stomatologiya dunyosi sentyabr.pdf · Психология ... Ведь пациент...

8
MUSTAQILLIK MADHI STOMATOLOGIYA DUNYOSI Toshkent davlat stomatalogiya instituti nashri Vatan ravnaqiga sog‘lom tabassum bilan boqing! № 24, 2018 yil sentyabr ( БЕШИГИМ – ВАТАН Киндик қон томади ота маконга, Мерос хислат сингар томирга, танга, Шундай боғланамиз Она-Ватанга, Бек бўлиб улғайган бешигим – Ватан, Остонаси тилло эшигим Ватан. Мангу қўним топган бунда пирларим, Шердай наъра тортган Алпим, зўрларим, Борлиғи олтиним, кумуш, мармарим, Бек бўлиб улғайган бешигим – Ватан, Остонаси тилло эшигим Ватан. Сувингдан симирдим, тузингдан тотдим, Ўқидим, ўйнадим, қувнадим, чопдим, Сенинг қучоғингда бахтимни топдим, Бек бўлиб улғайган бешигим – Ватан, Остонаси тилло эшигим Ватан. Ғурур, куч оламиз, илҳом ва шуур, Илму фан, чархланар теран тафаккур, Бизни коинотга боғлаб турган нур, Бек бўлиб улғайган бешигим – Ватан, Остонаси тилло эшигим Ватан. Шарқ уфқида жамол кўрсатганда ой, Қуёшга ғарб уфқидан олганида жой, Улуғбек юлдузи очади чирой, Бек бўлиб улғайган бешигим – Ватан, Остонаси тилло эшигим Ватан. Абусаид Нурбоев Hurmatli hamkasblar, do’stlarim, aka-uka, opa-singil yurtdoshlarim, qadrdonlarim! Bugun xalqimiz, ona yurtimizning buyuk tarixidagi haqiqatan ham eng ulug‘, eng aziz bo‘lgan – Vatanimiz mustaqillikka erishganini katta shodu xurramlik bilan nishonlamoqda. Ushbu qutlug’ ayyomda siz azizlarimni chin qalbimdan tabriklash, barcha-barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman. Bag’rikeng, mehnatkash va nihoyatda iqtidorli tibbiyot xodimlarimizga, xalqimiz, Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizga baxt-saodat va faravonlik tilayman! Mustaqillik bergan imkoniyatlar bilan yurtimizda Toshkent davlat stomatologiya instituti tashkil topdi. Ushbu “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da shifokorlarimiz, Toshkent davlat stomatologiya instituti xodimlari chin ma’noda katta g’ayrat va shijoat bilan faoliyat olib bormoqdalar. Buning uchun barchangizga o’z minnatdorchiligimni bildirib, faoliyatingizga rivoj, sog’liq va muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Shuningdek, yurtimizda hamisha tinchlik va xotirjamlik barqaror bo’lsin. Barchamiz uchun qadrli ayyom - O’zbekistonning Mustaqillik bayrami bilan chin ko’ngildan muborakbod etaman! Jasur Rizayev, TDSI rektori, professor Mustaqillik naqafar ulug’ tuyg’u! Bu so’z odamning vujudida go’y oki qon kabi aylanadi. Bu so’z vujudda yurak singari hamisha urib turadi. Bu so’z Mustaqil O‘zbekistonimiz bayrog’i singari ko‘ngillarga huzur berib hilpirab turadi. Har jabhada yangilanish, har jabhada o‘zgarish... Insonlar qalbida vatanga dahldorlik hissi ortgandek go‘yo. Jannatmakon O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi mavqei yuksalib, shahar va qishloqlarimiz ko‘rkam qiyofaga kirib borayotgani, mehnatkash xalqimiz bugunidan baxtiyor, shukronalik, ertasiga to‘la ishonch ruhi bilan yashayotganligini ko‘rib quvonmay bo‘ladimi?! Erkin, obod va tinch, osoyishta yurtda yashayapmiz, el- yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish vazifamizdir. Mustaqillik, tinchlik о‘z-о‘zidan keladigan, uni sovg‘a qiladigan bir narsa emas. Uni asrab-avaylaylik, munosib bo‘laylik! Mustaqillik – eng ulug‘, eng aziz ne’matdir!

Upload: others

Post on 30-Jan-2020

19 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: STOMATOLOGIYA DUNYOSI sentyabr.pdf · Психология ... Ведь пациент не-пременно должен довериться своему лечащему врачу,

MUSTAQILLIK MADHI

STOMATOLOGIYADUNYOSIToshkent davlat stomatalogiya instituti nashri

Vatan ravnaqiga sog‘lom tabassum bilan boqing!

№ 24, 2018 yil sentyabr

(давоми 2-бетда)

БЕШИГИМ – ВАТАНКиндик қон томади ота маконга,Мерос хислат сингар томирга, танга,Шундай боғланамиз Она-Ватанга,Бек бўлиб улғайган бешигим – Ватан,Остонаси тилло эшигим Ватан.

Мангу қўним топган бунда пирларим,Шердай наъра тортган Алпим, зўрларим,Борлиғи олтиним, кумуш, мармарим,Бек бўлиб улғайган бешигим – Ватан,Остонаси тилло эшигим Ватан.

Сувингдан симирдим, тузингдан тотдим,Ўқидим, ўйнадим, қувнадим, чопдим,Сенинг қучоғингда бахтимни топдим,Бек бўлиб улғайган бешигим – Ватан,Остонаси тилло эшигим Ватан.

Ғурур, куч оламиз, илҳом ва шуур,Илму фан, чархланар теран тафаккур,Бизни коинотга боғлаб турган нур,Бек бўлиб улғайган бешигим – Ватан,Остонаси тилло эшигим Ватан.

Шарқ уфқида жамол кўрсатганда ой,Қуёшга ғарб уфқидан олганида жой,Улуғбек юлдузи очади чирой,Бек бўлиб улғайган бешигим – Ватан,Остонаси тилло эшигим Ватан.

Абусаид Нурбоев

Hurmatli hamkasblar, do’stlarim, aka-uka, opa-singil yurtdoshlarim, qadrdonlarim! Bugun xalqimiz, ona yurtimizning buyuk tarixidagi haqiqatan ham eng ulug‘, eng aziz bo‘lgan – Vatanimiz mustaqillikka erishganini katta shodu xurramlik bilan nishonlamoqda.

Ushbu qutlug’ ayyomda siz azizlarimni chin qalbimdan tabriklash, barcha-barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va

ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman. Bag’rikeng, mehnatkash va nihoyatda iqtidorli tibbiyot

xodimlarimizga, xalqimiz, Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizga baxt-saodat va faravonlik tilayman! Mustaqillik bergan imkoniyatlar bilan yurtimizda Toshkent davlat stomatologiya instituti tashkil topdi. Ushbu “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va

texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da shifokorlarimiz, Toshkent davlat stomatologiya instituti xodimlari chin ma’noda katta g’ayrat va shijoat bilan faoliyat olib bormoqdalar. Buning uchun barchangizga o’z minnatdorchiligimni bildirib, faoliyatingizga rivoj, sog’liq va muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

Shuningdek, yurtimizda hamisha tinchlik va xotirjamlik barqaror bo’lsin.

Barchamiz uchun qadrli ayyom - O’zbekistonning Mustaqillik bayrami bilan chin ko’ngildan muborakbod etaman!

Jasur Rizayev, TDSI rektori, professor

Mustaqillik naqafar ulug’ tuyg’u! Bu so’z odamning vujudida go’y oki qon kabi aylanadi. Bu so’z vujudda yurak singari hamisha urib turadi. Bu so’z Mustaqil O‘zbekistonimiz bayrog’i singari ko‘ngillarga huzur berib hilpirab turadi. Har jabhada yangilanish, har jabhada o‘zgarish... Insonlar qalbida vatanga dahldorlik hissi ortgandek go‘yo. Jannatmakon O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi mavqei yuksalib, shahar va qishloqlarimiz ko‘rkam qiyofaga kirib borayotgani, mehnatkash xalqimiz bugunidan baxtiyor, shukronalik, ertasiga to‘la ishonch ruhi bilan yashayotganligini ko‘rib quvonmay bo‘ladimi?! Erkin, obod va tinch, osoyishta yurtda yashayapmiz, el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish vazifamizdir. Mustaqillik, tinchlik о‘z-о‘zidan keladigan, uni sovg‘a qiladigan bir narsa emas. Uni asrab-avaylaylik, munosib bo‘laylik! Mustaqillik – eng ulug‘, eng aziz ne’matdir!

Page 2: STOMATOLOGIYA DUNYOSI sentyabr.pdf · Психология ... Ведь пациент не-пременно должен довериться своему лечащему врачу,

2 STOMATOLOGIYADUNYOSI Халқаро анжуман

2018 yil 17-18 sentyabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya instituti Yaponiyaning etakchi universitetlarining professor-o’qituvchilari ishtirokida o’quv seminarini tashkil etdi. Junichi Sakamoto (Tokay Markaziy kasalxonasi), Michiya Kobayashi (Kochi universiteti), Mitsuro Kanda (Nagoya universiteti). Professor-o’qituvchilar va talabalar uchun o’tkazilgan seminar davomida mehmonlar mahorat darslari o’tkazdilar. Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro ishtirokdagi seminarlarda sohada qo‘llanilayotgan yangi innovatsion texnologiyalar, pedagogik qo‘llanmalar, yangi metodlar, o‘quv mashg‘ulotlari, o‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyalari, bilim va ko‘nikmalarni almashish, innovatsion texnologiyalarni samarali qo‘llash jarayonlari, talabalarning o‘quv amaliyoti, kasbiy mahoratni oshirish, o‘quv amaliyoti talabalarni kasbiy-amaliy jihatdan bevosita tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari, bemor bilan ishlash va yana ko‘pgina mavzularda ma’ruzalar shuningdek mahorat darslari va ko‘rgazmalar namoyish etildi.

2018 yil 28-avgustdan 2-sentabrgacha Toshkent davlat stomatologiya institutida Janubiy Koreyaning etakchi olimlari, professor Jun Young Paeng, Chunui Li va Kim Ki Young, shuningdek, institutimiz yosh tadqiqotchilari tomonidan seminarlar va mahorat darslari o’tkazildi. Seminar doirasida Mahorat darslari o‘zida innovatsion yondashuvni aks ettirib, o‘quv jarayoni sifatiga va samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi maqsad qilingan.

14-18 sentyabr kunlari Janubiy Koreyaning «Koaldom» shifoxonasi Professori Kim Jaeon-Il bilan ilmiy-amaliy hamkorlik uchrashuvlari o’tkazildi. Professor o’z chiqishlarida “Ortodontik kasalliklardan davolanishdagi xatolar sabablari”, “MEAW ortodontiya”, “Skeletga oid modelni tahlil qilish (ODI / APDI / CF)” mavzularida ma’ruzalar o’qidi. Shuningdek, jag’ anomaliyalarni MEAW texnikasi bilan davolash, assimetrik egizak blok, yoyini kengaytirish kabi mazvzularda instituti talabalari va jarrohlarga amaliy mashg’ulot namoyishlarini o’tkazdi. Ushbu ma’ruzalar mavzusi, ma’ruzachilarning ilmiy salohiyati, ishtirokchilarning keng qamrovli auditoriyasi uning har tomonlama foydali bo‘lishini ta’minladi. Mazkur halqaro ishtirokdagi uchrashuv ta’limning stomatologiya yo‘nalishi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasizdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining IV bandi shuningdek, 2017 yil 20 apreldagi 2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2017 yil 5 maydagi PQ 2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot ta’limi tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, hamda “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent davlat stomatologiya intitutida malakali mutaxassislar tayyorlash, ularni o‘z sohasining etuk kasb egasi qilib tayyorlashga va eng asosiysi bugungi dunyo talabiga javob beradigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga jiddiy e’tibor berilmoqda.

Page 3: STOMATOLOGIYA DUNYOSI sentyabr.pdf · Психология ... Ведь пациент не-пременно должен довериться своему лечащему врачу,

3STOMATOLOGIYADUNYOSIПсихология

ПСИХОЛОГИЯ ВО ВЗАИМООТНОШЕНИЯХ ВРАЧА И ПАЦИЕНТА Психология во взаимоотношениях врача и пациента

очень тонкий психологический процесс, в котором важно поддерживать и проявлять не только внимание к пациенту, но и взаимопонимание с обеих сторон. Ведь пациент не-пременно должен довериться своему лечащему врачу, для того, чтобы достичь положительного результата лечения. Доверие-это непременный фактор хороших взаимоотно-шений с пациентом, который на глубоком психологическом уровне способствует повышению вероятности успешного излечения.

Врач не только должен обладать багажом исключитель-ных знаний и практических навыков, но также должен обла-дать человечностью, в самом ее проявлении. Врачи должны быть не только прекрасными специ-алистами в области медицины, но также должны являться прекрасными психологами, людьми не только сильного духа, но и тонкой души. Как высококвалифицированный специалист своего про-филя будет взаимодействовать со своими пациентами, будучи жестокосердным и равнодушным человеком?! Очень часто в сфере медицины миллионы пациентов сталкиваются с равнодушными роботами, выполняющими свои обязанности по принципу «должны», и гордо называющими себя врачами. Я считаю, что на сегодня это большая проблема в медицине, которая с точки зрения психологии затрудняет путь лечения пациента. Если между врачом и пациентом не установлен тонкий психологический контакт, пациент не сможет довериться, а значит, не сможет поверить в излечение, и все безупречные знания и профессиональные навыки врача ничем не смогут, к сожалению, помочь.

Как избежать ожесточения своего сердца и проявления равнодушия? Ответ прост. Когда вы страстно желаете по-мочь пациенту, когда вы любите дело, над которым работа-ете, когда вы испытываете радость и счастье от того, что вы спасли чью-то жизнь, вы никогда не станете жестокосерд-ным и равнодушным роботом.

Я считаю, что медицина - это та профессия, приходя в которую, ты больше не живешь для себя, ты живешь для людей, ради людей. И это совершенно адекватная мысль, потому что недаром говорят, что врачи это руки Бога. Ведь мы отвечаем за жизнь человека, это самая большая ответственность, которую можно только пред-ставить, где очень легко преступить грань от врача, спасающего жизни, к преступнику, забирающе-му жизни. Очень важно помочь пациенту преодолеть одиночество, создать мир, в котором, кроме самого пациента, включаются и другие люди. Многие пациенты сталкиваются с проблемой непо-нимания их душевного состояния при определенной болезни со стороны родных и близких людей. В результате чего, они получают еще более сильную психическую нагрузку, замыкаются на своей болезни и их лечение не движется вперед, иногда даже ухудшается. Задача врача не дать пациен-ту замкнуться в себе и на своей болезни. Очень важно понять, что быть высококвалифицирован-ным специалистом очень сложно, но при условии того, что вы примите мысль о том, что работа, которую вы выполняете делает вас счастливым, у вас не-пременно получится добиться того уровня квалификации, и стать не просто специалистом, но еще и Человеком с сильным духом и мягкой душой. Врачи обладают тайными знаниями, непостижимыми многим, и мы постоянно обяза-ны трудиться над собой, чтобы они не потускнели и не ис-сякли. Порой, чтобы просто помочь пациенту, надо всего лишь подать ему руку…

Я призываю всех, кто хочет, или кто уже начинает свя-зывать свою жизнь с медициной, трезво оценивать свои возможности, и если у вас есть сомнения к тому, сможете ли вы подарить себя медицине, оставьте это дело и най-дите себе то, что действительно будет приносить не толь-ко радость вам, но и пользу тем, кто вас окружает.

Я по-прежнему остаюсь сторонником того, что залог успеха в профессии, правильный её вы-бор. А Врач не имеет права на ошибку!

Абдулов Азамат Хуррамович студент I курса 101 б группы Медико-педагогического факультета ТГСИ

Научный руководитель: Халмуратова Мухаббат Ташкенбаевна к.ф.н., старший преподаватель кафедры Педагогики и психологии ТГСИ

Page 4: STOMATOLOGIYA DUNYOSI sentyabr.pdf · Психология ... Ведь пациент не-пременно должен довериться своему лечащему врачу,

4 STOMATOLOGIYADUNYOSI

ТИББИЙ КИЙИМЛАР ТАРИХИ

Илм олами / Мир науки

“Oq xalatlar” ilgari oppoq bo‘lganmi?“Oq xalatdagi kishilar”...Bu so’zni eshitishimiz

bilan gap nima haqida va kim haqida ekanligini darrov anglab olamiz. Zamonaviy meditsinada yangi, turli ranglarda , bir-biridan chiroyli naqshli ust kiyimlarga qaramasdan, oq xalatlar vrachlar va hamshiralarimiz o’rtasida o’z mavqeyini yo’qotgan emas. Oq xalatning paydo bo’lishi haqida turli hikoyalar mavjud.

Hamshiralar libosining rivojlanishi qadimgi monarxlar davriga borib taqaladi.O’rta asrlarda Yevropada kasalxona va gospitallar bo’lmaganligi sababli, bemorlar monastirlarda yotib davolatishgan.Monastirlardagi shifoxona davolovchilarining an’anaviy liboslari quyidagicha bo’lgan: oq fartukli uzun qora ko’ylak va oq uchburchak ro’mol.

XIX asr o’rtalariga kelib qora kiyim hamshiralar orasida urf bo’ldi, chepchik (issiq boshkiyim) o’rniga esa ro’mol o’rala boshlandi. Yuz yil ichida hamshiralar oq manjetli yoki oq yengli ko’ylak va oq qalpoqlar kiyishgan.Oq rang –yordam,qutqaruvchanlik rangi hisoblanadi.

Maxsus tibbiy kiyimlar qanday paydo bo’lgan?Maxsus kiyim tibbiyotdagi sterilillash kabi, asbob-anjomlarni dezinfiksiyalashda karbol kislotadan

foydalangaan jarroh Jozef Lister sababli paydo bo’lgan.Keyinchalik u qo’lqoplar, yuz uchun niqoblar va maxsus kiyim kiyishni taklif qilgan, lekin kasallarning himoyasi uchun emas, shifokorlarning o’zlarini mijozlar tomonidan zararlarning oldini olish uchun qaratilgan edi. Xuddi o’sha paytlarda ispan grippi ayni avj olgan vaqt edi.

40-yillarda, instrumentlarni tozalash uchun kislotalardan tashqari, yuqori bosimdagi bug’dan foydalana boshlandi.Oq xalat va uniforma shifoxonalarda eng tzoa kiyim hisoblanardi.U chiroq nurini o’zida kuchli aks ettirganligidan, ko’pchilik noqulaylik va ko’z nurining buzilishidan shikoyat qilishardi.Shuning uchun ko’zdagi bosimni kamaytirish uchun yashil va ko’k rangli formalar ham kiritildi.

Birinchi doimiy oq xalatlarni kiyish amaliyotda nemislar tomonidan 1870-yil frank-prusslar urushi davrida qo’llandi. XX asr boshlarida oq xalat, qalpoqchalar va niqoblarni kiyish jarrohlik amalyotlarida keng qo’llanila boshlandi.Lekin 1918-yildagi o’n millionlab insonlarning hayotiga zomin bo’lgan ispan epidemiyasidan keyin, xalat va qalpoq kiyish nafaqat jarrohlar orasida , balki vazifasidan qat’i nazar barcha shifokorlar uchun majburiy tusga kirdi.

Oq rang- soflik, ozodalik,yuqori ishonch ramzi. Oq tibbiy xalat – bu vrachlik kasbining ajralmas qismi, obro’si, tashrif qog’ozidir.

Shifokorlar uchun xalat: zamonaviy ko’rinishiO’tgan asrning 50-60 yillarida bazi tibbiyot maskanlari och ko’k va och yashil ranglarni tanlab,

oq rangdan voz kechishdi. Bu ranglar ko’z charchashini pasaytiradi va qon dog’larini unchalik ham sezdirmaydi. 70-yillarga kelib esa vrachlar kiyimi quyidagicha tus oldi: V-shaklda kesilgan yoqali,kalta yengli ust kiyim, to’g’ri shimlar.Asosan bunday liboslar urfi AQSH dan boshlanib, butun dunyo bo’ylab tarqaladi.Lekin bunga qarmasdan meditsina xalatlarini chiqib turli ranglarda va paxtadan yoki turli matolar aralashmasidan o’z xohishiningizdan kelib chiqqan holda, hech qanaqa muammolarsiz yaratib olishingiz mumkin.

Hozirgi kungda tibbiyot xodimi uchun kiyim, asbob-anjomchalik muhim emas. Asosiysi u qulay,toza va hurmat qozonadigan bo’lishi lozim. U davolash vaqtida vrachga qulaylik tug’dirishi,ishonch uyg’otishi, bemorga esa yaxhi kayfiyat bera olisa bas.Ammo asrlar davomida oq xalatlar bu kasbning timsollaridan biri bo’lganligini nazardan qochirmaslik kerak.

Hozirgi kunda mediklar qanday kiyinadi?Zamonaviy assortiment turli xildagi tibbiy kiyimlarni tanlashga imkon beradi.Agar avval maxsus

kiyimlar paxtadan tikilgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib, ular tabiiy yoki sintetik matolar ham ishlatiladi.Bunday materiallar tufayli tibbiyot maskanlari ishchilarining kastyumlari zamonaviy va didli tus oldi tus oldi. Oq xalat albatta actual rang, lekin hozirgi kunda xamshiralar ko’k, pushti, yashil, shaftoli rang

va boshqa turdagi ranglarni qulayligiga qarab tanlashyapti. Kelajak tibbiyot kiyimlari qanday bo’ladi?Yaqin kelajakdagi zamonaviy kiyimlar- bu bir xil tondagi

, super himoya va sterilizatsiya beradigan tibbiy kiyimlardir. Bir marotabalik kiyimlarni kiyish, jarrohlik amaliyotidan keyin sodir bo’ladigan o’tkir kasalliklarning tug’ilishini 3,5 % gacha kamaytiradi. Buning uchun maxsus mato ustida ustida olimlarimiz tomonidan izlanishlar olib borilmoqda. Albatta bunday kiyimlar vrach uchun zarur bo’lgan har tomonlama qulaylikni yarata olishi zarur.

Hasanova Dilrabo

“Bolalar Stomatologiyasi”fakulteti talabasi.

Page 5: STOMATOLOGIYA DUNYOSI sentyabr.pdf · Психология ... Ведь пациент не-пременно должен довериться своему лечащему врачу,

5STOMATOLOGIYADUNYOSI

ASALNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

Илм олами / Мир науки

Asalning qadr-qimmati qadimdan ma’lum. 1923-yilda olimlarning arxeologik kashfiyoti tufayli Tutanxamonning qabridan asal idishi topilgan. Bu davrda Misrda yozilgan “Inson tanasining barcha qismlari uchun dorilarni tayyorlash bo’yicha kitob“ nomli asarda asalni o’z ichiga olgan ko’pgina retseptlar keltirilgan. Qadimgi Rimlik Plimiy “Tabiat tarixi” asarida asalni turli jarohatlarga surgi shuningdek, jigar, teri, buyrak kasalliklarida qo’llanilishi haqida aytilgan.

Qadimgi Yunonistonda asal dori sifatida ishlatilgan. Pifagor : - asal turli dorivor xususiyatlarga ega, Demokrit: - inson tez-tez asal bilan ichini sug’orishi zarur deydi. Gippokrat va Dioscorid o’zlarining tibbiyot amaliyotida asaldan samarali foydalanishgan. Ibn Sino “Tib qonunlari “ asarida asal asosida tayyorlanadigan retseptlar ko’plab berilgan.

Ayni paytda zamonaviy tibbiyotda kimyoviy moddalar o’rniga biologik usullar bilan davolash amalga oshirilmoqda. Bunday usullardan biri apiterapiya bo’lib, bunda asalarichilik mahsulotlarining antimikrob, immun, reparativ jarayonlarni tezlashtirish, o’tkir va surunkali jarayonlarni davolash xususiyatlari asosida olib boriladi.

Asal - asalari tomonidan o’simlik gullarining nektari va changidan hosil qilinadigan xushbo’y hid va shirin ta`mga ega quyuq suyuqlik. Nektar – o’simlikdagi shakarli suyuqlik bo’lib, o`simlik generativ organlarda hosil bo’ladi. U kichik tomchilar shaklida hosil bo’lib, uning tarkibi o’simlikning ekologik va biologik xossasiga bog’liq.

Asalning kimyoviy tarkibi 300 dan ortiq moddalardan iborat. Uglevodlar, organik kislotalar va ularning tuzlari, azot birikmalari, oqsillar, vitaminlar, gormonlar, fermentlar, yuqori molekular spirtlar, efir moylari, terpenoidlar, sterollar va hokazo. Ular organizmda oson so’riladi. Asosan fruktoza va glukoza aralashmasidan iborat. 100 grammi parchalanganda 1289 kJ energiya ajraladi.

Asalning vitaminli tarkibi:100 gr asalda askorbin kislota – 2 mg, tiamin –

0.01 mg, riboflavin – 0.03 mg, piridoksin – 0.1 mg, nikotin kislota – 0.2 mg, foliy kislota – 15 mg bo’ladi.

Tabiiy asalda doimo ( 1g da 3000 dona) poleolin donalari bo’ladi. Bu donalar o’zida biologik aktiv moddalar tutadi. U quyidagi ta’sirlarga ega:

1) Immunobiologik2) Antibakterial3) Yallig’lanishga qarshi 4) Regeneratsiya5) Og’riq qoldiruvchi6) SedativAsosiy apiterapiya metodlari maxsus preparatlar

asosida davolashga asoslangan:

1. Ovqatlangandan so’ng yoki ovqatlanishdan 3 soat oldin kuniga 3 mahal, har bir tana massasining 1 kgsiga 102 g asalni iste’mol qilish. Uni chaynash juda foydali.

2. Aerozol: 90%li asalning oddiy distillangan suv yoki izotonik NaCl eritmasi. Nafas olish kuniga 1-2 marta 20 daqiqa davomida.

3. Asalni yog’ bilan aralashtirib balzam ko’rinishiga keltirib mahalliy surtma sifatida qo’llash.

Asalari suti – Royal Jelly asalarining so’lak bezlarida hosil bo’ladigan o’ziga xos hidga, ta’mga ega bo’lgan oq – sariq rangli Jelesimon suyuqlik. Ular asalari tuxumlarini oziqlantirishda qo’llaydigan rivojlanishining birinchi uch kunida lichinkalariga beradigan modda sanaladi. U oziqlantiruvchi faol biologik moddalarga boy dorivor suyuqlik. Shkenderov ma’lumotiga ko’ra tarkibing 60-70%i suv, 30-40 %i oqsil, yog’, qand, lipid, mineral tuzlardan iborat. Inson organizmiga qon tomirlarini kengaytirish, qon bosimini pasaytirish, ateroskleroz, turli jigar kasalliklarida samarali ta’siri aniqlangan.

Tavsiya qilingan dozalari: 1-10 yoshgacha bolalar uchun 10-50mg, kattalarga 50-300mg kuniga. Davolash kursi 10-30 kun.

Propolis – (asalning mumi yoki yelimi) qayin, qarag’ay, terak kabi o’simliklardan to’plangan yoqimli hidga, to’q jigarrang tusga ega bo’lgan modda. Tarkibi 50-60% qatronlar va balzamlar 30-40% mum 5-10% bo’ladi. Tarkibi ko’pincha har xil bo’ladi. U 5 yildan so’ng foydali xususiyatlarini yo’qotadi. Propolisning antimikrob xususiyati yuqori. U grammusbat bakteriyalar – E.coli, dizenteriya, ich terlama, paratif , protey shuningdek grammanfiylar – stafilakok va streptokoklarga antibakterial ta’siri yuqori. Polshada o’tkazilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha stafilakok slifarmlari penitsilin, ampitsilin, streptomntsinga nisbatan propolisga sezgir. Og’izda ko’pgina stomatit kasalliklarini chaqiruvchi Candida zamburug’iga yuqori bakteridsid ta’sirga ega.

Tadqiqotlarimiz natijalari shuni ko’rsatadiki, propolis 0.25%li spirt bilan anestetik xususiyati oshadi. 2% li novokain eritmasi bilan qo’llanilganda esa ta’sir kuchi 5.2 marta ortishiga erishildi. Uning yuqori bakteriostatik xususiyatlaridan foydalanib, og’iz bo’shlig’idagi qiyin tuzaluvchi yaralarni davolashda samarali qo’llashimiz mumkin bo’ladi.

Stomatologiyada propolisning spirtli ekstraktining 2-4%lisi quyidagi maqsadlarda qo’llash samarali:

1. Og’iz yumshoq to’qimalari zararlanishlarida: yaralar, abses, zamburug’li infeksiyalarda.

3. Alveolitni davolashda.4. Antigemmorargik vosita sifatida.

Qo’ziyeva FeruzaJarrohlik Fakulteti talabasi

Page 6: STOMATOLOGIYA DUNYOSI sentyabr.pdf · Психология ... Ведь пациент не-пременно должен довериться своему лечащему врачу,

6 STOMATOLOGIYADUNYOSI Талабалар минбари

GEN MUHANDISLIGI ISTIQBOLLARI

Har bir jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashda fan muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ilm fanning ko‘pgina sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar yurtimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shmoqda. Xususan keyingi yillarda ilmning barcha sohalari qatori biologiya fanida yuz berayotgan ulkan yangilanish va rivojlanish qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, ekologiya sohasiga oid ko‘pgina muammolarni bartaraf qilmoqda. Biologiya fanidagi bunday tezkor rivojlanish XXI asrning boshlariga kelib bir necha yuksak organizmlar genomlarining, yani genetik material hisoblangan DNK ning chuqur o‘rganilishiga asos bo‘ldi. Natijada biologiyada «gen injenerligi», «genlarni almashtirib qo‘yish», «genlarni klonlash», «asos hujayralar yordamida organizmlarni o‘stirish» kabi yangi tarmoqlar vujudga keldi. Bu tarmoqlar esa o‘z navbatida genomika, biotexnologiya kabi yangi fanlarni paydo bulishiga turtki bo‘ldi. Gen injenerligi haqida bilishdan avval gen, DNK kabi tushunchalarni esga oli o‘tish darkor. Gen - bir molekula oqsilning biologik sinteziga javobgar bulgan DNK zanjiridagi nukleotidlar qatori. Genlar yoki genlar majmuasi(oilasi)ning faoliyatini inson manfaatlarini ko‘zlagan holda uzgartirilishiga gen injenerligi(muhandisligi) deyiladi.

Gen muhandisligidan maqsadGenlarning ichki tuzilishini va xromosomada tutgan o‘rnini o‘zgartirib, ularning faoliyatini idora etishdir.

Natijada esa, har qanday tirik mavjudotni, albatta, imkoniyat darajasida maqsadga yana ham ko‘proq muvofiqlashtirish yo‘li bilan sanoat miqyosida oqsil moddalar ishlab chiqarish, o‘simlik, hayvon turlarini inson ehtiyojiga mos ravishda o‘zgartirish, ayniqsa insonlardagi irsiy va yuqumli kasalliklarni aniq va tez tashxis hamda sabablarini aniqlash usullari yaratishdan iborat.

Ushbu jarayonda ma’lum turdagi viruslar yordamida hujayra genomi(genlar tuplami)ga yangicha genetik malumotni muvaffaqiyatli kiritish imkoni tug‘ildi. Boisi, shu yo‘l bilan zarur hollarda zararlangan genlarni davolash yoki ularni yangicha funksiyalar asosida ishlashga yunaltirish mumkin edi. Mutaxassislar davolashning bunday usulini ilmiy tilda somatik(jismoniy) hujayralar genini tuzatish yoki to‘g‘irlash deb ham ta’riflaydi. Mazkur yo‘nalishdagi davolash usullari esa o‘tgan asrning 80-yillariga kelib hayotiy reallikka aylana boshladi. aniqrog‘i, shu davrdan genetik malumotni tashuvchi viruslar ishlab chiqildi, alohida genlarni hosil qilishning imkoni tug‘ildi, tajribalarda kemiruvchi va boshqa hayvonlar genlarini «ko‘chirish» odatiy holga aylandi.

Gen terapiyasiGenetik injeneriyada keyingi paytlarda kulga kiritilgan yutuqlardan yana biri, insonlardagi turli irsiy

kasalliklarni odam hujayralariga funksional genlarni kiritish orqali davolash texnologiyasidir. Bu genlar terapiyasi deyiladi. Bu terapiya, ayniqsa, irsiy kasalliklarni davolashda qo‘llanib kelinmokda. So‘zimiz isbotida 1995 yili AQSH ilmiy kengashi kongressida kongressmenlaridan biri Jorj Braun 8 yoshli qizaloqni kengash azolariga tanishtirish chog‘ida «qarshingizda mo‘jizaning xuddi o‘zi turibdi» deya ta’kidlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, bu qizaloq irsiy kasallik bilan og‘rigan. 1990 yilning sentyabrida uni gen terapiyasi bilan davolashni boshlashgan, oradan bir necha yil o‘tgach Ashanta De Silva butunlay sog‘ayib, tengdoshlari qatori maktabga katnab yuribdi.

Aslini olganda, bu holatni mo‘jiza deb atash ham u darajada to‘g‘ri emas, negaki, endilikda shunday bir davr keldiki, genetika, molekulyar biologiya, biokimyo, shuningdek, texnik yutuqlar tufayli keng omma kuz o‘ngida kelajak zamonning tibbiyotiga asos solinyapti.

SHuni alohida ta’kidlash zarurki, agar dastavval gen terapiyasi faqat irsiy genetik kasallik-larni davolashga karatilgan bo‘lsa, keyingi davrlarda uning ko‘lami nazariy jihatdan kengayib bordi. Natijada bugunga kelib gen muhandisligi irsiy turdagidan tortib to infeksion kasalliklarni o‘ziga xos usulda davolashni nazarda tutadi. Hattoki, saraton, OITS, sil kabi qator kasalliklardan shifo topish mumkinligi borasida dadil fikrlar ilgari surildi.

Ammo har bir ishda bulgani kabi dastlabki amaliy natijalar kutilgandek bo‘lmadi, misol uchun Vestern Reserv universiteti tadqiqotchilari tomonidan 1989 yil boshlangan bo‘lsa French Anderson , Maykl Blez, Stiven Rozenberg boshchiligidagi xalkaro olimlar guruhi tomonidan melanoma tufayli hayoti so‘nib borayotgan bemorlarga nisbatan gen muhandisligi usuli qo‘llandi. Afsuski, bu urinishlar ham samarali natija bermadi…

2003 yilga kelib esa Kaliforniya Universiteti tadqiqotchilari shaklan o‘zgartirilgan genlarni bosh miya neyronlariga ko‘chirishning uddasidan chiqdilar. Xozir esa mazkur texnologiyaga asoslangan holda Parkinson kasalligi (keksalarda markaziy asab tizimi xastaligi) ga karshi gen terapiyasi usullari ishlab chiqilmoqda.

Davolash qanday amalga oshiriladi?Mutaxassislar gen terapiyasi ikki usulda amalga oshirilishi haqida ta’kidlashadi. Birinchisi «ex vivo», yani

organizmdan tashqaridagi muolaja bo‘lib, bunday davolash usuli organ va to‘qimalar transplantatsiyasiga tayanadi. Ikkinchi yo‘li esa, «in vivo» orqali organizmning uzidayoq davolash yo‘lga qo‘yiladi. Bir qarashda, gen muhandisligining ushbu usullarini amalga oshirish u darajada kiyinchilik tug‘dirmaydigandek. Biroq bu oson ish emas. Garchi muolajalar inson sog‘ligini tiklash, shu orqali extimol, hayotini saqlab qolish haqida borsa ham, tavakkalchilik qilish yaramaydi.

Muvaffaqiyatsizliklar ham bo‘lganBir qarashda gen terapiyasi shu paytgacha davosiz deb yuritilayotgan qator kasalliklar «davri» ga barham

beradigandek. Lekin yutuqlarga karamay kutilayotgan ijobiy natijalarga asosan, modellarda erishilgan. Inson esa namuna emas. Modellarda ideal tarzda kechgan jarayonlar insonda ma’lum o‘zgarishlar bilan ro‘y berishini hech kim inkor etmaydi. Bunday o‘zgarishlar ham ijobiy ham salbiy bo‘lishi mumkin. Demak, aslida shifo berish maqsadida yaratilgan zarrani sog‘lom hujayralarga zarar etkazmagan holda etkazish, qolaversa, keyinchalik ham uning ta’sirida biron bir kasallik kuzatilmasligini taminlash asosiy vazifaligicha qolyapti…

2000 yili Pensilvaniya shifoxonasida gen terapiyasi bilan davolanayotgan 17 yoshli infeksion kasallik

Page 7: STOMATOLOGIYA DUNYOSI sentyabr.pdf · Психология ... Ведь пациент не-пременно должен довериться своему лечащему врачу,

7STOMATOLOGIYADUNYOSIТалабалар минбари

TIBBIYOT DEONTOLOGIYASIDA MUOMALANING O‘RNI

bilan og‘rigan bemor organizmiga kiritilgan gen ta’sirida immunitetning o‘ta faol reaksiyasi tufayli vafot etgan…

Zamonaviy gen muhandisligiAyrim paytda odamlar orasida kam uchraydigan

irsiy kasalliklar, saraton kasalliklari, yurak qon-tomir va immunitet tanqisligi kasalligining 40 turini davolashda gen terapiyasi usullari sinalmokda. Masalan 2006 yil AQSHda ilk marta saratonga qarshi gen terapiyasi yordamida samarali kurashish usuli namoyish etildi. Merilend shtatidagi ilmiy xodimlar zararli melanoma(o‘sma) aniqlangan ikki nafar bemorni muvaffakiyatli davolagani haqida rasmiy malumot berilgan. Bundan tashqari bo‘yning o‘sishiga halal beruvchi genning irsiy etishmasligi ham gen injeneriyasi orqali ijobiy hal qilinmokda. Ayniksa, asr vabosi deb nom olgan OITS ham davolashga katta umid bog‘langan. Qiziqarli ma’lumot sifatida hozirgi paytda olimlar tomonidan yaratilgan «transgen banan» haqida ma’lumot bermoqchimiz. ushbu bananni iste’mol kilgan odamlarda ayrim yuqumli kasalliklarga karshi immmunitet hosil bo‘ladi. Bu texnologiya juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega.

Gen muhandisligi nafaqat insoniyat olamda balki, o‘simliklar dunyosida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, yurtimizda paxta sanoati ayni rivojlangan paytda olimlarimiz paxta tolasini sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlari diqqatga sazovordir. Xususan, I.Abduraxmonov paxta tolasining uzunligini belgilaydigan va g‘o‘zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasi ustida ijobiy natijalarga erishgan.

Faqat ezgu maqsad kuzlanishi shart!!!Ha, chindan genlarni boshqarish, ularni genomning belgilangan qismlariga genetik axborotni tashish

maqsadida kiritishga imkon yaratadigan yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi biologiya hamda tibbiyot sohasida ulkan burilish bo‘ldi. Natijada, hozirning o‘zidayoq inson genomi haqida to‘plangan ma’lumotlar asosida qator jismoniy, ruhiy va intellektual ko‘rsatkichlarni nazariy jihatdan yaxshilashga erishilgan. Biroq shu o‘rinda xavotirli savol tug‘iladi: odamzodning o‘z genomi ustidan to‘la hukmron bo‘lishi faqat ijobiy holatmikin? To‘g‘ri, gen terapiyasi borasida dastlabki shubhalar muvofiq ekani aniqlandi. Ammo barcha terapevtik chora-tadbirlar faqat aniq bir shaxs – bemorga qaratilishi va aynan uning kasalligini davolashga yo‘naltirilishi masalasi gen terapiyasi usullari qo‘llanilayotgan paytda yagona va majburiy cheklov bulishi talab etiladi. Harholda, mutaxassislar shunday fikrni ilgari surishmokda. Ular shu yo‘l bilan yuzaga kelayotgan kator ishonchsizlik va hattoki, noroziliklarga qarshi turib, gen terapiyasi faqat va faqat shifo berish, sog‘likni tiklash kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilishga erishmoqchilar.

Payziyeva Saidaxon,stomatologiya fakulteti talabasi

Har bir malakali shifokor o‘zini nazorat qila olishi, o‘zining majburiyatlarini to‘g‘ri bajarishi, nafaqat bemorlarga, balki, uning yaqinlari va hamkasblariga nisbatan samimiy bo‘lishi, o‘zining tibbiy sirini saqla olishi kerak. Tibbiyot deontologiyasi tushunchasi 16-asrning boshlarida ingliz faylasufi I. Bentam tomonidan fanga kiritilgan bo’lsada xalqimizda azal-azaldan bemorga munosabat haqidagi tushunchalar shakllanib kelgan. Bunga misol qilib Ibn Sino bilan yuz bergan bir qancha voqealarni keltirish mumkin. U bemorni davolanib ketishiga ishonch berish orqali oddiy suvdan ham foydalangan. Bu ham bir deontologiya. Tibbiyot deontologiyasi tibbiyot xodimlaridan yuksak insoniy fazilatlar, sofdillik, ziyraklik, odamiylik xususiyatlariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Rus olimi B. V. Petrovskiy, Deontologiya shifokorning nafaqat bemorga, balki jamiyatga bo‘lgan burchi haqidagi ta’limotdir deya ta’rif bergan. Albatta-da bemor yordamga, yaxshi so‘z va mehrga muhtoj bo’ladi. Yaxshi e’tibor bemor tezroq davolanib ketishiga ko‘mak beradi.

Tibbiyot fanining otasi Gippokrat hayotida bir marta xato qilgan, deyishadi. Bir kuni u ko‘chada ketayotsa, bir qiz qon tuflab ketayotgan ekan. Shunda u sherigiga qarata “qiz bir haftadan keyin o‘ladi”, debdi. Uning gapini eshitib qolgan qiz haqiqatan ham bir hafta umr ko‘ribdi. Qizning otasi mashhur tabib qoshiga kelib, “O‘sha kuni qizim shotut yegan, shu sababli tupugining rangi qizil edi”, debdi. Yo‘l qo‘ygan xatosini Gippokrat tan olib, bundan keyin hech qachon o‘ylamasdan gapirmaydigan bo‘libdi.

Yana bir, hammamiz biladigan rivoyat bor, tush tabiri haqida. Podsho tush ko‘ribdi. Tushida hamma tishlari to‘kilib ketgan emish. Birinchi ta‘birchi “hamma qarindoshlaringiz sizdan avval o‘lib ketadi”, debdi. Ikkinchi ta‘birchi esa “Siz hamma qarindoshlaringizdan uzoq yashaysiz”, debdi. Birinchi ta‘birchi dorga osilgan bo‘lsa, ikkinchi ta‘birchi podshoning muruvvatiga sazovor bo‘ldi. “O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir”, degan gap naqadar to‘g‘ri. “Yomon gap bilan pichoq qinidan, yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi”, deydilar-ku.

Tibbiyot deontologiyasining tibbiyot amaliyotida to‘g‘ri joriy qilinishi, shifokorning ongi, saviyasi, madaniyati, dunyoqarashi, bilimi va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan bog‘liq.

Dildora Idrisxodjayevatibbiy pedagogika fakulteti, 206 «A» guruh talabasi

Page 8: STOMATOLOGIYA DUNYOSI sentyabr.pdf · Психология ... Ведь пациент не-пременно должен довериться своему лечащему врачу,

8 STOMATOLOGIYADUNYOSI

MUASSIS:TOSHKENT

DAVLAT STOMATOLOGIYA

INSТITUTI

Bosh muharrir: Jasur Rizayev

Musahhih va sahifalovchi:

Shohinur MirzayevFotograf:Dilmurod

Karomatullayev

Tahrir hay’ati:

A.O.Jilonov,X.I.Irsaliyev,

A.Y.Yo‘ldoshev, T.V.Melkumyan,

Y.Y.Sharipov, R.K.Yakubov

Gazeta 2015 yil 20 yanvarda 0842 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

Manzil: Toshkent sh, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi,103

Tel: 230-20-75, 624-05-48«KOLOR PAK» MCHJ

bosmaxonasida chop etildi.Manzil:Toshkent sh. Elbek

ko‘chasi, 8 uyGazeta bepul tarqatiladi.

ТОШКЕНТ ДАВЛАТ СТОМАТОЛОГИЯ ИНСТИТУТИ ПРОФЕССОР-ЎҚИТУВЧИЛАР ТАРКИБИНИНГ БЎШ ЛАВОЗИМЛАРИГА ТАНЛОВ ЭЪЛОН ҚИЛАДИ.

(2018 ЙИЛ, ЯНВАРЬ)

ТОШКЕНТ ДАВЛАТ СТОМАТОЛОГИЯ ИНСТИТУТИ 2019 ЙИЛ УЧУН ОЛИЙ ТАЪЛИМДАН КЕЙИНГИ ТАЪЛИМ ИНСТИТУТИГА

ҚАБУЛ ЭЪЛОН ҚИЛАДИ

Эълон

Badantarbiyani tark etgan odam aksari xarob bo‘ladi, zero xarakatsiz qolgan a’zolarning quvvati zaiflashadi.A person who abandons bodystarism is destructive,the strength of the remaining members is weakened.

Vahima qilish yarim kasallikdir. Xotirjamlik yarim sog’likdir. Sabr esa shifoning boshlanishidir.Noise is a semi-illness. Recreation is half-life. Patience is the beginning of healing.

Ruh – jismga bog’liq bo’lmagan ravishda mustaqil fikrlaydi.The soul is independent of the body.

Bekorchilik va aysh-ishrat nafaqat nodonlikka olib keladi, ayni vaqtda kasallikning tug‘ilishiga ham sabab bo‘ladi.Disorder and excitement are not only a cause of ignorance, but also a birth ilness.

Тошкент давлат стомоталогия институти 2019 йил учун олий таълимдан кейинги таълим институтига қабул эълон қилади

Таянч докторантура бўйича:14.00.21 – Стоматология – 7 ўрин14.00.19 – Клиник радиология – 1 ўрин03.00.04 – Микробиология ва вирусология – 1 ўрин

Докторантура бўйича:

14.00.21 – Стоматология – 1 ўрин

Қабулга Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси 2017 йил 22 май № 304 - сонли Қарорининг талабларига биноан Ўзбекистон Республикаси фуқаролари, шунингдек бошқа давлатлар фуқаролари қатнашиши мумкин.

Ҳужжатларни қабул қилиш қуйидаги манзилда амалга оширилади: Тошкент шаҳри, Яшнобод тумани, Махтумқули кўчаси, 103. ТДСИ. Илмий бўлим.

Ҳужжатларни қабул қилишнинг бошланиши 18 сентябрь 2018 й., тугаши 15 октябрь 2018 й.

Ҳужжатлар ҳар куни соат 10:00 дан 15:00 гача, якшанба ва байрам кунларидан ташқари, қабул қилинади.

Маълумот учун телефон: (71) 230 20 66Илмий бўлим бошлиғи: У.А. Шукурова.