go zal va betakrorimsan muqaddas v jonim senga …buyuk yurtning farzandlari buyuklikni asramoqqa...

8
25 Biz nimani istaymiz - ona Vatanimizda tinchlik va omonlik bo`lishini istaymiz. Boshqalarga ham shuni tilaymiz. I.A.Karimov Bugungi kunda vatanimiz eng rivojlanib borayotgan mamlakatlardan biridir. Mustaqillikka erishgan kunimizdan boshlab, bugungi kunga qadar juda ko`p islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlarning barchasi avvalo biz insonlarning tinch, osoyishta, to`kin-sochin, farovon yashashimiz uchundir. Muhtaram yurtboshimiz I.A. Karimov “ Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun”, - deb bejiz ta`kidlamaganlar. Biz buyuk kelajak sari dadil qadam tashlayotgan mamlakatning farzandlarimiz. Bugun O`zbekiston eng ilg`or mamlakatga aylanib ulgirdi. Har bir sohada erishayotgan yutuqlarimizni ko`rib, butun dunyo bizga havas bilan qaramoqda. Bizning tutgan yo`limizdan o`zi uchun o`rnak olmoqda. Lekin bugun butun dunyo mamlakatlariga tahdid solayotgan bizga yot bo`lgan buzg`unchi g`oyalar ham mavjudki, bugun bu muammolar global qiyofa kasb etmoqda. Global arakterga ega bo`lgan diniy ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, missionerlik, odam savdosi kabi inson ma`naviyatiga ta`sir etuvchi oqimlar paydo bo`ldi. Jamiyatimizda milliy va diniy qadriyatlar uyg`unligiga erishish, diniy bag`rikenglik hamda millatlararo totuvlikni ta`minlash, diniy ekstremistik va terroristik buzg`unchi g`oyalarga qarshi yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularda ajdodlarimiz me`rosiga nisbatan faxr va iftixor tuyg`ularini uyg`otish davr talabiga aylanmoqda. Bunday tahdid solayotgan, global qiyofa kasb etgan diniy ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, missionerlik, odam savdosi kabilar yoshlar ongini zaharlab, mamlakatning tinchlikdek buyuk ne`matiga rahna solmoqda. Bu orqali moddiy daromad ko`rib o`z nafsini qondirishni maqsad qilgan g`arazli kimsalar mana shunday buzg`unchi g`oyalarni tadbiq qilmoqda. O`z domiga tortish uchun har xil yo`llardan foydalanmoqda. Bu haqida Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: “Hozirgi vaqtda dunyoning uzoq- yaqin turli hududlarida yuz berayotgan tashvishli voqealar, jumladan, bizning mintaqamizda, yon atrofimizda kuchayib borayotgan havf - xatarlar, qonli to`qnashuvlar , siyosiy va iqtisodiy qarama-qarshiliklar, terrorizm, radikalizm narkotrafikning toboro avj olayotgani tinchlik va barqarorlikka qanday katta tahdid tug`dirayotgani haqida, o`ylaymanki, ortiqcha gapirib o`tirishning hojati yo`q. Mana shunday toboro keskinlashib borayotgan bir vaziyatda, biz ushyorlik va sergakligimizni yo`qotmasdan, kimlar bizga hayrixoh, kimlar g`arazli ko`z bilan qarayotganini, bugungi hayot, bugungi davr bizning oldimizga qanday o`tkir talab va vazifalarni qo`yayotganini chuqur anglab, ogoh, sezgir va safarbar bo`lib yashashimiz talab qilinmoqda”. Bugungi butun dunyoda yuz berayotgan globallashuv jarayonlari, turli axborot hurujlari va mafkuraviy tahdidlar bizni ogoh bo`lishga undaydi. Zero, ogohlik davr talabidir. Ana shunday shiddatli bir davrda mamlakatimizda ijtimoiy-diniy muhitni sog`lomlashtirish ma`naviy-ma’rifiy ishlarni jadallashtirish, ajdodlarimiz me`rosini o`rganib, uni yoshlar ongiga singdirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Diniy ekstremizm va terrorizm kabi tushunchalarning o`zini tahlil qilsak, ektremizm lotincha so`zdan olingan bo`lib, “aql bovar qilmas darajada, haddan oshish” degan ma`noni anglatadi. Ekstremizm jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid bo`lgan, keskin fikrlar, qarashlar va harakatlarni anglatadi. Bunday harakatlarga diniy tus berish diniy ektremizmga olib keladi. Diniy ekstremizm jamiyat uchun an`anaviy bo`lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish ularga zid bo`lgan g`oyalarni aldov va zo`rlik bilan targ`ib qilishga asoslangan buzg`unchi harakatlardir. Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy sababi bu mutaassiblikdir. Mutaassiblik bu “fanatizm” fransuzcha “ibodat” ma`nosini anglatadi. Muayyan g`oyalarning to`g`ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilish, “o`zgalar” va “o`zgacha” qarash g`oyalariga murosasiz munosabatda bo`lish va boshqa mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon bo`ladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo`nalishlar orasida keskin nizo va to`qnashuvlar kelib chiqishiga sababchi bo`lgan. (davomi 2-sahifada) 2016 yil Iyun 6 (756) GOZAL VA BETAKRORIMSAN, MUQADDAS VATANIM, JONIM SENGA FIDO, O‘ZBEKISTONIM! “MEN DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZM TAHDIDINI QANDAY TUSHUNAMAN?”

Upload: others

Post on 30-Jul-2020

20 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: GO ZAL VA BETAKRORIMSAN MUQADDAS V JONIM SENGA …Buyuk yurtning farzandlari buyuklikni asramoqqa hamisha tayyor. Mohinur Jo’rayeva ToshDAU, 1 bosqich 56 guruh talabasi 6 (756) IYUN

25

Biz nimani istaymiz - ona Vatanimizda tinchlik va omonlik

bo`lishini istaymiz. Boshqalarga ham shuni tilaymiz.

I.A.Karimov Bugungi kunda vatanimiz eng rivojlanib borayotgan

mamlakatlardan biridir. Mustaqillikka erishgan kunimizdan boshlab, bugungi kunga qadar juda ko`p islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlarning barchasi avvalo biz insonlarning tinch, osoyishta, to`kin-sochin, farovon yashashimiz uchundir. Muhtaram yurtboshimiz I.A. Karimov “ Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun”, - deb bejiz ta`kidlamaganlar. Biz buyuk kelajak sari dadil qadam tashlayotgan mamlakatning farzandlarimiz. Bugun O`zbekiston eng ilg`or mamlakatga aylanib ulgirdi. Har bir sohada erishayotgan yutuqlarimizni ko`rib, butun dunyo bizga havas bilan qaramoqda. Bizning tutgan yo`limizdan o`zi uchun o`rnak olmoqda. Lekin bugun butun dunyo mamlakatlariga tahdid solayotgan bizga yot bo`lgan buzg`unchi g`oyalar ham mavjudki, bugun bu muammolar global qiyofa kasb etmoqda.

Global arakterga ega bo`lgan diniy ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, missionerlik, odam savdosi kabi inson ma`naviyatiga ta`sir etuvchi oqimlar paydo bo`ldi. Jamiyatimizda milliy va diniy qadriyatlar uyg`unligiga erishish, diniy bag`rikenglik hamda millatlararo totuvlikni ta`minlash, diniy ekstremistik va terroristik buzg`unchi g`oyalarga qarshi yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularda ajdodlarimiz me`rosiga nisbatan faxr va iftixor tuyg`ularini uyg`otish davr talabiga aylanmoqda. Bunday tahdid solayotgan, global qiyofa kasb etgan diniy ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, missionerlik, odam savdosi kabilar yoshlar ongini zaharlab, mamlakatning tinchlikdek buyuk ne`matiga rahna solmoqda. Bu orqali moddiy daromad ko`rib o`z nafsini qondirishni maqsad qilgan g`arazli kimsalar mana shunday buzg`unchi g`oyalarni tadbiq qilmoqda. O`z domiga tortish uchun har xil yo`llardan foydalanmoqda. Bu haqida Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: “Hozirgi vaqtda dunyoning uzoq-yaqin turli hududlarida yuz berayotgan tashvishli voqealar, jumladan, bizning mintaqamizda, yon atrofimizda kuchayib borayotgan havf - xatarlar, qonli to`qnashuvlar , siyosiy va iqtisodiy qarama-qarshiliklar, terrorizm,

radikalizm narkotrafikning toboro avj olayotgani tinchlik va barqarorlikka qanday katta tahdid tug`dirayotgani haqida, o`ylaymanki, ortiqcha gapirib o`tirishning hojati yo`q.

Mana shunday toboro keskinlashib borayotgan bir vaziyatda, biz ushyorlik va sergakligimizni yo`qotmasdan, kimlar bizga hayrixoh, kimlar g`arazli ko`z bilan qarayotganini, bugungi hayot, bugungi davr bizning oldimizga qanday o`tkir talab va vazifalarni qo`yayotganini chuqur anglab, ogoh, sezgir va safarbar bo`lib yashashimiz talab qilinmoqda”.

Bugungi butun dunyoda yuz berayotgan globallashuv jarayonlari, turli axborot hurujlari va mafkuraviy tahdidlar bizni ogoh bo`lishga undaydi. Zero, ogohlik davr talabidir. Ana shunday shiddatli bir davrda mamlakatimizda ijtimoiy-diniy muhitni sog`lomlashtirish ma`naviy-ma’rifiy ishlarni jadallashtirish, ajdodlarimiz me`rosini o`rganib, uni yoshlar ongiga singdirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Diniy ekstremizm va terrorizm kabi tushunchalarning o`zini tahlil qilsak, ektremizm lotincha so`zdan olingan bo`lib, “aql bovar qilmas darajada, haddan oshish” degan ma`noni anglatadi. Ekstremizm jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid bo`lgan, keskin fikrlar, qarashlar va harakatlarni anglatadi. Bunday harakatlarga diniy tus berish diniy ektremizmga olib keladi. Diniy ekstremizm jamiyat uchun an`anaviy bo`lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish ularga zid bo`lgan g`oyalarni aldov va zo`rlik bilan targ`ib qilishga asoslangan buzg`unchi harakatlardir. Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy sababi bu mutaassiblikdir. Mutaassiblik bu “fanatizm” fransuzcha “ibodat” ma`nosini anglatadi. Muayyan g`oyalarning to`g`ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilish, “o`zgalar” va “o`zgacha” qarash g`oyalariga murosasiz munosabatda bo`lish va boshqa mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon bo`ladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo`nalishlar orasida keskin nizo va to`qnashuvlar kelib chiqishiga sababchi bo`lgan.

(davomi 2-sahifada)

2016 yil Iyun 6 (756)

GGOO’’ZZAALL VVAA BBEETTAAKKRROORRIIMMSSAANN,, MMUUQQAADDDDAASS VVAATTAANNIIMM,, JJOONNIIMM SSEENNGGAA FFIIDDOO,, OO‘‘ZZBBEEKKIISSTTOONNIIMM!!

“MEN DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZM TAHDIDINI QANDAY TUSHUNAMAN?”

Page 2: GO ZAL VA BETAKRORIMSAN MUQADDAS V JONIM SENGA …Buyuk yurtning farzandlari buyuklikni asramoqqa hamisha tayyor. Mohinur Jo’rayeva ToshDAU, 1 bosqich 56 guruh talabasi 6 (756) IYUN

Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o`zlari qilayotgan ishlari to`g`ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholangki, ularni bu yo`lga boshlagan qo`shtirnoq ichidagi rahnomolar g`ayriinsoniy maqsadlarni ko`zlaydi. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, Eng achinarlisi shundaki, bu yovuz kimsalar hali ongi shakllanib ulgurmagan tajribasiz, g`o`r yoshlarni o`z tuzog`iga ilintirib, ulardan o`zlarining iflos maqsadlari yo`lida foydalanmoqdalar. Bu esa islomning insonparvarlik g`oyalarini obro`sizlantirishga olib kelmoqda. Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik g`oyalarning tarqalishiga sabab bo`lishi mumkin. Bu jarayonnig eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimyatga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, qo`poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g`arazli manfaatlarini ro`yobga chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo`ladi.

Hozirgi davrda ko`plab ekstremistik guruhlar va aqidaparastlar turli dinlar jumladan xristianlik, islom, yahudiylik dinlari ta`limotini noto`g`ri talqin qilmoqdalar. Buning natijasida esa jamiyatda tartibsizlik va beqarorlik kelib chiqadi. Bizning xalqimizga xos bo`lgan eng yaxshi odatlarimizdan biri shuki, dasturxon atrofida albatta mana shunday ajoyib tinch yurtda yashayotganligimizga shukronalar keltirib, yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo`lishini niyat qiladi. Tinch yurtda yashayotganligimiz bizning baxtimiz. Tinchligimizni ko`rolmagan, mana shunday tinch yurtni tinchligini buzishga uringan, beqarorlikni targ`ib qilgan kimsalar bugun avj olib ketdi. Dunyoda yana shunday g`arazli yovuz insonlardan tashkil topgan terroristik guruhlar ham mavjud. Bunday kimsalarga nisbatan inson degan so`zni ishlatishning o`zi noto`g`ri. Ular inson qiyofasidagi hayvondir. Ularda ong, aql yo`q.

Terrorizm so`zi lotincha so`z bo`lib, “qo`rqitish”, “vahimaga solish” degan ma`noni anglatadi. Insonlarni ongida qo`rquv va vahima uyg`otish jamiyatda tartibsizlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallashga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Terrorchilar ham dindan niqob sifatida foydalanadi. Terrorizm ham global xarakterga ega bo`lib, bugungi kunda xalqaro terrorizm shaklini olgan. Terrorizm ham eng og`ir jinoyatlardan biridir.

Xalqaro terrorizm ayniqsa XX asr boshlarida avj ola boshlagan. Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikni yo`lga qo`yilishi o`tgan

asrning 30-yillaridan boshlangan. 1937-yilda 20 dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi konvensiya imzolandi. Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini ta`kidlash zarur. 1970-yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terrorchilik harakatlari, hozirda jamoat joylarida portlashlarni sodir etish orqali ko`plab tasodifiy kishilarning qurbon bo`lishiga olib keladigan qo`poruvchiliklarni amalga oshirmoqda.

Bugun dinni niqob qilgan ekstremistik va terroristik guruhlar o`z maqsadlarini amalga oshirish uchun xalqlar o`rtasida millatchilik va diniy ayirmachilikni keltirib chiqarish orqali bir davlatda yashayotgan turli millat vakillari o`rtasida milliy va diniy nizo va janjallarni vujudga keltirishga urinmoqda. Ma`lumotlarga qaraganda hozirgi kunda 500ga yaqin terroristik guruhlar faoliyat yuritib, ular yiliga 300-600 tagacha jinoyat sodir etishar ekan.

Bularning barchasi ya`ni bunday oqimlar bugungi tinch, osoyishta hayotimizga rahna solmoqda. Tinchlikdek buyuk ne`matning qadriga yetmagan kimsalar mana shunday zulmatni tanlamoqda. Shunday yovuz kimsalarni deb, dunyodagi insonlar jabr ko`rmoqda. Bularning barchasi tinchlikka qarshi qaratilgan kuchlar ekanligini bilgan holda mamlakatimizni asramog`imiz kerak. Biz farzandlar bugunning nihollari bo`lsak, ertaning daraxtlari, bog`larimiz. O`zidan ziyo taratayotgandek ko`rsatadigan bunday oqimlar yo`lining oxiri zulmatdir. O`zini din peshvosi deb bilgan bunday kimsalarga biz qarshimiz! Biz yoshlar uchun hamma sharoitlar yaratilgan yurtda yashayotganligimizdan faxrlanamiz, shukronalar aytamiz. Biz uchun tinchlik kerak. Tinchlik bor yurtda rivojlanish bo`ladi. Bu haqida Prezidentimiz ham shunday deganlar: “Biz uchun tinchlik va omonlik kerak. Haqiqatdan ham, yurtimizdagi qaysi xonadonga kirmang, qariyalarimiz duoga qo`l ochib, yaratgandan avvalo el-yurtimizga tinchlik va omonlikni so`raydi. Turli balo-qazolar bizga yaqin kelmasin, ostonamizga yo`lamasin. Farazndlarga, nabiralarga uzoq umr, baxt tilaydi. Chunki xalqimiz tinchlik bo’lsa, farovonlik va taraqqiyot bo’lishini yaxshi biladi, tinchlikni qadr-qimmatini yaxshi anglaydi”.

Hamma narsaning borida qadriga yetish zarurligini bilamiz. Dunyoga xavf solayotgan bunday yovuz oqimlar: diniy ekstremizm, terrorizm, missionerlik, aqidaparastlik, odam savdosi kabilar o’zbekistonlik yoshlarni o’z domiga torta olmaydi. Biz bilim o’rganib, yurtimizga nafimiz tegadigan farzandlar bo’lamiz. Buyuk yurtning farzandlari buyuklikni asramoqqa hamisha tayyor.

Mohinur Jo’rayeva

ToshDAU, 1 bosqich 56 guruh talabasi

6 (756) IYUN 2016 yil

OGOHLIK DAAVR TALABI

Page 3: GO ZAL VA BETAKRORIMSAN MUQADDAS V JONIM SENGA …Buyuk yurtning farzandlari buyuklikni asramoqqa hamisha tayyor. Mohinur Jo’rayeva ToshDAU, 1 bosqich 56 guruh talabasi 6 (756) IYUN

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA BO‘SH ISH O‘RINLARI

YARMARKASI TASHKIL ETILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Toshkent viloyati bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, Fermerlar kengashi, «O‘zvinosanoat-xolding» kompaniyasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir bitiruvchilarga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashish uchun imkoniyat yaratdi. Ular korxona va tashkilotlar, muassasalar, xususiy firmalar tomonidan o‘rnatilgan ko‘rgazmali vositalar yordamida mavjud ish o‘rinlari, talab va takliflar haqida batafsil ma’lumot oldilar.

– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishini

tamomlamoqdaman, – deydi Samar Mahmudov. – Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha taklif etilayotgan bo’sh ish o‘rinlari menga ma’qul bo‘ldi.

Yarmarkada qirqdan ziyod tashkilot ikki yuzga yaqin bitiruvchi bilan mehnat shartnomalari tuzdi.

Tadbir doirasida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilari uchun «Ochiq eshiklar kuni» ham tashkil etildi. O‘quvchi-yoshlar agronomiya, meva-sabzavotchilik va uzumchilik, seleksiya, zootexniya, ipakchilik, o‘rmon xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar kabi bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“Kamolot” aksiyasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mamlakatimiz mustaqilligining

yigirma besh yilligiga bag‘ishlab “25” nomli aksiya o‘tkazadi. Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilgan matbuot

anjumanida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari F.Muhammadjonova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati harakat oldiga muhim vazifalar qo‘yayotganini ta’kidladi.

Yig‘ilishda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkaziladigan “25” aksiyasida yoshlar o‘rtasida mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib etuvchi ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Aksiya doirasida “Mustaqillik mening taqdirimda” mavzuida taqdimotlar tanlovi, “Eng ulug‘ va eng aziz” shiori ostida eng sara video va audiotabriklar, “Vatanimga dil izhori” shiori ostida fotosuratlar va videoroliklar tanlovi o‘tkaziladi. Unda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar joriy yilning 25-avgustiga qadar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hududiy kengashlari hamda bir vaqtning o‘zida www.25.kamolot.uz saytiga, loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirib boriladi.

– Bugun “Kamolot” yoshlarning chinakam suyanchi va tayanchiga aylandi, – deydi markaziy kengash

matbuot xizmati rahbari Ma’mur Bayonov. – 2014-yildan boshlab mamlakatimiz bo‘ylab “Kamolot” uylari barpo etilib, ular iqtidorli, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan yosh oilalarga imtiyozli ipoteka kreditlari evaziga berilayotir. Bugungi kungacha 57 “Kamolot” uyiga ikki mingdan ziyod yosh oila ko‘chib kirdi. “25” aksiyasi doirasida respublikamizning har bir tuman, shaharlaridagi markaziy xiyobon va istirohat bog‘larida 25 raqami joylashtirilgan fotomaydonlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Internet ma’lumoti asosida tayyorlandi

6 (756) IYUN 2016 yil

UNIVERSITET HABARLARI

Page 4: GO ZAL VA BETAKRORIMSAN MUQADDAS V JONIM SENGA …Buyuk yurtning farzandlari buyuklikni asramoqqa hamisha tayyor. Mohinur Jo’rayeva ToshDAU, 1 bosqich 56 guruh talabasi 6 (756) IYUN

“OLIY MATEMATIKA, FIZIKA VA KIMYO” KAFEDRASI BILAN TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ SANOAT-IQTISODIYOT KASB-HUNAR KOLLEJI O‘RTASIDAGI HAMKORLIK SAMARADORLIGI

BO‘YICHA SEMINAR BO’LIB O’TDI

2016 yil 2 iyun kuni Toshkent viloyati Chirchiq sanoat- iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “ToshDAU va Chirchiq sanoat-iqtisodiyot KHK ning o‘zaro hamkorlik shartnomasi bo‘yicha ilmiy – amaliy seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarda ToshDAU oliy matematika, fizika va kimyo kafedrasi mudiri, professor B. Sapaev, assistent J.N.Todjiev, assistent R.O‘.Amonov, assistent T.U.Eshboboev, kollejning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.X.Rustamova, Aniq fanlar kafedrasi mudiri S.O.Kurbanova, kafedra o‘qituv-chilaridan M.X.Jalolova, G.K.Bakirova, X.A.Begmatov, A.A.Ibragimov, G.K.Razzakova, X.Normetova, M.J.Sulieva hamda kollejning 150 nafardan ortiq o‘quvchilari qatnashdi.

Seminar Chirchiq sanoat- iqtisodiyot KHK ning katta majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Seminarda “Muqobil energiya manbalari, mamlakatimizda quyosh energiyasidan samarali foydalanish” va “Kimyoviy moddalarni atrof-muhit ob’ektlari tarkibidan analiz qilish usullari” mavzulari bo‘yicha Respublikamizda qilinayotgan yangiliklarni kasb hunar kollejlari o‘quvchilari ongiga singdirish va qiziqishlarini oshirish maqsadida prof. B. Sapaev va assistent J.N.Todjievlarni ma’ruzalari tinglandi.

B.Sapaevni “Mamlakatimizda quyosh energiyasi-dan samarali foydalanish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada quyosh energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqish bo‘yicha investitsion loyiha,

ya’ni siqilgan tabiiy gazning kengayishidan hosil bo‘lgan energiyadan foydalanib qo‘shim-cha elektr energiya ishlab chiqarish mo‘ljallanganligi va hozirgi kunda ToshDAU ning professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari universitetning o‘zida ham ilmiy ish olib

borayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari mamlakatimizda sodir bo‘lgan

o‘zgarishlar, yaratilgan sharoitlar, erishilgan yutuqlar, ya’ni birgina misol quyosh energiyasidan samarali foydalanish uchun respublikamizda bir yilda 300 kundan ortiq quyosh chiqib turishi yetarli bo‘ladi. Prof.

B.Sapaev butun Respublika miqyosida hozirgi kunda quyosh batareyalarini ishlab chiqarilayotganligini, muqobil energiya manbalarini joriy qilinayotganini – “Quyosh batareyalari” va prezentatsiyalar yordamida turli xil dalillar asosida tushuntirib berdi. Quyosh energiyasini tannarxi elektr energiyasiga nisbatan arzon bo‘lishini, va undan qanday foydalanishni, quyosh batareyalarini bittasidan qancha miqdorda elektr toki olinishi batafsil tushuntirib berdi. O‘quvchilar bu mavzu bo‘yicha qiziqib ko‘plab savollar berishdi va yetarlicha javoblar olishdi.

ToshDAU Oliy matematika, fizika va kimyo kafedrasi o‘qituvchisi R.Amonov ham o‘z so‘zlarida bunday imkoniyatlarning mavjudligi, muqobil energiya manbalarini rivojlantirish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini, aholini va sanoatni uzluksiz energiya bilan ta’minlashva atrof muhitga chiqariladigan zaharli gazlarni kamaytirish bilan bir qatorda qo‘shimcha ish o‘rinlarni yaratish orqali iqtisodiyotning rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz haqida gapirib o‘tildi.

Kimyoviy moddalarni atrof-muhit ob’ektlari tarkibidan analiz qilish usullari mavzusi bo‘yicha assistent J.N.Todjiev. ni ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada hozirgi kunda Respublikamiz va dunyo miqyosida ishlab chiqarilayotgan oziq ovqat mahsulotlarini kimyoviy tarkibi, oqova suvlarni tarkibini tez va yuqori

aniqlikda aniqlaydigan analitik priborlarni ishlab chiqarilayotganini va ularni analizga qo‘llanilishini hamda ishlash prinsplarini prezentatsiya yordamida o‘quvchilarga tushuntirib berdi. O‘quvchilar priborlarni ko‘rib

ularni o‘zlari ham uy sharoitida foydalanilsa bo‘ladimi deb savollar berishdi. assistent J.N.Todjiev bu priborlarni elektr toki bo‘lsa nafaqat uy sharoitida balki dala sharoitida ham foydalanib oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tarkibini aniqlay olishlarini aytib o‘tdi. Yan bir qancha o‘qituvchi va o‘quvchilarni mavzu yuzasidan bergan savollariga yetarli dalillar asosida javob berdi.

www.agrar.uz saytidan tayyorlangan

6 (756) IYUN 2016 yil

MALAKA VA MAHORAT

Page 5: GO ZAL VA BETAKRORIMSAN MUQADDAS V JONIM SENGA …Buyuk yurtning farzandlari buyuklikni asramoqqa hamisha tayyor. Mohinur Jo’rayeva ToshDAU, 1 bosqich 56 guruh talabasi 6 (756) IYUN

HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH UCHUN KENG IMKONIYAT

“O‘zekspomarkaz”da oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan “WorldFood Uzbekistan – 2016” va “AgroWorld Uzbekistan – 2016” xalqaro ko‘rgazmalari ochildi.

Ko‘rgazmalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi, Fermerlar kengashi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “ITE Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirlarning ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qishloq xo‘jaligi sohasi va oziq-ovqat sanoatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘z samaralarini berayotgani ta’kidlandi. Bu jarayonda ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarning tatbiq etilayotgani muhim o‘rin tutmoqda. Davlatimiz rahbarining 2014-yil 15-maydagi “Qishloq xo‘jaligining mashinasozlik korxonalarini boshqarishni yanada takomillashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, boshqa qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar sohani yanada rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan izchil ishlar samarasida 180 turdan ziyod meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlar dunyo bozorlariga eksport qilinayotir. So‘nggi uch yilda tashqi bozorga yo‘naltirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi uch barobardan oshdi. Oziq-ovqat tovarlarini aholiga uzluksiz yetkazib berish, sifati va xavfsizligini ta’minlashga erishilmoqda. Misol uchun, 1990-yilda aholining oziq-ovqat, xususan, go‘sht, sut, qandolat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji asosan import hisobidan qoplangan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi yurtimizda yetishtirilmoqda.

O‘zbekiston o‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oq, karam va boshqa ko‘plab meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyodagi o‘nta yetakchi davlat qatorida turadi. 2015-yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotiga a’zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo‘lgan 14 davlatdan biri sifatida e’tirof etildi.

Qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yili qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 korxona, 77 ming 800 tonna sig‘imga ega 114 yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va modernizatsiya qilindi. Mamlakatimizda meva-sabzavotlarni saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga yetkazildi. Bu esa yil davomida narxlarning mavsumiy oshib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan,

aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish imkonini bermoqda.

Ko‘rgazmalarda Xitoy, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Niderlandiya, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Daniya, Polsha, Shvetsiya, Slovakiya, Litva, Indoneziya, Malayziya, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari kabi 28 mamlakatdan bir yuz oltmishdan ziyod kompaniya ishtirok etmoqda.

“WorldFood Uzbekistan” va “AgroWorld Uzbekistan” ko‘rgazmalari oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasining barcha zamonaviy yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan. Unda oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, sovutish hamda restoran uskunalari, qadoqlar va qadoqlash texnologiyalari, parrandachilik, chorvachilik, veterinariya, donni qayta ishlash va saqlash, omixta yem ishlab chiqarish uchun uskunalar, qishloq xo‘jaligi texnikasiga oid ko‘plab bo‘limlar ishlab turibdi.

– Kompaniyamiz meva-sabzavotlarni yetishtirishga ixtisoslashgan, – deydi Italiyaning “Mazzoni Group”

kompaniyasi mintaqaviy menejeri Antonio Ferraresi. – O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar mazasi, tabiiyligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Mamlakatingiz korxonalari tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar esa g‘oyat xaridorgir, eng muhimi, xalqaro sifat standartlariga mos ekanini alohida

ta’kidlashni istardim. Yurtingizdagi turdosh korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatish va mavjud aloqalarni mustahkamlash niyatidamiz.

Mamlakatimizdagi qulay sarmoyaviy muhit xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish, barcha sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb etishda muhim omil bo‘layotir. Xususan, qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko‘plab korxonalar samarali faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasi vakillarining mahsulotlari ham ekspozitsiyalarda keng o‘rin egallagan. Salqin ichimliklar, oziq-ovqat mahsulotlari va ularning qo‘shimchalarini ishlab chiqaradigan “Mehrigiyo”, “Spring Mycelium Land”, “Good Food Group”, “Lazzat Karamel”, “Vazira Business”, “Sladus Produce” korxonalari shular jumlasidandir. Ular vafli, pechenye, shokolad, konfet kabi keng turdagi qandolat mahsulotlarini, yog‘-moy mahsulotlari, muzqaymoqlar, choy navlarini namoyish etmoqda. Navoiy mashinasozlik zavodi, “United Food

(davomi 6-sahifada)

6 (756) IYUN 2016 yil

ISTIQBOL

Page 6: GO ZAL VA BETAKRORIMSAN MUQADDAS V JONIM SENGA …Buyuk yurtning farzandlari buyuklikni asramoqqa hamisha tayyor. Mohinur Jo’rayeva ToshDAU, 1 bosqich 56 guruh talabasi 6 (756) IYUN

ISTIQBOL Machinery”, “Viniks”, “Furkan Max”, “OSC” kabi

korxonalar stendlarida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda saqlash uskunalari taqdim qilingan.

– 2011-yildan buyon faoliyat yuritayotgan korxonamizda ilg‘or texnologiyalar asosida karamellar, shokolad va vaflilar ishlab chiqarilmoqda, – deydi “Lazzat Karamel” O‘zbekiston-Shveytsariya qo‘shma korxonasining moliyaviy ishlar bo‘yicha direktori Saidakmal Jabborov. – Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida tadbirkorlarning erkin va faol ish yuritishi uchun yaratilgan qulay shart-sharoit va keng imkoniyatlar muvaffaqiyatlarimiz omili bo‘lmoqda. Korxonamiz dastlab yigirmaga yaqin turdagi shirinliklar ishlab chiqargan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich oltmish beshga yetdi. Mahsulotlarimizning sifati, ko‘rinishi xorijnikidan aslo qolishmaydi. Ayni paytda ular qator davlatlarga eksport qilinmoqda. 2015-yili 1200 tonnaga yaqin mahsulot ishlab chiqardik. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni yanada oshirish niyatidamiz. Ushbu ko‘rgazmalar mahsulotlarimizni iste’molchilarga kengroq tanishtirish, ishbilarmonlar bilan hamkorlik o‘rnatishga xizmat qiladi.

Xalqaro ko‘rgazmalarda Xitoyning “Zhengzhou Dingsheng Machine”, “Big Herdsman” kompaniyalari yog‘ ishlab chiqarish hamda parrandachilikda qo‘llaniladigan uskunalarni, Fransiyaning “Ixapack” kompaniyasi qadoqlash

texnologiyalarini namoyish etmoqda. Muzqaymoq ishlab chiqarish uskunalarini namoyish etayotgan Avstriya va Italiya kompaniyalari stendlari ham ko‘rgazma ishtirokchilarining e’tiborini tortmoqda.

– Kompaniyamiz O‘zbekiston bilan 2012-yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda, – deydi Xitoyning “Big Herdsman” kompaniyasi savdo direktori Liu Jun. – Mamlakatingizda o‘tkazilayotgan xalqaro ko‘rgazmalarda muntazam qatnashamiz. Korxonamiz broylerlarni avtomatik oziqlantirish uskunalari, parrandachilik sohasi uchun ventilatsiya hamda bug‘lantirish tizimlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonda xorijlik ishbilarmonlar uchun joriy qilingan imtiyozlardan yaxshi xabardormiz. Ko‘rgazmada ishtirokchilarga muzokaralar o‘tkazish, bitim va shartnomalar tuzish uchun barcha qulayliklar yaratilgani bizga ma’qul bo‘lmoqda.

Ushbu ko‘rgazmalar mamlakatimiz ishbilarmonlari va chet ellik hamkorlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish, tajriba almashish, o‘zaro hamkorlik istiqbollarini belgilash, ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda O‘zbekistonning eksport salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Nodira Manzurova www.kun.uz

MAMLAKATIMIZDAGI OLIY O‘QUV YURTLARIDA 2016/2017 O‘QUV YILI UCHUN QABUL JARAYONI

BOSHLANDI. Prezidentimiz rahnamoligida asos solingan o‘n ikki

yillik umumiy va o‘rta maxsus ta’lim, ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan yangi avlod kadrlarini tayyorlashda yuksak samaralar berayotir.

Yoshlarimizning bu borada yaratilgan zamonaviy imkoniyatlardan oqilona foydalanish, oliy ta’lim olib, biror sohaning malakali mutaxassisi bo‘lib yetishishga intilishi kuchaymoqda. Buni talabalikka da’vogarlik qilayotgan abiturientlar soni yildan-yilga ko‘payayotgani yaqqol isbotlaydi. Davlat test markazining ma’lumotiga ko‘ra, 2014-yilda oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirgan abiturientlar soni 543 mingdan ko‘proqni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 605 mingdan oshgan.

Bu yil ham oliy ta’lim olish ishtiyoqida bo‘lgan yoshlar o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirmoqda. Abituriyentlar va ota-onalarga bu borada barcha sharoit yaratilayotir. Mamlakatimizdagi matbuot nashrlari va oliy o‘quv yurtlarining internet tarmog‘idagi

saytlari orqali qabul jarayonlari, test olinadigan fanlar haqida masofadan turib ham ma’lumot olish mumkin.

Prezidentimizning 2016-yil 26-maydagi “2016/2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida barcha oliy ta’lim muassasalarida ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. 20-iyundan hujjat qabul qilish boshlandi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 13-maydagi farmoniga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilgani bu yilgi eng katta yangiliklardan bo‘ldi. Farmonga muvofiq universitetda o‘quv jarayoni 2016/2017 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu universitetning qabul komissiyasi Toshkentdagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litsey binosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularga tezkor javob berish maqsadida komissiyaning “ishonch telefoni” ishlamoqda.

(davomi 7-sahifada)

6 (756) IYUN 2016 yil

Page 7: GO ZAL VA BETAKRORIMSAN MUQADDAS V JONIM SENGA …Buyuk yurtning farzandlari buyuklikni asramoqqa hamisha tayyor. Mohinur Jo’rayeva ToshDAU, 1 bosqich 56 guruh talabasi 6 (756) IYUN

Qabul rejasiga ko‘ra bu yil o‘zbek filologiyasi

fakultetiga 80, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetiga 120, o‘zbek-ingliz tarjima fakultetiga 100 talaba qabul qilinadi.

– Sayxun qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejini tugallab, Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakultetiga hujjatlarimni topshirdim, – deydi Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidan kelgan Botir Tog‘ayev. – Zamonaviy imkoniyatlar va maktabda hamda kollejda olgan bilimlarim test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishimda qo‘l kelishiga ishonaman. Toshkent tibbiyot akademiyasida tibbiyotning olti yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, ellikka yaqin yo‘nalishda magistr mutaxassislar tayyorlanadi. Bu yil bir qator yangi yo‘nalishlar ochildi. Bakalavriatura yo‘nalishida tibbiy biologiya, magistratura sohasida dietologiya ixtisosligiga asos solindi.

– Tibbiy biologiya zamonaviy sog‘liqni saqlashning rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biridir, – deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori Shuhrat Boymurodov. – Bu soha mutaxassisi nafaqat vrach-laborant, balki kasalliklarga hujayra darajasida tashxis qo‘ya oladigan, dolzarb muammolar bo‘yicha fundamental tadqiqotlar o‘tkazish salohiyatiga ega malakali mutaxassis bo‘lib yetishadi. Bunday kadrlar kelgusida tibbiy diagnostika sohasidagi natijalarni yanada yuksaltirishda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qabul komissiyasi ham yoshlar bilan gavjum. Qabul komissiyasidan ma’lum qilishlaricha, bu yil institutga bakalavr ta’limining o‘n to‘rt yo‘nalishi bo‘yicha 895 talaba qabul qilinadi. Temir yo‘l sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biridir. Mustaqillik yillarida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli temir yo‘l infratuzilmasi takomillashmoqda. Zamonaviy texnika va texnologiyalar amaliyotga keng joriy etilmoqda. Ana shunday zamonaviy tizimda ishlash yoshlarimiz uchun ezgu maqsadga aylanmoqda. Buni institutga hujjat

topshirayotgan abituriyentlar soni yildan-yilga ko‘payayotgani yaqqol isbotlaydi. – Transport logistikasi, yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi kabi yo‘nalishlarga hujjat topshiruvchilar ko‘paymoqda, – deydi Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti prorektori Dilshod Barotov. – Bu sohalarni bitirgan yoshlar kelgusida yangi zamonaviy, tezyurar poyezdlarda konstruktor, turli sohalar mutaxassisi bo‘lib yetishadi.

Abiturientlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni joriy yilning 20-iyuliga qadar davom etadi.

**** Joriy yilning 20-iyunidan Toshkent davlat agrar

universitetiga 2016-2017 o’quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi.

Toshkent davlat agrar universitetida Qabul komissiyasi 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. Hujjatlarni qabul qilish 20-iyulgacha davom etadi.Abituriyent universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;

o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;

086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma; fuqarolik pasporti nusxasi; 3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona fotosurat; papka (skorosshivatel) 2 dona, konvert 2 dona.

Bundan tashqari, abiturient qabul komissiyasiga pasportning asl nusxasi va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20-iyulgacha taqdim etishlari shart. Aks holda, undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Oz muhbirimiz

AHOLI SALOMATLIGI DOIMIY E’TIBORDA O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan patronaj oyligi tadbirlari Toshkent

viloyatida ham yuksak saviyada tashkil etilmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, davolash

muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotir. Davlatimiz rahbarining 2014-yil 1-avgustdagi “2014-2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada

mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda homilador va fertil yoshidagi ayollar, bolalar, yolg‘iz keksalar, nogironlar holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berilmoqda.

6 (756) IYUN 2016 yil JARAYON

Page 8: GO ZAL VA BETAKRORIMSAN MUQADDAS V JONIM SENGA …Buyuk yurtning farzandlari buyuklikni asramoqqa hamisha tayyor. Mohinur Jo’rayeva ToshDAU, 1 bosqich 56 guruh talabasi 6 (756) IYUN

12-14 IYUL KUNLARI “O‘ZBEKISTON MEVA-SABZAVOTLARINING USTUNLIGI” MAVZUSIDA HALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O‘TKAZILADI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 iyunda qabul qilingan “halqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2539-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy 2016 yilning 12-14 iyul kunlari “O‘ZEKSPOMARKAZ” ko‘rgazma zalida “I Halqaro meva-sabzavot yarmarkasi” tashkil etiladi. Ushbu yarmarka doirasida “O‘zbekiston meva-sabzavotlarining ustunligi” mavzusida halqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiya ishi quyidagi sho’balarda olib boriladi: 1. O‘zbekistonda eksportga yo‘naltirilgan meva, uzum va sabzavot-poliz mahsulotlarini yetishtirishning zamonaviy resurs

tejamkor texnologiyalari hamda uni boshqarishning tashkiliy-huquqiy masalalari. 2. Meva-sabzavot, poliz va uzum mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalarini takomillashtirish. 3. O‘zbekistonda meva-sabzavot, poliz ekinlari hamda uzumni kasallik va zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya

qilish istiqbollari. 4. Meva, uzum, sabzavot va poliz ekinlarining seleksiyasi va urug‘chiligi, o‘simliklar genofondidan foydalanish masalalari. 5. Meva, sabzavot, poliz va uzum yetishtirishda suvtejamkor texnologiyalarini takomillashtirish. Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz Ilmiy amaliy konfrensiya materillariga qo‘yiladigan talablar: materiallar 3-4 bet hajmda, 1 intervalda, A4 formatli

qog‘ozda, hamma tomonidan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word muharririning Times New Roman 14 o‘lchamli shriftida tayyorlanishi va hamma betlar to‘la bo‘lishi lozim. Ma’ruza materiallarining yuqori qismida mavzu bosh harflarda yoziladi, bir intervaldan keyin muallif(lar)ning familiyasi-ismi-sharifi (ismi-sharifi qisqartirilgan holda), ish joyi kichik harflarda to‘liq ko‘rsatiladi va yana bir intervaldan so‘ng abzats qo‘yilib, sarlavha – annotatsiya (rezyume) yoziladi. Bir intervaldan keyin maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 so‘z hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya rus va ingliz tillarda beriladi). Interval qoldirilib kalit so‘zlar beriladi (6-10 so‘z). Kalit so‘zlardan keyin asosiy tekst beriladi. Asosiy tekst quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: kirish ( ), tadqiqot ob’ektlari va uslublari ( ), natijalar va ularning tahlili ( ), xulosalar ( ), foydalanilgan adabiyotlar ( ). Har bir qism nomi tekstdan bir interval ajratiladi va qalin ( ) shriftda yoziladi.

Boshqa talablar Materiallar qog‘oz va elektron variantda ekspert xulosasi bilan birga (e-mail: [email protected] elektron manzili

bo‘yicha) belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan holda 2016 yilning 5 iyuligacha tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi. Elektron variantda bitta faylda faqat bitta material bo‘lishi kerak. Elektron variantdagi faylning nomi bosh muallifning familiyasi va sho‘ba raqamidan iborat bo‘lishi kerak. Masalan: Akromov U.-2 sho‘‘ba.rtf

Fayl.RTF formatida saqlanishi lozim. Qog‘oz va elektron variantdagi matnlar bir xil bo‘lishi shart. Bosma shakldagi maqola betlari qalam bilan ko‘rsatiladi, elektron variantda esa betlar nomeri qo‘yilmaydi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun manzil: 100140 Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi 2, TDAU bosh

binosi, 3-qavat, 309-xona, Ilmiy bo‘lim (Fayziev Oybek); Telefonlar: 260-50-56, (90)941-32-59. e-mail: [email protected]. Mas’ullar: O‘zQXIICHM – M.Amanova, M.Murtalibov 260-51-90, 260-51-99, TDAU – M.Adilov 260-50-59, 260-50-56,(93)556-50-65, S.Dusmuratova (97) 440-02-67, S.YUnusov (90)127-17-09 TIMI-T.Sultonov (90)370-95-39 SPEvaKITI - M.Xoldorov 225-86-03, (93)540-90-02, Akad.M.Mirzaev nomli BUVITI – U.Akromov 220-26-48 (94)608-59-91

6 (756) IYUN 2016 yil

Gazeta Toshkent viloyati

Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan

19.10.2010 y. 03-068 raqam

bilan ro’yxatga olingan

Muharrir: D.I.ALIMKULOV.

Tahrir hay’ati: A.A.ABDUVOSIQOV,

M.M.ADILOV, F.ASHUROVA, D.XOLIQOVA, SH.DURXODJAYEV.

Bosishga topshirilgan vaqt 28 iyun 2016 yil.

ISSN raqami 2181-7782

E’LONLAR

«AGRONOM»

MUASSIS: Toshkent

Davlat agrar

universiteti

[email protected] Tahririyat manzili: Toshkent vil.

Qibray t. Universitet ko’chasi, 2 uy Gazeta TDAU Tahririyat-nashriyot bo’limida 500

nusxada chop etildi.