zlagan. Shuning uchun ular adolat,
7
ezgu amallar va ma`naviy-axloqiy fazilatlarni barcha – podshoh ham, fuqarolar
ham o`zida shakllantirishi, ularga intilib va amal qilib yashashi darkor, degan
fikrni ijtimoiy-axloqiy mezon darajasiga ko`targan. Bu mezon Sharq
xalqlarining tarixiy-madaniiy paradigmasi, mentaliteti, turmush tarzi va
e`tiqodiga aylanib ketganki, ularsiz bugungi demokratik taraqqiyotni tasavvur
qilish qiyin.
Sharqda davlat va jamiyatni boshqarish printsiplari azaldan
sakrallashtirilgan (ilohiylashtirilgan). Bir qarashda, diniy hayot demokratiya
printsiplariga ziddek ko`rinadi. Ammo Xudoga e`tiqod hech qachon ijtimoiy-
siyosiy va etnomadiniy hayotdagi rang-baranglikka zid bo`lmagan. Masalan,
islom dinida turli mazhab va oqimlarning mavjudligi undagi o`ziga xos
hurfikrlik va demokratiya tasdig`idir. Islom huqushunoslari muqaddas dinimiz
islomda musovot (tenghuquqlilik) nazariyasi, erkak va ayolning tenghuquqliligi,
hurriyat, e`tiqod va so`z erkinligi, sho`ro (kengash) va taloq (ajralish) kabi
qarashlar, ichkilikni taqiqlash, muomala, tijoratga oid mezonlar, yondashuvlar
qaror topganini ta`kidlaydi. Bundan tashqari, shariatning ikki manbai- Qur`on va
sunna ilohiy mohiyatga ega. «Shu sababli islom qonunchiligining asosiy usul va
qoidalari Olloh tomonidan yuborilgan bo`lsa ham, - deb yozadi A.Juzjoniy, -
uninng barcha qirralari Yaratuvchi tomonidan belgilab berilgan emas» (A.
Juzjoniy. Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va O`rta Osiyo faqihlari. T.,
Islom universiteti), 2002, 21-22-betlar).
Sharqona demokratiyaning eng muhim belgisi jamiyatning tadrijiy
rivojlanishini qo`llab-quvvatlashida namoyon bo`ladi. To`g`ri, Sharqda ham
urushlar, ko`zg`olonlar va davlat to`ntarishlari bo`lgan, taxt, hokimiyat uchun
kurash to`xtamagan, lekin unda butun ijtimoiy-siyosiy tuzumni inqilobiy
o`zgartirishga intilish kuzatilmaydi. Shuning uchun ham Sharq uchun ham Sharq
tarixida ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan o`zgartirishga, hokimiyatni kuch Bilan
bosib olishga keng ommani da`vat etadigan siyosiy-mafkuraviy oqim va
ta`limotlar, partiyalar ko`p uchramaydi. Sharq hayoti bunday nazariyalardan
xoli. Faqat XX asrdagina shunday ijtimoiy-siyosiy kuchlar Sharqda (masalan,
8
Turkiyada) ham paydo bo`ldi. Lekin Turkiyadagi Kamol Otaturk partiyasi ham
inqilobiy o`zgarishlarga emas, balki jamiyatni, mavjud tarixiy-madaniy
tajribalarga tayangan holda modernizatsiyalashtirishga intildi.
Sharqona boshqaruv idora va institutlar faoliyatini emas, balki insonning
ma`naviy dunyosini boyitishni nazarda tutadi. G`arbda boshqaruv turli ijtimoiy
institutlar tizimlarini, subordinatsiya va nerarxiya aloqalarini, ish yuritish
texnologiyasini muttasil o`zgartirib borishga, takomillashtirishga yo`naltirilgan.
Deyl Karnegi bunday institutsional yondashuvni inson omili Bilan
almashtirishga intilgani uchun ham G`arbda shuhrat topdi. Deyl Karnegi
metodiga qiziqish hamon so`nmagan bo`lsa-da, u G`arb mentalitetiga
aylanmadi, chunki unda ham insonning ma`naviy olamini boyitish emas, balki
Ovrupoga xos paragmatizmni targ`ib qilish maqsadi ustuvor. Hatto B.Rassel
ham Sharqni shu nuqtai nazardan tanqid qiladi. «Sharqda yangi kashfiyotlar
uchun zarur aqliy energiya yo`q - dedydi u – Nazariy masalalarni hal etishda u
mustaqil mushohada qilishga moyil emas». Bu faylasuf Sharq tafakkuri dunyoni
o`zgartirishga eams, balki insonning ma`naviy dunyosini tadqiq etish orqali
unda tashqi olam bilan uyg`unlikda yashash fazilatlarini shakllantirishga
qaratilganini payqamaydi. Aynan shu kontseptsiya inson manfaatlarini davlat va
jamiyat manfaatlari bilan uyg`unlikda olib qarashni taqozo etadi.
Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-siyosiy va falsafiy-hukuqiy merosida
davlat va jamiyat, shaxs va jamiyat yoki fuqaro bilan podshoh o`zaro qarama-
qarshi kuchlar sifatida qaralmagan. Ushbu tizimda uyg`unlikning bosh sub`ekti
podshoh (davlat) hisoblanasa-da, u funktsional xususiyatlariga ko`ra, nerarxiya
munosabatlarida adolat printsipini qaror toptirishi shart emas. Adolatning
buzilishi boshqarish ishlarini barbod etadi, fuqarolarda norozilik uyg`otadi.
Shuning uchun ham Konfutsiy bunday deydi: «Adolatpesha odamlar
lavozimlarga qo`yilsa, xalq ham podshohga itoat etadi. Mabodo badniyat
kishilar lavozimlarga quo`yilib, adolatparvar kishilar chetga siqib chiqarilsa,
xalq ham itoat etmaydi».
9
Adolatli qaror toptirish sharqona demokratiyaga xos jamoa fikri va
manfaatlari ustunligini ta`minlaydi. Chunki Sharq tafakkuri va hayot tarzida
kommunitar (jamoaviy) g`oya va tasavvurlar ustun turadi, shaxsning o`zini
namoyon etishi, hayotiy maqsadlarga etishmog`i, davlat institutlari bilan
aloqalari uning jamiyatdagi o`rni bilan belgilanadi. G`arbda individ jamoaga,
davlat va jamiyatga qarshi chiqishi, ularni rad etadigan g`oyalarni ilgari surishi
mumkin. Lekin Sharqda bunday harakatlar takabburlik, kommunitar an`ana va
manfaatlarni mensimaslik sifatida qabul qilinadi. Sharqda «Hamma bir kishi
uchun, bir kishi hamma uchun» tamoyili amal qiladi.
Bir so`z bilan aytganda, sharqona demokratiyada insoniylik, mehr-oqibat,
faqat o`zi uchun eams, boshqalar uchun ham yashash xususiyatlari ustunlik
qiladi. Sharq demokratiyasi – an`ana va qadriyatlar erkinligidir. Bu an`ana va
qadriyatlar erkinligidir. Bu an`ana va qadriyatlar abadiy bo`lgani kabi, Sharq
demokratiyasi ham abadiydir.
10
I-bob. Yuksak ma`naviyat jamiyat rivojining omili
1. Mustaqillik demokratik jamiyatni qurishning poyd evori
Mavjud ilmiy adabiyotlarning aksariyati demokratik, fuqarolik jamiyati
uning muhim sharti bo`lgan huquqiy davlat, keng ma`noda tinchlik va erkinlikka
asoslangan xalqning hokimiyatini yagona manba deb tan oluvchi davlat va
jamiyatning siyosiy tuzilishi, shakli sifatida talqin qiladi. Biz demokratik
jamiyatga nisbatan ushbu ilmiy yondoshuvdan kelib chiqqan holda unda erkinlik
masalasini va ana shu erkinlikning ta`minlanishida davlatning tutgan o`rni va
ahamiyati haqida to`xtaladigan bo`lsak, bundan asosiy maqsad demokratik erkni
jamiyatni erkin fuqaro barpo qila olishini alohida ta`kidlashdir. Biz davlat
erkinligi va mustaqilligini qanday tushunamiz? Davlat vjudga kelishi bilan birga
jamiyatning xarakatlanishida katta ahamiyatga ega bo`lgan yangi tashkilot
vjudga keladi. Binobarin, bu tashkilotning mustaqilligi va erkinligi ana shu
davlat mavjud bo`lgan, uni hayotini ta`minlaydigan jamiyat bilan o`zaro
munosabatlariga bog`liq.
Davlat kishilik jamiyati taraqqiyotida ulkan ahamiyatga ega bo`lgan
ijtimoiy-tarixiy xodisa bo`lishi bilan birga, birinchi navbatda, har bir davlat
muayyan har bir xalqning o`ziga xos yashash shaklidir. Binobarn, har qanday
davlat tuzilmalari va ularning faoliyatlari shu xalqning turmush tarzlari, kelajak
haqidagi tasavvurlari, hayotiy orzu-umidlari, unga intilishlari bilan uzviy bog`liq
bo`lishi kerak. Ana shundagina davlatning o`zi hayotiy va kuch-qudratli bo`ladi.
Kelajak hayot haqidagi g`oyalar, fikrlar, orzu va umidlar o`zgarib rivojlanib
borgan sari davlat ham rivojanib boradi. Bu ham tabiiy ijtimoiy jarayondir.
Tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, o`zining tarixiy an`analariga va
jahon tajribasiga asoslangan davlat qudratli va mustahkam bo`ladi. Yaqin
davrlargacha davlat tushunchasiga sinfiy yondoshuv davlatning xalq, millat
taraqqiyotidagi tutgan o`rnini ilmiy va chuqur o`rganishga imkon bermagan.
O`zbekiston xalqi o`zining deyarli uch ming muayyani xizmatlarni bajargan
o`zining davlatchilik tarixiga ham ega bo`lgan.
11
Qadimdan to hozirgi kunga qadar O`zbekiston xalqlarining jahonshumul
ahamiyatiga ega bo`lgan va jahon tan olgan ulkan yutuqlarining qo`lga
kiritilishida davlatchiligimiz tarixining ham ahamiyati bor va uni rad qilib
bo`lmaydi. Binobarn, demokratik, fuqarolik jamiyatini barpo qilishda
davlatchilikning o`rni va ahmiyati yanada ortib boradi. Bu vaziyat, ko`p
jihatdan, birinchi navbatda davlatning o`zi bevosita mustaqil va erkin bo`lishi
bilan bog`liqdir. Erkin jamiyat, erkin fuqaro, erkin davlat bir-birlarini toqazo
etadigan, bir-birlariga asoslanadigan, bir-birlariga suyanadigan yaxlit bir butun
jarayondir. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy g`oyaviy shart-sharoitlar, munosabatlar
rivojlanib borgan sari davlatchilikni tashkil etishda barcha ijtimoiy qatlamlar,
guruhlar va fuqarolarning imkoniyatlari ortib boradi. O`z navbatida, davlat ham
rivojlangan sari fuqarolar, guruhlar qatlamlarning manfaatlariga xizmat qiladi.
Ushbu vaziyat uning rivojlanganlik darajasini belgilaydi, ifoda etadi.
Hozirgi zamon ilmi milliy davlatchilik taraqqiyoti bilan milliy taraqqiyot
o`rtasida bevosita o`zaro bog`liqlik borligini isbotlaydi. Lekin uzoq davom etgan
mustamlakachilik sharoitida evropatsentristik, shovinistik qarashlar, siyosatning
ta`sirlari tufayli bizning davlatchiligimiz borasidagi tariximiz ochiqdan-ochiq
rad etilmagan bo`lsada, ayni zamonda davlatchiligimizning milliy, madaniy
hayotimiz, milliy boy, ilg`or g`oyalarimiz bilan bog`liqligi tan olinmagan, buzib
talqin qilingan. Bu eng kata xatolik madaniy, ma`naviy yo`qotishimizga sabab
bo`lgan.
Milliy ravnaq, milliy taraqqiyot milliy rivojlanishlar, hozirgi kungacha
ularning eng yuqori darajadagi maxsuli va ifodasi bo`lgan demokratik fuqarolik
jamiyati ko`pgina omillar bilan bir qatorda davlatchilik borasida ham milliy
mustaqillikni taqazo etadi. Shuning uchun ham milliy mustaqilligimizning
birinchi kunlaridanoq demokratik tamoyillar talablariga javob beradigan, ayni
zamonda ilg`or milliy davlatchiligimiz an`analarini o`zida mujassamlashtirgan
milliy davlatni barpo qilishiga alohida e`tibor beraldi. Hozirgi kungacha qo`lga
kiritilgan eng muhim yutuqlarimizdan biri ham barpo etilgan va izchil rivojlanib
borayotgan, keng demokratik islohatlarini amalga oshirilishida bevosita
12
etakchilik qilayotgan ana shu mavjud milliy davlatimizdir. Mavjud davlat bir
tomondan demokratik tamoyillarga mos bo`lishi va ikkinchi tomondan esa ko`p
ming yillik milliy davlatchiligimizning madaniy ananalariga asoslanishi va uni
jahon tajribalari asosida izchil davom ettirishi lozim. Bizning asosiy maqsadimiz
davlatchiligimiz tarixini, uni o`ziga xos tomonlarini bayon qilishdan,
asoslashdan iborat emas. Bu boshqa mustaqil yo`nalish. Biz faqatgina
demokratik, fuqarolik jamiyatining barpo qilinishida qo`lga kiritilgan davlat
mustaqilligin ulkan ahamiyatga ega ekanligini, shuningdek milliy
davlatchiligimiz tarixini ko`pgina rivojlangan demokratik mamlakatlarning
tarixlari kabi demokratik an`analarga boy ekanligini va bu borada o`ziga xos
tomonlarga ham ega ekanligini bayon qilish. Prezidentimiz aytganidek, bu
borada ham biz hech kimdan kam emasligimizni qayd qilishdir. Bu tarixiy
jarayonlarni har tomonlama va chuqurroq bilish va shunday omillardan keng
foydalana olish hozirgi kunimizning muhim dolzarb muavzui va masalalaridan
biridir. Hozirgi sharoitda olib borilayotgan keng demokratik islhotlarni davlat
mustaqilligisiz tasavvur qilish mumkin emasligini bayon qilishdir. Qolaversa,
I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O`zbekiston taraqqiyotining ma`lum va
mashxur besh tamoyillaridan biri, bu davlatning o`zi bosh islohotchi ekanligini,
davlat butun xalq manfaatlarini ko`zlab, islohotlar jarayoni tashabbuskori
bo`lishi, uning bosh va etakchi yo`nalishlarini belgilashi va izchil ro`yobga
chiqarishi kerakligidir. Buning uchun mutaqillik va yana mustaqillik kerak.
Islohotlarning izchil ro`yobga chiqarilishida aniq vaziyatlarni, shart sharoitlarni
hisobga olish va vazifalarni belgilashda milliy mustaqillik halqiluvchi
ahamiyatga ega deb bilamiz.
Milliy mustaqillik, bizga birinchi navbatda, o`zimizga xos bo`lgan milliy
davlatchilikni tashkil qilish va bu yo`l orqali, ya`ni davlat tashkilotlarning
faoliyatlari yordamida jamiyatni erkinlashtirish imkoniyatiga ega bo`ldik.
Hozirgi kunda davlatning eng muhim vazifalari bu inson huquqlari va
erkinliklarini ximoya qilish, davlat qurilishida siyosiy-iqtisodiy, ma`naviy-
ma`rifiy, g`oyaviy hayotimizni va xalqaro munosabatlarimizni
13
erkinlashtirishdan iborat. Prezident I.A.Karimov o`zining davlat boshlig`i
sifatidagi faoliyati davomida butun e`tiborini ana shu jarayonga qaratmoqda va
bu borada aniq yo`naltirilgan muhim vazifalarni, ularning ahamiyatlarini, tutgan
o`rnini bayon qilmoqda. Bu faoliyat ham nazariy, ham amaliy yo`naliglarda olib
borilmoqda.
Milliy mustaqillik tufayli O`zbekiston xalqdari taraqqiyotida deyarli besh
asrdan beri davom etib kelayotgan salbiy ta`sir, ya`ni uning rivojlanishiga
imkoniyatlar, shart-sharoitlar bermagan davlatchilik, aniqrog`i davlat va jamiyat
boshqaruvidagi chekinishlar bartaraf qilinmoqda. Mamlakatimizda demokratik
fuqarolik jamiyatini barpo qilishda ulkan ahamiyatga ega bo`lgan bu jarayon
hozirgi kunlarda ham izchillik va uzluksiz tarzda olib borilmoqda. O`zbekiston
Respublikasida ikki palatali parlamentning tashkil qilinishi, Senat va Vazirlar
Mahkamasiga keng vakolatlar berilishi, davlat qurilishi va siyosati tizimini,
hayotni erkinlashtirish jarayonlari bunga misol bo`la oladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan tashviqot va targ`ibot borasidagi muhim
masalalardan biriana shu olamshumul jarayonni, uning mohiyatiga va
mazmunini, yo`nalishlarini barcha fuqarolarimizga tushuntirish va bu yo`l orqali
ularni faollikka davat qilishdan iborat. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng
O`zbekiston xududida o`zining maqsad va vazifalari, turmushni tashkil
qilishdagi shart-sharoitlari, imkoniyatlari, tamoyillari kabilar bilan oldingi
xamma davrlardan farq qiladigan, ayni zamonda o`z an`analari va jahonning
ilg`or tajribalariga asoslanadigan yangi siyosiy birlik vujudga kelib
rivojlanmoqda. Har bir fuqarolarimiz, qolaversa butun jamoatchilik tomonidan
ana shu muhim, demokratik yo`nalishlarda bo`lgan jarayonlarni chuqur
anglanishi, idrok etilishi ko`p jihatdan fuqarolarning fikr yuritishi, tafakkuri
borasidagi qobiliyatlari, erkinliklari, uning darajasi ko`lamiga, shuningdek
jamoatchilik fikrining holatiga bog`liqdir. Shuning uchun ham tafakkur
jarayonini ijtimoiy fikrni holatini o`rganish va masalalardan biridir. Lekin bu
borada ham jiddiy muammolar ham borki, ular o`tmish jamiyatdan qolgan
kamchiliklarni bartaraf qilinishida jiddiy to`siq bo`lmoqdalar. I.A.Karimov
14
ta`kidlaganidek «… odamlarimizning tafakkurida o`zgarishlar sekinlik bilan
ro`y berayotganligi, ularning yangi tizim qoidalarini qiyinchilik bilan idrok
etayotgani va qabul qilayotgani ham … salbiy holatlarni kuchaytirmoqda»1.
Ushbu asarda Ushbu masalaning echimini ham bayon qildi. Bunga binoan fikr
erkinligini qaror topishi va rivojlanishi so`z erkinligi bilan, uning ta`minlanishi
bilan bog`liqligidir. «Masalaning yana bir echimi deb yozadi I.A.Karimov, - fikr
erkinligi - so`z erkinligi bilan bog`liq. Jamiyat a`zolari o`z fikrlarini erkin eta
bilishi, so`z erkinligini ximoya qilish, shu huquqlarini amalda ta`minlanishi
uchun kafolat yaratish - bizning bugungi eng muhim vazifalarimiz bo`lishi
lozim»2. Yoshlarda xususan talabalarda fikr erkinligining qaror topishi,
rivojlanishi ular tomonidan turli yo`nalishlarda bo`lgan ma`lumotlar va
bilimlarni chuqur egallashni ham taqazo etadi. Fikr erkinligi o`z-o`zidan tashqi
ta`sir va boshqaruvsiz amalga oshmaydi. Fuqarolarda fikr erkinligining qaror
topishi va rivojlanishida jamoatchilik fikri alohida ahamiyatga egadir. Shuning
uchun ham demokratik jarayonlar qaror topishi va rivojlanishida jamoatchilik
fikriga ham alohida e`tibor beradi va bu e`tibor doimo rivojlanishda bo`ladi.
O`zbekiston Resupblikasida davlat mustaqilligining birinchi kunlaridanoq
jamoatchilik fikriga alohida e`tibor berilmoqda va bu e`tibor davlatimiz
rahbarining faoliyatida ham namoyon bo`lmoqda. Prezident Islom Karimov Oliy
Majlisining ikkinchi chaqiriq to`qqizinchi sessiyasida so`zlagan nutqida
jamiyatda oshkoralikni ta`minlash, jamoatchilik fikrini chuqur o`rganish
zarurligini qayd qildi va bu masalani inson va huquq va erkinliklari, so`z
erkinligi, matbuot erkinligi masalasi bilan uyg`unligini ko`rsatib o`tdi.
«Jamoatchilik fikri, - deyiladi, ushbu nutqda, - fuqarolik jamiyatining holatini
o`zida aniq aks ettiradigan bamisoli bir ko`zgu. Lekin, bizda jamoatchilik fikrini
o`rganish ham, uni shakllantirish ham yaxshi yo`lga qo`yilmaganini, bunday
yondoshuv siyosiy hayotimizning doimiy belgisiga aylanib ulgurmaganini
1 I.A.Karimov. Adolat. Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug`. T.1998. 55-bet 2 I.A.Karimov. Adolat. Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug`. T.1998. 59-bet
15
taassuf bilan qayd etishimiz lozim»1. Davlatchilik axamiyatiga molik ushbu
anjumanda so`zlangan nutqda I.A.Karimov demokratik, fuqarolik jamiyatga xos
bo`lgan jamoatchilik fikrini shakllantirish bilan bog`lik vazifa hozirgi kunga
bevosita taaluqli bo`lgan demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning eng muxim ustuvor
yo`nalishlaridan biri sifatida talqin etiladi.
Hozirgi zamon ilmiy nuqtai nazardan jamoatchilik fikri ijtimoiy ongning
eng muhim shakllaridan biri bo`lib, jamiyat a`zolarining, fuqarolarning ijtimoiy
voqealarga, har xil guruhlar, davlat va nodavlat tashkilotlari va alohida shaxslar
faoliyatlariga bo`lgan yashirin va oshkora munosabatlarni o`zida ifoda etuvchi
qarashlar majmuidir. Jamoatchilik fikri ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va g`oyaviy
jarayonlarni, fuqarolar o`rtasida muayan munosabatlarni ma`qullash yoki
qoralash yoki bo`lmasa loqaydlik shaklida ham namoyon bo`ladi. Fuqarolarning
saylov va referenumdagi ishtiroklari, ularning natijalari, fuqarolarning davlat
tashkilotlariga murojaatlar ham jamoatchilik fikrining ko`rinishlari hisoblanadi.
Jamoatchilik fikrining yana bir eng muhim hususiyati, ahamiyati shundagi u
muayan guruhlar qatlamlar, shaxslar va fuqarolar faoliyatlaridan ayniqsa joriy
harakatlardagi me`yorlarni, garchi norasmiy tarzda bo`lsa ham qat`iy belgilaydi
va ko`pchilik hollarda bunga amal qilinadi. Demokratik, fuqarolar jamiyatni
barpo etish jarayonida jamoatchilik fikri yangi asosda shakllanishi lozim. Bunda
shakllanayotgan yangi jamoatchilik fikri, eng avvalo barcha fuqarolarning
manffatlariga hamda davlat va jamiyatni rivojlantirishning ob`ektiv qanunlariga
mos bo`lishi kerak.
Demak barcha fuqarolarning manfaatlari ustivorligi asosida davlat va
jamiyat boshqarish masalasi shakllanayotganligi jamoatchilik fikrida markaziy
o`rinda bo`lishi va uning asosiy yadrosini tashkil qilishi lozim. Bu masala qonun
ustivorligi bilan ham uzviy tarzda bog`langan. Qolaversa, Yangi, umhim
1 I.A.Karimov «O`zbekistonda demokratik o`zgarishlarni yanada chuқurlashtirish va fuқarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari». Xalқ so`zi gazetasi. 2003 y. 30-avgust`.
16
qonunlarni qabul qilish va ularni hayotga joriy qilish jarayonida jamoatchilik
fikrini o`rganish va uni inobatga olish xam muxim ahamiyatga ega.
Demokratik jamiyat qurish jarayonida jamoatchilik fikri tomonidan har bir,
inson, shaxs, individ, fuqaro erkin fikrlash, dunyoni erkin tushunish huquqining
tan olinishi va ma`qullanishi katta ahamiyatga egadir. Binobarin, bu huquq uzoq
tarixiy davrlar mobaynida tan olinmagan, rad qilingan xattoki bunga qarshi
kurashlar bo`lgan. Inkvizitsiya va aqidaparastliklar, fundamentalizm buning
yorqin misolidir. Mustabid tuzum davrida hamma fuqarolar faqat birgina
makscha-lenincha dunyoqarashni tan olish va ma`qullashga majbur edilar. Aks
holda ular zo`ravon mafkura tomonidan «yot unsur», «dushman» deb baholanar
va ularga qarshi kurash olib borilar edi. Bu kurashlarga ham davlat boshchilik
qilgan va uni o`zi olib borgan. Mutaqillik bunga barham beradi.
Dunyoni, jamiyatni, inson hayotining mazmunini erkin tushunish huquqi
har bir insonga nisbatan eng oliy qadriyat sifatida qaralishiga shart-sharoit,
imkoniyat yaratadi va natijada jamoatchilik fikrida har bir fuqaro eng oliy,
asosiy qadriyat degan tushuncha shakllanadi.
Fuqarolarda asosan fikrlar ijtimoiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini,
qolaversa har bir inson kundalik turmushini qanday tashkil qilish, boshqarish
haqida bo`ladi. Bunday fikrlar qancha ko`p bo`lsa ma`qulini tanlib olish
borasida imkoniyatlar ham shuncha ko`p mavjud bo`ladi. Jamiyatning
ma`naviyat sohasidagi boyliklari ham ana shunda. Bu borada ham davlat
mustaqilligi ulkan axamiyatga egadir.
O`zbekistonda demokratik fuqarolar jamiyatini barpo etish jarayonida
jamoatchilik fikrining o`rni, ahamiyati tobora ortib borayotganligi, umuman
jamoatchilik fikri alohida, yuqori mavqega ega bo`layotganligi munosabati bilan
1997 yili jamoatchilik fikrini ilmiy asosda va har tomonlama o`rganish va
muayan, demokratik yo`nalishda boshqarish maqsadida «Ijtimoiy fkir» markazi
tashkil qilindi. Bu markaz o`zining nashri, jurnaliga ham ega.
17
Jamoatchilik fikrining demokratik tamoyillar asosida to`la shkallanishi
muayan davrni va muayan ishlarni taqozo qiladi. Bizda, hozirgi sharoitda
mustaqil davlatning faoliyati ham bu borada ulkan axamiyatga ega.
Demokratik yo`nalishdagi yangi jamoatchilik fikrining shakllanishida
davlat va jamiyat arboblari, ziyolilar tomonidan jamoatchilik oldiga yangi
muxim, dolzarb muammoning qo`yilishi va bu muhim muammoni yangi tamoyil
asosida xal qilinishi katta ahamiyatga ega. I.A.Karimovning bu boradagi faolligi
va faoliyati bunga misol bo`ladi.
18
2. Ma`naviyat va jamiyatning yangilanishi
Hurmatli Prezidentimiz «Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi
jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma`naviyatini shakllantirish masalasi
biz uchun g`oyat dolzarb ahamiyatga ega»1 degan edi.
Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli
islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma`naviyatining tiklanishi, boy tarixiy
merosimizning chuqur o`rganilishi, an`ana va urf-odatlarimizning saqlanishi,
madaniyat va san`at, fan va ta`lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining
o`zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog`liqdir.
«Bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalarni ko`z o`ngimizdan
o`tkazar ekanmiz dedi Prezidentimiz aholining kundalik ehtiyojlariga bevosita
daxldor dolzarb masalalarni hal qilish bilan bir qatorda biz eski tuzum davrida inson
hayotining negizi va murakkab tomonlari, milliy qadriyatlar, tarixiy an`analar,
umuminsoniy ma`naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan-
qancha zarar keltirganini unutmasligimiz kerak.
Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma`naviy boyligining ildizlariga
e`tibor berish zarur. Bux xazina asrlar davomida misqollab to`plangan. Tarixning ne-
ne sinovlaridan o`tgan. Insonlarga og`ir damlarda madad bo`lgan. Bizning vazifamiz
– shu xazinani ko`z qorachig`imizdek asrash va yanada boyitish.
So`zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e`tiqod erkinligini
ta`minlashimiz kerak. Biz odamlarning ma`naviy tarbiyasini o`ylab, tinchlik va xayrli
ishlarni ko`zlab harakat qilayotgan har bir kishini qo`llab-quvvatlaymiz, ular bilan
hamkorlik qilamiz dedi Prezidentimiz.
Va nihoyat, shu sohalarda ishlayotgan kadrlar masalasi. O`qituvchilar va
shifokorlar, madaniy-oqartuv muassasalaridagi va boshqa sohalardagi ko`plab
mutaxassislar – chinakam ziyolilardir.
Ayniqsa, olimlar va ijodkor xodimlarimizga e`tiborni kuchaytirish kerak.
Chunki ma`naviy boyliklarni aynan shular yaratadi. Ularga gamxo`rlik qilish,
1 «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch» 76-b.
19
samarali faoliyati uchun barcha zarur moddiy-ma`naviy sharoitlarni yaratib berish
davlat hokimiyati va xo`jalik tashkilotlari rahbarlarining burchi va mas`uliyatli
vazifasidir.
Yana bir dolzarb vazifa – o`sib kelayotgan avlodga, uning ma`naviy tarbiyasiga
nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi. Nega deganda, yoshlar
xalq ma`naviyatining munosib egalaridir. Shuning uchun har bir o`g`il-qizimiz
dastlabki qadamlaridan boshlab madaniy boyliklarimizdan bahramand bo`lishi kerak.
Iste`dodli yoshlarimizning, yigit-qizlarimizning o`z qiziqqan sohalarida etuk
insonlar bo`lib etishishi uchun tegishli shart-sharoitlar hali to`la yaratilgani yo`q.
Agarki biz o`zimizning ma`naviy burchimizni oqlashni istasak, ularga otalarcha
g`amxo`rlik qilishimiz kerak. Ana shu maqsadda biz ularning mamlakatimiz va chet
ellardagi nufuzli ilmiy markazlarda ta`lim olishi uchun mablag`lar ajratdik. Bu ishlar
uchun narsani, shu jumladan, valyutani ham ayamaymiz.
Keyingi paytda san`atda oshkoralikni pesh qilib, televizor, kino ekranlarida,
matbuot vositalarida bo`lmag`ur lavhalarni aks ettirish, bema`nilik va hayosizlikni,
ba`zan esa, hatto axloqiy buzuqlikni targ`ib qo`payib qoldi.
Barchamiz – qaerda, qanday lavozimda ishlamaylik, jamiyatimizning insoniylik
va axloqiy aqidalarini poymol qiladigan ana shunday tajovuzkorlik ko`rinishlariga
qat`iy ravishda qarshi turishimiz lozim. Bunday munosabat jamoatchiligimiz,
xalqimizga ham ma`qul bo`ladi, deb ishonaman».
20
3. Ma`naviyat va demokratik huquqiy davlat
Ma`naviyat ijtimoiy turmushning barcha sohalariga ta`sir ko`rsatadi.
Jamiyatning siyosiy hayoti ham bundan istisno emas. Hokimiyat va siyosiy
partiyalarning fuqarolarga, fuqarolarning hokimiyatga, siyosiy partiyalarga
munosabatlari, jamoat tashkilotlarining o`zaro va davlat bilan munosabatlari,
fuqarolar erkinliklari ma`lum huquqiy makonda kechadi. Lekin ularning qanday
tamoyillarga asoslanishi, fuqarolik huquqlarining qay darajada ta`minlanishi
nafaqat Konstitutsiyaga, huquqiy me`yorlarning demokratik xarakteriga
asoslanadi, shuningdek, jamiyatning siyosiy madaniyatiga, undagi ma`naviy
muhitga ham bog`liq. Hattoki huquqiy me`yorlarning o`zlari jamiyat a`zolari
tomonidan (Oliy Majlis, parlament deputatlari orqali) ongli ravishda
shakllantiriladi. Qonunga rioya etish-ku, bevosita jamiyat a`zolarining ijtimoiy
va maishiy xulq-atvoriga, ongi va irodasiga bog`liq. Agar eng yaxshi,
taraqqiyparvar qonunga ham jamiyat a`zolarining aksariyati rioya qilmasa,
undan foyda kam bo`ladi.
Fuqarolarning qonunga itoatgo`yligi, turli davlat va jamoat tashkilotlari
ishida, jamiyatda sodir bo`layotgan jarayonlarda faol ishtirok etishi, bu
jarayonlarga hamda hokimiyat va partiyalar siyosatiga, ijtimoiy institutlar ishiga
o`z munosabatlarini bildirishi orqali ta`sir etishi «siyosiy madaniyat» degan
tushunchani tashkil etadi. Siyosiy madaniyat, shuningdek, qonun
chiqaruvchining (parlamentning), qonun loyihalarini taklif etuvchi
tashabbuskorlarning, ijtimoiy institutlarning saviyasi, professionallik darajasini
ham o`z ichiga oladi. Ko`rinib turibdiki, siyosiy madaniyat birinchi galda ongga,
dunyoqarashga, fuqarolarning o`z manfaatlarini va burchlarini, haq-huquqlarini
to`g`ri anglab, jamiyat manfaatlari bilan uyg`unlashtira olishiga,
vatanparvarligiga, qay darajada erkin va ijodiy fikr yuritishiga va ayni paytda
ijtimoiy mas`ullikni his qilishiga, xullas, fuqarolik va ma`naviy etukligiga
bog`liq.
21
Siyosiy madaniyat, faqat fuqarolargagina oid hodisa emas. U bir tomondan,
turli ijtimoiy guruhlarga, tabaqalarga, sinflarga, butun jamiyat a`zolariga,
ikkinchi tomondan esa – eng mayda jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot
vositalari faoliyatidan tortib, yirik siyosiy partiyalar va davlat idoralari
faoliyatigacha taalluqli hodisa. Turli ijtimoiy guruhlarning, siyosiy
partiyalarning, ular tuzgan tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining
faoliyati insonparvarlik, xalqchillik, taraqqiyparvarlik tamoyillariga mos bo`lishi
mumkin. Shu bois ma`naviyat keng ma`nodagi siyosiy madaniyatga bevosida
belgilovchi ta`sir ko`rsatadi. Siyosiy madaniyat ma`naviyatning mavjudlik
shakllaridan biridir. (Ba`zi olimlar siyosiy madaniyatni ma`naviy madaniyatga
kiritmasdan uni alohida ijtimoiy madaniyat, deb ataydilar. Bizningcha,
madaniyatni an`anaviy ikkiga – moddiy va ma`naviy madaniyatga bo`lish
to`g`ri. Shunda siyosiy madaniyatning ma`naviy madaniyatga tarkibiy qism
bo`lib kirishi o`z-o`zidan yaqqol ko`rinib qoladi). Ushbu ma`noda ma`naviyat
jamiyat ijtimoiy va siyosiy hayotining ko`p xususiyatlarini, qiyofasini hamda
milliy va umuminsoniy mazmunini, ijtimoiy omillari va mo`ljallarini aniqlashga
xizmat qiladi.
Ma`naviyat keng ma`noda siyosiy faollikda, siyosiy va ijtimoiy hayotning
tashkillashishida namoyon bo`ladi. Ijtimoiy va siyosiy hayot, o`z navbatida,
ma`naviyatning xususiyatlarini belgilaydi. An`anaviy va totalitar jamiyatlarda
ijtimoiy va siyosiy hayot qattiq me`yorlashadi, hech bir sohaga erkinlik
etishmaydi. Agar an`anaviy jamiyatda o`tmishdan kelayotgan, o`zgarmas
qadriyatlar, urf-odatlar erkinlikni cheklasa, totalitar jamiyatda bu ishni davlat
idoralari, huquqiy me`yorlar, yalpi nazorat, davlat bilan qo`shilib ketgan jamoat
institutlari, hatto «dumaloq xat» yozishni odat qilib olgan fuqarolarning bir
qismi bajaradi. Har ikki jamiyatda ham rasmiy-siyosiy mafkura ma`naviy
hayotni qattiq nazorat qiladi.
Shu sababdan ma`naviyat erkin rivojlanishi uchun siyosiy tuzum
demokratik bo`lishi, jamiyatda qonun ustuvorligi va hammaga birday
majburiyligi ta`minlanishi lozim. Ma`naviyatning erkin rivojlanishi esa siyosiy
22
tuzumni yanada demokratiyalashuviga, huquqiy jamiyat shakllanishiga,
yuksalishiga ta`sir ko`rsatadi.
Demokratik, huquqiy davlatda birorta sinfning, siyosiy partiyaning, diniy
konfessiyaning, oqimning yoki mazhabning mafkurasi rasmiy davlat mafkurasi
sifatida o`rnatilishi mumkin emas. Chunki rasmiy mafkura boshqa mafkuralarni
siqib chiqarishga harakat qiladi va hurfikrlilikka, g`oyalar raqobatiga, bahsiga
putur etkazadi. Bu esa oqibat natijada dogmatizmga va mutaassiblikka yo`l
ochadi, ma`naviy turg`unlikni, inqirozni keltirib chiqaradi. Boshqacha fikr
yuritadiganlarning ijtimoiy mavqeilaridan, egallagan lavozimlaridan qat`i nazar,
faoliyati cheklanadi, ular turli taqiqlarga, tazyiqlarga uchraydi. Bu ham kamlik
qilsa, ular ta`qib qilinadi, ozodlikdan hatto hayotidan mahrum etiladi. O`tmishda
Ulug`bek va Nodirabegim taqdiri, sovet davrida Stalin qatag`onlariga mahkum
bo`lgan minglab adiblarimiz, ziyolilarimiz, davlat arboblarimizning qismatlari
bunga misoldir.
Umuman rasmiy mavkura bor joyda asta-sekin ma`naviy rivojlanish
to`xtaydi. Ma`naviy rivojlanish to`xtagan joyda, ijtimoiy yangilanish, ijtimoiy
taraqqiyot yuz bermaydi. Hatto, jamiyat o`zining ilgari erishgan taraqqiyot
darajasini həm saqlab qololmaydi. Inqirozga uchrab, keskin orqaga ketadi.
Masalan, mamlakatimizda tibbiyot, riyoziyot (matematika) XIX asrning
o`rtalarida Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, keyinchalik Ulug`bek, Ali Qushchi
davridan ancha ortda qolgan edi.
Erkinlik yo`q joyda na moddiy, na ma`naviy taraqqiyot yuz beradi.
Xalqimizning achchiq tajribasi buni uzoq o`tmishda ham, mustabidlik davrida
ham ko`p isbotlagan.
Shu bois O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasi hech
qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o`rnatilishi mumkin emasligini, ijtimoiy
hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida
rivojlanishini mustahkamlab qo`yibdi.
Qadiyagi antik davrdan kelayotgan «haqiqat bahslarda tug`iladi» degan
naql naqadar to`g`riligi sabali, bugun u haqqoniy ravishda eng e`zozli
23
umuminsoniy qadriyatlardan, demokratiyani yuzaga keltiruvchi va
rivojlantiruvchi tamoyillardan biri hisoblanadi. Boshqacha aytganda, xurfikrlik,
ma`naviy erkinlik demokratiyaning aqliy va hissiy asosidir. Bu erda, albatta,
faqat ma`naviyatning siyosiy mafkura va huquq bilan, siyosiy madaniyat bilan
bog`lik jihatlarigina nazarda tutilayotgan yo`q. Axloq, adabiyot va san`at,
maishiy turmushning axloqiy, ma`naviy jihatlari jamiyatda shakllangan keng
ma`nodagi ma`naviy va siyosiy muhit ham demokratiya rivojlanishi uchu nasos
bo`lib xizmat qiladi. Dunyoqarashi tor, axloqiy, estetik, turmush madaniyati,
didi past kishilar qanday qilib demokratiyani rivojlantirsin? Ilm-fan, adabiyot va
san`at, xaq ta`limi, axloq, xullas ma`naviyat qanchalik yuksalsa, jamiyatning
aqliy va hissiy salohiyati, ijodkorlik imkoniyatlari, iqtisodiy va madaniy
ehtiyojlari shunchalik o`sadi. Yuksak ma`naviyat jamiyatning o`z mavjudlik
holatidan qoniqmaslik hissini, uni mudom takomillashtirishga intilishni
rag`batlantiradi Ma`naviyat na qadar yuksalsa, ijimoiy munosabatlar shu qadar
insoniylashadi, ezgulik va insonparvarlik, demokratik tamoyillar, inson
huquqlari va erkinlikleri shu qadar mustahkam qaror topadы.
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin jamiyatning barcha sohalarini
– davlat qurilishini, iqtisodiyotni, ijtimoiy sohani, madaniyatni, xaq ta`limini,
sog`liqni saqlashni va h.k. tubdan isloh qilishni boshladы. Ma`naviyatni
yuksaltirish iqtisodiyot bilan bir qatorda islohatlarning ustuvor yo`nalishi, deb
e`lon qilindi.
Mustaqillikning o`tgan yillari islohotlarni amalga oshirishda juda ulkan
tashqiliy ishlar qilindi. Mulkchilikning turli shakllariga tayangan ko`pukladli
iqtisodiyotning, bozor munosabatlarining asosi yaratiladi. Zarur huquqiy
poydevor, qonunlar majmun vujudga keltirildi. Milliy davlatchilik tiklandi.
Milliy ma`naviyat va ona tili rivojlantirildi, madaniy merosning unut bo`lgan va
xalqdan mustamlakachilik davrida yashirilgan qismi yuzaga chiqrildi va
o`rganila boshlandi. O`zbekistonning qo`lga kiritgan yutuqlari xalqaro miqyosda
e`tirof etildi.
24
Ammo hayot bir joyda to`xtab turishi mumkin emas. Jamiyat doimo olg`a
harakat qilishi lozim. Shu bois 1 chaqiriq Oliy Majlis 14-sessiyasida Prezident
I.Karimov «O`zbekiston XXI asr sari» ma`ruzasi islohatlar yangi bosqichining
asosiy ustuvor yo`nalishlarini belgilab berdi. Ularning birinchisi – siyosiy,
iqtisodiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish bo`lsa, ikkinchisi
jamiyat ma`naviyatini yuksaltirishdir. Bu ikki yo`nalish o`zaro va boshqa
keyingi yo`nalishlar bilan chambarchas bog`liq. Ijtimoiy taraqqiyotga
intilayotgan, tubdan yangilanayotgan, siyosiy, iqtisodiy hayotini
erkinlashtirishga jazm qilgan har qanday jamiyat ma`naviyati yuksak, ozod,
erkin shaxsni shakllantirmog`i lozim.
Demokratiyaning ham, iqtisodiy taraqqiyotning ham ijodkori, amalga
oshiruvchisi, rivojlantiruvchisi – bu inson. Demokratiya – nainki xalq
hokimiyati, u, shuningdek, xalqning mamlakat kelajagi, o`z taqdiri oldidagi
mas`ulyaiti hamdir. Demokratiyani ohlokratiyadan (oxlos - to`da, olomon),
olomon hokimiyatidan, ya`ni turli guruhlarning o`zboshimchaligidan,
boshboshdoqligidan, tartib-qoidalarni, qonunni pisand qilmasdan hokimiyat
idoralariga noo`rin talablar qo`yishidan, tazyiq utkazishidan farq qilish lozim.
Demokratiyaning oxlokratiyaga hech qanday aloqasi yo`q.
Har bir fuqaro demokartyaning mohiyatini to`g`ri anglab, uni rafaqat
oxlokratiyadan va anarxiyadan, shuningdek, avtokratiyadan (rahbarning o`zgalar
fikri bilan hisoblashmasdan, yolg`iz boshqarishi, boshqalarning unga qulluq
qilishi) va volyuntarizmdan (shart-sharoit va ob`ektiv ijtimoiy qonunlarni
mensimasdan, faqat xohish-irodaga tayanib jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan
boshqaruv usuli) ajrata bilishi kerak.
Shunday qilib, demokratiya fuqarolardan nafaqat yuksak huquqiy
madaniyatni va ijtimoiy faollikni, shuningdek, o`z manfaatlarini davlat, jamiyat
manfaati bilan uyg`unlashtira bilishni ham talab qiladi.
Demokratiya rivojlanishi huquqiy davlat vujudga kelishining muhim sharti
va vositasidir. Birinchidan, aristokratiya (aslzodalar, zodagonlar) yoki oligarxiya
(o`ta katta sarmoya egalari) yoki habriylar hokimiyati o`rnatilsa tabiiyki, u tor
25
doiradagi kishilar manfaatini ifodalaydi. Shaklan u diktatura ko`rinishini
olmasligi mumkin. Biroq, baribir, keng omma xohish-irodasiga quloq solmaydi,
o`z bilganicha siyosat yuritadi, yan`i haqiy demokratiya qaror topmaydi.
Ikkinchidan, so`z erkinligi, siyosiy partiyalarga birlashish, saylash va saylanish
huquqi, umuman inson huquqlarining hurmat qilinishi va sh.k. demokratik
tamoiyllar huquqiy davlat shakllanishi va rivojlanishi uchun zaruriy asosdir.
Huquqiy davlat-jamiyatning shunday siyosiy tashkilotidirki, unda
demokratik me`yorlar, inson huquqlari, qonunning barchaga birdayligi va barcha
uchun (ham jismoniy shaxslar – fuqarolar, ham yuridik shaxslar – korxonalar,
muassasalar, idoralar va h.k. uchun) majburiyligi arkoniy tamoyilga, davlat
tuzumining asl mohiyatiga aylanadi. Huquqiy davlatda hokimiyatning uch
bo`g`ini-qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlari bir-birlaridan ajratiladi
va bir-biridan mastaqil bo`ladi, faqat Konstitutsiya va qonunlarga tayanib ish
tutadilar. Ularning o`zaro munosabatlari va hamkorlik mexanizmi ham
Konstituitsya va qonunlar orqali belgilab qo`yiladi.
Huquqiy davlatda fuqarolar (jismoniy shaxslar) va korxona, muassasa,
tashkilotlar (yuridik shasxlar) manfaatlarini qonun kafolatlaydi va qattiq himoya
qiladi. Hech kim, hatto davlat hokimiyati ham ularning ichki ishlariga
noqonuniy aralashishiga haqli eams. Ular o`z muammolarini qonun doirasida
echadilar. Shu bois ularning turli amaldorlar, nazorat idoralarining himmatiga
yoki injiqligiga, tamagirligi va poraxo`rligiga qaram bo`lmasliklarini davlat
ta`minlashi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslar o`zlariga nisbatan sodir etilgan
noqonuniy xatti-harakat, tazyiq uchun istagan mansabdorni yoki tashkilotni, shu
jumladan, davlat idorasini ham sudga berishlari mumkin.
Huquqiy davlatning muxim arkoniy tamoyillaridan yana biri – bu inson
huquqlarining davlat huquqidan, xalqaro huquqning milliy huquqdan
ustuvorligidir. Davlat chiqargan qonunlar xlaqaro huquq me`yorlariga,
umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarga mos bo`lishi lozim. (Bu erda gap
qaysi qonunlarga bo`ysunish ustida ketayotgani yo`q. Har bir davlatning o`zga
qonunlar emas, o`z qonunlari asosida faoliyat ko`rsatishi zarurligi shubha
26
uyg`otmaydi. Gap qonun yaratish tamoiyillari, talablari ustida ketyapti, ya`ni tan
olingan xalqaro me`yorlarga zid kelmasin.)
Faqat ma`naviyat yuksak, umuminsoniy qadriyatlar bilan boyigan
mamlakatlarda bunday huquqiy amaliyot qaror topadi. Milliy mahdudlikka
moyil, milliy manmanlikka berilgan, mutaassib va tajovuzkor mafkurani qurol
qilib olgan mamlakat xalqaro huquq me`yorlarini ham, inson huquqlarini ham
inkor etadi, millatchilik domiga tushib qoladi. Bunday davlatda demokratiya
rivojlanmaydi. Huquq me`yorlari va mehnat intizomi zo`ravonlik yordamida
ta`minlanadi. Huquqiy davlatda qonunga itoatgo`ylik, mehnat intizomi shaxs
madaniyatining ajralmas bir qismiga, e`tiqodga, axloqiy mo`ljalga aylanadi.
27
4. O`zbekiston demokratik tamoyillarning qaror topshi va rivojlanishi.
Mustaqillikka erishganimizdan so`ng 1992 yil 28-dekabrda qabul qilingan
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tarixda qoladigan buyuk demokratik
voqealardan biri bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 13-moddasida
«O`zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga
asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va
boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadiryat xisoblanadi. Demokratik huquq va
erkinliklar Konstitutsiya va qonun bilan himoya qilinadi»1 deb ta`kidlanadi.
Bundan ko`rinib turibdiki demokratiya shaxs, millat, xalq uyg`unligini
ta`minlaydi.
Bugungi kunda bir necha muxim tamoyillar borki, ular insoniyat tarixiy
taraqqiyotining hozirgi bosqichda demokratik davlatning asosiy xususyaitlarini
ifodalaydi. Bular: birinchidan, davlat jamiyat taraqqiyotining maxsuli,
insoniyatning buyuk kashfiyotidir. Davlat, bu zaruriy ob`ektiv reallik bo`lib,
jamiyat mavjudligi va faoliyatining hayotini adolatli va huquqiy asosda tashkil
etishning asosiy shaklidir: ikkinchidan, davlat bu shunchaki zaruriy ob`ektiv
reallik bo`libgina qolmay, u jamiyatning ehtiyoji uning barcha a`zolari uchun
muayyan qadriyat hamdir; uchinchidan, demokratik davlat ayrim ijtimoiy
qatlamlar, guruhlar va sinflarga emas, balki butun jamiyat manfaatlariga xizmat
qilish uchun kerak. U butun xalq, butun jamiyat manfaatlarini ifodalaydi;
to`rtinchidan demokratik davlat huqukini, faoliyat usullari va mexanizmlarini
takomillashtirish, fuqarolik jamiyatiga tobora yaqinlashish yo`lidan vazifasi
inson va fuqarolar erkinliklari va huquqlarini kafolatlashdan iborat deb aytish
mumkin.
Demokartiyani davlat qurilishining shunday shakli deb belgilash mumkinki,
unda siyosiy hokimiyatni tashkil etishda, uning faoliyatining bosh
yo`nalishlarini belgilashda va nazorat qilishda xalq ishtirok etadi.
1 O`zbekiston Respublikasi 2001 y. 8-bet
28
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «jamiyatda demokratiya
qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular: - xalq
qarorlar qabul qilish jarayondaridan qanchalik xabardorlig; hukumat qarorlari
xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlat boshqarishda
qanchalik ishtirok etishidir»1. Bular demokratiya umumjahon e`tirof etgan
tamoyillar hisoblanadi. Ana shu uchta sohada haqiqiy siljishlar bo`lmas ekan,
demokratiya haqidagi hamma gap so`zlar yo xalqda xushomad, yoki oddiy
siyosiy o`yin bo`lib qolaveradi.
Konstitutsiya har qanday huquqiy demokratik davlatning o`ziga xos
xususiyatlarini ko`rsatuvchi asosiy Qonun bo`lib, uning jamiyatning
umumbashariy hamda milliy qadriyatlar mushtarakligi asosida tashkil etishdagi
qadamlari beqiyos. Konstitutsiya o`zida ijtimoiy tuzumning, davlat tuzilishining
muhim tamoyillarini aks ettiradi2 va shu ma`noda uni «davlatning o`ziga xos
tanishuv xujjati»3 deyish mumkin. O`zbekistonning inson huquqlariga rioya
etishning barcha muhim xalqaro standartlarini mujassamlashtirgan, respublikada
inson huquqlarini ta`minlishning asosiy kafolati bo`lgan Konstitutsiyasi ham ana
shundaydir.
Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi doirasida birinchilardan bo`lib qabul
qilingan O`zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi ijtimoiy tuzum va davlat
tuzilishining muhim tamoyillarini aks ettiruvchi hujjat sifatida respublikada
qonun chiqarish jarayonida asosiy manba rolini bajaradi. Boshqacha qilib
aytganda, fuqarolar shaxsiy, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarining bevosita
amalga oshirilishini ta`minlovchi qonunlarning barchasi unga muofiq qabul
qilinadi. Konstitutsiyaning ushbu funktsiyasini tub mohiyati bilan anglash uchun
avvola, jahon miqiyosidagi insonning e`tirof etilgan qanday huquqlari mavjud
va ular O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qay darajada aks etganligini
tushunmoq g`oyatda muhim.
1 I.A.Karimov. Havfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. 1998y. 156-bet. 2 X.T.Odilqoriev. O`zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. T.O`zbekiston. 1995 y. 44-bet. 3 A.X.Saydov. Mustaqil O`zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi-Milliy istiqlol va umumbashariy istiqlol qomusi/ «O`zbekiston Resupblikasi-mustaqil davlat» kitobida. T.Adolat 1995, 11-bet.
29
Davlat suverenitetiga ega bo`lgan, huquqiy jamiyat qurayotgan har bir
davlatning dastlabki vazifasi, konstitutsiya qabul qilingach, ko`rsatilgan asosiy
tamoyillardan og`ishmagan holda uni amalga oshirishni ta`minlovchi qonunlar
qabul qilishdir. Shu nuqtai nazardan qaralganda, O`zbekiston mustaqillikka
erishilgandan buyon o`tgan davr mobaynida juda katta miqyosdagi ishlar amalga
oshirildi, Konstitutsiyaning deyarli har bir moddasi bir qancha qonun va
qonunosti hujjatlar bilan mustahkamlanadi. Bunday qonunchilik hujjatlari
qatorida «O`zbekiston Respublikasida mulkchilik tug`risida», «Bank va bank
faoliyati tug`risida», «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi tug`risida»
O`zbekiston Respublikasi qonunlari, «O`zbekiston Respublikasining Davlat
Bojxona qo`mitasini tashkil etish tug`risida», «O`zbekiston Respublikasida birja
faoliyatini muofiqlashtirish tug`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari Farmonlari va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Ushbu qonun
hujjatlari mamlakatimiz ijtimoiy hayotning ma`lum sohalarini Konstitutsiyaviy
normalarga muofiq tartibga solmoqda va ularning aksariyati o`zining huquqiy
mukammaligi jihatidan jahondagi eng rivojlangan davlatlar huquqiy aktlari bilan
bellasha oladi. Konstitutsiya va unga muofiq qabul qilingan bu kabi qonunlar
fuqoralarimizga keng miqyosdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquq va
erkinliklar taqdim etilganligidan dalolat beradi.
O`zbekiston Konstitutsiyasining 39-moddasida belgilanganidek, har kim
qariganda, mehnat layoqatini yo`qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum
bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta`minot olish
huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori
rasman belgilab qo`yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo`lishi
mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 40-moddasi har insonning
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligini ta`kidlaydi.
Mazkur konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirish, birichidan, respublika
malakali tibbiy xodimlari, zamonaviy tibbiyot uskunalari, samarali dori-
30
darmonlar bo`lishiga va ikkinchidan, har bir fuqaro tibbiy xizmatdan bahramand
bo`la olishiga muaayyan darajada bog`lik. O`zbekiston Konstitutsiyasi qabul
qilingandan buyon o`tgan yillarda bu sohada ham qator qonunlar qabul qilindi
va ular ma`lum darajada amalga oshirildi. Bunday qonunlar qatorida «Davlvt
sanitariya nazorati tug`risida»gi «Fuqarolarning sog`ligini muxofaza qilish
to`g`risida»gi qonunlarni sanab o`tish mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har kimning bilim olish huquqi
davlat tomanidan kafolatlangan. Konstitutsiyaning bu tamoyili xalqaro
standartlarga javob beruvchi qonunlar bilan mustahkamlangan. Ularga binoan,
ta`lim O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor yo`nalish
deb, e`lon qilingan.
Jumladan, kadrlar tayyorlash milliy dasturida shunday deyiladi: «Kadrlar
tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonning intellektual va ma`naviy-axlohiy
jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`lik bo`lgan uzluksiz ta`lim tizimi orqali har
tamonlama barkomal shaxs- fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda
fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri- bilim olish, ijodiy
qobilyatni nomoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo`yicha
mehnat qilish huquqi ro`yobga chiqarildi».
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining «Jamiyatning iqtisodiy
negizlari» deb atalgan XII bobidagi mavjud uch moddada (53,54,55) ushbu
sohadagi huquqlar, ularning kafolatlari qisqa va lo`nda shaklda aniq-ravshan
ifodalangan. 53-modda mulkchilik haqida kuyidagi tamoyilni ta`kidlaydi:
«Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston
iqtisodiyotini negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat
iste`molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat,
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarning teng
huquqligini va huquqiy jihatdan bab barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi .
Hususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan xollarda va tartibdagina mulkidan
mahrum etilishi mumkin».
31
Mazkur moddada ta`riflangan mulkchilikning xilma-xil shakllari va
ularning huquqiy maqomi ham milliy qonunchiligimizda juda yaxshi ishlangan.
«O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida», «Investitsiya faoliyati
to`g`risida», «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida»gi
qonunlar mulkchilikning ma`lum sohadagi jihatlarini huquqiy maqomini
belgilab bergan «O`zbekistonda mulkchilik to`g`risida»gi qonunda uning
shakllari sanab o`tiladi.
Ular quyidagilar:
Kollektiv (shirkat) mulki;
Respublika, Qoraqalpog`iston Respublikasi, ma`muriy-teritorial tuzilmalar
(kommunal) mulkidan iborat davlat mulki;
aralash sulk;
qo`shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek,
ajnabiy yuridik shaxslar mulki.
Uzining umuminsoniyligi jixatidan jahondagi boshqa huquqlardan bir
muncha afzallikka ega bo`lgan islom huqukining tarmog`i bu-oila va nikoh
huquqidir. U tufayli oila va nikoh munosabatlarida halollik mezoni hayotdan
mustahkam o`rin oldi.
Fuqarolik va siyosiy hukuqlar to`g`risida xalqaro paktning 23-moddasi,
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida ham fuqaolarning
nikohdan o`tish va oila qurish huquqlarining asosiy tamoyillari bayon etilgan.
Jumladan, fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida xalqaro paktda
ta`kidlanishicha:
1. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy xuxayrasidir hamda jamiyat va davlat
tomonidan himoya qilinish huquqiga egadir.
2. Nikoh yoshiga etgan erkaklar va ayollarning nikohdan o`tish huquqi va
oila qurish huquqi e`tirof etiladi.
3. Birorta nikoh nikohdan o`tayotganlarning erkinligi va batamom
roziligisiz tuzilishi mumkin emas.
32
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu xususda quyidagilarni
o`qiymiz:
«Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida
bo`lish huquqiga ega».
Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng muhofazasida bo`lish
huquqiga ega.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim tamoyillari va ularga
asosan ishlab chiqilgan qonun hujjatlari to`g`risidagi ushbu muxtasar fikr
mulohazalarimiz O`zbekiston Respublikasi Asosiy Qonuni, shubhasiz, milliy
qonunchilikni takomillashtirishning asosiy manbai ekanligini yana bir karra
isbotlaydi.
Jahon tajribalarining guvohlik berishicha insoniy taraqqiyotning hozirgi
bosqichida davlat qurilishining oliy madaniy shakli demokratiyadir. Va u
quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:
-xalqning erkin xoxish-irodasi;
-fuqarolarning teng huquqiyligi;
-inson huquqlarining ustuvorligi;
-hokimiyat organlarining saylanib qo`yilishi;
-ularning saylovchilariga bo`ysunishi;
-tayinlash yo`li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab
qo`yiladigan organlar oldida hisob berishiga burchliligi;
-hokimiyat tarmoqlarining taqsimlanganligi.
Jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan va eng demokratik miyorlarga
javob beradigan bu tamoyillar O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq
ifodalangan va qonuniy mustahkamlangan.
Konstitutsiya mamlakatimizning Asosiy Qonuni hisoblanadi va unda
fuqarolarning erkinliklari va huquqlari, davlat va ijtimoiy-siyosiy qurilishning
davlat-huquqiy, fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy tamoyillari oliy darajada qonuniy
ifodasini topgan.
33
Hech bir qonun yoki boshqa miyoriy hujjat Konstitutsiyaga zid bo`lishi,
hech qanday davlat idorasi yoki mansabdor shax asosiy qonunda belgilangan
tegishli me`yor va tamoyillarga muvofiq kelmaydigan qarorlarni qabul qilish
huquqiga ega bo`lish mumkin emas.
Demokratik miyor va tamoyillarning amalga oshirishning asosiy shakli
huquqdir va u jamiyat hayotining bara sohalarini tartibga soladigan qonunlar
tizimida mujassam bo`ladi. Qonunlar butun hokimiyat organlari va
boshqarmalarning, jamoat tashkilotlari va birlashmalarning, vakolatlari
huquqlari va mas`uliyatlarini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va
burchlarini belgilab beradi. Faqat qonunlarga og`ishmay amal qilishgina
jamiyatni haddan tashqari va anarxiyadan, byurokratik aynishlarning ximoya
qilinishi «qo`ng`iroq huquqi» deb alatgan rahbarlik va avtoritarlikka qarama-
qarshi turishi mumkin. Qonunlar mustaqillik yillarida O`zbeikstonda amalga
oshirilayotgan barcha tub o`zgarishlarni belgilab bermoqda.
Ijtimoiy-siyosiy islohotlar ham davlatning siyosiy tizimlarining insonlarga
xizmat qilishi, insonparvarlikka yo`g`rilgan adolat, tenglik, erkinlik, ma`naviy
farovonlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlikni ta`minlashga, jahon xalqlari
bilan hamkorlikni amalga oshirishga yo`naltiriladi. Shuning uchun ham
prezident deydi: «O`zbekiston kelajagi buyuk davlat. Bu-mustaqal, demokratik,
hukuqiy davlatdir. Bu-insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini,
ijtimoiy ahvoli, siyosiy e`tiqodidan qat`i nazar fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini ta`minlab beradigan davlatdir»1. Aynan shuning uchun ham davlat,
eng yirik siyosiy kuch sifatida barcha islohotlarning nafaqat tashabbuskori, shu
bilan birga ular uchun mas`uldir. Uning siyosati esa inson va jamiyatning
farovonligini, O`zbekistonning barcha fuqarolarning munosib turmushini
ta`minlashga qaratilgan bo`lishi kerak.
O`zbekiston jaxon xalqlari taraqqiyoti tajribalarini o`rganib, o`z taraqqiyot
modelini yaratishi, belgilab olishi zarur edi. Ijtimoiy hayotda o`tkaziladigan har
1 I.A.Karimov O`zbekistonning o`z istiқlol va taraққiyot yo`li. «O`z-n: milliy istiқlol, siyosat-mafkura. Toshkent. O`zbekiston 1996 ., 44-bet
34
bir islohot ana shu modeldan kelib chiqishi, unda belgilab olingan maksadlarga
xizmat qilishi edi. Olimlarimiz va mutaxassislarimiz jahon modellarini
o`rganishga kirishdilar, ulardagi ijobiy jihatlardan foydalanish yo`llarini belgilay
boshladilar. Buni prezident o`zining quyidagi beshta asosiy qoidasida belgilab
beradi.
1. Iqtisodiy islohotlarning hech qachon siyosat ortida qolmasligi va u biror
mafkuraga bo`ysundirilmasligi kerak.
2. Davlat bosh islohotchi bo`lishi lozim. O` islohotlarni ustun
yo`nalishlarini belgilab berishi, o`zgartirishlar siyosatini ishlab chiqish va uni
izchillik bilan o`tkazishi, jaxolatparast va konservatorlar qarshiligini bartaraf
etishi shart.
3. Qonun, qonunlarga rioya etish ustun bo`lishi lozim.
4. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy
siyosat o`tkazish kerak.
5. Bozor munosabatlariga evolyutsion (tadrijiy) yo`l bilan bosqichma-
bosqich o`tish zarur2.
Ilmiy adabiyotlarda «o`zbek modeli» nomini olgan kontseptsiya xalqning,
kishilarimizning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligi, davlat va jamiyat hayotidagi
qatnashishi bilan chambarchas bog`liqdir. Aslida xalq hokimiyatchiligi
nazariyasining I.A.Karimov tomonidan rivojlantirilishi ham aynan ushbu
kontseptsiyadan kelib chiqadi. Quyidagi fikrlar ham ana shu beshta tamoyilga
asoslanadi.
Birinchi printsipda: 1) iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida
yurmasligi; 2) iqtisod biror mafkuraga bo`ysundirilmasligi lozim. Ushbu
vazifalarning xalq hokimiyatchiligi bilan qanday dialektik aloqadorliklari,
o`zaro bog`liqliklari bor?
Ma`lumki Sho`rolar davrida barcha sohalar, iqtisodiyot ham, siyosat va
kommunistik mafkuraga bo`ysundirilgan edi. Davlat mulkidan tashqari jamoat
2 I.A.Karimov O`zbekistonning o`z istiқlol va taraққiyot yo`li. O`z-n: milliy istiқlol, siyosat-mafkura. Toshkent. O`zbekiston 1996 ., 307-bet
35
mulki va shaxsiy mulk mavjud deb ta`kidlansada, ular totalitar tuzum siyosati va
kommunistik mafkura belgilab bergan doiradagi mulklar edi. Demak mulk
shakllarini reng-baranglashtirish zarur. Shuning uchun ko`p ukladli bozor
iqtisodiyotini shakllantirish, odamlarda mulkka egalik tuyg`usuini uyg`otish,
mulkni davlat tasarrufidan chiqarib, xususiylashtirish orqali teng huquqli
raqobatda ishlaydigan iqtisodiyotni paydo qilish vazifa qilib belgilandi1.
I.A.Karimovning buyuk xizmati shundaki islohotlarning aholining demokratik
ijtimoiy-psixologik o`ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich
amalga oshirish siyosatini olib bordi. Shuning uchun ko`p ukladli sektorni
vjudga keltirish uchun bosqichni o`z ichiga oldi.
Birinchi bosqich (1991-1995 yillar)da kishloq xo`jaligi, mahaliy davlat
sanoat korxonalari, savdo-sotiq maskanlari, maishiy xizmat ko`rsatish
muassasalai, kurili shva transportda turli mulk shakllarining yuzaga kelishi
uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ikkinchi bosqich (1996-1998 yillar)da o`rta va
yirik davlat korxonalarining sanoatda 62% qishloq xo`jaligi va savdo
shaxobchalaridan deyarli 100%, qurilishda 79% xizmat ko`rsatishdagi
musassasalarning 57% xusuiylashtirildi.
Uchinchi bosqich (1998 yil)dan yirik va trategik axamiyatga ega
korxonalarni xususiylashtirish boshlandi. Bu bosqichda chet investitsiyalarini
investitsiyalarini iqtisodiyotga jalb etishning maxsus programmasi ishlab
chiqildi. Xullas bu islohotlar ko`zlagan maksad kishilarimizga «iqtisodiy
faoliyat uchun erkin garoit tug`dirib berish» orqali xalq farovonligini
oshirishdir2. Eng muhimi esa «iqtisodiy turmush tarziga asoslanib davlat
qurilishi va davlat tuzilishini anglab etish mumkin. Demokratiya-boshqaruvning
barcha boqichlaridagi erkinlikdir. Eng muhimi, so`z erkinligi va iqtisodiy
faoliyat bilan shug`ullanish erkinligi huquqini beradigan kuchli qonunlarimiz
1 I.A.Karimov O`zbekiston-bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`llari. O`zbeikston milliy istiқlol, iқtisod, siyosat, mafkura. O`zbekiston 1996 ., 300-301-bet 2 I.A.Karimov. Tadbirkorlik-iқtisodiyot kelajagi. Bizdan ozod va obod vatan қolsin. O`zbekiston. 1996. 337-338-bet.
36
ega bo`lishdir. Bu esa iqtisodiy negiz qanchalik mustahkam barpo etilganligiga
bog`liq1.
1 I.A.Karimov O`zbekiston-bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`llari. O`zbeikston milliy istiқlol, iқtisod, siyosat, mafkura. O`zbekiston 1996 ., 300-301-bet
37
II-bob. Demokratik boshqaruvning taraqqiyot uchun ahamiyati
1. Demokratiya to`g`risidagi turli xil yondashuvlar
Har bir jamiyat, ijtimoiy hayot, tarixiy davrlar ko`p jixatlardan faqatgina
o`zlariga mos va xos bo`lgan, o`zlari asoslanadigan dunyoqarishlar, so`z va
iboralarga ega bo`ladilar. Bularga mustaqillik, so`z va fikr erkinliklari, shaxs
eriknligi, inson huquqlari, milliy g`oya, ma`naviyat, demokratiya, demokratik
jamiyat, demokartik qadriyatlar xalqaro integratsiya, xalqaro huquq va boshqa
shu kabilar yorqin misol va dalil bo`ladilar. Ushbu atama va tushunchalar ichida
demokratiya, demokratik jamiyat tushunchalari alohida aytish mumkinki,
markaziy o`rinni egallaydi. Zamonaviy barcha ilmiy-falsafiy, siyosiy, iqtisodiy,
madaniy-ma`rifiy, ijtimoiy, huquqiy atamalar, tununcha va iboralar u yoki bu
tarzda demokratiya, demokartik jamiyat tushunchasi bilan bog`liqdir. To`g`ri,
«zamonaviy», «jarangdor» bo`lgan bu so`zlarga fuqarolarimiz o`zlarining
hayotda tutgan o`rinlari, orzu-umidlari, xohish istaklari, tafakkur darajalari,
imkoniyatlari, xis-tuyg`ulari ehtiroslaridan kelib chiqqan holda turlicha
yondoshadilar. Adabiyotlarimizda «ma`naviyat», «ma`naviy yuksalish»,
«demokratiya», «demokratik jamiyat», «shaxs erkinligi» tushunchalarining
mohiyati, mazmuni, ahamiyatlar, ular o`rtasidagi munosabatlar masalasi etarli
darajada yoritilmagan. I.A.Karimov alohida ta`kidlaganidek, bizda xaligacha
ijtimoiy-gumanitar fanlar buyicha ilmiy adabiyotlar etishmaydi1.
Buning asosiy sabablari shundaki biz milliy mustaqilligimizni qo`lga
kiritgunga qadar uzoq davr mobaynida totalitar tuzum sharoitida yashaganimiz,
shuningdek bir tomondan jahon hamjamiyatidan, shuningdek, demokratik tuzum
hukmron bo`lgan rivojlangan mamlakatlardan, ikkinchi tomondan, demokratiya
haqidagi fikrlarga va demokratik amaliyotning ayrim ko`rinishlariga boy
bo`lgan o`zimizning tariximizdan zo`rlik yo`li bilan sun`iy ravishda ajratib
qo`yilgan edik. SSSR bilan rivojlangan mamlakatlar o`rtasida temir parda bor
1 I.A.Karimov. «Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e`tiqodi buyuk kelajakka ishonchdir» Asarlar 8-jild 504-505 betlar.
38
edi. Bu mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat boshqaruvi
tizimi ijtmoiy-gumanitar fanlar, jumladan demokratik jamiyat barpo etish
borasidagi qo`lga kiritilgan muhim tarixiy yutuqlar, kashfiyotlar boshqacha,
noto`g`ri buzib ko`rsatilar, o`zini oqlamagan sinfiy ta`limot nuqtai nazaridan
talqin qilinar edi. Zeroki, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi bu ijtimoiy-
iqtisodiy hayotni, ijtimoiy-gumanitar fanlar, chunonchi falsafa sohasidagi qo`lga
kiritilgan muhim yutuqlarni marksizm-leninizm nuqtai nazaridan to`g`ri
o`lchash, baholash mumkin emas edi. Ana shu shart-sharoitlar ko`pchilik
fuqarolarda demokratik jamiyat, demokratik qadriyatlarga nisbatan zaruriy va
hayotiy ehtiyojlarning qaror topishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Buning natijasida
ko`pchilik fuqarolarimizda umuman demokratiya, shuningdek demokratik,
fuqarolik jamiyati, qadriyatlar, ma`naviyat, ma`naviy hayot, ma`naviy
yuksalishlarga, nisbatan aniq, lo`nda, to`g`ri ilmiy tasavvurlar xali ham
shakllangani yo`q.
Demokratiya o`z mazmuniga ko`ra grekcha (demos-xalq, kratos-hokimiyat)
so`zlaridan iborat bo`lib: «xalq hokimiyati» ma`nosini anglatadi. «Boshqaruvda
to`g`ridan-to`g`ri ishtirok» ma`nosida demokratiyani qabila, urug`chilik
jamiyatlaridayoq uchratish mumkin. G`arb siyosatchilari demokratiyaning
mukammal shaklini Yunonistonning shahar davlatlari bilan bog`laydi. Qadimgi
Yunonistonda «demokratiya» atamasi «demos» - xalq, teng huquql fuqarolar
yig`ini, fuqarolarning asosiy qismi ma`nolarida qo`llanilgan. «Kratos» - kuch,
hokimiyat qudrat, boshqaruv, g`alaba ma`nolarini anglatadi. Bundan ko`rinib
turibdiki qadimda yunonlarning o`zi «demokratiya» tushunchasini talqin etishda
yaqdil bo`lmaganlar. Ularda demokratiya quyidagi ma`nolarni bildirgan: 1)
«isyonkor yo`qsinlar tantanasi»; 2) «kambag`allar hukmronligi»; 3) «polis ishida
barcha fuqarolarning ishtiroki»; 4) «rasmiy tadbirlar orqali (saylov, navat,
tayinlash) boshqaruvni amalga oshirish».
Qadimgi Yunoniston tarixi – demokratik va oligarxik davlatlar o`rtasidagi
kurash tarixidir. Ammo demokratiya tushunchasi tarixiy yondoshish lozimligini
39
unutmaslik kerak: tarixiy rivojlanish jarayonida u ham mazmunini o`zgartirib
borgan.
Yangi davrda: 1) erkinlik; 2) fuqarolik; 3) xalq suvereniteti; 4) milliy
suverenitet; 5) milliy davlat; 6) g`oyalar rivoji tushunchalari bilan bog`liq.
Hozirgi zamon huquqshunoslari va siyosatshunoslari fikriga ko`ra
demokratik huquqiy davlatni qurish uchun barcha mamlakatlarga xos bo`lgan
umumiy xususiyatlar mavjud. Ular quyidagilardir: 1.saylovlar; 2. saylov
yakunlarini aniqlash usuli; 3. teng huquqlilik; 4. fikrlar erkinligi; 5.
ko`ppartiyaviylik; 6. o`z-o`zini boshqarish.
Oddiy fuqarolarning hayotilariga ta`sir qiluvchi qarorlarni qabul qilishda
qatnashish huquqiga ega bo`lishlari kerakligi g`oyasi aksariyat jamiyatlarda turli
tarixiy davrlarda dastlab orzu sifatida paydo bo`lgan. Miloddan avvalgi V-IV
asrlarda bu g`oya Afinada o`z mumtoz shakliga ega bo`lgan. V asrning boshidan
beri, ya`ni davlat lavozimlarini egallash uchun mulkiy cheklanishlar bartaraf
etilgandan so`ng afinalik barcha fuqarolar qonunlarni muhokama qilish, ularga
ovoz berish va hamjamiyat siyosatni ishlab chiqish jarayonida shaxsan ishtirok
etish huquqidan foydalanganlar. Shuningdek ular rotatsiya tamoyili asosida
egallanadigan lavozimlar, sud va ma`muriy ko`mitaga a`zolik boshqaruvda
qatnashishi huquqidan ham foydalanganlar. Shu paytdan beri ushbu misol
demokratlar uchun ilhom manbai va tayanch nuqtasi hisoblanadi. Bu davr
Afinaning iqtisodiy qudrati va dengizdagi hukmronligi hamda san`at va falsafa
rivojining eng cho`qqiga chiqqan davriga to`g`ri keladi. Bu esa demokratiya
muxoliflarining oddiy odamlarga davlat ishlarida qatnashishiga ruxsat berish
yomon oqibatlarga olib keladi degan fikrlarini rad etadi.
Shunisi e`tiborliki, demokratiya, demokratik jamiyat haqidagi fikrlar,
ta`limotlar jahonning dastlabki tsivilizatsiya paydo bo`lgan mintaqalarida u yoki
bu ko`rinishda paydo bo`lgan. Keyinchalik ayniqsa bu jarayon ancha
rivojlangan. Demokratiya, demokratik jamiyat haqida e`tiborli fikrlar va amaliy
ishlar bilan bog`liq tarixiy jarayon bizning mintaqamizni ham, xususan hozirgi
O`zbekiston Respublikasiin xududini ham chetlab o`tmagan. Ushbu jarayon
40
XVIII-asrdan boshlab AQSh va evropada keng quloch yozganligi tufayli,
amerikalik ma`rifatparvar, davlat arbobi bo`lgan Benjamin Franklin (1706-1790)
demokratiyani «chiqib kelayotgan quyosh» deb ta`riflagan edi. Yana bir
amerikalik olim «O demokratii» nomli asarida demokratik jamiyat tarixini
bayon qilar ekan insoniyat demokratiyani bir marta emas, ko`p marta, qəytadan
turli joylarda, tegishli zaruriyat va sharoitlar ta`sirida kashf qilgan, deb uqtiradi1.
Robert Dal` yozganidek, o`z davrining ilg`or fikr egalari, donishmand
faylasuflari, deyarli 2500 yildan beri demokratiyaning tabiatini mohokama
qilmoqdalar. Demokratiya tushunchasi turli davrlarda turli joylarda turli odamlar
uchun turli ma`nolarni anglatgan2. Demak bu tushuncha masalasiga yondashish
ilgari surilgan maqsad va vazifalar, manfaatlarga ham bog`liqdir. Uzoq davrlar
mobaynida va ko`p hollarda demokratiya tushunchasi insoniyat o`z qo`llariga
o`z ta`sirlari va boshqaruvlariga olishlari va undan o`z maqsadlari yo`lida
foydalanishlari lozim bo`lgan mavjud siyosiy tuzumni emas balki faylasuf
olimlarning nazariy mushoxadalarining mavzui bo`lgan. Mavjud siyosiy tuzum
ko`proq demokratiya masalasi bilan emas, balki o`z hokimiyatini o`rnatish,
avaylab asrash kabi masalalar bilan shug`ullangan.
Mavjud ilmiy ommabop adabiyotlarda demokratiya tushunchasiga bir
qancha bir-birlariga yaqin bo`lgan ta`riflar berilgan. Siyosatshunos Sayfiddin
Jo`raev demokratiyani quyidagicha ta`riflaydi: «demokratiya, avvalambor
insonlarning manfaati uchun boshqaruv shaklidir»3.
Karim Baxrievning demokratiyaga yondoshuvi biroz boshqacharoq. Uning
fikricha demokratiya bu fuqarolar, inson, jamiyat, davlat shuningdek, jamiyat va
tabiat o`rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan muammolarni echish
uslubidir. Zeroki, munosabatlardagi bu muammolar demokratik boshqaruv
yordamida muvozanatlarni ta`minlash orqali o`z echimiga ega bo`ladi. Shu
nuqtai nazardan «demokratiya-bu muvozanatdir» degan shoir ham ilgari
1 Robert Dal`. O demokratiya. M.2000. 15-bet 2 Robert Dal`. O.Demokratii. M.2000. 9-bet. 3 S.Jo`raev. Demokratiya deganda nimani tushunamiz. 1997.13-bet
41
suriladi1. Rossiya olimlari V.P.Pugachov, A.I.Solov`evlar eas demokratiyani
rahbarlikka imkoniyatlari bor fuqarolarning raqobatchilik asosida saylovchilar
ishonchlarini qozonish orqali boshqarish uslubi deb ta`riflaydilar2.
Insoniyat tarixida mavjud bo`lgan barcha boshqaruv tizimlarida
boshqaruvchi (monarx, aristokratlar, komfirqa…) va boshqariluvchi (xalq,
fuqarolar) mavjud bo`lib, tuzumning nomlanishi va taqdiri boshqariluvchiga
eamas, boshqaruvchiga bog`liq bo`lib kelgan. Mavjud barcha tarixiy boshqaruv
tizimlaridan farqli o`laroq, demokratiya-xalq hokimiyatidir, ya`ni huquqiy
davlatdir.
Tarixda demokratiya atamasi bo`lmagan lekin huquqiy davlat
tushunchasiga, ta`limotiga quldorlik davrining allomalari, umumiy ko`rinishda
bo`lsada o`z fikr mulohazalarini bildirgan. Bular Platon, Aristotel`, Polibiy,
Likurg va boshqalar. O`rta asrlarda hamda XVII-XVIII asrlarda evropada
Amerikada bir qator nazariyachilar bu huquqiy davlat va hokimiyat taqsimlash
kontseptsiyasini ta`limot sifatida shakllantiridilar va yangi bosqichga ko`tardilar.
Bulardan Sharl` Lui Montesk`e, Jan Lokk, I.Kant, T.Jefferson va boshqalarning
ta`limotlari, ilgari surgan g`oyalari misol bo`la oladi.
Milliy davlatchiligimiz tarixiga bir nazar tashlasak Avesto, Siyosatnoma,
Hidoya, Qobusnoma, Qutadg`u bilik, Temur tuzuklarida, Mirzo Ulug`bek,
Alisher Navoiy va boshqa ma`rifatparvarlar asarlarida demokratiya o`z ifodasini
topgan va ulardan milliy davlatchilikning shakllantirishda samarali
foydalanganlar. Ular demokratik jamiyat atamasi bugungi qarash va mezon
darajasida bo`lmasada, demokratik jamiyatga xos bo`lgan ayrim xususiyatlar,
qadriyatlar yaqqol ko`zga tashlanadi. Ular: 1) Qonunga tayanish va bo`ysunish;
2) adolat tamoyiliga asoslanib ish ko`rish; 3) Turli ijtimoiy guruh, qatlam haq
huquqlari manfaatlarini hisobga olish; 4) Kengashib ish ko`rish; 5) Saylov
ko`rinishlari; 6) O`ziga xos davlat hokimiyati bo`g`inlarining mavjudligi; 7)
Davlatni, El-ulusni ximoya qilish; 8) Insoniylik, mehr-muruvvat ko`rsatish, har
1 K.Baxriev. Demokratiya va inson huқuқlari. 1997.07-bet 2 V.P.Pugachev. A.I.Solov`ev. Vvedenie v politologiyu. M.1999.206-207-bet.
42
xil obodonchilik ishlarini amalga oshirish; 9) jazo choralari bilan bog`liq
tartiblar, qoidalar shular jumlasidandir.
Huquqiy davlatda qonunning ustuvorligiga katta ahamiyat bergan Platon
shunday deydi: «Qaysi davlat kimningdir hukmronligida bo`lib, u erda qonunlar
ishlamasa, hech qanday kuchga ega bo`lmasa, o`sha davlatning o`limiga qarab
borayotganini ko`raman. Qaerda qonun hukmdor ustidan hukmdor bo`lsa, men
davlatni saqlanayotganligini, gullab yashnayotganligini, xudo tomonidan
davlatga qanday yaxshiliklar berilgan bo`lsa, bu yaxshiliklar
mujassamlashganligini ko`raman».
Qonun-bu huquqiy davlatdagi fuqarolarning erkinligi, tengligini tartib va
uyushqoqligini, sotsial adolatni ta`minlab berishda himoyachidir.
O`z davrining buyuk mutafakkirlari Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn
Sinoning demokratiyaga xos bo`lgan davlat boshqaruvi haqidagi qarashlari ham
o`ziga xosdir. Ular har bir qarash, kuzatish va tajriba asosida o`rganishga keyin
xulosa chiqarishga intilganlar, barcha bunyodkorlik insonning mehnatiga
bog`liqligini ta`kidlaganlar. Buyuk o`zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi
Alisher Navoiy esa o`z asarlari bilan jamiyat taraqqiyotining zamonasiga xos
bo`lgan fazilatlarini yoritishga harakat qilgan. U she`rlari va dostonlarida
razolatga, urush janjallarga, ma`rifatsizlikka qarshi kurash g`oyalarini ulug`ladi.
Insonlarni mexnatga, yaratuvchanlikka, adolatga chaqiradi. Ma`rifatga
asoslangan jamiyat yaratishni orzu qiladi. Uning bu orzulari «Farxod va Shirin»,
«Sadi Iskandariy» kabi dostonlarida o`z ifodasini topgan.
Xitoy va hind mutafakkirlarining jamiyat rivoji haqida va bunyodkorlik
g`oyalari ham Osiyoning «sharqona» ma`naviyatida o`ziga xos o`rin tutadi.
Jumladan buyuk xitoy mutafakkiri Konfutsiy g`oyalari xunuzgacha xitoy
xalqlari mafkurasida etakchilik qilib kelmoqda. Bu g`oyalarning asosi jamiyatni
har qanday ijtimoiy larzalardan asrab qolish va insonlar manfaatini yuqori
qo`yishga qaratilgan. Allomaning maqsadi xalqni mavjud tartib-qoidalarini
hurmat qilish ruhida tarbiyalash bo`lgan. Bu g`oyaga ko`ra, insonlar jamiyatning
tabiiy taraqqiyotiga qarshi chiqmaslik ya`ni inqilobiy yo`lni tanlamasligi kerak.
43
Konfutsiy insoniyat haqida fikr yuritar ekan, odamlar ijtimoiy kelib chiqishi
yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki odamiylik, adolatparvarlik,
haqgo`ylik samimiyat, farzandlik izzat hurmat kabi ma`naviy fazilatlarga
erishish tufayli kamolotga etishuvi mumkin deb, hisoblaydi. Bunday «sharqona
demokratiyaning» tamoyillarini o`zida aks ettirgan g`oyalar butun-butun
davlatlarning uzoq yillar mobaynida barqaror yashab qolishiga sabab bo`lgani.
Sharq xalqlarining tarixiy, ijtimoiy, siyosiy taraqqiyotiga o`z ijobiy ta`sirini
ko`rsatgani shubxasizdir. Xind xalqining buyuk farzandi Maxatma Gandi o`z
ma`naviyati, g`oyalari va ilg`or qarashlari bilan XX asrning buyuk shaxslaridan
biriga aylangan. U xindlar bilan musulmonlarning o`zaro do`stligini
mustahkamlashga intilgan. Gandi din bilan siyosatni bir-biriga bog`lashga
xarakat qilgan. Unga xalq «Maxatma»- «Buyuk qalb» deb nom bergani ham
shunda bo`lsa kerak.
Buyuk faylasuf Platonning fikricha siyosat odamni o`rganishga asoslanadi
va u birinchi marta «ijtimoiy» tununchasini kiritadi hamda bu tushunchani
«xususiy» tushunchasi bilan taqqoslab ko`radi. Demokratiyani tanqidiy baxolab,
Platon ta`kidlaydiki, birlamchi jamiyatda davlat o`z maqsadini anglamagan
holda vujudga keladi hamda yaxshilik tushunchasini singdirib, tor doiradagi
hokim sinflarga topshiradi. U davlatni boshqarishda qatnashadi va barcha
erkinliklarga ega bo`lgan boshqariluvni olomon va bir to`da
boshqariluvchilardan iborat davlatni – aristokratik respublika davlatining shakli
deydi. Uning fikricha, davlatning boshqa hamma shakllari ana shu shakldan
chetga chiqishning maxsulidir.
Aristotel` fikricha hokimiyatning ikki shakli-shaxs hokimiyati va qonun
hokimiyati bo`lishi mumkinligini aytadi. Lekin uning fikricha, xatto eng
mukammal bo`lmagan qonun hokimiyati ham shaxs hokimiyatidan
ma`qulroqdir. Aristotel` davlatning monarxiya, aristokratiya va konstitutsiya
kabi muassasalarini ko`rsatib uning har biri tiraniya plutokratiya va demokratiya
kabi shakllarga o`tish mumkinligini aytadi. Uning fikricha davlat monarxiyasi
podsho, boylarni adolatsizlikdan, kambag`allarni esa kamsitishdan ximoya
44
qilmog`i kerak, ilohiy qudrat unga umumiy mutanosiblikni buzmagshan holda
majburlash huquqini beradi. Lekin davlatning ma`qul shakli-konstitutsiya bo`lib,
biror shaxsning ustunligisiz, boy va kambag`allarning teng erkin kelishuviga
asoslangan ko`pchilikning qonuniy hokimiyatidir. Iqtisodiy tengsizlik siyosiy
erkinliklarni cheklaydi, degan tushunchadan kelib chiqib, Aristotel` mulkiy
tengsizlikni tugatish, kambag`allarga g`amxo`rlik qilish davlatning eng asosiy
vazifasi deydi. Chunki, «boshqaruvda qatnashmaydigan, kambag`allari ko`p
bo`lgan davlatning so`zsiz dushmani ham ko`p bo`ladi1.
Tabiiy olam bilan mutnosiblik va shaxsiy erkinlik o`rtasidagi ziddiyatni
Mark Tulliy Tsitseron o`z ta`limotida bartaraf etishga urinadi. U o`zining
«respublika» nomili risolasida: «davlat bu qonunlar jamiyati, zero odamlar
boylikni yaratish hamda qobiliyatda teng bo`lishi mumkin emas, biroq qonun
oldida barcha teng bo`lmog`i lozim»2 deydi. Tsitseron Rim an`analari va
voqeligidan kelib chiqib, davlatning monarxiya, aristokratiya va demokratiya
shakllarining qorishmasi bo`la turib, shaklidan qat`i nazar davlatning adolatli
bo`lishi lozimligini ta`kidlaydi. Xalq birligi jipsligi tamoyili Rim huquqi uchun
odatdagi hol bo`lsa, xalqning siyosiy hamda huquqiy kuch-qudrat ekanligi
haqidagi g`oyalar hozirgi zamon xalq hokimiyatchiligi tamoyillarga asos bo`la
oladi. Ammo bu tamoyillarni nazariyada ishlab chiqish va tajribada tadbiq
qilishda uzviylik bo`lmadi. Xristiyanlikning davlat diniga aylanib borishi davlat
va hokimiyatning ilohiylik g`oyasini shakllantirib boradi. Jamiyat
taraqqiyotining yangi ijtimoiy iqtisodiy bosqichi kapitalizmga o`tilganda
hokimiyat masalasiga yana qaytildi. Bu masalaga yangicha yondoshuv bo`lib,
1688 yili Angliyada yuz bergan «sharafli inqilobdan» so`ng paydo bo`lgan
liberalizmning asoschisi Jon Lokkning «inson aqli haqida tajriba» va «Hukumat
haqida ikki risola» kabi asarlarida asosiy tamoyillari ishlab chiqildi. Jon Lokk
davrida tabiatning umumiy qonuni sifatida tabiiy huquq kontseptsiyasi yanda
kuchaydi. Uning asosini «Barcha teng va daxlsiz» degan tamoyil tashkil qiladi.
1 Aristotel`. «Poiltika Aristotelya». M.1911. 195-200-bet. 2 Tsitseron. «Respublika» M.1966. 197-bet.
45
Tabiatning bu qonuniga ko`ra aql-zakovat ta`sirida jamiyat taraqqiyoti
o`zgaradi. Har bir fuqaroning ma`lum huquqlari tabiiy bo`lib, bu huquqlarning
umumiyligidan ijtimoiy uzviylik kelib chiqadi. Faqat shunday ijtimoiy
kelishuvga erishgandan so`ng davlat ta`sis etiladi va davlatda boshqaruvning
oliy hokimiyat organi-qonun qoidalar bo`ladi. Ammo tabiiy huquq va tabiiy
qonunga binoan xalq bu qonunlardan ustun turadi. Shunday qilib, qonun va xalq
ijtimoiy kelishuv orqali davlatni ta`sis etadilar va unga birlashadilar. Chunki
davlatga berilgan hokimiyat xalq manfaati bilan chegaralanadi. Agar davlat xalq
manfaati bilan hisoblashmasa, unda xalq davlatga berilgan huqukni olib boshqa
ishonchlilariga berishi lozim1. Albatta bu erda gap davlat shaklining
o`zgartirilishi haqida emas, balki qonun va hukumatning o`zgartirilishi haqida
ketayapti.
Lokk hokimiyatning bo`linishi tamoyillarini ta`kidlab, ijro hokimiyatiga
faqat joriy ishlarni bajarishni topshirish bilan cheklanmaydi, balki qonun
chiqaurvchi oliy hokimiyat uchun ham qonunning ijrosi barobar bo`lishi bilan
cheklaydi. Uning fikricha, qonunlar odamlarning tashabbuslarini yo`q qilish
uchun emas, balki ular farovonligining oshirish yo`lida xizmat qilish lozim. Shu
sababli xalqning roziligisiz soliklarni oshirish mumkin emas. U shuningdek,
qonun chiqaruvchi o`z vazifalarini bajarishni boshqalarga topshirishlari ham
mumkin emas.
Davlatning rolini chegaralash va hokimiyatni bo`linishi tamoyili Sharl`
Montesk`e tomonidan «Qonunlar ruxi haqida» nomli asarida rivojlantiriladi.
Montesk`e fikricha, davlat faqatgina tartib saqlaydi, hamda fuqarolarning
erkinliklari va mulkini himoya qiladi. U Lokkning, qonunlar narsalarning
tabiatida kelib chiqadi, degan tezisini va hokimiyatning bo`linish tamoyilini
qabul qiladi hamda hokimiyat qonun chiqaruvchilarga bog`liq bo`lgan monarx
qo`lida bo`lish kerak deydi2.
1 Jon Lokk. «Opыt ө chelovecheskom razume» M. 1960 166-bet 2 Sh.L.Montesk`e. «Ө duxe zakonov» M.1955. 6-bet.
46
Montesk`e fikrini davom ettirib, Jan Jak Russo har bir kishining hayoti
birday himoya qilinadigan o`z-o`ziga xo`jayin, erkin va ozod bo`lib qoladigan
jamiyat shaklini orzu qiladi. Teng huquqli ijtimoiy kelishuv orqali jamiyatga
birlashgan har qanday shaxs o`z erkinliklarining ma`lum qismini yo`qotish
mumkin, ammo xavfsizligini va erkin yashashini kafolatlaydi, ya`ni tabiiy
erkinligiga fuqarolik erkinligi qo`shiladi. Qonunlarga shaxslarning itoat etishi
ozodlik belgisidir, deydi Russo.
47
2. Demokratiya eksporti: maqsadlari, shakllari
O`zbekiston o`z jo`g`rofiy joylashuviga ko`ra, qadimgi Sharq va G`arb
tamaddunlari muloqotga kirishadigan, keng miqyosdagi siyosiy, iqtisodiy va
madaniy-mafkuraviy aloqalar amalga oshiriladigan xudud sifatida ajralib turadi.
Milliy davlatchiligimizning shakllanish va rivojlanish bosqichlariga nazar
tashlasak, bir tomondan, bu jarayonga tashqaridan turib g`oyaыiy-mafkuraviy
ta`sir ko`rsatishga urinishlar, shu orqali ushbu muhim strategik xududda o`z
manfaatlarini himoya qilishga intilishlar barcha davrlarda bo`lganiga, ikkinchi
tomondan, milliy davlatchiligimizga xos xususiyatlar doimo mentalitetimizga
yot bo`lgan zararli g`oyalar bilan kurashib kelganiga guvoh bo`lamiz.
Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida dunyoda keskin g`oyaviy kurashlar
va turli mafkuralar to`qnashuvi, demokratiya yoki turli diniy ta`limotlar shoirlari
bilan niqoblangan yovuz g`oyalarni singdirishga intilish kuchayib bormoqda.
«Ishonchim komilki, - deb ta`kidlagan va Senatining qo`shma majilisidagi
ma`ruzasida – demokratiyani va turli «ochiq jamiyat modellari»ni eksport qilib
bo`lmaganidek, davlat qurilishining universal loyihasini ham tashqaridan import
qilish yoki tiqishtirish mumkin emas. Aslida, hammaga birdek ma`qul
bo`ladigan bunaqa modelning o`zi umuman yo`q.
Lo`nda qilib aytganda, biz tadrijiy, ya`ni evolyutsion izchillik
xususiyatlariga ega bo`lgan islohot va o`zgarishlar tarafdorimiz. Faqat bu
yangilanishlar ijtimoiy munosabatlar va turmush tarzining o`zgarishi, odamlar
ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan chambarchas bog`liq
holda amalga oshirilishi darkor»1.
Darhaqiqat, O`zbekistonning hozirgi taraqqiyot bosqichida G`arb
mamlakatlari va xalqlariga xos bo`lgan «sof g`arbona demokratiya» modellari
ham, ayrim musulmon mamlakatlarida keng yoyilgan «sof islom davlati» yoki
«sof islom demokratiyasi» modellari ham, ularni eksport qilishga urinishlar ham
zararlidir. Shu sababli Prezident Islom Karimov tomonidan O`zbekistonning o`z
1 Karimov I.A. O`zbek xalқi hech қachon, hech kimga қaram bo`lmaydi. 13-jild. –T.:
48
rivojlanish va taraqqiyot yo`lini yanada dolzarb vazifasi sifatida kun tartibiga
qo`yildi. Biz o`z milliy taraqqiyot modelimizni barpo etish orqaligina milliy
xususiyatlarimizga, azaliy shakllangan urf-odat va qadriyatlarimizga, xalqimiz
turmush tarziga yot bo`lgan turli «demokratiya modellari»ga qarshi samarali
kurasha olamiz. Buning uchun jamiyatni modernizatsiya qilish, amalga
oshirilayotgan tub islohatlarni izchil davom ettirish, xalqimizning turmush
farovonligini uzluksiz oshirib borish yo`lidagi keng qo`lamli o`zgarishlarni
amalga oshirishga katta e`tibor berilmoqda. «Shu sababli, - deb ta`kidlagan edi
Prezident Islom Karimov – agar biz o`zimiz zamin yaratib qo`ymasak, ijtimoiy
jarayonlarga tashqaridan turib aralashuv hech qanday samara bermaydi».
Bugungi kunda ilmiylikka da`vo qilayotgan ana shunday yondashuvlardan
biri demokratiya tranziti yoki ilmiy ibora Bilan aytganda, tranzitologiya
kontseptsiyasidir. Uning mohiyati ayrim davlatlarning nodemokratik xolatdan
demokratik tuzumga o`tishini asoslab beradigan g`oya va qarashlarda namoyon
bo`ladi. Tranzitologiya nazariyotchilari jamiyat hayotining barcha sohalarini
liberallashtirish va demokratlashtirish, turli siyosiy partiya va harakatlarning
raqobatlashuviga asoslangan erkin saylovlarni joriy etish tamoyillarining
ustuvorligini ta`kidlagan holda, muayyan mamlakatning tarixiy o`tmishi,
iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot darajasi, xalqining milliy qadriyat, urf-odat va
an`analari, kishilar mentaliteti, dunyoqarashi va siyosiy madaniyatini umuman
e`tiborga olmaydi yoki ularni ikkinchi darajali omil deya baholaydi. Vaholanki,
ular zamonamizningeng rivojlangan davlatlarida bugungi demokratik tuzum va
qadriyatlar asrlar davomida shakllanib kelganini (masalan, AQSh, Buyuk
Britaniya, Frantsiya kabi mamlakatlar demokratiya taraqqiyot borasida uch-to`rt
asrlik tajribaga ega), bu jarayon keskin ziddiyatlar, bahs-munozaralar va
kurashlar orqali kechganini, demokratiya unsurlari bosqichma-bosqich joriy
etilganini unutgan ko`rinadi. Masalan, AQShda XIX asrning 30-yillarigacha,
ya`ni mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganidan qariyb 50 yildan keyin ham
ayollar, hindular va qora tanli kishilar fuqarolik hamda siyosiy huquqlarga ega
bo`lamagan.
49
Prezident Islom Karimov bunday degan edi: «Biz boshqa davlatlarning
rivojlanish jarayonida to`plangan va respublika sharoitida tatbiq qilsa bo`ladigan
barcha ijobiy tajriybalardan foydalanish imkoniyatini istisno qilmaymiz. Ayni
chog`da, biron bir andozadan, hatto u muayyan mamlakatda ijobiy natijalarga
olib kelgan bo`lsa ham ko`r-ko`rona nusxa ko`chirish mutlaqo nomaqbuldir.
Shunisi aniq-ravshanki, muayyan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun
mo`ljallangan bo`lsa, ular o`sha mamlakatga xos bo`lgan alohida sharoitdagina
ijobiy samara berishi mumkin. Aksincha, jozibador bo`lishiga qaramay,
aslida begona, yot andozalar sun`iy ravishda tiqishtirilgan joyda iqtisodiy
islohatlar muqarrar ravishda barbod bo`laveradi»1.
Shu o`rinda bu xulosaning jahondagi ko`plab taniqli olimlar va davlat
arboblarining qarashlari bilan uyg`unligiga e`tibor qaratmoqchimiz. Masalan,
amerikalik taniqli siyosatshunos va davlat arbobi Zigmund Bzejinskiy bu
boradagi shoshma-shosharlikning salbiy oqibatlari haqida to`htalib, bunday
degan edi: «Islom tarixi va madaniy qadriyatlariga bepisandlik bilan yondashib,
demokratiyani majburan kiritishga urinish, oxir-oqibat uning tamoman inkor
etilishiga sabab bo`ladi» va aksincha, «tashqi tazyiqdan xoli bo`lgan, tabiiy
taraqqiyot natijasi o`laroq, bosqichma-bosqich shakllantirilgan demokratiya
siyosiy madaniyati islom jamiyati tomonidan qabul qilinadi va o`zlashtiriladi»2.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanish va o`zgarishlar
jarayonini o`ziga xos tarzda talqin etayotgan siyosatchilar, davlat arboblari,
inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari vakillari taniqli olimning buf ikr-
mulohazalari ustida obdon mushohada yuritsalar, Ayni muddao bo`lar edi.
Qolaversa, davlatimiz raxbari ta`kidlaganidek, bunday vaziyatdan mamlakatdagi
konstitutsiyaviy tuzumni ag`darib, uni dunyoviy taraqqiyot yo`lidan qaytarishga
urinayotgan radikal oqim va yovuz niyatli kuchlar foydalanishi mumkin. Bu esa
qanday dahshatli oqibatlarni keltirib chiqarishi, umuman, har qanday
taraqqiyotga nuqta qo`yishi mumkinligini oqilona fikrlaydigan kishilar, qaerda 1 Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: «O`zbekiston», 1998.-87-88-betlar. 2 Baejinskiy Z. Vыbor: mirovoe gospodstvo ili global`noe liderstvo. – M.: Mejdunarodnыe otnosheniya, 2004, s.279-280.
50
istiqomat qilishi va qanday lavozimni egallab turganidan qat`i nazar,
anglamasligi mumkin emas.
51
3. Demokratiyaning ma`naviy jihatlari
Xalqning hokimiyatni boshqarishda ishtirok etishi uchun zarur bo`lgan
huquqiy, g`oyaviy, ma`naviy, ma`rifiy, tashkiliy va amaliy shart-shaoritlar va
xusiyatlarni anglatuvchi tushuncha. Demokratiyaning ma`naviy, ma`rifiy
jihatlari quyidagilarni o`z ichiga oladi: yuksak siyosiy tafakkur va siyosiy
madaniyat har qanday ehtiroslardan xoli, aql-idrokka tayangan fuqarolik
pozitsiyasiga ega bo`lishi, siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etish, amaldagi
qonunlarga qat`iy rioya qilish va jamiyat rivoji hamda barqarorligini
ta`minlashda mas`uliyatni anglash va b. Shu ma`noda, demokratiya – yuksak
ma`naviyat, fuqarolarning ichki madaniyati va intellektual imkoniyati,
fuqarolarning barcha uchun birday zarur bo`lgan qonunlarga to`liq rioya etishi,
inson haq-huquq va erkinliklarini, umumxalq va umumdavlat manfaatlarini
himoya qiladigan, barchani qonunlarga bo`ysunib yashashga undaydigan
umuminsoniy, huquqiy va ma`naviy qadriyat hisoblanadi. Demokratiyani
ma`naviyatsiz va ma`rifatsiz anglab bo`lmaydi. U inson aql-zakovatining
mahsuli va ayni paytda uning erkin holda farovon hayot kechirishining zaruriy
shartidir. Demokratiyani hayotga joriy qilishda mamlakat xalqning milliy
ehtiyojlari, turmush tarzi, axloqiy mezonlari e`tiborga olinishi g`oyat muhim
ahamiyat kasb etadi. Zero, barcha davlatlar va xalqlar uchun demokratiyaning
bir xil qolipi bo`lishi mumkin emas. I.A.Karimov ta`kidlaganidek, «Sharqda
demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o`ziga xos va o`ziga mos
xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo`lmaydi, ya`ni Sharqda
demokratik jarayonlar uzviy ravishda asta-sekin taraqqiy topadi. Bu
sohada inqilobiy uzgarishlar yasashga urinishlar goyat noxush, hatto
fojiiali natijalarga olib keladi». «Shu bilan birga likda, «…biz davlatimiz
kelajagini o`z qobig`imizga o`ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy
va demokratik qadriyatlarni chuqur o`zlashtirgan holda tasavvur etamiz.
Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar va j amiyat boshqaruvini
erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fik rlar rang-barangligini o`z
52
hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko`ramiz. Biz butun ma`rifatli
dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch-totuv, erkin va farovon hayot
kechirish, o`zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafd orimiz» («Yuksak
ma`naviyat – engilmas kuch», 114-b.). Jamiyatda demokratik qadriyatlarning
amal qilishi unda ma`naviy-ma`rifiy taraqqiyotning ko`rsatkichi hamdir.
Ularning uyg`unligi jamiyatning barqaror taraqqiy etishiga xizmat qiladi.
Totalitar tuzumdan erkin fuqarolik jamiyatiga o`tilayotgan bir sharoitda har bir
fuqaro demokratiyaning mohiyati va tamoyillarini anglab etishi, erkin yashash
va erkin fikrlash ko`nikmasini hosil qilishi hamda ma`naviy-ruhiy jihatdan
demokratik yashash shartlariga o`zini tayyorlab borishi, fikrsizlik, qaramlik,
tanballik va boqimandalik illatidan halos bo`lishi zarur. Demokratiya asta-sekin,
boqichma-bosqich shakllanib, rivojlanib boradigan uzluksiz jarayon bo`lgani
sababli, u har bir insonning ma`naviy-ma`rifiy salohiyatining muttasil yuksalib
borishini taqozo etai.
53
III-bob. Ma`naviyat va demokratiyaning uzaro aloqadorligi
1. Ijtimoiy-siyosiy yo`nalishlarning ma`naviy va demokratik asoslari
Kishilik jamiyati tarixida sinflar, tabaqalar va davlatlar vujudga kelishi
bilan birgalikda mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, uni ta`minlash
masalasi ham vujudga keldi. Shu jihatdan qaralganda ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik masalasi o`zining chuqur tarixiy ildiziga ega bo`lgan masalalardan
biridir.
Siyosiy ta`limotlar tarixida mamlakat hayoti uchun ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikning zarurligi borasida birdamlik bo`lsada, lekin uni ta`minlash
omillari bilan bog`liq masalada esa turli qarashlar, yondoshuvlar, hatokki, bir-
birlariga zid bo`lgan ta`limotalr ham bo`lgan. Chunonchi, qadimgi dunyo va
o`rta asrlarda jamiyatning barcha a`zolarini, sinf, tabaqa va huquqlarning
huquqlarini tenglashtirish ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning buzlishiga olib keladi
qarashlar ustivor bo`lgan. Bunday qarashlarni Aflotun ham asoslashga uringan
va demokratiyani rad qilgan1. U aristokratik tuzumni eng qulay va maqbul deb
bilgan. Bu davrlarda boshqacha qarashlar ham, aniqrog`i demokratik unsurlarga
ega bo`lgan qarashlar ham mavjud bo`lgan. Lekin ular hukmron mavqega ega
bo`lmagan.
O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish jarayonida ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik, millatlararo totuvlikning ta`minlanishi va mustahkamlanishi, yanada
rivojlantirilishi o`ta muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham Ushbu
masala mustaqilligimizning birinchi kunlaridanoq O`zbekiston rahbariyatining,
xususan Prezident I.A.Karimovning diqqat e`tiborida bo`lgan eng asosiy vazifa
bo`lib qoldi. Qolaversa, O`zbekistonda demokratik jamiyat qurishning dastlabki
yillaridan, hozirgacha qo`lga kiritilgan eng asosiy, eng muhim eng katta
yutug`imiz bu mamlakatimizdagi ijtimoiy siyosiy barqarorlik va millatlararo
munosabatlardagi totuvlikdir. Bu yutug`imizni jahon hamjamiyati jamoatchiligi,
bizga do`st, hayrihoh bo`lganlar ham bizga nisbatan befarqlik, hattoki
1 Viktor Alimov. Ochiq jamiyat muholiflari. Tafakkur jurnali. 2003 y. 4-son.
54
dushmanlik, ko`ra olmaslik munosabatida bo`lganlar ham so`zsiz tan olishdi va
olishmoqda. Ayni zamonda bizga nisbatan hayrihoh do`stlarimiz butun
O`zbekiston xalqi kabi mavjud ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo
totuvlikni to`g`ri qabul qilayotgan va har tomonlama qo`llab quvvatlayotgan
bo`lsalar, dushmanlarimiz ushbu voqelikni buzishga, kishilar ko`ngliga
vahimalar solishga, ularda norozilik kayfiyatlarini qaror toptirishga harakat
qilmoqdalar. Mustaqilligimiz, demokratik jarayonlar qaror topayotgan va
rivojlanib borayotgan sari bunday urinishlarga zo`r berilmoqda. 1999 yil fevral
oyida poytaxtimiz Toshkentda sodir bo`lgan voqealar, shuningdek, surxondaryo,
Toshkent viloyatlaridagi hamda 2004 mart va aprel oylarida Toshkent
shaxridagi terroristik harakatlar bunday urinishlarning eng yaqqol ko`rinishidir.
Qat`iy ishonch bilan ayta olamizki bunday urinishlar o`z maqsadlariga erisha
olmaydilar. Ushbu fikrimizni xalqimizning, xorijdagi do`stlarimizning fevral
vaqealariga nisbatan munosabatlari isbotlamoqda.
O`zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik mustaqillik
tufayli vujudga kelgan yangi bir ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy va
g`oyaviy muhit va vaziyatdagi, yangi siyosiy tashkilotlar, kuchlar, ijtimoiy
xarakatlar, jamoatchilik faoliyatlari va boshqa omillar asosida amalga
oshirilmoqda va mustahkamlanib rivojlantirilmoqda. Bu jarayon Prezident Islom
Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish
nazariyasi va amaliyoti dasturi etakchi ahamiyatga ega bo`lmoqda.
Har bir mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ikki omil-ham ichki, ham
tashqi omillar bilan belgilanadi. Barcha mamlakatlar bilan o`zaro tenglik,
manfaatli hamkorlik kuch ishlatmaslik, tahdid qilmaslik, chegaralarning
dahlsizliklarini tan olish, mavjud kelishmovchilik va nizomlarni tinch yo`l bilan,
muzokaralar orqali hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik
qoidalarini va xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan boshqa mezonlariga
asoslangan O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosati va uning natijasi tashqi
omilni ifoda etadi. O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosati O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida bayon qilingan.
55
Barcha fuqarolar uchun munosib turmush shariotini yaratish, ularning
kundalik moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy himoya,
mamlakatda tinchlik, totuvlik, hamkorlik va hamjihatlilik o`rnatish uchun olib
borilayotgan faoliyatlar ichki omilning mohiyati va asosini tashkil qiladi.
Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik mustaqillik yillarida amalga
oshirilgan quyidagi islohotlar omillar bilan ta`minlanadi.
1.Boshqaruv tizimining demokratik tamoyillar asosida isloh qilinishi.
Buning natijasida davlat tashkilotlari qonunga tayanadigan, qonunni himoya
qiladigan, xalq hokimiyatchiligini ifoda etadigan oliy nazorat tizimiga aylandi.
Kuchli ijroiya hokimiyatini vujudga kelishi o`z navbatida, jamiyatda konun
ustivorligini ta`minlash imkoniyatini yaratadi. Bu borada mahalliy hokimiyatlar
vakolatlarining kengayishi, fuqarolarning o`z-o`zini boshqaruv tizimining
shaklanishi, jamoat, nodavlat tashkilotlar faoliyatlarining rivojlanishi ham katta
ahamiyatga ega bo`ladi.
2. Fuqarolarning o`z fikri, xohish va istaklarini, irodasini, maksad va
vazifalarinin erkin, demokratik tarzda ifodalash uchun imkoniyatlarning
yaratilishi, shuningdek, millatlararo munosabatlarda tinch-totuvlik,
hamjihatlikning qaror topishi ham alohida ahamiyatga ega bo`ladi.
3. Yangicha xo`jalik tizimining barpo qilinishi. Yangicha iqtisodiy siyosat.
Buning natijasida ishlab chiqaruvchi va iste`molchilarning erkinliklari,
huquqlari e`tirof etiladi va ximoya qilinmoqda.
4. O`tish davrida aholini ijtimoiy qilinishi va bu jarayonni uzluksiz, izchil
rivojlantirilishi. Buning natijasida iqtisodiy tenglik sharoitida mamlakatimizda
qashshoqliklarga yo`l qo`yilmaydi, moddiy turmush darajasi bir me`yorda
ushlab turiladi. Aholining keskin darajada boyib ketishiga ham va
kambag`allashuviga ham imkoniyat berilmaydi.
5. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik hukmron bo`lgan sharoitlarda barcha
muammolar zo`rliksiz, kuch ishlatilmasdan, qonunga qat`iy rioya qilingan
holda, fikr almashuvlar, muzokaralar, mashvaratlar ma`lum darajada yon
berishlar, bir-birlarini tushunishga intilishlar, kamchilikni fikr-mulohazalarini,
56
huquqlarini himoya qilish, konsessuslar orqali hal qilinmog`i lozim. Bu
mamlakatlararo, millatlararo munosabatlarga ham taalluqlidir. Muammolarning
hal qilinishida hech kimning, hech qachon va hech qaerda huquq va erkinligiga
ziyon etkazmasligi lozim. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng demokratik
islohatlar jarayonida xususiy mulk, mulkdorlar tabaqasi shakllanayotgan muxim
bir davrda bu masala o`ta muxim ahamiyatga ega. Bu bir tomondan, mulkdorlar
huquqini himoya qilib, uning shakllanishi uchun xizmat qilsa, ikkinchi bir
tomondan esa mulkdor bo`lgan fuqarolar bilan mulkdor bo`lmagan
fuqarolarning huquqiy jixatdan tengligi va erkinligini ta`minlaydi. Prezident
Islom Karimov bayon qilganlaridek: «Xususiy mulkni qonun himoya qilmasa,
fermerlarning uyiga o`t qo`yish boshlanadi. Demokratik davlat doimiy
millatlararo va ijtimoiy mojarolar maydoniga aylanib ketadi. Tarixning muayyan
davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan bir paytda, ayniqsa bir
tizimdan ikkinchi bir tizimga o`tish davrida kuchli ijroiya hokimiyati zurur. Qon
to`kilishiga va qarama-qarshilikka yo`l qo`ymaslik mintaqada millatlararo va
fuqarolar totuvligini, tinchligini va barqarorlikni saqlash uchun shunday bo`lish
zarur: Ta`bir joiz bo`lsa, demokratiya sari harakat qilish uchun ham shunday
bo`lishi zarur»1.
Mamlakatimiz raxbariyati, shaxsan Prezident O`zbekiston demokratik,
fuqarolik jamiyat qurish jarayonida yurtimizda ijtimoiy-siyosiy jarayon
hukmron bo`lishi uchun tinmay ish olib bormoqda, bu borada izchilik, mardlik,
faollik ko`rsatmoqda. Chunornchi diniy ekstremizm va fundamentalizm,
shuningdek islom aqidaparastligi, buyuk davlatchilik shovinizmi va agrassiv
millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlarni vujudga keltirishga, korrutsiya va
jinoyatchilik, mahalliychilik va urug`-aymoqchilik munosabatlarini salbiy
oqibatlarini fosh qilib, ularga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Bu
masalaning I.A.Karimovning dasturiy ahamiyatga ega bo`lgan «O`zbekiston
XXI asr bo`sag`asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari» asarida keng va har tomonlama bayon qilinishi, 1998 yida
1 I.A.Karimov. Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang. Asarlar to`plami. 1-jild. 141-142-betlar.
57
Samarqand va Navoiy, 1999 yilda Xorazm viloyatlarining xalq deputatlari
navbatdan tashqari sessiyalarida so`zlagan nutqlarida asosli ravishda, aniq
dalillar orqali ko`rsatib berilishi fikrimizning yorqin isbotidir.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridonoq xalqimiz ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik demokratik islohatlarning asosiy poydevori ekanligi va bu poydevor
mavjud bo`lgan yurtda hamma narsaga erishish mumkinligi tushuntirildi.
Xususan, I.A.Karimov O`zbekiston Resupblikasi Oliy Kengashining X
sessiyasidagi (1992 yil 2 iyun`) nutqida shunday degan edi: «Hozirgi tinchlik,
barqarorlik eng katta boyligimiz. Buni ming marta takrorlashga tayyorman.
Xalqimizdan iltimos qilmoqchiman, mana shu boylikni qo`ldan boy bermang.
O`shanda bu Yurtga hamma narsa keladi… Bugun xalqimizga tinchlik va
osoyishtalik kerak»1.
O`zbekistonda demokratik rivoji nazariyasi va amaliyoti dasturi birinchi
bor ilgari surilgan va bu masala mujassam tarzda bayon qilingan.
I.A.Karimovning «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» asarida
ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, uni ta`minlash va axamiyati masalasiga alohida
e`tibor beralgan. «Fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta`minlash, - deb
yoziladi ushbu risolada, - qonuniylik va huquq tartibotni qaror toptirish mana
shunday siyosiy davlat va Konstitutsiyaviy tizimga (yangi, demokratik,
fuqarolik jamiyatga, huquqiy davlatga, adolatli jamiyatga) erishish kalitidir»2.
Nazariy va amaliy nuqtaiy nazardan mamlakatda ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikning ta`minlanishida muayyan tarixiy shart-sharoitlar va vaziyatlarni
inobatga olish ham muxim ahamiyatga egadir. Ushbu risola I.A.Karimov
masalaning ana shu tomoniga diqqat va e`tiborini qaratgan va bu borada
quyidagi muxim fikrni bildirgan: «Barcha mutaqil respublikalarda, xususan
O`zbekistonda ham sobiq ittifoqda yaqin qarindosh urug`chilik aloqalariga ega
bo`lgan ko`p millatli aholi yashaydi. Hamdo`stlik doirasida chegaraning
ochiqligi aholining bir joydan ikkinchi joyga borishi va axborot uzatish 1 I.A.Karimov. Istiqlol yo`li: Muammolar va rejalar. Asarlar to`plami. 1-jild. 48-bet. 2 I.A.Karimov. O`zbekiston o`z istiqlol taraqqiyot yo`li.. Asarlar to`plami. 1-jild. 37-bet..
58
erkinligini saqlab qolish respublikada fuqarolar hamda millatlararo totuvlikning,
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning muhim omili bo`lib xizmat qiladi»1.
Mamlakatimizda demokratik jarayonlar rivojlangan sari, keng demokratik
islohatlar qaror topayotgan sari bizga yomon ko`z bilan qaraydiganlar,
mustaqilligimizning g`animlari ushbu jarayonni buzish, yo`qqa chiqarish
maqsadida mavjud ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni buzishga zo`r berib
urinmoqdalar. Shu maqsad yo`lida davlatimiz siyosatini, uning moxiyatini,
maqsad va vazifalarini buzib ko`rsatishga, kishilar ko`ngliga vahima solishga,
ayniqsa yoshlarni diniy mutaassiblik, ekstremistlik tarzda tayyorlashga harakat
qilmoqdalar. Shu maqsad yo`lida mamlakatimizga vahhobiylik, «hezbi taxriri
islomiya» aqidalarini kiritishga va ular orqali mafkuraviy tahdidi solishga
intilmoqdalar. Xuddi shu maqsad yo`lida O`zbekiston bilan Tojikiston o`rtasida
nizo chiqarishga zo`r berib urinildi.
Xuddi shu maqsad yo`lida o`z davrida Afg`oniston generali Abdurashid
Do`stimni O`zbekiston har tomonlama ta`minlayapti va shu yo`l bilan
Afg`oniston ichki ishlariga aralashmoqda deb bo`hton qildilar. Bunday
urinishlarni mavjud bo`lishi haqida 1993 yildek Prezident I.A.Karimov
ogohlantirgan edi. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
XIV sessiyasida so`zlagan nutqida quyidagi fikr-mulohazalarni bildirgan edi:
«Barqaror vaziyatni buzish maksadida o`zimizga har-xil sun`iy
qiyinchiliklardan g`ov qo`yish, tayzik po`psalar qilish, ig`vo bo`hton gaplarni
tarqatish, ba`zi bir irodasi zaif rahbar va faollarimizni yo`ldan urish, sotqinlikka
undash, o`rtamizga qarama-qarshilik nizo urug`larini sepish va hokazo nopok
urinishlar, hatti-harakatlar kam emas»2.
Mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta`minlashda 1995 yil vujudga
kelgan «Xalq birligi» jamoatchilik harakatining faoliyati ham katta ahamiyatga
ega. Bu jamoatchilik harakatining asosiy shiori O`zbekistonni yurtim, Vatanim
1 I.A.Karimov. O`zbekiston o`z istiqlol taraqqiyot yo`li.. Asarlar to`plami. 1-jild. 43-bet.. 2 I.A.Karimov. «Bizdan ozod va obod vatan qolsin».. Asarlar to`plami. 2-jild. 37-bet..
59
deb bilgan O`zbekistonda yashayotgan millat va elat vakllarining Vatani-
O`zbekistondir.
Prezident I.A.Karimov doimo ta`kidlaganidek shu ona yurt, vatan
barchamizniki. Ushbu shoir barcha millat va elat vakillarining hayotiy
ehtiyojlariga batamom mos keladi va uning qaror topishi ijtimoiy-siyosiy
barkarorlikni to`la ta`minlash va yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Bu
esa demokratik jamiyat qaror topishining eng muxim, eng asosiy zaminidir.
60
2. Ma`naviy buzg`unchilik – g`arb jamiyatiga xos illat
Ma`naviy buzuqlik deganda, umuminsoniy va milliy axloq, qadriyat,
madaniyat, din va tarbiya asoslariga zid bo`lgan, inson shaxsining tubanlashuvi,
jamiyat, oila va kishilar tomonidan belgilangan axloq me`yorlariga rioya
etmaslik yoxud ularni inkor etish tushuniladi.
Ma`naviy buzg`unchilik esa, muayyan kuchlar, markazlar, shaxslar
tomonidan o`z manfaatlarini g`oyaviy-mafkuraviy jihatdan ta`minlash, g`arazli
maqsadlarni ko`zlab, mamlakati va o`zga davlatlar xalqi, ayniqsa, yoshlarini
chalg`itish, ularning ongiga g`ayriinsoniy va g`ayriaxloqiy g`oya va qarashlarni
singdirishga xizmat qiladigan usul va texnologiyalardir.
Ma`lumki, XX asrning ikkinchi yarm iva XXI asr boshlarida ko`pgina
G`arb mamlakatlarida ma`naviy buzg`unchilik (palapartish jinsiy munosabatlar,
giyohvandlik, nikohsiz oila, ommaviy behayo kliplar, axloqsizlik, kuch va
zo`ravonlikni targ`ib etuvchi fil`mlar va boshqalar) jamiyat hayotining barcha
jabhalarida yaqqol namoyon bo`ladi. Bu jarayonning chuqurlashuvi, dahshatli
tus olayotgani G`arb olimlari, maxsus markaz hamda OAV tomonidan amalga
oshirilgan ko`plab tadqiqot natijalarida aks ettirilgan.
Masalan, bir guruh amerikalik olimlar amalga oshirgan tadqiqot natijasiga
ko`ra, tartibsiz jinsiy hayot kechirayotgan o`smirlarning 30 foizi baxtsizligi,
umidsizligi, hayotdan uchragan, boshqalari esa chuqur ruhiy tushkunlik holatiga
tushib qolgan. Shuningdek, tadqiqotda amerikalik o`smirlarning jinsiy faolligi
darajasining yuqoriligi, jinoyatkorona harakatlar, ya`ni avtomashinalarni olib
qochish, o`g`irlik, zo`ravonlik, vandalizm kabi holatlar bilan bog`liqligi
aniqlangan.
Taniqli amerikalik sotsiolog Fukuyama «Buyuk uzilish» (2003 y) asarida
G`arb og`ir kasallikka yo`liqqan, uning ilk alomatlari 1960 yillarda paydo
bo`lgan degan xulosaga keladi. Fukuyama nazarida, uning asosiy alomatlari
quyidagilarda namoyon bo`ladi.
61
1. Jinoyatchilikning o`sishi. «Jinoyatchilikning urushdan keyingi
to`lqinining ko`tarilishi taxminan 1963 yillarga to`g`ri keladi, o`sha vaqtdan beri
o` yanada shiddat Bilan tezlashdi».
2. Oila inqirozi. «Nikoh va bolalar tug`ilishi kamayib ketdi; ajralishlar soni
ko`paydi; AQShdagi har uchtadan bita bola nikohsiz tug`ilmoqda, butun
Skandinaviyada esa tug`ilayotgan bolalarning yarimidan ko`pini nikohsiz
tug`ilganlar tashkil etadi».
3. Aholi sonining kamayishi (depopulyatsiya). Demografik portlash
muammosi faqat «Uchinchi dunyo» mamlakatlariga xosdir, Ayni paytda,
«barcha rivojlangan mamlakatlarda umuman qarama-qarshi muammo-ular
uzoqligi jamiyatda asosan nafaqaxo`rlardan iborat bo`lishi, ularni ta`minlash
masalasini keltirib chiqaradi. Tug`ilishning sun`iy ravishda rag`batlantirilishi
esa, masalan, Frantsiya misolida o`ta qimmat va samarasiz ish bo`lib chiqdi.
4. Ijtimoiy tarqoqlik – shaxsning hayotdan ajralib qolgani,
munosabatlarning keskinlashuvi, kishilar o`rtasida yolg`iz yashashga maylning
kuchayishi.
Amerikalik sotsiolog, G`arb jamiyati duch kelgan kasallikning sabablari
haqida to`xtalib, ularni oilaning inqirozga uchragani Bilan bog`liq degan
xulosaga keladi. Chunki Fukuyana nazarida «oila – ijtimoiy kapitalning muhim
manbai», ya`ni aynan oilada fuqarolik axloqining asoslari yaratiladi, uning
o`rnini hech qanday qonunchilik aktlari bilan to`ldirib bo`lmaydi. Fukuyama
oila inqirozi bu shunchaki afsona deb hisoblaydigan olimlar bilan bahs yuritib,
oila faqatgina evolyutsiyaning yangi bosqichi – «o`zaro fuqarolik jinsiy aloqa»
bosqichiga o`tganini ta`kidlaydi.
Asarda, shuningdek, G`arb ma`naviy inqirozning boshqa muhim sabablari,
chunonchi, «kul`turologik» omil, ya`ni G`arb madaniy qadriyatlari emirilib
borayotgani tahlil etiladi.
E`tiborli jihati shundaki, G`arb davlatlari ma`naviy hayotidagi salbiy
holatlar G`rab olim va mutaxassislarini ham g`oyatda tashvishlantirmoqda.
Masalan, D.Vilkersonning «His etish» kitobida G`arb jamiyatida «axloqiy
62
buzuqlikning kuchayishi», kabel` televideniyasi orqali namoyish etilayotgan
behayo sahnalar, gomoseksualizm, sadizm va mazoxizmning targ`ib etilishi
tobora keng o`rin olaytgani ta`kidlanadi. Bularning barchasi, avvalo,
yoshlarning dunyoqarashi, axloq-odobi, ma`naviyatiga salbiy ta`sir etishi
shubhasizdar.
Shu bois O`zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosat insoniyatning
iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnologik taraqqiyot borasida to`plagan ijobiy
tajribasini astoydil o`rgangan holda, birinchi galda, davlatchilik an`analarimiz,
milliy qadriyatlarimiz, boy ma`naviyat va madaniyatimiz negizida yurtimizda
demokratik huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyatini barpo etish, rivojlangan
mamlakatlar qatoridan munosib o`rin egallashga qaratilgan.
63
3. Buzg`unchi ma`naviy oqimlarning mustaqil davlatlar suverenitetiga
tahdidi
Nima uchun O`zbekiston totalitarizm iskanjasidan qutulib, umuminsoniy
demokratik tamoyillar bilan milliy qadriyatlarni uyg`unlashtirgan holda
demokratik davlat qurayotgan bir Pallada unga qarshi boshqa ma`naviy-
mafkuraviy tahdid fronti ochilmoqda? Nima uchun xuddi o`sha demokratik
tamoyillarni pesh qilgancha g`arbona ma`naviy-mafkuraviy oqimlar tahdid
qilmoqda? Buzg`unchi ma`naviy-mafkuraviy oqimlar O`zbekiston Respublikasi
singari mustaqil davlatlarning suverenitetiga bugungi kunda qanday xavf-xatar
tug`dirmoqda?
Hozirgi vaqtda insoniyat unikal jarayonning guvohi bo`lmoqda.
Davlatlararo munosabatlarda ustuvor bo`lgan «o`zgaga ta`sir o`tkazish» jarayoni
eng murakkab soha – ma`naviyat sohasiga ko`sirilmoqda. Endi davlatlar qurol-
yarog`, kuch, mol-davlat Bilan emas, balki ma`naviy-mafkuraviy oqimlar
vositasida boshqa davlatlar tomonidan mahv etilmoqda. Endigi g`alaba o`zga
davlatning xududini bosib olishda, iqtisodiy tobe qilishdagina emas, yanada
shafqatsizroq ko`rinishda – nishonga olingan xalqlarning asrlar davomida
shakllangan ma`naviy olami o`zga qadriyatlar bilan almashtirilishida namoyon
bo`lmoqda.
Keyingi yillarda davlatlarni mahv etishning aynan shu usullari keng
yoyilayotganini amerikalik olim Alen Dallesning quyidagi fikrlari tasdiqlaydi:
«Biz barcha oltinlarimizni, moddiy boyliklarimizni kishilar ongini o`zgartirishga
yo`naltiramiz. Insonlar ongida boshboshdoqlik urug`larini sepib, ularning
qadriyatlarini soxta qadriyatlarga yashirincha almashtirib qo`yamiz hamda bu
qadriyatlarga ishontirishga kirishamiz. Asta-sekin butun bir xalqning halokati,
o`zlikni anglashning yo`qolishiga guvoq bo`lamiz. Chunki biz shu xalqning
ma`naviy ildizlarini qo`porib tashlagan bo`lamiz»1.
1 V.Lisichkin, L.Shelepin. Tret`ya mirovaya informatsionno-psixologicheskaya voyna. – M.1999.
64
Darhaqiqat, ma`naviyat jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va
poydevoridir. Shuning uchun ham muayyan millatni o`zligidan mahrum
etmoqchi bo`lgan fotihlar, avvalo, millatni tilidan, tarixidan, ma`naviy
qadriyatlaridan mahrum etishga uringan. Bosqinchilar millatga begona va yot
bo`lgan an`analarni tiqishtirish orqali uning turmush tarzini o`zgartirib
yuborishni maqsad qilib qo`ygan. Mustaqil fikrlashdek ulkan iqtidoridan
maxrum etilgan, ma`rifatga muhtoj, jaholatga botgan insonlar «manqurt» deb
ataladi.
Shunga binoan buzg`unchi ma`naviy-mafkuraviy oqimlarning
suverenitetimizga bo`layotgan tahdidining oldini olish uchun o`z taqdiriga, atrof
muhitdagi voqea-hodisalarga shaxsiy daxldorlik hissi Bilan yashash talab etiladi.
Demak, bugungi kunda G`arbdan oqib kelayotgan buzg`unchi ma`naviy-
mafkuraviy oqimlarning suverenitetimizga tahdidini bartaraf etish uchun
ularning poydevori – vayronkor g`oyalarni fosh etish birlamchi vazifaga
aylanadi.
Jahonda yuz berayotgan globallashuv nazariy jihatdan mustaqil
davlatlarning mustaqilligi saqlanishini taqozo etadi. Ammo voqelik shuni
ko`rsatmoqdaki, globallashuv natijasida davlatlar o`z suverenitetidan muayyan
darajada mahrum bo`lmoqda. Dastlab, globallashuvning bu jihati haqida G`arb
olimlari sukut saqlashni afzal ko`rdi. Biroq oxirgi paytlarda turli sharh, fikr-
mulohaza, ilmiy asarlarda butun Dune davlatlarining «sayyoraviy hokimiyati»ni
shakllantirish, «butunolamiy hokimiyat» qurish g`oyasi baralla yangramoqda.
Vaholanki, «suverenitet» tushunchasi lotincha supremitas yoki suprema
potestas «oliy hokimiyat» so`zidan olingan bo`lib, davlat miqyosida oliy
hokimiyatga egalikni anglatadi. Aynan suverenitet davlat eng oliy hokimiyat
ekani, uning qisman yoki chala yoxud cheklangan shaklda mavjud bo`la
olmasligini anglatadi.
Ko`rinib turibdiki, globallashuv davlatlarning suverenitetiga ham jiddiy
tahdid solmoqda. Shu bois globallashuvni neokolonializm g`oyasi Bilan aynan
bir narsa deb hisoblaydiganlarning fikrida ham jon bor. Global
65
neokolonializmning uch o`zaro bog`liq maqsadlari bor: Dune ustidan
gegemoniya, jahon resurslariga egalik qilish va jahon bozorlarida hukmronlik
qilish. Bu maqsadlarga erishish uchun mislsiz kuch-qudrat va etishib
bo`lmaydigan texnologik etakchilik zarur. Global neokolonializm qator strategik
vazifalarni o`z ichiga oladi. Mustaqil davlatlar doirasida dezintegratsiya
jarayonlarini rag`batlantirish, ochiqlik shiori ostida ularning iqtisodiyotini izdan
chiqarish va mamlakatlarning suverenitetini emirish kabi vazifalar shular
jumlasidandir.
Amerikalik taniqli olim F.Fukulyamaning quyidagi bashoratiga e`tibor
qiling: «Amerikanizm insoniyatning ma`naviy tadrijiyatining eng so`nggi
yakuniy bosqichi va maqsadidir. Amerikanizm davlat boshqaruvining eng
mukammal shaklidir. Uning qaror topishi tarix nihoyasini boshlab beradi»1. Bu
o`rinda ortiqcha izohga zarurat bo`lmasa kerak. Ammo, bunday g`oyaga
ishonadigan, uni ro`yobga chiqarishga tayyor bashorat zamirida ma`lum
davlatning rivojlanish strategiyasi namoyon bo`lishini e`tiborga olishimiz zarur.
Bundan kelib chiqadigan xulosa – istiqlolga erishgan kunimizdanoq
boshlagan, ammo keyingi vaqtda kuchaygan buzg`unchi ma`naviy-mafkuraviy
oqimlarning suverenitetimizga taxdid solayotganiga O`zbekiston Respublikasi
kimningdir qo`lida qo`g`irchoq bo`lishidan bosh tortayotgani sabab! Shu
boisdan, yurtmizda demokratiya niqobi ostida gegemonizm o`rnatmoqchi
bo`lganlarga va neokolonializmga intilayotganlarga Prezidentimizning so`zlari
Bilan javob qaytaramiz: «Biz hech qachon, hech kimga qaram bo`lmaymiz!»
1 Fukuyama F. The End of Yistory and the Last Man. NY: The Free Press/ 1992.p.243
66
IV-bob. O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish va uning ma`naviy
asoslari
1. O`zbek xalqi ma`naviyati rivojlanishining tarixi y bosqichlari va
xususiyatlari
O`zbek xalqi ma`naviyati rivojlanishining tarixiy bosqichlari va
xususiyatlari haqida gapirishdan avval quyidagilarni dastlabki tartibda qayd
etish lozim.
Birinchidan, o`zbek xalqi eng avvalo qadimgi turkiy qibilalar va
xalqlarning hamda Markaziy Osiyoda yashayotgan boshqa qo`shni, qardosh
xalqlar kabi, eng qadim zamonlardan boshlab turli davrlarda mazkur mintaqada
yashagan ibtidoiy urug`-qabilalarning, elatlarning saklar, massagetlar, qanglar,
parfiylar, kushonlar, so`g`dlar, eftaliylar, xorazmiylar va boshqalarning
vorisidir.
Ikkinchidan, o`zbek xalqi Markaziy Osiyoga keyinchalik ham muttasil
kelib qo`shilib turgan ko`chmanchi urug` va qabilalarni o`z etnik va madaniy
tarkibiga singdirib yuborgan.
Bizning ona tuprog`imiz o`ziga ko`plab bosqinchilarni jalb qilgan. Eronlik
ahomoniylar, yunonlik Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon, Rossiya istilolari beiz
ketmadi. Biri ko`proq, biri kamroq, ammo hammasi ma`naviyatimizda sezilarli
iz qoldirdi. Shu bois o`zbek xalqi ma`naviyati genezisi juda murakkab. Unda
qatlam bilan bir vaqtda boshqa xalqlar ta`sirida hosil bo`lgan unsurlar
o`zlashtirilgan, mahalliylashtirilgan shaklda mavjud.
Ma`naviyatning kelib chiqishiga bag`ishlangan bobda ma`naviyat
rivojlanishida din va falsafiy ta`limotlar asosiy mafkuraviy omillardan biri
bo`lganini e`tirof etgan edik. Binobarin, o`zbek xalqi ma`naviyati
rivojlanishining turli bosqichlarini aniqlashda diniy e`tiqod va falsafiy
ta`limotlar tarixiy tadriji, almashinuvidan kelib chiqib yondashish mumkin.
Lekin, ta`kidlash joizki, ma`naviyat rivojlanishining tarixiy bosqichlarini va
xususiyatlarini, qonuniyatlarini aniqlashda, o`rganishda mazkur tamoyil yagona
67
mezon bo`lolmaydi. Nafaqat e`tiqod, ta`limotlar o`zgarishi, balki odatda,
kishilik jamiyatining taraqqiyot bosqichlari, xususan, turli tuzumlarga, tarixiy
davrlarga, tsivilizatsiyalarga muvofiq holda ham ma`naviyat rivojlanishini turli
bosqichlarga bo`lishi mumkin.
Masalan, ibtidoiy jamiyat ma`naviyati, feodalizm ma`anviyati, Renessans
ma`naviyati, Ma`rifatparvarlik ma`naviyati va h.k. Sharq xalqlari, jumladan,
o`zbeklar va ko`shni xalqlar hayotida mustamlakachilik davri ma`naviyatini
alohida bosqich sifatida ajratib ko`rsatish mumkin. Zero, bu bosqichda milliy
ma`naviyatimiz o`zining avvalgi va keyingi (hozirgi) rivojlanish bosqichidan
keskin fraq qiladigan xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Ayrim xalqlarga o`z milliy ma`naviyatini tarixiy bosqichlarga bo`lishda va
rivojlanish qonuniyatlarini o`rganishda boshqacha mezonlar qo`l kelishi
mumkin. Aytaylik, urug`-qabilachilik munosabatlari va ko`chmanchilik turmush
tarzi nisbatan uzoq tarixiy davr mobaynida saqlanib qolgan, o`troq hayotga
kechroq o`tib, kechroq millat sifatida shakllangan xalqlarga. Chunki, bunday
xalqlar tafakkur tarzida aniq obrazli mushohada, asotiriy unsurlar va qiyosiy
xulosa katta rol` o`ynaydi, ma`naviy merosida esa xalq og`zaki ijodi qatlami,
san`atida amaliy-bezak san`ati juda kuchli va samarali o`rin egallaydi.
Ma`naviyat rivojlanishi bosqichlarini belgilashda mezon sifatida yana boshqa
tamoyillar ham olinishi mumkin.
Lekin ma`naviyatning qadimgi va o`rta asrlardagi rivojlanish
qonuniyatlarini o`rganishda din va diniy-falsafiy tamoyil asosiy mezon sifatida
olinishi ancha samara beradi. Chunki, birinchidan, e`tiqod va dunyoqarash
ma`naviyatning mohiyatli jihatlarini va eng asosiy xusuiyatini belgilaydi.
Ikkinchidan, din va diniy-falsafiy qarashlar tamaddun (tsivilizatsiya)larning ham
g`oyaviy-mafkuraviy asosini tashkil qiladi. Ular rivojlansa, ko`tarinki ruhda
bo`lib ratsional ishonchga asoslansa, tamaddun ravnak topadi, irratsionalizm va
mutassiblik ularda ustunlik qilsa, tamaddun inqirozni boshdan kechiradi,
o`zgarsa, almashsa, u ham o`zgaradi, boshqasi bilan almashadi. Qadimgi va
O`rta asr tamaddunlari muayyan din shakllariga muvofiq keladi: buddaviylik
68
tamadduni, politeistlik e`tiqodga asoslangan antik dunyo tamadduni, xristianlik
tamadduni, islom tamadduni. Masalan, qadimgi Hindiston tamadduni Bobil
tamaddunidan ishlab chiqarish usuli bilan emas, eng avvalo, diniy e`tiqodidagi
farqlari bilan ajralib turgan. Bir tarixiy davrga oid barcha tamaddunlarning
o`zaro farqi to`g`risida ham shunday deyish lozim. Masalan, AQSh va Yaponiya
ishlab chiqarish texnologiyasi va iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan bir
tamaddunga mansub. Lekin ma`naviyati borasida ular har xil tamaddunga oid.
Lekin kishilik jamiyati rivojlanishi nihoyatda murakkab va ziddiyatli. Unga
turli ichki va tashqi, moddiy-iqtisodiy va g`oyaviy-mafkuraviy omillar ta`sir
qiladi. Ma`naviyat tarixi va qonuniyatlarini o`rganishni o`rta asrlar bilan cheklab
bo`lmaydi. O`rta asrlardan keyin esa, Renessansdan (G`arb Uyg`onish davri) va,
ayniqsa, Ma`rifatparvarlikdan boshlab diniy-falsafiy omillar ma`naviyat
rivojlanishida belgilovchi mavqeini yo`qotadi. Sharq xalqlari ma`naviyatida bu
hol bir oz keyinroq va boshqacharoq ko`rinishda sodir bo`ldi. Hozirgi zamonda
jahonning deyarli barcha xalqlari ma`naviyati ko`proq dunyoviylik negizida
rivojlanmoqda, garchi dinlarning ta`siri ba`zi mamlakatlarda juda kuchli bo`lsa-
da. Shu sababdan ma`naviyatning umumtarixiy rivojlanish bosqichlarini
aniqlashda bir tamoyilga emas, birdaniga ikki-uch tamoyilga suyangan
ma`qulroq. Masalan, diniy-falsafiy, ijtimoiy-tarixiy, nazariy kul`turologiik
tamoyillar asosida kompleks yondashish samarali bo`ladi.
XX va XXI asrlar tutashi davrida hatto ijtimoiy-siyosiy tamoyillar ham
mezon sifatida olinishi mumkin. Zero, bu davrda aparteid, irqchilik, milliy zulm
va notenglikning har qanday ko`rinishlariga barham berish kabi talablar, inson
huquqlari, erkinliklari, demokratik qadriyatlar, global muammolarni hal qilish
zururati butun insoniyatning dunyoqarishini, siyosiy madaniyati va umuman
ma`naviyatini o`zgartiryapti.
69
2. Demokratiya va huquqiy davlat
Demokratiya huquqiy davlat vujudga kelishining asosiy sharti va vositasi
bo`lsa, o`z navbatida, huquqiy davlat demokratiya yanada yuksalishi, o`sishi va
mustahkamlanishining kafolatidir. Huquqiy davlat qaror topgan joyda
demokratik institutlar mustaqil faoliyat ko`rsatishi uchun, alohida shaxsning va
butun jamiyatning yaratuvchilik, ijodkorlik salohiyati, iqtisodiy va siyosiy
tashabbuskorligi yuzaga chiqishi uchun barcha zarur imkoniyatlar vujudga
keladi va ular ob`ektiv ravishda yuksalib boraveradi. Bu yuksalish yo`lida hech
qanday su`niy to`siq paydo bo`lmaydi, mavjudlari tezgina qonun doirasida
bartaraf qilinadi. Demokratiya, shaxs va jamiyat rivojlanishi uchun zarur
imkoniyat yaratish huquqiy davlatning muhim xususiyatlaridan, mohiyatli
belgilaridan biridir. Aynan huquqiy davlatda qarashlar, mafkuralar plyuralizmi
kafolatlanadi.
Prezident I.Karimov ta`kidlaganidek: «Bu erda gap mamlakatimizda
demokratiya tamoyillariga asoslangan, avvalo, amaldagi Konstitutsiya va
qonunlarga muvofiq faoliyat yuritadigan, hech qanday mansabdorlar,
hatto eng ko`zga ko`ringan vazifada o`tirgan shaxslarning ham sub`ektiv
xohish-irodasiga qaram bo`lmasdan, ishni barqaror va faol tashkil
qiladigan, o`z mohiyatiga ko`ra jamiyatimizning olg a siljishiga xalaqit
berayotgan barcha illat va eski asoratlarni bartaraf etishga qurbi etadigan
samarali tizimni vujudga keltirish haqida bormoqda»1.
Bu tizim – demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatidir. Aynan
shunday tizimda ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, qatlamlar, sinflarning manfaatlari,
jamiyatda egallaydigan mavqelari, ijtimoiy jarayonga ta`sir ko`rsata olish
imkoniyatlari dinamik (harakatchan) muvozanatga keladi, o`zini o`zi tartibga
soladi.
1 Prezident Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Resupblikasi Oliy Majilisining birinchi sessiyasidagi ma`ruzasi. – «Xalыq so`zi», 2000 yil, 23 yanvar`
70
Huquqiy davlatda, qonun ustuvorligi tufayli, siyosiy tizim o`zini o`zi
tartibga soladi, muvozanatga erishadi. Davlat chiqarayotgan qonunlar, hukumat
va mahalliy hokimiyat qarorlari, sudlar faoliyati mansabdor shaxslarning,
xohish-irodasiga yoki bir qism guruhbozlarning tazyiqiga, talabiga, yoxud biror
nufuzli kishining iltimosiga bog`liq bo`lmaydi. Albatta, yuqorida aytilganlardan
huquqiy davlatda hamma narsa ko`ngildagidek bo`lar ekan, ziddiyatlar bartaraf
etilar, odamlar farishtadek sofdil, halol hayot kechirar ekan, degan xulosa kelib
chiqmaydi. G`arbdagi huquqiy davlatlarda ham poraxo`rlik, qalloblik,
jinoyatchilik va boshqa salbiy holatlar kam emas. Ma`naviy hayotda hatto
aksilmadaniyat hodisalari - fahsh, zo`ravonlik, dahshatni tarannum etuvchi
kinofil`mlar, vidofil`mlar, turli nashrlar, agar ular mavjud konstitutsiyaviy
tuzumni kuch ishlatish orqali ag`darib tashlashga da`vat etmasa hamda inson
salomatligiga, tabiatga bevosita zarar etkazmaydi, deb topilsa, bemalol ruxsat
etiladi. Bu, afsuski, insonning ijod qilish, informatsiya olish, tadbirkorlik huquqi
hisoblanadi.
Hech bir jamiyatda mutloq mukammal ijtimoiy munosabatlar qaror topib,
fuqarolar 100 foiz mukammal bo`lmaydi. Ammo demokratik, huquqiy davlat
odamlarga eng ko`p va qulay sharoit yaratadigan, o`zi ham uzluksiz rivojlanib,
ijtimoiy taraqqiyotni ta`minlay oladigan siyosiy institutdir.
G`arb huquqiy davlatlari turmush tarzida biz uchun noma`qul yana bir jihat
bor: bu odamlarning, jumladan, yaqin qarindoshlarning ham o`zaro
begonalashuvi, ular o`rtasida mehr-oqibatning pastligi.
Huquqiy davlatda hamma narsa qonun va qonunga ongli ravishda itoat
doirasida kechishi kerak. Shaxsning roli esa tarixiy zaruratni, o`z sohasidagi
ijobiy tendentsiyalarni, yangi epkinlarni boshqalardan oldinroq payqab olishda,
jamoatchilikni ulardan xabardor qilishda, qonun doirasida o`zining
yaratuvchilik, ijodkorlik, tashkilotchilik imkoniyatlarini amalga oshirishda
namoyon bo`ladi. Huquqiy davlatda shoh ham, gado ham qonun oldida teng.
Ijtimoiy kelib chiqishi va ahvoli hech kimga imtiyoz bermaydi (bundan qonunda
ko`zda tutilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar – nogironlar, yosh bolalik
71
onalar, qariyalar, balog`at yoshiga etmaganlar va h.k. istisno). Shu bois haqiqiy
demokratik tafakkur, huquqiy davlat shaxsga sig`inishning har qanday shaklini
inkor qiladi. Jamiyat bir kishining, hatto u daholar dahosi bo`lsa-da, didiga,
fahm-farosati va dunyoqarashiga moslashib yashashi mumkin emas. Bu jamiyat
uchun o`ta xalfli va istiqbolsiz, chunki oqibatda insonparvarlik unutilishiga,
adolatsizlikka, yakka hokimlikka va totalitarizmga yo`l ochadi. Jamiyatni boshi
berk ko`chaga olib kiradi. Shaxsga sig`inish xalqni, davlatni qanday bolalarga
giriftor qilishi mumkinligini Stalin va Gitler davrlarida sobiq SSSR va
Germaniya xalqlarining chekkan azob-uqubatlari, bergan qurbonlari, tarixning
achchiq saboqlari ko`rsatdi.
Shaxsga sig`inishning oqibatlari barcha tarixiy davrlarda bir xil bo`lgan.
Shu bois islom ham Allohdan o`zgaga sig`inmang deydi. Lekin ayni paytda u
qonunga itoat etishga chorlaydi. Afsuski, islomning bunday oqilona
talablarining birinchisini o`rta asrlarda turli g`arazli, shaxsiy manfaati va
shuhratini ko`zlovchi arboblar buzdilar. Bu millatimiz, davlatimiz
mushtarakligiga, birligiga, ijtimoiy taraqqiyotimizga juda katta putur etkazdi.
Oqibatda, buyuk mamlakatimizning kichik xonliklarga, amirliklarga bo`linishiga
xizmat qildi.
Xalqning buyuk shaxslarga munosabati va qonunga itoatgo`yligi jamiyatda
uzoq yillardan buyon hukm surab kelatyogan muayyan tarbiya tizimiga,
e`tiqodga, dunyoqarashga bog`liq. Ovrupoda protestantizmning puritaniy
mazhablari tarqalgan joylarda kapitalizm boshqa joylarga nisbatan ancha ilgari
shakllangan va nisbatan tezroq, samaraliroq rivojlangan. Shaxsga sig`inish esa
vujudga kelmagan (Angliya, Gollandiya, Shveytsariya, AQSh, Kanada va sh.k).
Inglizlar o`z qirolini (qirolichasini) juda sevadilar. Unga Vatanning, millatning
ramzi, jipslashtiruvchi kuchi deb qaraydilar, lekin sig`inmaydilar, qirollari
uchun o`limga tik borishga tayyor, buni ular Vatanga xizmat, deb biladilar.
Amerikaliklar ham prezidentlarini millatning etakchisi va h. k. deb
hisoblaydilar, uni chuqur hurmat qiladilar, ko`rsatmalarini (qonun doirasida
72
bo`lsa) so`zsiz bajaradilar. Ammo huquqiy jihatdan, fuqaro sifatida, o`zlariga
teng, deb biladilar.
Ularda atoqli shaxslarga, millat rahbarlariga bunday demokratik munosabat
bir avlod umri davomida shakllangani yo`q. U Ovrupoda XVI asr
Reformatsiyasi va XVII-XVIII asrlar Ma`rifatparvarligi davrida qaror topgan
tamoyillar va me`yorlarning tarbiyada qo`llanilishi, keng ommaning e`tiqodiga
aylanishi natijasidir.
Huquqiy davlat shakllanishi uchun hech bir inson boshqa insonning, hech
bir shaxs boshqa shaxslarning va jamiyatning ustidan noqonuniy hukmronlik
qilishi mumkin emas. U faqat qonun doirasidagina boshqalarni, jamoani
boshqarishi mumkin. Huquqiy davlat shaxsning shaxsga yoki jamoaning
shaxsga qaramligini to`la inkor etadi, lekin boshliqning amriga qonun va
qonuniy xizmat burchi doirasida bo`ysunishini taqozo qiladi.
Har bir tarixiy davr, har bir jamiyat shaxsning muayyan tipini tarbiyalaydi.
Unga o`z taraqqiyoti darajasidan va zaruratidan kelib chiqib ma`lum bir talablar
qo`yadi. Bu talablar jamiyat ma`naviyatida – axloqiy, huquqiy, estetik baholari,
omollari, me`yorlari tizimida, ma`naviy muhitida, ijtimoiy mo`ljallarida o`z
aksini topadi. Ta`lim va tarbiya tizimi ularga moslashadi, ular asosida yosh
avlodni shakllantira boshlaydi. Odamlarning dunyoqarashi, intilishlari,
jamiyatga va olamga, o`z-o`ziga munosabati, davlat tuzumining qandayligi,
rivojlanish tendentsiyalari ko`p jihatdan ma`naviyatga bog`liq. Ma`naviyat
qanday bo`lsa, inson va davlat tuzumi shundaydir, deyish joizdir.
Demokratik, huquqiy davlat qaror topishi milliy jipslikni, milliy
konsolidatsiyani taqozo etadi. Mahalliychilik, urug`-aymoqchilik, guruhbozlik
avj olgan, siyosiy partiyalar kurashi murosago`ylikni, kelishuvchilikni bilmay,
salbiy xususiyat kasb etgan mamlakatda haqiqiy demokratiya vujudga kelmaydi.
Demak, milliy mushtaraklik, jipslik mustahkamlanishi, hakiqiy demokratiya
rivojlanishi uchun mahalliychilik, urug`-aymoqchilik va shular kabi boshqa
illatlardan qutulish, umummilliy manaviy manfaatlardan ustun qo`ya bilish,
ularni o`zaro moslashtira olish zarur.
73
Bu jamiyatda muayyan ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy ishlar olib borishni,
umummilliy qadriyatlarni, umummilliy g`oyani shakllantirishini taqozo etadi.
Siyosiy partiyalarning, sinflar va yirik ijtimoiy guruhlar, tabaqalarning
mafkurasi bir-biridan fraq qiladi. Jamiyat miqyosida ularning har birini
xususiylik deb, milliy istiqlol mafkurasini esa ulardagi umumiylik, mushtaraklik
deb baholash mumkin. Keng mazmunda milliy istiqlol mafkurasi umummilliy
g`oyani turli partiyalar, guruhlar, ijtimoiy qatlamlar, sinflar tomonidan o`ziga
xos talqin qilinishining, jamiyatdagi plyuralistlik (rang-barang) qarashlarning,
nazariyalarning yig`indisidir. Milliy istiqlol mafkurasi barcha mafkuralarning
to`liq holda olingan mexanik yig`indisi emas, balki ulardagi umumiy maqsadga
erishish yo`llari, usullari va h. k. to`g`risidagi qarashlar, xulosalar,
kontseptsiyalar yig`indisidir.
Jamiyatdagi mafkuraviy rang-baranglik, turli mafkuralar, ular o`rtasidagi
bahs, siyosiy partiyalarning hokimiyat uchun o`zaro kurashi, agar qonun
doirasida kechsa, milliy mushtaraklikka rahna solmasa, nafaqat jamiyatda
demokratiya rivojlanishiga, shuningdek, ma`naviyat yuksalishiga xizmat qiladi.
Chunki mafkuraning o`zi ma`naviyatning namoyon bo`lish shakllaridan,
tarikibiy qismlaridan biridir. Bundan tashqari mafkura ma`naviyatning boshqa
shakllari va tarkibiy qismlariga ta`sir ko`rsatadi. Mafkuraviy rang-baranglik
jamiyat va fuqarolar dunyo-qarashini kengaytiradi va turli nuqtai nazarlar,
g`oyalar, omollar bilan boyitadi. «Olamga turli nigoh bilan qaraganda, uni
teranroq anglash mumkin», degan naql nihoyatda o`rinlidir. Ammo milliy
istiqlol mafkurasiga zid partiyaviy mafkura askilmilliy, ekstremistlik,
buzg`unchilik mazmuniga ega bo`ladi. U mohiyat-mazmuni bilan milliy
mustaqillikka va milliy mushtaraklikka qarshi qaratilgandir.
Milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasiga zid bo`lmagan, huquqiy doiradan
chiqmaydigan mafkuraviy va siyosiy muxoliflik ijobiy, yaratuvchilik
salohiyatiga ega. Bunday muxoliflik milliy manfaatlarni chuqurroq anglashga,
uning turli jihatlarini esda tutishga, hisobga olishga, ozchilikning manfaatlarini
ko`pchilik manfaatlari bilan uyg`unlashtirishga yordam beradi.
74
Haqiyqiy demokratiyaning xususiyatlaridan yana biri davlatning (parlament
va hukumatning) ozchilik manfaatlarini, xohish-irodasini inobatga olishi va
qondirishidir. Bunday demokratiya siyosiy madaniyat va umuman ma`naviyat
ancha yuksalgan, huquqiy davlat qaror topgan sharoitdagina mumkin.
Huquq, huquqiy ong, qonunlarga itoatgo`ylik, milliy istiqlol g`oyasi va
mafkurasi, turli siyosiy partiyalar mafkurasi, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar,
fuqarolar intizomi, dunyoqarashi, psixologiyasi, siyosiy faolligi, madaniyati
ma`naviyatning tarkibiy qismlari ekanligini hisobga olsak, uning demokratik,
huquqiy davlat qurishdagi roli va ahamiyati ancha oydinlashib qoladi.
75
3. Demokratik adolatlik va uning hayotdagi ma`naviyat bilan
uyg`unligi
Adolat muammosi doimo insoniyatning diqqat markazida bo`lib kelgan. Bu
tushuncha siyosatshunoslik fanining bosh mavzularidan biri ekanligi yaxshi
ma`lum. Ammo adolat avvalo ma`naviy qadriyatdir. U aslida ma`naviyatning
ijtimoiy hayotdagi zuhuridir. Bunga buyuk ajdodlarimizning ko`p asrli merosi
guvoh. Albatta, ijtimoiy hayotda adolatning qay darajada barqaror bo`lishi
bashariyat ma`naviy takomilining turli davrlarida, turli mintaqalarda turlicha
omillarga bog`liq bo`lgan. Masalan, ijtimoiy jamoa odami o`z urug`i va qabilasi
ko`lamida fikr yuritgan bo`lsa, qadim Yunonistonda boshqacharoq, O`rta asr
xristiyan dunyosida bir xil, islom mintaqasida o`zgacha bir tusda talqin etilgan.
Adolat muammosining yana bir murakkabligi u turli sohalarga tatbiq etilganda
turlicha talqin etiladi. Masalan, milliy (aniqrog`i, millatlararo) adolat, diniy
(dinlar aro, turli vakillariaro, turli diniy tizimlar nuqtayi nazaridan) adolat,
iqtisodiy adolat, ijtimoiy (ya`ni turli ijtimoiy toifalar aro) adolat, qozilikdagi
(ikki davolashuvchi shaxsaro) adolat va h.k. Bularning har birida adolat timsoli
o`ziga xos tarzda tasavvur etiladi. Qazovatda, misol uchun, evropa an`anasiga
ko`ra u ikki pallali tarozi shaklida tasavvur qilingan. Ikki tomon da`volashganda,
qat`iy hukm chiqarish uchun, balki noiloj tarozining bir pallasiga tosh qo`yishga
to`g`ri kelar. Ammo ijtimoiy adolat mezoni bugungi kun voqeligida unchalik
jo`n tasavvurlarga muvofiq kelmasligini tushunib etmog`imiz zarur. Milliy
ma`naviyatimizning mingyillik tajribasi, hayot mantiqi, bashariyat etishgan
ilg`or tamoyillar bizni shunga undamoqda.
Fikrni oydinlashtirish uchun tashbihni badiiyat dunyosidan boshlasak.
Ma`lumki, har bir san`at o`z imkon doirasida hayot haqiqatini aks ettirishga
urinadi. Yangi – yangi tasvir vositalari topilgan sari voqelikni badiiy idrok
etishimiz ham takomillashib boradi. San`at turlari ichida tarixan eng yangilari
bo`lmish kino va teleko`rsatuvlar o`z imkoniyatlari Bilan hayotni asl
murakkabligida yorqin idrok etish imkonini Bera olganligi tufayli XX asr
76
avlodining eng sevimli tomoshasiga aylandi. Dastlab ekranda voqelik faqat oq
va qora bo`yoqlar zidlashuvida ifodalanar edi. O`sha paytlarda bizga hayotni
faqat «biznikilar» va «dushmanlar» («qizillar» va «oqlar», «sovetlar» va
«fashistlar», «mehnatkashlar» va «yozuvchilar») aro kurash sifatida ko`rsatishdi.
Dunyoning holati go`ya zulmat va nur, «sotsializm» va «kapitalizm»,
«progressiv» va «reaksion» kuchlarga taqsimlangan holda namoyon etiladi.
Asta-sekin hayotimizga rangli fil`mlar, rangli teleekran kirib kela boshladi.
Atrof – voqelikning turfa jilolarga boy chanligi oynayi jahonda ro`yirost
ko`rindi. Ammo 90-yillar boshlanishigacha dunyo o`zgarsa ham, sobiq
SSSRning hukumron mafkurasi o`zgarmadi: voqelikning mohiyatini ixoqlashda
asl haqiqat bita – Marks ta`limoti, qolgan barcha nuqtayi nazarlar yo
nomukammal, yoki haqiqatga zid, ya`ni reaksion deb qarash davom etdi. Shunga
binoan dunyo ham ikki qutbli talqin etildi. Hayot ikki o`zaro zid kuchning
murosasiz kurashidan iborat deb o`qtirish davom etdi. Bu kurashda har bir inson
jabhaning yo u tarafida, ya`ni «dushman», «begona», yo bu tarafida, ya`ni,
«do`st», «o`zimizniki» bo`lishi shart edi. Bunday yondoshuv qancha-qancha
begunoh jonlarni qurbon etganligi, ne – ne ezgu niyatlarni barbod aylagani hozir
hech kimga sir emas.
Allohga beadad shukurlar bo`lsinkim, bunday alahsirash, vahshatli
bosinqirash biz uchun o`tmish bo`lib qoldi. Mustaqillik sharofatidan dunyoga
ochiq ko`z Bilan qarash-imkoniyatini qo`lga kiritdik. Endi bilsak, Dune ko`p
qutbli ekan, hayot murakkab, ko`p qirrali tizimdan iborat ekan. Kelajak ham
murosasiz kurash, zidlashuv Bilan emas, yaratuvchilik mehnati, do`stlik va
insonlarning o`zaro bir-birini tushunishga intilishi ,ilan fayzli bo`lar ekan. Hatto
bir millatning xabfsizligini ta`min etish, jinoyat barqarorligi va ijtimoiy
taraqqiyot kafolatlari turli omillarning o`zaro o`yg`unligi bilan bog`liq ekan.
Dastlabki boblarda bu haqida batafsil to`xtab o`tildi. Bu bob esa milliy
ma`naviyatimizning asosiy qadriyatlaridan bo`lmish adolat hodisasining ijtimoiy
hayotda o`zligini qanday namoyon etishi xususidadir.
77
Adolat ma`naviyatning insonlararo munosabatlarda namoyon bo`lishidir.
Ma`naviyat nuqtayi nazardan insonlarning bir-biri Bilan har qanday munosabati
siyosat shohasiga oiddir. Darhaqiqat, keng ma`noda, insonning uyda ahli oilasi
bilan qilgan muomalasi ham, ko`chada tanish-notanish, qarindosh-begonalar
bilan qilgan muomalasi ham, ish yuzasidan hamkasblari, boshliqlari, xodimlari
va mijozlar bilan qilgan muomalasi ham siyosat. Ammo «avom» nazdida davlat
miqyosidagi siyosat «kata siyosat» deb hisoblanib, kata siyosat bilan kattalar
shug`ullanadi, biz kichik odamlarga bunday kata doiradagi siyosatga aralashtrish
joiz emas, degan mazmundagi qarash ancha keng tarqalgan.
Insonlar bir-biri bilan qandaydir bir shakldagi maqbul munosabatlarga
kirishga mahkum ekan, demak inson hayoti siyosatsiz bo`lmaydi. Faqat bugungi
siyosatshunoslar «katta siyosat», ya`ni davlat va fuqaro yoki davlatlararo
miqyosidagi siyosatga asosiy e`tbor qaratishadi. Vaholanki, qadim Dunyo
allomalari asarlarida axloq va siyosat bir-biridan ajralmas hodisalar sifatida
qaralar edi.
Bizning nazarimizda, siyosat va axloq tizimga birlashmas ekan, barcha
uchun «katta siyosat» ham «kichik siyosat» kabi bevosita taaluqli hisoblanmas
ekan, jamiyatda adolat va ijtimoiy uyg`unlik amalda barqaror bo`lmaydi.
Albatta, ularning bir biridan farqi ham yo`q emas. Masalan, siyosiy
munosabatlar rasmiy qabul qilingan qonunlar doirasida olib boriladi, bu
qonunlar mujburiy ijro etiladi. Axloq qoidalari, ma`lum ma`noda, ixtiyoriy.
Ya`ni, siyosat qonunlarini bu yorug` dunyoda insonlararo munosabatda farz
desak, axloq qoidalarini sunnatga qiyos qilish mumkin. Allohning farzlari ilohiy
kitob oyatlari orqali ayon etilgan, insonlar esa o`zaro munosabatlarini o`z aql-
idroklariga tayanib ishlab chiqdilar. Shu sababli Alloh farzlari abadiy va mutlaq
bo`lib, ularning yuzasidan oxirgi hukm qiyomat kunidir. Odamlar o`rnatgan har
zamonning, har mamlakatning o`z qonunlari bor va ular o`zgarib,
mukammallashib boradi.
78
4. Yuksak ma`naviyatni takomillashtirish va demokratik jarayon
Davlatimizning ezgu muddaosi va vazifalaridan biri bu – bozor
iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini
barpo etishdir. Demak, milliy istiqlol g`oyasi bilan bu vazifa mushtarak bo`lsa
jamiyatimiz rivojlanishi, taraqqiy etishi tezlashadi. Ayniqsa, tinglovchilar va
talabalar bilan ish olib borish mobaynida milliy istiqlol g`oyasining demokratik
jarayonlar bilan chambarchas bog`langan jiddiy tushuntirish ishlari muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ma`lumki, shaxs faoliyati ko`p qirralidir. Bu qirralar rivojlanishi uning etuk
xodim sifatida shakllanishiga yordam beradi. Shu qirralardan biri shaxsning
demokratiya to`g`risidagi bilimidir.
«Demokratiya» so`zi va uning jamiyatda tutgan o`rni qadimiy bo`lsa ham
shaxs uchun «yangi»dir. Inson alohida muhitda shaxs bo`lib shakllanmaydi,
balki ota-ona tarbiyasi, bolalar bog`chasi, maktab, o`quv yurti va jamoada
tarbiyalanadi. Shu sababli u demokratik jarayonlarga har xil holatda duch keladi
va undan o`ziga xulosa qila boshlaydi.
Demokratik va milliy istiqlol g`oyasining shaxsda shakllanishi juda
murakkab kechadi. Chunki, u o`zining qadr-qimmatini yuqorida ko`rsatilgan
atrof-muhitdan kelib chiqib anglay boshlaydi. O`z qarashlarini, his-tuyg`ularini
shakllantiradi. Burch va mas`uliyatini sezadi. Demak, shaxsiy manfaatni milliy
istiqlol g`oyasi bilan aloqada ekanligini jonli qilib tushuntirish esa murabbiy
o`qituvchining asosiy vazifasi bo`lishi lozim. Buning uchun u huquqiy jihatlarni
chuqur o`rgangan bo`lishi kerak.
«… Aholiga chuqur huquqiy bilim berishni yo`lga qo`yish, bu orqali
huquqiy madaniyatning yuksalishiga erishish, boshqacha aytganda, tom
ma`nodagi huquqiy ongni shakllantirish talab etiladi. Bu jamiyatning to`g`ri,
demokratik yo`ldan rivojlanishi uchun zarurdir. Chunki, huquqiy tafakkur
shakllanmasa, turli xil nomutanosibliklar kelib chiqadi»1 yoki ta`kidlash
1 I.A.Karimov Xavfsizlik va barқaror taraққiyot yo`lida. 6-tom. T.: 1998, 26-bet.
79
lozimki, ko`pgina kishilar hozirgi kunda ham demokratik jarayonlar, huquqiy
qonunlar asosida shakllanishini yaxshi tushunib etmayotirlar. Natijada, ba`zida
jamoada ishlaydigan rahbariyat bilan shaxslar o`rtasida kelishmovchiliklar ham
ruy berib turibdi. Shu sababli, «Milliy istiqlol g`oyasi: asossiy tushuncha va
tamoyillari» dan dars beruvchi barcha o`qituvchilarning o`zlari ham huquqiy
qonunlarni mukammal bilishlari, «men huquqshunos emasman», deb turmasdan,
har bir darsdayoq imkoniyat va zaruriyat bo`lganda tinglovchilarga xuquqiy
bilimlarni ham qisman bo`lsa - da etkazishlari lozim. Bu vazifani bajarish
fidokorlikni, ijodiy yondashishni talab etadi. O`qituvchining o`zi milliy istiqlol
g`oyasi uchun jonkuyar bo`lmasa maqsadga erishib bo`lmaydi. Aks holda davr
talabi - demokratik jarayon ham amalga oshmaydi. Binobarin, shaxs hayotda,
ishlab chiqarishda qatnashishi natijasida ko`p narsa va hodisalarni hal eta oladi.
Zero, milliy istiqlol g`oyasining hayotga tatbiq etilishi va demokratik
tamoyillarni amal qilishi, davlat, jamiyat, fuqarolarning o`zaro
munosabatlaridagi qonuniylikka asoslanadi. Bu uch sub`ektning manfaatlari
o`zaro mos tushgandagina osoyishtalik va barqarorlik, farovonlik amalga oshadi.
O`quv jarayonida yoshlarga ana shu xususiyatlar turli yo`llar bilan singdirila
borilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda milliy istiqlol g`oyasi
tamoyillaridan foydalanib, demokratiyaning turli jarayonlari singdirilishi yaxshi
samara beradi. U Konstitutsiya bilan ham bog`lanishi zarur. O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy xususiyati ham shundaki, unda
yuqoridagi sub`ektlar ham ustuvor yo`nalishlar qilib belgilangan. Shunday ekan,
bu sub`ektlarning burch va mas`uliyatlari ham mavjud. Har bir fuqaro o`zining
burchini yaqqol anglashi lozim. Masalan, ijtimoiy guruh sifatida talabalarning
faoliyatini oladigan bo`lsak, talabalar ham o`z huquqlariga, ya`ni bepul va puli
uqishi, erkinligi, yotoqxonalardan foydalanishi, saylovlarda qatnashishi,
boshqaruvda ishtirok etishi, uyushma, partiya va boshqa tashkilotlarga kirishi,
dam olishi, xohlagan diniga e`tiqod qilishi, mehnat qilishi, taklif va shikoyat
qilishi, kutubxonalardan, jamoat joylardan foydalanishi, taziyqlardan muhofaza
qilinishi va boshqalarga ega. Ularning burchlari esa ko`proq vijdon amri bilan
80
bog`liqdir. Binobarin, milliy istiqlol g`oyasini tushunib etish ham talabaning
burchidir. Ammo, burch elementlarini, mas`uliyat jarayonlarning shakllanishi
talabaning shaxsiy ishidir, deb qo`yish ham o`rinsizdir. Kundalik faoliyatda har
bir o`qituvchi tomonidan bu burch va ma`suliyatlar ma`lum imkoniyatlar topib
«Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» darsining
muammolarini o`tayotganda talabaga ko`proq tushuntirilishi, ongiga
singdirilishi lozim.
Har bir oliy o`quv yurti talabasining burchi – bilim maskani nufuzi uchun
kurashish, bilim maskanidagi nojo`ya bo`ladigan harakatlarga loqayd
bo`lmasligi, bilim yurtining asbob – uskunalari, laboratoriya jihozlarini ko`z
qorachig`idek saqlashi, topshiriqlarni o`z vaqtida bajarishi, jamoat joylarida
tartibni saqlashga ko`maklashishi kabilardir. O`z navbatida bular ham milliy
istiqlol g`oyasini hayotga tatbiq etishning elementlaridir. Garchand burch va
ma`suliyat qonunlarda qat`iy ko`rsatilgan bo`lmasa ham, aslida bularga rioya
qilish talabaning keyinroq etuk shaxs bo`lishida muhim omil bo`lib xizmat
qiladi. Burch deganda, faqat yuqoridagi sohalar bilan cheklanib qolinmaydi.
Jumladan, talabaning yotoqxona, fakul`tet, yoki akademiya institut miqyosida
bo`ladigan jamoat ishlarida qatnashishi, shu joylarni bezatishda ishtirok etishi,
shahar va Respublika miqyosida o`tkaziladigan tadbirlarda (talab etilganda)
hozir bo`lishi kabilar ham talabada ijobiy xislatlarning jumladan, milliy istiqlol
g`oyasining shakllanishiga yordam beradi.
Fuqaroning shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradigan omillar
turlichadir. Bular quyidagilardan iborat:
. fuqarolarga qonuniy hujjat va me`yorlarni «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy
tushuncha va tamoyillar» doirasida o`rgatish;
. urf-odatlar, qadriyatlar, allomalar fikrlarini tushunarli qilib singdirib
borish;
. milliy burch tafakkurining dunyoviy burch tafakkuri bilan bog`liqligini
ukdirish;
81
. o`tiladigan dars va suhbat, muloqatlarda fuqaroning burch hamda
mas`uliyatlarini jonli tarzda ko`rgazmali qilib tushuntirish. Bunda «Ma`naviyat»
nashriyotidan chiqarilayotgan ko`rgazmali qurollardan foydalanish;
. burch va mas`uliyat haqida refarat mavzularini tayyorlash hamda tegishli
paytda fuqarolarga tarqatish, ulardan shu sohada referat yozishni talab qilish;
. jamiyat tarixida fuqarolar burchi va mas`uliyatlarini solishtirgan holda,
ularni o`zgaruvchanligiga diqqatni tortish;
. burch va ma`suliyatning milliy istiqlol g`oyasini shakllanishi va jamiyat
taraqqiyotidagi ahamiyatini eslata borish;
. shaxsiy manfaat bilan jamoat manfaatlarining mushtarakligi haqida
suhbatlar o`tkazish, shu sohada yozilgan asarlar, yaratilgan fil`mlar tavsiya etish
va boshqalar.
Bu omillar umuman shaxs faoliyatida demokratik jarayonni shakllantirishda
ummondan bir tomchi xolos. Lekin ushbu omillar bilan qonunlar o`rganilishi,
ularning usutuvorligini ta`minlanishi amalga oshirilsa, nur ustiga a`lo nur
bo`ladi. Ayni paytda jamiyatimizni demokratiyalashtirish fuqarolar faoliyatiga
ham bog`liqdir. Fuqarolar jamiyatdagi turli sohadagi xodimlardir. Taraqqiyotni
esa shu xodimlar harakatga keltiradi. Xodimlar milliy istiqlol g`oyasining
shakllanishi hamda huquqiy madaniyat va burch, mas`uliyat birlashmasi
jamiyatning olga qarab siljishi murakkab kechadi. Chunki, erkin shaxsni
tarbiyalash bozor munosabatlari bilan ham bog`liqdir. O`z navbatida bozor
munosabatlari yangi ijtimoiy munosabatlarni paydo qiladi. Shu sabali, fuqaro
shaxsini takomillashtirishda olib borilayotgan tarbiyaviy-amaliy, o`quv-metodik
ishlarining samaradorligiga har bir rahbar, mutasaddi-o`qituvchi, murabbiy,
tarbiyachi, oliygohlar rahbariyati e`tiborini jiddiy tortish lozim. Tarbiya
barchaning mas`uliyatidir. Zero, I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, har qaysi
fuqaro, har bir talaba «shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi» - deb emas,
balki, «men o`zim Vatanimga, el-yurtimga nima berdim?», - deb o`ylash bilan
yashaydigan fuqaro va talabani tarbiyalashimiz buyuk davlat kurashimizdagi
muhim jihatdir.
82
Xulosa
Ma`naviyat va demokratiyaning aloqadorligi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
yuksak siyosiy tafakkur va siyosiy madaniyat har qanday ehtiroslardan xoli, aql-
idrokka tayangan fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lishi, siyosiy jarayonlarda faol
ishtirok etish, amaldagi qonunlarga qat`iy rioya qilish va jamiyat rivoji hamda
barqarorligini ta`minlashda mas`uliyatni anglash va b. Shu ma`noda,
demokratiya – yuksak ma`naviyat, fuqarolarning ichki madaniyati va
intellektual imkoniyati, fuqarolarning barcha uchun birday zarur bo`lgan
qonunlarga to`liq rioya etishi, inson haq-huquq va erkinliklarini, umumxalq va
umumdavlat manfaatlarini himoya qiladigan, barchani qonunlarga bo`ysunib
yashashga undaydigan umuminsoniy, huquqiy va ma`naviy qadriyat
hisoblanadi. Demokratiyani ma`naviyatsiz va ma`rifatsiz anglab bo`lmaydi. U
inson aql-zakovatining mahsuli va ayni paytda uning erkin holda farovon hayot
kechirishining zaruriy shartidir. Demokratiyani hayotga joriy qilishda mamlakat
xalqning milliy ehtiyojlari, turmush tarzi, axloqiy mezonlari e`tiborga olinishi
g`oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, barcha davlatlar va xalqlar uchun
demokratiyaning bir xil qolipi bo`lishi mumkin emas. I.A.Karimov
ta`kidlaganidek, «Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan
o`ziga xos va o`ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib
bo`lmaydi, ya`ni Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda asta-sekin
taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy uzgarishlar yasashga urinishlar g`oyat
noxush, hatto fojiiali natijalarga olib keladi». «Shu bilan birgalikda, «…biz
davlatimiz kelajagini o`z qobig`imizga o`ralib qolgan holda emas, balki
umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o`zlashtirgan holda tasavvur
etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar va jamiyat boshqaruvini
erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang-barangligini o`z
hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko`ramiz.
83
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. O`zbekiston o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. 1-jild. T.
O`zbekiston, 1996
2. Karimov I.A. Biz tanglagan yo`l demokratik taraqqiyot yo`lidir. 11-jild.
T.O`zbekiston, 2013
3. Karimov I.A. O`zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo`lmaydi.
13-jild. T.O`zbekiston, 2005
4. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyatlar 14-jild.
T.O`zbekiston, 2006
5. Karimov I.A. «Mamlakatimizning taraqqiyoti va xalqimizning hayot
darajasini yuksaltirish - barcha demokratik yangilanish va iktisodiy
isloxatlarimizning pirovrat maqsadlari» T. O`zbekiston, 2007
6. Karimov I.A. «Yuksak ma`naviyat - engilmas kuch» T.Ma`naviyat,
2008
7. Juzjoniy A. Islam huquqshunoslik hikayat mazhabi va Markaziy Osiyo
fikixlari. T.Islam universiteti nashriyoti. 2002 2001
8. Karimov I.A. Adolat Vatan xalq manfaati har narsadan ulug`. T.1998
9. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq etixodi buyuk kelajakka
ishonchidir. 9-jild. T.2002
10. Robert Dal`. O demokratiya. M.2000
11. Juraev S. Demokratiya deganda nimani tushunamiz. T.1999
12. Djon Lokk «Opыt ө chelovecheskom razume» M.1960
13. Sh.L.Montesk`e. «O duxe zakonov» M.1955.
14. Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari. T.O`zbekiston, 1996
15. Baejinskiy Z. Vыbor: mirovoe gospodstvo ili global`noe liderstvo. – M.:
Mejdunarodnыe otnosheniya. 1997.
16. Viktor Alimov. Ochiq jamiyat muholiflari. Tafakkur jurnali.
84
17. Karimov I.A. Yangi uy qurmay turib eskisini buzmang. !-jild. 1996
18. V.Lisichkin, L.Shelepin. Tret`ya mirovaya informatsionno-
psixologicheskaya voyna. – M.1999.
19. Sh.Jabbarov. Ma`naviyatimizning falsafiy qirralari. T.Marifat, 1996
20. Imamnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning asoslsari- T.1998