samgasi.uz soati/axborot... · web viewikki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi...

26
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2020 yil 24 yanvar juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari Samarqand 20 20 y

Upload: others

Post on 24-May-2020

35 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGISAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI

2020 yil 24 yanvar juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Samarqand – 2020 y

Page 2: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

VATAN HIMOYACHILARI KUNI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI TASHKIL ETILGANINING 28 YILLIGI

MUNOSABATI BILAN HARBIY XIZMATCHILAR VA HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARI XODIMLARIDAN BIR GURUHINI

MUKOFOTLASH TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n ihttp://uza.uz/oz/documents/vatan-imoyachilari-kuni-va-zbekiston-respublikasi-

urolli-kuch-14-01-2020

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A’ZOLARINI TAYINLASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningf a r m o n i

http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-oliy-mazhlisi-senati-azolarini-tayinl-18-01-2020

ELEKTR ENERGETIKASI TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA 2020 YIL UCHUN VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 yanvar kuni elektr energetikasi sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha joriy yilga asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.  

Elektr energetikasi iqtisodiy o‘sishning barqarorligini va aholi farovonligini ta’minlaydigan muhim manbadir. Bu tarmoqni modernizatsiya qilish, energiya quvvatlarini ko‘paytirish va iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. 

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 1 fevraldagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tashkil etilgan edi. O‘sha yilning 27 martidagi Prezident qaroriga asosan, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati isloh qilinib, uning negizida “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari tashkil topdi.

O‘tgan yili mamlakatimizda 6 ta yirik loyiha doirasida jami 1076 megavatt elektr energiya quvvatlari ishga tushirildi.

Joriy yilda elektr energiyasi iste’moli 71 milliard kilovatt-soatni tashkil etib, o‘tgan yilgiga nisbatan o‘rtacha 9 foizga, ya’ni, iqtisodiyot tarmoqlari talabi 10, aholiniki esa 8,5 foizga oshishi kutilmoqda. 

Yig‘ilishda ushbu ehtiyoj qaysi manbalar hisobidan qoplanishi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” ijrosi muhokama qilindi.

Page 3: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

Prezidentimiz 2020 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish, taqsimlash va yetkazib berish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni to‘liq, sifatli amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.

Joriy yilda issiqlik elektr stansiyalarida 1177 megavatt, gidro elektr stansiyalarida 120 megavatt quvvatlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga 3 ming 500 megavattli bug‘-gaz qurilmalari, 400 megavattli shamol va shunday quvvatga ega quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalar shakllantirilgan.

Yig‘ilishda tarmoq korxonalarida rentabellikni ta’minlash, energiya iste’moli uchun qarzdorlikni bartaraf etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi bu borada yaxshi samara berayotgani qayd etilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga yil yakunigacha yana 4 million 500 ming dona zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.

Sohadagi islohotlarning keyingi bosqichida elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozorini shakllantirish, generatsiya jarayoniga davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida investorlarni jalb qilish va bunda davlat kafolatini bosqichma-bosqich kamaytirish muhimligi ta’kidlandi. 

Yig‘ilishda sohani rivojlantirishning uzoq istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030 yilga borib yurtimizda elektr energiyasi

iste’moli hozirgiga nisbatan 2 barobar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Shu bois Energetika vazirligiga keyingi o‘n yilda umumiy quvvati 7 ming 900 megavattni tashkil etadigan yangi issiqlik elektr stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, investorlarni jalb qilgan holda, 8 ming megavatt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish, gidro elektr stansiyalari quvvatini 1 ming 935 megavattga oshirish, kichik gidro elektr stansiyalar barpo etishni xususiy sektorga berish yuzasidan vazifalar belgilandi. 

Mutasaddi tashkilotlarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda elektr energiyasi sohasida zamonaviy texnologiyalar bilan bevosita ishlaydigan o‘rta va kichik bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. 

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha korxonalari rahbarlari hisobot berdi, chora-tadbirlar belgilab olindi. 

BAA VA YAPONIYA BILAN HAMKORLIKDAGI LOYIHALARNING AMALGA OSHIRILISH HOLATI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiyaga oliy darajadagi tashriflar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

BAA va Yaponiya – ulkan investitsion imkoniyatlarga ega, jadal rivojlanish, modernizatsiya va ilg‘or texnologiyalarni samarali joriy qilishda, diversifikatsiyalashgan va barqaror iqtisodiyotni shakllantirishga xizmat qiladigan keng miqyosli investitsiya loyihalarini amalga oshirishda katta tajribaga ega mamlakatlar.

Page 4: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24-26 mart kunlari BAAga va 17-20 dekabr kunlari Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashriflari ikki tomonlama hamkorliklar tarixida yangi sahifalar ochdi.

BAA va Yaponiyadagi sheriklar bilan do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan samarali muzokara va tadbirlar oliy darajadagi muloqot yanada qo‘llab-quvvatlanishining muhimligi, bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashda hal qiluvchi omil ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Tashriflar yakunida hukumatlararo va idoralararo salmoqli hujjatlar to‘plami, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsion bitimlar imzolandi. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari bilan umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq, Yaponiya bilan esa 6 milliard dollardan ziyod qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, neft-gaz, kimyo va neft-kimyo, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, turizm va boshqa sohalarda qator loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda BAA kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvlar bugun o‘z natijasini berayotgani ta’kidlandi. Masalan, “Masdar” kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyasi qurilishiga 100 million dollar sarmoya kiritmoqda. 2019 yil oktabr oyida quyosh energetikasida davlat-xususiy sheriklikka investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha yurtimiz tarixida ilk bor o‘tkazilgan ochiq tenderda ushbu kompaniya g‘olib deb topildi. Qurilish ishlari 2020 yilning birinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.

Bunday ijobiy natijalar BAA hamda Yaponiya ishtirokidagi boshqa ko‘plab loyihalarda ham kuzatilmoqda.

Xususan, BAA ishtirokida 1 milliard dollarlik kapitalga ega «The Abu Dhabi Uzbek Fund» investitsiya fondi tashkil etildi. Bugungi kunga kelib ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kichik va o‘rta loyihalarni, shuningdek, Samarqand shahrida mehmonxona qurish, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi xususiylashtirilishini moliyalashtirish ma’qullandi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) mablag‘larini jalb qilgan holda Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini qurish va jihozlash loyihasi amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) kredit mablag‘lari hisobidan “Ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish markazlari (data-markazlar) tashkil etish”, “Paketli kommutatsiya xalqaro markazlarini kengaytirish”, “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i va ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish”, “Radiotarmoqni modernizatsiya qilish” loyihalarini amalga oshirish uchun 180 million dollar mablag‘ jalb etishni rejalashtirgan.

Shu bilan bir qatorda, yaponiyalik mutaxassis Etsuaki Yoshida O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida vazir maslahatchisi sifatida faoliyat boshladi. U AKT sohasidagi korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash dasturini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va xalqaro kredit liniyalarini jalb qilish masalalari bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi

Page 5: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

elchixonasida ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchi-vakil hamda xususiy biznes bilan ishlash bo‘yicha maslahatchi lavozimlari joriy qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish chog‘ida tashriflar natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xarita”lariga muvofiq 2020 yil uchun belgilangan chora-tadbirlarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Aholi turmush darajasini oshirish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga xizmat qiladigan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatining hisoboti eshitildi, aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, eksport oldi moliyalashtirishni kengaytirish, investitsiya muhitini yaxshilash, sanoat tarmoqlari va istiqbolli loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda manzilli yondashuvni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi va takliflar ishlab chiqildi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI TASHKIL ETILGANINING 28 YILLIGI VA VATAN HIMOYACHILARI KUNI

MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGIHurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz

faxriylari! Qadrli yurtdoshlar!O‘z hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulug‘ va olijanob ishga

bag‘ishlagan siz, azizlarni, butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchamiz avvalo o‘z jangovar postida doimo hushyor va sergak turib, yurtimiz sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan mard va jasur, sodiq o‘g‘lonlarimizni, fidoyiota-bobolarimizni, haqiqiy vatanparvar insonlarni sharaflab, ularning sha’niga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Ana shunday botir va jonkuyar farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan hurmatli ota-onalarga, harbiy xizmatchilarimizga o‘z muqaddas burchini ado etishda hamisha tog‘dek tayanch bo‘lib kelayotgan ularning oila a’zolariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Armiyamizning kuch-qudrati harbiy xizmatchilar bilan butun jamiyatimizning birligi va hamjihatligida, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Mana shunday buyuk ma’naviy qudrat manbai bor ekan, hech qanday yovuz kuch O‘zbekiston mustaqilligiga, tinch va osuda hayotimizga raxna sololmaydi, bizni demokratik o‘zgarishlar yo‘lidan ortga qaytara olmaydi.

Muhtaram do‘stlar!Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotining

mustahkam kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari o‘tgan 28 yilda g‘oyat murakkab va ayni paytda shonli shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi.

Ayniqsa, keyingi yillarda olib borilayotgan tub islohotlar natijasida milliy armiyamiz har qanday xavf-xatarga munosib zarba bera oladigan qudratli, tezkor va samarali kuchga aylanib bormoqda.

Page 6: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

Mintaqamizda ochiqlik va milliy manfaatlarni o‘zaro hisobga olish tamoyillariga asoslangan yangi siyosatni amalga oshirish doirasida Qurolli Kuchlarimiz Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridagi hamkasblari bilan yaqin sheriklik aloqalarini o‘rnatdi va mustahkamlamoqda. So‘nggi yillarda biz bir qator qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini birgalikda o‘tkazdik. Shuningdek, yuqori darajadagi harbiy delegatsiyalarning tashriflarini tashkil etdik, tezkor va jangovar tayyorgarlik borasida tajriba almashdik. 

Bizning tobora kuchayib borayotgan bunday hamkorligimiz bugungi kunda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni, Markaziy Osiyo deb atalmish umumiy uyimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning muhim omiliga aylanib bormoqda.

Dunyodagi eng yuksak standartlar darajasida tashkil etilgan uzluksiz harbiy ta’lim tizimi izchil rivojlanmoqda. Hozirgi paytda yangitdan tuzilgan, mohiyat e’tibori bilan noyob bo‘lgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti mamlakatimizning zamonaviy oliy ta’lim muassasalari qatoridan munosib joy egalladi.

Shu bilan birga, boshqaruvning tezkor-strategik bo‘g‘inida xizmat qiladigan ofitser kadrlarni tayyorlaydigan yangi fakultet tashkil etildi, Qurolli Kuchlar akademiyasida qo‘shimcha ta’lim infratuzilmalari foydalanishga topshirildi. Maxsus vazifalarni bajaradigan bo‘linmalar uchun harbiy xizmatchilar tayyorlaydigan o‘quv markazini tashkil etish jarayoni nihoyasiga yetkazilmoqda.

Milliy gvardiyaning Harbiy-texnik instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.

Jangovar tayyorgarlikning modernizatsiya qilingan, moslashuvchan tizimini joriy etish bilan uyg‘un holda, Qurolli Kuchlarning yangi tashkiliy tuzilmaga o‘tkazilishi milliy armiyamizning jangovar tayyorgarligi va jangovar qobiliyatini bir necha barobar oshirdi.

Bugungi kunda bizning harbiylarimiz o‘zlarining professional tayyorgarlik darajasi bo‘yicha jahondagi yetakchi mamlakatlar armiyalarining harbiy xizmatchilaridan aslo qolishmasligini so‘zda emas, amalda isbotlamoqda. Xalqaro harbiy o‘quv musobaqalarida, armiyalar o‘rtasidagi va sport bellashuvlarida O‘zbekiston vakillari o‘zlarining mahorati, ruhan baquvvatligi, g‘alabaga bo‘lgan irodasini namoyon etmoqda, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklarini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Hech shubhasiz, bularning barchasi butun O‘zbekiston xalqida, ayniqsa, yoshlarimizda milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini, Vatan himoyachisidek sharafli kasbga hurmat-ehtirom hissini uyg‘otmoqda.

Milliy armiyamizni qurol-yarog‘ va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlashga qodir bo‘lgan mudofaa-sanoat kompleksimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinmoqda.

Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi va jangovar o‘q-dorilar ishlab chiqaradigan korxonaning modernizatsiya qilingani va texnik qayta jihozlangani bunga yaqqol misol bo‘la oladi, ularda qayta tashkil etilgan ilmiy-texnik salohiyat esa mazkur tarmoqlarda ilmiy-ishlab chiqarish klasterlarini shakllantirishning asosiga aylanib bormoqda.

Page 7: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

Iqtisodiyotning to‘laqonli mudofaa sektorini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarimiz yaqin istiqbolda nafaqat milliy armiyamizni qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash, balki qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish imkonini ham beradi.

Xalq va armiya o‘rtasida ishonchli ko‘prikka aylangan harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatida muayyan yutuqlar ko‘zga tashlanmoqda. Ushbu sektorlar tashkil etilganidan buyon “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan shior ostida harbiy infratuzilmalarni modernizatsiya qilish va to‘planib qolgan ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Harbiy shaharchalar zamonaviy qiyofaga ega bo‘ldi, moddiy ta’minot xizmatlari sohasiga autsorsing tizimi joriy etildi. O‘tgan uch yil davomida 8 mingdan ziyod harbiy xizmatchilar oilalarini qulay va shinam kvartiralar bilan ta’minlash uchun 275 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo etildi, harbiy xizmatchilarning ayollari uchun qariyb 600 ta yangi ish o‘rni yaratildi, 1 ming 900 nafar harbiy pensioner ishga joylashtirildi.

Armiyamiz unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarga faol kirishganini alohida qayd etishni istardim. “Vatanparvar” va “Faxriylar” singari tashkilotlar, shuningdek, Mudofaa vazirligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni yanada kuchaytirish hamda ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bo‘yicha g‘oyat zarur bo‘lgan ishlarni birgalikda davom ettiradi, deb ishonaman.

Shu o‘rinda Qurolli Kuchlar faoliyati ustidan fuqarolik nazoratini kuchaytirish zarurligini ta’kidlamoqchiman. Bugungi kunda mamlakatimiz parlamenti o‘zining kengaytirilgan vakolatlari doirasida “Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi qonun va mudofaa sohasidagi boshqa huquqiy hujjatlar ijrosini nazorat qilmoqda. O‘tgan yili Oliy Majlis Senati tomonidan Qurolli Kuchlarning qurilishi va rivojlanishi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashiga doir dolzarb masalalar yuzasidan harbiylashgan vazirlik va idoralar rahbarlarining ma’ruzalari bir necha bor eshitilganini ta’kidlash lozim.

Qadrli yurtdoshlar!Jahondagi vaziyat shiddat bilan o‘zgarib, dunyoning ayrim mintaqalarida

ahvol keskinlashib, xalqaro terrorizm va ekstremizm xavfi ortib borayotgani bizdan xalqaro va mintaqaviy vaziyatni har tomonlama tahlil va prognoz qilishni, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligi va salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ko‘rishni talab etmoqda.

Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash, qo‘shinlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, jangovar tayyorgarlikni tashkil etish samaradorligini oshirish, Qurolli Kuchlarni eng yangi qurol-yarog‘ va texnikalar bilan ta’minlash, mamlakatimiz mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirish bo‘yicha faol olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish zarur.

Biz yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlash, o‘quv-tarbiya jarayonlariga ilg‘or xorijiy tajribalarni, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini

Page 8: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

keng joriy etishga, shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari hamda Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilishga bundan buyon ham birinchi darajali ahamiyat qaratamiz.

Hurmatli do‘stlar!Vatanimizning mard va jasur himoyachilari!Ushbu qutlug‘ bayram kunlarida hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan

G‘alabaning 75 yilligini nishonlash arafasida o‘z hayoti evaziga dunyo xalqlarining ozodligi va erkinligini saqlab qolishga erishgan g‘olib ajdodlarimizga yuksak hurmat va e’tibor ko‘rsatish qanchalik muhim ekanini barchamiz har qachongidan ham chuqur his etib, 

bu borada katta amaliy ishlarni amalga oshirmoqdamiz.Siz, hurmatli harbiy xizmatchilarga – askar va serjantlar, ofitser va

generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylariga Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishdek sharafli vazifani ado etishda mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat, oilalaringizga esa yangi – 2020 yilda fayz-baraka va baxt-saodat yor bo‘lishini tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoniEKSPORT, INVESTITSIYA VA MAHALLIYLASHTIRISHNI

KENGAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDIO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15

yanvar kuni eksport, investitsiya va mahalliylashtirishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Jahonda iqtisodiy raqobat tobora kuchayib borayotgan hozirgi davrda barqarorlikning asosiy omili ishlab chiqarishni kengaytirish va tashqi bozorlarda mustahkam o‘rin egallashdir.

Eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida o‘tgan yili mamlakatimiz eksporti hajmi 28 foizga o‘sdi. Hududiy sanoat eksporti qariyb 2 barobarga oshdi.

Mazkur yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlarni yanada oshirish maqsadida bu yildan boshlab prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash va monitoring qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi.

Avvalambor, eksport prognozi 3 yillik qilib tasdiqlandi. 2020 yil rejasi o‘tgan yilgiga nisbatan 22 foiz ko‘p belgilandi.

Videoselektor yig‘ilishida eksport, investitsiya va mahalliylashtirish yo‘nalishlariga mas’ul mutasaddilarning vazifalari ko‘rib chiqildi. Har bir dollardan unumli foydalanish bo‘yicha hududlar va tarmoqlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati belgilandi.

Davlatimiz rahbari bundan buyon tarmoq yoki hududning masalasi degan sansolarlik bo‘lmasligi, eksport prognozi ijrosini ta’minlashga har bir vazir, xo‘jalik birlashmasi rahbari hokim bilan birga teppa-teng javob berishini ta’kidladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga joriy yilgi eksport prognozi ijrosini to‘liq ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqib, mahsulotlarni

Page 9: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

qayerga, qachon eksport qilish va buni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash vazifasi qo‘yildi.

To‘qimachilik, meva-sabzavotchilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari va avtomobil sanoati kabi yetakchi tarmoqlar salohiyatidan samarali foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga paxta tolasini qayta ishlash quvvatlarini 80 foizga yetkazish, yangi korxonalar hisobiga eksport nomenklaturasini diversifikatsiya qilish hamda geografiyasini kengaytirish topshirildi.

Mamlakatimiz eksportyorlarining salohiyatli bozorlarga kirishini yengillashtirish uchun imtiyozli savdo rejimini joriy etish, «GSP+» umumiy preferensiyalar tizimiga qo‘shilish yuzasidan ham ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda meva-sabzavotlar eksporti masalasi atroflicha muhokama qilindi.Meva-sabzavot ekinlarini eksport talabidan kelib chiqib optimal

joylashtirish, salohiyatli tashqi bozorlarda savdo uylari va dilerlik tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ixtisoslashgan 55 ta tumanda meva-sabzavotlar ishlab chiqarishni klaster shakliga o‘tkazish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

“O‘zstandart” agentligiga hududiy hokimliklar bilan birgalikda 155 ta fermer xo‘jaligida “Global G.A.P.” xalqaro standartini joriy etish, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashqi bozorlar talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Eksport faoliyati jozibadorligini oshirish uchun eksport va eksportoldi moliyalashtirish tizimini tashkil etish, tashish xarajatlarini qoplash mexanizmini kengaytirish borasida chora-tadbirlar belgilandi.

Videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarni jalb etish masalalari tahlil qilindi.O‘tgan yili barcha manbalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning

qariyb 30 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar tashkil etdi. Sanoati rivojlanmagan, olis tumanlarga ham katta investitsiyalar kirib bordi. Umumiy qiymati 5,4 milliard dollar bo‘lgan 145 ta tarmoq va 167 ta hududiy loyihalar ishga tushirildi.

Joriy yildan boshlab Investitsiya dasturlari yangi tizim asosida ishlab chiqildi. 2020 yil uchun 1569 ta xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi. Mazkur dasturga asosan shu yilda 233 trillion 200 milliard so‘m, jumladan 7,1 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda tarmoqlar va hududlar rahbarlari bu borada amalga oshirishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Tegishli vazirlik, idora va ho‘jalik birlashmalari rahbarlariga tarmoq loyihalarini o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha javobgarlik yuklandi. Hududlarda amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ishtirokidagi har bir loyihaga respublika idoralari rahbarlari mas’ul sifatida biriktirildi.

Mutasaddilarga galdagi loyihalar bo‘yicha loyihaoldi ishlarini yakunlab, xorijiy investorlar bilan shartnomalar imzolash va ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Page 10: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

Videoselektorda joriy yilda budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy va infratuzilma loyihalar ijrosi ham muhokama qilindi.

Prezidentimiz budjet mablag‘larining samarali sarflanishi, belgilangan 2 ming 190 ta ob’ektda qurilish-ta’mirlash ishlari sifatli bajarilishini qat’iy nazoratga olish zarurligini ta’kidladi.

Joriy yilda 372 ta bolalar bog‘chasi, 343 ta maktab, 228 ta tibbiyot muassasasi, 61 ta oliy o‘quv yurti, 44 ta sport inshooti, 187 ta ichimlik va oqova suv tarmog‘i, 241 ta irrigatsiya va melioratsiya ob’ektida qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan.

O‘tgan yili boshlangan loyihalarni sifatli amalga oshirish, yangi ob’ektlar bo‘yicha tender savdolarini yakunlash va moliyalashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish, investitsiyalar samaradorligini baholashda muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatib o‘tdi.

Mutasaddilarga xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tarmoqlar va hududlar bo‘yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish, bunda jalb qilinayotgan investitsiyalar samaradorligi va iqtisodiy-ijtimoiy ta’sirini baholash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni yo‘naltirish uchun yetakchi sohalarni belgilash vazifasi qo‘yildi.

Investitsiya loyihalarini joylashtirishda birinchi navbatda infratuzilmaga ulanish imkoniyatlari va xarajatlariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Bugungi kunning dolzarb masalalaridan yana biri – mahalliylashtirishni chuqurlashtirish orqali ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish.

2019 yil yakuni bo‘yicha lokalizatsiya doirasida 800 dan ortiq loyihalar ishga tushirildi. Xususan, polivinilxlorid, katanka, elektrodvigatel, shisha idishlar, maishiy texnika, har xil dori-darmonlar va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Joriy yildan boshlab mahalliylashtirish dasturini yangicha yondashuvlar asosida shakllantiramiz, dedi davlatimiz rahbari.

Xususan, 830 ta loyiha doirasida 9 trillion so‘mlik yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zagrotexsanoat-xolding” AJ, “O‘zavtosanoat” AJ, “Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish” agentligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, shuningdek, Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari aniq loyihalarni amalga oshirishlari lozimligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga har bir vazirlik va idora bilan birgalikda bir oy muddatda 2020 yil mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha tarmoq jadvallarini tasdiqlash vazifasi yuklatildi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlanidek, loyihalarni amalga oshirishda asosiy e’tibor mahsulotning raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligiga, tannarxini kamaytirishga qaratilishi kerak.

Page 11: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

“O‘zstandart” agentligiga tadbirkorlik sub’ektlariga import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy nazorat o‘rnatish topshirig‘i berildi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasiga joylardagi mas’ullar bilan birgalikda Respublika sanoat yarmarkasi doirasida tuzilgan shartnomalar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI SERGEY LAVROVNI QABUL QILDIBugun, 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Prezidentimiz strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish sur’ati tobora ortib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajadagi muloqot muntazamlik kasb etgani, o‘zaro almashinuvlar misli ko‘rilmagan darajada faollashgani, ko‘p qirrali hamkorlik, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalar, ta’lim va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kengayib borayotgani bundan dalolat beradi.

Sergey Lavrov samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning dildan salomlarini yetkazdi. Ikki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

SHAVKAT MIRZIYOYEV JAHON BANKI DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Jahon banki guruhi dunyo miqyosidagi yetakchi moliyaviy institut bo‘lib, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yangi dasturini amalga oshirishda strategik sherikdir.

Bank ekspertlari O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya va soliq, ta’lim sohalarida modernizatsiya ishlarini samarali amalga oshirishga doir takliflarni ishlab chiqishda, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlarda faol ishtirok etmoqda.

Page 12: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

Bugungi kunda Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilgan va davom ettirilayotgan loyihalarning qiymati 5,5 milliard dollarni tashkil etadi.

O‘tgan yili ushbu global moliyaviy institut umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bo‘lgan yangi istiqbolli loyihalarni ma’qulladi. Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kimoshdi savdosi,shuningdek, Vashington shahrida "Mamlakat platformasi" taqdimoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari bularning barchasi O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi yaqin hamkorlik, ochiq va konstruktiv muloqot natijasida erishilganini alohida ta’kidladi.

O‘z navbatida, Siril Myuller Jahon banki guruhi prezidenti Devid Melpassning samimiy salomini yetkazib, tashkilot O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor qayd etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muhim tarmoqlarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi, energetika, neft-gaz tarmog‘i, transport va boshqa sohalarda islohotlarni davom ettirishga ko‘makni kengaytirish hamda qashshoqlikka qarshi kurashish borasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi sheriklik bo‘yicha yangi uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishga kelishib olindi.

USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHG‘ULOTLARINI MAVZUSIDA O‘TKAZISH UCHUN

TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR

DINIY BAG‘RIKENGLIK, TOLERANTLIK – XALQLAR DO‘STLIGINING MUHIM POYDEVORI

Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi, u halollik, tinchlik, yaxshilik va do‘stlik kabi bir qancha ezgu fazilatlarga tayanadi. Insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonparvarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi.

Diniy bag‘rikenglik ham dinlararo hamda har bir dinning ichidagi turli xil yo‘nalishlar va mazhablarning ezgu g‘oyalarini qadrlash, bir-birlarini hurmat qilish, shuning bilan birga o‘zaro hamkorlik asosida amalga oshadi. XXI asr boshida davlatlar hamkorligi borasida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarning soni 1000 dan ortib ketdi. Ulardan 300 tasi hukumatlararo tashkilotlardir. Xalqaro tashkilotlar orasida eng nufuzlisi va yirigi Birlashgan Millatlar Tashkilotidir (BMT). BMTning 1945 yili qabul qilingan Ustavida o‘zaro bag‘rikenglik ruhida yaxshi qo‘shnichilik kayfiyatida yashash, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashda hamjihat bo‘lib, harakat qilish asosiy maqsadlardan biri, deb e’lon qilindi.

BMT tizimida Fan, ta’lim va madaniyat sohasida ixtisoslashgan tashkilot (YUNESKO) mavjud. Ushbu tashkilot tomonidan hozirga qadar ishlab chiqilgan

Page 13: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

70 dan ortiq xalqaro hujjat, konvensiya, kelishuv va protokollar qatorida 1995 yil 16 noyabrda qabul qilingan “Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi” alohida o‘ringa ega ekanini ta’kidlash zarur. Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qat’i nazar, bag‘rikenglikni targ‘ib etish, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar aks etgan. 1998 yil 6 noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan YUNESKO Ijroiya Kengashining 155-sessiyasida “Tinchlik madaniyati va YuNYeSKOning a’zo davlatlaridagi faoliyati” Deklaratsiyasi qabul qilindi. YUNESKOning “Tinchlik madaniyati” konsepsiyasi BMT tomonidan ma’qullanib, 2000 yil “Xalqaro tinchlik madaniyati yili”, 2001 yil esa “Xalqaro madaniyatlararo muloqot yili”, deb e’lon qilindi. 1995 yilda, shuningdek, YuNYeSKOning “Dinlararo va madaniyatlararo muloqot” Dasturi qabul qilindi. U diniy urf-odatlar va o‘ziga xos madaniy qadriyatlar, ularning dunyo madaniyatida tutgan o‘rnini yoritishga xizmat qiladi. Dastur doirasida Rabot (1995, 1998), Malta (1997), Toshkent (2000) shaharlarida dinlararo muloqot mavzusida xalqaro anjumanlar o‘tkazildi. 2000 yil 13–15 sentyabrda Toshkentda o‘tgan dinlararo muloqot YUNESKO Kongressi Markaziy Osiyodagi madaniy, diniy va etnik xilma-xillikni muhokama qildi. Unda 40 ga yaqin davlatdan 80 dan ortiq turli din va konfessiyalarga mansub vakillar, yirik mutaxassislar ishtirok etdi. Kongressdan so‘ng 18 sentyabrda Buxoro shahrida “Tasavvuf va dinlararo muloqot” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Unda “tasavvuf”ga bag‘rikenglikni targ‘ib etuvchi, tinchlikka chaqiruvchi islom dinining noyob, o‘ziga xos ko‘rinishi, degan ta’rif berildi. Shuningdek, 2001 yil sentyabrda Toshkentda o‘tgan Osiyo – Tinch okeani mintaqasi YUNESKO “Bag‘rikenglik tarmog‘i”ning ikkinchi yig‘ilishida bag‘rikenglik tamoyillari o‘zbek xalqining urf odatlari bilan chambarchas bog‘liqligi ta’kidlandi. Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (AYSESKO) tomonidan Toshkentning islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2007 yil 14-15 avgustda Toshkent va Samarqand shaharlarida “O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzuida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ham mamlakatimizning jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini kamol toptirish yo‘lidagi yutuqlari yana bir bor e’tirof etildi. Bugungi kunda ham mamlakatimiz boy tarixiy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosni o‘rganish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va targ‘ib etish, ma’rifatli islom g‘oyalarini yoyish hamda diniy bag‘rikenglikni qaror toptirish va mustahkamlashda butun dunyoga o‘rnak bo‘lmoqda.

Hozirgi globallashuv jarayonida diniy bag‘rikenglik muammosi jahon hamjamiyati davlatlari uchun g‘oyat dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 1995 yil 16 noyabrda BMTning fan, ta’lim va madaniyat bo‘yicha ixtisoslashgan tashkiloti YUNESKO tomonidan Bag‘rikenglik prinsiplari deklaratsiyasining qabul qilinishi buning yorqin dalilidir. Ushbu deklaratsiyada e’tiqod va vijdon erkinligiga ham e’tibor qaratilgan. Uning 1-moddasida, bag‘rikenglik o‘zimiz yashab turgan dunyo madaniyatining boy va xilma-xilligi, inson individualligining namoyon bo‘lish shakllari va usullarini hurmat qilish, uni qabul qilish va to‘g‘ri tushunish hamda vijdon va e’tiqod erkinligi sifatida izohlangan. Bosh qomusimizda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat vakillari millati, tili, e’tiqodi, ijtimoiy xolatidan qat’iy nazar O‘zbekiston halqini tashkil qilishi va ularning huquq va manfaatlari, shuningdek e’tiqod erkinligi mustahkamlangan.

Page 14: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar”. Asosiy qonunimizda ushbu huquqning aks ettirilishi mamlakatimizda insonlarning vijdon va e’tiqod erkinligi ta’minlanishining asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz- xalqimizning tinch va osuda hayotidir. Jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi oliyjanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyg‘un yashash tamoyili tobora mustahkamlanib borayotgani yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda.

Mamlakatimizda bir yuz o‘ttizdan ortiq millat va elat vakillari yagona oila farzandlaridek ahil yashaydi. Ana shunday ko‘p sonli millat va elat vakillarining birgalikda, hamkor va hamjihat bo‘lib umr kechirishi natijasida ularning har biri ma’naviy va madaniy jihatdan boyib, o‘zaro munosabatlar ta’sirida ko‘p millatli xalqimizning turmush tarzi yanada yuksalmoqda. Shuningdek, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ta’lim olishi, o‘z qiziqishi va layoqati bo‘yicha kasb-hunar egallashi, mehnat qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayni paytda turli millat va elatlarning milliy an’ana va qadriyatlarini asrab-avaylash, ularni yanada rivojlantirish, boyitish masalasi davlatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining tele-radio kanallari orqali bugungi kunda 10 ta tilda, ya’ni o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman, tatar, uyg‘ur va ozarbayjon tillarida ko‘rsatuv va eshittirishlar olib borilmoqda. Mamlakatimizdagi gazetalar ham 10 ta: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman, koreys, ukrain va ingliz tillarida, jurnallar esa 8 ta: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman va ingliz tillarida bosilmoqda. Shu bilan birga, yurtimizda o‘rta va oliy ta’lim 7 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida amalga oshirilmoqda. Bu esa mamlakatimizda millatlararo totuvlikning ta’minlanishida ularning o‘zaro ishonch va xurmat asosida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarida yashashlariga to‘liq imkoniyat yaratmoqda. Bugungi kunda barcha millat vakillarining “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida birlashganligini ko‘rishimiz mumkin. Barcha millat vakillarining o‘zaro milliy marosimlarida ishtirok etayotganligi buni yaqqol isbotlaydi. Respublikadagi pravoslav e’tiqodiga amal qiluvchilar uchun “Slovo jizni” gazetasi, “Vostok svыshe” jurnali, shuningdek, ibodat ma’ruzalari va boshqa ma’rifiy nashrlar chop etilyapti. Mamlakatimizda iste’qomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining o‘z ona tilida o‘qishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va maktablarda barcha millat vakillari uchun teng shart-sharoitlar yaratilgani, ko‘plab tillarda gazeta va jurnallar chop etilib, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar olib borilayotgani bu boradagi faoliyatning yaqqol dalilidir. Mustaqillik yillarida respublikamizda yuzlab masjidlar, cherkovlar, sinagoga va ibodat uylari qurildi va qayta ta’mirdan chiqarildi. Ular qatorida Toshkentdagi “Hazrati Imom” majmui, viloyat markazlaridagi jome’ masjidlar, Toshkentdagi Rus pravoslav cherkovlari, shuningdek, buddaviylik

Page 15: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

ibodatxonasi, Samarqanddagi Arman Apostol cherkovi, Koraqalpog‘iston Respublikasidagi “Sultan Vays bobo” va “Muxammad Norimjoniy” ziyoratgohlari, “Panteylemon” cherkovi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Yurtimizda Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Berdaq, Ajiniyaz haykallari qatorida Ganjaviy, Rustaveli, Pushkin, Shevchenkolarning haykallari ham ko‘cha va maydonlarimizga fayz baxsh etib turibdi. Bularning barchasi dinlararo bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikning ko‘rinishidir.

O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tarixiy ildiz va mustahkam qonuniy asoslarga ega bo‘lib, dunyoviy davlat va din orasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” deb belgilangan. Ushbu moddani amalga oshirish mexanizmi 1998 yil 1 mayda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunida keng yoritib berilgan. Uning 3-moddasiga ko‘ra, Vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Shuningdek, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-moddasida: “Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega, bu huquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini va ta’limotda, toat ibodat qilishda va diniy rasm-rusum hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish, o‘z dini yoki e’tiqodiga yakka tartibda, shuningdek boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini o‘z ichiga oladi”, deb belgilangan. BMT tomonidan dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasini butun dunyoga targ‘ib etish maqsadida 2011 yilning 1-7 fevral kunlarini butun jahonda “Dinlararo munosabatlar uyg‘unligi butunjahon haftaligi” deb e’lon qilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov mustaqillikka erishilgandan so‘ng oradan ko‘p o‘tmay shunday degan edi: “Bugun ana shu din orqali vujudimizga musaffolik, dilimizga, inshoolloh, poklik kirib kelmoqda. Axloq-odob, ma’rifat yana xonadonimiz fayziga, odamlar xislatiga aylanishida islomning o‘rni benihoya bo‘lmoqda. Biz kelgusida din oldidagi to‘siqlarni olib tashlaymiz.

Yaxshilik nur keltiradi, yomonlik zulmat deydilar. O‘zbekistonning kelajagi yaxshilik poydevoriga qurilmog‘i shart. Chunki faqat yaxshilik boqiy yashaydi. Odamlarning odamlarga yaxshiligi! Yurtdoshlarning yurtdoshlarga yaxshiligi! Millatdoshlarning millatdoshlarga yaxshiligi! Bu O‘zbekistonning shiorigina emas, da’vatiga, chaqirig‘iga, xislatiga aylansin. Yaxshilik qilgan millatni hurmatlash, yaxshilik qilgan avlodni e’zozlash tafakkur olamining quyoshiga aylansin. Mening orzum ham, istagim ham, tutar yo‘lim, asosiy qayg‘u-tashvishim, quvonchu sevinchimning boisi ham shu”.

Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi“da ham ushbu masalaga katta e’tibor qaratilib, “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan maxsus yo‘nalish doirasida muayyan vazifalar ishlab

Page 16: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek, millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilganligi e’tiborga loyiqdir.

Xulosa qilib aytganda, yurtimizda millatlararo va dinlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan g‘oya va tashabbuslar barcha yurtdoshlarimiz uchun do‘stlik va hamjihatlik qo‘rg‘onining yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari e’tirof etganidek, “O‘zbekistonning boyliklari ko‘p, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz–jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikdir”.

“OILA VA OILAVIY QADRIYATLAR”

(Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 87-06-177-sonli modemogrammasi asosida)

Oila - bu muhabbat va hurmatda yaratilgan aholi va qonunlarga ega bo'lgan kichik davlat. Har bir mustahkam va birlashgan oilada o'zlarining oilaviy qadriyatlari mavjud bo'lib, bu jamiyatning bu tuzilishiga butunligini saqlashga yordam beradi.

Oilaning asosiy qadriyatlariOila uchun - hayotdagi asosiy qadriyatlar, barcha oila a'zolarining

hamjihatligini, ishonchini va sevgisini mustahkamlaydigan muayyan axloqiy tamoyillarga rioya qilishga intiladi.

Oila a'zolaridagi sevgi - bu oilaning muhim qadriyatidir va agar siz ushbu tuyg'uni saqlab qolishni istasangiz, oilangizga ularni sevishingizni eslatib turing. Sevgi haqida gapirish faqat so'zlar emas, balki sizning depressiv tuyg'ularingizni - yostiq ostida kichik kutilmagan hodisalar, choy ichish va sovuq qish oqshomida suratga tushish, sham yorug'ida kechki ovqat, oilada sayr qilish.

Yosh oila boshqa oilaviy qadriyatlarni qo'llab-quvvatlashi kerak:oilaning har bir a'zosi uchun ahamiyatga ega bo'lgan ma'no - har bir oila

muhtojlik, sevgini bilishi kerak;o'zaro hurmat - boshqa shaxsning fikrlarini, hissiyotlarini va ehtiroslarini qabul

qilish;halollik - agar oilada bunday qiymat bo'lmasa, u boshqa shaxsning shaxsini

hurmat qilmaslik deganidir;kechirish - xato qilgan odamlarni kechirishni o'rgatish muhimdir;saxovatlilik - oilada o'zingiz qabul qilgan narsalar haqida o'ylamasdan berish

kerak.mas'uliyat - bu qadriyat boshqa oila a'zolarining xotirjam bo'lishlari uchun

zarurdir, chunki ular ishonadigan kishilar borligini biladilar;muloqot - bu qiymat oilani mustahkamlashga yordam beradi, muloqotni

susaytirishi noto'g'ri tushunishga va oilani buzishga olib keladi;

Page 17: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

urf-odatlar - bu oilaning eng muhim qadriyatlaridan biridir, bu sizning va yaqinlaringiz uchun xos bo'lgan o'ziga xoslikdir.

Zamonaviy oilada oilaviy qadriyatlarni rivojlantirishning ahamiyatiBolalar uchun oila deyarli butun dunyo. Oilaviy qadriyatlar va urf-odatlar

hayotning dastlabki yillarida nafaqat jismoniy dunyo, balki his-tuyg'ular dunyosi haqida ham bilimning asosiy manbai hisoblanadi. Bolaning oilasida o'rganadigan har bir narsa o'zining dunyoqarashiga asos bo'ladi. Shuning uchun baxtli oilalar jamiyat uchun sog'lom avlodning manbai hisoblanadi.

Oilaviy qadriyatlar va farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik bugungi kunda oila sanalmish muqaddas qo‘rg‘onga qaratilgan eng xavfli ma’naviy-mafkuraviy tahdid deb tushunishimiz mumkin. Mazkur tahdid “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi 2017 yil 28 iyuldagi 3160-sonli Qarorda ham ichki tahdid ekani va buning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirmasak, u tashqi tahdidlarni chaqirishi va uning oqibatida oila instituti ma’naviy tanazzulga uchrashi mumkinligi aytib o‘tildi. Qolaversa, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik ma’lum darajada ota-onalarimizda shu muammoga nisbatan nazoratsizlik, uquvsizlik hamda bilimsizlik avj olinishi bilan izohlanishi mumkin.Mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi 2017 yil 28 iyuldagi 3160-sonli Qarorida keltirilganidek, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib berish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish; jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; targ‘ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy qilish ayniqsa muhim.

“Oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo‘shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda.”

Page 18: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewIkki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya

Sh.Mirziyoyev