samgasi.uz soati/Ахб... · web viewoptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit...

29
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2020 yil 7 fevral juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari Samarqand 20 20 y

Upload: others

Post on 05-Nov-2020

18 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI

2020 yil 7 fevral juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Samarqand – 2020 y

Page 2: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

“TASHKENT PHARMA PARK” INNOVATSION ILMIY-ISHLAB CHIQARISH FARMASEVTIKA KLASTERINI TASHKIL ETISH

TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/tashkent-pharma-park-innovatsion-ilmiy-ishlab-chi-arish-farm-28-01-2020

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING 2020-2030 YILLARGA MO‘LJALLANGAN STRATEGIYASIDA BELGILANGAN VAZIFALARNI 2020 YILDA

AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-ishlo-kh-zhaligini-rivozhlantirishnin-28-01-2020

CHORVACHILIK TARMOG‘INI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASHNING QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI

TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/chorvachilik-tarmo-ini-davlat-tomonidan-llab-uvvatlashning-sh-30-01-2020

MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI

TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/maktabgacha-talim-so-asida-davlat-khususiy-sheriklikni-yanad-31-01-2020

TOSHKENT XALQARO INVESTITSIYA FORUMI YUQORI SAVIYADA O‘TADI

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumini yuqori saviyada tashkil etish masalasi bo‘yicha  yig‘ilish o‘tkazdi.

Oxirgi yillarda mamlakatimizda investitsiya muhiti yanada yaxshilandi. Bu boradagi qonunchilik yangilanib, investorlar uchun huquqiy kafolatlar mustahkamlandi.

Page 3: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

O‘tgan Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida investitsiyalar hajmi sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilgiga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdi.

Davlatimiz rahbari kuni kecha Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosati izchil davom ettirilishi, joriy yilda o‘zlashtiriladigan investitsiyalarning salmoqli qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar va kreditlar bo‘lishini alohida qayd etdi.

Xususan, 2020 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga 5,8 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish belgilangan. Shu maqsadda mart oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Forumning asosiy maqsadi iqtisodiyot drayverlari hisoblangan energetika, mashinasozlik, elektrotexnika, axborot texnologiyalari, to‘qimachilik, qishloq ho‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, qurilish sohalari hamda hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirishdir.

Yig‘ilishda ushbu anjumanni yuqori saviyada tashkil etish uchun aniq tashkiliy vazifalar belgilab berildi.

Xususan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tarmoq va hududlar rahbarlari bilan birga xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli loyihalar bo‘yicha taqdimot materiallari tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Hududiy loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijiy investorlar o‘rtasida bevosita hamkorlik o‘rnatishga alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.

Tashqi ishlar vazirligiga yetakchi xorijiy kompaniyalar, xalqaro moliya tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini forumga jalb etish bo‘yi cha ko‘rsatmalar berildi.

Anjuman o‘tkaziladigan joylarni yuqori saviyada tayyorlash, uni ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib etish va yoritib borish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Mutasaddilar forumga tayyorgarlik ishlari va erishilishi mo‘ljallanayotgan kelishuvlar haqida hisobot berdi.

TIBBIYOT VA ILM-FAN SOHALARIDA DOLZARB MASALALAR TAHLIL QILINIB, QO‘SHIMCHA VAZIFALAR BELGILANDIO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni

sog‘liqni saqlash sohasini va ilm-fan yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Oxirgi yillarda tibbiyot sohasining birlamchi, tez tibbiy va ixtisoslashgan yordam bo‘g‘inlarida muhim islohotlar amalga oshirildi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 7 dekabrdagi farmoniga muvofiq, 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Kasallikni profilaktika qilish uchun vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar xodimlari uyma-uy yurib, aholini patronaj bilan qamrab olishi, hududiy shifoxonalar bilan ma’lumot almashinuvi to‘liq yo‘lga qo‘yilishi zarurligi qayd etildi. Bunda tibbiy madaniyatni oshirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Page 4: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

Yig‘ilishda tibbiyot tizimini ilg‘or xorijiy standartlar asosida tashkil etish, aholining sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishini yanada kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

16 ta ixtisoslashgan markaz kasalliklar ko‘rsatkichini tahlil qilgan holda, ularning oldini olish choralarini ko‘rishi, o‘z faoliyatini hududlarda tashkil etib, birlamchi tizim bilan xamkorlikda ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu markazlarni yanada rivojlantirish uchun xususiy va xorijiy investitsiyalar yo‘naltirish muhimligi aytib o‘tildi.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatini yanada yaxshilash, tug‘ish yoshidagi ayollar tibbiy ko‘rigini tizimli tashkillashtirish, kasallikka chalinganlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha aniq ish reja ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahri tez tibbiy yordam xizmati chaqiriqlarni avtomatik qabul qilish va ijro etish bo‘yicha to‘liq raqamlashtirildi hamda 150 ta maxsus “Ford” avtomobillari bilan ta’minlandi.

Davlatimiz rahbari ushbu tizimni 2020-2021 yillarda respublikaning barcha hududlariga bosqichma-bosqich tatbiq etish, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmatini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Tibbiyot muassasalarini ta’mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Investitsiya dasturiga muvofiq tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun joriy yilda xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda sohadagi kadrlar ta’minoti, malakasi va salohiyati tanqid qilindi. Hozirda sog‘liqni saqlash tizimida 75 ming nafar vrach faoliyat yuritmoqda. 2 ming 900 ta umumamaliyot shifokori, 10 mingta tor mutaxassislar yetishmaydi. Ilmiy izlanish natijalarini hayotga joriy etish 5 foizdan ham oshmaydi.

Prezidentimiz mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida manzilli tayyorlash, maqsadli kvotalarni tuman, qishloq va ish joyi ko‘rsatilgan holda shakllantirish zarurligini ta’kidladi.

Tibbiyotda ilm-fanni rivojlantirish, ilmiy izlanishlarning ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.Ma’lumki, 2020 yil O‘zbekistonda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

Xususan, joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

Yig‘ilishda mutasaddilarga shu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish, tub islohotlarni maktab ta’limidan boshlab ilmiy-tadqiqot muassasalarigacha qamrab olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari fanning belgilangan sohalariga ham moddiy, ham ma’naviy e’tiborni kuchaytirish kerakligini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.

Page 5: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

TURIZM VA SPORTNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni turizmni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Bugungi kunda jahon turizm bozori hajmi qariyb 9 trillion dollarni tashkil etmoqda. Dunyoda ish bilan band aholining har o‘ninchisi ushbu sohada faoliyat yuritmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, turistlar havo transportida uchish vaqti 5 soatgacha bo‘lgan o‘lkalarga eng ko‘p sayohat qiladi. Mamlakatimiz atrofida bunday masofada 60 ga yaqin davlat, 3 milliard aholi bor. Yiliga ularning qariyb 360 millioni xorijga sayohat qiladi. Bu ulkan turizm bozori degani.

O‘tgan yili yurtimizga 6,7 million nafar sayyoh kelgan. Diyorimiz 10 dan ortiq nufuzli xalqaro nashrlarda eng jozibali turistik maskan sifatida e’tirof etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada o‘zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

Joriy yilda xorijdan keladigan sayyohlar sonini 7,5 millionga, 2022 yilda 10 millionga va 2025 yilda 12 millionga yetkazish rejalashtirilgan. Bu orqali turizm xizmatlari eksporti joriy yilda 1,5 milliard dollar, keyingi 5 yilda 3 milliard dollargacha oshiriladi.

Davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari, xususan, 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tufayli va yurtimiz aholisining farovonligi oshgani sayin ichki turizm ham kengayib bormoqda. Biroq, yig‘ilishda ta’kidlanganidek, jahon standartlariga mos mehmonxonalar, malakali gidlar yetishmaydi.

Shu bois mehmonxonalarni joriy yilda 1 ming 700 taga, kelgusi 5 yilda 3 mingtagacha ko‘paytirish kerak. Oilaviy mehmon uylarini ham 2 mingtaga yetkazish zarur.

Bular orqali turizm sohasida yiliga kamida 30 mingta yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingan.

Tanqidiy tahlil ruhida o‘tgan yig‘ilishda ushbu natijalarga erishish uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Sayyohlikning an’anaviy turlari qamrovini kengaytirish bilan birga yangi ko‘rinishlarini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.

Kardiologiya, urologiya, stomatologiya, oftalmologiya kabi yurtimiz yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tibbiyot yo‘nalishlarida turizmni rivojlantirish, sog‘lomlashtirish va dam olish maskanlariga strategik investorlarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi. MDH davlatlari kasaba uyushmalari bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yib, sayyohlar sonini keskin oshirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Madaniyat vazirligiga turizm marshrutiga kiritilgan ob’ektlar sonini joriy yilda 800 taga, 2025 yilda esa 2,5 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Qishki turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya loyihalarini ishlab chiqib, amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Page 6: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

Samolyot va poyezdlarimizda xizmat ko‘rsatish sifati pastligi, chiptalar narxi esa qimmatligi yo‘lovchilarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Oqibatda ko‘pchilik xorijiy tashuvchilar xizmatini tanlamoqda. Temir yo‘l va avia yo‘nalishlarimiz keng qamrovli va raqobatbardosh emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga O‘zbekistonning 4 aeroportida joriy etilgan “ochiq osmon” rejimidan to‘liq foydalanish, yangi avia yo‘nalishlar ochish, tezyurar poyezdlar sonini ko‘paytirish, chiptalar narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yo‘lbo‘yi turizm infratuzilmasini rivojlantirish, “turizm qishlog‘i”, “turizm ovuli” va “turizm mahallasi” loyihalarini amalga oshirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

O‘tgan yili xorijiy kinokompaniyalar tomonidan mamlakatimizda 1,6 million dollarlik 6 ta badiiy film suratga olindi. Shunda xarajatlarning bir qismini O‘zbekiston tomonidan qoplash tizimi yo‘lga qo‘yilsa, bu madaniyat turizmi rivojiga katta turtki berishi bilan birga o‘lkamizning xalqaro maydonda targ‘ibotiga ham hissa qo‘shadi.

“O‘zbekkino” milliy agentligiga xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yurtimizda suratga olish mexanizmlarini joriy etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Turizm sohasida kadrlar masalasiga e’tibor qaratilar ekan, 20 ta oliy ta’lim muassasasida hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga biriktirilgan 3 ta texnikum va 9 ta kollejda ishchi kasblar tayyorlash tizimini joriy etish bo‘yicha hali ko‘p muammolar o‘z yechimini topmagani ko‘rsatib o‘tildi. O‘quv jarayonida ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Yig‘ilishda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni sohaning kelgusi rivojiga asos yaratdi.

Farmonda barcha tuman va shaharlarni kamida 3 ta sport turiga ixtisoslashtirish orqali katta sportga sifatli zaxira shakllantirish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilandi.

Bu yil 269 ta futbol, voleybol, basketbol va badminton maydonlari, 178 ta boks, kurash, fitnes va gimnastika sport zallari, 32 ta tennis korti qurish vazifasi qo‘yilib, uning moliyaviy manbalari hal qilib berildi.

Yig‘ilishda mazkur farmonda belgilangan vazifalar ijrosi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga har bir tuman kesimida tashabbuskorlarni aniqlab, Qurilish vazirligi bilan birgalikda arzon va energiya tejamkor sport inshootlari qurish bo‘yicha namunali loyihalarni tayyorlash topshirildi.

Sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanadigan aholining umumiy sonini joriy yilda 18 foizga, 2025 yilda esa 30 foizga yetkazish, shuningdek, 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning kamida 30 foizini ommaviy sportga jalb qilish kerakligi ta’kidlandi.

Page 7: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

Mamlakatimizda jahon hamda qit’a chempionatlari va boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Milliy sport turlari, xususan, kurashni yanada rivojlantirish, uni Olimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritish muhimligi qayd etildi.

Yig‘ilishda joriy yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

TRANSPORT SOHASIDAGI HOLAT TANQIDIY TAHLIL QILINDIPrezident Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni transport tizimini samarali

tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Mazkur sohadagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, transport kommunikatsiyalarini strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 1 fevraldagi farmoniga binoan Transport vazirligi tashkil etilgan edi.

Bu borada muayyan ishlar qilingan bo‘lsa-da, mamlakatimizning transport-tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti.

Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga, 2030 yilda esa mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish evaziga 23 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud.

Jahon bankining logistika reytingida yurtimiz 163 ta davlat orasida 99-o‘rinda bo‘lib, xalqaro tashuvlarni amalga oshirishning soddaligi bo‘yicha 120-o‘rinda qayd etilgan.

Optimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish imkoniyati cheklanmoqda.

Yig‘ilishda tranzit siyosatini butunlay qayta ko‘rib chiqish Transport vazirligining eng muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

Temir yo‘l tizimini tubdan isloh qilish, sohaga xususiy kapitalni keng jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi holat ham tanqid qilindi. Milliy aviakompaniya negizida tashkil etilgan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlari mustaqil tashkilotlar sifatida faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘ymagani sababli islohotlar natijasi ko‘rinmayapti.

Shuningdek, o‘tgan yili 4 ta aeroportda “ochiq osmon” rejimi joriy etilib, “beshinchi havo erkinligi” o‘rnatilgan edi. Ammo hanuzgacha bironta ham xorijiy aviakompaniya jalb qilinmadi. Bu holat yo‘lovchilarning asosli e’tirozlariga, boshqa xorijiy aviakompaniyalar xizmatidan foydalanishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois, Jahon bankining tavsiyalari asosida sohada olib borilayotgan islohotlarni to‘liq yakuniga yetkazish va raqobat muhitini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Navoiy va Termiz xalqaro aeroportlarini yuk tashish xabiga aylantirish maqsadida “ochiq osmon” rejimini joriy etib, xorijiy yuk tashuvchi aviakompaniyalarni keng jalb qilish vazifasi belgilandi.

Page 8: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

Yangi aviakompaniyalar faoliyati uchun sharoit yaratish va parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Avtomobil va jamoat transporti sohasida ham muayyan kamchiliklar bor.Aholiga qulay va sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatishni ta’minlash

maqsadida yo‘nalishlar uchun ochiq tenderlar o‘tkazish, jamoat transportiga oid tarif va tartiblarni qayta ko‘rib chiqib, raqamlashtirish lozimligi qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda avtomobil yo‘llarining holatini yaxshilash masalasiga ham to‘xtalib, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, tez fursatlarda Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Transport vazirligi huzuridagi nazorat organlarining ish uslubi eskicha ekani ko‘rsatilib, ularning faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Mutasaddilar yig‘ilishda qayd etilgan muammolarni hal etish va ustuvor vazifalarni bajarish rejalari yuzasidan axborot berdi.

SHAVKAT MIRZIYOYEV BIRINCHI PREZIDENTIMIZ XOTIRASIGA HURMAT BAJO KELTIRDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqil O‘zbekistonga asos solgan, xalqimiz mehrini qozongan, xalqaro miqyosda tan olingan davlat va siyosat arbobi edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori va tegishli qarori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi, hurmati joyiga qo‘yildi. Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan 30 yanvar kunini nishonlash ezgu an’anaga aylandi.

“Bu sanani munosib o‘tkazish bizning o‘z tariximizga, mustaqilligimizga bo‘lgan hurmatimizni, xalq, millat sifatidagi madaniyatimiz va saviyamizni namoyon etadi” degan edi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev.

Qur’oni karimdan tilovat qilindi. Islom Karimovning serqirra faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.

Gul qo‘yish marosimida Prezident Administratsiyasi, parlament palatalari va hukumat a’zolari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentimizning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

PREZIDENT GEOLOGIYA FANLARI BO‘YICHA UNIVERSITETGA TAMAL TOSHI QO‘YDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 yanvar kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Olimlar ko‘chasidagi ilmiy-tadqiqot institutlariga tashrif buyurdi.

Mazkur hududda ilm-fannning turli yo‘nalishlarida bir necha ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat olib boradi.

Page 9: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

2020 yil mamlakatimizda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi. Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida shu boradagi maqsadlarga to‘xtalar ekan, har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiyada fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratilishi belgilandi.

Bugungi kunda yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi 4 ta muassasa – Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Mineral resurslar instituti, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti tomonidan olib boriladi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mazkur institutlar negizida yaxlit majmua – zamonaviy Geologiya fanlari universiteti tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 yanvar kuni ushbu yangi universitet kampusiga tamal toshi qo‘ydi.

Mazkur muassasa ta’lim va ilm-fan klasteri shaklida bo‘ladi. 4 ta institutning moddiy-texnik bazasi va ilmiy kadrlar salohiyati birlashtirilib, eng ilg‘or uskunalar bilan jihozlanadi. Sankt-Peterburg tog‘-kon universiteti va boshqa nufuzli dargohlar bilan hamkorlikda ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Davlatimiz rahbari shu yerda ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi.

O‘zbekiston zamini oltin, uran, mis, kaliyli tuzlar, fosforitlar va kaolin kabi foydali qazilmalarning muhim turlari zaxira va resurslari bo‘yicha jahon yetakchilarining kuchli o‘ntaligiga kiradi. Eng muhim tabiiy boyliklar orasida gaz, neft, ko‘mir kabi yoqilg‘i-energetika resurslari mavjudligi mazkur boyliklar qiymatini yanada oshiradi.

Tog‘-kon sanoati zaxiralari bo‘yicha ayni paytga qadar mamlakatimizning 20 foiz maydoni o‘rganilgan. Bu, o‘z navbatida, kelajakda yangi va yirik konlarni ochish istiqbollari mavjudligidan dalolat beradi. Yangi tashkil etiladigan universitet bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

– Bir paytlar O‘zbekistonda geologiya ancha rivojlangan, raqobatbardosh soha edi. Hatto boshqalar kelib, yurtimiz mutaxassislaridan tajriba o‘rganib ketardi. Lekin oxirgi o‘ttiz yilda bu soha e’tibordan chetda qolib ketdi. Bor salohiyatni saqlab qololmadik. Olimlarga yo‘nalish, rag‘bat bo‘lmadi. Zamonaviy kadrlar yetishib chiqmadi. Aslida, geologik tadqiqotlar iqtisodiyotning hamma sohalari uchun kerak. Tashxissiz bemorni operatsiya qilib bo‘lmaganidek, geologiyasiz sanoatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Biz bugun shu soha rivojiga asos bo‘ladigan ilm dargohiga poydevor qo‘ymoqdamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari Geologiya fanlari universiteti qurilishiga oid loyihalar bilan tanishdi. O‘quv binolari va laboratoriyalarni chet el tajribasi hamda kasb spetsifikasidan kelib chiqib qurish, maydonlardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Page 10: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

PREZIDENT OLIMLAR BILAN OCHIQ MULOQOT QILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga tashrif buyurib, olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, joriy yilda esa, hammamizga ma’lum, yil nomiga munosib ravishda bunday e’tibor kuchaytiriladi. Sohadagi dolzarb masalalar hal etilib, ilmiy-tadqiqot faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi. Yangi ilmiy muassasalar va yo‘nalishlar tashkil etilishi shular jumlasidan.

2019 yil 29 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Uni hayotga tatbiq etishning amaliy platformasini yaratish maqsadida Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi.

Fanlar akademiyasi va uning institutlariga “yangidan hayot baxsh etish” natijasida tizimdagi ilmiy muassasalar soni 20 tadan 35 taga yetdi. Akademiyaga saylovlar qayta tiklandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi, bir qator innovatsiya markazlari, ilmiy klaster va texnoparklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘tgan uch yilda ilm-fan sohasini moliyalashtirish 4 karra ko‘paydi. Ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida ularning ish haqlari 3 barobar oshirildi. Fan doktori va nomzodlari uchun alohida ustama haq belgilandi.

Joriy yildan Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat budjetidan moliyalashtirishga o‘tkazildi.

Bugungi uchrashuvda davlatimiz rahbari ilm-fan vakillarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bundan keyin ham izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

– Endi olimlarimiz ham mas’uliyatni chuqur his qilgan holda, tadqiqotlarning amaliy natijalari bilan tegishli sohalar rivojiga munosib hissa qo‘shishlari lozim. Nufuzli akademiklardan ham, ilm-fan sohasiga ilk qadam qo‘yayotgan yosh olimlardan ham katta shijoat va amaliy natijadorlik qilish talab etiladi, – dedi Prezident.

Uchrashuvda matematika, kimyo-biologiya va geologiya ilmini rivojlantirish, kelgusi yillardagi taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida ochiq muloqot bo‘lmoqda.

PREZIDENT OLIMLAR VA YOSHLAR BILAN FIKR ALMASHDI

Biroz avval xabar qilganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev olimlar, yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ilm-fan sohasidagi eng muhim vazifalar muhokama qilindi.

2020 yil mamlakatimizda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo‘nalishlaridan kelib

Page 11: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning matematika fani bo‘yicha salohiyati dunyo miqyosida tan olinganini, funksional tahlil va differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra yo‘nalishlari bo‘yicha nufuzli maktablarimiz shakllanib faoliyat yuritayotganini, yetti nafar matematik olim Butunjahon fanlar akademiyasi a’zosi ekanini alohida ta’kidladi.

Ko‘plab xorijiy ilm-fan markazlari, xususan, Bonn, Kembrij, Parij, Seul kabi yirik shaharlardagi yetakchi ilm dargohlari bilan birgalikda qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishga oid qarorining ijrosi doirasida poytaxtimizdagi Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining Matematika instituti uchun zamonaviy talablar asosida yangi bino barpo etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev bugungi uchrashuvda matematikada ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan bog‘lash, raqamli iqtisodiyot uchun mustahkam poydevor yaratish borasidagi dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Yoshlarda matematika faniga qiziqishni kuchaytirish, iqtidorli bolalarni seleksiya qilib, ixtisoslashtirilgan maktablar va keyinchalik oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish kerakligi ta’kidlandi. Bolalar uchun mazkur fandan oddiy va tushunarli tilda yozilgan ommabop darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish, matematik ongni, kerak bo‘lsa, bog‘chadan boshlab shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

- Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi, - dedi Prezident.

Har bir tuman markazida bittadan matematika faniga ixtisoslashgan maktab tashkil qilib, ularda ishlaydigan o‘qituvchilarga qo‘shimcha ustama haqlar to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Ushbu muassasalarda o‘quv jarayonni ilmiy-metodik ta’minlash uchun Fanlar akademiyasining Matematika instituti hamda Xalq ta’limi vazirligi mas’ul etib belgilandi.

Matematika fani bo‘yicha o‘quvchi, talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida turli tanlovlar o‘tkazib, g‘oliblarni munosib rag‘batlantirish, olimpiada tizimini takomillashtirgan holda sovrindorlarga beriladigan mukofotlarni ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

O‘qitish sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, matematika fanidan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy etish zarurligi aytildi. Bunday sertifikat egasiga oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishda matematika fanidan maksimal ball beriladi.

Yuqori malakali pedagoglar va ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimi samarasini oshirish, Matematika institutida ilmiy daraja beruvchi kengashga to‘liq mustaqillik berish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mamlakatimizda matematika fani bo‘yicha nufuzli xalqaro anjumanlar o‘tkazish, davlat budjeti va “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan har yili 100 nafar olimni xorijdagi ilmiy tadbirlar va stajirovkalarga yuborish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Page 12: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

Bugun O‘zbekistonda kimyo yo‘nalishi bo‘yicha to‘rtta ilmiy-tadqiqot muassasasi mavjud, ularda 250 nafardan ziyod ilmiy xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Yaratilgan ishlanmalar asosida yangi o‘g‘itlar, defoliantlar, o‘sish stimulyatorlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Prezidentimiz kimyo sohasi mineral o‘g‘it ishlab chiqarish bilan cheklanib qolayotgani, bu yo‘nalishdagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.

Ilmiy ishlanmalarni joriy qilish samaradorligini oshirish, buning uchun tadqiqotlarning tarmoq korxonalari ehtiyojiga hamohangligini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

“O‘zkimyosanoat” va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlariga o‘z tizimidagi yirik korxonalarda zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan tajriba-ishlab chiqarish laboratoriyalari tashkil etish, ularni fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga yo‘naltirish esa Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuklandi.

Mineral resurslardan foydalanish unumdorligini oshirish maqsadida “Ko‘mir va materiallar kimyosi” ilmiy-tajriba laboratoriyasini, Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutida “Ko‘mir kimyosi va texnologiyasi” ilmiy yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Zamonaviy qurilish materiallari yaratish bo‘yicha yangi ilmiy muassasalar, xususan, yangi kompozit materiallar va innovatsion kimyo texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradigan laboratoriya tarmog‘ini tashkil etish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Biologiya fani farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish uchun fundamental va texnologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bugun bu yo‘nalishda 7 ta ilmiy-tadqiqot muassasasida 600 nafarga yaqin ilmiy xodim faoliyat ko‘rsatmoqda.

Prezidentimiz jahon bozori va ilm-fanidagi tendensiyalarni ko‘rsatib o‘tib, agro va biotexnologiyalar, oziq-ovqat, shu jumladan, fudo-miks, bio-tibbiyot va farma-biotexnologiyalari yo‘nalishlarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Oziq-ovqat tarkibi va uning inson salomatligiga ta’sirini o‘rganish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib etish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Botanika instituti faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Mamlakatimiz o‘simlik va hayvonot dunyosining raqamli davlat kadastrini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Bu yuqori darajadagi ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish, biologik muhofaza choralarini belgilash, soha rivojiga oid muhim amaliy qarorlarni qabul qilish uchun imkoniyat yaratadi.

Tibbiyot va farmatsevtika sohalarida DNK va hujayraviy texnologiyalar, genetik tahlillar, yangi biomateriallar va biopolimerlarni ishlatish amaliyotini rivojlantirish, potensial iste’molchilar bilan ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yana bir ustuvor yo‘nalish – sanoat uchun mineral xomashyo bazasini ta’minlash bilan bilan bog‘liq bo‘lgan geologiya sohasi.

Page 13: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

Mamlakatimizda foydali qazilmalarning 70 dan ortiq turi bo‘yicha 2 mingdan ortiq konlar aniqlangan. Lekin qazib olish va qayta ishlash oson bo‘lgan konlar tobora kamayib bormoqda.

Yangi konlar topish uchun yer qa’rining yanada chuqurroq qatlamlarini geologik o‘rganish, murakkab tarkibli konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha sohaga ilmiy asoslangan ilg‘or usullar va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishni zamonning o‘zi taqozo etmoqda.

Shu maqsadda Toshkentda Geologiya fanlari universiteti tashkil etilmoqda.Davlatimiz rahbari sohadagi ilmiy tadqiqotlarni yanada kengaytirish

maqsadida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni faollashtirish, bunga davlat maqsadli grantlari bilan birga xorijiy grantlarni ham jalb etish zarurligini qayd etdi.

Geologiya va kon-metallurgiya kombinatlari salohiyatini birlashtirish, zamonaviy Geo-innovatsion texnologiyalar laboratoriyasi tashkil etish vazifasi belgilandi.

Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, «Raqamli geologiya» va «Tog‘ jinslari va minerallarning milliy elektron bazasi» loyihalarini amalga oshirish, talabalarga yuqori aniqlikdagi kosmik suratlar asosida yerni masofadan zondlash usullarini o‘qitish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va doktorantura tizimining natijadorligini rag‘batlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Dissertatsiyasini muddatidan avval himoya qilgan doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlari yoki maslahatchilarini munosib rag‘batlantirish maqsadida tejalgan mablag‘larni to‘liq to‘lab berish amaliyotini joriy qilish taklifi bildirildi.

Mutasaddilarga ilm-fan sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, unda o‘rta va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ilm-fan, texnologik va innovatsion taraqqiyot asoslarini belgilash vazifasi qo‘yildi.

Bugun bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ilm-fan yo‘nalishlarida yechimini kutayotgan masalalar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari olimlar va yoshlar bildirgan takliflar yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHG‘ULOTLARINI MAVZUSIDA O‘TKAZISH UCHUN

TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR

TEMUR TIG‘I YETMAGAN JOYNI QALAM BILAN OLDI ALISHER

Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Amir Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzo boshqaruvidagi Xuroson mulkining poytaxti Hirot shahrida tug‘ildi. Zamondoshlari u haqida ko‘pincha “Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar. “Nizomiddin”-“din-diyonat nizomi” degani bo‘lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, “mir” – amir demakdir. Uning otasi G‘iyosiddin Muhammad (uni G‘iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyi va xonadonining amaldorlaridan, ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lgan, ismi ma’lum emas.

Buyuk shoir o‘z asarlarida bu qutlug‘ dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimayi holiga oid ayrim lavhalar asarlarida

Page 14: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

uchraydi. Bu tabarruk zot to‘g‘risidagi ba’zi ma’lumotlarni esa uning zamondoshlari o‘z kitoblarida beradilar.

Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o‘sdi. Kichiklik chog‘idan she’r va musiqaga ishqi tushdi. Olim-u fozillar davrasida bo‘ldi. Uch-to‘rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she’rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan so‘ng uni maktabga berdilar. U bo‘lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o‘qidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.

1447 yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar o‘rtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch bo‘lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo‘l oladi. yo‘lda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, “Zafarnoma”ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi.

Alisher xonadoni 1541 yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan bog‘liq shunday bir hikoyani keltiradi: Karvon Yazd cho‘li bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yo‘ldan chiqib, bo‘lajak shoir egardan tushib qoladi, uyqu zo‘rlik qilib, uyg‘onmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan ketmay, to‘xtab qoladi. Alisher tong otib, quyosh qiziganda uyg‘onadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yoo‘q. Yolg‘iz otigina yovshan ildizlarini chimdib turibdi. O‘n yoshli bola o‘zini qo‘lga oladi. Otini minib, zehn bilan yo‘lni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan bir narsa qorayib ko‘rinadi. U suv to‘la mesh ekan, Ollohga shukuronalar aytib, Alisher yo‘lini davom ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, o‘g‘illlarini yoo‘qligini biladilar va mulozimni shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim ko‘p yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, go‘yo u qayta tug‘ilganday, quvonch bilan kutib oladilar.

1452yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o‘tiradi, notinchliklar bosiladi. G‘iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa o‘qishini davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni she’riyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Bo‘lajak shoir Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, “Bo‘ston”, asarlarini, Farididdin Attorning “Mantiq ut–tayr”ni so‘ngsiz ishtiyoq bilan o‘qidi. Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur mazmuni Alisherning o‘y–xayolini tamom egallab oldi. “Mantiq ut-tayr” xayoli Alisherga bir umr hamroh bo‘ldi. Umrining so‘ngida esa “Lison ut-tayr”(“Qush tili”) nomi bilan kitob yozdi. Bo‘lajak shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o‘qir edi.

1453 yilda Alisherning otasi G‘iyosiddin Muhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do‘st – Husayn va Alisher yana birga bo‘ldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra she’r yod olganini aytdi. She’r shunchaki nutq o‘stirish emas, ma’rifat, tafakkur mashqi ham edi. Navoiy 15 yoshlarida o‘z she’rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tordi. Xondamirning yozishicha, she’rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o‘z davrining dongdor shoiri Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan she’r o‘qishni iltimos qiladi. Alisher o‘zining: Orazin yopg‘och, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh. matla’i bilan boshlanadigan g‘azalini o‘qiydi. She’rdan hayratga tushgan keksa shoir bunday deydi: “Valloh, agar muyassar bo‘lsa edi, o‘zumning forsiy va turkiy tillarda

Page 15: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

aytgan o‘n–o‘n ikki ming baytimni shu g‘azalga almashtirardim va buni o‘zimning katta yutug‘im deb hisoblar edim”. Bu turkiy (o‘zbek) she’riyatiga juda katta iste’dod kirib kelayotganidan nishona edi.

Alisher Navoiyning yigitlik yillari1457 yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimiyat tepasiga Abusaid Mirzo

keldi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga sho‘ng‘ib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida o‘qishni davom ettirdi. Do‘stlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi. Shoir 1464 yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxtda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Boyqaroni yaqin kishilarini ta’qib va tazyiq ostiga olgan, jumladan, tog‘alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G‘aribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular iste’dodli shoirlar edi. Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashab turgani boshpana ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiydek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgan, mehr qozongan edi. Navoiy – «Nuran Mahdum» deb e’zozlagan bu mashhur shoir va olim o‘zini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Sa’diddin Koshg‘ariy (1456 yilda vafot etgan mashhur shayx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, o‘sha yerda yashar edi.

Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan she’riy maktubi bor. U “Masnaviy” nomi bilan “Xazoyin ul-maoniy”ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxasisslar uni Navoiyning Hirotdan Samarqandga jo‘nash oldidan yozgan maktubi deb hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldida Ardasher bilan xayrlashmoqchi bo‘lgan, lekin uni topmagan. So‘ng ushbu maktubni yozib qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidagi kechinmalari va o‘z otasidek yaqin ko‘rgan Sayyid Hasan Ardasherning sifatlarini ta’rif etish bilan boshlanadi. Vatan va do‘stlarni tashlab ketish og‘ir. Xayrlashmay ketish undan ham og‘ir. U ulug‘ do‘stiga ketishi sabablarini tushuntirmoqchi. Xat shu munosabat bilan yozilgan. Inson so‘z bilan ulug‘dir, “falak jismining joni” so‘z, ayqisa “nazm” (she’r), deydi shoir. Va o‘zida she’r yozishga juda katta kuch–qudrat sezayotganini aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy o‘z “Shohnoma”sini 30 yilda yozgan bo‘lsa, u o‘shanday asarni 30 oyda yoza oladi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan “Xamsa”si uning oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt esa notinch, odamlarda vafo yo‘q. Insoniylik qolmagan zulm avjida. Hatto tasali beruvchi kishi ham yo‘q. Ketaman, desang etagindan tutadigan umr yo‘ldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan do‘sting bo‘lmasa.

Navoiy 60- yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning bu shaharga kelishi sababini turlicha talqin qiladilar. Xondamir, o‘qish uchun keldi, deydi. To‘g‘ri u Samarqandda din huquqshunosi va faylasuf Fazlulloh Abullays qo‘lida o‘qidi. Zahiriddin Bobur uni Abusaid surgun qildi deydi. Bunda ham asos bor. Abusaidning Alisherga munosabati yomon edi. Shoir Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilik ichida yashaydi. Keyinroq unga shahar hokimi Ahmad Hojibek rag‘bat va homiylik ko‘rsatadi. Nihoyat, Samarqand o‘z go‘zalligi bilan ham Navoiyni maftun etadi. Shoir uni “firdavsmonand” (jannatmisol) deb ataydi va unga hech qachon “gardi fano” o‘ltirmasligini – zavolikka yuz tutmasligini istaydi.

Page 16: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465-1466 yillarda uning muxlislari she’rlarini to‘plab, devon tuzadilar. Bu kitob bugun “Ilk devon” nomi bilan mashhurdir.1468 yil oxirida Eronni egallash uchun bo‘lgan jangda Abusaid halok bo‘ladi. Husayn Boyqaro 1469 yilning boshida Hirotni qo‘lga oladi va Samarqandga xat yo‘llab, Navoiyni o‘z yoniga chaqiradi. Husayn Boyqaro uni davlat ishlariga jalb etadi. Muhrdor qilib tayinlaydi.

Davlat va jamoat arbobiAlisher Navoiy 1469-1472 yillarda muhrdor, 1472-1476 yillarda vazir bo‘lib

ishlaydi. 1487-1488 yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Boyqaro uni o‘ziga g‘oyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar edi. To‘g‘ri, Boyqaro va Navoiy o‘rtasiga uchinchi kishi aralashgan, sovuqchilik tushgan paytlar ham bo‘ldi. Lekin o‘z davrining ikki atoqli arbobi hamkorligi juda ko‘p sinovlardan muvaffaqiyat bilan o‘tib, avlodlarga o‘rnak bo‘ldi. Husayn Boyqaro saltanatining daslabki yillarida juda notinch kechdi. Xondamirning yozishicha, u taxtga chiqqan yilning o‘zida Abusaid Mirzoning o‘g‘li Yodgor Muhammad taxt da’vosi bilan qo‘zg‘aldi. Husayn Boyqaro unga qarshi qo‘shin tortadi va g‘alaba qozonadi.

1470 yilning bahorida Yodgor Mirzo Astrobodda yana bosh ko‘taradi. Husayn Boyqaro Navoiyni yoniga olib, qo‘shin bilan yana yo‘lga tushadi. Xuddi shu payt Hirotda qo‘zg‘olon bo‘lganligi xabari keladi. Husayn Boyqaro Navoiyni unga katta vakolatlar berib poytaxtga qaytaradi. Navoiy shaharda adolatni tiklab, xalqni tinchlantiradi. Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan buyruqvozlik va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur hamda taxayyulga moyil, g‘oyat nozikta’b bir kishi edi. Mansab-lavozimlar har qancha yuksak bo‘lmasin uning uchun zil-zambil yuk bo‘lib, Husayn Boyqaroga bo‘lgan ixlos va muhabbatigina uni iste’fo berishdan saqlab turar edi. Shunga qaramasdan, u sadoqat bilan xizmat qildi. Donishmandligi, tadbirkorligi bilan ko‘plab g‘alayonu qon to‘kishlarining oldini oldi, urushlarni yarashga aylantirdi.

Uning bu fazilati, ayniqsa, 1472-1476 yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ldi. Husayn Boyqaro hokimiyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatiga tayanib ish ko‘rdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472 yilda esa “amir”(vazir)likka qo‘ydi. Buyuk shoir “amiri kabir” (ulug‘ amir), “amir-ul muqarrab” (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo‘ldi.Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat gullab yashnagan davr bo‘ldi. Ulug‘ amir o‘zi bosh bo‘lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozalatirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni ta’mir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonahoqlar soldirdi.

Ijod og‘ushidaAlisher Navoiy she’r va shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik

martabasida turib ham she’r yozishni to‘xtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga rag‘bat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Boyqaroning o‘zi unga rahnamolik qildi. Ulug‘ shoirning ilk she’riy devonini muxlislari tuzgan bo‘lsalar, birinchi devoni – “Badoye’ ul-bidoya”(“Badiiylik ibtidosi”)ni 1472-1476yillarda shohning amri va istagiga ko‘ra o‘zi kitob qildi. 1485-1486yillarda ikkinchi devon – “Navodir un–nihoya”(“Nihoyasiz nodirliklar”) maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481-1482yillarda “Vaqfiya” asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini ta’min qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher

Page 17: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) dan keyin shoirlik qudtarining mezoniga aylanib qolgan “Xamsa” yaratish edi. Nizomiyning “Panj ganj” nomi bilan tarixga kirgan “Xamsa”si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: “Maxzan ul - asror” (“Sirlar xazinasi”), “Xusrav va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Haft paykar” (“Yetti go‘zal”), “Iskandarnoma”. Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253-1325) javob qildi. U o‘z dostonlarini “Matla’ ul-anvor” (“Nurlar boshlanishi”), “Shirin va Xusrav”, “Majnun va Layli”, “Hasht behisht”(“Sakkiz jannat”), “Oynayi Iskandariy” (Iskandar oynasi) deb atadi. Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand bo‘ldilar. O‘z xalqining shunday xazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi.

Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi. 1483 yilda o‘z “Xamsa” sini yoza boshlab, 1485 yilning boshida tugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba “Xamsa” yaratiladi. Olimu fuzalo barcha bu hodisani zo‘r olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning “Badoye ul-vaqoye”sidan: “Shoh Navoiyga: “Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan ko‘pdan hal bo‘lmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik”, deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi bo‘lishini ko‘pdan orzu qilar va uni “pirim” deb atar edi.

Alisher esa har gal: “Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap bo‘ldi! Aslida- biz muridmiz, sizhammamizga pirsiz”, der edi. Endi Sulton Husayn Alisherdan so‘radi:

– Pir nima-yu, murid nima?– Alisher javob berdi:

– Pirning tilagi – muridning tilagi bo‘lishi kerak.– Shunda Sulton Husayn o‘zining oq otini olib kelishni buyuradi. Ot juda

asov, chopag‘on edi.Sulton Husayn aytdi:

– Men pir, siz murid bo‘ladigan bo‘lsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman.Alisher noiloj otga minishga majbur bo‘ladi. Ot g‘oyat asov bo‘lib, shohdan

boshqani o‘ziga yaqinlashtirmas edi. Alisher oyog‘ini uzangiga qo‘yishi bilan ot tipirchilay boshladi, Sulton Husayn otiga o‘shqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egariga o‘tirishi bilan Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi.Alisher hushidan ketdi.Uni egardan ko‘tarib oldilar.Tarixda bunday hol ko‘rilmagan edi. Hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilmas edi. 1480-1490 yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr bo‘ldi. Shoir “Xamsa” dan keyin ko‘p o‘tmay, ketma–ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488 yilda yozgan “Tarixi mulki ajam” (“Ajam shohlar tarixi”) shularning biri edi. Bu asar “Muhokamat ul–lug‘atayn”da “Zubdat ut–tavorix” (“Tarixlar qaymog‘i”) deb ham ataladi.1480 yillarning oxiri, 1490 yillarning boshida Navoiyning yaqin do‘stlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492) ketma–ket vafot etdilar.Navoiy ularga bag‘ishlab “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Xamsat ul–mutahayyirin” asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy bo‘lib, shoirning bu

Page 18: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

ulug‘ zamondoshlari haqidagi memuar xotiralaridan tashkil topgan edi. 1491 yilda muammo janriga bag‘ishlangan “Risolayi muammo” (ikkinchi nomi “Mufradot”) risolasini yozdi. Navoiy zamonida muammo janri keng tarqalgan bo‘lsa -da, asosan, fors tilida yozilar edi. Navoiy o‘zbek tilida muammo yozgan ilk o‘zbek shoirlaridan hisoblanadi. “Xazoyin ul-maoniy”ga uning 52 muammosi kiritilgan. Shoirning fors tilidagi muammolarini esa 500 chamalaydilar. Navoiyning 1490 yillardagi eng katta xizmatlaridan biri “Xazoyin ul-maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”)ni tuzish bo‘ldi. 1492-1498 yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan she’riy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha lirik she’rlarini qamrab olgan edi.

Hayotining so‘nggi yillari.1490 yillarning boshidagi og‘ir yo‘qotishlar, ayniqsa ustozi Jomiydan judo

bo‘lish Navoiyga qattiq ta’sir etdi. Buning ustiga saroyda Xadichabegim Nizom-ulmulk bilan mulk va mansab ishtiyoqida yangi-yangi fitnalar to‘qiydi. Shu fitnalar natijalaridan biri pok qalbli barcha kishilarni larzaga solib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirib qo‘yadi. Bu–Mo‘min Mirzoning o‘z bobosi farmoni bilan qatl qilinishi edi.1489 yilda Navoiy Hirotga qaytgach o‘rniga Astrobod hokimi qilib Badiuzzamonni tayinlagan edi. Bu orada Balxda Navoiyning ukasi Darveshali qo‘zg‘oloni boshlanadi. Husayn Boyqaro Navoiyni olib, Balxga jo‘naydi. Darveshali bilan sulh tuziladi, lekin Hisorda Abusaidning o‘g‘li Sulton Mahmud Husayn Boyqaroga qarshi kurash boshlaydi. Shoh Navoiyni Balxda qoldirib, o‘g‘li Badiuzzamonni olib Hirotga otlanadi. U bilan ham murosaga kelishib, orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon tasarrufiga beradi.

1498 yilda Alisher Navoiyning shoirlar haqidagi tazkira asari bo‘lgan “Majolis un-nafois” ni qayta ko‘zdan kechirib, to‘ldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan “Mantiq ut-tayr” ga javob yozadi. “Lison ut-tayr” Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498-1499 yillarda xatlarini to‘plab, “Munshaot” asarini tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan bo‘lib, ularning aksariyati shoh va shahzodalarga yo‘llangan. Shoirning 1500 yilning oxirlarida yozib tugatgan “Mahbub ul-qulub” asari uning eng so‘nggi asari bo‘lib qoldi. Navoiy 1501 yilning 3 yanvarida vafot etadi. Butun xalq – shohdan - gadogacha, olimdan cho‘pongacha, shoirdan dehqongacha ulug‘ farzandining o‘limiga qayg‘u va iztirob bilan motam tutadi.

Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma’naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Mustaqil O‘zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O‘zbekiston Davlat mukofoti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, O‘zbekiston Davlat kutubxonasi, O‘zbek tili va adabiyoti universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma’rifiy muassasalar, jamoa xo‘jaliklari ulug‘ shoir nomi bilan ataladi.

Page 19: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

Koronavirus infeksiyasining kelib chiqishi, ularni tarqalish omillari, oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar va davolash ishlarini tashkil etish

to’g’risida ma’lumot.Koronavirus infeksiyasi - o’tkir virusli kasallik bo’lib, ko’proq yuqori nafas

yo’llarini zararlaydi. Virus o’zida RNK-genomi saqlovchi Betacoronavirus turi Coronaviridae

oilasiga mansub.Yuqish yo’li – havo tomchi (yo’talganda, aksa urganda gapirganda

virusning ajralishi natijasida), havo-chang, muloqot va fekal-oral (hozirgi vaqtda aniq ma’lumot yo’q) yuqadi.

Yuqish omillari - havo, oziq - ovqat va kundalik muloqotda bo’ladigan buyumlar.

Bemorning yuqumlilik davri - asosan bemorning balg’am ajralmalarida virus ko’proq bo’lib, so’lakda, fekal, siydik va ko’z yoshida virus kamroq bo’ladi.

Kasallikning inkubatsiya (yashirin) davri - 2-14 kun, o'rtacha 2-7 kun.Davolash - simtomati (kasallik belgilariga asosan).Kasallikka moyillik va immunitet - odamlarning tabiiy moyilligi yuqori,

aholining barcha yosh guruhlari kasallanishi mumkin.Koronavirus - viruslarning 40 ta turini jamlagan oilaga mansub bo’lib, atipik

pnevmoniya, Yaqin Sharq respirator sindromi, yangi koronavirus pnevmoniyasi kabi kasalliklar qo’zg’atuvchisi bo’lgan. Odamlar, mushuk, it, parranda, yirik shoxli hayvonlar, cho’chqa va quyonlar ushbu virusdan zararlanib, kasallanishi mumkin.

Birinchi marotaba ushbu virus 1965 yilda o’tkir rinit bilan kasallangan bemorda aniqlangan bo’lib, yuqori nafas virusning ko’payishi oqibatida nafas olish, asab tizimlari va oshqozon-ichak traktini zararlanishiga, bolalarda esa bronxit va pnevmoniyaga olib keladi.

Ushbu virus tashqi muhit ta’siriga va zararsizlantiruvchi vositalarga nisbatan chidamli.

Kasallikning asosiy belgilari: umumiy holsizlik, tumov, yo’tal, bosh og’rishi, tomoqda og’riq, tana haroratining ortishi, bronxit, zotiljam.

Yangi Koronavirus keltirib chiqargan kasallik Xitoyda dengiz mahsulotlari bilan savdo qiluvchi bozorlarda tarqalayotgani taxmin qilinmoqda. .

Hozirgi kunda Respublikamizda koronavirus infeksiyasi bo’yicha epidemik vaziyat barqaror bo’lib, Xitoy Xalq Respublikasidan va boshqa chet davlatlardan O’zbekistonga koronavirus infeksiyasining kirib kelish holatlari qayd etilmadi.

Yuqorida qayd etilganlarni va Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotining koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish bo’yicha tavsiyalarini inobatga olib, Respublikamizda quyidagi kechiktirib bo’lmaydigan tadbirlarni amalga oshirilishi zarur;

- xonalar haroratini me’yorda bo’lishi, xonalarni tez-tez shamollatib turish va namli dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borish;

- kasallikning klinik belgilari va tana harorati yuqori bo’lgan ishchilar, talabalar va o’quvchilar aniqlanganda ularni ishga va o’qishga qo’ymaslik, tibbiy muassasaga murojaat etishini tashkil etish;

- hojatxonalarda tozalash va dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borilishini nazoratga olish;

Page 20: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewOptimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini

- hojatdan chiqqanda va ovqatlanishdan oldin qo’lni sovunlab yuvish va shaxsiy gigiyena qoidalariga muntazam rioya etilishi;

- talaba va o’quvchilarni tibbiy niqoblar bilan yetarlicha ta’minlash;- xodimlar, talabalar va o’quvchilar ishtirokida tibbiyot mutaxassislarini jalb

qilgan holda koronavirus infeksiyasini klinikasi, tashxisoti va profilaktikasi bo’yicha o’quv seminarlarini tashkil etish;

- ommaviy axborot vositalari orqali tasdiqlanmagan har xil ma’lumotlarga ishonmaslik, xotirjamlikni ta’minlash.

O’zingiz va oila a’zolaringizda yuqorida qayd etilgan kasallik belgilari kuzatilsa, zudlik bilan hududingizdagi tibbiyot muassasasiga murojaat eting. Har qanday davolash ishlari shifokor nazoratida amalga oshirilishi lozim.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi.