abdumuratov umarjon alisherovich tijorat …el.tfi.uz/images/abdumuratov_bmi_uz_bd4d5.pdf · -...

78
0 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYAVIY MENEJMENT FAKULTETI MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH «TIJORAT BANKLARIDA STRATEGIK BOShQARUVNING AHAMIYATI» 5230200 “Menejment” bakalavriat ta’lim yo’nalishi “HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” Fakultet dekani _____________i.f.n.,dots.O.Astanakulov “_____”__________________2017 yil “HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” “Menejment va marketing” kafedrasi mudiri _____________i.f.n.,dots.X.Asatullayev “_____”__________________2017 yil Bitiruvchi: 5230200 “Menejment” bakalavriat ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Abdumuratov Umarjon Alisherovich _______________ Ilmiy rahbar: _____________ o’q.S.Mamurov TOShKENT - 2017

Upload: others

Post on 14-Oct-2019

64 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

0

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MOLIYAVIY MENEJMENT FAKULTETI

“MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI

ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH

«TIJORAT BANKLARIDA STRATEGIK BOShQARUVNING

AHAMIYATI»

5230200 – “Menejment” bakalavriat ta’lim yo’nalishi

“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”

Fakultet dekani

_____________i.f.n.,dots.O.Astanakulov

“_____”__________________2017 yil

“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”

“Menejment va marketing” kafedrasi

mudiri

_____________i.f.n.,dots.X.Asatullayev

“_____”__________________2017 yil

Bitiruvchi: 5230200 – “Menejment” bakalavriat ta’lim yo’nalishi 4-kurs

talabasi Abdumuratov Umarjon Alisherovich

_______________

Ilmiy rahbar:

_____________ o’q.S.Mamurov

TOShKENT - 2017

Page 2: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

1

Men, Abdumuratov Umarjon Alisherovich ushbu bitiruv malakaviy ishini

mustaqil bajardim, ko’chirmachilik holati yo’qligiga javob beraman.

Ko’chirmachilikka yo’l qo’ygan holatimda bitiruv malakaviy ishi Yakuniy Davlat

Attestatsiyasi komissiyasi raisi taqdimnomasiga asosan bekor qilinishi va

“qoniqarsiz” baho qo’yilishi bilan tanishganman.

_________________________________ Abdumuratov Umarjon Alisherovich

Page 3: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

2

MUNDARIJA

bet

KIRISH.........................................................................................................

3

1- BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA STRATEGIK

BOSHQARUVNING NAZARIY ASOSLARI......................

6

1.1 Strategiya va strategik boshqaruv tushunchasi, mazmuni va

mohiyati……………………………………………………….

6

1.2 Tijorat banklari faoliyatida strategik boshqaruvning ahamiyati

va amalga oshiriladigan strategiya turlari…………………….

16

1.3 Tijorat banklari faoliyatini samarali strategik boshqarishning

davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi……………………….

23 1- bob bo’yicha xulosa………………………………………... 29

2- BOB. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT (TIF) MILLIY

BANKI MIROBOD FILIALINING STRATEGIK

BOSHQARUV FAOLIYATI HOLATI TAHLILI. ……….

30

2.1 TIF Milliy banki Mirobod filialining strategik boshqaruv

faoliyati holati…………………………………………………

30

2.2 TIF Milliy banki Mirobod filialining strategik boshqaruvidagi

moliyaviy ko’rsatkichlari va SWOT tahlili……………………

38

2.3 TIF Milliy banki Mirobod filialining strategik boshqaruvidagi

mavjud muammolar va ularni hal qilishning asosiy

yo’nalishlari…………………………………………………...

52

2 - bob bo’yicha xulosa………………………………………. 58

3- BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI STRATEGIK

BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH.......................

59

3.1 Tijorat banklari faoliyatida samarali strategik boshqaruvni

amalga oshirish yo’llari……………………………………….

59

3.2 Tijorat banklari faoliyatini strategik boshqarishni

takomillashtirishning xorij mamlakatlari tajribasi……………

64

3- bob bo’yicha xulosa……………………………………….. 69

XULOSA.......................................................................................................

70

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI............................... 73

Page 4: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

3

KIRISH

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimiz

iqtisodiyotining muhim bo’ginlaridan biri hisoblangan bank tizimining samarali

faoliyat ko’rsatishi iqtisodiyotning yanada rivojlanishiga yo’l ochib berad. Bunda

esa banklarning kuchli raqobat sharoitida “jon” saqlab qolishi uchun puxta va aniq

ishlab chiqilgan uzoq muddatli rejalar to’plami muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday uzoq muddatli rejani yoki maqsadni strategiya deb atash maqsadga

muvofiqdir.

Ta’kidlab o’tish joizki, so’nggi yillarda bank-moliya tizimida olib

borilayotgan islohotlar samarasida sohada qator ijobiy natijalarga erishib

kelinmoqda. Bunda esa banklar tomonidan ishlab chiqilgan va amalga

oshirilayotgan “bank strategiyasi”ning natijasi desak, mubolag’a bo’lmaydi.

Bank tizimida yuzaga kelayotgan holatlar, bugungi kunda banklarning

strategik menejmenti va marketingini yanada rivojlantirishni talab qilmoqda.

Banklar sonini ko’payishi bu raqobatning kuchayishidir. Bu esa bank

boshqaruvida yangi yangi strategik vazifalar belgilaydi. Shu o’rinda O’zbekiston

Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirish joiz:

“Barchamiz so’zsiz tushunamiz, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o’zgarishlarni

muvaffaqiyatli amalga oshirish eng avvalo iqtisodiy va moliyaviy organlarning

faoliyati samaradorligiga bog’liqdir. Ular yaqin va uzoq istiqbolga mo’ljallangan,

mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga doir strategik vazifalarni

nafaqat ishlab chiqishi, balki amalga oshirishni ta’minlashi zarur”.1

Strategiya korxonaning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun rahbariyat

foydalanadigan tadbir-choralar majmuasidan iborat. Rahbariyat bank faoliyatini

qanday boshqarishni bilish uchun hamda ko’p omilli muhitda muqobil

yo’nalishlardan birini to’g’ri tanlash uchun strategiyani yaratadilar. Rahbariyat

1

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy

dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining

kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.2017 yil 14 yanvar.

Page 5: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

4

foydalanishga qaror qilgan strategiya mavjud biznes o’nalishlaridan biri va

biznesni yuritishni muayyan usuli tanlanganligini ko’rsatadi.

Banklar moliyaviy va strategik maqsadlarni alohida belgilashi lozim.

Moliyaviy maqsadlarning mavjud emasligi, moliyaviy resurslarni yuqori

tavakkalchilik bilan sarflanishiga sabab bo’ladi. Natijada bank faoliyatining

o’sishi va raqobatbardoshligi pasayadi. Banklar strategik maqsadlari shuning

uchun muhimki, ular bankning raqobat mavqeini mustahkamlaydi va biznesning

rivojlanish yo’nalishini ko’rsatadi. Strategiyani yaratish asosiy boshqaruv

muammosini ko’taradi ya’ni, banklarning hozirgi va kelajak imkoniyatlarini

hisobga olib, kerakli natijalarga qanday erishish mumkinligini ko’rsatadi.

Bu esa o’z navbatida bitiruv malakaviy ishi mavzusini dolzarbligini

anglatadi.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy

ishining maqsadi tijorat banklari faoliyatida strategik menejmentning ahamiyatini

va uni samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar ishlab

chiqishdan iborat.

Maqsaddan kelib chiqgan holda, bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalar

belgilab olingan:

- Strategiya va strategik faoliyat tushunchasi, mazmuni va mohiyati va

uning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish;

- Tijorat banklari faoliyatida strategik boshqaruvning ahamiyati va amalga

oshiriladigan strategiya turlari izohlash va o’rganish;

- Tijorat banklari faoliyatini samarali strategik boshqarishning davlat

tomonidan qo’llab-quvvatlanishini o’rganish;

- Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy banki Mirobod filialining strategik

boshqaruv faoliyati holatini o‘rganish;

- TIF Milliy banki Mirobod filialining strategik boshqaruvidagi moliyaviy

ko’rsatkichlari va SWOT tahlil qilish;

- TIF Milliy banki Mirobod filialining strategik boshqaruvidagi mavjud

muammolar va ularni hal qilishning asosiy yo’nalishlari o’rganish;

Page 6: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

5

- Tijorat banklari faoliyatida samarali strategik boshqaruvni amalga oshirish

yo’llarini o’rganish;

- Tijorat banklari faoliyatini strategik boshqarishni takomillashtirishning

xorij mamlakatlari tajribasini o’rganish.

Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib, Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF)

Milliy banki Mirobod filiali hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining predmeti – tijorat banklarida, xususan Tashqi

iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy banki Mirobod filiali faoliyatida strategik boshqaruv

jarayoni va uning o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi.

BMI mavzusining nazariy-amaliy ahamiyati shundan iboratki, tijorat

banklarida strategik boshqaruv faoliyati va u bilan bilan bog’liq muammolar

bo’yicha o’zining muhim hissalarini qo’shgan xorijlik olimlari qatoriga

V.Afanasev, V.A.Rube, L.S.Blyaxman, Yu.Kochevrin, V.Ramzes, L.I.Razumnova,

A.Shulus, V.S.Puchkov, S.Ablyaev, F.Xayek, R.S.Bekov, Z.I.Blagova,

A.A.Irbasheva va boshqalarni alohida ta’kidlab o’tish lozim. Ushbu muammolar

bo’yicha O’zbekiston Respublikasida bank faoliyatini strategik masalalarini

o’rganishda Respublikaning bir qator iqtisodchi olimlari Yo.A.Abdullaev,

Sh.Z.Abdullaeva, T.S.Malikov, O.Olimjonov, X.R.Sobirov, A.G’.Xusanboyev,

O.Rashidov, A.O’.O’lmasov, A.Q.Qodirov, X.Raxmatov, D.G’.G’ozibekovlarni

ko’rsatish mumkin. Iqtisodchi olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy

izlanishlar shuni ko’rsatmoqdaki, tijorat banklarida strategik menejmentni samarali

boshqarish masalalari amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarda va ushbu sohadagi

iqtisodiy adabiyotlarda hamda olimlarning ilmiy asarlarida to’liq o’z ifodasini

topmagan. Demak, bu sohada jiddiy, ilmiy izlanishlar olib borish kerakligini

taqozo etadi.

Bitiruv malakaviy ishining tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv

malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar

ro’yxatidan tashkil topgan.BMI matni 77 betni tashkil etib, unda 8 ta jadval, 10 ta

rasm keltirilgan.

Page 7: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

6

1- BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA STRATEGIK

BOSHQARUVNING NAZARIY ASOSLARI

1.1. Strategiya va strategik boshqaruv tushunchasi, mazmuni va

mohiyati

Strаtegiya - bu qаndаydir bоshqа tаrzdа emаs,

aynаn belgilаngаn tаrzdа хаrаkаt qilish mаjburiyatidir.

Sherоn M. Оster

Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari, xususan moliya sohasining

ajralmas qismi hisoblangan tijorat banklar o’rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi

hamda barqaror o’sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari,

turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo’lgan

ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda. Bu

ishonchning zamirida esa aniq va puxta o’ylangan istiqbolli rejalar va

maqsadlarning to’plami yotadi. Bu rejalar to’plamini esa ta’bir joiz bo’lsa

“strategiya” deb atash maqsadga muvofiqdir.

Strategiya so’zining paydo bo’lishi uzoq o’tmishga borib taqaladi va

yunoncha “strategia”, ya’ni “general san’ati” degan ma’noni anglatadi.2 Buning

sababi o’sha davrda janglarda g’olib chiqish uchun maxsus usullardan foydalangan

holda qarorlar qabul qilishda harbiy boshliqning uzoqni ko’zlay olishi talab

etilgan. Bugungi kunga kelib “strategiya” so’ziga 1000 dan ortiq ta’riflarni

uchratish mumkin.

Strategiya – bu faoliyat turlarining ma’lum dastasini nazarda tutuvchi noyob

va qulay mavqeni yaratishdir. Strategik mavqeni egallashning mazmuni

raqobatchilardan ustun bo’lgan faoliyat turlari dastasini yaratishdan iborat.3

Strаtegiya - tаshkilоtning tаshkiliy vаzifа vа mаqsаdlаrigа erishishdа

fоydаlаnilаdigаn tаshkiliy хаtti-хаrаkаtlаr vа bоshqаruvgа yondаshuvlаri tаrzidir.4

Strаtegiya umumiy tаrzdа firmаning mаvqeini mustахkаmlаsh,

2 www.wikipedia.ru

3 Лапигин Ю.Н. Стратегический менеджмент. Учебное пособие. - M.: Эксмо, 2014. ст.12

4 N.Q. Yo’ldоshev. Strаtegik menejment. O’quv qo’llаnmа. – Tоshkent, TDIU, 2012 y. 8- b.

Page 8: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

7

iste’mоlchilаrning tаlаblаrini qоndirish vа qo’yilgаn mаqsаdlаrgа erishishgа

qаrаtilgаn bоshqаrish rejаsidir. Аniq strаtegiyani tаnlаsh - rivоjlаnishning mumkin

bo’lgаn turli yo’llаri vа usullаri ichidаn eng mаqbulini tаnlаb оlish demаkdir.

Firmаni bоshqаrish rejаsi quyidаgi аsоsiy funktsiya vа bo’linmаlаrni o’z

ichigа оlаdi: tа’minоt, ishlаb chiqаrish, mоliya mаrketing, хоdimlаr, ilmiy

tаdqiqоtlаr vа ishlаnmаlаr. Strаtegik tаnlаsh - bu biznes yechimlаr vа rаqоbаtgа

bаrdоshlilik хаrаkаtlаrini yagоnа tizimgа bоglаsh demаkdir.

Strаtegiyani ishlаb chiqish menejerlаrning аsоsiy funktsiyalаridаn biridir.

Bа’zi menejerlаr kuchli strаtegiya ishlаb chiqаdilаr, birоq uni хаyotgа tаdbiq

etа оlmаydilаr. Bоshqаlаri o’rtаchа strаtegiya ishlаb chiqаdilаr vа uni mохirоnа

аmаlgа оshirаdilаr. Strаtegiya qаnchаlik yaхshi o’ylаngаn vа mохirоnа аmаlgа

оshirilgаn bo’lsа, kоmpаniyaning mаvqei shunchаlik kuchаyadi. Bоshqаrish

yaхshi tаshkil etilgаn kоmpаniyalаr hаm kutilmаgаn nохush vаziyatlаrgа duch

kelаdi. Pirоvаrd nаtijаdа yaхshi strаtegiya bоzоrdа kuchli mаvqeni egаllаsh,

kutilmаgаn хоlаtlаrgа, kuchli rаqоbаtgа vа ichki muаmmоlаrgа qаrаmаy

muvаffаqiyatli ishlаshgа zаmin yarаtаdi.

Strategiyani amalga oshirish bu - amaliy ma’muriy ish bo’lib, tashkil etish,

moliyaviy rejalashtirish, kerakli siyosatni yuritish, motivlarni va kompaniya

madaniyatini hamda boshqarish usullarini yaratish, qisqasi kompaniya

maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi hamma harakatlar majmuasidan

iborat.

Strategiyani yaratish va amalga oshirish jarayoni o’zaro bog’liq beshta

vazifani yechishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi (1-rasm)5:

1. Korxona qanday biznesda faoliyat ko’rsatadi, strategik tasavvurni

shakllantirish ya’ni: missiyani va maqsadlarni aniqlash.

2. Strategik tasavvurni va missiyani qayta shakllantirish.

3. Qo’yilgan maqsadlarga erishish strategiyasini yaratish.

4. Tanlangan strategiyani sifatli va samarali tadbiq etish.

5 N.Q. Yo’ldоshev. Strаtegik menejment. O’quv qo’llаnmа. – Tоshkent, TDIU, 2012 y. 12- b.

Page 9: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

8

5. Faoliyat natijalarini baholash, yangi an’analarni aniqlash va uzoq

muddatli rivojlanishga nisbatan moslashtiruvchi harakatlarni belgilash.

Korxonaning ko’rinishi qanday bo’lishi va qanday raqobat mavqeiga ega

bo’lishi lozimligini aniqlash bu korxonaning strategik tasviri yoki ko’rinishi

demakdir. Ushbu hol korxonaning boshqaruv tasviridir. Korxonaning strategik

ko’rinishini va uning missiyasini e’lon qilish bilan birga rahbarlar «maqsadlar his-

tuyg’usini» ijrochilarda shakllantirishlari lozim.

Korxonaning o’ziga xos xususiyatlaridan qat’iy nazar bajarilishi lozim

bo’lgan asosiy talablar mavjud bo’lib, quyidagilardan iborat:

- strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qodir tashkilot tuzish;

- strategik muvaffaqiyatni belgilab beruvchi qadriyatlar zanjiridagi faoliyat

turlariga yetarlicha resurslarni yo’naltirish uchun byudjetlarni qayta ko’rib chiqish;

- strategiyaga mos keluvchi yo’nalish va jarayonlarni belgilash;

- doimiy rejalashtirish va takomillashishni ta’minlash uchun eng yaxshi

Tashkilot-

ning

strategiyasi

ni tasavvur

etish va

uning

missiyasini

yaratish

Maqsadlarni

aniqlash

Maqsadlar-

ga erishish

strategiya-

sini yaratish

Strategiya-

ni amalga

oshirish

Faoliyat

natijasini

baholash,

moslashti-

ruvchi

harakatlarni

amalga oshirish

Zaruriyat

tug’ilsa,

qayta

ko’rib

chiqish

Zaruriyat

tug’ilsa,

qayta

ko’rib

chiqish

Zaruriyat

tug’ilsa,

o’zgartirish

va takomil-

lashtirish

Zaruriyat

tug’ilsa,

o’zgartirish

va takomil-

lashtirish

Zaruriyat

tug’ilsa,

1, 2, 3, 4

vazifalarga

qaytish

1-vazifa 2- vazifa 3 - vazifa 4 - vazifa 5- vazifa

5-

вазифа

1-rasm. Strategik boshqaruvning besh vazifasi.

Page 10: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

9

texnika va amaliyotni joriy qilish;

- rag’batlantirish va mukofotlash tizimini strategiyani yuqori darajada

bajarish va belgilangan maqsadlarga erishi bilan bog’lash;

- strategiyani qo’llab-quvvatlovchi ishchi muhit va korporativ madaniyatni

yaratish;

- strategiyani amalga oshirish va bu jarayonda uni takomillashtirish uchun

zarur bo’lgan ichki rahbarlikni (liderlikni) ta’minlash.

Strategiyaga mos yo’nalishni belgilash - bu asosiy boshqaruv

funktsiyalaridir. Rahbar strategiyaga mos yo’nalishni belgilashda, korxonaning

uzoq muddatli rivojlanish yo’nalishini, samarali strategik harakatlarni yaratishga

intilishi zarur bo’ladi. Belgilangan natijalarga erishish uchun amalga oshiriladigan

strategiyalar korxona faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Agar rahbar korxonani

“Optimal” darajada boshqarilishini istasa, u “optimal” strategiyani “a’lo” darajada

tadbiq etishi lozim.

“Optimal” darajali boshqaruv, rahbarlarning “a’lo” darajadagi strategiyalarni

yaratishi va hayotga tadbiq etishi bilan bog’liqligi tajribalarda isbotlangan. Ba’zi

rahbarlar ajoyib strategiyalarni yaratadilar, lekin, hayotga tadbiq etishda

muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar, boshqa rahbarlar esa o’rtacha strategiyalarni

muvaffaqiyatli amalga oshiradilar. Ikkala holat ham muvaffaqiyatsizlikka olib

keladi. Korxona faoliyati yuqori darajada samarali bo’lishi uchun rahbar

strategiyani sifatli yaratishi va uni sifatli amalga oshirish qobiliyatiga ega bo’lishi

lozim. Samarali strategiyani samarali amalga oshirish bu nafaqat biznesning

muvaffaqiyati qoidasi, balki boshqaruv sifatini sinovdan o’tkazish demakdir.

Lekin “a’lo” strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish ham korxonani zaif

va qoniqarsiz faoliyat davrlaridan kafolatlamaydi. Ba’zan rahbarning harakatlari

natija berishi uchun muayyan vaqt talab qilinadi. Hattoki a’lo boshqariladigan

korxonalar ham noqulay vaziyatlarga tushib qolishi mumkin. Ammo “bizga vaqt

yetishmadi” kabi bahonalar yoki noqulay vaziyatlar ham bir necha yillar davomida

ro’y berayotgan qoniqarsiz faoliyatni oqlay olmaydi.

Rahbarning vazifasi noqulay vaziyatga ijobiy ta’sir etuvchi tezkor

Page 11: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

10

strategiyalarni qo’llab, vaziyatni nazoratga olishdir. Muvaffaqiyatli strategiyaning

ma’nosi shundan iboratki, noqulay vaziyatlarga, shafqatsiz raqobatga va ichki

muammolarga qaramasdan korxona kuchli bozor mavqeini saqlab qolishi lozim.

Korxona moliyaviy va strategik maqsadlarni alohida belgilashi lozim.

Moliyaviy maqsadlarning mavjud emasligi, moliyaviy resurslarni yuqori

tavakkalchilik bilan sarflanishiga sabab bo’ladi. Natijada korxonaning o’sishi va

raqobatbardoshligi pasayadi. Strategik maqsadlari shuning uchun muhimki, ular

korxona yoki tashkilot raqobat mavqeini mustahkamlaydi va biznesning rivojlanish

yo’nalishini ko’rsatadi.

Odatda, tashkilot strategiyasi:

- puxta o’ylangan va maqsadga muvofiq xatti-harakatlardan;

- vaziyatlarni kutilmagan rivojlanishi va raqobatchilar bosimi kuchayganda

ularga qarshi chora-tadbirlardan tashkil topadi.

Yangi vaziyatlarga katta texnologik yutuqlar, raqobatchilarning bozorga

yangi tovarlarni muvaffaqiyatli kiritishi, yangi qonunlarning paydo bo’lishi, davlat

siyosatining o’zgarishi va iste’molchilarni tovarning yangi xususiyatlarga

qiziqishining ortib borishi va boshqa shu kabilar kiradi. Demak, strategiyani

rejalashtirilgan harakatlar va muhit o’zgarishlariga javob reaksiyasi majmui deb

qarash maqsadga muvofiqdir. Korxonaning amaldagi strategiyasi bu

rejalashtirilgan va muhit o’zgarishiga qarshi xatti-harakatlar majmuidan iborat.

2-rasm. Tashkilot boshqaruvining amaldagi strategiyasi6

6 Yo`ldoshev N.Q., Xodjamuratova G.Yu. Strategik menejment-2.Darslik.T.:TDIU 2013. 16-b.

Rejalashtirilgan (nazarda tutilgan)

strategiya

Muhit o'zgarishlariga

javob ta'sir

Amaldagi strategiya

Page 12: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

11

Korxonaga ikki narsa xavf soladi. Birinchisi - eskirgan strategiyani tanlash.

Ikkinchisi - strategik o’zgarishlarni o’z vaqtida amalga oshirmaslik, o’zgarishlarni

orqaga surish, korxonaning ichki o’zgarishlari bilangina shug’ullanish.

Strategiya to’g’ri shakllantirilganda u korxonaning tashqi muhitiga

o’naltirilgan bo’ladi.

Rahbarning tadbirkorlik sifatlari bu - yangi strategik imkoniyatlardan

foydalanish, ya’ni raqobatchilarni yangiliklar sohasida orqada qoldirish va

korxona faoliyatini takomillashtirish harakatlaridir.

Strategiyaga mos yo’nalishlarni belgilashda quyidagilarga e’tibor berish

zarur:

- biznesni qanday kengaytirish mumkin;

- iste’molchilarning ehtiyojlarini qanday yo’llar bilan qondirish mumkin;

- raqobatchilarni qanday engish mumkin;

- bozor o’zgarishlariga qanday javob berish mumkin;

- biznesni funktsional bo’limlarini qanday boshqarish lozim;

- strategik va moliyaviy maqsadlarga qanday erishish mumkin va

boshqalar.

Strategiya asoslarini tashkil etuvchi ushbu muammolar har xil korxonalar

uchun turlicha hal etiladi.

Chunki ular turli vaziyatlar bilan bog’liq. Korxona strategik erkin

bo’lganligi tufayli turdosh yoki noturdosh tarmoqlarga kirib borishi, qo’shma

korxonalar tuzishi, alyanslar va yangi tashkilotlar yaratishi mumkin.

Atrofdagilar uchun korxona strategiyasining bir qismi ko’rinib turadi,

boshqa qismi esa begonalar uchun yashirindir.

«Strategik boshqaruv» atamasi yuqori darajadagi boshqaruvni ishlab

chiqarish darajasidagi joriy boshqaruvdan farqini aks ettirish uchun 60-70-yillarda

muomalaga kiritilgan. Operativ boshqaruvdan strategik boshqaruvga o’tishning

moxiyatini aks ettiruvchi asosiy g’oya sifatida yuqori raxbariyat diqqat markazini

atrof muhitdagi o’zgarishlarga muvofiq tarzda va o’z vaqtida ta’sir ko’rsatish

uchun tashqi muhitga o’tkazish zaruriyati sifatidagi g’oya bo’ldi.

Page 13: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

12

Strategik boshqaruv nazariyasining nufuzli ishlab chiqaruvchilari tomonidan

taklif etilgan bir qancha ta’riflarni ko’rib chiqaylik. Shendel va Xatten uni

«tashkilotni uning atorfidagi muhit bilan aloqani aniqlash va o’rnatish jarayoni»

sifatida tushunganlar.7 Ushbu jarayon tanlangan maqsadlarni amalga oshirish va

resurslarni taqsimlash vositasida atrof muhit bilan kungildagiday o’zaro

munosabatlar xolatiga erishish xarakatlaridan iborat. Xichchens buyicha «strategik

boshqaruv - bu tashkilotni uning atrof muhiti bilan o’zaro ta’sirini boshqarish

vositasida tashkilot vazifalarini amalga oshirish maqsadidagi boshqarish jarayoni:

Pirs va Robinson strategik boshqaruvni «tashkilot maqsadiga erishish uchun ishlab

chiqilgan strategiyalarni shakllantirish va bajarish bo’yicha qarorlar va harakatlar

to’plami» sifatida aniqlaydilar.8 Strategik boshqaruvning u yoki bu aspektlari va

xususiyatlariga ko’proq e’tibor beruvchi bir qator ta’riflar bor.

Demak, strategik boshqaruvni tashkilotning asosi sifatida inson potentsialiga

suyanuvchi, ishlab chiqarish faoliyatini iste’molchilar talablariga yo’naltiruvchi,

tashkilotda egiluvchan boshqaruv va o’z vaqtida o’zgarishlarni amalga oshiruvchi

boshqaruv sifatida aniqlash mumkin.

Strategik boshqaruv murakkablashib borayotgan raqobat kurashida

muvaffaqiyatga erishishning eng muhim omili bo’lishiga qaramay tashkilot

harakatlarida strategiyaning yo’qligini kuzatish mumkin. Strategik boshqaruvning

yo’qligi quyidagi ikki shaklda namoyon bo’ldi.

Birinchidan, tashkilotlar o’z faoliyatini atrof muhit umuman o’zgarmaydi

yoki unda katta o’zgarishlar bo’lmaydi degan taxmindan kelib chiqqan xolda

rejalashtiradilar. Nostrategik boshqaruvda ham hozirda, ham kelajakda aniq

harakatlar rejasi tuziladi. Nimaki va qachon qilishni o’z ichiga olgan uzoq

muddatli rejalarni tuzish va dastlabki davrda kelgusi yillar uchun echim izlash,

«ko’p uzoq yillarga» sotib olish - bularning barchasi nostrategik boshqaruvning

belgilaridir. Uzoq muddatli istiqbolni qurish-boshqaruvning juda muhim tarkibiy

7

Баринов В.А., Харченко В.Л. Стратегический менеджмент: Учебное пособие.- М.:

ИНФРА-М, 2008. стр.15. 8 O’sha yerda 15-bet.

Page 14: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

13

qismidir.

Strategik boshqaruv xolatida tashkilot atrof muhit va tashkilot hayotining

sharoitlari o’zgarishidan kelib chiqqan xolda kelajakda ko’zda tutish maqsadlarga

erishish uchun har bir hozirgi lahzada u aynan hozirgi paytda nima strategik

boshqaruvda kelajakdan turib hozirgi paytga nazar tashlanadi. Tashkilotga ma’lum

kelajakni ta’minlovchi xozirgi davrdagi tashkilot harakatlari aniqlanadi va amalga

oshiriladi. Bunda strategik boshqaruv uchun shu narsa ham xarakterliki, nafaqat

kelajakda korxonaning ko’zda tutilgan xolati qayd qilinadi, balki shu ham strategik

boshqaruvning eng muhim vazifalaridan xisoblanadi, ko’zda tutilgan maqsadlarga

erishish imkoniyatini beruvchi atrofdagi o’zgarishlarga aks ta’sir ko’rsatish

qobiliyati ishlab chiqiladi.

Ikkinchidan, nostrategik boshqaruvda xarakat dasturini ishlab chiqish

tashkilotning ichki imkoniyatlari va resurslari tahlilidan boshlanadi. Bunday

yondashuvda tashkilot faqat qanday miqdorda mahsulot ishlab chiqarish va bunda

qancha harakat qilishnigina aniqlashi mumkin. Ishlab chiqarish hajmi va xarajatlar

miqdori firma tomonidan yaratilgan javob bera olmaydi, kanday miqdorda va

narxda mahsulot sotib olinishini bozor aniqlaydi.

Yaqqol afzalliklar bilan bir qatorda strategik boshqaruv undan foydalanish

bo’yicha kamchilik va cheklovlarga ega va bular ushbu boshqaruv turi boshqa

turlar singari har qanday vazifa va masalalarni hal qilishda xar qanday xolatda

qullashning universalligiga ega emasligini ko’rsatadi.

Birinchidan, strategik boshqaruv o’z moxiyatidan kelib chiqqan xolda

kelajakning aniq va batafsil sur’ati, ifodasini bera olmaydi. Strategik boshqaruvda

shakllanuvchi tashkilotning kelajakdagi istalgan holati - bu uning ichki va tashqi

xolatining batafsil tasviri emas balki kelajakda korxona qanday xolatda bqlishiga,

bozor va biznesda qanday pozitsiyani egallashga, qaysi ishbilarmonlik guruhlariga

kirishiga va h.k. sifatli istakdir. Bularning barchasini majmui kelajakda raqobat

kurashida tashkilot yutib chiqadimi yoki yo’qmi? Shuni aniqlab berish lozim.

Ikkinchidan, strategik boshqaruv protsedura va chizmalar yig’indisidan

iborat bo’lishi mumkin emas. Unda ma’lum masalalarni hal qilishda yoki aniq

Page 15: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

14

vaziyatlarda nima va qanday qilish lozimligini ko’rsatuvchi nazariya yo’q.

3-rasm. Strategik boshqaruv jarayonining sakkizta asosiy boshqaruv

elementlari9

Strategik boshqaruv - bu ko’proq biznes va menejmentning ma’lum falsafasi

yoki mafkurasidir. Har bir menejer tomonidan u ma’lum ma’noda o’zgacha

tushuniladi va amalga oshiriladi. Albatta, muammolarni tahlil qilish va strategiyani

tanlash, shuningdek strategik rejalash-tirishni amalga oshirish va strategiyaning

amaliy realizatsiyasining bir qator tavsiyalari, qoidalari va mantiqiy chizmalari

mavjud. Lekin umuman olganda, strategik boshqaruv – bu strategik maqsadlarga

tashkilotni yetkazishda yuqori raxbariyat intuitsiyasi va san’atining simbiozi,

xizmatchilarning yuqori malakasi va ijodi va nixoyat, barcha xodimlarning

tashkilot vazifalarini amalga oshirishga, maqsadlariga erishishning eng yaxshi

yo’llarini izlashga aktiv kirishishidir.

Uchinchidan, tashkilotda strategik boshqaruv jarayonining amalga oshi-

rilishi boshlanishi uchun vaqt va resurslarni katta xarajati talab qilinadi. Strategik

9 Круглова Н. Ю., Круглов М. И. Стратегический менеджмент. Учебник. М.: РДЛ, 2006.-

стр. 124.

Rivoj topadigan

tashkilotni yaratish

Strategik liderlikni

amalga oshirish

Strategiyaga mos

ravishda korporativ

madaniyatni

shakllantirish

Katta miqdordagi resurslarni

strategik muhim faoliyat turlariga

jamlash

Strategiyani qo’llab-

quvvatlovchi siyosatni

yuritish

Doimiy

takomillashish uchun

eng yaxshi mexanizm

va amaliyotni joriy

qilish

Korxonani qo’llab-

quvvatlovchi xodim-

larga o’z strategik

rolidan foydalanish

imkoniyati taqdim etish

Rag’batlantirish va mukofotlash

tizimini asosiy strategik maqsad-

larga erishish bilan bog’lash

Strategiyani bajarish uchun

zarur savollar:

- nimani xozir, nimani keyin

qilish kerak?

- nima ko’proq e’tibor va vaqt

talab qiladi?

- nimani boshqalarga

topshirish mumkin?

Page 16: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

15

rejalashtirishni yaratish va amalga oshirish zarur. Shuningdek, atrofni kuzatuvchi

va tashkilotni muhitga kirituvchi xizmatlarni yaratish zarur. Marketing, jamoa

munosabatlari bo’yicha xizmatlar va h.k. katta ahamiyatga ega bo’ladi va katta

miqdorda qo’shimcha xarajatlarni talab qiladi.

To’rtinchidan, strategik oldindan ko’ra bilish xatolarining salbiy oqibatlari

keskin kuchayadi. Qisqa muddatda umuman yangi mahsulotlar yaratilganda, qiqsa

davrda qo’yilmalarning yo’nalishi keskin o’zgarganda, kutilmaganda biznes uchun

yangi imkoniyatlar vujudga kelganda va uzoq yillar davomida mavjud bo’lgan

imkoniyatlar ko’z oldidan yo’qolganda, noto’g’ri oldindan ko’ra bilish va strategik

tanlovning xatoliklari uchun haq ko’-pincha tashkilotga qimmatga tushadi.

Ayniqsa, faoliyat yuritishning noal-ternativ yo’lini prognoz oqibatlari yomon

bo’ladi.

Beshinchidan, strategik boshqaruvni amalga oshirishda asosiy e’tibor

strategik rejalashtirishga beriladi. Aslida esa strategik boshqaruvning asosiy

tarkibiy qismi bo’lib strategik rejani amalga oshirish hisoblanadi. Bu birinchi

navbatda strategiyani realizatsiya qilish imkoniyatini beruvchi tashkiliy

madaniyatni yaratish, motivlashtirish va mehnatni tashkil etish tizimlarini yaratish,

tashkilotda ma’lum egiluvchanlikni yaratishni va h.k.ni ko’zda tutadi. Bunda

strategik boshqaruvda bajarish jarayoni rejalashtirishga faol teskari ta’sir

ko’rsatadi, bu esa bajarish bosqichining ahamiyatini yanada oshiradi.

Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash,

iste’molchilarning talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga

erishishga

qaratilgan boshqarish rejasi sanaladi. Aniq strategiyani tanlash rivojlanishning

mumkin bo’lgan turli yo’llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish

demakdir.

Firmani boshqarish rejasi o’z ichiga quyidagi asosiy funktsiya va

bo’linmalarni oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya, marketing, xodimlar, ilmiy

tadqiqotlar va ishlanmalar. Strategii tanlash bu biznes echimlari va raqobatga

bardoshlilik harakatlarini yagona tizimga bolashni anglatadi.

Page 17: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

16

1.2. Tijorat banklari faoliyatida strategik boshqaruvning ahamiyati va

amalga oshiriladigan strategiya turlari

Banklar, xususan tijorat banklari yagona iqtisodiy organizmning bir qismi,

iqtisodiyotning eng muhim ajralmas tizimlaridan biridir. Banklar va iqtisodiyot-

ning moliyaviy ahvoli yaxlit holda ikkita bir - biri bilan bog’liq o’zaro tutashib

ketgan tomirlardir. Ularning har birida ish qanday ketayotgani nafaqat ularning

rivojlanishi, balki butun jamiyat munosabatlarining taraqqiyoti bilan bog’liq

bo’ladi.

Ma’lumki, tijorat banklar faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan puxta va

aniq ishlab chiqilgan strategiyaga bevosita bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham

tijorat banklarining kuchli raqobat sharoitida “g’olib chiqishi” hamda iqtisodiyotda

o’z o’rnini uzoq muddat saqlab qolish uchun strategik menejmentning ahamiyatini

e’tiborga olish lozim bo’ladi.

Strategik menejment tijorat banklarining uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga

ta’alluqli. Aytish mumkinki, strategiyani (harakatlar tarzini) va uning aniq

vositalarini ifodalash boshqaruv negizini tashkil qiladi va bankda menejmentni

yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib xizmat qiladi.

Tijorat banklarida strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:

- bank biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlarini belgilab olish;

- bankning tashqi muhitini tahlil qilish;

- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;

- bankning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab chiqish;

- bankning tashkiliy tuzilmasini loyihalash;

- integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;

- «strategiya - tuzilma - nazorat» majmuasini boshqarish;

- bank faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosati va uning fe’l-atvor me’yorlarini

belgilash;

- bank strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash;

- strategiya tuzilma va boshqaruvni takomillashtirish.

Bularning barchasi quyidagi chizmada keltirilgan.

Page 18: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

17

4-rasm. Tijorat banklari faoliyatida strategik boshqaruvning mazmuni10

Strategik menejment bankning uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga

ta’alluqli. Aytish mumkinki, strategiyani (harakatlar tarzini) va uning aniq

vositalarini ifodalash boshqaruv negizini tashkil qiladi va bankda menejmentni

yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib xizmat qiladi.

Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda

foydalaniladigan tashkiliy xatti-harakatlar va boshqaruvga oidashuvlari tarzidir.

Biznes sohasini tanlash, maqsadni belgilash, qisqa va uzoq muddatli

vazifalarni (dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish

strategik rejani tashkil qiladi.

Bank strаtegiyasi - bu bankning turgаn jоyidаn erishmоqchi bo’lgаn jоyigа

qаndаy qilib o’tkаzish mumkin, degаn mаsаlаni yechish hаqidаgi yo’riqnоmаdir.

Оdаtdа banklarda, xususan tijorat banklarida strаtegiya 4 xil ko’rinishdа ishlаb

10

Круглова Н. Ю., Круглов М. И. Стратегический менеджмент. Учебник. М.: РДЛ, 2006.-

стр. 124.

Bank biznesining yo’nalishi va asosiy maqsadlari

Tashqi tahlil Strategik tanlov Ichki tahlil

Bankning o’rta bo’g’inlardagi strategiya va tarmoq

____________________tuzilishi_________________

Bank darajasidagi strategiya. (vertikal

___integratsiya, diversifikatsiya, global strategiya)___

Bankning o’rta bo’g’inlari portfelining tahlili,

___________kirish va chiqish strategiyasi__________

Tashkiliy

tuzilmani tanlash

Mojarolar, siyosatlar

va ularning

o’zgarishi

Tashkiliy va

boshqaruv nazoratni

tanlash

Strategiya tuzilishi va tarkibi

Qayta aloqa

Page 19: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

18

chiqilаdi:

1) kоrpоrаtiv strаtegiya (bank vа uning fаоliyat yo’nаlishlаri bo’yichа

umumiy strаtegiya);

2) ishbоp strаtegiya (bankning hаr bir yo’nаlishi uchun strаtegiya);

3) funktsiоnаl strаtegiya (bankning hаr bir funktsiоnаl tuzilmаsi uchun

strаtegiya);

4) аmаliy strаtegiya (аsоsiy tuzilmаlаr: bosh ofislar, filiallаr vа bo’limlаr

uchun );

Strаtegiya fаqаt оliy rахbаriyat miqyosidаginа ishlаb chiqilishi mumkin

emаs. Uni ishlаb chiqishning quyidаgi to’rttа pоg’оnаsini аjrаtib оlish mаqsаdgа

muvоfiqdir:

kоrpоrаtsiya miqyosi;

bo’linmаlаr miqyosi;

funktsiоnаl miqyosi;

quyi pоg’оnа menejerlаri.

Ko’pincha bankning asosiy ustunliklari bank o’z mahoratini muvaffaqiyatni

tez fursat ichida ta’minlaydigan yo’nalishlarda rivojlantirishi yoki iste’molchilar

talablari hamda raqobatchilarning xatti-harakatlariga o’z vaqtida javob berishni

ta’minlagan hollarda tez o’sadi. Ba’zida bank menejerlari bozor va iste’molchilar

talablaridagi o’zgarishlarni to’g’ri bashorat qilish va raqobatli afzallikni

ta’minlovchi ustunliklar to’plamini tezkorlik bilan shakllantirish imkoniyatiga ega

bo’ladi.

Bank faoliyatini tuzish vazifani bajarishda strategiyani bajaruvchi uchun

to’rtta asosiy ustunlik muhim ahamiyat kasb etadi:

- asosiy ustunliklar kamdan-kam hollarda bitta operatsiyani bajarish yoki

bitta bo’lim faoliyatining mukammalligi bilan belgilanadi. Ular ko’proq o’z ichiga

bank qadriyatlarining turli bo’g’inlarida mohirlik va foliyat turlarini jamlab,

ularning yig’indisi o’ziga xos tashkilotchilik imkoniyatlarini yaratadi;

Page 20: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

19

1-jаdvаl

Bank strаtegiyasini ishlаb chiqishning аsоsiy pоg’оnаlаri11

Pоg’оnа Ishlаb chiqishgа (qаrоr qаbul

qilishgа) jаvоbgаrlаr

Ishlаnmаning mаzmuni

Kоrpоrаtiv

strаtegiya

Ijrоchi direktоr, аsоsiy vitse-

direktоrlаr (qаrоrlаr direktоrlаr

kengаshi tоmоnidаn qаbul

qilinаdi, qаytа ko’rib chiqilаdi)

Хo’jаlikning o’rtа bo’g’ini pоrtfeli-

ni tаshkil qilish vа bоshqаrish.

Хo’jаlikning o’rtа bo’g’ini siner-

gizmini rаqоbаtli ustunlik sifаtidа

tа’minlаsh. Investitsiоn imtiyozlаrni

аniqlаsh vа eng mаnfааtli tаrmоq-

lаrdа resurslаrni bоshqаrish. Хo’jа-

likning o’rtа bo’g’ini rахbаrlаrining

аsоsiy strаtegik yondаshuvlаrini

qаytа ko’rib chiqish, tekshirish,

umumiylаshtirish

Хo’jаlikning o’rtа

bo’g’ini strаtegiyasi

Bоsh menejer, bankning o’rtа

bo’g’ini bоshliq (qаrоrlаr firmа

rахbаriyati tоmоnidаn qаbul

qilinаdi, qаytа ko’rib chiqilаdi)

Muvаffаqiyatli rаqоbаtlаshishgа

hаmdа rаqоbаtdа ustunlikkа

erishishgа qаrаtilgаn хаrаkаtlаr vа

yondаshuvlаrni belgilаb оlish.

Tаshqi shаrtlаrning o’zgаrishigа

jаvоb reаktsiyalаrini shаkllаntirish.

Аsоsiy funktsiоnаl хizmаtlаrning

strаtegik tаshаbbuslаrini umumlаsh-

tirish. O’zigа хоs muаmmоlаrni hаl

qilish

Funktsiоnаl

strаtegiya

Funktsiоnаl menejerlаr (qаrоrlаr

оdаtdа rахbаriyat tоmоnidаn

qаbul qilinаdi, qаytа ko’rib

chiqilаdi)

Biznes strаtegiyasini qo’llаb-

quvvаtlаshning funktsiоnаl yondа-

shuvlаrini tаshkil qilish vа ITTKI,

ishlаb chiqаrish, mаrketing, mоliya,

хоdimlаr bilаn ishlаsh sохаlаridа

funktsiоnаl mаqsаd vа strаtegiyalаr-

gа erishish. Quyi bоsqichdаgi

menejerlаrning аsоsiy yondаshuv-

lаrini qаytа ko’rib chiqish, tekshi-

rish,unifikаtsiyalаsh

Tezkоr strаtegiya Bo’linmаlаrining rахbаrlаri, quyi

dаrаjа menejerlаri, shu jumlаdаn

funktsiоnаl menejerlаr (qаrоrlаr

funktsiоnаl bo’limlаrning bоshliq-

lаri tоmоnidаn qаbul qilinаdi,

qаytа ko’rib chiqilаdi)

Dаlа bo’linmаlаri vа funktsiоnаl

bo’limlаrning mаqsаdlаrigа erishish

uchun funktsiоnаl vа bankning o’rtа

bo’g’ini strаtegiyalаrni qo’llаb-

quvvаtlаshgа qаrаtilgаn tоr sоhаdа-

gi vа mахsus yondаshuvlаr vа

chоrа-tаdbirlаrni ishlаb chiqish

- asosiy ustunliklar turli ishchi guruhlar va bo’linmalarning birgalikdagi

mehnat samarasi ekanligi sababli rahbariyat zimmasiga butun bank miqyosida

bunday ustunliklarni yaratish vazifasini qo’ymaslik lozim;

11

N.Q. Yo’ldоshev. Strаtegik menejment. O’quv qo’llаnmа.Tоshkent, TDIU, 2012 y. 24- b.

Page 21: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

20

- bankning asosiy ustunliklarini uzoq muddatli raqobatli afzallikka

aylantirish yo’naltirish bu ustunliklarni chuqurlashtirish va kuchaytrishga

asoslangan raqobatchilikka qaraganda ko’p kuch va mahorat talab qiladi;

- iste’molchilarning afzalliklari ko’p hollarda kutilmagan tarzda o’zgarib

turishi sababli raqobatdagi muvaffaqiyatni doim ham aniq bashorat qilish mumkin

bo’lmagan sharoitlarda o’ziga xos katta mahorat talab qilinadi, bankning

ustunliklar to’plami kelajakdagi noaniq vaziyatlarda erkin harakatlanishi uchun

juda keng va moslashuvchan bo’lishi lozim.

Barqaror raqobatli afzallikni ta’minlash uchun bankning shunday ustunlik va

imkoniyatlarini yaratish kerakki, ularning oldida raqobatchilar hech nima qila

olmay qolsin.

Tijorat banklari boshqacha ko’nikmalar, boshqaruv usullari va

yondashuvlarini talab qiluvchi strategiyaga o’tayotganda xodimlarni tayyorlash va

qayta tayyorlash bu strategiyani amalga oshirish jarayonining muhim tarkibiy

qismlari hisoblanadi. Xodimlarni o’qitish mohirik va ko’nikmalarga asoslangan

ustunliklarni yaratish bo’yicha tashkilotchilik xatti-harakatlarida ham strategik

muhim element hisoblanadi. U texnik tezlik bilan nou-xaularning o’zgarish

darajasi bankning malakali xodimlari qayta tayyorgarlikdan o’tib, so’nggi yutuqlar

bilan tanishmasa kompaniyaning muvaffaqiyatli raqobatchilik imkoniyatlarini

yo`qotishiga olib kelishi mumkin bo’lgan faoliyat turlarida juda muhim

ahamiyatga ega. Muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatayotgan strategiya bajaruvchilari

xodimlarni o’qitish jarayonini mos ravishda moliyalashtirish va o’qitish (trening)

dasturlarining samarali bo’lishini nazorat qilib boradilar. Agar tanlab olingan

strategiya xodimlardan yangicha ko’nikma va bilimlar yoki oldingilardan farq

qiluvchi nou-xaularni talab qiladigan bo’lsa, xodimlarni o’qitish kompaniya xatti-

harakatlari rejasining asosiy punktlari qatoriga kiritilishi lozim, chunki uni

strategiyani amalga oshirish jarayonining dastlabki bosqichlarida o’tkazish zarur.

Tijorat banklari strаtegiyasini аniqlаshgа ko’plаb оmillаr tа’sir qilаdi. Bu

оmillаrning o’zаrо tа’siri хаr bir tаrmоqdа o’zigа хоs хususiyatlаrgа egа bo’lib,

vаqt dаvоmidа o’zgаrib turаdi. Strаtegiyani belgilоvchi оmillаr dоim bir-biridаn

Page 22: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

21

fаrq qilаdi. Tijorat banklari hаmishа хаm o’zi хоhlаgаn strаtegiyani tаnlаy

оlmаydi. Uning хаrаkаtlаri qоnun, dаvlаt siyosаti, ijtimоiy tаrtiblаsh vа jаmiyat

mаvqei bilаn chegаrаlаnаdi.

5-rasm. Tijorat banklari strategiyasini belgilovchi omillar12

Tijorat banklarining raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoshuv va

mijozlarni jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, bankning bozordagi pozitsiyani

mustaxkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat.

Bozordagi raqobatni “jang”ga o’xshatish mumkin. Bu “jang”da raqiblar

yarador bo’lishi, zarar ko’rishi mumkin. Bunda faqat eng yaxshi strategiya g’alaba

qozonadi. Tijorat banklarining raqobat strategiyasi xujumkorlik va mudofaa

xarakatlarini, qisqa muddatli taktik va uzoq muddatli xarakatlarni o’z ichiga oladi.

Bozordagi raqobatchilar nechta bo’lsa raqobatchilik strategiyasining

variantlari va ko’rinishlari shuncha bo’ladi. Biroq ularning turi qanchalik ko’p

bo’lmasin, ularning o’xshashliklari topiladi. Tijorat banklari faoliyatida

strategiyaga yondoshishning keng tarqalgan 5 ta varianti mavjud bo’lib, ular

12

Грант Р.М. Современный стратегический анализ. Учебное пособие. Питер, 2013.- стр.

56-60.

Ijtimоiy, siyosiy

shаrоitlаr vа qоnunchilik

Tаrmоqning jоzibаdоrligi,

rаqоbаt shаrtlаri

Bank uchun imkоniyatlаr

vа хаvf-хаtаrlаr

Ichki omillar

Bank

strаtegik

vаziyati

Аyrim omillаrning

muhimligi vа ulаrning

strаtegiyagа

tа’siri hаqidаgi хulоsа

Strаtegik tаshаb-

buslаrni identifi-

kаtsiyalаsh vа

bахоlаsh

Vаziyatgа

mоs strаtegiyani

аniqlаsh

Bankning kuchli vа zаif

tоmоnlаri. Bоzоrdаgi

rаqоbаt mаvqei.

Shахsiy nаfsоniyat, biznes

fаlsаfаsi , ахlоqiy

tаmоyillаr

Аksiyalаrning

qiymаti vа kоmpаniya

mаdаniyati

Tashqi omillar

Page 23: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

22

quyida keltirilgan:13

1. Xarajatlar bo’yicha ilg’orlik strategiyasi. Tijorat banklari xizmatlarni

ishlab chiqishda to’la xarajatlarini pasaytirishni ko’zda tutadi. Bu esa ko’p sonli

xaridorni jalb qiladi.

2. Keng tabaqalashtirish strategiyasi. Tijorat banklari mahsulotlariga

raqobatchi boshqa tijorat banklar mahsulot va xizmatlaridan farq qildiradigan

o’ziga xos xususiyatlarni berishga qaratilgan. Bu ham xaridorlarni jalb etishga

yordam beradi.

3. Optimal xarajatlar strategiyasi. Xaridorlarga past xarajatlar va maxsulotni

keng tabaqalashtirishni uyg’unlashtirish hisobiga qimmatli mahsulot va xizmatlar

olish imkoniya-tini beradi. Asosiy vazifa o’xshash mahsulot va xizmatlarni ishlab

chiqaruvchilarga nisbatan optimal xarajat va past baxolarni ta’minlashdan

iboratdir.

4. Fokuslangan strategiya. Bunda strategiya past xarajatlarga asoslangan

bo’lib, xaridorlarning tor segmentiga yo’naltiriladi. Bunda banklar o’z raqobatchi-

laridan ancha past baxolar xisobiga o’tib ketadi.

5. Ifodalangan strategiya yoki maxsulot va xizmatlarni tabaqalashtirishga

asoslangan bozor uyasi strategiyasi. Uning maqsadi - tanlangan segmentlar

namoyondalarini ularning did va talablariga yanada to’laroq javob beradigan tovar

va xizmatlar bilan ta’minlashdir.

Raqobat bozorlarida barcha banklar raqobatchilar uyushtiradigan

xujumlarning ob’ektlari bo’lishi mumkin. Hujumlar xuddi eski, amaldagi banklar

tomonidan bo’lganidek, yangi banklar tomonidan bo’lganidek, yangi firmalar

tomonidan ham bo’lishi mumkin. Himoyaviy strategiyaning maqsadi hujumga

uchrash xavfini kamaytirish yoki ularni eng kam yo’qotish bilan o’tkazib yuborish.

Himoya strategiyasi tijorat banklarining raqobat ustunligini kuchaytirmasa

ham, raqobat pozitsiyasi atrofida mudofaa chora-tadbirlarini tashkil etish va

raqobat ustunligini saqlab qolish imkonini beradi.

13

Маленьков Ю.А. Стратегический менеджмент. Учебник.- M.: Проспект, 2009. стр.22-29

Page 24: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

23

1.3. Tijorat banklari faoliyatini samarali strategik boshqarishning davlat

tomonidan qo’llab-quvvatlanishi

Menejmentning asosiy va muhim funksiyalaridan biri hisoblangan nazorat

qilish har bir sohada, xususan moliya sohasida ham, shuningdek, bu sohaning

asosiy “qon tomiri” hisoblangan tijorat banklarining strategik faoliyatida ham

go’yat muhim ahamiyat kasb etadi. Nazorat funksiyasidan foydalanish orqali

davlat tijorat banklarining faoliyatini, aniqrog’i strategik faoliyatini tartibga solib

turadi.

Tijorat banklari faoliyatining oldindan belgilab qo`yilgan ko`rsatkichlarini

tartibga solish malakasiz rejalashtirishning sababi va natijasi bo`lib, ishlab

chiqarishni tashkil qilish va rejalashtirish jarayonlarida turli xato va kamchiliklar

natijasida yuzaga keladi. Shu sababli ayrim tijorat banklarining, ayniqsa, moliya

sohasida hayotiylik davri yuqori bo`lmaydi, ular zarar keltiradigan tijorat

banklarilarga aylanadilar va hatto bankrotga ham uchraydilar. Amaliyotning

ko`rsatishicha, asoslangan rejalashtirish odatda ob’ektiv zarurat talab qilgan

hollardan tashqari kelgusida tartibga solishni talab qilmaydi.

Davlat tominidan tijorat banklari joriy faoliyatini tartibga solishdan maqsad

quyidagilardan iborat:

- barqaror ishlashni ta`minlash;

- minimal xarajatlar bilan maksimal natijalarga erishish;

- chiqarilayotgan mahsulotning sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash;

- ishlab chiqarish rentabelligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish.

Bugungi kunda, iqtisodiyotning nodavlat sektorini rivojlantirishga katta

e`tibor qaratilayotgan bir paytda tijorat banklarining strategik faoliyati ustivor

ahamiyat kasb etib, tijorat banklarining iqtisodiy faoliyatda erkinligi

kuchaymoqda, rejalashtirish va tartibga solish jarayonlarini hech kim cheklab

qo`ymayapti. Hozirda tijorat banklarining katta qismi strategik faoliyatning borishi

va natijalarini o`zlari rejalashtiradi va tartibga soladi.

Shu bilan bir paytda yuqorida aytib o`tilgan mustaqillik va iqtisodiy xatti-

harakatlar erkinligi tijorat banklari faoliyatining davlat tomonidan tartibga

Page 25: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

24

solinishini inkor qilmaydi. Masalan, AQSH, Yaponiya va boshqa ba`zi

mamlakatlarda hukumat organlari asosan yirik korporatsiyalar bilan birgalikda

ishlaydi. Bunda ular quyidagilarni aniqlaydi:

1) zarur investitsiyalar hajmi va tarkibi;

2) texnika darajasi, shuningdek, eng muhim mahsulot turlarining hajmi va

proportsiyasi;

3) oylik ish haqi darajasi va korxona faoliyatining boshqa ayrim turlari.

Belgilangan umummilliy vazifalar iqtisodiy tartibga solish vositalari –

soliqlar, kreditlar, subsidiyalar va kvotalar yordamida bajariladi. Shu sababli davlat

bozor mexanizmiga aralashmasligi lozim va bozor to`laligicha o`zini-o`zi tartibga

soluvchi, iqtisodiyotning bir tekisda proportsional rivojlanishini qo`llab-

quvvatlashga qodir tizim deb hisoblovchilar unchalik haq bo`lib chiqmaydilar.

Mamlakatda tijorat banklarining qoniqarli faoliyat ko’rsatmasligi, bank

tizimi holatining yomonlashuvi nafaqat ushbu davlatda, balki uning chegaralaridan

tashqarida ham moliyaviy barqarorlik uchun yaqqol хavfni yuzaga keltiradi.

Shu sababli, hozirgi paytda bank va moliyaviy tizimlarining barqarorligiga

erishish va mustahkamlash muammosi katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.

Jahon mamlakatlari tajribasi shuni ko’rsatadiki, Markaziy (emissiya) bank

hamda ko’p tarmoqli tijorat banklarni o’z ichiga olgan 2 pog’onali bank tizimining

samarali faoliyatini yo’lga qo’ymasdan, har qanday davlat iqtisodiyoti barqaror-

ligini ta’minlash va uni yuksaltirishga erishish mumkin emas.

Mazkur ikki pog’onali bank tizimining birinchi pog’onasida mamlakat

Markaziy (Milliy) banki o’rin olib, u milliy valutaning barqarorligini ta’minlash,

emissiya faoliyatini amalga oshirish, mamlakat pul muomalasi va barcha kredit

muassasalarining faoliyatini tartibga solish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Bundan tashqari, Markaziy bank davlatning boshqa mas’ul organlari bilan

birgalikda mamlakatning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari, bank va moliya tizimi

mustahkamligini ta’minlash bo’yicha faoliyatni amalga oshirib boradi.

Ikkinchi pog’onada tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari o’rin

egallaydilar. Kredit muassasalari o’z faoliyatida avvalambor, tijorat asosida

Page 26: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

25

jismoniy va yuridik shaхslar, mijozlarga хizmat ko’rsatish, ulardan omonatlar

qabul qilish hamda qabul qilingan mablag’lardan o’z tavakkali hisobiga kredit

berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish hamda to’lovlarni amalga oshirish

kabi faoliyatni amalga oshiradilar.

6-rasm. Davlatning tijorat banklari strategik faoliyatini tartibga solish

usullari14

Tijorat banklari strategik faoliyatini tartibga solishdan asosiy maqsad bank

omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini himoya qilish, bank kreditlari

qaytmasligini va zarar ko’rishini oldini olishdir. Chunki, ssuda kapitallari, shu

jumladan bank kreditlari holati va istiqboli milliy iqtisodiyot uchun muhim

ahamiyat kasb etadi.

Makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o’sish, yuqori darajadagi bandlik,

barqaror baholarni ta’minlash har bir davlatning iqtisodiyot sohasidagi pirovard

maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqsadga mamlakat tomonidan har tomonlama puхta

o’ylangan iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish natijasida erishish

mumkin. Pul – kredit siyosati, baho siyosati, budjet siyosati, muvozanatlashgan

to’lov balansiga erishish, ish haqi va bandlik siyosati makroiqtisodiy siyosatning

muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Pul – kredit siyosati barcha davlatlarda

Markaziy bank (ko’pgina davlatlarda u Milliy bank, AQSHda esa Federal rezerv

tizimi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.

14

Деньги, кредит, банки / Лаврушин О.И., Ямпольский М.М., Савинский Ю.П., Панова

Г.С.—М.: Финансы и статистика, 2003. с. 64

Tartibga solish usullari

1) tijorat banklari manfaatlarini amalga oshirish imkonini

beruvchi qonunchilik va boshqa sharoitlarni yaratish

3) banklarning to’lovga qobilligini ta’minlash

uchun iqtisodiy me’yorlar belgilash va

ularga rioya etilishi ustidan nazorat qilish

2) muomaladagi pul massasining umumiy hajmi va tarkibiga ta’sir ko’rsatish orqali tijorat banklarining

iqtisodiyotga kredit sifatida yo’naltiradigan mablag’lariga pul-kredit siyosati vositasida ta’sir etish

Page 27: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

26

Davlat o`ta ehtiyotkorlik bilan bozor mexanizmiga aralashuvi, uning

kamchiliklarini to`g`rilashi, raqobatning yakkahokimlikka aylanishining oldini

olishi, biznes va tadbirkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirishi, baho

diskriminatsiyasi va boshqa salbiy tendentsiyalarga qarshilik ko`rsatishi lozim.

Bozor mexanizmiga davlatning aralashuvi zarurligi jahonda va

mamlakatimizda to`plangan tajribalardan ko`rinib turibdi. O’zbekiston

Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimovning «O`zbekiston – bozor

iqtisodiyotiga o`tishning o`z yo`li» kitobida qayd etganidek: «Bozor

munosabatlariga o`tish davrida davlat ijtimoiy hayot va iqtisodiyotning barcha

sohalarini o`zgartirishni ishlab chiqishi va ketma-ketlikda amalga oshirishi lozim.

O`zini-o`zi tartibga soluvchi bozor sof ko`rinishda umuman mavjud emas.

Davlat har qachon ham o`zining alohida ahamiyatga ega bo`lgan roli tufayli

iqtisodiy jarayonlarga ta`sir ko`rsatib kelgan. Shu sababli zamonaviy bozor bu

davlat tomonidan tartibga solinuvchi bozordir»15

.

Quyidagilar tijorat banklarining strategik faoliyatini davlat tomonidan

tartibga solishning asosiy yo`nalishlari hisoblanadi:

- ma`muriy-huquqiy tartibga solish:

- iqtisodiyot va biznes uchun huquqiy asoslarni yaratish;

- qonunlarga rioya qilinishini ta`minlash;

- jamiyat hayotining eng muhim sohalarini boshqarish;

- davlat dasturlari va buyurtmalari;

- moliya va soliq siyosati;

- ijtimoiy siyosat.

O`zbekiston Respublikasi hukumati davlatning tartibga solish funktsiyasini

jahon xo`jalik amaliyotida ma`lum bo`lgan va tekshirib ko`rilgan iqtisodiy tartibga

solish vositalari yordamida amalga oshiradi. Masalan, soliq siyosati davlat va

mahalliy byudjetlarni shakllantirishning fiskal funktsiyalarini bajarishdan tashqari

ishlab chiqarish tuzilmasi, dinamikasi va joylashuviga iqtisodiy ta`sir ko`rsatish

15

Prezident I.Karimovning «O’zbekiston – bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’z yo’li» kitobi

2005-yil.

Page 28: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

27

mexanizmi vazifasini ham bajaradi. Imtiyozli soliqqa tortish biznes va tadbirkor-

likni rag`batlantirishning eng kuchli vositalarida hisoblanadi.

Davlat tomonidan tartibga solish bozor mexanizmini to`ldirib, unga

o`zgartishlar kiritadi, biznes va tadbirkorlikning oyoqqa turib olishiga

ko`maklashadi. Bunda u maksimal darajada maksimal pog`onada, minimal

darajada minimal pog`onada tarqaladi. Tartibga solish, qaysi miqyosda amalga

oshirilishidan qat`iy nazar doimiy harakat, talab va taklif, daromad va xarajatlar

o`rtasida muvozanatga intilish hisoblanadi.

Bu tenglik doim ham ta`minlanmasada, u ko`ngildagidek darajada

bo`lavermaydi. Biroq barcha hollarda ham davlat tomonidan tartibga solish va

tijorat banklarining o`zini - o`zi tartibga solishi iqtisodiyot va biznesni boshqarish-

ning muhim elementi bo`lib qolaveradi.

Tijorat banklar faoliyatini tartibga solish va bank faoliyati ustidan nazorat

qilish tushunchalari qisman o’хshash ko’rinsada, bir-birini to’ldiruvchi tushuncha-

lar bo’lib, ular o’rtasida bir qator farqlar mavjud.

Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish – bu vakolatli davlat organi

tomonidan qonunchilikka asosan bank ishi yuritish tartibi va uslublari yuzasidan

aniq qoida va yo’riqnomalarni shakllantirish va ishlab chiqish tushuniladi. Mazkur

qoida va yo’riqnomalar barcha tijorat banklari uchun majburiy hisoblanadi.

Banklar faoliyati ustidan nazorat alohida banklar ishonchligi va barqaror-

ligini ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Nazorat deganda tijorat bank o’z

faoliyatini yo’riqnoma va qonunchilikka asosan yuritishini vakolatli davlat organi

tomonidan uzluksiz nazorat qilinishi tushuniladi.16

Umuman, keng ma’noda bank nazorati bu hukumat tomonidan moliyaviy

sektorni ishonchliligi, barqarorligini ta’minlashda ishlatiladigan tizimdir. Har

qanday davlat bank nazorati tizimi oldida 2 ta vazifa turadi:

1. Barcha omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish.

2. Bank tizimini kafolatlash, iqtisodiy o’sishiga yordamlashish.

16

Василишен Э.Н. Регулирование деятельности коммерческого банка. – М.:

Финстатинформ, 2015. – с. 27.

Page 29: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

28

Davlat markaziy banklar yordamida tijorat banklari faoliyatini to’g’ridan-

to’g’ri ko’rsatmalar (bevosita - ma’muriy) yoki bilvosita tartibga soladi, ular

likvidligini ta’minlaydi va bu orqali makroiqtisodiy samaradorlikka erishadi.

Hozirgi bozor iqtisodiyoti tamoyillariga ko’ra esa iqtisodiyotga davlat

aralashuvining keskin darajada qisqartirish va uning huquqiy asoslarini yaratish

moliyaviy munosabatlarni erkinlashtirish, barqaror pul-kredit tizimini rivojlanishi-

ga imkoniyat tug’diradi. Markaziy bankning tijorat banklarini ro’yхatga olish,

litsenziyalash va ular faoliyatini tartibga solish, ya’ni bank nazorati borasidagi

siyosat bank tizimining barqarorligini saqlash, bank tizimida haqiqiy raqobat

muhitini yaratish va yangi moliyaviy jihatdan barqaror bo’lgan banklarning

bozorga kirishini nazorat etish yo’llaridan biridir. Banklarni litsenziyalash

jarayonini takomillashuvi avvalambor litsenziyalash standartlarini, ya’ni bank

muassislarining moliyaviy ahvoli, bank rahbarlari malakasi va obro’siga

qo’yiladigan talablarni oshirishdan iboratdir.

Shuningdek, banklar tomonidan o’z kapitalini yetarliligini ta’minlanishi,

Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga rioya etilishi,

iqtisodiyotning real sohasiga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari o’sishini va

tavakkalchilikni oqilona diversifikatsiyalashni ta’minlanishi, kreditlar berish

shartlarini, shuningdek, bank kredit portfelining holatini aksiyadorlar va

omonatchilar manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda

nazorat qilinishi banklar faoliyatini tartibga solishning mohiyatini ko’rsatadi.

Хulosa qilib aytganda, butun bank tizimini barqarorligini ta’minlash, alohida

olingan bank uchun esa, u duch kelishi mumkin bo’lgan jiddiy muammolarni va

inqirozlarni oldini olish yuzasidan eng to’g’ri yo’lni ko’rsatish, omonatchilar va

kreditorlarning mablag’laridan foydalanayotgan banklar tomonidan qay darajadagi

riskli operatsiyalar bajarilayotganligini nazorat qilish va tartibga solish hamda bu

orqali, oхir oqibatda, omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilish

Markaziy bank tomonidan tijorat banklar faoliyatini tartibga solishning muhim

iqtisodiy mohiyatini tashkil etadi.

Page 30: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

29

1-bob bo’yicha xulosa

Strаtegiya bu - tаshkilоtning tаshkiliy vаzifа vа mаqsаdlаrigа erishishdа

fоydаlаnilаdigаn tаshkiliy хаtti-хаrаkаtlаr vа bоshqаruvgа yondаshuvlаri tаrzidir.

Strаtegiyani ishlаb chiqish menejerlаrning аsоsiy funktsiyalаridаn biridir.

Bа’zi menejerlаr kuchli strаtegiya ishlаb chiqаdilаr, birоq uni hаyotgа tаdbiq

etа оlmаydilаr. Bоshqаlаri o’rtаchа strаtegiya ishlаb chiqаdilаr vа uni mохirоnа

аmаlgа оshirаdilаr. Strаtegiya qаnchаlik yaхshi o’ylаngаn vа mохirоnа аmаlgа

оshirilgаn bo’lsа, bankning mаvqei shunchаlik kuchаyadi. Strategiyani amalga

oshirish bu - amaliy ma’muriy ish bo’lib, tashkil etish, moliyaviy rejalashtirish,

kerakli siyosatni yuritish, motivlarni va kompaniya madaniyatini hamda boshqa-

rish usullarini yaratish, qisqasi bank maqsadlarini amalga oshirishga xizmat

qiluvchi hamma harakatlar majmuasidan iborat.

Ma’lumki, tijorat banklar faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan puxta va

aniq ishlab chiqilgan strategiyaga bevosita bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham

tijorat banklarining kuchli raqobat sharoitida “g’olib chiqishi” hamda iqtisodiyotda

o’z o’rnini uzoq muddat saqlab qolish uchun strategik menejmentning ahamiyatini

e’tiborga olish lozim.

Butun bank tizimini barqarorligini ta’minlash, alohida olingan bank uchun

esa, u duch kelishi mumkin bo’lgan jiddiy muammolarni va inqirozlarni oldini

olish yuzasidan eng to’g’ri yo’lni ko’rsatish, omonatchilar va kreditorlarning

mablag’laridan foydalanayotgan banklar tomonidan qay darajadagi riskli operatsi-

yalar bajarilayotganligini nazorat qilish va tartibga solish hamda bu orqali, oхir

oqibatda, omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilish Markaziy bank

tomonidan tijorat banklar faoliyatini tartibga solishning muhim iqtisodiy mohiyat-

ini tashkil etadi. Bank faoliyatini tartibga solishda davlat tomonidan tijorat banklar

faoliyati ustidan nazorat qilinishi va tartibga solinishi, ular faoliyatida muayyan

cheklashlarni o’rnatilishi banklar iqtisodiy erkinligini cheklashga intilish, raqobat-

ning rivojlanishiga хalaqit beradigan omil sifatida qaralishi mumkin.

Dunyodagi ko’pgina rivojlangan davlatlarda banklar, shuningdek boshqa

moliya tashkilotlari faoliyati turli darajada davlat tomonidan tartibga solinadi.

Page 31: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

30

2 - TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT (TIF) MILLIY BANKI MIROBOD

FILIALINING STRATEGIK BOSHQARUV FAOLIYATI HOLATI

TAHLILI

2.1. TIF Milliy banki Mirobod filialining strategik boshqaruv faoliyati

holati

Mamlakatimiz bank faoliyati jadal rivojlanayotgan sharoitda TIF Milliy

banki O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib hisob yuritish xalqaro

andozalariga mos keladigan yangi hisobvaraqlar rejasidan foydalanishga o‘tdi.

2004 yilda “Globus” avtomatlashtirilgan bank tizimini amalga kiritish ishlari

nahoyasiga yetdi. Hozirgi kunda bu tizim Bankning barcha bo‘lim va filiallarida

amal qilmoqda.

Mamlakatimizning iqtisodiy muhim hisoblanuvchi barcha mintaqalarida

joylashgan 90ta filiali keng doiradagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlamoqda.

Shuningdek, Milliy bank Moskva shahrida o‘zining “Aziya-Invest Bank”

sho’ba bankiga ega.

TIF Milliy bank Mirobod filiali keng doirada yuritayotgan faoliyat ichki va

xalqaro bank operatsiyalarining amalda barcha sohalarini qamrab olgan. Endi u

xalqaro andozalar darajasida bank xizmatlari ko‘rsatish imkonini beruvchi

zamonaviy bank texnologiyalarini rivojlantirmoqda. Bank xalqaro moliya

tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import agentliklari ajratayotgan kredit

yo‘nalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar ko‘rsatib, ular bilan

aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli strategik

boshqaruv siyosatini yuritmoqda.

Xususan:

– tashqi savdo faoliyati. TIF Milliy bank Mirobod filiali O‘zbekistondagi

butun tashqi savdo oborotining ma’lum bir ulushi bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda.

Bunda eksport-import bo‘yicha kreditlashning bo‘nak to‘lovlari qaytarilishi,

kontraktlar ijro etilishi yuzasidan kafolatlar berish, veksellarni diskontlash,

faktoring, o‘zbekistonlik eksportchilarga bevosita bank kreditlari berish,

loyihalarni moliyalash, eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni

Page 32: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

31

moliyalash kabi mexanizmlari qo‘llanilayapti. To‘lov muddati suriladigan

akkreditivlar qo‘llanilmoqda, mijoz tovarni yetkazib berayotganda va sotayotganda

mablag‘larni konsignatsiya shartlarida bir martalik konvertatsiyalash ishlari amalga

oshirilayapti;

– loyihalarni moliyalash. TIF Milliy bank Mirobod filiali loyihalarni

moliyalashda yangi korxonalar qurish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash yoki

texnik qayta qurollantirish (jumladan, mashina-uskunalar sotib olish, qurilish-

montaj va boshqa ishlarni bajarish), shuningdek ishlab chiqarish hamda xizmat

ko‘rsatish sohasi obyektlari normal faoliyat yuritishini ta’minlash uchun zarur xom

ashyo va materiallarning bir qismini sotib olish ko‘zda tutilgan investitsiya

loyihalarini moliyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Kreditlar

iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida tarkibiy o‘zgartishlarni ta’minlovchi eng

muhim investitsiya loyihalarini moliyalash uchun mo‘ljallangan. Yirik xalqaro

moliya muassasalari kredit yo‘nalishlarining aksariyat qismi tijorat asosida,

bevosita hukumat kafolatlari taqdim etmasdan jalb qilinmoqda;

– investitsiyalashga doir bank ishi. O‘zmilliybank investitsiya banki sifatida

mamlakatimizda infrastrukturasi rivojlangan, O‘zbekistondagi iqtisodiy

islohotlarni faol qo‘llab-quvvatlayotgan, moliya hamda sanoat sho’balari

rivojlanishiga yordam berayotgan eng katta bank hisoblanadi. Bankning

investitsiya portfeli to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish, agrobiznes,

transport va sayyohlik, moliya sho’basi korxonalarining aksiyalarini qamrab olgan.

Kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, uning investitsiya

loyihalarini moliyalash – bank faoliyatidagi shubhasiz ustuvor yo‘nalishdir;

Chakana xizmatlar:

– omonatlar. Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirish

siyosatiga qat’iy amal qilib, Bank aholining jalb etilgan mablag‘lari va xususiy

omonatlar bo‘yicha mamlakatimiz moliya bozorida yetakchilar safiga qo‘shildi.

Hozirgi kunda TIF Milliy bank Mirobod filiali chakana xizmatlarning 70

dan ziyod turini taqdim etmoqda. O‘zmilliybank bo‘lim va filiallari orqali

ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar doirasi kengayishi, aholining bankka ishonchi

Page 33: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

32

ortishi, omonatlar shartlarini maqbullashtirish, yangi depozitlarni ishlab chiqish va

joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish borasida aniq maqsadli ishlar olib borilishi

natijasida mijozlar soni ancha ko‘paydi. Amalga oshirilgan ishlar O‘zmilliybankka

aholining jalb etilgan depozitlari bo‘yicha O‘zbekistonda peshqadamlik mavqeini

egallash imkonini berdi;

– plastik kartochkalar. TIF Milliy bank Mirobod filiali aholiga

ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish borasida plastik kartochkalarning har xil

turlariga katta ahamiyat berib qaramoqda. Ularni joriy etishda TIF Milliy bank

Mirobod filiali eng zamonaviy texnologiyalardan dadil foydalanib, chinakam

novatorlik qilayapti. TIF Milliy bank Mirobod filiali kartochkalari bo‘yicha

to‘lovni qabul qiladigan savdo-servis korxonalari tarmog‘i kengayishi bu

kartochkalar aholi orasida yanada ommalashib ketishiga yangi turtki berdi.

O‘zmilliybank milliy valutada hisob-kitoblar qilish uchun mo‘ljallangan so‘m

kartochkalari, Visa Classic va Visa Electron xalqaro kartochkalari bo‘yicha xizmat

ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, TIF Milliy bank Mirobod filiali O‘zbekistonning o‘zida ham,

undan tashqarida ham xizmatlar va mahsulotlarning quyidagi yangi turlarini taklif

qilishi mumkin:

– elektron banking. Bankning bo‘lim va filiallari mamlakatimizning

iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha mintaqalarida joylashgan.

Ular mijozlarga bank xizmatlarining butun kompleksini taqdim etayapti, elektron

banking tizimi, ya’ni bankomatlar, savdo va servis korxonalaridagi terminallar

orqali zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlayapti;

– “Bank-mijoz” tizimi. “Bank-mijoz” dasturiy kompleksi bank bilan mijoz

avtomatlashtirilgan tarzda o‘zaro hamjihat ishlashi uchun mo‘ljallangan, pul

mablag‘larini real vaqt rejimida tezkor boshqarish imkoniyatini oshirishda yordam

beradi. AFIRATOning 25-yillik konferensiyasi va Bosh assambleyasi

o‘tkazilayotganda bank ilgari surgan “Mijozlarga masofadan elektron xizmatlar

ko‘rsatish tizimi” mahsuloti uchun “Texnologiyalarni rivojlantirish”

nominatsiyasida Milliy bankka AFIRATO mukofoti taqdim etildi.

Page 34: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

33

Milliy bank O‘zbekiston kredit bozorida peshqadamlik qilmoqda. Bank

sanoatning barcha tarmoqlariga hamda mulkchilikning har qanday shakliga

mansub korxona va tashkilotlarga milliy va xorijiy valutada kreditlar berayapti.

Bank oborot sarmoyasini moliyalash, eksport va importni moliyalash, loyihalarni

moliyalash uchun kreditlar ajratmoqda.

Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini

moliyalash – Bank faoliyatining so‘zsiz ustuvor strategik yo‘nalishidir.

O‘zbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida eksport-import

operatsiyalarini bajarish, yagona bank fazosini shakllantirish uchun ishonchli

moliya tuzilmasi bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Aziya-Invest

Bank” sho‘’ba banki Rossiya moliya bozorida mustahkam mavqeni egallab turibdi.

Hozirda bankning asosiy kuch-g‘ayrati ustuvor tarmoqlarga xorijiy

investitsiyalarni faol jalb etish, kichik va o‘rta biznes loyihalarini amalga oshirish,

korporativ va chakana mijozlar doirasini kengaytirish, fond bozoridagi ish

samaradorligini oshirish, O‘zmilliybankni institutsional rivojlantirish va

xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish kabi vazifalarga yo‘naltirilmoqda.

TIF Milliy bank Mirobod filiali tuzilishida keng ma’nodagi investitsiya

bankini rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bank

investitsiyalaridan ko‘zlangan maqsad, hozirgi kunda ham, uzoq muddatli

istiqbolda ham bankning tijorat manfaatlari iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor

yo‘nalishlari, mijozlar manfaatlari bilan eng maqbul darajada uyg‘unlashuviga

erishishdan, aktivlarni diversifikatsiyalash, xatarni minimallashtirish hamda

resurslar samaradorligini oshirishdan iboratdir.

TIF Milliy bank Mirobod filiali daromadliligi darajasi yuqori ekani olib

borilayotgan kredit va tijorat faoliyatiga puxta o‘ylab yondashilayotgani hamda

oqilona konservativ siyosat yuritilayotgani bilan uyg‘unlikda unga keyingi besh yil

mobaynida BIS ishonchlilik reytingi bo‘yicha jahonning eng ishonchli banklari

orasida yetaksi mavqeni egallab turish imkonini bermoqda. Bank xorijiy sheriklar

oldida o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni to‘la hajmda va belgilangan

mudatlarda bajarib kelayapti. Bank faoliyat yuritayotgan butun davr mobaynida

Page 35: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

34

hali biror marta ham tashqi to‘lovlar bajarilmagan holati yuz bermadi. Aksincha,

O‘zmilliybank kredit tarixiga baho bergan yetakchi eksport-import agentliklari

kredit yo‘nalishlari hajmini davlat kafolatlarisiz oshirayaptilar.

Hozirgi vaqtda TIF Milliy bank Mirobod filiali oldida quyidagi asosiy

strategik vazifalar turibdi:

mavjud va potensial mijozlar maqsad guruhlarining ehtiyojlari hamda

talablariga javob beruvchi faol marketing siyosatini shakllantirish;

korporativ mijozlar bilan ishlarni kuchaytirish. Mumkin qadar ko‘proq

birinchi darajali mijozlarni bankka jalb etish va uzoq muddatli asosda biriktirib

olish;

mijozlar bilan ishlashning andozaviy texnologiyalarni har bir mijozga

alohida yondashuv bilan uyg‘unlashtirishga asoslangan yangi ideologiyasini joriy

etish;

mamlakat chakana bozoridagi peshqadamlikni saqlab qolish;

investitsiya dasturini, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish dasturini

amalga oshirishda davlatga maksimal darajada yordam berilishini, respublikamiz

eksporti qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;

mijozlar keng doirasiga tayanib, aktivlar va passivlar strukturasining

muvozanatli holatini ta’minlash, ularni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy

etish;

resurs bazasini diversifikatsiyalash, jumladan bunda tashqi moliyalashdan

foydalanish;

bankning xorijiy investorlar oldidagi katta obro‘sidan, xalqaro andozalar

bo‘yicha bank ishonchliligining yuqori ko‘rsatkichlaridan foydalanib, xalqaro

bozorlarda bank uchun maqbul narxlarda sarmoya jalb etish borasidagi ishlarni

faollashtirish;

daromadlilik, likvidlikni oshirish, valuta va bozorga oid xatarlarni

kamaytirish maqsadida investitsiya portfeli tuzilishini maqbullashtirish;

bankni boshqarishning moslashuvchan tuzilishini barpo etish. Bunda

Page 36: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

35

boshqaruvning iqtisodiy vositalariga hamda vakolatlarni taqsimlashning maqbul

tizimiga asoslanish.

TIF Milliy bank Mirobod filiali faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xalqaro iqtisodiy munosabatlar

sohasidagi siyosatini ro‘yobga chiqarish, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy

hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga, respublikaning eksport

imkoniyatini kengaytirishga, tovarlar hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar eksporti va

importi tarkibini yaxshilashga ko‘maklashish, tashqi iqdisodiy faoliyatga xizmat

ko‘rsatish, valuta mablag‘lari to‘plash hamda valuta manfaatlarini himoya

qilishdan iboratdir.

TIF Milliy bank Mirobod filiali Hukumat va Markaziy bankning

topshirig‘iga binoan boshqa davlatlarning banklari, xalqaro moliya institutlari va

boshqa moliya-kredit tashkilotlari bilan munosabatlarda O‘zbekiston

Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi.

TIF Milliy bank Mirobod filiali o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda O‘zbekiston

Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu bank

Ustavga amal qiladi. Xususan:

“Banklar va bank faoliyati tog’risida”gi Qonun (1996 yil 25 aprel);

“Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada

rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi Qaror (2006 yil 3

avgust PQ 433);

“O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi Qonun (1995 yil

25 dekabr);

“Valyutani tartibga solish to’g’risidagi” Qonun (1993 yil 7 may);

“Xususiy banklar va moliya institutlari faoliyati va ularning kafolatlari

to’g’risida”gi Qonun (2012 yil 17 dekabr);

Page 37: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

36

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi «Bank

tizimini yanada islox qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qaror;

O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini

himoyalash kafolatlari to’g’risida»gi qonuni. 04.04. 2002 y;

O’zbekiston Respublikasining «Mikromoliyalash to’g’risida»gi qonuni.

15.09. 2008 y;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.01.2009 yildagi 1045-sonli

Inqirozga qarshi dastur va boshqa qo’shimcha choralar to’g’risida”gi 2008 yil 5

apreldagi Farmoni;

“Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni

modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish

chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori. 2007 yil 12 iyul;

“Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to’g’risida”gi qarori. 2008 yil 27 sentyabr;

2003 yil 4 fevraldagi “Pul-kredit ko’rsatkichlarni tartibga solish

mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston

Respublikasining Vazirlar Mahkamasining qarori kabilar bankning faoliyatida

muhim ahamiyatga egadir.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7 fevraldagi

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi

to‘g‘risida”gi farmoni iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor

yo‘nalishlarida yangi bosqichni boshlab berdi.

Yaqin besh yilga mo‘ljallangan mazkur tarixiy ahamiyatga ega hujjatning

uchinchi yo‘nalishida xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli

himoyalashni ta’minlash, barcha turdagi to‘siqlar hamda cheklashlarni bartaraf

etish, ishbilarmonlikni rivojlantirishga to‘liq erkinlik berishga alohida ahamiyat

qaratilgani e’tiborga molik. Bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy

prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini

modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini isloh etish,

Page 38: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

37

xususan, milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga

solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish

bo‘yicha ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar bu boradagi keng ko‘lamli islohotlar

izchilligiga xizmat qiladi.

Prezidentimiz xalqimizni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha

banklarga tegishli vazifalar yukladi. Uning ijrosini ta’minlash maqsadida 2016-

yilning dekabridan boshlab joylarda qizg‘in ishlar olib borilmoqda. Xususan,

hududlardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari va bank filiallari dislokatsiyasi,

xonadonlar va mehnatga layoqatli aholi soni asosida har bir bank filialiga tegishli

mahallalar biriktirilgan. Biriktirilgan mutaxassislar bank xizmatlarini taklif etish

bilan birga, aholining taklif va e’tirozlarini ham o‘rganmoqda.

Bu jihatdan Prezidentimizning “Kichik va xususiy tadbirkorlikni

mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Mazkur hujjat mehnat bozoriga yangi kirib kelayotgan o‘rta maxsus, kasb-

hunar va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan

qaytgan yigitlar, mehnat organlarida ro‘yxatga olingan band bo‘lmagan fuqarolar

hamda aholining ishga joylashishga ehtiyojmand bo‘lgan boshqa qatlamlarining

mikromoliyalash xizmatlaridan foydalanishini kengaytirish, shuningdek, yangi ish

joylari tashkil etilishini ta’minlaydigan oilaviy, xususiy tadbirkorlikni va boshqa

faoliyat turlarini rivojlantirishni rag‘batlantiradi.

Imtiyozli mikrokreditlashning kengaytirilishi kichik tadbirkorlik, avvalo,

oilaviy va xususiy tadbirkorlik sohasida yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ularning

mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanishini osonlashtirish, aholining kam

ta’minlangan va hojatmand qatlamlari daromadlarini oshirish, aholi bandligini

ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini kuchaytirishga

xizmat qiladi.

Page 39: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

38

2.2. TIF Milliy banki Mirobod filialining strategik boshqaruvidagi moliyaviy

ko’rsatkichlari va SWOT tahlili

Minglab mijozlarga yuqori saviyada xizmat ko‘rsatib, obro‘-e’tibor

qozonayotgan ana shunday yetakchi banklardan biri O‘zbekiston Respublikasi

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Mirobod filialidir. Mazkur moliya

muassasasi iqtisodiy islohotlar jarayoniga sezilarli ulush qo‘shish, xususan, soha

infratuzilmasi hamda bazaviy tarmoqlarini rivojlantirishda faol qatnashmoqda.

Jumladan, investitsiya faoliyatini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni

kengaytirish, mahalliy eksportni rivojlantirish dasturi, shuningdek, aholining va

xo‘jalik sub’yektlarining bo‘sh turgan mablag‘larini depozitlarga jalb etishni

rag‘batlantirish, Respublika moliya tizimini institutsional rivojlantirish dasturida

faol ishtirok etish yo‘li bilan bank tizimini yanada rivojlantirish va mustahkamlash,

Bank ishini takomillashtirish vazifasi – ustuvor vazifa bo‘lib kelmoqda.

Quyidagi dinamik ko’rsatkichlar ham bankning qay darajada ushbu sohada

faoliyat olib borayotganini isboti sifadi namoyon bo’ladi.

Kredit portfeli xajmi ko’rsatkichi bo’yicha 2016 yil 1 yanvar holatiga 8

239,66 mln. so’m miqdorida bo’lgan bo’lib, bu ko’rsatkich 2017 yil 1 yanvar

holatiga 10 384,79 mln. so’mga ko’tarilgan va utgan yil shu davriga nisbatan 2

145,13 mln. so’mga oshgan (26,03%) ga o’sgan.

2018 yil 1 yanvar holatiga kredit quyilmalarini oshirish maqsadida zarur

chora tadbirlar amalga oshirildi. 2017 yil davomida asosan “O’zbekiston temir

yo’llari” aktsiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarga 50 000,00 mln.

so’m miqdorida investitsion loyixalarini moliyalashtirish hamda aylanma

mablag’larini to’ldirish maqsadida kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan.

2018 yil 1 yanvar holatiga yuqoridagi prognoz 2017 yil davomida

grafiklarga asosan qariyb 4 000,00 mln. so’m miqdorida kreditlar so’ndirilishi

belgilanganligini e’tiborga olsak yil oxiriga kredit portfeli 56 000,00 mln. so’m

miqdorida bo’lishi prognozi belgilandi.

Kredit portfeli muddatlari bo’yicha tasnifi:

Page 40: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

39

2016 yil 1 yanvar xolatiga Milliy bank Mirobod filiali tomonidan jami

ajratilgan kreditlar qoldig’i 8 239,66 mln. so’mni tashkil etib, shundan 4,5%

ya’ni 372,96 mln. so’mi qisqa muddatli kreditlar, 95,5% ya’ni 7 866,70 mln.

so’mi uzoq muddatli kreditlar xissasiga to’gri kelgan.

2017 yil 1 yanvar xolatiga Milliy bank Mirobod filiali tomonidan jami

ajratilgan kreditlar qoldig’i 10 384,7 mln. so’mni tashkil etib, shundan 14,9%

ya’ni 1 552,19 mln. so’mi qisqa muddatli kreditlar, 85,1% ya’ni 8 832,51 mln.

so’mi uzoq muddatli kreditlar xissasiga to’gri kelgan.

Pul muomalasi pul muomalasi bo’yicha: naqd pul mablag’lari kirimi:

2016 yil mobaynida filial tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil

etish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. 2016 yil davomida bank kassasiga

jami: 66 666,0 mln so’m miqdorida naqd pul mablag’lari kirim qilingan. Ushbu

ko’rsatkich o’tgan 2015 yil 74 640,3 mln so’mni tashkil etgan bo’lib, o’tgan yilga

nisbatan joriy yil bajarilishi 7 974,3 mln so’mga kamaygan, ya’ni bajarilish 89 %ni

tashkil etgan. Bunga sabab, bir qancha yirik naqd pul tushumiga ega korxona va

tashkilotlar faoliyatini to’xtatishi va mijozlarning boshqa banklarga o’tib ketishi va

savdo, pullik xizmat tushumlarini savdo terminallari orqali amalga oshirish

rivojlanib bormoqda.

Filial terminallar soni 2017 yil 1 yanvar holatiga, jami 113 donani tashkil

etib, shundan, bank yuridik yuridik mijozlariga o’rnatilgan terminallar soni 97

donani, YaTT ga 4 donani, bank extiyoji uchun terminallar soni 5 dona iboratdir.

Bank omborida terminallar yo’q bo’lib, ishlamaydigan, nuqsoni (defekti) borligi

to’g’risidagi dalolatnomalar borlari mavjud emas. EOPTs da ta’mirdagi terminallar

soni 13 tani tashkil qiladi.

O’rnatilgan savdo terminallaridan ijara xaqi 01.01.2016 yil xolatiga 36

469.98 ming.so’m, 01.01.2017 yil xolatiga esa 43 751.86 ming.so’m miqdorida

mablag’ undirilgan.

Savdo terminallari orqali savdo aylanmalari uchun 2017 yil 1 yanvar

holatiga reja 70 314,00 mln.so’m belgilangan bo’lib, haqiqatda esa, 72 280,00

Page 41: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

40

mln.so’mni tashkil etdi. Bu ko’rsatkich 103% ga bajarilgan, ya’ni 1966,00

mln.so’mga ko’p savdo aylanmasi amalga oshirilgan.

2-jadval

O’zmilliybank Mirobod filiali 2017 yil 1 yanvar xolatiga kredit portfeli hajmi

2016 yil 1 yanvar xolatiga nisbatan 26,03% ga ko’tarilgan (jadval ilovasi)17

Ko’rsatkich 01.01.2016

yilga fakt

01.01.2017

yilga fakt

O’tgan yilning shu davriga

nisbatan farqi

01.01.2018 yil uchun

prognoz

So’mda Foizda

Kredit portfeli 8 239,66 10 384,79 2 145,13 26.03% 56 000,00

3-jadval

Kredit turlari bo’yicha 01.01.2017 yil xolatiga:18

№ Kredit turi Soni Summasi (mln.so’m) Foizda (%)

1 Tijorat kreditlari 8 9 529.43 91.7

2 Mikrokreditlar 2 173.33 1.6

3 Ipoteka kreditlari 18 603.99 5.8

4 Iste’mol kreditlari 10 70.06 0.6

5 Ta’lim kreditlari 4 7.9 0.3

Jami: 42 10 384.7 100

O’zmilliybank Mirobod filialida 2017 yil filial tomonidan kredit qo’yilmalar

summasini 56 mlrd. so’mgacha oshirish natijasida qariyib 5.0 mlrd. so’mgacha

bo’lgan miqdorda foizli daromad olinishi hamda ajratilishi rejalashtirilgan

kreditlardan 500 mln. so’m miqdorida bir martalik bank komissiya to’lovlari

undirilishi ko’zda tutilgan.

Bugungi kunda O‘zmilliybank “Moody’s Investors Service” hamda

“Standard and Poor’s” kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklarining “barqaror”

reyting baholariga ega.

17

TIF Milliy banki Mirobod filiali ma’lumotlari asosida tayyorlandi 18

TIF Milliy banki Mirobod filiali ma’lumotlari asosida tayyorlandi

Page 42: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

41

7-rasm. TIF Milliy banki Mirobod filiali tomonidan berilga uzoq va qisqa

muddatli kreditlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 yanvardagi 1050-sonli

«Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol mollari ishlab chiqarish kengaytirilishini

rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorini ijro etish,

shuningdek raqobatbardosh, yuqori sifatli nooziq-ovqat iste’mol mollarini ishlab

chiqarishni va ularning assortimentining kengayishini rag‘batlantirish, ushbu

tovarlar bilan ichki iste’mol bozorini imkon qadar to‘ldirish maqsadida, texnologik

uskunalarni xarid qilish, ulgurji savdo korxonalari uchun xom ashyo va materiallar

olish uchun Bank bo‘limlari tomonidan kredit mablag‘lari ajratilib kelinmoqda.

Milliy bank mijozlar uchun plastik kartochkalar nafaqat qo‘lay to‘lov

vositasi sifatida balki uni qo‘shimcha xizmat va servislardan foydalanish imkonini

beruvchi vositaga aylantirishga intilmoqda. Xususan, plastik kartochkalar orqali

bajarilgan amaliyotlar va hisobraqam qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mijozlar

uyali aloqa vositalariga sms-xabarlar, elektron manziliga ye-mail xabarlar

ko‘rinishida olish imkoniyatiga egadirlar, bundan tashqari, shaxsiy WEB- va IVR-

kabinetlar orqali ham ma’lumotlarni kuzatib turishlari mumkin.

Page 43: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

42

8-rasm. TIF Milliy banki Mirobod filiali tomonidan berilga uzoq va qisqa

muddatli kreditlar

O‘zmilliybank Mirobod filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 04.01.2013 yildagi 1902-sonli «Qishloq joylarda namunaviy

loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil dasturi

to‘g‘risida»gi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

01.05.2013 yildagi 116-sonli «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha

yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni

ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorlarini ijrosini

ta’minlash maqsadida qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan

uylarni moliyalashtirishda ishtirok etmoqda.

Bank faoliyatini boshqarish o‘zining boshqaruvchisi (ob’ekti) va

bo‘ysunuvchisi (sub’ekti)ga ega. Boshqaruvchi yoki boshqaruv ob’ekti ko‘p qirrali

bo‘lib u:

- moddiy va texnikaviy tayyorgarlik (asosiy va aylanma fondlari);

- tashkiliy mehnat tayyorgarlik (kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish, joy-

joyiga qo‘yish, o‘qitish va hokazolar);

- xizmat ko‘satishni tashkil qilish va hokazolar.

Filialda ham boshqalari kabi boshqaruvchi strukturaning boshidan joy olgan.

Bankda bu strukturaga to‘laqonli amal qilinadi va bo‘ysiniladi.

Page 44: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

43

4-jadval

2016 yil bo’yicha O’zmilliybank Mirobod filialida belgilangan reja

ko’rsatkilarini bajarilishi:19

Nomlanishi 01.01.2016

yilga reja

01.01.2016 yilga

fakt

Bajarilishi %

Kichik biznes sub’ektlariga ajratiladigan

va yangi ish o’rinlari yaratilishiga

ko’maklashadigan kreditlash rejasi (mln.

so’m)

1 750.00 864.25 49%

Barcha moliyalashtirish manbalari

hisobidan kichik biznes sub’ektlariga

mikrokreditlar ajratish rejasi (mln. so’m)

400.00 564.25 141%

Ayol tadbirkorlarni kreditlash (mln. so’m) 1 700.00 764.25 45%

Servis va xizmat ko’rsatish soxasiga

kreditlar ajratish rejasi (mln. so’m) 1 550.00 364.00 23%

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

26.01.2009 yildagi 1047-sonli qarori

bo’yicha oziq-ovqat ishlab

chiqaruvchilarni kreditlash rejasi (mln.

so’m)

300.00 102.40 34%

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

28.01.2009 yildagi 1050-sonli qarori

bo’yicha nooziq-ovqat ishlab

chiqaruvchilarni kreditlash rejasi (mln.

so’m)

800.00 300.00 38%

Kollej bitiruvchilarini kreditlash rejasi

(mln. so’m) 695.00 397.82 57%

Barcha moliyalashtirish manbalari

xisobidan oilaviy tadbirkorlik va

xunarmandchilikni rivojlantirishga

kreditlar ajratish rejasi (mln. so’m)

515.00 564.25 110%

Yosh oilalarga ajratiladigan iste’mol

krediti rejasi (mln. so’m) 211.00 65.00 31%

Yosh oilalarga ajratiladigan mikrokredit

rejasi (mln. so’m) 215.00 497.82 232%

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, ba’zi ko’rsatkichlari belgilangan

rejadan kam, ba’zilari esa ko’p bajarilgan. Masalan, barcha moliyalashtirish

manbalari hisobidan kichik biznes sub’ektlariga mikrokreditlar ajratish 41% ko’p

19

O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki Toshkent shaxar Bosh boshqarmasi Mirobod

filialining 2017 yilda moliyaviy xolatini yanada yaxshilash bo’yicha istiqbolli rejasi

Page 45: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

44

bajarilgan. Buning sababi tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar bilan

izohlanadi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik va xunarmandchilikni rivojlantirishga

kreditlar ajratish ham rejadan 49,25 mln. ko’p yoki 10% ga oshig’i bilan

bajarilganini ko’rish mumkin. Rejada ko’zda tutilgan ko’rsatkichlarni bajarilmagan

qismini esa 2017-2018 yillarda bajarish ko’zda tutilgan.

5-jadval

01.01.2018 yil holatiga O’zmilliybank Mirobod filialida belgilangan reja

ko’rsatkilarini bajarilishi prognozi:20

Nomlanishi 01.01.2018 yilga

reja prognoz

01.01.2018 yilga

fakt prognoz

Bajarilishi %

Kichik biznes sub’ektlariga

ajratiladigan va yangi ish o’rinlari

yaratilishiga ko’maklashadigan

kreditlash rejasi (mln. so’m)

1436.37 1 500.00 104.43%

Barcha moliyalashtirish manbalari

hisobidan kichik biznes sub’ektlariga

mikrokreditlar ajratish rejasi (mln.

so’m)

929.37 930.00 100.07%

Ayol tadbirkorlarni kreditlash (mln.

so’m) 636.87 650.00 102.06%

Servis va xizmat ko’rsatish soxasiga

kreditlar ajratish rejasi (mln. so’m) 593.32 600.00 101.13%

O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining 26.01.2009 yildagi

1047-sonli qarori bo’yicha oziq-ovqat

ishlab chiqaruvchilarni kreditlash rejasi

(mln. so’m)

173.16 175.00 101.06%

O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining 28.01.2009 yildagi

1050-sonli qarori bo’yicha nooziq-

ovqat ishlab chiqaruvchilarni kreditlash

rejasi (mln. so’m)

482.82 490.00 101.49%

Kollej bitiruvchilarini kreditlash rejasi

(mln. so’m) 589.16 590.00 100.14%

Barcha moliyalashtirish manbalari

xisobidan oilaviy tadbirkorlik va

xunarmandchilikni rivojlantirishga

kreditlar ajratish rejasi (mln. so’m)

696.28 700.00 100.53%

20

O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki Toshkent shaxar Bosh boshqarmasi Mirobod

filialining 2017 yilda moliyaviy xolatini yanada yaxshilash bo’yicha istiqbolli rejasi

Page 46: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

45

Jadval ma’lumotlaridan ko’rininb turibdiki, Filialning boshqaruvida strategik

rejada ko’zda tutilgan ko’rsatkichlarni o’sishi rejalashtirilgan. Xususan ayol

tadbirkorlarni kreditlash 2 % ga, kollej bitiruvchilarini kreditlash 1% ga, servis va

xizmat ko’rsatish soxasiga kreditlar ajratish 1% ga o’sishi ko’zda tutilgan. Bu esa

o’z navbatida Filialning kichik biznes va tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi

xo’jalik yurituvchi sub’ektlariga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlaridan

dalolat beradi.

Endi Filialning strategik boshqaruvidagi ayrim ko’rsatkichlarni ko’rib

chiqamiz:

6-jadval

Mijozlardan olingan daromad (ming so’m) 21

Ko’rsatkichlar 2015 yil 2016 yil 2017 yil kutilayotgan

Shartnomalar xisobi yuritilishidan 91591 122707 125000

Xalqaro to’lov topshiriqnomalarini

amalga oshirishdan (yuridik shaxslar

bo’yicha)

501133 604820 650000

Konvertatsiyadan 105295 86561 100000

Jami 698019 814088 875000

Jadval ma’lumotlari shuni ifodalaydiki, Filialning mijozlardan olingan

daromadlari yillar bo’yicha asosan o’sish dinamikasiga ega. Buning asosiy sababi

Filialning mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatayotgani hamda ko’plab imtiyozlarni

berayotgani bilan izohlanadi. Uch yil ichidagi mijozlardan olingan jami

daromadlarni Filial 176 million 981ming so’mga oshirishga erishish istiqboldagi

strategik rejada ko’zda tutilgan. Bu esa o’z navbatida Filialning strategik

boshqaruv faoliyatida amalga oshirilishi lozim bo’lgan qator vazifalarni belgilab

beradi.

21

O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki Toshkent shaxar Bosh boshqarmasi Mirobod

filialining 2017 yilda moliyaviy xolatini yanada yaxshilash bo’yicha istiqbolli rejasi

Page 47: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

46

7-jadval

Konversion operatsiyalari bo’limi tomonidan 2015-2017 yillarda amalga

oshirilgan sotuv, xarid va olingan bank xizmati22

Sotuv amaliyoti

(AQSh dollar)

Xarid amaliyoti (AQSh

dollar)

Ochilgan Viza

kartalar soni

Konversiya

omaliyoti o’tkazish

uchun olinadiga

bank xizmati (ming

so’mda)

2015 y

il

2016 y

il

2017 y

il

2015 y

il

2016 y

il

2017 y

il

2015 y

il

2016 y

il

2017 y

il

2015 y

il

2016 y

il

2017 y

il

3695946

3306200

3350000

4010

12521

13000

862

755

780

289330

391354

400000

Filial ON-LINE so’m plastik kartochkalar emissiyasi bo’yicha 2017 yil 1

yanvar holatiga reja 42 096 dona belgilangan bo’lib, haqiqatda 47 194 donani

tashkil etdi. Bu ko’rsatgich rejaga nisbatan 5 098 donaga ko’p yoki 112 % ni

tashkil qildi.

Shundan 19 469 dona DUET tizimidagi, 25 840 dona ONLINE tizimidagi

plastik kartalardan iborat. DUET tizimidagi plastik kartalardan 4500 donasi aktiv

ishlayotgan plastik kartalardan iboratligini inobatga olib, ONLINE tizimiga o’tish

jarayoni shiddat bilan rivojlanishi munosabati bilan, shuningdek ONLINE plastik

kartochkalar ishlatilish muddati 3 yilligini hisobga olsak joriy yilda 2014 yilda

ochilgan 3315 dona kartalarning muddati tugaydi. Shuni hisobga olib, 2017 yilda

7815 dona ONLINE tizimidagi yangi plastik kartochkalar kerak bo’ladi.

Bu esa o’z-o’zidan qo’shimcha xarajatlar tarkibini o’sishiga olib keladi.

Ob’ekt bo‘lib esa bo‘limlar ishchilari tashkil etadi. Boshqaruvchining har

ikkala tizimi o‘zaro aloqador bir butunni tashkil etadi va bir-biriga ta’sir ko‘satadi.

Bir tomondan, boshqaruvchi tizim boshqaruvchi tizimga ta’sir ko‘rsatgan

22

O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki Toshkent shaxar Bosh boshqarmasi Mirobod

filialining 2017 yilda moliyaviy xolatini yanada yaxshilash bo’yicha istiqbolli rejasi

Page 48: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

47

holda uning tarkibini o‘zgartiradi, uni muayyan eng qulay va eng muvofiq nisbatga

keltiradi. Ikkinchi tomondan esa, boshqariluvchi tizim boshqaruvchi tizimga aks

ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, boshqariluvchi tizimning ko‘lami qanchalik katta bo‘lsa,

boshqaruv organlari tizimi shunchalik katta bo‘ladi. Boshqaruvchi tizim qanchalik

uyushtirilgan va universal mexanizm yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, boshqariluvchi tizim

ham shunchalik kichik bo‘ladi. Boshqarish masalalarining markazida odamlar-

ishchilar, mutaxassislar va rahbarlar turadi.

9-rasm. TIF Milliy banki Mirobod filiali boshqaruvining tashkiliy

strukturasi23

23

TIF Milliy banki Mirobod filialining Ustavi ma’lumotlari asosida tayyorlangan

Boshqaruv raisi

Boshqaruvchi

o‘rinbosari

Boshqaruvchi

1-o‘rinbosari

Bosh

yuristkonsult va

1- toifali

yuristkonsult

Pul muomalasi va

naqd pul mablag’lari

berilishi monitoringi

bo’limi

Buxgalteriya

hisobi va

hisoboti bo’limi

Kredit

bo‘limi

Ichki nazorat

bo’yicha bosh

mutaxassis

Konversion

operatsiyalar

bo’limi

Axborot

texnologiyalari

sektori

Omonat amaliyotlari

bo’limi

Mexnat

muxofazasi va

texnika

xavfsizligi

bo’yicha 1 toifali

mutaxassis

Kassa

amaliyotlari

bo’limi

Valyuta ayirboshlash

shaxobchalari sektori

Xavfsizlik

bo‘yicha bosh

mutaxassis

Plastik kartochkalar

bo’limi

Ish yurituvchi

Xodimlar bilan

ishlash bo’yicha

bosh mutaxassis

Page 49: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

48

10-rasm. TIF Milliy banki Mirobod filialida sof foydani yillar kesimida

ko’rinishi24

Rasmdan ko’rish mumkinki, Filialning sof foydasi yillar bo’yicha o’sish

dinamikasiga ega bo’lib, 2017 yilga kelib sof foyda 2013 yilga nisbatan, ya’ni 4

yilda 965 mln. so’mga ko’p yoki 16,1%ga o’sgan. Bu esa o’z navbatida bankning

puxta strategik rejasining samarali ishlayotganidan dalolat beradi.

Moliya muassasalarini, xususan, tijorat banklarining strategik boshqaruv

holatini taxlil qilish menejerlarga raqobat bozorida qanday qilib muvoffaqiyatga

erishish, raqobatda ustun chiqish uchun nimalar qilish zarurligini ko’rsatib asoslab

beradi. Buning uchun quyidagi savollarga javob izlash lozim

1) amaldagi strategiya qay darajada samarali?

2) bankning kuchli va zaif tomonlari nimada?

3) bankning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi?

4) bankning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam?

5) bank qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ?

Bu savollarga javob berish uchun 4 ta taxliliy ko’rsatgichlardan foyda-

laniladi: SWOT - taxlil, qiymatlar zanjiri, xarajatlar taxlili va raqobatbardoshlikni

24

O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki Toshkent shaxar Bosh boshqarmasi Mirobod

filialining 2017 yilda moliyaviy xolatini yanada yaxshilash bo’yicha istiqbolli rejasi

2013 yil 2014 yil 2015 yil 2016 yil 2017 yil

10845,9 12227,8 13310,5 15791,5 24700

5985 6212,2 6302,3 6705 6950

Daromad (mln.so'm) Sof foyda (mln.so'm)

Page 50: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

49

baxolash.

SWOT - inglizcha Strengths (kuchlar), Weaknesses (zaif tomonlar),

Opportunities (qulay imkoniyatlar) va Threats (taxdidlar) so’zlaridan tuzilgan

tahlildir. Kompaniyaning ichki holati asosan “S” va “W” bilan, tashqi muxiti esa

“O” va “T” ko’rsatkichlarda ifodalanadi.

8-jadval

TIF Milliy banki Mirobod filialining raqobat pozitsiyasidagi kuchli va zaif

jixat belgilari25

Ustunlik belgilari Zaiflik belgilari

Muxim farq qiluvchi ustunliklar Real farq qiluvchi ustunliklarning yo’qligi

Bozor ulushining kattaligi (yoki bozorda

peshqadamlik)

Bozordagi asosiy raqiblarga nisbatan

yuqotishlar

Izchil yoki ajralib turuvchi strategiya Aniq strategiyarategiyaning yo’qligi

Iste’molchilar sonining o’sishi va ularning

sodiqligi

Iste’molchilar oldida obro’ning pasayishi

Peshqadamlarning strategik guruxida bo’lish O’z pozitsiyalarini qo’ldan boy berayotgan

strategik guruxga tushib qolish

Tez o’sib borayotgan bozor segmentlarida

kontsentratsiyalanish

Bozor potentsiali eng katta bo’lgan

soxalardagi zaiflik

Narxdagi ustunlik Tannarxi yuqori bulgan tovarlar ishlab

chiqarish

Daromad o’rtachadan yuqori Daromadlarning o’sishi o’rtachadan past

Marketing maxorati o’rtachadan yuqori Bozorda muvaffaqiyat qozonishning asosiy

omillari kam

Texnologik va innovatsion qobiliyatlar

o’rtachadan yuqori

Xizmat ko’rsatishdagi sustlik, sifatning

yaxshi emasligi

Xavf-xatarlarga tashabbuskor, tadbirkorlarcha

yondashuv

Vujudga kelayotgan taxdidlarga nisbatan

yaxshi pozitsiyaning yo’qligi

Qulay imkoniyatlarni ko’paytirish pozitsiyasi Asosiy raqiblarga nisbatan yo’qotishlar

Bankning strategik istiqboli uchun kuchli jixatlar ayniqsa muximdir, chunki

ular strategiyaning poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu jixatlar

asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni kurib chiqishni

xam talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bulgan ishlarga yaxshi

25

TIF Milliy banki Mirobod filiali ma’lumotlari asosida tayyorlandi

Page 51: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

50

moslashgan bo’lishi lozim. Bankning o’ziga xos jixatlarini aniqlash aloxida

axamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir, chunki:

- noyob imkoniyatlar bankka bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish

imkoniyatini beradi;

- bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi;

- potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin.

Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan

farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bulayotgan qulay imkoniyatlar

raqobat ustunligiga ega bo’lgan yoki usish uchun boshqa imkoniyatlari bo’lgan

banklar uchun ayniqsa mos keladi.

SWOT-taxlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:

- bank o’z strategiyasida o’zining ichki kuchli tomonlaridan yoki

ustunliklaridan foydalanadimi? Agar bankning xech qanday ajralib turuvchi

ustunliklari bo’lmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga

aylanishi mumkin?

- bankning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular

ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan

kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga tuzatish kiritish kerak?

- qanday qulay sharoitlar bankga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat

yaratadi? Shuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bulmagan qulay

imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Bankning kuchli va zaif tomonlari

uning boshqa firmalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga

yaxshiroq yoki yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.

- menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani

yaxshi tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi

lozim?

Quyida biz endi TIF Milliy banki Mirobod filialining SWOT tahlilini ko’rib

chiqamiz:26

Bank o’zining moliya bozori va bank sektoridagi raqobatbardoshlik

26

TIF Milliy banki Mirobod filiali ma’lumotlari asosida tayyorlandi

Page 52: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

51

imkoniyatlarini quyidagi omillar orqali baholaydi:

a) kuchli tomonlar va imkoniyatlar (Strengths and opportunities):

- uzoq tarixga ega bo’lgan bank tajribasining mavjudligi;

- mamlakat iqtisodiyotining agrar sohasini rivojlantirishda hukumatning

“moliyaviy agenti” vazifasini bajarishi;

- mamlakatning barcha hududlarini geografik jihatdan qamrab olgan

filiallar va minibanklarning mavjudligi;

- Yirik, nufuzli korporativ mijozlarga bank xizmatlarining ko’rsatilishi;

- tashabbuskor va yuqori tajribaga ega bo’lgan kadrlarning mavjudligi;

- xalqaro moliya institutlari bilan doimiy aloqalarning o’rnatilganligi;

- salohiyatli ta’sischilarning mavjudligi va ularning qo’llab-quvvatlashi;

- barqaror o’sib borayotgan kapital bazaning mavjudligi;

- diversifikatsiyalangan keng qamrovli mijozlar bazasining mavjudligi;

- mavjud axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olish qobiliyati;

- bank strategiyasi nafaqat o’zining tijorat faoliyatini yuritishga,

shuningdek mamlakat iqtisodiyotining agrar sektorini barqaror rivojlantirishga

hamda respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga

oshirishga qaratilgan.

b) salbiy tomonlar (weaknesses):

- filiallar va minibanklardan to’laqonli foydalana olmaslik;

- bankning yuridik shaxslarning muddatli depozitlariga hamda baklararo

depozitlarga qaramligi;

- kredit portfelining asosiy qismi qishloq xo’jalik soxasi kreditlarida

jamlanganligi;

- kredit portfelidagi muammoli kreditlar salmog’i;

- filiallar daromadliligining pastligi;

- filiallarda marketingning yaxshi rivojlanmaganligi;

- zamonaviy bank xizmatlarining tezkorlik bilan joriy qilinmasligi;

Page 53: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

52

c) xavf-hatar (threats):

- banknnig asosiy vazifalaridan biri qishloq xo’jaligi mahsulotlarini

etishtirishni moliyalash bilan bog’liq bo’lganligi sababli tabiiy ofatlar natijasida

qishloq xo’jaligi mahsulotlariga zarar etkazilishi bo’yicha tavakkalchilikning

mavjudligi;

- mijozlarga ba’zi innovatsion xizmat ko’rsatish sur’atinig pastligi;

- yangi xizmat turlaridan boshqa banklarning birinchilardan bo’lib voqif

bo’lishi hamda amalda qo’llashi;

- tijorat banklari o’rtasidagi raqobat muhitining jadallashishi;

- mamlakatda yuz berishi ehtimoli bo’lgan tabiiy va geografik fors major

holatlari va boshqalar.

2.3. TIF Milliy banki Mirobod filialining strategik boshqaruvidagi mavjud

muammolar va ularni hal qilishning asosiy yo’nalishlari

TIF Milliy banki Mirobod filialida strategiyaga mos yo’nalishni belgilash -

bu asosiy boshqaruv funktsiyalaridir.

TIF Milliy banki Mirobod filiali moliyaviy va strategik maqsadlarni alohida

belgilashi lozim. Moliyaviy maqsadlarning mavjud emasligi, moliyaviy resurslarni

yuqori tavakkalchilik bilan sarflanishiga sabab bo’ladi. Natijada korxonaning

o’sishi va raqobatbardoshligi pasayadi.

TIF Milliy banki Mirobod filiali strategik maqsadlari shuning uchun

muhimki, ular korxona raqobat mavqeini mustahkamlaydi va biznesning

rivojlanish yo’nalishini ko’rsatadi.

Yangi vaziyatlarga katta texnologik yutuqlar, raqobatchilarning bozorga

yangi tovarlarni muvaffaqiyatli kiritishi, yangi qonunlarning paydo bo’lishi, davlat

siyosatining o’zgarishi va iste’molchilarni tovarning yangi xususiyatlarga

qiziqishining ortib borishi va boshqa shu kabilar kiradi. Demak, strategiyani

rejalashtirilgan harakatlar va muhit o’zgarishlariga javob reaktsiyasi majmui deb

qarash maqsadga muvofiqdir.

Page 54: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

53

TIF Milliy banki Mirobod filialining amaldagi strategiyasi bu

rejalashtirilgan va muhit o’zgarishiga qarshi xatti-harakatlar majmuidan iborat.

TIF Milliy banki Mirobod filialiga ikki narsa xavf soladi. Birinchisi -

eskirgan strategiyani tanlash. Ikkinchisi - strategik o’zgarishlarni o’z vaqtida

amalga oshirmaslik, o’zgarishlarni orqaga surish, bankning ichki o’zgarishlari

bilangina shug’ullanish.

TIF Milliy banki Mirobod filialining ko’rinishi qanday bo’lishi va qanday

raqobat mavqeiga ega bo’lishi lozimligini aniqlash bu bankning strategik tasviri

yoki ko’rinishi demakdir. Ushbu hol bankning boshqaruv tasviridir. TIF Milliy

banki Mirobod filialining strategik ko’rinishini va uning missiyasini e’lon qilish

bilan birga rahbarlar «maqsadlar his-tuyg’usini» ijrochilarda shakllantirishlari

lozim.

Zamonaviy rahbar o’z kompaniyasining mavqeini va ushbu mavqega ta’sir

etuvchi muhit qanday o’zgarishini tasavvur etishi lozim. U o’z biznesini

shunchalik yaxshi bilishi lozimki, zarurat tug’ilganda muayyan o’zgarishlarni

amalga oshirishni aniq bilishi kerak.

TIF Milliy banki Mirobod filiali tomonidan innovatsion muhitni

rivojlantirishda bankning yangi mahsulotlar yaratish ustida doimiy tarzda

izlanishlar olib borishning zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:

- banklarning mijozlar bilan munosabatini hamkorlik printsiplariga

asoslanganligi natijasida banklar nafaqat mijozlarning kapitalini saqlash, balki uni

ko’paytirishga harakat qiladi. Mijozlarning kapitalini ko’paytirish esa, ularga

banklar tomonidan yangi xizmat turlarini taklif qilish orqali amalga oshiriladi;

- bozor munosabatlari sharoitida banklar o’rtasida kuchli raqobat mavjud

bo’lgan sharoitda banklar bozordagi mavqeini yo’qotib qo’ymaslik maqsadida o’z

faoliyatiga innovatsiyalarni joriy qilishga majbur bo’ladi;

- bahosi yuqori bo’lgan bank texnologiyalarining rivojlanish innovatsion

mahsulotlarni banklar tomonidan yaratilishiga sabab bo’lmoqda;

- iqtisodiy adabiyotda yangi bank xizmatlarining yig’indisi bank

innovatsiyasi sifatida talqin etiladi va bank innovatsiyasi tijorat bankiga

Page 55: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

54

qo’shimcha daromad keltirish bilan birga, mijozlarning oladigan daromadlari

miqdorining oshishiga olib keladi.

O'tgan davr mobaynida o'tkazilgan tahlil natijalari shuni ko'rsatmoqdaki,

ko'pchilik tijorat bank rahbarlari hamda Markaziy bankning hududiy Bosh

boshqarmalari boshliqlarining byudjet va boshqa xo'jalik hisobidagi korxona,

tashkilotlar xodimlari ish haqlari hamda ijtimoiy nafaqa, pensiya va stipendiyalar

o'z vaqtida berib borilishi masalasiga hali ham jiddiy e'tibor qaratmayotganliklari

mavjud muammolarning biridir.

Achinarli tomoni shundaki, ko'pchilik bank rahbarlari hanuzgacha eski

tushuncha bilan ish ko'rib, bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni, ayniqsa

Yurtboshimiz tomonidan bank tizimi oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarilishi

qanchalik dolzarb ekanini to'liq anglab yetmayaptilar.

Bank tizimi oldida turgan muhim masalalardan yana biri bank tizimida

islohotlarni yanada takomillashtirish va bank faoliyatini rivojlantirishdan

iboratdir.

Biroq ayrim tijorat banklarining kreditlarni qaytarish bo'yicha bugungi

kunda olib borayotgan ishlarini qoniqarli deb bo'lmaydi.

Masalan, mavjud muammoli kreditlar asosan investitsion loyihalarni

moliyalashtirish uchun ajratilgan kreditlar hissasiga to'g'ri kelib, ular yaxshi tahlil

va ekspertiza qilinmasdan berilishi natijasida yuzaga kelgan.

Shuningdek, TIF Milliy banki Mirobod filialining kapitallashuv darajasini

oshirish borasida tijorat banklari tomonidan olib borilayotgan ishlar, ayniqsa

ularning o'z mablag'larini ko'paytirish borasida amalga oshirayotgan tadbirlari

ijobiy bo'lsa-da, bu borada o'z imkoniyatlarini to'liq ishga solmayotganligi ham

mavjud muammolardan biridir.

Kichik biznesni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash, xususiy tarmoqni jadal

rivojlantirish va qishloq joylarda mikrokreditlash borasida banklar tomonidan olib

borilayotgan ishlarning hali yetarli darajada emasligi ham mavjud muammolardan

biridir.

Page 56: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

55

Shuningdek tijorat banklarida bo'sh o'rinlarni malakali xodimlar bilan

to'ldirish, bank filiallariga rahbar va bosh buxgalterlarni tanlash, ularni tayyorlash

va bo'sh o'rinlarni butlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar talab darjasida

emasligi ham mavjud muammolardan biridir.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida

Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 2006 yilda bank tizimida islohotlarni

amalga oshirish bo'yicha quyidagi ustuvor yo'nalishlar belgilab olingan.

Birinchidan, Markaziy bank oldida turgan asosiy ustuvor vazifa - milliy

valyuta barqarorligini ta'minlashga yo'naltirilgan monetar siyosatni davom

ettirgan holda pul agregatlarini boshqarishning zamonaviy bozor vositalaridan

keng foydalanib boriladi.

Ikkinchidan, pul muomalasini mustahkamlash, naqd pullarning bankdan

tashqari aylanmasini keskin qisqartirish, naqd va naqd bo'lmagan pul muomalasini

to'liq unifikatsiya qilish hisobiga aholi va xo'jalik sub'ektlarining bank tizimiga

bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida o'z mijozlarining depozit

hisob-raqamlaridagi mavjud mablag'lar doirasida naqd pul bilan hech qanday

cheklovlarsiz berilishini ta'minlash uchun barcha kuch va imkoniyatlar safarbar

etiladi.

Uchinchidan, pullarning banklarning kapitallashuv va moliyaviy

barqarorligini oshirish, ularning resurs bazasini ko'paytirish maqsadida aholi va

xo'jalik sub'ektlarining bo'sh pul mablag'larini banklardagi muddatli omonatlarga

jalb qilish bo'yicha aniq chora-tadbirlar ko'rib boriladi.

To'rtinchidan, pul muomalasini mustahkamlash, naqd pulsiz hisob-kitoblar

tizimini yanada takomillashtirish maqsadida chakana savdo va xizmat ko'rsatish

sohasida terminallar orqali plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar amalga

oshirilishi keng joriy etiladi.

Beshinchidan, “Mikromoliyalash to'g'risida”gi qonun qabul qilinishi bilan

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga mikrokreditlash va mikrolizing

bo'yicha turli xizmatlar ko'rsatish uchun yangi ixtisoslashgan bank tashkil etiladi

va u orqali imtiyozli kreditlar berib borilishi yo'lga qo'yiladi.

Page 57: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

56

Oltinchidan, kichik biznes, fermer va dehqon xo'jaliklarini rivojlantirishga

qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish va bu sohada mikrokreditlash hamda

mikrolizing mexanizmlari va hajmini keng rivojlantirishga alohida e'tibor

qaratiladi.

Yettinchidan, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholining

turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida tijorat banklari tomonidan

nafaqat engil avtomobil xarid qilishni kreditlashga, balki respublikamizda ishlab

chiqarilgan uzoq muddatga foydalaniladigan mebel, televizor, sovutgich, kir

yuvish mashinalari va boshqa elektrotexnikalarni xarid qilish uchun

mikrokreditlar berish amaliyotga keng tadbiq etib boriladi.

Sakkizinchidan, eksportni har tomonlama rag'batlantirish va valyuta

zahiralarini tejash, ulardan oqilona va samarali foydalanish maqsadida valyuta

zahiralari, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash, yangilash

hamda modernizatsiya qilishga va shu asosda korxonalarning eksport salohiyatini

yuksaltirishga yo'naltiriladi.

Shuningdek, tijorat banklari faoliyatida, xususan TIF Milliy banki Mirobod

filialidagi mavjud muammolar bo’yicha mamlakatimizning yetakchi mutaxassis-

lari ham o’z fikrlarini bildirib o’tgan. Iqtisodchi Yuliy Yusupov xalqaro

maydondagi raqobatbardoshlik xususida o’z fikrlarini izhor qilgan. Uning

so’zlariga ko’ra, O’zbekiston xalqaro mehnatni taqsimlash jarayonida va

qo’shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha global zanjirda faolroq

ishtirok etishi darkor. Bundan tashqari, valyuta bozorini liberallashtirish va erkin

konvertatsiyani joriy qilishi lozim.

Yuliy Yusupovning aytishicha, «mamlakatdagi tijorat banklari o’zlarining

asosiy vazifasi — jamg’armalarni jalb etish va bu mablag’larni sarmoyaga aylan-

tirish vazifasini bajara olmayapti». Chunki, ular Markaziy bank ko’rsatmalarini

bajarishdan nariga o’ta olmayapti.27

Iqtisodchi, shuningdek, mamlakatdagi to’lov turlari — naqd, naqdsiz va

27

“Tadbirkorlikka g’ov bo’layotgan muammolar: konvertatsiya, naqd pul muammosi...” nomli

maqola. 2017 yil 12 yanvar. www.google.co.uz

Page 58: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

57

korxonalar hisobidagi mablag’larning o’ziga xosliklari xususida ham fikr

bildirgan. U, bu boradagi muammolarni hal etish uchun naqd pullarni berishda

ma’muriy to’siqlarni olib tashlash zarur, degan fikrni bildirgan.

TIF Milliy banki Mirobod filialida ham yuqoridagi kabi kamchiliklar

mavjud, albatta. Ammo mavjud kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlab, bartaraf etish

bo’yicha bankda maxsus ishchi guruhi tashkil qilingan bo’lib, ularning vazifasi

strategik reja asosida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarning qay darajada

tog’ri bajarilayotganini nazorat va tahlil qilishdir. Buning samrasi o’laroq, Filialda

aholining bo’sh turgan pul mablag’larini bank omonatlariga jalb qilish buyicha

2017 yil 1 yanvar holatiga reja 17 199,0 mln.so’m belgilangan bo’lib, haqiqatda bu

ko’rsatgich 17 344,0 mln.so’mni tashkil etdi, rejani 101%ga bajarildi.

Ushbu ko’rsatgich o’tgan yilning shu davriga nisbatan esa 2 861 mln.

so’mga o’sgan, ya’ni 119% ga ko’paygan. Omonat quyilmalari ko’payishining

asosiy sababi aholiga yuqori foizli muddatli omonatlarning taklif etilganligi va ish

haqi loyihalari asosida plastik kartochkalarga o’tkazilgan mablag’larning

ko’payayot-ganligidir.

TIF Milliy banki o‘z strategiyasiga tayangan holda erishayotgan ijobiy

ishlari hamda yutuqlarini uning faoliyatiga baho berayotgan reyting kompaniyalari

xulosalarida ham ko‘rish mumkin. Ushbu hulosalarni Moody’s va Standard &

Poor’s xalqaro reyting kompaniyalari tasdiqlab bankka istiqboli “Barqaror”

reytingini berganlar. Rossiyaning “RIA Reyting” agentligi tomonidan e’lon

qilingan “MDH mamlakatlarning 200 ta eng yirik tijorat banklari ro‘yxati”da – TIF

Milliy banki ham o‘rin oldi.

Bugungi kunga kelib Filiali mavjud kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlab ularni

bartaraf etish bo’yicha aniq va maqsadli chora-tadbirlar to’plamini ishlab chiqqan

bo’lib, unga asosan, har bir ishchi-xodim o’ziga biriktirilgan funksional vazifalar

doirasida aniq va ma’suliyat bilan yondashadi. Natijada boshqaruv jarayonida turli

tushunmovchiliklar va chigalliklar yuzaga kelish holatlari sezilarli darajada

kamayadi.

Page 59: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

58

2-bob bo’yicha xulosa

TIF Milliy bank Mirobod filiali keng doirada yuritayotgan faoliyat ichki va

xalqaro bank operatsiyalarining amalda barcha sohalarini qamrab olgan. Endi u

xalqaro andozalar darajasida bank xizmatlari ko‘rsatish imkonini beruvchi

zamonaviy bank texnologiyalarini rivojlantirmoqda. Bank xalqaro moliya

tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import agentliklari ajratayotgan kredit

yo‘nalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar ko‘rsatib, ular bilan

aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli strategik

boshqaruv siyosatini yuritmoqda. TIF Milliy bank Mirobod filiali tuzilishida keng

ma’nodagi investitsiya bankini rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri

hisoblanadi. Bank investitsiyalaridan ko‘zlangan maqsad, hozirgi kunda ham, uzoq

muddatli istiqbolda ham bankning tijorat manfaatlari iqtisodiyotni rivojlantirish-

ning ustuvor yo‘nalishlari, mijozlar manfaatlari bilan eng maqbul darajada

uyg‘unlashuviga erishishdan, aktivlarni diversifikatsiyalash, xatarni minimallash-

tirish hamda resurslar samaradorligini oshirishdan iboratdir.

2018 yil 1 yanvar holatiga yuqoridagi prognoz 2017 yil davomida

grafiklarga asosan qariyb 4 000,00 mln. so’m miqdorida kreditlar so’ndirilishi

belgilanganligini e’tiborga olsak yil oxiriga kredit portfeli 56 000,00 mln. so’m

miqdorida bo’lishi prognozi belgilandi.

2016 yil mobaynida filial tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil

etish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. 2016 yil davomida bank kassasiga

jami: 66 666,0 mln so’m miqdorida naqd pul mablag’lari kirim qilingan. Ushbu

ko’rsatkich o’tgan 2015 yil 74 640,3 mln so’mni tashkil etgan bo’lib, o’tgan yilga

nisbatan joriy yil bajarilishi 7 974,3 mln so’mga kamaygan, ya’ni bajarilish 89 %ni

tashkil etgan. Bunga sabab, bir qancha yirik naqd pul tushumiga ega korxona va

tashkilotlar faoliyatini to’xtatishi va mijozlarning boshqa banklarga o’tib ketishi va

savdo, pullik xizmat tushumlarini savdo terminallari orqali amalga oshirish

rivojlanib bormoqda. TIF Milliy banki o‘z strategiyasiga tayangan holda

erishayotgan ijobiy ishlari hamda yutuqlarini uning faoliyatiga baho berayotgan

reyting kompaniyalari xulosalarida ham ko‘rish mumkin.

Page 60: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

59

3 - TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI STRATEGIK BOSHQARISHNI

TAKOMILLASHTIRISH

3.1. Tijorat banklari faoliyatida samarali strategik boshqaruvni amalga

oshirish yo’llari

Strategik menejment fanining asoschilaridan biri bo’lgan I. Ansoff strategik

boshqaruvning mohiyatini: “tashkilot maqsadlari va vazifalarining qo’yilishi, o’z

maqsadlariga erishish imkoniyatini beruvchi va ichki imkoniyatlarga mos holda

tashqi talablarga sezuvchanlikni ta’minlovchi tashkilot va tashqi muhit o’rtasidagi

bir qator munosabatlarni qo’llab-quvatlash bilan bog’liq strategik boshqaruv

bo’yicha faoliyat”28

sifatida aniqlab bergan.

Fikrimizcha, mazkur talqinni asos sifatida olinishi tashkilot missiyasi, ya’ni

u nima uchun va qanday maqsadda tashkil etilganligi, shuningdek, tashqi muhit

talablari hamma vaqt ham ichki imkoniyatlarga mos kelmasligi va bunday holatda

davlat yoki uning ma’lum tarkibiy tuzilmasi o’z ixtiyorida mavjud bo’lgan

mablag’larni tashkilot faoliyatining strategik yo’nalishlarini moliyalashtirishga

yo’naltirishi mumkinligi e’tibordan chetda qoladi. Bundan tashqari, ko’plab

rivojlangan mamlakatlarda xalq xo’jaligining strategik yo’nalishlari bevosita

davlatning moliyaviy yordami asosidagina rivojlanishi mumkin. Shu bilan bir

qatorda, istalgan faoliyatning uzoq muddatli rivojlanishi inson omiliga bog’liq.

Shunisi xususiyatliki, tijorat banklari faoliyatida samarali strategik

boshqaruvni amalga oshirish yo’llari, missiya va strategik vazifalarni aniqlash,

xodimlarni tayyorlash va motivatsiyalash funktsiyalari bank menejmenti

funktsiyalari tarkibiga kiritilmasdan qolgan. Demak, bank xodimlarining mijozlar

bilan bevosita yoki bilvosita aloqadorligi, shuningdek, bank faoliyatining o’ziga

xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bank menejmenti tushunchasiga ma’lum

aniqliklar kiritilishi zarur.

D.I.Traktovenko tomonidan tayyorlangan “Bank sohasida strategik

rejalashtirish va boshqarish” nomli monografiyasida tijorat banklari faoliyatida

28

Ансофф И. Стратегическое управление: Сокр. пер. с англ. // Науч. ред. и авт. предисл.

Л.И. Евенко. – М.: Экономика, 2012.

Page 61: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

60

samarali strategik boshqaruvni amalga oshirish yo’llari batafsil bayon qilingan

bo’lib, eng muhimi bu masala bank strategik menejmenti elementlarini aniqlash

nuqtai nazaridan o’rganilgan va ushbu ishda strategik rejani amalga oshirish

dasturini shakllantirish bosqichi alohida qayd qilingan. “Amalga oshirish – rejalar

va strategiyalarni natijalarga transformatsiyalash jarayonidir. Strategik boshqarish-

ning ushbu fazasida… bank resurslari bank missiyasi, maqsadlari va vazifalarini

bajarishga yo’naltiriladi”29

.

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi

«O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi

to’g’risida»gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshiriladigan ishlar, yaqin 5 yilga

mo’ljallangan Strategiyada iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning

ustuvor yo’nalishlari sifatida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash,

iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, uning raqobatdoshligini oshirish,

iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy

islohotlarni davom ettirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, qishloq

xo’jaligi, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning mavqeini yanada

kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, etakchi

ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish,

hududlarlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish,

turizm sohasini yangi bosqichga ko’tarish vazifalari o’rin olgan. Ularni izchillikda

amalga oshirish uchun esa, bank-moliya, soliq, bojxona, sug’urta, lizing kabi qator

institutlar faoliyati isloh qilinmoqda.

Bank tizimida ishning ratsional tashkil etilishi, yaratilgan samarali

infratuzilma, xizmat ko’rsatishning turli instrumentlari, usullari qo’llanilishi bozor

mexanizmlarining samarali ishlashiga xizmat qilmoqda. Natijada barqaror,

moslashuvchan bank tizimi mamlakat iqtisodiyotining samaradorligiga sezilarli

ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bir so’z bilan aytganda, bank sohasida sodir

bo’layotgan o’zgarishlar muayyan shaklda butun iqtisodiyotda o’z aksini

29

Трактовенко Д.И. Стратегическое планирование и управление в банковской сфере. –

СПб.: Изд-во СПбГУЭиФ, 2006. 214 с.

Page 62: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

61

topmoqda.

Shubhasiz, tijorat banklarida strategik menejment tizimini shakllantirish

paytida hisobga olinishi zarur bo’lgan samarali strategik boshqaruvni amalga

oshirish yo’llari mavjud. Ularning jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

bank faoliyati bevosita mijozlar talabini qondirishga yo’naltiriladi,

shuningdek, ular bilan tegishli muloqot o’rnatilishini taqozo qiladi. Bank

xizmatlarini yig’ib borish mumkin emas. Hatto Internet - bankingdan foydalanish

ham bank mutaxassisi va mijozning ma’lum shakldagi muloqotini nazarda tutadi;

bank faoliyatidagi konservatizm: xizmat ko’rsatish texnik vositalarining

o’zgarishi bank operatsiyalari mohiyatini o’zgartirmaydi. Bu faqat bank

mutaxassislaridagi professional ko’nikmalarning muhimligini birinchi o’ringa

chiqaradi. Bank xizmatlari assortimentida tub o’zgarishlar kam uchraydi va ular

asosan xizmat ko’rsatish vositalariga aloqador;

an’anaviy bank xizmatlarining saqlab qolinishi bilan bir qatorda yangi

xizmat turlarining kengayishi. Bu yangi mutaxassislarning jalb etishi va texnik

bazaning doimiy ravishda yangilab borishni taqozo qiladi;

ko’rsatilayotgan xizmatlarning kompleksliligi, bu esa mijozlarga taklif

qilinayotgan barcha xizmatlarning yuqori sifatini talab qiladi;

banklar o’z zimmasiga mijozlar, moliyaviy instrumentlar hamda faoliyat

olib boruvchi barcha moliya bozorlarida vujudga keladigan risklarni olishi;

bankning obro’-e’tibori va ijtimoiy rivojlanish maqsadlarini amalga

oshirishda jamiyat va davlatga nisbatan bank missiyasining katta ahamiyat kasb

qilishi;

global moliya bozorlarining yuqori darajadagi beqarorligi, mijozlar xatti-

harakatlarida tahlikaning yuqori darajaliligi, global moliya bozorlarida spekulyativ

strategiyalarning mavjudligi.

Muxtasar qilib aytganda, respublikamiz bank sektori oldidagi asosiy

vazifalardan kelib chiqqan holda bank strategik menejmenti mohiyatining talqin

qilinishi bank faoliyatining strategik samaradorligini ta’minlashda o’ta muhim

Page 63: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

62

ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda, bank faoliyatini tashkil qilish, olib borish va

boshqarishning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash bank missiyasi va strategiyasini

shakllantirish metodologiyasini ishlab chiqishning zaruriy sharti hisoblanadi. Shu

bilan bir qatorda bank strategik menejmenti tizimini shakllantirish xususiyatlarini

doimiy ravishda o’rganish, amaliy faoliyatga joriy qilinayotgan strategiyalarning

muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlab beruvchi asosiy omillardan biridir.

Tijorat banklari faoliyatida samarali strategik boshqaruvni amalga

oshirishning ustuvor yo’nalishlari sifatida quyidagilar hisoblanadi:

1. Kadrlar siyosatini kuchaytirish, zahira tarkibiga kiritilgan mutaxassislarni

rotatsiya qilish ishlarini davom ettirish, xodimlarni chet el moliya institutlari

hamda ta’lim muassasalarida o’qitishni faollashtirish, investitsiya faoliyati

masalalari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarni qayta tayyorlash, bank sohasida

kadrlar tayyorlash usullarini muntazam takomillashtirib borish.

2. Iqtisodiyotga uzoq muddatli kredit qo’yilmalari ulushini ichki manbalar

hisobiga yanada oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va

texnologik yangilash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosida

raqobatbardosh xizmat turlari va mahsulot ishlab chiqarilishini tashkil etishga

yo’naltirilgan bankning investitsiyaviy faolligini kuchaytirish.

3. Tarmoqlarda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirishga ko’maklashish,

texnik va texnologik yangilash, ilg’or chet el texnologiyalari hamda uskunalarini

jalb etishga yo’naltirilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, shu asosda

yuqori sifatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh xizmat turlarini ishlab

chiqishni ta’minlash, ichki xizmatlar bozorini mahalliy xizmat turlari bilan

to’ldirish.

4. Bazel qo’mitasining xalqaro standartlari talablariga muvofiq institutsional

jihatdan yanada rivojlanish, jumladan bankning kapitallashuv darajasini oshirish,

resurs bazasini ko’paytirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank tavakkalchiligining

boshqarilishini takomillashtirish orqali uning moliyaviy barqarorligi va

likvidliligini oshirish.

5. Kapitallashuv darajasini, shu jumladan Ustav kapitalini o’stirish hisobiga

Page 64: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

63

oshirish, aktsiyalarni chiqarish va fond bozorida joylashtirish orqali keyingi yilda

jami kapitalning hajmini o’sishini ta’minlash.

6. Barqaror resurs bazasi va likvidliligini mustahkamlash maqsadida omonat

hamda depozitlarning yangi jozibali turlarini joriy etish, ko’rsatilayotgan bank

xizmatlari doirasini kengaytirish, jumladan muomalaga chiqarilgan depozit

sertifikatlarini joylashtirish yo’li bilan aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning

bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga keng jalb qilish bo’yicha tizimli chora-

tadbirlarni qabul qilish.

7. Bankning investitsion faolligini kuchaytirish, investitsiya loyihalarini

moliyalashtirishda bankning ishtirokini yanada kengaytirish, loyihalarni

ekspertizadan o’tkazish va xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish, kreditlar

bo’yicha muammoli qarzdorlik yuzaga kelishining oldini olish chora-tadbirlarini

amalga oshirish yo’li bilan kredit portfeli hajmini doimiy o’sishi hamda sifati

yaxshilanib borishini ta’minlash.

8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hajmlarini

kengaytirish, shuningdek kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sub’ektlari

loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida xalqaro moliyaviy

institutlarining kredit liniyalarini o’zlashtirish va jalb qilinishini faollashtirish;

9. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini moliyalash, aholi

bandligi hamda farovonligini oshirishning eng muhim vositasi sifatida bankning

mikromoliyalash xizmatini kengaytirish.

10. Chet el moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va

xorijiy kredit liniyalarini keng jalb qilish yuzasidan yangi imkoniyatlarni ochish,

nufuzli xalqaro reyting kompaniyalaridan bankka barqaror prognozli reytinglar

muntazam olinishini ta’minlash, jumladan “Fitch ratings”, “Moodys”

kompaniyalari reyting baholarining muntazam ravishda yangilanib borilishini

ta’minlash.

11. Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va bank

tavakkalchiliklarini samarali boshqarish yuzasidan keng doiradagi chora-

tadbirlarni amalga oshirish.

Page 65: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

64

12. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish, plastik

kartochkalar bilan hisob-kitob qilish ko’lamini va sifatini oshirish bilan bog’liq

ishlarni davom ettirish, aholining plastik kartochkalar orqali muomala qiladigan

depozitlari sonining oshishini rag’batlantirish.

13. Bank tizimi bo’yicha umumlashgan telekommunikatsiya tizimini

yaratish, hisob raqamlar xavfsizligini boshqarish imkonini beruvchi zamonaviy

texnologiyalarni joriy etish va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini rivojlantirish,

nazorat hamda qayta ishlash tartibini xalqaro tajribaga muvofiqlashtirish yo’li

bilan to’lovlar va pul o’tkazmalarini amalga oshirish qoidalarini takomillashtirish.

3.2. Tijorat banklari faoliyatini strategik boshqarishni takomillashtirishning

xorij mamlakatlari tajribasi

Bank faoliyatini strategik boshqarishda davlat tomonidan tijorat banklar

faoliyati ustidan nazorat qilinishi va tartibga solinishi, ular faoliyatida muayyan

cheklashlarni o’rnatilishi banklar iqtisodiy erkinligini cheklashga intilish,

raqobatning rivojlanishiga хalaqit beradigan omil sifatida qaralishi mumkin.

Ammo dunyodagi ko’pgina rivojlangan davlatlarda banklar, shuningdek

boshqa moliya tashkilotlarining strategik faoliyatlari turli darajada amalga

oshiriladi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda ham bank-

moliya sektori jiddiy ravishda davlat tomonidan tartibga solinadi. Bu yerda,

banklarni strategik boshqarish va tartibga solish yuzasidan jahonda umumiy qabul

qilingan tamoyillar va qoidalar har bir mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga

olgan holda qo’llaniladi.

AQSHda bankning strategik boshqaruvi asosan ikki bo’g’inda olib boriladi:

1) Milliy banklar tizimi Federal Hukumatga, ya’ni Pul muomalasi

nazoratchisiga bo’ysunishi orqali;

2) Shtatlar banklari tizimi ayrim shtatlarga bo’ysunishi orqali.

Federal darajada bankning strategik faoliyati va nazorati asosan 3 ta

tashkilot: Pul muomalasi nazoratchisi, Federal rezerv tizimi (FRT) va 98 foiz

banklar a’zo bo’lgan Sug’urta jamg’armalari Federal Korporatsiyasi (SJFK)

Page 66: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

65

tomonidan amalga oshiriladi. Pul muomalasi nazoratchisi Moliya vazirligining

Хazina organi bo’lib, uning nazorat funksiyasiga quyidagilar kiradi:

- milliy banklarni tashkil etilishida ruhsatnoma berish;

- davriy nazorat va taftish tekshiruvlarini o’tkazish;

- bank bo’limlari ochilishi va qo’shilishini nazorat qilish.30

Yuqorida keltirib o’tilgan organlardan tashqari AQShda banklar strategik

faoliyati ustidan nazorat qiluvchi shtatlarning bank departamentlari mavjud bo’lib,

ularning vazifasi bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun shtat banklariga

ruhsatnomalar berish (charter), yo’riqnomalar ishlab chiqish, banklarda

tekshiruvlarni o’tkazish va hokazolardan iborat.

AQShdagi banklar strategic boshqaruv faoliyatini amalga oshirishda ikki

tomonga bo’ysinadilar. Buning ma'nosi shundaki, tijorat banklarining bir qismi

Federal xukumat tomonidan lisenziyalanadi, nazorat qilinadi va tergab turiladi.

Boshqa bir qismi esa ayrim shtatlarning hokimiyatiga bo’yin egadi. Bularning

birinchisi FRB a'zolaridir, ikkinchilari esa FRBga a'zo emas.

Ayni paytda banklar Federal hokimiyatga bo’ysinishni ham yoki shtatlar

hokimiyatiga bo’ysunishni ham o’zlari tanlab olishadi.

AQSh Adliya vazirligi esa banklarning qo’shilishi va bank хoldinglarini

tuzilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. Bundan tashqari bank nazorati

bo’yicha nodavlat nazorat organlari ham mavjuddir. Ular jumlasiga Amerika

banklar assotsiatsiyasi, Mustaqil banklar assotsiatsiyasi, turli shaharlarning Kliring

palatalari komiteti va boshqalar kiradi. Mazkur nodavlat nazorat organlarining

strategik vazifasi - mijozlarga хizmat ko’rsatish bo’yicha standartlar ishlab chiqish,

bank operatsiyalarini amalga oshirishning teхnik masalalarini hal etish, Kongress

va matbuot bilan aloqalar olib borish kabilar hisoblanadi.

Germaniyada kredit institutlari ustidan nazorat Bank nazorati bo’yicha

Federal boshqarma hamda Nemis Federal banki (Bundesbank) tomonidan amalga

oshiriladi. Bank nazorati bo’yicha Federal boshqarmaning asosiy strategik vazifasi

quyidagilardan iborat:

30

Жуков Е.Ф. Банки и банковские операции. – М.: Банки и биржи. Юнити, 2013. – с. 83.

Page 67: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

66

- yangidan ochilayotgan banklar faoliyatiga litsenziyalar berish;

- kredit institutlari uchun majburiy rezerv talablarini belgilash;

- kredit va pul muomalasi sohasiga tegishli qonun va me’yoriy hujjatlarga

amal qilinishini nazorat qilish;

- banklar faoliyatini rejadan tashqari tekshiruvdan o’tkazish;

- banklar rahbarlarini lavozimidan ozod etish va hokazo.

Mamlakatdagi barcha kredit institutlari Bank strategik boshqaruvi bo’yicha

Federal boshqarmaga o’z faoliyatlaridagi barcha o’zgarishlar to’g’risida,

shuningdek, oylik hamda yillik hisobotlarni taqdim etadilar. Banklar ustidan

nazoratni amalga oshiruvchi Federal boshqarma Bundesbank bilan kelishilgan

holda kredit institutlari strategik faoliyati uchun majburiy iqtisodiy me’yorlar

o’rnatib boradi. Ushbu o’rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga quyidagilar kiradi:

- tijorat banklari riskka tortilgan aktivlarining miqdori aksionerlik

kapitalining 18 barobaridan ko’p bo’lmasligi lozim;

- har operatsiya kunining chet el valutasi bo’yicha yopilmagan qismi

aksiyadorlik kapitalining 30 foizdan oshmasligi lozim;

- moliya fyuchers va optsionlari bo’yicha kunlik ochiq pozitsiya bank

aksiyadorlik kapitali summasining 20 foizidan oshmasligi lozim;

- bank sarmoyasining 15% idan yuqori bo’lgan bir qarz oluvchiga berilgan

“yirik” kreditlar to’g’risida ma’lumotlar zudlik bilan Bundesbankka taqdim etish,

mazkur kreditlarning umumiy summasi bank sarmosining 8 barobaridan

oshmasligi lozim.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarda banklarni strategik boshqaruv faoliyatini

nazorat qilish organlarini ko’rib chiqadigan bo’lsak, 3 хil yo’nalishni ko’rishimiz

mumkin. Birinchi yo’nalish bank nazorati funksiyalarining faqat Markaziy bankda

jamlanishini, ikkinchi yo’nalish nazorat funksiyalarining alohida davlat nazorat

organlari tomonidan, uchinchi yo’nalish nazorat vazifalarini bir nechta organlar

birgalikda amalga oshirishni ko’zda tutuvchi yo’nalish hisoblanadi.

Yuqorida qayd etilganidek Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining

strategik boshqaruv faoliyatini tartibga solish ikkita usul bo’yicha amalga

Page 68: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

67

oshirilishi ko’rsatib o’tilgan:

1) Pul-kredit instrumentlari vositasida;

2) Iqtisodiy me’yorlar o’rnatish yo’li bilan.

Ushbu tijorat banklari strategik boshqaruv faoliyatini tartibga solish

usullarini quyida alohida ko’rib chiqamiz.

1) Markaziy bank davlat banki sifatida mamlakatning pul-kredit siyosatini

yuritar ekan, pul-kredit dastaklari orqali tijorat banklarining likvidliligiga, to’lov

qobiliyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Pul-kredit dastaklariga: qayta

moliyalashtirish siyosati, hisob siyosati, majburiy zahira siyosati va ochiq bozor

operatsiyalari kiradi.

- qayta moliyalashtirish siyosatida qayta moliyalashtirish stavkasini

o’zgartirish orqali tijorat banklari kreditlarining foiz stavkasining umumiy va

bozor darajasining o’zgartirish tushuniladi. Markaziy bank tomonidan qayta

moliyalash stavkasi oshirilsa, tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan

kreditlarning ham foiz stavkasi oshadi. Bu esa, o’z navbatida, kreditlarning

qimmatlashuviga, kredit oluvchilar sonining kamayishiga va shu asosida, kreditlar

multiplikatori qisqarishiga sabab bo’ladi. Aksincha, Markaziy bank qayta

moliyalash stavkasini pasaytirish yo’li bilan mamlakatda bank kreditlari foiz

stavkasini pasaytirishga erishadi, natijada investitsion jarayonlarni moliyalashtirish

rag’batlantiriladi;

- majburiy zahiralar siyosatida Markaziy bank tijorat banklarining depozitlar

va majburiyatlar summasiga nisbatan majburiy zahira siyosatini qo’llaydi. Bunda

asosan ikki maqsad, banklar kredit ekspansiyasini jilovlash va bank likvidligini

ta’minlash ko’zlanadi;

- hisob siyosatida Markaziy bank tijorat banklarning veksellarini qayta

hisobga olish orqali banklarning likvidliligiga ta’sir etishni belgilaydi. Shuni

ta’kidlash kerakki, diskontli kreditlar berish meхanizmi mamlakatlarda bir-biridan

keskin farq qiladi. Masalan, Germaniya Markaziy banki va AQShning Federal

rezerv tizimi diskont stavkalarini bozor stavkalaridan sezilarli darajada past qilib

belgilaydilar. Shu sababli diskontli kreditlarga bo’lgan talabni ular ma’muriy yo’l

Page 69: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

68

bilan cheklaydilar. Ayrim Markaziy banklar diskont stavkalaridan pul bozoridagi

vaziyatni boshqarishning asosiy instrumenti sifatida foydalanadilar;

- ochiq bozor siyosatida Markaziy bank qimmatli qog’ozlarni ikkilamchi

bozordan sotib olish yoki sotish operatsiyalarini amalga oshiradi. Shunisi

хarakterliki, rivojlangan хorijiy davlatlarda, хususan AQSh, Yaponiya va

Germaniyada Markaziy bankning qimmatli qog’ozlarni bevosita emitentning

o’zidan birlamchi bozorda sotib olishi ochiq bozor operatsiyasi hisoblanmaydi,

balki kredit operatsiyasi hisoblanadi. Demak rivojlangan хorijiy davlatlarda ochiq

bozor operatsiyalari deganda qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozorlarda

sotilishi yoki sotib olinishi bilan bog’liq operatsiyalar tushuniladi. Bu yerda

Markaziy bank tomonidan qimmatli qog’ozlarni sotib olinishi tijorat banklarining

likvidliligini oshishiga va aksincha, qimmatli qog’ozlarni sotilishi ularning

likvidliligini pasayishiga sabab bo’ladi.

Tijorat banklarini strategik boshqaruv faoliyatida ilmiy-texnik rivojlanishni

davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlar tizimi innovatsion

jarayonlarni rag’batlantirishning o’ziga xos usul va yo’nalishlari bilan to’ldirilgan,

iqtisodiyotni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish usullari va tadbirlari majmuini

tashkil etadi. Masalan, Yaponiyada ta’sir ko’rsatishning an’naviy iqtisodiy va

ma’muriy usullaridan tashqari yana bir qator usul va vositalardan, masalan,

eksportni imtiyozli kreditlash va sug’urta qilish, eksport qiluvchilarni turli to’lov-

lardan qisman ozod etish, to’g’ridan-to’g’ri subsidiyalash, eksport qiluvchilarga

davlat tomonidan kompleks yordam ko’rsatish, ularning ijtimoiy faoliyatini

qo’llab-quvvatlash va boshqa shu kabilardan foydalaniladi.

Хulosa qilib aytganda, rivojlangan davlatlar amaliy tajribasiga ko’ra, bank

tizimining samarali va erkin strategik faoliyat ko’rsatishi uchun Markaziy bank

tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solishda yuqorida qayd etilgan pul-

kredit hamda iqtisodiy me’yorlar usullaridan o’zaro aloqadorlikda samarali

foydalanish talab etiladi.

Page 70: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

69

3-bob bo’yicha xulosa

Bank tizimida ishning ratsional tashkil etilishi, yaratilgan samarali

infratuzilma, xizmat ko’rsatishning turli instrumentlari, usullari qo’llanilishi bozor

mexanizmlarining samarali ishlashiga xizmat qilmoqda. Natijada barqaror,

moslashuvchan bank tizimi mamlakat iqtisodiyotining samaradorligiga sezilarli

ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bir so’z bilan aytganda, bank sohasida sodir

bo’layotgan o’zgarishlar muayyan shaklda butun iqtisodiyotda o’z aksini

topmoqda.

Mamlakatimiz bank sektori oldidagi asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda

bank strategik menejmenti mohiyatining talqin qilinishi bank faoliyatining

strategik samaradorligini ta’minlashda o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni

paytda, bank faoliyatini tashkil qilish, olib borish va boshqarishning o’ziga xos

xususiyatlarini aniqlash bank missiyasi va strategiyasini shakllantirish

metodologiyasini ishlab chiqishning zaruriy sharti hisoblanadi. Shu bilan bir

qatorda bank strategik menejmenti tizimini shakllantirish xususiyatlarini doimiy

ravishda o’rganish, amaliy faoliyatga joriy qilinayotgan strategiyalarning

muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlab beruvchi asosiy omillardan biridir.

Rivojlangan davlatlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan holda, bank

tizimining samarali va erkin strategik faoliyat ko’rsatishi uchun Markaziy bank

tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solishda bir qator pul-kredit hamda

iqtisodiy me’yorlar usullaridan o’zaro aloqadorlikda samarali foydalanish talab

etiladi.

Dunyodagi ko’pgina rivojlangan davlatlarda banklar, shuningdek boshqa

moliya tashkilotlarining strategik faoliyatlari turli darajada amalga oshiriladi.

Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda ham bank-moliya

sektori jiddiy ravishda davlat tomonidan tartibga solinadi. Bu yerda, banklarni

strategik boshqarish va tartibga solish yuzasidan jahonda umumiy qabul qilingan

tamoyillar va qoidalar har bir mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga olgan

holda qo’llaniladi.

Page 71: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

70

XULOSA VA TAKLIFLAR

Moliya muassasalarining, xususan tijorat banklarining foliyati qanday

bo’lishi va qanday raqobat mavqeiga ega bo’lishi lozimligini aniqlash bu

banklarning strategik tasviri yoki ko’rinishi demakdir.

Tijorat banklarida strategik menejment tizimini tadqiq etish, avvalambor,

strategik menejmentning mohiyati, uning tarkibiy elementlari va o’ziga xos

bo’lgan xususiyatlarni aniqlab olishni taqozo qiladi.

Moliya munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadigan banklar uchun

bugungi kunda ayniqsa bozor munosabatlari sharoitida xo’jalik yuritishning

yuksak daromadlarga erishilishini ta'minlovchi samarali strategiya va uslublarini

izlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bank tizimida yuzaga kelayotgan holatlar,

bugungi kunda bank menejmenti va marketingini yanada rivojlantirishni talab

qilmoqda. Banklar sonini ko’payishi bu raqobatning kuchayishidir. Bu esa

bankning strategik boshqaruvida yangi yangi vazifalar belgilaydi.

O’zbekiston uchun maqbul shart-sharoitlarda ushbu masalaga e’tibor berish,

milliy tijorat banklari faoliyatida qo’llash ularning raqobatbardoshligi, barqarorligi

va reytingini oshiradi, bank mijozlariga ko’rsatilayotgan xizmatlarning miqdori va

sifatining oshirilishini ta’minlaydi.

Mamlakatimiz tijorat banklari o’z strategik faoliyatlari davomida qator

muammolarga duch keladilar, ularni xal qilish esa iqtisodiyotimizning kelajakdagi

taraqqiyoti uchun muhim hayotiy masaladir. Bu muammoni birinchi navbatda,

ko’pchilik bank mijozlarining qoniqarsiz moliyaviy ahvoli keltirib chiqaradi. Sir

emaski, qachonlardir o’z bank tizimlarini isloh qilgan mamlakatlarning qariyb

barchasi u yoki bu darajada strategik muammoni xal qilish zarurati bilan

to’qnashganlar.

Bitiruv malakaviy ishini yozishda o’lingan ma’lumotlar hamda o’rganilgan

ishlar yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi:

- Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda mamlakatimiz moliya sohasida,

ayniqsa bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali borishida,

moliya institutlarining, xususan tijorat banklarining faoliyatidagi to’g’ri va oqilona

Page 72: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

71

strategik boshqaruv jarayoni yotadi. Boshqacha aytganda, tijorat banklarining

resurslardan oqilona foydalanish hamda boshqarishda bank strategik

menejmentining hamda unda faoliyat olib boruvchi menejerlarning o’rni va

ahamiyati kattadir.

- Tijorat banklari faoliyatini samarali boshqarishda nafaqat samarali bank

menejmenti balki bank strategiyasi ham muhim rol o’ynaydi. Bank strategiyasi

bank resurslarini boshqarishni takomillashtirishda aholiga, aniqrog’i mijozlarga

ularning ehtiyojlarini qondiruvchi yangi va qulay xizmat turlarini ishlab chiqish

hamda yetkazib berish faoliyati bilan bevosita bog’liq chora-tadbirlar to’plamidir.

- Bank tizimida yuzaga kеlayotgan holatlar, bugungi kunda bank

mеnеjmеnti va bank strategiyasini yanada rivojlantirishni talab qilmoqda. Tijorat

banklarining strategik boshqaruvi o’z ichiga boshqaruv jarayonini amalga oshirib,

moliyaviy, moddiy, tashkiliy, huquqiy, ma'naviy psixologik shart-sharoitlarni

yaratish, boshqaruv vazifalarini bеvosita ijro etilishi, bilan bog’liq jarayonlarni

oladi.

- Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish, plastik

kartochkalar bilan hisob-kitob qilish ko’lamini va sifatini oshirish bilan bog’liq

ishlarni davom ettirish, aholining plastik kartochkalar orqali muomala qiladigan

depozitlari sonining oshishini rag’batlantirish bankning uzoq muddatli smarali

strategik faoliyatini ta’minlab beruvchi omil bo’ladi.

- Tijorat banklari resurslari tarkibiga kiruvchi bank aktivlari va passivlari,

likvidlik, depozitlar, kreditlar bilan birga yana shunday bir asosiy resurs borki, biz

uni inson resurslari deb ataymiz. Bank personalini samarali boshqarish bilan

bog’liq jarayonlar, usullarni ham aynan bankning boshqaruv strategiyasi amalga

oshiradi.

- Tijorat banklarini strategik boshqarish orqali faoliyatning davomiyligini

ta’minlash hamda raqobatda ustunlikka erishishda qator strategik tahlil usullaridan,

xususan SWOT, PIMS yoki TOWS kabilardan samarali foydalanish lozim. Bu esa

bankning ichki va tashqi imkoniyatlarini baholashga yordam beradi, albatta.

Page 73: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

72

Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqgan holda tijorat banklari, xususan TIF

Milliy banki Mirobod filialida samarali strategik boshqarishda quyidagi vazifalar

yanada rivojlantirilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi deb o’ylaymiz:

1. Tijorat banklari resurslarini samarali boshqarishda banklarda yangi

innovatsion xizmat turlarini hamda boshqaruv (menejment) usullarini joriy etish

lozim. Masalan, xodimning salohiyatini va imkoniyatlarini aniqlash asosida, uning

xizmatdagi o’sishini rеjalashtirish asosida kadrlar tarkibidan oqilona foydalanishni

tashkil qilish. Yoki mijozlarga qulaylik yaratib beruvchi “Over draft” xizmat

turini yanada takomillashtirish.

2. TIF Milliy banki Mirobod filialida bankning asosiy resurslaridan biri

hisoblangan kredit va kredit siyosatini samarali boshqarishda yangi xizmat turini

joriy etish. Masalan, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, ular olgan kredit

mablag’larini infokyoskalar yoki bankomatlar orqali masofadan turib so’ndirish.

Bunda bank va mijoz o’rtasidagi munosabat ancha soddalashadi va vaqtdan

yutiladi.

3. TIF Milliy banki Mirobod filiali aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli

qog`ozlarni chiqarish kabi pul mablag`larini o`zlashtirish usullaridan kengroq

foydalanish lozim. Masalan, Repo-kontraktlar va ular bilan bog’liq operatsiyalarni

ko’paytirish va takomillashtirish.

4. Tijorat banklarida, xususan TIF Milliy banki Mirobod filialida taktik reja

va usullardan oqilona foydalanish hamda ularni samarali boshqarishda bank

menejmentida tavakkalchilik darajasini, ya’ni risklarni kamaytirish usullaridan

unumli foydalanish lozim. Masalan, diversifikatsiya siyosatini o‘tkazish, banklar

tomonidan umumiy va maxsus rezerv fondlarini tashkil qilish,bank mijozini

moliyaviy ahvolini muntazam nazorat qilish kabi usullar.

Page 74: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

73

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Normativ-huquqiy hujjatlar:

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: «Adolat», 2014y.

2. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

to‘g‘risida”gi qonun, T.: “O‘zbekiston”, 1995 y.

3. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi

qonun, T.: “O‘zbekiston”, 1996 y.

4. O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi

qonuni, 11.12. 2003 y.

5. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini

himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni. 04.04. 2002 y.

6. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 22.01.2009 yildagi

1045-sonli Inqirozga qarshi dastur va boshqa qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”gi

2008 yil 5 apreldagi Farmoni.

7. “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni

modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. Toshkent. 2007 y. 12 iyul.

8. “Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. Toshkent. 2008 y. 27 sentyabr.

9. «Bozor islohatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada

erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining

Farmoni. Toshkent. 14.06.2005.

10. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi

«Bank tizimini yanada islox qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi

Qarori. «Xalq so‘zi» 16.04.2005.

11. «To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni

rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston

Respublikasi Birinchi Prezidentining Farmoni. «Xalq so‘zi» 12.01.2005.

Page 75: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

74

12. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2010 yil 29 dekabrda

“O‘zbekiston Respublikasining 2011 yilga mo‘ljallangan investision dasturi

to‘g‘risida”gi 1455-sonli Qarori.

13. «Pul mablag‘larini bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar

Mahkamasining Qarori. 05.08.2002 y.

14. «Pul-kredit ko‘rsatkichlarni tartibga solish mexanizmini takomillash-

tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar

Mahkamasining Qarori. 04.02.2003 y.

2. O’zbekistob respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari:

15. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning

mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga

mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga

bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. 2016 yil 18 yanvar.

“Xalq so’zi”.

16. Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston

sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari”.T.:Iqtisodiyot, 2009. – 120 b.

17. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror

rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. 17- Jild. – T.: O’zbekiston,

NMIU 2009. – 280 bet.

18. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning

mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari

va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor

yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi

ma’ruzasi.2017 yil 14 yanvar.

19. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ishlab

chiqilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi. 2017 yil 7 fevral.

Page 76: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

75

3. Darslik va o’quv adabiyotlari:

20. Abdullaeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. T.: “Moliya” 2012 y, 315 b.

21. O.A.Ortiqov, I.Ya. Qulliyev “Bank menejmenti va marketing” O‘quv

qo‘llanma. Toshkent. ”Iqtisod-Moliya” nashriyoti 2015 y, 206 b.

22. Лапигин Ю.Н. Стратегический менеджмент. Учебное пособие. - M.:

Эксмо, 2014. ст.12

23. N.Q. Yo’ldоshev. Strаtegik menejment. O’quv qo’llаnmа. – Tоshkent,

TDIU, 2012 y. 8- b.

24. Yo`ldoshev N.Q., Xodjamuratova G.Yu. Strategik menejment-

2.Darslik.T.:TDIU 2013. 16-b.

25. Баринов В.А., Харченко В.Л. Стратегический менеджмент: Учебное

пособие.- М.: ИНФРА-М, 2008. стр.15.

26. Круглова Н. Ю., Круглов М. И. Стратегический менеджмент.

Учебник. М.: РДЛ, 2006.-стр. 124.

27. Грант Р.М. Современный стратегический анализ. Учебное пособие.

Питер, 2013.- стр. 56-60.

28. Маленьков Ю.А. Стратегический менеджмент. Учебник.- M.:

Проспект, 2009. - 22-29 c.

29. Деньги, кредит, банки / Лаврушин О.И., Ямпольский М.М.,

Савинский Ю.П., Панова Г.С.-М.: Финансы и статистика, 2003. с. 64

30. Peter R. “Bank Management & Financial Services” 9 th Edition, 2015, 188 p.

31. Tolga T. “Digital banking tips” 2015, June 22, 214 p.

32. Raxmatov X. Tijorat banklari menejmentida aktivlarni boshqarish:

Muammolari va yechimlari. T “YANGI NASHR” 2012 yil, 178 b.

33. Innovatsion menejment. S.Soliyeva. O‘quv qo‘llanma. “Iqtisod-moliya”

nashriyoti.T.: 2012 y, 197 bet.

34. Ткачук Л.Т. под. ред. М.И.Шадова. Менеджмент. Роcтов-на Дону.

Феникс. 2012 г, 318 c.

35. Raximova D.N. va boshq. Zamonaviy menejment: nazariya va amaliyot.

O‘quv qo‘llanma – T.:G‘.G‘ulom 2009 y, 217 b.

Page 77: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

76

36. Qosimova D.Menejment nazariyasi: O‘quv qo‘llanma– T.: “Tafakkur-

bo‘stoni”, 2011 y, 343 b

37. Rashidov O.Y. va boshqalar. Pul, kredit va banklar. Darslik. T.: TDIU,

2010 y, 368 b.

38. Жарковская Е.П. Банковское дело. Учебник. М., ОМЕГА-Л, 2013, 440 c

39. Omonov A.A. “Tijorat banklarining moliyaviy resurslarini boshqarish”.

T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, Monografiya, 2011 yil, 248 b.

40. Лаврушин О.И. Банковское дело. Учебник. - М., Финанси и кредит.,

2012 г, 654 c.

41. Василишен Э.Н. Регулирование деятельности коммерческого банка.

– М.: Финстатинформ, 2015. – с. 27.

42. Ансофф И. Стратегическое управление: Сокр. пер. с англ. // Науч.

ред. и авт. предисл. Л.И. Евенко. – М.: Экономика, 2012.

43. Трактовенко Д.И. Стратегическое планирование и управление в

банковской сфере. – СПб.: Изд-во СПбГУЭиФ, 2006. 214 с.

4. Davriy nashrlar (gazeta va jurnallar):

44. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ishlab

chiqilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi. 2017 yil 7 fevral.

45. O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki Toshkent shaxar Bosh

boshqarmasi Mirobod filialining 2017 yilda moliyaviy holatini yanada yaxshilash

bo’yicha istiqbolli rejasi.

46. O’zbekiston Iqtisodiy axborotnomasi. /№ 3/2014 y.

47. “Tadbirkorlikka g’ov bo’layotgan muammolar: konvertatsiya, naqd pul

muammosi...” nomli maqola. 2017 yil 12 yanvar. www.google.co.uz

5. Internet saytlari:

48. http://www. stat.uz (Davlat Statistika Qo’mitasi)

49. http://www.lex.uz (O’zbekiston Qonunchiligi)

Page 78: ABDUMURATOV UMARJON ALIShEROVICH TIJORAT …el.tfi.uz/images/Abdumuratov_BMI_uz_bd4d5.pdf · - doimiy rejalashtirish va takomillashishni taminlash uchun eng yaxshi Tashkilot-ning

77

50. http://www. ziyonet.uz (Ta’lim portali)

51. http://www.google.co.uz (Ma’lumotlar qidiruv portali)

52. http://www.cb.uz (O’zbekiston respublikasi Markaziy banki)

53. http://www.nbu.uz (O’zbekiston respublikasi Milliy banki)

54. http://www.bank.uz (Banklar faoliyati yangiliklari)

55. http://www.wikipedia.ru (Erkin ensiklopediya)