d i s s e r t a t s i y a - ziyonetlibrary.ziyonet.uz/uploads/books/47828/5412db812dfd8.pdf ·...
TRANSCRIPT
-
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
Qo’l yozma huquqida
UDK (355:371)
NAZAROV JAMSHID XOLIYOROVICH
“ Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini
shakllantirish omillari ”
5А111501-Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan
D I S S E R T A T S I Y A
“Himoyaga ruhsat etilsin”
Magistratura bo’limi boshlig’i:
–––––––– t.f.n., dots. М.Х.Esanov
“––––” iyun 2014 yil
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Harbiy ta’lim” kafedrasi boshlig’i:
–––––––– p/p-k L.Х.Davirov
Ilmiy rahbar:
–––––– o’qituvchi А.Х.Saxibov
Toshkent – 2014
-
2
MUNDARIJA
KIRISH........................................................................................................3
I BOB. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni
shakllantirishning pedagogik asoslari ..............................................................7
1.Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini
shakllantirishning o’ziga xos hususiyatlari...........................................................7
2. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligiga
qo’yilgan talablar.................................................................................................12
3. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlik qobiliyatini
tashkil etish yo’nalishlari.....................................................................................23
I bob bo’yicha xulosa..................................................................................31
II BOB. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilari kasbiy kompetentligini
shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari……………………………….32
1.Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilari kasbiy kompetentligini
shakllantirish tizimini amalga oshirish shakllari.................................................32
2. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilari kasbiy kompetentligini
shakllantirishda axborot-metodik ta’minoti hamda uning tarkibiy qismlari.......40
3. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilari kasbiy kompetentligini
shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish....................................50
II bob bo’yicha xulosa................................................................................55
III BOB. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy
kompetentlikni shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlarining
mexanizmi……………………………………………………………………..56
1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o’tkazish.....................................56
2.Tajriba-sinov ishlarini son va sifat tahlili.................................................70
III bob bo’yicha xulosa..............................................................................84
XULOSA....................................................................................................85
ILOVA........................................................................................................88
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.............................92
-
3
KIRISH
Tadqiqotning dolzarbligi: Pedagogik kasb bir paytning o’zida ham
islohatchilik, ham boshqaruvchilik kasbi hisoblanadi. Shaxs kamolotini
boshqarish uchun esa kompetent bo’lishi lozim. Shuning uchun o’qituvchini
kasbiy kompetentligi tushunchasi uning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga
nazariy va amaliy tayyorgarligi hamda yuksak darajadagi mahoratini
ifodalaydi.O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunining
5-moddasida «Yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik
faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega» ekanligi ko’rsatilgan. Shunga ko’ra
bo’lajak harbiy o’qituvchilarning kasbiy kompetentligi tarkibi pedagogik
ko’nikmalar orqali namoyon bo’lishi mumkin. Kasbiy tayyorgarlik modeli
umumiydan xususiy ko’nikmalar yo’nalishida belgilanishi maqsadga muvofiq.
Ma’lumotlar va voqeylikni nazariy tahlil qila olish ko’nikmasi bilan uzviy
bog’liqlikda pedagogik fikrlash va amaliyot yurita olish ko’nikmasi umumiy
ko’nikmalar sirasiga kiradi. Bu har ikkala ko’nikmani sezgi, tajriba va nazariy
darajalarda ro’y beradigan aniq fikrlashdan mavxumlikka o’tish jarayoni asosini
tashkil qiluvchi ko’nikmalar birlashtirib turadi. Tahlilni nazariya darajasigacha
yetkaza olish ko’nikmasi – bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilariga ta’lim
berishning muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Umuman olganda, harbiy
o’qituvchining kasbiy xususiyatlar talablariga mosligi pedagogik
ko’nikmalarning pedagogik fikirlash va amaliyot yuritish bilan bog’liq
jihatlarning mosligini anglatadi. Pedagogik vazifaning umumiylik darajasiga
qaramay ilmiy asoslangan tizimini yaratish asosiy muammolardan biri
hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi ham aynan shundadir.
Tadqiqot ob’ekti: Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy
kompetentligini shakllantirishga tayyorlash jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy
kompetentligini shakllantirish mazmuni va metodikasi.
-
4
Tadqiqotning maqsadi: Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy
kompetentligini shakllantirish mazmuni, metodlari, vositalarini
takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini
shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, Markaziy Osiyo
mutafakkirlarining muomala madaniyatini shakllantirishga oid g’oyalarini
o’rganish.
Yangi pedagogik texnologiyalardan kelib chiqadigan bo’lsak
bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishni
takomillashtirish, chaqiriqqacha harbiy ta’lim mutaxassislarining kasbiy
madaniyatini shakllantirish omillarini o’rganish.
Kasbiy, pedagogik-psixologik va boshqa fanlarni o’qitish jarayonida
bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish
omillarini tadbiq etish imkoniyatlarini o’rganish.
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini
shakllantirish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga
joriy etish.
Tadqiqotning farazlari: Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy
kompetentligini shakllantirish jarayoni shu vaqtda muvaffaqqiyatli va samarali
bo’ladiki» Agar:
-bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishning
asosiy shartlari haqqoniy aniqlansa;
-bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish
jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy vaziyat nazarda tutgan holda amalga oshirilsa;
-bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish
ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo’lib, uning o’ziga xos omillari, metodlari,
vositalari zamonaviylashtirilsa.
-
5
Adabiyotlar tahlili: U.Abdusamatovning magistrlik dissertatsiyasida
bo’lajak harbiy rahbarlarning pedagogik madaniyatini shakllantirishning o’ziga
xos xususiyatlari yoritilgan.
L.Yangiboevning magistrlik dissertatsiyasida bo’lajak harbiy rahbarlarning
kommunikativ ko’nikmalarini shakllantirish usullari bayon etilgan.
A.Irisovning magistrlik dissertatsiyasida bo’lajak harbiy ta’lim
o’qituvchisining pedagogik texnologiyasini tarkib toptirish usullari, ya’ni
pedagogik texnologiya xaqida tushuncha, uning xususiyatlari, interfaol metod,
asosida o’qitish metodikasi bayon etilgan. Bo’lajak harbiy ta’lim
o’qituvchilarining pedagogik mahoratini shakllantirishga oid masalalar bilan
A.D.Redjaboev, R.A.Hamroqulov, A.Yu.Sotvoldiev, U.S.Temirova va boshqalar
shug’ullanishgan.
R.A.Hamroqulovning ilmiy ishida bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim
o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda muomala
madaniyatining quyidagi qirralari, yo’nalishlari shakllantirilishi kerakligi
aniqlangan:
- harbiy pedagoglar va bo’lajak harbiy rahbarlar o’rtasidagi munosabat;
- bo’lajak harbiy rahbarlar o’rtasidagi salomlashish munosabati;
- ijtimoiy foydali mehnat jarayonidagi munosabat;
- mashg’ulotlar jarayonidagi munosabatlar;
- bo’lajak harbiy raxbarlarning xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish;
- ommaviy ishlar jarayonida rasmiy munosabatning elementlarini
shakllantirish;
- hamkasblar o’rtasidagi munosabat
Bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy
kompetentligini shakllantirishda milliy qadriyatlarning ta’sir kuchi nihoyatda
katta. Ular ijtimoiy ongning muhim shakllari sifatida o’quvchilarning
ongi, xulqi, hatti–harakatlarida faoliyatlariga ta’sir etadi va o’quv jarayonida,
darsdan tashqari tarbiyaviy jarayonida o’zining qimmatini oshirishni ham
ta’minlaydi. Bundan kelib chiqqan holda magistrlik tadqiqot mavzusini
-
6
“Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish
omillari” deb nomladik.
Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi:
Tanlangan manbaga oid ilmiy metodik manbalarni tahlil qilish, ilg’or
pedagogik tajribalarni o’rganish va umumlashtirish, chaqiriqqacha harbiy
ta’lim tizimida bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy
kompetentligini shakllantirish omillarini ishlab chiqish.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati:
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligi
sifatlarini rivojlantirishning ilmiy, nazariy asoslarini yaratish:
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida innovatsion texnalogiyalar
orqali kasbiy kompetentligini shakllantirishning mezonlarini ishlab chiqish;
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini
shakllantirishning tarbiyalash mexanizmlari yaratiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak
harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishga oid ilg’or
g’oyalardan O’zbekiston Respublikasi uzluksiz talim tizimining barcha
bosqichlarida, shuninigdek kasb hunar kollejlarida kasbiy mahoratni oshirishda
ularda kasbiy bilimlarni egallashga va amaliyotga tadbiq etishda foydalanish
mumkin.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
-bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini
shakllantirish omillariga oid bilimlarini axborot texnologiyalari asosida
rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlandi;
-bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarini tarbiyalash jarayonida ta’lim berish
yo’llari takomillashtirildi va unga mos mezonlar aniqlashtirildi.
Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi:
Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 bob, 8 paragraf, umumiy xulosalar,
ilovalar va adabiyotlar ro’yhati bilan birgalikda 95 betdan iborat.
-
7
I BOB. BO’LAJAK HARBIY TA’LIM O’QITUVCHILARIDA
KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK
ASOSLARI
1.Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini
shakllantirishning o’ziga xos hususiyatlari
Mamlakatimizda mustaqillik bilan boshlangan davr xalqimiz hayotining
barcha sohalarida milliy ruhimizga mos va xos bo’lgan islohotlarni amalga
oshirish uchun keng istiqbollar ochdi, Endilikda «Respublikani haqiqatdan ham,
uning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xalqning azaliy turmush tarzi,
an’analari, urf-odatlari va ko’nikmalarini, mavjud beqiyos tabiiy boyliklarini har
tomonlama hisobga olib, yuksaltirish ommaviy bo’lib qoldi. Prezidentimiz
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Asrlar davomida aqlu-zakovati ila bunyod etgan
boy ma’naviyati tufayli xalqimiz mag’rur yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat
va erk sari intildi. Ana shu milliy g’urur bugungi istiqbolimizning oltin
poydevoridir»1.
Markaziy Osiyoda maktab madrasalar o’rta asrlardayoq rivojlangan, hozirgi
Ma’mun akademiyasiga o’sha davrda asos solingani fikrimizning dalilidir.
Pedagogik tarbiyashunoslikda qadimgi Yunonistondan keyingi Markaziy
Osiyoda rivoj topgan. Chunki dunyoga mashhur Al Xorazmiy, Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar avvalo
madrasada mudarrislik qilganlar. «Ikkinchi muallim» sifatida dunyoga mashhur
Abu Nasr Forobiy pedagogik madaniyati haqida shunday deydi: «Muallim
shogirdga nisbatan o’ta hokimlikka ham, o’ta bo’shlikka ham yo’l qo’ymasligi
lozim, chunki o’ta hokimlik shogirdda muallimga nisbatan nafrat uyg’otadi,
agarda shogird muallimning bo’shligini sezsa, unda muallimga va uning ilmiga
nisbatan sovish va mensimaslik paydo bo’ladi»2. U axloqning o’n ikki tamoyili
haqida fikr yuritganda, xushfe’llik, shirinsuxanlik fazilatini alohida ulug’laydi.
1 Karimov I.A.Barkamol avlod orzusi.-T.:Sharq,1998.-184 b 2 Abu Nasr Farobiy “Baxt saodatga erishuv yo’llari” (“Risola fi-tanbeh ola asbob as-saodat”) 17-bet
-
8
Ma’lumki, Abu Ali Ibn Sino dunyoda tibbiyot fanining asoschilaridan biri
sifatida mashhurdir. Lekin uning inson ruhiyati va jismoniy uyg’unligi, insonni
bir butunlikda o’rganish ta’limoti yetarli o’rganilmagan. U «yaxshi va yomon
xulqning hammasi sharoit va tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi».
Inson muloqatda samimiylik, nutq tovushi, ovoz ohangi kabi ta’sir vositalariii
ruhshunos sifatida ifodalaydi. «Tabiatning insonlarga in’om etgan yana biri oliy
fazilat inson nutqidir. Inson o’zining ana shu nutqidagi tovush ohanglari orqali
o’z ifodalarini izhor etadi»-deb yozadi.
Sa’diy Sheroziy o’qituvchilarni Talabalar bilan muloqatda bo’lish
qoidalaridan xabardor bo’lishga, o’ylab, har bir so’zni o’ylab gapirishga da’vat
etadi. Aqlli odam ko’p o’ylamasdan gapirmaydi, o’z so’zi va fikrini huddi
qimmatbaho yoqut kabi dilda saqlaydi.
Buyuk ma’rifatparvar muallim mohir tadqiqotchi Abdulla Avloniy ta’lim
tizimi, o’qitishni takomillashtirish, o’qituvchi malakasini shakllantirish bo’lg’usi
o’qituvchilarni tayyorlash muammolariga mutloqo yangicha yondashgan olimdir.
U o’qituvchilarning shaxsiy fazilatlari, axloqi, odobi, bilimdonligi, ziyrakligi,
topqirligi, farosatliligi, aql zakovatliligi ta’lim va tarbiya uchun asosiy negiz
ekanligini ta’kidlab o’tadi. Ayniqsa, uning fikricha, ijodiy izlanish, o’qish va
o’qitishning yangi shakl, uslub hamda vositalarini qidirish o’qituvchilarning eng
muhim sifatlaridan biridir3.
Qadimgi Sharq, pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da
ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratli gaplar aytilgan bo’lib, ular hozirda
ham ma’lum darajada o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
«Qobusnoma» Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan bo’lib,
44 bobdan iborat. Uning 7 - boblari so’z odobi haqidadir. Asar muallifning
farzandiga qilgan nasihatlari sifatida yozilgan. U farzandini yoqimli, muloyim,
o’rinli so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi: «Yaxshi so’zlashga o’rgan va
muloyim so’zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki qanday so’zni gapirigani
istasang, til shuni gapiradi. So’zni o’z joyida so’zla, joyida aytilmagan so’z, agar
3Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asari 32-bet.
-
9
u yaxshi so’z bo’lsa ham yomon ko’rinadi». «Kishi suxandon va notiq bo’lishi
lozim».Har bir notiq o’z nutqi ustida ko’p mashq qilishi, xalq oldida nutq
so’zlaganda yoqimli gapirishi, xalqning e’tiborini qozonishi zarur. Xalq, oldida
gapirganda so’zing go’zal bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq, sening
so’z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini
so’z orqali biladilar. har kishining ahvoli o’z so’zi ostida yashiringan bo’ladi».
Kaykovus notiq so’zning ma’nolarini har tomonlama o’rgangan bo’lishi kerak,
deb hisoblaydi. Notiq xalq tilini, xalqning fikrini, ruhiyatini bilishi kerak.
«Shunday kishini notiq deymizki, uning har so’zi xalqda tushunarli bo’lsin».
So’zlaganda o’ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigaya xulosani ko’z oldiga
keltirib gapirgan notiq pushaymon bo’lmaydi: «O’ylamasdan so’zlama, har bir
so’zni o’ylab gapir». U tildagi so’zlarni buzib so’zlamaslikka, hamma vaqt
mavjud til normalariga amal qilishga chaqiradi»-«Agar so’zni va ilmni yaxshi
bilmasang ham, hech bir so’zni buzma, to’g’ri ta’rifla, so’zni bir xil gapir».
Kishi kamtar bo’lishi kerak, o’zini xalq, orasida oddiy, kamtar tutishi lozim,
mahmadonalik qilish, ko’p gapirish donolik belgisi emas, «Ey farzand» agar sen
har qanday notiq bo’lsang ham, o’zingni bilganlardan pastroq tutgil, toki so’z
bilimdonligi vaqtida bekor bo’lib qolmagaysan. Ko’p bilgulu, oz so’zla, kam
bilsang, ko’p so’zlama, chunki aqlsiz kishi ko’p so’zlaydi, deganlarki, jim
o’tirish salomatlik sababidir. Ko’p so’zlovchi aqlli odam bo’lsa ham, xalq uni
aqlsiz deydi...»4.
Tajribalardan foydalanish va ilg’or texnologiyalarni qo’llash, zamon
talablari asosida bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy
kompetentligini shakllantirish qoidalarini hayotta tatbiq etish quyidagilarni
nazarda tutadi.
Demak, bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy
kompetentligini shakllantirishda eng avvalo muomala odobi u aloqa qiladigan
odamlar, muassasalar bilan o’z kasbiy vazifasini bajarayotganda sodir bo’ladigan
4Kaykovus “Qobusnoma” asaridan Toshkent “O’zbekiston” 1997 y. 46-47-betlar
-
10
axloqiy munosabatlar majmuidir. Ushbu yondashuv asosida Yevropa pedagoglari
muomala odobini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratib ko’rsatadilar:
o’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasidagi muomala;
o’qituvchi bilan pedagogik jamoa o’rtasidagi muomala;
o’qituvchi bilan ota-onalar o’rtasidagi muomala;
o’qituvchi bilan ta’lim muassasasi rahbarlari o’rtasidagi muomala5.
Pedagogik muomala jarayonida pedagogning muomalaga o’ziga xos
moslashuvi alohida rol o’ynaydi. Bunday moslashuv deganda psixologik, nutq,
harakat va shu kabi usullar tizimi tushuniladi, mazkur tizim pedagogik
vaziyatning vazifasi va xususiyatlariga o’xshash bo’lgan muomala tuzilishini
tashkil etish, ongiga samarali tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun tanlanadi.
Pedagoglarning muomala masalalari haqidagi fikrlarini tahlil qilishimiz
natijasida chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonida muomalaning ko’rinishlarini
aniqladik. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonidagi aloqalar tizimida harbiy
rahbarlar bilan o’quvchi-yoshlar o’rtasidagi muomala munosabatlar katta o’rin
egallaydi. Bu jarayonda o’quvchi-yoshlar insoniyatning asrlar davomida
to’plagan bilimlarini, axloqiy tajribani egallab oladi. harbiy rahbar chaqiriqqacha
harbiy ta’lim jarayonda yetakchi kishidir. Shuning uchun ham harbiy rahbar,
uning axloqiy sifatlari, xulqiga o’quvchi-yoshlar bilan muomalasiga nisbatan
alohida, yuksak talablar qo’yiladi.6
Harbiy rahbarlar harbiy hayotga endigina kirib kelayottan barkamol shaxs
sifatida shakllanadigan insonlar – o’quvchi-yoshlar bilan muomalada bo’ladi.
O’quvchi-yoshlar harbiy muomala odobini asosan harbiy rahbar timsolida anglab
oladi.
5Redjaboev A.D. Yoshlarni milliy istiqlol g’oyasi asosida harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning
pedagogik asoslari: Ped.fanl.nomz. ...diss. – T:. 2004. – 167 bet. 6Tursunov.A. Armiya. T.:Adolat, 2003. 32 b.(Davlat va millat ramzlari). O’zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlarini isloh hilish mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini,xududiy yaxlitligini, uning chegaralari
dahlsizligini, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan». Z.b.
-
11
Demak, shirin muomala har bir kishiga quvonch, bemorga malham va najot
bag’ishlaydi. Ilmiy tadqiqot ishimizda «Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang’ich
tayyorgarligi» fani tarkibida muomala madaniyatining nazariy va amaliy
asoslarini, uning milliy va umuminsoniy xususiyatini yoritishga harakat qilinadi.
Ma’lumki, barcha ma’naviy-axloqiy fazilatlarning poydevori, harbiy
tushunchalari, ko’nikmalari chaqiriqqacha bo’lgan yoshidan tarkib toptirilsagina,
bu poydevor barqaror bo’ladi. Harbiy rahbarlarning shaxs sifatida shakllanishida
hal qiluvchi omilga aylanadi. Zero, ma’naviy-axloqiy fazilatlar tarkibida
muomala munosabat madaniyati alohida o’rin tutadi. Ta’lim muassasasida
o’quvchi-yoshlarga uy, oila muhitidan tashqari dastlabki harbiy muomala,
munosabat muammolariga duch keladi. Shunisi xarakterliki, ta’lim muassasasida
izchil va uzviylikda ta’lim-tarbiya qonuniyatlariga asoslangan harbiy rahbar
shaxsini shakllantirish amalga oshiriladi. Ya’ni oila, mahalla, ko’cha, tarbiyaviy
ta’siridan farqli professional ta’sir ko’rsatiladi. Shuningdek, tarbiyadagi milliylik
uyg’unligiga erishiladi. Ya’ni oilada, mahallada milliy kadriyatlar, mahalliy urf-
odatlar tarbiyasi ustuvor bo’lsa, ta’lim muassasasida dastlabki umuminsoniy
kadriyatlar va harbiy bilimlar bo’yicha tushuncha, ko’nikmalarni shakllantirish
yo’nalishida ham ish olib boriladi.
Shundan kelib chiqib, ilmiy tadqiqot ishimiz predmeti doirasida bo’lajak
chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini
shakllantirishda muomala madaniyatining quyidagi qirralari, yo’nalishlari
shakllantirilishi kerakligini aniqladik:
- harbiy pedagoglar va bo’lajak harbiy rahbarlar o’rtasidagi munosabat;
- bo’lajak harbiy rahbarlar o’rtasidagi salomlashish munosabati;
- ijtimoiy foydali mehnat jarayonidagi munosabat;
- mashg’ulotlar jarayonidagi munosabatlar;
- bo’lajak harbiy raxbarlarning xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish;
- ommaviy ishlar jarayonida rasmiy munosabatning elementlarini
shakllantirish;
- ham kasblar o’rtasidagi munosabat;
-
12
- minnatdorchilik bildirish.
Bu fazilatlar bevosita harbiy rahbarlarning axloqiy faoliyati namunasi
asosida tarkib toptiriladi. Lekin harbiy rahbarlarning muomala madaniyati
tarbiya jarayonining asosiy ta’sir vositasi bo’lishi pedagogik mahoratdir.
Yuqoridagilarni bo’lg’usi harbiy rahbarlarning o’zi yaxshi bilib olmog’i lozim.
Ana shu qadimiy madaniyat ma’naviy xazina, jahonga mashhur o’zbekona
insonparvarlik, mehmondo’stlik, vatanparvarlik kabi milliy qadriyatlar zamirida
muloqat, muomala fazilati alohida o’rin tutadi. Insoniy muomalaning ijtimoiy
ahamiyati beqiyos bo’lib, tarixiy, milliy va umuminsoniy xususiyatga egadir.
Muomala madaniyatini axloqiy, estetik va iqtisodiy tarbiya tarkibida bir
butunlikda o’rganish bilan birga, alohida ilmiy muammo, kasb mahorati sifatida
tadqiq qilish uning ijtimoiy ahamiyatini orttiradi. Pedagogik muomala masalasi
ham o’ziga xos hususiyatga ega bo’lib, dunyo olimlari tomonidan ma’lum
darajada o’rganilgan.
Lekin mustaqil O’zbekistonda chaqiriqqacha harbiy ta’lim-tarbiya
jarayonini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish mustaqil fikrlaydigan yosh
avlodni erkin rivojlantirishniig pedagogik tizimi yaratilmagan. Zero-harbiy
pedagogik muomala nazariyasi va amaliyoti chaqiriqqacha harbiy ta’lim-tarbiya
jarayonini insonparvarlashtirish metodologiyasiga asoslanishi davr talabidir.
2.Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligiga
qo’yilgan talablar
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonining vazifasi chaqiriqqacha bo’lgan
yoshlarni jamiyat talablarini o’zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida
milliy armiya safiga tayyorlashdan iborat. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to’plangan bilim, odob, urf-odat,
madaniyat va mehnat, harbiy bilim ko’nikmalarini o’zlashtirishi, hayotiy tajriba
asosida jamiyatda o’zining munosib o’rnini egallashi, salohiyati va
dunyoqarashining shakllanishida harbiy pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib
chiquvchi yangi masala va muammolarni echish uchun zarur bo’ladigan
-
13
sifatlarni shakllantirish harbiy pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi
hisoblanadi. Buning uchun avvalo harbiy pedagogning o’zida yangicha bilim
berish, o’zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat
bilan shug’ullana olish ko’nikmalari tarkib topgan bo’lishi lozim. Shu nuqtai–
nazardan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o’ziga
zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga
solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha,
ta’lim – tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo shu erda. O’qituvchi
o’quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy
bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi
kerak”7.- deb ta’kidlaydi.
Shaxs kadrlar tayyorlash milliy modelining muhim tarkibiy qismi, kadrlar
tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining
iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida belgilab berilgan. Bu esa
respublikamizda shaxsga yo’naltirilgan ta’limning yo’lga qo’yilishi uchun zarur
asoslarni yaratib berdi.
Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish avvalo ta’limning paradigmasini
o’zgartiradi. Shu paytga qadar mavjud ta’lim tizimida o’qitish ustuvor sanalgan
bo’lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik – o’qishga
o’rgatishga yo’naltirilgan. Zamonaviy pedagog kadrlar yangi mavqega ega
bo’lib, uning vazifasi eng avvalo yoshlarni mustaqil bilim olish faoliyatini
tashkil etishga, bilimlarni mustaqil egallashga va ularni amaliyotda qo’llash
malakalarini shakllantirishga qaratilmog’i lozim. Pedagog bunday maqsadlarda,
o’qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlash kerakki, ular yoshlarga
nafaqat tayyor bilimlarni o’zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan
mustaqil egallashlari, o’zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni
asoslashi va erishilgan bilimlardan yangi bilimlar olishlarida foydalanish
malakalariga ega bo’lishlari lozim8.
7 Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T., 1997. 7-bet. 8 Muslimov.N.A. harbiy ta’lim o’qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped. fanl.
dokt. ... diss. T.: 2007. – 349 b
-
14
Kadrlar tayyorlashga ijtimoiy buyurtma, mutaxassisning shaxsiy va kasbiy
sifatlari hamda amaliy kasbiy kompetentligini ta’minlashning tarkibi va
mazmunini tahlil qilgan holda zamonaviy pedagogni shakllantirishga
qo’yiladigan talablar hamda ushbu talablar tuzilmasini aks ettiruvchi model
ishlab chiqildi. Bunda biz pedagog shaxsini amaliy kasbiy kompetentlikka ega,
yuksak darajada madaniyatli, yondash fanlar sohalarini tahlil eta oladigan,
tarbiyalash va o’qitish metodlarini puxta egallagan va mutaxassisligi bo’yicha
amaliy faoliyat yurita oladigan, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassis
sifatida tavsifladik.
Zamonaviy pedagog shaxsi modeli ta’lim tizimini modernizatsiyalash va
taraqqiy ettirish borasida yuzaga keladigan vazifalarning muvaffaqiyatli hal
etilishini ta’minlovchi, ma’lum sifatlarni ta’riflovchi hamda mutaxassisning o’z-
o’zini rivojlantirib borishini aks ettiruvchi tamoyillarni belgilashga xizmat
qiladi9.
Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar asosida uning modelini ishlab
chiqishda oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilab berilgan quyidagi
holatlar asos uchun qabul qilindi10:
pedagogning faoliyat sohalari: ta’lim; boshqaruv.
pedagogning faoliyat turlari: o’quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy;
ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar.
pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy
o’rta ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi
ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari.
Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar mazmuni asoslandi va ularning har
biriga tavsif berildi.
Pedagog kadrlarga qo’yiladigan ijtimoiy buyurtma
9 Aminov A.H. Umumiy o’rta ta’lim pedagog hodimlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirishning
nazariy-amaliy masalalari: Ped.fan.nomz. ... diss.- T:. 2004.-156-bet. 10 Musurmonova.O. Yuqori sinf o’quvchilarini ma’naviy madaniyati shakllantirishning pedagogik asoslari:
Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dis.-T.:1993.-289 b
-
15
Davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichi shaxs, jamiyat va davlatning
ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’lim tizimi oldiga muayyan ijtimoiy
buyurtmalarni qo’yadi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturida har tomonlama kamol topgan, ta’lim va kasb-hunar
dasturlarini ongli ravishda tanlagan va puxta o’zlashtirgan, ijtimoiy-siyosiy,
huquqiy, psixologik-pedagogik bilimlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldidagi
o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash bilan bog’liq ijtimoiy
buyurtmalar belgilab berilgan11.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va asarlarida
jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy, ma’naviy-
ma’rifiy o’zgarishlar, huquqiy-demokratik jamiyat qurish tamoyillari o’z aksini
topgan. Jumladan, “Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” nomli risolada
ta’lim tizimi oldiga quyidagi buyurtmalar qo’yilgan:
yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash va ma’rifiy ishlarning samarali
shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul
tizimidan foydalangan holda o’qitish samaradorligini oshirish;
xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qad-
riyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo’nalishini ta’minlash;
o’quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayoni didaktik va axborot
ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish;
o’quv jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik
texnologiyalar bilan ta’minlashni amalga oshirish;
milliy mustaqillik printsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda
umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va
bo’g’inlarida yoshlarning ma’naviy va axloqiy sifatlarini rivojlantirish;
11 O’zbekiston Respublikasining “ Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining
poydevori. – T:. Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1997. 20-bet
-
16
yoshlar ongi va qalbiga milliy g’oya va mafkurani singdirish, ta’lim
muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko’tarish;
ta’lim berishning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy,
iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigienik ta’limi hamda tarbiyasini
takomillashtirish;
yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimining kadrlar
salohiyatini tubdan yaxshilash, pedagoglarning kasbiy nufuzini oshirish, ta’lim
muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash,
ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish;
pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar
evolyutsion tarzda ta’lim tizimining yangi mazmun kasb etishini ta’minladi,
ilg’or g’oyalarni o’zida namoyon etuvchi ta’limiy qadriyatlar shakllandi.
Umuminsoniy, ma’naviy-axloqiy, kasbiy ahamiyatli qadriyatlar pedagog
shaxsini tarbiyalashga xizmat qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, shaxs
omilining ta’lim-tarbiya jarayonlarining yetakchi sub’ekti va ob’ekti sifatida tan
olinishini ta’minlashi, unda ijodiy fikrlash, shuningdek, ijtimoiy faollik
ko’nikmalarini shakllantirishga yordam berishi bilan ahamiyatlidir. Binobarin,
barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishga bo’lgan
ehtiyoj rivojlanayotgan hamda yangicha ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan
mavjud sharoitda yanada dolzarb xususiyat kasb etadi.
Davlat ta’lim standarti ta’limning zarur, yetarli darajada hamda o’quv
yuklamalar hajmiga qo’yiladigan asosiy davlat talablari hamda kadrlar
tayyorlash sifatini baholashni belgilab beruvchi mezon bo’lib, u “Ta’lim
to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va asarlarida belgilab berilgan
vazifalar hamda pedagog shaxsini shakllantirishda umuminsoniy, ma’naviy-
axloqiy, kasbiy ahamiyatli qadriyatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Shuningdek,
davlat ta’lim standartlarida kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish,
bo’lajak mutaxassislar kasbiy shakllanish jarayonining sub’ekti sifatida ishtirok
-
17
etishining pedagogik shart-sharoitlari, mexanizm, metod va texnologiyalari
belgilab berilgan.
Harbiy pedagogning shaxsiy sifatlari quyidagilardan iborat:
- Yoshlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O’zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi va
“Ta’lim to’g’risida”gi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
to’g’risida”gi hamda “Mudofaa to’g’risida”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” mazmun va mohiyatini anglab yetish, yoshlar faoliyatiga oid
Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, insonning boshqa insonga, jamiyatga,
atrof-muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va ma’naviy mezonlarni o’zida
mujassamlashtiruvchi davlat siyosatining dolzarb masalalari haqidagi bilimlarni
o’zlashtirishini ta’minlash uchun pedagoglar siyosiy-huquqiy bilim va
madaniyatga ega bo’lishlari lozim 12.
- Yoshlarda vatanga muhabbat, yuksak ma’naviyat, milliy g’urur va milliy
iftixor, axloqiy fazilatlar, globallashuv sharoitida milliy o’zlikni anglash,
ma’naviy kamolotga intilish tuyg’ularini shakllantira olish uchun pedagog
yuksak ma’naviy kamolotga ega bo’lishi talab etiladi;
- Yoshlarni yot va zararli ta’sirlardan himoya qilish, ularni hayotga, yon-
atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga dahldorlik hissi bilan yashashga
o’rgatish, iymon-e’tiqodli, barkamol insonlar etib tarbiyalash, ular qalbida
sog’lom hayot tarziga intilishni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-
ehtirom tuyg’ularini shakllantirish, o’z fikrini bayon qila olish, ilmiy asoslay
bilishi uchun pedagog mafkuraviy immunitet va g’oyaviy kurashchanlik, diniy
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini puxta
egallagan bo’lishi kerak;
- Pedagoglar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan
vijdon va diniy e’tiqod erkinligi masalalarini, respublikamizdagi barcha millatlar
va dinlarga mansub kishilarning tinchligi va ravnaqini ta’minlashda diniy
12 O’zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy hizmat to’g’risida”gi Qonuni.
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari. – T:. Adolat, 436-11-son. 2002.-5-bet
-
18
bag’rikenglikning o’rni va ahamiyatini bilishi, dinning xalqimiz ma’naviyatiga,
insonning poklanishida, jamiyatni ruhiy-axloqiy jihatdan sog’lomlashtirish
borasida islom dinining ijobiy ta’sirini targ’ib qilish ko’nikmalari, yoshlarni
yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlash, yoshlarda shakllantira olish malakalari bilan
bog’liq diniy bag’rikenglik (tolerantlik) madaniyatiga ega bo’lishi lozim;
- Pedagoglar yoshlarda yuksak ma’naviyat va ekologik madaniyat
uyg’unligi, tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalarni yaxlit
tasavvur qila olish, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallash
hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olishi, global ekologik
xavflar, atrof-muhit muhofazasi bilan shug’ullanuvchi davlat va nodavlat
tashkilotlari, jamiyatning ekologik barqaror va garmonik rivojlanishini
ta’minlash bilan bog’liq bilim, ko’nikma va malakalarni o’zida
mujassamlashtiruvchi ekologik bilim va madaniyatga ega bo’lishi lozim;
- Pedagoglar sog’lom hayot tarzini yuritish bo’yicha ilmiy tasavvur va
e’tiqodga ega bo’lish, har bir millat, har bir xalq o’z nasl-nasabini, kelajak
avlodini asrab-avaylashi, uning qadrini bilish, har qanday millatning ravnaqi,
umumbashariyat tarixida tutgan o’rni, mavqei va shuhrati bevosita o’z
farzandlarining aqliy va jismoniy etukligiga bog’liqligini idrok eta olish,
sharqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni
tarbiyalay olish bilan bog’liq sog’lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatga ega
bo’lishi lozim;
- Pedagog yoshlarda iqtisodiy islohotlarning ma’naviy asoslari, iqtisodni
erkinlashtirish, bozor iqtisodining o’ziga xosligi, demografiya va iqtisodiy
siyosat, intellektual mulk va uni baholash, oila byudjeti va uning iqtisodiy
asoslari, sug’urta va soliq tizimining ijtimoiy mohiyati, O’zbekistonda iqtisodiy
yangilanish, rivojlanish va taraqqiyot yo’lida butun dunyo bilan o’zaro manfaatli
iqtisodiy aloqalarga erishish, yoshlarda mulkdorlik tuyg’usini shakllantirish,
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari va uni bartaraf
etish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash yo’llarini, tabiiy va inson
-
19
resurslaridan oqilona foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy bilim, ko’nikma va
malakalarni shakllantira olishi talab etiladi.
Kasbiy sifatlar quyidagilardan iborat:
- pedagog kasbiy faoliyatni samarali tashkil etishga undovchi rag’bat, yangi
bilimlarni o’zlashtirishga intilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalangan holda yangi axborotlarni olish, ilg’or tajribalarni o’rganish ehtiyoji,
yuqori pedagogik mahorat darajasiga, pedagogik faoliyatda muvaffaqiyatga
erishishni ko’zlash, yoshlar va ularning ota-onalari bilan muloqot qila olish,
pedagogik jamoadagi barcha kasbdoshlari tomonidan tan olinishga, ilmiy-texnik
taraqqiyotning asosiy yo’nalishlarini bilishga intilish, zamonaviy texnika va
texnologiyalar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bilan bog’liq motivatsion
sifatlarga ega bo’lishi lozim;
- pedagog eruditsiya, sezgirlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, pedagogik
tasavvur, tashxis qilish, bashoratlash, ijodkorlik, pedagogik fikrlash (pedagogik
dalil, hodisa, jarayon hamda tizimlarni tahlil qila olish; pedagogik vaziyatlarda
ijodiy, moslashuvchan, tanqidiy, tizimli, harakatchan, tezkor fikrlay olish),
zamonaviy texnika hamda texnologiyalar orasidagi umumiylik, tipiklik hamda
xususiylikni bilish bilan bog’liq intellektual salohiyatga ega bo’lishi lozim;
- pedagog o’zaro muloqotda chidam va sabotlilik, pedagogik faoliyatni
amalga oshirish, pedagogik maqsadlarga erishish, o’z faoliyatining ahamiyatini
oshirish, o’zligini rivojlantirish, loyihalashtirilgan pedagogik jarayonlarni amalga
oshirishdagi qat’iyatlilikni o’zida mujassamlashtiruvchi irodaviy sifatlariga ega
bo’lishi lozim;
- pedagog yoshlarning o’y-kechinmalari, quvonch va tashvishlarini tushuna
olish, hamfikrlik, mamnunlik, bolajonlik, ochiqlik hissiyoti, yoshlarning yosh-
fiziologik va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish, shuningdek, ruhiy
muhitni boshqara olish bilan bog’liq hissiy sifatlarga ega bo’lishi lozim;
- pedagog axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va undan maqsadli
foydalanish usullarini egallash, kasbiy faoliyatda asosli mustaqil qarorlarni qabul
qila olish, raqobatbardosh kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lish, yangi bilimlarni
-
20
mustaqil egallay bilish, o’z ustida ishlashi va o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil
qila olish, o’zini kasbiy-axloqiy jihatdan tutish, egallagan ko’nikma va
malakalarni yangi, nostandart vaziyatlarda qo’llay olish, yangi axborotlar ichida
tez yo’nalish olish, pedagogik qobiliyatlarni namoyon qilish, loyihalash va
rejalashtirish bilan bog’liq amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim;
- pedagog kasbiy faoliyatini va o’z-o’zini tahlil qilish, baholash; faoliyati,
individual muloqot metodini ijtimoiy-kasbiy sohadagi tajribalar bilan qiyoslay
olish; ijodiy jarayonda refleksiya qila olish, o’z individualligining rivojlanishi,
kasbiy faoliyati va xulqidagi shaxsiy sifat hamda kamchiliklarini anglay olish,
kasbiy kamolotga erishish bilan bog’liq o’z-o’zini boshqara olish ko’nikma va
malakalariga ega bo’lishi lozim.
Amaliy kasbiy kompetentlik sifatlari quyidagilardan iborat:
- Pedagogik-psixologik tayyorgarlik, mashg’ulotlarni tashkil qilish va
o’tkazish mahorati pedagog ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llaniladigan o’qitish
shakllarining pedagogik-psixologik asoslari; psixodiagnostika usullaridan
foydalanish; o’qitish shakllarida o’qitish metodlari va vositalaridan o’rinli
foydalana olish; ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining
uyg’unligi, uzviyligini ta’minlay olish; pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qo’llashning nazariy va amaliy asoslarini egallagan bo’lishi
lozim. Pedagog ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlariga
qo’yiladigan didaktik talablarni; didaktik maqsadlar asosida mashg’ulotning har
bir bosqichi uchun reproduktiv o’quv topshiriqlarini ishlab chiqish; fanlararo,
mavzulararo bog’lanishni amalga oshirishni bilishi lozim.
- Tarbiyalashning usul va vositalarini egallaganlik ma’naviy-ma’rifiy
ishlarni tashkil etishda pedagog ilmiy-nazariy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy
qadriyatlardan samarali foydalanish malakasiga ega bo’lish, o’qitish jarayonida
yoshlar ongiga milliy g’oyani singdirishning mazmuni, vositalari, metodlari va
shakllarini bilishi; yoshlarni jamoaga birlashtirish, ularning bo’sh vaqtini
mazmunli tashkil etish, bajarilgan ishni baholay olish, ta’lim muassasalarida
-
21
tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning shakllarini, pedagogik etika
me’yorlarini bilishi talab etiladi.
- Mustaqil va ijodiy ishlarni tashkil etish pedagog yoshlarda mustaqil va
ijodiy fikrlash ko’nikmalarini tarkib toptirishning ijtimoiy-pedagogik zarurati va
nazariy asoslarini bilishi; iqtidorli yoshlarni aniqlash diagnostikasini, mustaqil
ta’limning tashkiliy va o’quv-metodik ta’minotini yaratish yo’llarini bilishi,
o’quv materiali mazmuni asosida vosita, metod va shakllarini samarali tanlash va
uyg’unlashtira olishi lozim.
- O’zlashtirish monitoringini amalga oshirishga tayyorlik pedagog
yoshlarning bilimlarini ob’ektiv baholash mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni
mukammal ravishda reyting nazoratda qo’llashga qaratilgan didaktik vositalar
majmuasini ishlab chiqish malakasiga ega bo’lish; yoshlarning bilimlarini
ob’ektiv baholash mexanizmlarini bilishi va ularni mukammal ravishda reyting
nazoratida qo’llash, standart testlarni ishlab chiqish va qo’llay olish malakasiga
ega bo’lish; reyting tizimi topshiriqlarini reproduktiv va produktiv, qisman
izlanishli va ijodiy darajada tuzish va qo’llay olish; o’quv materialining didaktik
tahlili asosida o’zlashtirishi talab etiladigan o’quv elementlari, material hajmini
belgilash va shu asosda ta’lim mazmunini takomillashtirish yuzasidan takliflar
ishlab chiqish; mashg’ulotlarda yoshlarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun
muammoli savollar majmuasini tuza olish; yozma ishlar, og’zaki savol-javoblar,
amaliy ish natijalarini tahlil qilish, aniqlangan xato va kamchiliklar asosida
ta’lim jarayoniga tegishli tuzatishlar kirita olish; o’quv faoliyatini tashkil etish,
boshqarish va natijasiga baho berish asosida mashg’ulotlar samaradorligini
oshirish yo’llarini ishlab chiqa olishi lozim.
- AKTdan foydalanish pedagoglar informatika va axborot texnologiyalari
asoslari, axborotlarni saqlash, qayta ishlash, tarqatish va namoyish qilishni
bilishi, Microsoft Office dasturlari, jumladan Windows operatsion tizimida
ishlay olishi, Microsoft Excel dasturiy muhitida jadvalli ma’lumotlarni qayta
ishlash texnologiyasi, Internetning asosiy imkoniyatlari, Internetda axborot
maydonlarini saralovchi Web saytlari haqida ma’lumotlar, Internetdan ma’lumot
-
22
olish va ma’lumotlar kiritish texnologiyalarini bilishi, elektron pochta va undan
foydalanish texnologiyalarini, dasturiy ta’minotning asosiy turlarini bilishi va
foydalana olishi, fanlardan maxsus taqdimotlar va elektron resurslar tayyorlashi
va qo’llay olishi, ta’lim jarayonida amaliy masalalarni echishda axborot
texnologiyalarini qo’llash; masofaviy ta’lim elektron o’quv-metodik bazasini
yaratish va undan foydalana olishi lozim.
- Xorijiy tillarni o’zlashtirish xorijiy tilda turli janrdagi (teleko’rsatuv, radio
eshittirish, e’lonlar, yangiliklar va h.) audio va video matnlarni eshitib, asosiy
ma’nosini tushunib muhokama qila olish; har qanday og’zaki nutqni tinglab
tushunish; xorijiy tilda turli hujjatli va badiiy filmlar, tele suhbatlar, tokshoular,
spektakllarni tushuna olish; kasbiy va shaxsiy qiziqishiga doir ma’ruzalar,
prezentatsiyalar, nutqlarni tushuna olish. Qisqa oddiy qaydlarni va axborotlarni
yoza olish, shaxsiy xususiyatga ega murakkab bo’lmagan xatlar yoza olish,
so’rovnoma, ma’lumot daftarlarini to’ldira olish, tarjimai hol yozish, e’lon va
maktublar tuza olish, grammatik va leksik xatolarsiz qisqa bayon va insholar
yozish, e-mail, Internet forumlariga xatlar yozish; yozma nutqda matn janriga
hamda maqsadiga muvofiq rasmiy yoki norasmiy uslubni tanlash; tanish
mavzular bo’yicha ma’ruza annotatsiyalari, tezislar yozish.
- O’z-o’zini kasbiy rivojlantirish pedagog ta’lim beradigan fanlari turkumini
ilmiy-nazariy jihatdan o’zlashtirgan bo’lishi, rivojlanish tarixi, fanda erishilgan
yutuqlar, muammolar, ilmiy-tadqiqot va izlanishlar natijalaridan xabardor
bo’lish; axborot madaniyatini egallaganlik; xorijiy tillarni o’zlashtirganlik;
darsliklar, o’quv qo’llanmalari, o’quv-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, ulardan
ta’lim-tarbiya jarayonida samarali va o’z o’rnida foydalana olish. Fanning
maqsadi, vazifalari, predmeti va ob’yekti, asosiy metodlari; fanga qo’yiladigan
asosiy talablar; umumiy yuklama hajmi va uning taqsimoti; fan bo’yicha
tayyorgarlik ko’rayotgan bo’lajak mutaxassisga qo’yiladigan umumiy malaka
talablari; ilmiy-metodik ishlarni amalga oshirish, kasbiy faoliyat jarayonini
tashkil etish va boshqarish; fan taraqqiyotining axborot va kommunikatsiya
texnologiyalariga bog’liqligi; foydalaniladigan asosiy adabiyotlar; fan bo’yicha
-
23
kasbiy kompetentlik darajasi; fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan
gorizontal va vertikal uzviyligi ta’minlanganligi; fanni taraqqiy etish
muammolari va yechimlari.
Taklif etilayotgan model chaqiriqqacha harbiy ta’lim tizimini
modernizatsiyalashning zamonaviy bosqichda harbiy pedagog shaxsiga
qo’yilayotgan talablarni o’zida aks ettiradi.
3. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlik
qobiliyatini tashkil etish yo’nalishlari
«Axborot-kommunikativ kompetentlik» tushunchasini turli nuqtai nazardan,
kasbiy kompetentlikning tarkibiy qismi sifatida ham, shaxsning axborot
madaniyatining tarkibiy qismi sifatida ham baholash mumkin. Ahamiyatli
belgilar sirasiga axborot texnologiyalari asoslarini bilish, kompyuterdan zaruriy
texnik vosita sifatida foydalanish, ta’lim makoni sub’ektlarining faol ijtimoiy
pozitsiyasi va motivatsiyasining ifodalanganligi, axborotni izlash, tahlil qilish va
foydalanishga oid bilim, ko’nikma va malakalarning jami kiritiladi. Odatda,
muayyan kompetentlikni shakllantirish muammolarini tadqiq qilishda axborot-
kommunikativ kompetentlik egallaganligining uchta darajasi farqlanadi:
- bazaviy (tayanch) – bu darajada kompyuter savodxonligi uchun zarur
bo’lgan tayanch bilim, ko’nikma va malakalar shakllangan; kasbiy faoliyatni
tashkil etishda AKT dan minimal foydalanish (elektron ko’rinishdagi axborotni
yaratish, tahrir, saqlash, nusxa ko’chirish va ko’chirishning umumiy usullarini
egallash, taqdimot texnologiyalari vositasida axborotni taqdim qilish, Internet
tarmog’ida axborotni qidirish ko’nikmalarini egallash va x.k., tarmoqda o’zaro
hamkorlikning muammo xarakteriga tobora mos keladigan va uni tobora optimal
usullar bilan hal qilish imkonini beradigan usulini (yoki ularning
kombinatsiyasini) tanlash);
- texnologik (bu darajada AKT amaliy faoliyatning instrumentiga (quroliga)
aylanadi (Internet-resurslar potentsialini, ularning interaktivligi va axborotliligini
maqsadli nuqtai nazaridan baholash; global kompyuter tarmog’i resurslari va
-
24
dasturiy vositalarini asosiy texnologik, iqtisodiy, ergonomik va texnik talablarni
hisobga olgan holda tahlil; Internet global tarmog’ida dasturiy-texnologik va
axborot ta’minotini taqdim qilish sifati, vosita va shakllarini tahlil qilish);
- amaliy (professional) darajada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun
yangi vositalarni yaratish va ulardan ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda samarali
foydalanish malakasiga ega bo’lishi13.
Axborot-kommunikativ kompetentlikning uch darajali modeliga mos holda
pedagogda:
- bazaviy daraja – pedagogning vazifalaridan kelib chiqib AKT vositalarida
ta’lim-tarbiya maqsadlariga erishish uchun zarur bilim, malaka va ko’nikmalar
invarianti;
- texnologik daraja – AKT o’zlashtirish va pedagoglik faoliyatiga
ixtisoslashtirilgan, kasbiy faoliyatni amalga oshirish metodikasi va mazmuni
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan, texnologiya hamda resurslarni joriy
qilishga tayyorlik;
- pedagogik (psixologik-pedagogik, metodik, ijodiy) daraja –kasbiy faoliyat
maqsadlariga mos elektron vositalarini ishlab chiqish, AKT vositalaridan
shaxsning ma’naviy kamolotini ta’minlash bo’yicha vazifalarni hal qilishda
foydalanishni farqlash mumkin.
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonlarida zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanish jarayoni nafaqat ta’lim-tarbiyaning tashkiliy
shakllari va metodlari o’zgarishiga, balki yangi metodlarni ham shakllanishiga
olib keladi.
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonlarining samarali o’tishi va undan
kutilgan natijalarni berishi bu jarayonda muayyan talab va shartlarga amal qilish
lozimligini taqozo etadi. Quyidagi shartlarga qat’iy amal qilish tadbirlarni
o’tkazishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish jarayonining
samaradorligini ta’minlaydi:
13 Aripov M.M., Imomov T.A. Informatika. Axborot texnologiyalari. 1-qism. – T.: O’zMU, 2001. – 342 b.
-
25
- har bir ta’lim-tarbiyaviy tadbirni uyushtirishdan ko’zlangan aniq maqsadni
belgilash;
- erishiladigan natijani bashoratlash;
- ta’lim-tarbiyaning maqsadi, vazifalari hamda natijalarini nazariy jihatdan
asoslash;
- kasbiy faoliyatni tashkillashtirishda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish loyihasini yaratish;
- foydalanishi rejalashtirilgan texnologiyalarni natijani kafolatlashga
safarbar qilish;
- kasbiy faoliyatni intensiv asos, ya’ni, maksimal ilmiy aniqlik, kam resurs
sarflab samarali natijaga erishish asosiga qurish;
- ta’lim-tarbiyaviy jarayonni boshqariluvchi jarayonga aylantirish;
- ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalardan
foydalanishga alohida e’tibor berish;
- tarbiyaviy jarayonda tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilar o’rtasida ijodiy
hamkorlikni qaror toptirishga erishish;
- tarbiyalanuvchilarning faolliklarini oshirish;
- ta’lim-tarbiya maqsadiga erishilishdagi natijaviylikni tahlil etib borish,
ekspert baholash.
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonida zamonaviy axborot
texnologiyalarini qo’llash tarbiya metodlarning samaradorligini oshirishga,
o’qituvchilar mehnat faoliyatining o’zgarishiga, ularning ish metodlarini
takomillashishiga, pedagogik tizimlarning tarkibiy o’zgarishiga olib keladi. Bu
esa chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonini axborotlashtirishni tashkil etish va
boshqarishda o’ziga xos vazifalarni qo’yadi.
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalari
asosida samarali tashkil etish:
- o’quv materiallarni ishlab chiquvchi jamoa tarkibiga pedagoglar,
kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini;
- ular o’rtasida vazifalarning taqsimlanishini;
-
26
- chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va
mazkur faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.
Zamonaviy texnologiyalar asosidagi chaqiriqqacha harbiy ta’lim faoliyat:
- chaqiriqqacha harbiy ta’lim faoliyatning texnologik asosini tez rivojlanishi
bilan bog’liq ravishda o’quv mashg’ulotlarni o’tkazish bilan bog’liq murakkab
jarayonni yengillashuvini;
- o’quv mashg’ulotlarni o’tkazishda pedagogning maxsus malakalarini
shakllanishini.
O’quv mashg’ulotlarni zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari asosida
tashkillashtirishdan maqsadni belgilashda dastlab quyidagi omillar aniqlanishi
lozim:
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning
maqsadi;
- tadbirning maqsadiga erishishda qo’llaniladigan texnologiyalar;
- axborot materiallarini taqdim etish usullari;
- mashg’ulot o’tkazish metodlari;
- taqdim etiladigan muhokamali topshiriqlarining turlari;
- munozara va bahslarni tashkil etish yo’llari;
- o’zaro aloqa usullari va muloqot. Bularning barchasini o’quv
mashulotlarni tayyorlashga mas’ullar–pedagoglar va texnologiyalar bo’yicha
mutaxassislar hamkorlikda amalga oshiradilar14.
O’quv mashg’ulotlarni o’tkazish uchun texnologiyalarni tanlashda eng
samarali yo’llardan biri – bu multimediali yondashuvdir. Chaqiriqqacha harbiy
ta’lim jarayonida mashg’ulotlarni samarali tashkil etish uchun texnologiyalarni
tanlashda quyidagi muhim omillarga:
- Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonida yangi texnologiyalardan
foydalanib tarbiyaning maqsadlariga erishishni ta’minlashning muhimligi;
14 Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: Fan, 2007. – 160 b.
-
27
- eng zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda, an’anaviy texnologiyalar
ham samara berishi mumkinligi;
- o’quv mashg’ulotlarning samaradorligi natijalari axborot
texnologiyalarining turiga qarab emas, balki mashg’ulotni avvaldan ishlab
chiqish, ularni qiziqarli olib borish sifatiga bog’liqligi;
- texnologiyalarni tanlashda talabalarning shaxsiy xususiyatlariga,
tarbiyaviy faoliyat sohasining o’ziga xos tomonlariga e’tibor qaratish lozimligini
alohida ta’kidlash zarur.
O’quv mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishda o’qituvchi mavzu
doirasidagi eng so’nggi ma’lumotlarga ega bo’lishi maqsadga muvofiq. Mavzu
bo’yicha ma’lumotlar to’plashda ilmiy adabiyotlardan, Internet tarmog’idan
foydalanish, mutaxassislar bilan suhbatlashish kerak. Lekin hozirgi vaqtda aholi
orasida, Internet tarmog’i nisbatan eng ishonchli manba, degan yolg’on tasavvur
mavjudligini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Shuning uchun mashg’ulot
ishtirokchilariga Internet eng ishonchli axborot manbai sifatida emas, balki
tezkor manba sifatida baholanishini alohida ta’kidlash kerak. Bugungi kundagi
eng ko’p aldovlar aynan Internet tarmog’i orqali ro’y berayotganini misol qilib
o’z fikrini tasdiqlashi mumkin. Bunda Internetning ilmiy yo’nalishlardagi o’rni
e’tirof etiladi. Shuningdek, kundalik ommaviy axborot vositalari,
teleradiokanallardagi ma’lumotlardan o’rinli foydalanish zarur.
Elektron taqdimot – slaydlardan mashg’ulotlarda namoyish va
ko’rgazmali material sifatida foydalanish bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim
o’qituvchisiga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Beriladigan axborot
materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi
o’tkazilayotgan mashg’ulotlarning o’zlashtirilishini engillashtiradi va
ko’rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini talabalarga tarqatma materiallar
sifatida ham tarqatish mumkin.
Slaydlarga nisbatan talabalar o’zlarining fikrlarini bayon etishlari mumkin
va bu orqali ular olib borilayotgan mavzu bo’yicha xulosalar va savollarni
shakllantirish malakalariga ega bo’ladilar.
-
28
Bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchisiga bunday metodika yangi
axborotlarni ko’payib borishi, talabalarning tayyorgarlik darajasini o’zgarishi
bilan ma’lum bir mavzuga mo’ljallangan slaydni takomillashtirib borish
imkoniyatini beradi.
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, eng avvalo, pedagogik-psixologik
talablarga javob berishi kerak. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonida pedagogik
va psixologik talablarga mos texnologiyalardan foydalanishni tashkil etish uchun
quyidagi omillar muhim hisoblanadi:
- taqdim etilayotgan axborot resurslari ishonchli, tegishli sohaning hozirgi
zamon holatiga mos, tizimli va ketma-ket, ko’rgazmali, amaliyot bilan
bog’langan bo’lishi;
- taqdimot materiallari ilmiyligi va qabul qilinishi osonligining o’zaro
optimal variantida berilishi;
- taqdimot materiallarining bayon etilishi talabaga yo’naltirilgan bo’lishi
kerak.
Berilayotgan axborotlar mashg’ulot mavzusining mazmuniga mos bo’lishi
bilan birga talabalarda zarur ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishni
ta’minlovchi topshiriqlar va vazifalardan tashkil topishi, talabalar o’zlashtirishi
lozim bo’lgan axborotlar hajmini aniqlashi, ma’lum bir mantiqiy tizimda taqdim
etilishi, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga mos kelishi, nihoyat, tizimlilik
tamoyiliga javob bera olishi zarur. Shuningdek, axborotlarning talabalar
tayyorgarlik darajasiga mos bo’lishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter,
skaner, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, faks modem,
telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari,
mobil aloqa tizimlari, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt
tizimlarini kiritish mumkin.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari muayyan amallarni
ongli, muntazam, rejali amalga oshirishda o’zlashtiriladi. O’quv mashg’ulotlarni
-
29
o’tkazishda foydalanishi mumkin bo’lgan vositalarni quyidagicha guruhlash
mumkin:
Multimedia - mashg’ulotlarda axborotning turli xil ko’rinishlari: rangli
grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan
musiqalar, annimatsiya, shuningdek to’laqonli videokliplar, xatto
videofilmlardan foydalanilishini ta’minlaydi.
Interaktiv doska – bu kompyuterdagi tasvirlarni proektor orqali namoyish
etadigan sensorli ekrandir. Maxsus dasturiy ta’minot matn, rasm, video va audio
ma’lumotlar va ob’ektlar, hamda Internet-resurslar bilan ishlash va ular ustiga
yozuv va izohlar tushirish imkonini beradi.
Videoanjuman – uzoqlashtirilgan foydalanuvchi guruhlari orasida (raqamli
videolzuv lki oqimli video ko’rinishida ma’lumotlarni almashinish) yig’ilish va
munozaralar o’tkazish jarayonini ta’minlaydi.
Audioanjuman – tarmoq texnologiyasi tizimi va telefondan foydalangan
holda turli geografik nuqtalarda joylashgan bir qancha shaxslarning
ma’lumotlarni ovozli – raqamli ko’rinishda almashinish jarayonini ta’minlaydi.
Elektron axborot resurslarini tarqalishi bo’yicha ikki guruhga ajratish
mumkin:
- jismoniy tashuvchilar orqali tarqatish (kompakt disk, DVD disk va Flash
driver orqali);
- kompyuter tarmog’i orqali tarqatish (lokal yoki korporativ tarmoqlar).
O’quv mashg’ulotlari o’tadigan xona to’g’ri tanlanishi kerak. Mashg’ulot
o’tishi belgilangan xona ko’rimsiz bo’lmasligi lozim. Agar mashg’ulot o’tadigan
xona zamonaviy texnologiyalar vositalari bilan jihozlanmagan bo’lsa, bu
talabalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va o’qituvchi targ’ib qilayotgan
g’oyalarga ishonch bilan qarash paydo bo’lmaydi. O’quv mashg’ulotga
mo’ljallangan xonalar qanchalik fanga doir ko’rgazmali jihozlar bilan jihozlansa,
talabalarda ham g’urur, faxrlanish tuyg’ulari paydo bo’ladi hamda o’tkaziladigan
mashg’ulotning samaradorligi ortadi. Bu xonalarni jihozlashda mavzuga doir
o’quv plakatlari, tarqatma materiallariga e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
-
30
O’quv mashg’uloti samaradorligini oshiradigan eng asosiy jihatlardan biri
ko’rgazmali vositalardan unumli foydalanish.
Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida tarbiya mazmunini
takomillashganlik darajasi bu yuksak ma’naviyatli shaxs talablarga javob bera
oladigan barkamol avlodni tarbiyalash muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Axborotlashgan jamiyatda tarbiya mazmuni deganda egallanishi talab etiladigan
ilmiy bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni
shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy g’oyalar tizimi tushunilib, uning tarkib
topishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
- jamiyat ehtiyojlari;
- milliy meros, buyuk allomalar va etuk olimlarining zamonaviy
metodologik qarashlari;
- umuminsoniy qadriyatlar;
- ilmiy-texnik taraqqiyot;
- chaqiriqqacha harbiy ta’lim tizimining o’zida yuzaga keluvchi, ta’lim
sifati, zamonaviyligi hamda ommaviyligini ta’minlashga qaratilgan ehtiyojlar.
O’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish o’tkazilgan mashg’ulot sifatini tashxis qilmay turib,
undagi jarayonlarni samarali boshqarish, ta’lim-tarbiya maqsadiga erishishda bir
qancha murakkabliklar vujudga keladi. O’quv mashg’ulotini o’tkazish
jarayonlarida talabalarning kasbiy kamoloti darajasini belgilangan mezonlar va
yondashuvlar orqali aniqlashda axborot texnologiyalariga asoslangan tizimni
tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiya maqsadlariga mosligini nazorat qilish bu
boradagi muammolarni yechish imkoniyatini yaratadi.
-
31
I BOB BO’YICHA XULOSA
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o’ziga
zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga
solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha,
ta’lim – tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo shu erda. O’qituvchi
o’quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy
bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi
kerak”15.- deb ta’kidlaydi.
Ushbu fikrlardan xulosa chiqargan holda bo’lajak harbiy ta’lim
o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda quyidagi bir qator
ko’nikmalarga ega bo’lishi lozimligi belgilab olindi.
1. Bo’lg’usi harbiy rahbarlar o’z faoliyati jarayonida ibrat, namuna
ko’rsatish bilan yoshlarning harbiy faolligini, his-tuyg’usini, hatti-harakatini
rivojlantirishi va ta’sir eta olishi muhimligi aniqlandi;
2. Har bir mashg’ulot uchun material tanlash, uni murakkablashtirish va
oldingi hamda keyingilari bilan aloqasini ta’minlashni nazarda tutish, mashg’ulot
o’yin,mehnat topshiriqlari va shu kabilarni chaqiriqqacha bo’lgan yoshlarning
yosh imkoniyatlari,ularni tarbiyalash va rivojlantirish istiqbollarini hisobga olish
tizimi aniqlandi;
3. Harbiy pedagogik jarayonni harbiy rahbarlar jamoasi va alohida
chaqiriqqacha bo’lgan yoshlar bilan ishlashni qamrab olib, ta’limiy-tarbiyaviy
vositalar majmuidan foydalangan holda rejalashtirildi;
4. O’z ish o’rnini tashkil etish, zarur qo’llanma va hujjatlarni tayyorlash,
ularni berilgan talablar asosida yuritishi belgilab berildi.
15 Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T., 1997. 7-
-
32
II BOB. BO’LAJAK HARBIY TA’LIM O’QITUVCHILARI KASBIY
KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK
SHART-SHAROITLARI
1. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilari kasbiy kompetentligini
shakllantirish tizimini amalga oshirish shakllari
Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning
asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy
jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko’nikmalarni
egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
nuqtai nazardan ular quyidagi kompetentlik turlariga bulinadi:
1. Yaxlit-mazmunli kompetentlik. Bu talabaning qadriyatli yo’nalishlari
bilan bog’liq, uning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunish qobiliyati,
mustaqil hayot yo’lini topa olishi, o’zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o’rnini
anglab etishi, harakatlarni tashkil etishda aniq maqsadni belgilash hamda qaror
qabul qilish malakasi, dunyoqarashi bilan bog’liq kompetentlik, u talaba uchun
o’quv va boshqa vaziyatlarda o’zini aniqlash mexanizmini ta’minlaydi.
Talabaning individual ta’lim yo’nalishi va uning hayotiy faoliyatining umumiy
dasturi ana shu kompetentlikka bog’liq.
2.Ijtimoiy-madaniy kompetentlik. Talaba chuqur o’zlashtirishi zarur
bo’lgan bilim va faoliyat tajribasining doirasi bo’lib, milliy va umuminsoniy
madaniyatlar xususiyatlari, inson va insoniyat hayotining ma’naviy-axloqiy
asoslari, oilaviy va ijtimoiy an’analarning madaniy asoslari, inson hayotida fan
va dinning roli, ularning moddiy borliqqa ta’siri, turmush va dam olish
borasidagi bilimlar, masalan, bo’sh vaqtni samarali tashkil etish usullarini bilishi.
3.O’quv-bilish kompetentligi, bu talabaning o’rganilayotgan aniq ob’ektlar
bilan bog’liq mantiqiy, metodologik va ijtimoiy faoliyati elementlaridan iborat
bo’lgan mustaqil fikrlash kompetentliklarining to’plami bo’lib, unga maqsadni
-
33
ko’ra bilish, faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini tahlil qilish, refleksiya,
faoliyatga shaxsiy baho berish borasidagi bilim va malakalari kiradi.
O’rganilayotgan ob’ektlarga nisbatan talabalarni kreativ ko’nikmalari, ya’ni
bilimlarni bevosita borliqdan olish, nostandart vaziyatlarda muammoni hal
etishning harakat usullari va evristik metodlarini egallaydi.
4.Axborot olish kompetentligi. Audio-video ko’rsatuv vositalari va axborot
texnologiyalari yordamida mustaqil izlanish, tahlil qilish va zarur axborotlarni
tanlab olish, ularni tahlil etish, o’zgartirish, saqlash va uzatish mahorati
shakllantiriladi. Ushbu kompetentlik talabaning o’quv fanlari asoslarini muhim
axborotlar asosida o’zlashtirishini ta’minlaydi.
5.Kommunikativ kompetentlik. Ta’lim oluvchilar bilan o’zaro
munosabatlar, ularning usullari, muloqot jarayonida ustuvor o’rin tutuvchi tilni
o’zlashtirish, guruhlarda ishlash ko’nikmalari, jamoada turli xil manaviy-marifiy
tadbirlarni tashkil qilish va o’tkazishni bilishni o’z ichiga oladi.
6.Ijtimoiy-faoliyatli kompetentlik fuqarolik (fuqaro, kuzatuvchi, saylovchi,
vakil vazifasini bajaruvchi), ijtimoiy-mehnat sohasi (iste’molchi, xaridor, mijoz,
ishlab chiqaruvchi huquqlari), oilaviy munosabatlar va majburiyatlar, iqtisod va
huquq masalalari, kasbiy, shuningdek, shaxsiy mavqeini aniqlash borasidagi
bilim va tajribalarni egallash(xususan, mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni tahlil
qilish, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni ko’zlab, harakat qilish mahorati, mehnat
hamda fuqarolik munosabatlarining odobini bilish)ni anglatadi.
7.Shaxsning o’z-o’zini takomillashtirish kompetentligi ma’naviy,
motivatsion, intellektual va amaliy jihatdan o’z-o’zini rivojlantirish, irodaviy va
xissiy jihatdan o’z-o’zini boshqara olish qaratilgan.
Talaba shaxsiy manfaatlari va imkoniyatlariga ko’ra faoliyat usullarini
egallaydi, bu unga o’zida zamonaviy mutaxassisga xos bo’lgan shaxsiy va kasbiy
sifatlarini rivojlantirish, texnik tafakkurini, madaniyati va hulqini
shakllantirishga yordam beradi.
-
34
Kasbiy kampetentning rivojlanishi – bu ijodiy rivojlanish, pedagog atrofda
o’zgarishlarga tez moslasha olish va boshqarish, tez kirishish qobiliyati,
jarayonning ijtimoiy – iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishi pedagogning kasbiy
darajasiga bog’liq.
Ma’lumotlarning zamonaviy tizimida bo’lgan o’zgarishlar, o’qituvchining
malaka oshirishga va o’zining kasbiy kobiliyatlarini oshirishga majbur qiladi, bu
degani o’zining kasbiy kompetentini oshirishiga majburligidir. Zamonaviy
ma’lumotning asosiy maqsadi jamiyatning, davlatning, shaxsning zamonaviy
tarbiyalarga mos bo’lishi, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash.
Harbiy ta’lim o’qituvchisini kasbiy kompetentligini shakllantirishda
pedagogik hamda texnik–texnologik muammoli vaziyatni pedagogik jarayonni
hosil qilishga imkon beruvchi, sharoitlarning to’plami sifatida qayd etiladi.
Pedagogik sharoitlar mazkur jarayonni yuzaga keltiribgina qolmay, balki uning
mavjud holatini ham belgilaydi.
Harbiy ta’lim o’qituvchisini kasbiy kompetentligini shakllantirish
bosqichma-bosqich, pedagogik turkum fanlarining integratsiyasi, ya’ni didaktik
sintezni va fanlararo aloqadorlik darajasida faoliyatida pedagogik hamda
muammoli - vaziyatli topshiriqlarni echish orqali amalga oshiriladi.
Harbiy ta’lim o’qituvchisi darsga tayyorlanayotganda har xil metod va
usullarni qo’llab yangi materialni qanday bayon qilishni o’ylaydi. U
o’quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning tajribasi, jismoniy
rivojlanishi va mehnat unumdorligiga ta’sir qiladigan boshqa faktorlarni hisobga
olgan holda ish ob’ektlarini tanlaydi. Ma’lumki, hozirgi zamon ishlab chiqarishi
juda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. harbiy qurollar, texnologik protsesslar
uzluksiz takomillashib bormoqda. Bu ma’lum darajada harbiy ta’limda o’z aksini
topishi kerak. Demak, bo’lajak o’qituvchilar fan va texnika soxasidagi
taraqqiyotni uzluksiz kuzatib borishi, ulardan ta’lim oluvchilarni tushunarli
shaklda xabardor qilib turishi va o’z mahorati ustida ishlashi kerak.
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining ta’lim va tarbiya berishida,
mahorat turlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
-
35
- ta’lim berish mahorati;
- ta’limning zamonaviy usullarini qo’llay olish mahorati;
- tarbiyalay olish mahorati;
- inson omilini ta’minlovchi fazilati;
- bilimlarni holisona baholash va nazorat qila olish mahorati;
harbiy ta’lim o’qituvchisi pedagogik faoliyatini nazorat qilishda quyidagi
jihatlarga:
a) ta’lim – tarbiya ishining aniq maqsadga yo’naltirilganligini, ilmiy
jihatdan asoslanganligini hamda uning mazmunini to’g’ri tanlanganligini
aniqlash;
b) mehnat va kasbiy faoliyatning natijasi sifatini aniqlash, rivojlanish
bosqichlari, taraqqiyot darajasini belgilash hamda istiqboldagi yo’nalishlarini
yoritish;
Bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo’yiluvchi talablar nuqtai
nazaridan kompetentlik talabalarning muayyan vaziyatlarda bilim, malaka va
faoliyat usullari to’plamini maqsadga muvofiq qo’llash qobiliyatini anglatadi.
Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ta’limning har bir bosqichi uchun
ta’lim bloklari va o’quv fanlari darajasida tayanch kompetentlik aniqlanadi.
Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy
maqsadlariga muvofiq ijtimoiy hamda shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy
jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy kasb etadi. Ushbu
nuqtai nazardan tayanch kompetentlik: yaxlit – mazmunli, ijtimoiy – madaniy,
o’quv – bilish, axborot olish, kommunikativ, ijtimoiy faoliyatli, shaxsning o’z–
o’zini takomillashtirish turlariga bo’linadi.
Harbiy ta’lim o’qituvchisining kasbiy shakllanishi quyidagi tarzda namoyon
bo’ladi: pedagogik tizim, jarayon va natija. Ijtimoiy qoidalar kasbiy shakllanish
darajasini baholashda muhim asoslar sifatida aks etadi va ular, o’z navbatida,
Davlat ta’lim standarti mazmunida qayd etiladi. Ta’lim tizimi faoliyatini
baholashda uning samaradorligi hamda pedagogik tizim rivoji bilan bog’liq
asosiy ko’rsatkichlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
-
36
Aynan ana shu ko’rsatkichlar o’qituvchining kasbiy shakllanish darajasini
baholash mantiqini asoslab beradi. Ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlarning
harbiy ta’lim o’qituvchilarini kasbiy shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlariga
ega ekanligi barchaga ma’lum. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning ko’proq
pedagogik ongning nazariy darajasini rivojlantirishga yo’naltirilganligi aksariyat
hollarda ko’pincha, talabalarning bilimlari og’zaki xususiyatga ega bo’lishiga
olib keladi.Harbiy ta’lim o’qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishda
mustaqil ta’lim jarayonini tashkil qilish muhim o’rin tutadi.
Talabaning mustaqil ishi uning auditoriyada va undan tashqarida, o’qituvchi
rahbarligida yoki o’qituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladigan mustaqil ish
majmuini anglatadi. Mustaqil ish qanday sharoitlarda amalga oshiriladi:
1.Bevosita auditoriyada - ma’ruza amaliy mashg’ulot, yoki seminar ishlari
bo’iicha vazifalar berish jarayonida;
2.O’qituvchi bilan dars jadvalidan tashqari paytlardagi bevosita muloqot
chog’ida maslahatlar berishda, ijodiy muloqotlar jarayonida, yakka topshiriq
bajarishda va boshqalar.
3.Axborot resurs markazida, uyda, talabalar uylarida, kafedralarda talaba
tomonidan o’quv yoki ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida.
Mustaqil ish bo’yicha test savollari, topshiriqlar va mashqlar ustida ishlash
asosan mustaqil bajariladi. Bu ish natijalari esa auditoriyada (amaliy va
laboratoriya) mashg’ulotlarida o’qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va
baholanadi.
Topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalarda sababiy - tashkiliy (o’quv
faoliyatani mustaqil tashkil etishning qadriyatli yo’nalishlari, bilim, malaka va
ko’nikmalari), mazmunli-protsessual (o’quv faoliyatining mohiyatini bilish va bu
faoliyat muvaffaqiyatli bo’lishini belgalovchi shaxsiy sifatlarni rivojlantirish) va
tekshirish-baholash (mustaqil bilim olishgda zarur sanalgan shaxs sifatlarini o’zi
baholash) kabi ko’nikmalarning shakllanishi mustaqil bilim olish jarayonida
majmuaviy ravishda shakllanib boradi.
-
37
Mustaqil bilim olishga tayyorgarlikning tashkiliy asoslari:
pedagogik- psixologik, texnik - texnologik tushunchalar hisoblanadi.
Pedagogik-psixologik va texnik-texnologik tushuncha (kategoriya)lar sababiy va
tekshirish-baholash tarkibiy qismlarining rivojlanishiga faol ta’sir ko’rsatadilar.
Demak, mustaqil bilim olishga tayerlash jarayonida talabalarda nazariy
(tushunchali) fikrlash qobiliyatini rivojlantirish zarur.
Mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari ta’lim jarayonining har bir
bosqichida namoyon bo’lsada, harbiy ta’lim yo’nalishidagi talabalarning
auditoriyadagi va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’lim olish
jarayonlaridagi shakllarini ilmiy asoslashga harakat qildik.
a) auditoriyada tashkil etiladigan mustaqil ta’lim shakllari:
1a-shakl - ma’ruza tinglash va bayon etilganlarni daftarga qayd etish;
2a-shakl –ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni bajarish;
3a-shakl - texnik modellashtirish va loyixalash.
v) auditoriyadan tashqarida tashkil etiladigan mustaqil ta’lim shakllari:
1v-shakl - o’quv adabiyotlari bilan ishlash;
2v-shakl - nazorat ishlariga tayyorlanish; .
– harbiy ta’lim fanlaridan ma’ruzani tinglash, uni daftarda qayd etish
jarayonida ma’ruza manbalari varaqning bir tarafiga, ikkinchi tarafiga joy
qoldirilgan holda yoziladi.
Ikkinchi tarafiga esa talaba tomonidan chiqarilgan xulosalar, texnik
echimlar, mulohazalar, ularda paydo bo’lgan savollar, savollarga javob
variantlari, faktlar va xar xil belgilar qo’yishni tavsiya etiladi. Bu maqsadda
ba’zan keng hoshiyalar qoldiriladi.
Ma’ruza tinglash – intellektual faoliyatning murakkab turidir. Uning
muvaffaqiyati birinchidan, umumiy «tinglay olish» bilan, ikkinchidan, daftarga
yozib borish bilan bir vaqtda materialni o’zlashtirib borish bilan bog’liqdir.
Ma’ruzani yozib olish – undagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratishga, ma’ruza
jarayonida eshitilgan ma’lumotlarni o’ylab ko’rishga, o’qituvchi tomonidan
-
38
izohlanayotgan material ketma-ketligini mantiqiy nuqtai-nazardan tushunishga
yordam beradi.
1a – shakl - Amaliy mashg’ulotlar bajarish; Amaliy mashg’ulotlar talabada
texnik bilimni mustahkamlashga, ularni yangi vaziyatga ko’chirib, amaliy masala
hamda vaziyatlarni hal qilish uchun umum-pedagogik tushunchalar va asosiy
pedagogik malakalarni rivojlantirishga qaratilgan.
v) auditoriyadan tashqarida tashkil etiladigan mustaqil ta’lim
shakllari:
1v - shakl – O’quv adabiyotlari bilan ishlash - auditoriyadan tashqarida
o’quv adabiyoti bilan ishlash mustaqil ta’lim olishning eng asosiy shakllaridan
biri hisoblanadi. O’quv adabiyoti bilan ishlash juda oson va qulay usul
hisoblanadi. O’quv adabiyotlari bilan ishlashni barcha ta’lim oluvchilar yaxshi
o’zlashtirgan bo’lishlari lozim. O’quv adabiyotlari deganda, darsliklar, o’quv
qo’llanmalar, texnik adabiyotlar, ma’lumotlar yo’riqnomalar va hokazolarni
tushunish mumkin.
2v – shakl - Ma’ruza tayyorlash - Oliy ta’lim muassasalarida o’qitish
jarayonida ta’lim berishning turli shakl va metodlaridan foydalanilmoqda.
Ta’limning asosiy shakli esa ma’ruza hisoblanadi. Ma’ruza tayyorlash ancha
murakkab va ko’p mehnat talab qiladigan ishdir. Bo’lajak harbiy ta’lim bakalavr
o’qituvchilari «YoChQBT metodikasi» fanida, pedagogik amaliyot jarayonida
ma’ruza tayyorlashlariga to’g’ri keladi.
3v – shakl - Masofaviy ta’lim texnologiyasi - masofaviy ta’lim
texnologiyasi an’anaviy ta’lim tizimini amalga oshirishda duch kelingan
muammolarni hal etish yoki shart–sharoit ushbu jarayonni taqozo qilganda
qo’llaniladi. Bu jarayon zamonaviy texnoloniyalardan ta’lim samaradorligini
oshirishda foydalanishga zamin yaratadi.
«Masofaviy ta’lim» tushunchasi fanga o’tgan asr 90 – yillarida kirib kelgan.
Ingliz tilida «Masofaviy ta’lim» (distant education) «Masofada o’qitish» (distant
learning) kabi variantlarda ham qo’llaniladi. Ta’lim jarayonlarini
-
39
telekomunikatsiyalardan foydalangan holda tashkil etishni esa (tele training) deb
yuritiladi.
«Masofaviy ta’lim» tushunchasi-ta’lim o’quv axborotlarini oluvchiga
masofada turib, etkazib berishni ta’minlovchi (sun’iy yo’ldosh, televidenie,
kompyuter tarmoqlari va boshqalar orqali) yangi axborot texnologiyalaridan
foydalanishga asoslangan maxsus ta’lim xizmatlari to’plami sifatida e’tirof
etilgan.
Masofaviy ta’lim afzalliklari:
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining mustaqil bilim olishlari - kasbiy-
pedagogik takomillashish uchun zarur bo’lgan idrok etish faoliyati maqsadga
muvofiq, muntazam jarayondir.
Funktsional mazmunda - bu psixologik-pedagogik bilimlar bilan bog’liq
idrok etish faoliyati turlaridan biridir. Nihoyat pedagogika o’quv yurtlari
talabalarining mustaqil bilim olishlari - bo’lajak o’qituvchi shaxsini har
tomonlama va to’la rivojlantirish masalasini hal etishning zarur shartidir.
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchisi bakalavrlarni pedagogik mustaqil bilim
olishga tayyorlash muammosini o’rganishda ularni faqat qo’shimcha, yanada
chuqurroq pedagogik bilimlar olishga, buning uchun - zarur bo’lgan amaliy
bilimlarini, malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga emas, balki shaxsning
ma’lum sifatlarini shakllantirishga, ularni rivojlantirishga yo’naltirish muhim -
bo’lajak o’qituvchi bakalavrlarni pedagogik mustaqil bilim olishlari g’oyasi
aynan ana shundan iboratdir.
Hamma ko’rsatilgan vazifalar birgalikda amalga oshiriladi. Kunduzgi va
o’qish jarayonlarini tashkil etish o’quv va o’qishdan tashqari: umumauditoriyali
(frontal), guruhli va individual. Shu jumladan ulardan birgalikda foydalanish.
O’qitish jarayonini, shu jumladan mustaqil bilim olishni muvaffaqiyatli
amalga oshirishda axborotlar turli vositalari, ayniqsa kompyuterli axborotlar
xizmat qiladi. O’qitish auditorlik va mustaqil bilim olish bilan (mustaqil) amalga
oshiriladi.
-
40
2. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini
shakllantirishda axborot-metodik ta’minoti hamda uning tarkibiy qismlari
Harbiy ta’lim o’qituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy kompetentligini
shakllantirishda axborot – metodik ta’minot muhim axamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalaridan masofaviy ta’lim tizimi hamda o’qitish vositalaridan
samarali foydalanishi ta’lim sifati va samaradorligigi oshirishda bo’lajak
o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda asosiy omillardan
xisoblanadi. Masofaviy ta’lim tizimi an’anaviy ta’lim tizimini amalga oshirishda
muammolarga duch kelingan yoki shart — sharoit ushbu jarayonni taqozo
qilganda qo’llaniladi. Bu jarayon ma’lum muhitda ta’lim samaradorligini
oshirishga zamo