kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб)...

155
Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Upload: others

Post on 18-Oct-2020

19 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Djurabayeva Z.A.

ONA TILI

Page 2: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Djurabayeva Z.A.

ONA TILI

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi

Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-

tarbiyaviy ish bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun

“Ona tili va adabiyot” fanining “Ona tili” qismi bo‘yicha darslik sifatida tavsiya

etilgan

“NAVRO’Z”

Toshkent - 2019

Page 3: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

КВК 81.2(5Узб)

Д- 12

Yo-18

UO‘K: 92.3.358.14

ISBN 978-9943-568-3-98

Djurabayeva Z.A.

ONA TILI. / darslik/ T.: “NAVRO’Z”, 2019. – 159 b.

Ushbu darslik universitetlarning 5111700 – ”Boshlang’ich ta’lim va sport-

tarbiyaviy ish” ta’lim yo’nalishi o‘quv rejasiga kiritilgan “Ona tili va adabiyot”

fanining “Ona tili” qismi bo‘yicha yozilgan bo‘lib, unda fanning fonetika, grafika va

orfografiya, orfoepiya, lesikologiya, leksikografiya, mo’rfemika va so’z yasalishi

bo’limlari yuzasidan nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan.

Данный учебник создан по учебному плану 5111700– ”Начальная

образования и спортивно-воспитательной работы” и в нём отражены отдел

”Родной язык” по предмету”Родной язык и литература”. В учебнике даны

материалы по фонетики, графики,орфографии, орфоэпии, лексикологии,

морфемики, о словооброзовании родного языка.

This texibook is based on educational cirriculum entitled 5111700– Primaru

education and spiritual affairs”and it represents the section”Native language”on the

discipline ”Native language and literature”. In that texbook there are given material

on phonetics, graphics, lexicology, spelling rules, morphology and wordformation of

mother tongue.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining

2018-yil 25- avgustdagi 744- sonly buyrug’iga asosan nashrga tavsiya etilgan.

Djurabayeva Z.A.

ONA TILI. / darslik/ T.: “NAVRO’Z”, 2019.

Page 4: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining

“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida: “Ma’lumki, o‘zlikni anglash,

milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik

til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi,

ona tilining betakror jozibasi bilan singadi”, – degan edi.

Har bir xalq, har bir millat o‘z yurtida, o‘z Vatanida shakllanadi va taraqqiy

etadi. Xalqlarning kamolotida insonlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni ta’minlab

beruvchi tilning o‘rni katta. Til millat ruhi va millat tafakkurining yorqin ifodasi

sifatida o‘zi mansub bo‘lgan millat bilan birgalikda takomil topib boradi.

O‘zgalarga qaram, o‘z erkidan mahrum bo‘lgan millatning hamisha boshi egik, tili

zabun bo‘ladi.

O‘zbek millati bugun hech kimdan kam emas. Biz ozod va obod yurtda –

jannatmakon O‘zbekistonda yashayapmiz. Millatimizni birlashtirib, jipslashtirib

turgan Vatan so‘zi biz uchun “sajdagohdek pok va muqaddasdir”. Bu so‘zning

ostida nafaqat bizning, balki buyuk ajdodlarimizning va kelajak avlodlarning shon-

shuhrati, or-nomusi, baxti yashirinib yotibdi.

Vatanimizning, davlatimizning eng muhim belgilaridan biri bu – bizning

yagona tilda – o‘zbek tilida muloqot qilishimiz, uning sha’ni, obro‘si, nufuzi uchun

hammamiz birgalikda harakat qilishimizda namoyon bo‘lmoqda. Yurtimizda ona

tilining rivojlanishi va takomil topishi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochib

berilgan.

Ona tili milliy qadriyatlarning boshi, hayotimizning asosi, millat

tafakkurining betakror timsoli, ulkan ma’naviy boylik sifatida jamiyatdagi har bir

o‘zgarishni, yangilanishni o‘zida ifodalab bormoqda. Har birimizning inosn bo‘lib

shakllanishimiz va jamiyatda o‘z o‘rnimizni topib borishimizda ona tili muhim

ahamiyatga ega.

Aziz talabalar!

Umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limida Siz ona tili

asoslari, uning fonetik, leksik va grammatik jihatlari haqida yetarlicha bilim va

ko‘nikmalarga ega bo‘ldingiz. Sizlarga o‘zbek tilining og‘zaki va yozma shakllari

to‘g‘risida mukammal ma’lumotlar berildi.

Bugun esa o‘rganish uchun emas, kelajakda bolalarga o‘rgatish uchun o‘zbek

tilining hali ochilmagan qirralari, nodir xususiyatlari haqida puxta va mukammal

ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida oliy maktab ostonasiga qadam qo‘ydingiz.

Ona tilining sir-sinoatlardan boxabar bo‘lishingiz uchun Sizlardan cheksiz sabr-

toqat, qunt va hafsala, tinimsiz izlanishlar talab etiladi.

Bu yo‘lda Sizlarga omad yor bo‘lsin!

Page 5: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

I bob. UMUMIY TILSHUNOSLIKDAN MA’LUMOT

1-§. KIRISH. DUNYO TILLARI VA ULAR ORASIDA O‘ZBEK

TILINING TUTGAN O‘RNI

Reja:

1. Dunyo tillari haqida ma’lumot.

2. Turkiy tillar oilasi haqida ma’lumot.

3. O‘zbek tilining dunyo tillari orasida tutgan o‘rni.

Tayanch iboralar: til, tilshunoslik, so‘z, xalq, millat, elat, dunyo tillari

qarindosh til, turkiy tillar, o‘zbek tili.

Topshiriq. Quyidagi satrlar kimning qalamiga mansub? Baytning mazmunini

tushuntiring. Adib yashagan davrda xalqimiz qaysi tilda gaplashganini, “turk

ulusi” deganda kimlarni nazarda tutganini aytib bering.

Turk nazmida chu men tortib alam,

Ayladim ul mamlakatni yakqalam.

Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur,

Muayyan turk ulusi xud meningdur.

Olibmen taxti farmonimg‘a oson,

Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.

Hozirgi davrda jahon ilm-fani va texnikasi taraqqiyoti aql bovar qilmas

darajada taraqqiy topganiga qaramasdan, dunyoda nechta til borligi haqida aniq

ma’lumotlar yo‘q. Internet ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda 6

milliarddan ko‘proq aholi istiqomat qiladi va ular so‘zlashadigan tillarning miqdori

6809 tani tashkil etadi. Ikkinchi bir manbada bu miqdor 6703 ta deb ko‘rsatiladi.

Dunyo tillaridan 14 tasining har birida 50 milliondan ko‘p aholi gaplashadi va ular

insoniyatning uchdan ikki qismini tashkil etadi, 70 ta tilda esa

gaplashadiganlarning soni 5 milliondan ko‘p, qolgan tillarda muloqot

qiladiganlarning soni 1 milliondan kam.

Olam turfa ranglardan, bir-biriga o‘xshamaydigan o‘ziga xos manzaralardan

tashkil topgani kabi tillar ham rang-barangdir. Masalan, Hindistonda 845 ta, Papua

va Yangi Gvineyada 600 dan ortiq til va lahjalardan foydalanadi. Afrika qit’asidagi

aholi esa mingdan ziyod tillarda so‘zlashadi.

Xitoy, ingliz, ispan, arab, portugal, fransuz, rus, yapon, nemis tillari dunyoda

eng ko‘p tarqalgan tillar sanaladi. Xitoy tilida 1 milliard 225 milliondan ortiq

inson muloqot qiladi. Ingliz tilida so‘zlashuvchilarning soni 341 million kishini

tashkil etadi. Yana shuncha miqdordagi insonlar ingliz tilini ikkinchi ona tili

sifatida qabul qilgan.

357 ta tilda 50 tagacha bo‘lgan odam gaplashadi. 46 ta tilning esa bittadan

vakili qolgan. Bunga Braziliya changalzorlaridagi Meyki daryosi vodiysida

yashovchi piraxa qabilasi tilini misol qilib olishimiz mumkin. Ularning soni 200 ta

atrofida. Qabila a’zolari tilida sanoq so‘zlar va ko‘chirma gaplar yo‘q. Tasavvurlari

sayoz va ibtidoiy. 1 va 2 sonlari bitta so‘z bilan ifodalanib, faqat talaffuzda

farqlanadi. Piraxalar uchtadan ko‘p narsaning hisobini olishmaydi.

Page 6: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Hindiston sohilidan 1400 km uzoqlikda joylashgan Nikobar va Adaman

orollarida istiqomat qiluvchi katta andamanlar, onge, jarava, shompens, sintinellar,

negrito deb atalgan qabila tillari haqida ham yuqoridagicha fikrlarni aytish

mumkin.

Manbalarga ko‘ra Markaziy Osiyodagi 15 ta til bugun yo‘qolish arafasida

turibdi.

O‘zbek tili turkiy tillar guruhiga kiradi. Qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, uyg‘ur,

ozarbayjon, tatar, boshqird, qo‘miq, chuvash, xakas, shor kabi 30 ga yaqin turkiy

tillar o‘zbek tiliga qarindosh sanaladi. Ularning bobo tili oltoy tili sanaladi.

Turkiy xalqlar Markaziy Osiyo, Kichik Osiyo, G‘arbiy Xitoy, Shimoliy

Afg‘oniston, Sibir, Uzoq Sharq hududlarida istiqomat qiladi. O‘zbekistonda

o‘zbek, Turkiyada usmonli turk, Qozog‘istonda qozoq, Qirg‘izistonda qirg‘iz,

Turkmanistonda turkman tillariga Davlat tili maqomi berilgan.

O‘zbek tili nufuz jihatidan jahondagi tillar o‘rtasida 34-o‘rinda turadi. Unda

gaplashadigan insonlarning miqdori dunyo bo‘yicha rasmiy manbalarda 35 million

kishini tashkil etishi qayd etiladi. Shundan 27 milliondan ortiqrog‘i

mamlakatimizda istiqomat qiladi.

O‘zbek tili dunyodagi eng boy, go‘zal tillardan biri sanaladi. Bu tilda

Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf xos-Hojib, Lutfiy, Alisher Navoiy, Ahmad Yassaviy,

Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodira, Uvaysiy kabi buyuk ijodkorlar so‘zlashgan;

Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi singari hukmdorlar farmonbardorlik

qilishgan.

Dunyo tillarining barchasi insonlar o‘rtasidagi muomala-munosabatlarni

ta’minlash uchun xizmat qiladi.

1-mashq. Til haqida aytilgan hikmatli so‘zlarni o‘qing va ular haqida o‘z

fikrlaringizni bildiring.

Til – aql bezagi. Til – aql tarozisi. Til – dil kaliti. Til – dil tarjimoni. Til –

tig‘dan o‘tkir. Tili shirinning do‘sti ko‘p. Bug‘doy noning bo‘lmasin, Bug‘doy

so‘zing bo‘lsin. Kishining o‘zi yetmagan yerga so‘zi yetar.

2-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dagi til so‘ziga berilgan

izohlarga e’tibor bering va ular ishtirokida gaplar tuzishga harakat qiling.

TIL I 1 anat. Og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan, ta’m-maza bilish, og‘izga ovqat

olish, yalash va sh.k.lar uchun xizmat qiladigan muskulli a’zo. Tili kuygan qatiqni

ham puflab ichadi. (Maqol)

2 ko‘chma, so‘zlashuv tilida. Asbob, mexanizm va sh.k.ning osilib, qimirlab

turadigan qismi. Soatning tili. Qo‘ng‘iroqning tili.

3 ko‘chma, poeziyada. Tig‘ga o‘xshash, uchli narsa. Shamol kuchayib,

olovning tili yana ham uzunlashdi (Said Ahmad)

TIL II 1 Kishilar o‘rtasida, jamiyatda o‘zaro fikr almashishning muhim

vositasi; tilshunoslikning asosiy o‘rganish obyekti. Odam tilidan topar, ho‘kiz –

muguzidan. (Maqol)

2 So‘zlash, gapirish, fikr ifodalash qobiliyati. Til inson uchun berilgan buyuk

ne’matdir.

Page 7: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

3 Fikr ifodalash jarayoni va bu jarayonda yuzaga keluvchi so‘z, ibora, gap,

nutq. Til bilan dil bir bo‘lishi kerak.

4 Fikr ifodalash, aloqa quroli bo‘lib xizmat qiladigan tovush, so‘z va

grammatik vositalar tizimi. O‘zbek tili. Rus tili. Ingliz tili.

5 Nutqning o‘ziga xos ifoda vositalari va boshqa xususiyatlari farqlanadigan

bir turi. Badiiy asar tili. So‘zlashuv tili.

6 ko‘chma Insondan boshqa narsalarning o‘zaro bir-birini tushunishga xizmat

qiladigan vositasi, ifoda vositasi (belgisi) Qush tilini qush biladi. (Maqol)

7 Kerakli ma’lumot olish maqsadida qo‘lga olingan, tutib keltirilgan harbiy

asir.

8 Biror narsa, ish-faoliyatning mohiyati, siri va sh.k. Yerning tilini bilmoq.

3-mashq. Abdulla Oripovning “Ona tilim” she’rini yodlang. Inson

hayotida ona tilining tutgan o‘rni haqida fikrlashing.

Ming yildirki, bulbul kalomi, Ona tilim, sen borsan, shaksiz,

O‘zgarmaydi – yaxlit hamisha. Bulbul kuyin she’rga solaman.

Lekin sho‘rlik to‘tining holi, Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,

O‘zgalarga taqlid hamisha. Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.

4-mashq. Tafakkurni o‘stirish uchun mashq. Jahon tashkilotlarining

qaysi tillarda ish olib borishini bilib oling.

Tashkilotlar nomi Ish yuritadigan tili

Birlashgan Millatlar

Tashkiloti

Ingliz fransuz ispan rus arab xitoy

Yevropa Ittifoqi Ingliz fransuz

Mustaqil Davlatlar

Hamdo‘stligi

Rus

Shanxay Hamkorlik

Tashkiloti

Rus xitoy

NATO Ingliz fransuz

INTERPOL Ingliz fransuz ispan arab

Jahon banki Ingliz

Xalqaro Olimpiya

qo‘mitasi

Ingliz fransuz

Savol va topshiriqlar.

1. Dunyodagi qanday tillarni bilasiz?

2. O‘zingiz qaysi tillarni o‘rgangansiz va ular hayotingizda Sizga qanday

yordam bergan?

3. Qaysi tillar o‘zbek tiliga qarindosh til sanaladi va nima uchun?

4. Til haqida aytilgan hikmatli so‘zlarga misollar keltiring va ularni izohlab

bering.

Page 8: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

5-mashq. Uyga vazifa. Professor N.Mahmudovning quyidagi fikrini

o‘qing va u haqda o‘z fikringizni yozib keling.

“Inson dunyoni ko‘zi bilan emas, balki tili bilan ko‘radi. Boshqacha qilib

aytganda, har bir til vakili dunyoni o‘z tili mantig‘idan kelib chiqib, farqli tarzda

ko‘radi, eshitadi va idrok etadi. Shuning uchun ham til har bir millatning muqaddas

mulki va bebaho boyligidir”

2-§. TIL – IJTIMOIY HODISA

Reja:

1. Olamning tilda aks etishi.

2. Til ijtimoiy hodisa sifatida.

3. Til va tafakkur.

Tayanch iboralar: til, nutq, jamiyat, muomala, munosabat, ijtimoiy, lafz,

lison, suxan, zabon, til taraqqiyoti.

Topshiriq. Matnni o‘qing, til va uning inson hayotida tutgan o‘rni haqida

fikrlashing.

Til qalbning tarjimoni sanaladi. Qalb esa imon maskanidir. Insonning imoni

qanchalik baquvvat, qalbi qanchalik sof bo‘lsa, uning tilidan faqat hikmatli, shirin

so‘zlar chiqadi. O‘z navbatida til qanchalik ko‘p gapirsa, shuncha ko‘p xato qiladi.

Natijada inson qalbi qorayadi va imoni susayadi. Til orqali sodir bo‘ladigan

gunohlar ma’naviy jinoyatlar bo‘lib, ularga g‘iybat, fitna, tuhmat, yolg‘onchilik va

yolg‘on guvohlik, chaqimchilik kabilar kiradi. Chaqimchi va g‘iybatchi kishilar

o‘simlik ildiziga tushgan qurtday xalq orasida ittifoq va birdamlikni ketkazib,

umumxalq hayoti uchun zarur bo‘lgan mehr-oqibat ildizini yemiradi. (S.Isoqov)

Olam tabiat va jamiyatdan iborat. Olamning harakatlanishida o‘ziga xos

qat’iy qonuniyatlar bor. Mazkur harakatlarning markazida eng oliy mavjudod

sanalgan Inson shaxsi turadi. Olamni va o‘zligini anglash, tabiatga ta’sir ko‘rsatish

uchun insoniyatni eng katta qurol, bebaho aloqa vositasi – til ato etilgan.

Zamonaviy tilshunoslikda “Olamning lisoniy manzarasi” degan tushuncha mavjud.

Buning ma’nosi shuki, olam qanday shaklda, qanday ko‘rinishda bo‘lsa, u tilda shu

holida aks etadi. Inson o‘zini o‘rab turgan tevarak olamni real holatda boshqa

shaklda tasavur qila olmaydi. Masalan: yer, osmon, bulut, suv, tog‘, qir, adir, cho‘l,

daraxt, gul, shox, qush, shahar, qishloq, bino, o‘zgarish, kitob, daftar, qalam,

kompyuter, oq, qizil, sariq, yashil, oppoq, uch, to‘rt, besh, qirq, yurmoq,

to‘xtamoq, gapirmoq va hokazo.

Inson binafsha bilan boychechakni, yer bilan osmonni, gul bilan daraxtni

farqlaydi va har birini alohida so‘z bilan ifoda etadi.

Shu bilan birga tilda insonning ruhiy olami, ichki dunyosi: quvonchu

shodliklari, qayg‘u va alamlaridan iborat his-tuyg‘ulari ham o‘z ifodasini topadi.

Misol uchun o‘ylamoq, fikr yuritmoq, fahmlamoq sevinmoq, yig‘lamoq,

achinmoq, qayg‘urmoq, dalda bermoq kabi.

Page 9: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida “Erdam (adab,odob)

boshi til” degan ajoyib maqol bor. Darhaqiqat, insonni inson qilgan, ilm-fan,

texnikaning rivojlanishiga, siyosatu iqtisodiyotining, madaniyati va san’atining

yuksalishiga sababchi bo‘lgan bosh vosita bu tildir. Til orqali insonlar fikrlashib,

birlashib dunyoni obod qilishi yoki vayronaga aylantirishi mumkin. Yaxshilik

ham, yomonlik ham tildan keladi. Bu haqda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino:

“Inson hayvondan aqli va tili bilan farq qiladi, shuning uchun insonlarning eng

yetugi ularning oqili va chechanidir”, – degan edi.

“Kishilar til vositasida bir-birlaridan bilim va hunar o‘rganadilar va

rivojlanadilar. Bilim va hunar deb atalgan haqiqiy boylikni avloddan avlodga til

xazinasi tufayli topshirib boradilar”, – deb aytiladi “Odob va odoblilar” kitobida.

Yuqorida aytilganidek, tilning belgilari juda ko‘p. U tarixiy, ruhiy-psixologik,

mantiqiy, geografik, antopologik, ilohiy xususiyatlarga ega. Ularning ichidan eng

muhimi tilning ijtimoiy xarakterga ega ekanligidir.

Ijtimoiy so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, jamoa, jamoaga oid degan

ma’nolarni bildiradi. Til insonga va uning vositasida muayyan jamoaga tegishli

bo‘lib, jamiyatga xizmat qiladi, insonlarning ehtiyojlari ta’minlash vazifasini

bajaradi. Til hech qachon jamiyatdan tashqarida paydo bo‘lmaydi va rivoj

topmaydi. Bu haqda eski o‘zbek tilining asoschisi Alisher Navoiy shunday deb

aytadi: “So‘z judo ayladi insonni hayvondin, Bilki guhari sharifroq yo‘q ondin”.

Darhaqiqat, insonni hayvonot dunyosidan ajratib turadigan, jamiyat a’zolarini

turli maqsadlar sari birlashtira oladigan, ularni o‘zaro jipslashtiradigan va qudratli

kuchga aylantiradigan qudratli vosita bu – tildir.

Til haqida qat’iy ta’rif yo‘q. Xalqning ongida yashovchi, insonlarni

birlashtirib turuvchi, so‘zlovchilarning barchasi uchun umumiy bo‘lgan ijtimoiy

hodisaga til deyish an’anaga aylangan. Til so‘zlar yordamida yuzaga chiqariladi.

Eng muhimi, til jamiyatga xizmat qiladi. Tilni jamiyatsiz tasavvur qilib

bo‘lmaydi. Til insonlar o‘rtasida fikr almashish vazifasini bajaradi. Til jamiyat

tafakkuri bilan chambarchas bog‘liq. Til va tafakkur bir-biri bilan chambarchas

bog‘liqdir.

Izohli lug‘atda tafakkur so‘ziga shunday ta’rif berilgan: Obyektiv voqelikning

tasavvur, tushuncha va muhokamadagi faol in’ikos jarayoni, insonning fikrlash

qobiliyati, fikrlash; o‘ylash, fikr yuritish, muhokama, o‘y”. Bundan shu narsa

anglashiladi, olamdagi narsa va hodisalarni idrok qilish, sezish, his qilish, ularni

bir-biriga taqqoslash va zaruriy xulosalar chiqarish qobiliyati faqat insongagina ato

etilgan. Tabiatdagi boshqa tirik organizmlarda – hayvonlarda ham sezish hissi

mavjud, lekin ular fikrlay olmaydi, qorin to‘ydirishdan tashqari o‘zlarining xatti-

harakatlarini boshqarishdan mahrum, sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga

javob qaytarish xislatiga ega emas. Ularda ikkinchi signal tizimi yo‘q. Inson

ulardan o‘z ongi, tafakkuri bilan ustun turadi. U hamma narsani ongiga joylaydi,

fikrlaydi, mulohaza qiladi, ehtiyoj tushganda so‘zlarni saralab o‘z o‘rnida ishlata

biladi. Bu jarayon ongning amaliy shakli sanalgan til orqali yuzaga chiqariladi.

Amaliy ong sifatida til avloddan-avlodga o‘tib boradi va o‘zida madaniy-tarixiy

an’analarni ifoda etadi.

Masalan, daraxt ostida turgan inson ustiga shox qulab tushayotganini ko‘rgan

boshqa bir inson uni bu xavfdan ogoh qilib: “Qoching!”, “Daraxt shoxi uzilib

Page 10: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

tushmoqda!”, “Ehtiyot bo‘ling!” – deb ogohlantirishi mumkin. Bu tarzda

ogohlantirish bironta jonzotning qo‘lidan kelmaydi.

Har bir milliy til tarixan tarkib topadi va asrlar davomida sayqallashib,

go‘zallashib boradi va o‘zining qat’iy me’yorlariga ega bo‘ladi. Bu me’yorlarga

bo‘ysunish shu tilda so‘zlashuvchi insonlarning barchasi uchun majburiy sanaladi.

Ijtimoiy hayot takomil topgani sari til ham boyib boradi. Til ijtimoiy hayotning

o‘ziga xos ko‘zgusidir.

6-mashq. Til va so‘z haqida aytilgan hikmatli so‘zlarni o‘qing va ular

haqida o‘z fikrlaringizni bildiring.

1. Har qanday xalqning urf-odatlarini bilay desang, avvalo, uning tilini

o‘rgan. (Pifagor) 2. Kimki o‘zga tillarni bilmasa, o‘z tilini ham yaxshi

tushunmaydi. (I.Gyote) 3. Til madaniyat bilan birgalikda yuksaladi. Til –

millatning qalbi. Til – g‘oya, tuyg‘u, tafakkurning jonli mujassamidir.

(A.N.Tolstoy) 4. Xalqning tiliga hujum – uning qalbiga hujumdir. (G.Laube) 5.

Tiling bilan ko‘nglingni bir tut. (Alisher Navoiy) 6. Ravshanlik –

tilning asosiy fazilati. (Arastu) 6. Tilning birligidan dillarning birligi afzal.

(Jaloliddin Rumiy)

7-mashq. Lafz, lison, suxan so‘zlari bildiradigan ma’nolar haqida

fikrlashing. Ularning til bajaradigan vazifaga qanday mos kelishi haqida

bahslashing.

LAFZ [arabcha talaffuz, so‘z, ibora so‘zidan olingan] 1 so‘z, kalima, til

ma’nolarini bildiradi. 2 Berilgan va’da, ahd, so‘z ma’nolarida keladi. Lafzi yo‘q,

lafzi halol, lafzidan qaytmoq iboralari og‘zaki nutqda keng iste’molda ishlatiladi.

LISON arabcha til so‘zidan olingan va shu ma’noda ishlatilgan.

SUXAN fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘z bo‘lib, nutq, so‘z, ibora, suhbat

ma’nolarida qo‘llaniladi. Shu so‘z negizida so‘zni biluvchi, silliq, ravon

gapiruvchi, yozuvchi, shoir; gapga chechan, so‘zamol, notiq, badiiy so‘z ustasi

ma’nolarini bildiruvchi suxandon so‘zi hosil qilingan.

ZABON so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, til ma’nosini bildiradi. Shu so‘z

asosida hosil qilingan otash zabon – gapga chechan, so‘zamol, qizg‘in nutq

so‘zlovchi, notiq; shirin zabon – shirin so‘z birikmalaridan nutqda unumli

foydalanamiz.

8-mashq. Shukur Qurbonning “Ona tilim” she’ridan olingan parchani

yodlang. “Yuragimning qoshida Sayrab turgan bulbulim...” satrida yashiringan

ma’noni toping. Ona tilining ijtimoiy hayotdagi o‘rni haqida fikrlashing.

Yuragimning qoshida

Sayrab turgan bulbulim,

Sensiz ochilmas gulim

Ruhiyat bo‘stonimda.

Ona tilim, jon tilim.

Page 11: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Sensiz men so‘ladurman,

Devona bo‘ladurman.

Tuqqanimga yetti yot

Begona bo‘ladurman.

Ona tilim, jon tilim,

Yuragimning qoshida

Sayrab turgan bulbulim.

9-mash. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asaridan

olingan quyidagi parcha ustida bahs yuriting.

Eli turkdur. Shahr va bozorasida turki bilmas kishi yo‘qtur. Elining lafzi

qalam bila rosttur.

Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim Hiriyda

nash’u namo topibdur, bu til biladur.

Savol va topshiriqlar.

1. Til deb nimaga aytiladi?

2. Tilning ijtimoiy xarakteri deganda nimani tushunasiz?

3. Nima uchun til faqat insonlarga xos bo‘lgan hodisa sanaladi?

4. Dunyodagi barcha tillar ijtimoiy xarakterga egami?

5. Ona tili deb qanday tilga aytiladi?

10-mashq. Uyga vazifa. Tilak, tilakdosh, tilamoq, tilyog‘lama, tilim,

tillashmoq, tilmoch, tilovat, tilsiz, tilsim, tilsimot, tilxat, tilchi, tilshunos kabi

so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing va ular bildirgan ma’nolarni izohlang.

Namuna: Ezgu tilaklar har vaqt insonga qanot bag‘ishlaydi.

Biror istak, niyat bilan, nimanidir tilab aytiladigan gap, duo, shuningdek,

biror narsani amalga oshirish, unga erishish uchun bo‘lgan ichki intilish, hissiyot,

istak, niyatga tilak deyiladi. Tilak til orqali bildiriladi.

3-§. O‘ZBEK TILI – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT

TILI

Reja:

1. Ona tili mavqei uchun kurash tarixi.

2. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi va buning olamshumul

ahamiyati.

3. O‘zbek tili XXI asrda.

Tayanch iboralar: millat dahosi, milliy ong, ona tili mavqei, ma’naviy

jasorat, sun’iy to‘siq, Davlat tili, qonun, modda, rivojlanish, milliy til, ichki

imkoniyat, o‘zlashma so‘zlar, texnika tili.

Page 12: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

1-topshiriq. A.Ibrohimovning quyida berilgan fikrlarini o‘qing va u haqda

suhbatlashing.

O‘zbeklarning tafakkur ummoni keng. So‘zlarimizda shu ummonning

tomchilari ifodalanadi. Ummonimiz bemisl bo‘lgani uchun ham so‘zlarimiz ko‘p.

Millionlab xalqni birlashtiradigan omillarimizdan biri millatimizning ma’naviy

belbog‘i hisoblangan ona tilimizdir.

2-topshiriq. Abdulla Qodiriyning quyidagi fikriga munosabat bildiring.

O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilining kambag‘al deguvchilarning

o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar.

Ona tili millat dahosi, milliy ong va tafakkurning betakror timsoli, xalq

tarixining yorqin ko‘zgusi sanaladi. Shu bois, ona tilining mavqei va rivojlanishi

har vaqt jamiyat e’tiborida turgan. Tilda millatning maqsad-muddaolari, orzu-

intilishlari, butun hayoti aks etadi. Shu ma’noda 80-yillarning ikkinchi yarmida

Mustaqillik uchun kurashning o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berish to‘g‘risidagi

talab bilan uyg‘un holda kechganiga ajablanmasak bo‘ladi. Ozodlik, hurlik o‘zbek

tiliga juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Mamlakatimiz, xalqimiz singari

tilimiz ham dunyoga yuz ochdi. Ilgarilari rus tili bilangina yaqin munosabatlarda

bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘zbek tili dunyodagi barcha tillar bilan teng

munosabatga kirishmoqda. Shundoq ham go‘zal, betakror, ifoda imkoniyatlari

keng o‘zbek tili yanada ko‘rkamlashib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faol

ishlatila boshlandi.

Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmidan to XX asrning 90-yillargacha

xalqimiz sobiq ittifoqqa qaram bo‘lgani sababli o‘zbek tiliga nisbatan bepisandlik

bilan qarab kelindi, uning rivojlanishi uchun to‘sqinliklar qilindi. Bu holat uzoq

davom etmadi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning

mislsiz ma’naviy jasorati, sa’y-harakatlari natijasida 1989-yilning 21-oktabr kuni

Mustaqillik uchun bo‘lgan kurashning ilk g‘alabasi, nishonasi sifatida “O‘zbek

tiliga Davlat tili maqomi berish to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Shu kundan

e’tiboran ona tilimizning rivojlanish yo‘lidagi barcha sun’iy to‘siqlar olib tashlandi

va u davlat tomonidan qonun himoyasiga ostiga olindi.

1991-yili O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, siyosiy, ijtimoiy,

ma’naviy va ma’rifiy hayotimizda tub o‘zgarishlar, yangilanishlar sodir bo‘ldi.

“Davlat tili to‘g‘risida” Qonunning ko‘pgina bandlarida nazarda tutilgan holatlarga

erishildi. Shunga ko‘ra, 1995-yil 21-dekabr kuni O‘zbekicton Respublikasi Oliy

Majlisining IV sessiyasida “Davlat tili to‘g‘risida” Qonunning yangi tahriri qabul

qilindi.

Qonunning 1-moddasidagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek

tilidir” degan yozuv millatimizning asriy orzu-umidlarini, kelajagimizni

belgilovchi bebaho so‘zlardir. Unda birinchi galda o‘zbek tilining bugungi jahon

hamjamiyatidagi mavqei, davlatimizning, muhtaram Yurtboshimizning

demokratiyaga asoslangan tinchliksevarlik, insonparvarlik va bag‘rikenglik

siyosati o‘zining yaqqol ifodasini topgan. Qonunda Respublikamizda istiqomat

qiluvchi boshqa xalqlar tillarining erkin faoliyat ko‘rsatishi, rivojlanishi uchun ham

yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berish hisobga olingan. Bu holat 2-, 4-, 6-, 10-,

Page 13: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

14-moddalarda o‘z aksini topgan. Masalan, 2-moddadagi “O‘zbek tiliga Davlat tili

maqomining berilishi Respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona

tilini qo‘llashdan iborat konsitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi”,

6-moddadagi “O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini

erkin tanlash huquqi beriladi,”–degan yozuvlar buning yaqqol isbotidir.

Tilimizga Davlat tili maqomi berilgandan keyin o‘tgan qisqa davr juda ko‘p

ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, o‘zbek tilida uzoq yillar mobaynida

qo‘llanib kelingan ruscha-baynalmilal so‘zlar o‘zbekcha muqobillariga

almashtirildi. Adres – manzil, aktiv – faol, aktual – dolzarb, alternativ – muqobil,

arxitektor – me’mor, byurokrat – rasmiyatchi, arenda – ijara, viza – ruxsatnoma,

vitrina – ko‘rgazma, gruppa – guruh, doklad – ma’ruza, zakaz – buyurtma, injener

– muhandis, akt – dalolatnoma, kandidat – nomzod, reforma – isloh, straxovaniye

– sug‘urta, separatizm – ayirmachilik kabi ko‘rinishlar bunga misol bo‘la oladi.

Nutqimizda faol ishlatilgan ijtimoiy-siysiy atamalar o‘z o‘rnini ilgari o‘zbek

tilida faol qo‘llangan leksik birliklarga bo‘shatib berdi. Ministr – vazir, redaksiya –

tahririyat, spravka – ma’lumotnoma, tekst – matn, terrutoriya – hudud, traditsiya –

an’ana, ensiklopediya – qomus, tema – mavzu, repressiya – qatag‘on, dogma –

aqida, dogatizm – aqidapaarstlik, nektar – gulshira, pechat – muhr, sekretar –

kotib, plan – reja, titul – sarvaraq, tiraj - nusxa singari. Eng muhimi, bu

o‘zgarishlarning sezilarli qismi tilimizning ichki imkoniyatlari hisobiga sodir

bo‘ldi.

Shu bilan birga o‘tish davrining belgisi sifatida ruscha-baynalmilal so‘zlarni

o‘rinsiz kalkalash yoki noto‘g‘ri tarjima qilish kabi holatlarni ham boshimizdan

kechirganimizni eslab o‘tmoq joiz. Tilimizda videoxona, tijoratxona, tayyora,

tayyoragoh, urchitmaxona, nusxakash, mashg‘ulotboshi, oynaso‘z, oliy bilimgoh,

bemorxona, qog‘ozjild, patta kabi sun’iy atamlar ham qo‘llanib ko‘rildi, ammo

vaqt o‘tishi bilan ular videosalon, birja, samolyot, aeroport,inkubatoriy,natarius,

trener, rukn, institut, klinika, konvert ko‘rinishidagi asl holatiga qaytarildi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, ona tilimizga Davlat tili maqomining berilishi

natijasida o‘zbek tili dunyodagi barcha tillar bilan o‘zaro aloqaga kirishish

imkoniyatiga ega bo‘ldi. U kundan-kunga ko‘rkamlashib, sayqal topib, boyib

bormoqda.

Qisqa davr ichida tilimizga kollej, litsey, test, supermarket, kompyuter,

printer, birja, firma, ofis, reyting, paynet, biznes, dizayner, kredit, terminal, tender,

sayt, noutbuk, flejka kabi so‘zlar kirib keldi. Ishbilarmon, tadbirkor, vazirlik,

hokim, dastur, rayosat, milliy g‘oya, milliy mafkura singari ichki imkoniyatlar

asosida yasalgan so‘zlar paydo bo‘ldi. Kurash, dakki, yonbosh, chala, halol,

g‘irrom kabi so‘zlarimiz dunyo tillariga o‘zlashdi. Ona tilimiz hamma sohada

bizga beminnat dastyor vazifasina bajarishga kirishdi. Bunga til taraqqiyotidagi

ijobiy hol deb qarash lozim bo‘ladi.

XXI asr taraqqiyoti, O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi ona

tilimizning barcha sohalarda, xususan, uning ilm-fan, texnika tili sifatida keng

ko‘lamda qo‘llanilishi uchun katta taraqqiyot eshiklarini ochib berdi.

Tilimiz bugungi kunda to‘lishib, sayqallashib, tinimsiz ravishda boyib

bormoqda. Bir tomondan SMS, MMS, ZiyoNet ta’lim tarmog‘i, interfaol o‘yinlar,

mobil telefon, veb-sayt, audio-videoyozuv, kompyuterlashtirish, nanotexnologiya

singari so‘zlar o‘zlashayotgan, nutqda qo‘nim topib borayotgan bo‘lsa, ikkinchi

Page 14: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

tomondan homiylik, vasiylik, qo‘mita, vazirlik, hokimlik, tabobat kabi minglab

so‘zlarda ma’no kengayishi jarayonlari kechmoqda.

Kelajakda o‘zbek tilining mashinaviy tilini yaratish, uni kompyuter, internet

tiliga aylantirish borasida keng ko‘lamda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Sayt, provayder, dasturchi, dasturlash, server, giperhavola, interfays, tarmoq,

elektron ta’lim, elektron resurs, virtual olam, internet magazin, operator kabi

leksik birliklar o‘zbek tili leksikasida sodir bo‘layotgan yangilanishlardan nishona

berib turibdi.

Yaqin kelajakda o‘zbek tili dunyo tillari orasida hamma sohada o‘z o‘rni va

mavqeiga ega bo‘ladi.

11-mashq. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asaridan olingan

parchani o‘qing, so‘zlash va tinglash odobi haqida bahslashing.

Kamtar odamlar ko‘p gapirishdan qochadilar; ular ko‘p eshitishni xush

ko‘radilar. Eshitmoq – kishini boyitadi; ko‘p gapirmoq – sayozlatadi. Ko‘p

gapirgan – ko‘p yanglishadi. Ko‘p yegan – ko‘p yiqiladi. Tan kasalining asosi ko‘p

yemakdir, qalb kasalining asosi ko‘p demakdir. Ko‘p demak – so‘zga mag‘rurlik,

ko‘p yemak – nafsga bandalik. Odam uchun bu sifatlar keraksiz va barchasi

xudbinlik alomatlaridir.

12-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan olingan izohlarni o‘qing.

O‘zbek so‘ziga berilgan ta’rif bo‘yicha suhbatlashing. “Men – Mustaqil

O‘zbekiston farzandiman” mavzusida o‘z fikrlaringizni bildiring.

O‘ZBEK 1 O‘zbekiston Respublikasi tub aholisi (xalqi)ning nomi. O‘zbek

xalqi. O‘zbek millati.

2 Shu xalq (millat)ga tegishli, mansub. O‘zbek xonadoni. O‘zbek tili. O‘zbek

lotin alifbosi.

O‘ZBEKCHA 1 O‘zbeklarga xos, o‘zbek tili, adabiyoti, san’ati, madaniyati

va sh.k. ga oid. O‘zbekcha kiyim. O‘zbekcha odat. O‘zbekcha kiyinmoq.

2 O‘zbek tili. O‘zbekcha (ni) bilasizmi? O‘zbekcha gaplashmoq.

O‘ZBEKCHILIK O‘zbekka xos an’ana, urf-odatlar.

13-mashq. Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’riy parchaning

yodlang. Undagi g‘oya haqida fikrlashing.

Bir qarasam, har shevangda ming jilolar,

Har novdangda, har mevangda ming jilolar.

Qodiriylar, Cho‘lponlaru Abdullolar,

Sen qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,

Ona tilim, ey muqaddas, Ona tilim!

14-mashq. Boshqotirmaga yashiringan turkiy xalqlar nomini aniqlang,

ular haqida bilganlaringiz haqida kursdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Page 15: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

2 3

1

4

1. O‘zbekistonning shimoliy-sharqiy tomonida yashovchi turkiy xalq nomi.

2. Xitoy Xalq Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi turkiy xalq nomi.

3. O‘zbekistonning shimoliy tarafida istiqomat qiluvchi turkiy xalq nomi.

4. Volga daryosi bo‘yida yashagan turkiy xalq nomi.

Savol va topshiriqlar.

1. Ona tili deb qanday tilga aytiladi?

2. Davlat tili deganda nimani tushunasiz?

3. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining olamshumul ahamiyati

haqida so‘zlab bering.

4. “Davlat tili to‘g‘risida Qonun” ning 24-moddasida berilgan “O‘zbekiston

Rspublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan

qarash taqiqlanadi” degan so‘zlarning mohiyati to‘g‘risida so‘zlab bering.

15-mashq. Uyga vazifa. Xalqaro kurash tashkiloti tomonidan

muomalaga kiritilgan kurash, halol, yonbosh, chala, g‘irrom kabi atamalar

sizda qanday taassurotlar uyg‘otadi? Ularning dunyo tillariga o‘zlashganligi

ostida qanday qonuniyat mavjud. Shu haqda so‘zlab bering.

4-§. HOZIRGI ONA TILINING TUZILISH UZVLARI

Reja:

1. Til va uning tuzilishi haqida ma’lumot.

2. Tilning tovush tizimi haqida ma’lumot.

3. Tilning lug‘at tarkibi.

4. Tilning grammatik qurilishi.

Tayanch iboralar: butunlik, qism, tizim, sistema, tovush tizimi, lug‘at

tarkibi, grammatik qurilish, til tovushlari, nutq tovushlari, ohang, kelishik,

grammatik jihatdan bog‘lanish.

Topshiriq. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

I.A.Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” nomli asarida

berilgan “Ona tilini bilmaydigan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini

bilmaydigan, kelajagi yo‘q odamdir” , – degan fikrining mag‘zini chaqishga

harakat qiling. O‘z shajarangizni bilasizmi, buning ona tiliga qanday aloqasi

borligi to‘g‘risida suhbatlashing.

Page 16: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Olamdagi barcha narsalar: quyosh, yer, oy, yulduzlarning bir-birlari bilan

mustaqkam aloqadorlikda harakatlanishini ilm-fan allaqachon isbotlab bergan. Har

bir narsa va hodisa ostida yaxlit bir butunlik yotadi. Butunlikning mavjudligini

uning o‘zi, uni tashkil etuvchi qismlar, qismlarning bir-birlariga va butunlikka

nisbatan bo‘lgan aloqalari tashkil etadi. Bundan til hodisasi ham mustasno emas.

Masalan, oy, quyosh, yulduzlar – barchasi bir-birlari bilan birlashib bir butunlikni

– Quyosh sistemasini tashkil qilganidek, til ham o‘z tuzilishiga ega. Bu tuzilish

ichki tomondan struktura, umumiy holatda esa sistema (tizim) deb ataladi. Har

qanday sistema (tizim) uchta narsa: a) butunlik; b) qismlar; v) butunlik bilan

qismlarning va o‘z navbatida qismlarning o‘zaro aloqalaridan tashkil topgan

bo‘ladi. Demak, til yaxlit bir butunlik – sistema (tizim) sanaladi. Mazkur

sistemaning o‘z ichki qonuniyatlari bor va har qanday holatda ushbu

qonuniyatlardan chetga chiqilmaydi.

Struktur jihatdan har bir tilning, jumladan, o‘zbek tilining ham quyidagi

uchta uzviy qismi bor: 1.Tovush tizimi. 2. Lug‘at tarkibi. 3.

Grammatik qurilishi.

Har bir inson tilida u mansub bo‘lgan xalq tomonidan qo‘llaniladigan

tovushlarning mavhum obrazi mavjud bo‘ladi. Bu obraz, avvalo, xalqning va shu

xalq tilida gaplashadigan har bir insonning ongida gavdalanadi. Ularni nutq orqali

yuzaga chiqarish mumkin. Ular alohida a, b, v, g, d, t, z, s, o, i, u, o‘, e tarzida

talaffuz etilganda, mavhum bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo so‘zlar ichida

qo‘llaganimizda ma’no farqlash vazifasini bajaradi. Aynan mana shu xususiyatiga

ko‘ra ularga til tovushlari deyiladi. Masalan, q, u, sh deyishimiz bilan ongimizda

ularning bir-birlariga sira o‘xshamas obrazlari paydo bo‘ladi. Mazkur tovushlarni

birgalikda talafffuz qilganimizda tanasi pat va parlar bilan qoplangan, uchishga

layoqatli parranda ko‘z oldimizga keladi. Q tovushini t, d, x ga aylantirishimiz

bilan ma’no butunlay o‘zgarib ketadi (tush, dush, xush).

Ma’no farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik til birligiga fonema

deyiladi. Fonemalar fonologiyada tadqiq etiladi. Ongimizda gavdalangan tovushlar

nutq apparati yordamida reallashadi, yuzaga chiqariladi. Natijada nutq tovushlari

hosil bo‘ladi. Ular fonetikada o‘rganiladi.

Nutq tovushlari miqdor va sifat belgilariga ega. O‘zbek tilida 29 ta tovush

bor. Ulardan 6 tasi unli (i, u, e, a, o, o‘) va 23 tasi undosh (b, v, g, d, z, j, y, k, 1, m,

n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h, ng) tovush sanaladi. Tilimizdagi barcha so‘zlar

mazkur tovushlarning ketma-ketlik asosida turli-tuman birikishlari orqali yuzaga

keladi. Nutq tovushlarining bunday birikishi natijasida muayyan ma’noga ega

bo‘lgan so‘zlar hosil qilinadi.

Tovushlar yordamida so‘zlar hosil qilinadi. Tildagi barcha so‘zlar

tovushlarning ketma-ketlik asosida yuzaga chiqarilishi asosida quriladi. Bu qoida

bo‘yicha aytadigan bo‘lsak, yuqoridagi tovushlar asosida qush, tush, dush, xush

so‘zlari hosil bo‘ladi.

So‘zlar o‘z navbatida tilning lug‘at tarkibini tashkil etadi. So‘zlarning ikki

tomoni mavjud. 1. Tashqi tomoni (tovushlardan tashkil topishi). Bu ularning

moddiy jihati sanaladi. Har qanday so‘z muayyan tildagi tovushlardan tuziladi.

Masalan: kitob, o‘qimoq, bilim, jamiyat, yashamoq, yozmoq, ma’naviyat, ma’rifat,

so‘zlamoq, qizg‘in, yam-yashil, men, biz, ular kabi. Keltirilgan so‘zlar tarkibida

o‘zbek tiliga xos bo‘lgan tovushlar qo‘llanmoqda. Mazkur so‘zlarni gitob, ukimok,

Page 17: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

bilm, chamiyat, yashamak, yosmoq, ma’naviyad, mag‘rifat, suzlamak, qizgin,

yam-yashl, min, bis, ulay tarzida ishlatish sira mumkin emas. 2. Ichki tomoni

(ma’nosi). Har bir so‘z ma’no anglatgandagina e’tiborli, qo‘llashga yaroqli

sanaladi. “Qushlar – bizning do‘stimiz” gapidagi birinchi so‘zni “Kushlar” tarzida

ishlatish ma’noga putur yetkazadi. Demak, lug‘at tarkibi tilda muhim o‘rin tutadi.

So‘zda ma’no reallasha boshlaydi. So‘z material sifatida tilning asosiy birligi

vazifasini o‘taydi.

Lug‘at tarkibi o‘zgaruvchan, ochiq qism sanaladi. Unda davr taqozosiga ko‘ra

so‘zlar kirib-chiqib turadi. Masalan, Ahmad Yassaviy “Hikmatlari”da keng

iste’molda bo‘lgan jurm (ayb, gunoh), partav (nur, shu’la, yog‘du), yovuq (yaqin),

turob (tuproq, yer), arig‘ (sof, pok; yaxshi, ma’qul), duto (ikki bukilgan, egilgan)

singari so‘zlarga bugungi kunda ehtiyojimiz tushmay qo‘ygan. Ular arxaizm va

istorizmlarga aylangan.

Shuningdek, lug‘at tarkibi tinimsiz boyib turadi. Unga yangidan-yangi

so‘zlarning o‘zlashishi qonuniy hol sanaladi. Ekoharakat, briffing, virtual aloqa,

dasturchi, menejment kabi so‘zlarni bunga misol qilib olishimiz mumikn.

So‘zlarning bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanishi natijasida gaplar hosil bo‘ladi.

So‘zlarning ma’no va grammatik jihatdan birikishi uchun xizmat qiluvchi ohang,

kelishik qo‘shimchalari, yordamchi so‘zlar va shu kabilar grammatik vositalar

sanaladi va ular tilning grammatik qurilishini ta’minlaydi. So‘zlar ma’no va

grammatik jihatdan bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘langan taqdirdagina muloqot amalga

oshiriladi. So‘zlarning ma’lum bir so‘z turkumlariga mansubligi, har bir so‘z

turkumining tilda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, so‘zlar bir-biriga bog‘langanda

muayyan qonunlarga bo‘ysunishi, gaplarning o‘ziga xos qoliplardan tashkil topishi

– bularning barchasi tilning grammatik qurilishi hisobiga amalga oshiriladi.

Masalan, grammatikada so‘zlarni bir-biriga bog‘lash masalasi hamisha

dolzarb muammolardan sanalib kelingan. Ma’naviyat va ma’rifat, odob va axloq,

kitobni o‘qimoq, ilmning foydasi, kelajak to‘g‘risida gaplashmoq tarzida so‘z

birikmalarini tuzish mumkin, ammo ularni ma’naviyatni ma’rifat, odobning axloq,

kitobning o‘qimoq, ilmni foydasi, kelajakning gaplashmoq qabilida ishlatib

bo‘lmaydi. Bunda tilning grammatik qurilishiga e’tibor qilinmadi. Demak, tilda har

bir uzv (qism) o‘z o‘rnida qo‘llangandagina, biz kutgan natija yuzaga chiqadi.

Quyidagi misolga diqqat qilaylik. Abu Mansur al-Moturudiyning

“Martabayu izzatni ilmdan izla” degan hikmati 26 ta tovush, 4 ta so‘zdan tashkil

topgan. Unda 3 ta grammatik vosita qo‘llangan. Gap ichidagi birorta tovushni,

so‘zni yoki grammatik vositani almashtiradigan bo‘lsak, biz kutgan mazmun kelib

chiqmaydi.

1. “Martabayu izzatni ilmdan izka”. Tovushlar soni o‘zgarmadi, 26 ta qoldi,

lekin “izla” so‘zidagi l tovushi k tovushiga o‘zgarishi bilan mazmunga putur yetdi.

2. “Martabayu ilmni izzatdan izla”. “Izzat” so‘zi “ilm” so‘ziga

almashtirilishi bilan gap mazmuni butunlay o‘zgarib ketdi.

3. “Martabayu izzatdan ilmni izla”. -ni tushum kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida

-dan chiqish kelishigi qo‘shimchasini qo‘llash grammatik jihatdan noto‘g‘ri

sanaladi.

Tilning mukammalligi undagi qismlarni o‘z o‘rnida qo‘llashga har taraflama

bog‘liqdir.

Page 18: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

16-mashq. O‘zbek xalq maqollarini o‘qing. Gaplarning tovush tomoniga,

so‘zlarning ishlatilishiga va grammatik jihatdan bog‘lanishiga diqqat qiling.

1. Iliq so‘z – shakar, Sovuq so‘z – zahar. 2. Kishining o‘zi yetmagan yerga

so‘zi yetar. 3. Ovqatni tuz mazali qilar, suhbatni – so‘z. 4. Suyaksiz til suyak

sindirar. 5. So‘z chumchuq emas, Og‘izdan chiqsa tutib bo‘lmas. 6. So‘z oyoqdan

ilgari borar. 7. So‘zning onasi – quloq, Suvning onasi – buloq.

17-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ona so‘ziga berilgan

ta’riflarni o‘qing, ona tilining nima uchun aynan onaga nisbat berilishi

haqida fikrlashing.

ONA 1 Farzandi yoki farzandlari bo‘lgan xotin (o‘z tuqqan farzandlariga

nisbatan); bolali xotin. Ko‘p bolali ona.

Ona tili Bolaning go‘daklikdan kattalarga taqlid qilib o‘rgangan tili, tug‘ma

til (odatda gapiruvchi shaxs mansub bo‘lgan xalq tili)

Ona tili Inson o‘z millatiga mansub kishilar doirasida o‘rgangan, shu millatga

mansub bo‘lgan til.

2 Oila boshlig‘i, tarbiyachi. Siz hammasining onasi, u kishi – ota.

3 Keksa ayollarga hurmat yuzasidan ularning nomiga qo‘shilib ishlatiladi.

Tojixon ona.

4. Keksa ayollarga hurmat bilan murojaat etish shakli. Onaxon, bu yerga

o‘tiring.

6. Bola tuqqan jonivor. Toychoqning onasi.

7. ko‘chma Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi. Yer – hayotning onasi.

Gapning onasi Gapning po‘skallasi, bo‘lgan-turgani, haqiqati.

Ona Vatan (yoki yurt) Kishi tug‘ilib o‘sgan, u uchun muqaddas sanalgan

mamlakat.

Ona sutiday pok (yoki halol) Hech qanday nopoklik, qalbakilik

aralashmagan, kishining o‘z peshona teri evaziga kelgan.

Ona yurt Kishi tug‘ilgan joy.

Ona xalq Kishining o‘zi mansub bo‘lgan xalqi.

18-mashq. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asaridan olingan

parchadagi tovushlarga, so‘zlarga va ularning bog‘lanishiga diqqat qiling.

Ular asosida ona tilining tuzilish uzvlarini tushuntiring.

So‘zingni tiyib yur, boshing yormasin,

Tilingni tiyib tur, tishing sinmasin.

Ortiq so‘zda aslo bo‘lurmi foyda,

Ziyondan bo‘lak narsa yo‘q so‘z ortiq joyda.

19-mashq. Quyidagi gapni teskari o‘qisangiz, ona tili haqidagi hikmatli

so‘z kelib chiqadi. Shunga asoslanib, nutqda tovushlar ketma-ketligi qanday

ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida bahslashing.

Isohad tallim ilit ano.

Page 19: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Savol va topshiriqlar.

1. Ona tilining tuzilish uzvlari haqida so‘zlab bering.

2. Tilning tovush takribi deganda nimani tushundingiz?

3. Tilning lug‘at tarkibi haqida tushunganlaringizni aytib bering.

4. Tilning grammatik vositalari qaysilar sanaladi?

20-mashq. Uyga vazifa. Quyida berilgan so‘zlarni o‘rniga qo‘yib, bir-

biriga bog‘lasangiz, Alisher Navoiyning mashhur hikmatli so‘zi hosil bo‘ladi.

Shoir bu bilan nima demoqchi ekanligini ayting.

Kelmoq, og‘iz, ish, nodon, demak; yemak, ish, hayvon, oldiga, kelmoq.

5-§. MILLIY VA ADABIY TIL

Reja:

1. Milliy va adabiy til haqida haqida ma’lumot.

2. Adabiy tilning belgilari.

3. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining bo‘limlari.

Tayanch iboralar: milliy til, adabiy til, til rivojlanishi, til taraqqiyoti, til

me’yori, millat tili, til bo‘limlari.

Topshiriq. Murodjon Mansurning “Judolik diyori” romanidan olingan

quyidagi parchani o‘qing. Og‘zaki so‘zlashuv tiliga oid bo‘lgan o‘rinlarni toping,

ularning adabiy tilda qanday ishlatilishini aniqlang.

– Esonmisan, og‘aynichalish? – Toyir zakun boshini burib, kulib qo‘ydi. – Bu

shunaqa asov. Akangni ham bir marta opqochgan, ha. Birovga mindirmaydigan

xilidan.

O‘zinikiyam zo‘rdir? – dedim beixtiyor.

I-i, qayoqda? Yolg‘iz akangqarag‘ayda bor. Uyam mana shu. – Keyin otini

ko‘chaning o‘rtasidan gijinglatib borarkan, og‘zini to‘ldirib kuldi: –

Jonoraliyam o‘zim, chopariyam o‘zim.

Lug‘at: jonoral – general

O‘zbek xalqi 4000 yillik davlatchilik tarixiga ega. Moziyning olis va

mashaqqatli yo‘llarida dunyodagi boshqa xalqlar singari o‘zbek xalqi ham qabila,

elat, xalq, millat bosqichlarini bosib o‘tgan. O‘zbek ma’naviyatining bebaho

xazinasi, xalq tafakkuri va g‘ururining betakror timsoli sifatida ona tilimiz ham

qabila, elat, xalq va milliy adabiy til bosqichlarini bosib o‘tdi.

Tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘zbek xalqining etnik jihatdan

nihoyatda rang-barang bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Hatto buyuk Amur

Temur ham o‘zining qo‘l ostida 40 aymoqni birlashtirganini, barlos, qipchoq, tatar,

jaloyir, kenagas, yuz, qirq, ming kabi urug‘larning hammasini teng ko‘rganini faxr

bilan yozadi.

Page 20: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Otashabon shoir Turdi Farog‘iy: “Tor ko‘ngullik beglar «man-man» demang,

kenglik qiling, To‘qson ikki bovli o‘zbek yurtidir tenglik qiling”, – deb yozganida,

o‘zbek xalqining to‘qson ikkita urug‘-qabiladan tashkil topganiga e’tibor qilib,

ularni yakdillikka, birlikka chaqirgan edi.

Har bir millatning millat bo‘lib shakllanishi va taraqqiy etishi uchun hududiy,

etnik, urf-odatlar birligidan tashqari, eng muhim jihat – til birligi, jipsligi muhim

ahamiyatga ega. Ma’lum bir millatni tashkil etgan insonlar hududiy jihatdan turli

joylarda yashashiga qaramasdan yagona bir shaklda gaplashgan taqdirdagina,

ularda jipslik, birdamlik paydo bo‘ladi. Masalan, o‘g‘uz shevalarida faol

qo‘llaniladigan yumurtqa, qarindja, uchak, arna, chiqan so‘zlari adabiy tilda

tuxum, chumoli, tom, ariq, dugona shaklida ishlatiladi va bu o‘zbek tilida

gaplashadigan hamma uchun me’yor, qolip sanaladi. Adabiy tilning

takomillashishida lisoniy (lingvistik) va nolisoniy (ekstralingvistik) omillar alahida

ahamiyat kasb etadi.

Tilning fonetik, leksik, grammatik qurilishi, so‘z yasalishi, turli-tuman

funksional-uslubiy xususiyatlarga ega bo‘lishi, til birliklari o‘rtasidagi o‘zaro

munosabatlar adabiy til taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarishdagi

tub yangilanishlar, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar adabiy tilga ta’sir

o‘tkazmasdan qolmaydi, albatta. Masalan, Mustaqillik yillarida ta’lim-tarbiya

tizimida amalga oshirilgan olamshumul ishlar adabiy tilga o‘z izini qoldirdi.

Grammatik jihatdan shakllangan, ma’lum bir qoliplarga solingan, hamma

bo‘ysunishi majbur bo‘lgan xalq tili shakliga adabiy til deyiladi.

Adabiy til quyidagi belgilariga ko‘ra milliy tildan farqlanib turadi:

1. Adabiy til milliy tilning yuqori, tartibga solingan, me’yorlashtirilgan oliy

shakli, mukammal ko‘rinishi sanaladi. U milliy til ichida yashaydi va undan

muntazam oziqlanadi.

2. Adabiy til shu til sohiblarining barchasi uchun umumiy sanaladi. Hamma

unga bo‘ysunishi shart. Milliy til shu til sohiblarining barchasiga birdek tegishli,

lekin undagi birliklardan foydalanish erkin amalga oshiriladi.

3. Adabiy tilning yozma va og‘zaki shakli mavjud. Uning yozma shakli

amalda qo‘llanilayotgan yozuv tizimiga bog‘liq bo‘ladi. Xalq tili o‘z

taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqandagina milliy tilga aylanadi.

4. Adabiy tilning iste’mol doirasiga chegara qo‘yilmaydi. Xuddi shuningdek,

sheva ko‘rinishlaridan tashqari milliy til elementlarining faoliyat doirasi ham

cheklanmaydi.

5. Adabiy tilda davlat ishlari: ta’lim-tarbiya, ilm-fan, matbuot, ommaviy

axborot vositalari (radio-televideniye), ma’muriy-idoraviy ish yuritish amalga

oshiriladi. Ushbu idoralardagi barcha faoliyat jarayondlari milliy til negizida

rivojlanadi. Davlat milliy va adabiy tilni teng rivojlantirishdan manfaatdor

sanaladi.

6. Adabiy tilda sheva va dialektga xos so‘zlar, jargon va argolar qo‘llanmaydi.

Milliy til o‘zida sheva elemantlarini, argo va jargonlarni saqlab turadi.

7. Adabiy tilning rasmiy, ilmiy, badiiy, publitsistik va so‘zlashuv uslublari

bo‘ladi. Adabiy tilni takomillashtirishda badiiy uslubning alohida o‘rni bor. Milliy

tilda dostonlar, maqol va matallar, ertaklar, topishmoqlar tildan-tilga ko‘chib,

sayqal topib boradi.

Page 21: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘zbek milliy tilining eng oliy shakli sanaladi.

Unga asrlar davomida xalqimiz tomonidan sayqal berib kelingan,

me’yorlashtirilgan. Adabiy til millatimiz vakillarining barchasi uchun umumiy

bo‘lgan barqaror shakllarni o‘z ichiga oladi. Uning quyidagi bo‘limlari bor:

1. Fonetika va fonologiya. Bu bo‘limda til va nutq tovushlari, ular o‘rtasidagi

farqlar, unli va undosh tovushlar tizimi, segment va supersegment birliklar (nutq

tovushi, bo‘g‘in, fonetik so‘z, takt, fraza, urg‘u, ohang, melodika, pauza) til va

nutqdagi o‘rni o‘rganiladi.

2. Grafika va orfografiya. Bu bo‘limda hozirgi o‘zbek adabiy tili alifbosi,

orfografiya va imlo tamoyillari haqida ma’lumotlar beriladi.

3. Orfoepiya. Bu bo‘limda to‘g‘ri talaffuz qilishning qonun-qoidalari

o‘rganiladi.

4. Leksikologiya va frazeologiya. Bu bo‘limda o‘zbek tilining lug‘at

jamg‘armasi, leksema va so‘z, so‘z ma’nosining ko‘chish yo‘llari, lug‘aviy

birliklarning leksik-semantik guruhlari, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga

ko‘ra turlari, iste’mol doirasiga ko‘ra tarmoqlanishi, tarixiyligiga ko‘ra turlari,

emotsional-uslubiy jihatdan bo‘linishi kabi masalalar haqida gap yuritiladi.

5. Leksikografiya. Bu bo‘limda lug‘at va lug‘at turlari, lug‘atlarning tuzilishi,

lug‘atlarning amaliy ahamiyati to‘g‘risida bah yuritiladi.

6. Etimologiya. So‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘rganadi.

7. Morfemika. Bu bo‘limda so‘zlarning ma’noli qismlarga ajratilishi, asos

qism va ko‘makchi morfema, ularning grammatik xususiyatlari haqida gap

yuritiladi.

8. So‘z yasalishi. Bu bo‘limda so‘z yasalishi va so‘z yasash usullari, diaxron

va sinxron so‘z yasalishi o‘rgatiladi.

9. Morfologiya. Bu bo‘limda grammatik ma’no va grammatik shakllar, so‘z

turkumlari, ularning ma’no turlari va o‘ziga xos morfologik belgilari haqida so‘z

boradi.

10. Sintaksis. Bu bo‘limda so‘z birikmalari, ularning turlari, gap va gap

turlari, gaplarning semantik, funksional-uslubiy xususiyatlari o‘rganiladi.

11. Punktuatsiya. Bu bo‘limda tinish belgilari, ularning qo‘llanilishi bilan

bog‘liq masallar yoritiladi.

Yuqoridagi bo‘limlarning barchasi yaxlit holda adabiy tilni tashkil etadi.

Ularni bir-biridan ayricha olish va mustaqil qo‘llash sira mumkin emas.

21-mashq. O‘zbek allomalarining hikmatli so‘zlarni o‘qing. Gaplardagi

so‘zlarning ishlatilishiga va grammatik jihatdan bog‘lanishiga diqqat qiling.

1. Til so‘zlovchi istagini tinglovchiga yetkazuvchi tarjimondir. (Abu

Rayhon Beruniy) 2. Kishiini til ulug‘lasa bo‘lur baxtiyor, Kishi tubanlashsa, boshi

yorilur, (Yusuf Xos Hojib) 3. Ma’dani inson gavhari so‘zdurur, Gulshani odam

samari so‘zdurur. (Alisher Navoiy) 4. Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lur,

Yomon so‘zga pashsha kuchi fil bo‘lur. (Andalib) 5. O‘ylab so‘zlagan er so‘zi so‘z

ko‘rki bo‘lur, Ko‘p yanglishgan til kishiga dushman bo‘lur. (Ahmad Yuknakiy)

22-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan olingan so‘zlarga e’tibor

bering. Ular ishtirokida gaplar tuzing va ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling.

Page 22: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

MILLAT [arabcha. xalq; din, mazhab] Kishilarning yagona tilda so‘zlashishi,

yaxlit hududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy

madaniyat va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi.

O‘zbek millati.

MILLIY [arabcha. xalqona, millatga tegishli; diniy] 1 Biror millatning,

xalqning o‘ziga xos bo‘lgan, uning xususiyatlarini ifodalovchi. Milliy madaniyat.

Milliy musiqa.

2 Biror mamlakatga, davlat va uning aholisiga oid. Milliy daromad.

3 Millat bilan bog‘liq, millatiga ko‘ra bo‘lgan. Milliy ayirmachilik.

SHIRINSUXAN [forscha. shirinso‘z, yoqimli gapiradigan] aynan shirinso‘z.

Shirinsuxan ayol.

SHIRINSO‘Z Gapi, so‘zi kishiga yoqadigan, yoqimli gapiradigan;

shirinsuxan. Shirinso‘z yigit.

SHIRINSO‘ZLIK Shirin, yoqimli so‘z aytish, shunday xislatga egalik,

shirinso‘z ekanlik.

23-mashq. Erkin Vohidov qalamiga mansub bo‘lgan she’rni yodlang.

“O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa” degan satrlarning mag‘zini chaqing. Badiiy

asarlarning adabiy tilni rivojlantirishdagi o‘rni haqida gapirib bering.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,

Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.

Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,

Qora sochning malla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,

Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.

Ma’rifatdan ayru o‘ynasa, kulsa,

Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,

Aldangani, alla bo‘lgani shudir.

Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,

Paytvaning salla bo‘lgani shudir.

El komil bo‘lmasa, yurt emas ulug‘,

Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.

Qalb to‘la nur xalqning rizqi ham to‘lig‘,

Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.

O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,

Uning “Barakalla!” bo‘lgani shudir.

Olamga Navoiy nasliman degan,

Ovozi baralla bo‘lgani shudir.

Page 23: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

24-mashq. Hikmatli so‘zlarni o‘qing, hayotingizda ularga amal

qilasizmi? Shu haqda o‘ylab ko‘ring. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘rnida

doktor, yog‘iy, javrang, dil, nutq so‘zlarini qo‘llash mumkinmi?

Odobli odam tabibga o‘xshaydi, u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni

ketkizadi. Nodonlikdan boshqa dushmandan qo‘rqmang. Doimo to‘g‘ri so‘zlang,

to‘g‘ri ishlang, hiyla-nayranglardan o‘zingizni saqlang, qalbingiz pokiza bo‘lsin,

haqiqatparvar bo‘ling, haq, rost so‘zlarni so‘zlang.

Savol va topshiriqlar.

1. Adabiy til deb qanday til shakliga aytiladi?

2. Adabiy tilning shakllari haqida so‘zlab bering.

3.Adabiy tilning qanday bo‘limlari bor?

25-mashq. Uyga vazifa. O‘zingiz yoqtirgan teleko‘rsatuvni tomosha

qiling, suxandonlar va ishtirokchilar nutqiga e’tibor bering. Adabiy tildan

chekinilgan holatlarga diqqqat qiling va ularni izohlashga urinib ko‘ring.

6-§. ONA TILI VA UNING TAYANCH DIALEKTLARI

Reja:

1. Sheva va dialekt haqida ma’lumot.

2. Lahja haqida ma’lumot.

3. O‘zbek adabiy tilining tayanch dialektlari.

Tayanch iboralar: og‘zaki nutq, sheva, shevashunos, shevashunoslik,

dialekt, dialektologiya, lahja, tayanch dialekt.

Topshiriq. She’riy parchani yodlang, undagi g‘oya haqida bahs yuriting.

Lahjalar birlashdi – til bo‘ldi yirik,

Oftobday bo‘yladi “Qutadg‘u bilik”.

Mahmud Koshg‘ariydan to‘q bo‘ldi ilik.

Ahmad Yassaviyim hikmati tirik

Otini keng yo‘lga solgan o‘zbekman. (Azim Suyun)

Ona tili millat tafakkuri va ma’naviyatining yorqin ifodasi sifatida o‘zida shu

millatga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘ladi.

Tarixdan ma’lumki, xalqlar va millatlar har doim muayyan bir hududda

istiqomat qilib kelishgan. Hududiy kenglik, har bir hududga xos bo‘lgan tabiat

ko‘rinishi, shu yerda yashovchi xalq vakillarining kasb-kori, turmush tarzi, ular

bilan yonma-yon yashagan boshqa xalq vakillarining ta’siri aniq bir til doirasida

ham farqli jihatlarning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Masalan, milliy bosh

kiyimimiz do‘ppi Namanganda to‘ppi, Samarqand qalpoq, Buxoroda kalapo‘sh,

Xorazmda takya tarzida qo‘llaniladi.

Page 24: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilida sheva va dialektlarning miqdori juda ko‘p.

Ular ustida uzoq yillar kuzatuv olib borgan Ye.D.Polivanov “Dunyoda bironta til

shevalararo o‘zbek tilichalik farqlanmaydi”,-deb aytgan edi.

Darhaqiqat, Respublikamiz viloyatlarini kezar ekansiz, o‘zlarini qo‘ng‘irot,

qipchoq, kaltatoy, jaloyir, kenagas, ming, qirq, yuz, o‘g‘uz shevasi vakillari deb

atovchi ko‘plab yurtdoshlariimzga duch kelasiz. Ular boshqa xalq vakillari emas,

balki o‘zbek xalqini takshil qiluvchi qadim turkiy qabila va elatlarning nomlaridir.

Masalan, Qashqadaryo shevasida ziqna, xasis kishi ko‘ktirnoq, qo‘nji kalta etik

mukki, pishiq-puxta kishi naymit, ko‘tarasiga, hammasini birdaniga savdo qilish,

olish do‘rji, ichi qora odam kuya deyiladi. Yuqoridagi so‘zlar adabiy tilda mavjud

emas. Bunday leksik birliklar iste’mol doirasiga ko‘ra chegaralangan leksikaga oid

sanaladi.

Muayyan hudud doirasida qo‘llaniladigan va ma’nosi faqat shu yerda

istiqomat qiluvchi aholiga tushunarli bo‘lgan xalq tili ko‘rinishiga sheva deyiladi.

Masalan, Toshkent shevasi, Marg‘ilon shevasi, Urgut shevasi, G‘ijduvon shevasi,

Koson shevasi, To‘rtko‘l shevasi kabi.

Shevaga oid so‘zlar dialektizmlar deb ham ataladi. Dialektizmlar tildagi

dialektal leksikani tashkil qiladi. Shevaga xos so‘zlarning eng muhim jihatlari

quyidagilarda ko‘rinadi:

1. Dialektal so‘zlar xalq tilining tartibga solinmagan, me’yorlashtirilmagan

shakli sanaladi. Ma’lum bir hududda qo‘llangan shakl ikkinchi bir hududga xos

bo‘lmaydi. Masalan, Tohir Malikning “Falak” qissasidan olingan quyidagi

parchaga e’tibor qilaylik.

– Assalomu alaykum, bucha. Sog‘-omonmisiz, akam salomatmilar?

Eshikdagilardan xabaringiz yo‘qmi?

– Ular sizdan keyinroq Shirmonbuloqqa ko‘chib ketishgan. Dadangizning

bo‘lalari olib ketdilar.

Parchadagi bucha – kichik buvi, kichik aya, eshik – hovli, uy, bo‘la –

xolavachcha ma’nolarida qo‘llangan.

2. Dialektal so‘zlarning iste’mol doirasi chegaralangan bo‘ladi. Shu hududdan

tashqarida qo‘llanmaydi. Boshqa hududda mazkur so‘z o‘zga nom bilan ataladi.

3. Dialektal so‘zlarning faqat og‘zaki shakli mavjud. Shu bois, dialektal

leksikada vulgarizmlar, evfemizmlar, jargon va argolar ko‘p kuzatiladi.

4. Yozuvchi va shoirlar badiiy asarda qahramonlarning xarakterini ochishda

shevaga xos so‘zlardan foydalanishi mumkin.

5. Ta’lim-tarbiya, ilm-fan, ommaviy axborot vositalari (radio-televideniye,

gazeta-jurnallar)da, rasmiy ish yuritishda shevaga xos so‘zlardan foydalanilmaydi.

6. Sheva va dialektlar adabiy tilning ichki boyish manbasi sanaladi. Masalan,

cho‘liq (cho‘ponning yordamchisi), ko‘pkari, sovrin, elovlamoq (uyqusiramoq)

kabi so‘zlar shevalardan olingan.

Shevalar yig‘indisiga lahja deb ataladi. O‘zbek tilida uch lahja mavjud:

1. Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi. Bu lahjada so‘zlashuvchilar Farg‘ona vodiysi,

Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlarida yashashadi. O‘zbek adabiy tilining

rivojlanishida qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasiga kiruvchi shevalar yetakchilik qiladi.

2. Qipchoq lahjasi. Respublikamizning barcha joylarida uchraydi. Masalan,

Qashqadaryoda yashovchi qipchoq shevalarida chig‘alak – g‘ildirak, zaylicha –

Page 25: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

sholcha, palos, to‘shang – bo‘shang, tolli – shirin, tollitayoq – tartibsiz kabi

leksemalar qo‘llaniladi.

3. O‘g‘uz lahjasi. Xorazm viloyatida keng tarqalgan bo‘lib, o‘ziga xos leksik

jamg‘armaga ega. Mazkur lahjada faol ishlatiladigan so‘zlarga atiz – tomorqa,

ekin ekiladigan maydon, lachak – xalat, dayi – tog‘a, yop –kanal, taka – yostiq

singari leksik birliklarni misol qilib keltirish mumkin.

O‘zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida barcha sheva va

lahjalarning o‘z o‘rni bor.

26-mashq. Matnni o‘qing, gapirmoq, so‘zlamoq leksemalarining

shevangizda qanday ishlatilishiga diqqat qiling.

Qadimiy hikmatlarda aytilishicha, inson o‘z tuzilishi xosiyati bilan

hayvonlardan afzal bo‘ldi. Unga bir og‘izu ikki quloq hadya etildi. Shuning uchun

u bir marta so‘zlamog‘i va ko‘p marta eshitmog‘i kerak!

27-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dagi dialekt, sheva, lahja so‘ziga

berilgan izohlarga e’tibor bering va ular ishtirokida gaplar tuzishga harakat

qiling.

DIALEKT [yunoncha dialektos – lahja, sheva] Umumxalq tilining adabiy

tildan ma’lum lisoniy xususiyatlari bilan farq qiluvchi mahalliy yoki ijtimoiy

ko‘rinishi; lahja.

LAHJA [arabcha. til, sheva, talaffuz, akstent] tilshunoslikda mahalliy

dialektning bir necha shevadan iborat guruhi. “J”lovchi lahja. O‘zbek tilining

qipchoq lahjasi.

SHEVA I [forscha usul, tarz, uslub, odat; odatlanganlik]

1 tilshunoslikda Umumxalq tilining ma’lum hududga xos tarmog‘i, mahalliy til.

O‘zbek tilining Farg‘ona shevasi.

2 aynan til 3 O‘zbek shevasida she’r o‘qilarkan, Qalblarning qa’rida hislar

uyg‘onar. (S.Akbariy)

SHEVA II I [forscha o‘ynoqilik, noz-karashma] 1 Noz-karashma, ishva. Bir

qiz keldi sheva bilan, Necha g‘amza, jilva bilan. (“Nurali” dostonidan)

2 Odat, ravish, yo‘sin; qonun-qoida, yo‘l-yo‘riq. Kamtarinlikni, Habibiy, sheva qil,

Ham muloyim bo‘l momiq, parqu kabi. (Habibiy)

28-mashq. Matnni o‘qing, o‘zbek xalq shevalari va ularning tilimiz

taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida o‘z fikrlaringizni bildiring.

Xalqning o‘zi qo‘ygan atamalari aniq-tiniq, sodda va ixcham bo‘ladi.

Masalan, tog‘ning baland cho‘qqisini “osmono‘par qoyalar”, “ko‘kka bo‘y

cho‘zgan” deb bo‘yab-bejab cho‘zmaydi, “nurama” deb qo‘ya qoladi (“nurama”

qorli yo yaydoq cho‘qqining nur qaytarishidan olingan bo‘lsa ham bordir, yana

bilmadim). Cho‘qqi uchi – nuramaning shakl-shamoyili, o‘rniga qarab “qiroq”,

“xorra”, “huchchi”, “sala” kabi bir nechta muqobili borki, har biri muayyan

o‘shanaqa cho‘qqi yo qoya uchini bildiradi. Xalq “tog‘ning qiyalik joyi” demaydi,

balki “enish” deydi, enishning mayda tosh qoplanganini lo‘nda qilib “chag‘il”

Page 26: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

deydi (“Chag‘il qizima yer bo‘ladi” – bu lo‘nda ibora ma’nosini berish uchun biz

qancha ortiqcha so‘z ishlatamiz). “Tog‘ bag‘ridagi ingichka yo‘l” bitta atama bilan

“chiziq” deb aytiladi.

Nima bu: nuqul “tog‘”, “qoya” (yo cho‘qqi”), “dara”, toqqa tegishli boshqa

atamalar yo‘qmi, deb erinmay lug‘at varaqladim, qarang, qancha atama-nomlarga

duch keldim: “qiroq”, (qoyaning usti, “Oy tug‘adi qiroqdan”), “huchchi” (qoya

uchi), “shiram” (uzunasiga cho‘zilgan qoya), “sala” (cho‘qqining uch qismi),

“qasnoq” (daralarning aylana nuqtasi), “qat” (qir, cho‘qqining baland uchi, unda

faqat arxar yuradi), “qatal” (yolg‘izoyoq yo‘li bo‘lgan enish), “chuqun” (tog‘li

hududlardagi tabiiy chuqurlik, yashin urib chuqur bo‘lgan joy), “chag‘il” (mayda

toshli qiya yonbag‘ir), “chungul” (dara ichida yurish qiyin, chuqur-chop joy),

“qasag‘a” (quyidan yuqoriga ketgan qat-qat yassi tosh uyumi), “qirrak”,

“qisilchang”, “qoyazov”, “chag‘al”, “chag‘at”, “chiyir”, “ching”, “chaltov”,

“tarang”… (Ahmad A’zam)

29-mashq. To‘rtlikni yodlang, undagi g‘oya haqida fikrlashing. Ona tili

va inson hayotida uning tutgan o‘rni haqida o‘z fikrlashing.

Kimki dili birla tili bir emas,

Holi dilin so‘rmog‘iga arzimas.

Garchi o‘zin oqilu donor bilur,

Aql eli ul kimsani odam demas. (Oraziy)

30-mashq. Quyidagi so‘zlarning qaysi shevalarda qo‘llanilishini toping.

O‘zbek tilida dialektal so‘zlarning ko‘p uchrashi sabablari aniqlashga urinib

ko‘ring.

Paqir/satil/chelak; la’li/lagan/tovoq, shoti/zangi/narvon, mo‘rcha/

qorindja/chimoli

Savol va topshiriqlar.

1. Sheva, dialekt deb nimaga aytiladi?

2. O‘zbek tili lahjalari haqida so‘zlab bering.

3. Adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishida sheva va dialektlarning

qanday o‘rin tutadi?

31-mashq. Uyga vazifa. Taniqli olim Z.Isomiddinovning quyidagi

fikrlarini daftaringizga yozing va u haqda bahslashish uchun tayyorlanib

keling.

O‘zbek tili degani katta tushuncha. Xorazm shevasi ham o‘zbek tiliga kiradi,

Toshkent lahjasi ham. Davlat tili degan maqom esa umuman o‘zbek tiliga emas,

O‘zbek adabiy tiliga berilgan. Faqat adabiy til Davlat tilidir.

Shunday ekan, barcha davlat tashkilotlarida o‘zbek tilidagina emas, adabiy

tilda ish yuritilishi shart. Namanganlik muallim namangancha shevada dars o‘ta

Page 27: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

boshlasa, toshkentlik aktyor sahnada toshketcha shevada so‘zlasa, milliy

yaxlitlikka putur yetishi turgan gap.

7-§. ADABIY TILNING OG‘ZAKI VA YOZMA SHAKLLARI

Reja:

1. Sheva va dialekt haqida ma’lumot.

2. Lahja haqida ma’lumot.

3. O‘zbek adabiy tilining tayanch dialektlari.

Tayanch iboralar: og‘zaki nutq, sheva, shevashunos, shevashunoslik,

dialekt, dialektologiya, lahja, tayanch dialekt.

Topshiriq. Atoqli yozuvchi Abdulla Qahhorning “San’atkor” hikoyasidan

olingan parchani o‘qib, adabiy til haqidagi fikrlaringizni bildiring.

Artist kulturniy odam – gapni adabiy qilib aytadi – “bo‘lsa, bo‘lmasa” deydi.

Pojarni “gugurtni yerga tashlamang” dedi, rejissorimiz esa “gugurtning yerga

tashamang” dedi. Qanday chiroylik! Pojarnimi pojarningmi? Shoshma, nima uchun

pojarni? Pojarni, albatta! Rejissorimiz juda kulturniy odam. Odam degan mana

shunday bo‘lsa, urishsa ham xafa bo‘lmaydi kishi – ikki gapning birida “ta’bir

joyiz ko‘rilsa” deb turadi. Bu traktorchi menga shuncha doshnom berib, ko‘ngil

uchun bir marta “ta’bir joyiz ko‘rilsa” demadi.

Novvoyning non yopish jarayonini kuzatganmisiz? Yoki g‘isht quyuvchining

xatti-harakatlaridan xabardormisiz? Ularning har ikkalasi o‘z mahsulotini har

tomonlama mukammal va bir xilda sifatli bo‘lishini xohlaydi va buning uchun ular

muayyan shakllardan, qoliplardan unumli foydalanadi. Shaklsiz va qolipsiz

g‘ishtni, oqib tushgan, qing‘ir-qiyshiq nonni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xuddi ular

kabi tilda ham aniq bir qolip, o‘lchov mavjud. Bu qolipni, me’yorni shu tilni asrlar

davomida ko‘tarib kelgan oddiy xalq yaratgan. Bu qolip adabiy til shaklidir. Agar

me’yor bo‘lmasa, til ham qolipsiz g‘isht va shaklsiz non kabi xunuk va beo‘xshov

bo‘lib quyulib qolgan bo‘lardi. Bunday g‘ishtni ishlatib yoki nonni dasturxonga

qo‘yib bo‘lmagani singari, qolipsiz til birliklarini ham iste’molda qo‘llab

bo‘lmaydi. Shu bois, har bir xalq o‘z tilining tarqalib, buzilib, sochilib ketmasligi

uchun aniq bir qolipni – adabiy shaklni yaratgan va asrlar davomida uni mahkam

ushlab keladi. Xalq adabiy tilni yaratgandan so‘ng unga mudom sayqal berib, jilo

berib, go‘zallashtirib kelgan.

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Alisher Navoiyning

xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlaridan biri ham shuki, u mislsiz ma’naviy jasorat,

azmu shijoat, favqulodda tafakkur bilan eski o‘zbek adabiy tiliga asos solib

ketganligi sanaladi.

Demak, tilda me’yor (norma) masalasi muhim ahamiyatga ega. Izohli lug‘atda

me’yor so‘zi quyidagicha izohlanadi. “Arabcha o‘lchov, asosiy o‘lchov, andoza

so‘zlaridan olingan bo‘lib, rasmiylashtirilgan, usus tomonidan qabul qilingan,

hamma tomonidan majburiy deb hisoblangan, qonun hukmiga kirgan tartib-qoida”.

Page 28: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Shunga asoslanadigan bo‘lsak, adabiy tilga va adbiy nutqqa xos bo‘lgan barqaror

til birliklariga me’yor deb qarash joiz bo‘ladi. Me’yor til amaliyotida iste’molchilar

tomonidan tanlab olinadi va

mustahkamlanib boriladi. Me’yor adabiy til shakllarini keltirib chiqaradi.

Grammatik jihatdan shakllangan, ma’lum bir qoliplarga solingan, hamma

bo‘yinsunishi majbur bo‘lgan xalq tili shakliga adabiy til deyiladi.

Adabiy tilning ikki xil shakli bor.

1. Og‘zaki adabiy til.

2. Yozma adabiy til.

Og‘zaki adabiy til yozma adabiy tilga nisbatan qadimiyroq sanaladi. Xalq

maqollari va matallari, ertaklar, latifalar, qo‘shiqlar va dostonlar xalq tomonidan

yaratilib og‘izdan og‘izga ko‘chib yuradi, asrlar davomida sayqal topib boradi.

Adabiy tilning og‘zaki shakli orfoepik me’yorlarga bo‘ysunadi. Og‘zaki adabiy

tilni shakllantirish va taraqqiy ettirishda, uning moddiy-material jihatini

ta’minlashda fizik-akustik birliklar: nutq tovushlari, urg‘u, ohang, melodika,

pauza, tembr, ritm, tepm muhim ahamiyat kasb etadi.

Buyuk so‘z san’atkori Abdulla Qahhorning “San’atkor” hikoyasida adabiy

tilning og‘zaki shaklidan noo‘rin foydalanish haqida juda chiroyli misol keltiriladi.

San’atkor tilidan yoziladi: “Artist kulturniy odam – gapni adabiy qilib aytadi –

“bo‘lsa, bo‘lmasa” deydi. Pojarni “gugurtni yerga tashlamang” dedi, rejissorimiz

esa “gugurtning yerga tashamang” dedi. Qanday chiroylik! Pojarnimi,

pojarningmi? Shoshma, nima uchun pojarni? Pojarni, albatta. Rejissorimiz

kulturniy odam. Odam degani mana shunday bo‘lsa, urishsa ham xafa bo‘lmaysan

kishi – ikki gapining birida “ta’bir joiz ko‘rilsa” deb turadi. Bu traktorchi menga

shuncha doshnom berib, ko‘ngil uchun bir marta “ta’bir joiz ko‘rilsa” demadi.”

Hikoyaning davomida san’atkor yana ham o‘zining savodsizligini ko‘rsatib,

xizmatkorning “J”ning kattasi qanday yozilar edi?” degan savoliga “Kichigini

yozib, qattiqroq o‘qing!” deb javob beradi.

Adabiy tilning og‘zaki shakli bebaho ma’naviy xazinalarimiz sanalgan xalq

og‘zaki ijodi namunalari: dostonlar, ertaklar, xalq qo‘shiqlari, maqollar, matallar,

topishmoqlar, hikmatli so‘zlarni yaratish va avloddan-avlodga og‘izdan-og‘izga

o‘tkazish jarayonlari orqali shakllanib, takomil topib kelgan.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozma shakli amaldagi yozuv tizimiga

asoslanadi. Yozuv tizimi esa alifbo, grafika, orfografiya va punktuatsiya

qoidalarini o‘z ichiga oladi. Bular optik-grafik vositalar sanaladi. Demak, yozma

shakl ko‘rish va o‘qishga asoslanadi.

Yozma adabiy tilning vujudga kelishi va shakllanishida shoir hamda

yozuvchilarning ijodi katta ahamiyatga ega. Qadimgi turkiy yodgorliklar,

M.Qashg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Navoiy, Bobur, Mashrab,

Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom, Oybek,

Abdulla Oripov, Erkin Vohidov singari so‘z san’atkorlarining yozma nutqni

rivojlantirishda xizmatlari beqiyosdir.

Gazeta, jurnal, radio, televideniye, rasmiy ish idoralarining yozma va og‘zaki

nutqni takomillashtirishda o‘z o‘rni bor. Ilmiy, badiiy, publitsistik asarlar adabiy

tilda yaratiladi. Adabiy til orfografik me’yorlar bilan xarakterlanadi.

Page 29: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

O‘z nutqida sheva unsurlarini, og‘zaki so‘zlashuvga xos bo‘lgan vulgar

so‘zlarni qo‘shmasdan sof va ravon so‘zlovchi insonlar suxandon yoki nuktadon

deb e’zozlanadi.

32-mashq. Buyuk ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning quyidagi

fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring.

Hifzi lison deb har bir millat o‘z ona til va adabiyotini saqlamagani aytilur.

Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va

adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur. Hayhot! Biz

turkistonlilar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursun kundan-kun unutmak va

yo‘qotmaqdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kamlik qilub, bir

chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz. Durust, bizlarga hukumatimiz

bo‘lg‘on rus lisonini bilmak hayot va saodatimiz uchun osh va non kabi keraklik

narsadur. Lekin o‘z yerinda ishlatmak va so‘zlamak lozimdur. Zig‘ir yog‘i solub

moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur.

«Yohu! Bizga na bo‘ldi? Bobolarimiz yo‘lidan chiqub ketduk. Yaxshi

qo‘shningdan olguncha yomon uyingni qidir», – demishlar. Bobolarimizga

yetushg‘on va yaragan muqaddas til va adabiyot bizga hech kamlik qilmas. O‘z

uyimizni qidirsak va axtarsak yo‘qolganlarini ham toparmiz. “Yo‘qolsa yo‘qolsun,

o‘zi boshimga tor edi”, – deb Yovrupo qalpog‘ini kiyub, kulgi bo‘lmak zo‘r ayb va

uyatdur. Payg‘ambarimiz: “Erlarda jamol lison va tildur”, – demishlar.

33-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan olingan so‘zlarning izohiga

va ishlatilish o‘rinlariga e’tibor bering.

ADAB [arabcha adabiyot, yaxshi tarbiya, ma’qul harakat] Ijtimoiy va shaxsiy

hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya, xushmuamalalik. Adab bozorda sotilmas (Maqol)

ADABIY 1 Badiiy adabiyotga oid. Adabiy asar. Adabiy meros. Adabiy oqim.

2 Yozuvchilarga, yozuvchilik faoliyatiga oid. Adabiy hayot. Adabiy muhit.

Adabiy taxallus.

Adabiy til tilshunoslikda Umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan,

ma’lum norma (me’yor)larga solingan shakli. Adabiy tilda so‘zlashmoq.

OG‘ZAKI 1 Nutq vositasida qilinadigan, amaga oshiriladigan, yozma emas.

Og‘zaki buyruq. Xalq og‘zaki ijodi.

2 so‘zlashuv tilida, salbiy ma’noda. Quruq rasmiyat uchun aytilgan; puch.

Og‘zaki gap.

YOZMA Xat, yozuv vositasida ifodalangan, yozilgan. Yozma ma’lumot.

34-mashq. To‘ra Sulaymonning “Ota makon” she’ridan olingan parchani

o‘qing. Ona yurt himoyasiga tayyor turish deganda nimani tushunasiz?

She’riy parchadagi so‘zlarning yozilishi va aytilishiga diqqat qiling.

Toshlarin tavof qil, tuprog‘ini o‘p,

Gardin ko‘zga surtib tug‘rosini o‘p,

Har safar yukinib bayrog‘ini o‘p,

Bu Ota makondir,

Page 30: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Bu Ona yurtdir.

Boshing qo‘yib topin ostonasiga,

Zog‘ yo‘lata ko‘rma Ark-qal’asiga,

Hamisha tayyor tur himoyasiga,

Bu Ota makondir,

Bu Ona yurtdir.

35-mashq. Odil Yoqubovning “Oqqushlar, oppoq qushlar” romanidan

olingan parchani o‘qing. Suhbatning borishiga, adabiy tildan farq qiladigan

o‘rinlariga e’tibor bering va izohlang.

– Xo‘sh, yigitlar, qayerdan bo‘ladilar? – deb so‘radi. Kapitanning savoliga

birinchi bo‘lib Muzaffar javob berdi.

O‘zbekistondan, o‘rtoq kapitan!

Boloborodovning lablariga allaqanday iliq tabassum yugurdi-yu, to‘satdan

xiyol chalaroq o‘zbek tilida:

O‘zbekistondan bo‘lsalaring... Toshkentni ko‘rganmisanlar? – deb so‘radi.

Ko‘rganmiz, o‘rtoq kapitan!

Ko‘rgan bo‘lsalaring... Toshkent degani nima degani bo‘ladi?

Muzaffar talmovsirab Rasulga, Rasul Shorahimga qaradi.

Toshkent degani – Toshkent-da, o‘rtoq kapitan! – dedi Shorahim bepisand

jilmayib.

Boloborodov uning pilotkasini shartta burnigacha surib, xushnud qildi:

Qoyilman, sendaqa hamshaharlarimga! Toshkent degani nimaligini

bilishmaydi-yu, tag‘in o‘zlarini o‘zbek deb hisoblashadi bular. Tosh degani –tosh,

to‘g‘rimi?

Shunday, o‘rtoq kapitan!

Kent degani shahar degani, to‘g‘rimi?

To‘g‘ri, o‘rtoq kapitan!

Demak, Toshkent degani toshdan qurilgan shahar degani bo‘ladi! Savollar

yo‘qmi? Yo‘q bo‘lsa, ko‘rishguncha, qadrli hamshaharlarim!

Savol va topshiriqlar.

1. Adabiy tilning og‘zaki shakliga bo‘lgan xos belgilar haqida so‘zlab bering.

2. Adabiy tilning yozma shakli qachon paydo bo‘ladi?

3. Adabiy tilni shakllantirishda kimlar muhim o‘rin tutadi?

36-mashq. Uyga vazifa. Alisher Navoiyning til haqidagi fikrlarini

daftaringizga ko‘chiring va u haqda bahslashishga tayyorgarlik ko‘rib keling.

Til shirin va yoqimli bo‘lsa, yaxshi; til bilan dil bir bo‘lsa yana yaxshi. Til

bilan dil insondagi eng yaxshi a’zolardir. Bo‘stonda gulafsar, gulg‘uncha va

rayhonlar eng yoqimli gullardir. Odam tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir.

Uning tili boshqa odamlardan afzalligida bilinadi. Til shunchaki sharafi bilan

nutqning qurolidir. Agar nutq nomaqbul bo‘lib chiqsa, tilning ofatidir.

Page 31: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

8-§. TILLARNING PAYDO BO‘LISHI, TILLARNING

TARAQQIYOTI VA TASNIFI

Reja:

1. Dunyo tillari tasnifi.

2. O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari.

3. Hozirgi o‘zbek adabiy tili bosqichi.

Tayanch iboralar: tillarning tasnifi, geneologik tasnif, dunyo tillari, hind-

yevropa tillari oilasi, xom-som tillari oilasi, til tarixi, oltoy tili, turkiy tillar, davlat

tili, qonun.

Topshiriq. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asaridan

olingan parchaga e’tibor bering. Turkiy qabilalarning atalishiga diqqat qilin va

tillarning taraqqiyoti haqida o‘z fikrlaringizni bildiring.

Turklar aslida yigirma qabiladir. Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha

urug‘lari bor. Men bulardan asosiy urug‘larini yozdim, shoxobchalarini tashladim.

Rumga yaqin birinchi qabila bajanak, so‘ng qifchaq, og‘uz, jamak, bashg‘irt,

basmil, so‘ng qay, so‘ng yabaqu, so‘ng tatar, so‘ng qirg‘iz keladi. Qirg‘izlar Chin

yaqinidadirlar. Bu qabilalar hammasi Rum yonidan kunchiqargacha cho‘zilgandir.

So‘ng chigil, so‘ng tuxsi, so‘ng jag‘ma, ig‘raq, so‘ng jaruq, so‘ng jumul, so‘ng

uyg‘ur, so‘ng tangut, so‘ng xitoy...

Har bir millatning tafakkuri va tamadduni uning tilida o‘z in’ikosi topadi. Til

tarixi xalq tarixi bilan chambarchas bog‘liq holda kechadi.

Dunyo tillari bir necha jihatdan tasnif qilinadi. Shulardan biri geneologik

(tillarning kelib chiqishiga ko‘ra) guruhlanishi sanaladi. Jahondagi tillar quyidagi

guruhlanadi:

I. Hind-yevropa tillari oilasi. Bu oilaga 100 ga yaqin tillar kiradi va quyidagi

tarmoqlarga bo‘linib ketadi.

1. Hind tillari guruhi: hind, bengal, panjob, lahnda, sindxi, rajastxoniy,

gujarat, maratxi, singal, nepal, bixar, oriya, assam, kashmir kabi tillar. Bu tillarda

gaplashuvchi til sohiblari asosan Hindiston va Pokistonda istiqomat qilishadi.

2. Eron tillari guruhi: fors, dariy, pushtu, baluchi, tojik, kurd, osetin, tat,

yagnob tillari. Mazkur tilda gaplashuvchilar Eron, Pokiston, Afg‘oniston va

qisman Markaziy Osiyoda keng tarqalgan.

3. Slavyan tillari guruhi: a) sharqiy tarmoq: rus, ukrain, belorus tillari;

janubiy guruh: bolgar, makedon, serb-xorvat, sloven tillari; g‘arbiy guruh: chex,

slovak, polyak tillari.

4. Boltiq tillari guruhi: litva, latish tillari.

5. German tillari guruhi: a) shimoliy german (skandinaviya) tillari: daniya,

shved, norveg, island tillari; b) g‘arbiy german tillari: ingliz, nemis, niderland

tillari.

6. Roman tillari guruhi: fransuz, italyan, ispan, sard, portugal, katalon,

rumin, moldovan, kreol tillari.

7. Kelt tillari guruhi: irland, shodland tillari.

Page 32: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

8. Grek tili.

9. Alban tili.

10. Arman tili.

11. Xetto-liviya (anatoliya) tillari guruhi: xett, liviya, palaya, lidiya, likiya

tillari (Bugungi kunda mazkur tillarning barchasi o‘lik tillar sanaladi).

12. Toxar tili (Bu tildan ham hozirda hech kim foydalanmaydi. Toxarlar

Sharqiy Turkistonda yashashgan).

II. Kavkaz tillari oilasi.

1. G‘arbiy guruh (abxaz-adigey tillari)

A) Abxaz tillari guruhi: abxaz tili, abaza tili; b) cherkas tillari guruhi: adigey,

kabardin, ubix tillari.

B) Sharqiy guruh

1. Nax tillari guruhi: chechen, ingush, batsbiy tillari.

2. Dog‘iston tillari: avar, dargin, lak, lezgin, tabasarin, andiy, karatin, tindin,

chamolin, bagval, axvax, botlix, gadober, sez, betetin, xvarshin, gunzib, ginux,

saxur, rutul, agul, archin, budux, kriz, udin, xinalug tillari.

V) Janubiy guruh: a) megrel tili; b) laz (chan) tili; v) gruzin tili; g) svan tili.

III. Ural tillari oilasi

A. Ugor-fin tillari mikroguruhi.

1. Ugor tillari guruhi: vengr (mojor), mkansiy, xantiy tillari.

2. Fin-boltiqbo‘yi tillari guruhi: fin, eston, ijor, karel, veps, vod, liv, saam

tillari.

3. Perm tillari guruhi: komi-ziryan, komi-perm, udmurd tillari.

4. Voljsk tillari guruhi: mariy, mordov tillari.

B. Samodiy tillari mikroguruhi.

a) nenets tili; b) nganasan tili; v) yenets tili; g) selkum tili.

IV. Oltoy tillari oilasi.

1. Turkiy tillar guruhi: o‘zbek, turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar,

qorag‘oy-balqar, qo‘miq, no‘g‘oy, qaray, boshqird, shor, xakas, tuva, yoqut,

dolgan, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, uyg‘ur, chuvash tillari kiradi.

2. Mo‘g‘ul tillari guruhi: mo‘g‘ul, buryat, qalmoq tillari.

3. Tungus-manjur tillari

a) sibir tillari: yevenk, yeven tillari; b) manjur tili; v) amur tillari: nanay, idey,

orog tillari; g) yapon, koreys tillari ( mazkur tillar hech qaysi guruhga

kiritilmaydi).

V. Xom-som tillari oilasi.

1. Som tillari guruhi: arab, amxar, tigre, tigray, gurage, xarari, ossuriy tillari.

2. Misr tillari guruhi: qadimgi misr tili, kort tili (bu tillar o‘lik tillar sanaladi).

3. Berber-liviya tillari guruhi: gxademez, siuya, tuare, zenaga, kabil, tashel,

zenet, tamazigxt tillari.

4. Kushit tillari guruhi: badaviy, agav, sidamo, afar-saxo, somali, oromo,

irakv tillari.

5. Chad tillari guruhi: xausa, gvardara, ngizim, boleva, karekare, angaz, sura,

tera, magri, mandara, kotoko, mubi, sokoro tillari.

VI. Niger-kongo tillari oilasi (Afrikada istiqomat qiluvchi xalqdar tillari).

1. Mande tillari guruhi: bamana, soninke, soso, maninka, krelle, loma, mende

tillari.

Page 33: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

2. Atlantika tillari guruhi: fula, volof, serer, diola, konyagi, gola, temne,

bullom tillari.

3.Ijo tili guruhi.

4. Kru tillari guruhi: seme, bete, godiye, kru, grebo, uobe tillari.

5. Kva tillari guruhi: akan, baule, adele, adangme, yeve, fon tillari.

6. Dogon tili guruhi.

7. Gur tillari guruhi: bariba, senari, suppuge, gurenne, gurma, kasem, kabre,

kirma tillari.

8. Adamaua-ubangi tillari guruhi: longguda, tula, chamba, mumuye, mbum,

gbayya, ngbaka, sere, mundu, zande tillari.

9. Benuye-kongo tillari guruhi: nupe, yoruba, igbo, yedo, jukun, yefik, ibibio,

kambari, birom, tiv, bamileke, kom, lamnso, tikar tillari.

10. Kordofan tillari guruhi: kanda, miri, tumtum, katla, rere, utoro, yeugem,

tegali, tagov tillari.

VII. Nil-sahroyi tillari oilasiga songay, kanuri, tubu, zagava, fur, mimi,

mabang, debri, maxas, bale, suri, nera, ronge, tama, shillik, luo, acholi, nuyer,

bari, teso, nandi, pakot, kresh, sinyar, sara, bagirmi, moru, madi, logbara,

kunama, berta, kauma, komo tillari kiradi.

VIII. Korsan tillari oilasiga bushmen va gottentot tillari kiradi.

IX. Xitoy-tibet tillari oilasiga kiruvchi xitoy, tibet, dungan, birma tillari

vakillari Xitoy, qisman Markaziy Osiyo, Rossiya, Mongoliya, Nepal, Hindistonda

yashovchi aholi tili sanaladi.

X.Tay tillari oilasiga Laos, Vetnam, Birma, Janubiy Xitoy hamda Shimoliy-

sharqiy Hindistonda istiqomat qiluvchi tay, laos, tan, kxamti, axom, kxin, dun,

shau, sek, lakya, li, laki kabi xalqlarning tillari kiradi.

XI. Myao-yao tillari oilasiga kiruvchi xmong, xmi, yao, nu tillari vakillari

Xitoyning markaziy va janubiy hududlarida hamda Laos, Vetnam, Tailandda

yashaydi.

XII. Dravid tillari oilasiga Hindistonning janubiy va g‘arbiy hududlarida

yashovchi tamil, telugu, malayalam, kannara, tulu, gondi aholisining tillari kiradi.

XIII.Avstaloosiyo tillari oilasiga munda, kxmer, palaung, nikobar, vetnam,

kxasi, malakka, nagali tillari kiradi. Bu til vakillari Hindistonning sharqiy va

g‘arbiy hududlarida, Kombodja, Vetnam, Bangladesh kabi mamlakatlarda

istiqomat qiladi.

XIV. Malayya-polinez tillari oilasi. Bu oilaga Indoneziya, Filippin,

Plineziya va Yava orollarida istiqomat qiluvchi aholi gaplashuvchi indoneziya,

batak, yava, sundan, bali, saddan, tagal, ilokan, bikol, tongo, nauru kabi tillar

kiradi.

XVI. Avstraliya tillari. Markaziy va Shimoliy Avstraliyada yashovchi tub

aholi tillari. Ular ichida eng e’tiborlisi aranta tili sanaladi.

XVII. Paleosiy tillari oilasiga shimolda yashovchi xalqlarning chukcha,

koryak, itelmen, kerel, eskimos, aleut, ket,nixv, yukagir kabi tillar kiradi.

XVIII. Hindu tillari oilasi. Bu oilaga Amerika qit’asining tub aholisi tillari:

delevar, yurok, mikmak, foks, kri, potovatomi, guron, dakota, kechua, siu kabi tillar

kiradi.

Boshqa tillar kabi o‘zbek tili ham olis tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan.

Page 34: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

O‘zbek tili tarixiy jihatdan oltoy tillari oilasining turkiy tillar guruhiga kiradi.

Oltoy tili o‘zbek tili uchun bobo til sanaladi. Ona tilimiz uyg‘ur, qirg‘iz, qozoq,

boshqird, tatar, qoraqalpoq, gagauz, shor, xakas, usmonli turk singari o‘ttizga

yaqin tillar bilan qarindosh sanaladi.

Uning tarixini quyidagi taraqqiyot bosqichlariga bo‘lib o‘rganish mumkin.

1. Eng qadimgi turkiy til (VI asrgacha)

2. Qadimgi turkiy adabiy til (VI-X asrlar)

3. Eski turkiy adabiy til (XI-XIV asr ikkinchi yarmigacha)

4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asrning ikkinchi yarmidan XX asrning

I choragigacha)

5. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (XX asrning birinchi choragidan bugungi

kungacha bo‘lgan davr)

O‘zbek tili bugunga kelib milliy adabiy til darajasiga ko‘tarildi.

Ko‘rinadiki, o‘zbek tili murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Uning rivojiga

turli davrlarda arab, fors-tojik, rus tillari kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Mazkur tillar

o‘zbek tilining tovush tizimida, leksikasi va grammatikasida sezilarli

o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Ayniqsa, o‘zbek tilining lug‘at

jamg‘armasida arabcha, forscha-tojikcha, ruscha-baynalmilal so‘zlar nihoyatda

ko‘p uchraydi. Buni xalqimizning hayotida ro‘y bergan tub burilishlar, ijtimoiy-

iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda izohlash darkor.

Har bir tilning mavqei, jamiyatda tutgan o‘rni uning shu til sohiblari

tomonidan qay darajada ishlatilishiga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, o‘zbek tiliga

qarash hamma davrlarda turlicha bo‘ldi. Arablar istilosidan so‘ng O‘rta Osiyoda

arab tili rasmiy til darajasiga ko‘tarildi. Barcha asardan qaysi yo‘nalishda

bo‘lishidan qat’i nazar arab tilida yozildi. Shu bois, Muhammad al-Xorazmiy, Abu

Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Imom

Buxoriy kabi buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, dunyo tamadduniga

munosib hissa bo‘lib qo‘shilgan, ilm-fanning turli sohalarida yozilgan bebaho

asarlarning barchasi arab tilida yozilgan.

X-XIV asrlarda fors-tojik tilining saroy muhitida, rasmiy va adabiyot tili

sifatida keng ko‘lamda qo‘llanilishi natijasida turkiy til (eski o‘zbek adabiy tili)

rivoji sal sustroq kechdi.

Uzoq vaqtlar mobaynida O‘rta Osiyoda arab tili ilm tili, fors-tojik tili adabiyot

tili, o‘zbek tili esa oddiy so‘zlashuv tili sifatida saqlanib qoldi. Biroq, o‘z

asarlarida xalq dardi, uning orzu-umidlari, maqsad va intilishlarini baralla

kuylagan Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Xorazmiy, Sayfi Saroiy, Atoiy,

Gadoiy, Lutfiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Turdi Farog‘iy, Boborahim

Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi shoir va yozuvchilarimizning asarlari eski o‘zbek

tilining shakllanishi hamda taraqqiy etishida munosib o‘rin egalladi. Ular o‘z

asarlari bilan o‘zbek tilining shon-shuhratini yoyishda, uni yangi taraqqiyot

bosqichlariga olib chiqishda fidoiy bo‘ldilar.

Bu borada Alisher Navoiyning xizmatlarini hech narsa bilan o‘lchab

bo‘lmaydi. H. Vamberi ta’biri bilan aytilgan “Amur Temurdan boshlangan haqiqiy

turklik davri”ni Alisher Navoiy oxiriga yetkazdi. U o‘zbek tilining arab va fors-

tojik tillaridan qolishmasligini ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berdi. Uning

“Hazoyin ul-maoniy”, “Xamsa”, “”Vaqfiya”, “Tarixi mulki Ajam”, “Muhokamat

ul-lug‘atayn”, “Majolis un-nafoyis”, “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub” kabi

Page 35: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

asarlari eski o‘zbek tilida yaratilgan va tilimizning bebaho namunalari, o‘lmas

xazinasi sanaladi. Husayn Boyqaro bevosita uning ta’sirida davlat tili haqida

farmon chiqarishga jazm etgan edi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonni istilo qilgan chor Rossiyasi o‘zbek

tili taraqqiyotining boshqa bir tomonga burilib ketishiga sababchi bo‘ldi. Abdulla

Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulhamid Cho‘lpon kabi

ma’rifatparvar ijodkorlar o‘zbek tilining yangi sifat bosqichiga ko‘tarilishida

muhim o‘rin tutdi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida

ijtimoiy hayotimizda sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar ona tilimiz tarixida o‘chmas iz

qoldirdi va tilimiz rivojiga ikki xil ta’sir ko‘rsatdi.

1. Ijobiy ta’sir. O‘zbek tili rus tilining aralashuvi, vositachiligida ilm-fan,

texnika tiliga aylana bordi. Rasmiy ish yuritish qog‘ozlarining qoliplari o‘zgarib,

yangicha shakllar paydo bo‘ldi. Rus tili orqali yevropa tillaridan o‘zbek tiliga

ko‘plab ruscha-baynalmilal so‘zlar o‘zlashdi. O‘zbek tili o‘z raraqqiyotining yangi

sifat bosqichiga ko‘tarildi.

2. Salbiy ta’sir. Uzoq vaqtlar mobaynida til sohasida olib borilgan noto‘g‘ri

siyosat tufayli o‘zbek tilining funksional-uslubiy jihatlariga putur yetdi, ilmiy va

rasmiy uslublarda undan deyarli foydalanilmay qo‘yildi. Ayniqsa, o‘tgan asrning

80-yillariga kelib bu holat eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. Buning pirovard

natijasida xalq o‘z ona tilisi, uning kelajagi ustida jiddiy bosh qotira boshladi.

Mustaqillik uchun kurash til uchun kurashdan boshlandi. O‘zbek tiliga Davlat tili

maqomi berilishini butun xalq qo‘llab-quvvatladi. Bu kurash va uning olamshumul

yechimi buyuk millatparvar inson, ulkan ma’naviy jasorat egasi Islom Karimov

nomi bilan bog‘liq. Sobiq ittifoq o‘z o‘rnida metinday mustahkam turgan, qahri

qilichday o‘tkir bir zamonda – 1989-yilning 21-oktabr kuni “O‘zbek tiliga Davlat

tili maqomi berish to‘g‘risida” Qonun e’lon qilindi. Bu xalqimizning ulkan tarixiy

g‘alabasi, olamshumul yutuq edi. Buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin.

– rasmiy ish qog‘ozlarini ona tilimizda yuritish imkoniyatlari ochildi;

– ilmiy uslubning rivojida yangi davr boshlandi;

– o‘zbek tili dunyo tillari bilan aloqaga kirishdi;

muhimi, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, o‘zbekchiligimiz o‘ziga

qaytdi.

Ona tilimizga bo‘lgan munosabat, ayniqsa, Mustaqillik yillarida tubdan

o‘zgardi: DTS lari joriy etildi, darsliklarning yangi, zamonaviy avlodi yaratildi,

ilgarilari tajribada bo‘lmagan “O‘qituvchi kitoblari” muomalaga kiritildi. Bulardan

ko‘zlangan bosh maqsad ona tilida mustaqil fikrlaydigan, ravon so‘zlay oladigan

yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir.

Qonun 1995-yilning 21-dekabrida qayta tahrir qilindi.

37-mashq. “Otalar so‘zi” asaridan olingan til haqidagi fikrlarni o‘qing.

Ular haqida o‘z fikrlaringizni bildiring.

1. Til borki, bol keltiradi, til borki, balo keltiradi. 2. Til tezligidan qadam

tezligi yaxshi. 3. So‘zning aytguvchisiga qarama, aytgan so‘ziga boq. 4. Ikki narsa

foydasiz: hikmatsiz so‘z va tafakkursiz sukut.

Page 36: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

5. Til tinch bo‘lsa, bosh salomat bo‘ladi. 6. Qo‘lingdan kelmagan narsani

tilingga keltirma. 7. Har kimki o‘z og‘zining qorovuli bo‘lsa, nafasi hech qachon

bo‘g‘ilmadi.

38-mashq. Matnni o‘qing. O‘lik tillar deganda qanday tillarni

tushunasiz? Shu haqda bahs yuriting.

Insoniyat tarixida iste’moldan chiqib ketgan va va butunlay yo‘qolib ketgan

tillar talaygina. Ularni tilshunoslar ikkiga bo‘lib o‘rganadilar. Yozma nutqqa ega

bo‘lgan “o‘lik tillar” hamda faqat og‘zaki shakli bor “o‘lik tillar”. Og‘zaki

nutqqagina ega bo‘lib, hozirda butunlay yo‘qolib ketgan tillarning son-sanog‘i

yo‘q. Ham yozma, ham og‘zaki nutq shakliga ega, hozirda amalda mavjud

bo‘lmagan qadimiy tillar ham anchagina. Tilshunoslik fanida bunday tillar “o‘lik

tillar” deb ataladi. Bunday tillardan ikkitasi fan olamida juda mashhur. Ulardan biri

Hindistondagi qadimiy sanskrit tili bo‘lsa, ikkinchisi zamonaviy tibbiyot xodimlari

keng iste’foda etadigan lotin tili hisoblanadi. (X.Sa’dullayeva)

39-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan olingan so‘zlarning izohiga

diqqat qiling. Ularning ishlatilishi o‘rinlariga misollar keltiring.

ODAM 1. Fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, shu

tufayli boshqa hamma mahluqotdan ustun turuvchi jonli zot, kishi, inson.

2. Kishilik jamiyatining ayrim bir a’zosi, shaxs. 3. Jamoa xo‘jaligi, oila

a’zolarining har biri. 4. Biror boy-badavlat yoki amaldor kishining xizmatkori

yoki tarafdori. 5. O‘zga jamoa yoki oila a’zosi.

ODAMIYLIK Odamga, chin insonga xos xislatlar, chin odamlik, insonlik.

ODAMOXUN Odamgarchilikni biladigan, odamning izzat-hurmatini bajo

keltiradigan, birov uchun jonini ham ayamaydigan, olijanob.

ODAMSHAVANDA 1. Odamning qadriga yetadigan, kishining hurmatini

bajo keltiradigan, odamoxun. 2. Ko‘chma. Odamga o‘xshagan, odam qatoridagi.

40-mashq. Alisher Navoiy qalamiga mansub quyidagi ruboiyni yodlang,

unda ilgari surilgan g‘oya haqida suhbatlashing. O‘zbek adabiy tilining

shakllanishida Alisher Navoiyning xizmatlari haqida gapirib bering.

So‘zdurki nishon berur o‘lukka jondin,

So‘zdurki berur jong‘a xabar jonondin.

Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,

Bilkim, guhare sharifroq yo‘q ondin.

41- mashq. Televideniye orqali xalqaro sport musobaqalarini kuzatib

borganmisiz? Ko‘rsatuvlar nima uchun ingliz, rus yoki musobaqa

o‘tkazilayotgan davlat tilida olib boriladi? Kurash bilan bog‘liq sport

musobaqalarida hakamlar tomonidan ishlatilayotgan kurash, chala, yonbosh,

dakki, g‘irrom, raqib, halol kabi o‘zbekcha atamalar sizning qalbingizga

qanday ta’sir qiladi? O‘zbek tili dunyo tillari mavqeiga ega bo‘la oladimi?

Page 37: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Savol va topshiriqlar.

1. Dunyo tillarining qanday til oilalarini bilasiz?

2. Oltoy tillari oilasiga qaysi tillar kiradi?

3. Turkiy tillarga qaysi tillar kiradi? Nima uchun ular o‘zbek tiliga qarindosh

tillar sanaladi?

4. O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari haqida gapirib bering.

42-mashq. Uyga vazifa. Alisher Navoiy tilida faol qo‘llangan quyidagi

so‘zlarga diqqat qiling va ularning nima sababdan tilimizda ishlatilmay

qo‘yilganini aniqlashtirishga harakat qilib ko‘ring.

Arig‘ – pokiza, sof; asig‘ – foyda, bahra; bekach – qiz bola; bibak – ko‘z

qorachig‘i; biltak – duduq, tutilib gapiradigan; boyir – qir, tepa, balandlik yer;

boyg‘izi – quruq maqtanchoq, hovliqma; dorimoq – paydo bo‘lmoq, hozir

bo‘lmoq, yo‘liqmoq.

2-bob. FONETIKA

9-§. FONETIKA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. HOZIRGI ZAMON

ONA TILINING FONETIK VA FONOLOGIK TIZIMI

Reja:

1. Fonetika va fonologiya haqida ma’lumot.

2. Til va nutq tovushlari.

3. Fonetika va uning bo‘limlari haqida ma’lumot.

Tayanch iboralar: nutq, tovush, nutq bo‘lagi, akustik-artikulyatsion birlik,

nutq tovushlari, til tovushlari, fonetika, nutq apparati, tovush kuchi, tovush

balandligi, tovush tembri, tovushlarning artikulyatsion o‘rni, tovushlarning

fiziologiyasi, umumiy fonetika, qiyosiy fonetika, tarixiy fonetika, tavsifiy fonetika,

eksperimental fonetika, tovushlarning ijtimoiy qiymati.

Topshiriq. Alisher Navoiy ijodidan olingan she’rni o‘qing, unda ilgari

surilgan g‘oya haqida suhbatlashing. So‘zlardagi unli va undosh tovushlarga

e’tibor bering.

To hirsu havas xirmani barbod o‘lmas,

To nafsu havo qasri baraftod o‘lmas,

To zulmu sitam jonig‘a bedod o‘lmas,

El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas.

Olam murakkab ko‘rinishga ega. Uning boshlanish va tugash nuqtasi hech

kimga ma’lum emas. Dunyodagi narsalar, voqea va hodisalar son-sanoqsiz va

tuganmasdir. Ular ichida harakatlanishi, olamga ta’sir o‘tkazib, uni o‘zgartira

olishi bilan INSON yagona jonzot sanaladi. Tabiatda insonga noma’lum bo‘lgan

va har doim uni o‘ylantirib kelgan muammolar ko‘p. Shulardan biri til masalasidir.

Page 38: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Boisi inson olamni tili vositasida his qiladi, o‘rganadi va biladi. Bu jarayon

markaziy nerv sistemasiga tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari

yordamida uzatilgan axborot orqali amalga oshiriladi. Qizig‘i, bu kabi sezgi

a’zolari boshqa jonzotlarda ham mavjud, ammo tirik mavjudodlarning eng oliy

shakli sifatida inson ularda bor bo‘lmagan yana bir betakror va mo‘jizakor

qo‘shimcha bilish vositasiga – nutqqa ham ega. Insonda kelayotgan ta’sirlarga

javob qaytarish qobiliyati bor. Ilm-fanda bu xususiyatga birinchi va ikkinchi signal

sistemasi deb qaraladi. Birinchi bilish vositalarini mashhur ruhshunos P. Pavlov

birinchi signal sistemasi, keyingisini esa ikkinchi signal sistemasi deb nomlagan.

Ikkinchi signal sistemasini namoyon etishda til muhim o‘rin tutadi.

Til yaxlit bir butunlik sifatida o‘z ichida bir nechta tarkibiy qismlardan iborat

bo‘ladi. Mazkur tarkibiy qismlarning poydevorida nutq tovushlari turadi. Shunga

ko‘ra tilni o‘rganish, eng avvalo, nutq tovushlarini o‘rganishdan boshlanadi.

Nutqimizni qismlarga ajratadigan bo‘lsak, uning oxirgi bo‘linish nuqtasi

tovushlar bo‘ladi. Masalan, “Yoshlar jamiyatni harakatlantiruvchi asosiy kuchdir”

jumlasi yoshlar, jamiyat, harakatlantiruvchi, asosiy, kuchdir so‘zlariga, bu

so‘zlar, o‘z navbatida, yosh-lar ja-mi-yat-ni ha-ra-kat-lan-ti-ruv-chi a-so-siy kuch-

dir bo‘g‘inlariga, bo‘g‘inlar esa yo-sh-l-a-r j-a-m-i-ya-t-n-i h-a-r-a-k-a-t-l-a-n-t-i-

r-u-v-ch-i a-s-o-s-i-y k-u-ch-d-i-r singari tovushlarga bo‘linadi. Bo‘linishning

oxirgi nuqtasi bo‘lgan va boshqa mayda bo‘laklarga bo‘lish mumkin bo‘lmagan

nutq bo‘lagi (akustik-artikulyatsion birlik) tovush hisoblanadi.

Inson o‘z aqli, tafakkuri, fikrlash qobiliyati bilan alohida ajralib turadi.

Shuning uchun ham hazrat Alisher Navoiy bu haqda shunday deb yozgan edi:

So‘z judo ayladi insonni hayvondin,

Bilki, guhari sharifroq yo‘q ondin.

Har bir inson o‘zi yashayotgan jamiyatning ajralmas bir bo‘lagi sanaladi va

mazkur jamiyatning o‘zidan boshqa a’zolari bilan muntazam aloqada bo‘ladi. Bu

aloqa nutq tovushlari (yozma nutqda esa harflar ketma-ketligi) yordamida amalga

oshiriladi.

Aloqa jarayonida axborot uzatuvchi – so‘zlovchi, eshituvchi esa tinglovchi

sanaladi. Tinglovchi olamdagi narsa va hodisaning umumlashgan obrazini

so‘zlovchi uzatgan nutq tovushlari yordamida o‘zining miyasida tiklaydi va bunga

munosib javob qaytara oladi.

So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi mazkur jarayon nutqiy faoliyat sanaladi.

Nutqiy faoliyat insonlar o‘rtasidagi eng muhim aloqa vositasi sanalgan til orqali

yuzaga chiqadi. Uning yozma ko‘rinishi ham mavjud.

Shu o‘rinda til va nutqni farqlash lozim. Buni shveytsariyalik olim Ferdinand

de Sossyur birinchilardan bo‘lib farqlagan va nutqiy faoliyatning til va nutq

zidlanishi asosida amalga oshishini ta’kidlab ko‘rsatgan edi.

Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat azolari uchun

barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi – til, shu tilning muayyan

shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo‘lishi, voqelanishi nutqdir.

Til va nutq umumiylik – xususiylik, imkoniyat – voqelik, mohiyat – hodisa

tarzida bir-biriga zidlanadi va bunday zidlanish har bir til sathlariga xos birliklarda

ham o‘z ifodasini topadi.

Page 39: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo‘lsa, fonemaning real

talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko‘rinishi tovush yoki fon (allofon)

hisoblanadi.

Til belgilar sistemasi sifatida o‘z ichida bir qancha bo‘laklarga tarkibiy

qismlarga ajraladi. Tilni material jihatidan ta’minlab turuvchi, uning tashqi

tomonini gavdalantirib turuvchi eng muhim qismlairdan biri fonetikadir.

Fonetika so‘z grekcha phone so‘zidan olingan bo‘lib, tovush degan ma’noni

bildiradi va tilning tovush tizimini o‘rganadigan bo‘limi sanaladi.

Avvalo, til tovushlari va nutq tovushlarini bir-biridan farqlamoq kerak. Til

tovushlari fonologiyada, nutq tovushlari fonetikada o‘rganiladi.

Nutq tovushlari, ularning bir-biriga zidlanishi, unli va undosh tovushlar,

tovushlarning paydo bo‘lish qonuniyatlari, rivojlanishi, ularning kombinator va

pozitsion o‘zgarishlari, bo‘g‘in va uning tuzilishi, urg‘u kabi hodisalar fonetikada

o‘rganiladi.

Nutq apparati, uni tashkil qiluvchi a’zolar ham shu bo‘limning o‘rganish

obyekti sanaladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, fonetika tabiat va jamiyatdagi har qanday

tovushlarni emas, balki ijtimoiy qiymatga ega bo‘lgan nutq tovushlarinigina

o‘rganadi. Shu jihatdan mazkur bo‘lim ilm fanning bir qator tarmoqlari, chunonchi

falsafa, biologiya, anatomiya, fizika, psixologiya bilan chambarchas bog‘liq holda

yashaydi.

Nutq tovushlari tildagi so‘zlarning tovush qobig‘i hisoblanadi. Ularni talaffuz

etmay turib, shuningdek, eshitmasdan turib tevarak-olamdagi narsa-hodisalar

haqida muayyan tushunchalarga ega bo‘la olmaymiz.

Real narsalar va hodisalar tovush yoki tovushlar kompleksidan iborat bo‘lgan

yaxlit obraz shaklida ongimizda qayta gavdalanadi. Muhimi, tovushlarning ketma-

ketligi, o‘ziga xos ma’no zanjiri vositasida bizga axborot yetkazadi. Insonlar nutq

tovushlari yordamida fikr berib, fikr oladilar. Fonetikada aynan mana shu hodisalar

o‘rganiladi.

Fonetika leksika va grammatikaning moddiy asosi, material tomoni sanaladi

va tilning leksika, morfologiya, sintaksis kabi bo‘limlari bilan chambarchas

aloqadadir. Shu bois, fonetikani yaxshi o‘zlashtirish boshqa bo‘limlarni ham bilib

olish uchun yo‘l ochib beradi.

Tilning tovush sistemasi ko‘p qirrali va murakkab hodisa sanaladi. Fonetikada

tovushlar turli jihatdan bo‘yicha o‘rganiladi. Shunga asosan fonetikaning quyidagi

bo‘limlari farqlanadi.

1. Umumiy fonetika. Bu bo‘limda fonetikaning umumiy tomonlari, nutq

tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, turlari, tovush o‘zgarishlari o‘rganiladi.

2. Tarixiy fonetika. Bu bo‘limda muayyan tilga xos bo‘lgan tovushlarning

tarixiy taraqqiyot yo‘li o‘rganiladi.

Tovushlarning kelib chiqishi tildan tilga o‘zlashish qonuniyatlari analiz

qilinadi. Masalan, o‘zbek tilining dastlabki bosqichlari uchun “a” lashish hodisasi

xarakterli hodisa sanalar edi. Keyinchalik fors-tojik tilining ta’sirida o‘zbek tilida

“o” tovushi paydo bo‘ldi va u ona tilimizdagi singarmonizm hodisasining

susayishiga birmuncha ta’sir ko‘rsatdi (ata-ota, bala-bola, bardim-bordim kabi).

3. Qiyosiy fonetika. Fonetikaning bu bo‘limida nutq tovushlari bir-biriga

nisbatan qiyoslab o‘rganiladi. Bu jarayon uch ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.

Page 40: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

a) bir til ichidagi sheva va dialektlarga xos bo‘lgan nutq tovushlari bir-biriga

solishtiriladi;

b) qardosh tillarning tovush tizimi bir-biriga qiyoslab o‘rganiladi;

v) turli sistemaga oid bo‘lgan tillardagi nutq tovushlari bir-biriga qiyoslanadi.

4. Tavsifiy fonetika. Bunda ma’lum bir tilga xos bo‘lgan fonetik tizim

bugungi kun nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Nutq tovushlariga sinxron aspektdan

turib baho beriladi.

5. Eksperimental fonetika. Bu bo‘limda nutq tovushlari maxsus apparatlar,

asboblar yordamida o‘rganiladi. Ularning tovush kuchi, qisqaligi va cho‘ziqligi,

akustik xususiyatlari chuqur tekshiriladi.

43-mashq. Abu Mansur al-Moturudiyning hikmatlarini o‘qing, ularda

ilgari surilgan g‘oya bo‘yicha bahslashing. So‘zlarda ishlatilgan unli

tovushlarga diqqat qiling.

Dono ko‘ringan nodondan hazar qil. Kam gapir, oz yeginu kam uxla.

Martabayu izzatni ilmdan izla. Odamlarning oldida nima desang, orqasidan ham

o‘shani gapir. Sabrli bo‘l, murodga yetarsan. Chin e’tiqod bebaho ganjdir. Har

kimning nonini yema, ammo hammaga non ber. To‘g‘ri yo‘lni ochquchi ilmdir.

Dushmaning bilan inoqlashgan do‘stdan qo‘rq

44-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan tovush so‘ziga berilgan

izohlarni daftaringizga ko‘chiring va uning ma’no tovlanishlariga e’tibor

bering.

TOVUSH 1 gapirish, kuylash, qichqirish, yig‘lash va sh.k. vaqtida yuzaga

keladigan va eshitish a’zolari qabul qilib oladigan hodisa; ovoz, sado, sas. Shamolli

kun qichqirma, tovushing zoye ketadi. (Maqol)

2 Ma’lum sifatlarga ega bo‘lgan ovoz. Baland tovush.

3 Mexanik tebranishlar natijasida yuzaga keladigan va quloq eshitadigan har

qanday ovoz, sado. Oyoq tovushi.

4 Shovqin, shovqin-suron. Bu qanday tovush?

5 fizikada Havo yoki boshqa bir muhit zarralarining to‘lqinsimon tebranma

harakati. Tovush tezligi. Tovush nazariyasi.

6 tilshunoslikda Nutq a’zolari artikulyastiyasi bilan hosil bo‘ladigan eng

kichik til birligi.

7 musiqada Musiqaning ifoda kuchiga ega eng kichik tarkibiy qismi.

8 ko‘chma ma’noda Saylovlarda yoki biror masalani hal etishda o‘z fikrini

bildirish huquqi va usuli, ovoz.

45-mashq. Shoir Mansur Yunusning ijodidan olingan she’riy parchani

daftaringizga ko‘chirib yozing. So‘zlarning aytilishi va yozilishiga diqqat

qiling.

Bilsang, Vatan har bir qalbda sajdagoh,

Qo‘shig‘imsan, kuylarimga bo‘l hamroh,

O‘zbek elim, seni asrasin Alloh,

Page 41: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Tangrim nazar solgan ulug‘ Vatan bu!

46-mashq. Tugayotgan bo‘g‘in bilan boshlanuvchi so‘zlar qatorini hosil

qilishga urinib ko‘ring. Tovush o‘zgarishi bilan so‘z ma’nosining butunlay

boshqa tomonga burilib ketayotganiga diqqat qiling.

QIS QICH QIR G‘ICH

TUR MUSH TUM SHUQ

GUL DON A NOR

QA LAM PA TIR

MA’ NO XUSH BO‘Y

BA LO CHIN NI

Savol va topshiriqlar.

1. Fonetika deb nimaga aytiladi?

2. Fonologiyada qanday tovushlar o‘rganiladi?

3.Fonetika va fonologiya o‘rtasidagi farqlarni aytib bering.

4. Fonema va tovush so‘zlariga izoh bering.

47-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, undagi nutq tovushlariga e’tibor

bering. So‘z to‘g‘risida o‘z fikrlaringizni bildiring.

Mavlono Rumiy har bir so‘zga diqqat qilish lozimligini aytadi: “Bu til

chaqmoq temiri va chaqmoq toshi kabidir. Tildan chiqqan so‘z otashga o‘xshaydi.

Gohida lof bo‘lsin deya, gohida nimanidir tushuntirish, anglatish uchun bo‘lsa

ham, u temir va toshni bir-biriga urma! Shuni bilki, o‘ylamay aytilgan so‘z

kamondan otilgan o‘q kabidir. Ey farzand, o‘qni ortga qaytarib bo‘lmaydi. (“Islom

nuri” gazetasidan)

10-§. ONA TILINING FONETIK VOSITALARI: NUTQ

TOVUSHLARI, URG‘U, OHANG

Reja:

1. Nutq tovushlari haqida ma’lumot.

2. Urg‘u va uning turlari.

3. Nutqda ohangning tutgan o‘rni.

Tayanch iboralar: nutq tovushlari, urg‘u, so‘z urg‘usi, ma’no urg‘usi,

ohang, ona tilining fonetik vositalari, segment birlik, ustsegment birlik.

Topshiriq. Alisher Navoiy qalamiga mansub hikmatli so‘zlarni o‘qing.

So‘zlarga tushayotgan urg‘ularga e’tibor bering.

Ochiq chehrali odam ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq bo‘ladi. Ochiq

yuzidan xaloyiqqa xursandlik; chuchuk so‘zidan el-yurtga xurramlik. Odamiylik

Page 42: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

bilan ko‘ngillarga sevimli; insoniylik bilan jonlarga yoqimli. Undan do‘st-dushman

xotirjam. Bunday kishi umridan baraka topgay.

Tabiat va jamiyatda narsa va hodisalar yakka, alohida holda mavjud

bo‘lmaydi. Ular muayyan zamon va makondan o‘rin topadilar va muttasil ravishda

bir-birlari bilan muomala-munosabatda bo‘ladilir. Bu munosabat ularning bir-

birlariga ta’siri, tegishi, ishqalanishi vositasida amalga oshiriladi va bu jarayonda

juda ko‘p tovushlar hosil qilinadi. Masalan, daryoning shovullashi, barglarning

shitirlashi, shamolning g‘uvullashi ostida o‘ziga xos tabiat hodisalari yotadi.

Ularning paydo bo‘lishi ma’lum bir fizik qonuniyatlar asosida ro‘y beradi.

Jismlarning bir-biriga ishqalanishi, tegishi bunga sabab bo‘ladi. Fizik tovushlar

fizika fanining akustika bo‘limida o‘rganiladi.

Tabiatda tovushlar behisob. Havo to‘lqinlari orqali qulog‘imiz bilan

eshitiladigan barcha hodisalarga tovush deymiz. Har qanday tovush ma’lum tashqi

ta’sir yordamida havo oqimining tebranishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, ip

yoki simni tarang tortib, uni qo‘lingiz bilan chertsangiz havoni tebratadi va tovush

chiqadi.

Tovushlar tabiiy va inson tovushlariga bo‘linadi. Tabiatdagi narsa va

hodisalarning bir-biriga tegishi, ishqalanishi yordamida hosil bo‘ladigan tovushlar

tabiiy tovushlar sanaladi. Masalan, shamolning esishi, yomg‘irning shitirlashi,

momoqaldiroqning gumburlashi kabi.

Nutq tovushlari tabiiy tovushlardan batamom farq qiladi va ular nutq apparati

yordamida hosil qilinadi. Nutq apparati o‘pka, bo‘g‘iz, tovush paychalari, og‘iz

bo‘shlig‘i, tanglay, til, lab, burun, tish kabi a’zolardan iborat.

Nutq tovushlarining paydo bo‘lishi uchun esa nutq apparatining bo‘lishi shart.

Nutq tovushlari faqat tirik organizmlarga, xususan, insonlarga xos. Inson tovushi

ma’noga ega ekanligi bilan tabiat va jamiyatdagi barcha tovushlardan batamom

farqlanadi. Nutq tovushlarining uch tomoni mavjud.

1. Nutq tovushlari insonning nutq apparati, ya’ni a’zolari harakati natijasida

maydonga keladi. Bu ularning fiziologik (talaffuz) tomoni sanaladi va bu holat

fiziologiya fani bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. Masalan, a, o, i, e, d, t, z, s

kabi tovushlarni talaffuz qilganimizda nutq a’zolari turlicha holatlarda bo‘ladi.

Shunga ko‘ra tovushlar bir-biridan farqli aytiladi.

2. Har qanday tovush havoning tebranishi natijasida hosil bo‘ladi va u

boshqalar tomonidan eshitiladi.

Tovushlarning balandligi, kuchi (yoki tezligi), miqdori (yoki uzunligi) va

tembri kabi sifat belgilari mavjud. Tovushlarning bu tomoniga akustik tomon

deyiladi va u fizika fani bilan aloqadorlikda o‘rganiladi.

3. Nutq tovushlari ijtimoiy qiymatga ega. Tovushlarning ketma-ket talaffuz

qilinishi orqali insonlar bir-birlari bilan muloqotga kirishadi, muayyan ma’lumotlar

boshqalarga uzatiladi. Masalan, tub – tup, qaram – karam, oxir – axir so‘zlari

birgina tovushlar yordamida farqlanmoqda. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”

jumlasi orqali juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan fikr berilmoqda. Tovush

va fonema tushunchalarini farqlash darkor.

Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan eshitgan eng kichik

va boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan nutq bo‘lagiga tovush deyiladi.

Page 43: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Tovushning ongimizda boshqalaridan farqli ravishda gavdalanadigan

mavhum obrazi, tasavvuri bor. Biz muayyan tovushni aynan mana shu obraz

yordamida boshqalariga solishtiramiz, qiyoslaymiz va nutqda o‘z o‘rnida

ishlatamiz. Masalan, “O‘tganlarni yod etish hammamizning ular oldidagi

burchimizdir” gapi tarkibida qo‘llanilayotgan yod so‘zidagi d tovushini uning

jarangli jufti t bilan almashtiradigan bo‘lsak, aks ma’no chiqib qoladi. Fonema

ongimizda gavdalanadi, tovush esa uning nutqda namoyon bo‘lishi, reallashuvidir.

Demak, so‘zlarni bir-biridan farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-

ketlik jihatdan boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan tilning eng kichik til birligi

fonema, nutq birligi tovush sanaladi.

Nutq tovushlarini aytamiz va eshitamiz. Ularning yozuvdagi ifodasi harf

sanaladi. Harflarni ko‘ramiz va yozamiz.

Tovushlarning hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz

bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrab yoki uchramasdan chiqishi muhim rol o‘ynaydi.

Harflar esa qo‘l yoki turli xil texnik apparatlar yordamida yoziladi. Harflar davriy

ahamiyatga ega. Masalan, arab, kirill, lotin yozuvlarida a, b, v, g, d va shu kabi

barcha tovushlar turlicha yoziladi, lekin ular yagona artikulyatsion bazaga egadir.

Harf tovushning yozuvdagi ifodasidir.

Inson boshqalar bilan aloqa-aralashuvga kirishgan paytida asosan og‘zaki

nutq shakllaridan foydalanadi. Og‘zaki nutq tovushlar ketma-ketligiga aoslanadi va

u bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega. Tilshunoslikda bunday tovushlar qatoriga

segment birliklar qatori deyiladi.

Og‘zaki nutq o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, unda so‘zlovchining his-hayajoni,

shodlik va xursandchiliklari, qayg‘u va alamlari, murojaatlari, chaqiriqlari, bir so‘z

bilan aytganda, voqea va hodisalarga shaxsiy munosabati yuzaga chiqadi. Buning

uchun so‘zlovchi o‘z nutqida darak, buyruq, his-hayajon bilan bog‘liq nutqning

emotsional bo‘yog‘idan, to‘xtamdan, urg‘udan unumli foydalanadi. Bu nutqning

ta’sirchan, ishonarli, yengil yuzaga chiqishini ta’minlaydi.

Misol uchun Abdulla Qahhorning “O‘jar” hikoyasidan olingan quyidagi

parchaga e’tibor beraylik.

Zargarovning bu bo‘htoniga darrov, isig‘ida javob bergisi keldi.

– Hozir, hozir, – dedi. – Suyar! Ho, Suyar! Bu yoqqa chiq, o‘g‘lim! E,

yotganmiding? Mayli, bu yoqqa o‘tir. Bizga bir narsani hal qilib ber: Saltikov

katta yozuvchimi, SHedrin katta yozuvchimi?

Suyar goh otasiga, goh Zargarovga qarar va hayron edi.

Yo‘q, siz savolni noto‘g‘ri qo‘ydingiz, – dedi Zargarov. – Bunday: Saltikov

ilgari o‘lganmi, SHedrin?

Ikkovi bitta odam-ku! – dedi Suyar nima gap eknaini bilolmay.

Zargarov qiyqirib kuldi, chapak chaldi va bunga ham qanoat qilmay

o‘rnidan turib o‘yinga tushdi. Qutbidinov do‘q urdi:

Saltikov bilan SHedrin-a? Kim aytdi senga?

O‘zim bilaman, kitobda bor.

Kitobda bor? Shaxmatni ko‘proq o‘yna, itvachcha!

Parchada uchta shaxs o‘rtasidagi muomala jarayoni yuksak darajadagi

san’atkorlik bilan ochib berilgan. Qutbiddinovning avval o‘z farzandiga nisbatan

“o‘g‘lim” deb murojaat qilishi, so‘ngra achchig‘i chiqqanida “itvachcha!” deya

qattiq gapirishi ostida ustsegment birliklar: urg‘u, to‘xtam, nutqning emotsional

Page 44: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

bo‘yoqdorligi o‘z aksini topgan va bularning barchasi birikib turib, nutq ohangini

tashkil etadi. Demak, og‘zaki nutqimiz segment birliklar bilan ustsegment

birliklarning o‘zaro munosabatidan iborat bo‘ladi. Ko‘pincha bunga imo-ishoralar,

mimikalar qo‘shilib, nutqimizni yana ham ta’sirchan, bo‘yoqdor bo‘lib yuzaga

chiqishi uchun xizmat qiladi.

Nutq ketma-ketlik asosiga qurilgani bois, avval tovushlar, so‘ngra bo‘g‘inlar

va so‘zlar talaffuz qilinadi. Bu jarayonda bo‘g‘inlarning hammasi bir xil ohang

bilan aytilmaydi, balki muayyan bo‘g‘in boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz

etiladi. So‘zlarning talaffuzida bo‘g‘inlardan birining nutq talabiga ko‘ra

boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz etilishiga urg‘u deyiladi.

Urg‘u yordamida nutqning jozibadorligi, ta’sirchanligi ortadi, eshituvchiga

yoqimli bo‘ladi, uni zeriktirmaydi. Turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilida urg‘u

o‘rniga ko‘ra ko‘chib yuruvchi urg‘u sanaladi. Masalan: uy, uylár, uylargá

Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi va

so‘zni gap tarkibidagi boshqa so‘zlardan ajratish vazifasini bajaradi.

Lekin, doim shunday emas. O‘zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa

yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u barqaror o‘ringa ega. Bu urg‘uning

o‘sha tillardagi ahamiyati bilan bog‘liqdir. Masalan: rektor, direktor, samolyot,

aviatsiya, litsey, kollej, davlat, mamlakat, mauassasa, tashkilot, kitob, muallim

kabi so‘zlarda urg‘u o‘z o‘rniga ega.

Urg‘u ikkiga bo‘linadi:

1. So‘z urg‘usi. So‘z urg‘usi so‘zdagi bo‘g‘inlardan biriga tushadi. akadémik

litsey, ákademik (ilmiy unvon).

2. Ma’no (frazaviy) urg‘usi.

Ma’no urg‘usi gapdagi ma’lum bir so‘zning boshqalariga nisbatan ta’kidlab,

ajratib aytilishini ta’minlaydi. Masalan: Toshkent (boshqa biron-bir shahar emas)

o‘zbek madaniyati va san’atining markazlaridan biridir.

48-mashq. “Avesto” dan olingan parchalarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan

so‘zlardagi tovushlarning aytilishi va yozilishi o‘rtasidagi farqlarni izohlang.

Butun fikri o‘yi, so‘zi va ishi doim halollik bo‘lgan kishiga bu dunyoda

qilinadigan barcha ezgu ishlar va yaxshiliklarning savobi tegadi. Yolg‘on gapirib

tirik qolgandan ko‘ra rost gapirib o‘lgan yaxshi. Tinchlik va mehnat – farovon

yashashning manbaidir. Sog‘liq uchun kam yeb, tanangni ish bilan band qil.

Yaxshilik kamchilikday ko‘zga yaqqol tashlanmaydi.

49-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan olingan quyidagi so‘zlardagi

nutq tovushlariga, ularning aytilish ohangiga va urg‘ulariga e’tibor bering,

ular ishtirokida gaplar tuzing.

TADBIR [arabcha boshqarish, idora qilish; tejamkorlik; chora, iloj, yo‘l-

yo‘riq; harakat tarzi] 1 Amalga oshirish, ro‘yobga chiqarish uchun yo‘l-yo‘riq va

chora. Hosildorlikni oshirish tadbirlari.

2 Maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi ish, hatti-harakatning o‘zi.

3 Ma’lum maqsadda tashkiliy ravishda amalga oshiriladigan (bajariladigan)

ish, ishlar.

Page 45: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

TADBIRKOR [arabcha+forscha tadbir qiluvchi, tadbir izlovchi]

1 aynan tadbirli. Tadbir bilan, puxta o‘ylab ish qiladigan. Tadbirli odam.

2 Ishlab chiqarishni yoki boshqa faoliyatni tashkil etuvchi,

moliyalashtiruvchi, tijorat yoki sanoat korxonasini foyda olish maqsadida

boshqaruvchi shaxs, mulkdor. Tadbirkor - elga madadkor.

TADBIRKORLIK Tadbirkorga xos xatti-harakat, faoliyat, xislat.

Tadbirkorlik bilan ish tutmoq.

50-mashq. Abdulla Oripov qalamiga mansub she’riy parchani o‘qing,

so‘zlarning talafffuzi va urg‘ulariga diqqat qiling. She’rdagi g‘oya haqida

bahslashing.

Sen tuganmas chashmadirsan, oh, ona tilim,

Yetmish ikki tomirimga mavjlaring bordi.

Bir kun tinib qolgan edi bog‘da bulbulim,

Sanduvochim! – degan edim, sayrab yubordi.

51-mashq. Chog‘-choh-choq, xasm-hazm, kasr-qasr-qusur, kooperatsiya-

korporatsiya, mushk-mushuk, nasr-nazr, g‘ujum-g‘ijim, nufuz-nufus kabi

so‘zlarning aytilishi va yozilishiga, bildirayotgan ma’nolariga e’tibor qiling.

Ular ishtirokida gaplar tuzing, so‘zlarning ishlatilishiga diqqat qarating.

Namuna: Har kishikim, birovga qozg‘ay choh,

Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh. (Alisher Navoiy)

Savol va topshiriqlar.

1. Nutqning fonetik vositalari qaysilar?

2. Urg‘u deb nimaga aytiladi?

3. Ohang haqida tushunganlaringizni aytib bering.

52-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni o‘qing, belgilangan so‘zlardagi

urg‘ularni aniqlang.

1. Tumov kishi gul hidini sezmaganidek, nodon hikmat lazzatini tuymaydi.

(Mahmud Zamaxshariy) 2. Tarbiyachi birovni hayotga tarbiyalamog‘i uchun,

avvalo, o‘zi hayotni chuqur bilmog‘i lozim. (Lev Tolstoy) 3. Ulug‘ aql egalari o‘z

oldilariga maqsad qo‘yadilar. Qolgan odamlar o‘z istaklari orqasidan ergashadilar.

(Vashington Irving) 4. Hamma ulug‘ fazilatlar xokisorlik zaminida o‘sadi. (Seneka)

5. Odamlar o‘qishdan to‘xtashlari bilan fikrlashdan ham to‘xtaydilar. (Daniel

Didro) 6. Hayot senga bemaza bo‘lib qolmasligi uchun hasad gunohiga botma.

(“Avesto”) 6. Nodonlarning ko‘ngillari qum cho‘li kabi bo‘ladi. Yemish, giyoh

o‘sishi u yoqda tursin, uga daryo oqib kirsa ham to‘lmaydi. (Yusuf Xos Hojib)

7. Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, shunga ko‘ra ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla.

(Ahmad Yugnakiy) 8. Eng a’lo zavq tahsil, ilm-u ma’rifatdir. (Mahmudxo‘ja

Behbudiy)

Page 46: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

11-§. FONEMA. HOZIRGI ONA TILINING FONEMALARI

Reja:

1. Fonema haqida ma’lumot.

2. Fonologiya haqida ma’lumot.

2. Fonemaning turlari. Unli va undosh fonemalar.

Tayanch iboralar: fonema, tovush, fonologiya, unli fonema, undosh fonema,

ma’no.

Topshiriq. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning o‘gitlarini o‘qing, ularda ilgari

surilgan g‘oya haqida bahslashing. So‘zlar tarkibida kelayotgan fonemalarga

diqqat qiling.

Yaxshi nomga ega bo‘lay desang, nom chiqarma. Birovning maqtoviga

uchma. Birov yomonlasa xafa bo‘lma. Xalq bilan chiroyli muomala qil. Doimo

adab saqla.

Til o‘ziga xos tizim sanaladi. Har qanday tizim muayyan ichki elementlardan

tashkil topgan bo‘ladi. Bu tizimda tilning eng kichik birligi sanalgan nutq tovushi

muhim ahamiyat kasb etadi. Tildagi tovushlar tizimiga fonologiya, nutq tovushlari

tizimiga fonetika deyiladi.

Fonologiya so‘zi grekcha phone tovush, ovoz va logos ta’limot so‘zlaridan

olingan bo‘lib, til tovushlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadigan

tilshunoslikning bo‘limi sanaladi. Har qanday so‘z tovushlar, ya’ni fonemalarning

ketma-ketlik asosidagi birikuvidan iborat bo‘ladi.

Masalan, sohibqiron so‘zi s+o+h+i+b+q+i+r+o+n ko‘rinishidagi o‘nta

tovushning sintakmatik va paradigmatik aloqalari asosiga qurilgan.

Nutq tovushlari (fonemalar) har bir tilda o‘ziga xos sifat va miqdor belgilariga

ega bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 6 ta unli va 25 ta undosh tovushlar

(fonemalar) mavjud. Tilimizdagi barcha tovushlar mana shu tovushlarning turli xil

o‘rinlarda kelib, so‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qilishi asosiga qurilgan.

Masalan, Amir Temur, shoh, amir, yurt egasi, lashkarboshi, sarkarda so‘zlarini

hosil qilishda yuqoridagi tovushlardan unumli foydalanilgan. So‘zlardagi bir

tovushning o‘zgarishi so‘z ma’nosining butunlay o‘zgarib ketishiga sababchi

bo‘ladi. Misol uchun yuqoridagi keltirilgan shoh so‘zidagi bo‘g‘iz undoshi h

tovushini chuqur til orqa undoshi x tovushiga almashtirish bilan daraxtning

tanasidan o‘sib chiqadigan qismini ifodalovchi boshqa bir so‘z paydo bo‘ladi.

So‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan va boshqa bo‘laklarga

bo‘linmaydigan eng kichik tovushlarga fonema deyiladi. Masalan: bil, dil, jil, zil,

til, xil, qil so‘zlarida ma’noni farqlash vazifasi b, d, j, z, t, x, q tovushlari orqali

amalga oshirilmoqda.

Tovushlar miqdori ko‘p, ammo fonemalarning soni chegaralangan bo‘ladi.

Har qanday fonema tovush sanaladi. Ammo har qanday tovush fonema bo‘la

olmaydi. Fonemalar bir-biriga zidlanganda ularning o‘ziga xos xususiyatlari

namoyon bo‘ladi.

Page 47: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Fonemalar diffrensial (farqlovchi) hamda integral (birlashtiruvchi) belgilarga

ega.

Masalan, x va h tovushlari bir-biriga zidlanganda ular hosil bo‘lish hosil

bo‘lish usuliga hamda ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra birlashishi,

sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Ularni farqlab turuvchi belgi hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra aniqlanadi, x hosil

bo‘lish o‘rniga ko‘ra chuqur til orqa, h bo‘g‘iz undoshi sanaladi. Shu tariqa barcha

fonemalar bir-biriga zidlanadi.

Nutq tovushlarining ma’no ajratish uchun xizmat qilmaydigan turiga

fonemaning variantlari deyiladi.

Misol uchun bilim, lim-lim, il so‘zlarida i tovush qisqa, badiiy, ruhiy, siyosiy

so‘zlarida cho‘ziq, qirq, g‘ilay, xirqiroq so‘zlarida qattiq eshitiladi, biroq ularning

barchasi fonema sanaladi.

53-mashq. Xisrav Dehlaviyning quyidagi baytini yodlang va hayotingizda

unga amal qilishga urining. Gapdagi fonemalarni aniqlab, ularga ta’rif

bering.

Qisqa so‘zlik, qara, ne yaxshi holdir,

Sergaplik tamoman dilga maloldir.

54-mashq. Virus va xaker so‘zlariga berilgan izohlarni o‘qing,

so‘zlardagi fonemalarni aniqlang.

VIRUS [lotincha virus o‘simlik shirasi, zahar] 1 Faqat tirik hujayralarda

ko‘payib odam, hayvon, o‘simliklarda yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchi

mikroorganizmlar. Gripp virusi.

2 Kompyuter tizimlarini, fayllardagi ma’lumotlarni yo‘qotish, zararlantirish

maqsadida tuzilgan maxsus dasturlar.

3 Atrofdagilarga zarar keltiruvchi, yomon so‘zli inson.

XAKER [inglizcha haker, hack buzmoq; kesmoq, qirqmoq] 1 Kompyuter

dasturlarini yaratishga o‘ta ishqiboz odam.

2 Kompyuter dasturlari va qoidalarini buzuvchi – huquqi bo‘lmagan holda

kompyuter dasturlariga o‘zgartirishlar kiritadigan shaxs; yuqori malakali

programist

3 Bank, tijorat, davlat, harbiy va b. tashkilotlardagi axborotlarning himoya

vositalarini yo‘qotib, o‘ta qimmatli ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, o‘zga hisob

raqamlaridagi pulni o‘zlashtirish, kompyuterlarga virus yuqtirish kabi ishlarni

amalga oshirishga urinuvchi shaxs.

55-mashq. Bedil qalamiga mansub she’riy satrlar ustida bahs yuriting.

V, g‘, t, i, y, q, d, h, sh, o, m, ch tovushlarining ma’no farqlashdagi xizmatlarini

tushuntirib bering.

Avval g‘ishtin qiyshiq qo‘yarkan me’mor,

Yulduzga yetsa ham qiyshiqdir devor.

Page 48: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Himmat kamarini bog‘lagan hamon,

Chumoli yengadi sherni begumon.

56-mashq. Namunadagi kabi bir tovush bilan farqlanadigan so‘zlarga

misollar keltiring, ular ishtirokida gaplar tuzing, so‘zlarning gapdagi o‘rniga

e’tibor bering.

B

ARRA

K

АРАМ D T

Z Q

K G‘

M H

Namuna: Sportchilarimiz marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

Savol va topshiriqlar.

1. Fonetika deb nimaga aytiladi?

2. Fonetikaning maqsad va vazifalari nimadan iborat?

3. Fonetikaning bo‘limlari haqida gapirib bering.

4. Fonema nima?

5. Tovush va harf o‘rtasidagi farqlarni aytib bering.

6. Fonemaning variantlari haqida so‘zlab bering.

7. Tilning tovush tizimi haqida gapiring.

8. Nutq tovushlarining til tovushlaridan farqini ayting.

57-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, undagi g‘oya haqida gaplashing.

Dastlabki uch so‘zda ishtirok etayotgan tovushlarga tavsif bering.

Olamga mashhur olim va podshoh Ulug‘bek Mirzo kunlardan bir kun o‘z

amaldorlari bilan safarga ketayotgan ekan. Mirzo Ulug‘bek yo‘l yoqasida yotgan

non burdasini ko‘radi va darrov otdan tushadi va nonni olib qo‘yniga soladi. Vazir:

“Nega bizga buyurmay, o‘zingiz otdan tushdingiz?” – deb so‘raydi. Ulug‘bek:

“Nonni dastlab men ko‘rdim, uni yerdan olishni birovga buyurish nonga nisbatan

hurmatsizlik bo‘lardi”, –deb javob bergan ekan.

12-§. NUTQ A’ZOLARI VA ULARNING VAZIFALARI. NUTQ

APPARATI

Reja:

1. Nutq apparati haqida ma’lumot.

2. Faol nutq a’zolari va ularning vazifalari.

2. Passiv nutq a’zolari.

Page 49: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Tayanch iboralar: nutq apparati, faol nutq a’zolari, passiv nutq a’zolari, til,

nafas apparati, bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, kichik til (lak-luk), lablar, milk, tishlar, tanglay,

o‘pka, un paychalari, qalqonsimon, piramidasimon bezlar.

Topshiriq. Nizomiy Ganjaviyning quyidagi baytini yodlang, undagi g‘oya

haqida gapiring. Birinchi so‘zdagi tovushlarni hosil qilishda qaysi nutq a’zolari

ishtirok etayotganini aniqlang.

Hunar o‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir,

Yopiq eshiklarni ochar birma-bir.

Inson o‘n sakkiz ming olamning sarvari, Yaratganning suyukli bandasi

sanaladi. Unga boshqa bironta ham tirik jonzotga ato etilmagan buyuk ilohiy

ne’mat – til berib qo‘yilgan. Til asrlar osha avlodlardan avlodlarga o‘tib

kelayotgan noyob ijtimoiy hodisa sanaladi. Uning asosiy materiali esa tovush

sanaladi. Nutq tovushlari esa nutq apparati yordamida hosil qilinadi. Nutq apparati

barcha jonzotlarda bor. Masalan, qushlar, parranda va darrandalar, uy va yovvoyi

hayvonlarning fiziologik tuzilishi insonlarnikiga o‘xshab ketadi. Ayiqda, bo‘rida,

maymunda, g‘ozda, bulbulda va hokazo qushlar hamda hayvonlarda nutq apparati

mavjud. Ayiqlar o‘kirishi, bo‘rilar uvullashi, qushlar sayrashi mumkin. Amaliyotda

to‘tilar, maynalarning insonlarniki kabi tovushlar chiqarishiga duch kelingan.

Biroq, ularning tovushi ijtimoiy qiymat kasb etmaydi. Eng ko‘p so‘z biladigan

to‘tilar ham insonlar kabi muloqot qilish qobiliyatiga ega emas. Jonzotlar ichidan

yolg‘iz insonlargina ongli ravishda tovush chiqarish va bu tovushlari orqali ma’no

anglata olish fazilatiga ega. Bu tovushlar nutq apparati yordamida turfa

ohanglarda, usullarda hosil qilinadi. Insonning tana a’zolari ko‘p: qo‘l, oyoq,

yurak, miya, yelka, peshona, soch kabi. Ularning birontasi ham nutq tovushlarini

hosil qilishda qatnashmaydi. Nutq tovushlarini hosil qilishda qatnashadigan

maxsus nutq a’zolari mavjud. Til, og‘iz bo‘shlig‘i, o‘pka, kichik til, tish, lab

singari. Nutq tovushlarini hosil qilish uchun qatnashadigan bu kabi nutq

organlarining yig‘indisiga nutq apparati deyiladi.

Nutq apparati to‘rt qismdan iborat

1. Nafas apparati. O‘pka, alyevolalar, bronxlar nafas apparatini tashkil

qiladi. Nafas apparati ikki xil vazifa bajaradi. a) fiziologik: havo tarkibidan kerakli

kislorodni organizmga yetkazib beradi; b) o‘pkaga kirgan havoni tashqariga

haydab, tovush hosil qilish uchun zamin yaratadi. Bu uning lingvistik vazifasi

sanaladi.

2. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i. Bo‘g‘iz devori, un paychalari, qalqonsimon,

piramidasimon bezlar bo‘g‘iz bo‘shlig‘iga joylashgan. O‘pkadan chiqayotgan havo

bo‘g‘iz bo‘shlig‘i joylashgan un paychalarini tebratib, keyinchi bosqich uchun yo‘l

ochadi.

3. Og‘iz bo‘shlig‘i. Kichik til (lak-luk), tanglay, til, milk, tish, lablar nutq

tovushlarini hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, tilning turli xil holatlari

nutq tovushlarining har xil ko‘rinishda yuzaga chiqishini ta’minlaydi.

4. Burun bo‘shlig‘i. Burun bo‘shlig‘i nutq tovushlarini hosil qilishda

rezonator vazifasini o‘taydi, ya’ni ularga o‘ziga xos ohang qo‘shib turadi.

Page 50: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Nutq a’zolarini tovushlarni hosil qilish chog‘idagi harakat va holatlariga

qarab turib ikkiga bo‘lish mumkin.

1. Faol nutq a’zolari. Bunga til, un paychalari va lablar kiradi. Bular barcha

nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadi.

2. Passiv nutq a’zolari. O‘pka, bronxlar, bo‘g‘iz devori, tanglay, kichik til,

milk, tish, burun bo‘shlig‘i passiv nutq a’zolari sanaladi. Sababi bir tovushni

talaffuz qilganda faol ishtirok etgan ma’lum bir organ ikkinchi tovushning

artikulyatsiyasida passiv pozitsiyaga o‘tishi mumkin. Masalan, d, t, ch, k, l, z, s

tovushlarini talaffuz qilayotganimizda, burun bo‘shlig‘i hech qanday ahamiyat

kasb etmaydi, ammo l, m, n, ng, r tovushlarining talaffuzini usiz tasavvur qila

olmaymiz.

Demak, nutq tovushlarini hosil qilishda ularning aytilishi (akustik tomoni) va

fiziologiyasi (eshitilish) tomoni muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari nutq

tovushlarining muayyan ijtimoiy qiymatga ega ekanligi ularning so‘zlashish

jarayonida asosiy material vazifasini o‘tashini ta’minlaydi.

Nutq tovushlari jarayoni oliy nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turadi.

58-mashq. Xoja Samandar Termiziy ijodidan olingan baytga e’tibor

qiling. Siz ham o‘z fikringizni o‘ylab gapirasizmi? R, n, m, l, y, b, o‘, u

tovushlarini hosil qilishda faol ishtirok etayotgan nutq a’zolarini aniqlang.

Har so‘zki yaxshilab o‘ylangan emas,

Aytishu yozishga aslo yaramas.

59-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da dono, nodon, oqil, johil

so‘zlariga va ularning ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling.

DONO [forscha biluvchi, bilimdon, donishmand] 1 ot Aql-zakovatli,

donishmand, oqil. Dono qiz. Aytguvchi ahmoq bo‘lsa, tinglovchi dono bo‘lmog‘i

kerak. Maqol.

2 sifat Aql-zakovat bilan aytilgan, qilingan; aql-zakovatdan dalolat beradigan;

oqilona. Dono maslahat.

NODON [forscha bilmaydigan, xabarsiz; johil, ilmsiz; kaltafahm, befarosat]

1 Ilm-ma’rifatdan xabari yo‘q, ongi, tushunchasi past; o‘qimagan, bilimsiz; qoloq.

Nodon odam.

2 Fahm-farosati kam; tushunmaydigan, tentak.

OQIL [arabcha aqllli, farosatli, es-hushli; bama’ni] 1 O‘tkir aqli sohibi; aqlli,

dono. Oqil odam.

2 Aql bilan aytilgan, qilingan; bama’ni.

JOHIL [arabcha nodon, o‘qimagan, bilimsiz] jaholatdan qolgan, ilm-

ma’rifatdan mahrum; qoloq, madaniyatsiz, nodon. Jahl – johilning quroli. Maqol.

60-mashq. Amir Xudoyberdining “Vatan” haqidagi she’rini o‘qing,

biyron, she’rim, eldosh so‘zlaridagi fonemalarni hosil qilishda qaysi nutq

a’zolarining ishtirok etayotganini aniqlang. She’rdagi g‘oya haqida

fikrlaringizni ayting.

Page 51: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Vatan deya, xalq deya,

Chiqdi ilk bor savodim.

Qalamim biyron bo‘ldi,

Biyron bo‘ldi davotim.

Dilimdagi bol mehrim,

Tilimdagi novvotim

Nurga do‘ndi, nur bo‘ldim,

Kun botdi, men botmasman,

She’rim – mening Vatanim,

Men Vatanni sotmasman!

Vatan uchun fido har

Kiprigimning tolasi.

Yuragimdir qirlarda

Yonib turgan lolasi.

Shoir bo‘ldim, men oddiy

O‘zbekning bir bolasi.

Bir tomirmiz, eldoshlar,

Men sizninki – yotmasman.

She’rim – mening Vatanim,

Men Vatanni sotmasman!

61-mashq. Erkin Vohidovning “So‘z latofati” asaridan olingan parchani

o‘qing va u haqda fikringizni ayting. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni talaffuz

qilishda faol ishtirok etayotgan nutq a’zolarini belgilang.

Ona tili umummillat mulkidir. Demak, til oldidagi mas’uliyat ham

umummilliy. Men o‘zbekman, degan har bir inson o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i

kerak. Unutilgan so‘zlarni tiklash, borini boyitib borish, xorijiy atamalarga

munosib istilohlarni topish yolg‘iz tilshunoslarning emas, millatning ishidir.

Ostanovka turganda bekat, rayon turganda tuman, vilka turganda sanchqi deyishga

nama bor, deguvchilarning davri o‘tdi. Tilimiz sekin-astalik bilan bo‘lsa-da,

o‘zbekchalashib bormoqda.

Savol va topshiriqlar.

1. Nutq tovushlari qanday hosil qilinadi?

2. Nutq apparati deb nimaga aytiladi?

3. Faol nutq a’zolari qaysilar?

4. Passiv nutq a’zolarini sanab bering.

62-mashq. Uyga vazifa. Italyan yozuvchisi Umberto Ekoning xotirani

mustahkamlash haqidagi fikrlarini o‘qing. Siz ham o‘z xotirangizni

mustahkamlash haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Birinchi gap ichida qo‘llangan

tovushlarni ihosil qilishda qaysi nutq a’zolari qatnashayotganini ayting.

Page 52: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Xotira xuddi oyoq mushaklariga o‘shaydi. Mashq qilmay qo‘ysang, ular

shalvirab qoladi. Har kuni she’r yodlash, sevimli qahramonlarning ismlarini eslab

qolish, badiiy asar syujetini xayolda qayta tiklash kabi mashg‘ulotlar bilan xotirani

mustahkamlash, o‘tmish voqealarini muntazam ravishda o‘rganib borish bugungi

kun voqealarini tushunishga yordam beradi.

Inson har qancha taraqqiyot dovonlarini zabt etmasin, uning ma’rifatga

bo‘lgan ehtiyoji o‘zgarmay qolaveradi. Agar bu ehtiyoj qondirilmas ekan, umr

zerikarli va yorqin hissiyotlarlardan mosuvo kunlar yig‘indisiga aylanib qoladi.

13-§. ARTIKULYATSIY. ARTIKULYATSIYA O‘RNI VA

ARTIKULYATSIYA USULI. FONETIK AKUSTIKA

Reja:

1. Artikulyatsiya haqida ma’lumot.

2. Artikulyatsiya o‘rni.

2. Artikulyatsiya usuli. Fonetik akustika.

Tayanch iboralar: artikulyatsiya o‘rni, artikulyatsiya usuli, akustika, nutq

apparati, nutq a’zolari, fonema, fonetik akustika.

Topshiriq. Gapni o‘qing, h, q, i, n, l, m, d, b, z, s, tovushlarining talaffuziga

e’tibor bering. Ularning o‘rtasidagi farqlarni toping.

Haqiqiy inson hamisha ilm va hunar olishga intiladi. Ilm bir daraxt bo‘lsa,

odob uning mevasidir. Odobsiz olim mevasiz daraxtdir. (Muhammad Zehniy)

Tovushlarning balandligi tebranishning bir sekund ichidagi miqdori bilan

belgilanadi. Shu vaqt ichida tebranish miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, tovush ham shu

qadar baland bo‘ladi. Tebranish ko‘lami qancha katta bo‘lsa, tovush ham

shunchalik kuchli chiqadi.

Tebranishning oz yoki ko‘p davom etishi natijasida tovushlarning cho‘ziqligi

aniqlanadi.

Tovush tembri tovushlarning sifat belgisi sanaladi. O‘pkadan chiqayotgan

havo asosiy tonlardan iborat bo‘lsa, sodda tebranish, unga qo‘shimcha ton

qo‘shilsa, murakaab tebranish sodir bo‘ladi. Murakkab tebranishda bo‘g‘iz, og‘iz

va burun bo‘shlig‘i alohida o‘rin tutadi va rezanator vazifasini o‘taydi.

Masalan l, r, n, ng, m kabi undashlar hosil qilinganda, o‘pkadan chiqayotgan

havo oqimi turlicha yo‘nalishlar oladi. Bu yo‘nalishlarda nutq a’zolarining holati

muhim ahamiyat kasb etadi. L va r tovushlarining talaffuzida tilning uch qismi

yuqori tanglayga yopishadi, l talaffuz etilganda til uchi tanglayga tekizilada, havo

oqimi tilning ikki tomonidan chiqib ketadi; r talafuz etilganda esa tilning uch

qismi titraydi va titroq tovush yuzaga keladi.

Anglashiladiki, tovushlarni talaffuz qilganda nutq a’zolarining holati turlicha

bo‘ladi va muayyan tovush talaffuz etilayotganda, nutq apparati o‘ziga xos

pozitsiyada turadi. Shunga ko‘ra tovush (fonema) ning uch tomoni ajratiladi.

1. Akustik tomoni (eshitilishi). Har qanday tovush ma’lum bir shaxs

tomonidan talaffuz etiladi va suhbatdoshiga eshitiladi. Masalan, bilim deb talaffuz

Page 53: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

qilishimiz bilan suhbatdoshimiz gapning nima haqida ketayotganini anglab yetadi,

tilim desak, boshqa bir ma’noni tushunadi.

2. Fiziologik yoki artikulyatsion tomoni (aytilishi). Fonemalar nutq

apparati tomonidan talaffuz qilinadi. Nutq a’zolarining turli holatlardagi ko‘rinishi

tufayli tovushlar har xil bo‘lib yuzaga chiqadi: a, o, o‘, i, e, b, t, z, s, g‘, q, x, n, s

kabi.

Muayyan tildagi tovushlarni talaffuz etishga nutq a’zolarining moslashuvi,

talaffuzda ishtirok etayotgan nutq a’zolarining tovushlarni aytilishidagi holatiga

artikulyatsiya o‘rni deyiladi. Nutq tovushlarini talaffuz qilishda havo oqimining

nutq a’zolari to‘sig‘idan qay usulda (portlab, sirg‘alib, titrab) o‘tayotganiga

artikulyatsiya usuli deyiladi.

3. Ijtimoiy tomoni (ma’no ajratish xususiyati). Inson tovushlarining

boshqa tirik mavjudodlarga xos bo‘lgan tovushlardan farqi shundaki, ular ma’noni

farqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, yovvoyi va uy hayvonlari turli xil tovushlar

chiqarishi mumkin. SHerlar na’ra tortganda, qo‘ylar ma’raganda, ilonlar

vishilllaganda, chumchuqlar chirqillaganda, bulbullar sayraganda hech qanday

ma’no anglashilmaydi, ammo inson tomonidan bitta tovush talaffuz etilsa ham u

ma’no anglatishi muqarrar.

Misol uchun Abdulla Oripovning quyidagi to‘rtligini olib ko‘raylik:

Bir umr kurashdik orzular uchun,

Havoyi so‘z aytib o‘rtama jonni.

Dunyo karvonining boshida bir kun,

Ko‘rsam yetarlidir O‘zbekistonni.

To‘rtlikdagi “jonni” so‘zidagi j tovushini k tovushiga aylantirish bilan

kutilgan mazmunni butunlay boshqa tomonga burib yuborish mumkin.

63-mashq. “Qobusnoma”dan olingan hikmatli so‘zlarni daftaringizga

ko‘chiring, ulardagi g‘oya haqida suhbatlashing. Birinchi gapdagi z, b, n, s, h,

i, a tovushlarning artikulyatsiya o‘rni va usuliga ko‘ra qanday tovushlar

sirasiga kirishini tushuntirib bering.

Azoblanishni istamasang, hasadgo‘y bo‘lma. Erta turishni odat qil. Har

kishikim quyosh chiqquncha uyquda bo‘lsa, rizqi kam bo‘lur. O‘zini dono sanagan

nodondan parhez qil. Agar beobro‘ bo‘lmayin desang, yaxshilikni kasb qil.

64-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan olingan so‘zlar izohiga

diqqat qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.

LUG‘AT. [arabcha til, sheva; so‘z, ibora] 1 Biror tildagi so‘zlarni ma’lum

tartibda (odatda alifbo tartibida) jamlab, izohlab yoki boshqa tilga tarjima qilib

berilgan kitob. Izohli lug‘at. 2 Tildagi barcha so‘zlar majmui; so‘z.

NUKTADON [arabcha o‘tkir, donolik bilan aytilgan gap; qochirim; tub

ma’no, mohiyat, nozir tafsilot, ikir - chikir + forscha biluvchi, bilag‘on]

Masalaning tub mohiyatini, nozik, mayda-chuyda tafsilotlarini yaxshi biladigan,

o‘tkir fikrlovchi.

Page 54: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

SUXANDON [forscha so‘zni biluvchi; silliq, ravon gapiruvchi; yozuvchi,

shoir; notiq] 1 Gapga chechan, so‘zamol, notiq. 2 Badiiy so‘z ustasi. 3 aynan.

Diktor.

ZAKIY [arabcha ziyrak; aqlli, qobiliyatli] kitobiy Zehni, aqli o‘tkir, dono,

aqlli.

ZAKOVOT [arabcha sezgirlik, aqllilik, farosat] Zakiylik, aqllilik, ziyraklik;

donolik.

ZUKKO [arabcha zehni o‘tkirlik; farosat, aql] Aqli, zehni o‘tkir; aqlli, dono.

ZUKKOLIK Donolik, aqllilik.

ZULLISONAYN [arabcha ikki til sohibi] Ikki tilni biluvchi, o‘rgangan kishi;

ikki tilda yoza oladigan shoir yoki yozuvchi.

65-mashq. Shuhratning “Yaxshilik” she’rini o‘qing. Birinchi qatordagi

tovushlarning artikulyatsiya o‘rni va artikulsiya usuli haqida gapirib bering.

O‘z umringda bitta yulduz yoq,

Bir yulduzki, nurli va porloq.

Hech bo‘lmasa bitta chiroq yoq,

Qorong‘ilik siljisin yiroq.

O‘z umringda bitta ariq och,

Shoyad topsa bir nihol rivoj.

Hech bo‘lmasa, ey baxti suluv,

Gullarga quy biron kosa suv.

O‘z umringda bitta ko‘chat ek,

Yashnab tursin kulgan baxtingdek.

O‘z umringda och bitta qalam,

“Tinchlik” so‘zin yozsin bu olam!

Gar yaxshilik kelmas qo‘lingdan,

Yaxshi niyat qilgil dilingdan!

Savol va topshiriqlar.

1. Artikulyatsiya deganda nimani tushunasiz?

2. Artikulyatsiya o‘rni haqida tushunganlaringizni aytib bering.

3. Artikulyatsiya usuli nima?

4. Tovushlar artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

66-mashq. Uyga vazifa. Pahlavon Mahmudning quyidagi ruboiysini

o‘qing. G, k, h, x, q, j undoshlarining artikulyatsiya o‘rni va usuliga ko‘ra

farqlanishini ko‘rsatib bering.

Shohlik tilasang, gadosi bo‘l xalqingning!

O‘zni unut-u, fidosi bo‘l xalqingning!

Boshiga ko‘tarsin desang, el toj yanglig‘,

Qo‘lin o‘p-u, xokiposi bo‘l xalqingning!

Page 55: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

14-§. ONA TILI VOKALIZMI. UNLI TOVUSHLAR VA ULARNING

TASNIFI

Reja:

1. Unli tovushlar haqida umumiy ma’lumot.

2. Tilning gorizontal va vertikal holatiga ko‘ra unlilar tasnifi.

3. Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar tasnifi.

Tayanch iboralar: unli tovush, old qator unlilar, orqa qator unlilar, til oldi

unlilari, o‘rta keng unlilar, quyi keng unlilar, lablangan unlilar, lablanmagan

unlilar, vokalizm.

Topshiriq. Mahmud az-Zamaxshariy qalamiga mansub hikmatli so‘zni

yozing, unli tovushlarni aniqlab, ularga tavsif bering.

Yoki ilmli bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, loaqal ilmni tinglab

eshitadigan bo‘l, biroq to‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan.

Har bir tilda unli tovushlarning o‘ziga xos tizimi mavjud bo‘ladi. Bu tizimga

vokalizm deyiladi. Unli tovushlarni talaffuz qilganimizda o‘pkadan chiqayotgan

havo burun hamda og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramaydi, tilning

vertikal hamda gorizantal holatlariga, shuningdek, og‘izning ochilish darajasiga

qarab turib, turlicha pozitsiyaga ega bo‘ladi.

Unli tovushlar nutqni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ular inson nutqiga

o‘ziga xos ohang, joziba baxsh etib turadi. Nutqning bo‘linib-bo‘linib chiqishini

ta’minlaydi. Bu esa ketma-ketlik tamoyiliga asoslanib yuzaga chiqariladigan

nutqning qulay va oson bo‘lishini ta’minlaydi.

Unlilarning o‘ziga xos sifat va miqdor belgilari mavjud bo‘ladi. Tilning

vertikal hamda garizontal holatiga ko‘ra unlilarning bir necha turlarga bo‘linib

ketishi, lablarning ishtirokiga ko‘ra ham alohida qatorlarni tashkil qilishi ularning

sifat belgilari sanalsa, cho‘ziq va qisqaligi miqdor belgilari hisoblanadi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 6 ta unli tovush mavjud: i, u, ye, o‘, a, o. O‘zbek

xalq shevalarida ularning miqdori turlicha ko‘rinishlarda uchraydi. Masalan,

Andijon, Namangan, Marg‘ilon, Samarqand, Qarshi shevalarda ularning miqdori

9-10 taga yetsa, Xorazm shevalarida 17-18 tagacha yetishi kuzatiladi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unli tovushlar bir necha jihatdan tasnif qilinadi.

1. Tilning oldinga va orqaga harakat qilishi, ya’ni gorizontal holatiga ko‘ra

unlilar ikkiga bo‘linadi.

a) oldingi qator yoki til oldi unlilari: i,ye.a;

b) orqa qator yoki til orqa unlilari: u,o‘,o.

O‘zbek xalq shevalarida ularning old va orqa qator variantlari ham uchraydi.

Masalan: ilm, bil, til, qirq, chiq, xirmon eshik, bel, kel, erk, ertak, ena aka, balli,

kam, qora, g‘arb, xarob,o‘zbek, bo‘l, ko‘l, ko‘rmoq, o‘roq, un, ulkan, tulki,

burmoq, ur, tur.

Tilning vertikal holatiga ko‘ra unlilarning bo‘linishi.

Unli tovushlarning artikulyatsiyasida tilning qaysi tomonga qarab

harakatlanishi muhim ahamiyatga ega. Ma’lum bir tovushlarni talaffuz qilishga

Page 56: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

nutq organlarining moslashuviga artikulyatsion baza deyiladi. Shunga ko‘ra tilning

yuqori tanglayga ko‘tarilish holatini hisobga olib turib, unlilar uch turga ajratiladi.

Yuqori ko‘tarilish (tol) unlilar: i,u

O‘rta ko‘tarilish (keng) unlilar: e,o‘

Quyi ko‘tarilish (keng) unlilar: a,o

Bunday bo‘linish shunga asoslanadiki, ularni talaffuz qilganimizda tilning

tanglayga ko‘tarilishi va quyi jag‘ning pastga tushishi hisobga olinadi.

Masalan i, o‘ unlisining talaffuzida til va jag‘ maksimum darajada ko‘tariladi,

og‘iz bo‘shlig‘idagi havo yo‘li o‘ta torayadi. Shu bois, ular tor yoki yopiq unlilar

deb yuritiladi.

I va u tovushlarinig tahlili shundan dalolat beradiki, ularning o‘xshash va

noo‘xshash farqlari mavjud.

Tilning gorizontal va vertikal holatiga ko‘ra ular bir qatorga mansub bo‘lsa-

da, lablarning ishtirokiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi: i lablanmagan, u lablangan.

Aynan mana shu xususiyati ularni bir-biriga qarshilantiradi, alohida fonema

sifatida tilda bo‘linishi ta’minlaydi.

Keng yoki ochiq unlilarning talaffuz chog‘ida pastki jag‘ quyiga tushadi, til

tanglaydan maksimum uzoqlashadi: a,o.

E va o‘ tovushlarining talaffuz holati esa i, u hamda a, o ga nisbatan o‘rtacha

pozitsiyani egallaydi, lekin ularning talaffuzida ham og‘izning ochilishi keng

bo‘lganligi sababli, ular ham o‘rta keng unlilari deb yuritiladi.

Yuqori tor unlilari so‘zlarning boshi, o‘rtasi va oxirida kela oladi.

I unlisi yig‘i, bilim, gilam, kiyik, kino kabi so‘zlarda old qator unlisi sifatida

aytiladi.

Q, g‘, x undosh tovushlari bilan yonma-yon kelganda orqa qatorga o‘tib

ketadi: qiliq, qirg‘oq, g‘ir-g‘ir, xira, xina kabi

Ikki jarangsiz undosh o‘rtasida kelsa, ikkinchi undosh n, l, r, z tovushlari

bo‘lsa, i qisqa aytiladi: bilan, birga, milk, koq, siz kabi.

U unlisi ulkan, kulmoq, gulshan so‘zlarida old qator, vulqon, quymoq, xurkak

kabi so‘zlarda orqa qator unlisi kabi aytiladi.

Quruq, tutun, tushum, urush singari so‘zlarda kuchsizlanib, i ga moyillashadi.

E tovushi so‘z boshida va ochiq bo‘g‘inda kelganda ochiqroq talaffuz

qilinadi: elak, beibo, ekosan.

Zehn, ber, zebra, mergan kabi so‘zlarda ikki undosh orasida biroz yopiqroq

aytiladi.

O‘ unlisi ko‘sak, go‘lax, ko‘z kabi so‘zlarda old qator, g‘o‘ra, qo‘ltiq,

chimxo‘r singari so‘zlarda orqa qator unlisi sifatida talaffuz etiladi.

A unlisi vakil, kalaka, lagan singari so‘zlarda old qator, xalq, qora, g‘am

singari so‘zlarda orqa qator unlisi kabi talaffuz qilinadi.

O tovushi so‘zning barcha o‘rinlarida keladi. Ruscha-baynalmilal so‘zlarda a

kabi talaffuz etiladi: optika, organik va hokazo. Tort, orden, organ so‘zlarida o‘ ga

moyil aytiladi.

Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar tasnifi.

Nutq a’zolari ichidan lablar boshqalariga nisbatan ancha faol sanaladi. Sababi

og‘iz ochilmasa, tilda birorta ham tovush sodir bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra unli

tovushlar lablangan va lablanmagan unlilarga bo‘linadi.

Page 57: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

A, o, i, e unlilari lablanmagan unlilar sanaladi. Ularni talaffuz qilgan

chog‘imizda og‘izning ochilishi darajasi ancha kengayadi va lablar bir-biridan

uzoqlashadi.

U va o‘ tovushlarining talaffuzida esa lablar bir-biriga yaqinlashib,

cho‘chchayadi.

Ba’zi bir adabiyotlarda o tovushiga nisbatan ham lablangan yoki yarim

lablangan unli deb qarashlar mavjud. Bu holat o ning artikulyatsion vaziyatlariga

bog‘liq. Masalan, orqa, olim, bor so‘zlarida og‘izning ochilish darajasi yaqqol

sezilyapti, birov, ov, darrov so‘zlarida o yopiq talaffuz qilinyapti, yonidagi v ning

ta’sirida lablashgan unli sifatida namoyon bo‘lyapti.

Unlilar haqida aytganda, yana ularning nazalizatsiya hodisasiga uchragan

turlari haqida ham aytib o‘tish joiz. Bunda yumshoq tanglayning pastga tushishi

natijasida havoning bir qismi burun orqali o‘tadi va unlilar nazalizatsiyalashadi. Bu

kabi unlilar fransuz tilida uchraydi.

67-mashq. Abu Nasr Farobiyning hikmatli so‘zini yodlang. Unda

qo‘llangan unli tovushlarga ta’rif bering.

Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilan bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba

bilan bo‘ladi.

68-mashq. So‘zlarni o‘qing va esda saqlab qoling. Unli tovushlarning

ishlatilishiga e’tibor qiling.

AZIM. [arabcha ulug‘, buyuk, katta]. 1 Ko‘rinish, tuzilish, e’tibori bilan

g‘oyat katta, ulkan. 2 Azim (erkaklar ismi).

AZM [arabcha qasd, qat’iy qaror, kirishish] Qasd, kirishish, qat’iy maqsad-

intilish.

YOVQUR Hech narsadan qo‘rqmaydigan; jasur, botir, mard. Yovqur yigitlar.

MING‘IRLAMOQ 1 Dimog‘da sekin va noaniq gapirmoq, ping‘illamoq.

2 Norozi ohangda nolib gapirmoq, nolimoq.

MING‘IR-MING‘IR 1 Dimog‘da aytilgan past va noaniq tovush yoki gapni

bildiradi. 2 Norozilik, nolish haqida.

XUSHFE’L Fe’l-atvori yaxshi, kishiga muomalasi yoqadigan. Xushfe’l

odam.

69-mashq. Boyjigit Abdullayevning “Ma’naviyat” she’rini o‘qing.

Ma’naviyat tushunchasini izohlang. Unli tovushlarga ta’rif bering.

Ko‘ngil bo‘stonlarining bahori – ma’naviyat,

Kim g‘aflat uyqusida – nahori ma’naviyat.

Doimo ravnaqdadir ahli bashar, ey do‘stlar,

Jamiyat ko‘zmunchog‘i, tumori – ma’naviyat.

Ko‘rk erur inson uchun doimo yaxshi amal,

Qadriyat antiqasi, osori – ma’naviyat.

Page 58: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Bir ajab libosdirkim odamlarning egnida,

To‘kilmagan hech qachon ohori, ma’naviyat.

Savol va topshiriqlar.

1. O‘zbek tili vokalizmi deganda nimani tushunasiz?

2. Old qator unlilari qaysilar?

3. Orqa qator unlilariga tavsif bering.

4. Yuqori tor unlilarini aytib bering.

5. O‘rta keng unlilariga tavsif bering.

6. Quyi keng unlilarni sanang, izohlang.

7. Lablashgan unlilarni ayting, izohlang.

8. Lablashmagan unlilarning xossalarini ayting.

9. Monoftong unlilar nima?

10. Diftong unlilar qaysi tillarda uchraydi?

70-mashq. Uyga vazifa. Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan aytilgan

hikmatli so‘zni daftaringizga ko‘chiring. Unli tovushlarga izoh bering. O‘zbek

ma’rifatparvarlarining XX asr boshlarida ona tilimiz mavqei uchun

kurashlari haqida bilganlaringizni yozib keling.

Badbaxt ul kishidurki, anga so‘z ta’sir etmas.

15-§. ONA TILI KONSONANTIZMI. UNDOSH TOVUSHLAR VA

ULARNING TASNIFI

Reja:

1. Undosh tovushlar haqida umumiy ma’lumot.

2. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra unlilar tasnifi.

3. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra unlilar tasnifi.

4. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra unlilar tasnifi.

Tayanch iboralar: undosh tovush, konsonantizm, lab undoshlari, lab-lab

undoshlari, lab-tish undoshlari, til oldi undoshlari, chuqur til orqa undoshlari, til

orqa undoshlari, til o‘rta undoshi, bo‘g‘iz undoshi, jarangli undosh, jarangsiz

undosh, titroq tovush, yon tovush, burun undoshlari, dorsal, kakuminal, palatal,

uvulyar, sonar.

Topshiriq. Gapni o‘qing, undosh tovushlarga tavsif bering. Har bir

millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga

bog‘lidir. (Abdulla Avloniy)

Undosh tovushlar o‘pkadan chiqayotgan havoning bo‘g‘iz va og‘iz

bo‘shlig‘ida ma’lum bir to‘siqlarga uchrashi natijasida hosil bo‘ladi. Tildagi

undosh tovushlar tizimiga konsonantizm deyiladi.

Page 59: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

O‘zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Ular yozuvda 23 ta harf bilan

ifodalanadi.

Undoshlar nutqni qat’iylashtiradi, unga o‘ziga xos ohang, ton berib turadi.

Shu bois ularni turli tomonlardan tasnif qilish mumkin.

Undosh tovushlarning tasnifida paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra ularni guruhlarga

ajratish birinchi planda turadi. Bu tasnifga ko‘ra undoshlar tubandagi guruhlarga

bo‘linadi.

I. Hosil bo‘lish o‘rnaiga ko‘ra:

1. Lab undoshlari: a) lab-lab undoshlari: b,p,m; b) lab-tish undoshalri: v,f.

2. Til undoshlari: a) til oldi undoshlari: d, t, z, s, sh, ch, s, j, dj, n, l, r; b) til

o‘rta undoshi: y; v) til orqa undoshlari: g, k, ng; g) chuqur til orqa undoshlari:

q, g‘, x

3. Bo‘g‘iz undoshi: h.

Tilshunoslikda z, s, d, t, s, n, l undoshlari dorsal, r undoshi kakuminal,

y undoshi palatal, q, g‘, x undoshlari uvulyar undoshlar sanaladi.

Darsal undoshlarda til uchining orqa qismi yuqori tillarga tegadi.

Kakuminal undoshlarda tilning uchi ko‘tariladi, r shunday undosh sanaladi.

Bundan tashqari r titroq tovush hamdir. L esa yon tovush sanaladi. Til o‘rtasining

qattiq tanglayga yaqinlashishi natijasida palatal undosh hosil bo‘ladi (y).

Chuqur til orqasida hosil bo‘luvchi undoshlarga esa uvulyar undoshlar

deyiladi (q, x, g‘)

Lab undoshlari b, p, m so‘z boshi, o‘rtasida, oxirida keladi, o‘rin almashadi,

so‘z oxirida kuchsizlanadi.

Masalan: hisob (p), (m) bo‘yin, bora (v) ber...

V tovushining o‘zbek tilida ikki xil varianti bor.

Tovuq, birov, g‘ov so‘zlarni tarkibidagi v lab-lab undoshi sanaladi.

Voiz, barvaqt, vazifa, vagaon, avtobus so‘zlarida lab-tish undoshi sifatida

talaffuz etiladi. Bu holat arab, fors-tojik, rus tillarining ta’sirida paydo bo‘lgan.

F tovushi iffat, familiya, oftob, taassuf kabi o‘zlashma so‘zlar tarkibida ko‘p

uchraydi.

D-t, z-s, dj-sh, ch-s tovushlarida ham turli xil o‘tish, kuchsizlanish holatlarini

ko‘rishimiz mumkin.

Umuman olganda, undosh tovushlarinig hosil bo‘lishida lab, til, tish, tanglay

muhim rol o‘ynaydi.

II. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra:

Undoshlarning artikulyatsiyasida shu narsani kuzatish mumkinki, o‘pkadan

chiqayotgan havo yo‘liga nutq a’zolari to‘siq bo‘lib tushganda havo yo‘lining

birdan ochilishi natijasida nutq a’zolari o‘rtasida portlash yoki sirg‘alish ro‘y

beradi. Shunga ko‘ra undosh tovushlar portlovchi hamda sirg‘aluvchi undoshlarga

bo‘linadi.

1. Portlovchi undoshlar. T, d, p, b, ch, k, q, ch, j, n, ng, m undoshlari

portlovchi undoshlar sanaladi.

Masalan, d, t undoshlarining artikulyatsiyada til uchining milkka yoki

tishlarning yuqori qismiga taqalishi hamda ular o‘rtasida havoning portlab

chiqishini sezilishimiz mumkin.

2. Sirg‘aluvchi undoshlar. V, f, z, s, dj, s, y, l, r, g‘, x, h undoshlarining hosil

bo‘lishida havo bir-biriga mahkam jiplashgan ikki nutq orasidan sirg‘alib chiqadi.

Page 60: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Ba’zi bir adabiyotlarda o‘pkadan chiqayotgan havoning burun bo‘shlig‘iga

qisman o‘tishi natijasida hosil bo‘ladigan l, m, n, ng, r undoshlariga portlovchi-

sirg‘aluvchi undoshlar deb qarash mavjud. Bu tovushlar sonar (yoki sonant)

tovushlar deb ham yuritiladi.

Bu holat undosh tovushlarning ovozning ishtirokiga ko‘ra ikkiga bo‘lish

imkonini beradi.

a) sonar (burun) undoshlari. Bularda ovoz kuchli bo‘ladi. Mazkur

xususiyatiga ko‘ra ular unlilarga yaqinlashadi.

b) Qolgan undoshlar bunday ovozdorlikka ega emas. Ular shovqinli undoshlar

sanaladi.

Shuningdek, undoshlar tarkibiga ko‘ra ham ikkiga bo‘linadi. Bunga binoan

undoshlar sof va qorishiq bo‘ladi.

Qorishiq undoshlar o‘zbek tilida 3 ta: ch, dj, s. Bu tovushlar tarixan ikki

tovushdan tashkil topgan bo‘lib, keyingi takomili natijasida bir-biriga qo‘shilib

ketgan (t+sh=ch, t+s=s, d+j=dj). Qorishiq tovushlar tilshunoslikda affrikat

deyiladi. O‘zbek tilidagi ch va dj undoshlari tilimizga allaqachon singib ketgan:

soch, chuchvara, chumchuq, garaj, tiraj, jirafa, ajdar kabi so‘zlar tarkibida

kelayotgan affrikatlarni ikki tovush singari talaffuz qilib bo‘lmaydi.

Sof undoshlarning talaffuzida hech qanday affikativ jarayonlar sodir

bo‘lmaydi.

Tilshunoslikda portlovchi tovushlarga eksploziv, sirg‘aluvchi tovushlarga esa

imploziv deb baho berish ham bor.

Xullas, undosh tovushlarning xususiyatlari ko‘p, lekin ularni tasniflash,

qolipga solish mumkin.

III. Tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra undoshlarning bo‘linishi

Нutq jarayonida bo‘g‘iz bo‘shlig‘iga joylashgan un yoki tovush

paychalarining o‘rni juda katta. Ular tildagi barcha tovushlarni hosil qilishda

ishtirok etadi. O‘pkadan chiqayotgan havo bo‘g‘iz bo‘shlig‘iga joylashgan un

paychalarini tebratib o‘tadi va bu jarayonda ma’lum bir nutq a’zolarining to‘sig‘iga

duch keladi. Aynan mana shu to‘siqning holati undosh tovushlarning turlicha

ko‘rinishlarda yuzaga chiqishini ta’minlaydi. Boshqacha qilib aytsak, un

paychalarining ishtirokiga ko‘ra undosh tovushlar ikkiga bo‘linadi: 1. Jarangli

undoshlar. Bunday undoshlarni hosil qilishda jarang va un ishtirok etadi. 2.

Jarangsiz undoshlar faqat jarangdan hosil bo‘ladi. Ularning paydo qilinishidan un

qatnashmaydi. O‘zbek tilida jarangli va jarangsiz undoshlarning quyidagi qatori

mavjud:

b v g d z j dj y g‘ – l m n ng r

p f k t s sh, ch – q,x h – – – – –

Jarangli undoshlar soni 14 ta, jarangsiz undoshlar miqdori esa 10 ta.

8 ta jarangli undosh o‘z juftiga ega. Til o‘rta undoshi y va sonor

undoshlarning jufti yo‘q.

Barcha jarangli undoshlar ma’lum bir holatlarda jarangsizlashib, reduksiyaga

uchraydi. Bu til qonuniyati sanaladi. Masalan: kito(p)b, obo(t)d, iztiro(p)b,

i(sh)jtimoiy, barg kabi.

Page 61: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Umuman olganda, tasniflarning barchasida asos bor. Faqat ularga obyektiv

baho berish darkor.

71-mashq. Amir Temur o‘gitlarini o‘qing. Ularda ishlatilgan undosh

tovushlarga tavsif bering.

1. Adovat emas, adolat yengadi. 2. Bir kalima shirin so‘z qilichni qinga

kiritar. 3. Dushmandan qo‘rma, munofiqdan qo‘rq. 4. Kuch adolatdadir.

5. Yaxshini yomon kunda sina. 6. So‘zlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono

o‘lsun.

72-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagi so‘zlarga berilgan

izohlarni esda saqlab qoling. Undosh tovushlarning ishlatilishiga e’tibor

qarating.

ADOVAT [arabcha dushmanlik, nafrat] 1 Dushmanlik munosabati, shunday

munosabatga xos his-tug‘u. 2 Kek, xusumat.

ADOLAT [arabcha odillik] 1 Odilona ish tutish, odillik. 2 Adolat (xotin-

qizlar ismi)

BEQASAM 1 O‘rishi ipak, arqog‘i ipdan to‘qiladigan, yo‘l-yo‘l gulli pishiq

gazlama; shu gazlamadan tayyorlangan kiyim. 2 ko‘chma Turli rangda

jilolanuvchi, beqasamdek taram-taram bo‘lib tovlanadigan.

DILXIROJ [forscha qalbni tirnovchi, yurakni ezuvchi] O‘zbek xalq

kuylaridan birining nomi.

MUNOFIQ [arabcha ikkiyuzlamachi; mug‘ombir] Tili boshqa, dili boshqa,

so‘zi va ishi bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan, samimiyligi yo‘q; ikkiyuzlama.

73-mashq. Dilnoz To‘xtayevaning “Dilxiroj” she’rini o‘qing. Shu kuyni

eshitganmisiz? Eshitgan chog‘ingizda xayolingizdan qanday uylar o‘tgan?

She’rdagi undosh tovushlarga tavsif bering.

Navoga aylandi dildagi dardlar,

Ko‘zlarga jamlandi bari basma-bas.

Barmoqlar imosi ko‘ngilga yoqar,

Dilxiroj – egningda beqasam atlas.

O‘zbekning o‘ziday tanti, beminnat,

Yurt kezdi voqor-la yuzda ibosi.

Avloddan avlodga o‘tar omonat,

Dilxiroj – xalqimning oltin merosi.

Savol va topshiriqlar.

1. Undosh tovushlarning hosil bo‘lishini tushuntirib bering.

2. Lab undoshlari qaysilar?

3. Til undoshlarini ayting.

4. Til oldi undoshlarining hosil bo‘lishi haqida so‘zlang.

Page 62: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

5. Til orqa undoshlari nima sababdan ikkiga bo‘linadi?

6. Bo‘g‘iz undoshiga tavsif bering.

7. Sirg‘aluvchi undoshlar qaysilar?

8. Portlovchi undoshlarga xarakteristika bering.

9. Jarangli undoshlarni sanang.

10. Jarangsiz undoshlarni aytib bering.

11. Sonorlarga tavsif bering.

74-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, undagi g‘oya haqida

suhbatlashing. Birinchi gapdagi undoshlarga tavsif bering.

Aytishlaricha, Farobiy juda kambag‘al bo‘lib, hatto qog‘oz sotib olishga ham

ba’zan imkoniyati yo‘q ekan. O‘rmonga chiqqan kezlarida xayoliga kelgan

narsalarni daraxt yaproqlariga yozib qo‘yar ekan.

Farobiydan so‘rabdilar:

– Kim ko‘p narsa biladi? Sizmi yoki Aristotelmi?

– Agar men u yashagan davrda yashab, ijod etganimda, u bilan uchrashgan va

uning qo‘lida o‘qiganimda edi, men uning eng yaxshi shogirdi bo‘lishim mumkin

edi, –deb javob bergan ekan olim.

16-§. NUTQNING ASOSIY FONETIK BIRLIKLARI

Reja:

1. Til va nutq tushunchalari, ular o‘rtasidagi farqlar.

2. Nutqning asosiy fonetik birliklari. Segment bo‘laklar.

3. Tovush, bo‘g‘in, so‘z, takt, fraza haqida ma’lumot.

Tayanch iboralar: til, nutq, uyadoshlik munosabati, fonetik tuzilish,

segmentatsiya, segment, tovush, fonetik so‘z, bo‘g‘in, ochiq bo‘g‘in, yopiq bo‘g‘in,

takt, prokliza, proklitika, enkliza, enklitika, takt, jumla, gap.

Topshiriq. Gapni o‘qib, uni fonetik jihatdan bo‘laklarga ajrating.

Har bir kishi kasb-korini mukammal bilmog‘i, go‘zal tarbiya olmog‘i va

yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak. (Abu Nasr Farobiy)

Biz yuqorida til va nutq hodisalarini bir-biridan farqlagan edik. Til ijtimoiy

hodisa sifatida nutq orqali yuzaga chiqishini ta’kidlagandik.

Nutq alohida-alohida tovushlardan tashkil topmagan. Nutq tovushlari bir-biri

bilan aloqaga kirishar ekan, ularda sintagmatik va paradigmatik aloqalar mavjud

bo‘ladi. Nutq tovushlarining ketma-ketlik asosida birlashuviga sintagmatik

munosabat deyiladi. Uyadoshlik (paradigmatik) munosabat esa nutq tovushlarning

umumiy xususiyatlariga ko‘ra bir yerga to‘planishiga, muayyan semantik uyani

tashkil qilishiga asoslanadi.

Mana shu ikki munosabat negizida nutqning fonetik tuzilishi yotadi.

Nutqda ketma-ket kelgan tovushlarning yig‘indisi yoki zanjirsimon

ulanishidan iborat bo‘lib, ma’lum bir fonetik birliklardan tashkil topadi. Bu

Page 63: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

bo‘linishga fonetik bo‘linish deyiladi. Tilshunoslikda bu hodisa segmentatsiya

(lotincha: segmentus – bo‘lak degani) deb ham yuritiladi. Har bir bo‘lak segment

hisoblanadi.

Nutq quyidagi 5 ta segmentga bo‘linadi. 1. Tovush. 2. Bo‘g‘in. 3. So‘z.

4. Takt. 5. Fraza (jumla)

Nutqning boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydigan eng kichik birligiga nutq

tovushi deyiladi. Masalan: k, u, ch, b, i, l, i, m, v, a, t, a, f, a, k, k, u, r, d, a kabi. Bu

birliklarning har biri nutq tovushi sanaladi va boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydi,

balki nutqning keyingi bo‘lagini hosil qilish uchun muhim material vazifasini

o‘taydi. Tovushlarning artikulyatsiyasi uch bosqichdan iborat bo‘ladi:

a) ekskursiya – boshlanish nuqtasi; b) o‘rta faza; v) rekursiya – tugash nuqtasi.

Nutq tovushlaridan bo‘g‘inlar tashkil topadi. Bir havo zarbi bilan aytiladigan

nutq tovushi yoki nutq tovushlari yig‘indisiga bo‘g‘in deyiladi. Yuqoridagi nutq

tovushlari kuch, bi, lim, va, ta, fak, kur, da bo‘g‘inlarini tashkil etadi.

Bo‘g‘inlar kuch, bilim, va, tafakkurda kabi so‘zlarni hosil qiladi. Nutq

tovushi va ma’noning organik birligiga so‘z deyiladi.

So‘zlarning bir urg‘u yordamida nutqiy bo‘laklar tashkil qilishiga takt

deyiladi. Jannatmakon O‘zbekiston, ko‘hna tarix, qimmatbaho kitob singari

so‘zning oldidan kelib ulanish sodir bo‘lsa, bunga prokliza, ulangan so‘zga

proklitika deyiladi.

Mustaqillik shukuhi, Vatan sarhadlari, mardlar jasorati ko‘rinishidagi

orqadan kelib ulanishga enkliza, ulanayotgan so‘zga esa enklitika deyiladi.

O‘zbek tilida proklitika va enklitika hodisasi juda ko‘p kuzatiladi.

Har ikki tomonidan chuqur pauza bilan ajratiladigan fonetik birlikka fraza

(jumla) deyiladi. Masalan: Kuch bilim va tafakkurda. Fraza gapga to‘g‘ri

kelmaydi. Gap – sintaktik birlik, fraza – fonetik birlik.

Demak, nutqning fonetik bo‘linishi o‘ziga xos qonuniyatlari asosida ro‘y

beradi. Uning bir tomoni talaffuzga borib taqaladi.

Nutqda bo‘g‘in o‘ziga xos o‘ringa ega. Bir havo zarbi bilan aytilgan nutq

tovush yoki nutq tovushlari yig‘indisiga bo‘g‘in deyiladi. Bo‘g‘inning amaliy

ahamiyati keng. So‘zlarni o‘rganishda, ularning imlosida, she’r tuzilishida

bo‘g‘indan unumli foydalaniladi. Har bir tilda bo‘g‘in o‘ziga xos tuzilishga ega.

O‘zbek tilidagi bo‘g‘inlar unlilar yordamida hosil qilinadi. Unlilarni

vokalizm atamasiga nisbat berilib V, undoshlarni esa konsonantizmga asoslanib

C harflari bilan belgilanishi odat tusiga kirgan. Tilimizda bo‘g‘inning quyidagi

ko‘rinishlari ko‘p uchraydi:

1. Bir unlidan iborat bo‘lgan bo‘g‘inlar: u-ka, i-lon, a-sal. (VCV, VCVC,

VCVC)

2. Bir unli va bir undoshdan tashkil topgan bo‘g‘inlar: un, ol, oq. (VC)

3. Bir unli va ikki undoshdan iborat bo‘lgan bo‘g‘inlar: ahd, ost, ilm. (VCC)

4. Bir unli va uch undoshdan iborat bo‘lgan bo‘g‘inlar: past, dard, baxsh.

(CVCC)

Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili uchun bir bo‘g‘inli so‘zlar xos sanaladi.

Undoshlarning yonma-yon kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlarning aksariyati

tilimizga boshqa tillardan o‘zlashgan.

Bo‘g‘in unliga tugasa, ochiq bo‘g‘in sanaladi: bo-la, ta-ma-ki, da-la kabi.

Page 64: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Bo‘g‘in oxirida undosh kelsa, u yopiq bo‘g‘in hisoblanadi: tut-zor, ol-moq,

tor-tib.

62-mashq. Abdurauf Fitratning quyidagi fikrini daftaringizga ko‘chirib oling

va har doim unga amal qilishga odatlaning. Birinchi gapdagi fonetik birliklarni

aniqlang.

Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan,

o‘tkir aql va yaxshi axloqdir.

75-mashq. Quyida berilgan so‘zlar izohiga diqqat qiling va shunday

insonlar bo‘lmaslikka intiling. Ularni bo‘g‘in va tovushlarga ajrating.

ANQOV Es-hushini hadeganda yig‘ib ololmaydigan, gapga hadeganda

tushunib tolmaydigan; ovsar, esar.

OVSAR Gap anglamaydigan, esi pastroq.

ESAR Esi past, tentaktob, ovsar.

HAFTAFAHM Biror narsani darrov uqib, tushunib ololmaydigan, fahmi

kalta; anqov, befarosat.

76-mashq. She’rni o‘qib, undagi g‘oya haqida suhbatlashing. Birinchi

gapni fonetik jihatdan bo‘laklarga ajrating.

Men niholni sindirmayman, niholjonni,

Sindirsammi og‘riydi-da, uning joni.

Men niholni yumshataman taglarini,

Lablarimga surtadurman barglarini.

Men niholni avaylayman uloqlardan,

Kumush suvlar keltiraman buloqlardan.

Men niholga “Niholjon” deb nom qo‘yaman,

Mehmon kelsa mevasidan bol qo‘yaman. (Olqor Damin)

Savol va topshiriqlar.

1. Nutqning fonetik bo‘linishi deganda nimani tushunasiz?

2. Nutq tovushi deb nimaga aytiladi?

3. Bo‘g‘in deb nimaga aytiladi?

4. So‘z deb nimaga aytiladi?

5. Takt deganda nimani tushundingiz?

6. Frazaga ta’rif bering.

77-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, birinchi gapni tovush, bo‘g‘in,

so‘z, takt va jumlaga ajrating.

O‘rmonga o‘t ketibdi. Jonivorlarning bir qismi kuchlari yetgancha suv tashib

o‘tni o‘chirmoqchi bo‘lishibdi. Ikkinchi qismi esa: “Bundan hech narsa

chiqmaydi”, - deb chetroqqa chiqib tomosha qilib turibdi.

Page 65: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Bir chumoli o‘tni o‘chirish uchun hovuchida suv olib ketayotgan ekan. Buni

ko‘rgan qarg‘a uning ustidan kulib debdi:

– Mana shu suving bilan olovni o‘chiraman deb o‘ylayapsanmi?”

Chumoli unga javob beribdi:

– Bilaman, bu suv bilan o‘tni o‘chirib bo‘lmaydi, lekin men bu harakatim

bilan kim tomonidan turganimni bilaman”. (“Hayot saboqlari” kitobidan)

17-§. URG‘U VA UNING TURLARI

Reja:

1. Urg‘u va uning turlari haqida ma’lumot.

2. So‘z urg‘usi va uning turlari.

3. Ma’no urg‘usi haqida ma’lumot.

Tayanch iboralar: bo‘g‘in, urg‘u, so‘z urg‘usi, urg‘uli bo‘g‘in, urg‘usiz

bo‘g‘in, erkin urg‘u, turg‘un urg‘u, ko‘chib yuruvchi urg‘u, kvantativ urg‘u,

musiqiy urg‘u, fraza urg‘usi.

Topshiriq. Gapni o‘qing, so‘zlardagi urg‘u tushayotgan bo‘g‘inlarni

belgilang.

Dunyodagi eng ulug‘ martaba, eng ulug‘ sharaf Vatan ozodligi uchun xizmat

qilishdir. (Abdulla Oripov)

Nutqda bo‘g‘inlarning barchasi bir xil temp bilan aytilganda edi, bunday nutq

zerikarli va amaliy jihatdan yaroqsiz sanalib qolgan bo‘lardi. Shu bois, nutqiy

qulayliklar, ohangdagi o‘ziga xos jozibadorliklar, cho‘ziqlik va qisqaliklarni,

ovoznigorlikni yuzaga keltirish uchun urg‘udan foydalaniladi.

Gap ichidagi ma’lum bir so‘z yoki so‘zdagi bo‘g‘inlardan birining

boshqalariga nisbatan kuchliroq aytilishiga urg‘u deyiladi.

Birinchi galda so‘z urg‘usi va ma’no urg‘usi bir-biridan farqlanadi.

Ma’no urg‘usi gapdagi ma’lum bir so‘zga tushadi. Masalan: Yoshlar

Vatanning qanotlaridir.

Gap va jumladagi so‘z bo‘g‘inlaridan birining ajratib aytilishiga fraza urg‘usi

deb ataladi.

So‘z urg‘usi bo‘g‘inlardan biriga tushadi. Urg‘u so‘zda doimiy o‘z o‘rniga

ega bo‘ladi. Masalan, o‘zbek, fransuz tillarida urg‘u hamisha so‘zning oxirgi

bo‘g‘iniga tushadi. Chex, venger tillarida birinchi bo‘g‘inga, rus, ingliz tillarida esa

har xil bo‘g‘inlarga urg‘u tushishi kuzatiladi. Shunga ko‘ra urg‘ular turg‘un va

erkin urg‘ularga bo‘linadi.

O‘zbek tilidagi urg‘u turg‘un sanaladi. U doimo so‘zning oxiriga tushadi.

Qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan u ko‘chib yuradi. Masalan, bolá, bolalár,

bolalargá.

Talaffuzdagi asosiy og‘irlik talaffuz kuchi yoki intensivlik zimmasiga tushsa,

bunday urg‘ularga dinamik (ekspirator) urg‘u deyiladi.

Page 66: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Asosiy tonning ko‘tarilib tushishiga asoslangan urg‘ular muzikal urg‘u

sanaladi. Ularga melodik urg‘u ham deyiladi. Urg‘u tushgan bo‘g‘inda cho‘ziqlik

yuzaga kelsa, kvantativ (miqdoriy yoki cho‘ziqlik) urg‘u yuzaga keladi.

So‘z urg‘usi ma’noni farqlash uchun ham ishlatiladi. Bunda urg‘u birinchi va

ikkinchi bo‘g‘inga tushganda so‘z ma’nolari o‘zgarishi kuzatiladi.

ko‘zlár (ko‘plik) – kó‘o‘zlar (sifatdosh)

bog‘lár (ko‘plik) – bóg‘lar (sifatdosh)

hozúr (sifat) – hózir (ravish)

yangú (sifat) – yángi (ravish)

etúk (ot) – étik (etikaga oid, sifat)

ákademik (ot) – akadémik (sifat)

O‘zbek tilida urg‘u olmaydigan qo‘shimchalar ham bor.

Shaxs-son qo‘shimchalari, dona va chama son yasovchi -ta, -tacha

qo‘shimchalari, ravish yasovchi -cha, -dek, -day qo‘shimchalari, bo‘lishsizlik

shaklini hosil qiluvchi -ma qo‘shimchasi, -u, -yu, -ku, -mi, -chi, oq, -yoq, -da, -

gina, -kina, -qina kabi yuklamar urg‘u olmaydi.

Umuman olganda, urg‘uning nutqni ravon va tushunarli tarzda suhbatdoshga

yetkazishda ahamiyati beqiyosdir.

78-mashq. Abu Rayhon Beruniyning hikmatli so‘zlarini daftaringizga

ko‘chirib yozing. So‘zlarga tushgan urg‘ularni belgilang.

1. Nodonlik bedavo darddir. 2. Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil

bo‘ladi. 3. Yolg‘onchilik kishini adolatdan yuz o‘girtiradi. 4. Yolg‘on doim

rostdan yengiladi, u xuddi suv yuzasidagi ko‘pikdek yo‘q bo‘lib ketadi. 5.

Yomonlikning shoxobchalari ko‘p bo‘lsa ham, ularning asosi ta’ma, g‘azab va

ilmsizlikdir.

79-mashq. So‘zlarning ma’nolariga diqqat qiling. Shunday fazilatlarga

ega bo‘lishga intiling.

ZIYRAK [forscha chaqqon, epchil; oqil, dono] Tez fahmlaydigan, fahmi tez,

sezgir.

SEZGIR 1 Sezish qobiliyati kuchli, tashqi ta’sirni tez sezadigan. 2 Tez

fahmlab oladigan, hushyor; fahm-farosatli. 3 Eng kichik o‘zgarishlarni ham qayd

etadigan.

FARASOTLI Fahmli, aqlli, didli

HUSHYOR [forscha aqlli, idrokli, farosatli, es-xushli; zehni o‘tkir, ziyrak;

sergak, sezgir] 1 Sharoit, holatni, narsa-hodisaning mohiyatini tez anglash

qobiliyatiga ega; shunday qobiliyat, idrok bilan ish tutadigan; ziyrak. 2 Tevarak-

atrofga, yon-veridagi hodisalarga sezgirlik bilan ko‘z-quloq bo‘lib turuvchi;

sergak. 3 Es-hushi joyida, hushini yo‘qotmagan.

80-mashq. Muhammad Yusuf she’ridan olingan parchani o‘qing. “Bu

dunyoda eng yorug‘ baxt el tinchidir” deganda nimani tushunasiz? Shu

haqdagi fikrlaringizni ayting. So‘zlarga tushayotgan urg‘ularni belgilang.

Page 67: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Er boshiga ish tushsa o‘t kechguvchidir,

Chidaymiz-da, bu zahmatlar o‘tkinchidir.

Hurligin haq – qolgan bari o‘taversin,

Bu dunyoda eng yorug‘ baxt el tinchidir.

Ayirmasin beminnat non, tuzingdan-a,

O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim, o‘zingdan-a.

Savol va topshiriqlar.

1. Urg‘u deb nimaga aytiladi?

2. So‘z urg‘usiga ta’rif bering.

3. Gap urg‘usi deb nimaga aytiladi?

81-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, so‘zlarga tushayotgan urg‘ularni

toping.

To‘g‘ri va haq yo‘lda yurgan kishining yurishi arslon yurishidan ko‘ra ham

haybatliroqdir.

O‘z birodaring so‘zini sukut saqlab tinglab, uning hurmatini o‘rniga qo‘y,

garchi uni eshitishga rag‘bating va mayling yo‘q bo‘lsa ham. (Mahmud az-

Zamaxshariy)

18-§. NUTQ JARAYONIDA TOVUSHLARNING O‘ZGARISH

XUSUSIYATLARI

Reja:

1. Tovush o‘zgarishlari. Pozitsion o‘zgarishlar haqida ma’lumot.

2. Kombinator o‘zgarishlar. Assimilyatsiya va uning turlari.

3. Dissimiliyatsiya va uning turlari.

4. Metateza haqida ma’lumot.

5. Tovushlarning so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida orttirilishi bilan bog‘liq

hodislar.

6. Tovushlarning so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida tushishi bilan bog‘liq

hodislar.

7. Bo‘g‘in tushishi bilan bog‘liq tovush o‘zgarishlari.

Tayanch iboralar: nutq, konvergensiya, divergensiya, tovushlar o‘zgarishi,

tovushlar orttirilishi, tovushlar tushushi, pozitsion o‘zgarishlar, kombinator

o‘zgarishlar, assimilyatsiya, progressiv assimilyatsiya, regressiv assimilyatsiya,

dissimilyatsiya, metateza, prokopa, sinkopa, apakopa, proteza, epenteza, epiteza,

gaplologiya, reduksiya, singramonizm, lab garmoniyasi, tanglay garmoniyasi,

geminatsiya, umlautlashuv.

Topshiriq. Alisher Navoiy qalamiga mansub hikmatli so‘zni yodlang.

So‘zlardagi tovush o‘zgarishlarini toping.

Har kishikim, birovga qozg‘ay choh,

Tushgay ul choh aro o‘zi nigoh.

Page 68: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Nutq jarayonida tovushlar bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada tovush

o‘zgarishlari ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar kombinator va pozitsion o‘zgarishlarga

bo‘linadi.

Pozitsion o‘zgarishda tovushlar faqat ma’lum bir o‘rinlardagina o‘zgaradi.

Masalan: uch so‘zi tarkibidagi ch tovushi usso‘m birikmasida keyingi so‘z taribida

kelayotgan s ta’sirida o‘zgaradi; sambolam, besso‘m birikmalarida ham shunday

holat kuzatiladi.

Yonma-yon tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ro‘y beradigan

o‘zgarishlarga kombinator o‘zgarishlar deyiladi.

Kombinator o‘zgarishlardan biri assimilyatsiya hodisasi sanaladi. Yonma-yon

tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan tovush o‘zgarishlariga

assimilyatsiya (lotincha assimlatio – o‘xshashlik degan ma’noni bildiradi) deyiladi.

Agar birinchi tovush ikkinchi tovushga ta’sir qilib aynan o‘ziga o‘xshatib olsa,

progressiv (ilgarilama) assimilyatsiya hodisasi sodir bo‘ladi. Masalan: ketti, oshshi,

akammi kabi. Uning to‘liq (qorri, uyyi, bizzi) va to‘liqsiz (qisman) assimilyatsiya

(uydi, bizdi, sizdi) kabi turlari bor.

Assimilyatsiyaning to‘liq turlari o‘zbek tilining Toshkent va Namangan

shevalarida ko‘p kuzatiladi: toshshi, kitoppi, qorri, ko‘ddi, boddi kabi. Andijon tip

shevalarida esa uning to‘liqsiz turi mavjud: toshti, kitopti, qordi singari.

Ikkinchi tovush birinchi tovushga ta’sir qilib o‘ziga o‘xshatib olsa regressiv

(qaytma) assimilyatsiya sodir bo‘ladi. Masalan: ko‘rdi – ko‘ddi, bordi – boddi,

mahkam – makkam, surnay – sunnay, karnay – kannay kabi.

O‘xshash bo‘lib qolayotgan tovushlar yonma-yon bo‘lsa, kontakt

assimilyatsiya, bir-biridan uzoqroqda bo‘lsa, distant assimilyatsiya hodisalari

bo‘ladi. Kontakt-yondosh, distant-masofali deb ham ataladi. H.Ne’matov

assimilyatsiyani singish hodisasi deb atagan.

Dissimilyatsiya (lotincha dissimilation – o‘xshamaslik so‘zidan olingan)

nutqdan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan so‘zlarning o‘xshamay qolishidir. Shu bois

unga farqlanish ham deydilar. Masalan: kista (kissa), bironta (birorta), zaril

(zarur), zaral (zarur) kabi

Dissimilyatsiyaga ajraluv ham deyiladi.

Turkiy tillarning barchasi, jumladan o‘zbek tili uchun ham singarmonizm

hodisasi xarakterli sanaladi. Ayniqsa, tilimizning oldingi bosqichlarida

singarmonizm hodisasi juda keng tarqalgan edi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili va unga

asos bo‘lgan shevalarda singarmonizm hodisasi asta-sekin zaiflashib bormoqda,

lekin qipchoq va o‘g‘uz lahjasiga oid shevalarda hali ham singarmonizm

mustahkam o‘rin tutadi.

Nutqda tovushlarning bir-biriga ohangdoshliligiga singarmonizm hodisasi

deyiladi. Unga unlilarning uyg‘unlashuvi ham deyiladi.

Singarmonizmga assimilyatsiyaning bir turi sifatida qarash ham mavjud.

A.A.Reformatskiy esa unga fundamental struktur hodisa sifatida baho beradi.

I.A.Boduyen de Kurtene singarmonizmni so‘z bo‘g‘inlarini bog‘lovchi sementga

o‘xshatadi.

Singarmonizmning ikki turi mavjud: 1. Tanglay garmoniyasi yoki lingvial

garmoniya. Bu qonuniyatga ko‘ra so‘z boshida til oldi unlisi kelsa, so‘z o‘rtasi va

oxirida ham shunday unlilar keladi. Masalan: aylandi, kishi, bilim kabi.

Page 69: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Birinchi bo‘g‘inda til orqa unlisi kelsa, qolganlari ham shunga moslashadi:

barg‘an, ata, tulku.

Ayniqsa, keyingi ko‘rinish qipchoq lahjasiga kiruvchi shevalarimizda kuchli:

barip, jarip, jardam kabi.

Ayrim olimlarning fikricha, singarmonizm hodisasi morfologiyaga ham ta’sir

qiladi. O‘zakka qo‘shilgan qo‘shimchalar singarmonizm qonuniyatlariga

bo‘yinsunadi. Masalan: turup, akamiz, tursun kabi

Singarmonizmning ikkinchi turi lab garmoniyasi yoki labial garmoniyadir.

Lab garmoniyasida unlilar lablanish nuqtai nazaridan bir-biriga moslashadi.

O‘zbek tilida 2 ta lab unlisi bor: u va o‘. Lab garmoniyasi qonuniyatlariga ko‘ra

birinchi bo‘g‘inda lab unlisi kelsa, keyingi bo‘g‘inlardagi unli ham shunga

moslashadi. Masalan: bo‘ru, o‘run, tulku (qipchoq shevalarida). Singarmonizm

hodisasi garchi unlilarga taalluqli bo‘lsa ham, uning undosh tovushlarga ham

ta’siri bo‘ladi.

Tovushlarning kuchsizlanishi, tushib qolishi va orttirilishi bilan bog‘liq

bo‘lgan hodisalar.

Yonma-yon kelgan tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yuzaga keladigan

fonetik hodisalar nihoyatda ko‘p kuzatiladi. Akkomadatsiya (moslashish),

reduksiya (kuchsizlanish), geminatsiya (qo‘shoqlanish), prokopa, sinkopa,

apakopa, eliziya, sinerezis, gaplologiya, proteza, epenteza, epiteza, metateza kabi

hodisalar bunga misol bo‘la oladi.

Akkomodatsiya qonuniyatlariga unli va undosh tovushlar bir-biriga

moslashadi. Old qator unlilariga til oldi undoshlari, orqa qator unlilariga chuqur til

orqa undoshalri moslashadi. Masalan: kiyim, ilik, bitik; qiyqim, g‘azab, xunob kabi

Qon, tong, tom, non, ming kabi so‘zlarda burun tovushlari ta’sirida unlilar

nazalizatsiya qilinadi, ya’ni o‘pkadan chiqayotgan havoning bir qismi burun orqali

o‘tadi.

Tovush o‘zgarishlarining yangi bir turi ularning jaranglashishi, sirg‘aluvchan

va parchalanuvchan bo‘lishi bilan bog‘liq.

Reduksiya nutq tovushlarining sifat o‘zgarishi deb baholanadi. Kitob, hisob,

obod, savod, dod kabi so‘zlar oxirida kelayotgan undoshlar jarangsizlashadi.

Shuningdek, yakka, tikka, tizza, jizza, oppoq kabi so‘zlarda tovushlar

geminatsiya hodisasiga uchraydi – ikkilanadi. Buning zid holatiga esa

degeminatsiya deyiladi: metall, gramm, taalluqli kabi.

Tovushlarning tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi hodisalar bor.

Tovushlar tushib qoladi:

a) so‘z boshida: iroq, ag‘ach, im (prokopa).

b) so‘z o‘rtasida: blan, brga, trnoq (sinkopa).

v) so‘z oxirida: parzan, gazit, xursan (apakopa).

Tovushlar orttirinadi:

a) so‘z boshida: ustol, o‘raza, istansa (proteza).

b) so‘z o‘rtasida: sinif, sabir, qadir (epenteza).

v) so‘z oxirida: kioska, tanka, banka (epiteza).

H.Ne’matov protezani ilovalanish, epentezani kiritma, epitezani qo‘shish deb

nomlaydi.

Page 70: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Sinerezis hodisasida yonma-yon kelgan unlilardan biri tushib qoladi va biri

cho‘ziq talaffuz qilinadi: maorif (mo:rif), taassurot (ta:surot), zoologiya

(zo:logiya)

Eliziya – unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi so‘zlar bir-biri bilan

qo‘shilganda ulardan biri tushib qoladi: bora oladi – boroladi, kela olmadim –

kelolmadim kabi.

Gaplologiya – so‘z bo‘g‘inlaridan birining tushib qolishi: Andijon-Anjon,

Abdujabbor-Abjabbor singari.

Metateza – tovushlarning o‘rin almashishi. Yonma-yon undoshlarning o‘rin

almashishi – kontakt metateza: yomg‘ir – yomg‘ir, tuproq – turpaq, aylanmoq –

aynalmoq. Bulardan uchinchisi distant metateza sanaladi.

Diareza – so‘z oxirida undoshlarning tushib qolishi: go‘sh(t), g‘ish(t),

farzan(d) kabi

Umuman olganda, tovush o‘zgarishlari og‘zaki nutq uchun xos bo‘lib, u xalq

shevalarida keng iste’molda bo‘ladi va jonli tilning doimiy hamrohi sanaladi.

82-mashq. Haydar Xorazmiy ijodidan olingan hikmatli so‘zni imlo

qoidalariga mos ravishda to‘g‘rilab yozing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi

tovush o‘zgarishini aniqlang.

Har na yaxshiliy qisang, qilki yurt uchin,

O‘zingdan orttir-u, o‘zgaga bermay uchin.

83-mashq. So‘zlarning ma’nosiga va aytilishi bilan yozilishi o‘rtasidagi

farqlarga diqqat qiling.

HAMIYAT [arabcha jahli tezlik; jizzakilik; g‘ayrat, qunt; manmanlik,

takabburlik; mag‘rurlik]. 1 Or-nomusini, qadr-qimmatini pok saqlash tuyg‘usi;

oriyat. 2 Insoniylik his-tuyg‘usi; shunday his-tuyg‘uli munosabat.

HAMNISHIN [forscha birga o‘tiruvchi] O‘zaro suhbat, o‘tirish, ulfatchilik

kabilarda birga bo‘luvchi shaxs.

HABIB [arabcha sevikli; do‘st, o‘rtoq] 1 Do‘st, sevikli. 2 Habib (erkaklar

ismi).

XAZONREZGI [forscha xazon to‘kilish davri; kech kuz] Barg, xazon

to‘kiladigan davr, kech kuz.

XASPO‘SHLAMOQ Xato va kamchiliklarni yashirmoq, shunga urinmoq.

84-mashq. Azim Suyunning “Ey do‘st” (nasriy va she’riy qayirmalari)

dan olingan parchani o‘qing. Ajratilgan so‘zlardagi tovush o‘zgarishlarini

toping.

Olmaxon qish g‘amini yeb, yong‘oq yig‘ib, quritib o‘tirgan edi, qora qarg‘a

tumshug‘ida bir yong‘og‘i bilan uning ustidan uchib o‘tib qoldi. Qarg‘aga ko‘zi

tushgan Olmaxon:

– Hoy, kel, yong‘oq o‘ynaymiz, sening yong‘og‘ing bitta ekan, mana, qara,

meniki ko‘p, yutib olishing mumkin, – dedi.

Qarg‘aning o‘yi buzildi.

Page 71: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

– Xo‘p, qag‘g‘... – deb og‘iz ochgan edi, yong‘og‘i Olmaxon oldiga to‘p etib

tushdi.

– Ketaver, – dedi Olmaxon qarg‘aga, – Men birinchi bo‘lib yutib oldim, yana

yong‘oq topgan-tutganda kelarsan... (Azim Suyun)

Savol va topshiriqlar.

1. Tovushlarning kombinator o‘zgarishlari deb nimaga aytiladi?

2. Assimilyatsiya va uning turlari haqida so‘zlab bering.

3. Dissimiliyatsiya hodisasini izohlang.

4. Metateza hodisasiga ta’rif bering.

5. Proteza, epenteza, epiteza atamalarini izohlang.

6. Prokopa, sinkopa, apakopa hodisalari qanday hodisalar sanaladi.

7. Labial singarmonizm hodisasiga ta’rif bering.

8. Lingvial singarmonizm qanday hosil bo‘ladi?

9. Akkomodatsiya hodisasini izohlang.

10. Reduksiya hodisasi haqida gapirib bering.

11. Tovushlarning pozitsion o‘zgarishlari deb qanday o‘zgarishlarga aytiladi?

85-mashq. Uyga vazifa. Matnni imlo qoidalariga moslab ko‘chiring,

so‘zlardagi tovush o‘zgarishlarini aniqlang.

Quyoshtan so‘rashipti:

– Seni haroratingdan zo‘rroq harorat bomi?

– Bor, –deb javop beripti quyosh. – Ona mehri meni taptimdan kuchlirog‘.

O‘limdan so‘rashipti:

– Senga bas keladigan kuch bomi?

– Bor! – deb javop beripti o‘lim. – Ona mehri meni ham chekintiradi.

– Ey o‘g‘lon, onani astoydil sev, unga xizmatta bo‘l. Kimki ota-onasini

hurmat qisa, ularni rozi etsa, albatta, farzanlari ham uni e’zozlaydi, hurmatini

qiladi. (Kaykovus)

3-bob. ORFOEPIYA

19-§. ORFOEPIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. HOZIRGI ONA

TILINING ORFOEPIK ME’YORLARI

Reja:

1. Orfoepiya haqida ma’lumot.

2. Unli tovushlar orfoepiyasi.

3. Undosh tovushlar orfoepiyasi.

4. Ruscha-baynalmilal so‘zlar orfoepiyasi.

5. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar orfoepiyasi.

6. Forscha-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar orfoepiyasi.

Page 72: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Tayanch iboralar: orfoepiya, talaffuz me’yorlari, me’yor, unli tovushlar

orfoepiyasi, undosh tovushlar orfoepiyasi, o‘zlashgan so‘zlar orfoepiyasi.

Topshiriq. Gapni ko‘chiring. Undagi so‘zlarning aytitishi va yozilishi

o‘rtasidagi farqlarni toping.

Erishilgan saodatni fisqu fasoddan saqla, fisq-u fasod o‘chgan o‘tni ham

yondiradi. (Yusuf Xos Hojib)

Muayyan tilni egallash uchun uning lug‘at jamg‘armasidagi barcha so‘zlarni

yodlab olish yoki grammatik ta’riflarini shunchaki o‘zlashtirish kifoya qilmaydi.

Hamma gap mazkur tildagi til birliklarini puxta o‘zlashtirib olishga bog‘liqdir.

Shu ma’noda tilning bir-biridan ajralmas ikki oltin qoidasini: orfoepiya (to‘g‘ri

talaffuz qilish) va orfografiya (to‘g‘ri yozish) ni bilish muhim ahamiyatga ega.

To‘g‘ri gapirish va to‘g‘ri yozish adabiy til me’yorlarining shu til sohiblari

yoki uni o‘rganuvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilishiga bog‘liqdir.

Adabiy tilni egallashning muhim bosqichi nutq madaniyati sanaladi. Tildagi

me’yorlarga bo‘ysungan holda to‘g‘ri va yoqimli so‘zlay bilish nutq madaniyatidir.

Shunga asoslanadigan bo‘lsak, aslida, to‘g‘ri talaffuz qilish og‘zaki nutq

madaniyatini har tomonlama, mukammal egallash deganidir. Buni esa bizga

orfoepiya bo‘limi o‘rgatadi.

O‘zbek tilining orfoepiyasi (grekcha orthos – to‘g‘ri, epos – nutq so‘zlaridan

olingan) so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishning o‘ziga xos qonun-qoidalarini o‘z

ichiga oladi.

Orfoepiya birinchi galda fonetika bilan chambarchas bog‘liq holda takomil

topib boradi. Tovushlarning har biri o‘zining muntazam artikulyatsiyasi va

akustikasiga egaligi tildagi orfoepik jarayonlarni ta’minlaydi. Bundan tashqari

tovushlar so‘zlar ichida kelganida turli xil fonetik o‘zgarishlarga uchraydi. Agar

biz so‘zlarni og‘zaki nutqda ishlatilgan shakllarida, xususan, sheva unsurlarini

qo‘shgan holda qo‘llaydigan bo‘lsak, u holda tildagi me’yor butunlay buzilgan,

adabiy til qolipidan tashqariga chiqib ketgan bo‘lardi.

O‘zbek tili tarixida so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish me’yorlari nihoyatda

qiyinchilik bilan shakllangan va taraqqiy topib kelgan. O‘zbek xalq shevalarining

rang-barangligi, tilimizga arab, fors-tojik va boshqa tillardan ko‘plab so‘z va

birikmalarning kirib kelishi, o‘zbek tili yagona grammatik me’yorlarining

yaratilmaganligi orfoepik me’yorlarning shakllanishiga to‘sqinlik qilib kelgan.

Ilm-fan, texnikaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, hayotimizga radio,

televideniye va ommaviy axborot vositalarining, teatr va kinoning kirib kelishi

natijasida o‘zbek orfoepiyasi bilan imlosi bir-biriga yaqinlashdi. Yalpi xalq

savodxonligi darajasining o‘sishi, maktab va maorifning keng takomil topishi bu

jarayonni yanada jadallashtirdi. O‘zbek tilining alohida bir bo‘limi sifatida

orfoepiya yuzaga keldi va taraqqiy topdi.

Orfoepiyada quyidagilar alohida e’tibor qaratiladi:

1. Unli tovushlar orfoepiyasiga. Unlilar nutqqa o‘ziga xos ohang, yumshoqlik,

bo‘yoq berib turganligi bois orfoepik me’yorlarning shakllanishida ularning o‘rni

juda katta bo‘ladi.

Page 73: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

a) i tovushi so‘zning yopiq bo‘g‘inlarida hamda ikki undosh orasida qisqa

talaffuz etiladi: qir, bilak, tilim, tig‘ kabi;

b) so‘zning ochiq va urg‘uli bo‘g‘inlarida, shuningdek y tovushidan oldin

yoki keyin kelsa, cho‘ziq aytiladi: kiyim, bilim, yigit, tayin kabi;

g) so‘z o‘rtasida oi shaklida ishlatilsa, y tovushi qo‘shib aytiladi: toyifa, foyiz,

koyinot shaklida, lekin yozuvda tashlab yuborilada. Shuningdek, ilmiy, badiiy,

siyosiy kabi arab tilidan kirgan so‘zlarda cho‘zib talaffuz qilinadi;

d) “u” tovushi jarangsiz ikki undoshlar orasida kelsa, qisqa (tuz, tuk, quruq),

ochiq bo‘g‘inda, jarangli undosh yonida va so‘z oxirida cho‘ziq talaffuz qilinadi

(muloyim, qum, avtobus);

u) ruscha-baynalmilal so‘zlarda, sayoz til orqa va bo‘g‘iz undoshidan keyin

kelsa yumshoq va cho‘ziq talaffuz qilinadi: iyun, iyul, arxiv kabi.

j) chuqur til orqa undoshlaridan so‘ng kelganida qattiq talaffuz etiladi:

g‘uncha, qur’a, xurmo kabi. Ayirish belgisidan keyin kelsa, ajratib talaffuz

qilinadi: mas’ul, mal’un, mash’um singari;

z) tuxum, chuqur, sovuq, qovun kabi so‘zlar tarkibida kelayotgan ikkinchi unli

tovush i ga moyil aytiladi;

i) e unlisi ayirish belgisidan oldin cho‘zib (she’r, e’lon, e’tibor), yopiq

bo‘g‘inlarda qisqa (sen, men, ber), ruscha-baynalmilal so‘zlarda i ga moyilroq

aytiladi: telefon, benzin, vazelin kabi;

y) o‘ unlisi sayoz til orqa va bo‘g‘iz undoshidan keyin kelsa yumshoq

(to‘k, go‘l, ho‘kiz), chuqur til orqa undoshlaridan so‘ng ishlatilsa, qattiqroq

(qo‘rqmas, g‘o‘ra, xo‘rlik) talaffuz qilinadi;

k) a unlisi y, ch, j, l, m, n undoshlari, sayoz til orqa tovushlari hamda bo‘g‘iz

undoshidan keyin kelsa yumshoq (gap, yarim, laylak, halim), chuqur til orqa

undoshlaridan keyin kelsa, qattiq (g‘arb, qarmoq, xarob) aytiladi.

l) ai holatlarida esa bitta y qo‘shib talaffuz qilinadi: zayifa, poyiz, rayis kabi.

m) o unlisi ruscha-baynalmilal so‘zlarda o‘ kabi aytiladi: organizm, opera,

nomer kabi.

O‘zbek tilining yoqimli va jozibador, ta’sirchan bo‘lishida undosh

tovushlarning o‘rni nihoyatda kattadir. Bo‘g‘inlarni tashkil qilishda, nutqqa ohang,

rang berishda undosh tovushlarning o‘rni unli tovushlarnikidan kam emas. Undosh

tovushlarning qanday aytilishi ularning so‘zdagi pozitsiyalariga, shuningdek, qaysi

tovushlar bilan yonma-yon kelayotganiga ko‘p tomonlama bog‘liqdir.

Undoshlarning talaffuzidagi muhim nuqtalar sifatida quyidagilarni ajratib

ko‘rsatish mumkin.

a) b undoshi so‘z boshida ochiq va ravon (bobo, botir, bol), so‘z oxirida esa p

tarzida aytiladi (g‘olib, kitob, oftob). Kabob, ishqiboz, darboz so‘zlarida esa v kabi

aytiladi;

b) v undoshi ruscha-baynalmilal so‘zlarda f ga o‘tadi: avtobus, avtomatika,

avtol kabi;

g) f tovushi p kabi aytiladi: taraf, shofyor, fil singari;

d) d undoshi so‘z oxirida kelganda, jarangsizlashib, t kabi aytiladi (obod,

savod, shod singari);

y) t undoshi so‘zning barcha bo‘g‘inlarida kela oladi va ravon talaffuz etiladi:

tor, bet, to‘r kabi. So‘z oxirida kelganda ba’zan tushib qoladi. Dasht, g‘isht, go‘sht

singari so‘zlarda. Bunda undan oldin undosh tovushning bo‘lishi shart;

Page 74: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

j) q, k, g, g‘ undoshlari so‘zning barcha o‘rinlarida kela oladi va hech qanday

o‘zgarishsiz talaffuz etiladi;

Istagim, bilagim, bulog‘i, to‘kkani, achchiqqina kabi ko‘rinishlarda esa

fonetik-morfologik qonuniyatlarga ko‘ra boshqa tovushga o‘zgarishi kuzatiladi.

z) to‘qson, maqsad, taqsimot so‘zlarida q undoshi x kabi aytiladi: Bulardan

tashqari har bir undosh tovushning muayyan o‘rinlarda ayrim fonetik jarayonlar

bilan bog‘liq o‘ziga xos talaffuz jihatlari ham bor. Ularni o‘rganish to‘g‘ri va

o‘rinli so‘zlash malakasini beradi.

O‘zbek adabiy tiliga fonetik jihatdan Toshkent, morfologik jihatdan Farg‘ona

vodiysi shahar shevalari asos qilib olingan. Shuni ham unutmaslik kerakki,

shevalardagi holatlar hamisha orfoepik me’yorlarga zid keladi. Oddiy so‘zlashuv

tilidagi turli-tuman fonetik o‘zgarishlar, dag‘allik, ayrim so‘z va birikmalardan

o‘rinsiz foydalanish orfoepik me’yorlarni buzadi. Qolaversa, o‘zbek tiliga uning

tarixiy takomili natijasida arab, fors-tojik, rus va boshqa tillarda minglab so‘zlar

o‘zlashib qolgan.

Avvalo, arabcha so‘zlar talaffuzi haqida. Arab tili flektiv tillar sirasiga

kirganligi hamda o‘ziga xos alohida tovushlarga ega bo‘lganligi uchun o‘zbekcha

so‘zlarning ayrimlarida buni hisobga olmasdan ilojimiz yo‘q.

Arabchadan olingan ikki unli yoki undosh yonma-yon kelgan taassurot,

taajub, maorif, saodat kabi so‘zlarda bitta unli tushirib qoldiriladi va ikkinchisi

cho‘zib aytiladi.

Xalq, xayol, xom, saxiy, himoya, hukm, ehtimol, goh so‘zlari tarkibida

kelayotgan x va h bir-biridan farqlanadi: biri yumshoq, ikkinchisi qattiqroq

aytiladi.

A’lo, e’tiqod, e’lon, sa’va kabi ayirish belgisi bilan ishlatiladigan so‘zlar

alohida talaffuz me’yorlari mavjud.

O‘zbek tiliga kirib o‘zlashib qolgan forscha-tojikcha so‘zlar talaffuzida ham

o‘ziga xos qonuniyatlar mavjud.

Fors-tojik tilida so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida qo‘sh undoshlarning kelishi ko‘p

kuzatiladi. O‘zbek tilida ishlatiladigan pand, Samarqand, sust, past kabi so‘zlar

talaffuzida shu holatni ko‘rishimiz mumkin.

Fors-tojik tilidan kirgan bahor, nahor kabi so‘zlar tarkibidagi birinchi

bo‘g‘indagi a unlisi o kabi aytiladi.

Shuningdek, o‘zbek tiliga fors-tojik tilidan o‘tib qolgan f tovushi juda ko‘p

o‘rinlarda p kabi aytiladi: foyda, oftob, kaft va hokazo so‘zlarda.

XIX asrning oxirgi choragidan boshlab o‘zbek tiliga juda ko‘plab ruscha va u

orqali inglizcha, fransuzcha, nemischa so‘zlar kira boshladi. Bu jarayon hozirda

ham davom etmoqda. Bugungi ilm-fan, texnika tilini, ijtimoiy-siyosiy matnlarni

ruscha-baynalmilal so‘zlarsiz tasavvur qilish qiyin. Shu bois ularning talaffuzida

alohida o‘rinlar borligini ta’kidlamoqchimiz.

Sirk, aksiz, sentner kabi so‘zlar tarkibidagi s tovushi, garaj, tiraj, jurnalist

kabi so‘zlardagi sirg‘aluvchi “dj” undoshi, familiya, futbol, kofe so‘zlaridagi f

undoshi hamda yumshatish va ayirish belgilari o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tgan.

Shunga ko‘ra ular ishlatilayotgan so‘zlarda o‘ziga xos talaffuz o‘rinlari mavjud.

Stakan, stul, shtraf, brigadir, doklad, tank, bank kabi so‘zlar talaffuzida so‘z boshi

o‘rtasi va oxirida tovushlarning orttirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan proteza, epenteza,

epiteza hodisalarini ta’kidlab o‘tish mumkin.

Page 75: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

86-mashq. Gaplarni imlo qoidalariga mos ravishda to‘g‘rilab,

daftaringizga ko‘chirib yozing. So‘zlarning atyilishi va yozilishi o‘rtasidagi

farqlarni tushuntiring.

Haqiqatan qo‘rqan odam yolg‘onning panasiga berkinadi. Odam ushta

narsaning qadrini doyim kechikip biladi. Yoshlik. Sog‘lig‘. Tinchlik. Yarim

haqiqat chin blan yolg‘onning o‘rtasida turadi, degan odam yanglishadi. Yarim

haqiqat hamisha chindan ko‘ra yolg‘onga yaqinrog‘ turadi. Ertalap turganingda,

kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hich qayering og‘rimasa shuni o‘zi

bax! Goho aqil qancha qisqa bo‘lsa, til shuncha uzin bo‘ladi... (O‘tkir Hoshimov)

87-mashq. So‘zlarning ma’nosiga e’tibor bering. Shunday xislatli

insonlar haqida bahslashing.

FISQ-FASOD Biror kimsa to‘g‘risida tarqatilgan uydirma gap; tuhmat;

bo‘hton.

G‘AZAB [arabcha qahr, jahl, zarda; norozilik] Kuchli darajada

achchiqlanish, hissi; qahr, jahl.

G‘ALCHA I shevada Bo‘yi past, miqti, pakana (odam haqida) II so‘zlashuv

tilida O‘z tilidan boshqa tilga tushunmaydigan; gap-so‘zni tezda anglab

ololmaydigan

HASAD [arabcha rashk, ko‘rolmaslik, qizg‘anish; suq] Kimsaga xos, unga

tegishli narsa, fazilat va shu kabilarni ko‘rolmaslik, xush ko‘rmaslik his-tuyg‘usi.

88-mashq. Shoir Yong‘in Mirzoning “Onam derman” she’rini o‘qing.

Ajratilgan so‘zlarning aytilishi va yozilishi o‘rtasidagi farqlarga diqqat qiling.

Bu olamda ulug‘ zot kim? – Gul umrim mash’ali o‘chmas,

Desang, doim “Onam!” – derman. Xayoldan suvrati ko‘chmas,

Hayotim ustuni sinmas, Dilimga oq dili payvast

Madadkorim onam, – derman. Vafodorim onam, – derman.

Ko‘zim nuriyu darmonim, Ona farzandga bol bergay,

Umid, shodlik va armonim, Saodat chechagin tergay,

Kecha-kunduz nigohbonim, Ham ardoqlab, ham o‘rgilgay,

Xaloskorim onam, – derman. Chamanzorim onam, – derman.

Uzoq ketsang qolar dog‘da, Ayo Yong‘in, onang et shod,

Kutar bedor har saharda, Yozib madhini qilgin yod.

Muqaddas ona tuproqda Ona birla hayot obod

Umidvorim onam, – derman. Charog‘bonim onam, – derman.

Savol va topshiriqlar.

1. Nutq va uning turlari haqida gapirib bering.

2. Nutq madaniyati deb nimaga aytiladi?

Page 76: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

3. Unlilar orfoepiyasi haqida gapiring.

4. Undoshlar orfoepiyasi deganda nimani tushunasiz?

5. Adabiy tilga qaysi shevalar tayanch sanaladi?

6. Nuktadonlik deganda nimani tushunasiz?

7. Og‘zaki adabiy tilga tavsif bering.

8. Arabcha so‘zlar orfoepiyasida nimalarga e’tibor beriladi?

9. Forscha-tojikcha so‘zlar talaffuzida nimalar hisobga olinadi?

10. Ruscha-baynalmilal so‘zlar orfoepiyasi haqida gapiring.

11. Orfoepiyaning yozma nutqqa ta’siri to‘g‘risida so‘zlab bering.

89-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, so‘zlarning talaffuziga e’tibor

bering. Ularning aytilishi va yozilishi o‘rtasidagi farqlarni ayting.

Mirzo Ulug‘bekdan so‘radilar.

– Siz nega siyosatni qo‘yib, ilm bilan mashg‘ul bo‘ldingiz?

Mirzo Ulug‘bek javob berdi:

– Men ilmning qudratini bobomdan bildim. Bir safar men bobomning

tizzasida o‘ltirar edim, shu payt huzuriga bir kishi kirdi, bobom shoshib uning

istiqboliga o‘rnidan turdi – men tushib ketdim. Keyin bilsam, u zot olim,

bobomning piri komili ekan. Ilmning obro‘-nufuzini men ana shunda ko‘rdim.

(“Sharq hikoyat va rivoyatlari”dan)

4- bob. GRAFIKA VA ORFOGRAFIYA

20-§. ONA TILI GRAFIKASI (YOZUV TIZIMI). TOVUSH VA HARF.

ALIFBO

Reja:

1. Alifbo haqida ma’lumot.

2. O‘zbek yozuvi tarixi.

3. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishning sabablari va

ahamiyati.

Tayanch iboralar: grafemologiya, grafika, grafema, punktema, harf,

alifbo, chiziq (defis), xatboshi (abzats), ishora, oromiy yozuvi, sug‘d yozuvi,

xorazm yozuvi, avesto yozuvi, kushon yozuvi, o‘rxun-enasoy yozuvi, arab yozuvi,

kirill yozuvi, lotin yozuvi.

Topshiriq. Amir Temur o‘gitlarini o‘qing, tovushlarning aytilishi va

yozilishiga e’tibor bering.

Bir kunlik adolat – yuz kunlik toat-ibodatdan afzal. Kechira olishlik –

mardlik, kechira bilmaslik nomardlik sanaladi. Yaxshi odam yurt tuzar, yomon

odam yurt buzar.

Page 77: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Tilshunoslikning yozuv haqidagi ma’lumotlarni o‘rgatuvchi bo‘limiga

grafemologiya deyiladi. Grafika so‘zi yunoncha graphike so‘zidan olingan bo‘lib,

chizuv, yozma degan ma’nolarni bildiradi.

Quyidagilar grafika belgilari sanaladi:

– grafemalar – harflar majmui;

– punktemalar – tinish belgilari majmui;

– so‘zlar oralig‘i – nol belgi;

– urg‘u belgisi;

– chiziqcha – defis;

– xatboshi – abzats;

– raqamlar, paragraf, protsent belgilari;

– transkripsion belgilar;

– qo‘shuv, oluv kabi maxsus belgilar:

Grafikaning asosiy (markaziy) va yordamchi (qo‘shimcha) belgilarini farqlash

lozim. Harflar va ishoralar grafikaning asosiy belgilari sanaladi.

Tilda har bir tovush uchun shartli belgi olinadi. Mana shu shartli belgiga harf

deb ataladi.

Harflarning qat’iy tartibdagi joylashuviga alifbo deyiladi. Yozuvda nutqni

to‘liqroq ifodalash uchun tinish belgilaridan ham unumli foydalaniladi. O‘zbek

tilida 10 ta tinish belgisi mavjud: nuqta, vergul undosh belgisi, so‘roq belgisi, ikki

nuqta, nuqtali vergul, ko‘p nuqta, tire, qavs, qo‘shtirnoq.

Kirill yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida 33 ta harf, ikkita belgi bor.

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida esa 26 ta harf va 3 ta harflar

qo‘shimchasi (sh, ch, ng) mavjud.

Hozirgi o‘zbek alifavitining eng muhim xususiyatlari sifatida quyidagilarni

ko‘rsatish mumkin.

Unda aksariyat harflar bir tovushni ifodalash uchun ishlatiladi: v, j, s, t, u, a, o

kabi.

Sh, ch, ng harflari bir tovushni ifodalash uchun xizmat qiladi.

Yangi yozuvimizda ayirish belgisini ifodalash uchun apostrof (tutuq belgisi)

ishlatiladi.

Masalan: ma’no, e’tibor, ta’kid kabi

Lotin yozuviga asoslangan yangi alifbomizdan hozirga qadar grafemalar deb

yuritilgan е, ё, ю, я harflari chiqarib tashlangan. Ularning o‘rniga ye, yo, ya, yu

tarzida har ikki tovushni ifodalay oladigan harfiy shakllar olingan. Shuningdek,

o‘zbek tili uchun xos bo‘lmagan ц harfi ham yangi yozuvga kiritilmagan. O‘zbek

tili uchun o‘ziga xos tovushlar sanalgan o‘, g‘, h tovushlari uchun qo‘shimcha

diakritik belgilar yoki maxsus harfiy shakllar olingan.

Xullas, grafemologiya nutq tovushlarining yozuv shakllari sistemasini

o‘rgatuvchi til sohasi sanaladi.

O‘zbek xalqi o‘z yozuviga ega bo‘lgan eng qadimiy xalqlardan biri sanaladi.

Ma’lumki, finikiya yozuvi dunyodagi barcha yozuvlarning ibtidosi sanaladi. U

dunyodagi juda ko‘p yozuvlar uchun asos vazifasini o‘taydi. Shu yozuv asosida

O‘rta Osiyoda yashagan qadimiy ajdodlarimiz tomonidan keng ishlatilgan oromiy

yozuvi yuzaga kelgan. Undan esa sug‘d va xorazm yozuvlari kelib chiqqan.

Kushon imperiyasi hududlarida kushon yozuvidan keng foydalanilgan.

Page 78: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Shuningdek, zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto” bitilgan avesto

yozuvi haqida ham ma’lumotlar bor. Bu yozuv mixxat yozuvi sanalib, “Avesto”

oyatlari 10000 ho‘kiz terisiga o‘yib yozilgan.

V-VIII asrlarda O‘rta Osiyo hududida so‘g‘d yozuvini qayta ishlash natijasida

o‘rxun-enasoy yozuvlari yaratildi. Kul Tegin, Bilka Hoqon, To‘nyuquq bahodir

bitiktoshlari, “Irq bitigi” kabi 700 ga yaqin bizgacha yetib kelgan qadimiy

yodgorliklar aynan mana shu yozuvda yozilgan.

VII-VIII asrlarda O‘rta Osiyoning arablar tamonidan zabt etilishi natijasida

hayotimizga islom dini va madaniyati bilan birgalikda arab yozuvi kirib keldi.

Ota-bobolarimiz arab alifbosidagi 28 ta harf yoniga yana to‘rtta (p, j, ch, g)

harflarini qo‘shib arab alifbosi asosidagi umumturkiy yozuvni yaratganlar.

Bugunga kelib bu yozuv eski o‘zbek yozuvi nomi bilan shuhrat topdi. X-XIII

asrlarda shu yozuvga o‘xshash uyg‘ur yozuvi ham ishlatilgan. Zahiriddin

Muhammad Bobur shu yozuv negizida “Xatti Boburiy” alifbosini yaratib,

xalifalikdan uning tasdig‘ini olishga harakat qilgan.

Eski o‘zbek yozuvidan 1929-yilgacha foydalanganmiz. 1929-1940 yillar

oralig‘ida hayotimizga lotin yozuvi kirib keldi.

1940-yilning may oyidan e’tiboran kirill yozuvi asosidagi o‘zbek yozuvini

ishlatib kelyapmiz.

1993-yilning 2-sentabr kuni “Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek

alifbosiga o‘tish to‘g‘risida Qonun” qabul qilindi. Yangi alifbodan 31 ta harf va

apostrof (tutuq belgisi) o‘rin olgan.

1995-yilning 6-7 may kunlari “Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek

alifbosiga ayrim o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Qonun” chiqarildi. Unda 26 ta

harf va 3 ta harflar qo‘shilmasi bor. Shu yilning 24-avgust kuni lotin yozuviga

asoslagan imlo qoidalari joriy etildi. Hozirda mazkur yozuvni va unga asoslangan

imlo qoidalarini takomillashtirish ustida ishlanmoqda.

90-mashq. So‘zlarning aytilishi va yozilishi o‘rtasidagi farqlarni topib,

ularni izohlang.

Kamtar bo‘l, barchani etgil bahramand,

Sening ham martabang bo‘lg‘usi baland.

Urug‘ aralashib avval tuproqqa,

So‘ngra bo‘y cho‘zadi osmon, falakka. (O‘zbek xalq hikmati)

91-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan olingan misollarga e’tibor

qiling. So‘zlarning aytilishi va yozilishiga o‘rtasidagi farqlarni tushuntiring.

BAHRAMAND [forscha omadli, sherik; foyda oluvchi; rohatlanuvchi] Bahra

olgan; biror manfaat, foyda ko‘ruvchi.

MARTABA [arabcha daraja, bosqich; qadr-qimmat, obro‘; mavqe, o‘rin]

1 Jamiyat o‘rtasida erishilgan obro‘, e’tibor, nufuz. 2 Mansab, lavozim, amal.

MARHAMAT [arabcha rahm-shafqat, rahmdillik; achinish, iltifot]

1 Rahm-shafqat yuzasidan ko‘rsatiladigan iltifot, himmat, yaxshilik. Do‘stlarning

marhamati. 2 Taklif yoki rozilik bildiruvchi so‘z. Marhamat, kiring!

Page 79: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

MEHR [arabcha sevgi, muhabbat; moyillik] 1 Insonning o‘z tug‘ishganlariga,

yaqin kishilariga va umuman, odamga, narsaga bo‘lgan samimiy muhabbbati;

yaxshi ko‘rish tuyg‘usi. Onalik mehri. 2 Shafqat, rahmdillik. Odamning yuragida

mehr bo‘lishi kerak. (Oybek)

92-mashq. She’rda ilgari surilgan g‘oya haqida o‘rtoqlashing, unda

qo‘llangan so‘zlarning yozilishiga diqqat qiling

Ey ko‘ngil, har dam chekarsan el g‘amini, g‘am dema,

Har damikim el g‘amidin holi o‘tsa, dam dema.

Xuddi joningdek o‘zingga mahram et el mehrini,

Bo‘lmasa el dardiga mahram, uni mahram dema,

Odamikim el uchun qayg‘urmasa, odam dema. (Alisher Navoiy)

Savol va topshiriqlar.

1. Alifbo deb nimaga aytiladi?

2. O‘zbek yozuvi tarixi haqida aytib bering.

3. O‘rxun-enasoy yozuvida bizgacha yetib kelgan manbalar to‘g‘risida

so‘zlab bering.

3. Kirill yozuviga asoslangan o‘zbek yozuvi haqida fikringizni ayting.

4. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishning ahamiyati haqida

gapirib bering.

93-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, undagi maslahatga amal qilishga

urinib ko‘ring. Natijasi bo‘yicha o‘rtoqlashing.

Shifokorlarning fikricha, ba’zi tovushlarni talaffuz qilib ham shifo topish

mumkin. Buning uchun o‘pkaga imkon boricha havo to‘ldirilib, nafas chiqarganda,

tovushni uzoq cho‘zishga harakat qilinadi. Mashq 2-4 martagacha takrorlanadi.

Masalan:

A,O – tovushlari imunitetni ko‘taradi;

B – bosh miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

YE – organizmni tozalaydi;

M – asablarni tinchlantirib, kishiga sokinlik bag‘ishlaydi, qon bosimini

pasaytiradi, kayfiyatni ko‘taradi;

PA – yurak faoliyatini kuchaytiradi, miyada qon aylanishini yaxshilaydi;

N – ijod bilan shug‘ullanuvchi insonlarga tavsiya qilinadi;

TE – yurak xastaliklariga chalingan bemorlar uchun foydali;

YU – buyrak, siydik, pufagi xastaliklarida yordam beradi;

YA – insonning o‘ziga ishinchli ortishiga yordam beradi, og‘riqni qoldiradi.

(“Shifo-info” gazetasidan)

Page 80: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

21-§. ONA TILI IMLOSI VA UNING ASOSIY TAMOYIL

(PRINSIP)LARI

Reja:

1. O‘zbek orfografiyasi haqida ma’lumot.

2. Imlo tamoyillari haqida ma’lumot.

3. Nutq madaniyati va yozma savodxonlik.

Tayanch iboralar: imlo, orfografiya, imlo qoidalari, fonetik tamoyil,

morfologik tamoyil, tarixiy-an’anaviy tamoyil, grafik tamoyil, etimologik tamoyil,

farqlash tamoyili.

Topshiriq. Matnni o‘qing, yozma savodxonlik haqida bahslashing.

Professor o‘zining yangi kotibasiga dedi:

–Xayolingiz qayerda, axir “falsafa” so‘zini “v” harfi bilan boshlabsiz-ku!?.

– Kechirasiz, ayb menda emas. Klaviaturada “p” harfi yo‘q ekan...

Dunyodagi har bir tilda to‘g‘ri yozish qonun-qoidalari yaratiladi. Bu qoidalar

amaldagi yozuv tizimi bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Nutq madaniyatini

puxta egallash uchun insonda to‘g‘ri yozish malakasi shakllangan bo‘lishi lozim.

To‘g‘ri yozish qonun-qoidalarini o‘rgatadigan til bo‘limiga orfografiya

deyiladi. Orfografiya so‘zi o‘rnida imlo atamasi ham ishlatiladi.

Xalqning savodxonligi, madaniy darajasi u tomonidan yozuvning qay tarzda

o‘zlashtirilishiga bog‘liq.

Kirill alifbosiga asoslangan imlo qoidalari “O‘zbek orfografiyasining asosiy

qoidalari” 1956-yilda tasdiqlangan bo‘lib, u 1981-yilda tahrir qilindi.

1989-yilning 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin til siyosati davlat siyosati darajasiga

ko‘tarildi. O‘tgan yillar davomida til borasida olib borayotgan siyosatimiz yanada

mustahkamlandi. Ijtimoiy hayotimizda sodir bo‘lib o‘tgan tub burilishlar o‘zbek

tilida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek yozuvini amaliyotga joriy etish zururiyatini

keltirib chiqardi. 1993-yilning 2-sentabr kuni “Lotin yozuviga asoslangan yangi

o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida” Qonun e’lon qilindi. 1995-yilning 6-7 may

kunlari esa unga ayrim o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Qonun kuchga kirdi. Bu

qonunga ko‘ra 2005 yilning 1 sentabridan e’tiboran yangi alifboga to‘liq o‘tish

nazarda tutilgan edi. Respublika hukumati shuni hisobga olgan holda 1995-yilning

24-avgust kuni yangi imlo qoidalarini e’lon qildi. Yangi imlo qoidalarida ayrim

unlilar va undoshlar imlosi, bosh harflar imlosi, qo‘shma, juft va qisqartma so‘zlar

imlosi, qo‘shib yozish, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish, bo‘g‘in ko‘chirishga

alohida e’tibor berilgan.

Imlo qoidalari ma’lum bir tamoyillarga asoslanadi. O‘zbek tilida quyidagi

imlo tamoyillariga rioya qilinadi.

1. Fonetik tamoyil. Bu tamoyiliga ko‘ra so‘zlar qanday aytilsa, shunday

yoziladi. Masalan: yuragim, bilagim, soqqani, eshikka, bog‘im, ko‘ngli, o‘g‘li kabi.

2. Morfologik tamoyil. Bu tamoyilda so‘zlar grammatik qonun-qoidalarga

mos ravishda yoziladi. Masalan: ishning, ketdi, kelib, xirurgga kabi.

Page 81: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

3. Etimologik yoki grafik tamoyil. Bu tamoyil ba’zan shakliy yozuv deb ham

yuritiladi. Unga ko‘ra o‘zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa tillardan kirgan

so‘zlar o‘sha tildagi shakli bo‘yicha yoziladi: makler, menejer, injenering,

voleybol, kollej, paynet, diller, kompyuter, tadbirkor, muomala, rahmdil, poytaxt,

do‘st, balandparvoz kabi.

4. Tarixiy-an’anaviy tamoyil. Ayrim so‘z va birikmalar tarixan qanday

yozilsa, o‘shanday yozishga majburmiz. Masalan: borg‘ali, man, kelurmen.

“Qutadg‘u bilik”, al-Xorazmiy kabi. O‘sha davr ruhini, uslubiy o‘ziga xosliklarni

ifodalash uchun mazkur yozuv turidan foydalaniladi.

5. Differensial (farqlash) tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra so‘zlar bir-biridan

farqlanib turilib yoziladi. Masalan, bolali – bolalik, borlik –borliq, yuvindi –

yuvundi, urush – urish. Bu farqlashda shakl va ma’no hisobga olinadi.

94-mashq. She’riy parchadagi so‘zlarning qaysi imlo tamoyiliga ko‘ra

yozilganini ayting.

O‘zbekiston, onajonim, yolg‘izim,

Bobolarim kaftidagi yulduzim,

Jannatlardan suvlar ichgan ildizim,

Jannat makonim mening, O‘zbekiston,

Jon ichra jonim mening, O‘zbeksiton! (Iqbol Mirzo)

95-mashq. Berilgan so‘zlar izohiga diqqat qiling, ular ishtirokida gaplar

tuzing va yozilishi bilan aytilishi o‘rtasidagi farqlarni tushuntirib bering.

DISKUSSIYA [lotincha discussio – muhokama qilish, tadqiq etish] Biror

masalani to‘g‘ri hal qilish uchun matbuotda yoki ilmiy yig‘inlarda o‘tkaziladigan

erkin, ommaviy muhokama; munozara.

JAHONGASHTA [forscha ko‘p sayohat qilgan, jahon ko‘rgan] Dunyo

kezgan, ko‘p yerlarni ko‘rgan, ko‘p sayohat qilgan.

LIBERALLASHTIRISH [lotincha liberaus – erkin, ozod] Mamlakat

ijtimoiy hayotining barcha sohalarida keng erkinliklar berish; iqtisodiyotga va

fuqarolar shaxsiy hayotiga davlat aralashuvini bekor qilish yoki kamaytirish.

PREZIDENT [lotincha praesidens – oldinda o‘tiruvchi] 1 Respublika

boshqaruvi shaklidagi ko‘pchilik mamlakatlarda ma’lum mudddatga saylab

qo‘yiladigan davlat boshlig‘i. O‘zbekiston Respblikasining Birinchi Prezidenti

I.A.Karimov. 2 Ba’zi ilmiy muassasa yoki jamiyatning mamlakatlarda ma’lum

mudddatga saylab qo‘yiladigan boshlig‘i, rahbari. 3 Firma, bank, kompaniya va

shu kabilardagi yuqori mansabdor shaxs.

96-mashq. Бобур Бобомуроднинг “Ўзбек қизи” she’ridan olingan

parchani o‘qing. So‘zlarning yozilishiga diqqat qiling.

Mehr joylab ko‘zlariga,

Bol qo‘shadi so‘zlariga,

Kiprigini ko‘tarmaydi,

Soya solgan yuzlariga.

Page 82: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

O‘zi oddiy o‘zbek qizi,

O‘zbegimning ko‘zdek qizi,

Farishtami deyman, chindan

Yursa yerda qolmas izi.

Uzilmasa hamki ko‘zim,

Qaramasman unga o‘zim,

Menga yoqmas o‘zgalardek,

Yerda qolar bo‘lsa so‘zim.

Chehrasida oftobi bor,

Latofati – noyobi bor.

Qo‘llarida “O‘tgan kunlar” –

Qodiriydan kitobi bor.

Savol va topshiriqlar.

1. Orfografiya (imlo) deb nimaga aytiladi?

2. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalari haqida nimalarni bilasiz?

3. Yangi imlo qoidalari haqida gapirib bering.

4. Imlo tamoyillarini tushuntirib bering.

97-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, undagi ajratib ko‘rsatilgan

so‘zlarning qaysi imlo tamoyili asosida yozilganini toping.

Vatan… Nima o‘zi?

Daraxtni tasavvur qiling. Uning ildizi — Vatan. Osmonga intilayotgan shoxi

ham — Vatan. Xazonlarda uchayotgan barglari, qurt tushgan, qurigan shoxlari ham

— Vatan. Hali shakllanmagan kurtaklari xayolidagi mevalari ham — Vatan…

Ildizsiz Vatan yo‘q.

Mevasiz, urug‘siz ham… Shuning uchun ham u “og‘riqdan iborat”. Biz

Vatanimiz O‘zbekistonni mukammal ko‘rgimiz keladi. Uning mukammalligi esa

bizga — shu yurt farzandlariga bog‘liq. (Usmon Azim)

22-§. ONA TILI IMLOSINING ASOSIY QOIDALARI. AYRIM

HARFLAR, O‘ZAK-NEGIZ VA QO‘SHIMCHALAR, QO‘SHMA SO‘ZLAR

IMLOSI; BO‘G‘IN KO‘CHIRISH, BOSH HARFLARNING YOZILISH

QOIDALARI

Reja:

1. Ayrim harflar imlosi.

2. Asos va qo‘shimchalar imlosi.

3. Qo‘shib yozish.

4. Chiziqcha bilan yozish.

5. Ajratib yozish.

6. Bosh harflar imlosi.

Page 83: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

7. Ko‘chirish qoidalari.

Tayanch iboralar: unlilar imlosi, undoshlar imlosi, asos va qo‘shimchalar

imlosi, ajratib yozish, qo‘shib yozish, bo‘in ko‘chirish, chiziqcha, defis.

Topshiriq. Berilgan matnni ko‘chirib yozing. So‘zlarning yozilishiga diqqat

qiling.

Mutaxassislarning ma’lumotiga qaraganda, bolalar maktabda o‘qish

davomida 750 dan ortiq turli xil grammatik tushuncha va ta’riflarni o‘rganadilar,

6500-7000 atrofidagi topshiriq hamda mashqlarni bajaradilar. Bularning tayanch,

poydevor qismi boshlang‘ich sinfda o‘rgatiladi.

Bola 1-sinfga qadam qo‘yganda uning so‘z boyligi 3000-7000 atrofida bo‘lsa,

4-sinfni bitirganda bu miqdor 8000 mingdan 15000 tagacha yetishi kuzatilgan.

Yozuv xalqlar va millatlar madaniyatini ko‘rsatuvchi eng muhim belgilardan

biri sanaladi. Xalq hayotidagi o‘zgarishlarning yozuvda o‘z aksini topib borishi

qonuniy holdir. Shunga mos ravishda imlo qoidalari ham takomillashib boradi.

Zamon talabi bilan kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalari eskirdi va amaliy

ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga

harakatlar boshlandi. 1989-yilning 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga Davlat tili

maqomining berilishi bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Musaqillikning

qo‘lga kiritilishi esa yangi imlo qoidalarini ishlab chiqish uchun qulay

imkoniyatlar yaratdi.

Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi imlo qoidalarini

tubdan ko‘rib chiqish ehtiyojini keltirib chiqardi. Shu maqsadda O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yil 24-avgust kuni “O‘zbek tilining asosiy

imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” gi 339-sonli qarori qabul qilindi.

“Imlo qoidalari” 82 banddan iborat bo‘lib, quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga

oladi:

1. Harflar imlosi: a) unlilar imlosi (1—7-bandlar); b) undoshlar imlosi (8—

32-bandlar).

2. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33—37-bandlar).

3. Qo‘shib yozish (38–50-bandlar).

4. Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar).

5. Ajratib yozish (57—56-bandlar).

6. Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar).

7. Ko‘chirish qoidalari (75—82-bandlar).

UNLILAR IMLOSI

Yangi imlo qoidalarida unli harflarning yozilishiga keng o‘rin ajratilgan.

A a harfi savol, zamon, bahor so‘zlarida o kabi aytilsa ham har vaqt a

yoziladi.

O o harfi boshqa tillardan kirgan quyidagi so‘zlarda a singari talaffuz etiladi,

biroq hamisha o yoziladi: kollej, monitoring, dekoratsiya, omonim, okulist va h.k.

Page 84: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Shuningdek, o ba’zan o‘ kabi aytilishi ham mumkin, lekin baribir o

yozilaveradi: tonna, noyabr, boks, tort va h.k.

I i harfi bilan, bilim, til, tilak, har xil, qism kabi so‘zlarda qisqa aytiladi va i

yoziladi, badiiy, ommaviy, Lutfiy singari so‘zlarda i cho‘ziq aytiladi, lekin doimo iy

yoziladi.

U u harfi yutuq, butun, tovuq, sovuq, sovun kabi so‘zlarda i ga monand

talaffuz etilsa-da, qoidaga binoan u yoziladi.

O‘ o‘ harfi o‘zbek, o‘lka, o‘simlik kabi so‘zlarda old qator, o‘rta-keng,

lablangan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi.

E e harfi e’lon, ehtirom, fe’l, bermoq, meros, mone, tole, kofe kabi so‘zlarda

old qator, o‘rta-keng, lablanmagan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi:

“e”, “ё”, “ю”, “я” harflari yangi alifboda quyidagicha yoziladi:

ye: yetti, yetmish, yetim;

yo: yolg‘iz, yomon, yong‘oq;

yu: yulduz, yumshoq, yumuq;

ya: yakka, yangi, yaroqsiz.

Milliard, material, million, radio, ukrain, said, doim, shoir, teatr, okean

singari so‘zlar talaffuzida unlilar orasida y undoshi qo‘shib aytilsa-da, yozuvda

tushib qoladi.

Taassurot, taalluqli, taajjub, matbaa, saodat, maorif, muomala, inshoot kabi

so‘zlar o‘rtasidagi unlilar yozuvda saqlanadi.

UNDOSHLAR IMLOSI

1. B tovushi borib, javob, hisob, bob, xitob kabi so‘zlarda p, qibla, tobla

so‘zlarida v tarzida aytilsa ham b yoziladi.

2. Avtomat, avtobus, avtomobil kabi so‘zlarda v tovushi f tarzida talaffuz

qilinsa-da, doimo v yoziladi.

3. Fursat, fizika, fabrika, fahm-farosat, fasl singari so‘zlarda f tovushi p kabi

aytiladi, lekin asliga muvofiq ravishda har doim f yoziladi.

4. Obod, ozod, faryod, tadbir, tadqiqot kabi so‘zlarda d tovushi t tarzida

aytilsa-da, har vaqt d yoziladi.

5. Iztirob, tuzsiz, bo‘zchi so‘zlarida z tovushi s kabi aytiladi, biroq hamisha

asliga mos ravishda z yoziladi.

6. J j harfi jon, jahon, juma, g‘ijjak, vaj so‘zlarida til oldi, jarangli, portlovchi

j, jurnal, ajdar, garaj, tiraj so‘zlarida esa til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi dj undosh

tovushini ifodalash uchun yoziladi.

7. SH sh harfi shahar, shimol, shoshmoq, osh, bosh kabi so‘zlarda til oldi,

jarangsiz, sirg‘aluvchi tovushni ifodalash uchun yoziladi. Sh harfi ikki tovushni

ifodalasa, oraga tutuq belgisi qo‘yiladi: Is’hoq, as’hob kabi.

8. CH ch harfi chuchmomo, chiroy, ochmoq, qoch kabi so‘zlarda til oldi,

jarangsiz, qorishiq undosh tovushni ifodalash uchun yoziladi.

9. R r harfi rohat, rahm, davr; L l harfi lola, bol, olmoq; N n harfi non, ona,

osmon; G g harfi gul, ega, eg; Kk harfi kam, ikki, tok; Y y harfi yetti, yuz, dunyo,

toy; Ng ng harfi ko‘ngil, tong, ong; Q q harfi qizil, oq, aql; G‘ g‘ harfi g‘oz, og‘a,

tog‘; X x harfi xalq, axborot, baxt; H h harfi hamma, hosil, ehson, isloh kabi

so‘zlardagi muayyan tovushlarni ifodalash uchun yoziladi.

Page 85: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

10. Farzand, band, poyezd so‘zlaridagi d undoshi, go‘sht, past, artist

so‘zlaridagi, t undoshi talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda doimo ifodalanadi.

11. Xuddi shuningdek, metall, kilovatt, kongress kabi so‘zlar oxiridagi qo‘sh

undoshlardan biri talaffuzda tushirilib qoldirilsa ham yozuvda hamisha ifodalanadi.

12. Tutuq belgisi a’lo, ta’lim, e’lon, she’r, fe’l kabi so‘zlarda unlidan keyin

kelib, uning cho‘ziqroq aytilishini ta’minlaydi.

13. Mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziqroq aytiladi,

lekin tutuq belgisi qo‘yilmaydi.

14. San’at, in’om, mas’ul kabi so‘zlarda unlidan oldin qo‘yilib, uning undosh

tovushdan ajratib aytilishini ta’minlaydi.

ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI

1. a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchalari qo‘shilganda a

unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla — saylov, qayna — qaynoq, sayra —

sayroqi.

Shuningdek, o‘qi — o‘quvchi, sovi — sovuq, to‘qi — to‘quvchi so‘zlarida i

unlisi u ga aylanishi mumkin.

2. K k harfi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa, ular g va g‘

ga aylanadi: yurak — yuragi, bilak —bilagim, tilak — tilagim; buloq — bulog‘im,

quloq — qulog‘ing, qishloq — qishlog‘i kabi. Erki, ishtiroki, huquqi, ravnaqi

singari so‘zlarda bunday holat kuzatilmaydi.

3. Singil, o‘rin, ko‘ngil, og‘il, shahar kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi,

qayir, ayir so‘zlariga nisbat yasovchi qo‘shimcha, ikki, olti, yetti so‘zlariga

jamlovchi son hosil qiluvchi qo‘shimcha qo‘shilsa, asosda tovush tushishi hodisasi

ro‘y beradi.

4. U, shu, o‘sha kabi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dagi, -dosh, -cha

qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n orttiriladi, aksincha, men, sen olmoshlariga -ni va

-ning qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n tushirib qoldiriladi: bunda, shundan,

o‘shancha, meni, sening kabi.

5. Parvo, obro‘, mavqe so‘zlariga egalik qo‘shimchalari (II va III shaxsda)

qo‘shilsa, bitta y tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: parvoyi, obro‘yim,

mavqeyim kabi.

6. -boz, -bon qo‘shimchalari -vos, -von kabi aytilsa-da, doimo asl shakli

bo‘yicha yoziladi: dorvoz, bog‘bon kabi.

7. -dir nisbat yasovchi qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir

bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shiladi: yondir, bordir, quvdir kabi (kel so‘zi bundan

mustasno), qolgan o‘rinlarda -tir shaklida aytiladi va shunday yoziladi: ektir,

quyultir, kestir kabi.

8. -ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -gin, -gina qo‘shimchalari

uch xil aytiladi va yoziladi ertaga, ertagacha, borgach, borguncha, borgudek,

borgan; eshikka, eshikkacha, chiqqach, chiqquncha, chiqqani kabi.

Eslatma: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha so‘zlari

bunga kirmaydi.

QO‘SHIB YOZISH VA AJRATIB YOZISH

Page 86: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

1. Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab

kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: oshxona,

tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo‘ymijoz,

maymunsifat, kamhosil, umumdavlat, bug‘doyrang va h.k.

2. -r, -ar, -mas qo‘shimchasi bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi:

o‘rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas kabi.

3. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qilingan qo‘shma otlar va

sifatlar qo‘shib yoziladi: toshbaqa, oybolta, qo‘yko‘z, sherdil, otquloq singari.

4. Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo‘ljallanganligi kabi ma’nolarni

bildiruvchi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: ko‘ksulton, oqbosh, achchiqtosh,

ko‘zoynak, suvilon kabi.

5. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan joy nomlari

qo‘shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo‘rg‘on, Davlatobod, Xo‘jaobod kabi, lekin

Markaziy Osiyo, Ko‘hna Urganch, G‘arbiy Yevropa kabi joy nomlari ajratib

yoziladi.

6. Ruscha, baynalmilal yoki tarjima qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib

yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radioto‘lqin, elektrarra kabi.

7. Qisqartma so‘zlar har doim qo‘shib yoziladi: O‘zMU, ToshDPU.

AJRATIB YOZISH

1. Qo‘shma fe’l, shuningdek, ko‘makchi fe’lli qo‘shilmalar doimo ajratib

yoziladi: kirib chiqdi, olib keldi, oshkor etdi, aytib qo‘ya qoldi, o‘qib chiqdi kabi.

2. Har, kech, bir, u, shu, o‘sha, hamma kabi so‘zlar o‘zi birikib kelgan

so‘zdan ajratib yoziladi: har kim, hech narsa, bir zum, bu yerda, o‘sha joyda,

hamma vaqt kabi.

3. Ko‘makchilar o‘zi bog‘langan so‘zdan ajratib yoziladi: Vatan uchun, siz

bilan, shahar tomon.

Eslatma: bilan va uchun ko‘makchilarining qisqargan -la va -chun shakli

chiziqcha bilan yoziladi: onam-la, sen-chun singari.

4. Sifatning orttirma darajasini yasovchi to‘q, och, tim, tang, jiqqa kabi

so‘zlar ajratib yoziladi: tim qora, och ko‘k, to‘q sariq kabi.

5. Qo‘shma sonlar ajratib yoziladi: o‘n to‘qqiz, bir yuz yigirma besh, ikki

ming birinchi va hokazo.

6. Yildan yilga, kundan kunga kabi ko‘rinishdagi birliklar ham ajratib

yoziladi.

7. Nuqtayi nazar, tarjimayi hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham

ajratib yoziladi.

BOSH HARFLAR IMLOSI

1. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf bilan

yoziladi: G‘afurov Shermuhammad Obidovich, Boborahim Mashrab kabi.

2. Mamlakatlar, shaharlar, qishloqlar, shaharchalar, daryo, dengiz, tog‘, tepa,

adir nomlari ham bosh harf bilan yoziladi: Turkmaniston, Xiva, Xo‘ja Ilg‘or,

Quvasoy, Zarafshon, Ko‘ksuv, Orol, Nurota, Cho‘ponota, O‘nadir va hokazo.

Page 87: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

3. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san’at asarlari, sanoat va

oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalarining nomlari bosh harf bilan yoziladi:

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya

jamoat fondi, “Mehrobdan chayon” romani, “Yoshlik” jurnali, G‘afur G‘ulom

nomidagi nashriyot-matbaa uyi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Turkiston”

saroyi, “Bolajon” pechenyelari, “Ravon” avtomashinasi va hokazo.

4. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi:

Mustaqillik kuni, Navro‘z - umumxalq bayrami, Xotira va qadrlash kuni.

5. Oliy darajadagi davlat tashkilotlari, xalqaro birlashmalar nomi bosh harf

bilan yoziladi: O‘zbekiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,

Yevropa Ittifoqi Kengashi kabi.

6. Fanlar akademiyasi, Davlat test markazi, “Iste’dod” jamg‘armasi, Termiz

davlat universiteti kabi tashkilotlar nomining birinchi harfi bosh harf bilan

yoziladi.

7. Oliy darajadagi unvonlar va mukofotlar nomi tarkibidagi so‘zlar har biri

bosh harflar bilan yoziladi: “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Oltin Yulduz”

medali.

Shuningdek, “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, “Shuhrat” medali singari

mukofotlarning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi.

8. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi: “Kitoblar inson tafakkurining

javohirlarini yig‘ib avlodlarga meros qoldiradi”.(Oybek)

CHIZIQCHA BILAN YOZISH VA KO‘CHIRISH QOIDALARI

1. Juft yoki takror so‘zlarning o‘rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, orzu-

umid, kecha-kunduz, qing‘ir-qiyshiq; tog‘-tog‘, sekin-tez kabi.

2. Juft so‘zlar orasida -u, -yu yuklamalari ishlatilsa, ular birinchi so‘zdan

chiziqcha bilan ajratib yoziladi: erta-yu kech, osh-u non, oy-u quyosh, bola-yu

chaqa kabi.

3. Qop-qora, yam-yashil, to‘ppa-to‘g‘ri kabi kuchaytirma sifatlar chiziqcha

bilan yoziladi.

4. Uyma-uy, oyma-oy, dam-badam singari o‘rtasida -ma yoki -ba

qo‘shimchalari kelgan so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi.

5. -mi, -gina (-kina,-qina), -oq (-yoq) yuklamalaridan tashqari barcha affiks

yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, biz-a, keldi-da, ukasi-ku kabi.

6. Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilsa, chiziqcha ishlatiladi: 26-uy, 6-

xona, 2017-yil, 14-fevral.

Rim raqamlaridan so‘ng chiziqcha ishlatilmaydi: XX asr, X bob.

KO‘CHIRISH QOIDALARI

1. Satrga sig‘may qolgan so‘zlar keyingi qatorga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi:

tak-lif, tah-sil, komp-yu-ter, ma’-lu-mot, tan-ta-na kabi (tutuq belgisi birinchi

bo‘g‘inda qoldiriladi).

2. So‘z boshida kelgan yolg‘iz unli hech vaqt yakka o‘zi qoldirilmaydi:

e’-tibor emas e’ti-bor, u-lar emas ular, matba-a emas mat-baa singari.

Page 88: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

3. So‘z tarkibida ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda

ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafi-ya, foto-grafiya kabi.

4. Sh, ch, ng harflar birikmasi doim birgalikda yoziladi: ko-shona, pu-chuq,

de-ngiz kabi.

5. Qisqartma so‘zlar, yil, oy, raqam bilan yozilgan sonlar keyingi qatorga

ko‘chirilmaydi: O‘zMU, ToshDPU, 2018, 19, XX kabi.

6. 8-“a” sinf 11-uy, 100 gr, 25 sm, 10 mm kabi ko‘rinishdagi birikmalar ham

bir-biridan ajratilmaydi.

98-mashq. Mahmud Zamaxshariy qalamiga mansub hikmatli so‘z

bo‘yicha bahslashing. So‘zlarning yozilishiga e’tibor bering.

Tiliyu dili to‘g‘ri va haqgo‘y bo‘lgan odamning xatoyu nuqsoni kam bo‘ladi.

99-mashq. So‘zlarning ma’nolarini xotirangizda saqlab qoling. Ularning

qaysi imlo qoidalariga ko‘ra yozilganini aniqlang.

ASSAMBLEYA [fransuzcha assemble – o‘xshatish, qiyos, tenglashtirish] 1

Xalqaro tashkilotlarda ba’zi rahbarlik organlari nomi. Birlashgan Millatlar

Tashkiloti Bosh Assamleyasi. 2 Yig‘ilish

PROVAYDER [inglizcha provider] O‘z mijozlariga internet tarmog‘idan

foydalanish bo‘yicha turli xizmatlar ko‘rsatuvchi firma, vositachi tashkilot.

SOHIBQIRON [arabcha qiron egasi] 1 Astrologiya va afsonalarda: Zuhra va

Mushtariy yoki Zuhra va Quyoshning ekliptika (tutilish) davrining ma’lum bir

darajasida to‘qnash kelish vaqti (qiron) da tug‘ilgan bola (bunday bolaning baxtli,

g‘olib, muzaffar va ulug‘ martabali bo‘lishi bashorat qilingan). 2 Sharq

mamlakatlarida: qudratli hukmdor, jahongir unvoni. 3 Amir Temurning sharafli

unvoni.

HAQGO‘Y [arabcha + forscha haq so‘zni, haqiqatni aytuvchi] Haq so‘zni

aytuvchi, to‘g‘ri so‘zlovchi; rostgo‘y.

100-mashq. Haydar Muhammadning “Afsonaviy Samarqand” she’rini

o‘qing. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlardagi afsonaviy me’moriy

obidalarning xalqimiz tarixida tutgan o‘rni to‘g‘risida suhbatlashing.

Ikkinchi bandda berilgan so‘zlarning yozilish qoidalarini aniqlang.

Yillar bag‘ridan ovoz berar sirli sadolar,

Tilga kirar tanburlar.

Ranglar jonlanar, hikmat aytar bobolar:

Shahrim osmonida tovlanar nurlar.

Samarqand, Samarqand

Afsona – ertak shahrim.

Samarqand, sarbaland Samarqand,

Mehridan sayqal berdi asrim.

Resgistonda yuz ko‘rishgan Navoiy, Jomiy,

Bizga bugun zamondosh.

Ulug‘bek – tongi yulduzlarning zavqu ilhomi,

Page 89: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Ilmlar osmonida ravshan bir quyosh.

Olis-olisdan kelgan sayyoh – mehmonlar,

Qaytar shirin xayolda.

Ko‘zidan ketmas niliy gumbaz – osmonlar,

Shahrim mangulikka qolur kamolda.

Savol va topshiriqlar.

1. Unli va undosh harflar imlosi haqida gapirib bering.

2. Asos va qo‘shimchalar imlosi haqida bilganlaringizni aytib bering.

3. Qo‘shib va ajratib yozish qoidalari haqida so‘zlab bering.

4. Chiziqcha bilan yozish qoidalariga misollar keltiring.

5. Bosh harflar imlosi to‘g‘risida so‘zlab bering.

6. Ko‘chirish qoidalari to‘g‘risida bilganlaringizni aytib bering.

101-mashq. Uyga vazifa. Dilshod Rajabning “So‘zbog‘lovchi” she’rini

o‘qing. Harflar almashishi bilan so‘z ma’nosida qanday o‘zgarishlar sodir

bo‘lmoqda? Shu haqda bahslashing.

So‘z sehrli deydilar “A”ni olib bir zumda,

Demak, tilchi – sehrgar. “Ayoz”ni “yoz” qiladi.

“S” o‘rniga “m” qo‘ysa, “Oz” oldiga “s” yozib,

“Sehr” do‘nar “mehr”ga. Ajoyib “soz” qiladi.

Uchiradi “qovoq”ni, So‘zbog‘lovchi so‘z ovlab,

“Ari” qo‘yib yoniga. (qovog‘ari) “Toy”ni “oy”ga o‘xshatsin.

Yurigizadi oyoqni, Lekin sira ko‘z bog‘lab,

Qo‘shib “sakkiz” soniga.(sakkizoyoq) “Nay”ni “rang”ga qo‘shmasin. (nayrang)

5- bob. LEKSIKOLOGIYA

23-§. LEKSIKA (LUG‘AT TARKIBI) VA LEKSIKOLOGIYA HAQIDA

UMUMIY MA’LUMOT

Reja:

1. Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot.

2. So‘z – tilning asosiy birligi sifatida.

3. Leksikologiyaning bo‘limlari haqida ma’lumot.

Tayanch iboralar: leksika, so‘z, lug‘at tarkibi, leksikologiya, semasiologiya,

semantika, polisemantika, polisemiya, monosemantika, monosemiya.

Topshiriq. Abdulla Qahhor hikoyalaridan olingan gaplarni o‘qing. O‘z va

ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni topib, izoh bering.

Page 90: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

1. Samovarda o‘tirib, birpas dam oldik. 2. Shamol goh och bo‘riday uvillar,

goh o‘lim changaliga tushgan mushukday pixillar, vag‘illar, atrofda hech narsa

ko‘rinmas edi. 3.Mukarram hovlida samovarga suv quyar edi.

Leksikologiya grekcha lexikos – so‘z va logos – ta’limot so‘zlaridan olingan

bo‘lib, tilning so‘z va uning xususiyatlarini o‘rganadigan bo‘limi sanaladi.

Leksikologiya ikki turli bo‘ladi:

1) hozirgi leksikologiya;

2) tarixiy leksikologiya.

Hozirgi leksikologiyada so‘zlar sinxron tadqiq etilsa, tarixiy leksikologiyada

diaxron aspektda ish olib boriladi.

Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlarning yig‘indisiga lug‘at tarkibi yoki

leksika deyiladi. O‘zbek tili leksikasi deyilganda, tilimizda qo‘llaniladigan

so‘zlarning barchasi nazarda tutiladi.

Leksikologiya so‘zlarning kelib chiqish tarixini, shakl va ma’no

munosabatiga ko‘ra turlarini, iste’mol doirasiga ko‘ra farqlanishlarini, emotsional-

ekspressiv xususiyatlarini o‘rganadi. Bundan so‘zlarning ichki (ma’noviy) va

tashqi (tovush, materail) tomoni ham mustasno emas.

Tilshunoslikda so‘zga tilning asosiy birligi sifatida qaraladi. Darhaqiqat,

olam va undagi narsa-hodisalarni bilishda hech bir narsa so‘zning o‘rnini bosa

olmaydi. So‘zlar o‘zlarida borliqdagi narsa va hodisalarni nomlaydi, ifodalaydi va

ko‘rsatadi. Masalan, yer, tuproq, yumshoq, qattiq, suv, ariq, daryo, ekmoq, ekin,

chopmoq, yetishtirmoq, mehnat qilmoq, hosil, mo‘l, yaxshi, yomon, to‘satdan,

ko‘p, oz, qirq, ming, o‘n kabi ot, fe’l, sifat, son, ravish so‘z turkumiga oid so‘zlar

nomlash vazifasini bajaradi; oh, evoh, ey, -ku, hatto, nahotki singari undovlar

hamda yuklamalarda faqat ifodalash ma’nosi mujassam; bog‘lovchi va

ko‘makchilarga mansub yoki, va, goh..goh, -ki, bilan, uchun, deb, toki singari

so‘zlarga esa ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, atoqli otlar va

olmoshlarda ham o‘ziga xos belgilar mavjud.

So‘zlarning barchasi uchun muhim bo‘lgan belgi ularning ma’lum bir

tovushlardan tashkil topishidir. Masalan, osh (yegulik, taom), bosh (gavda qismi),

yuvosh (xarakter belgisi) – tovush qo‘shilishi bilan so‘zlardagi ma’no keskin

o‘zgarib bormoqda. Demak, so‘zlarda ularning material tomoni bilan birgalikda

ichki – ma’no tomoni ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ikki jihat bir-biri bilan

qo‘shilib, birgalikda tilning eng katta boyligi sanalgan so‘zlarni hosil qiladi.

So‘zlar har bir xalq ma’naviyatining bebaho xazinasi, javohiroti, bitmas-

tuganmas boyligi sifatida asrlar davomida shakllanib, sayqal topib, tilda

barqarorlashib boradi. Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti, madaniyati va

san’ati so‘zlar orqali tarix sahifalariga muhrlanadi. Ular insonlar xotirasida,

bitiklarda saqlanadi va ma’naviy meros sifatida avloddan avlodga qoldiriladi.

Masalan, quyosh, oftob, shams; oy, mohtob, qamar, hilol; el, elat, budun,

ulus, xaloyiq, xalq, millat, elat; o‘simlik, ko‘k, ko‘kat, maysa; totimoq, yemoq,

tanovul qilmoq, paqqos tushirmoq; toy, toychoq, ot, qorabayir, chavkar, to‘riq,

tulpor kabi so‘zlarning tilda paydo bo‘lishi va tilimizda o‘z o‘rnini topib qolishi

uchun uzoq davrlar kerak bo‘lgan.

So‘zlar jamiyatning ehtiyojiga qarab yuzaga keladi va yo‘qolib boradi.

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” kitobida tilga olingan uma (ona;

Page 91: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

mehmon, qo‘noq), etmak (non), evshuk (to‘siq), emgak (mehnat, mashaqqat),

buduk (o‘yin, raqs) singari so‘zlardan tilimizning hozirgi bosqichida

foydalanilmaydi. Til taraqqiyoti tufayli muassasa, ta’lim, tarbiya, sanoat,

shifobaxsh, dorilamon, dastgoh, elektr, mashina, avtomobil, restoran, deputat,

dekloratsiya, parlament kabi minglab so‘zlar kirib keldi hamda o‘zbek tilining

lug‘at boyligidan mustahkam o‘rin egalladi.

So‘z ma’nolarini o‘rganadigan leksikologiya bo‘limi semasilogiya yoki

semantika deb ataladi.

Dialektologiyada shevaga xos so‘zlarning lisoniy xususiyatlari tadqiq etiladi.

Etimologiya so‘zlarning kelib chiqish tarixi haqidagi ta’limot sanaladi.

Leksikografiya lug‘at tarkibiga kirgan so‘zlarni maqsadli yozma ravishda

to‘plash, ularni ma’lum tartib asosida (ko‘pincha amaldagi alfavitga asoslanib)

joylashtirish, turli ko‘rinishdagi lug‘atlar tuzishni o‘z ichiga oladi.

Nutqda so‘zlardan maqsadga muvofiq foydalanish hodisasi (uslubiyat) ham

muhim ahamiyatga ega. Bu esa leksikologiyaning uslubiyat fani bilan ham

mustahkam aloqada ekanligini tasavvur qilish imkonini beradi.

102-mashq. Abdulla Qahhor qalamiga mansub hikmatli so‘zlarni

yozing. Ularda ishlatilgan so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolariga diqqat

qiling.

Chiroyli lof-qofdan, xunuk haqiqat yaxshi. Yuragida qo‘ri bor odamning

qo‘llari issiq bo‘ladi. Gap qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha qisqa bo‘ladi. Toshqin

suv tegirmonni buzishi ham mumikn, yurgizishi ham. Odamning yomoni

bo‘lmaydi. Birov tosh, birov gul, o‘z joyida ikkovi ham yaxshi.

103-mashq. Quyosh so‘zining ma’nolari va ma’nodoshlariga e’tibor

bering. Ularning ishlatilishiga misollar keltirib, izohlang.

QUYOSH 1 (astronomiyaga oid termin sifatida bosh harf bilan) Quyosh

sistemasiga oid markaziy jism – o‘zidagi termoyadroviy reaksiyalar hisobiga

yorug‘lik va issiqlik tarqatuvchi (chiqaruvchi) ulkan gazsimon shar shaklidagi

yoritqich. 2 Shu jismdan taraluvchi nur, issiqlik. 3 ko‘chma. Nimaningdir hayot,

yashash manbai, asosi hisoblanadigan, shunday deb qaraladigan narsa haqida.

OFTOB [forscha – quyosh; quyosh nuri] 1 Quyosh, kun. 2 Quyosh

tarqatayotgan nur, quyosh harorati. 3 Quyosh nuri tushib turgan, quyosh isitib

turgan joy. 4 ko‘chma. Yorituvchi, yorug‘lik kirituvchi, o‘zgartiruvchi.

KUN 1 Quyosh, oftob. 2 Sutkaning quyosh chiqqandan quyosh botguncha

bo‘lgan qismi. 3 Bir kecha-kunduz – 24 soatga teng vaqt; sutka. 4 Oy yoki

haftaning ma’lum bir kalendar sanasi, ma’lum bir hodisaga bag‘ishlangan kun,

sana. 5. (ko‘plik shaklida) Kunlar bilan belgilanuvchi vaqt, payt, kez, davr. 6 Ob-

havo, ob-havo sharoiti. 7 Ayrim so‘zlar bilan qo‘llanib, ahvol, sharoit ma’nosini

bildiradi.

SHAMS [arabcha – quyosh] 1 kitobiy aynan quyosh. 2 Shams (erkaklar ismi)

104-mashq. She’rni ko‘chiring. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning

ma’nolari va ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling.

Page 92: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Баҳорми боғларга сеп ёйиб кетган,

Чўлларга чашма-ю бинафша элтган,

Парвози кўкларга, Ойгача етган,

Баҳорми, баҳорми? – шивирлар еллар,

Баҳорми, баҳорми, – сўрайди эллар,

“Йўқ!” – дейман, – бу озод инсон меҳнати. (С.Зуннунова)

Savol va topshiriqlar.

1. Leksikologiya deb nimaga aytiladi?

2. Tilning lug‘at tarkibi haqida gapirib bering.

2. So‘zga nima uchun tilning asosiy birligi deb qaraladi?

3. Leksikologiyaning bo‘limlari haqida so‘zlab bering.

105-mashq. Uyga vazifa. Ahmad Yassaviyning quyidagi to‘rtligida ajratib

ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nodoshlarini va ularga zid ma’noda qo‘llanuvchi

so‘zlarni toping, ularga izoh bering.

Ayo, do‘stlar, hech bilmadim men yo‘limni,

Saodatga bog‘lamadim men belimni.

G‘iybat so‘zdin hech yig‘madim men tilimni,

Nodonligim meni rasvo qildi, do‘stlar.

24-§. LEKSEMA VA SO‘Z. SO‘ZNING LEKSIK VA GRAMMATIK

MA’NOSI. SEMEMA VA SEMA

Reja:

1. Leksema va so‘z o‘rtasidagi farqlarni ayting.

2. So‘zning leksik ma’nosi deganda nimani tushunasiz?

3. So‘zning grammatik ma’nosi deb nimaga aytiladi?

4. Semema deb nimaga aytiladi?

5. Sema, birlashtiruvchi va farqlovchi semalar haqida gapirib bering.

Tayanch iboralar: leksema, so‘z, ma’no, leksik ma’no, grammmatik ma’no,

erkin ma’no, ko‘chma ma’no, bog‘liq ma’no, kontekstual ma’no, sema, semema,

birlashtuvchi sema, farqlovchi sema.

Topshiriq. Gapni ko‘chirib yozing, ko‘chma ma’noda qo‘llagan so‘zni topib,

izohlang.

Bilimsiz kishi nima gapirsa, nodonligi sababli so‘zlaydi, shuning uchun uning

tili o‘z boshini yeydi. (Ahmad Yugnakiy)

So‘zlar til va nutqning eng muhim birligi sanaladi. Tilning lug‘at tarkibiga

kirgan har bir birlik so‘z sanaladi. Kitob, shitob, sof, insof, fazilat, illat, g‘aflat,

suv, xom, tom, shom – bularning barchasi tildagi birliklar, ya’ni so‘zlar sanaladi.

Page 93: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Keltirilgan so‘zlarning har biri o‘zining leksik mazmuniga ega. Aynan mana shu

xususiyati bilan yonidagi boshqa so‘zlardan farqlanadi. Shu bilan birgalikda

mazkur so‘zlarni bir yerga jamlab, yig‘ib turgan yana bir belgi, ularning grammatik

mazmunga egadorligi ham ko‘zga tashlanadi. Shunga ko‘ra so‘z leksikologiyada

ham, grammatikada ham o‘rganiladi

Ma’lum bir ma’no bilan bog‘langan va grammatik jihatdan shakllangan

tovush yoki tovushlar yig‘indisiga so‘z deyiladi.

So‘zlarda ularni bir yerga jamlab, yig‘ishtirib va ayni paytda ularni farqlab

turuvchi xos belgilar bo‘ladi. So‘zlarni bir-biri bilan birlashtirib turadigan va ayni

paytda ularning bir-birlaridan farqini ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan

ma’nolarning jami ularning atash yoki leksik ma’nosi deyiladi. Masalan, uzum

ho‘l meva, yegulik ma’nosini bildiradi. U olma, o‘rik, shaftoli, nok kabi meva

nomini bildiruvchi so‘zlar bilan birgalikda meva nomlari guruhini tashkil etadi. Bir

paytning o‘zida shakl-shamoyili, rangi, o‘sish holati, mevasi bilan boshqa

so‘zlardan farqlanadi.

Uzum so‘zi atash ma’nosidan tashqari predmetlik, bosh kelishik, birlik

ma’nolarini ham anglatadi. Bu uning grammatik ma’nosi sanaladi. Olma, o‘rik,

shaftoli, nok so‘zlari ham xuddi shunday grammatik ma’noga ega. Demak, so‘z til

elementi sifatida ma’lum ma’no anglatuvchi nutq tovushi yoki tovushlar

yig‘indisidan iborat bo‘ladi va nutq elementi sifatida u so‘z birikmasi yoki gapning

ma’lum ma’no va grammatik xususiyatga ega bo‘lgan eng kichik qismi

hisoblanadi. Leksik ma’no alohidalash, grammatik ma’no umumlashtirish uchun

xizmat qiladi.

So‘zlar tashqi qobiqqa ega. Har bir so‘z ma’lum bir tovushlardan tashkil

topgan bo‘ladi. Masalan, tosh, mosh, qosh, bosh, fosh; tol, tom, toj, ton; to‘n, ta’m,

tim so‘zlari birgina tovush yordamida bir-biridan farqlanadi. So‘zlarning ma’lum

bir tovushlardan tashkil topishi ularning bu –ularning ifoda plani sanaladi. So‘zlar

ifoda planida leksema deyiladi. Leksemaning tovush tomoni, nomi nomema

atamasi bilan yuritiladi.

Leksemalar tub (qalam, siyoh, bola, oq, qora, katta), yasama (qalamdon,

siyohdon, sayilgoh, olmazor, qoray, oqar, bolalik), qo‘shma (qo‘ziqorin,

balandparvoz, oshqovoq, moychechak, sheryurak), juft (katta-kichik, baland-past,

ota-ona, bola-chaqa), takroriy (tez-tez, katta-katta, tog‘-tog‘) ko‘rinishlarda

bo‘ladi.

So‘zning ma’no tomoni (yoki semantikasi) uning narsalar, hodisalar, belgilar

va shu kabilar bilan bog‘lanishidan kelib chiqadi. Bu jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri,

bevosita kuzatishda bo‘lmay, balki insonning olamni bilishi va ongida aks ettishi

bilan bog‘liq holda kechadi. Aslida, borliqni bilish narsalar va hodisalar haqida

tushunchaga ega bo‘lish demakdir. Bunda narsa va hodisalarning alohida va

umumiy belgilari hisobga olinadi. Masalan, yomg‘ir yog‘in turi sanaladi, qor, do‘l,

qirov, buldurug‘, shudring ham shunday, ammo ular ko‘rinishi, yog‘ish holati,

davri, yerga tushishi, davriyligi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Aynan mana

shu belgilar ularning ayricha so‘zlar ekanligini ta’minlaydi. Tilshunoslikda bu kabi

belgilar sema atamasi bilan yuritiladi.

So‘z ma’nosi o‘ta murakkab va ko‘p qirrali hodisa sanaladi. So‘z mazmun

planida semema deyiladi. Sememaning nomlash, atash bilan bog‘liq belgilari atash

Page 94: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

semasi, uning uslubiy ma’no kasb etadigan belgilari ifoda semasi, matn ichida

muayyan vazifa bajarishiga xoslangan belgilari vazifa semasi deyiladi.

So‘zlarning belgilari (semalari) birlashtiruvchi (integral) belgilar (semalar) va

farqlovchi (differensial) belgilar (semalar)ga ajratiladi. Qor, yomg‘ir, do‘l, qirov,

buldurug‘, shudring so‘zlarini birlashtiruvchi belgi yog‘in semasidir. Unga zid

ravishda qor va yomg‘irning yuzlab farqlovchi belgilarini topish mumkin. Rang,

shakl, qattiqlik, harakat, bulut, fasl, kiyim semalariga ko‘ra ular bir-biriga

zidlanadi. Bunday zidlash, taqqoslashga semik yoki qismlab tahlil qilish deyiladi.

Shuningdek, yurmoq, odimlamoq, imillamoq, qadam tashlamoq, g‘izillamoq,

uchmoq so‘zlari bitta harakatni ifodalagani bilan ular o‘rtasida darajalanish, farqli

holatlar, ma’no tarmoqlanishlari ko‘zga tashlanadi. Shunga ko‘ra ularning har biri

alohida so‘z hisoblanadi. Bu ularning mazmun plani (semalari) bilan bog‘liq

hodisa sanaladi.

So‘zlar narsa va hodisalarni ifodalashidan tashqari so‘zlovchilarning ularga

nisbatan bo‘lgan salbiy yoki ijobiy munosabatini ham ifodalashi mumkin.

Masalan, bosh so‘zi odam a’zolaridan biri haqidagi tushunchani anglatadi. Xuddi

shu tushunchani ifodalaydigan kalla, oshqovoq, kompyuter so‘zlari so‘zlovchining

boshga nisbatan bo‘lgan salbiy (kinoyaviy, kesatiq bilan aytilgan) yoki ijobiy

qarashini ham bildiradi. Qo‘shimcha ma’no ottenkalari (semalar) insonlarning his-

tuyg‘ulari, ichki kechirmalari bilan bog‘liq holda yuzaga chiqanligi uchun ular

nutqning ta’sirchanligini, jozibadorligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.

106-mashq. Abdurauf Fitrat tomonidan ko‘chma ma’noda qo‘llangan

qurol so‘ziga izoh bering. Uning o‘z va ko‘chma ma’nolarini aniqlang.

Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan,

o‘tkir aql va yaxshi axloqdir.

107-mashq. Quyida berilgan so‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llang va

ularga izoh bering.

OY 1 astronomiyada Quyoshdan nur olib, yog‘du sochuvchi samoviy jism.

Yerning tabiiy yo‘ldoshi. 2 Astronomik yilning o‘n ikkidan biriga – Oyning

Quyosh atrofidan bir marta aylanib chiqish muddatiga yaqin vaqt oralig‘i; o‘lchov

birligi: 28, 29, 30, 31 kunlik davr. 3 Uch-to‘rt kunlik oy shalkidagi bezak yoki

belgi. 4 Ayollar ismi tarkibiga kiradi yoki ayollar nomiga qo‘shilib, erkalash,

hurmatni bildiradi.

MOH [forscha – oy] aynan oy

MOHTOB [forscha – oy nuri, oydin] Yoritib turuvchi oy; oydin.

QAMAR [arabcha – oy, yo‘ldosh (sayyoraldarda)] 1 kitobiy, aynan oy.

2 Qamar (erkaklar ismi)

108-mashq. Alisher Navoiyning quyida berilgan baytlarini takrorlang.

Uning fikrlarini davom ettiring. “Fido ayla”, “jism”, “sadqa qil”, “nur fosh”,

“oy”, “quyosh” so‘zlarining ma’nolari va ishlatilish o‘rinlariga izoh bering.

Boshni fido ayla ato qoshig‘a,

Page 95: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Jismni qil sadqa ano boshig‘a.

Tun-kuningg‘a aylagali nur fosh,

Birisin oy angla, birisin quyosh.

Savol va topshiriqlar.

1. So‘zning leksik ma’nosi deb qanday ma’noga aytiladi?

2. So‘zning grammatik ma’nosi deb nimaga aytiladi?

2. Emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlik tushunchasiga izoh bering.

3. Farqlovchi semalarga misollar keltiring.

4. Birlashtiruvchi semalarga misollar keltiring.

109-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, unda ishlatilgan so‘zlarning

leksik va grammatik ma’nolarini izohlang.

U oxirgi kelganida mendan:

– Zimiston qayerga joylashgan? – deb so‘radi. Men o‘zimni kulgudan tutib

tura olmadim.

Sen bu so‘zni qayerda eshitding?

– Uyimiz oldida o‘zbek ayollari gaplashganida eshitdim. Bir ayol

ikkinchisiga: “Qarang, zimiston bo‘p qoldi, ketishim kerak”, – degandi.

Bilishimcha, Sirdaryoda Guliston bor, Samarqandda esa Registon, ammo

hayronman, Zimiston qayerda joylashgan ekan?

Jannat, zimiston bu – qop-qorong‘i degani. Bu tuman yoki ko‘cha nomini

anglatmaydi. Tunda ko‘chaga chiqsang, zimistonga duch kelishing mumkin, –

dedim men. (J.Xolmirzayev)

25-§. BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR. SO‘ZNING O‘Z

VA KO‘CHMA MA’NOSI. MA’NO KO‘CHIRISHNING ASOSIY TURLARI

Reja:

1. So‘z ma’nosining ko‘chish yo‘llari.

2. Metafora usuli bilan so‘z ma’nosining ko‘chishi.

3. Metanimiya usuli bilan so‘z ma’nosining ko‘chishi.

4. Sinekdoxa va vazifadoshlik usuli bilan so‘z ma’nosining ko‘chishi.

Tayanch iboralar: monosemantizm, polisemantizm, o‘z ma’no, ko‘chma

ma’no, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, ma’no torayishi, ma’no

kengayishi.

1-topshiriq. Gapni o‘qing, ko‘chma ma’nodagi so‘zni topib, uni izohlang.

Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak.

(Erkin Vohidov)

2-topshiriq. Gapdagi ajratilgan so‘z qanday ma’noda kelayotganini

belgilang.

Page 96: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

O‘zbek xalqi azaldan buyon madaniyat bulog‘ining boshida bo‘lgan. (Oybek)

So‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga bo‘linadi. So‘zlarning bir

ma’noligiga monosemantizm, ko‘p ma’noga ega bo‘lishiga polisemantizm

deyiladi. Monosemantizm polisemantizmga zid qo‘yiladi.

Bir ma’noli so‘zlar ko‘pincha terminlardan iborat bo‘ladi. Masalan, logorifm,

kislorod, hujayra, tuyuq, ruboiy, fonema singari so‘zlarni ko‘chma ma’noda

qo‘llab bo‘lmaydi. Ammo, ildiz (o‘z ma’nosida daraxt, o‘simlik ildizi), ko‘chma

ma’noda tishning ildizi, ma’lum bir sonning ildizi, millat ildizi ko‘rinishida

ishlatilishi mumkin.

So‘zning ma’nosi uning boshqa so‘zlar bilan munosabatga kirishi natijasida

yuzaga chiqadi. Masalan, gul so‘zga e’tibor berib ko‘raylik. Gul ko‘pincha hidi va

manzara hosil qilish uchun o‘stiriladigan o‘simlik ma’nosini beradi. Hovlida

gulbeor, rayhon, jambil, nomozshomgul kabi rang-barang gullar ochilib yotardi.

Mazkur gapda gul so‘zi o‘z ma’nosida qo‘llanmoqda. Yigitlarning guli, nonning

guli, gilamning guli, ko‘ylakning guli, do‘ppining guli birikmalarida esa ko‘chma

ma’nolarda ishlatilmoqda.

Leksemalarni gavdalantirgan tovush yoki tovushlar tizimining nimanidir

atashi, nomlashi bilan bog‘liq bo‘lgan voqelikka nisbat beriladigan lug‘aviy

mazmuniga leksik ma’no deyiladi. Leksik ma’no o‘z va ko‘chma ma’noga

bo‘linadi.

So‘zning matndan tashqaridagi ma’nosiga o‘z ma’no deyiladi. Masalan,

qanot so‘zi o‘z ma’nosida qush va hasharotlarning uchishini ta’minlash uchun

xizmat qiladigan a’zo sanaladi. Uning samolyotning qanoti, avtomashinalarning

qanoti, eshik va derazaning qanoti, qo‘shin qanoti, suyanchiq, ko‘makchi, himoya,

panoh kabi 10 dan ortiq ko‘chma ma’nolari mavjud. “O‘zbek tilining izohli

lug‘ati”da qo‘ymoq so‘zining 34 ta, bosmoq so‘zining 26 ta, olmoq so‘zining 21 ta

ko‘chma ma’nolari keltirilgan.

So‘zning bosh ma’nodan tashqari, yana bir necha yasama ma’nolarga ega

bo‘lishi so‘zlardagi ma’no taraqqiyoti qonunlariga asoslanadi. Ana shunday

qonunlarga ma’no ko‘chishi, ma’noning kengayishi, ma’noning torayishi

hodisalari kiradi.

So‘z ma’nosining ko‘chishi metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik

singari hodisalarni o‘z ichiga oladi.

Metafora narsa va hodisalar orasidagi o‘zaro o‘xshashlik asosidagi ma’no

ko‘chishidir. Bunda narsa va hodisaning rangi, shakli, harakati kabi belgilari

asosida ikkinchi bir narsa-hodisadagi shunga o‘xshash belgi e’tiborga olinadi va

so‘z ma’nosi ko‘chiriladi. Masalan, inson insonning ko‘zi ko‘rish vazifasini

bajaradi, uning shakli cho‘ziq dumaloq. Buloqning ko‘zi, tizzaning ko‘zi, taxtaning

ko‘zi, uzukning ko‘zi; ishning ko‘zi, derazaning ko‘zi birikmalarida ko‘z shakli va

uning vazifasi bilan bog‘liq jihatlar e’tiborga olinib so‘z ma’nosi ko‘chirilgan.

Metafora usulida narsa va hodisalar uchun umumiy bo‘lgan belgi tushunchada

saqlanadi. Masalan, Vatanimiz qalqonlari, hayot kitobi, oilamiz shamchirog‘i kabi

birikmalar tarkibida kelayotgan qalqon, kitob, shamchiroq so‘zlarida ularga xos

bo‘lgan tushunchalar saqlangan.

O‘xshashlik asosidagi ma’no ko‘chirilishi:

Page 97: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

– odamning tana a’zolari nomlari: bet, yuz, burun, og‘iz, lab, tish, elka, oyoq;

– kiyim-kechak yoki ulardagi biror qismning nomlari: etak, yeng, yoqa;

– hayvon, parranda va hasharotlar va ularning biror a’zosi nomi: qanot,

bo‘yin, pat, dum;

– o‘simliklar, daraxtlar va ularning qismlari nomi: ildiz,gul, kosa, tomir;

– qurol-yarog‘ nomlari: nayza, o‘q, pichoq;

– turli belgi, harakat nomlari: baland, past, olmoq, chaqmoq, urmoq, surmoq,

turmoq va shu kabilarga asoslanadi.

Shuningdek, u yordamchi so‘zlarda (orqa, ost, ust, tomon kabi) ham mavjud.

Metonimiya narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikka asoslangan

ma’no ko‘chishidir. Bunda narsa va hodisalar o‘rtasida na tashqi, na ichki

o‘xshashlik (umumiy belgi) bo‘lmaydi, balki ular orasidagi doimiy real aloqa,

birining nomini aytganda, ikkinchisini anglash, nazarda tutish e’tiborga olinadi.

Masalan, Toshkent mehmonxonasi, “O‘zbekiston” shifoxonasi, Chorsu bekati,

“Afrosiyob” tezyurar poyezdi, Navoiyni mutolaa qilmoq kabi birliklarda

metonimiya usuli bilan ma’no ko‘chishi kuzatiladi.

Sinekdoxa qism orqali butunni yoki aksincha butun orqali qismni ifodalash

usulidir. Masalan, tuyoq so‘zi mol, qo‘y, echki ma’nosida ishlatiladi. Xuddi

shuningdek, tirnoq, bosh, tish, kalla, qo‘l so‘zlari butunni ifodalash uchun

ishlatiladi. “Musobaqada O‘zbekistonning qo‘li baland keldi” gapida

“O‘zbekiston” so‘zi muayyan sportchining nomini bildirish uchun ishlatiladi.

Bajarayotgan vazifasiga ko‘ra ma’no ko‘chirilishiga vazifadoshlik asosida

ma’no ko‘chish deyiladi. Insonning yuragi – Vatanimizning yuragi, odamning

oyog‘i – stulning oyog‘i, insonning ko‘zi – derazaning ko‘zi birikmalarida

bajarayotgan vazifasiga ko‘ra ma’no ko‘chishi kuzatiladi.

Shuningdek, tilda so‘z ma’noning kengayishi va torayishi hodisalari ham

uchraydi.

Masalan, suv so‘zi rangsiz, shaffof suyuqlik ma’nosini beradi. Til taraqqiyoti

davomida uning ma’nosi kengayib, ariq, anhor, soy, jilg‘a, dengiz, okean, ko‘lmak,

turli gazli va gazsiz ichimliklar, sharbatlar ma’nolarini anglata boshladi.

Mashina, dastgoh, soat, uy, g‘ildirak, zina, eshik, deraza, daftar, ruchka,

qalam, qog‘oz so‘zlarida ham ma’no kengayishi hodisasi kuzatiladi.

Aksincha, bekat, partiya, kotib, ellikboshi kabi so‘zlarning ma’nosi torayib

bormoqda.

110-mashq. Kamoliddin Binoiy qalamiga mansub hikmatli so‘zda jon

so‘zi qanday ma’noda qo‘llangan? Uning o‘z va ko‘chma ma’nolarini

izohlang.

Har tirik jon agar qilsa harakat,

Harakatga qarab topar barakat.

111-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “etak” so‘ziga berilgan

izohlarni o‘qing, uning o‘z va ko‘chma ma’nolariga misollar keltirishga

harakat qiling.

Page 98: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

ETAK 1 Kiyimning pastki, silib tushib turadigan keng qismi. Ko‘ylakning

etagi. To‘nning etagi.

2 Ba’zi narsalarning etakka o‘xshash osilgan pastki qismi. Quyosh qishloq

ustidan etagini yig‘ib olgan, kech kira boshlagan edi. (S.Zunnunova)

3 Matodan paxta terish uchun maxsus tikilgan, bir tomoni bo‘yinga osib, bir

tomoni belga bog‘lab olinadigan buyum. Qo‘li etak bilan chanoqqa xuddi

bo‘zchining mokisidek borib kelyapti. (E.Raimov)

4 Ba’zi narsalarning, sathning cheti, quyi tomoni, oxirgi qismi. Dala etagi.

Sahro etagi.

5 Tog‘, adir, balandliklarning pastki qismi; pastki qismidagi joy, maydon.

Yodgor ohista yurib adir etagiga tushib ketdi. (O‘.Hoshimov)

6 Ariq, daryoning quyi qismi; suvning quyilish joyi. Zarafshonning etagi.

7 Vaqt e’tibori bilan oxirgi qism, oxir, so‘ng. Fevralning etaklarida kun isib

ketdi. (S.Anorboyev)

112-mashq. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni toping. Kitobning

inson hayotida tutgan o‘rni haqida o‘z fikrlaringizni bildiring.

Sen-la unut bo‘larmi dardu armonim,

Sen-la maqsad tomon aylayman shitob.

O‘zingsan chin do‘stim, eng qadrdonim,

Yostig‘im ostida uxlagan kitob. (Sitora Toshmatova)

113-mashq. Sh.Rahmatullayevning “O‘zbek tili omonimlarining izohli

lug‘ati” kitobida “bosh” so‘ziga berilgan ta’riflarni o‘qing, ular ishtirokida

gaplar tuzing, so‘z ma’nosining qaysi yo‘l bilan ko‘chirilayotganinii aniqlang.

BOSH

bosh I ot, 1. Organizmning bo‘yindan yuqori (old) qismi, kalla. Boshini

egmoq. 2. Miya. Boshi og‘rimoq. 3. Aql-idrok, fikrlash qobiliyati. Boshini

qotirmoq. 4. Rahbar, boshliq. Guruhga bosh bo‘lmoq. 5. Dona. 100 bosh qo‘y.

6. Bir bandga bilashuvchi bir qancha shingil. Bir bosh uzum. 7. Eng yuqori qism,

uch, cho‘qqi. Tog‘ning boshi. 8. Boshlanish nuqtasi. Ko‘chaning boshi.

bosh II sifat, 1. Eng oldingi, birinchi. Bosh bola. 2. Rahbarlik qiluvchi,

boshchilik qiluvchi. Bosh vrach. 3. Asosiy, muhim. Bosh masala. Katta. Bosh harf.

Savol va topshiriqlar.

1. So‘zning ko‘chma ma’nosi deb qanday ma’noga aytiladi?

2. Metafora so‘ziga izoh bering.

3. Metonimiya usuli bilan ma’nosi ko‘chgan so‘zlarga misollar keltiring.

4. Sinekdoxa va vazifadoshlik usuli bilan ma’nosi ko‘chgan so‘zlarga

misollar keltiring.

5. Ma’noning kengayishi va ma’noning torayishi deganda nimani

tushundingiz?

Page 99: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

114-mashq. Uyga vazifa. “Hikmatlar shodasi” asaridan olingan quyidagi

gapda qo‘llangan ko‘chma ma’nodagi so‘zlarga izoh bering. Gapda ilgari

surilgan g‘oya haqida bahslashing.

Og‘iz – aqlning darvozasi. Agar uni ochiq qo‘ysang, aql uni tashlab ketadi.

Xayol – aqlning oyog‘i. Agar uni jilovlamasang, aqlni to‘g‘ri yo‘ldan

og‘diradi.

26-§. ONA TILIDA SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO

MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI HAQIDA MA’LUMOT.

OMONIMLAR, ULARNING KO‘P MA’NOLI SO‘ZLARDAN

(POLISEMANTIZMLARDAN) FARQI.

Reja:

1. So‘zlarning shakl ma’no munosabatiga ko‘ra turlari haqida umumiy

ma’lumot.

2. Omonim (shakldosh) so‘zlar va ularning yuzaga kelish sabablari.

3. Omonim (shakldosh) so‘zlarning turlari.

Tayanch iboralar: shakldosh so‘zlar, ma’nodosh so‘zlar, zid ma’noli

so‘zlar, paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat, omoformalar,

omograflar, omoformalar, tajnis, jinos.

Topshiriq. O‘t, ot, yot, soz, qirq, yuz, uch so‘zlarini gaplar ichida qo‘llab

ko‘ring. Ularning qanday ma’noda kelayotganini izohlang.

So‘zlar o‘rtasida ikki xil: paradigmatik (o‘xshashlik) va sintagmatik

(qo‘shnichilik) aloqalari mavjud bo‘ladi. Ulardan muomala-munosabatlarda

paradigmatik aloqalar muhim o‘rin tutadi. Paradigmatik aloqalar so‘zlar o‘rtasidagi

shakliy va ma’noviy o‘xshashliklarga asoslanadi. Bunda so‘zlarning ifoda va

mazmun planida bir-biriga yaqin kelishi e’tiborga olinadi. Masalan, ot, uch, qirq,

yon, o‘t, bor, ko‘k, palak kabi so‘zlar shakliy, ya’ni tovush tomonidan bir-biriga

o‘xshab qolgan. Palak kashta turini va poliz mahsulotlarining o‘sib chiqish

nuqtasini anglatadi; uch sonni anglatishi bilan birga biror jismning uch tomonini

hamda harakatni ifodalaydi.

Yoki tezlashmoq, jadallashmoq, kuchaymoq; yorug‘, yorqin, charog‘on,

nurafshon; sekin, asta, ohista singari so‘zlarda ma’nodoshlik munosabati ko‘zga

tashlanadi.

Ulkan-mitti, katta-kichik, baland-past, issiq-sovuq, yoz-qish ko‘rinishidagi

birliklarda zidlik munosabatini ko‘rishimiz mumkin.

Shularga ko‘ra so‘zlar omonim, sinonim va antonimlar deb ataladigan

guruhlarga ajratiladi.

Omonimlar yunoncha homos – bir xil, onyma – ism so‘zlaridan olingan

bo‘lib, aytilishi va yozilishi bir xil, lekin ma’nolari turlicha bo‘lgan, shakliy

jihatdan aynan bir-biriga o‘xshab qolgan so‘zlardir. Ularga shakldosh so‘zlar ham

deyiladi.

Page 100: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Omonimlarning yuzaga kelishi uzoq davom etadigan jarayon sanaladi. Til

taraqqiyoti yoki boshqa tillardan so‘z o‘zlashishi natijasida shakldosh so‘zlar

paydo bo‘ladi. Masalan, quymoq (taom) va quymoq (harakat), o‘t (organizm) va o‘t

(harakat), burun (oldin) va burun (geografik nom) so‘zlari til taraqqiyoti natijasida

yuzaga kelgan bo‘lsa, quloq (ruscha kulak – musht so‘zidan olingan) so‘zi o‘zbek

tiliga o‘zlashib, bosh qismimizdagi a’zo nomini anglatuvchi quloq so‘ziga

shakldosh bo‘lib qoldi.

Badiiy adabiyotda omonimlardan unumli foydalaniladi va tajnis san’ati

asosida tuyuqlar yaratiladi. Masalan, Rustamjon Umarov qalamiga mansub ushbu

tuyuqda o‘qi so‘zi bir xil aytiladi va yoziladi, ammo misralarda “zamin markazi”,

“aylanib turuvchi joy”, “harakat qil”, “kamondan otilgan o‘q” ma’nolarida

kelmoqda.

Mehvar erur, bilib qo‘y, kurrai zamin o‘qi,

Ona yer bir kitobdir, hamisha, har on o‘qi.

Bilmi olmoq farz erur beshikdan qabrgacha,

Shunda botmas tuproqqa jaholat yoyin o‘qi.

Aytilishi, yozilishi hamda barcha grammatik formalari bir xil bo‘lgan omonim

so‘zlar leksik omonimlar deyiladi. Leksik omonimlar bir xil so‘z turkumiga

kirib, bir xil vazifadagi affikslarni qabul qiladi. Masalan, bog‘ (mevazor) – bog‘lar,

bog‘i, bog‘ning, bog‘da, boqqa, bog‘dan; bog‘ (bog‘laydigan narsa, bog‘lashdan

tug‘ilgan narsa – bug‘doy bog‘i) – bog‘lar, bog‘i, bog‘ning, bog‘ni, bog‘da,

boqqa, bog‘dan. Shuningdek, qurt (ipak qurti) – qurt (suzma qurt), ot – (uy

hayvoni) – ot (ism), chang (gard, to‘zon) – chang (urib chalinadigan muzika

asbobi) kabi otlar, tortmoq (o‘lchamoq) – tortmoq (sudramoq, arqonni o‘ziga

tortmoq), yozmoq (qalam bilan xat yozmoq ) – yozmoq (yoymoq), chopmoq

(yugurmoq) – chopmoq (kesmoq) kabi fe’llar ham leksik omonimlardir.

Ba’zi so‘zlarning ma’nolari har xil bo‘lgani holda aytilishi bir xil, ammo

yozilishida bir oz farq bo‘lishi yoki ba’zi grammatik shakllarigina o‘xshash bo‘lsa

ham, qolgan shakllari farqli bo‘lishi mumkin. Bunday so‘zlar uch xil nomlanadi: 1)

omoshakllar; 2) omofonlar; 3) omograflar.

Omoshakllar ma’nolari har xil bo‘lib, o‘zlarining ba’zi grammatik shakliga

ko‘ra bir xil talaffuz qilinadigan va bir xil yoziladigan so‘z shakllaridir (ko‘zlar,

bog‘lar, o‘qlar).

Omofonlar aytilishi (o‘qilishi) bir xil bo‘lib, ma’nosi va yozilishi har xil

bo‘lgan so‘z va so‘z shakllaridir. Omofonlar leksik omonimlar kabi faqat bir xil

so‘z turkumiga xos bo‘lishi bilan birga, omoformalar kabi har xil so‘z turkumlariga

yoki bir so‘z turkumining turli shakllariga oid bo‘lishi mumkin. Masalan, to‘n

(kiyim) – ton (ovoz), yot (begona, buyruq fe’li) – yod (xotira) kabi.

Omograflar yozilishi bir xil bo‘lib, ma’nosi va aytilishi (o‘qilishi) har xil

bo‘lgan so‘z va so‘z formalaridir. Tort (son, qandolat turi), tok (uzum novdasi,

elektronlar oqimi), to‘r (yuqori, parda) kabi so‘zlarni bunga misol qilib olish

mumkin.

Shuningdek, tilimizda aytilishi va yozilishi jihatidan bir-biriga yaqinlashib

qolgan oxur – oxir – axir, adab – odob, sa’va – sava, da’vo – davo ko‘rinishidagi

paronim so‘zlarga ham duch kelinadi.

Page 101: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

103-mashq. Gaplarni ko‘chiring, ajratilgan so‘zlarning shakl va ma’no

munosabatiga ko‘ra qaysi turiga kirishini aniqlang.

1. O‘z gunohingni so‘rab eldan o‘tin, Nafrat o‘ti ichra bo‘lmasdan o‘tin.

(Anbar Otin) 2. Chiroy go‘zal yuzda emas, chiroyli xulqda. (Xurramiy)

3. Dangasalik har vaqt insonni xor qiladi. (Abdulla Avloniy) 4. Boshga qilich kelsa

ham tark etmasin or sizni, Qancha xushro‘y bo‘lmasin, mahram etmang orsizni.

(Azim Suyun)

115-mashq. Sh.Rahmatullayevning “O‘zbek tili omonimlarining izohli

lug‘uti” dan olingan so‘zlarning izohiga e’tibor berib ko‘ring.

YOSH I ot. Umrning yilma-yil hisobi. U mendan ikki yosh katta.

II sifat. Umrning vaqt (yil, oy, kun) hisobiga nisbatan olinadi. Yosh qiz. II ot.

Yig‘laganda, hayajonlanganda, shamollaganda ko‘zdan chiqadigan suyuqlik. Bir

tomchi yosh.

ZARANG I ot. Tanasi o‘ta darajada qattiq daraxt. II sifat. Juda qotib ketgan.

Zarang yer.

MUSHAK I ot Odam yoki hayvon tanasidagi qisqarish xususiyatiga ega

bo‘lgan to‘qimalar. Yelka mushagi. II ot Yonganida turli rang bilan yorug‘lik

sochib jilolanadigan buyum. Madaniyat va istirohat bog‘ida mushak otilyapti.

116-mashq. Ne’mat Dushayevning tuyuqlarini o‘qing. Shakldosh

so‘zlarning ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling.

Bir pastda sochlarim ketdi oqarib,

Bobomdek qoldimmi men ham, o, qarib.

Yaxshiyam uy issiq, chopib kirdimu,

Bir pasda yoshardim, boshdan oq arib.

Bahor yomg‘ir yoqqani,

Maysaga eng yoqqani.

Chumoli der: “Bas, oftob,

Chirog‘ingni yoq, qani!”

Savol va topshiriqlar.

1. Omonim (shakldosh) so‘z deb qanday so‘zlarga aytiladi?

2. Shakldosh so‘zlarning paydo bo‘lish sabablari haqida aytib bering.

3. Omonim (shakldosh) so‘zlarning turlai qaysilar?

117-mashq. Uyga vazifa. Asr, bahr, dam, ko‘ra, oq, suz, tush, qil, hadis

so‘zlari ishtirokida gaplar tuzing va shakldosh so‘zlarga izoh bering.

Page 102: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

27-§. SINONIMLAR (MA’NODOSH SO‘ZLAR) VA SINONIMIYA

QATORI

Reja:

1. Sinonimlar haqida malumot.

2. Sinonimik qator haqida ma’lumot.

3. Sinonimlarni yuzaga kelish sabablari.

4. Sinonimlarning turlari.

Tayanch iboralar: sinonim (ma’nodosh) so‘zlar, sinonimik qator,

dominanta, ideografik sinonimlar, nutqiy sinonimlar, uslubiy sinonimlar, uslubiy

baho, ijobiy baho, salbiy baho, bo‘yoqdor so‘z.

Topshiriq. Gaplarni o‘qing, odam, inson, kishi so‘zlarining ishlatilish

o‘rinlariga diqqat qiling.

Odam qadrli emas, odamgarchilik qadrli, odam noyob emas, odamgarchilik

noyobdir. (Yusuf Xos Hojib) Kishining ulug‘ligi uning himmatidan bilinadi.

Insonning himmati esa uning qiymatini belgilaydi. (Alisher Navoiy)

Tevarak-olamda bizni o‘rab turgan voqea-hodisalar behisob. Biz ularni

ifodalash uchun turli har doim muayyan so‘zlardan foydalanamiz. Ba’zi bir

hollarda ayni bir predmet yoki hodisani atash maqsadida bir necha so‘zlarni

ishlatamiz. Masalan, gul, chechak unib, o‘sib turgan joyni gulzor deb ataymiz.

Tilimizda gulzor so‘zining o‘rnini bosadigan guliston, gulshan, chamanzor,

bo‘ston kabi leksemalar ham mavjud. Ularning barchasi bir tushunchani ifodalash

maqsadida ishlatiladi. Aytilishi va yozilishi turlicha, lekin ma’nosi bir-biriga yaqin

bo‘lgan leksemalarga sinonimlar (ma’nodosh so‘zlar) deyiladi. Sinonim yunoncha

synonimon – bir xil nomlanish degan ma’noni bildiradi. Ixlosmand, shinavanda,

ishqiboz, havasmand, muxlis; mo‘ljallamoq, ko‘zlamoq, chog‘lamoq, chamalamoq,

cho‘tlab ko‘rmoq; sevinmoq, suyunmoq, quvonmoq, shodlanmoq; xabardor, ogoh,

boxabar, voqif so‘zlarida ham xuddi shunday munosabat kuzatiladi.

Sinonimlarning bunday tartibda ketma-ket qo‘yilishiga sinonimik qator deyiladi.

Masalan: armiya, qo‘shin, lashkar; boplamoq, qoyil qilmoq, qoyillatmoq,

o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, do‘ndirmoq; botir, jasur, dov

yurak, mard, qo‘rqmas; ovqat, osh, taom, xo‘rak; odam, kishi, inson, bashar;

chaqqon, abjir, chapdast kabi.

Sinonimik qatorni tuzishda ma’nosi barchaga tushunarli bo‘lgan, uslubiy

jihatdan betaraf (neytral) so‘z asos qilib olinadi va bu so‘z dominanta (bosh so‘z)

deb ataladi. Qolgan so‘zlarning ma’nodoshligi o‘sha asos so‘zga solishtirib

aniqlanadi. Masalan: boshliq, rahbar, yo‘lboshchi, boshchi, kattakon; dongdor,

mashhur, nomdor; dunyo, jahon, olam, koinot; salomlashmoq, so‘rashmoq,

ko‘rishmoq, omonlashmoq kabi.

Sinonimlarni aniqlashda ularning barcha belgilari hisobga olinishi kerak. Eng

avvalo, sinonimlarning barchasi uchun birdek taalluqli bo‘lgan yagona belgi

bo‘lmasa, ular bir-biriga ma’nodosh so‘zlar sanalmaydi. Masalan, chidam,

Page 103: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

bardosh, toqat, sabr, to‘zim so‘zlaridan iborat sinonimik qatordagi so‘zlar uchun

yagona bo‘lgan belgi bu – chidamlilik qobiliyati, dosh berishlik holati sanaladi.

Ikkinchidan, so‘zlar jins va tur munosabatini ifodalasa, ular sinonim so‘z

sanalmaydi. Masalan, daraxt (jins) – olma, nok, behi, anor, shaftoli (tur), qo‘y

(jins) – qo‘zichoq, sovliq, qo‘chqor (tur) so‘zlari sinonim emas. Uchinchidan, narsa

va hodisaning emotsional-ekspressiv jihatini yoritadigan so‘zlar, garchi shu narsani

ifodalasa ham, sinonim bo‘la olmaydi. Masalan, farzand, bola, zuryod so‘zlari bir-

biriga nisbatan ma’nodosh so‘zlar hisoblanadi, ammo erkalash-kichraytirish

ma’nosida qo‘llanuvchi bo‘taloq, qo‘zichoq, toychoq, jo‘ja kabi leksemalarini

mazkur sinonimik qatorga kiritish mumkin emas.

To‘rtinchidan, mohiyati jihatdan bir-biridan keskin farq qiladigan so‘zlar ham

sinonim bo‘la olmaydi. Masalan, bitta she’riy janrga kiritilsa ham g‘azal, ruboiy,

qit’a, fard ma’nodosh emas.

Sinonimlar til taraqqiyoti natijasida paydo bo‘ladi. Masalan, achchiqlanmoq,

g‘azablanmoq, qahrlanmoq so‘zlarining tilda turg‘un bo‘lib qolish tarixi bor.

Ikkinchidan, chet tillardan so‘z olish natijasida ham sinonimlar vujudga

keladi. Arab, fors-tojik, rus va boshqa tillardan kirgan so‘zlar o‘zbek tilidagi

so‘zlarga ma’nodosh bo‘lib qolgan. Masalan, qo‘shin so‘zi qatoriga fors-tojik

tilidan lashkar, rus tilidan armiya so‘zlari kelib qo‘shilgan va unga sinonim so‘z

bo‘lib qolgan. Yov, yog‘iy, g‘anim, dushman; kesatig‘, kinoya, piching, istehzo;

o‘git, nasihat, pand kabi holatlar haqida ham yuqoridagi gaplarni aytish mumkin.

Sinonimlar o‘zi bildirayotgan ma’noga ko‘ra mutloq sinonimlar hamda

uslubiy sinonimlarga ajraladi. Mutloq sinonimlarni birining o‘rnida ikkinchisini

qo‘llash mumkin bo‘ladi. Masalan, yor, sevikli, mahbuba leksemalarini birining

o‘rnida ikkinchisini ishlatish mumkin. Biroq, kulmoq, jilmaymoq, qah-qah urmoq,

xiringlamoq, iljaymoq, tirjaymoq; yo‘l, so‘qmoq, ko‘cha, torko‘cha, shohko‘cha

(prospekt), trassa, magistral yo‘l; tilla, oltin, yombi; epkin, shabada, shamol,

bo‘ron, quyun kabi so‘zlar bir-biridan uslubiy jihatdan farqlanadi. Bu kabi

so‘zlarda ijobiy yoki salbiy uslubiy bo‘yoqdorlik mavjud bo‘ladi. Kulmoq,

jilmaymoq, qah-qah urmoq, xiringlamoq, iljaymoq, tirjaymoq leksemalaridagi

asos (markaziy) ma’no “kulmoq” bilan bog‘liq. “Kulmoq”da insondagi ruhiy

yengillik, shodlikni ifodalash uchun unga mutanosib ravishda yuz muskullarining

odatdagi holatdan boshqaga holatga o‘tishi hisobga olinadi. Bu holat inson ongida

umumlashma obraz tarzida yuzaga chiqadi. Jilmaymoq, qah-qah urmoq

leksemalarida ijobiy, xiringlamoq, iljaymoq, tirjaymoq leksemalarida salbiy

qo‘shimcha – emotsional-ekspressiv ma’no mavjud.

Oy, hilol; jilg‘a, irmoq, soy, daryo, ko‘l, dengiz, okean; chaqaloq, qizcha,

o‘spirin, qiz, juvon, ayol, xotin, kampir; nihol, daraxt so‘zlarida ham yuqoridagi

kabi farqli holatlar kuzatiladi. Ularni ham birining o‘rnida boshqasini ishlatib

bo‘lmaydi. Masalan, “jilg‘a” “tog‘ yoki tog‘ yon bag‘irlaridan oqib tushadigan

kichik soy, suv ma’nosini bersa, “irmoq” “birlashib, katta daryo hosil qiluvchi har

bir kichik daryo, daryocha” ma’nolarida keladi.

Umuman olganda, sinonimlar til boyligini yuzaga chiqaradigan,

so‘zlovchining turli ruhiy holatlarini, kechinmalarini yorqin ifodalash uchun

xizmat iqladigan til birliklari sanaladi. Ulardan unumli foydalanish nutqni

ta’sirchan va jozibador bo‘lishini ta’minlaydi.

Page 104: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

118-mashq. Quyida berilgan gaplarni o‘qing, ularda ishlatilgan sinonim

(ma’nodosh) so‘zlarga izoh bering.

1. Odamiylik tufayli odam shuhrat topadi, odam odamiylik bilan taniladi va

bilinadi. (Yusuf Xos Hojib) 2. Odamgarchilik qilganga odamgarchilik qil,

odamgarchiligi barabarida adolat bilan javob ber. El-yurt agar seni yaxshi odam

deb hisblasa, insoniyliging ham shu bo‘lsa kerak. (Abdulla Oripov)

119-mashq. A.Hojiyevning “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”dan

olingan sinoimlar izohiga diqqat qiling Ular ishtirokida gaplar tuzing.

AVAYLAMOQ, AYAMOQ, EHTIYOTLAMOQ, EHTIYOT QILMOQ,

ARDOQLAMOQ, E’ZOZLAMOQ, E’ZOZ ETMOQ, PAPALAMOQ

(PO‘PALAMOQ) Ehtiyot holda tutmoq, ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lmoq.

Avaylamoq, asosan, tashqi ta’sirdan, tashqi ta’sir natijasida biror narsa

bo‘lishdan ehtiyot qilish ma’nosida qo‘llanadi. Bu so‘zda ehtiyotlash darajasi

ayamoq, ehtiyot qilmoq so‘zlaridagiga nisbatan kuchliroq. Ayamoq tashqi ta’sir

natijasida biror narsa bo‘lishdan, shuningdek, yo‘qolish, sarflanish kabilardan

ehtiyotlash ma’nosida ham qo‘llaladi. Ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq so‘zlarining

ma’no xususiyati ularning o‘zagi (ehtiyot) dan anglashilib turadi. Bular tashqi

ta’sir yoki boshqa sabab bilan biror narsa bo‘lishdan ehtiyot holda tutmoq

ma’nosida qo‘llanadi. Ardoqlamoq oddiy so‘zlashuvda kamroq uchraydi. Bu

so‘zda g‘amxo‘rlik, hurmat munosabati ham aks etadi. E’zozlamoq, e’zoz etmoq

kitobiy uslubga xos, unda hurmat, g‘amxo‘rlik munosabati yana ham kuchliroq

bo‘ladi. Papalamoq so‘zlashuv nutqiga xos, bunda erkalash, suyish munosabati aks

etadi.

120-mashq. She’rni o‘qing. Jannatmakon yurtimiz ulug‘langan

she’rlarga misollar ayting. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nodosh

so‘zlarga izoh bering.

Bu zamin – olovdir, bu zamin – otash,

Ko‘ksini tog‘ qilgan oftobistonim.

Oydan-da suluvdir, go‘zal parivash,

Quyoshdan toj kiygan O‘zbekistonim.

Bolakay, ming rahmat odobing uchun,

Iltifoting uchun ming-ming tashakkur.

Azaldan adabga meros bo‘layotir,

Kamyob bir xolislik, tansiq, tiniq nur. (Matnazar Abdulhakim)

Savol va topshiriqlar.

1. Sinonim (ma’nodosh) so‘z deb qanday so‘zlarga aytiladi?

2. Sinonim so‘zlarning paydo bo‘lish sabablari haqida aytib bering.

3. Sinonimik qatorga misollar keltiring.

4. Dominanta so‘z deb nimaga aytiladi?

Page 105: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

5. Sinonimlarning turlari qaysilar?

121-mashq. Uyga vazifa. Qavs ichidan berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib

rivoyatni o‘qing va sinonim so‘zlarga izoh bering.

Qadimda bir (to‘da, guruh, gala) kishilar kemaga chiqib, (yiroq, olis, uzoq)

safarga otlanibdilar. Yo‘lning yarmiga yetganda, birdan kuchli (shabada, shamol,

bo‘ron) turib, kemani chayqaltira boshlabdi. Dovul borgan sari (zo‘rayib,

kuchayib, ) odamlarni vahimaga solibdi. Hamma yig‘lab Ollohga yolvoribdi.

Ittifoqo, kemada ko‘pni ko‘rgan bir (oqsoqol, qariya, mo‘ysafid) bor ekan. U

shunday debdi: – Birodarlar, (ichingizda, safingizda, orangizda) opa-singlisini

ko‘rgani ketayotganlar bormi? Shunda bir kishi: – Men singlimni ko‘rgani

ketyapman, – debdi. Donishmand chol: – Unday bo‘lsa, (xavotir olmanglar,

qo‘rqmanglar, tushkunlikka tushmanglar) bizni Olloh panohida asraydi, – debdi.

Chindan ham tez orada dovul tinib odamlar manzillariga (beshikast, sog‘-salomat,

eson-omon) yetib olibdilar.

28-§. ANTONIMLAR VA ULARNING TURLARI. PARONIMLAR

Reja:

1. Antonimlar haqida ma’lumot.

2. Antonimlarning paydo bo‘lish sabablari.

2. Antonimlardan nutqda foydalanish.

Tayanch iboralar: zid ma’noli so‘z, zidlanish, qarama-qarshi ma’noli

so‘zlar, belgi, tushuncha, inkor, antonimik juftlik.

Topshiriq. Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub hikmatli so‘zni o‘qing, zid

ma’noli so‘zlarni topib, ularga izoh bering.

Mardu maydon shunday kishi bo‘ladiki, ertayu kech dushmanga zararu

do‘stga foyda keltiradi.

Til tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarni, tushunchalarni ifodalaydi.

Olamdagi narsalarning belgi-xususiyatlari, o‘rtadagi farqi bir-birlariga

zidlanganda, taqqoslanganda bilinadi. Zidlik va qarshilantirish olam harakatining

asosidir. Mazkur qarama-qarshilik tilshunoslikda antonimlar, ya’ni zid ma’noli

so‘zlar orqali yuzaga chiqariladi.

Antonim yunoncha anti – zid va onyma – ism so‘zlaridan olingan bo‘lib, bir-

biriga qarama-qarshi bo‘lgan ma’noli so‘zlardir.

Masalan: arzon-qimmat, birlashmoq-tarqalmoq, dono-nodon, ixcham-qo‘pol,

ozmoq-semirmoq, mag‘lub-g‘olib kabi. Demak, antonimlar zid ma’noli

tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir. Bunda bir tushunchaning ma’nosi ikkinchi

tushunchaning ma’nosiga zid turadi. Shuning uchun ulardan birini eslashning o‘zi

u inkor qiladigan boshqa tushunchani esga tushiradi. Katta, yaxshi, uzun, shirin, oq

kabi leksemalar haqida gap ketsa, ularga zid ma’noni anglatuvchi kichik, yomon,

qisqa, achchiq, qora leksemalari yodga tushadi.

Page 106: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Antonimiya hodisasi avvalgi tushunchaga nisbatan qarama-qarshi bo‘lgan

yangi bir tushunchani ifodalash orqali yuzaga chiqariladi. Band – bo‘sh, buzmoq –

qurmoq, kulgi – yig‘i, kechasi – kunduzi, ko‘p – oz, oqlamoq – qoralamoq kabi.

Mazkur leksemalardagi zidlik real borliqdagi qarama-qarshilik asosida yuzaga

chiqarilmoqda.

Antonimlar narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, o‘rin, payt, harakat-holatni

ifodalaydigan so‘zlarda uchraydi. Antonimlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

1. Ot antonimlar. Yoz – qish, azob – rohat, ezgulik – yovuzlik, boy-

kambag‘al, podsho – gado, shodlik – qayg‘u kabi leksemalarni bunga misol qilib

olishimiz mumkin.

2. Sifat antonimlar. Vafosiz – vafodor, dangasa – ishchan, zehnli – zehnsiz,

majburiy – ixtiyoriy, ixcham – qo‘pol kabi leksik birliklarni bunga misol bo‘la

oladi.

3. Ravish antonimlar. Avvalgi – keyingi, tez – sekin, ko‘p – oz, doim –

vaqtincha.

4. Fe’l so‘z turkumiga kiruvchi yaxshilamoq – yomonlamoq, isimoq –

ovumoq, kuchaytirmoq – susaytirmoq kabi leksik birliklar ravish antonimlar

sanaladi.

Antonimik juftlikni tashkil qilayotgan muayyan so‘zning ma’nodoshlari unga

antonim bo‘la oladi. Masalan, uddaburon so‘zi noshud, uquvsiz, bo‘shang,

lapashang, landavur leksemalariga yoki aksincha lapashang leksemasi

ishbilarmon, epchil, abjir so‘zlariga nisbatan antonim sanaladi.

Antonimlar nutqni jozibali, ta’sirchan bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bois, ulardan xalq og‘zaki ijodida, jumladan, maqollar va matallarda unumli

foydalaniladi. Masalan, tilimizda “Yaxshi bilan yurdim yetdim murodga, yomon

bilan yurdim qoldim uyatga”, “Yaxshi topib gapiradi, yomon – qopib”,

“Yaxshidan ot qoladi, yomondan – dod” ko‘rinishidagi maqollar ko‘p uchraydi.

122-mashq. Yusuf Xos Hojibning quyida berilgan to‘rtligini o‘qing.

Unda qo‘llangan zid ma’noli so‘zlar va ularning ishlatilishiga e’tibor bering.

Ikki xil nom qolar tilda begumon,

Biri yaxshiligu birisi – yomon.

Dono maqtov olar, nodon-chi so‘kish,

O‘zing o‘yla, senga ma’qul qaysi ish?!

123-mashq. Sh.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.Shukurovlarning “O‘zbek

tili antonimlarining izohli lug‘ati” dan olingan misollarga e’tibor bering.

Antonimlarning qo‘llanilishi bo‘yicha fikringizni ayting.

ZABARDAST NIMJON

tog‘ni talqon qiladigan madorsiz

majolsiz

darmonsiz

bedarmon

bemador

bemajol

Page 107: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

burnidan tortsa yiqiladigan

Kuch-quvvati oshib-toshib yotgan Kuch-quvvati jon saqlash

uchungina yetarli darajada, juda oz

Ikki zabardast pahlavon o‘rtada bel tutishib ketdilar. (M.Muhammadjonov)

Nimjon Pirnafas aka kasal bo‘lib yotib oldi. (JJabborov)

124-mashq. Alisher Navoiyning quyidagi baytida berilgan zid ma’noli

so‘zlarni toping va undagi g‘oya haqida suhbatlashing.

Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l,

Navoiy yamon bo‘lsa, sen yaxshi bo‘l!

Savol va topshiriqlar.

1. Antonim (zid ma’noli) so‘z deb qanday so‘zlarga aytiladi?

2. Antonimlarning paydo bo‘lish sabablari haqida aytib bering.

3. Antonimlar qaysi so‘z turkumlari doirasida paydo bo‘ladi?

125-mashq. Uyga vazifa. Muhammad Yusufning “Mehr qolur” deb

nomlangan she’ridan olingan parchani o‘qing. Unda ishlatilgan antonim

so‘zga diqqat qiling. Shunga o‘xshash misollar toping.

O‘tar qancha yillar to‘zoni,

Yulduzlar – ko‘z yoshi samoni.

O‘tar inson yaxshi-yomoni,

Mehr qolur, muhabbat qolur.

29-§. TARIXIY SHAKLLANISH JIHATIDAN HOZIRGI ONA TILI

LEKSIKASI

Reja:

1. Hozirgi o‘zbek tili lug‘at tarkibining asosiy qatlamlari haqida ma’lumot.

2. O‘z qatlam va unda umumturkiy hamda o‘zbekcha so‘zlarning tutgan o‘rni.

3. Arabcha so‘zlar.

4. Forscha-tojikcha so‘zlar.

5. Ruscha-baynalmilal so‘zlar.

Tayanch iboralar: tarixiylik jihatdan o‘zbek tili leksikasi, o‘z qatlam,

umumturkiy so‘zlar, o‘zbekcha so‘zlar, arabcha so‘zlar, forscha-tojikcha so‘zlar,

ruscha-baynalmilal so‘zlar, o‘zlashma so‘zlar, so‘z o‘zlashtirish, yangi paydo

bo‘lgan so‘zlar.

Topshiriq. Matnni o‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qaysi tilga tegishli

ekanligini aniqlang.

Page 108: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Tabib atamasining ma’nosi va tarixi borasida tarixiy va tibbiy adabiyotlarda

ma’lumotlar ko‘p. Adabiyotlarda hakim atamasi ham uchraydi. Tabib so‘zining

asosi arabcha tib bo‘lib, da’vo ma’nosida ishlatiladi. Hakim esa hikmat so‘zidan

olingan bo‘lib, donishmandlik, donolik ma’nolarida qo‘llangan. Arab tilida

salomatlikni asrash, davolash va dori-darmon bilan bog‘liq amaliyotni ifodalovchi

so‘zga tabobat deyiladi.

Turkiy tillarda tabib ma’nosini ifodalovchi otachi, emchi, atasag‘un so‘zlari

bo‘lgan. Ulardan faqat emchi so‘zi iste’molda saqlanib qolgan. (X.Jumanazarov)

Tilning eng muhim belgilaridan biri bu – so‘zlarni jamg‘arib borish vazifasi

sanaladi. Har bir xalq, millat o‘zining lug‘at jamg‘armasiga ega. Bu jamg‘arma

asrlar davomida shakllanib, taraqqiy topib boradi. Xalq hayotida ro‘y bergan

barcha o‘zgarishlar aslida mana shu jamg‘armadagi so‘zlar orqali tarixga

muhrlanadi. Masalan, kishi, inson, odam, shaxs; ko‘k, osmon, gardun, falak, samo,

xalq, el, millat, budun; hisobchi, muhosib, buxgalter; muharrir, redaktor kabi

so‘zlarni oladigan bo‘lsak, ularda xalqimiz bosib o‘tgan uzoq va mashaqqatli

yo‘lning quvonchu alamlari aks-sado berib turgandek tuyuladi kishiga. Mazkur

leksik birliklar tilimiz tarixining ma’lum bir bosqichlarida arab, fors-tojik, rus va

boshqa tillardan o‘zlashtirib olingan.

Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlarning yig‘indisi shu tilning lug‘at

jamg‘armasi sanaladi. Mazkur jamg‘arma asrlar davomida to‘planib, sayqal topib,

boyib boradi. U tilning qanday ahvolda ekanligini ko‘rsatib turuvchi o‘ziga xos

barometr hisoblanadi. Lug‘at sostavi qancha boy va xilma-xil bo‘lsa, til ham

shunchalik boy va taraqqiy topgan bo‘ladi. Dunyoda sof til yo‘q. Bundan o‘zbek ili

ham mustasno emas.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at tarkibi quyidagi qatlamlardan iborat.

I. O‘z qatlamga oid so‘zlar. U o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linib ketadi: 1)

umumturkiy so‘zlar; 2) o‘zbekcha so‘zlar.

II. O‘zlashgan qatlam. 1. Arabcha so‘zlar. 2. Fors-tojik tilidan kirgan so‘zlar.

3. Ruscha-baynalmilal so‘zlar.

Bulardan tashqari, tilimizda xalqimizga qo‘shni yoki o‘tmishda ota-

bobolarimiz bilan yaqin aloqada bo‘lgan hind, xitoy, mo‘g‘ul kabi xalqlarning

tillaridan kirgan so‘zlar ham uchraydi (but – hind tilidan, tuman – mo‘g‘ul tilidan,

choy, lag‘mon, shiypon – xitoy tilidan va h.k.)

I.1. Umumturkiy so‘zlar. Ko‘pchilik turkiy tillarda hozir ham ishlatiladigan,

barcha turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar. Masalan: kishi, ot, qo‘l, oyoq,

ko‘z, bir, ikki. . ., o‘n, bor, kel, ol, ur, yaxshi, to‘g‘ri.

2. O‘zbekcha so‘zlar. O‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti davomida yuzaga

kelgan so‘zlar. Masalan: ishxona, ayacha, so‘roq, ulfatchilik, bog‘dorchilik.

II. 1. Arab tilidan kirgan so‘zlar. Arabcha so‘zlar o‘zbek tiliga VII-VIII

asrlardan boshlab o‘zlashdi. Bu hol arablarning shu davrda O‘rta Osiyoni zabt

etishi bilan bog‘liq jarayon sanaladi.

Hozirgi o‘zbek tilida arab tilidan kirgan tubandagi so‘zlar mavjud: kasb,

kosib, qassob, san’at, sanoat, muassasa, asbob, xizmat, mehnat, bino, imorat,

hovli, ovqat, g‘alla, asal, hayvon, fil, parranda, hasharot, odam, inson, ayol, oila,

a’zo, amma, xola, avlod, sherik, dimog‘, me’da, ittifoq, millat, rais, idora, askar,

xavf, hujum, marra, jasur va boshqalar.

Page 109: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Arabcha so‘zlar, avvalo, ta’lim-tarbiya, odob-axloq, diniy tushunchalar orqali

kirib kelgan bo‘lsa, (maktab, kitob, dars, qalam, mutolaa, davlat, haq, huquq,

maorif kabi), ikkinchidan, eroniy tillar orqali o‘zlashgan.

2. Fors-tojik tilidan kirgan so‘zlar. O‘zbek tilining lug‘at sostavida bunday

so‘zlar ancha ko‘p o‘rinni egallaydi.

Hozirgi o‘zbek tilida tubandagi forscha-tojikcha so‘zlar bor: dasturxon,

dazmol, xokandoz, barkash, obdasta, xum, chiroq, parda, gugurt, gilam, choyshab,

poyandoz, paypoq, paytava, poshna, chok, astar, marjon, marvarid, zarbob, dog‘,

charm, movut, chit, taxta, g‘isht, guvala, sarrov, sinch, xari, panjara, ustun,

poydevor, paxsa, xoda, cho‘p, toqi, gumbaz, ohak, dahliz, dasta, reja, ship, rang,

daricha, darvoza, deraza, zina, narvon, ohang, dutor, tanbur, nay, surnay, karnay,

chang, g‘ijjak, rubob, doston, bazm va boshqalar.

3. XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoning, jumladan, O‘zbekiston

hududlarining Rossiyaga qo‘shib olinishi va sal kam 130 yil davomida o‘zbek

xalqining mazkur mamlakat tarkibida yashagani tilimizda o‘z izini qoldirdi. Rus

tilidan stol, stul, tok, ruchka, shkaf kabi so‘zlar o‘zlashdi.

Rus tili orqali o‘zbek tiliga o‘zlashgan quyidagi lotincha so‘zlar hozirda ham

tilimizda faol qo‘llanmoqda: respublika, nota, metall, refleks, gumanizm, rezina,

general, geniy, imperator, imperializm, kapital, kandidat, kanal, konstitutsiya,

plan, direktor, plan, direktor, radio va boshqalar.

Quyidagi so‘zlar hozirgi italyan tilidan o‘zlashgan: benzin, gazeta, konsert,

pianino, novella, temp, teatr, pomidor va hokazo.

Shuningdek, tilmizda grek tilidan: grammatika, pedagog, parallel, talant,

tezis, tema, kafedra, taktika, poema, poeziya, metr, ideya, neft va boshqalar; nemis

tilidan: raketa, kran, front, shaxta, platskarta, rolik, politsiya, galstuk va

boshqalar; ingliz tilidan: miting, chek, chempion, futbol, pijama, dollar, tank va

boshqalar; fransuz tilidan: roman, revolyutsiya, evolyutsiya, palto, kostyum,

shapka, marshal, serjant, ministr, reforma, bank, kompaniya, marshrut va

boshqalar kabi leksemalar uchraydi.

Respublikamiz o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng tillararo munosabatlarda

yangicha sifat bosqichiga qadam qo‘yildi. O‘zbek tili chet tillari bilan to‘g‘ridan-

to‘g‘ri aloqaga kirisha boshladi va buning natijasida tilimizda spiker, briffing,

kompyuter, diskovod, paynet, skaner, telegramm, fleshka, sayt, veb-sayt,

monitoring kabi behisob leksik birliklar paydo bo‘ldi.

126-mashq. “Mashriqzamin-hikmat bo‘stoni” kitobidan olingan matnni

o‘qing. O‘z va o‘zlashgan qatlamga oid so‘zlarni aniqlang.

“Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir.

Kitob fasohat, balog‘atda, latofatda tengi yo‘q, munofiqlikdan holi hamrohdir.

Yolg‘izlikda va g‘amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U

shunday hamdamki, so‘zlarida yolg‘on va xato bo‘lmaydi. Suhbatidan esa kishiga

malollik yetmaydi. U o‘z do‘stining dilini og‘ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U

shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g‘iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga

shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan.

Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar yetadi. Kitobdek do‘st ichida

Page 110: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o‘tmishdan va kelajakdan ogoh qilib

turadi. Shuning uchun ham “Kitob aql qal’asidir”, deganlar”.

127-mashq. Quyida berilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing, ularning

qaysi tildan olinganligini ayting.

MUTOLAA [arabcha diqqat bilan o‘qish, o‘rganish] Diqqat bilan o‘qish,

o‘qib tushunib olish. Otabek jiddiy ravishda Fuzuliy mutolaasiga berildi. (Abdulla

Qodiriy)

MADANIYAT [arabcha sivilizatsiya] 1 Jamiyatning ishlab chiqarish,

ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmui. Bugungi

Toshkent – yirik sanoat, fan va madaniyat markazlaridan biri.

2 Biror ijtimoiy guruh, sinf yoki xalqning ma’lum davrda qo‘lga kiritgan

shunday yutuqlari darajasi. Nutq madaniyati.

3 O‘qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik, ma’rifat. Madaniyatga

erishmoq.

4 Madaniyatli shaxs talablariga javob beruvchi sharoit. Turmush madaniyatini

yuksaltirish

5 Qishloq xo‘jaligida O‘simlik yoki ekinning turlarini yetkazish, o‘stirish,

yetishtirish. Dehqonchilik madaniyatiga erishmoq.

MADANIYATLI Madaniyatga erishgan, ma’daniyatni egallagan; ma’rifatli.

MADANIYATSIZ Madaniyati yo‘q, ma’daniyatdan orqada qolgan;

ma’rifatsiz.

SO‘ZONA [forscha yongan, kuygan; yonayotgan; kuydiruvchi, yemiruvchi]

Kuygan, alamli.

FARZONA [forscha dono, aqlli, olim, bilimli] Ko‘p narsadan xabardor; oqil,

donipshmand, ziyrak.

128-mashq. Sirojiyning “Vatan” she’rini yod olishga harakat qiling.

Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga tarixiyligiga ko‘ra izoh bering.

Ona deb sevdim, Vatan, qilding menga chin onalik,

Toleim nurga o‘rab, kasb aylading parvonalik.

Men kurash maydoniga tushsam seni yod ayladim,

Chin zafar quchdim yana paydo bo‘lib mardonalik.

Yonsam, o‘rtansam gohi yaxshi-yomon ozoridan,

Bo‘ldi odat senga ham kuymoq bilan so‘zonalik.

Parvarish etding, kamol topdim go‘zal bag‘ring aro,

Gohida hushyor, goh zohir bo‘lib mastonalik.

Sen buyuksak ham suyuksan, mehribonsan, muhtaram,

Bo‘lmagay darkor menga bundan bo‘lak shohonalik.

Ey Sirojiy, yayra shod, mag‘rur jahonda baxtiyor,

Page 111: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Hur Vatan birla mudom hamroh senga farzonalik.

Savol va topshiriqlar.

1.O‘zbek tilining lug‘at tarkibi haqida umumiy ma’lumot bering.

2.Umumturkiy so‘zlar haqida nimalarni bilasiz?

3. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar haqida gapirib bering.

4. Fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar haqida gapirib bering.

5. Rus va yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlar haqida gapirib bering.

129-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni ko‘chiring. Ularda qo‘llangan

so‘zlarning qaysi tilga oidligini aniqlang.

To‘g‘ri va haq yo‘lda yurgan kishining yurishi arslon yurishidan ko‘ra ham

haybatliroqdir.

O‘z birodaring so‘zini sukut saqlab tinglab, uning hurmatini o‘rniga qo‘y,

garchi uni eshitishga rag‘bating va mayling yo‘q bo‘lsa ham. (Mahmud az-

Zamaxshariy)

30-§. HOZIRGI ONA TILI LEKSIKASINING IJTIMOIY-

DIALEKTAL TARKIBI. UMUMXALQ SO‘ZLAR

Reja:

1. Umumxalq leksikasi haqida ma’lumot.

2. Chegaralangan leksika haqida ma’lumot.

3. Shevaga oid so‘zlar.

Tayanch iboralar: umumxalq ishlatadigan so‘zlar, chegaralangan leksika,

sheva, lahja, dialekt, qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasi, qipchoq lahjasi, o‘g‘uz lahjasi,

adabiy me’yor.

Topshiriq. Matnni o‘qing, so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlarni topib, ularga

izoh bering.

Eski o‘yma gulli, yolg‘iz tavaqali eshigimizga yetib, o‘tni yong‘oqning tagiga

irg‘itdim va “Keling”, deb o‘girilsam, Mirhomid amaki ostonadan o‘tolmay,

iymanib turibdi.

– Ha, kiravurmaysizmi? – dedim qistab.

– Bormikanlar? – dedi u hamon alanglab.

Men ichkariga qarab, chaqirib boraverdim:

Oyi, qaytdasiz, mehmon opkevotman.

Oyim etaklarida jiyda, ishkom ortidan chiqib keldilar:

Senmisan, bolam, opkiravur, mehmondan aylanay. (Murodjon Mansurov)

Tillarning boyligi undagi so‘zlar miqdoriga emas, balki til sohiblarining

mavjud leksemalardan qanday foydalanishiga, ishlatishiga bog‘liq bo‘ladi. So‘zlar

nutqda qanchalik keng iste’molda bo‘lsa, til ham shunchalik taraqqiy topgan

Page 112: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

bo‘ladi. Ayrim so‘zlarning ma’nosi til sohiblarining barchasiga tushunarli bo‘ladi

va ulardan muomala-munosabatlarda keng foydalaniladi. Masalan, uy, hovli,

daraxt, mashina, ota, ona, bola, qiz, o‘g‘il, farzand, qarindosh, aka, uka, bormoq,

kelmoq, bajarmoq, men, sen, oq, qizil, qora, yaxshi, yomon, dono kabi so‘zlarning

iste’mol doirasi keng, chegaralanmgan, ulardan hamma birdek foydalanaveradi.

Shunga ko‘ra ular iste’mol doirasi chegaralanmagan leksik qatlamni tashkil qiladi.

Bunday so‘zlarga umumxalq leksikasiga oid so‘zlar deyiladi. Mazkur qatlamga oid

so‘zlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

a) tabiatdagi narsa va hodisalarning nomini bildiruvchi so‘zlar: yer, tuproq,

tog‘, adir, dasht, cho‘l, yulduz, oy, quyosh;

b) inson tanasi uzvlarini anglatuvchi so‘zlar: bosh, til, oyoq, qo‘l, bel, burun,

tish;

v) qavm-qarindoshchilikni bildiruvchi so‘zlar: ota, ona, bola, tog‘a, amaki,

jiyan, opa, singil, aka, uka;

g) kiyim-kechak nomlari: do‘ppi, qalpoq, ko‘ylak, tufli, ro‘mol, tufli, etik,

palto, to‘n, yaktak;

d) oziq-ovqat mahsulotlari nomini ifodalovchi so‘zlar: yog‘, sabzi, piyoz,

non, bug‘doy, shakar, qand, sut, qatiq, osh, sho‘rva, mastava;

ye) uy jihozlarini nomini bildiruvchi so‘zlar: pichoq, dasturxon, bolta,

qaychi, elak, choynak, piyola;

j) ijtimoiy tuzulmalar nomini ifodalovchi so‘zlar: yurt, xalq, mamlakat,

davlat, armiya, tashkilot, korxona;

z) uy hayvonlari nomini bildiruvchi so‘zlar: sigir, qo‘y, ot, echki, tuya, tovuq;

i) yovvoyi hayvonlar nomini bildiruvchi so‘zlar: arslon, bo‘ri, tulki, sirtlon,

silovsin, sher, fil, quyon;

y) o‘simliklar nomini bildiruvchi so‘zlar: gul, bo‘tako‘z, otquloq, ajriq, beda,

yalpiz, rayhon;

k) ish-harakatlarni ifodalovchi nomlar: yurmoq, ichmoq, yemoq, ishlamoq,

bormoq, aytmoq, so‘zlamoq;

l) olmoshlar: kim, nima, qayer, qancha, qaysi, qanaqa;

m) sonlar: bir, ikki, uch, o‘n, ellki, yuz, ming;

n) holat va belgi nomlarini ifodalaydigan so‘zlar: yaxshi, yomon, a’lo, o‘rta,

oq, qora, qizil;

o) ilm-fan, texnikaga oid bo‘lgan so‘zlar: agrotexnika, avtomashina,

innovatsiya, nanotexnologiya;

p) yangi paydo bo‘lgan so‘zlar (neologizmlar): tadbirkor, raqobatbardosh,

uyali aloqa, kompyuter, diskovod, dasturlash, dasturchi, sichqoncha;

r) turli kasb-hunarga oid bo‘lgan so‘zlar: aravakash, novvoy, tandirchi,

yamoqchi, tokqaychi;

s) insoniy his-tuyg‘ularni ifodalaydigan so‘zlar: obbo, ura, qoyil, rahmat,

ofarin va hokazo.

Ikkinchi tomonidan insonlar yoshi, jinsi, kasb-kori, dunyoqarashi, ijtimoiy

mavqei, bilim darjasi va shu kabilarga ko‘ra bir-birlaridan farqlanadi, o‘ziga xos

ijtimoiy guruhlarni tashkil etadi, hududiy jihatdan turli mintaqalarda yashaydi.

Bularning barchasi o‘z-o‘zidan ular tilida ayricha leksemalarning shakllanishi

hamda taraqqiy topishiga sababchi bo‘ladi. Masalan, “Zominning til qomusi”

kitobida aqpalav (shirguruch), ashchi (oshpaz), bo‘zolom (ko‘kalamzor, bo‘z

Page 113: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

rangidagi qovjirayotgan maysazor), burum (muyulish, burilish), datti (jajji,

yoqimtoy), do‘kay (boshliq, kattakon) singari iste’mol doirasi chegaralangan

so‘zlarga misollar keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, bunday so‘zlar ma’nosi boshqa

hududlarda istiqomat qiluvchi til vakillariga tushunarsiz bo‘ladi.

Iste’mol doirasi chegaralangan leksika o‘z navbatida quyidagi turlarga

bo‘linib ketadi.

1. Shevaga xos so‘zlar (dialektal so‘zlar). 2. Kasb-hunarga oid so‘zlar

(professionalizmlar). 3. Terminlar (atamalar).

Ma’lum bir hududdagina qo‘llaniladigan, ma’nosi shu joyda yashovchi

aholigagina tushunarli bo‘lgan xalq tili shakliga shevaga xos so‘zlar yoki

dialektalizmlar deyiladi.

O‘zbek tili shevalararo eng ko‘p farqlanadigan va dialektal so‘zlarga boy

tillardan biri sanaladi. Shevalar yig‘indisiga lahja deyiladi. O‘zbek tilida uchta

lahja farqlanadi va shevaga xos so‘zlarning asosiy qismi shular o‘rtasida uchraydi.

1. Qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasiga oid so‘zlar. Farg‘ona vodiysi, Toshkent,

Samarqand, Buxoro, Qarshi shahar shevalariga oid shoti (narvon), patinjon

(pomidor), qirpi (ayyor), aba (ona) kabi leksik birliklarni o‘z ichiga oladi.

2. Qipchoq lahjasida so‘zlovchi aholi vakillari Respublikamizning barcha

hududlarida topiladi. Chang‘aroq (o‘tov tuynugi), talli (totli), tabanaq (pakana),

shaba (yoppa) kabi so‘zlarni ular tilida qo‘llaniladigan so‘zlarga misol qilib

keltirish mumkin.

3. O‘g‘uz lahjasi vakillari asosan Xorazm vohasida yashaydi. Ular nutqida

atiz (dala), lilli (tentak, devona), yop (kanal), arna (ariq) singari leksemalar

uchraydi.

Shevaga xos so‘zlar adabiy tilning ichki boyish manbasi sanaladi.

130-mashq. Matnni o‘qing, shevaga oid so‘zlarni topib, izohlang. O‘z

shevangizda ishlatiladigan so‘zlarga misollar ayting.

Bir kuni radioda tuyachilikni rivojlantirish, O‘zbekistonda tuya chorvasining

istiqboli haqida gap borardi. Ko‘rib turibsizki, bu mavzu nihoyatda shu kunimiz

uchun dolzarb masala. Quloq solib o‘tirsam, bir joyda “tuyaning ayroni” degan

so‘z ishlatib yuborildi. Shunaqa hafsalam pir bo‘ldiki, radioni shartta o‘chirdim.

Buni qarang-a, tuyaning “ayroni”mish. Tuyaning suti bo‘ladi, sutini achitib,

qimron (chubot) qilishadi. Chorva mollari mahsulotlariga xalqning o‘zi qo‘ygan

atamalari mavjud: sigirning sutidan qatiq, ayron, saryog‘, qaymoq, pishloq

qilinadi; biyaning sutidan qimiz; tuyaning sutidan qimron. Nahotki, o‘rtog‘imiz

shuni bilmasa! (Nosir Fozilov)

131-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan olingan so‘zlar izohini

o‘qing va ular haqida suhbatlashing.

QARLUQLAR O‘zbek xalqi tarkibiga kirgan, tarixan uch qabiladan tashkil

topgan etnik uyushma.

CHIGILLAR O‘zbek xalqining etnik tarkibiga kirgan turkiy qabillar ittifoqi.

11-asrning 1-yarmida chigillarning bir qismi Zarafshon vodiysiga ko‘chib kelib,

mahalliy aholi bilan aralashib ketgan (“O‘zME”)

Page 114: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

UYG‘UR Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan-Uyg‘ur muxtor rayonida,

shuningdek, O‘rta Osiyoning ba’zi hududlarida yashovchi, turkiy tilda

so‘zlashuvchi xalqning nomi.

O‘G‘UZ O‘zbek xalqining genetik tarkibiga kirgan qabilalardan birining

nomi; shu qabila aholisiga mansub.

QIPCHOQLAR 1 XI-XIV asrlarda Ural bo‘yi va Volga bo‘yi dashtlarida va

hozirgi Qozog‘istonning markaziy va g‘arbiy qismlarida yashagan, keyinchalik

boshqa hududlarga ham tarqagan ko‘chmanchi turkiy xalq.

2 O‘zbek xalqi etnik tarkibidagi asosiy urug‘-qabillardan biri.

132-mashq. She’rda ishlatilgan “andiz” so‘zining qanday ma’no

anglatishini toping. O‘z shevangizda qo‘llaniladigan so‘zlarga misollar

keltiring.

Andiz o‘sgan yerlarda otlar bevaqt o‘lmagay,

Yaxshi bo‘lsa ayollar erlar yuzi so‘lmagay.

Qaysi yurtda chinakam botir ersa yigitlar,

O‘sha yurtning ellari yovlarga qul bo‘lmagay. (Azim Suyun)

Savol va topshiriqlar.

1. Shevaga xos so‘zlar deb nimaga aytiladi?

2. Dialektizmlar adabiy tilga oid so‘zlardan qaysi xususiyatlariga ko‘ra

farqlanib turadi.

3. O‘zingiz mansub bo‘lgan sheva so‘zlariga misollar keltiring

133-mashq. Uyga vazifa. Shevaga oid so‘zlarni yodlab olishga harakat

qiling. Ularning siz yashayotgan joyda qanday so‘z bilan atalishini toping.

ALAPI shevada yetilmagan xom jo‘xori.

BELDOV shevada 1 Tikilgan o‘tovning belidan o‘rab olinadigan arqon. 2

Beshikning tepa qismidagi yog‘och.

BARAK shevada chuchvara.

MATKATAK shevada Cho‘ponlarning toshdan qurilgan kulbasi.

O‘RLIK shevada O‘jarlik. Odamlar cholni o‘rlikda qanchalik ayblamasin,

lekin u jo‘n turmushga ko‘nikib ketolmadi. (Q.Norqobil)

QAYQI shevada qayilgan, egilgan, egri-bugri. Qultoy Alpomishni ko‘rib,

ko‘nglini xushlab, yilqi boqadigan qayqi tayog‘ini ushlab, bir so‘z aytib turgan

ekan. (“Alpomish”)

31-§. KASB-HUNAR LEKSIKASI

Reja:

1.Kasb-hunar leksikasi haqida ma’lumot.

2.Kasb-hunar leksikasining tarmoqlanishi.

3. Kasb-hunar leksikasiga oid so‘zlarning asosiy belgilari.

Page 115: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Tayanch iboralar: kasb-hunar leksikasi, og‘zaki nutq, kasblar,

professionalizmlar, umumxalq tili

Topshiriq. Matnni o‘qing, polizchilikka oid so‘zlarni topib, ularga izoh

bering. Yana qanday qovun nomlarini bilasiz? Ularni sanab bering.

Palaklarga qarab turib muxbir yigit hayron bo‘ldi: odatda bu paytda palaklar

sarg‘ayib, polizga xazonrezgilik nuqsi urib qolar edi. Qarang, ba’zi suv qiynalib

chiqadigan do‘ng joylardagi palaklarni demasa, pastki, kanal bo‘yidagi, quloq

boshidagi palaklarning hali ham avji baland, yam-yashil, qiyg‘os gullab, naychalari

osmonga sapchiqmay deb turibdi. Epgashib palaklarni titib qarasangiz, tugunak,

sapcha, xomaklar serob... To‘rga kirganlari bilan rang olganlari palak orasidan

manaman deb ko‘kragiga mushtlab yotibdi. Narigi paykal tarvuz polizi ekan. Har

tarvuzlarki, yo‘lbarsday! Targ‘il, xuddi golland sigiriday ola. Qo‘qon arava

guachagiday cho‘zinchoq qo‘zivoylar ufqqa yonboshlab, botayotgan quyosh

shafag‘i shu’lasidan peshonalari yalt-yalt qiladi... (Nosir Fozilov)

Til jamiyatga xizmat qiladi, jamiyat ichida tarkib topadi va rivojlanadi.

Jamiyat esa turli toifalardan, qatlamlardan iborat bo‘ladi. Har bir qatlam, har bir

toifa o‘z nutqida alohida so‘zlar guruhidan foydalanib kelganligini tarixdan yaxshi

bilamiz. Manbalarga ko‘ra tarixda qaysi joyda dehqon, temirchi, nonvoy, etikdo‘z,

bog‘bon, o‘rmakchi, qassob, meshkop kabi 32 ta kasb-kor egasi bo‘lsa, o‘sha joyga

shahar nomi berilgan. Mazkur kasb-kor egalarining nutqida boshqalarning

nutqidan farqlanuvchi o‘ziga xos so‘zlar qatlami ishlatilgan. Tilshunoslikda

bunday leksemalar kasb-hunarga oid so‘zlar yoki professionalizmlar deb

yuritiladi.

Temirchilar, savdogarlar, dehqonlar, bog‘bonlar, nonvoylar va boshqa kasb-

kor egalarining nutqi ular ishlagan sharoit, ular tomonidan qo‘llangan asbob-

uskunalar, tayyorlagan mahsulotiga ko‘ra bir-biridan keskin farqlanib turgan.

Masalan, bog‘bonlar o‘z nutqida bog‘, tok, tokqaychi, iskana, payvand,

iqlimlashtirish, ko‘chat kabi so‘zlardan keng foydalanilgan bo‘lsa, temirchilar

tilida sandon, gulmix, qo‘ra, otashkurak, ohanrabo kabi so‘zlar keng iste’molda

bo‘lgan.

Dehqonchilikda poliz mahsulotlaridan biri qovun deb umumiy atalgani bilan

kasb-hunar leksikasida u bilan bog‘liq ko‘kcha, bo‘rikalla, umrboqiy, gulobi,

bosvoldi, shakarpalak, eski chopon, mingtirish, gursketdi, ichiqizil, kampirqovun,

dahbedi, davlatiy kabi so‘zlar ham ishlatiladi. Bu so‘zlar qovunning sifati, maza-

ta’mi, pishish muddati kabi semalarini anglatishi bilan bir-biridan tamoman farq

qiladi.

Tilimizda keng qo‘llaniladigan olma (qandil, rozmarin, simerenko, qimizak

olma), uzum ( charos, kelinchak barmoq, husayni, daroyi, soyaki), non (gijda,

patir, shirmoy, obinon, po‘ladiy, lochira) bilan bog‘liq so‘zlar haqida ham shunday

deyish mumikn.

Demak, tilimizda kasb-hunarga doir bo‘lgan so‘zlar – professionalizm,

professionalizmlar yig‘indisiga esa professional leksika deyiladi. Kulolchilik

kasbiga oid dog‘chil (xum yasashda ishlatiladigan yog‘och asboblardan biri),

aspak yoki ot yog‘och, bandak yoki bog‘ich (yasalgan xom idishning labini

Page 116: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi), bo‘g‘iz, dasmol loy

(tekislash uchun ishlatiladi) kabi so‘zlar, suvoqchilik sohasiga tegishli bo‘lgan bozi

(tokchaning yonlari, ikki tokchaning oralig‘i), andava (loy suvaydigan asbob),

loykash (loy tayyorlovchi kishi), mola gazcho‘p (chaplangan loyni u yoq-bu yoqqa

surish uchun ishlatiladigan reykasimon asbob) professional so‘zlarga yaqqol misol

bo‘la odadi.

Kasb-hunarga oid so‘zlar quyidagi jihatlari bilan umumxalq tilidagi

so‘zlardan farqlanib turadi.

Kasb-hunarga oid so‘zlar ifoda planiga ko‘ra sodda, ixcham ko‘rinishda

bo‘ladi. Ularning atalishida xalq donoligi va uzoq yillik tajridasi yaqqol ko‘zga

tashlanib turadi.

2. Kasb-hunarga oid so‘zlarning ma’nosi faqat shu soha vakillarigagina

tushunarli bo‘ladi.

3. Kasb-hunarga oid so‘zlar adabiy tilda keng iste’molda bo‘lmaydi. Bugungi

tez rivojlanayotgan ilm-fan va texnika davrida kasb-hunarga oid so‘zlarning

aksariyat qismi unutilib borilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ilm-fan, texnika taraqqiyoti tufayli ko‘plab

kasb-korlar sanoatlashib, hayotimizdan asta-sekinlik bilan yo‘qolib bormoqda.

O‘z navbatida ular tomonidan keng iste’molda bo‘lgan leksemalar ham arxaizm va

istorizmlar qatlamiga o‘tmoqda.

Tursunboy Adashboyevning quyidagi she’rida qo‘llangan egar, qo‘m, po‘stin,

o‘rmado‘z, abzal, chok, yugan, o‘mulduruq, mesh, chorva, sanoch kabi so‘zlarni

bunga misol qilib olishimiz mumkin.

Tog‘likka xos hunari,

Egar chopar, qo‘m tikar.

O‘rmado‘z qamchi o‘rib,

Po‘stinlarni jo‘n tikar.

Ot-ulovning abzalin,

Puxta choklar do‘ndirib.

Yuganlari ta’rifi,

O‘zgacha o‘mulduruq.

Xuddi meshga o‘xshaydi,

Hosiyatli Sanochsoy.

Olti qishloq chorvasi,

Boqiluvchi so‘lim joy.

Bobomning qo‘nalg‘asi,

Nomiga mos – Do‘ngbuloq.

O‘n tutunli ovulga,

Juda qulay, o‘ng buloq.

134-mashq. “Gulqand” tayyorlash jarayonini kuzating. Matnda

ishlatilgan professionalizmlarni toping.

Bobom elakmi, paqirchami olib, ohista gullar oarsiga kiradilar. Bu ishni

odatda o‘zlari bajaradilar. Oq, qizil, pushti gullarni terib oladilar, o‘zlari chayib,

o‘zlari selgitadilar. Bungacha oyim bir necha sopol xo‘qachalarni qatronlab,

chayib, tozalab qo‘ygan bo‘ladilar. Bobom selgigan gul “go‘zallari”ni olib avaldan

Page 117: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

tayyorlangan haligi xo‘qachalarga solib, shakarga bostirib-bostirib qo‘yadilar,

so‘ng og‘zini top-toza mato bilan bog‘laydilar. U qishgacha avval oftobda, keyin

salqin joyda turadi. Qishda uni kattayu kichik barchamiz asal yegandek suyib

yeymiz. Kelgan mehmonlar ham unday tatiydi Ammamlarnikiga ham berib

yuboriladi. “Gulqand”ning ta’mi yanagi qishgacha og‘zimizdan ketmaydi...

(Y.Sa’dullayeva)

135-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan olingan quyidagi kasb-

hunarga oid so‘zlar izohiga e’tibor bering va ularning ma’nolarini esda

saqlab qoling.

O‘G‘IR O‘rtasida qo‘l bilan tutadigan teshigi bor dasta hamda donni urib

tuyish, ezib maydalash uchun ilatiladigan ichi o‘yiq g‘o‘ladan iborat ro‘zg‘or

buyumi; keli.

QUTIDOR [arabcha + forscha-tojikcha – quti egasi] 1 Katta pul-dunyosi

bo‘lgan yirik boy; sarmoyador. 2 Qo‘qon xonligida: oliq-soliqlardan to‘plangan

pullarni qabul qilib oluvchi va xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori. – Axir,

qutidor ham boobro‘ odam-da, – dedi birinchi kishi. (Abdulla Qodiriy)

SUVLUQ Yuganning ot og‘ziga solinadigan metall qismi.

QUYUSHQON 1 Egarning oldinga siljimasligi uchun ot yoki eshakning

dumi ostidan aylantirib, egarga biriktiriladigan, ko‘pincha turli bezaklar

qadaladigan qayish. 2 ko‘chma ma’noda. Biror ish, xatti-harakat, muomala va sh.k.

dagi meyor.

136-mashq. Xayriddin Salohning “Atlas kiygan qizlarga” she’rini o‘qing.

Unda ishlatilgan kasb-hunarga oid so‘zlarni belgilang. Kiyinish madaniyati

haqida bahslashing.

Atlas ko‘p qadimiy nafis matodir,

U sizdek suluvlar uchun atodir.

Sizlar kiyganingiz sho‘x qizil atlas,

Atlaslar ichida naq asl atlas.

Xosiyatxon atlas, ko‘rkam xonatlas,

Ta’rifi, tavsif bir jahon atlas.

Ko‘zlarni oladi uning yallig‘i,

Tovusdek tovlanib kiying xiromon,

Farg‘ona bog‘larin bor go‘zalligi

Unda namoyon.

Kelinlar uyida zar palagi ham,

Toshkent favvorasin kamalagi ham,

Pillakash juvonning ko‘k ipagi ham,

Yigitlar egnida yo‘l-yo‘l beqasam,

Hatto onalarning asl sarposi

Chiroyda yengolmas atlas libosin.

Page 118: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Savol va topshiriqlar.

1. Kasb-hunarga oid so‘zlar deb nimaga aytiladi?

2. Kasb-hunarga oid so‘zlarning iste’mol doirasi haqida bilganlaringizni

aytib bering.

3. Ota-onangiz yoki yaqinlaringiz nutqida qo‘llaniladigan kasb-hunarga oid

so‘zlarga misollar keltiring.

137-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, unda keltirilgan kasb-hunarga

oid so‘zlarni belgilang.

Cholg‘uning o‘n to‘rtta detali (o‘nta qovurg‘a, dasta, qopqoq, ikkita quloq) ni

birlashtiradigan bo‘g‘iz – uning markaziy va murakkab qismidir. Bo‘g‘iz o‘rik

yog‘ochining tekis joyidan tayyorlanadi. Agar tut bo‘lsa, daraxt ildiziga yaqin

qismidan, o‘rik bo‘lsa, tanasi juda pishiq navidan tanlaymiz. Cholg‘u qovurg‘alari

uch kun suvda ivitilib, olovda toblab egiladi. Dutorning bemisl tembr (xos

ovozi)ning siri ham aynan qopqoqda. Qopqoq 3,5 millimetr qalinlikda ehtiyotlik

bilan randalanib tayyorlanadi. Dutor eniga ipakdan chiyralgan tor, dastasiga o‘n

to‘rtta parda bog‘lanadi. Dutor dastasining bo‘g‘izga ulanadigan qismidan barmoq

chiariladi.

Geometrik o‘lchamlar millimetrigacha aniq-tiniq bo‘lmasa, cholg‘u

mukammal chiqmaydi. (T.Zufarov)

32-§. TERMIN VA TERMINOLOGIK LEKSIKA (ATAMALAR

LEKSIKASI). JARGON VA ARGOLAR

Reja:

1.Terminologiya haqida umumiy ma’lumot.

2.Terminga xos bo‘lgan belgilar.

3. O‘zbek terminologiyasi yangi bosqichda.

4.Argo va jargonlar haqida ma’lumot.

Tayanch iboralar: termin, terminologiya, ilmiy-texnik terminlar,

determinizatsiya, atama, atamashunoslik, argo, jargon.

Topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar qaysi sohaga taalluqli. Ularni qanday

so‘zlar deb ataymiz. Mazkur so‘zlarning boshqa so‘zlardan farqli jihatlarini

ayting.

Ustyurt platosining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, uning chekka

tomonlari tekisliklardan ko‘tarilib turadigan tik jarliklardan iborat bo‘lib, ular

chinklar deb ataladi. Chinklar uchlamchi davrning ohaktoshlari, mergel, gillardan

tuzilgan.

Ilm-fan, texnika va san’at sohasida ishlatiladigan bir ma’noli so‘zlarga termin,

uni o‘rganadigan tilshunoslik sohasiga terminologiya deyiladi. Ayrim manbalarda

ular atama va atamashunoslik deb ham yuritiladi.

Page 119: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Termin lotincha terminos – chegara, chek so‘zlaridan olingan bo‘lib, ilm-fan,

texnika, san’at sohasida aniq tushunchani ifodalaydigan so‘z yoki turg‘un ibora

sanaladi. Masalan: qofiya, turoq, vazn, erkin vazv, baromq vazni, nazm, nasr,

dramaturgiya, komediya kabi leksemalar adabiyotshunoslikka oid terminlardir.

Mazkur terminlardan adabiyot faniga aloqador shaxslar foydalanadi va ma’nosi

ulardan boshqalarga tushunarsiz bo‘ladi.

Yoki meditsinaga oid retsept, farmakologiya, xirurg, okulist, oftalmologiya,

neyroxirurgiya; iqtisodiyotga taalluqli sarmoya, chakana savdo, ulgurji savdo,

tovar, likvidlik, veksel, qimmatbaho qog‘ozlar, narx, daromad, pay, garov,

sug‘urta, jamg‘arma kabi leksik birliklarni olib ko‘raylik. Ularning qo‘llanilishida

ham chegara bor: mazkur leksemalar boshqa soha vakillari nutqida kam uchraydi.

Ijtimoiy hayot tinimsiz rivojlanib, o‘zgarib borgani sari uning in’ikosi sifatida

terminologiyada ham to‘xtovsiz yangiliklar sodir bo‘lib turadi. Aslida, terminlar

hayotimizdagi eng so‘nggi yutuqlarni o‘zida aks ettirib boruvchi soha sanaladi.

Masalan, kompyuter, dasturlash, provayder, monitor, diskovod, fleshka, disk,

tarmoq, fayl, klaviatura, dasturlash, sichqoncha kabi axborot texnologiyalari bilan

bog‘liq terminlarning o‘zbek tilida paydo bo‘lganiga uzoq bo‘lgani yo‘q.

Terminlarning tilda paydo bo‘lishgi ikki xil usul yordamida amalga oshiriladi.

1. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri asl holatida tilga qabul qilinadi. Bunday

terminlarning asosiy qismi rus va yevropa tillaridan o‘zlashgan. Masalan,

ekologiyaga oid autekologiya, sinekologiya, demekologiya, eydekologiya,

populyatsiya, ekosistema, poluekologiya, bioekologiya, geoekologiya, texnologiya,

biofiltr, pestitsid kabi leksemalar o‘z holida qabul qilingan va ularning har biri

muayyan ma’noga ega. Misol uchun autekologiya ayrim turlarning ular yashab

turgan muhit bilan o‘zaro munosabatini, turlarning muhitga ko‘proq va uzviy

moslashganligini; sinekologiya har xil sistemalar (populyatsiyalar, jamoalar va

ekosistemalar) ning tuzilishini, xossalarini hamda ularning funksional prinsiplarini;

demekologiya tur vakillari hosil qiladigan tabiiy populyatsiyalarning hosil bo‘lish

shartlarini, ularning guruhlari ichki tuzilishlarini, son va sifatini, bir-birlari va

muhit o‘rtasidagi munosabatlarni, eydekologiya turlarni jonli tabiatning tashkil

bo‘lishidagi yuqori rivojlanish darajasi va biologik mikrosistemalarning tashkil

qilishini o‘rganadi.

2. Terminlar boshqa tillardan aynan tarjima qilinadi, ularning o‘zbek tilidagi

muqobillari topiladi. Bu usulga kalkalash deyiladi. Bunga burilish nuqtasi (tochka

povorota), tayanch nuqtasi (tochka opori), tenglama (uravneniye), bo‘r davri

(melovoy period), unli (glasniy), undosh (soglasniy), urg‘u (udareniye), aniqlovchi

(opredeleniye), chaqiriluvchi (prizivnik) va boshqalarni misol qilib keltirish

mumkin.

Terminlarning xalq tiliga o‘tib, ma’nolarining barchaga tushunarli bo‘lib

ketishiga va terminlik bo‘yog‘ini yo‘qotishiga determinizatsiya hodisasi deyiladi.

Masalan, paynet, monitor, diskovod, skaner, birja, barter, market, supermarket,

uyali telefon, sichqoncha kabi so‘zlar dastlab tilimizda termin sifatida paydo

bo‘lgan. Hozirda ular determinizatsiya hodisasiga uchragan va ma’nosi barchaga

tushunarli bo‘lgan so‘zlarga aylangan.

O‘ta tor doiradagi kasb-kor egalari, masalan, o‘g‘rilar, bosqinchilar kabi

kimsalar tilida qo‘llaniladigan so‘z va iboralarga argo deyiladi. Ment (huquq-

Page 120: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

tartibot organi vakili), dum (kuzatuvchi), limon (million so‘m), bedana

(to‘pponcha), ko‘k (dollar), paxan (boshliq) va shu kabilar.

Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilib, umumxalq tilidan farq qiladigan

dabdabali yoki yashirin “til”ga jargon deyiladi. Masalan, oftobi olam (podshoh),

husni mutlaq (Xudo), bazmi jamshid, nishoni oliy shon (xat), yetti olamning sarvari

(hukmdor) kabi dabdabali, hashamatli so‘zlar saroy ahliga mansub bo‘lsa, yakan

(pul), qism (tushgan pulni bo‘lish), so‘kigan (shofyor), otar (to‘y, tantanalarga

borish), kalonpo (boshliq) singari yashirin so‘zlar san’atkorlar tiliga mansub

bo‘lgan jargonga xos so‘zlardir.

138-mashq. Matnni o‘qing, yana qanday uzum navlarini bilasiz? Shu

haqda bahslashing. Bog‘dorchilikkka oid so‘zlarga misollar keltiring.

Har yili dunyoning turli shaharlarida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan

“Uzumning oltin shingillari” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekistonda yetishtirilgan

uzumlarga yuqori baho berilmoqda. Xalqaro anjumanda yurtimiz bog‘bonlari

tomonidan taqdim etilayotgan “Oq husayni”, “Andijon qora”, “Ketmon sopi”,

“Rizamat ota”, “Nimrang kishmish”, “Kelinchak barmoq” singari sarxil uzum

navlari oliy o‘rinlarga munosib deb topilmoqda.

139-mashq. Quyida berilgan so‘zlarni gap ichida qo‘llab ko‘ring va

qaysi sohaga oid terminlar ekanligini aniqlang.

GLOSSARIY [ lotincha glossarium – eskirgan, dialektal, yoki kam

qo‘llaniladigan so‘zlar lug‘ati] tilshunoslikka oid turmin. Biror qadimiy asarda

uchraydigan eskirgan va kam qo‘llaniladigan so‘zlarning izohli lug‘ati.

IPOTEKA [yunoncha hypotheke – garov] iqtisodga oid termin. Ko‘chmas

mulkni garovga qo‘yish asosida beriladigan uzoq muddatli qarz; ushbu qarzni

ta’minlashga xizmat qiluvchi garov.

ERUDITSIYA [ lotincha eruditio – o‘qimishlilik, bilimdonlik; bilim,

ma’lumot] Biror sohada keng ma’lumotga egalik, bilimdonlik.

140-mashq. Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’riy parchani

o‘qing. Terminlarni aniqlab, ularga izoh bering.

Atomlar – matematika,

Vodorodlar – matematika,

Qiruvchi samolyotlar,

Krematoriyalar – matematika...

Savol va topshiriqlar.

1.Termin deb nimaga aytiladi?

2.Terminologiyada nimalar o‘rganiladi?

3. Tilimizga Mustqaqillik yillaridan so‘ng o‘zlashgan terminlarga misollar

ayting.

4. Argo va jargonlar haqida so‘zlab bering.

Page 121: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

141-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, tibbiyotga oid terminlarni

aniqlab, ularga izoh bering. Ular ishtirokida gaplar tuzing.

Qon bosimini o‘lchaydigan asbob tonometr deb nomlanadi. “Tonometr” so‘zi

grek tilidan olingan bo‘lib, “bosimni o‘lchash” degan ma’noni bildiradi. Bu asbob

arterial qon bosimini o‘lchashda ishlatiladi. Moslama bemor qo‘liga

mahkamlanadigan manjet, havo o‘tkazuvchi nasos va manjetdagi havo orqali qon

bosimini ko‘rsatuvchi monometrdan iborat.

33-§. ONA TILINING NOFAOL LEKSIKASI. ESKIRGAN SO‘ZLAR

Reja:

1. O‘zbek tilining faol leksikasi haqida ma’lumot.

2. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlar (neologizmlar)

3. Eskirgan so‘zlar haqida ma’lumot.

4. Istorizm va arxaizmlar.

Tayanch iboralar: faol leksika, nofaol leksika, eskirgan so‘zlar, tarixiy

so‘zlar, istorizmlar, arxaizmlar, neologizmlar, yangi paydo bo‘lgan so‘zlar.

Topshiriq. Matnni o‘qib, so‘zlarni faol va nofaol leksemalarga ajrating.

Eshon kuldi: – Tishi og‘ribdimi? – dedi. – Bay-bay! Tish og‘rig‘i yomon

narsa. Boring, ayting: kapponning burchagidagi sartaroshga borsin, ombir solib

darrov olib tashlaydi. (Abdulhamid Cho‘lpon)

Til o‘ziga xos murakkab ko‘rinishdagi ijtimoiy hodisa sifatida doimiy

o‘zgarishda bo‘ladi. Uning lug‘at jamg‘armasi muttasil ravishda yangilanib

boradi. Tilga so‘zlar kirib-chiqib turadi. Ba’zi bir so‘zlar asrlar o‘tsa ham o‘zining

mavqeini yo‘qotmaydi, barchaga tushunarli va faol bo‘ladi. Masalan, Mahmud

Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida keltirilgan uzum, oq, oz, tuman,

kirpi, qamchi, qush kabi so‘zlar hozirgi kunda ham o‘z ma’nolarida qo‘llanmoqda,

lekin alin – peshona, manglay, bilga – oqil, aqlli, azaq – oyoq, uma – ona, churak

– kulcha, burchaq – loviya, o‘tuk – ertak kabi leksemalar o‘z o‘rnini boshqa leksik

birliklarga bo‘shatib bergan. Demak, leksemalar zamonaviyligiga ko‘ra bir-biridan

farqlanadigan ikki guruhga ajraladi.

1. Zamonaviy qatlam. Mazkur qatlamga oid so‘zlarning ma’nosi barchaga

tushunarli bo‘ladi va tilda faol qatlam sanaladi. Daryo, suv, tog‘, , or, nomus, hayo,

ibo, men, sen, u, biz, yashil, sariq, kelmoq, bajarmoq, turmoq, hech kim, erlab,

kechqurun kabi so‘zlar zamonaviy qatlamga oid so‘zlar sanaladi.

2.Eskirgan qatlam. Mazkur qatlamga mansub so‘zlarda eskilik bo‘yog‘i

mavjud bo‘ladi. Ularning ishlatilishida passivlik ko‘zga tashlanadi, ma’nosi

zamonaviylik nuqtai nazaridan til sohiblariga tushunarsiz bo‘ladi. Masalan, Alisher

Navoiy asarlarida qo‘llangan sabuh (tong), uzor (yuz), nosih (nasihat qiluvchi),

saloh (yaxshilik, foyda, naf), dayr (butxona), ofiyat (tinchlik), takovar (tez

yuradigan, yo‘rg‘a ot); ganj (xazina), barq (chaqmoq), xirqat (issiqlik), nazzora

Page 122: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

(qarash, tomosha qilish), gard (tuproq) singari leksik birliklarning qo‘llanilish

doirasi toraygan yoki ularning ayrimlari umuman hozirda ishlatilmay qo‘ygan.

Eskirgan so‘zlar ikki gruppaga ajratiladi:

1. Arxaizm yunoncha archaios – qadimgi so‘zidan olingan bo‘lib, hayotdan

butunlay chiqib ketmagan narsa-hodisalarning nomini bildiruvchi, eskilik bo‘yog‘i

bilinib turgan, o‘z o‘rnini boshqa leksik birlikka bo‘shatib bergan so‘zlar sanaladi.

Masalan, ulus (xalq), qursoq (qorin), aqcha (pul), ochun (dunyo), qut (baxt), bilik

(bilim), cherik (qo‘shin), qapu (eshik), gesu (soch) kabi so‘zlar arxaik so‘zlar

sanaladi. Arxaizmlar jamiyatning rivojlanishi, taraqqiy etishi jarayonida tilning

ichki qonuniyatlari asosida yuzaga keladi. Ularning qo‘llanilishini jamiyat rivoji

bilan bog‘lash zarur. Masalan, o‘rta asrlarda ulus tilimizda faol ishlatilgan.

Insonlarning jipslashishi, ilm-fan, din tili sifatida arab tili mavqeining o‘sib borishi

natijasida ulus so‘zi o‘z o‘rnini xalq so‘ziga bo‘shatib berdi. Demak, arxaizm

mavjud bo‘lgan narsa-hodisalarning nomi sifatida tasvirlanayotgan davr lug‘atiga

xos bo‘ladi va bugungi kunda uning o‘rnida qo‘llanilayotgan leksemaga nisbatan

uslubiy sinonim bo‘ladi. Tarixiy asarlarni tasvirlayotganda birinchi planga chiqib

qoladi.

2. Istorizm yunoncha historia – tekshirish, tadqiqot so‘zlaridan olingan

bo‘lib, o‘tmishda mavjud bo‘lgan, lekin davr taqozesi bilan hozirda yo‘q bo‘lib

ketgan narsa-hodisalarning nomini bildiruvchi leksik birlik sanaladi. Kunda,

mingboshi, sipohsalor, quldor, qutidor, dubulg‘a, to‘qsabo singari leksik

birliklardan bugungi kunda umuman foydalanmay qo‘yganmiz. Ularda eskilik

bo‘yog‘i yaqqol sezilib turadi.

Arxaizm va istorizmlardan tarixni jonlantirishda, tarixga oid ilmiy-badiiy,

publitsistik asarlar yaratishda unumli foydalaniladi.

Masalan, P.Qodirov “Yulduzli tunlar” romanini yaratishda “Boburnoma”

qo‘llangan yadachi, qushchi, oftobachi, mirzozoda, tarxon, o‘g‘loqchi, o‘rda,

o‘lang, vaqf, chuhra, shikor singari leksik birliklardan samarali foydalangan.

142-mashq. Gaplarni o‘qib, ular ichidan hozirda kam qo‘llaniladigan

so‘zlarni aniqlang va ularga izoh bering.

1. Bilmagan o‘z qadrini ne bilgusi so‘z qadrini, Hayfdur dono demak nodonu

beirfong‘a so‘z. (Ogahiy) 2. Bilimsiz kishining ko‘ngli xurofotga moyil bo‘ladi.

(Abu Rayhon Beruniy) 3. Ilm ibodatdan afzal. (Hadisdan) 4. O‘qib o‘rganilgan har

bitta hunar, Hunarmandga bir kun foyda keltirar. (Nizomiy Ganjaviy) 5. O‘z

manglay teridan non yegan kishi, Hotam minnatidan ozod yoz-qishi. (Sa’diy

Sheroziy)

143-mashq. Quyida berilgan so‘zlarga e’tibor bering, ulardan qaysi

davrlarda foydalanilganligini ayting.

BOVURCHI O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo va Yaqin Sharqda podshoh (xon)

ning bakovuldan keyin turuvchi xususiy oshpazi.

BOZINGAR 1 O‘yinchi, raqos, raqqosa. 2 Ko‘zboylovchi, afsungar

KEJIM Urush vaqtida otga yopiladigan, o‘q o‘tmaydigan maxsus yopiq.

ELOMON Tungi qorovul, soqchi.

Page 123: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

O‘G‘IR O‘rtasida qo‘l bilan tutadigan teshigi bor dasta hamda donni urib

tuyish, ezib maydalash uchun ilatiladigan ichi o‘yiq g‘o‘ladan iborat ro‘zg‘or

buyumi; keli.

QUTIDOR [arabcha + forscha-tojikcha – quti egasi] 1 Katta pul-dunyosi

bo‘lgan yirik boy; sarmoyador. 2 Qo‘qon xonligida: oliq-soliqlardan to‘plangan

pullarni qabul qilib oluvchi va xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori. – Axir,

qutidor ham boobro‘ odam-da, – dedi birinchi kishi. (Abdulla Qodiriy)

144-mashq. Ruboiyda keltirilgan “Qo‘hi Qof”, “keli”, “falak”, “zindon”

so‘zlariga izoh bering va ularning ishlatilish sabalarini ayting.

Uch yuz Ko‘hi Qofni kelida tuymoq,

Dil qonidan bermoq falakka bo‘yoq.

Yoinki bir asr zindonda yotmoq,

Nodon suhbatidan ko‘ra yaxshiroq. (Pahlavon Mahmud)

Savol va topshiriqlar.

1. Faol va nofaol leksika tushunchasiga izoh bering.

2. Eskirgan so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?

3. Istorizm va arxaizm o‘rtasidagi farqlarni tushuntirib bering.

4. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlar (neologizmlar)ga misollar keltiring.

145-mashq. Uyga vazifa. Alisher Navoiy qalamiga mansub satrlarni

yodlang, ularda ishlatilgan so‘zlarni faol va nofaol so‘zlarga ajrating.

Jahl ahli birla kimgaki ulfat bo‘lg‘ay,

Ul ulfati ichra yuz ming kulfat bo‘lg‘ay.

Faqir ahli bila angaki suhbat bo‘lg‘ay,

Shak yo‘qki, ziyoda shuki ne’mat bo‘lg‘ay.

34-§. NEOLOGIZMLAR (YANGI PAYDO BO‘LGAN SO‘ZLAR)

Reja:

1. Neologizmlar haqida umumiy ma’lumot.

2. Leksik neologizmlar.

3. Semantik neologizmlar.

Tayanch iboralar: yangi paydo bo‘lgan so‘zlar, neologizmlar, kalkalash,

leksik neologizmlar, semantik neologizmlar.

Topshiriq. Gapni o‘qing, yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni aniqlab, ularni

izohlang.

Pediatr ko‘rigidan tashqari bolalar nevrolog, otolaringolog, okulist ko‘rigidan

o‘tkazildi.

Page 124: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Insoniyatning hayoti har kuni yangilanishlar bilan kechadi. Ayniqsa, bugungi

globallashuv jarayonlarida insonlarning hayot tarzi yanada tezlashib ketdi.

Dunyoning narigi nuqtasida sodir bo‘lgan voqea va hodisa haqidagi xabar hech

qancha vaqt o‘tmasdan bu chekkasiga yetib kelmoqda. Zamon yashin tezligida

o‘zgarib bormoqda. Bu yangilanishlar, o‘zgarishlar ijtimoiy hayotning yorqin

ko‘zgusi bo‘lgan tilda o‘z aksini topib bormoqda. Bundan 20-25 yil ilgari tilimizda

yangi paydo bo‘lgan marketing, lizing, fermer, reyting, market, supermarket,

paynet, bakalavr, magistr kabi so‘zlarni ishlatishga hadiksirab qaragan edik.

Ishbilarmon, vazir, hokim, viloyat, dasturlash, tadbirkor, fermer, tuman singari

so‘zlarni ishlatishda ham ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rgandik. Hayot taqozesi bilan

mazkur so‘zlarning barchasi tilimizda mustahkam o‘rin egallab qoldi.

Tilda yangi paydo bo‘lgan, yangilik bo‘yog‘i yaqqol sezilib turgan so‘zlarga

neologizm deyiladi.

Neologizm yunoncha neos – yangi, logos – so‘z dan olingan bo‘lib, jamiyat

taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo bo‘lgan yangi narsa va hodisalarni

ifodalovchi leksik birliklar sanaladi.

Noyelogizmlar zamon talabi tilga bilan kirib keladi. Masalan, internet,

noutbuk, reyting, fleshka, bakalavr, bakalariat, magistr, magistratura, veb-sayt,

kabi leksemalarning o‘zbek tiliga o‘zlashishi hayotimizdagi o‘zgarishlar bilan

birga kechdi. Bugungi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy

hayotimizdagi har bir o‘zgarish tilimizga o‘nlab yangi birliklarni olib kirmoqda.

Birgina O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi

“O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida boshlang‘ich narxni

pasaytirish yuzasidan elektron auksion savdolarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi

to‘g‘risida Nizom” olib ko‘raylik. Mazkur Nizomda qo‘llangan maxsus axborot

portali (birjaning buyurtmachilarning elektron auksion savdolar o‘tkazish

to‘g‘risidagi e’lonlari va xarid qatnashchilari uchun zarur bo‘lgan boshqa

axborot joylashtirilishi va ko‘zdan kechirilishini ta’minlaydigan maxsus sayti),

buyurtmachi (elektron auksion savdoda tovar yoki ishlar, xizmatlarni xarid

qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs), patronat (oila tarbiyasi), elektron auksion

savdolar, hisob-kitob kliring palatasi, elektron tizim, avans to‘lovi, lotlar ro‘yxati,

bo‘lib o‘tmagan bitimlar reyestri, personal kabinet kabi birliklar o‘zbek tilining

kelajak uslubi, til yangiliklari sanaladi.

Neologizmlar dastlab paydo bo‘lgan vaqtlarda ularda yangilik bo‘yog‘i sezilib

turadi, vaqt o‘tgach, bu xususiyat yo‘qolib, ular umumxalq so‘zlari qatoridan joy

oladi. Lekin, neologizmlarning hammasi ham bu kabi xususiyatlarga ega

bo‘lavermaydi. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarning ko‘pchiligi iste’mol doirasiga

ko‘ra chegaralangan leksika tarkibidan chetga chiqib keta olmaydi. Masalan,

hozirgi bosqichda o‘zbek tilida keng iste’molda bo‘lgan globallashuv,

diversifikatsiya, veb-sahifa, diniy bag‘rikenglik (tolerantlik), investor, ipoteka

kreditlari, konfessiya, mediatsiya, petitsiya, separatizm, texnopark, terrorizm,

ekstremizm kabi so‘zlarning ma’nosini xalqimiz to‘la tushunadi deb bo‘lmaydi.

Masalan, diniy bag‘rikenglik (tolerantlik) leksemasi turli din vakillarining

e’tiqodidagi mavjud farqlardan qat’i nazar, yonma-yon, o‘zaro tinch-totuvlikda,

hamjihatlikda, bir-birlarining diniga hurmat ruhida yashashini ifodalasa, petitsiya

so‘zi davlat hokimiyati organlariga yoki mahalliy organlarga yuborilgan yozma

shakldagi jamoaviy murojaat shaklini anglatadi.

Page 125: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Neologizmlarning tilga o‘zlashishi ikki xil yo‘l bilan amalga oshiriladi:

1. Tashqi imkoniyat asosida, boshqa tillardan so‘z o‘zlashtiriladi. Misollar:

audit, marketing, menejment, bakalavr, magistr, bakalavriat, magistratura, test,

adyunktura, eksternat, akkreditatsiya, sertifikat, integratsiyalash, reyting kabi.

2. Ichki imkoniyat asosida, tilda oldindan mavjud bo‘lgan so‘zlar yangi

ma’noda qo‘llaniladi. Bunga dastur, murabbiy, layoqat, yo‘riqnoma, homiylik,

vasiylik, ixtiyoriylik, raqobatbardosh, majburiylik, sohalashtirish, moliyalash,

uzviylik, uzluksizlik, DTS kabi so‘zlarni misol qilib keltirish mumkin. Uzoq davrlar

mobaynida bu kabi ichki imkoniyatlarimizga e’tiborsizlik bilan munosabatda

bo‘lindi. Misol uchun uzviylik degan so‘zni olib ko‘raylik. 1981-yili nashr etilgan

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, hatto 2005-2008 yillarda chop etilgan 5 tomlik

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ham mazkur so‘zga joy ajratilmagan. Holbuki,

uzviylik bilan bir qatorda tilimizda izchillik, homiylik, vasiylik, sohalashtirish,

iste’molchi, buyurtmachi singari ichki imkoniyatlarimiz asosida yuzaga kelgan

ko‘plab so‘zlarning qo‘llanilishi o‘zbek tilining dunyodagi eng boy tillardan biri

ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Neologizmlarning paydo bo‘lishida aralash usullar ham ko‘zga tashlanadi.

Ularni shardli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.

a) har ikki qismi o‘z qatlamga oid so‘zlardan tashkil topgan leksik birliklar:

ta’lim mazmuni, ta’lim samaradorligi, o‘quv dasturi, o‘quv qo‘llanmasi, ta’lim

tizimi, vasiylik kengashi, xalqaro hamkorlik, tarmoq dasturi, tabaqalashtirilgan

yondashuv, mulk shakli, bozor iqtisodiyoti, huquqiy bilim, iqtisodiy bilim, o‘rta

pog‘ona, umumta’lim maktabi, uzluksiz ta’lim, malaka oshirish, qayta tayyorlash,

aqliy hujum, joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat, masofaviy o‘qitish,

tabaqalashtiirilgan yondashuv, tarmoq dasturi, namunaviy dastur, ishchi dasturi,

o‘rta pog‘ona kabi.

b) o‘z va o‘zlashgan qalamga oid so‘zlardan tashkil topgan leksik birliklar:

davlat attestatsiyasi, xorijiy ekspert, hamkorlik pedagogikasi, yetuk kadr, xalqaro

donorlik, davlat granti, ijtimoiy psixologiya, kasb-hunar kolleji,axborot

texnologiyalari, moddiy baza kabi.

b) o‘zlashgan va o‘z qatlamga oid so‘zlardan tashkil topgan leksik birliklar:

elektron darslik, virtual kutubxona, reyting ishlanmasi kabi.

g) har ikki qismi o‘zlashgan qatlamga oid so‘zlardan tashkil topgan leksik

birliklar: magistrlik dissertatsiyasi, akademik litsey,texnologik karta,kompyuter

texnologiyasi, interfoal ta’lim va shu kabi.

Umuman olganda, har bir til taraqqiyotdan chetda turmaydi Unda tinimsiz

ravishda yangilanishlar, evrilishlar bo‘lib turadi. Eng muhimi, mana shu

o‘zgarishlar davrida tilda paydo bo‘lgan yangi so‘zlar ustida jiddiy bosh qotirish,

ular misolida ona tili ravnaqi, kelajagi uchun kurashish, sha’nini himoya qilish

zarur. Shundagina biz o‘zimizning til oldidagi qarzimizni uzgan, vazifamizni

bajargan bo‘lamiz. Aks holda ona tili tanazzulga yuz tutishi, yo‘qolishi aniq.

Bunday xatoni esa kelajak avlod aslo kechirmaydi.

146-mashq. Matnni o‘qing, yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni aniqlab,

ularga izoh bering.

Page 126: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Grek tilida endo – ichkarida, krin – olib chiqish, logos – fan degan ma’nolarni

bildiradi. Endokrinologiya garmonlar va ularni ishlab chiqaruvchi a’zolar haqidagi

fandir. Bolalar endokrinologi bola salomatligi, uning jismoniy va aqliy

rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan endokrin tizimi faoliyatini tadqiq

etadi. Endokrinolog uchun bola rivojlanish bosqichlarini kuzatib borish va

meyorlarga muvofiqligini nazorat qilish darkor bo‘ladi.

147-mashq. Quyida berilgan so‘zlarning izohlariga e’tibor bering.

Ularning o‘zbek tilida paydo bo‘lish sabablarini aniqlang.

BARTER [inglizcha. barter – tovar ayirboshlash] Pul mablag‘lari

ishtirokisiz bevosita tovarga ayirboshlash va shu haqdagi shartnoma.

BRIFING [inglizcha. briefing – yo‘l-yo‘riq < brief – qisqa, qisqacha xulosa]

Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtai

nazar bildirish yoki rasmiy xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi

uchrashuvi.

BROKER [inglizcha. broker – o‘rtada turib vositachilik qiluvchi, dallol,

makler] Tovar, volyuta, savdo birjalarida oldi-sotdi bitimlari tuzishda vositachilik

(dallollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma.

ISHBILARMON Ishning ko‘zini biladigan, ko‘p ishga aqli yetib

uddalaydigan.

MAKLER [nemischa. makler –vositachi, dallol] Fond, tovar va valyuta

birjalarida tuziladigan kelishuvlarda dallol; pulli vositachilik xizmatlarini amalga

oshiruvchi ishbilarmon.

TADBIRKOR [arabcha+forscha-tojikcha – tadbir qiluvchi, tadbir izlovchi] 1

Tadbirli. 2 Ishlab chiqarishni yoki boshqa faoliyatni tashkil etuvchi,

moliyalashtiruvchi, tijorat yoki sanoat korxonasini foyda olish maqsadida

boshqaruvchi shaxs, mulkdor.

EYFORIYA [yunoncha. euphoriya < eu – yaxshi + phoriya – boshdan

kechiraman, o‘tkazaman] Obyektiv holat bilan bog‘liq bo‘lmagan dimog‘chog‘lik,

o‘z-o‘zidan, g‘ayriixtiyoriy ko‘tarinki xursand holat

ERUDITSIYA [lotincha. yerudition – o‘qimishlilik, bilimdonlik; bilim,

ma’lumot] Biror sohada keng ma’lumotga egalik, bilimdonlik. Ochilning nutqi,

eruditsiyasi yaxshi edi. (P.Qodirov)

EKSTREMIZM [lotincha. extremus – eng oxirgi; o‘taketgan, ashaddiy;

keskin] Siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda usullar bilan yo‘l tutuishga,

keskin choralar ko‘rishga tarafdorlik.

148-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing

va ularga izoh bering.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Multimedia umumta’lim

dasturlarini rivojlantirish markazida “E-Maktab” yangi axborot tizimi yaratildi.

Bu tizim o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini oqilona tashkil etish, ijodiy-

intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, va rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari hamda “Barkamol avlod”

Page 127: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

bolalar markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoringini olib borish

imkonini beradi. (“Oila va jamiyat” gazetasidan)

149-mashq. Abdulla Oripovning “Oq kishmish” she’ridan olingan

parchani o‘qing. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni aniqlab, ularga izoh bering.

Bejiz fazogirlar tanovul qilmas,

Tip-tiniq qahrabo, oftob qatrasi.

O‘zbek palovi ham kishmishsiz bo‘lmas,

Oshga ko‘rk bo‘rgaydir mayiz sarasi.

Go‘yo anor kabi dumaloq olam,

Unuting torlikni, kibrni, ranjni.

Axir, quvonmasmi amriqolik ham,

Oloy bozorida ko‘rib oranjni?!

Savol va topshiriqlar.

1. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarga misollar keltiring.

2. Leksik neologizmlarga misollar keltiring.

3. Semantik neologizmlarga misollar keltiring.

150-mashq. Uyga vazifa. Quyida berilgan matnni o‘qing, ajratib

ko‘rsatilgan so‘zlarga baho bering. Ularga tilimizda yangi paydo bo‘lgan

so‘zlar sifatida yondashish mumkinmi?

Bekatda avtobus kutib turgandim. Ko‘cha yuzidagi maktabdan o‘qituvchi opa

bir guruh boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yetaklab chiqdi. “Bolalar!

“Ostanovka”dan chetga chiqmanglar. Qo‘llaringizni mahkam ushlab olinglar!

Obed payti yo‘llar probka bo‘ladi, ehtiyot bo‘lish kerak”,-deya uqtirar edi

o‘qituvchi. Shu payt jingalaksoch bir qizcha so‘rab qoldi: “Ustoz, “probka” nima

degani?” Ancha vaqt nima deb javob berishini bilmay turgan muallim tusmollanib:

“Haligi... yo‘lda mashinalar ko‘-o‘-o‘p bo‘lsa, “probka” deyiladi, -dedi. (I.Saidov)

35-§. HISSIY-TA’SIRIY JIHATDAN ONA TILI LEKSIKASI.

UMUMISTE’MOLDAGI HISSIY-TA’SIRIY BO‘YOQDOR VA

BO‘YOQSIZ SO‘ZLAR

Reja:

1. Hissiy-ta’siriy jihatdan o‘zbek tili leksikasi haqida ma’lumot.

2. Uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar.

3. Uslubiy bo‘yoqsiz so‘zlar va ularning ishlatilish o‘rinlari.

Tayanch iboralar: til uslublari, bo‘yoqdor so‘zlar, bo‘yoqsiz so‘zlar, ijobiy

bo‘yoqdorlik, salbiy bo‘yoqdorlik.

Topshiriq. Matnni o‘qing, hissiy-bo‘yoqdor so‘zlarni aniqlab, ularga izoh

bering.

Page 128: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Taksi ko‘cha eshigi oldida to‘xtab hovliga qadam qo‘yishlari bilan ularni

birinchi bo‘lib ukasi Tolibjon qarshi oldi.

Iye, akam! Akam keldilar!!!

Aka-uka bir-birlarining bag‘rilariga otilishdi. Shu payt ichkari uydan onasi

hovliqib chiqdi.

Voy, Tolibjon, o‘zingmisan? Bo‘ylaringdan o‘rgilay! – onaizor ko‘zlarida

yosh bilan farzandini bag‘riga bosdi.

– Iye, ayajon, nimaga yig‘laysiz? Mana, eson-omon keldim-ku! – Tolibjon

onasining yuzlarini siladi. (Nosir Zohid)

Til obyektiv olamni o‘zida aynan aks ettirishidan tashqari insonlarga xos

bo‘lgan his-tuyg‘ularni, ularning shodlik va quvonchlarini, qayg‘u va alamlarini

ifodalaydi.

Masalan, daraxt, barg, ildiz, meva, shox, ishlamoq, qizil, oq, ko‘k, katta,

kichik, shirin, achchiq, go‘zal singari so‘zlarda olam va undagi unsurlar o‘z

ifodasini topgan. Mazkur leksemalarda emotsional-ekspressivlik, hissiy

kechinmalar kuzatilmaydi.

Keltirilgan so‘zlar ichidan go‘zal so‘zini oladigan bo‘lsak, tasvirlanayotgan

narsa yoki shaxsning xususiyatlaridagi o‘ziga xosliklar inobatga olinib, zebo,

barno, huriliqo, pari, parivash, sohibjamol singari leksik birliklar qo‘llanilishi

mumkin. Bu kabi leksik birliklarda qo‘shimcha ma’no, emotsional-ekspressivlik

kuzatiladi.

Shunga ko‘ra tildagi leksik birliklar ikkiga ajraladi:

1. Og‘zaki va yozma nutqqa xos bo‘lgan umumiste’moldagi leksika yoki

neytral leksika. Mazkur leksikaga kirgan leksemalar kundalik hayotimizda faol

qo‘llaniladigan, uslubiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lmagan, ta’sirchanligi meyor

darajasida bo‘lgan odatdagi so‘zlar sanaladi.

Masalan, Erkin Vohidov qalamiga mansub ushbu matnda qo‘llangan leksik

birliklarga e’tibor berib ko‘rsak, ular ichidan so‘z, xayol, ko‘z, uz, el, omonat, bo‘l,

chaq, yurak, ko‘k, oy singari so‘zlarning qo‘llanilishida yuqoridagi holatni

kuzatamiz.

So‘zni eshitamiz, so‘zlashni qotiramiz, uning mag‘zini chaqish esa aksar

xayolimizga kelmaydi. “Ko‘z”, “Uz”, “El”, “Omonat”, “Bo‘l”, “Chaq”,

“Yurak”, “Ko‘k”, “Oy” kabi so‘zlardan urchigan yangi so‘z, atamalar tarixi,

tadqiqini o‘qish maroqli va huzurbaxsh. O‘zagi “chaq” so‘zi bilan bog‘liq yigirma

besh so‘z, birikmani sanadim, oxiri “gugurt chaqish, so‘z mag‘zini chaqish,

chaqchaqlashib olish” bilan tugaydi. Ana, tilimizning imkoniyatlariyu muallifning

hafsalasi!

2. Uslubiy xoslangan leksika. Hissiy ta’sirchanligi yuqori, emotsional-

ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor bo‘lgan so‘zlarga uslubiy xoslangan leksika

deyiladi. Bu kabi so‘zlar og‘zaki va yozma nutqda ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi.

Solishtiring:

Og‘zaki nutqda Yozma nutqda

hazar qilmoq jirkanmoq

birlashmoq jipslashmoq

hunar kasb

Page 129: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

o‘rin makon

arzimagan (kichik) juz’iy

Og‘zaki nutqning uslubiy xoslangan leksikasi soddaligi, hammaga tushunarli

bo‘lishi bilan yozma nutqdagi so‘zlardan ajralib turadi. Og‘zaki nutqda uslubiy

bo‘yoqdor ko‘p ishlatilganidan, unda soddalik, ta’sirchanlik, ba’zan esa erkinlik

sezilib turadi.

Og‘zaki nutq leksikasida kuchli emotsionallik va obrazlilikka boy bo‘lgan

maxsus emotsional-ta’sirchan so‘zlar zaxirasi mavjud. Emotsional-ekspressiv

so‘zlarga asosiy ma’nosi emotsiya, his-hayajon, ruhiy kechinmalar yoki turli

tovush va harakatlarni, narsa va hodisalarning noodatiy ko‘rinishlarini ifodalovchi

ta’sirchan so‘zlar kiradi. Bunday xususiyat undovlarga va shulardan yasalgan

leksik birliklar xos: oh, eh, uh, ey, iye, uf, be, obbo, dod, voy, dodlamoq, voy-

voylamoq, uxlamoq kabi. Shuningdek, taqlidiy so‘zlar va ular asosida yasalgan

so‘zlarda ham emotsional-ekspressivlik kuchli bo‘ladi: bilch-bilch, vish-vish, qars-

qurs, g‘arch-g‘urch, vang, tars-turs, lip, lang, pir-pir, gup-gup, apil-tapil,

vishillamoq, lipillamoq, g‘archillamoq, g‘irchillamoq, vangillamoq, lapanglamoq,

alanglamoq va shu kabi.

Uslubiy xoslangan leksikani hosil qilishda ma’nodosh so‘zlarning o‘rni katta.

Ulardan narsa va hodisalarga xos bo‘lgan holatlarni ifodalashda unumli

foydalaniladi. Masalan, so‘zlamoq, gapirmoq leksemalarida uslubiy bo‘yoq

sezilmaydi, ammo pichirlamoq, shivirlamoq, chug‘urlamoq, vaysamoq, javramoq,

akillamoq, arillamoq, og‘zidan bol tommoq, nutq irod qilmoq, chakagi tinmaslik

singari so‘zlar orqali uslubiy rang-baranglik yuzaga chiqariladi. Uslubiy

bo‘yoqdorlik iki xil ko‘rinishda: ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.

Rasmiy uslub, ilmiy-texnikaviy terminologiya, tarixiy so‘zlarda, kasb-

hunarga oid so‘zlarda emotsinal-ekspressiv bo‘yoqdorlik bo‘lmaydi. Aksincha,

og‘zaki so‘zlashuv uslubi, poetik uslub bo‘yoqdorlikka boy bo‘ladi.

151-mashq. Matnni o‘qing, unga ijobiy bo‘yoqdorlik baxsh etayotgan

so‘zlarni aniqlang.

Ko‘klam rangi tiniq, toza. Ayniqsa, sharros yomg‘irdan so‘ng butun borliq

nurafshon yog‘duga cho‘madi. Kishi qalbiga orom berib, uni entiktiruvchi rangalar

o‘yini – kamalak ta’rifiga so‘z ojiz. Maysalar uchida ilinib-ilinib turgan tomchilar

oftobda marvarid yanlig‘ yaltiraydi. Qizg‘aldoqlar cho‘g‘day yonadi. Dov-

daraxtlar atrofini rango-rang gulbarglar qoplaydi...

Ko‘kda parqu-parqu bulutlar. Uzoqda hali qori erib ulgurmagan tog‘larda,

daralarda oppoq tuman qoyalar uchiga yetmasdanoq yoyilib ketadi. Bu manzarani

kuzatar ekanmiz, tabiatning erka fasli bahor ta’rifiga so‘z ojiz deging keladi.

(O.Toshqulov)

152-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan olingan so‘zlar izohiga

e’tibor bering va ular ishtirokida gaplar tuzib, gap mazmunida ro‘y

berayotgan o‘zgarish haqida fikrlashing.

Page 130: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

JIMJIMA 1 Serhasham, o‘yma naqsh, gul, kungura. 2 Jilvali, tovlanib

turgan.

JIMJIMADORLIK 1 Serhashamlik, g‘oyat hashamdorlik 2. Balandpar-

vozlik, dabdababozlik

JILOLAMOQ Sayqallamoq, pardozlab yaltiratmoq.

ZIPILLAMOQ G‘izillamoq, juda tez yuroq, yelmoq.

QAQILDOQ. O‘zini bilag‘on sanab, hadeb gapiraveradigan; gapdon,

mahmadona (ko‘pincha qizlar haqida

ZUMRASHA Har qanday yomon, nojo‘ya ish qo‘lidan keladigan bola;

shumtaka, tirrancha, tirmizak.

KATTAZANG Ulug‘, martabali shaxs; o‘zini shunday shaxslarga mos, kibrli

tutuvchi kishi.

KEKKAYMAJON Doim kekkayib keriladigan.

IFOR [arabcha – chang, to‘zon, hid] Yaxshi hid, xushbo‘y; umuman hid

IFORLI Ifor hidiga o‘xshash hidli.

ERRAYIM Tekin daromaddan bosar-tusarini bilmay qolgan yoki

o‘zgalarning mulki, boyligi ustidan kattakonlik qiluvchi odam; zo‘ravon, vallamat.

153-mashq. O‘zbektosh Qilichbek she’ridan olingan parchani o‘qing.

Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning emotsional-uslubiy xususiyatlari haqida

suhbatlashing.

Alpbobomdan meros mehrqo‘rg‘onim,

O‘zbekistonimsan, Temuristonim,

Tojmahallar qurgan Boburistonim,

Yonimda duogo‘y otamsan, Vatan,

Hayot tuhfa qilgan onamsan, Vatan!

Savol va topshiriqlar.

1. Uslubiy bo‘yoqdorlik deganda nimani tushunasiz?

2. Ijobiy bo‘yoqdor so‘zlar tushunchasiga ta’rif bering.

3. Salbiy bo‘yoq beradigan so‘zlarga misollar keltiring.

154-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, bo‘yoqdorlikni ta’minlayotgan

so‘zlarni aniqlang.

Rustam uning ko‘zlariga tik qaradi: – Maktabdagi uchrashuvlarda,

suhbatlarda o‘zingiz tabiatni asrash kerak, hayvonot olamini avaylash zarur, – deb

qancha gapirgansiz. Yana o‘zingiz... Domlaning aytganini qilu qilganini qilma,

ekan-da!?

– Men shunday degan bo‘lsam, –dedi Kamol do‘xtir, –to‘g‘ri aytganman.

Tabiat – bizning boyligimiz, lekin hamma narsa inson uchun. Insondan aziz narsa

yo‘q.

Uning gapini Davron ilib ketdi: –Insondan aziz narsa yo‘q, deb, hamma

narsani bir chekkadan qirib tashlash ham insofdan emas-da!?

Bu gapdan do‘xtirning jahli chiqdi:

Page 131: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Kim hamma narsani qirib tashlayapti?! Buncha bidirlaysan sen jinqarcha!?

Oldinam biron marta ko‘ruvdingmi meni bu yerda?!

Siz bir marta kelsangiz, bu kishi bir marta, yana kimdir, ishqilib hamma bir

martadan kelib ov qilaversa, bu yerda jonivor qoladimi?! Bu voqeaga yigirma yil

bo‘ldi... Hozir u bog‘laru to‘qayzorlar yo‘q. Yovvoyi quyonu tustovuqlarni

Mingbuloq bolalari hatto tanimaydilar. Ikki jo‘ra bolalik yillarini eslab

qolishganda, o‘sha voqea damba-dam yodiga tushaveradi. Bog‘-rog‘lar, tokzorlar,

to‘qayzorlar yo‘q bo‘lib, hayvonlaru parrandalar qirilib ketishiga o‘sha Kamol

do‘xtir, brigadiru militsioner, shularga o‘xshash kimsalar sababchi bo‘lib

ko‘rinaveradi ularga. Yana kim biladi deysiz... (M.Hazratqulov)

6- bob. FRAZEOLOGIY

36-§. FRAZEOLOGIYA HAQIDA MA’LUMOT. FRAZEMA TIL VA

NUTQ BIRLIGI SIFATIDA

Reja:

1. Frazeologizmlar haqida umumiy ma’lumot.

2. Frazeologizmlarning so‘z birikmalaridan farqi.

3. Nutqda frazeologizmlardan foydalanish.

Tayanch iboralar: so‘z birikmasi, erkin bog‘lanish, turg‘un bog‘lanish,

ibora, turg‘un ibora, frazeologizm, frazeologik birlik.

Topshiriq. Yozuvchi Murod Mansurovning “Judolik diyori” asaridan

olingan quyidagi parchani o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan iboraga izoh bering.

Sultonmurod akamning tepa sochi tikka bo‘lib, uning ko‘zlariga qattiq tikildi.

Tilshunoslikda leksemalar o‘rtasidagi ikki xil munosabat farqlanadi.

1. Paradigmatik munosabatlar, ya’ni so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga

ko‘ra turlari. 2. Sintagmatik munosabatlar leksik birliklar o‘rtasidagi o‘zaro

qo‘shnichilik munosabatlariga asoslangan bo‘lib, so‘zlarning ketma-ketlik tamoyili

asosida bir-birlari bilan birikishi asosiga quriladi. Bu jarayonda so‘z qo‘shilmalari

yuzaga keladi: moviy osmon, ko‘m-ko‘k osmon, baland osmon, osmonga uchmoq,

osmonning rangi, burni osmonga ko‘tarilmoq va hokazo. Bunday bog‘lanishlar

son-sanoqsiz bo‘lishi mumkin, ammo ularning har bir amaldagi tilning oltin

qoidalariga – so‘zlarning ma’no va grammatik jihatdan mukammal bog‘lanishiga

rioya qilgan holda yaratiladi hamda nutqda shu holda qo‘llanadi. Yuqoridagi so‘z

qo‘shilmalarida mazkur qoidaga amal qilingan. Osmonning uchmoq (qaratqich-

qaralmish munosabati noto‘g‘ri, osmonga tushmoq (ma’no jihatidan to‘g‘ri emas).

Tilda qo‘llaniladigan so‘z qo‘shilmalarida ikki xil holat kuzatiladi. a) so‘z

qo‘shilmalari: ma’naviyat ildizlari, ma’naviyat va ma’rifat, “Turkiy Guliston yoxud

axloq”, Vatan sarhadlari, yurt jamoli, inson manfaati, Vatanga muhabbat,

yoshlarning kelajagi va shu kabilar. Bunday so‘z qo‘shilmalari nutq jarayonida

tuziladi, ularning qo‘llanilishi so‘zlovchining maqsadi va nutq momentidagi

holatga bog‘liq bo‘ladi. So‘z qo‘shilmalari o‘z navbatida teng hamda erkin

munosabat asosiga quriladi. Teng bog‘lovchilar yoki yordamchi so‘zlar vositasida

Page 132: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

bog‘langan so‘z qo‘shilmalarida teng bog‘lanishni kuzatish mumkin: bakalavr va

magistr, institut hamda universitet, ona bilan bola kabi.

Kelishiklar, ko‘makchilar, ohang va boshqa grammatik vositalar orqali o‘zaro

tobelanish asosida hosil qilingan so‘zlar qo‘shilmasiga so‘z birikmasi deyiladi.

So‘z birikmalarida bosh va ergash so‘z bo‘ladi. Ergash so‘z har doim bosh so‘zni

izohlab, aniqlab, kengaytirib keladi, Masalan, bolajon xalq, bag‘ri keng xalqimiz,

xalq qadriyatlari, xalq tarixi, xalqning o‘tmishi, xalqni boqmoq, xalq to‘g‘risida

qayg‘urmoq kabi so‘z birikmalarida shu holni ko‘rish mumkin.

b) Turg‘un birikmalar. Masalan, adi-badi aytishmoq, aytgani aytgan, arpasini

xom o‘rmoq, barmog‘ini bigiz qilmoq, barmog‘ini tishlamoq, burni ko‘tarilmoq,

ko‘zi moshdek ochilmoq, oq-qorani ajratmoq, o‘pkasini cho‘pga ilmoq va shu

kabi. Odatda ma’nosi bir so‘zga teng keladigan, tilda oldindan taxt holga

keltirilgan, ko‘chma ma’nodagi bunday ajralmas barqaror so‘zlar qo‘shilmasiga

turg‘un birikmalar yoki frazeologizmlar deyiladi. Frazeologizm yunoncha prasis

– ibora va logos – ta’limot so‘zlaridan olingan bo‘lib, ular tilda oldindan yaratilgan

bo‘ladi, nutqqa tayyor holda olib kiriladi va ularning tarkibidagi so‘zlarni

almashtirish mantiqsizlikka olib keladi. Masalan, “Bu gapni eshitib uning tepa

sochi tikka bo‘lib ketdi”, “Qo‘rqqanidan boshidan kapalagi uchib ketdi”, “Nima,

sizning arpangizni xom o‘rdimmi?” gaplari takibida qo‘llangan tepa, kapalagi,

arpa so‘zlarini yon, ninachi, bug‘doy so‘zlariga almashtirishga urinib ko‘ring-chi?

Kutilgan ma’no yuzaga chiqarmikan? Agar shunday bo‘lsa, tushunarsiz gap hosil

qilingan bo‘ladi. Frazeologizmlar yuqoridagi xususiyatlariga ko‘ra so‘z

birikmalaridan keskin farq qiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, erkin birikmalarni

nutq jarayonida tuzish, tarkibidagi so‘zlarni (komponentlarni) ixtiyoriy ravishda

almashtirish, kengaytirish yoki olib tashlash mumkin bo‘ladi, turg‘un birikmalarni

esa bunday qilib bo‘lmaydi. Masalan, nonini tuya qilmoq, ikki oyog‘ini bir etikka

suqmoq, to‘nini teskari kiymoq, ilonning yog‘ini yalagan, og‘ziga talqon solmoq

va shu kabi. Frazeologizmlardan o‘rinli foydalanish nutqqa uslubiy bo‘yoq beradi,

uning ta’sirchanligini oshirish uchun xizmat qiladi. Masalan, sabri tugamoq, hech

narsa yoqmaydi, to‘satdan, zabardast, rosa maqtamoq birikmalari o‘rnida toqati

toq bo‘lmoq, yuragiga qil sig‘maydi, tomdan tarasha tushganday, tog‘ni ursa

talqon qiladigan, ko‘kka ko‘tarmoq frazeologizmlarni qo‘llash nutqning

ta’sirchanligini oshiradi.

Turg‘un iboralar gap ichida qo‘llanganda bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.

“Murodjon tog‘ni ursa talqon qiladigan yigit bo‘lib yetishdi”gapi tarkibidagi

frazeologizm qanday so‘rog‘iga javob bo‘lib, aniqlovchi vazifasini bajarib

kelmoqda.

155-mashq. “Boburnoma”dan olingan “ko‘zlarini tuz tutdi” iborasining

ma’nosi haqida fikrlashing.

Muhammad Do‘st o‘zbakka kirib edi. Filjumla yamon emas edi. Andin ham

ko‘rnamaklik qilib, qochib, Andijonning ko‘hpoyalariga borib, yog‘iyliklar va

fitnalar angiz qildi. Oxir o‘zbak iligiga tushdi. Ko‘zlarini ko‘r qildilar. “Ko‘zlarini

tuz tutti” ning bu ma’nisi bor emish.

Page 133: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

156-mashq. Quyida berilgan ibolarning izohiga diqqat qiling, ular

ishtirokida gaplar tuzing.

So‘z bermaslik 1. Gapirishga imkon bermaslik. 2. Bo‘ysunmaslik.

So‘z ochmoq Gapirishni boshlamoq.

So‘z qotmoq Biron so‘z, gap aytmoq, gapirmoq.

So‘zini yerda qoldirmoq Buyruq yoki iltimosini bajarmaslik.

So‘ziga kirmoq Aytganini qilmoq, maslahat bo‘yicha hararkat qilmoq.

157-mashq. Odil Ikromning she’ridan olingan parcha asosida

shukronalik tuyg‘usi haqida suhbatlashing. She’rda qo‘llangan “tiz

cho‘kmoq”, “danagidan mag‘zi shirin” iboralarining ma’nosini izohlang.

Sajda ayla! Cho‘k muqaddas tuproqqa tiz,

Qoldir ko‘ngil ko‘chasida nurafshon iz.

O‘zligingni qilmoq uchun bir lahza his,

Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

“Bolam” deya, “yurtim” deya kuygan bu el,

Danagidan mag‘zin ustun qo‘ygan bu el,

Millatini, o‘zligini suygan bu el,

Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

Savol va topshiriqlar.

1. Frazeologiya deb nimaga aytiladi.

2. Frazeologik birliklarga misollar ayting.

3. Frazeologik birliklardan foydalanishning amaliy ahamiyati haqida so‘zlab

bering.

158-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni ko‘chiring, iboralarni aniqlab, ularga

izoh bering.

1. Kimki nafs so‘ziga kirib, diyonatini unutsa, iymonini yutsa, el ichra yuzi

qora, o‘zi sharmisor bo‘ladi. (Z.Qirg‘izboyev) 2. Bu so‘zlar ko‘nglimizni tog‘dek

ko‘tardi, yanada faol, mas’uliyatli bo‘lishga undadi. (M.Dadaxo‘jayeva) 3. Yaxshi

emas, Farmonqul aka, nega quyonga o‘xshab o‘z soyangizdan hadiksiraydigan

bo‘lib qoldingiz?! (S.Mahkamov) 4. Chatoq ekan,– dedi karvonboshi, so‘ng ilk bor

tishining oqini ko‘rsatdi. (Murod Muhammad Do‘st) 5. Gap shuki, shu kanal, shu

muhit meni odam qildi. (Said Ahmad)

37-§. FRAZEMALARNING MA’NO XUSUSIYATIGA KO‘RA ASOSIY

BELGILARI VA TURLARI

Reja:

1. Frazeologizmlarning turlari haqida umumiy ma’lumot.

2. Frazeologik butunlik va frazeologik chatishma

Page 134: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

3. Frazeologik omonimiya, sinonimiya va antonimiya.

Tayanch iboralar: frazeologik birlashma, frazeologik qo‘shilma, frazeologik

chatishma, frazema, frazeologik birlik, frazeologik lug‘at.

Topshiriq. Gaplarni o‘qing, frazeologik birliklarni aniqlab, ularning qanday

ma’no anglatayotganini toping.

1. Xolam ketganlaridan keyin qanday qarorga kelishni bilmay, ikki o‘t

orasida qoldim. 2. O‘sha voqeadan keyin ukasi bilan yuz ko‘rmas bo‘lib ketishgan.

3. Omadi chopganidan xursand bo‘lgan Tolibjon o‘rindiqdan joy oldi. 4. Odatda

notanish odam bilan hamroh bo‘linganda gap-gapga qovushishi qiyinroq bo‘ladi.

5. Og‘izga talqon solganday lom-lim demay ketish noqulay. 6. Sen gapni

aylantirma. Bu ishni issig‘ida hal qilmasak keyin kech bo‘ladi. (Nosir Zohid)

Frazeologizmlar til birligi sanalgani bois leksemalar singari o‘zining ifoda va

mazmun planiga ega bo‘ladi. Ularga ifoda planida frazema, mazmun planida

frazesema deyiladi. Masalan, og‘ich ochmoq, til biriktirmoq, dami chiqmaydi,

qo‘li qo‘liga tegmaydi, tili uzun, qo‘li kalta, yulduzni benarvon urmoq, oftobda

qatiq yalashgan, orasidan qil ham o‘tmaydi, misi chiqmoq singari frazemalarning

har bir o‘zining tovush tomoni hamda ma’nosiga ega. Yulduzni benarvon urmoq

epchil, chaqqon; orasidan qil ham o‘tmaydi qalin, yaqin; misi chiqmoq fosh

bo‘lmoq ma’nolarini anglatadi.

Frazeologik birliklar anglatayotgan ma’nosiga ko‘ra ikki turga ajratiladi.

1. Frazeologik butunlik. Ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos bo‘lgan

ma’nolar asosida izohlanadigan va mazkur leksik ma’nolar ifodasi sifatida

gavdalanadigan frazemalarga frazeologik butunlik deyiladi.

Chegaradan chiqmoq, qo‘lini ko‘tarmoq, boshiga ko‘tarmoq, oyog‘iga bosh

qo‘ymoq, qo‘l bermoq, ko‘z urishtirmoq, ko‘z yummoq, ko‘ziga cho‘p solmoq,

boshini bog‘lamoq, boshini bukmoq, og‘ziga urmoq kabi frazemalarni bunga misol

qilib keltirish mumkin.

2. Frazeologik chatishma. Ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos bo‘lgan

ma’nolar asosida izohlanmaydigan va dastlabki ma’nosi unutilgan frazemalarga

frazeologik chatishma deyiladi. Masalan, po‘stagini qoqmoq, yumshoq supurgi

bo‘lmoq, kosasi oqarmaydi, zuvalasi pishiq, taxta-o‘qlog‘ini yig‘ishtirmoq,

tomiriga bolta urmoq, bir qop yong‘oq, ammamning buzog‘i, kalavaning uchini

topmoq, bo‘zchining mokisidek borib-kelmoq va xokazo. Mazkur frazemalarga xos

bo‘lgan ma’no yangi mazmun bilan boyitiladi. Misol uchun po‘stagini qoqmoq

iborasi boplamoq, ammamning buzog‘i bo‘sh-bayov, yumshoq supurgi bo‘lmoq

muloyim ma’nolarini bildiradi.

Frazemalarni qanday komponentlardan tashkil topganiga ko‘ra quyidagi

turlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.

1. Inson va uning tana a’zolari bilan bog‘liq frazeologik birliklar: boshini

ikkita qilmoq, boshi ko‘kka yetmoq, boshiga ko‘tarmoq, boshi aylanmoq, boshida

yong‘oq chaqmoq, boshidan kechirmoq, boshi g‘ovlab ketmoq, bosh qotirmoq,

qo‘lga kirmoq, qo‘lga olmoq, qo‘ldan chiqarmoq, qo‘li tegmoq, yuragini

bo‘shatmoq, yuragidan urmoq, yuragini yormoq, yuragiga g‘ulg‘ula solmoq,

Page 135: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

ko‘zini olib qochmoq, ko‘zini bog‘lamoq, og‘zidan gullamoq, tilini bir qarich

qilmoq, qulog‘ini ushlab ketmoq, bo‘yniga qo‘ymoq, oyog‘ini chakki bosmoq va

shu kabi.

2. Sifat komponentli frazeologik birliklar: oq niyat, oq fotiha, ko‘ngli qora

bo‘lmoq, qorasi o‘chmoq, qora kun, qora yuz, qo‘li ochiq, fe’li keng, orani ochiq

qilmoq va shu kabi.

3. Fe’l komponentli frazeologik birliklar: ko‘ngil bermoq, ona suti og‘ziga

kelmoq, sho‘riga sho‘rva to‘kilmoq, past ketmoq, mum tishlamoq, katta ketmoq,

ko‘zini chalg‘itmoq va hokazo.

Frazeologizmlarda quyidagi hodisalar uchraydi.

1. Frazeologik ko‘p ma’nolilik. Bunda frazeologimlar o‘z va ko‘chma

ma’nolarda qo‘llangan bo‘ladi. Barmog‘ini tishlamoq, bel bog‘lamoq, yelkasiga

minmoq, oyog‘ini uzatmoq, zardasi qaynamoq, izdan chiqmoq kabi iboralarda

yuqoridagi holatni ko‘rish mumkin. Solishtiring: Kichkintoy dadasining yelkasiga

minib oldi//Uning yelkasiga minib oldi.

2. Frazeologik omonimiya. Bu kabi leksik birliklar ikki o‘rinda frazeologik

ma’noda keladi. Masalan: qo‘lga olmoq (o‘zini qo‘lga olmoq, dushmanni qo‘lga

olmoq), boshiga ko‘tarmoq (onasini boshiga ko‘tarmoq; kasallikdan boshini

ko‘tarmoq, haqsizlikka qarshi bosh ko‘tarmoq), ko‘z yummoq (kamchiliklardan

ko‘z yummoq, dunyodan ko‘z yummoq) kabi.

3. Frazeologik sinonimiya. Shaklan turlicha, lekin ma’nolari bir-biriga yaqin

keladigan frazemalarga frazeologik sinonimiya deyiladi. Masalan: so‘zida turmoq,

gapida turmoq, lafzida turmoq; asabiga tegmoq, g‘ashiga tegmoq, jig‘iga tegmoq;

aqli kirmoq, esini tanimoq; boshdan-oyoq, ipidan ignasigacha va shu kabi.

4. Frazeologik antonimiya. Bir-biriga qrama-qarshi ma’noli frazemalarga

frazeologik antonimiya deyiladi. Og‘zi qulog‘ida – qovog‘idan qor yog‘adi;

yulduzni benarvon uradigan – qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan, dimog‘i chog‘

bo‘lmoq – ko‘ngli xufton bo‘lmoq, ko‘kka ko‘tarmoq – yerga urmoq singari.

Frazemalar nutqqa ijobiy yoki salbiy uslubiy bo‘yoq baxsh etadi. Bu esa o‘z-

o‘zidan nutqning jozibali, ta’sirchan chiqishini ta’minlaydi.

159-mashq. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasida ishlatilgan

iboralarni toping va ular qanday ma’nolarni anglatayotganini aniqlang.

Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi. Kechqurun Qobil bobo aminning oldiga

boradigan bo‘ldi. Quruq qoshiq og‘iz yirtadi, aminga qancha pul olib borsa

bo‘ladi? Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz. Chol-kampir kengashib

shunday qarorga kelishdi: bu chiqim oxirgi va ho‘kizni bo‘ynidan bog‘lab

beradigan chiqim, shuning uchun pulning yuziga qarash aqldan emas...

Sakkizinchi kuni Qobil bobo yana aminning oldiga bordi. Aminning tepa sochi

tikka bo‘ldi.

– Ha, ho‘kizni uylariga eltib berilsinmi?! Axir, borilisin, arz qilinsin-da!

Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo‘ladi!

160-mashq. Quyida berilgan iboralarning ma’nosiga diqqat qiling va

ular ishtirokida gaplar tuzing.

Page 136: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Og‘zining suvi keldi – Havasi keldi; yegisi, ichgisi keldi.

Sirkasi suv ko‘tarmaydigan – Gap ko‘tarmaydigan; ta’bi nozik odam.

Suv qilib ichmoq – 1. Zimdan o‘zlashtirmoq, o‘zlashtirib, gumdon, yo‘q

qilmoq. 2. Miridan sirigacha puxta egallamoq, besh qo‘ldek bilib, yodlab olmoq.

Suv quygandek tinch (jimjit) – Churq etgan ovoz yo‘q, jimjit.

Suvga oqizmoq –Buhudaga ketkizmoq, sovurmoq, shamolga uchirmoq.

Suvga tushgan nondek bo‘shashmoq – Juda ham bo‘shashib ketmoq, hovridan

tushmoq.

Tushini suvga aytmoq – Bekor aytmoq, bo‘lmagan gap, aslo unday emas.

161-mashq. Saida Zunnunovaning quyidagi she’rini o‘qing. Unda

ishlatilgan “boshi toshdan bo‘lsin”, “tosh yurak” iboralarining ma’nosini

izohlang.

Buvilar duoga qo‘llarin ochib:

“Boshi toshdan bo‘lsin”, – der jigarlarin.

Buvalar yelkaga ortib, opichib:

“Boshi toshdan bo‘lsin”, – der jigarlarin.

Aziz buvijonlar, aziz buvalar,

Yodingizda bo‘lsin yana bir tilak.

Boshi toshdan bo‘lsin jigaringizning,

Ammo tosh bo‘lmasin ko‘ksida yurak.

Savol va topshiriqlar.

1. Frazeologik birliklarning turlari haqida gapirib bering.

2. Frazeologik birlashmaga misollar ayting.

3. Frazeologik qo‘shilmaga misollar ayting

4. Frazeologik chatishmaga misollar ayting.

162-mashq. Uyga vazifa. Sh.Rahmatullayevning “O‘zbek tilining izohli

lug‘ati”dan olingan quyidagi frazeologik iboralarning ma’nolariga e’tibor

bering va ular ishtirokida gaplar tuzing.

1.Miridan sirigacha – Butun tafsiloti balan, mayda-chuydasigacha, batafsil.

Sinonimi: ipidan ignasigacha; qilidan quyrug‘igacha. O‘xshashi: boshdan oyoq.

2. Misi chiqdi – Soxtaligi, yolg‘onligi fosh bo‘ldi.

3.Qo‘li baland keldi – Raqobatda, musobaqada yutadigan mavqeda bo‘lmoq.

7- bob. LEKSIKOGRAFIYA

38-§. LEKSIKOGRAFIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.

LUG‘ATLAR VA ULARNING TIPLARI

Reja:

1. Leksikografiya haqida umumiy ma’lumot.

Page 137: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

2. O‘zbek lug‘atshunosligi tarixi haqida.

3. Ensiklopedik lug‘atlar.

4. Lingvistik lug‘atlar.

5. Tarjima lug‘atlar.

6. Lug‘atlarning ahamiyati.

Tayanch iboralar: leksikografiya, lingvistik lug‘at, ensiklopediya, sinonimlar

lug‘ati, ensiklopedik lug‘at, omonimlar lug‘ati, imlo lug‘ati, izohli lug‘atlar,

frazeologik lug‘atlar, tarixiy lug‘atlar, dialektologik lug‘atlar, ikki tilli lug‘atlar.

Topshiriq. X. Jabborovning “Dehqonchilik so‘zlarining izohli lug‘ati” dan

olingan so‘zlar izohiga e’tibor bering. Ushbu kitobning qanday lug‘at turiga

kirishini aniqlang.

BOSVOLDI Sirti silliq, taram-taram to‘rlari bor (bir yo‘li ko‘k, bir yo‘li

sariq) seret, pishganda yumshoq ketadigan, terisi qalin, o‘rtapishar qovun navi.

GULOB [gul + forscha-tojikcha ob – suv] 1. Tok novdasidan unib chiqqan

shoxlardagi uzumlar gulga kirganda, beriladigan suv, sug‘orish turi. 2. Atirgul

bargidan maxsus usulda olinadigan suv.

SHINNI Uzum, tut va boshqa mevalar, tarvuz shirasini qaynatib

tayyorlanadigan qiyom. Uzum shinnisi.

Har bir tilda muayyan so‘zlar zaxirasi mavjud bo‘ladi va unga shu tilning

lug‘at boyligi deyiladi. Insonlar bu boylikni keyingi avlodlarga qoldirish ustida

azal-azaldan bosh qotirib kelishgan. Uzoq davrlar mobaynida bu jarayon og‘zaki

nutq orqali bajarilgan. Yozuvning kashf etilishi bu boradagi ishlarni osonlashtirdi.

Har bir tilda so‘zlarni yozib qoldirish imkoniyati paydo bo‘ldi va tilshunoslikning

leksikografiya (lug‘atshunoslik) sohasi rivoj topdi.

LEKSIKOGRAFIYA yunoncha lexikos – lug‘at + grapho – yozaman

so‘zlaridan olingan bo‘lib, lug‘at tuzish nazariyasi va lug‘at tuzish ishi;

lug‘atshunoslik, lug‘atchilik degan ma’nolarni bildiradi. Lug‘atdagi so‘zlar,

odatda, amaldagi alfavit tartibida joylashtiriladi. Ba’zi bir hollarda muallifning

maqsadiga ko‘ra mavzuiy (tematik) lug‘atlar ham yaratilishi mumkin.

Leksikografiyada lug‘at tuzish tamoyillari va metodikasi ishlab chiqiladi,

lug‘at turlari belgilanadi, lug‘at tuzish uchun asos bo‘ladigan so‘zlarning kartoteka

jamg‘armasi va lug‘atning so‘zligi yaratiladi, lug‘atchilik tarixi o‘rganiladi, lug‘at

tuzish bilan shug‘ullaniladi.

Lug‘atlar juda katta amaliy ahamiyatga ega manbalar sanaladi. Ular o‘zida

ilm-fan, texnika, madaniyat va san’at taraqqiyotini aks ettirish bilan birga xalqning

bu sohadagi talablarini qondirish vazifasini ham bajaradi. Shunga ko‘ra lug‘atlar

qimmatli madaniy boylik, o‘ziga xos ma’naviy xazina vazifasini bajaradi.

Lug‘atlar nutq madaniyati, so‘zlarning ma’nolarini aniq tushunish va ularni nutqda

to‘g‘ri qo‘llash, og‘zaki va yozma savodxonlikka erishishning asosi sanaladi.

O‘zbek tili leksikografiyasi (lug‘atshunosligi) ning tarixi olis zamonlarga

borib taqaladi. XI asrda yashagan buyuk tilshunos Mahmud Koshg‘ariy turkiy

tillar, jumladan, o‘zbek tili lug‘atshunosligiga asos solib ketgan allomalardan

biridir. Uning “Devonu lug‘otit-turk” (1073-1074) asari dunyo tilshunosligida

Page 138: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

noyob manba sifatida qadrlanadi. Unda Chin (Xitoy Xalq Respublikasi) dan tortib

to Rum (Istambul)ga qadar bo‘lgan ulkan hududda istiqomat qilgan 20 dan ortiq

turkiy qabilalar, urug‘lar, elatlar va ularning tilida uchrovchi so‘zlar haqida gap

boradi, maqollar, matallar, ertaklar, qo‘shiqlar, afsonalardan namunalar keltiriladi.

Lug‘atning bizgacha bitta qo‘lyozmasi yetib kelgan. Bu qo‘lyozma kotibning

ta’kidlashicha, Mahmud Koshg‘ariyning o‘z qo‘li bilan yozilgan nusxadan

ko‘chirilgan bo‘lib, 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan va

hozirda Istambulda saqlanmoqda. “Devonu lug‘otit-turk” arab tilidan nemis,

usmonli turk va o‘zbek tillariga tarjima qilingan.

Lug‘atda keltirilgan qish, til, men, kumush, tun, qirq, berk kabi so‘zlar

bugungi kunda ham shu ma’noda qo‘llaniladi. Shuningdek, asarda alimg‘a (shoh

maktublarini turk xati bilan yozuvchi kotib), basut (yordam), pusug‘ (pistirma),

bilik (ilm, bilim; hikmat), bitik (kitob), budun (xalq, omma) singari iste’moldan

chiqib ketgan minglab so‘zlar haqida ham noyob ma’lumotlar beriladi.

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asaridan keyin o‘zbek tilida

“Muqaddimat ul-adab” (1137), “Kitob ul-idrok li-lisanul atrak” (1312),

“Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turkiya” (XIII asr) kabi lug‘atlar yaratildi.

“Muqaddimat ul-adab" (1137) Mahmud az-Zamaxshariy tomonidan

Xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag‘ishlab yozilgan. Asar besh

qismdan iborat bo‘lib, unda otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, ot o‘zgartishlari va fe’l

o‘zgartishlari haqida gap yuritiladi. Asar usmonli turk tili, fransuz va nemis

tillariga ham tarjima qilingan.

Muallifi noma’lum bo‘lgan “Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turkiya” (“Turkiy

til haqida noyob tuhfa”) asari XIII asrning oxirlarida yozilgan. Lug‘atda qipchoq

lahjasiga oid bo‘lgan so‘zlar berilgan.

Eski o‘zbek adabiy tili asoschisi Alisher Navoiyning ijodi nafaqat mumtoz

adabiyotimiz va tilimiz tarixini, balki o‘zbek lug‘atshunosligini ham yangi sifat

bosqichiga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shoir asarlarini o‘rganish

maqsadida ko‘plab lug‘atlar tuzildi. Shulardan biri “Badoye ul-lug‘at” deb

nomlanadi. Bu lug‘at XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida Sulton

Husaynning topshirig‘iga binoan hirotlik Tole Hiraviy tomonidan tuzilgan. U

“O‘zbekcha-forscha lug‘at” ko‘rinishida bo‘lib, mingga yaqin so‘z va iborani o‘z

ichiga oladi. Lug‘atda ta’kidlanishicha, unda Alisher Navoiy she’riyati tilini

izohlash maqsad qilingan.

Shunday lug‘atlardan yana biri “Abushqa” (XVI) (Chig‘atoycha-turkcha

izohli lug‘at) dir. Bu asarning ham muallifi noma’lum. Lug‘at Alisher Navoiy

asarlari leksikasini izohlashga asoslangan.

Fazlulloxonning “Lug‘ati turki” (Chig‘atoycha-forscha lug‘at), Muhammad

Yoqub Chingiyning “Kelurnoma” (Chig‘atoycha-forscha lug‘at), Mahdixonnning

“Sanglah”, Shayx Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoy va turki usmoniy”

kabi asarlari o‘zbek lug‘atshunosligining noyob manbalari sanaladi.

XX asrda ilm-fan va texnikaning rivojlanishi lug‘atshunoslikning keng

ko‘lamda taraqqiy etishiga yo‘l ochib berdi. O‘zbek tilida sohalararo yuzlab

lug‘atlar yaratildi va bu ezgu ish hamon davom etmoqda.

Lug‘atlar ko‘zlangan maqsadiga ko‘ra ikki tipga bo‘linadi: ensiklopedik

(qomusiy) lug‘atlar va lingvistik (filologik) lug‘atlar.

Page 139: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Ensiklopedik lug‘atlar ilm-fan, texnika, xalq xo‘jaligi, ijtimoiy hayotning

muayyan sohasiga oid bo‘lgan barcha so‘zlar va tushunchalar o‘z ichiga qamrab

oldadi. Ularda asosiy e’tibor so‘zga emas, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar,

tarixiy voqealar, buyuk shaxslar, ilm-fandagi kashfiyotlar, davlatlar, shaharlar va

shu kabilarga qaratiladi. “Uy-ro‘zg‘or ensiklopediyasi”, “Salomatlik

ensiklopediyasi”, “Toshkent ensiklopediya- si” kabi lug‘atlarni bunga misol qilib

olish mumkin. Qomusiy lug‘atlarni yaratish uzoq davom etadigan va mashaqqatli

ishlardan biri sanaladi.

Lingvistik lug‘atlarda berilgan so‘zlar tilshunoslik nuqtai nazardan izohlanadi.

Ularda so‘z ma’nolari, imlosi, talaffuzi e’tiborga olinadi.

Ular bir tilli va ikki tilli bo‘ladi. Bir tilli lingvistik lug‘atlarda so‘z va iboralar

bir tilda izohlanadi. Sinonimlar lug‘ati, omonimlar lug‘ati, imlo lug‘atlari,

dialektologik lug‘atlar, izohli lug‘atlar, frazeologik lug‘atlar, tarixiy lug‘atlar bir

tilli lug‘atlar sanaladi. Masalan, besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”

(Toshkent: “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2006-

2008 yillar), Islom Ensiklopediyasi. A-X (Toshkent: “O‘zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2004), B.Jo‘rayevaning “O‘zbek xalq

maqollarining qisqacha sinonimik lug‘ati” (Toshkent: Fan, 2007), N.Mahmudov,

D. Xudoyberganovaning “O‘zbek tili o‘xshatishlarining izohli lug‘ati” (Toshkent:

Ma’naviyat, 2013), Sh.Rahmatullayevning “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. 3

jild (Toshkent: Universitet, 2009), N.Mirzayevning “O‘zbek tili

etnografizmlarining izohli lug‘ati” (Toshkent: Fan, 1991), T.Nafasovning

“Qashqadaryo xalq so‘zlari lug‘ati” (Toshkent: Muharrir, 2011), B.To‘ychiboyev

va Q.Qashqirlining “Zominning til qomusi” (Toshkent: Akademnashr, 2012),

T.Nu’monovning “Polizchilik atamalarining izohli lug‘ati” (Tosheknt:

O‘qituvchi,1991) kabi lug‘atlar bir tilli lug‘atlarga misol bo‘la oladi.

Ikki tilli lug‘atlar tarjima lug‘atlari bo‘lib, ular boshqa tildagi so‘z va

iboralarni ikkinchi bir tilga yoki aksincha, tarjima qilish uchun xizmat qiladi.

Bunday tipdagi lug‘atlar chet tillarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekcha-inglizcha, o‘zbekcha-ruscha, o‘zbekcha-xitoycha; inglizcha-o‘zbekcha,

ruscha-o‘zbekcha, fransuzcha-o‘zbekcha lug‘atlarni ikki tilli lug‘atlarga misol qilib

olish mumkin. Lug‘atshunoslikda uch tilli, besh tilli, o‘n tilli lug‘atlar ham

yaratilgan. O‘zbek tilida o‘zbekcha-inglizcha-nemischa,fransuzcha-arabcha-

forscha-ruscha sakkiz tilli lug‘at mavjud.

Globallashuv jarayonlari va ta’lim-tarbiya tizimining taraqqiyoti tufayli

lug‘atlarning yangi ko‘rinishlar: elektron shakllari, audio lug‘atlar, multimediali

lug‘atlar yuzaga kelmoqda.

163-mashq. Ushbu parcha kimning, qaysi asaridan olingan? Bu asar

haqida gapirib bering.

“Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlarning

shaharlari, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, ularning eng go‘zal

so‘zlari va hikmatlarini to‘pladim, turli xil lug‘at xususiyatlarini o‘rganib, aniqlab

chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki bu tillardagi har bir

kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim. Bo‘lmasa, men tilda ularning eng

yetuklaridan, eng katta mutaxassislaridan, xushfahmlaridan, eski qabilalaridan,

Page 140: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

jang ishlarida usta nayzadorlaridan edim. Ularga shuncha diqqat qildimki, turklar,

turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar va qirg‘iz qabilarining tillari butunlay

dilimga jo bo‘ldi. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim”.

164-mashq. Z.Xolmonova, D.Toshevalarning “Zoonim komponentli

paremalarning izohli lug‘ati” dan olingan misollarga e’tibor bering. Lug‘at

maqolasining tuzilishini izohlang.

Jo‘jani kuzda sana.

Erta bahorda yoki yozda tuxum yorib chiqqan jo‘jalar turli sabablarga ko‘ra

nobud bo‘ladi. Kuzgacha sog‘-salomat yetib kelganlari esa ancha ulg‘ayib qoladi

va o‘zini bemalol eplay oladi. Shu ma’noda xalq o‘rtasida jo‘janing kuzga yetib

kelgani hisob-kitob qilinadi. Majoziy ma’noda esa hali oxiri noma’lum ishning

ortidan maqtanadigan, boshlamagan ishning foydasini ko‘zlaydigan insonlar

mazkur maqol orqali ogohlantiriladi.

165-mashq. Iqbol Mirzoning “Atrofga boq” she’ridan olingan parchani

o‘qing, undagi g‘oya haqida suhbatlashing. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan

“niqob”, “xitob”, “g‘ofil” so‘zlariniing izohini toping va daftaringizga

ko‘chirib yozing.

Dunyo bugun boshqa dunyo, niqobi turli,

Ko‘nglidagi gapi turli, xitobi turli,

Yuragingni uyg‘ot, do‘stim, qalbingni uyg‘ot,

G‘ofillarning rohati yo‘q, azobi turli.

Bu kurashda o‘z o‘rningni tanladingmi, hey!

O‘zliging va kimligingni angladingmi, hey?!

Savol va topshiriqlar.

1. Leksikografiya deb nimaga aytiladi?

2. Ensiklopedik va lingvistik lug‘atlarning farqi nimada?

3. Ensiklopedik lug‘atlarga misollar keltiring.

4. Lingvistik lug‘atlar necha xil bo‘ladi?

5. O‘zbek tilidagi lingvistik lug‘atlarga misollar keltiring.

6. Tarjima lug‘atlari haqida ma’lumot bering.

166-mashq. Uyga vazifa. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning izohlarini

toping. Ularning izohi qanday lug‘atlarda berilishini toping.

Mana bu giyohni yovshan deydilar, u tandirda yoqilsa, olovi o‘tkir, yopilgan

nonni tez va soz pishiradi. Buning ustiga yovshan olovi taftida yopilgan non

xushta’m va xushbo‘y bo‘ladi. Buni o‘zing ham bilasan-ku, oying ham non

yopadi-ku!

Manavi pakana, chiroyli safargulli giyohni chetik deyishadi. Uning do‘lanaga

o‘xshash xushta’m mevasini quritib, choy o‘rnida damlab ichishadi. Yantoqni

bilasan, tikanli. Yantoq ko‘p joyda asalari boqishadi. Asali mazali, rangi oqishroq

Page 141: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

bo‘ladi. Bu juda beor o‘simlik, suvsiz joyda ham o‘saveradi, negaki, uning ildizi

yigirma metrlar chamasi chuqurga ketadi. U tuyaning sevimli ozuqasi. Manavinisi

zira. Buni quritib ovqatga solinsa, mazali qiladi. (Nosir Fozilov)

8- bob. MORFEMIKA

39-§.MORFEMIKA VA MORFEMA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.

MORFEMA VA UNING TURLARI. O‘ZAK MORFEMA

Reja:

1. Morfemika (so‘z tarkibi) haqida umumiy ma’lumot.

2. Morfemalarning turlari. O‘zak morfema.

3. Ko‘makchi morfema va uning so‘z tarkibidagi tutgan o‘rni.

Tayanch iboralar: morfema, so‘z tarkibi, o‘zak morfema, yetakchi morfema,

asos, ko‘makchi morfema, tub ma’noli qism, agglyutinativ til.

1-topshiriq. Gapni o‘qing, tagiga chizilgan so‘zlarni morfemalarga ajratib,

ularga izoh bering. Birovning yolg‘onchiligi mashhur bo‘lib qolgach, har qancha

chin gapirsa ham, unga ishonmaydigan bo‘lib qoladilar. (Alisher Navoiy)

2-topshiriq. Lovullamoq, tinchliksevar, osoyishtalikka, limonzorga,

baliqpazning, bahorgi, bolajonlardan so‘zlarini tarkibga ajrating, morfemalarga

ta’rif bering.

Alisher Navoiyda “Ma’dani inson guhari so‘zdurur, Gulshani odam samari

so‘zdurur” degan ibora bor. Bu hozirgi tilimizda “So‘z insoniyatning qimmatbaho

gavhar konidir, Odamizot chamanining mevasi ham so‘zdir” degan ma’noni

bildiradi. So‘zning qudrati, inson hayotidagi betakror o‘rni shu bilan o‘lchanadiki,

ular insonlarni bir-biriga bog‘laydi va muomala-munosabatlar jarayonida “ko‘prik”

vazifasini o‘taydi. Bu jarayonda so‘zlovchi tildagi so‘zlardan keraklisini tanlab

oladi va o‘z nutqida ishlatadi. Masalan, yurtimizda bo‘layotgan bugungi

o‘zgarishlar haqida gapirgan inson bunyodkorlik, yaratuvchanlik, shaharsozlik,

zamonaviy, uy-joy, qurmoq, barpo etmoq kabi so‘zlardan foydalanishi tabiiy.

Mazkur so‘zlar ishtirokida “Yurtimizdagi har bir bino va inshoot zamonaviy

shaharsozlik andozalari asosida bunyod etilmoqda” qabilida gap tuzib, undagi

shaharsozlik so‘ziga e’tibor beraylik. Mazkur so‘z tilimizda shaharlik, shaharlar,

shaharcha, shahri, shahrimizdan, shahrimizning, shahrimizga va hokazo shakllarda

uchraydi. Ko‘rinadiki, shahar so‘zi so‘z yasovchi -lik, sintaktik shakl yasovchi

-ning, lug‘aviy shakl yasovchi -cha qo‘shimchalari bilan birgalikda ishlatilishi

mumkin. Nutq talabiga ko‘ra qo‘llanilayotgan qo‘shimcha o‘rnida boshqasini

ishlatmoqchi bo‘lsak, meyor buziladi, gapda mantiqsizlik yuzaga keladi. Masalan,

shaharsozlik so‘zi tarkibida kelayotgan -soz qo‘shimchasi o‘rnida -boz, -do‘z, -bon

qo‘shimchalarini qo‘llab bo‘lmaydi: shaharbozlik, shahardo‘zlik, shaharbonlik

kabi yoki uni bozlikshahar, do‘zshaharlik, likshaharbon ko‘rinishida qo‘llash sira

mumkin emas.

Page 142: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

So‘zlash jarayoni muayyan lisoniy tizim – tilning o‘ziga xos ichki

qonuniyatlari asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda so‘zlarni tarkibiy qismlarga

bo‘lish, asos va qo‘shimchalarni ajratish, ularning bir-biriga birikish

qonuniyatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, har bir so‘z tarkibiy

qismlarga, ya’ni morfemalarga ajratiladi.

Morfema yunoncha morphe – shakl so‘zidan olingan bo‘lib, o‘z ma’nosiga

ega bo‘lgan, boshqa ma’noli qismlarga bo‘linmaydigan eng kichik til birligi

sanaladi.

Morfemalar haqidagi ta’limot morfemikada o‘rganiladi. Morfemalar yetakchi

(asos) va ko‘makchi (qo‘shimcha) morfemalarga ajraladi. Masalan, kitob so‘zi

asosida kitob+xon, kitob+xon+lik, kitob+ga, kitob+ning, kitob+se+var+lar,

kitob+cha kabi so‘zlar hosil qilinadi.

So‘zning tub ma’noli qismini bildirib, boshqa ma’noli qismlarga

ajralmaydigan bo‘lakka asos deyiladi. Yuqoridagi so‘zlarning asosi kitob shakli

sanaladi.

Tilda so‘zlar asosan o‘zak shaklida uchraydi. Ilm, qalam, ish, tosh, uzum,

mard kabi. Nutq talabi bilan ularga turli-tuman grammatik vositalar qo‘shiladi:

ilmparvar, ilmsiz, ilmiy, ilmli, ilmga, ilmdan; qalamdon, qalamli, qalamsiz,

qalamkash, qalamning; ishchi, ishsiz, beish, ishchan, ishsizlik; toshloq, toshli,

toshcha, toshdan, toshni; uzumzor, uzumli, uzumni, uzumning, uzumga, mardlar,

nomard, mardona, mardlarga kabi. Morfemik jihatdan o‘zak asosga to‘g‘ri

keladi. Qo‘shimchalar o‘zakka qo‘shilib, undan so‘ng ma’no tarmoqlanishi ro‘y

beradi. Qalam – o‘quv quroli, qalamga – yo‘nalishni anglatmoqda, qalamdon –

qalam solish uchun mo‘ljallangan quti, qalamkash – shaxs nomi va hokazo.

Odatda, o‘zak (asos) qism o‘zgarmaydi, shu holaticha ma’no anglatadi. Tabiat, til,

dor, gilam kabi. So‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan ma’no butunlay o‘zgarib

ketadi: tabiatshunos, tilchi, dorboz, gilamdo‘z singari. Shunga ko‘ra o‘zak yetakchi

qism (yetakchi morfema) deb ham yuritiladi. Solishtiring: o‘rinli, o‘rinsiz,

o‘rindosh, o‘rindoshlik, noo‘rin, beo‘rin kabi. Qo‘shimchalarning asos qismga

qo‘shilishi ketma-ketlik asosida ro‘y beradi. Avval so‘z yasovchi qo‘shimchalar,

so‘ng lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar, oxirida sintaktik shakl yasovchi

qo‘shimchalar keladi: shahar+lik+lar+ga kabi.

Bir asosdan yasalgan so‘zlarga asosdosh so‘zlar deyiladi. Bunga suv+chi,

suv+chilik, ser+suv, suv+don, suv+siz, suv+siz+lik kabi so‘zlar bunga misol bo‘la

oladi.

Asosga qo‘shilib, unga leksik va grammatik ma’nolarni yuklab keladigan

qismning umumiy nomiga ko‘makchi morfema deyiladi.

O‘zbek tili agglyutinativ tillar sirasiga kirganligi bois qo‘shimchalar asosan

asosdan so‘ng qo‘shilib keladi: boshliq, boshsiz, boshcha kabi. Ba’zi bir hollarda

qo‘shimchalar asosdan oldin kelishi mumkin. No+xolis, no+qulay, ba+savlat,

ba+davlat, ser+o‘t, ser+suv, be+farosat, be+xosiyat kabi. Asosga har ikki

tomondan qo‘shimchalarning qo‘shilishi holatlari ham uchraydi: ser+suv+lik,

no+mard+lik, ba+davlat+lik singari.

167-mashq. B.To‘ychiboyev va Q.Qashqirlining “Zominning til qomusi”

kitobidan olingan parchani o‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni asos va

qo‘shimchalarga ajrating.

Page 143: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

“Vatan bo‘sag‘adan boshlanadi”, – deydi donolar. Bo‘sag‘ani bilmagan, uni

sevmagan odam Vatanini bilmaydi va sevmaydi. Vatanini anglamagan ne bois

yashaganini bilmay o‘tadi. Anglamaslik beparvolikni, beparvolik loqaydlikni,

loqaydlik manqurtlikni tug‘diradi.

Inson borki, ota makon tushunchasiga befarq emas. Zero, “Vatanga bosh

qo‘ymay turib, Jon ham taslim qilmas emish”,-deydi mashoyixlar.

168-mashq. Fido so‘zi asosida yasalgan so‘zlarning izohlariga e’tibor

bering va ular ishtirokida gaplar tuzing.

FIDO [arabcha – qutulish, qutultirish; tavon, evaz; qurbolik, qurbon berish,

fido bo‘lish] Biror kimsa, narsa yoki g‘oya uchun o‘zini bag‘ishlash, baxshida,

qurbon qilish.

FIDOYI [arabcha – o‘z jonini qurbon qiluvchi] 1 Biror kimsa, narsa yoki

g‘oyaga astoydil berilgan va ular uchun jondan kechishga ham tayyor, sodiq.

2 Ko‘ngilli, o‘z ixtiyori bilan kelgan askar.

FIDOYILIK O‘z tanlagan yo‘li, maslagi, g‘oyasiga, kasbu koriga yoki biror

kimsaga sodiqlik, o‘zini baxshida etish.

FIDOKOR [arabcha +forscha – o‘z jonini qurbon qiluvchi, fidoyi] Biror

kimsa, narsa yoki e’tiqod uchun o‘z jonini qurbon qiladigan; cheksiz sadoqatli,

fidoyi.

FIDOKORLIK 1 O‘z ishi, kasb-kori, maslagi, e’tiqodiga yoki biror kimsaga

o‘ta berilganlik, o‘ta sodiqlik. 2 Butun borlig‘i bilan berilib ishlashlik, jonbozlik.

FIDOKORONA [arabcha+forscha – jonini fido qilgan holda, jonbozlik

ko‘rasatib] Jonini fido qilib butun borlig‘i bilan, sadoqat bilan, berilib.

169-mashq. She’rni o‘qing, siz ham kitobga do‘st tutinganmisiz? Ajratib

ko‘rsatilgan so‘zlarni asos va qo‘shimchalarga ajrating. Yasama so‘zlarni

toping.

KITOB DO‘KONIDA

U kitobni varaqlab, Saralab saylagani,

Bu kitobni varaqlab. Sal kam bir qop, kam emas.

Tanlayverdi tinimsiz Bolakay mamnun, yana

Ko‘zida nur charaqlab. Jilmayar do‘kondor ham.

Qiyin bo‘ldi ozgina,

Gal kelganda to‘lovga.

Yangigina telpagin

Qo‘yib ketdi garovga. (Sodiqjon Inoyatov)

Savol va topshiriqlar.

1. Morfema deb nimaga aytiladi?

2. Morfemika tilshunoslikning qanday bo‘limi sanaladi?

Page 144: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

3. Morfemalar qanday turlarga bo‘linadi?

4. Yetakchi morfema deb qanday morfemalarga aytiladi?

5. Ko‘makchi morfemalarga ta’rif bering.

170-mashq. Uyga vazifa. O‘zbekistonga mehmon bo‘lib kelgan Buyuk

Britaniya davlatining fuqarosi Richard Xarvining quyidagi fikrlarini o‘qing,

yurtimizning tarovati, beqiyos go‘zalliklari haqida fikrlashing. Ajratib

ko‘rsatilgan so‘zlarni tarkibiga ko‘ra tahlil qiling.

Kasbim taqozosiga ko‘ra, juda ko‘p mamlakatlarda bo‘lganman, manaman

degan shaharlarni tomosha qilganman. Ularning har biri o‘ziga xos va maftunkor.

Ammo, O‘zbekistonning jozibasi, yurtingiz aholisining bir-biriga munosabati

boshqacha ekan.

Qayerda, tinchlik-osoyishtalik hukmron, odamlar esa hayotdan mamnun va

rozi bo‘lsa, o‘sha yerda rivojlanishga, har tomonlama taraqqiyotga erishiladi. Shu

ma’noda O‘zbekistondagi osuda hayot, qo‘lga kiritilayotgan yuksak marralarga har

qancha havas qilsa arziydi.

40-§. AFFIKSAL (QO‘SHIMCHA) MORFEMA VA ULARNING

TURLARI

Reja:

1.Affiksal (qo‘shimcha) morfema haqida umumiy ma’lumot.

2. So‘z yasovchi morfemalar.

3. So‘z shakli yasovchi morfemalar va ularning turlari.

4. So‘z yasovchi morfemalarda shakldoshlik, ma’nodoshlik, zid ma’nolilik

hodisalari.

Tayanch iboralar: morfema, affiksal morfema, qo‘shimcha morfema, so‘z

yasalishi, so‘z yasovchi morfema, so‘z shakli yasovchi morfema, lug‘aviy shakl

yasovchi morfema, sintaktik shakl yasovchi morfema, suffiks, affiks, old

qo‘shimcha.

1-topshiriq. Berilgan gapni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni asos va

qo‘shimchalarga ajrating. Yurtimizda bog‘dorchilikning rivojlanishi, ayniqsa,

intensiv bog‘larning barpo etilishi xalqimiz dasturxonini qishin-yozin mevalar

bilan to‘ldirish barobarida mevachilikni yangi bosqichga olib chiqdi.

(B.Muhammadiyev)

2-topshiriq. -chi, -lik, -chilik qo‘shimchalari yordamida so‘zlar yasang va

ulardagi o‘zgarishlarga e’tibor bering.

Hayot hamisha oldinga qarab harakatlanadi. Bu jarayonda insoniyat har doim

yashab qolish uchun kurashadi va buning natijasida uning turmush tarzida,

tafakkurida tinimsiz evrilishlar, o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi. Ishlab chiqarish,

ish qurollari, narsa-buyumlar, yeb-ichishda zamon bilan bog‘liq yangiliklar yuzaga

keladi. Bular o‘z navbatida tilda zuhr berib boradi: yangi nomlar, atamalar paydo

Page 145: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

bo‘ladi. Masalan, Mustaqillikka erishilgandan keyin ijtimoiy hayotimizda sodir

bo‘lgan o‘zgarishlarni ifodalash maqsadida tilimizda tadbirkor, tadbirkorlik,

hadisshunos, raqobatbardosh, mulkdor singari so‘zlar qo‘llanila boshlandi.

Mazkur so‘zlar sun’iy ravishda hosil qilingani yo‘q. Bungacha ham tilimizda

tadbir, hadis, raqobat, bardosh, mulk degan so‘zlar mavjud edi. Bu so‘zlarga

qo‘shimchalar qo‘shish yoki so‘zlarni o‘zaro biriktirish yordamida ularning

ma’nosida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Globallashuv natijasida rus va yevropa

tillaridan modernizatsiya, paynet, internet, kompyuter, skaner, SMS kabi behisob

so‘zlar o‘zlashdi. Bu holat tilda qonuniy hodisa sanaladi. Agar hayotimizda

yuzaga kelgan har bir yangi narsaga nisbatan alohida so‘z qo‘llaydigan bo‘lsak,

tilda so‘zlarning tasavvur qilib bo‘lmas darajada ulkan zaxirasi paydo bo‘lib,

pirovard natijada ota-ona va farzand o‘rtasida ham anglashilmovchiliklar kelib

chiqish ehtimoli vujudga kelgan bo‘lardi.

Tilning imkoniyatlari shu qadar kengki, ko‘p bo‘lmagan vositalar yordamida

son-sanoqsiz tushunchalarni, tuganmas axborotlarni ifodalash mumkin. Yangi

tushunchalarni ifodalash uchun tilda ilgari mavjud bo‘lgan so‘zlarga qo‘shimchalar

qo‘shish orqali so‘zlar hosil qilish usulidan keng foydalaniladi.

Yangi so‘z hosil qilish uchun so‘z yasashga asos qism (yetakchi morfema) va

yasovchi qism (affiksal morfema yoki ko‘makchi morfema) ning bo‘lishi talab

etiladi. Asosga qo‘shilib, unga turli xil ma’nolar qo‘shib keladigan va mustaqil

holda qo‘llanmaydigan qismning umumiy nomiga affiksal yoki ko‘makchi

morfema deyiladi.

Ko‘makchi morfemalar ikkiga bo‘linadi:

1. So‘z yasovchi morfemalar.

2. So‘z shakli yasovchi morfemalar.

Asosga qo‘shilib, undan anglashilgan ma’noni butunlay o‘zgartirib yuborish

uchun xizmat qiladigan morfemalarga so‘z yasovchi morfemalar deyiladi.

Masalan, gul so‘ziga -chi qo‘shimchasini qo‘shish orqali, gul+chi,-chilik

qo‘shimchasi yordamida gul+chilik so‘zlari hosil qilinadi. Xizmat+chi, to‘quv+chi,

sotuv+chi; parranda+chilik, uzum+chilik, dehqon+chilik, baliq+chilik,

poliz+chilik singari so‘zlar ham shu qolipda yasalgan. Ba’zan qo‘shimchalar

yaxlitlashib, bir nechta qo‘shimcha bitta ma’noni ifodalash uchun xizmat qilishga.

Masalan, yuqorida keltirilgan -chi; misgar, zargar, davogar so‘zlariga qo‘shilgan

-gar; do‘stlik, birdamlik, hamjihatlik, bolalik leksemalarida qo‘llangan -lik

qo‘shimchalarini alohida so‘z yasovchi qo‘shimchalar sifatida ajratish mumkin,

ammo ovoragarchilik, serobgarchilik, insongarchilik so‘zlari tarkibida kelayotgan

-garchilik qo‘shimchasini tarkibga ajratib mumkin emas. Chunki, tilimizda mazkur

leksemalarni ovoragar, ovoragarchi; serobgar, serobgarchi; insongar,

insongarchi tarzida ishlatib bo‘lmaydi.

Bir asosdan bir necha yangi so‘z hosil qilinishi mumkin. Tin+ch, tin+ch+lik,

no+tin+ch, no-tin+ch+lik so‘zlarining yasalish asosi bir xil. Yasama so‘z asos

qism ma’nosi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Agar shunday bog‘lanish bo‘lmasa, u

yasama so‘z hisoblanmaydi. Masalan: sabo+t, hayo+t so‘zlaridagi sabo, hayo

ma’noga ega bo‘lgani bilan -t alohida so‘z yasovchi morfema sifatida olinmaydi,

sabo, hayo so‘zlari sabot, hayot so‘zlari bilan mazmunan bog‘lanmaydi, lekin to‘la

so‘zi belgini, unga -t qo‘shilishi bilan to‘lat ish-harakatni bildiradi.

Page 146: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Yetakchi morfemalarga qo‘shilib, yangi so‘z hosil qilmaydigan, so‘zning turli

xil shakllarini vujudga keltiradigan morfemalarga shakl yasovchi morfemalar

deyiladi. Masalan, sekin+roq, biz+ni, ko‘r+gach va h.k.

Shakl yasovchi morfemalar o‘z ichida ikki guruhga bo‘linadi:

1. Lug‘aviy shakl yasovchi morfemalar sanaladi. Yetakchi morfemaga

qo‘shilib, undan yangi so‘z yasamaydigan, asosdan anglashilgan ma’noni qisman

o‘zgartiradigan morfemalar lug‘aviy shakl yasovchi morfemalar sanaladi: uy+lar,

qiz+cha, qo‘zi+choq, bola+jon, ayt+gani kabi. Bunday morfemalar so‘zlarni bir-

biriga bog‘lash vazifasini bajarmaydi.

2. Sintaktik shakl yasovchi morfemalar hisoblanadi. Asosga qo‘shilib,

so‘zning ma’lum morfologik shaklini ko‘rsatuvchi va uni boshqa so‘zga bog‘lash

uchun xizmat qiluvchi morfemalarga sintaktik shakl yasovchi morfemalar deyiladi.

Masalan: uy+ga, qiz+im, qo‘zi+lar, bola+ning, ayt+ing va boshqalar.

Egalik, kelishik, shaxs-son qo‘shimchalari sintaktik shakl yasovchi

morfemalar tarkibiga kiradi.

Affiksal morfemalarda shakldoshlik, ma’nodoshlik, zid ma’nolilik hodisalari

mavjud.

Qo‘shimchalar ichida shakldoshlik munosabati ko‘p uchraydi. -ma, -in,

-chi, -li, -dor, -ch, -(i)sh, -ar, -ik, -k, -ish, -qin, -chaq, -(a) y, -siz kabi

qo‘shimchalarni bunga misol qilib keltirish mumkin.

1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘rasidagi shakldoshlik:

qalamdon (ot) qadrdon (sifat)

toshqin (ot) jo‘shqin (sifat)

tepki (ot) kechki (sifat)

qatlama (ot) bo‘g‘ma (sifat)

o‘roq (ot) qo‘rqoq (sifat)

yoshlik (ot) buxorolik (sifat)

yuzsiz (sifat) so‘zsiz (ravish)

ko‘rik (ot) yugurik (sifat)

2. So‘z yasovchi qo‘shimcha so‘z shakli yasovchi qo‘shimcha bilan shakldosh

bo‘ladi.

kelinchak (erkalash, hurmatlash shakli) erinchak (sifat yasovchi)

so‘zlama (fe’lning bo‘lishsiz shakli) burma (sifat yasovchi)

o‘nlab (chama son shakli) yillab (ravish yasovchi)

qizcha (kichraytirish shakli) inglizcha (sifat yasovchi)

onaxon (hurmat shakli) kitobxon (ot yasovchi)

kitobi (III shaxs, birlik shakli) boyi (fel yasovchi).

3. So‘z shakli yasovchi qo‘shimchlar o‘rtasidagi shakldoshlik:

ko‘kish (ozaytirma shakli) borish (harakat nomi)

onam (egalik shakli) so‘radim (shaxs-son shakli)

daftaring (egalik shakli) kelding (shaxs-son shakli)

Qo‘shimchalar o‘rtasida ma’nodoshlik hodisasi ham kuzatiladi.

Masalan, -li qo‘shimchasi o‘rniga -kor, -dor, bo-, ba-, ser- qo‘shimchalarini

qo‘llash mumkin: shiddatli – shiddatkor, shirali – shirador, haybatli – bahaybat,

suvli – sersuv, obro‘li – boobro‘ kabi.

Page 147: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Shuningdek, -chi o‘rnida, -shunos, -kash, -kor; -siz o‘rnida esa be-, no- old

qo‘shimchalarni qo‘llash mumkin: tarixchi – tarixshunos, janjalchi – janjalkash,

sholichi – sholikor, nomussiz – benomus va hokazo.

-ba, -ser qo‘shimchalari, asosan, otga qo‘shilib, asosdan anglashilgan belgi-

xususiyatning meyordan ortiq, ko‘p ekanligini bildirsa, be-, no- qo‘shimchalari

xuddi shu narsalarga ega emaslikni anglatadi. Mazkur qo‘shimchalar -li, -siz, -dor

qo‘shimchalari bilan sinonimik munosabatida bo‘la oladi.

Masalan: basavlat—savlatli, bepoyon—poyonsiz, notayin— tayinsiz,

serg‘alva—g‘alvali.

Qo‘shimchalardagi ma’nodoshlik hamma holatlarda ham bir xil kechmaydi.

Noqulay, nojo‘ya, noshukur kabi so‘zlar tarkibida kelayotgan qo‘shimchalar

o‘rnida -siz qo‘shimchasini qo‘llash uslubiy g‘alizlik keltirib chiqaradi.

Unumdor — unumsiz, iboli — ibosiz, hafsalali — behafsala so‘zlar tarkibida

kelayotgan qo‘shimchalarda zid ma’nolilik ko‘zga tashlanadi.

171-mashq. Matnni o‘qing, 1- va 2- gaplardagi morfemalarni so‘z

yasovchi morfema va so‘z shakli yasovchi morfemalarga ajrating.

Axmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi, bamisoli tumov kishi gulning hidini

sezmaganidek.

Halol-pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga xiyonatu yomonlik

qiladigan kishi esa halokatga giriftordir.

Agar tilingning ortiqcha so‘zlashiga ega bo‘la olmasang, unda tizgining

jilovini shaytonga topshirgan bo‘lasan.

Quyosh nurlarini berkitib bo‘lmaganidek, haqiqatning chirog‘ini ham

so‘ndirib bo‘lmas.

Yozilgan kitob nusxasining to‘g‘riligi ko‘z qorachig‘ining boqqaniga

bog‘liqdir, rivoyatning inobatlisi (ishonchlisi) esa serob suvdan ham ortiqroq

qondirar.

Zimmangda farz bo‘lgan narsani qarz va burch o‘rniga qo‘y. Bu hol qalbingu

dilingga rohat baxsh etib, shonu sharafing va obro‘yingni saqlash uchun eng to‘g‘ri

yo‘ldir.

Tog‘ tepasidagi qoyalarni ko‘chirish minnat eshitish yuklariga nisbatan

yengilroqdir. (Mahmud az-Zamaxshariy)

172-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da kitob so‘zi va u asosida

yasalgan so‘zlarga berilgan izohlarga e’tibor bering. Ularning yasalishiga

diqqat qiling.

KITOB [arabcha yozilgan, muqovalangan asar] 1 Ma’lum matnli varaqlardan

iborat, muqovalangan, hajmi 48 sahifadan kam bo‘lmagan bosma (qadim

qo‘lyozma ham) asar. 2 Umuman, ma’lum shaxs, voqea-hodisaga oid tugal,

odatda nashr etishga (kitob bo‘lishga) mo‘ljallangan asar.

KITOBOT [arabcha yozuv, yozish; yozuvli lavha] eskicha Yozish, ko‘chirib

yozish, yozuv.

Kitobot san’ati Qo‘lyozma kitoblarni yaratish, ularga bezak berish.

Page 148: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

KITOBXON [kitob+forscha o‘quvchi, o‘qiydigan] Kitob o‘quvchi.

Kitobxonlar anjumani.

KITOBXONA Kitoblar qo‘yilgan joy, xona

KITOBXONLIK Kitobxonlik, birgalikda kitob o‘qish

173-mashq. She’rni o‘qing, yasama so‘zlarni topib, yasalishini

tushuntirib bering.

Maxtumquli, endi o‘zingni ko‘zla,

Yaxshini ta’riflab, yomonni tuzla.

Oz yeb, oz uxlagin, yana oz so‘zla,

Ko‘p so‘z oxir el ichida xor aylar.

Savol va topshiriqlar.

1. Affiksal (qo‘shimcha) morfema deb nimaga aytiladi?

2. Affiksal morfemalar qanday turlarga bo‘linadi?

3. So‘z yasovchi morfemalarga misollar keltiring.

4. Shakl yasovchi morfemalarga ta’rif bering.

174-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni ko‘chiring, tagiga chizilgan

morfemalarga ta’rif bering.

1. Bolalik chog‘larida orzulari osmondek bo‘lgan Ra’no tez uquvchan,

qiziquvchan, aqli rasoligi bilan dugonalari orasida ajralib turardi. (Sh.Dehqonov) 2.

U dilbar, ismiga mos o‘ktam ayol. Ziroatchilik san’atini ham suv qilib ichib

yuborgan. (S.Mahmudova) 3. Qaldirg‘ochlar uy tanlashda farishtali, nurli

xonadonlarni tanlaydi. (T.Shodiyev)

9-bob. SO‘Z YASALISHI (DERIVATSIYA).

41-§. SO‘Z YASALISHI HAQIDA MA’LUMOT

Reja:

1.So‘z yasalishi(derivatsiya) va uning turlari haqida umumiy ma’lumot.

2. Affiksatsiya usuli bilan so‘z yasalishi.

3. So‘zlarni qo‘shib so‘z yasash (kompozitsiya usuli).

4. So‘zlarni qisqartirib va semantik usul bilan so‘z yasash.

Tayanch iboralar: so‘z yasalishi, qo‘shimchalar qo‘shish orqali so‘z

yasalishi, affiksatsiya usuli, so‘zlarni qo‘shib so‘z yasash, kompozitsion usul,

abbreviatura usuli.

1-topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar qanday so‘zlar sanaladi. Ularga

izoh bering.

Page 149: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

1. Sharbat yig‘ar bolarilar, Asad oyi – asal oyi. Jam bo‘lishar gulparilar,

Yarqiraydi yoz chiroyi. (Ashurali Boymurod) 2. Samimiylik – gul kulgusi kabi sof,

Qog‘ozgulga o‘xshab sovuq kulmaydi. (Olqor Damin)

2-topshiriq. “Gul” so‘zi ishtirokida yasalgan so‘zlarni sodda va qo‘shma

so‘zlarga ajrating va ularning yasalish qoliplari haqida gapirib bering.

Gullamoq, guldasta, gulchehra, gulchilik, gulkaram, karnaygul, gulzor,

gulxona, gultojixo‘roz, gulbarg, gulbahor, guldon.

Har bir milliy til tinimsiz ravishda taraqqiy etib boradi. Bu taraqqiyotning

sezilarli qismi yasama so‘zlar hisobiga sodir bo‘ladi. Masalan, bahs so‘zi

yordamida bahsli, bahslashmaoq, bahstalab; tin so‘zi asosida tinch, tinchlik,

betinch, tinim, tinimsiz, tinchlantirmoq, betinim, tinchliksevar; imon so‘zi orqali

imonli, imonsiz, beimon kabi so‘zlar yasaladi. So‘z yasalishi tilshunoslikning

alohida bir bo‘limi sanaladi va u asosan ikki usul yordamida amalga oshiriladi.

1. Qo‘shimchalar yordamida so‘z yasalishi. Bu usulga morfologik yoki

affiksatsiya usuli deyiladi.

2. So‘zlarni qo‘shib so‘z yasash. Bu usul sintaktik usul yoxud kompozitsion

usul ham deb yuritiladi.

Qo‘shimchalar yordamida so‘z yasalishi ot, sifat, fe’l, ravish so‘z

turkumlariga xos.

I. Ot yasovchi qo‘shimchalar to‘rt turga bo‘linadi:

1. Shaxs otini yasovchi qo‘shimchalar: -chi: karnaychi, surnaychi,

kompyuterchi, dengizchi, futbolchi; -dosh: sinfdosh, vatandosh, safdosh, sirdosh;

-gar: misgar, zargar, kimyogar, savdogar; -kor: pillakor, san’atkor, paxtakor,

g‘allakor; -bon: bog‘bon, darvozabon, torozibon; -dor: muhrdor, chorvador,

mulkdor; shunos: tilshunos, adabiyotshunos, tabiatshunos, zarshunos; -paz:

oshpaz, somsapaz, mantipaz; -do‘z: do‘ppido‘z, gilamdo‘z, maxsido‘z; -xon:

kitobxon, jurnalxon, gazetxon kabi.

2. Narsa-buyum otini yasovchi qo‘shimchalar: -don: guldon, qalamdon,

tuzdon; -gich (-kich, -qich, -g‘ich): o‘tkazgich, ko‘rsatkich, chizg‘ich, o‘chirg‘ich,

qisqich; -ma: suzma, qovurma, qatlama; -m (-im,-um): chidam, terim, unum,

chidam, kechirim; -gi (-ki,-qi,-qi): supurgi, yqilg‘i, tepki, uyqi; -k, -q (-ik, -iq, -uq,

-oq): bezak, taroq, o‘roq, ko‘rik, bezak, yutuq; -indi: qirindi, chiqindi, oqindi va

shu kabi.

3. O‘rin-joy otini yasovchi qo‘shimchalar: -loq: toshloq, qumloq, toshloq;

-iston: guliston, O‘zbekiston, Turkiston; -goh: sayilgoh, oromgoh, janggoh; -zor:

gulzor, tokzor, anjirzor kabi.

4. Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar: -lik: go‘zallik, yaxshilik, yomonlik,

eskilik; -chilik: pishiqchilik, arzonchilik, kamchilik; -garchilik: xafagarchilik,

sharmandagarchilik, serogarchilik; -ch: quvonch, ishonch, ovunch kabi.

II. Sifat yasovchi qo‘shimchalarga quyidagilar kiradi. -li: aqlli, unumli,

hashamatli; -siz: kuchsiz, bilmisiz, uquvsiz; -gi (-ki, -qi): yozgi, kuzgi, ichki,

tashqi; -gin (-kin, -qin, -g‘in): g‘amgin, keskin, so‘lg‘in, jo‘shqin; -gir (-kir,-qir,-

g‘ir): sezgir, keskir, olg‘ir, chopqir; -q (-oq, -iq, -uk): qoloq, yaltiroq, siniq, yetuk;

-iy, -viy: zamnaviy, mafkuraviy, ilmiy, ommaviy; -chan: harakatchan, ishchan,

Page 150: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

uyatchan; -qoq, -g‘oq: urishqoq, yopishqoq, toyg‘oq; -simon: tuxumsimon,

oltinsimon, odamsimon; -aki: qalbaki, yuzaki, zo‘raki: -ag‘on: bilag‘on, opag‘on,

yotag‘on; -kor, -gar: fidokor, isyonkor, javobgar, da’vogar; -cha: o‘zbekcha,

inglizcha, xitoycha; -don: qadrdon, bilimdon, gapdon; -dor: puldor, dimog‘dor,

salmoqdor kabi.

Ta’kidlash kerakki, faqat sifat so‘z turkumida old qo‘shimchalar uchraydi.

Masalan: bo+obro‘, no+mard, be+hayo, ba+savlat kabi.

III. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar quyidagilar: -la: yaxshila, yomonla, ishla,

sekinla; -lan: otlanmoq, ajablanmoq, taajjublanmoq; -lash: birlashmoq,

o‘rtoqlashmoq, salomlashmoq: -(a)r: yasharmoq, oqarmoq, qisqarmoq; -(a)y:

qoraymoq, ozaymoq, ko‘paymoq; -a: sanamoq, yashamoq, qonamoq; -sira:

xavfsiramoq, gumonsiramoq, sensiramoq; -ira: yaltiramoq, yiltiramoq,

qaltiramoq; -i: boyi, tinchi, changi.

IV. Ravish yasovchi qo‘shimchalar: -cha: yashirincha, o‘zicha, eskicha; -

chasiga: ochiqchasiga, harbiychasiga, chalqanchasiga; -larcha: yigitlarcha,

qahramonlarcha, polvonlarcha; -lab: oylab, haftalab, yillab; -dek, -day: guldek,

otdek, lochiday; -ona: do‘stona, mardona, kamtarona; -an: qalban, ruhan,

qisman; -lay (in): butunlay, tiriklayin, yashirin va hokazo.

So‘z yasalishida so‘zlarni bir-biriga qo‘shib so‘z yasash usuli keng tarqalgan.

Tilimizda ot so‘z turkumiga oid qo‘shma so‘zlarning quyidagi qoliplari uchraydi.

1. Ot+ot: qalampirmunchoq, oshpichoq, oshqozon, chumchuqko‘z, g‘ozpanja,

qo‘ziqorin, oshqovoq, gulsafsar, ko‘zoynak, asalari kabi.

2. Sifat+ot: oqqush, oqsoq, qorayaloq, qizilmiya, olachipor, olako‘z,

Kattaqo‘rg‘on, Yangiyer va hokazo.

3. Son+ot: sakkizoyoq, uchburchak, to‘rtburchak, qirqbo‘g‘im, mingoyoq,

Uchko‘prik, o‘nboshi, beshyuzboshi singari.

4. Ot+sifatdosh yoki harakat nomi: o‘rinbosar, dunyoqarash, kungaboqar,

otboqar kabi.

5. Fe’l+fe’l: iskabtopar, izlabtopar, olibsotar singari.

6. Son+fe’l shakli: beshotar, o‘zibo‘larchilik, o‘zibarmonlik va hokazo.

Qo‘shma sifatlar quyidagi usullar yordamida hosil qilinadi:

1. Sifat+sifat: olachipor, xomsemiz, qorasovuq.

2. Ot+ot: havo rang, jigar rang, bodomqovoq.

3. Ravish+ot: kamqon, kamchiqim, kamgap, hozirjavob.

4. Ravish+fe’lning sifatdosh shakli: kechpishar, ertapishar, tezoqar.

5. Ot+aro: xalqaro, guruhlararo, maktablararo.

Qo‘shma fe’llarning ot+fe’l: imzo qo‘ymoq, javob bermoq, sakkiz bo‘lmoq,

taq etmoq, g‘ayrat qilmoq, fikr qilmoq; fe’l+fe’l: olib bermoq, qaytarib olmoq,

borib kelmoq ko‘rinishidagi holatlari uchraydi.

Ravishlar har so‘zi bilan o‘rin, payt ma’nosini bildiruvchi so‘zlarning

qo‘shilishi natijasida yasaladi: har lahza, har gal, har zamon. Shuningdek, bir

so‘zi bilan o‘rin, joy, miqdor bidiruvchi so‘zlarning qo‘shilishi natijasida ham hosil

qilinadi: bir mahal, bir zamon, bir yo‘la.

Birma-bir, dam-badam, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yuzma-yuz, qo‘lma-qo‘l, uchma-

uch ko‘rinishidagi ot, son so‘z turkumiga oid so‘zlar o‘rtasiga -ma, ba-

qo‘shimchlarini qo‘shish orqali ham qo‘shma ravishlar yasaladi.

Page 151: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

Bulardan tashqari, so‘z yasashning fonetik usuli ham mavjud. Bu usulda so‘z

tarkibidagi ba’zi tovushlar o‘zgarishi va urg‘uning o‘rni ko‘chishi natijasida

tug‘iladigan yangi ma’nodagi so‘zlar hosil qilinadi: ko‘r – ko‘z, bo‘r – bo‘z, buva –

buvi, oq – oppoq va hokazo.

Semantik usul bilan so‘z yasashda tilning lug‘at fondida mavjud bo‘lgan so‘z

(so‘z formasi)ning ma’nosi o‘zgarishi natijasida yangi so‘z(ma’no) hosil bo‘ladi.

Bu usul ba’zi adabiyotlarda leksik-semantik usul deb ham yuritiladi. Masalan,

quloq, burun, tish, ko‘z, etak, bel, nur kabi so‘zlarni bunga misol qilib olishimiz

mumkin. Solishtiring: quyosh nuri – ezgulik nuri, beli og‘rimoq – tog‘ning beli

kabi.

Shuningdek, ot so‘z turkumida abbreviatura (so‘zlarni qisqartirib so‘z yasash)

usuli ham uchraydi: O‘zMU – O‘zbekiston milliy universiteti, DAN – Davlat

avtomobil nazorati, MCHJ – mas’uliyati cheklangan jamiyat va hokazo.

175-mashq. Amir Temurning “Temur tuzuklari”dan olingan hikmatli

so‘zlarni o‘qing, ulardagi g‘oya haqida suhbatlashing. Yasama so‘zlarni

topib, izohlang.

Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard, shijoatli bir

kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki, tajribali bir kishi

minglab kishiga ish buyuradi.

176-mashq. So‘zlar ishtirokida gaplar tuzing, qo‘shimchalar qo‘shilishi

bilan so‘z ma’nolarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga diqqat qiling.

SAMIMIY [arabcha – toza, asl; haqiqiy] 1 Sidqidillik bilan, chin qalbdan,

yurakdan qilingan, aytilgan; yurakdan, dildan chiqqan. 2 Samimiyat bilan ish

tutuvchi; sofko‘ngil; pok, toza.

SAMIMIYLASHMOQ Tobora samimiy bo‘lmoq, samimiyligi orta bormoq,

samimiylik kasb etmoq.

SAMIMIYLIK Samimiy munosabatda bo‘lishlik

SAMIMIYAT [arabcha – tozalik, soflik; chinlik, to‘g‘rilik] Chin ko‘ngildan,

beg‘araz, sidqidillik bilan qilingan xatti-harakat; samimiylik.

SAMIMIYATSIZ Samimiylikni bilmaydigan, riyokor, munofiq, soxta,

qalbaki.

SAMIMIYATSIZLIK Samimiy emaslik, samimiyati yo‘qlik; riyokorlik,

soxtalik.

177-mashq. Gaplarda berilgan paxtakor, bunyodkor, san’atkor, sportchi,

yozuvchi so‘zlariga ta’rif bering. Yasama so‘zlarni izohlang.

1. Qutlug‘ bayramga butun yurt ahli: bunyodkor va san’atkor, paxtakor va

g‘allakor, olim va muallim, ishchi va xizmatchi, uchuvchi va sportchi, adib va

jurnalist – hamma-hamma katta tayyorgarlik ko‘rayotir. 2. Yozuvchilar uyushmasi

bayram oldidan sara she’riy, nasriy, dramatik, tanqidchilik, publitsistik, tarjimaviy

asarlardan iborat salmoqli to‘plamlar chiqarmoqchi. 3. Samolyotlar yuklab kelgan

yuklarni kerakli manzilga eltuvchi va mahsulotlarni uchoqlarga yetkazib

Page 152: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

berayotgan bahaybat mashinalarga ko‘zingiz tushadi. 4. Yo‘ldan chetda pishiq

g‘ishtdan ishlangan katta sardoba, zinalardan tushib tomosha qiladigan

yo‘lovchilarga suvning salqini uradi. 5. Inglizcha, ruscha biladigan ishchilar ham

ancha ekan. S.Umirov)

Savol va topshiriqlar.

1. So‘z yasovchi morfema deb nimaga aytiladi?

2. So‘z yasalishi qaysi so‘z turkumlarida uchraydi.

3. So‘zlarni qo‘shib so‘z yasalishiga misollar keltiring.

4. Fonetik va semantik usul bilan so‘z yasalishiga misolar ayting.

178-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni o‘qing, morfologik va sintaktik usul

bilan yasalgan so‘zlarni aniqlab, ularga izoh bering.

Agar bola, o‘smir buyuk va orombaxsh xayollar og‘ushida o‘rtanayotgan,

talpinayotgan bo‘lsa, boringki, izlanayotgan bo‘lsa, indamang, halaqit bermang,

aksincha, uni rag‘batlantiring. Balandlab ketaversin. Toki u ko‘zlagan osmono‘par

manzillariga yeta olsin. Toki uning ko‘ksida hech bir armoni qolmasin.

Aytardimki, hech bir bolaning, o‘smirning baland-baland xayollari, poyonsiz orzu-

umidlari hech qachon tizginlanmasin! U tanbal va erinchoq bo‘lmasin, sofdil,

olovqalb inson bo‘lib voyaga yetsin. Bolaga, o‘smirga hargiz o‘rani, chuqurlikni

yoki bo‘lmasa mayda tepachalarni maqsad qilib ko‘rsatmang. Bolaga juda baland

tog‘larni, qorli cho‘qqilarni ko‘rsating. Toki u shu yuksakliklarni mo‘ljallab, shu

balandliklarni qoralab dadil boraversin. (Mahmud Abulfayz)

Page 153: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

MUNDARIJA

1-bob. KIRISH.

1-§. UMUMIY TILSHUNOSLIKDAN MA’LUMOT............................................................

2-§. TIL – IJTIMOIY HODISA.........................................................................................

3-§. O‘ZBEK TILI – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TILI................

4-§. HOZIRGI ONA TILINING TUZILISH UZVLARI.......................................................

5-§. MILLIY VA ADABIY TIL..............................................................................................

6-§. ONA TILI VA UNING TAYANCH DIALEKTLARI....................................................... ...

7-§. ADABIY TILNING OG‘ZAKI VA YOZMA SHAKLLARI...............................................

8-§. TILLARNING PAYDO BO‘LISHI, TILLARNING TARAQQIYOTI VA TASNIFI

2-bob. FONETIKA.

9-§. FONETIKA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. HOZIRGI ZAMON ONA TILINING FONETIK VA

FONOLOGIK TIZIMI............................................................

10-§. ONA TILINING FONETIK VOSITALARI: NUTQ TOVUSHLARI, URG‘U,

OHANG........................................................................................................... ................................

11-§. FONEMA. HOZIRGI ONA TILINING FONEMALARI..........................................

12-§. NUTQ A’ZOLARI VA ULARNING VAZIFALARI. NUTQ APPARATI................

13-§.ARTIKULYATSIY. ARTIKULYATSIYA O‘RNI VA ARTIKULYATSIYA USULI. FONETIK

AKUSTIKA..................................................................................................................... ...............

14-§. ONA TILI VOKALIZMI. UNLI TOVUSHLAR VA ULARNING TASNIFI.........

15-§. ONA TILI KONSONANTIZMI. UNDOSH TOVUSHLAR VA ULARNING

TASNIFI...................................................................................................................... ................

16-§. NUTQNING ASOSIY FONETIK BIRLIKLARI.......................................................

17-§. URG‘U VA UNING TURLARI.............................................................................................

18-§. NUTQ JARAYONIDA TOVUSHLARNING O‘ZGARISH XUSUSIYATLARI.................

3-bob. ORFOEPIY.

19-§. ORFOEPIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. HOZIRGI ONA TILINING ORFOEPIK

MEYORLARI...........................................................................................................

4-bob. GRAFIKA VA ORFOGRAFIY.

20-§. ONA TILI GRAFIKASI (YOZUV TIZIMI). TOVUSH VA HARF. ALIFBO............

21-§. ONA TILI IMLOSI VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI.................................

22-§.ONA TILI IMLOSINING ASOSIY QOIDALARI. AYRIM HARFLAR, O‘ZAK-NEGIZ VA

QO‘SHIMCHALAR, QO‘SHMA SO‘ZLAR IMLOSI; BO‘G‘IN KO‘CHIRISH, BOSH HARFLARNING

YOZILISH QOIDALARI..............................................................................

5-bob. LEKSIKOLOGIY.

23-§. LEKSIKOLOGIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. LEKSIKA (LUG‘AT TARKIBI)

.....................................................................................................................................

24-§. LEKSEMA VA SO‘Z. SO‘ZNING LEKSIK VA GRAMMATIK MA’NOSI. SEMEMA VA

SEMA......................................................................................................................... ...............

25-§. BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR. SO‘ZNING O‘Z VA KO‘CHMA MA’NOSI.

MA’NO KO‘CHIRISHNING ASOSIY TURLARI

26-§. SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. OMONIMLAR VA

ULARNING TURLARI. OMONIMLARNING KO‘P MA’NOLI SO‘ZLARDAN

FARQI........................................................................................... ........................

27-§. SINONIMLAR (MA’NODOSH SO‘ZLAR) VA ULARNING TURLARI. SINONIMIK

QATORI...............................................................................................................

28-§. ANTONIMLAR VA ULARNING TURLARI. PARONIMLAR.....................................

29-§. TARIXIY SHAKLLANISH JIHATIDAN HOZIRGI ONA TILI LEKSIKASI

30-§. HOZIRGI ONA TILI LEKSIKASINING IJTIMOIY-DIALEKTAL TARKIBI. UMUMXALQ

SO‘ZLAR..............................................................................................

31-§. KASB-HUNAR LEKSIKASI.............................................................................................

32-§. TERMIN VA TERMINOLOGIK LEKSIKA. JARGON VA ARGOLAR......................

33-§. ONA TILINING NOFAOL LEKSIKASI. ESKIRGAN SO‘ZLAR...........................

34-§. NEOLOGIZMLAR (YANGI PAYDO BO‘LGAN SO‘ZLAR)...............................................

35-§. HISSIY-TA’SIRIY JIHATDAN ONA TILI LEKSIKASI. UMUMISTE’MOLDAGI HISSIY-

TA’SIRIY BO‘YOQDOR VA BO‘YOQSIZ SO‘ZLAR....

6-bob. FRAZEOLOGIY.

36-§. FRAZEOLOGIYA HAQIDA MA’LUMOT. FRAZEMA TIL VA NUTQ BIRLIGI

SIFATIDA..................................................................................................................... .............

37-§. FRAZEMALARNING MA’NO XUSUSIYATIGA KO‘RA ASOSIY BELGILARI VA

TURLARI...................................................................................................................... ..................

7-bob.LEKSIKOGRAFIY.

38-§. LEKSIKOGRAFIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. LUG‘ATLAR VA ULARNING

TIPLARI................................................................................................................

Page 154: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

8-bob. MORFEMIKA

39-§. MORFEMIKA VA MORFEMA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. MORFEMA VA UNING

TURLARI. O‘ZAK MORFEMA.......................................................................................

40-§. AFFIKSAL (QO‘SHIMCHA) MORFEMA VA ULARNING TURLARI.........................

9-bob. SO‘Z YASALISHI (DERIVATSIYA).

41.SO‘Z YASALISHI HAQIDA MA’LUMOT............................................................................

.

Page 155: kutubxona.adu.uzkutubxona.adu.uz/site/download?filename=66onatilipdf.pdf · КВК 81.2(5Узб) Д- 12 Yo-18 UO‘K: 92.3.358.14 ISBN 978-9943-568-3-98 Djurabayeva Z.A. ONA TILI

КВК 81.2(5Узб)

Д- 12

Yo-18

UO‘K: 92.3.358.14

ISBN 978-9943-568-3-98

Djurabayeva Z.A.

ONA TILI. / darslik/ T.: “NAVRO’Z”, 2019. – 116 b.

Nashriyot litsenziyasi № AI M 170. 23.12.2009-y.

Bosishga ruxsat etildi:30.10.2019. . Buvurtma № 163.

Qog’oz bichimi: 60x841/8. Taims New Roman garniturasi.

Nashriyot bosma tabog‘i 10. Adadi 100 nusxa.

111500, Toshkent vil., Nurafshon shahri,

Toshkent yo’li ko’chasi, 123-uy.

OOO’AKTIV PRINT’ bosmaxonasida chop etildi.

Toshkent, Chilonzor 25, Lutfiy 1A.