faculty of uzbek languagenavoiy-uni.uz/upload/uploads/buklet.pdfo‘zbek tili fakuiteti faculty of...
TRANSCRIPT
O‘ZBEK TILI FAKUITETI
FACULTY OF UZBEK LANGUAGE
ФАКУЛЬТЕТ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА
Manzil: 100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy
tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy
FAKULTET HAQIDA
➢ O‘zbek tili fakulteti Respublikamizda mavjud
filologik taʼlim tizimidagi yangi fakultet hisoblanadi. U
2019-yilning oktyabrida tashkil etilgan.
➢ Shunga ko‘ra, fakultet Respublikamizda taʼlim
sohasida rejalangan islohotlarni amalga oshirishga
yo‘naltirilgan fakultetdir. Maʼlumki, o‘zbek tili a) ona tili
sifatida; b) davlat tili sifatida o‘qitiladi. Ayni vaqtda
O‘zbekistonda rus tilida taʼlim beriladigan 827 ta maktab,
qozoq tilida taʼlim beriladigan 386 ta maktab, tojik tilida
taʼlim beriladigan 250 ta maktab, qirg‘iz tilida taʼlim
beriladigan 58 ta maktab, turkman tilida taʼlim beriladigan
45 ta maktab mavjud.
➢ Bugungi kunda ularda 453809 nafar rus zabonli, 46640
nafar qozoq zabonli, 59360 nafar tojik zabonli, 7072 nafar
qirgʼiz zabonli, 8573 nafar turkman zabonli o‘quvchilar
tahsil olmoqda.
➢ Boshqa millat vakillari uchun o‘zbek tili taʼlim,
muloqot tili, turli masʼuliyatli lavozimlarda ishlash
uchun zarur til bo‘lib, hayotning barcha jabhalarida
nihoyatda muhimdir.
➢ Umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-
hunar kollejlari, shuningdek, Respublika OTMlarida
o‘zga tilli guruhlarda “O‘zbek tili” fani o‘qitiladi.
Mazkur fan asosiy fan sifatida taʼlim muassasalari
o‘quv dasturining 1-blokiga kiritilgan.
➢ Shunga ko‘ra, fakultetda O‘zbekiston
Respublikasidagi umumtaʼlim maktablari, akademik
litsey, professional ta’lim va OTMda o‘zbek tili –
davlat tili fanidan dars beruvchi o‘qituvchilar
tayyorlanadi.
O‘zbek tili fakultetida amaliy o‘zbek tiliga oid yana bir ta’lim
yo‘nalishi - Noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham kadrlar
tayyorlanadi.
Bunda noshirlik ishiga oid zamon talablariga javob beruvchi
quyidagi malakalarga ega noshirlar tayyorlanadi:
➢ mualliflar va qo‘lyozmalar bilan ishlash, ularni tahrirlash,
nashriyotlarning turli bo‘limlari (logistika, ishlab chiqarish,
marketing, tarqatish), kitoblar va seriyalarni dastlabki materialini
qayta ko‘rib chiqishdan tortib, nashrga tayyorlash;
➢ mas’ul muharrir sifatida internet-portalda yoki bosma nashrda
yoxud axborot agentligi lentasidagi ma’lumotlarni joylashtirish,
fakturani, ya’ni nashr konsepsiyasining g‘oyasiga materiallar va
mavzuning mosligini tekshirish, ta’sirchan sarlavhalarni o‘ylab
topish, ijodiy guruh ishini muvofiqlashtirish, nashrlarning tematik
rejasini tayyorlash, sinchiklab qilingan tahrirdan so‘ng materialni
matbuotda yoritita olish;
➢ bil’d- muharrir (fotosuratlarni tanlovchi muharrir) sifatida
maqola uchun fotosuratlarni topish, fotosuratlar sifatini
baholash, retush, fotomaterialning sahifaga joylashtirish bilan
shug‘ullanish;
➢ kontent-menedjer (nashr yoki veb-sayt mazmuni uchun
mas’ul shaxs) sifatida veb-saytni zaruriy mazmun (matnli va
grafik ma’lumotlar) bilan to‘ldirish, foydalanuvchilar bilan
interaktiv ishlash, muloqot qilish;
➢ kopirayter (reklama matnlarini yozadigan mutaxassis)
sifatida reklama qilingan mahsulotni sotib olish istagini paydo
qila oladigan matn yozish;
➢ musahhih sifatida matnni asl nusxasi bilan solishtirish va
matn teruvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan imloviy va
ishoraviy xatolarni tuzatish, o‘rnatilgan texnik qoidalarning
buzilishini bartaraf etish, rasmlar, sxemalar, diagrammalar
ostidagi yozuvlarni, satrdagi harflar orasidagi masofaning
to‘g‘ri bo‘lishini tekshirish;
➢ media-menenjer sifatida turli mass-medialarini boshqarish,
ularning rivojlanish strategiyasini belgilash, media-loyihalarni
boshqarish va turli ommaviy axborot vositalarida media-
mahsulotlarni yaratish, media-rejalashtirishni amalga oshirish,
brend strategiyasini va bozorda OAV marketingini belgilash,
reklama byudjetlarini tuzish, reklama beruvchilar uchun
foydali takliflarni ishlab chiqish.
Fakultet rahbariyati
Dekan:
Muhamedova Saodat
Xudoyberdiyevna
filologiya fanlari doktori,
professor
FAKULTET DASTURLARI RO‘YXATI
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
➢ 5112400 - O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
➢ 5611600 - Noshirlik ishi
Magistratura mutaxassisliklari:
➢ 5A120106 - Kompyuter lingvistikasi
Qo‘shma ta’lim dasturlari:
➢ 5A150902 – Kompyuter grafikasi va dizayn
TALABALAR FAOLIYATI
➢ О‘zbek tili fakulteti talabalari bir nechta
xalqaro dasturlar ishtirokchisi hisoblanadi:
➢ 2019-yil 21- 23- oktabr kunlari Tojikiston
Respublikasi Xorug shahrida BMT Bosh
Assambleyasi, Jahon Banki, Xalqaro Migratsiya
Tashkiloti, Jahon Turizm Tashkiloti, Xavfsizlik
Kengashi, Ekologik dasturi tomonidan
tashkillashtirilgan “Yoshlar dunyo xavfsizligi
uchun” deb nomlangan xalqaro konferentsiyada
ishtirok etishdi. Konferentsiyada dunyoning turli
mamlakatlaridan 150 dan ortiq delegatlar
qatnashdi.
➢ Konferentsiya davomida universitet vakillari
ingliz tilida maʼruzalar qildilar. Ular universitet
faoliyati haqida taqdimot qilib, o‘zbek madaniyati
va sanʼatidan namunalar ko‘rsatishdi. Talabalar 6
ta yo‘nalish bo‘yicha muhokamalarda ishtirok
etib, takliflarini bildirishdi va konferentsiya
so‘ngida sertifikat bilan taqdirlanishdi.
➢2020 -yil 26 -fevralda Moskva davlat
lingvistika universitetida “Shoh, shoir,
olim, noyob shaxs: Zahiriddin Muhammad
Bobur” mavzusida xalqaro miqyosdagi
davra suhbati bo‘lib o‘tdi
➢Tadbirda ToshDO‘TAU iqtidorli
talabalarining innovatsion tarzda qilgan
chiqishlari barcha ishtirokchilarda katta
taassurot qoldirdi
➢ 2020- yil 28- fevral kuni Moskva davlat universitetining
Osiyo va Afrika mamlakatlari institutida
"Интеллектуальное наследие Захириддина Мухаммада
Бабура и современность" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiya bo‘lib o‘tdi
➢ Konferensiya tashkilotchilari sifatida MDU, Moskvadagi
Davlat Sharq muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi
ToshDO‘TAU va SamDChTI belgilangan
➢ Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika
mamlakatlari instituti, Rossiya davlat gumanitar universiteti
va ToshDO‘TAU talabalarining badiiy chiqishlari
ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi va ToshDO‘TAU
talabalari tomonidan namoyish etilgan badiiy kompozitsiya
eng yaxshi chiqish sifatida baholandi.
2020-yilda O‘zbek tili fakulteti talabalari
O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi Oqila
Turakulova rahbarligida “Kitobxon talaba”
Respublika kitobxonlar tanlovida qatnashib,
faxrli 1-o‘rinni egallashdi
TALABALAR TURAR JOYLARI
➢ Fakultet talabalari universitet kampusida
joylashgan talabalar turar joyida istiqomat
qilishadi
➢ Bu yerda ularga barcha sharoitlar yaratilgan:
zamon talablariga javob beradigan yashash
xonalari, keng, yorugʼ, shinam va zamonaviy
texnikalarga ega oshxonalar, so‘nggi rusumdgi
sport anjomlari bilan jihozlangan trenajor zali
mavjud
TALABALAR TURAR JOYLARI
➢ Eng muhimi, talabalar turar joylarida
nogironligi bor, ko‘zi ojiz talabalar
uchun barcha sharoitlar yaratilgan
➢ Ular uchun maxsus kirish-chiqish
yo‘laklari, maxsus gigiena xonalari
mavjud
➢ Talabalar turar joyida 24 soat faoliyat
ko‘rsatadigan kutubxonada ko‘zi ojiz
talabalar uchun ilmiy, badiiy, o‘quv
adabiyotlarining audio variantlari
jamlangan
TALABALAR TURAR JOYLARI
➢ Talabalarning qiziqishiga ko‘ra
turli klublar, to‘garaklar tashkil
qilingan
➢Universitet rektori tashabbusi
bilan O‘zbek tili fakulteti
talabasi Ma’rifat Hasanova
tomonidan talaba-qizlar uchun
Go‘zallik saloni tashkil qilingan
Fakultet yutuqlari
➢ 2020-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti
Gulruxsor Ergasheva hamda O‘zbek tili fakulteti
talabalarining MO‘TUL jamoasi tomonidan xorijliklar
uchun “O‘zbekona” darsligi yaratildi
➢ U xorijiy tilni egallashning umumyevropa
kompetensiyalari tizimiga asosan A1 darajani egallash
imkonini beruvchi darslik bo‘lib, 9 ta bo‘lim, 3 ta
nazorat bloki, audiolar va qo‘shimcha materiallar kabi
qismlardan iborat
2020-2021-o‘quv yilida
xorijliklar uchun O‘zga tilli
guruhlarda o‘zbek tili
bakalavr dasturi bo‘yicha qabul
e’lon qilindi
Fakultetda o‘zbek
tili bo‘yicha
tayyorlov kurslari
ham faoliyat
ko‘rsatadi
10. O‘qish shakli: 5112400- O‘zga tilli guruhlarda
o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar
tayyorlash faqat kunduzgi ta’lim shaklida amalga
oshiriladi.
11. Imtihon qoidalari va baholash birliklari:
Kredit-model tizimi asosida Oliy ta’lim vazirligi
buyrug‘i va universitet ichki nizomi asosida amalga
oshiriladi
12. AMALIYOT TALABLARI:
Malakaviy amaliyotlar bakalavriat taʼlim dasturining majburiy qismi hisoblanadi. Malakaviy amaliyotlar o‘quv-tanishuv,
ishlab-chiqarish, pedagogik va bitiruv oldi amaliyot mashgʼulotlari ko‘rinishida bo‘lib, talabalarning kasbiy-amaliy
tayyorlanganligiga bevosita yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bakalavrlar tayyorlashning taʼlim dasturi – umumkasbiy fanlar bilan
bog‘liq o‘quv amaliyoti va kasbiy tayyorgarligi bilan bog‘liq amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.
13.ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTLARI: TALABALAR AMALIYOT O‘TASHI REJALASHTIRILGAN TASHKILOTLAR TARKIBIDAGI BO‘LIMLAR BILAN TANISHADI
➢ Talabalar amaliyot davrida o‘zbek tili va
adabiyotini o‘zga tilli maktablar, professional
taʼlim, xorijiy mamlakatlarda tashkil qilingan
o‘zbek tili kurslari, markazlarida o‘qitishning
samarali usullarini chuqur egallashi va ulardan
foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, rus,
ingliz tilini chuqur o‘zlashtirishi va undan kasbiy
faoliyatda foydalana olish, rivojlangan xorijiy
mamlakatlar taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishgan
holda ulardagi o‘qitishning ilg‘or usullarini taʼlim
jarayoniga tatbiq qila olishi mumkin.
Bitiruvchiningkasbiy
profillari:14
1- KURS
MAJBURIY KURSLAR
Kurs nomi ECTS
O‘zbekistonning eng yangi tarixi 2
Tilshunoslik asoslari 5
O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi 10
O‘zbek adabiyoti 5
Hozirgi o ‘zbek adabiy tili 4
2- KURS
MAJBURIY KURSLAR
O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi 5
O‘zbek adabiyoti 8
Hozirgi o ‘zbek adabiy tili 10
Umumiy psixologiya 4
3-KURS
MAJBURIY KURSLAR
10
Umumiy pedagogika 5
O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi 12
4-KURS
MAJBURIY KURSLAR
O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi 4
Falsafa 2
Davlat titlida ish yuritish va monitoring 4
“Adabiy o‘qish” fani metodikasi 10
TANLOV KURSLAR
Мutolaa madaniyati va ifodali o‘qish 10
Intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari 6
Jismoniy tarbiya va gigiena 3
Jahon adabiyoti 5
Lingvomadaniyatshunoslik va mdaniyatlararo kommunikatsiya 8
Sharq tillari 11
Ilmiy va ijodiy ish yozish asoslari 5
Sosiolingvistika 7
Tarjima nazariyasi va amaliyoti 7
Ikkinchi til o‘rganishning psixolingvistik asoslaru 5
OCHIQ TANLOV KURSLAR
Attestasiyalar 29
QO‘SHIMCHA KURSLAR 8
MALAKAVIY VA PEDAGOGIK AMALIYOTLAR 36
JAMI: 240
5112400-
O‘zgа tilli
guruhlаrdа
o‘zbek tili
bаkаlаvr
tа’lim
yo‘nаlishi
o‘quv rejаsi
❖ 1. Qo‘lga kiritiladigan malaka:
❖ 5611600-Noshirlik ishi bakalavr dasturi to‘rt yillik dastur bo‘lib, u bitiruvchilarga noshirlik ishi faoliyatini tashkillashtirish va ish jarayonini boshqarish, hozirgi o‘zbek adabiy tili, zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy maʼlumotga ega bo‘lish va kasbiy faoliyatda foydalana olish, bloggerlik faoliyati uchun zarur bo‘ladigan dasturlash tillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, madaniyatlararo kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish, talabalarning dunyoqarashini kengaytirishga imkon beradi.
5611600-Noshirlik ishi
bakalavriyat ta’lim dasturi to‘g‘risida ma’lumot
2. Dastur davomiyligi muddati:
➢ Kunduzgi taʼlimda bakalavriat dasturining
meʼyoriy muddati - 4 yil.
3. Talab etiladigan kreditlar soni: talaba har
semestrda 30 kreditdan, to‘rt yilda esa jami
240 kredit to‘playdi.
➢ Har bir kredit o‘rtacha 26 soat o‘qish
yuklamasini anglatishini hisobga olinsa,
talaba muayyan fanga taqsimlangan
kreditlar miqdoriga qarab, ushbu fanning
o‘qish yuklamasi haqida dastlabki
maʼlumotga ega bo‘ladi.
Erishiladigan taʼlim
darajasi 5611600-Noshirlik
ishi dasturni o‘zlashtirishi
natijasida talabaga
“bakalavr” malakasi
(darajasi) hamda oliy
maʼlumot to‘g‘risidagi
“Noshirlik ishi, Noshir”
kvalifikatsiyali davlat
namunasidagi rasmiy hujjat
beriladi
4 5
Аlohida qabul
talablari: davlat qabul
komissiyasi qarori
asosida umumeʼtirof
etilgan test sinovlari
asosida talabalar qabul
qilinadi
Аvval qo‘lga kiritilgan taʼlimni
eʼtirof etish bo‘yicha qoidalar:
5611600-Noshirlik ishi taʼlim
yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat
darajasiga qabul qilish uchun
odatiy talab – bu professional
taʼlim va akademik litseylar
diplomlari, umumiy o‘rta taʼlim
maktablari attestatsiyalari talab
etiladi
6
7. Malaka talablari, qoidalari va bitirish talablari:
➢ belgilangan miqdordagi kreditlarni to‘rt yil davomida qo‘lga kiritish;➢ yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tish;➢ mustaqil taʼlim va ilmiy-ijodiy ishlari natijasida o‘qitilayotgan fan bo‘yicha
pedagogik faoliyatni muntazam takomillashtirib borish;➢ noshirlik ishi faoliyatida yuqori saviyada matnlarni tahrir qilish mahoratiga ega
bo‘lish;➢ joriy imlo qoidalarini mukammal bilish, imlo qoidalarida yuzaga kelgan
munozarali o‘rinlarga munosabat bildirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;➢ noshirlik ishi faoliyatini tashkillashtirish va ish jarayonini boshqarish bo‘yicha
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish va ulardan kasbiy faoliyatda foydalana olish;➢ tahrir nazariyasi va texnikasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallash; ➢ noshirlik ishida foydalaniladigan zamonaviy axborot texnologiyalari haqida
umumiy maʼlumotga ega bo‘lish va kasbiy faoliyatda foydalana olish;➢ kasbiy faoliyatning standart vazifalarini axborot va kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda va axborot xavfsizligining asosiy talablarini hisobga olgan holda hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lish va b.
10. O‘qish shakli: 5611600-Noshirlik ishi
taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash faqat
kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi.
12. AMALIYOT TALABLARI:
➢ Malakaviy amaliyotlar bakalavriat taʼlim dasturining
majburiy qismi hisoblanadi. Malakaviy amaliyotlar o‘quv-
tanishuv, ishlab-chiqarish va bitiruv oldi amaliyot
mashg‘ulotlari ko‘rinishida bo‘lib, talabalarning kasbiy-
amaliy tayyorlanganligiga bevosita yo‘naltirilgan bo‘ladi.
➢ Bakalavrlar tayyorlashning taʼlim dasturi – umumkasbiy
fanlar bilan bog‘liq o‘quv amaliyoti va kasbiy tayyorgarligi
bilan bog‘liq amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.
➢Talabalar amaliyot davrida rus, ingliz
tilini chuqur o‘zlashtirishi va undan
kasbiy faoliyatda foydalana olish,
rivojlangan xorijiy mamlakatlar
nashriyotlari tizimi bilan yaqindan
tanishgan holda o‘z bilimlarini
amaliy jarayoniga tatbiq qila olishi
mumkin.
➢ Amaliyotlar asosan eng zamonaviy
va raqamli nashriyotlarda o‘taladi.
13.ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTLARI:
TALABALAR AMALIYOT O‘TASHI REJALASHTIRILGAN TASHKILOTLAR TARKIBIDAGI BO‘LIMLAR BILAN TANISHADI
14
1-KURS
MAJBURIY KURSLAR
KURS NOMI ECTS
Noshirlik asoslari 4
Noshirlik ishida axborot texnologiyalari 11
Veb-dizayn 11
2-KURS
MAJBURIY KURSLAR
Falsafa 2
Axborot tizimlarini ishlab chiqish texnologiyalari 5
Amaliy dasturlar paketi 5
Matn lingvistikasi 6
Adabiy tahir 9
Hozirgi o‘zbek adabiy tili 9
3-KURS
MAJBURIY KURSLAR
O‘zbekistonning eng yangi tarixi 2
Tahrir nazariyasi va texnikasi 6
Medialoyihalashtirish va grafik dizayn 9
Hozirgi o‘zbek adabiy tili 4
4-KURS
MAJBURIY KURSLAR
Noshirlik ishida menejment va marketing 6
Jahon va o‘zbek adabiyoti 4
TANLOV KURSLARI
Xorijiy til 12
Intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari 6
Jismoniy tarbiya va gigiyena 4
Imlo muammolari 4
Davlat tilida ish yuritish va monitoring 6
Raqamli dizayn 6
OCHIQ TANLOV KURSLAR
Attestatsiyalar 36
QO‘SHIMCHA KURSLAR 37
MALAKAVIY VA PEDAGOGIK
AMALIYOTLAR36
JAMI 240
5611600-
Noshirlik
ishi
BAKALAV
R TA’LIM
YO‘NALIS
HI O‘QUV
REJASI
O‘zbek tili
fakultetidagi
magistratura dasturi
ISHGA JOYLASHISH IMKONIYATI
➢ Fakuitet talabalari ta’lim jarayonida quyidagi tashkilot va
muassasalarda o‘quv, ishlab chiqarish va malaka
amaliyotlarini o‘tash, o‘qishni bitirganidan keyin esa ishga
qolish imkoniyatiga ega:
➢ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi
vazirligi
➢ Tashqi ishlar vazirligi
➢ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
➢ O‘zbekiston turizmni rivojlantirish vazirligi
➢ O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi
➢ O‘zbekiston milliy axborot agentligi
➢ Madaniyat vazirligi
➢ O‘zbek tili, adabiyoti va folklori ilmiy-tadqiqot instituti
➢ O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi
➢ Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi
➢ O‘zbekiston Mudofaa vazirligi
ISHGA JOYLASHISH IMKONIYATI
➢ Qoraqalpog‘iston Respublikasi XTB
➢ Qashqadaryo viloyati XTB
➢ Surxondaryo viloyati XTB
➢ Xorazm viloyati XTB
➢ Samarqand viloyati XTB
➢ Buxoro viloyati XTB
➢ Xorazm viloyati XTB
➢ Navoiy viloyati XTB
➢ Jizzax viloyati XTB
➢ Sirdaryo viloyati XTB
➢ Toshkent viloyati XTB
➢ Andijon viloyati XTB
➢ Namangan viloyati XTB
➢ Farg‘ona viloyati XTB
ISHGA JOYLASHISH IMKONIYATI➢ “O‘zbekiston” nashriyoti
➢ “O‘qituvchi” nashriyoti
➢ “Ma’naviyat” nashriyoti
➢ “Sharq” nashriyoti
➢ “Akademnashr”
➢ “Milliy ensiklopediya” davlat nashriyoti
➢ “G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at”
nashriyoti
➢ “Cho‘lpon” nashriyoti
➢ “Til va adabiyoti ta’limi” jurnali
➢ “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi
➢ “Ma’rifat” gazetasi
➢ “Xalq so‘zi” gazetasi
➢ “Jahon adabiyoti” jurnali
➢ “Sharq yulduzi” jurnali
➢ “Moziydan sado” jurnali va b.
E‘tiboringiz uchun
katta rahmat