kasbiy ta’lim metodikasitkti.uz/uploads/602497d228_1585811390.pdf2.guruhlarning taqdimoti (har...

379
KASBIY TA’LIM METODIKASI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI KASBIY TA’LIM METODIKASI FANIDAN O’QUV-USLUBIY MAJMUA 5111000 – “Kasb ta’limi” (kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasi) yo‘nalishida taʻlim olayotgan talabalar uchun Toshkent–2019 «TASDIQLAYMAN» «MvaKT» fakulteti dekani _________ prof. Xamroqulov G’.H. “___” ____________ 2019 yil

Upload: others

Post on 31-Jan-2021

50 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

    KASBIY TA’LIM METODIKASI

    FANIDAN

    O’QUV-USLUBIY MAJMUA

    5111000 – “Kasb ta’limi” (kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasi)

    yo‘nalishida taʻlim olayotgan talabalar uchun

    Toshkent–2019

    «TASDIQLAYMAN»«MvaKT» fakulteti dekani

    _________ prof. Xamroqulov G’.H.“___” ____________ 2019 yil

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligining 201__ yil “_________” ____-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv reja va dastur asosida tayyorlandi.

    Fanning ishchi o’quv dasturi “Kasb ta’limi” kafedrasi majlisining 2019 yil “___” “________”dagi 1-sonli majlisida ko’rib chiqilib, fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.

    Fanning ishchi o’quv dasturi “M va KT” fakulteti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2019 yil “___” _______ dagi ___- sonli majlisida tasdiqlandi.

    Tuzuvchilar: N.N. Xodjayeva – Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “Kasb ta’limi” kafedrasi assistenti

    Taqrizchi: I.T Aliyev-Toshkent arxitektura institute Bino va inshootlar qurilishi fakulteti dekani p.f.n dotsent

    “Kasb ta’limi” kafedrasi mudiri dots. Aripova G. SH

    Ilmiy-uslubiy kengashi raisi: prof. Xamroqulov G’.X.

    O‘quv -uslubiy majmua Toshkent kimyo-texnolgiya instituti kengashining 201 yil __________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    MUNDARIJA

    I.Fan dasturi ......................................................................................................

    II. Ishchi dastur...................................................................................................

    III. Nazariy materiallar......................................................................................

    IV. Amaliy mashg‘ulot materiallari ……………………………….................

    V. Keyslar banki.va testlar.................................................................................

    VI. Glossariy........................................................................................................

    VII.Adabiyotlar ro‘yxati....................................................................................

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    I.Fan dasturi

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    II. ISHCHI DASTUR

     

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    III. NAZARIY MATERIALLAR 

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    I-BOB. KASB-HUNAR TA’LIMINING METODOLOGIK ASOSLARI VA TAMOYILLARI

    Mavzular nomi Soatlar 1-Mavzu Kasbiy ta’lim metodikasi fanining maqsad vazifalari 2 2-Mavzu Kasbiy ta’lim mutaxassislarini tayyorlashda nazariy va

    amaliy bilimlarni rejalashtirish 2

    3-Mavzu Kasb-hunar ta`limi tizimi va jarayoni 2 4-Mavzu “Didaktika” atamasi, didaktika va metodika orasidagi o’zaro

    bog’liqlik. 2

    5-Mavzu O‘qituvchining asosiy vazifalari 2 6-Mavzu Kasb-hunar kollejlarida o‘quv rejalashtirish hujjatlari 2 7-Mavzu Khk o‘qituvchisi va o‘quv ustasining liderlik sifatlari 2 8-Mavzu O‘qituvchining pedagogik mahorati tajribasida ta’lim

    metodlari samaradorligini oshirish yo‘llari 2

    9-Mavzu O‘rganishga undovchi va unga ta’sir etuvchi omillar 2 10-Mavzu Davlat ta’lim standartlari 2 11-Mavzu Kasb xunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quv

    rejalari 2

    12-Mavzu Ochiq darslarni o‘tkazish va darslarni tahlil qilish metodikasi

    2

    13-Mavzu O‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar 2 14-Mavzu O‘quv maqsadlari va o‘quv mazmunini keltirib chiqarish 2 15-Mavzu O‘quv ustaxonasida darsni tashkil qilish va o‘tkazish

    metodikasi 2

    16-Mavzu O‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish va o‘tkazish

    2

    17-Mavzu O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida ta’lim sifati monitoringini tashkillashtirish

    2

    18-mavzu O‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshirish yo‘llari

    2

    JAMI

    36

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    KIRISH

    SH.M.Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20.04.2017 yil

    2909 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Ushbu farmonda Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar etarli darajada olib borilmayapti.

    Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqanholda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash shart sharoitlari keltirib o‘tilgan. Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash yoshlarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha ta’lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg‘or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan ta’minlash lozim. YOsh avlodga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik-faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlkatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi.

    Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o’z mutaxassisligini chuqur egallagan o’qituvchilar zarur. SHuning uchun xozirgi kunda o‘qituvchilar oldiga juda ko‘p vazifalar qo‘yilmoqda. SHu bilan birga talabalarga xam.

    Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’limtarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda

    Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk

    insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – komil inson va etuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.

    Mazkur ma’ruza matni orta-maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik salohiyatini oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar to‘plamidan iborat bo‘lib, kasb ta’limi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Ma’ruza matni o‘quv jarayoniga tadbiq etilayotgan zamonaviy pedagogik tajrivalar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari va interfaol usullarni qo‘llash haqidagi tajribalardan namunalar va fikr-mulohazalar jamlangan.

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    10 

    1-MAVZU: KASB TA`LIMI METODIKASI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

    R E J A: 1. Ta’lim tizimini isloh qilish 2. Kasb-hunar kollejiga muxandis-pedagoglarni tayyorlash 3. Kasb ta’limi metodikasi fanini maqsadi va vazifalari. 4. O‘zbekistonda kasb ta’limini islohatlari. 5. Kadrlar tayyorlashdagi kasbiy-kvalifikatsion o‘zgarishlar. Tayanch tushuncha va iboralar:Ta’lim to‘g`risidagi qonun, Kadrlar tayrlash

    milliy dasturi, metodika, muhandis-pedagok, kasb-hunar, kasbiy pedagogika, qonuniyat, ishchi,model, guruh, asoslar, nazariya, davr, tizim, tamoyil.kasbiy ta’lim

    Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat talablariga muvofiq) O’qitish jarayoni pedagogning va u rahbarlik qilayotgan o’quvchilarning bilim,

    o’quv hamda malaka tizimini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan iborat. Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim o’quvchilar shaxsini shaklantirishning,ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng muhim vositasidir. O’qitish jarayoni davomida o’quvchilarning bilish kuchlari rivojlantiriladi. O’qitish o’qituvchining o’quvchilarga bilim,uquv va malaka tizimi berish,ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatdir.

    O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Metod: Og’zaki bayon qilish, slaydlar asosidagi kichik ma’ruza, kichik

    guruhlarda ishlash, taqdimot, «Tushunchalar tahlili» uslubi. Forma: savol-javob, individual ishlash, kichik guruhlarda ishlash, jamoa bilan

    katta guruhda ishlash. Vositalar (texnik va didaktik): tarqatma material, 4- ta vatman kogoz, ma’ruza

    asosida tayyorlangan prezentatsiya slaydlari, markerlar, skoch, doska, kompter, proyektr.

    Nazorat: Og’zaki nazorat, o’z-o’zini nazorat qilish, savol-javob, Ma’ruzaning maqsad va vazifalari:

    Maqsadlar: Ta’limiy: metodik jarayonining ilmiy-

    nazariy mazmun-mohiyatini bayon qilish Tarbiyaviy: metodik jarayonining uslubiy

    va amaliy asoslari haqida misollar keltirish Rivojlantiruvchi: metodika, o‘qitish

    metodikasi, o‘qitish nazariyasini tahlil etish

    Vazifalar: (maqsadga mos ravishda vazifalarni tinglovchi uchun topshiriq yoki savol shaklida ifodalang)

    Ta’limiy savol: metodik jarayonining ilmiy-nazariy mazmun-mohiyatini qanday tushunasiz?

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    11 

    Tarbiyaviy savol: metodik jarayonining uslubiy va amaliy asoslarini tahlil eting. Rivojlantiruvchi savol: metodika, o‘qitish metodikasi, o‘qitish nazariyasini tahlil eting.

    Kutilayotgan natijalar: Ma’ruza yakunida tinglovchi biladi

    (Bilim): metodik jarayonining ilmiy-nazariy mazmun-mohiyatini bilib oladilar.

    Qaysi savollar beriladi: metodik jarayonining ilmiy-nazariy mazmun-mohiyati nimadan iborat?

    Ma’ruza yakunida tinglovchi tushunadi (Ko’nikma):

    metodik jarayonining uslubiy va amaliy asoslarini tahlil etish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.

    Qaysi savollar beriladi: metodik jarayonining uslubiy

    va amaliy asoslarining ta’siri qanaqa bo’lgan?

    Ma’ruza yakunida tinglovchi bajara oladi (Malaka):

    metodika, o‘qitish metodikasi, o‘qitish nazariyasini tahlil etish malakalari shakllanadi

    Qanday topshiriqlar beriladi:

    metodika, o‘qitish metodikasi, o‘qitish nazariyasi masalalarni bugungi kunga mos ravishda tahlil eting.

    Dars jarayoni va uning bosqichlari: Ishning nomi Bajariladigan ish

    mazmuni Metod Vaqt

    1-bosqich: Tashkiliy qism.

    1. Davomatni aniqlash va tinglovchilarni 4- ta guruhga bo’lish

    Sanash yordamida

    2 min

    2-bosqich: Refleksiya.

    Mavzuning asosiy tushunchalarini eslash.

    Guruhlar ichida muhokama.

    5 min

    3-bosqich:

    Yangi mavzuning bayoni

    1. Guruhlar berilgan matnni o’rganib asosiy o’rinlarini ajratib oladilar va guruhning taq-dimotini tayyorlaydi.

    2.Guruhlarning taqdimoti (har guruhga 3 min).

    3. O’qituvchining “Kasb ta`limi metodikasi fanining

    Kichik guruhda ishlash

    Taqdimot Slayd

    yordamidagi ma’ruza

    10 min

    15 min

    15 min

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    12 

    Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgustda bo‘lib o‘tgan IX sessiyasida muhokama

    etilib, qabul qilingan, hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga daxldor bo‘lgan qonunlar - «Ta’lim to‘g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni izchil amalga oshirish jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy modeli shakllantirildi. Uning asosiy tarkibiy kismlari kuyidagnlardan iboratdir:

    Shaxs; Davlat va jamiyat; Uzluksiz ta’lim; Fan; Ishlab chiqarish.

    Mazkur milliy modelning asosiy elementlaridan biri bo‘lgan uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbordosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘kkiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir.

    Bu yangi o‘quv maskanlarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bir tomondan o‘qituvchi maxoratiga boshliq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quv yurtini zamonaviy texnika bilan ta’minlanganligiga bog`lik.

    Kasb-hunar kolleji muxandis-pedagog xodimlari oldiga tayyorlanadigan malakali ishchi kadrlarda ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish, ularda yo`qsak mehnat intizomi va madaniyatni, jamoa oldiga burch xis tuyg`ularini tarbiyalash vazifasini quyadi.

    Bu vazifalarni bajarish ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyadan foydalana oladigan oqori malakali ishchilarni etishtirish demakdir.

    maqsad va vazifalari” boyicha ma’lumotlari

    4-bosqich: Mustahkamlash

    1. Tushunchalarni sxema va jadvallarda ifodalang.

    2.Sxema va jadvallarning muhokamasi

    1.Guruh ishi

    2.Taqdimot

    15 min

    10 min

    5-bosqich: Dars yakuni

    1. Guruhlar ishini xulosalari

    2. Mavzu boyicha savol –javob o’tkazish

    Guruhni baholash

    1 min

    6 min

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    13 

    Mazkur vazifani muvoffaqiyatli xal qilishda muxandis- pedagoglarning fan va texnika sohasidagi yutuqlaridan muttasil foydalana bilishlari, o‘quv jarayonida ilg`or pedagogik va ishlab chiqarish ta’limi tajribalarini tadbiq eta olishlari katta ahamiyatga ega.

    Oqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni xal qilishda ―Kasb-ta`limi metodikasi‖ fani katta ahamiyat kasb etadi.

    Ta’lim olish qobiliyatlarini yuksaltirish dasturining maqsad va usullari

    Ta’lim olish qobiliyatlarini yuksaltirish dasturining umumiy maqsadi Valun shahridagi Kalarado universiteti o‘qish va o‘rganish tizimini yaxshilashdir. Bu dastur o‘qituvchilarga talabalarni o‘qitish uchun yordam berish maqsadi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ishlaydi. Dastur o‘qituvchilarni ta’lim berishning aniqlangan usullar qismini o‘z ichiga oluvchi usullari va tushunchalarini bog‘laydi. Guruh mashg‘ulotlarida ”O‘qish va o‘qitish jarayonlarida xilma-xillik” ni joriy etish uchun o‘qish va o‘qitish metodikalarini (yuqori malakali qator o‘quv seminarlar, simpoziumlar ma’ruzachisi )ni taxlil qilish taklifini kiritish. Ta’lim beruvchilar uchun alohida ”Maslahat bo‘lim”lari ajratish (Faculty Consultation Services). Quydagi yaratilgan dastur tadbiq etish yosh pedagoglar uchun katta yordam beradi1.

    Kasb ta’limiga bo‘lgan e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin:

    1. Ta’lim islohatlari natijasida gimnaziya, litsey, kollej va boshqa turdagi yangi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi;

    2. Oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini tashkil qilish, alohida bo‘lim va fakultetlarning tashkil etilishi;

    3. Kasb pedagogikasining boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi, istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi;

    4. Kasb ta’limi muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishi, mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy etishi va boshqalar.

    O‘qitish va o‘zlashtirish xaqida umumiy tushuncha

    Malumki ta’lim berish – insonparvarlik san’ati, mahorati hisoblanadi. Ko‘pgina kuzatuvchilar ma’lum o‘quv rejasi yoki mashg‘ulot rejasida, tadqiqotlarda, darsliklarga tayangan holda ta’lim berishni juda muqaddas ekanligi xaqida ko‘p marotaba ta’kidlaydilar. Ta’lim berish birinchi navbatdaxar doyim                                                             1 Getting Started: Idea Book on Pedagogy for New Faculty. Faculty Teaching Excellence Program UNIVERSITY OF COLORADO BOULDER Office of Academic Affairs 2008. p.65.

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    14 

    ta’lim oluvchilar va ularni rivojlanishiga qaratilmog‘i lozim. SHundagina biz xar kun o‘zimizlan mashg‘ulot jarayonidan amalga oshiradigan operatsiyalarimiz “tadabalarimning rivojlanishi uchun yordam beradimi ?, men qanday rivojlantirishni bilaman ? va qanday ko‘rsatgichlarda rivojlantirishni xoxlayman ?” shunda bu kabi svollarga javoblarni topi orqali ushbu jarayonda darsliklarni tanlash, dasturni loyhalash, tadqiqotni taqdim etish, munozaralarni amalga oshirish samarador bo‘ladi. Bizning yuqoridagirivojlanish xaqidagi fikrimizga ba’zilar qo‘shilmasligi va qilgan ishlarimizni samarasiz deb topishi mumkin. Bizdarga pedagog sifatida bu kabi muammolarni echimini torishda doimo talabaning erishgan natijalarini o‘z kriteriyalarimiz asosida taqqoslab borishimiz muhimdir2..

    Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyil ko‘yidagilardan iborat: • ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; • ta’limning uzluksizligi va izchilligi; • umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining

    majburiyligi; • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo`nalishi: akademiy litsey yoki kasb-

    hunar kollejida o‘qiishni tanlashning ixtiyoriyligi; • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning xamma uchun ochikligi; • ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli

    bo‘lishni va iste’dodni rag`batlantirish; • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshkaruvini uyg`unlashtirish. Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli

    islohotlar o‘sib kelayotgan yosh avlodda intellektual kobiliyatlar va kasbiy bilimlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Bunday kelib chikkan holdamutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fanining maksadi bo‘lajak mutaxassislarning ixtisoslik fanlaridan ta’lim berish metodikasi, oliy ta’lim tizimida o‘qitish shakllari hamda o‘kitishning ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalariga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

    Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fani "Pedagogika" fanining tarmog`i sifatida quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi:

    • Kasbiy ta’lim vazifalarini asoslash, uning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish;

    • Uquv materiali mazmunini asoslash; • Oliy ta’lim tizimida ta’lim jarayonini tashkil etish;

                                                                 

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    15 

    • Bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning pedagogik va axborot texnologiyasini asoslash.

    Kasb ta`limi fanlarini o‘qitish metodikasi fanini o‘zlashtirgan talaba: o‘qitishning didaktik qonunlari va tamoyillarini, ta’lim-tarbiya berishning nazariyasi va amaliyotini. o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ta’lim jarayonini tashkil etishning turli usul va shakllarini, jumladan ma’ruza o‘qishni. amaliy mashg`ulotlarni o‘tkazishni, talabalar mustaqil bilim oliisharini tashkil etishni, malakaviy bitiruv ishlariga rahbarlik qilishni, ta’lim jarayoiida o‘qitishning texnik vositalari va axborot texnologiyalarini ko‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

    Fanning maqsadi -«Kasb ta’limi metodikasi» fanini o‘rganIshning maqsadi talabalarni kasbiy pedagogik tayyorgarlik ta’lim sohasini 5140900 «Kasb ta’limi» yo`nalishi ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlarda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ta’limi va tarbiyasi jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni echa olishida hamda ularning texnologiya va ishlab chiqarish ta’limi darslarini olib borishiga yordam beradigan metodik bilim, ko‘nikma vamalakalarini shakllantirishdir,talabalarda kasbiy ta’lim metodikasining terminalogik tushunish apparatini shakllantirish; ta’limni tashkil qilish shakllari, maqsadi va vazifalarini loyihalash bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;ta’lim jarayonining tashkil etilganligini tahlil qilish va uni samarali baholay bilish;kasbiy ta’lim yo`nalishi bakalavrlarining metodik ishlari tizimi bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish jarayonida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarishni loyihalay olish bo‘yicha malakalarni shakllantirish.

    Kasb-ta`limi metodikasi fanini o‘qitishga qo‘yiladigan talablar Hozirgi paytda oliy va ta’lim muasasalari va kasb-hunar kollejlarida maxsus

    fanlar o‘qitish metodikasi, o‘qitish jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, o‘quv uslubiy ta’minot muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga sazovar ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kasb-hunar kollejlari tizimini takomillashtirish hamda ularning o‘quv tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish maqsadida xorijiy mamlakatlarning etuk mutaxasislari va malakali pedagoglari ishtirokida seminarlar, ilmiy- amaliy anjumanlar o‘tkazildmoqda.

    Kasb-hunar pedagogikasi umumiy pedagogikaninng bir sohasi bo‘lib, u tarbiya, ta’lim, o‘qitish haqida qator nazariy va amaliy ma’lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mexnat pedagogikasiga oid masalalar bilan shug`ullanadi. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi bir necha bo‘limlarga bo‘linib, bu bo‘limlarda kasbiy pedagogikaning asoslari va muxim masalalarini, ya’ni kasb hunar ta’limi yo`nalishlari, mexnat pedagogikasi, kasb-hunar didaktikasi kabi masalalarni qamrab oladi. SHuningdek ularda, kasb –hunar tarbiyasining ijtimoiy psixologik shart-sharoiti, kasb-hunar ta’limi nazariyasi va kasb-hunar ta’limi

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    16 

    huquqi o‘rganiladi. Har bir o‘quv fani o‘qitish sohasi, o‘rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tahshkiliy ko‘rinishi haqidagi fan ma’lumotlari asosida qurilgan fan bu- metodika deb ataladi.

    Kasb-ta`limi metodikasi fanini o‘qitishning tashkiliy ko‘rinishlari xar tomonlama kamol topgan, texnikadan ma’lumoti bo‘lgan ishchilar tayyorlash masalasi avvalo o‘qitish jarayonida hal qilinadi.

    O‘qitish jarayoni pedagogikaning va u rahbarlik qilayotgan o‘quvchilarning bilim, o‘quv hamda malaka tizimini ongli ravishda puxta o‘zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan iborat.

    Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim olayotgan o‘quvchilar shaxsini shakllantirishning, ularning aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng muxim vositalaridir.

    Kasbiy ta`lim fanlarining o‘qitish asosiy talablariga quyidagilar kiradi:

    1. O‘quvchilarning ongliligi oshirish. 2. O‘quvchilarni shahsiy hususiyatlarini hisobga olish. 3. O‘quvchilar faolligini oshirish. 4. Bilim ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishini puhtaligini nazorat

    qilish 1. Didaktik reduksiyadan foydalanish. 2. O‘qitishning tizimliligini va izchililigini oshirish. 3. Namunalardan foydalanish. 4. O‘qitishning tushunarli bo‘lishini tashkillashtirish. 5. O‘qitishning tarbiyalovchi harakteridan foydalanish. 6. Ilmiylik 7. Ko‘rgazmalilik 8. O‘qitishda nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligini tushuntira

    olish talab qilinadi. O‘qituvchi yuqori talablarni qo‘llagandagina o‘quvchilar bilimi yahshiroq

    chuqurroq bo‘ladi va mavzuni eslab qoladi, hamda unga bo‘lgan qiziqishi ortadi.

    Istiqlolga erishgan mamlakatimizda so‘z borayotgan o‘zgarishlar ta’lim tizimi mazmunini davr nuqtai nazaridan yangilashni taqazo etmoqda. Bunday yangilanish O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g`risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida amalga oshirilmoqda.

    Jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ asosida shakllantirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimida kasb ta’limiga alohida o‘rin berilishi natijasi sifatida kasbhunar kollejlari va litseylarini tizimi shakllandi. Kasbiy pedagogika jahon miqyosida tan olingan eng ilg`or metodlar va yo`nalishlar bilan boyib bormoqda. Bugungi kunda o‘zining keng tadbiqini kutib yotgan, fanning boshqa sohalari bilan

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    17 

    bog`liq ravishda ishlab chiqilgan yangi kontseptsiyalar va nazariyalar rivojlantirilmoqda.

    Kasbiy ta’lim uzoq davrlar mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo`naltirib boradi, biroq ushbu tadbir bitiruvchilarning kasbiy mahoratini shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirildi. Bu holat kasbiy mahoratni va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o‘zi bilimini takomillashtirib borish va o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojini oshirishga xizmat qilmas edi. Respublikamiz ta’lim tizimdagi islohatlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayyorlash masalasiga, ta’lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirishga alohida e’tibor berilmoqda.

    Ta’lim islohatlari natijasida litsey, kollej va boshqa shu turdagi yangi turdagi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlanishi;

    Oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini tashkil qilish alohida bo‘lim fakultetlarning tashkil etilishi; kasbiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog`lanib borshi,

    istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvda yangi kontseptsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi; kasb ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ung xizmat ko‘rsatishni yo`lga qo‘yishi, mehnatni tashkil qilishning ilg`or shakllarini joriy etish va boshqalar.

    O‘quvchilarda umumta’lim va malakaviylikni o‘zaro bog`liqlik asosi. Hozirgi vaqtda pedagogik ilmda nazariy uch ko‘rinishdagi o‘zaro bog`liqlik ilgari surilmoqda:

    1-ko‘rinishdagi o‘zaro bog`liqlik. Bir ob’ektni turli xil fanlarda o‘rganish. 2-ko‘rinishdagi o‘zaro bog`liqlik. Bir ilmiy metodni turli xil o‘quv fanlarida

    o‘rganish. 3-ko‘rinishdagi o‘zaro bog`liqlik. Bir qonunni turli fanlarda isbotini topish. Keng malakali ishchi-mutaxassisni modeli quyidagi ko‘rinishda tuzilishi

    mumkin: Prognoztik – oldindan bilish va ish rivojini xarakterlash. bu maqsadda maxsus

    ruxsat etilgan va tasdiqlangan hujjatlarni keng foydalaniladi. Malakaviy – texnik mazmuniga qo‘yiladigan talablar. Ishchilarni malakaviy

    tayyorlashda ishlab chiqilgan talab va mazmun. Oldindan tashkillangan ma’lumotlar modelda qayd qilinib ilmiy tanlangan

    holda ishchini malakasini oshirishga imkon beradi. Kasbiy pedagogikaning qonun-qoidalarini yaxshi o‘zlashtirish kasbiy

    o‘qishning ayrim metodologik muammolarini hal qilishni engillashtiradi. Istiklolga erishgan mamlakatimizda yuz berayotgan tub uzgarishlar ta’limi

    tizimi mazmunini davr nuktai nazaridan yangilashni takazo etmokda. Bunday

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    18 

    yangilanish Uzbekiston Respublikasining «Ta’lim tugrisida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshirilmokda .

    Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milli dasturi» asosida shakillantirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimida kasb ta’limiga aloxida urin berilishi natijasi sifatida kasbhunar kollejlari va litseylarining tizimi shakllandi.

    Kasbiy pedagogika jaxon mikyosida tan olingan eng ilgor metodlar va yunalishlar bilan boyib bormokda. Bugungi kunda uzining keng tadbikini kutib yotgan, fanning boshka sohalari bilan boglik ravishda ishlab chikilgan yangi kontseptsiyalar va nazariyalar rivojlantirilmokda.

    Kasbiy ta’lim uzok davirlar mobaynida xar tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yunaltirib borildi, birok ushbu tadbir Bitiruvchilarning kasbiy maxoratini shakillanish darajasini pasayishi xisobiga amalga oshirildi. Bu xolat kasbiy maxoratni va layokatni oshirish, insonning butun umri davomida uzi bilimini takomillashtirib borish va uz-uzini tarbiyalash extiyojini oshirishga xizmat kilmas edi. Respublikamiz ta’lim tizimdagi islohotlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayorlash masalasiga, talim oluvchi shaxsida kasbiy maxorat va layokat sifatlarini shakllantirishga aloxida e’tibor berilmoqda.

    Kasbiy ta’lim muassasalarining axoliga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish turlarining ortib borishi, uz bazasida tayyor maxsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko‘rsatishni yulga kuyishi; mehnatni tashkil qilishning ilgor shakillarining joriy etishi va boshkalar. Zamonaviy sharoitda malakala mutaxasis tayyorlashda ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini o‘rganishga katta e’tibor berish kerak. Ayniqsa, ishlab chiqarishga oid bulgan umumiy umumtexnologiyani xam o‘rganishga chukur tushunishga kumaklashuviga olib kelishi zarur.

    O‘quv reja va dasturlarni tuzishda metodga asoslanib maksadgu muvofikdir. Bunda o‘quv jarayon umumiydan shaxsiyga karab yunalgan bulib, bunda ishlab chiqarishning texnologik asoslarini o‘rganishdan - maxsus bilim, kunikma va malakalarni jamlashga, ma’lum mehnat va o‘rganishga o‘tish demakkdir.

    Bunday vaziyatdan ta’limning natijasi - malakasi mutaxasis tayyorlash jarayoni bu va moddiy yoki loyiq xarajatlar kamligi bilan ifodalanadi.

    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Fanning maqsad va vazifalari nimalrdan iborat? 2. Ta’lim to‘g`risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ qachon

    qabul qilingan? 3. Metodika nima? 4. Kasb ta`limi metodikasi‖ fanining boshqa fanlar bilan qanday aloqasi

    bor? 5. Pedagogik qonuniyatlar nimalardan iborat?

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    19 

    6. Keng malakali ishchi-mutaxassisning modeli qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

    7. Kasb ta’limining mazmun-mohiyati nimalardan iborat? 8. Kasb ta’limiga bo‘lgan e’tiborning ortishini nimalar bilan izohlash

    mumkin? 9. Kasbiy pedagogikaning asosiy tushunchalarini aytib bering? 10. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ta’lim islohatlari qanday o‘zgarishlarga

    ega? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun meyoriy-huquqiy hujjatlar

    to‘plami. O‘MKHTM. Toshkent, 2005. 2. Olimov Q.T. va boshqalar. Ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi. –

    Toshkent: Fan, 2004. 3. Mirsaidov K.J. Ixtisoslik fanlarini o‘qitish va ishlab chiqarish ta’limi. –

    Toshkent: SHiituvchi, 1996.

    2-MAVZU. KASBIY TA’LIM MUTAXASSISLARINI

    TAYYORLASHDA NAZARIY VA AMALIY BILIMLARNI REJALASHTIRISH

    Reja: 1. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish 2. Ta’lim beruvchining didaktik xatti xarakatlari. 3. O‘qitish va o‘qish sikli.

    Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish.Kasbiy pedagogika fanida nazariy dars – rejali tashkillashtirilgan, aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan ta’lim va tarbiya jarayonidir. Bu jarayonda ma’lum bir soxa bo‘yicha nazariy bilimlar tizimli ravishda bilim oluvchilarga etkaziladi. Bu jarayonda ta’lim beruvchi nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash yo‘llari bilan tanishtiradi.

    Nazariy dars asosan maxsus jixozlangan darsxonalarda o‘tkaziladi. Bu sinfxonalarda turli texnik vositalar ishlatilishi mumkin.

    Amaliy mashg‘ulot – aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan. Aniq bir topshiriqni bajarish uchun keraqli nazariy darsda

    Tayanch so‘z va iboralar: Nazariy dars, amaliy mashg‘ulot, ditaktik xatti xarakatlar, darsni rejalashtirish, metod, maqsad, mazmun, sharoitlar, o‘qitish va o‘qish sikli, ta’lim beruvchi, amaliyot ustaxona

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    20 

    olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko‘nikmalarni shaqllantirish maqsadida olib boriladigan rejali ditaktik xarakatga aytiladi.

    Amaliy mashg‘ulot kasb-xunar ta’limining tarkibiy qismi bo‘lib o‘quv ustaxonalarida, laboratoriyalarda, o‘quv paligonlarida ish o‘rnida joylashgan real vositalardan foydalanilgan xolda o‘tkaziladi.

    Kasb-xunar ta’limi tizimining shuki nazariya va amaliyot bir biridan aloxida, yani nazariy ta’lim o‘quv auditoriyada, amaliyot ustaxona va laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Nazariy darsda keraqli maxsus bilimlar amaliy darsga nisbatan ilgariloq berilishini ta’mindash kerak. Amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim berivchi ish faqat ish topshiriqlariga tegishli qo‘shimcha bilimlarni berishi kerak. Agarda amaliy masho‘ulotlarda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning avvalgi bilimlarida kamchilikni aniqlasa, u keraqli nazariy bilimlarni beradi.

    Darsni rejalashtirish – kutilayotgan o‘quv natijalariga erishish maqsadida o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish: ta’lim metodlarini tanlash, tarqatma materiallar va o‘quv ditaktik vositalar tayyorlash.

    Barcha imkoniyatlarni xisobga olgan xolda, bir marta tuzilgan rejada o‘zgartirishlar bo‘lmasligiga xarakat qilishi kerak. Ta’lim beruvchi uchun rejalashtirish o‘quv jarayonini boshqarishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik deganidir. Ta’lim oluvchi uchun rejalashtirish, u bo‘lajak o‘quv jarayoni to‘g‘risida va ta’limdan nimalarni kutishi mumkinligi xaqidagi aniq tasavvurga ega bo‘lishi deganidir.

    Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish quyidagi darajalarda amalga oshirilishi mumkin:

    Butun ta’lim davri darajasida; Bir o‘quv yili darajasida; Bir smestr darajasida; Bir oy darajasida; Bir xafta darajasida; Bir kun darajasida; Nazariy darsning bir soat darajasida;

    Ko‘pincha xar xil vaqt darajalari uchun mo‘jallangan rejalar bir vaqtning o‘zida qo‘llaniladi.

    Maksadlar va mazmunlarni rejalashtirish odatda maxsus bir soxa buyicha buladi va uni ta’lim beruvchining uzi tuzadi. Buning uchun tanlangan maxsus soxa bir necha mavzularga yoki material soxalariga bulinadi. Sung metodlar va rejalashtiriladi.

    Bu munosabatda e’tiboringizni «Ta’lim beruvchining didaktik xatti-xarakatlari» modeliga karatmokchimiz.

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    21 

    Yukorida tasvirlangan ta’lim beruvchining didaktik xatti-xarakatlari modeli bir maxsus soxani rejalashtirish maksadida kullanishi mumkin.azariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni tug‘ri rejalashtirish uchun, ta’lim beruvchi o‘zining vaziyatidan boshlashi lozim, ya’ni «Mavzuni ilm-fanning eng so‘nggi zamonaviy talablariga muvofik o‘rgata olamanmi yoki buning uchun men yana aloxida tayyorlanishim kerakmi?» xamda «Biror ishlab chiqarilgan nazariy dars rejasi yoki amaliy mashg‘ulotlarning rejasi bormi?» degan savolga javob berishi kerak. Bundan keyin, ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim va ko‘nikmalarini aniklab olishi lozim.Buning uchun kuyidagi asosiy savollar kuyilishi lozim:

    Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun ta’lim oluvchilarning dastlabki bilimlari kay darajada?

    • Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun kanday shart-sharoitlar mavjud?

    • Kanday o‘kuv mazmunlar o‘rgatilishi ko‘

    • llbzda tutilmokda?

    Rejalashtirish uchun yukoridagi savollarni o‘rganib chikish - nazariy dars va amaliy mashg‘ulotning boshka barcha tayyorlash xarakatlariga asosdir. Bu tushunchalar va savollar o‘rtasidagi bog‘liklikni quyida ko‘rsatilgan omillar aniq ko‘rsatadi.

    Maksadlar: Nima uchun ?

    Xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot oldindan belgilangan maksadlarga rioya kilishi lozim. Odatda O‘kuv dasturi asosida belgilashimiz mumkin bulgan aniq bir maqsadga erishilishi lozim. Maqsadlar yozma ravishda

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    22 

    nazariy dars rejasiga kiritiladi va maksad erishilgan-erishilmaganligi test va topshiriqlar yordamida tekshiriladi va mustaxkamlanadi.

    Mazmunlar: Nima ?

    Belgilangan o‘quv maksadlarga muvofiq ravishda bilimlar soxaning mazmuni (shu jumladan ko‘nikmalar va o‘zini tutish tarzlari) belgilanadi. Bu mazmunlar bir tomondan keraqli dastlabki bilimlarni (nazariy dars mazmunini) va boshka tomondan topshiriklarni bajarish uchun kerakli maxsus bilimlarni (amaliy mashg‘ulot mazmunini) inobatga olishi kerak.

    Metod: Kay tarzda ?

    Agar maqsadlar va mazmunlar aniq bo‘lsa, aynan shunday metodlar tanlab olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni o‘lchanadigan natijalarga aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda "an’anaviy" va "interfaol metodlar" deb atalgan metodlar ta’lim beruvchi tomonidan tanlab olinadi va qo‘llanadi.\

    SHaroitlar: Nimalar yordamida ? SHaroitlar deganda, birinchi navbatda moddiy-texnik shart-sharoitlar

    tushuniladi. Bir tomondan, moddiy-texnik sharoitlar. ya’ni binolar, sinfxonalar, o‘kuv ustaxonalar, laboratoriyalar, ularning jixozlanganlik darajasi, instrumentlar, chikim materiallarning umumiy xolati va xokazo, chunki ular ma’lum sifat standartlariga javob berishi kerak.

    Boshka tomondan esa, o‘quv vositalari tushuniladi, chunki ular o‘quv jarayondagi bilimlarni o‘zlashtirilishiga yordam beradi. o‘quv maksadlariga mo‘ljallangan ko‘plab o‘quv vositalari mavjud. Lekin gap vositalarning ko‘pligida emas, balki muayyan o‘quv maksadiga erishish uchun ma’qul keladigan vositalarni tanlab olishdadir.

    Tashkillashtirish: Bu kanday amalga oshiriladi ? YUkorida aytilgan xamma narsalar vakt omilini inobatga olgan xolda tashkil

    kilinishi kerak. CHunki xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot uchun anik vaqt me’yorlari bor va aynan shu vakt doirasida o‘quv maksadlarga erishish lozim. Buning uchun nafakat puxta reja, balki unumli tashknllashtirish xam kerak. Vakt davri, vakt davomi va ukuv joyi - tashknllashtirish jarayonida belgilanadi. Urgatish va urganishni tashkil kilishning xilma-xil imkoniyatlari mavjud.

    Natijalar: Maqsadga erishildimi ? Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotning oxirida maqsadlarga erishilgan-

    erishilmaganligi tekshirilishi kerak. Buning uchun baxolash vositalari, metodlari va mezonlari belgilanishi lozim. Buning imkoniyatlari - mashkdar, ogzaki va yozma testlar xamda imtixonlar. Ular ta’lim oluvchilarning kobiliyatlari, bilim, kunikma va malakalarini baxolash nmkoniyatini yaratadi.

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    23 

    O‘qitish va o‘qish sikli- nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish omillariga asoslangan bo‘lib, nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlar rejalashtirish, amalga oshirish xamda xulosa chikarish boskichlariga taallukli didaktik xatti-xarakatlarni tushuntiradi

    Bu siklda nazariy dars va amaliy mashg‘ulot bir-biridan ajratilmaydi. 1-boskich: Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotga nisbatan inobatga olinishi kerak bo‘lgan

    mavjud vaziyat va dastlabki shart-sharoitlarni o‘rganish. SHu o‘rinda 3 xil taxlil, ya’ni adresatlar (ta’lim oluvchilar) taxlili, shart-sharoitlar taxlili va maxsus soxa (mazmun) taxlili amalga oshirilishi lozim. Bu taxlillar odatda boshlanishida, natijalari esa keyinrok kerak buladi.

    O‘qitish va o‘qish sikli.

    2-boskich: O‘quv dasturi asosida o‘quv maksadlarni belgilash yoki aniklash. Nazariy dars

    va amaliy mashg‘ulot uchun maxsus o‘quv maksadlar belgilab oli 3- bosqich: Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulot rejasini tuzish. Bu rejada barcha

    mazmunlar, mavzular, rejalashtirilgan metodlar, tanlab olingan o‘quv-didaktik materiallarga muvofik xolda o‘quv vositalar xamda umumiy vakt taqsimoti aks etadi.

    Bu rejada nafakat ta’lim beruvchining xatti-xarakatlari, balki ta’lim oluvchilarning rejalashtirilgan xatti-xarakatlari xam ko‘rsatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    4-boskich: O‘quv-didaktik materiallarni tayyorlash, chunki ular amalga oshirish

    bosqichining asosiy dastlabki shartlaridan biridir. Agar tayyor materiallar bor bo‘lsa, ularning orasidan to‘g‘ri keladiganlari tanlab olinadi. Agar tayyor o‘quv-didaktik materiallar yoki o‘quv vositalar bo‘lmasa, ular ishlab chikarilishi kerak.

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    24 

    Odatda bosma o‘quv vositalar, masalan tarkatma materiallar, slaydlar va topshirik varakalari kerak bo‘ladi, ularga qo‘shimcha ravishda esa matnli o‘quv adabiyotlari ishlatiladi. Xuddi shunga o‘xshab darsdan oldin plakat loyixalari va plakatlarning o‘zi ishlab chikiladi.

    5-boskich: Rejalashtirish va tashkillashtirish asosida nazariy dars va amaliy mashg‘ulotni

    amalga oshirish (o‘tkazish). Bu degani, barcha o‘quv vositalari bilan jixozlangan sinfxona xamda, kerak bo‘lsa, ustaxonada joylashgan o‘quv burchagi va vaqt etarlicha bo‘lishi kerak.

    6-boskich:

    Nazariy dars va amaliy mashg‘ulot davomida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni baxolash. Bir tomondan, bu - ta’lim oluvchilar keraqli bilimlarni o‘zlashtirib olganliklarining nazorati. YA’ni «Ta’lim oluvchilar maksadga erishishdimi?» degan savolga javob berilishi kerak.

    Boshka tomondan esa, ta’lim beruvchi uchun uz-uzini xamda ishining sifati kanday bulganligi tekshirish. YA’ni «Men oldimga kuygan maksadlarimga erishdimmi?» degan savolga javob berilishi kerak. Ikkala xolda xam o‘lchanadigan natijalar bo‘lishi muximdir.

    NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

    1. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni qanday rejalashtiriladi? 2. Pedagogik texnologiyada o‘qitish va o‘qish sikli. 3. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish qanday darajalarda

    amalga oshirilishi mumkin? 4. Ta’lim beruvchining didaktik xatti-xarakatlari modelini izohlang. 5. Tushunchalar va savollar o‘rtasidagi bog‘liklikni qanday omillar asosida

    aniq ko‘rsatadi? 6.Amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi va tuzilishini tushuntiring. 7. Dars qanday rejalashtiriladi? 8. Maqsad-mazmun-usul-tushuntirib bering. 9. O‘qitish va o‘qish sikli deganda nimani tushunasiz? 10. O‘qitish bosqichlarini sanab bering.

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    25 

    3-MAVZU:KASB-HUNAR TA`LIMI TIZIMI VA JARAYONI

    REJA 1. Ta`limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha. 2. Predmet tizimi, operatsiya tizimi, operatsiya-predmet tizimi, motorlimashq tizimi, operatsion-kompleks va boshqa tizimlar 3. Kasb-hunar ta`limi didaktik tizimlarini takomillashtirish

    Ta`limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha. Ta`lim tizimi deb, amaliy ko`nikma va mehnat malakalarini to`g`ri tarkib topishini, kasbiy faoliyatga tayyorlashni ta`minlaydigan o`quv materialining maqsadga muvofiq tuzilmasiga, uni tashkil etish va izchilligiga aytiladi. Kasb-hunar ta`limi o`zaro bog`langan ikki qismdan iborat:

    a) nazariy bilim; b) ishlab chiqarish ta`limi. Ishlab chiqarish ta`limi va nazariy ta`lim bir-biridan farq qiladigan, lekin

    o`xshashliklari ham bor. Ta`limning bu 2 xil turi ham ta`lim mazmunini ajratish, uning qismlarini guruhlash, ularni o`rganish izchilligini belgilash zarurligi bilan bog`liqdir. Bunday ajratish prinsiplari va gruppalash tartibi o`qitishning odatda ishlab chiqarish ta`limi tizimining qaysi biridan qo`llanishiga bog`liq bo`ladi.

    Kasb-hunar ta`limida predmet, operatsiya, operatsiya-predmet tizimi, motor mashq tizimi, operatsion-kompleks va konstrukcion-texnologik tizimlar ma`lum. Dastlab predmet (buyum) tizimi paydo bo`lgan. Bu tizimga o`quvchi o`zi o`zlashtirayotgan kasb uchun tegishli bo`lgan buyumlarni tayyorlagan. Bunda buyumlar murakkabligi ortib borgan. Tayyorlash jarayoni didaktik jihatdan alohida operatsiyalarga ajratilmagan. O`quvchi ayrim mehnat usullarini bajarish qoidalari bilan maxsus tanishmagan, faqat

    o`qituvchining ishi va boshqa harakatlarini takrorlashga intilgan. Bunday ta`lim natijasida o`quvchilarni tanish buyumni tayyorlash uchun o`z bilim va malakalaridan foydalana olmaydilar, har bir yangi buyumni tayyorlash jarayonida ishni qaytadan o`rganishga majbur bo`ladilar. Mazkur tizimning asosiy kamchiligi ana shundan iborat. Buyum (predmet) tizimi hunarmandchilik ishlab chiqarish usulini aks ettirgan va XIX asrning 2-chi yarmigacha keng qo`llanilgan.

    Manufakturalarning paydo bo`lishi va shunga ko`ra mehnatning taqsimlanishi texnologik jarayonning operatsiyalarga bo`linishiga olib keldi, ya`ni mehnat

    ta`limining operatsiya tizimi vujudga keladi. Bu tizim XIX asrning oxirida yuzaga keldi.

    Tayanch tushuncha va iboralar: didaktik tizimi, nazariy bilim, ) ishlab chiqarish ta`limi, predmet (buyum) tizimi, operatsiya , motor-mashq tizimi , konstrukcion-texnologik tizim

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    26 

    Operatsiya tizimi bo`yicha o`qitishda o`quvchilar o`zlari egallaydigan kasbning mazmunini tashkil qiluvchi mehnat operatsiyalarini o`rganishgan. Shu sababli ular har qanday buyumni tayyorlash bir xil operatsiyalardan iborat, bundan faqat operatsiyalarning bajarilish tartibi va ishlov berishning aniqligiga qo`yiladigan talablar bir-biridan farq qiladi, degan tushunchaga ega bo`lishgan. Shunday qilib, operatsiya tizimi o`quvchilarni buyum tayyorlashga bog`lab qo`ymay, kasb doirasidagi umumiy bilim, amaliy ko`nikma va malaka bilan qurollantirgan. Ta`limning buyum tizimiga nisbatan operatsiya tizimining afzalligi ana shudir. Operatsiya tizimi yordamida ishlab chiqarish texnologiyasini tushunish uchun shart-sharoitlar yaratadi, ta`limni yangi izchil (oddiy operatsiyalardan murakkab operatsiyalarga) tashkil qilish imkonini beradi, mehnat ko`nikmalarini va malakalarini shakllantirishda, asosiy operatsiyalarni o`zlashtirib olishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Operatsiya tizimining kamchiligi shundan iboratki, operatsiyalar umuman o`quv buyumlari tayyorlash jarayonida o`zlashtiriladi, ya`ni o`quvchilar mehnati unumli mehnat xarakterida bo`lmaydi. Natijada ularning ishga qiziqishi susayadi. Opreatsiya tizimi operatsiyalarni bajarish bilan buyumlar tayyorlashni uzib qo`yadi.

    Operatsiya-predmet tizimi – XIX asrning 90-yillarida S.A.Vladimirskiy tomonidan taklif etilgan. Bu tizim o`quvchilar tomonidan mehnat opreatsiyalarini o`ylab, tanlangan buyumlarni tayyorlash jarayonida o`rganishni ko`zda tutadi. Buyumlar tanlashda katta e`tibor beriladi, birinchi buyumni tayyorlashda eng yengil 3-4 operatsiyalar, boshqalarni tayyorlashda esa murakkabroq operatsiyalar o`zlashtiriladi. Operatsiya-predmet tizimning yutug`i o`quvchi o`z mehnati natijasini ko`radi, operatsiyalarni o`zi tanlaydi. Kamchiligi: mashg`ulotning birinchi darsidanoq o`z ichiga bir necha operatsiyalar olgan buyumlar tayyorlash o`quvchilarda bu operatsiyalarning mazmuni haqida to`g`ri tasavvur bo`lmasligiga olib kelardi. Shuning uchun ham tizim keng tarqalmoqda.

    Motor-mashq tizimi (CIT tizimi) – Ushbu tizimning kamchiligi motor mashq tizimi bo`yicha o`qitish o`quvchilar ko`nikma va malakalarni ongli o`zlashtirishni nazarda tutmasdi. Ko`nikmalarni shakllantirish maxsus apparatlar va haqiqiy mehnat jarayonini eslatadigan mashqlarni qo`llash bilan amalga oshirilardi. Ko`p marta takrorlash natijasida mushaklarni, ma`lum harakatlarni, ongning ishtirokisiz ham bajarishga “o`rgatish” mumkin, deb faraz qilingan. Ta`limda bunday yondoshish ma`qullanmadi va tez uni rad qilindi. Motor-mashq tizimining yutug`i shundaki, unda mehnat o`quv va malakalarini shakllantirishning didaktik jihatdan asoslangan, psixofiziologik qonuniyatlarga mos keladigan ketma-ketligi: mehnat usuli – mehnat operatsiyasi – mehnat jarayoni birinchi marta ishlab chiqilgan va qo`llanilgan.

    Bu tizimda o`quvchilarga kasb ta`limi berish besh davrga bo`linadi:

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    27 

    1. Asosiy mehnat faoliyati va harakatlarini o`zlashtirish bo`yicha mashq mashg`ulotlari.

    2. Mehnat usullarini o`zlashtirish bo`yicha mashqlar. 3. Mehnat operatsiyalarini bajarishga doir o`rganish mashqlari. 4. O`quvchilarni maxsus tanlangan buyumlar ustida ilgari o`zlashtirilgan

    mehnat operatsiyalarini operatsiyalar kompleksiga birlashtirishga o`rganish. 5. Mustaqil davr, bunda o`quvchilar ayni kasbga doir xarakterli bo`lgan buyumlarni tayyorlaydi. Operatsiya-buyum motor-mashq tizimlarining kamchiliklari va yutuqlari

    o`rganilib, operatsion kompleks tizimi yuzaga keldi. Bu tizimga asosan o`quvchi avval 2-3 ta ketma-ket operatsiyalarni o`zlashtiradi, so`ng shu

    operatsiyani ichiga olgan kompleks ishlarni bajaradi. Mehnat operatsiyalarini o`zlashtirish va ularni kompleks ishlarda qo`llash ta`limning 1-bosqichidagi asosiy vazifadir. Ikkinchi bosqichda o`quvchilar ishlab chiqarishdagi unumli mehnatga qo`shiladilar. Masalan, kiyim tikishda qo`llaniladigan barcha turdagi yengni, yoqani, mayda qismlarini tikishni o`rgatib bo`lingandan so`ng uni kiyimda qo`llash bajariladi. Kamchiligi: o`quvchi o`zi ishining natijasini juda uzoq vaqtdan so`ng ko`radi. Natijada qiziqish susayadi. Hozirgi vaqtda o`quv ustaxonalarida amaliy ishni bajarish jarayonida operatsiya-buyum tizimidan foydalaniladi, chunki operatsiyani alohida o`rganish rejalashtirilgan va dasturda ko`rsatilgan buyum xilini mahalliy sharoitga qarab o`zgartirish mumkin.

    Kasb-hunar ta`limi didaktik tizimlarini takomillashtirish. Keyingi yillarda o`quv ustaxonalarida konstrukcion-texnologik tizim bo`yicha mashg`ulotlar tashkil etiladi. Bu tizimning etakchi g`oyasi o`quvchilarni ijodiy faoliyatini oshirishdan iboratdir. O`quvchi biror buyumni tayyorlashdan avval uning loyihasi va ishlov berish jarayonini amalga oshirishi kerak bo`lgan sharoitga olib kiriladi. O`quvchi biror kiyimni tikish uchun avval o`lchov olishi, asos chizmasini chizishi, andoza tayyorlashi, modellashtirish, andozani gazlamaga joylashtirib, buyumni bichishi va tikish kabi murakkab jarayonni bajaradi. Bu jarayonni bajarishda o`quvchilarni ijodiy faoliyatlari ortib boradi. O`quvchilarni ijodiy faoliyatlarini ortishi uchun yaratiladigan hamma narsalar zo`r berib mehnat qilishni taqozo etadi. Ijodiy ishga idrok qilish yo`li bilan emas, balki fikrlash faoliyati orqali erishiladi. Ijodiy ishlash jarayoni g`oyani paydo bo`lishi, ijodiy masalani vujudga kelishi, masalan yechish, echimni amalda qo`llash bosqichlariga bo`lish mumkin.

    O`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini amalga oshirishda pedagogic rahbarlik katta ahamiyatga ega.

    1. O`quvchilarni har xil savol va masalalarni mustaqil hal qilish imkoniyatlaridan

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    28 

    iborat faoliyatga qatnashtirish – o`quvchilarning ustaxonalardagi faoliyati har xil xarakterda bo`lishi va shunga ko`ra turli darajadagi fikrlash faolligida amalga oshirish mumkin.

    2. O`quvchilarni ijodiy g`oyaga keltirish yoki ular oldida to`g`ridan-to`g`ri ijodiy xarakterdagi savol va masalalarni qo`yishi – o`quvchilarga texnik ijodkorlik uchun topshiriqlardagi imkoniyatlari va ulardan foydalanishni anglatish lozim.

    3. O`quvchilarni fan va ishlab chiqarish asoslariga oid bilimlarini faollashtirish va qo`llashga undash – o`quvchilarga fan va ishlab chiqarish sohasidagi turli usul va uslublardan foydalanib, bilim, amaliy ko`nikma va malakalarini shakllantirish.

    4. O`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rag`batlantirish – o`qituvchining maqtashi, eng yaxshi ishlar ko`rgazmasini tashkil qilish, devoriy matbuotda o`quvchilarning yutuqlarini ommalashtirish va hokazolar bilan ijodiy faoliyatni rag`batlantirish mumkin. O`quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan mehnat topshiriqlari mazmuni bo`yicha Konstruksiyalash yoki loyihalash; texnologik jarayonlarni tuzish; mehnatni to`g`ri tashkil etish guruhlariga bo`linadi. Texnik ijodkorlikni rivojlantirishni eng sodda topshiriqlardan boshlash va o`quvchilarning mustaqilligini orttirish, ular buyumlarni konstrukciyalay oladigan, texnologiyani ishlab chiqa oladigan, o`z mehnatlarini uyushtiradigan bo`lishi uchun mazkur topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirib borishi kerak.

    NAZORAT SAVOLLARI 1. Buyum (predmet) tizimi qanday tizim? 2. Operatsiya tizimi qanday tizim? 3. Motor mashq tizimi bilan operatsion- kompleks tizimining farqli tomonlarini yozing. 4. Operatsiya buyum tizimining afzalliklarini yozing. 5. Operatsion-kompleks tizimi va konstruksion-texnologik tizimini taqqoslang. 6. Konstruksion-texnologik tizimining afzalliklarini yozing. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. “Sharq” Toshkent., 1998 y. 64 b. 2. Davlatov K., Vorob`yov A., Karimov I. Mehnat va kasb ta`- limi nazariyasi hamda metodikasi. “O`qituvchi” Toshkent., 1992 y.320 b. 3. Olimov Q.T. va boshqalar Kasb ta`limi uslubiyati “Iqtisod moliya” Toshkent., 2006 y. 192 b.

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    29 

    4-MAVZU: “DIDAKTIKA” ATAMASI, DIDAKTIKA METODIKA ORASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK

    REJA: 1. Didaktikaning vazifalari va ahamiyati, asosiy tushunchalari 2. Didaktika metodika orasidagi o‘zaro bog‘liqlik 3. Didaktik sakkiz burchak.

    “Didaktika” so‘zi grekcha “Didasko” so‘zidan olingan bo‘lib, “O‘qitish, o‘rgatish” degan ma’noni bildiradi. Didaktikaning o‘rganish ob’ekti o‘quv jarayoni, o‘quv jarayonining rivojlanish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari va shakllaridir. Ta’lim jarayonining asosiy mohiyati tarixan to‘plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga etkazish, avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ma’lum tizim orqali amalga oshirish bo‘lib hisoblanadi.

    Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o‘qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo‘lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo‘lganda ham shunday bo‘lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo‘lganida ham shunday bo‘lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o‘rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o‘z nazariyasiga ega bo‘lmadi. Faqatgina XVII asr bu qda muhim o‘zgarishlar olib keldi: aynan o‘sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.

    Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” mahnosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni o‘rganuvchi fan. Bu so‘z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volg‘fgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi. Bu tushunchani shunga o‘xshash usulda buyuk chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-

    Tayanch tushuncha va iboralar: Didaktika, fan, texnika, fikrlash operatsiyalari, ta’lim-tarbiya, bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish, dunyoqarashni, ishonch, e’tiqod, tarbiyalash, ichki imkoniyat, qobiliyat, rag‘batlantirish, qiziqtirish, savol, topshiriq, muammo.

     

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    30 

    dars tizimi borasida so‘z yuritadi.Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o‘rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko‘rsatadilar. Xozirgi davrda didaktika o‘qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika qsi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo‘yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning Ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o‘rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o‘qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha bo‘lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog‘liq.

    Ko‘pchilik olimlar ta’lim obhekt deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar.

    Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida ehtirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi - o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi - boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.

    Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o‘quvchining o‘quv materialiga bo‘lgan munosabati, yahni, bilimlarni o‘rganish munosabatini asosiy deb ehtirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko‘p.

    Darhaqiqat, o‘qish, o‘rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, yahni, ijtimoiy tajribani berish, o‘rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlar etakchi o‘rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.

    Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o‘rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o‘quvchining bilimni o‘zlashtirishlarini tahminlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, Ma’lum ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.

    Didaktikaning vazifalari.quyidagilardan iborat ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish; ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, yahni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; ta’lim jarayoni uchun xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash.

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    31 

    Didaktika nazariy va bir vaqtning o‘zida mehyoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.

    O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo‘llash mehyorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-mehyoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.

    Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi. Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:

    1) falsafiy tushunchalar; 2) xususiy ilmiy, yahni, muayyan fangagina xos bo‘lgan tushunchalar. Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-

    qarshilik”, “bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo‘llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element” kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:

    1) ta’lim - o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon;

    2) dars – bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli;

    3) bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

    4) ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.

    5) o‘quv fani – ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan hamda o‘zida muayyan fan qsi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.

    6) ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda Ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.

    Didaktikada “idrok etish”, “o‘zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo‘lgan tushunchalar ham qo‘llaniladi.

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    32 

    Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to‘ldirilib borilmoqda.

    Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta’lim, bilim, ko‘nikma, malaka, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta’lim natijasi.

    So‘nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.

    1) bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, Ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy Ma’lumotlar majmui;

    2) bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

    3) ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati; 4) malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan

    shakli; 5) ta’lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy

    ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon;

    6) ta’lim metodlari – ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini tahminlovchi usullar majmui;

    7) ta’lim mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;

    8) ta’lim vositalari – ta’lim samaradorligini tahminlovchi obhektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, harita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompg‘yuter va boshqalar) va subhektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;

    9) ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon;

    10) ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda Ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;

    11) ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi etakchi g‘oya;

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    33 

    12) ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;

    13) ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;

    14) ta’lim tizimi – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari majmui.

    Hozirgi davr didaktikasi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari (konsepsiyasi).Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik

    tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi. Didaktik tizim (yunoncha «systema» – yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) – Ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash, ajratib ko‘rsatish demakdir. U ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar:

    1) an’anaviy; 2) progressiv; 3) zamonaviy. Ta’lim nazariyasida YA.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning

    didaktik konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega. An’anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) nomi bilan bog‘liq. U YA.A.Komenskiyning sinf-dars anhanaviy tizimini tanqidiy nuqati nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta’lim tizimini yaratdi. I.F.Gerbart ta’lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat. o‘quvchilarning intellektual rivojlanishini tahminlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.

    Progressiv (pedotsentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rolg‘ o‘ynashini ehtirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dg‘yui tizimi, G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.

    Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo‘lingan axborotlarni etkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o‘zlashtirishda samaradorlikka erishish g‘oyasini ilgari suradi. Mazkur g‘oya keyinchalik dasturiy ta’lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o‘quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.

    D.Dg‘yuining nazariy g‘oyalari muammoli ta’limning asosi bo‘lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta’lim deb nomlanuvchi, ushbu g‘oya o‘qituvchi

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    34 

    rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o‘quvchilarning faollik va mustaqilliklarini tahminlashga erishishni nazarda tutadi. Muammoli ta’limning vazifasi faol o‘rganish jarayonini rag‘batlashtirish, o‘quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

    L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g‘oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g‘oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.

    Psixolog L.S.Vo‘gotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan “YAqin rivojlanish zonasi” g‘oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko‘ra bola kattalar yordamida bilim olib, o‘zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.

    O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik g‘oyalarga muvofiq tashkil etilishi e’tirof etilgan.

    Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, uning shaxsini, obro‘si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud istehdodini rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik, ta’lim dasturlarini tanlashda o‘quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.

    NAZORAT SAVOLLARI 1. “Didaktika” tushunchasini ta’riflab bering. 2. Didaktikaning predmeti va ob’ekti nimalardan iborat? 3. Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 4. Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar? 5. Didaktik konsepsiyalardan qaysilari bilan tanishsiz? 6. Rivojlantiruvchi konsepsiyaning mohiyati nimadan iborat? 7. Zamonaviy didaktik tizimning o‘ziga xos belgilari nimalardan iborat?

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    35 

    5-MAVZU:O‘QITUVCHINING ASOSIY VAZIFALARI

    REJA: 1. O‘qituvchining o‘quv ishlari. 2. Ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirishda o‘qituvchining uslubiy ishlarini

    ahamiyati 3. Mutahassislik fan o‘qituvchisining malakasi. 4. O‘qituvchining metodik ishlari.

    1.O‘qituvchining o‘quv ishlari.O‘quv faoliyati shaxsning yangi bilim, malaka

    va ko‘nikmalarni egallash jarayonidir. O‘quv ishlari bu ta’lim-tarbiya jarayonida olib boriladigin nazariy, amaliy va labaratoriya mashg‘ulotlaridagi o‘qituvchi faoliyatidirir.

    O‘quv ishlari usullari bu tushuncha o‘rganish jarayonining samaradorligini belgilaydigan malaka jarayoniga oid sohani o‘z ichiga oladi. SHundan kelib chiqqan holda ishlarning umumta’lim usullarini farqlaydi: o‘quv faoliyatini rejalashtirish, o‘quv faoliyatini tashkil etish, axborotni idrok qilish, fikrlash faoliyatini, o‘quv faoliyati natijalarini baxolash va anglash malaka va ko‘nikmalari. Ta’lim oluvchining fikrlash faoliyati jarayonida bosh natija bilim, malaka va ko‘nikmalarning shakllanganligidir.

    Ba’zi o‘qituvchilar talabalarning bilmlarni o‘zlashtirish darajasini shakllantirmay turib dars o‘tipshlari salmoqsizdir lekin to‘g‘ri. Aksariyat hollarda ma’ruzachi pedagoglar o‘qitish usullarini yaxshi biladilar lekin talabalarning o‘zlashtirish darajasiga ahamiyat bermaydilar. SHuning uchun talabalarda mavzuning mazmun mohiyatni tushunish uchun tushuncha yo‘q. O‘quvchilarda tushuncha hosil qilish uchun yoritilayotgan bilimlarni soddalashtirish orqali ular yaxshi xis etadigan jarayonni aniq tushuntirish va ular ongida tushunchalarni shakllantirish kerak. Marton va But ning fikricha o‘zlashtirish

    - abstrak tamoyillarni egallash; - isbotni tushinish; - xaqiqiy ahborotni tushunish; - usullarni egallash; - usullar va yondoshuvlar; - tan olish; - fikrlash;

    Tayanch tushunchalar: uslubiy ishlar, modellashtirish, lavozim vazifalari, Mutaxassislik malakasi, Pedagogik malaka, SHaxsiy layoqat, Ijtimoiy layoqat, muhandis-pedagog, Uslubiy kengash, Konsultatsiyalar, metodik ishlar, jamoaviy metodik ishlar, shaxsiy metodik ishlar, o‘qituvchining yillik ish rejasi

     

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    36 

    - anglash; - g‘oyalarni taxlil qilish; - ahloqni rivojlanishi; - xodisa xosliklarni o‘z ichiga oladi/ Ko‘p yillik izlanishlarga ko‘ra, o‘qitishda bilimlarni amaliy o‘zlashtirish

    jarayonini uyushtirish onson emas3. 2. Ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirishda o‘qituvchining uslubiy

    ishlarini ahamiyati.O‘qituvchining kasbiy pedagogik mahoratini takomillashtirishning qismi, uning imliy-uslubiy ishi hisoblanib, u quyidagilarni nazarda tutadi, ya’ni to‘plangan tajribalarni tahlil, tizimlashtirish va umumlashtirishdir. Uslubiy ish – o‘qituvchini majburiyatlaridan biri hisoblanib, maxsus fanlardan o‘qitish metodiksini ishlab chiqish va takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Uning natijasi bo‘lib o‘quv mashg‘ulotlarida fan bo‘yicha topshiriqlar va vazifalar majmui, didaktik materiallar, o‘quv-ko‘rgazmali qurollarni yaratishdan iborat bo‘ladi.

    Uslubiy ish- bu ilm-fan va ilg‘or pedagogik tajribalarning yutuqlariga va har bir o‘qituvchini kasbiy bilimdonligini va kasbiy mahoratini har tomonlama oshirishga yo‘naltirilishga asoslanuvchi, amaliy tadbirlarning maxsus majmuidir [3].

    Uslubiy ishlar keng miqyosdagi muammolarni qamrab oladi, bular: mutaxassislarni kasbiy faoliyati tahlili; asosiy mehnat ishlari va kasbiy

    malakalarini aniqlash (mutaxassis faoliyatini modelini ishlab chiqish); o‘quv jarayonida mutaxassisni kasbiy faoliyatini modellashtirish

    (mutaxassisni kasbiy tayyorgarlik modelini ishlab chiqish); zarur ko‘nikmalarni egallash uchun topshirqlar majmuini ishlab chiqish,

    o‘qitish mazmunida uning o‘rnini aniqlash; o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish; o‘qitish mazmunida (aniq soha mutaxassisligida) ilm-fan, ishlab chiqarish

    sohalaridagi rivojlanish bashoratlarini aks ettirish; o‘quvchilarni fikrlash faolligini rivojlantirishni ta’minlovchi, ta’limning shakl

    va usullarini (muammoli ta’limning shakl va usullari) takomillashtirish; o‘quvchilarni fikrlash faolligini va mustaqilligini rivojlantirishni

    ta’minlovchi, ta’limning shakl va usullarini (o‘quvchilarning mustaqil ishlarining shakl va usullari) takomillashtirish;

    ta’limni individuallashtirish (individual topshiriqlar va ishlar, jamoaviy shakldagi ishlarda topshiriqlarni individuallashtirish, individual o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘qitish);

                                                                3 A Handbook for Teaching and Learning in Higher Education Enhancing Academic Practice 2008, p.8

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    37 

    didaktik materiallarni (dasturlashtirilgan ta’lim uchun o‘qituvchi dasturlar, topshiriqlar majmui, mashqlar, ishbilarmon o‘yinlar, tahlil uchun ishlab chiqaruvchilik vaziyatlar bayoni) ishlab chiqish.

    Aniq mavzuni tanlash pedagogik mahoratdan kelib chiqadi. Tajribali o‘qituvchi o‘zining ishini va hamkasbini ishini tahlil qilishi va umumlashtirishi mumkin, u mustaqil ravishda, o‘zining ijodiy imkoniyatlarini qo‘llab ta’limning yangi usullarini ishlab chiqishi mumkin. SHu bilan birga o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablardan biri shuki, u o‘zining fanini chuqur bilishi, uning metodikasini o‘zlashtirib olgan bo‘lishi kerak. Fan va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o‘quvchilarga etkaza olishi o‘quvchilarni shu fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. O‘quvchilar o‘qituvchi bilimining ularga etkaza olish imkoniyatlarini qadrlabgina qolmay, balki uning shu fanga bo‘lgan qiziqishini, uning fidoyiligini taqdirlashadi.

    Oliy ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o‘qituvchilari barcha o‘qituvchilarga qo‘yilgan talablar bilan birga bevosita faoliyat yo‘nalishlariga oid quyidagilarni bilishlari va uddalay olishlari lozim:

    Oliy ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o‘quv ishlab chiqarish jarayoni va amaliyotlarini nazariy-metodologik, pedagogik asoslarini;

    o‘qitilayotgan umumkasbiy fanlar va maxsus fanlar, ishlab chiqarish ta’limi va amaliyoti bo‘yicha tarmoq ta’lim standartlari talablarini;

    mutaxassislik yo‘nalishiga oid fanlar bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyotini rejalashtirish, loyihalashtirish, tashkillashtirish, boshqarish, takomillashtirish, nazorat qilish asoslarini hamda ularga oid me’yoriy

    hujjatlarni yurtilishini; o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotining dolzarb muammolari va ularni

    echish usullarini; mehnatni tashkil etishni ilmiy asoslarini; iqtisod sohasiga oid mehnat qonunchiligini; o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabat odob-ahloq me’yorlarini va muomala

    madaniyati asoslari va shu kabilarni. Uslubiy ishning asosiy maqsadi- bu o‘qituvchilar malakasini uzluksiz oshirish,

    aniq bir fan doirasida uning bilimdonligini oshirishdan kelib chiqib, uning asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin, ya’ni ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

    o‘qituvchilarni kasbiy va madaniy darajalarini oshirish; uning xizmat va jamoat ishlari faolligini rag‘batlantirish; o‘qitayotgan o‘quv fani sohasidagi bilimlarini yangilash va

    takomillashtirish; ilg‘or-pedagog va ijodiy ishlovchi o‘qituvchilar g‘oyasi asosida pedagogik

    va uslubiy mahoratini takomillashtirish;

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    38 

    o‘quvchilar bilan o‘zaro harakat usul va yo‘llarini insonparvarlik, oshkoralik va erkinlak prinsiplarida takomillashtirish;

    o‘quvchilarni mashg‘ulotda va darsdan tashqari vaqtlarida ijodiy, mustaqil ishlari bo‘yicha faoliyatlarini takomillashtirish;

    umumiy holda ta’lim jarayonini tahlil qilish va shu bilan birga o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘z faoliyatini o‘zi tahlil qila olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

    ilg‘or pedagogik tajribani aniqlash, umumlashtirish va tatbiq etish; o‘qituvchilarni sodda va tushunarli bo‘lgan uslub asosida tadqiqotchilik

    faoliyatiga qatnashtirish. Uslubiy ishlar shakli quyidagicha bo‘ladi: pedagogik o‘qishlar va anjumanlar; ochiq o‘vuv mashg‘ulotlari va tarbiyaviy tadbirlar; uslubiy birlashmalarning seminarlari; ijodiy ishlar ko‘rigi; uslubiy ko‘rgazma, kabinetlarni tashkillashtirish; uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish; seminar-amaliyotlar; ilmiy, texnik, pedagogik, iqtisodiy va boshqa adabiyotlar sharhi; maxsus mashg‘ulotlar va boshqa shakllar. Uslubiy ishlar odatda yakka

    tartibda va jamoaviy shakllarda tashkil etilib, quyidagilarni ko‘zda tutadi: - ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish maqsadida targ‘ib qilish; - o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish; - axborot resurs markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish; - o‘qituvchilarga o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlariga shart-sharoit yaratish;

    Uslubiy ishlarga quyidagi talablar qo‘yiladi. G‘oyaviy yo‘nalganlik - uslubiy ishlar zamon talablariga hamnafas chuqur g‘oyaviylikka ega bo‘lishi kerak. Mustaqil O‘zbekiston respublikasining kelajagi buyuk davlat ekanligini o‘quvchilar ongiga singdirish, tarbiya asosida milliy mustaqillik g‘oyalari bilan sug‘orilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Buning uchun yoshlar bilan ishlayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilar bilan olib boriladigan metodik ishlarning mazmuni ham davr va istiqbol talablari darajasida bo‘lishi muhimdir. Ilmiylik - uslubiy ishlarni ilmiy g‘oyalar, nazariyalarga tayangan holda olib borishni ko‘zda tutadi. SHuninguchun o‘qituvchilar o‘quvchilarning psixologiyasi, fiziologiyasi va gigienasini o‘qitadigan o‘quv predmeti mazmunini, ta’lim-tarbiya nazariyasi qonuniyatlari, prinsiplari, tashkil etish shakllari, o‘qitish metod va vositalarini har tomonlama mukammal bilishi zarur. Ular kasbiy pedagogik mahoratlarini oshirishlari uchun muntazam ravishda o‘z ustida mustakil ishlab ijod qilishi kerak. Maqsadga muvofiqlik va tizimlilik-dolzarb pedagogik muammolarning maqbul echimlarini topishni rejalashtirishda shart-sharoit, imkoniyat, talablar muvofiqligini

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    39 

    ta’minlash va amalga oshirish tizimini yaratishda o‘z ifodasini topadi. Ijodiylik va mustaqillik-o‘quv yurti rahbariyati har bir fan o‘qituvchilarining o‘z qobiliyati va iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoit yaratib ko‘mak berishlarini ko‘zda tutadi.

    CHunki uslubiy ishlar ijodkorlik, faollik, ilg‘orlikka asoslangandagina ko‘zlangan natijalarni beradi. Ta’sirchanlik va oshkoralik - uslubiy ishlarning ta’sirchanligi eng avvalo o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish sifati bilan aniqlanadi. Agar o‘quvchilarda shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalari sifatida ijobiy siljishlar bo‘lmasa, uslubiy ishlarning samarasi past hisoblanadi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yish mumkin emas. SHuning uchun uslubiy ishlarning ta’sirchanligi ko‘p jihatdan rejalashtirilishiga, rejalarining aniqligiga, amalga oshirilgan ishlarning hajmiga va boshqa omillarga bog‘liq. SHuningdek, o‘quv yurtlarida uslubiy ishlarni tashkil etish va boshqarishda oshkoralikka e’tiborni qaratish zarur bo‘lib, bunda har bir o‘qituvchi mehnatining natijalarini o‘z vaqtida xolisona ko‘rsatish, rag‘batlantirish, tanqid qilishni me’yorida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Odatda uslubiy ishlar ma’lum aniq rejaga binoan bajariladi. Bu holat ayrim ishlarni bir necha marta takrorlanishini bartaraf etib, o‘qituvchilar o‘rtasida ishlarni maqbul taqsimlanishini ham ta’minlaydi

    O‘quv yurtlarida uslubiy ishlarning umumiy rejasida ilmiy-pedagogik kengash, uslubiy kengash, seminar-amaliyotlar ochiq darslar, pedagogik o‘qishlar, ilg‘or pedagogik tajriba maktablari kabi o‘z ifodasini topadi.

    SHu bilan birga o‘qituvchilar uslubiyotchi va mutaxassis sifatida bir necha talablarga rioya qilishi talab etiladi (2-rasm).

    O‘qituvchilar uslubchi va mutaxassis sifatida quyidagi talablarga rioya qilish

    kerak: psixologik-pedagogik bilimlar yuzasidan malaka, mahorat va ijodkorlik

    faoliyatlarini boyitish, kengaytirishi; ijtimoiy bilimlarni boyitish, kengaytirish, yangilashi;

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    40 

    kasbi bo‘yicha tajriba oshirish zaminida tayyorgarlik; ishning oxirgi natijalariga qarab, o‘z faoliyatini nazorat qilish qobiliyatiga

    ega bo‘lish, hamkasblari bilan doimo kelishishga intilishi; yangiliklarga intilishda ijodiy imkoniyatlarni ma’lum bir tizimga keltirib,

    ular yuzasidan ko‘nikma hosil qilish hamda ularni tezlik bilan hal etish, axborotlarni mustaqil qabul qilish va baholash, xulosa chiqarish, natijalarni baholash, farazlarni ifodalash, ularni mujassamlashtirib, noan’anviy qaror qilishidir.

    2. Mutahassislik fan o‘qituvchisining malakasi. Kasb-hunar ta’limi tizimida kichik malakali mutaxassislarni tayyorlash ko‘p jihatdan Ixtisoslik fan o‘qituvchilari va muhandis-pedagoglarning layoqatlariga bog‘liqdir. Ishlab -chiqarish ta’limi jarayonida kasbiy- pedagogik ko‘nikma va malakalar tizimi yaratiladi, o‘quvchilar kerakli ishlab iqarish tajribasiga, kasbiy mahoratga ega bo‘ladilar. SHuning uchun kasb-hunar kollejlari Ixtisoslik fan o‘qituvchilari va muhandis-pedagoglari ishlab chiqarish jarayonining va o‘z mehnat faoliyatining mazmunini aniq tasavvur etishi lozim.

    Hozirda kasb-hunar ta’limi tizimiga har yili Ixtisoslik pedagogika ma’lumotiga va ta’lim-tarbiya ish tajribasiga ega bo‘lmagan yangi muhandis-pedagoglar, ya’ni korxonalarning malakali ishchilari, oliy va o‘rta. Kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan muhandis-pedagoglar mutaxassislik malakasiga hamda pedagogik malakaga ega bo‘lishi lozim (3-chizma).

    3-chizma. Mutahassislik fan o‘qituvchisining malakasi. Mutaxassislik malakasi deb, Mutahassislik fan o‘qituvchilari va muhandis-

    pedagogning ixtisoslik soha bo‘yicha ko‘nikma va malakalari nazarda tutiladi. Ularning malakalarining ikkinchi qismi «Kasbiy pedagogika» bilim sohasiga tegishli bo‘lib, pedagogik malakalarini o‘z ichiga oladi. CHunki o‘quv jarayoni faqatgina bilim berishga asoslanib qolmasdan, balki ta’lim va tarbiya psixologiyasi bilan uzviy bog‘langan.

    Bu esa ulardan psixologiya, mehnat pedagogikasi, kasbiy pedagogika, iqtisod asoslarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish asoslari bo‘yicha ham malakalarga ega bo‘lishini talab etadi. Mutaxassislik va pedagogik malakalar bilan

    Мутахассислик малакаси

    Педагогик малака

    МУТАҲАССИСЛИК ФАН ЎҚИТУВЧИСИНИНГ MALAKASI

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    41 

    bir qatorda Ixtisoslik fan o‘qituvchilari va muhandis-pedagoglarda shaxsiy va ijtimoiy layoqatlarning ham bo‘lishi talab etiladi (4-chizma).

    4-chizma.Mutahassislik fan o‘qituvchisining layoqatlari.

    SHaxsiy layoqatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘zini tutishi, shaxsiy ijodkorlik, mas’uliyatlilik va boshqalar. Ijtimoiy layoqatlarga tashkilotchilik qobiliyati, o‘quvchilar bilan munosabat, jamoa bilan munosabat kiradi. Bundan tashqari o‘qituvchi va muhandis- pedagoglar rahbarlik qobiliyatlariga ham ega bo‘lishlari lozim. CHunki Ixtisoslik fan o‘qituvchilari va muhandis-pedagoglar faqat o‘quv ishlab chiqarish faoliyatini bajaribgina qolmay, balki guruhlarga rahbarlik qiladilar.

    Oliy va o‘rta Ixtisoslik ta’lim Vazirligi tomonidan 2001 yil 16 noyabrda tasdiqlangan «O‘rta Ixtisoslik, kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbar, pedagog va muhandis-pedagog xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risida»gi Nizomda o‘qituvchining va kasbiy ta’lim o‘qituvchisining lavozim majburiyatlari aniq bayon qilingan.

    Mutahassislik fan o‘qituvchisining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:

    o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, mahorat va malakasini rivojlantirish;

    tanlangan kasb va ixtisosligi o‘quv fanlari bo‘yicha chuqur bilimlarni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;

    ta’lim jarayonida o‘qitishning samarali usulllari, vositalari va shakllarini, yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llash;

    o‘qitadigan fani bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni, tugarak mashg‘ulotlarini tashkil qilish;

    o‘quvchilarni bilim sifati, o‘zlashtirish darajasi va davomatini nazorat qilish; o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash; o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash; o‘quv xonalarini jahon standartlari va dizayn talablari darajasida jihozlashda

    qatnashish; ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va qo‘llash;

    ИХТИСОСЛИК ФАН ЎҚИТУВЧИСИНИНГ

    Шахсий лаёқат Ижтимоий лаёқат

  • KASBIY TA’LIM METODIKASI

    42 

    muntazam ravishda malakasini oshirish. Bilishi zarur: O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash

    milliy dasturi» to‘g‘risidagi qonunl