o‘zbekiston respublikasi - · web viewzarafshon qayirlari bu nodir o’simlik...

84

Click here to load reader

Upload: donhan

Post on 30-Mar-2018

597 views

Category:

Documents


121 download

TRANSCRIPT

Page 1: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI

EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH KAFEDRASI

ALOUTDINOVA UMIDA MAXMUDOVNA

ZARAFSHON QO’RIQXONASIDA YASHOVCHI AYRIM QUSHLARNING UYALASH EKOLOGIYASI

«5420200 – ekologiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun

BITIRUV MALAKAVIY ISH

Ilmiy rahbar katta o’kit . Belyalova l.E. 20__ y. «____»__________

Bitiruv malakaviy ish “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” kafedrasida bajarildi. Kafedraning 20__ yil “__” _________dagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (____ -bayonnoma).

Kafedra mudiri: dots. Boymurodov H.

Bitiruv malakaviy ish YaDAKning 20__ yil “__”__________dagi majlisida himoya qilindi va ____ ball bilan baholandi (____-bayonnoma).

YaDAK raisi: ________________

Samarqand-2013

Page 2: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

Mundarija

Kirish . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3

1. Adabiyotlar sharhi

1.1. Zarafshon daryosi havzasining umurtqali hayvonlar faunasini

o’rganish tarixi. . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . 7

2. Tadqiqot sharoiti, materiali va uslublari

2.1. Tadqiqot sharoiti…………………………………………………. 9

2.2. Tadqiqot materiali………………………………………………... 15

2.3. Tadqiqot uslublari………………………………………………... 15

3. Tadqiqot natijalari

3.1. Buxoro chittagi ekologiyasining o’ziga xos xususiyatlari…….. 17

3. 1. 1. Tarqalishi …………………………………………… 17

3.1.2. Kuchib – ketish xarakteri 18

3.1.3. Biotopi ………………………………………………… 18

3.1.4. Soni 20

3.1.5. Ko’payishi ………………………………………………… 20

3.1.6. Polaponlarining oziqlanishi 32

3.1.7.Uyalashning samaradorligi 35

3.1.8. Buxoro chittagi ahamiyati 35

4. Zarafshon vodiysi bioxilma-xilligi va uni asrash muammolari 36

4.1. O’zbekistonda qo’riqxonalarni o’rganish holati 44

4.2. Zarafshon quriqhona hududida qushlar turlari va ekologik guruhlari 46

Xulosalar……………………………………………………………… 51

Tavsiyalar ……………………………………………………………. 52

Foydalangan adabiyotlar……………………………………………… 53

2

Page 3: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. So’ngi yilarda inson faoliyatining atrof-muhitga

salbiy ta’siri kuchayib bormoqda. Biosenozlarda insonning xo’jalik faoliyati ta’siri

darajasining oshib borishi, tabiatdagi mufozanatning bo’lishiga olib kelmoqda.

Bunday o’zgarishlar esa hayvonlar va o’simliklar turlar tarkibi va ular sonining

o’zgarishiga olib keladi. Ayrim hayvon turlari sonining qisqarishi genofondda va

turlarning butunlay yo’qolib ketish xovfini keltirib chiqarmoqda. Qo’riqxonalar

tizimining tashkil etilishi ekotizimlar holatini yaxshilash va ularni boyitishga

muhim o’rinni egallaydi. O’zbekistonda qo’riqxona ishlari o’tgan asrining 20-

yilarida boshlagan edi. 1926 yilda O’zbekistonda birinchi qo’rikxona – Guralash

qo’riqxonasi (hozirgi Zomin qo’rikxonasi) tashkil etildi. Bugungi kunga kelib

O’zbekiston Respublikasi hududida 9ta qo’riqxona va 2ta milliy bog’lar faoliyat

ko’rsatmoqda. O’zbekistonda umumiy yer madonining 4,3% ko’rikxonalar

hududiga to’g’ri keladi. Ammo hayvonot do’nyosini asrab kolish uchun kamida

qo’rikxonalar hududi kamida 10%ni tashkil etishi zarur bo’ladi. O’zbekistonda

daryo qayirlari keskin o’zgarishlarga uchragan xududlar xisoblanadi. Qayir

o’rmonlari deyarli yo’qolib ketgan. Masalan, Zarafshon daryosi bo’ylaridagi 500

ming gektar to’qayzorlardan hozirgi kunga kelib 50 ming gektari saqlanib

qolingan. 50-yillarda O’zbekiston hududidagi to’qayzorlar 3 mln 880 ming

gektarni tashkil etgan. To’qayzorlarning o’zlashtirilishi, o’rmonzorlarining qurilish

materiallari sifatida kesilishi, mol boqilishi, suv omborlarining qisqarishi, suv

bosishi yong’inlar va boshqa sabablar oqibatida to’qayzorlar maydoni keskin

qisqarib ketdi. Ma’lumki, ekotizimlar maydonining 10 barobar qisqarishi natijasida

uning tarkibidagi turlar soni o’rtacha 30 % ga kamayib ketadi. To’qayzorlarda

o’simliklarning yo’qolishi bilan bu o’simliklar bilan chambarchas bog’liq bo’lgan

hayvonlar turlari ham qisqarib boradi. To’qayzorlarning o’ziga xos ekotizimini

saqlab qolish maqsadida O’zbekiston hududida Zarafshon, Badayto’qay, Qizilqum

qo’riqxonalari tashkil etilgan. Zarafshon quriqxona 1975 yilda tashkil kilingan.

3

Page 4: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

Uning maydoni samarqandning Chupon ota tepaliklardan boshlanib, daryoning

o’ng qirg’og’ bo’i olab oqimga qarsh 47 kilometrga chuziladi, eni esa, 300-1500

metrlar oraligida. Quriqxona maydoni 2352ga bo’lib, shundan 680 ga ormon bilan

qoplangan.

Butun yer yuzida 40 turkumga mansub 8600 tur qushlar bor. Undan xozirgi

kunda Yer yuzidagi 600 tur qushlarni noyob populyasiyalarning minimal

darajasidaga qadar qisqargan turlar qatoriga kiritish mumkin. Qushlarni muhofaza

qilish muammosi tabiatni muhofaza qilish umumiy muammosining bir qismi bo’lib

hisoblanadi. Ko’pgina qushlar tabiiy muhit o’zgarishlari va populyasiya soni

o’zgarishlarining indikatorlari hisoblanadi. Ayniqsa ayrim tur qushlarning yo’qolib

ketishi bu jarayonni puxta o’rganishi talab qiladi. Foydali hasharotho’r qushlardan

zarakunanda hasharotlarga biologik qarshi kurash usuli sifatida foydalanish

mumkin. Shu sababli ularning biologiyasini o’rganish nafaqat amaliy, balki

nazariy ahamiyatga ham ega. Qushlar zararkunanda hasharotlarni kirishda insonga

beqiyos yordan beradi. Ayniqsa uyalash davrida ko’pchilik qushlar polaponlarini

hasharotlar bilan boqib, zarakunandalar sonini boshqaradi. Yildan-yilga kichik

hasharotho’r qushlarni muhofaza qilish va ularni bog’larga va o’rmonlarga jalb

qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Hasharotho’r qushlar zararkunanda

hasharotlarga qarshi kurashining arzon va samarali vositasi bo’lib hisoblanadi

Qo’riqxonalarda hasharotlarga qarshi kurashda zaharli kimyoviy moddalarni

qo’llash mumkin emasligi inobatga olinsa, hasharotxo’r qushlar ekotizimdagi

ozuqa zanjirining asosiy bo’g’inlaridan biri bo’lib qoladi. Zararkunanda

hasharotlarga qarshi kurashda hasharotxo’r qushlardan foydalanish, ularni

muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qushlar ekologiyasiga oid

bilimlarga ega bo’lish, birinchi navbatda ularning uya qurish sharoitlarini bilishni

talab qiladi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, qushlarning xo’jalik ahamiyati

masalasi u yoki bu sharoitda ularning hayotini o’rganish, ularning biologiyasi va

yashash sharoitlarini bilish asosida qarab chiqilishi kerak.

4

Page 5: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

Ushbu malakaviy bitiruv ishi Zarafshon qo’riqxonasida yashovchi ayrim

qushlarning uyalash ekologiyasi, ularning uyalash joylari va muddatlari, tuxum

qo’yish muddatlari, tuxumlarini bosib yotishi, polaponlarini boqshi jadalligi va

polaponlarning o’sishi, oziqlanishi, tuxumlarining taqdiri va boshqalari

o’rganishga bag’ishlangan.

Tadqiqot maqsadi.

Samarqand viloyati Zarafshon qo’riqxonasida yashovchi ayrim qushlarning

uyalash ekologiyasini o’rganishdan iborat.

Tadqiqot vazifalari.

1. Zarafshon qo’riqxonasi qushlarning turlar tarkibini o’rganish

2. Zarafshon ko’rikxonada asosiy qushlarning yashash muhitini o’rganish.

3. Zarafshon ko’rikxonada asosiy qushlarning na primere buxoro chittagi

uyalash xususiyatlari, polaponlarining o’sishi va rivojlanishi o’rganish.

4. Polaponlar va katta yoshdagi qushlarning oziqlanishini o’rganish.

5.Zarafshon ko’rikxonasi sharoitida asosiy qushlar turlarning ahamiyati

aniqlash.

Tadqiqot nazariy va amaliy ahamiyati. Foydali hasharotxo’r qushlardagi

zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi kurash usuli sifatida foydalanish

mumkin. Shu sababli ularning biologiyasini o’rganish nafoqat amaliy, balki

nazariy ahamiyatga ham ega. Qushlar zararkunanda hasharotlarii kirishda insonga

beqiyos yordam beradi. Ayniqsa uyalash davrida ko’pchilik qushlar poloponlarini

hasharotlar bilan boqib, zararkunandalar sonini boshqaradi. Yildan-yilga kichik

hasharotxo’r qushlari muhofaza qilish va ularni bog’larga va o’rmonlarga jalb

qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Hasharotxo’r qushlar zararkunanda

hasharotlarga qarshi kurashining arzon va samarali vositasi bo’lib hisoblanadi.

Olib borilgan tadqiqotlar natijalari O’zbekiston faunasi qushlarining uyalash

biologiyasiga doir ma’lumotlarni to’ldirish imkonini beradi. Shuningdek, ishning

materiallaridan Oliy o’quv yurtlari va maktablarda zoologiya va ekologiya

fanlarini o’qitish amaliyotida foydalanish mumkin.

5

Page 6: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

Ishning amaliy ahamiyati. Ish materiallaridan buxoro chittagi sonini prognoz

qilishda foydalanish mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar natijalari O’zbekiston

faunasi qushlarining uyalash biologiyasiga doir ma’lumotlarni to’ldirish imkonini

beradi. Shuningdek, ishning materiallaridan Oliy o’quv yurtlari va maktablarda

zoologiya va ekologiya fanlarini o’qitish amaliyotida foydalanish mumkin.

Ishning tarkibi va hajmi. Malakaviy bitiruv ish kirish, 4 bo’lim, xulosa,

tavsiyalardan iborat bo’lib, unga 5 jadval, 3 ta grafik, va 9 rasmlar kiritilgan. Ish 56

bet kompyuterda terilgan matndan iborat. Foydalangan adabiyotlar ro’yxati 48 ta

nomni o’z ichiga oladi.

6

Page 7: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

1. Adabiyotlar sharhi

1.1. Zarafshon daryosi havzasining umurtqali hayvonlar faunasini o’rganish

tarixi.

Zarafshon vodiysi flora va faunasining turli-tumanligi bilan avvaldan juda

ko’p tadqiqotilarni o’ziga jalb qilib kelgan Zarafshon vodiysida 1820 yildan

boshlab ko’plab olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ular Zarafshon daryosi

suv havzllarining yuqori va quyi oqimlarigacha bo’lgan hududlardailmiy

izlanishlar olib borganlar va zoologik materialar to’plaganlar. 1840-yil 25-

avgustdan 25-oktyabrgacha Zarafshon vodiysi bo’ylab A.Leman sayohat qildi. U

Buxoro, Karmana, Kattaqo’rg’on, Samarqand, Panjakent, Vorziminora bo’ylab

sayohat qildi. U shu yerlardagi 30 tur qushlar haqida ma’lumot bergan. Zarafshon

daryosining o’rta oqimlarida ilmiy izlanishlar vodiyga tashrif buyurgan buyuk olim

A. P. Fedchenkoning [38] tadqiqotlari bilan boshlangan. 1868-1870 yillarda

A.P.Fedchenko Zarafshon vodiysi bo’ylab ikki marta sayohat qiladi. U 1869-yilda

Samarqand, Kattaqo’rg’on, Jomboy, Shaxrisabz, Qoratepa, Urgut, Panjakent,

Jizzax va Toshkent marshruti bo’ylab sayohat qildi. A.P.Fedchenko ko’proq

entomologiya materiallar yig’ish bilan shug’ullangan. U to’plagan kolleksiyalar

5000 ekzemplyardan 4500 tasi hasharotlarga xosdir. A.P.Fedchenko tomonidan

qushlar va sut emizuvchi hayvonlarning katta kolleksiyasi to’plangan edi. 1878-

yilda V.F.Russov Samarqand, Boysun, Kitob, Dahbet va boshqa marshurutlar

bo’ylab sayohat qilgan. Russov to’plagan materiallarni 1889-yilda F.D.Plesske

(1888) ishlab o’zining maqolasida 419 tur qushlarning biologiyasini keltirmagan

holda ro’yhatni ko’sratib o’tdi. Shulardan 109 ta tur qushlar Zarafshon vodiysiga

xosdir. 1887-yil yozda S.A.Lidskiy (1988) Samarqand, Yakkabog’, Darbent,

Boysun, Denov bo’yicha qilgan sayohatiga asoslanib «Turkiston o’lkasi va Buxoro

bo’ylab 1887-yilgi sayohat» bo’yicha hisobotini yozadi. 1892-yil Buxoroda,

D.L.Glazunov, Samarqand, Jizzax, Qizilqum, Nurota, Kattaqo’rg’on bo’ylab

sayohat qiladi. 1897-yilda Kaznakov Zarafshonning yuqori oqimlari bo’ylab

Samarqand, Panjikent, Qushtup, Iskandarkul, Hisor bo’ylab sayohat qiladi. 1907-

7

Page 8: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

1908 yillarda Samarqandda Duglas Carrruzers hayvonlarni kolleksiyalash bilan

shug’ullanadi. Samarqanddan Hisor tog’lari hayvonlarini o’rganlarini o’rganadi va

to’plangan materiallarni 1910-yilda chop etadi. 1909-yil sentyabr oyida

M.N.Divnogopskiy Samarqandga keladi va shaqar ichida materiala yig’adi. Keyin

Urgut orqali Surxandaryoga o’tib ketadi. Uning yig’gan kolleksiyasi akademik

M.A.Menzber tomonidan qisman qayta ishlangan. 1930-yilda R.N.Meklenbursev

Samarqand bo’ylab (Ohalik, eski aerodrom, Xo’ja Ahror qishlog’i, Samarqand

shahri, Cho’pon-Ota tepaligi, Jomboy qishlog’i) ekspedisiya uyushtilidi. 1941-

yildan boshlab umurtqali hayvonlar zoologiyasi kafedrasi o`qituvchilari

A.K.Sagitov, M.V. Kalujina, Ye.V. Kiseleva va boshqalar tomonidan Zarafshon

vodiysining qushlar ekologiyasi chuqurroq o`rganila boshlandi [33].

1947-yildan tekshirishlar Samarqand viloyati va uning atroflari (Urgut,

Oxalik, Jomboy, Pastdarg`om, Kattaqo`rg`on va boshqa) da o`tkazilgan. 1950-

yilda A.K.Sagitov va I.A. Abdusalyamov boshchiligidagi ekspedisiya 30 –iyuldan

30-avgustgacha Zarafshon vodiysining yuqori qismlarida olib borilgan. 1952 yilda

bahorda uchinchi ekspedisiya, M.V. Kalujina A.K.Sagitov, I.A. Abdusalyamov,

I.M. Ananevlar boshchiligida o`tkazilgan. 1955-yildagi ekspedisiya A.K. Sagitov,

M.V.Kalujina, I.M. Ananev, M.P.Larina tomonidan uyushtirilgan. Ekspedisiyalar

paytida Jumabozor, Jartepa, Urmetan, Zominsoy, Oqtepa, Samarqand marshuruti

bo`lab o`tigan. Barcha ekspedisiyalarda qushlar kolleksiyalari to’plangan, alohida

turlar ekologiyasi o’rganilgan. Zarafshon vodiysi qushlarini o’rganishga S.K.Dal

[8,9], O.P.Bogdanov [6], A.K.Sagitov [34,35], X.V. Salimov [31], J.L.Laxanov

[21], M.V.Kalujina katta hissa qo’shdilar [33]. Zarafshon daryosi xavzasi

qushlarini o’rganishning barcha bosqichlari A.N. Bogdanov [5] maqolasida o’z

aksini topdi. SamDUning umurtqalilar zoologiyasi kafedrasining o’qituvchilari

qushlarning faunasini va ekologiyasi bo’yicha 120 ga yaqin maqola chop etgan.

Zarafshon davlat qo’riqxonasi tashkil etilgandan keyin uning florasi va faunasini

o’rganish bilan Samarqand Davlat universiteti biologiya fakul’teti olimlari

shug’ullanmoqdalar [17].

8

Page 9: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

2.Tadqiqot sharoiti, materiali va uslubl

2.1. Tadqiqot o’tkazilgan hududning fizik – geografik tavsifi.

Rel’efi. Zarafshon vodiysi Turkiston va Zarafshon tog’ tumanlari va

ularning yon bag’irlari orasida joylashgan. Zarafshon vodiysining relyefi keskin

o’zgaruvchandir O’zbekiston hududida Zarafshon vodiysining uzunligi 700 km

dan ortiqni tashkil etadi. Zarafshon qo’riqxonasining hududi kenglik yo’nalishi

boyicha Zarafshon va Turkiston tog’ tizmlari yon bag’irlari orasida joylashgan

Zarafshon vodiysining tabiati o’ziga xosdir. Uning butun hududi uning o’ziga

qaragan va oqim bo’yicha qiyalashgan tekisliklardan iborat. Hududning tekisligi

daryo o’zanlari, eski va amaldagi irmoqlari, kanallar va dambalar (ko’tarmalar)

tomonidan buzilib turiladi. Dengiz sathidan balangligi 620 – 900 metrni tashkil

etadi.

Gidrografiyasi. Mintaqaning asosiy suv tarmog’i bo’lib, Zarafshon daryosi

hisoblanadi va u Zarafshon muzliklaridan boshlanadi. Yuqori qismlarda daryo

toshli chochiqlar va qoyali tog’lar orasidan ochib keladi Zarafshon daryosi suv

hovzalarining umumiy maydoni 56ming km2 ni egallaydi. Shundan 10ming km2 ini

tog’li mintaqa, 28ming km2 ini tog’ oldi mintaqasi, 18ming km2 ini cho’l mintaqasi

tashkil etadi [32].

Zarafshon qo’riqxonasining hududida asosiy suv Zarafshon daryosi va uning

irmoqlari hamda o’ng qirg’ig’dagi kanal hisoblanadi. Suv sarfi bo’yicha Zarafshon

daryosida yillar bo’yicha va yil davomida katta beqarorlik kuzatiladi. Suvning eng

ko’p sarflanishi iyun – iyul oylarida, eng kam sarflanishi yanvar – mart oylarida

kuzatiladi. Yil davomida ikkita toshqin kuzatiladi: qorlar erishi davriga (bahorda)

va tog’ cho’qqilaridagi muzliklarining erish davriga (yozda). Bu vaqtlarda daryoda

suvning sathi keskin ko’payib ketadi.

Qo’riqxona hududida botqoqlillar yo’q. Yer osti suvlarining asosiy manbai

bo’lib, zarafshon daryosi hisoblanadi. Ba’zi maydonlarda yer osti suvlarining

joylashishi chuqurligi mavsumiy va yillik o’zgarishlarga ega.

9

Page 10: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

Iqlimi. Vodiyning iqlimi O’zbekistonning iqlimiga xos bo’lib, o’zining

ayrim alohida xususiyatlariga ega. Yoz fasli uzoq, jazirama va quruq, qish fasli

sernam, sovuq, lekin shimoli-sharqiy qismdagi nisbatan bir oz yumshoq bo’ladi.

Kuz fasli uzoq va quruq. Atmosfera yog’ingarchilik miqdori yilik 150-300mm ni

tashkil etib, uning asosiy qismi qishda va bahorda yog’adi. Qor qoplami barqaror

emas. Bir mavsum ikkinchi mavsum bilan tezda almashinadi. Qo’riqxona

hududida iqlimi kontinental. Yog’ingarchilik miqdori yil davomida 300 mm dan

600 – 700 mm gacha o’zgarib turadi.

Havo haroratinig absolyut maksimum iyul oyida bo’lib, 370C ni tashkil

etadi. Yoz mavsumi 140 kun may oyining 10 sanasidan sentabr oxirigacha davom

etadi. Yoz fasli quruq va issiq bo’ladi. Dekabr oyining birinchi yarmidan mart

oyining boshlarigacha qish fasli hisoblanadi va u 80 kunni tashkil etadi. Qishgi

oylarning o’rtacha oylik harorati quyidagicha: dekabr – 100C, yanvar – 15 – 2.50C,

fevral – 200C.

Qishda yog’ingarchilik yomg’ir va qor ko’rinishida bo’ladi. Qor qatlamining

balangligi 6 – 8 sm atrofida o’zgarib turadi. Ayozsiz davrning o’rtacha uzunligi

209 kun, oxirgi ayozli kunlar o’rtacha 2 aprelga, birinchi ayozli kunlar 29 –

oktabrga to’g’ri keladi. Barqaror qor qatlami hosil bo’lmaydi. Qishda va yozda

sharqiy yo’nalishda, kuzda va bahorda janubiy – sharqiy yo’nalishda shamol esadi.

Tuprog’i. Vodiyning tuproq qatlami ancha xilma-xildir. Asosiy tuproq tipi

bo’z tuproqlar hisoblanadi. Daryo vodiylarida nam tuproqli sharoitlarda o’tloq,

botqoq-o’tloq, botqoq tuproqlari, shuningdek, sho’rxon tuproqlar taraqqiy etadi.

Tuproq hosil qiluvchi jinslar Zarafshon daryosida oqib kelgan shag’al – qum

yotqiziqlari hisoblanadi. Qo’riqxonanig yoqori qismlarida tuproq shag’alli joylarda

hosil bo’lgan.

Shuningdek qo’riqxona hududida quyidagi tuproq turlari uchraydi:

- bo’z – o’tloq tuproqlari;

- allyuvial – o’tloq tuproqlari;

- qaytar – allyuvial, tuproqlari;

10

Page 11: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

- o’tloq – botqoq tuproqlari;

- botqoq tuproqlari.

Bu tuproqlardan eng keng tarqalganlari qaytar allyuvial va allyuvial – o’tloq

tuproqlari hisoblanadi.

Yer osti suvlari 0,3-0,5 metrdan 1,5 m chuqurlikda joylashgan. Gumus

miqdori 1.5 % dan 2.5 % gacha o’zgarib turadi.

O’simliklar olami. Vodiyning pastki qismlarida to’qayzorlar bilan

qoplangan qayir landshafti taraqqiy etadi. «To’qay» so’zi o’rmon ma’nosini

anglatadi. U juda ham o’ziga xosdir. To’qayzorlarda uchraydigan o’simliklar

orasida tol, terak, turang’il, jiyda, chakanda, tog’larda na’matak, maymunjon ko’p

uchraydi. O’rta va quyi oqimlarda ba’zi joylarda chakalokzorlar hosil qiluvchi

yulg’unlar uchraydi. Qo’riqxonaning hamma hududlari to’qayzorlar zonasiga

kiritiladi. To’qayzorlarning o’ziga hos xususiyatlaridan biri bo’lib, ularning

alohida shart – sharoitlar yuqori harorat va yuqori namlik haroitida taraqqiy etish

hususiyati hisoblanadi.

To’qayzorlarning aksariyat o’simliklari suv bosimiga moslashgan. Baquvvat

ildiz sistemasiga ega. Tuproq qatlamining xilma – xiligi va namlik rejimi to’qayzor

o’simliklarining turli – tumanligi ta’minlaydi. O’simliklarning o’sish joylariga

qarab bu erda qayir, qayir usti va cho’l fitotsehozlari farq qilinadi. Qo’riqxona

hududida daraxtchil o’simliklar Zarafshon daryosi o’zani bo’lab uzuq – uzuq

unchalik keng bo’lmagan polosa bo’lib joylashgan va hilma – xil daraxtlardan

iborat: terak, tol, shumtol, zarang, akatsiya va boshqalar. Daraxtchil to’qayzorlarda

o’tchil o’simliklar qatlami asosan veynik, imperata, eriantus, qizilmya, qamish,

kandir, ajiriq, lomonos, pechaklar, qiyoq va boshqalargan tashkil tongan. Jiydali

to’qayzorlarda o’simliklarning 60 %dan ko’prog’ini jiyda tashkil etadi. Bu yerda

ular bilan mirga yulg’un jingil va boshqa siyrak va zich butachil o’simliklar o’sadi.

O’tchil o’simliklar qaplami zich va baland bo’yli bo’lib u asosan yovvoyi

g’alladoshlar, qamish, eriantus, kandir, qizilmiya, veynik va boshqalardan tashkil

topgan. Jiydaning bo’lashi kuzgiqishki davrlarida bu joylarning yemxashak

11

Page 12: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

jihatidan ahamiyatini oshiradi. Jiyda mevalari bilan bu davrda to’qayzorning

ko’pgina hayvonlari oziqlanadilar. Baland bo’yli va himoya shart – sharoitlarining

bo’lishi bu joylarga ko’p miqdoridagi hayvonlarni jalb qiladi.

Chakandali to’qayzor tarkibiga 60 % chakanda to’g’ri keladigan o’simliklar

uyushmasidan iborat. Chakandali to’qayzorlar daryo va soylar yoqasida tor polosa

bo’lib joylashadi. Chakandali to’qayzorlar o’zining himoya va oziqa sifatlari

jihatidan jiydali to’qayzorga o’xshab ketadi. Kuzgi – qishgi davrda chakanda

mevalari o’troq hamda qishlovchi qushlarning oziqasi bu’lib xizmat qiladi. (2.1-

rasm).

Suv bilan yaxshi ta’minlangan ochiq joylarda qayir o’tloqlari xosil bo’ladi.

U qizilmiya, yantoq, qo’g’a, ulynik qiyoqlar va boshqalardan tashkil topadi.

Qo’riqxona hududida turang’il o’sadi. Hammasi bo’lib qo’riqxona hududida 300

dan ortiq o’simliklar o’sadi. Ularning ko’pchiligi dorivor, asal beradigan, texnik va

oziqabob o’simliklar sanaladi. Shunindek bu yerda korol’ kov shafrani singari qizil

kitobga kiritilgan turlar ham qayid qilingan [17].

Hayvonot olami. Qo’riqxona umurtqali hayvonlari ro’yhati baliqlarning 13

turini, suvda va quruqda yashovchilarning 2 turini, sudralib yuruvchilarning 11

turini, qushlarning 190 turini o’z ichiga oladi [24,26]. Baliqlar asosan zog’ora

baliqlar turkumi vakillaridan iborat. Suvda va quruqlikda yashovchilardan ko’l

baqasi tez – tez uchib turadi. Yashil qurbaqa kam uchraydi. Sudralib yuruvchilar

faunani unchalik ko’p sonli emas. Yo’llarning chekkalida, ariqlarda, toshlarning

tagida osiyo ilonquyrug’i, o’simliklar o’smaydigan joylarda tez kaltakesakchalar

uchraydi. Bu yerda suvilonlar keng tarqalgan. Bundan tashqari guldor chipon iloni,

qum bug’ma ilonchasi va o’qilon tez-tez uchraydi. Yuqori maydonlarda cho’l

toshbaqasi tarqalgan.

Qo’riqxona hududida qushlar faynasi juda hilma-xildir. Bu yerda

uchraydigan 190 tur qushdan 10 turi o’troq, 30 turi uyda quruvchi, 36 turi

qishlovchi, qolganlari bahorgi va kuzgi uchib o’tish vaqtlarida uchraydi. Uya

quruvchi turlar orasida qirg’ovul, buxoro chittagi, mayna, xakka, qoraboshli

12

Page 13: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

vohma qushi va boshqalar odatdagi turlar hisoblanadi.

Zarafshon qirg’ovuli – oddiy qirg’ovulning 12 ta kenja turlaridan biri

hisoblanadi. Uning soni unchalik ko’p emas va 2000 – 2300 ta atrofida o’zgarib

turadi.

Qo’riqxonada mayna juda ham ko’p uchraydi. Bu qush uya qurish joylari

uchun ko’k qarg’a va tillo kurkunaklar bilan uya joylari uchun raqobatlashadi [7].

Qo’riqxona hududida nisbatan erta, mart oyining oxiri aprel oyining

boshlarida haqqush uchib keladi. Aprel oyining o’rtalaridan ularning bir uchta

tuximi bo’lgan uyalarini uchratish mumkin.

Yirtqich qushlardan qo’riqxona hududida toshqirg’iy, jig’iltoy, miqqiy,

oddiy sog’, quloqdor ukki (ba’zi yillarda) uya quradi. Daryo o’zanlarida,

tentakqush, kichik chigitchilar uya quradi. Zarafshon daryosi qirg’oqlaridan

jarliklarda ko’kqarg’a, tilla kurkunak kok kaptar, qora va kichik uzunqanotlar,

zog’cha, mayha, malabel qaldirg’och va boshqalarning uyalari joylashadi. Kuzgi

uchib o’tish sentabr oyida boshlanib, oktabr – noyabr oylaricha davom etadi.

Qo’riqxona hududida go’ng – qarg’a, qora qarg’a, qora to’sh shaq – shaq, b’yuroh,

gizilqorinli va bo’zbosh qizilquyurqlar, sariq tomoqli chittaq, sariq qorinli

lazorevka, bigiztumshuqlar qishlaydi.

Sut emizuvchilar faunasi qo’riqxonada kam sonlidir. Ularning asosiy qismini

kemiruvchilar: qum sichqonlari, yumronqoziqlari, dala sichqonlari, sichqonlar

tashkil etadi. Jayra qo’riqxonaning ko’rki hisoblanadi.

Yulg’un qumsichqoni, oddiy ko’rsichqonlar odatdagi tur hisoblanadi. Dala

sichqonlaridan bu yerda afg’on dala sichqoni, jamoatchi dalasichqon, oddiy va

kaspiy orti dala sichqonlari uchraydi.

Daryo qirg’oqlarida iqlimlashtirilgan va O’rta Osiyo qunduzini siqib

chiqargan ondatra uchraydi. Qo’riqxonada qum tovushqonining soni serilarli

darajada qisqarib ketgan. Yirtqichlardan qo’riqxona hududdida shoqol, karagan

tulki, korsaklarni, kamdan – kam xollarda olaqo’zan va o’sgan to’qayzorlarda goho

13

Page 14: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

– goho bo’rsiq uchrab turadi. Bo’rsiq qishda uyquga ketadi. Ba’zan to’qay

mushugi va dasht mushuklarini ko’rish mumkin [7].

2.1-rasm. Zarafshon qo’riqxona florasi

14

Page 15: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

2.2. Tadqiqot ob’ektlari.

Tadqiqot ob’ektlari: Zarafshon qo’riqxonasi hududida qushlarning turlar

tarkibinin o’rganish, biotopik tarqalishi va ayrim tur qushlarning uya

ekologiyasining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish .

Ulardan: daraxtzorlarda yashaydigan buxoro chittakni uyalash ekologiyasi

va xususiyatlari o’rganildi.

2. 3.Tadqiqot uslublari

Malakaviy bitiruv ish uchun material amaliyot davrida va qisqa muddatli

ekskursiyalar davomida to’planadi. Tadqiqotlarning asosiy vazifasi bo’lib

Zarafshon qo’riqxonasi hududida qushlarning turlar tarkibinin organish, ular sonini

aniqlash va assosiy tur qushning uya ekologiyasining o’ziga xos xususiyatlarini

o’rganish hisoblanadi. Qushlar tarkibini organishda biz ornitofaunani biotopik

taqsimladik, yani:

Materiallar asosan qo’riqxonaning birinchi maydonida to’plandi.

Hududning o’ziga xos xususiyatlari (o’simliklar qatlamining mozaik

taqsimlanishi, chegaradosh biotoplar chegaralarining bir – biriga o’tib turishi) ni

hisobga olgan holda qushlarning miqdorini baholash uchun G. A. Novikov [28]

uslubiyatidan foydalandi. Hisoblar marshrutlarda hisob polosasining qayd qilingan

kengliklarida olib borildi. Hisoblar turli biotoplarda o’tkazildi. Qushlarning uya

ekologiyasi umumiy qabul qilingan uslubiyat asosida olib borildi [23]. Tadqiqotlar

davomida qushlarning juftlashish davrining boshlanishi uya qurishi, tuxum

qo’yishi, tuxumlarini bosib yotishi, poloponlarining tuxumdan chiqishi muddatlari

va bu bosqichlarining davomiyligi aniqlandi.

Uya materiallari, uya shakllari, uyalarning joylashgan o’rni va o’lchamlari

tasvirlanadi. Tuxumlarining o’lchamlari va og’irligi shtangensirkul va apteka

tarozilari yordamida o’lchanadi. Poloponlarning tuxumdan chiqqandan so’ng

rivojlanishi Brodi formulasi orqali aniqlandi [40].

15

Page 16: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

By erda:

R- uzunlik va og’irlik o’sish kattaligining % hisobidagi miqdori.

V1- boshlang’ich uzunlik yoki og’irlik.

V2- keyingi uzunlik yoki og’irlik.

Poloponlar rangi iplar orqali belgilandi. Poloponlarning oziqlanishi visual

kuzatishlar orqali o’rganildi. Buning uchun 8 karra kattalashtiruvchi durbindan

foydalanildi.

Tuxumlarning o’lchamlari va og’irligi statistik qayta ishlandi [16].

- o’rtacha arifmetik xato

- o’rtacha arifmetik xato

- kvadrat xato

- variatsiya koeffitsienti

Qushlarning uya hayoti doimiy kuzatishlar orqali o’rganilgu. Tixum bosish

va poloponlarini boqish davrlarida sutkalik kuzatishlar olib borildi.

3.Tadqiqot natijalari

16

Page 17: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

3.1. Buxoro chittagi ekologiyasining o’ziga xos xususiyatlari.

O’zbekistonda yashaydigan buxoro chittagining sistematik holati

quyidagicha:

Sinf: Aves – Qushlar

Turkum: Passeriformes – Chumchuqsimonlar

Kenja turkum Passeres – Haqiqiy chumchuqlar

Oila: Paridae – Chittaklar

Kenja oila: Parinae – Chittaklar

Urug’: Parus Linnayeus

Kenja urug’: Parus Linnayeus

Tur: Parus bocharensis Lichtenstein – Buxoro chittagi

Kenja tur: Parus bocharensis bocharensis. [ 21,36]

Buxoro chittagining tumshug’i va oyog’i qoramtir, boshining tepasi,

tumshug’ining ostki va jig’ildoni qora rangda. Qora ranglar shuningdek ko’krak

toji va qorni ketadi va dum osti patlarngacha davom etadi.

Chakkasi sof oq rangda, tanasining yon va pastki tomonlari kulrang aralash

oq rangda bo’ladi. Tanasining tepa qismi kulrang tusda. Qishki – baxorgi davrda

katlarining qora ranglarida metall yarqirog’i bo’ladi. Chittak juda serharakat

bo’lib, doim xarakterli «tyuv – tyuv – tyuv - chiz» tovush chiqarib turadi. Bu uning

sayrashi hisoblanadi. Chittak – ko’proq daraxtda yashaydigan qush bo’lib, zarur

paytlardagina yerga qo’nadi. foto

3. 1. 1. Tarqalishi

Buxoro chittagi O’zbekistonda keng tarqolgan bo’lib, u faqatgina baland

tog’ mintaqalarida uchramaydi. O’zbekiston hududida buxoro chittagining vertikal

tarqalishi dengiz sathidan 800 – 900 metrdan 2100 – 2200, kamdan – kam hollarda

2400 – 2500 metrni tashkil etadi [1]. N. M. Maslovning (1947) fikricha buhoro

chittagi faqat vohalarda uya quradi. A. I. Ivanovning (1969) ma’lumotiga ko’ra

17

Page 18: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

buxoro chittagi Samarqand shahri uchun odatdagi qush hisoblanadi. I. A.

Abdusalyamov (1973) buhoro chittagini Samarqanddan sal yuqoriroqda, Sudjino

atroflarida uchratgan. A.K. Sagitov va S. B. Bakayevlarning (1980)

ma’lumotlariga ko’ra buxoro chittagi Buxoro vohasining cho’l o’rmonlarida ham

uchraydi. Shuningdek, buxoro chittagi vodiydagi barcha bog’larda yashaydi. Parus

bocharenses kenja turi Orol dengzining sharqiy qirg’oqlari, Amudaryo va deltasi

va g’arbiy O’zboydan tortib sharqqa tomon Chu vodiysi, Tyan-Shan va Oloy tog’

tizmalari g’arbiy etoklarigacha tarqalgan. Shimlo tomonda Orol dengizining

shimoli g’ sharqiy burchagi, Sirdaryoning qo’yi oqimi, Qoratog’ tizmasi va Chu

vodiysigacha, janubga tomon Kopettog’ning shimoliy yon bag’irlarigacha,

sharqroqda. Respublikasiningjanubiy chegaralarigacha tarqalgan.

3.1.2. Kuchib – ketish xarakteri.

Buxoro chittagi Zarafshon qo’riqxonasi sharoitida o’troq qush hisoblanadi.

U qish davrida vertikal ko’chishlar hosil qilib uya qurish hududlarining yuqori

qismlaridan pastga tomon tushadi. Lekin uyalash orealidan chetga chiqmaydi.

Tog’lardan vodiy tomonga ko’chish noyabrning oxirlarida boshlanib, fevralning

oxirida martda ayrim yillarda aprelning o’rtalarida ular yana ortga qaytadilar [1].

O’troq bo’lishga qaramasdan buxoro chittagi uyalash davridan keyin unchalik

uzoq bo’lmagan ko’chishlar hosil qiladi.

3.1.3. Biotopi.

Buxoro chittagining uya biotoni bo’lib. Buta va daraxtlar bo’lgan, ko’pincha

eski, kovoklari bo’lgan saksovul, tut, terak va mevali daraxtlari bo’lgan

daraxtzorlar hisoblanadi. Shuningdek, buxoro chittagi daryo qayiri va

qirg’oqlaridan to’qayzordar, daryolar vodiysidagi mevali daraxtzorlar, tog’ oldi va

tog’ zonalaridagi buta-daraxtzorlarni ham hush ko’radi. Uya quyish davrida tog’

daryolari va soylari vodiysidagi chinor, archa o’sadigan daraxtzordarda uchraydi.

Zarafshon qo’riqxonasi sharoitida buxoro chittagi daraxtzorlarda biotopida

yashaydi. Yo’llar chetida o’sadigan ko’pincha kovoqlari bo’lgan eski daraxtlarda

18

Page 19: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

uya quradi. Shuningdek, odamlar tomonidan o’rnatilgan sun’iy uyalarda ham uya

qurishi mumkin. (3.1.1-rasm).

3.1.1-rasm. Buxoro chittagini sun’iy uyasi

19

Page 20: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

3.1.4. Soni.

Buxoro chittagi Zarafshon qo’riqxonasida odatdagi va ko’p sonli

qushlaridan biri. Buxoro chittagi uchun xarakteri bo’lgan biotop (Zarafshon

qo’riqxonasi) bo’ylab uch soatlik ekskursiya davomida 2007 yil 16 aprelda biz bor

yo’g’i 6 juft chittaklarni uchratdik. Zarafshon qo’riqxonasida 1 km masofada 15

mayda 12 juft chittak qayd etildi.

Samarqand shahridagi skverda 1,5 soatlik kuzatish davomida 3 ta buxoro

chittagi uchratildi. Buxoro chittagining soni uyadan uchirma qushlar uya hududi

atrofida bo’lish davrida bir oz oshadi. Qish davrida buxoro chittagining 3 gektar

maydonida bir soat davomida 2 ta, baland bo’yli eski chinor, akasiya va terak

daraxtlari o’sadigan bog’larda 1 kmlik marshurut hisobida 3 ta qush sanaldi.

3.1.5. Ko’payishi.

Buxoro chittagi ko’payishga nisbatan erta kirishadi. Ko’payish davrining

yaqinlashib kelishi belgilari martning boshlarida kuzatiladi. Ba’zan sayrayotgan

chittaklarni bir oz ertaroq ham eshitish mumkin. Juftlarga apreldan so’ng chittaklar

uch joylarini tanlashga kirishadi. Bu vaqtda nar qushlar daraxtlarning uchiga

qo’nib olib, bir xil takrorlanib turuvchi tovushlar chiqarib faol sayraydi [19].

Aprelning oxirida tutilgan nar chittaklarning urug’donlari ancha kattalashgan edi.

O’ng urug’donning uzunligi va eni 5,5 x 4 mm ni, chap urug’donning uzunligi va

eni 6 x 5 mm ni, urug’donning og’irlish esa o’rtacha 125 mg ni tashkil etdi.

Aprelning boshlarida moda chittak tuxumdonining o’lchami 4 x 3 mm bo’lib,

follikulalari yaxshi rivojlangan edi [35]. A. V. Popov (1959) tomonidan 4-15

aprelda Varzob vodiysida tutilgan moda chittakning follikulalarining diametri 25

mm ga yetgan edi. Buxoro chittagi uya qurishga aprelning ikkinchi o’nkunligida

kirishadi. Ommaviy uya qurish mayning birinchi yarmida kuzatiladi. Zarafshon

quriqxona sharoitida 19 aprelda uya materiali tashiyotgan buxoro chitagi kuzatildi.

Shofirkon o’rmon xo’jaligida bir kunlik ekskursiya davomida 5–6 ta faol uya

materiali izlayotgan va tashiyotgan qushlar uchratilgan. Tojikistonda buxoro

chittagining qurishi aprelning ikkinchi yarmida kuzatilgan [1]. R.L. Potapovning

20

Page 21: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

(1959) kuzatishlariga ko’ra chittaklarning faol joylanishi va uya urish joylarining

tanlashi “Tigrovaya balka” qo’riqxonasining qirg’oq oldi chakalakzorlarida

martning oxiri o’n kunligida, ya’ni respublikaning o’rta tog’ mintaqalariga

nisbatan ancha ilgariroq yuz beradi.

3.1.2-rasm. Buxoro chittagini kovak uyasi

Buxoro chittagi – tipik daraxt kovaklarida uya quruvchi qush hisoblanadi.

Shuning uchun xam uning uyasi ko’pincha eski daraxtlarning kovaklarida

joylashgan bo’ladi. A. K. Sagitov, Bakayev (1980) tomonidan topilgan 6 ta uya

saksovul daraxtidan qovak yerdan 0,2-1,5 m bolandlikda, bir uya tut daraxtining

kovagida, bir uya yerdan 40 sm balandlikda, joylashgan qutida, yana bir uya

devorga ilib qo’yilgan samovarda joylashgan edi. N.A. Zarudniy (1915) tuyaning

21

Page 22: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

bosh skeletida joylashgan chittak uyasini topgan. X. Solixboyev (1956) diametri 10

sm vertikal metal quvurda 50 sm balandlikda chittak uya qurganlini yozadi. (3.1.2-

rasm ).

Tojikiston Respublikasi hududidagi uyalar turli daraxtlar: turang’il, terak,

archa, uchqat, jiyda, chinor va har xil mevali daraxtlar tanasidagi yoki

to’nkalardagi kovaklarda joylashgan.

A. K. Rustamovning (1958) ma’lumotiga ko’ra Turkmaniston sharoitida

buxoro chittagi saksovul, turang’il, pista, yulg’undagi kovaklarda uya quradi.

Buning ustiga uyalar deyarli yerga yaqin yoki yerdan 50-120 sm balandlikda

joylashgan bo’ladi. Uya qurish davomiyligi turli uyalarda turlicha. Bu birinchi

navbatda ob – havo sharoitlariga va tanlangan joyning qulayligiga bog’liq bo’ladi.

Masalan, kuzatilgan uyalardan biri qulay kovakda joylashganligiga qaramasdan 12

kun davomida qurib bitkazildi.

Uya materiali bo’lib odatda qo’ylar, tuyalarning jumlari, katta kamdan –

kam hollarda o’tchil o’simliklar xizmat qiladi. Faqatgina bitta uyada uya materiali

sifatida o’tchil o’simlikdar qoyd etildi [35].

Turkmaniston sharoitida uya materiali sifatida buxoro chittagi o’simlarning

poxoli, pat, quruq o’tlar ingichka shoxlardan foydalanadi. Bu materaillar qalin

to’shak hosil qiladi. Bu qatlamga keyinchalik polaponlarini boqishda

foydalaniladigan hasharotlarning xitin qoldiqlari qo’shiladi. Zarafshon

qo’riqxonasi sharoitida buxoro chittagining uya materiali bo’lib, ingichka o’tlar

poyalari, o’simliklarning poxoli, qushlarning patlari, xayvonlarning junlari xizmat

qiladi. (3.1.3-rasm).

Buxoro chittagi uyasining o’lchamlari o’zgaruvgan bo’ladi. A. K. Sagitov va

S. B. Bakayevlarning (1980) ma’lumotlariga ko’ra buxoro chittagi uyasining

o’lchamlari quyidagicha bo’ladi: balandligi – 42 mm, diametri – 102 mm,

lotogining chukurligi – 58 mm. Bizning ma’lumotlarimizga ko’ra Zarafshon

quriqxona sharoitida buxoro chittagi uyasining o’lchamlari quyidagicha kattalikda

o’zgarib turadi (3.1.1-jadval).

22

Page 23: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

3.1.3-rasm. Buxoro chittagini uyasini ichki qo’rinishi

Uya qurib bitkazilgandan so’ng moda chittak tuxum qo’yishga kirishadi.

Turkmaniston sharoitida 3 aprelda Tashkuprik yaqinida uchta uyada 3, 4, 5 tadan,

8 aprelda shu yerda ikkita uyada 5, 6 tadan bosib yotilgan tuxumlar topilgan [37].

Murg’obda Sari Yazi yaqinida 26 marta tuxumdonida tayyor tuxum bo’lgan moda

chittak tutilgan [45]. Janub – g’arbiy qizil qum sharoitida 7 ta tuxumi bo’lgan

birinchi uya 7 mayda topilgan. Oyning oxirigacha esa 10 dan ortiq 5 – 7 ta tuxumi

bo’lgan uyalar topilgan [35]. Romit o’rmon xo’jaligida va Varzob sharoitida

buxoro chittagining uyalashi aprelning ikkinchi yarmida qayd qilingan [29].

Zarafshon qo’riqxonasida yangi qo’yilgan tuxum bo’lgan birinchi uya 18 aprelda

topilgan.

23

Page 24: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

3.1.1-jadval

Buxoro chittagi uyasining yerdan balandligi (sm) va o’lchamlari (mm)

Yerdan balandligi

Kirish teshigining

diametri

Ichki diametri

Tashkil diametri

Kirish yo’lining

cho’qurligi

Uyaning chuqurligi

1 70 60 x 97 30 50 250 25

2 75 5 x 12 40 70 210 30

3 144 97 x 123 75 90 100 55

4 85 7 x 19 100 120 200 60

5 100 13 x 8,5 30 100 115 40

6 130 10 x 6,5 55 80 120 30

7 104 84 x 132 108 110 340 50

8 192 6 x 3,5 40 60 120 30

Tuxumlarini moda chittak xar kuni bittadan qo’yadi. Uyada 6 – 9 tagacha

tuxum bo’ladi [1]. Janubi – g’arbiy qizilqum sharoitida buxoro chittagining

uyasida 5 – 7 ta [35], Turkmanistonda 6 – 8 ta [37] tuxum bo’ladi. Bizning

kuzatishlarimizga ko’ra Zarafshon quriqxona sharoitida buxoro chittagi 5 – 8

tagacha tuxum qo’yadi.

Buxoro chittagining tuxumlarining rangi oq, ba’zan tuxum po’chog’ida

jigar – rangi – qizg’ish nuqtalar bo’ladi. Ko’pchilik tuxumlarning poyonok qismida

toj hosil bo’ladi. (3.1.4-rasm).

Tuxumlarining o’lchami o’zgarib turadi. A. K. Sagitov va S. B.

Bakayevlarning (1980) ma’lumotlariga ko’ra buxoro chittagi tuxumlarining

o’lchamlari quyidagicha: uzunligi – 17, 5 mm, eni – 13,5 mm, ya’ni qo’yilgan

tuxumning massasi 1,3 – 1,7 g. Tojikistonda buxoro chittagi tuxumlarining

o’lchamlari quyidagicha o’zgarib turadi: uzunligi 18,6-19,2 mm, eni 13,1-14,5

mm, [29] va 16,7-17,3 mm x 12,8-13,0 mm [29],Turkmanistonda [30] buxoro

24

Page 25: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

chittagi tuxumlarining o’lchami quyidagicha: 16,9-17, 2 x 13,0-13,5 o’rtacha 16,9

x 13,2 (mm). G. P. Dementyev va N. N. Gladkovlarning (1954) ma’lumotlariga

ko’ra buxoro chittagi tuxumining uzunlig va 17,6x13,1 (mm), T.Z. Zoxidov va

R.N. Meklenbursevlarning (1969) ma’lumotlariga ko’ra o’rtacha 17,0-19,5 (mm)

x 12,5-14,0 (mm).

Bizning ma’lumotlarimizga ko’ra Zarafshon kurikxonasi sharoitida buxoro

chittagi tuxumlarining o’lchamlari quyidagicha (n=18): 13,4x17,1 mm, massasi

1,65 g.

3.1.4-rasm. Buxoro chittagini tuxumlari

25

Page 26: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

3.1.2.-jadval

Buxoro chittagini tuxumlari o’lchami (mm) va og’irligi (g) (n = 25) (Belyalova L.E.)

O’lcham min max M ± m ± δ C %

Uzunligi 15,9 20,6 17,1 0,16 0,74 3,34

Eni 13,2 14,1 13,4 0,11 0,49 3,49

Og’irligi 1,4 1,9 1,65 0,05 0,26 13,8

Tuxumlar xar kuni bittadan ko’yiladi. Oxirgi yoki oxiridan oldingi tuxum

qo’yib bo’lingandan so’ng moda chittak tuxumlarini bosib yotishga kirishadi.

Tuxumlarini modasi bosib yotadi, nari esa uni boqadi. A. K. Rustamovning (1958)

ma’lumotiga ko’ra gohi-gohida tuxum bosishda urg’ochisini almashtirib turadi.

Uyaga uchib kelayotgan nar chittak signal beradi va modasi uyadan uchib chiqadi.

Birgalikda uchib ketishadi va uyaga yana birgalikda o’ziga xos ovozlar chiqarib

uchib kelishadi (3.1.5-rasm)

3.1.5-rasm. Buxoro chittagini urg’ochisi tuxum bosish davrida

26

Page 27: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

Inkubasiya davri davomida tuxum bosish jadalligi o’zgarib turadi.

Inkubasiya davrining boshlarida tuxum bosayotgan qush uyani tez – tez tark etadi.

Inkubasiyaning oxirida u uyada zich o’tiradi, uyani tark etish soni kamayadi.

Tuxum bosish jadalligini kuzatish mobaynida (soat 6 00 dan 20 00 gacha, ya’ni 14

soat (840 daqiqa) moda qush tuxumlarini 670 daqiqa (79,8 %) bosib yotadi. Uya

170 daqiqa (kuzatishning 20,2 %) bo’sh qoldi. Tuxum bosayotgan qush uyani 15

aprel tark etdi. Inkubasiya davrining oxirida moda chittak tuxumlarini 730 daqiqa

(86,9 %) bosib yotdi. Uyani 16 aprel 110 daqiqaga (13,1 %) tark etdi. (3.1.3-

jadval).

Tuxum bosish davrida tuxum og’irligi 13–15 % o’rtacha 14,0% ga

kamayadi. Agar tuxumlarni o’rg’ochisi bossa, erkagi yaqin atrofda bo’ladi va xavf

tug’ilganda bezovta bo’lib sayray boshlaydi. (3.1.1-grafik)

3.1.3-jadval

Buxoro chittagi tuxumlarini bosish rejimi

Sana

Bos

il ga

n ku

n

Kuz

atis

h so

atla

ri

Inkubasiya

to’xtovsiz

davomiyligi

Bosish

vaqti %

larada

Uchib ketish

davomiyligi,

min

Uchib

ketish

lar soni

min

max

O’r

tach

a

min

max

o’rta

cha

6. 04 4 6 – 20 3 63 17,8 79,8 3 15 5,8 33

15. 04 13 6 – 20 5 72 16,4 86,9 7 25 11,3 18

Inkubasiya davri 14 kun davom etadi. Masalan, oxirgi tuxumi 3 may kuni

qo’yilgan uyada polaponlar 17 may kuni tuxumdan chiqdi. Xuddi shunday

ma’lumotlar adabiyotlarda ham keltirilariladi [35].

27

Page 28: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

3.1.1-grafik

Buxoro chittagi tuxumlarini qurib kamayish jadalligi

0

500

1000

1500

2000

1 2 3 4 5 6 7

kunlar

mg

1-chi tuxum 2-chi tuxum

28

Page 29: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

3.1.6-rasm. Buxoro chittagini 5 - kunlik polaponlari

3.1.7-rasm. Buxoro chittagini 10- kunlik polapon

29

Page 30: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

Zarafshon quriqxona sharoitida polaponlarning ommaviy tuxumdan chiqishi

may oyning oxiri va iyun oyining boshlarida kuzatiladi. Turkmanistonda 12

aprelda bir uyada patlari endigina chiqayotgan polaponlar topilgan [30]. Polaponlar

tuxumdan yalang’och chiqadi tanasining ayrim joylarida embrional patlari bo’ladi.

Ularning ko’zlari va eshitish yo’llari yopiq bo’ladi. 1-2 kun davomida ularning

og’irligi 1,7 – 1,2 grammni tashkil etadi. Polaponlar jadal o’sadi, uchinchi kunda

ularning og’irligi uch barobarga oshadi. Uyadan uchib chiqish oldidan uchirma

polaponlarning og’irligi o’rtacha 15,5 grammga yetadi. Hayotining uchinchi

kunida pterimiyalarda pigmentasiya paydo bo’ladi. Beshinchi kunda pat

qalamchalari chiqa boshlaydi. Ikki haftadan so’ng dum patlarining uzunligi 25 mm

ga yetadi. Hayotining oltinchi kunida polaponlarining ko’zlari va eshitish yo’llari

ochiladi. O’ninchi kunda polaponlar deyarli to’liq pat bilan qoplanadi. (3.1.6-3.1.7-

rasmlar; 3.1.4-jadval; 3.1.2-grafik)

3.1.4-jadval

Buxoro chittagini polaponlarni tana massasini usish jadalligi.

Yoshi

(kun)

Tana

og’irligi

Tana

uzunligi

Qanoti Sevka

uzunligi

Dumi Tumshuq

uzunligi

g % mm % mm % mm % mm % mm %

1 1,6 - 35 - 5,0 - 5,0 - - - 4,0 -

3 4,6 96,7 42,3 18,8 7,3 37,3 7,6 41,2 - - 5,0 22,2

5 6,1 28,0 55,6 27,1 11,0 42,7 11,0 47,3 1,6 - 7,3 37,3

7 9,8 46,5 64,6 14,9 18,0 48,2 16,6 40,5 5,5 10,9 8,5 15,1

9 13,2 29,5 72,3 11,2 33,6 60,0 19,5 15,6 7,7 42,5 10,0 16,2

11 15,5 16,0 82,6 13,2 42,6 23,6 20,8 6,4 11,6 40,8 10,6 5,8

13 17,3 11,2 94,0 13,9 50,0 18,1 22,5 7,8 19,0 23,9 10,7 0,6

30

Page 31: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

3.1.2-grafik

Buxoro chittagini polaponlarni tana massasini usish jadalligi

0

20

40

60

80

100

120

1 2 3 4 5 6 7

Kunlar

%

Tana og’irligi Tana uzunligi Qanoti

Sevka uzunligi Dumi Tumshuq uzunligi

3.1.6. Polaponlarining oziqlanishi.

31

Page 32: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

Buxoro chittagi polaponlarini turli umurtqasiz hayvonlar bilan boqadi.

Polaponlarni boqish jadalligi ularning o’zgarib yoshiga qarab shuningdek, kun

davomida o’zgarib turadi. Masalan, soat 6 00 dan 20 00 gacha olib borilgan

kuzatishlarimiz davomida katta yoshdagi qushlar 6 ta kunlik polaponlariga 90

marta oziq keltirib berdilar. Kuning ertalabki (6 oo – 7 00 gacha) va kechki (17 00 – 18 00 gacha) paytlari polaponlarni boqish jadalligi yuqori bo’ladi. Kunduzi kun isishi

bilan qushlarning uyaga oziq bilan uchib kelish soni kamayadi va bir soat

mobaynida 2 martadan 10 martagacha o’zgarib turadi. Saqqiz kunlik polaponlarini

katta yoshdagi qushlar 102 marta boqdilar. Har bir polaponga o’rtacha 17

porsiyadan oziq to’g’ri keldi. Qushlar uyaga oziq bilan bir soatda o’rtacha 7

martadan uchib keldilar. Polaponlari tuxumdan chiqqandan keyingi dastlabki

kunlarda moda chittak uyada o’tirib polaponlarini isitadi va gohi – gohida

oziqlanish uchun uchib ketadi. Nar chittak bu vaqtda juda faol bo’lib, polaponlarini

asosan u boqadi. So’ngra polaponlarini ikkala qush birgalashib boqadi. Chittaklar

polaponlarini o’rgimchaklar, qo’ng’izlarning lichinkalari, qurtlari bilan boqadi. Bir

oz katta bo’lib qolgan polaponlariga katta yoshdagi qushlar kapalaklar,

qo’ng’izlarning g’umboklari va boshqa hasharotlarni keltirib beradilar. Uya davri

16 – 17 kun [13] yoki 18 kun [35] davom etadi. Masalan, birinchi polapon 17

mayda tuxumdan chiqqan uyadan polaponlar 2 – 3 iyunda uchib chiqib ketdi.

(3.1.8-rasm)

32

Page 33: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

3.1.8-rasm. Buxoro chittagini uyasi polaponlari bilan.

Buxoro chittagi bir yilda 2 marta ko’payadi. Birinchi ko’payish aprelning

oxiri mayning boshiga, ikkinchi ko’payish iyunga to’g’ri keladi. Turkmaniston

sharoitida ham buxoro chittash bir yilda 2 marta ko’payadi. [30]. Xuddi shunday

ma’lumotlarni A. I. Abdusalyamov (1973) Tojikiston sharoitida ham keltiradi.

Katta yoshdagi chittaklar hasharotlar bilan oziqlanadi. A. K. Sagitov va S.B.

Bakayevlarning ma’lumotlariga ko’ra (1980) yorib ko’rilgan 5 ta buxoro

chittaklarining ozqozonlarida asalari, qandalalar, oltinko’zlar, sikadalar, chumolilar

uzun tumshuqli qo’ng’izlar, o’rgimchaklar borligi aniqlandi. Ba’zan buxoro

chittagining oshqozonida o’simlik qoldiqlari va urug’larini ham uchratish mumkin

[30]. I. A. Abdusalomovning (1973) ma’lumotlariga ko’ra buxoro chittagining

oziqlanish xarakteri masumga qarab o’zgarib turadi. Bahorda va yozda buxoro

chittagi faqat hasharotlar bilan oziqlanadi.o’simlik ozuqalari juda kam miqdorda

uchraydi.

33

Page 34: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

3.1.3-grafik

Buxoro chittagi polaponlarini boqish jadalligi

0

5

10

15

20

25

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12

Soatlar

Ozu

qa bila

n o'ch

ib kelishi

Bir kunlik polapon Sakkiz kunlik polapon

34

Page 35: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

Kuzgi-qishki davrda chittaklar hasharotlar bilan ham, urug’lar va

o’simliklarning vegetativ qismlari bilan oziqlanadi. O’simlik urug’laridan

chittaklarning oziq rasionida ham yovvoyi holda o’suvchi o’tchil o’simliklarning,

ham madaniy o’simliklarning urug’lari uchraydi.

3.1.7.Uyalashning samaradorligi.

Buxoro chittagi uyasining himoyalangan bo’lishiga qaramasdan (daraxt

kovaklari, sun’iy uyalar) uya davrining muvaffaqiyatliligi unchalik yuqori emas.

Masalan, Qoraqumda 23 ta tuxumdan 8 tasi (34,8%) nobud bo’ldi. Janubi-g’arbiy

Qizilqumda tuxumlarining nobud bo’lishi 41,1% ni tashkil etadi. Asosiy

dushmanlari – ilonlar hisoblanadi. Zarafshon quriqxona sharoitida buxoro

chittagining uyasini zag’izg’on va ilonlar buzib ketadi. Jami 18 ta qo’yilgan

tuxumlarning 13 tasidan (72,2%) polaponlar ochib chiqib, shundan 10 tasi (76,9

%) uyadan uchib chiqdi. Uyalash muvaffaqiyati 55,5% ni tashkil etadi.

3.1.8. Buxoro chittagi ahamiyati.

Buxoro chittagi katta miqdorda hasharotlarni qirishi tufayli mutlaqo foydali

qush sanaladi. Agar ularning bog’larda, istirohat bog’larida, skverlarda,

urmonlarda yashashi hisobga olinsa uning shahar sharoitida bog’larada sanitar

ahamiyati nihoyatda kattadir. Buxoro chitagi sun’iy uyalarda bajonidil uya quradi.

Shu sababli kovakli daraxtlari bo’lmagan yosh bog’larda sun’iy uyalar qurib ularni

shu yerlarga jalb qilish lozim.

35

Page 36: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

4. Zarafshon vodiysi bioxilma-xilligi va uni asrash muammolari

O’zbekiston hududi fizik-geografik strukturasiga ko’ra tekislik va tog’li

qismlarga ajratilada. Shu parametrlarga ko’ra bir – biridan ekologik sharoitlari va

florasi xamda faunasi tarkibi bilan farqlanuvchi 5 ta biogeografik zonalarning

mavjudligi aniqlanadi.

1. Tekisliklarining o’sli ekotizimlari.

2. Tog’ oldi chalacho’llar va dashtlar.

3. Namlangan hududlar va deltalar ekotizimlari.

4. Asosiy daryolarning daryo va soxil oldi ekotizmlari.

5. Tog’ ekotizmlari.

Zarafshon davlat qo’rikxonasi ekotizimi daryo va sohil oldi ekotizimlariga

kiradi. Bu ekotizimlar asosan Amudaryo va Sirdaryoning tekislik zonalarini;

Zarafshon va Surxandaryoning quyi oqimlarini qamrab oladi. Daryo ekatizimlari

tarkibida qayir o’rmonlari va to’qayzorlar alohida ajralib turadi. Faunasi tarkibi

unchalik boy bo’lmasa ham, lekin o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.

Daryo ekotizimlari sharoitlarining xilma – xiligi yashash muhitining uchta

asosiy tiplarini ajratish imkonini beradi: qamishzorlar, daryo suvi yuvib ketgan

yerlar va to’qayzorlar.

Cho’l to’qayzorlarining katta massivlari tor tilim yoki filchalar ko’rinishida

Amudaryo vodiysida va uning deltasida ba’zi joylarda Sirdaryo, Surxondaryo,

Zarafshon va Chiriq daryolari vodiylarida saqlanib qollingan. Ularning umumiy

maydoni 1660 ming gektorda ortiqni tashkil etadi. Tuqayzor tipidagi

landshaftlarning alohida fragmentlarini va Qashqadaryo daryolarining qo’yi

qismlarida uchratish mumkin.

To’qayzor tipidagi o’simliklar floristik tarkibi 35 oila, 105 uruqqa mansub

bo’lgan 285 tur o’simliklardan iborat. Tipik to’qayzor o’simliklari mulardan 40

turini tashkil etadi.

36

Page 37: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

O’zbekistonda saqlanib qolingan to’qayzor maylonlarida 5 ta qo’riqxona

tashkil etilgan.

Zarafshon qo’riqxonasi shulardan biri hisoblanib, u 1975 yilda tashkil

etilgan va Samarqand viloyatida joylashgan. Uning hududi Cho’pon ota

tepaligidan boshlanib, tor tilim shaklida Zarafshon daryosining o’ng qirg’og’i

bo’ylab 47 km cha cho’zilgan. To’qayzorning kengligi 300 metrdan 1500

metrgachani tashkil etadi. Uning maydoni 2320 gektar. Shundan 680 gektari

o’rmon bilan qoplangan. Qo’riqxonaning maqsadi to’qay majmuasi, xususan

itshumurtsimon chakandani, to’qayzor o’simliklarini, zarafshon qirg’ovli keja turi

populyasiyasili muhafaza qilish va qayta tiklashdan iborat.

Qo’riqxonaning nisbatan unchalik kata bo’lmagan hududida 300 ga yaqin

o’simliklar, yulg’un, do’lona va boshalardir. Nam joylarda, daraxtlar orasida

qizilmiya, qo’g’a, kandir, kamishlar o’sadi. Qo’riqxonaning faxri bu 14 gektarni

tashkil etuvchi relikb tur ko’k bargli turang’il o’suvchi maydon hisoblanadi.

Mintaqada bu turang’il o’sadigan yagona joy hisoblanadi. Qalik to’qayzorlar

ozuqaga boy bo’lib, ko’plab yovvoyi hayvonlarni o’ziga jalb qiladi. Ularni bu

yerlarda to’ng’izlarning yirik podalari uchratilib, ular o’tgan asr 20 yillarining

o’rtalarigacha turon yo’lbarslarining asosiy ozig’i hisoblangan.

Turon yo’lbarslari to’ng’iz podalarining va asosiy yashash joylari bo’lmagan

to’qayzorlarning qisqarishi oqibatida butunlay yo’qolib ketdi. Kalik

chakolanzorlarda chiyabo’rilar, karagan tulkisi, dasht va to’qay mushuklari

o’zlarining uyalarini quradilar. Bulardan tashqari qo’riqxonada qum tavushqani,

bo’rsiq, quloqdor tipratikan, yulg’un qumsichqani, ko’sichqon, dala

sichqonlarining bir necha turlari yashaydi. Sudralib yuruvchilardan qo’riqxona

uchun suvilon, cho’ldor chipon ilon, o’qilon, cho’l toshbaqasi, sariqilon, cho’l

ilonquyrug’i, suvda va quruqda yashovchilardan yashil qurbaqa va ko’l baqasi

xarakterlidir.

Qo’riqxonada 160 tur qushlarni uchratish mumkin. Zarafshon qayirida bir

necha ming yillar avvalgidek to’qayzorning eng maftunkor qushlaridan biri

37

Page 38: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

bo’lgan zarafshon qirg’ovullari tarqalgan. Qirg’ovullar o’zining chiroyti bilan

to’qayzorni faatgina bezab qolmasdan, balki ko’k lenqdorda zararkunanda

hasharotlarni yeb o’rmon va qishloq ho’jaligiga katta foyda keltiradi. Qirg’ovuldan

tashqari qo’riqxonada ko’k torg’oq, oq qanotli qizilshton, kichik musicha,

zag’izg’on, buxoro chittagi, mayna so’fito’rg’ay, dala chumchuqlari doimiy

yashaydi. Jig’oltoy, tillarang kurkunak, oddiy sog’, to’qay bulbuli kabi qushlar

faqat va yozda uchraydi. Martning oxiri – aprelning boshlarida qo’riqxona

hududiga haqqush uchib keladi. Yaqin kunlargacha bu qush Zarafshon daryosining

butun o’rta oqimi bo’ylab tarqalgan edi. Hazir ularning koloniyasi faqat

qo’riqxonada saqlanib qolingan. Afsuski, to’qayzorlarining ayrim turlari butunlay

yo’qolib ketgan va yo’qolib borishda davom etmoqda. Bular qatoriga O’rta Osiyo

qunduzi, olaqo’zan, targ’il sirtlon, qaraquloq, buxoro bug’usi (xongul) kiradi.

Bundan 100 yil avval buxoro bug’usini O’zbekistonning ko’pchina hududlarida

uchratish mumkin edi. O’tgan asrning 60 yillari o’rtalariga kelib buxoro bo’g’usi

faqat qo’riqxonalarda va hayvonot bog’larida saqlanib qolgan. U halqaro Qizil

Kitobga va O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan. Buxoro bug’usini ovlash hamma

joyda taqiqlangan va qonun bilan ta’qib qilinadi.

Zarafshon vodiysi biologik xilma-xilligi o’z tarkibiga 2588 tur o’simliklarni [12]

olib shundan 10% i Qizil kitobga kiritilgan turlar hisoblanadi. Hayvonot

dunyosidan 4 ming tur umurtqasiz hayvonlardan 50dan ortiq baliqlar, 2 tur suvda

va quruqda yashovchilar, 57 tur sudralib yuruvchilar, 83 tur sut emizuvchilar

kiradi. Qo’rikxona xududiga yashovchi sudralib yuruvchi hayvonlar turlari

O’zbekiston sudralib yuruvchilari hilma-xiligining 98% ini ulardan uch turi Qizil

kitobga kiritilgan turlar hisoblanadi. Ko’riq xonagining sut emizuvchilar faunasi

esa respublika sut emizuvchi hayvonlari turlar tarkibining 77% ini tashkil etib,

ularning 14% i Qizil kitobga kiritilgan turlar hisoblanadi. Biologik xilma-xillik

muhofaza qilinadigan hududlarda ayniqsa samarali muhofaza qilinadi. Zarafshon

vodiysi hududida Zarafshon ko’rikhonasi joylashgan bo’lib, u Zarafshon daryosi

vodiysiga to’qayzorlarni saqlashga qaratilgan. Ko’rikxona xududi 2352 gektar

38

Page 39: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

bo’lib, u Zarafshon daryosining o’ng qirg’og’i bo’ylab eni 300 metrdan 1500

metrgacha bo’lgan tor polosa ko’rinishida cho’zilgan. Ko’rikxonada 868 gektar

maydonni to’qayzorlar egallaydi. 759 gektar maydonni ochiq dalalar tashkil etadi.

725 gektar maydon o’rmon bilan qoplanmagan. Ko’rikxonani tashkil etishdan

maqsad yo’qolib borayotgan Zarafshon qirg’ovuli endemik kenja turi, qimmatbaho

dorivor o’simlik-chakanda solini tiklash va asrash, to’qayzorlarni muhofaza qilish

va ilmiy-izlanishlar olib borishdan iborat. Zarafshon ko’rikhonasining xarakterli

biotopi turli darajada o’zgartirilgan to’qayzorlardir. Lekin ko’rikxona xududini

faqatgina 30% maydoni o’rmon bilan qoplangan. Ko’rikxonaning yuqori qismi

daraxt-butachil o’simliklari bo’lmagan shag’alli maydonlar va chalacho’lli

xududlar bilan qoplangan. Zarafshon ko’rikhonasining florasi 300ga yaqin tur

o’simliklarni o’z ichiga eladi. Ular orasida 6ta oilaga mansub turlar keng uchraydi:

g’alladoshlar – 48 tur, murakkabchuldoshlar 40 tur, dukkakdoshlar – 23 tur,

krestchuldoshlar-20tur, ra’nochuldoshlar – 14 tur. Bu yerda itshumurtsimon

chakanda, ingichna bargli jiyda, vavilon va jungar tollari, shoxlangan cholg’un va

boshqalar keng tarqalgan. O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan O’rta Osiyoning

endemigi bo’lgan Kesselring savrinjoni va Korolkov za’farogi uchraydi.

Kesselring savrinjoni ko’p yilik tuganaktiyozli o’simlik bo’lib, urug’lari orqali

ko’payadi. Vegetasiyasi yanvar oyidan boshlanadi. Zarafshon qayirlari bu nodir

o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam

o’z arealini qisqartirmoqda. Uning och sariq chullari ko’rikxona hududida onda-

soda tog’ oldi hududlarida dengiz sayhidan 800-900 m balandlikda uchrab turadi.

Ko’rikxona hududida 59 tur dorivor o’simliklar: dala qirqbo’g’ini,

qirqbo’g’insimon efedra, jingalak otquloq, tomorqa samizo’ti, zirk va boshqalar,

shuningdek 20 turga yaqin manzarali o’simliklar-kesselring savrinjoni, Korolkov

za’farini o’tloq gerani, Olivyeri gazak o’ti, tatar iqsiomirnoni, yolg’on-siyrak guli

orxis, vavilon toli va boshqalar o’sadi. Bundan tashqari qo’rikxona xududida 23 tur

texnik o’simliklar. Qo’rikxonadan yo’qolib borayotgan relikt o’simlik turlariga har

xil bargli va ko’k bargli teraklar, Turkiston do’lanasichi kiritish mumkin. Bu yerda

39

Page 40: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

ko’k bargli terak o’sadigan umumiy maydoni 14 gektarga teng bo’lgan ikkita

maydon saqlanib qolingan. Ular orasida bir necha o’ylab har xil bargli terakni ham

uchratish mumkin. Turkiston do’lonasi juda kam va yakka-yakka hamda unchalik

katta bo’lmagan guruhlar xosil qilib uchraydi. Yovvoyi holda o’suvchi rezavor-

mevali va mevali o’simliklar to’qayzorlarda yashovchi ko’pincha hayvonlar uchun

muhim ozuqa ahamiyatiga ega. To’qayzorlarda baland daraxt turlaridan shumtol

uchraydi. Jiydali formasiya qayirning o’zanga yaqin joylarida joylashgan bo’lib,

ba’zan ular xilma-xil o’simlik turlari bilan birgalikda o’tib bo’lmaydigan

chakalokzorlar hosil qiladilar. Jiydaning mevalari kattaligi, shakli va rangiga ko’ra

bir-biridan farq qiladi. Tolli formasiyalar daraxtzorlar orasida keng tarqalgan. Bu

formasiyalar jungar toli Vilegeli tollaridan tashkil topadi. Zarafshon ko’rikxonasi

O’zbekiston tekisliklari zonasida chakaldalar saqlanib qolingan yagona xudud

hisoblanadi. Chakalda o’tadigan maydonlar nam shag’alli joylarni egallab, jiyda va

tol daraxtlari bilan birga qalin chakalzorlarni hosil qiladi. Faqat chakanda

o’sadigan maydonlar qo’rikxona hududida 64gektarni tashkipl etadi. Chokanda-

qimmatbaho mevali va dorivor o’simliklar. Qo’riqxona xududida chakanda

o’sadigan maydonlar katta hududlarni egallab, xilma-xil formalar hosil qiladi va

ular har tomonlama o’rganilmoqda. Buta o’simliklaridan qo’riqxona xududida

o’zining to’qay assosiasiyalaridan axamiyatiga ko’ra yulg’un birinchi o’rinda

turadi. Qo’rikhona xududida yulg’un avlodining bir necha turi va gibrid formalari

tarqalgan. To’qayzorlarda ko’pincha sarshoxi yulg’un, shoxlangan yulg’un va

dag’ol o’sadi. To’qayzorlar uchun xos bo’lgan kichik butulardan chinchil

xisoblanadi. To’kayzorlar assosiasiyasida ayrim keng tarqalgan o’tchil o’simliklar

uchraydi. Bularga ravenskiy ernantusi, qilindrsimon imperata, alep jo’xorisi,

tirsakli tulki quyruq, dala yo’ig’ichqasi, oddiy qolish, dalaerkako’ti, ajiriq va

boshqalarni kiritish mumkin. Qo’riqxona hududiga 30 tur sutemizuvchilar, 200

turdan ortiq qushlar, 8 tur sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqda

yashovchilar, 8 tur baliqlar tarqalgan. Baliqlardan 5 turi dag’ora-baliqsimonlar, 2

turi eshvoy baliqlar, 1 turi laqqabaliqlar oilasiga mansub. Suvda va quruqda

40

Page 41: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

yashovchilardan ko’l baqasi keng tarqalgan, yashil qurbaqa esa ancha kamroq

uchraydi. Sudralib yuruvchilar faunasi nisbatan kam sonlidir. Bu yerda Osiyo

ilonqurug’i, tez kaltakesakcha, suvilon, naqshdor chiporilon, kum bug’ma

ilonchasi, o’qilonni uchratish mumkin. Bahor boshlanishi bilan cho’l toshbaqalari

o’z inlaridan o’rmalab chiqadi. Ko’rikxona hududiga qushlar faunasi ancha xilma-

xildir. Bu yerda Osiyo ilonquyrug’i, tez kaltakesakcha, suvilon, naqshdor

chiporilon, kum bug’ma ilonchasi, o’qilonni uchratish mumkin. Bahor boshlanishi

bilan cho’l toshbaqalari o’z ishlaridan o’rmalab chiqadi. Ko’rikxona hududida

qushlar faunasi ancha xilma-xildir. Bu yerda uchraydigan 200 turdan 10 turi

o’troq, 30 turi uyalovchi, 36 turi qishlovchi 100 turga yaqini uchib o’tish vaqtida

doimiy uchrab turadi. Uyalovchi turlar ichida Zarafshon qirg’ovuli, Buxoro

chittagi, mayna, xakka va boshqalar xarakterlidir. Zarafshon daryosining o’rta

oqimlarida ba’zi joylarda unchalik katta bo’lmagan jarliklar uchraydi. Ko’pchilik

uchib o’tuvchi uyalovchi va o’troq qushlar (tillarang kurkunoq, ko’kqarg’a, ko’k

kaptar, qora va kichik uzunqanotlar, dag’cha, mayna, mallabel qaldirg’och, va

boshqalar) bu yerlarda o’z uyalarini quradilar. Qushlarning ko’zi uchib o’tishi

sentyabr oyida boshlanib butun oktyabr va noyabr oylarigacha davom etadi.

Qo’riqhona hududa go’ng qorg’a, zag’cha, qora va kulrang qarg’alar,

chumchuqlar, ayrim shak-shaqlar va boshqalar qishlaydi. Ba’zan qalin qor

yoqqandan so’ng to’qayzorlarga tog’lardan qizil qorinli va oq boshli

qizilquyruqlar, sariq tomoqli chittak, sariq qorinli mezorevka, bigiztulimuqlar

tushib keladi. Qo’riqxonada sut emizuvchilar faunasi kam sonliv va o’ziga xosdir.

Bu yerdagi asosiy turlarni 16tur kemiruvchilar-qumsichqonlar, sichqonlar, shu

jumladan eng yirik tur jayralar va boshqalar tashkil etadi. Bu yerda yulg’un

qumsichqoni va oddiy ko’rsichqonlar, odatdagi, ayrim yilarda esa ko’p sonli turlar

hisoblanadi. Dalasichqonlardan afg’on dalasichqoni, jamoatchi dalasichqon, oddiy

dalasichqon va kaspiy orti dalasichqonlari ko’p uchraydi. Ko’pchilik suv havzalari

sahillarida iqlimlashtirilgan va o’rta Osiyo bo’ylab keng tarqalgan ondatra

uchraydi. Qo’riqxona hududida tovushqonsimonlar turkumida qum

41

Page 42: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

tovushqonisimonlar turkumidan qum tovushqoni yashaydi. Lekin ko’pchilik

hayvonlar singari uning soni ham so’ngi yillarda keskin kamayib ketdi. Yirqich sut

emizuvchilardan chiyabo’ri, karagan tulkisi, korsak, kamdan-kam hollarda

olaqo’zan va latcha uchraydi. Qalin to’qayzorlarda bo’rsiq yashaydi. Qo’riqxonada

ba’zan dasht mushugi va tuqay mushugini uchratish mumkin. Ko’riqxona tashkil

etilguncha qadar bu yerning o’simlik va hayvonot dunyosi ancha ayanchli ahvolda

edi. Hatto sobiq buyurtmaxona (zakazlik) hududida ham daraxt va butalar kesilib

uning o’rniga bu yerlarda ilgari o’smagan o’rmon daraxtlari ekilgan, madaniy

mevali daraxtlar yetishtiriladigan pitomniklar tashkil etilgan. To’qayzorlarning

kesilishi va bu yerlarning qishloq xo’jalik ekin maydonlariga aylantirilishi

mahalliy fauna turlar tarkibining qisqarib ketishiga olib keldi. Buxoro bug’usi,

to’ng’iz, qunduzlar yo’qolib ketdi. Ilgari bu yerlarda uyalagan ko’pchilik yirtqich

qushlar uyalamay qo’ydi va faqat uchib o’tish vaqtida uchraydigan bo’lib qoldi.

Qarg’alar va oq maylaklar uya turmay ko’ydi. Zarafshonning o’rta oqimida

qo’riqxona tashkil etilishi tufayli saqlanib qolindi. Qo’riqxona xodimlarining katta

urinishlariga qaramasdan uning faunasi turlar soni qisqarishda davom etmoqda.

Daryoning gidrologik rejimi buzilishi oqibatida suv va suv oldi majmualari

hayvonot dunyosi kuchli aziyat chekdi. Yani kanallar va ariqlar tashkil etilib, ular

ko’pchilik suv va suv oldi qushlari yashashi uchun yaroqli emas. Zarafshon

daryosining suvi kamaygan vaqtda uning suvsiz, shag’alli o’zanida yashovchi

hayvonlar bu yerlarni tark etadi. Bunday sharoitlarda ilgari ancha boy faunistik

majmuaning turlar tarkibi ancha kamayib ketgan. Faqatgina bahorda va kuzda bu

yerlarda uchib o’tuvchi suv qushlari to’planishadi. Odatda bu yerlarda bir necha tur

qo’tonlar, baliqchiqlar, suv ilonlari, ko’l bakasi, yashil qurbaqa va baliqlar

yashaydi. Qirg’ovullarning o’ziga xos populyasiyasi yuqolib ketish xavfi ostida

turibdi. Haligacha qo’riqxonaning muhofaza qilinadigan hududlarida va

qirg’ovullar kirib boradigan ko’rikxonaga chegaradosh qishloq xo’jalik ekinlari

maydonlarida ularning uyalash va xo’jalarini boqish davrida mol boqish holatlari

kuzatilmoqda. G’o’zani defomasiya qilish davrida kimyoviy preparatlardan

42

Page 43: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

foydalanish qushlarning ommoviy nobud bo’lishiga olib kelmoqda. Bundan

tashqari qo’riqxona hududida brakonyerlik hollari ham kuzatiladi.

Qirg’ovullarning soniga ularning asosiy qishqi ozig’i hisoblangan chakanda va

jiyda hosilining kam bo’lishi ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Co’ngi yilarda bunday

bunday holatlar tez-tez uchrab turadi. Zarafshon suv havzasining buzilgan

ekotizimlarida daraxtlarning zararkunanda hasharotlari (katta tol bargxo’ri va

boshq), va chakanda daraxtining xavfli endomikoz kasalligi keltirib chiqaruvchi

patogen mikroorganizmlar ko’payib ketmoqda. Qo’riqxonada vaqti-vaqti bilan

bo’lib turadigan yong’inlarda ko’plab qirg’ovullar va to’qayzorlarda yashovchi

boshqa hayvonlar nobud bo’ladi. Ko’riqxonada keng miqiyosda biotexnik tadbirlar

majmuasi amalga oshiriladi. Lekin ko’pchilik tadbirlar vaqtinchalik o’tkazilib ular

kam samaralidir. Qirg’ovullarning qishni kamtaloft o’tkazishlari uchun ularga

qo’shimcha oziq berib turishga, yo’ng’ichga, makkajo’xori, bug’day, arna, sut

ekishga, ba’zi yillarda ularning asosiy dushmani bo’lgan chiyabo’rilarni tutib

turishga, yong’inlarning oldini olish chora-tadbirlarni amalga oshirishga to’g’ri

keladi. Ilgari qo’riqxona hududida yashagan oq maylaklar va boshqa turlar

populyasiyalarini qayta tiklash istiqbollari ancha ayanchlikdir. Birinchidan,

ularning soni shu darajaga qisqarib ketdiki, har qanday tabiy tarqalish, oq

maylaklar qo’riqxona hududiga jalb qilingan taqdirga ham bu yerda ularning

yashashi qulay sharoitlar mavjud emas. Qo’riqxona hududidagi kichik oziqlanish

joylari bunday yirik qushlarni qoniqtirmaydi. Qo’riqxona hududidan tashqarida esa

ularni antropogen ta’sirlar – ozuqa yetishmasligi, zaharli kimyoviy moddalar,

bezovtalanish olishi, insonning ta’qib qilishi va hokazorlar kutib turadi. Kalxatlar,

haqqu va boshqa ko’pchilik qushlar ham xuddi shunday ahvolda turibdi. Hongul va

to’ng’izlarga kelsak, qo’riqxona hududida ular uchun qulay bo’lgan yashash

muhitlari juda kam. Buning ustiga qo’riqxonaning aholisi zich bo’lgan Zarafshon

vohasining markazida joylashganligi bu yerda qo’rikxona rejimiga amal qilishni

qiyinlashtiradi. Shunday qilib Zarafshon qo’riqxonasining hozirgi kundagi eng

muhim vazifalaridan biri qo’riqxona hududini kengaytirish va uning atroflarida

43

Page 44: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

halokatli antropogen ta’sirlardan himoya qiluvchi himoya zonalarini tashkil

etishdan iborat. Bu yerda to’qayzorlar ekotizimlari tabiiy qayir rejimini qisman

saqlash va uni tiklash ham ekologik tanglik (inqiroz) bo’sag’asida turgan bu

mintaqa holatini yaxshilashiga imkon yaratadi.

4.1. O’zbekistonda qo’riqxonalarni o’rganish holati.

Qo’riqxonalarni tashkil etilishdan maqsad qo’riqxona territoriyalarida ilmiy–

tadqiqot ishlarini olib – borishdir. Shuning uchun quriqxona ilmiy

tadqiqotchilarining ilmiy izlanishlari ornitofaunani o’rganish salmoqli hissa

qo’shadi. Ammo qo’riqxonada o’tkazilgan tadqiqotlari respublikada shu paytgacha

yoritilmagan.

Zomin qo’riqxonasi (Guralash) 1926 yilda tashkil etilgan bo’lib, shu

paytgacha ornitofaunasi to’liq o’rganilmagan. Qo’riqxona territoriyasida birinchi

materiallar S. K. Dal (1936) tomonidan to’plangan. U yezgi fauna turlarini

ekologik ma’lumotlarsiz keltiradi.

Chotqol qo’riqxonasida ilmiy ishlar yaxshi yo’lga qo’yilgan, ammo qushlar

bo’yicha ma’lumotlar kam. Chotqol tog’lari janubiy – g’arbiy bezmalaridagi kaklik

va boshqa qushlarni ekologiyasiga doir ma’lumotlar M. M. Ostapenko , B. M.

Petrov tomonidan to’plangan.

O’zbekistondagi qo’riqxonalar ichida Nurota qo’riqxonasining

ornitofaunnasi ancha to’qliq o’rganilgan. Qo’riqxona tashkil etilguncha qadar bu

hudud qushlari va sut emizuvchilari faunasiga doir ma’lumotlar R. N.

Meklenbursev tomonidan e’lon qilingan. 1970 yilda qushlar bo’limiga ancha joy

ajratilgan X.S. Salixbayev, D.Yu. Kashkarov, A. Sharipovlarning «Nurota

tizmalari umurtqali hayvonlari ekologiyasi» nomli asari nashrdan chiqdi [17].

Nurota qo’riqxonasi yirtqich qushlari ko’payish ekologiyasiga doir qiziqarli

ma’lumotlar Ye.N. Korshunova va Ye.N. Korshunovalar boshlanidan nashr

qilingan. Gissar qo’riqxonasi territoriyasida maxsus ornitologik tadqiqotlar olib

borilmagan. R. N. Meklenbursev ko’p yillar davomida Kashqadaryo basseyni

44

Page 45: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

qushlar ekologiyasini urgangan, sobiq Kizilqum qo’riqxonasi faunasi barcha B.

Aromov kichik maqola qildirgan.

Payg’ambarorol qo’riqxonasi o’zining orol holatlari va flora, faunasining

xususiyatlari bilan ko’p olimlarni o’ziga jalb qilgan. Bundan tashqari qo’riqxona

ko’p yillar O’z SSR FA cha bo’ylab zoolog va botaniklar uchun tabiiy laboratorii

bo’lib xizmat qilgan. A.G. Bannikov o’zining bir qancha asarlarining

Payg’ambaroralning tabiiy xususiyatlari va faunasiga bag’ishlagan. G.N. Ishunin

Payg’ambaroral quriqxonasi bo’yicha qisqacha spravochnik yozgan. G.N.

Sapojnikov hayvonlar sonining holatini, L.S. Stepanyan orol qishki aviafaunasini

urgangan [33].

Qizilqum quriqxonasida tashkil etilguniga qadar mashhur ornitong N.A.

Gladkov ornitologik tadqiqotlar olib borgan. Qo’riqxona tashkil etilgach bu yerda

A.K. Sagitov., X.V. Salimov quriqxona hududiga birlashgan Amudaryoning chap

qirg’og’ida E. Annayevflar ishlagan .

Baday tuqay qo’riqxonasi Amudaryoning qo’yi qismida joylashgan. Uning

tabiati va faunasi quriqxona tashkil etilguncha qadar to’liq urganilgan/ shuning

uchun barcha faunistik ma’lumotlar 18 yuz yillik oxiriga to’g’ri keladi [17].

Zarafshon vodiysi qushlari to’g’risidagi ilk ma’lumotlar A.P. Fedchenkonnig

hisobotlarida uchraydi. Vodiy ornitofaunasini o’rganish O’zbek davlat universiteti

tashkil etilgach boshlandi. (Dal, Axmedov, Kalujina, Sagitov, Salimov, Laxanov)

[35]. Qo’riqxona tashkil etilgach qushlar X.V. Salimov. A.K. Sagitov, S.E

Fundukchiyev, V.A. Bagdasarova va SamGU umurtkali hayvonlari kafedrasining

a,zolari tomonidan urganildi. 70 yillarda quriqxonaga qushlarning soni va hisobi va

qishqi ornitofaunani urganuvchi Moskva Universiteti zoologlari tashrif bug’ordi.

Shundan xulosa qilish mumkinki, O’zbekiston quriqxonalari maxsus

o’rganilmagan. Barcha ma’lumotlar kam miqdorni tashkil etadi. Faqat Chotqol

quriqxonasida ornitofauna monitoringi o’tkazilgan.

Tabiatni muhofaza chora-chora tog’ birlarini yaxshilash uchun ornitologiya

tadqiqotlarni keskin ravishda yaxshilash lozim.

45

Page 46: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

4.2. Zarafshon quriqhona hududida qushlar turlari va ekologik guruhlari.

Zarafshon davlat kurikxona xududida 200 turdan ziyed kushlarni uchratish

mumkin.

Zarafshon qirg’ovuli – O’rta Osiyodagi eng chiroyli va taniqli qushlardan

biri. Zarafshon kayiriga bundan bir necha ming ilgari zarafshon kirgovuli kelgan.

Erkaklari turli chiroyli rangda tovlanadi, urg’ochilari oddiy himoya rangida

bo’ladi. Qirg’ovul daryo vodiylarida tarqalgan bo’lib, u yerdagi to’qayzor,

qamishzorlarda va vohalar chekkasida yashaydi. Uyasini yerga quradi. Urg’ochisi

8-12 tagacha och yashil-jigar rang tuxum qo’yadi. Jo’jalari tuxumdan chiqqan

birinchi kuniyoq uyasini tark etadi va onasining ketidan ergashib yuradi.

Qirg’ovullar xilma-xil oziq bilan oziqlanadi, o’tlarning ko’k poyasini, urug’larini

va hasharotoarni yeydi. Ular ozig’i ichida to’qayzorlarda o’sadigan jiydaning

mevasi alohida o’rin tutadi. Kolgan kirgovuldan tashkari kurikxonada doim

yashovchi kushlardan ok kanotli kizilishton, musicha, xakka, buxoro chittagi,

karkunok , janub bulbuli va boshka kushlar uchraydi. Mart oxiri, aprel oyi

boshlarida xakkush uchib keladi. Bu kush yakin yillargacha butun Zarafshonnning

urta okimi buylab tarkalgan edi. Xozir esa uning katta bir koloniyasi fakat

kurikxonada saklanib kolgan. Kamishli chakalakzorlarda kugazorlarda kamishkush

in kuradi. Daryo suviga yakin yerlarda cho’l tentakkushi, suvtorgok, childok,

balikchikushlar in yasadi. Dare urta okimining jarli kirgoklarida kukkarga,

kukkaptar,kora va kichik uzun kanotlar va kirgok kaldirgochlari in kuyadilar.

Kurikxonada ok va kuk kutonlar, karchigaylar,kargalar , va boshka kushlar

kishlaydilar

Quloqdor yapalakkush o’rtacha kattalikda bo’lishi va boshidagi quloqqa

o’xshash patlari bilan boshqa qushlardan farq qiladi. Kattaligi taxminan qarg’adek

keladi. Ba’zan tug’aylarda yoki tog’li o’rmonlarda uya qurishi mumkin, lekin

odatda, u qishda uchraydi. Bu vaqtda quloqdor yapaloq qushlar 20-30 tadan bo’lib

galalashib, tukaylarda, eski bog’larda va parklarda to’planib, bitta daraxlarga

kungan holda kun buyi harakatsiz o’tiradi. Kechqurun ular sichqon va boshqa

46

Page 47: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

kemiruvchilarni axtarib uchib ketadi. Bu qush foydali bo’lganligi uchun ehtiyet

kilish kerak.

Kulrang pashshaxur – tog’lardagi bargli o’rmonlarning xarakterli vakili,

chumchuqdan bir oz kichikroq bo’lgan oddiy tusdagi qush. U daraxtning cheka bir

shoxchasiga soatlab kunib o’tiradi. Uchib ketayotgan kapalak yeki qo’ng’izni

ko’rgach, keskin sakrab o’ljasini tutadi, keyin yana joyiga kelib kunadi.

Hasharotlar bilan oziqlanadi.

Xakkush – qargadan bir oz katta bo’lgan kichik kuton. Buyi va oyoqlarining

kalta – bulishi bilan boshqa kutonlardan farq qiladi. Daraxtlarga uya quradi,

ko’pincha koloniya bo’lib yashaydi. 4-5 tadan havorang tuxum quyadi. Hakkush

mayda baliqlar, chuvalchang, itbaliq va boshqa mayda jonivorlar bilan oziqlanadi.

Zarafshon qurikhona hududida yashovchi qushlarni 5 ekologik guruhlariga bo’lish

mumkin/ (4.2.1-jadval)

4.2.1-jadval

Zarafshon qurikhona hududida qushlar turlari va ekologik guruhlari.

(Belyalova L.E.,2011)

№ Qush turi

Uya

qu

ruvc

hi

Uch

ib o

’tib

ketu

vchi

Qis

hlov

chi

O’tr

oq

Taso

difa

n o’

chib

ke

lgan

1 2 3 4 5 6 71 Oq laylak + +2 Yovvoyi o’rdak + +3 Churrak + +4 Qora kalxat +5 Sor +6 O’tloq bo’ktarchisi +7 Dala bo’ktarchisi + +8 Botqoq bo’ktarchisi +9 Miqqiy +10 Jig’altoy +11 Bedana + +

47

Page 48: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

12 Zarafshon qirg’ovuli +13 Kulrang turna + +14 Baliqchi qush +15 Qoraqanot baliqchisi +16 Loyxo’rak + +17 Fifi +18 Ko’l baliqchisi + +19 Daryo chigirtkasi +20 Ko’k kaptar + +21 G’urrak + +22 Musicha + +23 Uy boyo’g’lisi + +24 Cho’l sog’i +25 Ko’k targ’oq + +26 Tilla kurkunak +27 Yashil kurkunak +28 Turkiston ko’k qarg’asi +29 Sassiqpopishak + +30 Qora uzunqanot +31 Oq qorinli uzunqanot +32 Oq qanotli qizilishton + +33 Dala to’rg’ayi + +34 Kichik dala to’rg’ayi + +35 So’fito’rg’ay + +36 Dasht to’rg’ayi + +37 Ikki dog’li to’rg’ay +38 Qishloq qaldirg’ochi +39 Sariq belbog’li

qaldirg’och+

40 Hind zarg’aldog’i +41 Zag’izg’on + +42 Ola qarg’a + +43 Qora qarg’a + + +44 Go’ng qarg’a + + +45 Zog’cha + + +46 Vahmaqush + +47 Lazorevka + +48 Buxoro chittagi + +49 Oq jiblajibon + +50 Sariq jiblajibon + +51 Kulrang pashshaxo’r + +

48

Page 49: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

52 Qorabosh chekan +53 Qora chekan +54 O’ynoqi

toshsirchumchuq+

55 Qizil yelkali qizilquyruq +56 Janub bulbuli +57 To’qay bulbuli +58 Qorato’sh shaqshaq + +59 Qora shaqshaq + + +60 Ola shaqshaq +61 Bo’z shaqshaq +62 Varakushka +63 Yashil penochka +64 Burgalaklar +65 Shaqshaqsimon to’rg’ay

chumchug’i+

66 Hind to’qay chumchug’i +67 Bulbulnamo chirildoq + +68 Qarchig’ay moyqut +69 Kulrang moyqut + +70 Korolyok +71 Yo’rg’a to’rg’aylari +72 Uzun dumli karqunoq + +73 Ola to’g’anoq +74 Qora peshonali karqunoq75 Oddiy chug’urchiq + + + +76 Ola chug’urchiq + + +77 Mayna + +78 Qamishzor

dehqonchumchug’i+

79 Oddiy dehqonchumchuq +80 Tariqxo’r

dehqonchumchuq+

81 Sariq dehqonchumchuq + +82 Oq qalpoqli

dehqonchumchuq+

83 Uy chumchug’i +84 Hind chumchug’i + +85 Ispan chumchug’i + +86 Dala chumchug’i + +87 qizilto’sh +88 Yurok +

49

Page 50: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

89 Bo’z vyurok +90 Oddiy qizilbosh +91 Sa’va +92 Ko’k tumshuq +93 Tariq chumchuq +94 Sviristel +95 Bigiztumshuq +

50

Page 51: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

Xulosalar

Adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish va shaxsiy kuzatishlar

natijalariga tayangan holda biz qo’yidagi xulosalarga keldik:

1. Zarafshon qo’riqxonasida sharoitida buxoro chittak -doimiy, ku’p sonli,

u'trok t qush hisoblandi

2. Buxoro chittak – dendrofil qush sanaladi, daraxtlarda uya quradi. Uya

qurishiga martga yarimida kirishadi.

3. Iyunning – birinchi dekadasida ommaviy tarzda tuxum qo’yishiga kirishadi,

uyada to’liq tuxumlar son 5-8 ta tuxumdan iborat. Oxirgi tuxumdan oldingisi

qo’yishi bilan tuxum bosish boshlanadi. Inkubasion davr davomiyligi 13-14

kun. Tuxumlarni 2 ta qush ham bosib yotadi.

4. Polaponlar tanasi yalang’och, ko’zlari nomuq bo’ladi. Uya davri 16-17 kun.

5. Buxoro chittak oziqlanish xarakteriga ko’ra – entomofag. Zararli

hasharotlarni quruvchi foydali qush

51

Page 52: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

Tavsiyalar

1. Malakaviy bitiruv ish materiallari tabiatni muhofaza qilishga oid

bukletlar, plakatlar, bromyuralar. Albomlar tayerlashda foydali axborot manbai

sifatida foydalanishi mumkin. Hamda kishlok xujalik korxonalarda foydalanish

mumkin.

2. Malakaviy bitiruv ish materiallari maktab, akademik lisey, kasb – hunar

kollejlari o’qituvchilari tomonidan biologiya va tabitshunoslik darlarga tayerlik

ko’rishda « xalkaro tabiatni muhofaza kilish qush » kabi ekologik bayramlarni

tayerlashda va ularni utkazishda sinfdan tashkari ishlari olib borishda foydalanish

mumkin.

52

Page 53: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati

1. Абдусалямов И.А. Фауна Таджикской ССР. – Т. XIX. – ч. 2. – Душанбе,

1971.

2. Аннаева Э.Ч. Птицы культурного ландшафта среднего течения реки аму-

Дарьи. Автореф. канд. дисс.- Самарканд,1970

3.Абреимов Т. Птицы тугаев и прилегающих пустынь низовьев Аму – Дарьи

- Ташкент, 1981.

4.Абдреимов Т. Материалы к экологии большой синицы в условиях

Бадайтугая.- « Экология млекопитающих иптиц Каракалпакии»,1972

5.Богданов А.Н. Птицы бассейна реки Зарафшан //Тр. института зоологии и

паразитологии. АН УзССР – т.5.- Ташкент, 1956.

6.Богданов О.П. Животные Узбекистана.- Ташкент,19

7.Багдасарова В.А., Фундукчиев С.Э. Зарафшанский государственный

заповедник // В кн.:Заповедники СССР.- М.,1990.

8.Даль С.К. Позвоночные низовьев реки Зарафшан. //Тр. Уз ТУ – Т. 7.

Самарканд, 1936.

9.Даль С.К. К изучению наземных позвоночных систем Зарафшанского и

Туркестанского хребтов. //Тр. УЗГУ. – т.7. – Самарканд, 1936

10.Дементьев Г.П., Гладков Н.А., Судиловская А.М. Птицы Советского

Союза. Москва, Наука, 1954. – Т.6.

11.Зарудный Н.А. Заметки по орнитологии Туркестана. //Орнитологический

вестник. - №1. – 1915.

12.Закиров К.З. Флора и растительность бассейна реки Зеравшан. Ташкент,

1955. – 207 с.

13.Захидов Т.З., Мекленбурцев Р.Н. Природа и животный мир Средней Азии.

Ташкент, Ўқитувчи, 1969. – Т.1. – 426 с..

14.Иванов А.И. Птицы Таджикистана. Л-М., Изд-во АН СССР, 1940.- 300 с.

15. Иванов А.И. Птицы Памиро-Алая. – Л., 1969

53

Page 54: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

16. КовшарьА.Ф.

17. Ковшарь А.Ф. Орнитологи Казахстана и Средней Азии : ХХ век. Алма-

ата,2003

18. Красная книга Узбекской ССР. – Ташкент, 2006.

19.Козлова Е.В. Оседлыыыыыыые икочующие птицы южных склонов

Гиссарского хребта. // Тр. Зоол.ин-та АН СССР.-Т.8,Л.,1949

20. Лакин Г.Ф. Биометрия. – М., 1990. – 352 с.

21.Лаханов Ж.Л. Ўзбекистоннинг умуртқали ҳайвонларининг аниқлагичи.

Тошкент, 1988

22.Лидский С.А. Предварительный отчет о поездке в Туркестанский край и

Бухару летом 1887 г. //Тр. Спб. об-ва естествоиспытателей. Отд. зоол. и

физиол. – 1888. – Т.19

Мальчевский С.М. Гнездовая жизнь певчих птиц. //Бюллетень МОИП, отд.

биол. – т.64. – вып.3. – 1960

23.Мальчевский А.С. Методика прижизненного изучения питания гнездовых

птиц. //Зоол.журнал, 1953. – т.35, №2.

24.Мармазинская Н.В., Фундукчиев С.Э. разнообразие позвоночных

животных Зарафшанского заповедника. //Тр. заповедников Узбекистана. –

вып.4-5. – Ташкент, 2004.

25. Маслов Н.М. Птицы Бухарской области. //Тр. Бух.гос.пед.ин-та. – Бухара,

1947.

26.Мирзаев У.Т. Рыбы Зарафшанского заповедника. //Тр. заповедников

Узбекистана. Вып.2. – Ташкент, 1997.

27. Мекленбурцев Р.Н. Материалы по фауне птиц и млекопитающих хребта

Нура- Тау. // Тр. САГУ, серия УШ-а. Зоология. – Вып. 26- Ташкент, 1937

28.Новиков Г.А. Полевые исследования экологии наземных позвоночных

животных. М., 1953.

29.Попов А.В. Птицы Гиссаро-Каратегина. //Эколого-географический очерк.

– Сталинабад, 1959. – 184 с.

54

Page 55: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

30. Потапов Р. Труды Заповедника «Тигровая балка». Душанбе, 1953.

31.Салимов Х.В. Фауна и экология птиц тугаев Зарафшанской долины

// Дисс. на соис. уч.степени канд. Биол. наук. Самарканд, 1975.

32. Сиязов К.А. Биотопические особенности бассейна Зарафшана //Тр

УзГУ,1937

33. Сагитов А.К. Состояние изученности орнитофауны заповедников

Узбекистана. //Тез. докладов Всесоюз. науч. конф. Географические проблемы

заповедного дела.- Самарканд,1986. С.116-118.

34.Сагитов А.К. Птицы Узбекистана. – Ташкент, 1990. – т.2.

35. Сагитов А.К., Бакаев С.Б. Видовой состав птиц низовьев бассейна реки

Зарафшан. //Материалы XXIV науч.конф.проф.-преп. состава биол. ф-та

СамГУ. – Самарканд, 1967.

36. Степанян Л.С. Конспект орнитологической фауны СССР. – М., 1990.

Сопыев О. О гибели кладок и птенцов в пустыне. « Изв. АН ТССР».- серия

биол. наук. _Вып.».-1967

37.Ташлиев О.О., Сухинин А.Н. Птицы культурного ландшафта.- Ашхабад,

1967

38.Федченко А.П. Путешествие в Туркестан. //Изв. Имп. об-ва любителей

естествознания, антропологии и этнографии. – т.11.-вып.7.-1875.

39.Фундукчиев С.Э., Джаббаров А.Д. Методическое руководство к летней

практике по зоологии позвоночных. Самарканд, 1995. – 55 с.

40.Шмальгаузен И.М. Определение основных понятий и методика

исследования роста. //Рост животных. М.-Л., 1935.

41.Шульпин Л.М.Материалы по фауне птиц заповедника аксу-Джабаглы

(Талласский Алатау// Тр.Ин-та зол.АН Каз ССР,1961,-Т.15.С.147-160

42.Шестоперов Е.Л. Материалы по вопросам охотничье-промыслового

хозяйства Ташаузского округа. – Бюлл. Туркм. н.-и зоол.станция. №1, 1936.

43.Янушевич А.И. и др. Птицы Киргизии: Т II ,1961.

55

Page 56: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda

44.Carruthers D. On the Birds of Zarafschan Basis in Russian Turkestan. – ibis,

1910.

45.London H.B. Meine dritte Reise nach Centralasien und ihre ornitologische

Ausbente- Journal fur Ornithologie/ Heft.1. – LVIII, 1909.

46.Pleske Th. Revision der turkestanischen Ornis Met.Acad.Sci. St-Peterb. VII ser

XXXVI – 1888

47.www.ecosystem.ru

48.www.bird.com

56