1
MUNDARIJA betlar
KIRISH .............................................................................................................................. 3
I BOB. Zamonaviy bozor munosabatlarini rivojlantirish
davrida tijorat banklari faolioyatida lizing
operatsiyalarining nazariy asoslari …………………
7
1.1 Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarining
mazmuni va mohiyati ....................................................…….
7
1.2 O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini
modernizatsiyalash davrida tijorat banklari faoliyatida
lizing operatsiyalarini o`rni ................................................
16
1.3. Тijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalari jahon
amaliyoti tahlili .....................................................................
25
II BOB. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini
modernizatsiyalashtirish sharoitida tijorat banklari
faoliyatida lizing operatsiyalarini rivojlanishi
tahlili…………....................................................
33
2.1 Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini amalga
oshirishning huquqiy asoslari……………………………..
33
2.2 Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalari
amaliyoti tahlili ………………………….......................
40
III BOB. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat
banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini
rivojlanishining yanada takomillashtirish
masalalari……………………………................................
54
XULOSA……………………………………………………. 62
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI….... 65
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasida olib
borilayotgan islohotlar, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o`zgarishlar, shuningdek
mamlakatdagi tadbirkorlikning rivojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotda
ichki moliyaviy resurslarning cheklanganligi yangi noan’anaviy
investitsiyalar manbalarini qidirilishiga olib keldi. Jahon tajribasida xorijiy
kapitalning migratsiyasi, qo`shma korporativ mulkni shakllantirish, xorijiy
kredit liniyalari va davlatlararo kreditlarni jalb qilish, shuningdek lizing
operatsiyalarini o`tkazish kabi yangi moliya manbalaridan keng
foydalaniladi. Rivojlangan mamalakatlarda lizing operatsiyalariga katta
ahamiyat beriladi. O`zbekistonda mazkur faoliayat turini keng joriy etish
uchun avvalo uning mohiyati va tabiatini, shuningdek iqtisodiyotda
bajarayotgan rolini chuquqrroq o`rganib chiqish lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish sanoat korxonalari oldida bir qancha
muammolarni vujudga keltirdi. Bulardan asosiylari: raqobatning tobora
o`sib borishi, narxlarning o`sishi, xom-ashyo va uskunalar yetkazib
beruvchilarning aloqalarining uzilishi va buning natijasida mahsulot ishlab
chiqarilishining keskin kamayishi, moliyaviy resurslarning chegaralanganligi.
Jahon tajribasida sanoat uskunalari, mashinalar, yangi
texnologiyalar, sanoat qurilmalarini ishlatishning alohida usuli
qo`llanilmoqda. Bu usulning nomi lizing bo`lib, u nafaqat mamalakat
ichida, balki xalqaro miqyosda muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
Bu xizmat turi vujudga kelishi bilanoq juda tez sur’atlarda
rivojlana boshladi. Tijorat banklari operatsiyalari ichida sezilarli salmoqqa
ega bo`lish bilan birga lizing kompaniyalarining soni tabora oshib bordi.
Ushbu kompaniyalar ishlatilmasdan yotgan sanoat quvvatlarini ishga solib,
sanoat va tijorat korxonalarning uskuna va qurilmalarga bo`lgan
ehtiyojlarini qondira olishlari mumkin. Eng asosiysi esa mazkur
kompaniyalar moliyaviy manbalarning taqchilligi vaqtida ko`pgina
korxonalarning bankrot bo`lib ketmasligiga ko`mak beradi, ularda ishlab
3
chiqarishni texnologiya bilan ta’minlaydilar va inqirozdan chiqib ketish
uchun, qolaversa iqtisodiy o`sish uchun zamin yaratadilar.
Tijorat banklari tomonidan lizing operatsiyalari qo`llanilishining uzoq
yillik jahon tajribasi uning yuqori samaradorligi haqida dalolat beradi.
Bugungi kunda O`zbekistonda o`tish jarayonida yuzaga kelgan muammolar
mavjudligini hisobga olganda, banklarning lizing operatsiyalariga va uning
imkoniyatlaridan keng foydalanishga katta ehtiyoj mavjuddir.
Mustaqil Republikamiz bozor munosabatlariga jadal sur’atlar bilan
kirib bormoqda. Iqtisodiyotimizning bozor munosabatlariga o`tishi bir qator
muammolarni, jumladan, investitsiya jarayonini mablag` bilan ta’minlash,
ya’ni moliyalashtirish manbalarini izlab topish masalasi oldinga
tashlanmoqda.
“Nobank moliya tashkilotlari, kredit uyushmalari, lizing, sug`urta va
auditorlik kompaniyalarining rolini yanada oshirish hamda tarmog`ini
rivojlantirish, xalqaro normalar va standartlarga muvofiq ularning
barqarorligi va samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan ko`rsatiladigan
xizmatlar turi va ko`lamini kengaytirish, moliya bozori infratuzilmasi
institutlarini mustahkamlash.”1
Iqtisodiyotimizda 2012 yili yuqori o`sish sur’atlari ta’minlanib, bu
davrda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,2 foizga o‘sdi, sanoat ishlab
chiqarish hajmi 7,7 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 13,9 foizga oshdi.
Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi ta’minlandi.
Eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6 foizga o‘sdi, eksport qilinayotgan
mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xomashyo
bo‘lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda.
Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million dollardan oshdi.
“Mamlakatimiz moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib,
yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. 2012-yilda bank tizimining
1 I.A. Karimov “2011-2015” yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish yanada
yuqori xalqaro reyting, ko`rsatkichlariga erishishning ustivor yo`nalishlari to`g`risida” qarori. www.lex.uz saitidan olindi
4
jami kapitali 24,3 foizga, so‘nggi uch yilda esa ikki barobar ko‘paydi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘tgan yil natijalarini baholaganda, Xalqaro
valyuta jamg‘armasi missiyasi rahbari Veronika Bakalu xonimning ushbu
missiyaning O‘zbekistonda 2012-yil noyabr-dekabr oylaridagi ishi natijalari
bo‘yicha bildirgan fikrlarini keltirish o‘rinli, deb bilaman. Uning ta’kidlashicha,
“O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o‘smoqda. Soliq-byudjet va tashqi
faoliyat sohalaridagi mustahkam pozitsiya, bank tizimining barqarorligi, davlat
qarzining kamligi va tashqaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish
mamlakatni global inqirozning salbiy oqibatlaridan himoya qildi.”2
Ma’lumki, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish jarayonini tegishli
bozor infratuzilmasini, bank moliya tizimi, lizing, auditorlik, sug`urta,
injiniring va boshqa tuzilmalarni rivojlantirilmasdan turib amalga oshirish
mumkin emas.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Tijorat
banklarning lizing operatsiyalarini, uni iqtisodiyotda tutgan o`rni va
ahamiyatini ko`rsatish bilan birga uni O`zbekiston Respublikasida qo`llash
masalalarini hamda uning oldida turgan muammolarni yechish yo`llarini
yoritish maqsad qilib qo`yilgan.
Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni belgiladik:
- bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida tijorat banklarning lizing
operatsiyalarini nazariy asoslarini o`rganish;
- tijorat banklarning lizing operatsiyalarining mazmuni va mohiyatini
yoritish; - tijorat banklarning lizing faoliyatini jahon amaliyotini o`rganish;
- O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini modernizatsiyalash davrida
lizing operatsiyalarini o`rnini tahlil etish;
- tijorat banklarning lizing operatsiyalarini amalga oshirishning huquqiy
asoslarini o`rganish;
2 “Bosh maqsadimiz – keng ko`lamli islohotlar va modernizatsiyalash yo`lini qat’iyat bilan davom ettirish”
O’zbekiston Respublikasi PrezidentiIslom Karimovning 2012 yilda Mamlakatimizni ijtimoiy iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo’nalishlariga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013. WWW.LEX.UZ saytidan olindi.
5
- iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklarida lizing
operatsiyalarini rivojlanishining yanada takomillashtirish masalalarini
o`rganish.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti – iqtisodiyotni
modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari faoliyatida lizing
operatsiyalarini tahlili va ulardan investitsion loyihalarni moliyalashtirishda
foydalanish masalalarini o`rganish.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti – tijorat banklari faoliyatida
lizing operatsiyalari tahlili.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Ushbu
bitiruv malakaviy ishida tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini
lizing beruvchi kompaniya va firmalar bilan taqqoslangan.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi
kirish, uch bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar
ro`yxatidan iborat.
6
I – bob. Zamonaviy bozor munosabatlarini rivojlantirish davrida tijorat
banklari faolioyatida lizing operatsiyalarining nazariy asoslari.
1.1. Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarining mazmuni va
mohiyati.
“Lizing so`zi iqtisodiyot uchun yangilik emas, biroq qadimda lizing
(lease) so`zi amaliyotda foydalanilmagan. Lizingning mazmuni va
mohiyatini ochish – Aristotel davrlariga borib taqaladi (taxminan eramizdan
avvalgi 384 – 383- 382 yillarni o`z ichiga olgan davrlar). Aristotel shunday
degan: “Boylik egalik qilishda emas, balki undan samarali
foydalanishdadir” hozirgi zamon tili bilan aytganda, kishining daromad
olishi uchun qandaydir bir mulkka albatta egalik qilishi shart emas, balki
undan foydalanishi huquqiga ega bo`lishi va natijada foyda olishining o`zi
kifoya qiladi.”3
Hozirgi zamon lizing munosabatlariga o`xshab trast boshqaruvchisi
asbob-uskunani tayyorlovchiga to`lovini to`lab so`ngra shu asbob-uskunadan
bitim davomida foydalanuvchidan ijara to`lovini yi`gib olar edi. Ijara
to`lovi o`zining hajmi bo`yicha barcha majburiyatlarni qoplashi kerak.
XX asr boshlarida ko`pgina temir yo`l lizing kompaniyalari shu
qarorga keldilarki, mol jo`natuvchilarning o`sib borayotgan qismi
vagonlardan foydalanishda monopol yoki uzoq muddatli boshqarishni
xohlashmadi, bu asbob-uskunani trastli (ishonchli) foydalanishga berilishini
ko`zda tutdi. Uning o`rniga ular faqatgina qisqa muddatda foydalanishni
talab qildilar. Trastlar bitimlarni qisqa muddatda harakat qilishini taklif
qildilar. Bitimning muddati tugaganidan so`ng vagonlar ijaraga beruvchiga
qaytarilar edi, o`z navbatida u mulkiga egalikni o`z qo`lida saqlab qolar
edi. Bunday ijara to`lovlari haqiqiy yoki operatsion lizingni yuzaga
kelishiga sharoit yaratdi. Xorijiy davlatlarning statistikasining guvohlik
3 G`ozibekov D.G` “Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti”. “Fan va texnologiya”.: 2004 yil.
7
berishicha, hozirda ular barcha lizing bitimlarining asosiy qismini tashkil
qiladi.
Lizing mulkni yollash yoki prokatga olish tushunchasidan ham farq
qiladi ( 1 -jadval).
1-jadval.
Lizing va ijara, ular o`rtasidagi farqlar 4
№ Baholash ko`rsatkichlari Munosabat turlari
Prokat (yollash) Lizing
1 2 3 4
1 Ishlab chiqarish vositasiga
bo`lgan munosabat nuqtai
nazaridan
Foydalanish Foydalanish
Egalik qilish
Qisman tasarruf
qilish
2 Prokat ob’yekti nuqtai
nazaridan Hodim Mulk
3 Resurslarga javobgar nuqtai
nazaridan Ma’naviy va
qisman moddiy
To`la mulkiy
javobgar
4 Motiv va rag`bat nuqtai
nazaridan Birinchi navbatda
fiziologik
ehtiyojni qondirish
Shaxsiy
salohiyatni ishga
solish, ijtimoiy va
intelektual
ehtiyojni qondirish
5 Ishlab chiqarilgan mahsulot
va daromadga bo`lgan
huquq nuqtai nazaridan
Mahsulot va
daromadga
korxonaning o`zi
xo`jayinlik qiladi
Lizing oluvchi
ya’ni,
foydalanuvchi
ixtiyorida bo`ladi
6 Tovar ishlab chiqaruvchining
holati nuqtai nazaridan Yollangan hodim Tadbirkor mulk
egasi
7 Bajaradigan funksiyasi
nuqtai nazaridan Ijrochilik Ijrochilik
Boshqaruvchanlik,
ya’ni
tashabbuskorlik
8 Boshqarish usuli nuqtai
nazaridan Asosan
boshqarish
ma’muriy usuli
O`z-o`zini
boshqarish
Boshqarishning
iqtisodiy usuli
9 Muvofiqlashtirish usuli
nuqtai nazaridan Mehnat
shartnomasiga
Mulkiy huquq
Qarziy huquq
Tijoriy huquq
munosabatlari
4 Бородулин В. «Лизинг в современной экономике»ю Экономическое процветание напрокат коммерсант
– ВАГЬУ, 1995 г. 24 апрелъя, №79.
8
Shunday qilib, prokat ijara munosabatlarining eng oddiy turi bo`lib,
bu ijaraga asosan maishiy xizmat ko`rsatish bilan bog`liq tovarlar (nikoh
liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy
sport anjomlari va h.k.) beriladi. Bu ijara turning xususiyati shundaki,
aksariyat hollarda muddati belgilanmaydi yoki ijara o`ta qisqa muddatli
bo`ladi yoki iste’molchi undan xohlagancha foydalanishi mumkin.
Shu davrga transport vositalari bilan bog`liq biznesda lizing
operatsiyalari hajmining oshishi yuz berdi. Avtomobillarni lizingga berish –
1918 yilga borib taqaladi. Undan so`ng, 30 – yillarda genriy Ford o`zining
avtomobillarini sotishni samaradorligini oshirish uchun ijaradan foydalandi.
Biroq, avtomobil lizinggi biznesining qonuniy otasi bo`lib, Zolli Frenk
hisoblanadi. U 40 – yillarning boshida avtomobillarni uzoq muddatga
ijaraga berishni birinchi bo`lib taklif etgan Chikagolik savdo agenti bo`lib
hisoblanadi.
Hozirgi davrda transport lizingidan tushayotgan yalpi daromadlar
yiliga 50 mlrd. AQSH dollaridan oshib ketmoqda.
Lizingning keng tarqalgan turi – ijara munosabatlariga haqiqiy
inqilob bizning asrimizning o`rtalarida bo`lib o`tdi. Ijaraga sanoat vositalari
yoppasiga berila boshladi. Xususan, texnologik asbo-uskunalar, mashinalar,
mexanizmlar, kemalar, samolyotlar AQSH hukumati bu yutuqni to`g`ri
qabul qilib, tezlikda qayta ishlasb chiqdi va uni rag`batlantirish uchun
davlat dasturini ishlab chiqdi.
Jahonda tijorat banklarning lizing operatsiyalari keng ko`lamda
rivojlansada, bizda rivojlanish mustaqillikdan so`ng amalga osha boshladi.
Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi moliya bozorida xorijiy capital
ishtirokida bir necha yirik qo`shma lizing kompaniyalari faoliyat
yuritmoqdalar.
Amaliyotda qo`llanilayotgan lizing bitimlarining bir-biridan farq
qiluvchi muhim jihatlari bo`yicha u operatsion (joriy) va moliyaviy lizing
tushunchlariga bo`linib ketgan. Qonunchilik hujjatlarida ijara bu –
9
operatsion lizing, moliyaviy ijara esa moliyaviy lizing yoki bir so`z bilan
lizing deb qabul qilingan. Demak, moliyaviy ijara – bu lizingdir. Mazkur
tushunchalar xalqaro adabiyotlarda ham shunday ma’noda qo`llanilmoqda.
Shu sababli O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 13-dekabrdagi
447 – II sonli Qonuni bilan 1999 yil 14-apreldagi “Lizing to`g`risida”gi
Qonunga tegishli o`zgartirishlar kiritildi va respublikaning lizing bo`yicha
qonunchiligi xalqaro andozalar talablariga moslashtirildi.
Bundan tashqari, lizing mohiyatini ochishda uning tarkibiy qismlari
bo`lmish lizing ob’yekti va sub’yektlariga ham aniqlik kiritib o`tishni
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing sub’yektlaridir
(1-rasm).
1-rasm. Lizing sub’yektlari.5
Bunda:
Lizing beruvchi – lizing shartnomasi bo`yicha lizing ob’yektini
keyinchalik lizing oluvchiga berish maqsadida mulk qilib sotib oladigan
bank yoki lizing kompaniyasi yoxud ularning shu’ba kompaniyalari
(qonunchilik hujjatlari bo`yicha lizing beruvchi bo`lib nafaqat lizing
kompaniyalari yoki banklar, balki har qanday yuridik va jismoniy shaxs
ham lizing beruvchi bo`lib maydonga chiqishi mumkin.
Lizing oluvchi – lizing shartnomasi bo`yicha lizing ob’yektiga
vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun oladigan yuridik shaxs,
yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxslar.
5 A.V.Vahobov, U.Burxonov, N.Jumayev “Xalqaro moliyaviy munosabatlar”. Darslik. Toshkent.: Moliya 2003
yil.
Lizing sub’yektlari
Lizing sotuvchi Lizing beruvchi Lizing oluvchi
10
Sotuvchi – lizing beruvchiga lizing ob’yektini sotuvchi yuridik yoki
jismoniy shaxslar.
Lizing ob’yekti – iste’mol qilinmaydigan va qonunchilik bilan
taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatida qo`llaniladigan har qanday buyumlar,
barcha mulk majmualalari, shu jumladan, korxona, binolar, inshootlar,
uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko`char va ko`chmas mulk
bo`lishi mumkin (2-rasm). Muomaladan olingan yoki muomala doirasi
chegalangan yer uchastkalari va boshqa tabiat ob’yektlari bo`lishi mumkin
emas.
2-rasm. Lizing ob’yektlari.6
Xo`sh, lizing nima? Uning mohiyatini ochish uchun xakqaro miqyosda
eng ko`p tarqalgan lizing tushunchalarini tahlil qilib ko`raylik. Masalan,
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) mutaxassislari tomonidan u
quyidagicha talqin qilingan: “Lizing – bu mulkiy munosabatlar majmui
bo`lib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir taraf (lizing
oluvchi)ning topshirig`iga binoan uchinchi taraf (mol yetkazib beruvchi)dan
6 G`ozibekov D.G`. umumiy tahriri ostida. “Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti”. « Fan va
texnologiya » - 2004 yil.
11
lizing shartnomasiga muvofiq lizing ob’yekti bo`lgan mulkni o`z mulki
qilib sotib olib, uni to`lash asosida lizing shartnomasida belgilangan
shartlar bilan vaqtinchalik foydalanish va egalik qilish uchun lizing
oluvchiga beradi”.
Lizingga berilgan ushbu ta’rifda uning mohiyatini ochib beruvchi
qator muhim belgilar mavjud. Chunonchi, unda lizingning mulkiy
munosabatlar majmui ekanligiga alohida urg`u berilgan bo`lib, uning
mohiyatini ochishda iqtisodiy mazmuniga tayanishga harakat qilingan.
Shuningdek, lizing shartnomasidagi kelishuvga asosan lizing ob’yekti
shartnomaning amal qilish muddati davomida lizing beruvchining
tasarrufida qoldirish sharti ham lizingning mulkiy munosabatlarga taaluqli
bo`lgan mazmunini to`ldiradi.
Mazkur ta’rifda lizing beruvchining lizing ob’yektini oluvchiga
vaqtinchalik foydalanishga to`lash sharti yoki foyda olish maqsadida
berishining belgilanishi lizingning tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liqlik
jihatiga ham e’tibor qaratilgan yoki boshqacha qilib aytganda, lizing bozor
iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri bo`lgan foyda olish istagining
mahsuli sifatida qaralgan.
Shu bilan birga, ushbu ta’rifda lizing ob’yektining lizing
shartnomasi yakunlangandan so`ng, kiming mulkiy tasarrufiga o`tishi yoki
lizing oluvchi mulkni o`ziga sotib olishi mumkinligi ko`rsatilmagan. Ushbu
mezon lizing, ya’ni moliyaviy ijaraning muhim atributlaridan biri ekanligi
bois, bizning fikrimizcha, bu mazkur ta’rifning sezilarli kamchiligidir.
Bundan tashqari, mazkur ta’rifda lizing beruvchining huquqlari bir
oz kamaytirilgan yoki unda lizing beruvchi faqat lizing oluvchining
topshirig`iga asosan lizing ob’yektini sotib oladi, deyilgan. To`g`ri, lizing
ob’yekti, avvalo, lizing oluvchining manfaatlariga mos bo`lmog`I va uning
talablariga javob berishi lozim, aks holda lizing bitimining mazmuni
yo`qoladi. Lekin bundan lizing beruvchining mutlaqo lizing oluvchining
xohish-istagiga qarab lizing munosabatlariga kirishadi, degan xulosa
12
chiqarish noto`g`ri bo`lardi. Vaholanki, lizing beruvchi lizing
munosabatlarining teng huquqli ishitirokchisidir, qolaversa, moliyaviy ijara
bo`lmish lizingda u markaziy o`rinni egallaydi. Lizing kompaniyalari
mustaqil ravishda lizing oluvchilarni izlab toppish, ularga zarur bo`lgan
lizing ob’yektlarini taklif qilish va qulay hamda manfaatli bo`lgan lizing
munosabatlarini tashkil etishda tashabbuskor sifatida maydonga chiqishi
mumkin. Binobarin, lizing beruvchi lizing munosabatlarining faol
ishtirokchisidir. Modomiki shunday ekan, lizing ta’rifida ham bu holat o`z
aksini topishi lozim, deb hisoblaymiz.
Barcha mamlakatlarning amaliyotda keng tarqalgan lizing turlari bu
moliyaviy va joriy ijara turlaridir. Biz yuqorida moliyaviy ijara – bu
lizing, oddiy, ya’ni moliyaviy bo`lmagan ijara esa joriy lizing deyilishini
aytib o`tgan edik. Bugungi kunda ham amaliyotda lizing bitimlari yo
lizing (moliyaviy ijara) yoki joriy lizing (oddiy ijara) shakli tuzilmoqda,
shu sababli lizingdan joriy lizingni farqini ajratish amaliy jihatdan kata
ahamiyatga ega. Shu sababli, ko`pgina rivojlangan mamlakatlarda
lizingning bu turlarini farqlash bo`yicha o`z ichki qonunchilik hujjatlariga
tegishli me’yorlar kiritilga va shu me’yorlar bo`yicha lizing shartnomalarini
moliyaviy yoki joriy lizingga tasniflashni boshlashdi.
Ayrim iqtisodchilar bu ikki lizing turini lizing shartnomalarining
muddatlariga qarab, ya’ni uzoq muddatli lizing shartnomalariga moliyaviy,
qisqa muddatlilari esa joriy lizing deb qabul qilindi. Shunga muvofiq joriy
lizingda lizing ob’yekti foydalanish muddati davomida ko`p marta
qo`llaniladi va ular muddatlariga qarab renting (bir yilgacha) va xayring
(bir yildan uch yilgacha) bitimlari deb nomlanadi.
Lizing (moliyaviy ijara) shartnomasi esa uzoq muddatlarga uzayib
aksariyat hollarda uning muddati lizing ob’yektining foydalanish muddatiga
yaqin bo`ladi, binobarin, ushbu lizing ob’yekti faqat bir marta qo`llaniladi.
Bundan tashqari, lizing muddati tugagandan so`ng, lizing oluvchi
shartnomnada kelishilgan narxlarda lizing ob’yektini sotib olish huquqiga
13
ega bo`ladi.
Lizingning asosiy funksiyalarini uch turga ajratish mumkin (3-rasm).
3-rasm. Lizingni asosiy funksiyalari.
7
Ba’zi mutaxassislar lizingni joriy lizingdan farqini lizing shartnomasi
davomida lizing ob’yekti bo`yicha vujudga keladigan barcha moliyaviy
mas’uliyat va xatarlar kimning zimmasiga yuklanishiga qarab aniqlashni
taklif etishgan.
Ushbu masala bo`yicha bir qarorga kelmaslik lizingni xalqaro
munosabatlarda qo`llashda kata muammolarni vujudga keltirib, uning
rivojlanishiga to`sqinlik qila boshladi. Ayniqsa, lizing kimning balansida
hisobga olinishi, soliq majburiyatlari kimning zimmasida bo`lishi va
moliyaviy hisobotlarda qanday aks ettirilish masalalari xalqaro moliyaviy
tashkilotlarning diqqat-e’tiborini tortdi. Natijada, jahon iqtisodchilari
tomonidan lizingni tasniflashning asosiy qoidalarini ishlab chiqish zaruriyati
tug`ildi. 7 Лишенком И. «Основы лизингга» М.: финансы и статистика, 2001 г.
14
Oxirgi 15 yilda rivojlangan mamlakatlarda lizing operatsiyalarining
hajmi 5 marta oshgan va ularning 30 foizdan ortiq investitsiyasi liizng
orqali amalga oshirilayotgnligi to`grisida aytib o`tgan edik. Bu ma’lumotlar
shuni ko`rsatib turibdiki, lizing dunyodagi barcha mamlakatlar
iqtisodiyotida muhim o`rin egallagan va bugubgi kunda ham ushbu
moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Mikroiqtisodiy omillar tahlil qilinganda, lizing munosabatlarining har
bir ishtirokchisi manfaatlarini inobatga olish lozim deb hisoblaymiz.
1.Sotuvchi yoki lizing ob’yektini ishlab chiqaruvchi tovarlarini
oldindan berilgan buyurtmalar asosida sotish imkoniyatiga ega bo`ladi va
uning tovarlari bozorini chaqqon bo`lishiga olib keladi. Oldindan berilgan
talablar asosida ishlab chiqarishni aniq reja asosida boshqarish imkoniyati
yaratildi.
2.Lizing oluvchi (lizing ob’yektidan foydalanuvchi) esa o`z pul
mablag`larine tejashga yordam beradi yoki uning to`lov qobiliyatini
mustahkamlaydi. Lizing ishlab chiqarish ob’yektidan samarali foydalanishga
majbur qiladi. Lizing oluvchining ishlab chiqarish quvvatini oshiradi.
Lizing sharofati bilan u mulk sohibiga aylanadi.
3.Lizing beruvchi (lizing kompaniyasi yoki bank)larning daromadli
aktivlarini oshiradi, undan foyda olishni va tadbirkorlik faoliyatini
rag`batlantiradi. Bank uchun lizing lizing ob’yekti sug`urtalanganligi bois,
ssuda amaliyotlariga qaraganda bexatarli aktivdir va lizing to`lovlarining
muntazamligi ularga barqaror daromad manbai bo`lib hisoblanadi.
4.Lizing operatsiyalari tijorat banklari uchun qator afzalliklarga ega,
masalan lizing operatsiyalari bo`yicha biznes-reja tayyorlash kreditlash
amaliyotlariga qaraganda qulay chunki lizingda biznes ob’yekti va undan
foydalanish aniq bir jarayonga bog`liqdir. Lizing bo`yicha bank
mablag`larining maqsadga muvofiq ishlatilishi to`la ta’minlanadi.
Shuningdek, banklarda lizing ob’yektining kredit ta’minoti sifatida qabul
qilish huquqi mavjudligi ham bankka ushbu amaliyotlar bo`yicha
15
qulayliklar tug`iladi.
Yevropa federatsiyasining lizing bo`yicha milliy assotsiatsiyasi
tomonidan lizingga berilgan ta’rif ham e’tiborga molikdir. “Lizing – bu
ijarachining ishlab chiqarish maqsadida zavod, sanoat tovarlari, uskunalar
va qo`zg`almas mulklardan foydalanish bo`yicha ijara shartnomasi bo`lib,
bunda mazkur tovarlar ijara beruvchi tomonidna sotib olinib, u mulkka
bo`lgan egalik qilish huquqini saqlab qoladi.
Biz lizing mohiyatini aniqlashda iqtisodiy adabiyotlarda va huquqiy
hujjatlarda ko`proq qo`llaniladigan lizing to`g`risidagi tushunchalarning
tahlili bilan chegaralandik. Umuman, lizing bo`yicha berilgan har qanday
ta’rif ma’lum ustunliklarga ega va ayni paytda kamchiliklardan ham holi
emas.
1.2. O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini modernizatsiyalash
davrida tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini o`rni.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda lizing – biznesning bir
turi bo`lib, u noan’anaviy moliyalashtirish instrumenti sifatida amaliyotga
juda keng tarqalgan. O`zbekistonda moliyalashtirishning bu turini
rivojlantirish va kengaytirish boshqa sharoitlar teng bolgan taqdirda,
o`zinign ijobiy samarasini berishi mumkin. Bunnday sharoitlar haqida
to`xtalishdan oldin lizingning qanday iqtisodiy kategoriya ekanligiga, uning
mazmun-mohiyatiga tabiatiga va ahamiyatiga qisqacha to`xtalib o`tish
maqsadga muvofiqdir.
Lizingning turli omillarga ko`ra 30 dan ortiq turlari farqlanadi. Ular
quyidagilardan iborat:
• ishlatilish shakli bo`yicha – ishlab chiqarish va iste’mol lizinggi.
Bunda moliyalashtirish ob’yektiga qarab, ishlab chiqarishga qilingan capital
qo`yilmalar yoki uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlariga
qilingan kapital qo`yilmalar o`zaro farqlanadi;
16
• lizing predmeti bo`yicha ko`char va ko`chmas mulklar mavjud.
Ya’ni uskuna, mashina, asboblar, ko`char mulk, ishlab chiqarish bilan
bevosita bog`liq bo`lgan bino va inshootlar ko`chmas mulkni tashkil etadi;
• ishlatilish uslubi bo`yicha – individual va lizing – blanko, ya’ni lizing
predmetini ishlatishdan ko`zlangan iqtisodiy maqsadga bog`liq holda, agar
kompaniya lizing orqali faqat o`z asosiy vositalarini yangilashni maqsad
qilsa, bunda individual lizingdan foydalaniladi. Lizing – balnkoda esa lizing
yordamida nafaqat o`z asosiy vositalarini balki hamkorlik aloqalari
o`rnatilgan korxonalar va sub’yetkazib beruvchilarning ham moddiy-texnik
bazasini yangilash tuhuniladi. Sifatli komplektlashtiruvchi ehtiyot qismlarni
harid qilish uchun ushbu ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish sharoitini va
texnologik darajasini oxirgi tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona
darajasiga yetkazish kerak;
• lizing beruvchi va lizing oluvchi o`rtasidagi munoasbatlar
xarakteriga ko`ra – “toza” lizing (bunda faqat lizing predmeti beriladi
xolos) va keng lizingga (bunda turli tuman qo`shimcha xizmatlar
ko`rsatilishi ko`zda tutiladi) ajratiladi. Bundan tashqari ‘xo`l lizing ham
mavjud bo`lib, bu holatda lizing oluvchi lizing ob’yekti bilan birga unga
texnik xizmat ko`rsatish uni ta’mirlash, sug`urtalash, unda ishlovchi
kadrlarni tayyorlash, marketing xizmatini tashkil etish, tayyor mahsulot
reklamasi, xom ashyo bilan ta’minlash kabi xizmatlarni ham o`z ichiga
oladi;
• lizing ob’yektini taqdim etish sohasiga ko`ra – liizng predmeti ichki
lizing oluvchiga taqdim etilayotgan holda ichki lizing va liizng oluvchi
xorijda bo`lsa, tashqi lizingni tashkil etadi. Xalqaro lizingda esa eksport
va importi lizingi o`zaro farqlanadi. Agar lizing kompaniyasi lizing
predmetini mahalliy ishlab chiqaruvchidan qabul qilib, uni xorijiy lizing
oluvchiga taqdim etsa eksport lizingi bo`ladi. Aksincha bo`lganda, ya’ni
lizing predmeti xorijiy ishlab chiqaruvchidan harid qilinib mahalliy lizing
oluvchiga taqdim etilsa, import lizingi vujudga keladi.
17
Umuman olganda, lizing faoliyatining rivojlanishi bir tomondan,
korxonlarni buyurtmalar bilan ta’minlasa, boshqa tomondan, ta’minlangan
sotuv kanallarini yaratish, yangi ishchi o`rinlarini yaratish imkonini beradi.
Lizing to`lovlarini mahsulot ishlab chiqarish to`lovlariga qo`shilishi soliq
to’lanadigan bazasini kamaytiradi. Shuni ham aytish kerak-ki, lizingning
rivojlanishi asbos-uskunalar savdosini jadallashtiradi, bilvosita usgbu asbob-
uskuna uchun detallar, butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi
korxonalarning moliyaviy barqarorligiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Lizingning boshqa moliyaviy instrumentlarga nisbatan afzalligi
quyidagi jihatlarda namoyon bo`ladi:
1. Moliyaviy jihatdan: bir vaqtning o`zida ham uskuna harid qilinadi,
ham moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelmaydi. Tadbirkornning o`z
mablag`lari hamda jalb qilingan mablag`lari o`rtasidagi nisbat ijobiy
saqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga kelgan talabldan kelib
chiqqan holda, qo`shimcha yoki yangi texnika harid qilish muammosini
operativ tarzda hal qilish imkonini beradi. Bu ishlab chiqarish
quvvatlarining samaradorligini oshiradi, mablag`lar daromad keltiruvchi
sohaga yo`naltiriladi. Lizing to`lovlari baholar indeksiga bog`liq bo`lmaydi,
shuning uchun ijaradan farqli o`laroq shartnoma amal qilish muddatida
o`zgartirilmaydi. Lizing beruvchi o`z faoliyati davomida bir qator
imtiyozlarga ega bo`ladi va shuning uchun lizing to`lovlarini amalga
oshirishda lizing oluvchiga bir qator qulayliklarni yartib berishi mumkin.
2. Investitsion jiatdan: korxona mol-mulkni lizingga olishda uni
kredit hisobiga harid qilishda bir qator qulayliklarga ega. Jumladan, lizing
ob’yekti, garov sifatida ishtirok etgani uchun unga qo`shimcha ta’minot
turi talab etilmaydi. Talab etilgan taqdirda ham bu kreditga qaraganda
birmuncha kam summani tashkil etadi. Lizing lizing beruvchi mablag`ini
to`liq qaytarilishini kafolatlaydi. Chunki, lizing ob’yekti lizing beruvchinign
balansida aks etadi va shrtnoma muddati tugagunga qadar lizing
kompaniyasining mulki hisoblanadi. Lizing boshqa investitsion
18
instrumentlarga qaraganda kamxarjdir. Buning natijasida iqtisod qilingan
mablag`lar qo`shimcha investitsiyalarga yo`naltirilishi mumkin.
3. Tashkiliy va ekspluatatsiya jihatidan: lizing asbob-uskuna, texnika,
mashina va mexanizmlar narxning to`liq summasini to`lamasdan turib,
ularda foydalanish imkonini beradi. Lizingga olingan uskunani ishlatib,
foyda ko`rish va bu foyda hisobidan uskunaning narxini to`lash mumkin.
4. Serviz xizmatlar: lizing oluvchi lizing ob’yekti bilan birgalikda
bir qator servis xizmati turlarini ham olishi mumkin. Bular sug`urta,
transportirovka, uskunani o`rnatish, kafolatli xizmat, profilaktika va boshqa
xizmat turlaridir.
5. Buxgalteriya hisobi: lizing bo`yicha xarajatlar, joriy xarajatlar
tarkibiga va mahsulot tannarxiga kiritiladi, bu soliqqa tortiladigan foyda
miqdorining kamayishiga olib keladi. Lizing ob’yeki lizing
kompaniyasining balansida aks ettiriladi.
Yuqoridagi afzalliklardan tashqari, lizing:
1.Ijarachi korxonaga ishlab chiqarishni kengaytirish va bir vaqtning
o`zida asbob-uskunalarga xizmat ko`rsatishni kata xarajatlarsiz va qarz
olmasdan amalga oshirish imkonini beradi.
2.Likvid mablag`lar yetishmasligi muammolarni birmuncha
yumshatadi, asbob-uskuna sotib olish xarajatlari shartnomaning amal qilish
muddatining butun davri bo`yicha ekis taqsimlanadi. Boshqa aktivlarga
qo`yilmalar qilish uchun bo`sh mablag`lar paydo bo`ladi.
3.Qarz mablag`larni olish talab qilinmaydi va natijada korxona
balansida o`z mablag`lari va jalb qilingan mablag`lar nisbati ijobiy
ko`rinishda saqlanadi.
4.Asbob-uskuna o`rnatilib, sozlash va ishga tushirish bo`yicha
tegishli ishlar amalga oshirilgandan so`ng, asbob-uskunada mahsulot
chiqarila boshlangach ijara haqi to`lab boriladi. Ya’ni ijarachi korxonaga
ijaraga olingan asbob-uskunada ishlab chiqarilgan mahsulot sotishdan
tushgan tushum hisobidan to`lovlarni amlaga oshirish imkonini beradi.
19
5.Lizing shartnomasida ijaraga olingan asbob-uskunalarni ta’mirlash
va texnik xizmat ko`rsatish boyicha ijaraga beruvchinign majburiyatlari
ko`rsatilishi mumkin: bu asbob-uskunani o`rnatish, ishga tushirish,
ta’mirlash va texnik xizmat ko`rsatishda yuqori malakali mutaxassislarni
talab qiladigan murakkab asbob-uskunalarni ijaraga olishda katta ahamiyat
kasb etadi.
6.Lizing ijarachiga ma’nan eskirgan asbob-uskunalarni vaqti-vaqti
bilan yangilab turish imkonini beradi.
7.Lizing to`lovlari qat’iy o`rnatilgan jadval bo`yicha amalga
oshirilishini nazarda tutgan holda, ijarachi korxona o`zining kapital
qo`yilmalarga qilinadigan xarajatlari va mahsulotni sotishdan tushadigan
tushumni muvofiqlashtirish imkoniga ega bo`ladi. Asbob-uskunani sotib
olganda esa unda bunday imkon yo`q. Yuqoridagilarning barchasi
ijarachining moliyaviy ahvoli barqaror bo`lishiga sabab bo`ladi.
8.Asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi korxona sotuvini kafolatlashi
mumkin.
9.Lizing oluvchi lizingga olingan uskunada raqobatbardoshligi yuqori
bo`lgan mahsulot ishlab chiqarish imkoniga ega bo`lib, bozorni egallashga
shart-sharoit yaratadi va h.k.
Demak, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, lizing munosabatlarini
rivojlantirish va amaliyotda undan kengroq foydalanish xo`jalik
sub’yektlarining mehnat unumdorligiga to`g`ridan-tog`ri ta’sir etib, ish
sasmarasining o`sishiga ortiqcha xarajatlarning kamayishiga va xo`jalik
moliyaviy natijalarining sezilarli darajada yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Xalqaro amaliyot asbob-uskunalarni ijaraga berishni asosan quyidagilarga
bo`lib ko`rsatadi:
Qisqa va o`rta muddatli (renting) – 3 yilgacha. Bunda odatda
standart asbob-uskunalarga, ya’ni avtomobillarga, traktorlarga, temir yo`l
vagonlari va shu kabilar lizingga beriladi;
20
O`rta va uzoq muddatli (lizing)da sanoat texnologiyasi bialn
bog`liq asbob-uskunalar va shu kabilar ijaraga beriladi.
Bular orasida quyidagi farq mavjud:
rentingda shartnomadagi ob’yekt davomiy kelishuvlar bo`yicha
ishlatilishi;
uzoq muddatli ijarada esa ijaralanayotgan asbob-uskuna
shartnomada belgilangan normal muddatgacha uzluksiz ishlatilishi
mumkindir.
Tijorat banklarning lizing operatsiyalari bilan ijara orasidagi
farq quyidagilarda namoyon bo`ladi:
bitim ob’yekti asbob-uskunani o`z hisobiga sotib olgan lizing
beruvchi emas, balki lizing oluvchi tomonidan tanlanadi;
shartnomani muddati tugashida mijoz imtiyozli stavkada mulkni
ijaraga berishni yoki bo`lmasa ijaralanayotgan mulkni qoldiq qiymati
bo`yicha sotib olishi mumkin;
lizingni muddati asbob-uskunani eskirishi muddatidan kam bo`ladi
va odatda amortizatsiya muddatigacha uzaytiriladi;
lizing beruvchi bo`lib odatda moliya muassasasi – lizing
kompaniyasi qatnashadi.
Shuningdek, ijara to`lovlari har oyda, har kvartalda yoki bo`lmasa
yarim yil uchun amalga oshiriladi. Ijara to`lovi stavkalari ijaraga
olinayotgan asbob-uskunalarni qiymati va xarakteridan hamda bu to`lov
oxir-oqibatda ijaraga berilayotgan asbob-uskunani tijorat narxidan oshishi
shartdir.
Jahon tajribasidan shuni ko`rish mumkinki, lizing operatsiyalari bilan
tijorat banklari emas, balki maxsuslashtirilgan kompaniyalar shug`ullanadi.
Tijorat banklarning lizing operatsiyalari nafaqat rivojlangan davlatlar uchun
balki, tijorat banklarning qarzdorligi yuqori darajada ko`paygan va valyuta
rezervlari chegaralangan qoloq davlatlar uchun ham juda manfaatlidir.
21
Bunga asosiy sabab, davlatlar bunday yirik texnologiyani sotib olish
imkoniyatiga ega emas.
Shu narsani ta’kidlab o`tish joizki, ular lizingga biror yirik zavodni
yoki texnologiyani olishlari va uni ishga tushirib, yuqori foyda olib, va
uning foydasidan faqat lizingga to`lovlarni amalga oshiribgina qolmay, shu
bilan birga o`zining milliy daromadini ko`paytirishi mumkin.
Mamlakatda lizing xizmatlarini rivojlantirish orqali iqtisodiyotni ishlab
chiqarish tarmoqlarini rag`batlantirish va shu orqali ishlab chiqarishni
rivojlantirishga kuchli turtki bo`ladi. Bundan tashqari tijorat banklarning
lizing tijorat banklarning kreditni bir shakli sifatida banklar va lizing
kompaniyalari o`rtasida raqobatni kuchayishiga turtki bo`ladi va bu o`z
navbatida ssuda foizlarini tushushiga va natijada kapitallarni ishlab
chiqarish sohalariga oqib kirishi uchun qulay zamin yaratadi. Lizingni eng
asosiy yutug`i – bu kredit doirasidagi ko`rsatiladigan xizmatlarni kengligi
bilan tavsiflanadi.
Tijorat banklarning lizing tashkilotlarining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
barcha huquqiy, soliq, moliyaviy masalalarni hal etish;
bularga a’zo mamlakatlarning qonunchiliklarini o`rganish va taqqoslash;
lizing firmalarini tashkil etish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni
o`rganish;
lizing bitimlarining shartlari to`g`risidagi statistic ma’lumotlarni
yig`ish.
Mamlakatimizda hozirda tijorat banklari bilan bir qatorda lizing
beruvchi kompaniyalar soni ham ortib bormoqda. Ularning lizing loyihalari
bo`yicha amalga oshirayotgan operatsiyalari hajmi yildan-yilga ortib
bormoqda. Quyidagi jadvalda biz tijorat banklari bilan birga lizing
beruvchi kompaniyalarning 2012 yil yakunlari bo`yicha lizing operatsiyalari
ko`lami jihatidan statistik ro`yxatni ko`rishimiz mumkin (2-jadval).
22
2-jadval
Lizing beruvchi kompaniyalar va tijorat banklarning ro`yxati8
№ LIZING BERUVCHI KOMPANIYA VA BANKLAR LIZING OPERATSIYALARI HAJMI
(MLRD,SO`M)
1 O`zselxozmash Leasing 167,7
2 Asaka bank 104,6
3 O`zavtosanoat Leasing 55,3
4 O`zmeliomash Leasing 39,1
5 Ipoteka bank 27,4
6 Mikro Kredit bank 21,2
7 Uzbek Leasing International 19,1
8 Qurilish Lizing 12,7
9 Infin Leasing 12,6
10 Turon bank 8,1
11 Delta Leasing 7,7
12 Trast bank 7,5
13 Hamkor bank 7,2
14 SIFCO International 7,1
15 China Leasing Group 5,8
16 Uz Psb bank 5,5
17 Hamkorand Leasing 5,4
18 Nano Leasing 5,3
19 Xalq bank 5,3
20 Asaka Trans Leasing 5,3
21 Hamkormaz Leasing 4,9
22 Barqaror Leasing 4,1
23 Aloqa bank 4,1
24 Davr bank 3,8
25 Qishloq Qurilish bank 3,2
26 Business Leasing 2,6
27 Baraka Leasing 2,6
28 Universal bank 2,6
29 Hamkor Invest Lizing 2,5
30 O`zkeysagro Leasing 2,3
31 Uzmed Leasing 2,1
32 Kapital bank 2,1
33 BDS Leasing 2,1
8 www.ula.uz. saytidan olindi
23
Jadvaldan ko`rib turganingizdek, yuqori o`rin lizing kompaniyasiga
tegishli. Bu degani lizing kompaniyalari ham tijorat banklaridan ortda
qolayotgani yo`q. Lizing kompaniyalari ham o`z kapitallarini ko`paytirgan
holda, yanada ko`proq mijozlar bilan lizing operatsiylarini amalga
oshirishni ko`zda tutganlar. Keyingi o`rinlarda tijorat banklarini ham
ko`rishimiz mumkin. Bunda tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalari
ko`lami ancha hajmni tashkil etganlgini guvohi bo`lishimiz mumkin.
Tijorat banklarning lizingni iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati
beqiyosdir. Bunga sabab rivojlanayotgan davlatlarda ishlab chiqarishni
rivojlantirish va shu orqali mamlakatga valyuta tushumini oshirish uchun
ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgn asbob-uskunalarga, yangi
texnologiyalarga ehtiyoj seziladi. Ayniqsa, oltin – valyuta rezervlari
cheklangan mamlakatlarga Tijorat banklarning lizing juda qo`l keladi.
Chunki, asbob-uskunani sotib olishda lizing oluvchi mamlakat ishlab
chiqariladigan mahsulotning eksportbopligini isbotlagan holda va valyuta
tushumini tushishini haqqoniyligini ta’riflab Tijorat banklarning lizing
munosabatlarida qatnashadi. Aynan Tijorat banklarning lizingning ahamiyati
ko`zga tashlanadi.
Iqtisodiyotni o`sishi yuqori davlatlarda aholining yashash sharoiti va
milliy daromadi yuqori bo`ladi. Demak, Tijorat banklarida lizing
operatsiyalari iqtisodiyotimizni o`ziga xos va muhim ahamiyatga ega
bo`lgan sohalaridan bo`lib hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O`zbekiston iqtisodiyotini
ko`tarish uchun Tijorat banklarning lizing kompaniyalari bilan asosli
bitimlar tuzish va shu orqali sanoatni, ishlab chiqarishni rivojlantirish
mumkin. Tarixdan ma’lum, sanoati va ishlab chiqarishi samarali va yuqori
darajadagi davlatlarda rivojlanish darajasi va iqtisodiy o`sish yuqori
bo`lgan.
24
1.3. Тijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalari jahon amaliyoti
tahlili.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda lizing biznesning
alohida bir turi sifatida qaraladi. U lizing mahsulotlarining ishlab
chiqaruvchilari, iste’molchilari uchun, shuningdek, shu turdagi biznes bilan
shug`ullanayotgan moliyaviy vositachilar uchun ham muhim bo`lgan bir
qancha vazifalarni hal etadi. Ichki va tashqi bozorlar uchun qattiq raqobat
sharoitida asbob-uskunalarning texnik xususiyatlarinigina emas, ayni vaqtda
mazkur asbob-uskunalar iste’molchilariga qo`yiladigan moliyaviy shartlar,
shuningdek, qo`shimcha xizmatlar ham tobora ahamiyatli bo`lib boradi.
Iste’molchilarning bunday qo`shimcha talablarini qondirishda
moliyalashtirishning istiqbolli usuli bo`lgan lizing to`la-to`kis xizmat qiladi.
Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishning shu yangi usulini yaqin
kelajakda keng joriy qilish, shunigdek, chet el tajribasidan foydalanish
uchun, bizning nazarimizda, lizingning iqtisodiy tabiati va mohiyatini
chuqurroq anglab olish muhim masaladir. Lizingning mohiyatini to`g`ri
tushunish, uning tabiatini, mazmunini va zamonaviy bozor iqtisodiyotida
bajaradigan vazifalarini har tomonlama o`rganish esa milliy iqtisodiyotda
uni keng ommalashtirish va rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy va
boshqa shart-sharoitlarni yaratish imkonini beradi.
Hozir zamonaviy lizing xizmatlari bozorida lizing shakllarining
ko`pligi, uni ko`rsatkichlarining tez su’ratlarda o`sishi – tuzilayotgan
shartnomalarni keng tarqalishi bilan izohlanadi. Jahon bozorida lizing
xizmatlarini asosiy qismi uch markazda joylashgandir (4- rasm).
Bular:
1.AQSH;
2.G`arbiy Yevropa;
3.Yaponiya.
25
4-rasm. Xalqaro lizing bozorining umumiy obzori 2011 y.9
Tijorat banklarning lizing operatsiyalarining jahon iqtisodiyotida
tutgan o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Yirik Tijorat banklarning lizing
tashkilotlar Tijorat banklarning lizing bo`yicha keng ko`lamda xizmatlar
taklif qiladilar. Jahonda eng yirik Tijorat banklarning lizing tashkilotlaridan
“Ebik-liz”ni milliy lizing assotsiatsiyalarining Yevropa federatsiyasi –
“Lizyurop”ni alohida ajratib ko`rsatish mumkin. “Ebikliz” Gollandiya,
Italiya, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Belgiya va Fransiya
davlatlaridagi lizing kompaniyalarini o`zida mujassamlaydi. Bu tashkilot
ko`pchilik hollarda Tijorat banklarning lizing bitimlarini amalga oshirishda
vositachi vazifasini o`tashi ahamiyatga molikdir. “Lizyurop” 1979 yilda
tashkil etilgan bo`lib, hozirgi kunda 17 ta mamlakatning 700 ta lizing
kompaniyasini birlashtiradi. Uning tarkibiga Avstriya, Belgiya,
BuyukBritaniya, Bolgariya, Shveysariya, Germaniya, Daniya, Ispaniya,
Fransiya, Italiya, Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Portugaliya,
Shvetsiya, Gollandiya, Finlandiya davlatlari kiradi. Hozirgi kunda amalga
9 Mustafaev Z.B. “O`zbekiston lizing beruvchilar assotsiatsiyasi” bosh direktori. YoAJ “O`zbek lizing
interneshnl A,O.” bosh direktori ma’ruzasi 2013 yil.TDIU ma’ruzalar zalidan eshitildi.
26
oshiladigan Tijorat banklarning lizing operatsiyalarining teng yarmi AQSH
hissasiga to`g`ri keladi. AQSH da lizingni yuksak sur’atarda
rivojlanishining muhim sabablaridan biri investitsiyaviy soliq imtiyozi edi.
Jahon amaliyotida lizing - vaqtincha bo`sh turgan yoki jalb etilgan
mablag`larni investitsiyaga yo`naltirishga qaratilgan alohida turdagi
tadbirkorlik faoliyatidan iborat bo`lib, bunda moliyaviy ijara (lizing)
shartnomasiga binoan bir shaxs shartnomada belgilangan mulkni muayyan
sotuvchidan sotib olib uni haq evaziga boshqa shaxsga muddatlarda mol-
mulkni qo`lga kiritish niyatida bo`lg`usi huquqini moliyalashtiradi.
Jahon amaliyoti lizingida esa mulkdan foydalanuvchi (ijarachi) bir
vaqtning o`zida ham xorijdan texnika xarid qilishni, ham haridni
moliyalashtirishni amalga oshiradi.
Jahon amaliyotida lizingda zavodlar, sanoat tovarlarining uskunalari,
ko`chmas mulklar mulk egasidan ularni ishlab chiqarish maqsadida
ishlatish uchun ijaraga beruvchi tomonidan sotib olingan bo`ladi va shu
sababli ijaraga berilgan tovarlarga nisbatan mulk huquqini mulk egasi
saqlab qoladi.
Jahon amaliyotida lizing operatsiyalari deganda lizing kompaniyasi
(bankning lizing bo`limi)ning import asosida mulkni o`z hisobiga sotib
olishi va kelgusida lizing oluvchiga shartnoma asosida ijaraga berishi
tushuniladi. Bunda o`z shaxsiy mablag`lari yoki jalb qilingan
mablag`lardan foydalaniladi. Lizing beruvchi sub’yekt lizing operatsiyalarni
amalga oshirishda, kelgusida lizing oluvchi tomonidan lizing to`lovlarini
to`lay olmaslik xavfining oldini olish maqsadida, ulardan kafolat tariqasida
biror mulk, qimmatbaho qog`ozlar, kafillik, bank kafolati va boshqa
kafolat turlarini talab etishi mumkin.
Jahon amaliyoti lizingining keng rivoj topishiga sabab uning boshqa
investitsiyalash shakllari bilan tenglashtirilganda qator afzalliklari borligidir.
Ularning asosiylari quyidagilardir:
27
Mulkni investitsiyalashda pulli kreditdan farqli o`laroq mulkni
qaytarib olmaslik xavfi kamaytiradi;
Jahon amaliyoti lizingi yuz foizli kreditlashni mo`ljallaydi, bu esa
birdan moliyaviy kuchlanishsiz ishlab chiqarish fondlarini yangilash
qimmatbaho mulkni egallash imkonini beradi va to`lovlarning darhol
to`lanishini talab qilmaydi;
Korxona mulkka egalik qilish ssudasini olishdan xalqaro lizing
bilan mulkni olish qulayroq, negaki lizingdagi mulk garov hisobida
chiqadi;
Lizing oluvchi uchun mulkni qiymat tomonidan va jismoniy
eskirish xavfi kamayadi, chunki mulk o`z tasarrufiga o`tmasdan
vaqtinchalik ishlatishga olinadi;
Lizing to`lovlari eskirish bilan bog`lanmagan, lizing
munosabatlarida esa lizing oluvchi mulkni tezkor amortizatsiyasi bilan ish
olib boradi;
Lizing oluvchining balansida lizingdagi mulk ro`yxatda turmaydi,
bu esa lizing oluvchining aktivligini oshirmaydi va mulkka soliq
to`lashdan ozod qilinadi;
Lizing to`lovlari lizing oluvchining ishlab chiqarishdagi ushlanib
qolishlarga kiradi va albatta, soliq solinadigan foydani pasaytiradi;
Ishlab chiqaruvchi mahsulot to`ldirib turish, qo`shimcha imkonini
oladi, chunki ba’zi hollarda cheklangan moliyalashtirish investitsiyasi
korxonalar texnologiya tizimini vaqtida yangilashga imkon bermaydi.
Jahon amaliyotida lizing – ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko`mak
beruvchi dastak bo`lib xizmat qiladi. U xalq xo`jaligi tarmoqlarini
kreditlashning muhim va hozirda o`ziga xos ahamiyatli shakli sifatida
namoyon bo`lmoqda. Xalqaro lizing xalqaro valyuta fondi mutaxassislari
tomonidan tashqi qarzga kiritilmasligi uni rivojlanayotgan davlatlar
iqtisodiyoti uchun ahamiyatini yanada oshishi uchun xizmat qiladi.
28
Hozirgi kunda lizing bilan bog`liq barcha iqtisodiy-huquqiy
munosabatlarni xo`jalik aloqalarining yangi bosqichiga kiritish an’anaga
aylandi. Lizing Aristotel davrlaridan to hozirgacha davom etib kelmoqda.
Xo`jalik aloqalari baynalminallashuvi muhitida xalqaro lizing yangi
ko`rinishga ega bo`lmoqda va undan foydalanish hajmi hamda tarmoqlari
ko`paymoqda.
O`tgan asrning 60-70-yillarida Amerika, G`arbiy Yevropa va
Yaponiya mamlakatlari ishtirokida “Orion lizing holding” xalqaro
miqyosdagi lizing kompaniyalari vujudga keldi. Bunday lizing
kompaniyalari, odatda, lizing oluvchi firmalarga kema, samolyot, asbob-
uskunalar va shu kabilarni 3 yildan to 15 yilgacha ijaraga beradi.
Jahon amaliyotida lizing operatsiyalari bilan ijara orasidagi farq
quyidagilarda namoyon bo`ladi:
1. Bitim ob’yekti asbob-uskunani o`z hisobiga sotib olgan lizing
beruvchi emas, balki lizing oluvchi tomonidan tanlanadi;
2. Shartnoma muddati tugashida mijoz imtiyozli stavkada mulkni
ijaraga berishi yoki bo`lmasa ijaraga berilayotgan mulkni qoldiq
qiymati bo`yicha sotib olishi mumkin;
3. Lizing muddati asbob-uskuna eskirishi muddatidan kam bo`ladi va
odatda amortizatsiya muddatigacha uzaytiriladi;
4. Lizing beruvchi sifatida, odatda, moliya muassasasi – lizing
kompaniyasi qatnashadi.
Shuningdek, ijara to`lovlari har oyda, har chorakda yoki yarim
yilda amalga oshiriladi.
Jahon amaliyoti shuni ko`rsatadiki, lizing operatsiyalari bilan tijorat
banklari emas, balki ixtisoslashgan kompaniyalar shug`ullanadi.
Yirik xalqaro lizing tashkilotlari xalqaro lizing bo`yicha keng
ko`lamda xizmatlar taklif qiladilar. Jahonda eng yirik xalqaro lizing
tashkilotlaridan “Ebikliz” va Milliy lizing assotsiatsiyalarining Yevropa
Federatsiyasi – “Lizyurop”ni alohida ajratib ko`rsatish mumkin. “Ebikliz”
29
tashkiloti Gollandiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya,
Belgiya va Fransiya davlatlaridagi lizing kompaniyalarini o`zida
mujassamlashtirgan. Bu tashkilot aksariyat hollarda xalqaro lizing
bitimlarini amalga oshirishda vositachilik vazifasini bajaradi. “Lizyurop”
1979 yilda tashkil etilgan bo`lib, hozirda 17ta mamlakatning 700ta lizing
kompaniyasini o`zida birlashtirgan.
Jahonda bir necha mingdan ortiq xalqaro miqyosda ishlovchi lizing
kompaniyalari va firmalari mavjud (3-jadval). Mazkur lizing kompaniyalari
va firmalarining faoliyati lizing kompaniyalarining ixtisoslashuvi, hajmi,
potensiali, hududiy joylashuvi va boshqa qator omillarga bog`liq. Jahonda
eng yirik 30 ta kompaniya mavjud bo`lib, ulardagi kapital hajmi 280,710
mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi.
3 -jadval
Jahondagi eng yirik lizing kompaniyalari bo`yicha ma’lumotlar.10
Lizing beruvchi
kompaniya va
banklar nomi
Lizing
shartnomalari
portfelining
umumiy
hajmi,
Mln,doll.da
Yil davomidagi
lizing
operatsiyalarining
hajmi,
Mln,doll.da
Lizing
portfelini hajmi
bilan yil
davomidagi
operatsiyalari
o`rtasidagi farq
1 2 3 4 5=3:4
1 GECapital 41300 16800 2.5
2 Orix Corparation 24830 9662 2.6
3 Sociale Generale 23928 5810 4.1
4 KG Allgemeine
Leasing
21000 3150 6.7
5 Lombard North
Central FNatWest
Group
16550 7061 2.3
6 Debis Funancial 16199 4655 3.5
7 GMAC 13631 10363 1.3
10
www.ula.uz. saytidan olindi.
30
Yuqoridagi ma’lumotlardan shunday xulosaga kelish mumkinki,
demak, lizing kompaniyasi daromadlarining bir qismi lizingga bog`liq
bo`lmagan boshqa faoliyatlardan tashkil topmoqda.
Jahonning yetakchi banklari lizing bilan bog`liq biznesga
qiziqishlari kattadir. Lizing operatsiyalari bilan shug`ullanish murakkab
bo`lsada, juda samarali hisoblanadi. Lizing kompaniyalari bank guruhlari,
holdinglar doirasida tuziladi.
Shu bilan birga, bittagina bankning o`zi bir necha lizingga
ixtisoslashgan kompaniyalarini ochish hollari ham ko`plab uchrab turadi.
Fransiyaning “Societe Generale” banki 1968 yildan boshlab,
jahonda keng tarmoqli “Sogelease” lizing guruhini tuzdi. Uning tarkibiga
hozirgi vaqtda jahonning turli joylarida joylashgan 30 dan ortiq firmalar
kiradi. Mazkur bankning shtab – kvartirasi Yevropada joylashgani sababli,
“Sogelease” lizing guruhi kompaniyasini Yevropaning lizing – xolding
kompaniyasi deb hisoblashadi. Umumiy hajmi bo`yicha bu kompaniya
jahonda uchinchi o`rinda va lizing portfeli kattaligi bo`yicha Yevropada
eng yirik kompaniyalardan hisoblanadi. Oxirgi 10 yil ichida lizing
operatsiylarining hajmi 1,6 mlrd AQSH dollaridan 5,8 mlrd.gacha o`sdi,
ya’ni taxminan to`rt barobar o`sishi kuzatildi.
Jahonda iqtisodiy amaliyoti xalqaro lizingning capital qo`yilmalarni
yetarli darajada saqlab turishga xizmat qiluvchi, moliyaviy vosita sifatidagi
yuqori samaradorligidan dalolat bermoqda. Xalqaro lizingda
moliyalashtirishni tijorat banklari negizida tashkil qilinadigan lizing
kompaniyalari yoki banklarning o`zi amalga oshiradi. Shubhasiz,
biznesning o`ziga xos bu turi bilan shug`ullanish banklarning o`ziga yoki
ularning maxsus bo`limlariga, shunigdek, banklar bilan aloqador moliyaviy
vositachilar uchun qulaydir.
Shuningdek, tahlil qilinayotgan ma’lumotlar asosida quyidagi
xalosalar keltirish mumkin.
31
Xalqaro lizing iqtisodiyotning tarmoqlarini kreditlashning muhim
vositasi hisoblanadi;
Xalqaro lizing XVF mutaxassislari tomonidan tashqi qarzga
kiritilmaydi;
Xalqaro lizing ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko`mak beruvchi
dastak bo`lib xizmat qiladi;
Xalqaro lizing eng zamonaviy va qimmatbaho asbob-uskunani,
texnika-texnologiyani mamlakatning milliy iqtisodiyotiga jalb qilishga ijobiy
ta’sir ko`rsatadi.
Xalqaro lizing mamlakat eksport salohiyati rivojlanishi uchun turtki
bo`lib xizmat qiluvchi iqtisodiy dastak hisoblanadi.
Umuman, aytish mumkinki, xalqaro lizingni rivojlantirishga
davlatlar tomonidan e’tiborning kuchaytirilishi ko`p jihatdan o`z samarasini
beradi. Jahon tajribasidan shuni ko`rish mumkinki, lizing operatsiyalari
bilan tijorat banklari emas, balki maxsuslashtirilgan kompaniyalar
shug`ullanadi. Tijorat banklarning lizing operatsiyalari nafaqat rivojlangan
davlatlar uchun balki, tijorat banklarning qarzdorligi yuqori darajada
ko`paygan va valyuta rezervlari chegaralangan qoloq davlatlar uchun ham
juda manfaatlidir. Bunga asosiy sabab, davlatlar bunday yirik texnologiyani
sotib olish imkoniyatiga ega emas.
32
II – bob. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalashtirish
sharoitida tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini rivojlanishi
tahlili.
2.1. Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini amalga
oshirishning huquqiy asoslari.
Tijorat banklarning lizing bozorining shakllanishi, unga yangi
tarmoq va sohalarning qo`shilishi, shuningdek, Tijorat banklarning lizing
munosabatlarida qatnashayotgan mamlakatlarning sonini ortishi, jumladan,
MDH davlatlarning qo`shilishi munosabati bilan mazkur davlatlarning
tashqi iqtisodiy faoliyatlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirish uchun lizing
operatsiyalarini tartibga solish muammosini huquqiy jihatdan hal etish
vazifasi turibdi. Tijorat banklarning lizing bitimlarini amaliy jihatdan
amalga oshirishda nafaqat mamlakat iqtisodiyotini tiklashda tijorat
bankalarning lizingining o`rni va ahamiyatini oshirish, balki shu bilan
birga mahalliy lizing biznesini ham nazariy, ham amaliy jihatdan boyitish
darkor.
O`zbekistonda lizing qonunchiligi bo`yicha qonunlar va qonun osti
hujjatlarining yaratilishi va uning izchil rivojlantirilishini shartli ravishda
quyidagi 3-bosqichga bo`lish mumkin:
- Lizing qonunchiligi bo`yicha qonunlar va qonun osti hujjatlarining
yaratilishi va amalga kiritilishi;
- O`zbekiston Respublikasi lizing qonunchiligi va xalqaro lizing
qonunchiligi o`rtasidagi munosabatlarning belgilanishi;
- Lizing qonunchiligi bo`yicha qonunlar va qonun osti hujjatlarining
takomillashtirilishi bosqichi.
Birinchi bosqich davri 1996 yildan 1999 yilgacha davom etib, bu
davrda lizing qonunchiligi bo`yicha quyidagi asosiy qonunlar va qonun
osti hujjatlari yaratildi va amaliyotga kiritildi:
33
O`zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan
“O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining ikkinchi qismini
tasdiqlash to`g`risida”gi 256-1-sonli qonuni asosida O`zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining ikkinchi qismi qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi me’yorlari asosida
hamda respublikadagi tijorat banklari tomonidan o`tkazilayotgan lizing
operatsiyalarining tartibga solish maqsadida O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan 1997 yil 29 martda “O`zbekiston Respublikasi
banklari tomonidan lizing operatsiyalarini o`tkazish tartibi” to`g`risidagi
327-sonli me’yoriy hujjat qabul qilindi. Ushbu me’yoriy hujjat 1999
yilning 20 iyuligacha bo`lgan davrda amaliyotda bo`ldi va banklar
tomonidan respublikamizda lizing faoliyatini rivojlantirilishida muhim
ahamiyat kasb etdi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 6
mayda qabul qilingan “Me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida’gi 194-
sonli qarori asosida “Buxgalteriya hisobi va hisobotida lizing
operatsiyalarini aks ettirish tartibi” tasdiqlandi. Unga muvofiq, lizing
oluvchi korxonada lizing operatsiyalarini hisobga olish, lizing beruvchi
korxonada lizing operatsiyalarini hisobga olish va lizing oluvchi korxonada
o`rnatishni talab qiluvchi asbob-uskunalar bo`yicha lizing operatsiyalarini
hisobga olish tartiblari va me’yorlari belgilab berildi. Va nihoyat, 1999 yil
14 aprelda O`zbekiston Respublikasining “Lizing to`g`risida”gi 756-1-sonli
Qonuni qabul qilindi. Qonun 25 ta moddadan iborat bo`lib, lizing huquqiy
munosabatlarini ancha batafsil tartibga solidi. Undan Fuqarolik kodeksiga
qaraganda, ancha o`ziga xos me’yorlar masalan, lizing shakllari, lizing
ob’yektini hisobga olish va ro`yxatdan o`tkazish lizing shartnomasiga
qo`yiladigan talablar, lizing beruvchi va lizing oluvchining o`z
huquqlaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi lizing ob’yekti
sug`urtasi va garovi lizing shartnomasi bo`yicha ta’minlash va hokazolar
o`rin olgan.
34
Mazkur qonun me’yorlariga moslashtirish maqsadida O`zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1997 yil 29 martda qabul qilingan
327-sonli “O`zbekiston Respublikasi banklari tomonidan lizing
operatsiyalarini o`tkazish tartibi” to`g`risidagi me’yoriy hujjat bekor qilinib,
1999 yil 5 mayda 327-sonli “O`zbekiston Respublikasi banklari tomonidan
moliyaviy lizingni o`tkazish tartibi to`g`risida nizom” qabul qilindi va
O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1999 yil 20 iyulda 776-son
bilan ro`yxatdan o`tkazildi.
O`zbekistonda lizing qonnunchiligining rivojlanishining ikkinchi
bosqichi 2000 yilning may oyiga to`g`ri keladi.
Tijorat banklarning lizing munosabatlaridagi mavjud muammolarni
va turli xil masalalarni tartibga solish davlatlardagi lizingning huquqiy
asosini yagonalashtirish va umumlashtirish maqsadida 1998 yilning may
oyida Kanadaning Ottava shahrida “Tijorat banklarning moliyaviy lizing
to`g`risidagi Konvensiya” qabul qilindi. Konvensiyani qabul qilishdan
asosiy maqsad – moliyaviy lizing bo`ycha asosiy terminologiyani aniqlash
va umumlashtirish hamda lizing bitimida ishtirok etadigan hamma
tomonlarni o`zaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishdir.
Oldinga qo`yilgan maqsaddan kelib chiqib, Konvensiyaning asosiy qismi –
lizing munosabatlarini turkumlanishi va tavsifining asosiy jihatlarini yoritib
berdi.
Konvensiyada lizing bo`yicha quyidagi tamoyil (prinsip)lar aks
etgan:
- kelajakda lizing oluvchi o`ziga asbob-uskunani va uni yetkazib
beruvchini mustaqil ravishda tanlaydi;
- lizing kompaniyasidan asbob-uskunanni sotib olish, ya’ni lizing
ob’yektini oldi-sotdisi amalga oshiriladi, bunda asbob-uskunani keyinchalik
ijaraga berish uchun olinayotganligi maqsadida ekanligi bildiriladi;
- lizing bo`yicha to`lovlarning hisob – kitobi – amortizatsiyaning qabul
qilingan shartlari asosida amalga oshiriladi.
35
Bizning respublikada lizing munosabatlari o`ziga xos xususiyatlardan
kelib chiqmoqda. Respublikamizdagi lizing munosabatlari jahon amaliyotida
umumiy qabul qilingan lizing munosabatlari bilan muvofiqlashtirilgandir.
Shu bilan birga yuqorida qayd qilingan Konvensiya uch tomon
ishtirok etishini ko`zda tutuvchi klassik lizingdan kelib chiqib, bitimlarni
aniqlaydi va chegaralaydi. Mazkur Konvensiya “qaytariladigan lizing” deb
nom olgan ikki tomonlama o`rnatilgan lizing bitimlarini o`z ichiga
olmaydi. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan lizing ham
mazkur Konvensiya tomonidan tartibga solinmaydi.
Konvensiyaning markaziy o`rni – lizing beruvchi, lizing oluvchi va
asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarning mulkiy javobgarliklarining
hajmiga qaratilgan. Lizing oluvchining mulkiy huquqlarining himoyasi
uning vaqtincha foydalanishdan olingan mulkning egasi ekanligidan kelib
chiqiladi.
Qabul qilingan Konvensiyada lizing beruvchining lizing oluvchi
oldidagi javobgarlik hajmi lizing beruvchi tomondan lizing oluvchiga
tajribasiz asbob-uskunani yetkazib beruvchining tanlashda aralashishi yoki
lizing ob’yektining alohida spetsifikatsiyasi bilan cheklaniladi.
Konvensiyaning shu qismi bilan bir qator davlatlarning huquqiy
amaliyotlari mos kelmaydi, jumladan, Rossiya Federatsiyasida ham
javobgarlik masalalari kengroq hajmda tushuniladi. Mazkur qarama-
qarshilikni bartaraf etush maqsadida Konvensiya – javobgarlik masalalarini
milliy xususiyatlardan kelib chiqib muvofiqlashtirishga ruxsat beradi.
Lizing oluvchi olingan mulkka egalik huquqini ta’minlab turishi
uchun u mazkur asbob-uskunadan bitimda ko`rsatilgan maqsadlardagina
foydalanishi va uning ma’naviy hamda jismoniy eskirishlarini hisobga
olgan holda bitim tuzishi lozim. Asbob-uskunadan foydalanuvchi o`z
vaqtida va kelishilgan grafik asosida lizing to`lovlarini amalga oshirishi
shart. Lizing oluvchi tomonidan o`z majburiyatlarini bajarilmasligi
holatlarida mulk egasi unga tegishli to`lovlarni to`lanishini va kelishilgan
36
bitimga rioya qilinmasligi oqibatida ko`rilgan zararlarni qoplashini talab
qilishi mumkin. Bitimda ko`rsatilgan kelishuvlar bo`yicha bitimni bekor
qilishlari mumkin.
Konvensiya lizing oluvchining boshqa tomondan mulkiy huquqini
himoya qilish bilan birga, agarda mulkdan foydalanuvchidan tashqari
boshqa bir 3-chi shaxs ko`proq foyda olsa, bu holda to`liq javobgarlik
mulkning egasiga o`tishini ko`rsatadi. Shuningdek, agarda bu holat
foydalanuvchining harakati natijasida yuzaga kelsa hisobga olinmasligi
qayd etilgan.
O`zbekistonni – Konvensiya qoidalaridan asosan bitim bajarilmay
qolganda, ya’ni lizing oluvchining asbob-uskunadan foydalanish davrida
keyinchalik to`lovga layoqatsizligi aniqlansa, uning sheriklarining u bilan
bo`ladigan keying munosabatlari qiziqtiradi.
O`zbekiston Respublikasining bir qator qonuniy me’yoriy
hujjatlarida qarz oluvchining to`lovga layoqatsizligi aniqlansa, uni to`lovga
noloyiq, ya’ni bankrot deb e’lon qilish kerakligi ko`zda tutilgan. Xususan,
1996 yil 25 apreldagi O`zbekiston Respublikasining “Bank va banklar
faoliyati to`g`risida”gi qonunining 35 – moddasida shunday deyiladi:
- “Bankdan olingan kreditlarni o`z vaqtida qaytara olmay
majburiyatlarini bajara olmayotgan qarzdor bank tomonidan to`lovga
layoqatsiz deb e’lon qilinishi va matbuotda bu haqda chop ettirilishi
mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrotni tan olinishini talab qilib
xo`jalik sudiga murojaat qilishi mumkin”.
Biroq, hozirgi vaqtda MDH ning bir qator davlatlarida lizing
beruvchi mulkni foydalanishga bergan tomonning to`lovga latoqatsizligini
aniqlansada uni faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari to`liq
o`rnatilmagan. Chunki, lizing oluvchi tomon bankrot deb e’lon qilinsada, u
mulkning haqiqiy egasi hisoblanmaydi va unda to`lovni undirish masalasi
to`liq hal etilmagan. Bankrotlik holatida lizing bitimi lizing oluvchining
aybi bilan bekor qilingan hisoblanadi, lizing oluvchi lizing beruvchiga
37
bitim buzilganligi natijasida yuzaga keladigan zararlarni to`liq qoplashi
shart. Bankrot bo`lgan korxona o`zining majburiyatlarini to`lashda
kontragentlari qatoriga lizing beruvchi ham o`ziga to`lovlarni undirishi
uchun navbatga, ya’ni ro`yxatga qo`yiladi va o`rnatilgan tartibda to`lov
amalga oshiriladi.
Konvensiyada bitimda qatnashayotganlarning talablariga binoan
lizing beruvchining mulkiga lizing oluvchining olingan mulkka vaqtinchalik
egaligini ko`rsatuvchi bitimni rasman e’lon qilinishi mumkinligi to`g`risida
umumiy qo qayd qilinadi.
Konvensiyada lizing oluvchiga xuddi oldi-sotdi bitimida xaridorga
beriladigan huquq doirasi kabi huquq beriladi. Qabul qilingan tartiblarga
muvofiq, mulkdan foydalanuvchi asbob-uskunani yetkazib beruvchidan
mulkni oldi-sotdisi bitimi bo`yicha o`rnatilgan tartibda xuddi mulk egasi
sifatida yetkazib berish shartlarini talab qilish huquqiga ega. Shu bilan u
asbob-uskunani yetkazib beruvchining oldida mulkning egasi emasdir.
Biroq, lizing oluvchi asbob-uskunani yetkazib beruvchi bilan o`rnatilgan
oldi-sotdi bitimini bekor qilishda mulkning haqiqiy egasi ogohlantirishsiz
mustaqil tarzda amalga oshirolmaydi. Asbob-yskunani yetkazib berish
bo`yicha shartlar buzilganida lizing oluvchi mulkning haqiqiy egasidan u
orqali ushbu shartlarni bajarilishini ta’minlashini yoki asbob-uskunani
yetkazib beruvchi va lizing kompaniyasi o`rtasidagi yetkazib berish
bitimini bekor qilishni talab qilishi mumkin.
Markaziy Osiyoda, shu jumladan O`zbekiston Respublikasida lizing
sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish sohasida davlat boshqaruvi
organlariga maslahatlar berish uchun 2001 yilning oxirisida Xalqaro
Moliya Korporatsiyasi, Shveysariya xalqaro aloqalar bo`yicha davlat
sekretariyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda lizingni
rivojlantirish bo`yicha Loyiha” guruhining respublikada 2001-2004 yillar
mobaynidagi faoliyati natijasida lizing sohasidagi amaldagi qonunchilik
me’yorlari ancha takomillashtirildi. Jumladan, 2002 yil 28 avgustda
38
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Lizing faoliyatini
rivojlantirishning yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi
Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarini,
xususan kichik biznesni zamonaviy texnologiya uskunalari bilan
jihozlashda, shuningdek, mamlakatimizning ishlab chiqaruvchilari tomonidan
tayyorlab chiqarilgan asbob-uskuna va texnikani sotishda lizing faoliyati
rolini oshirish maqsadida 2002 yilning 1-sentabridan boshlab:
Lizing to`lovlari – qo`shilgan qiymat solig`idan;
Lizingga berish uchun O`zbekiston Respublikasi hududiga olib
kelinadigan texnologiya uskunalari – vakil bankning tegishli tasdig`i mavjud
bo`lgan taqdirda bojxona to`lovidan va qo`shilgan qiymat solig`idan ozod
qilinishi;
Lizing oladigan xo`jalik yurituvchi sub’yektlar lizingga berilgan
mulkka soliq to`lashdan lizing shartnomasi amal qiladigan muddatgacha
ozod qilinishi;
Lizing beruvchini soliqqa tortish chog`ida u lizingga berish uchun
mulk xarid qilishga olgan kreditlar foizi hamda belgilangan boshqa
to`lovlarning summasi uning hajmi daromadidan chegirib tashlanishi
belgilanadi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining ko`rsatmasiga
muvofiq O`zbekiston respublikasi Bank va Moliya akademiyasining yuqori
malakali professor olimlari rahbarligida Moliya vazirligi, Davlat soliq
qo`mitasi, respublikadagi yetakchi lizing kompaniyalari va boshqa bir qator
davlat tashkilotlari mutaxassislari ishtirokida ‘O`zbekistonda lizingni
takomillashtirish bo`yicha Ishchi guruhi” tuzildi. Mazkur “Ishchi guruh”
bilan “Markaziy Osiyoda lizingni rivojlantirish bo`yicha Loyiha”
guruhining o`zaro hamkorligi natijasida respublikamizda lizing sohasidagi
amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, lizingni yanada rivojlantirish
uchun soliq bo`yicha imtiyozlar berish haqida takliflar ishlab chiqildi
hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi.
39
2.2. Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalari amaliyoti tahlili .
Tijorat banklarning lizing bir vaqtning o`zida moliyalash va yangi
texnologiyalarni xarid qilish masalalarini hal etish, aylanma mablag`larni
to`ldirish hamda boshqa ehtiyojlar uchun mablag`larni ozod qilish
imkoniyatini beruvchi moliyaviy vositalarning eng muhimi va asosiylaridan
biridir.
Tijorat banklarning lizing shakllarini tahlil qilishda uning eng keng
tarqalgan (lizing oluvchi va lizing beruvchi o`rtasidagi munosabatlarni
hisobga olib), bevosita to`g`ridan – to`g`ri a bilvosita egri lizing turlarini
ajratishimiz mumkin.
Bevosita to`g`ridan-to`g`ri lizingda lizing beruvchi bo`lib – bevosita
mulkning egasining o`zi bitimni amalga oshirilishida ishtirok etishi shart.
Bilvosita egri lizingda ijaraga berilayotgan mulk – uchinchi bir
tomonning ishtirok etishi shartdir.
Hozirda lizing oluvchilar soni ko`paygani sari lizing beruvchilar soni
ham kundan-kunga ortib bormoqda. 2012 yil yakunlari statistik
ma’lumotlariga qaraydigan bo`lsak, 2005 yilga nisbatan lizing beruvchilar
soni 3 barobarga oshgan, ya’ni 2005 yilda lizing beruvchilarning umumiy
soni 28 tani tashkil etgan bo`lsa, 2012 yilga kelib bu ko`rsatkich 99 tani
tashkil etmoqda (4-jadval).
4-jadval
Lizing bozori ishtirokchilari11
2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011
2012
Lizing
beruvchilar
Soni
28 33 49 64 86 83 84 99
Lizing
kompaniyalari
- - - - - - - 73
Banklar - - - - - - - 26
11
www.ula.uz. saytidan olindi.
40
Tijorat banklarning lizingni kreditlash usuli bo`yicha muddatli va
qayta tiklanuvchi lizinglarga ajratish mumkin.
Muddatli lizingda ijara bir marotaba amalga oshiriladi, qayta
tiklanadigan lizingda esa, lizing shartnomasi bitimning birinchi muddati
tugashi bilan qayta tiklanadi.
Shuningdek, tijorat banklarning lizingni operatsion va moliyaviy
lizinglarga bo`lish mumkin.
Operatsion lizingda korxonalar asbob-uskunaga mulk huquqini
olmasdan turib undan foydalanish uchun shartnoma tuzadilar.
Moliyaviy lizing deb, asbob-uskunani ijaraga olayotgan firma
keyinchalik uni qolgan qiymatini pasaygan narxida to`la sotib olishiga
aytiladi.
Tijorat banklarning lizing operatsiyalarini amalga oshirishda
vujudga keladigan risklarni baholashda odatda quyidagi omillarni e’tiborga
olish kerakdir:
Lizing oluvchi kompaniyaning moliyaviy holati va tijorat
doirasidagi mavqeini;
Shartnoma hajmining sotuvchi bahosi, bu bahoning keying bir
necha yillar davomida ikkilamchi bozorda qiymatining o`zgarishini;
Lizing oluvchi firma tomonidan lizing ob’yektini ishlatilish shart-
sharoitlarini;
Kompaniya kirib kelayotgan mamlakatdagi moliyaviy – iqtisodiy va
siyosiy holatlarni.
Ijaraga berilayotgan mulkka nisbatan quyidagilarni ajratib ko`rsatishadi:
Toza lizing bitimi: toza lizing bitimida odatda ijaralanayotgan
mulkni xizmat ko`rsatishida yoki foydalanishda paydo bo`ladigan
qoshimcha xarajatlarni lizing oluvchi o`z bo`yniga olishi ko`zda tutiladi;
To`liq lizing bitimi: to`liq lizing bitimida odatda mulkdan
foydalanish bilan bog`liq barcha xarajatlarni va texnik ta’minot bilan
bog`liq xarajatlarni ijaraga beruvchi o`z bo`yniga oladi.
41
Odatda, ko`chmas mulk lizingidan – qurilishda foydalanadilar.
Biznesmenlar va tadbirkor – ishbilarmonlar sanoat va nosanoat bino –
inshootlarni qurishda ko`pincha o`z va jalb qilingan kapitallari
yetishmasligidan qiynaladilar yoki ular o`zlarining pul mablag`larinI
aylanishidan olib uni uzoq muddat davomida yangi ob’yektlarni qurishga
sarflashmaydi. Sanoat ob’yektini, omborxona qurilishini, mexmonxona
qurilishi uchun ko`p hollarda investitsiyaga kerak bo`lgan summa kichik
va o`rtaxol firmalarga yetmay qolish havfi tug`iladi. Bu sharoitda
amaliyotda lizing kompaniyalari turli ob’yektlarni qurilishini keyinchalik
ko`chmas mulkni lizinglash bilan kreditlashadi. Ko`chmas mulk ob’yektini
qurish va jihozlash majburiyatini lizing kompaniyasi o`z bo`yniga oladi va
undan foydalanish natijasida tushgan daromadning sezilarli qismini oladi.
Yildan-yilga investitsiyalar hajmi oshgan sari ularda lizing
operatsiyalariniing ulushi ham ortib bormoqda (5-rasm). Bu degani lizingga
bo`lgan talab o`sib borishda davom etmoqda.
5-rasm. Asosiy kapitalga yo`naltirilgan investitisiyalarda lizing
ulushi %da12
12
www.ula.uz. saytidan olindi.
4,2%3,9%
4,2%
3,2%
2,7% 2,7% 2,7%
0,0%
0,5%
1,0%
1,5%
2,0%
2,5%
3,0%
3,5%
4,0%
4,5%
2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012
42
Ushbu ma’lumotdan ko`rishimiz mumkinki, lizingning ulushi
investitsiya hajmida yildan-yilga ortib bormoqda. 2012 yilga kelib uning
ulushi foizda kamayganday ko`rinsa-da, lekin investitsiyalar hajmida o`sish
davom etmoqda.
Mijozning garovlangan talabi bo`yicha lizing kompaniyasi yer
maydonini sotib olishga ma’lum miqdorda mablag` sarflaydi va
pudratchiga loyihalash, qurish ishlari va mijozning talablariga muvofiq
ob’yektni jihozlash kabi ishlarni topshiradi. Ob’yektni qurilish tugagandan
so`ng 20-30 yil muddatga mijozga ijaraga beriladi. Bu muddat tugaganida
yoki sal oldinroq ijarachi ob’yektni to`la sotib olishi mumkin. Ko`chmas
mulkning lizingi oddiy ijaradan shunisi bilan farqlanadiki, ob’yektni
jihozlash va qurish ma’lum bir aniq mijoz uchun uning barcha talablarini
e’tiborga olgan holda olib boriladi. Qurilgan ob’yektni foydalanishga olgan
mijoz uni ta’mirlash va atrof-muhitni tozalash bilan bog`liq xarajatlarni o`z
bo`yniga oladi. Mijoz bu ob’yektni to`la yoki bo`lmasa qisman sub ijaraga
topshirishi mumkin, biroq unga egalik qilish huquqi lizing kompaniyasida
qoladi.
Tijorat banklarning lizing operatsiyalaridan jahon ama harakatlanuvchi
mulk lizingi keng tarqalgan. U o`ziga juda ko`p ob’yektlarni biriktirgandir.
Ularning asosiy guruhlariga quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
- Transport vositalari (yuk tashuvchi avtomobillar, yengil avtomobillar,
samolyotlar, kemalar va shu kabi transport vositalari);
- Television va masofaviy texnik – electron aloqalar vositalari;
- Stanoklar;
- Qurilish texnikasi;
- Kompyuterlar va ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari;
- Sanoat, ya’ni ishlab chiqarish asbob-uskunalari, mexanizmlar;
- Litsenziya, nou-xou, kompyuter dasturlari va shu kabilar.
Lizingning muddati yoki to`g`rirog`i davri deganda – odatda lizing
shartnomasining harakat muddati tushuniladi. Bu davrda lizing
43
beruvchining balansida lizingga topshirilgan ishlab chiqarish vositalari
hisobda turadi hamda lizing oluvchi o`zining xo`jalik faoliyatida lizing
kompaniyasi tomonidan o`rnatilgan to`lovlarni to`lab undan foydalanadi.
Lizingning birlamchi va ikkilamchi davrlarini ajratishadi. Lizingning
birlamchi davrida – bitim harakatining asosiy davri tushuniladi. Bunda
lizing oluvchi lizing kompaniyasiga ob’yektining to`la amortizatsion
ajratmalarini va ajratilgan foizlarni to`la amalga oshirmagan bo`ladi.
Ikkilamchi davrda lizing oluvchi lizing firmasiga to`liq to`lovni amalga
oshiradi. Biroq, lizing firmasi lizing ob’yektiga egalik qilish huquqini
bermagan bo`ladi. Lizing oluvchi asbob-uskunani an;anaviy stavkada foiz
to`lagan holatda foydalanishda savom etadi. Bu kabi lizing muddatini
uzaytirish lizing shartnomasida albatta kelishilgan bo`lishi kerak. Nazariya
bo`yicha lizingning ikkilamchi davri vaqt bo`yicha hceklovlarga ega emas,
biroq, uning muddati asbob-uskunaning haqiqiy xizmat muddati bilan
chegaralangandir. Asbob-uskunaga ko`p va ahamiyatli e’tibor qaratish va
buzilganda o`z vaqtida qayta ta’mirlash kabi masalalar ikkilamchi davrni
noma’lum muddatga uzayishiga olib kelishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda Tijorat banklarning lizing shartnomalarining
quyidagi shakllari ishlab chiqildi.
1.Standart lizing. Lizingni bu shaklida asbob-uskunani ishlab
chiqargan shaxs uni lizing kompaniyasiga o`zi mustaqil tarzda sotadi.
Lizing kompaniyasi asbob-uskunani iste’molchiga ijaraga beradi. Asbob-
uskunani ishlab chiqazuvchi va uni lizingga oluvchi o`rtasida lizing
shartnomasi bo`yicha huquqiy munosabatlar o`rnatilmaydi. Ammo, bu
yerda asbob-uskunaga texnik xizmat ko`rsatish masalasi to`liq hal
etilmagan. Bu holda asbob-uskunani ishlab chiqargan shaxs bilan lizing
oluvchi o`ziga xizmat ko`rsatish uchun alohida bitim tuzishi lozim. Bunga
asosiy sabab, lizing kompaniyasi texnik xizmat ko`rsatish masalalariga
aralashmaydi.
44
2.Toza lizing. Bunda asbob-uskunalarni foydalanish bilan bog`liq
asosiy majburiyatlar lizing oluvchini bo`yniga tushadi. U soliqlar va har
xil yig`imlarni, to`lovlarni to`laydi. Asbob-uskunalardan foydalanish bilan
bog`iq barcha xarajatlarni va sug`urta to`lovlarni to`laydi. Lizing oluvchi
asbob-uskunani ishga soz holatda saqlashi lozim. Shu bilan birga u ijara
muddati tugaganda lizing beruvchiga asbob-uskunani o`rtacha eskirishini
hisobga olib yaxshi holatda qaytarilishi shartdir. Lizing beruvchi lizing
oluvchi olgan mulkdan foydalanishi bilan bog`liq harakatlarga javob
bermaydi. Lekin, u asbob-uskuna ishlatilayotgan mamlakatdagi hukumat va
boshqa tashkilotlar tomonidan bo`lishi mumkin bo`lgan salbiy ta’sirlar
uchun javobgardir.
3.Qaytariluvchi lizing – “liz-bek”. Tijorat nuqtai nazaridan lizingni bu
shakli odatda firma mablag`larga kuchli ehtiyoj sezganda qo`llaniladi.
Uning asosiy xususiyati bo`lib – firmaning moliyaviy holatini yaxshilashga
samarali vosita sifatida namoyon bo`lishidir. Bu operatsiyaning mazmuni
shundan iboratki asbob-uskunaning egasi asbob-uskunani lizing
kompaniyasiga sotadi va so`ngra undan shu asbob-uskunani ijaraga oladi,
ya’ni asbob-uskunani sotgan shaxs lizing oluvchiga aylanadi. Bunday
operatsiyalar asosan muomalada oldin ham bo`lgan asbob-uskunalarga
nisbatan qo`llanilishi qayd etiladi.
4.”Mokriy lizing”. Bu lizingni o`ziga xos xususiyatlaridan biri bo`lib
lizing oluvchi uchun lizing beruvchi tomonidan qo`shimcha xizmatlarni
taklif etishi hisoblanadi. Lizingni bu shakli qimmat hisoblanadi. Chunki,
lizing beruvchi asbob-uskunani yetkazib berish bilan birga ta’mirlash,
sug`urtalash, ba’zi vaqtlarda ishlab chiqarishni boshqarish yoki yonilg`I
bilan ta’minlash kabi ishlarni ham amalga oshiradi. Odatda, lizingning bu
turi yangi asbob-uskunalarni, xususan, kompyuterlar, samolyotlar va boshqa
murakkab mashina va mexanizmlarga nisbatan qo`llaniladi.
5.To`la xizmatli lizing. Bu lizing “mokriy” lizingga o`xshab ketadi,
biroq, shartnomada bir qancha qo`shimcha xizmatlar ko`rsatishi ko`rib
45
chiqiladi. Masalan, lizing beruvchi asbob-uskunani sotib olish masalalarni
tadqiq qiladi, bu asbob-uskunani ishlatish uchun zarur bo`lgan xom ashyo
materiallari ta’minlaydi. Shu bilan birga asbob-uskunadan foydalanishi
uchun malakali mutaxassislar yollab beradi va boshqa bir qator xizmatlar
ko`rsatadi.
6.asbob-uskunani qoldiq qiymati lizingi. Lizingni bu shakli oldindan
is’temol bo`lgan asbob-uskunalarga ishlatiladi va u dillerlar tomonidan
keng foydalaniladi. Lizingni bu turi odatda 1 yildan 3-4 yilgacha bo`lgan
muddat atrofidadir.
7.Mol yetkazib beruvchiga lizing. Bu ijara shakli “liz-bek” lizingi
shakliga o`xshaydi. Asbob-uskunani yetkazib beruvchi ikki yoqlama rol
o`ynaydi. Ya’ni u asbob-uskunadan foydalanuvchi bo`lmasa ham uni
sotuvchisi va ijaraga oluvchisi bo`lib hisoblanadi.
8.Qayta tiklanuvchi lizing. Lizing operatsiyasining bu shaklida
lizingga berilgan asbob-uskuna vaqti-vaqti bilan yangi takomillashgan
asbob-uskunaga almashtirib turishi lozim. Bu model asosan EHMlarning
lizingida keng tarqalgandir. Chunki undagi investitsion jarayon juda qisqa
sanaladi.
Tijorat banklarning lizing xizmatlarining jahon bozori – ikkinchi jahon
urushi davridan keyin, quyidagi omillarni hisobga olgan holda shakllanishi
va rivojlanishi boshlandi:
likvid mablag`larning hajmining to`liq yetishmasligi;
investitsiyani optimallashtirishni talab qiluvchi raqobatning
kuchayishi;
ishlab – chiqarishni kengaytirish uchun korxonalarda yetarli
mablag`larni ajratishda uning foydasini chegaralanishi;
iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish, xususan investitsiyani o`sishiga
shart-sharoit yaratishi uchun hukumat va moliyaviy organlar tomonidan
lizing operatsiyalarni rivojlanishiga hukumat organlarning ko`maklashishi
46
Yildan-yilga lizing operatsiyalarining hajmi o`sishda davom
etmoqda. Buni biz quyidagi jadvalda ko`rishimiz mumkin (6-rasm). 2005
yilga nisbatan oladigan bo`lsak, 2012 yilga qadarlizing operatsiyalarining
hajmi 5 barobarga oshgan.
6- rasm. Yangi lizing loyihalari hajmining o`sish dinamikasi
mlrd. so`mda.13
Hozirda jahon bozorida Tijorat banklarning lizing operatsiyalariga kata
talab mavjuddir. Chunki, lizing bitimida ishtirok etayotgan hamma tomon
o`zi uchun ustunlikka yoki yanada to`g`rirog`i afzalliklarga ega.
Quyida lizing oluvchi tomon uchun afzalliklarni tahlil etishga harakat
qildim:
Lizing ishlab-chiqarishni amalga oshirish va uni hajmini
ko`payishini alohida asbob-uskunani egalik qilish uchun capital to`lashsiz,
capital qo`yilmani muzlashishi kabi holatlardan ozoddir;
Asbob-uskunani ta’mirlash va unga xizmat ko`rsatish uning egasi
tomondan amalga oshiriladi;
Ijaralanayotgan mulkni zarar ko`rish yoki yo`qolish riski uning
egasida, ya’ni lizing beruvchidan yotadi;
13
www.ula.uz. saytidan olindi.
0
100 000
200 000
300 000
400 000
500 000
600 000
2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012
90 634131 138
214 508
351 666
401 654430 334
484 514
590 638
47
Lizing – asbob-uskunani almashtirish va modernizatsiyalashtirishni
osonlashtiradi, shuningdek, ijarachiga zamonaviy asbob-uskunadan
foydalanish imkoniyatini beradi;
To`lovlar bir vaqtda amalga oshirilmaydi, balki kelishilgan
muddatlarda qismlarga bo`lib to`lanadi;
Lizing – soliqqa tortilish nuqtai nazaridan juda ham samaralidir
(soliqdan bir qator imtiyozlarga ega);
Lizing moliya-kredit operatsiyasi sifatida sotib oluvchiga kreditdan
foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Xususan, kredit muassasasi
tomonidan kredit olish imkoniyati bo`lmaganda uning ahamiyati namoyon
bo`ladi; lizingda ijara to`lovi asbob-uskunani korxonaga o`rnatilganidan va
ma’lum miqdorda ishlab chiqarishga erishilganidan keyin amalga
oshirilishida namoyon bo`ladi.
Tijorat banklarning lizing operatsiyalarining amalga oshirilishida
tuziladigan bitim yoki shartnomalarda an’anaviy Tijorat banklarning kredit
operatsiyalari yoki tashqi savdo shartnomalaridagi oldi-sotdilarga nisbatan –
bitimda qatnashayotgan tomonlarning soniga taaluqli holatda ularga
nisbatan sezilarli darajada ko`pgina o`ziga xosliklar va turli-tuman shart-
sharoitlar yuzaga keladi.
Tijorat banklarning lizing bitimlarida o`ziga xos xususiyat bo`lib
standartlashtirish emas, balki alohidalik xarakterliligi hisoblanadi. Lizing
sohasi bo`yicha mutaxassis bitta shaxsning o`zida yaxshi yuristni,
moliyachini, buxgalterni, ishbilarmon – tadbirkorni hamda asbob-uskuna
turlari bo`yicha ma’lum darajada bilimga ega bo`lgan muhandis odasmni
jamlashi kerak.
Tijorat banklarning lizing bitimining tarkibi beshta asosiy
bo`g`indan iborat:
lizing beruvchi, lizing oluvchi va mol yetkazib beruvchi
davlatlarning qonunchiligidagi huquqiy bilimlarni, xususan, fuqarolik
huquqini hamda tijorat va soliq siyosati;
48
harakatlarni hisobga olgan holda qo`yilmalarni qiymatini hisoblash
va ehtimoli kuchli risklarni aniqlash, asosiy moliyalashtirish sharoitlarni
doirasida moliyaviy tahlil etish;
lizing ob’yekti sifatida qatnashayotganda bozorni joriy
konyukturasini va asbob-uskunani narxini tashkil qilish mexanizmini
o`rganish;
lizing operatsiyalari bo`yicha buxgalterlik hisob va hisobotlarni
doirasidagi bilim va amortizatsiya siyosatini tahlil etish;
lizing loyihasini texnik ekspertiza qilish uchun qanday
mutaxassislar jalb qilish kerakligini, asbob-uskunani ishlab chiqargan
korxona bilan suhbat o`tkazish va undan asbob-uskunadan texnik jihatdan
foydalanishni kafolatini olish va shu kabilar.
Lizing portfelining o`sish dinamikasi ham 2012 yilga kelib 1 297
mlrd. so`mni tashkil etmoqda (7-rasm). Bu raqamlarda mamlakatimiz
bo`yicha amalga oshirilgan umumiy lizing operatsiyalari portfelining o`sish
dinamikasini ko`rishimiz mumkin.
7-rasm. Lizing portfelining o`sish dinamikasi
mlrd. so`mda14
14
www.ula.uz. saytidan olindi.
0
200
400
600
800
1000
1200
1400
2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012
149245
337
818
1 122 1 1351 254 1 297
49
Jadvaldan shunday xulosa kelish mumkin, agar 2005 yilda
mamlakatimizda lizing portfelining o`sish dinamikasi 149 mlrd. so`mni
tashkil etgan bo`lsa, 2007 yilda, yani ikki yilning o`zida bu ko`rsatkich 2
barobarga oshganini ko`rishimiz mumkin. 2008-2009 yillarda bu
ko`rsatkichlar yana ikki barobarga ko`paygan. Bu albatta, lizing bo`yicha
qabul qilingan qo`shimcha qaror va farmonlarning natijasidir.
Tijorat banklarning lizing operatsiyasini amalga oshirishda lizing
kompaniyasi doimo ko`pgina tashkiliy ishlarni amalga oshirishi lozim.
Xususan, lizing kompaniyasi samarali faoliyat yuritishi uchun lizing
operatsiyalarini keng reklama qilishi va lizing oluvchiga uning yutuqlarini
va foydaliligini ko`rsata olishi, to`g`rirog`i ishontirishi lozim.
Tijorat banklarning lizing bo`yicha investitsion loyihalarni ekspertiza
qilish jarayonida ma’lum turdagi asbob-uskunalarga bo`layotgan talab va
taklifni, bozor infrastrukturasini va uning asosiy an’analarini tahlil qilish
lozim. Shuningdek, bu yerda bozordagi asbob-uskunaga bo`layotgan
talabning yoki narxlarning tebranishiga, lizing xizmatiga tegishli boshqa
ta’riflar va baholarning, transport ta’riflarining elektr – energiya va shu
kabi omillarni hisobga olish lozim. Lizing beruvchi kompaniyalar o`z
faoliyatini aniq bir tarmoqqa maxsuslashtirishga intiladilar.
Lizing shartnomasini tuzishda oldin amalga oshadigan jarayon lizing
beruvchi – lizingga ehtiyoj sezgan korxonani, lizing oluvchi korxona esa
lizing beruvchilarni qidirsh bilan boshlanadi. Birinchi qadam bo`lib lizing
oluvchi mijoz bilan lizingning qaysi shaklini tanlash maqsadga muvofiqligi
muhokama qilish hisoblanadi. Bunga asosiy sabab bo`lib, lizing bozorida
lizing xizmatlarining shaklining ko`pligi va lizing operatsiyalarini tartibga
soluvchi huquqiy me’yoriy hujjatlarning va lizing shartnomalarining
modellarining turli-tumanligidir.
Lizing shartnomasini tugallash jarayoni odatda quyidagi davomiyligida
davom etadi:
50
1.lizing oluvchi – o`zining ehtiyojlaridan kelib chiqib, o`ziga kerak
bo`lgan asbob-uskunani olishda ushbu asbob-uskunani ishlab chiqaruvchi
korxona yoki zavodni topadi va undan tijorat taklifini oladi va o`zini
qiziqtirgan bir qancha masalalar bo`yicha ma’lumotlar oladi. Bularga
xususan quyidagilar kiradi:
o asbob-uskunaning sifati va texnik tavsifi;
o asbob-uskunani ishlab chiqarish darajasining quvvatining muddatli
loyihasi;
o yetkazib berish muddati, montaj, ishga tushirish bilan bog`liq
ishlar;
o to`lov shartlari va shu kabilar.
2.Potensial lizing oluvchi lizing kompaniyasiga asbob-uskunani sotib
olishni va unga qisqa, o`rta yoki uzoq muddatdagi davrga lizingga
berishini so`rab murojaat qiladi.
3.Lizing kompaniyasi lizing oluvchi bilan kelishgan narxini
oqilonaligini hozirgi bozordagi joriy narx darajasi bilan solishtiradi va agar
narxlar mos kelsa ko`rsatilgan asbob-uskunani oldi-sotdisi bo`yicha bitim
tuzadi. Bunga lizing kompaniyasi lizing ob’yekti o`ziga mulkiy huquqini
qo`lga kiritadi.
4.Bir vaqtning o`zida lizing kompaniyasi va lizing oluvchi o`zi
tomonidan tuzilgan lizing bitimida lizingga berilgan asbob-uskunaga egalik
qilish lizingga olingan asbob-uskuna uchun to`lovlari o`z vaqtida amalga
oshirgan taqdirda lizing oluvchiga o`tadi. Lizing shartnomasi tuzilganidan
so`ng, lizing beruvchi kompaniya asbob-uskunani ishlab chiqaruvchi
korxona zavodlarga asbob-uskunani lizingga oluvchining manziliga
yetkazish to`g`risida ko`rsatma beradi.
5.Lizing oluvchi va asbob-uskunani yetkazib beruvchi alohida to`lov
to`lash sharti bilan asbob-uskunani texnik ta’mirlash va unga kerakli
qo`shimcha ehtiyoj qismlarni yetkazish haqida qo`shimcha bitim
imzolashlari mumkin. Ba’zi hollarda bunday xizmatlarni lizing
51
kompaniyasining o`zi ko`rsatadi. Bunday hollarda u xizmat haqini lizing
to`loviga qo`shib yuborishi ko`zda tutilgan.
Lizing operatsiyalari asosan qaysi sohalarda ko`proq amalga
oshirilmoqda degan savol tug`ilishi tabiiy, albatta (8-rasm). Mana sizga
aniq javob. Quyida biz har bir sohada umumiy lizing operatsiyalarini
qancha ulushi mavjudligini ko`rishimiz mumkin.
8-rasm. Lizing ob’yektlarining tarkibiy o`zgarishi15
Tijorat banklarning lizing bitimini to`rtta bosqichga ajratib ko`rsatish
mumkin:
Birinchi bosqichda, lizingning har bir bitimining o`ziga xos
xususiyatlari va shart-sharoitlarining to`la qonli tahlili, lizing
15
www.ula.uz. saytidan olindi.
Texnologik uskuna
Qishloq xo`jalik texnikasi
Avtotransport
Ko`chmas mulk
24,4%
33,1%
29,4%
13,1%
2013 й.
52
munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning tavsifi va shu kabi omillar
muhokama qilinadi. Bu bosqichda lizing oluvchining arizasi
rasmiylashtiriladi, mijozni kreditga layoqatliligi haqidagi xulosasi va lizing
loyihasining samaradorligi hisoblab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda lizing
shartnomasining huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishi amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqichda lizing jarayoni – ya’ni, lizing ob’yektidan foydalanish
davri bo`ladi. To`rtinchi bosqichda – lizing oluvchi tomonidan lizingga
berilgan asbob-uskuna qoldiq qiymati bo`yicha sotib olinadi yoki lizing
oluvchidan lizingga berilgan asbob-uskuna qaytarilib olinadi.
Tijorat banklarning lizing kompaniyasi lizing loyihasini ekspertiza
qilishda eng barqaror va obro`li lizing oluvchiga beradi. Lizing loyihasini
samaradorligi masalasi hozirgi kunda eng muhim va ahamiyatli
masalalardan biri bo`lib turibdi. Shuni alohida qayd etib o`tish lozimki,
loyihani hozirda lizing kompaniyasi menedjeri hal etgan qaror bilan barcha
muammolari yechimiga yoki aksiga olib kelishi mumkin.
Taklif etilgan lizing loyihasini amalga oshirish uchun quyidagi
savollarga javob berishi zarur:
loyiha kompaniyani maqsadi va vazifalariga to`g`ri kelishi;
rejalashtirilayotgan daromad darajasining yetarliligi;
qo`yilgan mablag`larni yo`qolish riskining darajasi;
investitsiya darajasining maksimal hajmi;
loyihalarni amalga oshirish muddati;
zahiralarni qaysi va qancha qismi qisqa-uzoq va o`rta muddatli
loyihalarga yo`naltirilishi;
kompaniya imidjini qanday bo`lishi va loyihalarni shakli unga
ijobiy ta’sir etish – etmasligi;
kompaniyaning vazifalari va asosiy maqsadi;
qaysi risk eng yuqori darajaligi;
loyihani qanday shakli va hajmi kompaniyaning moliyaviy va
tashkiliy imkoniyatlariga to`g`ri kelish-kelmasligi.
53
III – bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari
faoliyatida lizing operatsiyalarini rivojlanishining yanada
takomillashtirish masalalari.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turli
mulkchilik va xo`jalik yuritish shakllaridagi sub’yektlarning sonini yanada
ortishi natijasida asosiy ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan ehtiyoj,
ayniqsa lizing xizmatiga bo`lgan talab oshib bormoqda. Kuzatishlarimiz
ko`rsatishicha asosiy texnika vositalari har yili o`rtacha 10 foiz miqdorida
o`z xizmat muddatini o`tab bormoqda, natijada, bu holat xo`jaliklarning
asosiy texnika bilan ta’minlanganlik darajasiga salbiy ta’sir ko`rsatmoqda.
Tahlillarimiz shuni ko`rsatadiki, lizing munosabatlarining rivojlanishiga
quyidagi to`siqlar ta’sir etmoqda:
lizing beruvchilarning aylanma mablag`larining yetishmasligi;
lizingga olinayotgan uskunalarga foizning yuqoriligi;
lizing oluvchi sub’yektlarning to`lov qobiliyatining pastligi;
tadbirkorlarning lizing xizmatlaridan foydalanish darajasining yetarli
emasligi.
Tuzilayotgan lizing kompaniyalar texnologik, tashkiliy va huquqiy
jihatdan mavjud ta’minot tashkilotlari va xorijiy qo`shma lizing
kompaniyalari bilan teng huquqli bo`lgandagina, ular o`zaro raqobatlasha
olishi mumkin. Lizing tizimida haqiqiy sog`lom raqobat muhitini vujudga
keltirishi, lizing xizmat turlarining sifatini yaxshilash, lizing to`lov
xarajatlarini arzonlashtirish, eng asosiysi esa, bugungi murakkab iqtisodiy
sharoitda, keng faoliyat yuritishiga barcha imkoniyatlari yaratish maqsadga
muvofiqdir.
Xo`jalik sub’yektlari uchun tijorat banklari va lizing beruvchi
kompaniyalar tomonidan bajarilayotgan lizing operatsiyalari kapitalni
moliyalashtirishning noan’anaviy usullaridan biri bo`lib, unda ijara
munosabatlari, garov ostidagi kreditli moliyalashtirish elementlar qarziy
54
majburiyatlar bo`yicha hisob-kitoblar va boshqa moliyaviy mexanizmalr
mujassamlashgan.
O`zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq bunga iqtisodiyot
rivojlanishini ta’minlay oladigan va kapitaldan samarali foydalanishning bir
vositasi sifatida alohida e’tibor berdi. Shu bilan yuqoridagi rivojlangan
mamlakatlar tajribalaridan samarali foydalanish hamda endigina rivoj
topayotgan lizing xizmatlari bozorining to`laqonli amal qilishini tashkil
etish maqsadida lizing faoliyati va munosabatlariga ixtisoslashgan
me’yoriy-huquqiy asoslarni shakllantirish zaruriyati tug`ildi.
Lizing nafaqat mikroiqtisodiy, balki makroiqtisodiy jarayonlarga
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga ham ta’sir qilmay qolmaydi, albatta.
Uni quyidagilarda ko`rish mumkin:
mamlakatda investitsiya qo`yilmalaridan maqsadli foydalanishni
kafolatlaydi;
investitsiya siyosatini faol va samaraali o`tkazilishini ta’minlaydi;
an’anaviy moliyalashga qo`shimcha ravishda mablag`larni asosiy
fondlarga qo`yish imkonini beradi;
xususiy va kichik tadbirkorlikda faoliyat yuritayotgan ishlab
chiqaruvchilarning rivojlanishini rag`batlantiradi;
qo`shimcha ma’muriy organlar tuzmagan holda, ffaqat iqtisodiy
uslublar vositasida ishlab chiqarishni rivobjlantirishni investitsiyalaydi;
mamlakatda aholini ish bilan ta’minlashga ko`maklashadi va hokazo.
Lizing bir vaqtning o`zida ham moliyalash, ham yangi
texnologiyalarni harid qilish masalalarni hal etishda o`xshashi yo`q
moliyaviy vositadir. Shuni ta’kidlash joizki, lizing faoliyati bir qator
rivojlangan davlatlarda iqtisodiy taraqqiyotning, kichik va o`rta biznesni
qo`llab-quvvatlashning juda muhim va samarali shakli hisoblanadi. Lizing
tufayli ham lizing sotuvchi, ham lizing beruvchi, ham lizing oluvchi, ya’ni
lizing operatsiyasida qatnashuvchi har bir sub’yekt manfaat topadi.
55
Masalan, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) lizing operatsiyasi tufayli eng
avvao uskuna va mashinalarning oldi-sotdisini amalga oshirib sotuv
ko`lamini kengaytirish mumkin (5-jadval).
5-jadval
Sotuvchi uchun lizingning afzallik tomonlari16
№ Sifat jihatdan afzallik tomonlari Afzallikni ta’minlovchi omillar
1 2 3
1 Faol marketingning olib borish
imkoni tug`iladi
Iste’molchilar doirasida quyidagi sub’yektlar
hisobiga kengayadi:
doimo texnikaga egalik qilishda ehtiyoj
sezmaydiganlar;
uskunani sotib olishga qurbi
yetmaydiganlar;
dastlab texnikani amalda sinab ko`rishni
istaydiganlar;
ijara shartida foydalanishni xohlovchilar;
mulkka egalik qilish huquqisiz uni mulk
qilish istagida bo`luvchilar
2 Qaytma (qarshi) aloqani
o`rnatish imkoniyati bo`ladi uskunaning nosozligini tezroq aniqlash
imkoniyati
3 Ishlab chiqarishni kengaytirish
va mahsulotni yangilash
sur’atini tezlashtirish imkoni
bo`ladi
mahsulot modelini tezkor o`zgartirib
turishi va shu asnoda yangi bozorni
egallab olish imkoniyati
4 To`lovsizlik riskini bartaraf
qilishga erishiladi lizing operatsiyasi uchun to`lov va
kafolatni lizing kompaniyasining o`z
zimmasiga olishi
5 Samarali reklamaga erishiladi mulk lizingi sifati bo`yicha monitoringni
uni ishlatish doirasini kengaytirish,
haridorlarning potensial motivatsiyasini
kuchayishi
6 Lizing uskunasi uchun zarur
bo`lgan ehtiyot va butlovchi
qismlarga talabni oshiradi
mulk lizinggidan foydalanishning turli
tumanligi ehtiyot qismlarga bo`lgan
talabning kengaytirishiga olib kelishi
7 Investitsiya qilish kengayadi uskunalarning oldi-sotdisining tezlashishi
ishlab chiqaruvchi ixtiyorida bo`lgan
investitsiyani qisman holi qilishi
8 Ishlab chiqaruvchi ixtiyoridagi
vaqtincha realizatsiya qilinmagan
mulkdan foydalanish
samaradorligi oshadi
qaytarib berish sharti bilan zarur
muddatga mulkni lizingga berish
imkoniyati
16 Коршунова Н.М., Шабалин М.Б. «Лизинг». М.: Юнити: 2001 г.
56
Mulkni lizingga berish lizing beruvchiga ham bir qator afzalliklar
beradi, xususan, u o`z kapitalidan investitsiya tufayli samarali
foydalanishga erishiladi. Bu afzalliklarni quyidagilarda ko`rishimiz mumkin
( 6 -jadval).
6-jadval
Bank uchun lizing operatsiyasining afzalliklari17
№ Strategik afzalliklar Afzallikni ta’minlovchi omillar
1 2 3
1 Kreditorni himoya qilish
darajasi oshadi oldi-sotdi lizing sub’yekti bilan ta’minlanadi.
Bankrot bo`lish xavfi tug`ilganda lizing ob’yekti
mulk egasi qaytarib beriladi.
2 Lizing davlat tomonidan
qo`llab-quvvatlaadi, soliq
imtiyozlari beriladi
lizing beruvchi hisobidan soliq imtiyozini olish
imkoni bo`ladi. Turli soliq shartlari holatida
lizing beruvchiga lizing kelishuvlari evaziga
qo`shimcha imtiyoz olish imkonini beradi.
3 Ishlab chiqarish
vositalarini
diversifikatsiya qilish va
rivojlantirish imkoni
tug`iladi
Tovar ishlab chiqaruvchilar uchun lizing
munosabatlariga, ya’ni sub’yektlarni jalb qilish va
shu asnoda ularning bozorini kengaytirish imkoni
tug`iladi. Texnikaga bo`lgan talabni to`lash
qobiliyati qllab-quvvatlanadi. Mahsulotning yangi
turlarini ishlab chiqarish ko`lami kengayadi, sifati
oshadi.
4 Davlat manfaatlarini
realizatsiya qilish
qo`llab-quvvatlanadi
Ishlab chiqarishni texnika va texnologiya
jihatdan qayta qurollanish tezlashadi. Mamlakat
iqtisodiyotiga xususiy investitsiyani jalb qilish
imkoniyati tug`iladi. Raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarish evaziga davlat
byudjetiga soliq tushumlari ko`payadi
5 Lizing beruvchining
moliyaviy holatini
mustahkamlaydi
Lizingdan olingan daromadlar va xarajatlar bir
vaqtning o`zida realizatsiya qilinadi.
6 Moliyaviy leveraj
samarali bo`ladi Lizing beruvchining lizing ob’yektidan oladigan
yillik samarasi, odatda, kredit uchun foiz
tolovlaridan yuqori bo`ladi.
Albatta yaratilayotgan bunday imkoniyat va imtiyozlar tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirish, sifatli mahsulotlar ishlab chiqargan holda aholi
ehtiyojlarini qondirish, raqobatbardosh mahsulotlar bilan jahon bozoriga
chiqishga yordam beradi.
17
Коршунова Н.М., Шабалин М.Б. «Лизинг». М.: Юнити: 2001 г
57
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 28 avgustdagi
“Lizing tizimi rivojlanishini yanada rag`batlantirish bo`yicha chora-tadbirlar
to`g`risida”gi Farmonigacha moliyaviy lizing operatsiyalarini amalga
oshirishda soliq va bojxona to`lovlari bilan bog`liq juda katta
chegaralanishlar mavjud edi. Mazkur farmon bo`yicha lizingni
rivojlantirish uchun yangi imtiyozlar yaratildi. Ya’ni, lizing to`lovlari
qo`shilgan qiymat solig`idan, bank kafolati ostida lizing bo`yicha
respublikaga import qilinayotgan mol-mulk bojxona to`lovlaridan hamda
lizing oluvchi lizing ob’yekti bo`yicha daromad solig`I bazasi kredit
foizlari summasiga kamaytirildi. Albatta, Ushbu Farmon bo`yicha
yaratilgan imtiyozlar kelajakda mamlakatda lizing operatsiyalarining
rivojlanishiga turtki bo`ladi.
Lekin shunga qaramasdan, hali lizing ob’yekti o`z harakatida barcha
soliq chegaralanishlaridan xolos bo`lganicha yo`q. Barcha rivojlangan
mamlakatlarda lizingning dastlabki rivojlanish bosqichi davlat tomonidan
qo`llab-quvvatlangan, bunda, ayniqsa, lizing amaliyotlari bo`yicha berilgan
soliq imtiyozlari katta ahamiyat kasb etgan. Masalan, ayrim mamlakatlarda
lizing bo`yicha sarflangan xarajatlar soliqqa tortadigan bazani hisoblashda
chegirib tashlanadi va jadallashtirilgan amortizatsiya qo`llagan hollarda ham
soliq bo`yicha imtiyozlar yaratilgan. Shu bois respublikada lizing
amaliyotlarini yanada rivojlantirish maqsadida soliqlar bo`yicha qo`shimcha
imtiyozlar berilishi lozim. Masalan, lizing kompaniyalari va tijorat
banklarini lizing amaliyotlaridan olgan foydasidan soliq to`lashni ma’lum
muddatga bekor qilish yoki uning hajmini ssuda amaliyotlarinikiga
nisbatan sezilarli darajada kamaytirish maqsadga muvofiq bo`lardi.
Shu bilan birga, lizing operatsiyalarining oqsab qolishiga sabab,
bizning fikrimizcha, investorlarning, ayniqsa, kichik va o`rta biznes
sohiblari malakasining pastligi, o`ziga qanday asbob-uskuna kerakligini
aniq bilmasligi va hali lizing operatsiyalari mohiyatini to`la tushunib
yetmaganligidadir. Bundan tashqari, lizing kompaniyalarining moliyaviy
58
jihatdan nochor ekanligi, aniqrogi`, moliyaviy mablag`larga muhtoj bo`lib
qolganligidadir. Shuning uchun ham ularning asosiy operatsiyalarini tijorat
banklari moliyalashtirmoqda.
Qo`shimcha ravishda yana shuni aytish kerakki, hali ham
respublikada targ`ibot ishlarini olib boorish tadbirlariga yetarli e’tibor
bermay kelinmoqda. Joylarda tadbirkorlarga mana shunday yangi qulay va
manfaatli moliya xizmatlari to`grisida tashviqot ishlari yaxshi yo`lga
qo`yilmagan.
Jahon iqtisodiy banklarning lizingning kapital qo`yilmalarini yetarli
darajada saqlab turishga xizmat qiluvchi moliyaviy vosita sifatidagi yuqori
samaradorligidan dalolat bermoqda. Tijorat banklarning lizing
moliyalashtirishning tijorat banklari negizida tashkil qilinadigan lizing
kompaniyalari yoki banklarning o`zi amalga oshiradi. Shubhasiz,
biznesning o`ziga xos bu turi bilan shug`ullanish banklarning o`ziga yoki
ularning maxsus bo`limlariga, shuningdek, banklar bilan aloqador
moliyaviy vositachilar uchun qulaydir.
Bugun biz O`zbekiston Respublikasida lizingning huquqiy asoslari
shakllanayotganligini ishonch bilan aytishimiz mumkin. O`zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksi lizing shartnomasining mazmuni, lizing
sub’yektlari va ularning huquq va majburiyatlarini, shuningdek, lizing
muomalalarida ishtirok etayotgan sub’yektlarning javobgarligini, lizing
ob’yektlarini, sublizingni belgilab beradi.
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan, lizing
to`lovi – bu lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga to`lanadigan hamda
lizing ob’yektini sotib olish va lizing stavkasi bilan bog`liq barcha sarf-
xarajatlarni o`z ichiga olgan pul summasidir.
Respublika tijorat banklari O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvining 1997 yil 29-martda 11-sonli bayon bilan qabul qilingan
327-sonli :O`zbekiston Respublikasi banklari tomonidan lizing
operatsiyalarini amalga oshirish tartibi” yo`riqnomasiga amal qiladi.
59
Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan ushbu tartib – lizing
operatsiyalarini o`tkazish jarayonida bank bilan lizing beruvchi,
shuningdek, lizing oluvchi bilan lizing ob’yektini ishlab chiqaruvchi
sub’yekt o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tartibga soladi. Biroq mazkur
tartib lizing beruvchi bankning lizing ob’yektlarini o`z shaxsiy mablag`lari
hisobiga sotib olishni nazarda tutadi. Vaholanki, bu banklarga lizing
operatsiyalari hajmini jalb qilingan mablag`lar hisobiga ko`paytirish
imkonini bermaydi.
Bizning Respublikada lizing munosabatlari bo`yicha tajribalarimizning
yetarli emasligi bir qator muammolarni, jumladan:
iqtisodiyotimizni ko`p ukladli sistemaga o`tkazish;
fermer yoki qishloq xo`jaliklarini dastlabki kapital bilan ta’minlash;
qishloq xo`jaligini o`sib borayotgan texnikaga bo`lgan ehtiyojini
qondirish;
baho tizimini takomillashtirish, ya’ni qishloq xo`jaligiga xizmat
qiluvchi sanoat korxonalari ulgurji baholari bilan qishloq xo`jaligi
harid baholarining ekvivalentligini ta’minlash kabilarning hal
etilishiga salbiy ta’sir ko`rsatmoqda.
Hozirgi kunga kelib yuqorida qayd etilgan muammolar asta-sekin hal
etilmoqda, lekin lizing operatsiyalarini kengaytirishga quyidagi omillar
qarama-qarshi ta’sir etmoqda:
o soliq siyosatining to`xtovsiz o`zgarishi;
o qo`shni mamlakatlardagi siyosiy notinchlik;
o kredit resurslarining yetishmasligi;
o lizing firmalarining kamligi, ularning doimiy harakatlanishi uchun
huquqiy bazaning takomillashmaganligi;
o lizing firmalarida xizmat qiluvchi kadrlarning yetishmasligi.
Yuqoridagi muammolarni hal etilishi bevosita qishloq xo`jaligida
chet el texnikasini qo`llash va chet el investitsiyasining oqib kelishiga yo`l
60
ochib beradi. Chet el texnikasini bizning qishloq xo`jaligida lizing shakli
orqali qo`llanilishi eksportli lizing deb ataladi.
Eksportli lizing – bu chet el lizing kompaniyalari tomonidan yoki
firmalari ishlab chiqarish vositalarining boshqa bir davlat ijarachilariga
taqdim etishdan iboratdir.
Tijorat banklarning lizingning afzalliklaridan biri shuki, bunda
boshqa mamlakatlarning takomillashgan texnika va jihozlaridan foydalanish
tijorat banklarning shartnomalarga ko`ra moliyaviy va soliqlar bo`yicha
yengilliklardan foydalanish imkoniyati yaratildi. Tijorat banklaring Valyuta
Fondining qaroriga binoan chet el mashina va mexanizmlarini ijaraga
olish, ijaraga oluvchi mamlakatning chet el qarzlari miqdorini oshirmaydi.
Bizning respublikamizda tijorat banklarning lizingdan foydalanish
masalasini mamlakatimizda qo`shma lizing kompaniyalari yoki firmalarini
tuzish yo`li bilan hal etish mumkin.
Chet el amaliyoti shuni ko`rsatadiki, alohida viloyat va hududlarda
lizing operatsiyalari bo`yicha keng qulayliklar mavjud. Bunday qulayliklar
nafaqat bizning iqtisodiyotimizga, bakli aholi turmush darajasi nocрor
bo`lgan nostabil joylarga ham zarurdir. Shuning uchun bizning
iqtisodiyotimizda lizing tarmog`ini vujudga keltirish va rivojlantirish uchun
qulay shart-sharoitlarni yaratib berish ham muhimdir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O`zbekiston Respublikasining
iqtisodiy o`sish sur’atlari darajasini ko`tarish uchun – Tijorat banklarning
lizing kompaniyalari bilan samarali bitimlar tuzish lozim. Chunki, mana
shu operatsiyalar orqali ham sanoatni, ishlab chiqarishni rivojlantirish
mumkin. Sanoat va ishlab chiqarishi yuqori bo`lsa, demakki, eksport
salohiyatimiz ham yaxshi bo`lishi mumkin. Agar mamlakatimiz eksportdan
qo`plab valyutaviy tushumlar olsa, demakki savdo balansimiz ijobiy
bo`ladi. Savdo balansi ijobiy bo`lsa, to`lov balansining ijobiy bo`lishiga
zamin yaratiladi. Iqtisodiyotni o`sishi yuqori mamlakatlarning aholisining
yashash sharoiti va milliy daromadi yuqori bo`ladi.
61
Xulosa
Hozirda mamlakatimizda ijara, xususan lizing munosabatlarini
tadbirkorlik faoliyatining turli sohalariga tatbiq etishga alohida e’tibor
berilmoqda. Lekin, kezi kelganda aytish kerakki, lizing amaliyoti va uning
turli jihatlari hali O`zbekistonda to`la shakllanib, rivojlanib ulgurgani yo`q.
Mana shu ma’noda, amaldagi qonunchilik me’yorlarini takomillashtirish,
lizing tushunchasi va unign turlarini, lizing shartnomasi hamda yuridik
jihatlarini o`rganish, tahlil qilish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
O`rganish natijalariga ko`ra, ushbu mavzuni ilmiy jihatdan yoritish
uchun quyidagi xulosa va takliflarni ilgari surmoqchimiz:
1.Hozirda respublikamizda lizingga berilayotgan lizing ob’yektlarining
75 foizdan ko`prog`ini qishloq xo`jalik texnikalarini tashkil etadi. Demak,
iqtisodiyotning qishloq xo`jaligidan boshqa tarmoqlariga lizingni keng
joriy etish imkoniyatiga hali erishilgani yo`q. Lizingni keng joriy etishning
eng asosiy shartlaridan biri lizing beruvchi kompaniyalarning tegishli
sarmoyalarga ega bo`lishi hisoblanadi. Buning uchun banklar tomonidan
lizingga foydalanish sharti bilan lizing kompaniyalariga berilayotgan kredit
mablag`larining foiz stavkalari pasaytirilsa maqsadgas muvofiq bo`lar edi.
2.Lizing jarayonlari serqirra va murakkab jarayon bo`lganligi uchun
ham lizing sohasida respublikamizda alohida muddatlik o`quv kurslarini
tashkil etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bunda, lizing
sub’yektlariga lizing shartnomalarini tuzish, unda tomonlarning o`zaro
huquq va majburiyatlarini belgilash, lizing sohasidagi moliya, soliq,
bojxona, sug`urta, sud, buxgalteriya qonunchiligi me’yorlarini keng
tushuntirish masalalariga alohida e’tiborni qaratish muhimdir.
3.Ma’lumki, lizing to`xtovsiz rivojlanayotgan soha. Shunign uchun
rivojlangan davlatlardagi lizing qonunchiligi masalalarini yanada chuqurroq
o`rganish hamda ijobiy omillarni respublikamiz lizing qonunchiligiga
kiritish maqsadga muvofiqdir.
62
4.Respublikamizdagi faoliyat ko`rsatayotgan lizing kompaniyalarning
faoliyati o`rganilib, lizing jarayonlarini yanada rivojlanishiga to`siq
bo`layotgan ba’zi muammolar aniqlandi.
5.Respublikamizda lizingni yanada rivojlantirishning kompleks dasturi
ishlab chiqilishi va unda quyidagilar nazarda tutilishi lozim deb
hisoblaymiz:
Lizing sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy o`quv yurtlarining
belgilanishi;
Lizing bo`yicha qisqa va uzoq muddatli o`quv kurslarining tashkil
etilishi;
Chet el investitsiyalarining lizing sektoriga jalb etish masalalari;
Moliya, soliq, bojxona, sug`urta, sud, buxgalteriya, mahsulotni sotish,
bank, mulkchilik qonunchiligi me’yorlarining lizing faoliyatiga daxldor
bo`lgan qismini qayta ko`rib chiqish va takomillashtirish;
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga lizing yanada kengroq joriy
etish imkoniyatlarini belgilash;
Bino va inshootlarni lizingga berishni rivojlantirish
Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosa qilish
mumkinki, bank kapitali lizing biznesida ham bevosita (agarda banklarning
o`zi lizing operatsiyalarini amalga oshirsa) hamda bilvosita, ya’ni banklar
lizing kompaniyalarini kredit yoki investitsiya mablag`lari bilan ta’minlash
orqali ham ishtirok etishi mumkin.
Shuningdek, bitiruv malakaviy ishi yozish jarayonida tahlil qilingan
ma’lumotlar asosida quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo`ldik:
Tijorat banklarning lizing xalq xo`jaligini tarmoqlarini kreditlashning
muhim va hozirda o`ziga xos ahamiyatli shakli sifatida namoyon
bo`lmoqda;
Tijorat banklarning lizing Tijorat banklarning valyuta fondi
mutaxassislari tomonidan tashqi qarzga kiritilmasligi uni rivojlanayotgan
63
davlatlar iqtisodiyoti uchun ahamiyatini yanada oshishi uchun xizmat
qiladi;
Tijorat banklarning lizing – ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko`mak
beruvchi dastak bo`lib xizmat qiladi;
Tijorat banklarning lizing eng zamonaviy va qimmatbaho asbob-
uskunani, texnika-texnologiyani mamlakatning milliy iqtisodiyoti uchun,
rivojlanishi uchun ijobiy ta’sir ko`rsatadi;
Tijorat banklarning lizing mamlakat eksport potensialini rivojlanishi
uchun turtki bo`lib xizmat qiluvchi iqtisodiy dastak hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida quyidagi amaliy takliflarni
ishlab chiqishga muvaffaq bo`ldik:
1) Lizing operatsiyalarni o`tkazish amaliyotiga asoslangan holda,
O`zbekistonda banklarga dastlabki bosqichda lizingning moliyaviy,
qaytariladigan va alohida kabi turlarini rivojlantirishni tavsiya etish
mumkin;
2) Lizing munosabatlarini amalga oshirish uchun me’yoriy normative
huquqiy masalalarning hal etadigan tarmoqlararo koordinatsion markaz
tashkil etish lozim.
3) Tijorat banklarning lizing kompaniyalari va chet el texnikasini
ishlab chiqaruvchi firmalar, savdo va diler kompaniyalari haqida, lizing
munosabatlarining shartlari bo`yicha kataloglar tashkil etish darkor. Lizing
kompaniyalarini ko`payishi uchun shart-sharoitlar yaratish bilan birga
ma’lum davr mobaynida, ya’ni ular rivojlanib olgunlariga qadar soliqlardan
imtiyozlar berish va ularni faoliyatini rag`batlantirish imkoniyati yaratiladi.
Tijorat banklarning Valyuta fondining qaroriga binoan chet el mashina va
mexanizmlarini ijaraga olish, ijaraga oluvchi mamlakatning chet el qarzlari
miqdorini oshirmaydi. Bizning respublikamizda Tijorat banklarning
lizingdan foydalanish masalasini mamlakatimizda qo`shma lizing
kompaniyalari yoki firmalarini tuzish yo`li bilan hal etish mumkin.
64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
I. O’zbekiston Respublikasi qonunlari. O’zbekiston Respublikasi
Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari.
1. .O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent:
O`zbekiston 1992 y.(qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan)
2. O`zbekiston Respublikasi “Fuqarolik Kodeksi”. T., Adolat 2003 yil
3. O`zbekiston Respublikasi “Lizing to`g`risida”gi Qonuni 14 aprel
1999 yil.
4. “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi
O`zbekiston Respublikasi qonuni, Toshkent, 21 dekabr 1995 yil.
5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloqni lizing shartlarida
qishloq xo`jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari
to`g`risida”gi 11-sonli qarori. 7 fevral 2000 yil.
6. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Lizing tizimini yanada
stimullashtirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori 28 avgust 2002 yil.
7. “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh
qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting
ko`rsatkichlariga erishishning ustivor yo`nalishlari to`g`risida”
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov qarori.
8. “Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari haqida”
26.04.2004yil 199-sonli qarori.
9. “Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qo`yiladigan talablar
to`g`risidagi nizomga qo`shimchalar kiritish” haqidagi Qarori.
20.01.2010 949-5-son bilan ro`yxatga olingan.
10. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 6
maydagi 194-sonli “Normativ hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida”gi
qarori (Lizing operatsiyalarini o`tkazishda bojxona hujjatlarini
rasmiylashtirish va bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi).
65
11. “O`zbekiston Respublikasi banklari tomonidan lizing operatsiyalarini
amalga oshirish tartibi”, O`zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining 1997 yil 29 martdagi 327-sonli xati.
12. “Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28
avgustdagi Farmoni.
13. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan
1999-yil 7-mayda qabul qilingan 327-sonli “O`zbekiston Respublikasi
banklari tomonidan moliyaviy lizingni o`tkazish tartibi to`g`risida”
Nizom. 20.“Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish
va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to`g`risida” Nizom,
2007 yil.
14. “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’yektlariga byudjetdan
tashqari jamg`armalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan
mikrokreditlar berish tartibi to`g`risida” Nizom. 2008 yil.
15. “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassiya va
qimmatliklarni tashishga doir Yo`riqnoma (yangi tahrir) O`zbekiston
Respublikasida Adliya Vazirligida 27.06. 2008 yil 1831-son bilan
ro`yxatga olingan.
16. Karimov I.A. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga
ko`taradigan yil bo`ladi: 2011 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2012 yilga mo`ljallangan eng muhim
ustuvor yo`nalishlarga bagishlangan O`zR Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi ma’ruzasi. – T.: O`zbekiston, 2012 yil
17. ”Bosh maqsadimiz – keng ko`lamli islohotlar va modernizatsiyalash
yo`lini qat’iyat bilan davom ettirish”. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga mo‘ljallangan
66
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013.
www.lex.uz. saytidan olindi
18. Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston
sharoitida uning bartaraf etishning yo`llari va choralari”, 2009 yil.
19. Karimov I.A. “Ozbekiston bozor munosabatlariga o`tishdagi o`ziga
xos yo`li”, Toshkent, “O`zbekiston” nashriyoti, 1996 yil.
20. Karimov I.A. “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari”, Toshkent,
“O`zbekiston” nashriyoti, 1997 yil.
21. Karimov I.A. “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz tarqqiyotining
asosiy mezonidir.-.T.:O`zbekiston, 2011 yil.
II. Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar.
22. A.V.Vahobov, U.Burxonov, N.Jumayev. “Xalqaro moliyaviy
munosabatlar” darslik. Toshkent.: Moliya 2003 yil.
23. Gazibekov D.G., Sabirov O.SH. Lizing I yego razvitiye v
Uzbekistane.-T.: Moliya, 2001yil
24. Ivanov A.A. Dogovor finansoviy arendi (lizinga). M., (prospect)
2001y. .G`ozibekov D.G`, umumiy tahriri ostida ”Lizing
munosabatlari nazariyasi va amaliyoti”. ”fan va texnologiya” – 2004
yil.
25. Korshunova N.M., Shabalin M.B. Lizing. – M.: Yuniti: 2001 yil.
26. Lishenko M.I. Asnovi lizinga. M:Finansi I statistika 2001yil.
27. Ruziyev R.J. Tadbirkorlik va lizing. T.: Adolat., 2002 yil.
28. Ruziyev R.J. Lizing shartnomasi. T., Adolat., 2002 yil.
29. G`ozibekov D.F., “Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari”. T.:
“Moliya”, 2003 y.
67
III. Davriy nashrlar, statistik to`plamlar va hisobotlar
30.Borodulin V. “Lizing v sovremennoy ekonomike”. Ekonomicheskoe
prosvetanie naprokat Kommersan – VAGU, 1995, 24 aprel, №79.
31.“Iqtisodiyot va lizing”, I.Nasriddinov, “Iqtisodiyot va hisobot”
jurnali,1994 yil. №9-12, 60-61 betlar.
32.G`ozibekov D.F., “Investitsion loyihalarni moliyalashtirish va lizing”.
Bozor, pul va kredit 1999 y, may, 5-son.
33.Е.Мезенцев, A.Ma’murov “Lizing operatsiyalari hamda ularni tatbiq
etish bosqichlari” jurnali, N 2, 1998 yil, 28-31 betlar.
34.Е.Мезенцев, A.Ma’murov “Moliyalashning noan’anaviy usuli –
lizing”, “Bozor, pul va kredit” jurnali, N1, 1998 yil, 63-65 betlar.
IV.Internet saytlari:
http://www.press-service.uz (O`zbekiston Respublikasi Prezidenti portal)
http://www.mf.uz (O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi portal)
http://www.cbu.uz (O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki)
http://www.uzse.uz (Toshkent Respublika “Fond” birjasi)
http://www.ula.uz (O`zbekiston Lizing assotsiatsiyasi)
http://www.gki.uz (O`zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish
qo`mitasi)
http://www.stat.uz (O`zbekiston Davlat Statistika qo`mitasi)
http://www.tfi.uz (Toshkent Moliya instituti)
http:// www.gov.uz (Davlat sayti)
http://www.lex.uz (Huquqiy hujjatlar sayti)
68
http://www.norma.uz (Huquqiy hujjatlar sayti)
http://www.worldbank.org — (Jahon banki tashkiloti sayti)
http://www.imf.org — (xalqaro valyuta fondi)
www.financepro.ru — (Fanlarga tegishli boshqa adabiyotlar)